Yangi
01.04.20
Qabul qilingan qarorga asosan joriy yil oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo, shuningdek oxirgi iste’molchiga sotiladigan benzin, dizel yoqilgʻisi hamda suyultirilgan va siqilgan gazga amaldagi aksiz soligʻi stavkalari saqlanib qoladi.
31.03.20
Xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga oʻtkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3228, 28.03.2020 yil).
30.03.20
Soliq va bojxona imtiyozlari, davlat xizmatlari olish boʻyicha tavsiyalar va boshqa choralar - buxgalter.uz ning qabul qilingan normativ hujjatlar va oxirgi vaqt uchun axborot turkumidan xabarlar asosida tayyorlagan sharhida.
28.03.20
Karantin tadbirlari sharoitlarida muddatli majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdor boʻlish va bankrot boʻlish xatari bir necha marta oshdi. Ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qator soliqlar, ijara toʻlovi, investitsiya majburiyatlari, litsenziyalash, bankrotlik va bank hisobvaraqlarini toʻxtatib turish taomili boʻyicha yangi choralar qabul qilindi. Buxgalter.uz rasmiy manbalarning eng soʻnggi xabarlaridan axborotni umumlashtirdi.
27.03.20
Moliya vazirligi Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
27.03.20
Karantin choralari natijasida tadbirkor shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmagan taqdirda nima qilish mumkin?
23.03.20
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻzining 20.03.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlariga koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining salbiy ta’sirlarini yumshatish boʻyicha choralar toʻplami tasdiqlandi.
20.03.20
Prezident tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga koronavirus pandemiyasi va global inqiroziy holatlarning salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha choralar-tadbirlar tasdiqlandi. Moliya vazirligi hujjatning asosiy tezislarini keltiradi.
20.03.20
QHTBT portalida DSQning Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati va shakllarini tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.
20.03.20
19 iyundan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha «tahlika-tahlil» tizimi faoliyat yurita boshlaydi.