Yangi

2026 yil 1 iyuldan boshlab soddalashtirilgan QQSga oʻtgan boʻlsangiz, foyda soligʻi hisob-kitobini topshirishingiz kerakmi

01.07.26
Kompaniyamiz 2026 yil 1 iyuldan boshlab QQS toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtdi. 21 iyul kuni soliq idorasidan 2026 yilning II choragi uchun foyda soligʻi hisob-kitobini topshirmaganimiz haqida xabarnoma oldik. Soddalashtirilgan QQS toʻlovchilar ushbu hisobotdan ozod qilinmaganmi? Bu hisob-kitobni topshirishimiz kerakmi? Buxgalter.uz saytida javob beramiz:

EHF joʻnatishda markirovka kodlari qanday tekshiriladi va tizim xatolik bersa nima qilish kerak

01.07.26
2026 yil 1 iyuldan boshlab raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarga EHF rasmiylashtirishda tizim quyidagilarni avtomatik ravishda tekshirishi lozim: xoʻjalik yurituvchi sub’yektning «Asl belgisi»da roʻyxatdan oʻtganligini, raqamli markirovka kodlarining toʻgʻriligini va chakana savdo sub’yektlari – xaridorlarning raqamli markirovka kodlarini oʻqish uchun qurilmalar bilan jihozlanganligini. Bunday talablar 23.01.2026 yildagi 23-son VMQning 4-bandida belgilangan. Biz oʻzimizga savol berdik: elektron hujjat aylanishi operatorlarida bu qanday amalga oshirilgan? Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, Didox misolida «Didox Tech» MChJ direktori oʻrinbosari Anton Li quyidagilarni soʻzlab berdi:

1 iyuldan boshlab yuridik shaxslar uchun yagona QR-kod majburiy boʻladi – boshqa QR-kodlardan foydalanish mumkinmi?

01.07.26
2026 yil 1 iyuldan boshlab chakana savdo va xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi barcha yuridik shaxslar xaridorlarga yagona QR-kod orqali toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlashi shart. Undan foydalanmaslik savdo qoidalarini buzish deb topiladi. Bu endi boshqa QR-kodlar va toʻlov usullaridan foydalanish mumkin emasligini anglatadimi? Bugun UzQR shaxsiy kabinetida ishlash boʻyicha qanday qoʻllanma paydo boʻldi? buxgalter.uz saytida tushuntiradi Vladimir GIBEL, onlayn-NKT boʻyicha ekspert, «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi

Kim va qanday shartlarda soddalashtirilgan 6 fozlik QQSga oʻtishi mumkin

26.06.26
Mubolagʻasiz aytish mumkinki, Prezidentning 26.05.2026 yildagi PF-100-son Farmoni bilan joriy etilgan QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi boʻyicha tadbirkorlarda koʻplab savollar paydo boʻlmoqda.

PF-95-son Farmon boʻyicha qarz va omborda saqlash shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish talabi qachon kuchga kiradi

25.06.26
Buxgalterlarda – qarz (moliyaviy yordam) va omborda saqlash shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi qaysi sanadan boshlab qoʻllanilishi masalasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda 19.05.2026 y. PF-95-son 6-b. «b» k.b. Bu masalani belgilagan Farmonning oʻzi, ya’ni 19.05.2026 yildagi PF-95-son Farmon 20 maydan kuchga kirdi. Unda bu band boʻyicha muddatlar koʻrsatilmagan. Shuning uchun fikrlar ikkiga boʻlindi: kimdir talabni 20 maydan boshlab bajarish kerak, deb hisoblaydi, kimdir 21 avgustdan (3 oydan keyin) deb hisoblaydi. Buxgalter.uz ushbu masala boʻyicha Soliq qoʻmitasining Metodologiya boshqarmasi mutaxassislaridan batafsil tushuntirish oldi:

2026 yilda Oʻzbekistonda BHM, MHEKM, PHBM va MIX miqdorlari

24.06.26
Materialda: – Oʻzbekistonda dolzarb MHEKM, BHM, PHBM va MIX; – MHEKM nima; – BHM nima; – PHBM nima; – MIX koʻrsatkichidan qachon foydalaniladi.

Sotilmagan turar joy koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha soliq bazasini qanday aniqlash mumkin

18.06.26
Qurilish tashkiloti balansida foydalanishga topshirilganidan keyin 6 oy oʻtgach sotilmagan turar joy koʻchmas mulk ob’yektlari mavjud. Ular boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasini qanday aniqlashni Buxgalter Pro ekspertlari tushuntirib berishdi:

Oʻzbekistonda soliq hisobotini oʻz vaqtida topshirmaganlik uchun jarima: miqdorlar, muddatlar va 2026 yilda jarimalarni qanday kamaytirish mumkin

15.06.26
2026 yil 15 iyunda yangilangan   Materialda: – Oʻzbekistonda jarimalar miqdori; – hisobotni topshirishning soʻnggi kuni; – jarimani kim toʻlaydi; –

Onlayn-NKTni 6 foizlik stavkaga qanday sozlash mumkin

09.06.26
Siz (umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yekt) 6 foizlik stavka boʻyicha QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan boʻlsangiz, oʻtish sanasidan boshlab sizning nazorat-kassa texnikangiz tomonidan chiqariladigan barcha cheklar 6 foizlik soliq stavkasini oʻz ichiga olishi shart. Bu holatni oʻtkazib yubormaslik muhim, chunki bu qismda notoʻgʻri sozlamalar oʻrnatilgan kassa QQS stavkasining nomuvofiqligi xatosini berib, kassirlaringizga bunday cheklarni chiqarishga yoʻl qoʻymaydi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, zarur harakatlar tartibini «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL tushuntirib berdi:

2026 yil 1 iyundan umumiy ovqatlanish va mehmonxonalarda spirtli ichimliklarni markirovkalash qanday amalga oshiriladi (PF-100-son): mutaxassislarning sharhlari

08.06.26
2026 yil 1 iyundan boshlab mehmonxona xizmatlari va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni xarid qilishda raqamli markirovkalash kodlari ushbu sub’yektlarda yakuniy iste’mol uchun sotilgan deb e’tirof etiladi. Soliq qoʻmitasi ushbu normani amalga oshirishning amaliy jihatlari boʻyicha hozircha rasmiy tushuntirishlar bergani yoʻq. Ammo u allaqachon ta’sir koʻrsatmoqda. Amaliyotda esa u boʻyicha nafaqat tadbirkorlar, balki ularning kassa texnikasiga xizmat koʻrsatuvchi TXKMlarda ham koʻplab savollar tugʻiladi. Xususan, hozircha masalalarda aniq tushuncha va yagona fikr yoʻq –kassadagi markirovka kodlarini skanerlashni davom ettirish, boʻnak cheklarini rasmiylashtirish kerakmi? Bunday tovarni yetkazib beruvchiga qaytarishni qanday rasmiylashtirish mumkin? Buxgalter.uz HoReCa sektorida alkogolli mahsulotlar bilan ishlashning yangi reglamenti boʻyicha oʻz qarashlarini bayon etgan «Asl Belgisi» MAT operatori – «CRPT TURON» MChJ mutaxassislarining bu boradagi nuqtai nazariga aniqlik kiritdi. Shuningdek, bizning iltimosimizga koʻra, «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL vaziyatga izoh berib, nima uchun bugungi kunda TXKM texnik jihatdan tadbirkorlarga alkogolli ichimliklarni markirovkasini oʻqimasdan sotishga ruxsat bera olmasligini tushuntirib berdi: