Yangi
17.03.25
Eksport boʻyicha QQSni qoplash uchun, agar tegishli ma’lumotlar elektron idoralararo tizimda mavjud boʻlsa, soliq organlariga eksport shartnomasi va BYuDni taqdim etish talab etilmaydi. Bu 11.03.2025 yildagi «Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida»gi 160-son VMQda nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
14.03.25
Koʻp buxgalterlar uchun soʻnggi ikki kun biroz asabiy oʻtdi. Odatiy MXIKlar uchun avval shakllantirilgan oʻlchov birliklari yoʻqolib, faqat kilogrammlar qoldi. Va koʻpchilik, ayniqsa qadoqlangan mahsulotlari pachkalarda va grammlarda boʻlganlar va mahsulot narxi tegishli ravishda pachka boshiga shakllantiriladiganlar yuk joʻnatishni toʻxtatdilar.
Soliq organining xabariga koʻra, mahsulotlarni roʻyxat boʻyicha EHF orqali realizatsiya qilishda endi belgilangan oʻlchov birliklaridan yoki ularning asosida yaratilgan qadoqlardan foydalanish kerak.
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:
14.03.25
My3.soliq.uz sayti orqali soliq organlariga Soliq imtiyozini qoʻllash toʻgʻrisida murojaatni yuborish va ulardan tasdiqnoma olish mumkin.
Mazkur xizmat qanday ishlashi haqida Soliq qoʻmitasining Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti mutaxassislari batafsil tushuntirish berishdi.
13.03.25
My3.soliq.uz saytining «Yuridik shaxslarning onlayn-NKT haqida axborot» boʻlimida yangi xizmat – «Alkogolli va alkogolsiz ichimliklarni quyib sotish toʻgʻrisida ariza» paydo boʻldi.
Buxgalter.uz xizmat ishini sinovdan oʻtkazdi va onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish sohasidagi ekspert, «RIG» MChJ direktori Rustam YaKUBOVdan ushbu yangilikni sharhlab berishni soʻradi:
13.03.25
2025 yil 1 iyuldan aholiga xizmat koʻrsatuvchi byudjet tashkilotlari va jismoniy shaxslarga gaz va neft mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslarga mulkni ijaraga beruvchilar elektron toʻlov tizimlariga ulanishi va ushbu tizimlar orqali toʻlovlarni qabul qilish uchun sharoit yaratishi shart. Bu Vazirlar Mahkamasining 26.02.2025 yildagi «Elektron toʻlov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 117-son qarorida belgilangan.
Agar tashkilotingiz ushbu talab doirasiga tushsa, qanday harakat qilish kerakligi haqida buxgalter.uz qoʻllanmasida oʻqing:
12.03.25
Koʻpincha kontragentlar soliq rezidentligi sertifikati oʻrniga davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki litsenziyani taqdim etadilar. Bunday hujjatlar ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish boʻyicha xalqaro shartnoma normalarini qoʻllash uchun asos boʻla olmasligini tushunish muhim.
Xorijiy hamkor taqdim etgan «soliq rezidentligi sertifikati» haqiqatan ham shunday ekanligini qanday tekshirish mumkinligi haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra «ICONSULTANT» Soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA gapirib berdi:
12.03.25
1 martdan boshlab barcha davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platforma – Hukumat portali orqali faoliyat yuritishi kerak. Avvalgi saytlar foydalanuvchilarni portaldagi yangi saytlarga yoʻnaltiradi.
Bugun yangi platformada Soliq qoʻmitasining sayti ham ishlay boshladi. Va u yerda yangi ma’lumotlar – soliq rezidentligi sertifikatlari namunalari va xorijiy davlatlarning soliq (moliya) xizmatlari saytlariga havolalar paydo boʻldi. Buxgalter.uz asosiy tafsilotlarni aniqlashtirdi:
12.03.25
2025 yil 1 martdan boshlab korxonalar jismoniy shaxslardan eksport maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish dalolatnomasini soliq organlari bazasida elektron shaklda rasmiylashtiradilar.
Bunday dalolatnoma kirim hujjatlariga 14.02.2025 y. PF-22-son 11-b. tenglashtiriladi. Uni qanday rasmiylashtirish kerak, buxgalter.uz saytida qadamma-qadam yoʻriqnomani koʻring:
11.03.25
Neft mahsulotlari va tabiiy gazni sotuvchi tashkilotlar 2025 yil fevral oyi uchun hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishda muammoga duch kelishdi. Tizim ushbu tashkilotlar uchun neft mahsulotlarini sotish cheklanganligi toʻgʻrisida xabar bermoqda.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhladi:
07.03.25
JShDS boʻyicha hisobot topshirishda buxgalterlar muammoga duch kelishdi – jismoniy shaxs yuridik shaxsga xonani tekin foydalanish uchun ssuda shartnomasi boʻyicha bergan holatda jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni qanday aks ettirish kerak.
Soliq xodimlari yuridik shaxs-ssuda oluvchi soliq agenti sifatida bu daromaddan JShDS hisobotida aks ettirishi va byudjetga toʻlashi shart deb ta’kidlamoqdalar.
Bunda yuridik shaxsda soliq majburiyati yuzaga keladimi va umuman jismoniy shaxsda soliq solinadigan daromad yuzaga keladimi? Bu masalani Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA bilan birga koʻrib chiqamiz: