Yangi
01.04.21
DSQ soliq toʻlovchilarga 2021 yil 1 apreldan boshlab 2007 yil 14 martdagi PF-3860-son Farmonga asosan imtiyozning amal qilishi toʻxtatilishi haqida eslatib oʻtdi. U oʻz ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilgan, shu jumladan - bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga modernizatsiya qilgan korxonalarga daxl qilgan. Elektrotexnika sanoati korxonalari aksincha 2021 yil 2 martdagi PQ-5011-son qarorga asosan yangi imtiyozdan foydalanish huquqiga ega boʻlishadi. Bu haqda batafsil - buxgalter.uz sharhida:
29.03.21
Ob osnovnix izmeneniyax v natsionalnom zakonodatelstve, kotoriye vstupyat v silu s 1 aprelya 2021 goda, napisal portal norma.uz. Mi vibrali te iz nix, chto kasayutsya nalogov ili predprinimatelskoy deyatelnosti:
25.03.21
23 mart kuni Prezident tomonidan PF-6191-son Farmon imzolandi, unga asosan 1 iyuldan boshlab soliq toʻlovchilar-jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga olish JShShIRga oʻtkaziladi. Fuqarolarga STIR berilmaydi, “elektron hukumat” xizmatlaridan foydalanish soddalashtiriladi, bir qator davlat xizmatlari olish uchun esa qoʻshimcha ma’lumotnomalarni soʻrab olish toʻxtatiladi. Eng muhim yangiliklar toʻgʻrisida batafsil - buxgalter.uz sharhida:
23.03.21
YaMMTga oliy ma’lumoti va harbiy xizmatni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi, pensionerlarning plastik kartalari shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xizmat qiladi, PJning mobil ilovalari pensiya olish shaklini, sanasi va vaqtini tanlash imkonini beradi. Bu va boshqa oʻzgartirishlar QHTBT portaliga muhokama uchun joylashtirilgan Prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan. Batafsil – buxgalter.uz sharhida:
19.03.21
Prezident tomonidan 17 mart kuni «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjatda, boshqalar qatorida, 2021 yil 15 iyundan boshlab ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadigan tovarlarni belgilaydi.
18.03.21
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 16.03.2021 yildagi «Vazirlar Mahkamasining «Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 2011 yil 24 avgustdagi 241-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida»gi 139-son qaror qabul qilindi. Unga byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha summasi 1 mlrd soʻmgacha tuziladigan shartnomalarida 30% miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutilishi toʻgʻrisidagi band kiritilgan.
15.03.21
Prezident tomonidan 11 martda imzolangan «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonida (11.03.2021 yildagi PF-6186-son) bu masala alohida qayd etilgan. Batafsil – buxgalter.uz sharhida.
15.03.21
Adliya vazirligi tomonidan Prezidentning «Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Buxgalter.uz hujjat qabul qilinadigan boʻlsa, 1 maydan qanday oʻzgartirishlar kiritilishini aniqlashtirdi:
04.03.21
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bojxona auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (25.02.2021 yildagi 101-son VMQ). Bojxona auditi maqsadlaridan qat’i nazar, kameral yoki sayyor shaklda, deklarant, tashuvchi, moliyaviy tartibga solish majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan shaxslar va boshqa sub’yektlarga nisbatan oʻtkaziladi. Batafsil – norma.uz portali sharhida:
02.03.21
Soliqlar boʻyicha qarzni undirish uchun uchta yangi nizom ishlab chiqildi - yuridik shaxslarning mol-mulkini xatlash toʻgʻrisida; boshqa shaxslarga oʻtkazilgan mol-mulklar hisobidan undirish toʻgʻrisida; manfaatdor shaxslarning moliyaviy holatini tahlil qilish toʻgʻrisida. Buxgalter.uz ularning qabul qilinishi bilan nima oʻzgarishini aniqlashtirdi: