Yangi
12.09.24
«Korxona ishlayotgan pensionerga bayram munosabati bilan moddiy yordam koʻrsatdi. Soliq kodeksining 378-moddasi 1-bandiga binoan imtiyoz qoʻllanildi va 2,11 MHEKMdan oshgan summadan JShDS ushlab qolindi. Pensioner nogironligi borligi va SKning 380-moddasiga muvofiq imtiyoz huquqiga ega ekanligini ma’lum qilmoqda. Bayramga moddiy yordamga nisbatan bir nafar xodimga ushbu ikkita imtiyozni bir vaqtning oʻzida qoʻllash mumkinmi?»
Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:
11.09.24
«Chakana savdo korxonasi YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor ) shaklidagi chet el kompaniyasi bilan import shartnomasini tuzdi. U xizmatlar koʻrsatadi, jismoniy shaxs sifatidagi oʻzining rezidentlik sertifikatini taqdim etgan. Bu holda biz qanday soliqlarni toʻlaymiz?».
Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
10.09.24
«Norezidentning doimiy muassasasi foydaga ega, biroq yil davomida dividendlar (sof foyda) toʻlamagan. SKning 347-moddasiga asosan, sof foyda deganda jami daromad va joriy soliq davri (kalendar yil) uchun xarajatlar oʻrtasidagi farq tushuniladi.
Agar doimiy muassasa yil davomida dividendlar toʻlamagan boʻlsa, u sof foydadan olinadigan soliqni yil yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarishi va toʻlashi kerakligini toʻgʻri tushunyapmizmi?».
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:
10.09.24
«Korxona tovarlarni bojxona qiymatidan past narxda sotdi. SKning 248-moddasi 5-qismiga asosan Oʻzbekistonga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi olib kirish (import qilish) chogʻida byudjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas. Korxonada qoʻshimcha QQS hisoblanishi xavfi mavjud. Auditorlar mijozdan sababini soʻragashganda, u oʻz mijozlariga chegirma taqdim etayotgani bois tovarlarni bojxona qiymatidan past narxda sotayotganini aytdi va oʻzining narx siyosatini sabab sifatida koʻrsatdi».
Tovarlarni tannarxidan va bojxona qiymatidan past narxda sotishda QQS boʻyicha qanday soliq xavflari yuzaga kelishini «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi:
09.09.24
«A» korxonasi oʻziga tegishli binoni «B» korxonasiga mehmonxona joylashtirish uchun ijaraga beradi. «B»ning asosiy faoliyat turi – mehmonxona xizmatlari, ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud, korxona ijaraga olingan bino joylashgan manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan.
Agar binodan mehmonxona sifatida foydalanilsa, «A» korxonasi 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son qarorga asosan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllashga haqlimi?».
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZOMUDDINOVA javob berdi:
09.09.24
«Korxona transport-ekspeditorlik faoliyati (vositachilik) bilan shugʻullanadi. Qozogʻistondagi xuddi shunday yuridik shaxs (vositachi) bilan ekspeditorlik boʻyicha import shartnomasini tuzdik. U bilan bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan boʻlib, unda Qozogʻiston byudjetiga toʻlanadigan QQS ajratib koʻrsatilgan. Rezidentlik sertifikati mavjud.
Agar xizmatlarni yetkazib beruvchi oʻz mamlakatida soliq toʻlagan boʻlsa, transport-ekspeditorlik xizmatlarini import qilishda QQS toʻlash kerakmi?».
Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
06.09.24
«Xususiy korxona oʻz xodimlarini muntazam ravishda mahalliy va xorijiy xizmat safarlariga yuboradi. Kundalik xarajatlar miqdorlari buyruq bilan tasdiqlangan, ular Oʻzbekiston hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomda 02.08.2022 y. 424-son VMQga ilova va xorijiy xizmat safarlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda 19.11.2015 y. AV roʻyxat raqami 2730-son belgilangan me’yorlardan koʻp yoki kam boʻlishi mumkin.
Xususiy korxonalar qonunchilikda belgilangan kundalik xarajatlar me’yorlarini qoʻllashi shartmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal HOShIMOVA javob berdi:
05.09.24
«QQS toʻlovchi boʻlgan korxona transport xizmatlarini koʻrsatadi, shuningdek avtotransportni ijaraga beradi. Oʻzbekistonga Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan ta’sischiga tegishli maxsus texnika va yengil avtomobillarni olib kirib, shartnomalar boʻyicha ishlarni bajarish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.
Bu texnikadan foydalangan holda bajarilgan ishlar boʻyicha qanday soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlash kerak boʻladi?».
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:
05.09.24
«Angliyaning «A» kompaniyasi Oʻzbekistonning «V» korxonasiga uskunani montaj qilish xizmatlarini koʻrsatdi, xizmatlar haqiqatda Oʻzbekistonda koʻrsatildi. Shartnoma boʻyicha xizmatlarning umumiy qiymati – 40 ming AQSh dollari. Uskunani montaj qilish va ishga tushirish dalolatnomasi imzolangan. «V» korxonasi Angliyaning rezidentlik sertifikatini soʻragan va norezidentning daromadlaridan soliqni ushlab qolmagan holda, koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishga tayyor edi. Ammo Angliyaning «A» kompaniyasi talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechdi va qarzdorlikni Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan boshqa «S» korxonasiga oʻtkazdi. Barcha tomonlar bu haqda lozim darajada xabardor qilingan va bunga rozi. Endi «V» korxonasi shartnoma summasini «S» korxonasiga toʻlashga rozi, biroq, 20% stavka boʻyicha soliqni ushlab qolgan holda, basharti Angliyaning «A» kompaniyasi Angliyaning rezidentlik sertifikatini taqdim etmasa. Lekin «S» korxonasi soliqlarni Oʻzbekistonda oʻzi toʻlaydi, Angliyaning «A» kompaniyasi esa haqiqatda «V»dan daromad olmaydi.
«V» korxonasi shartnoma boʻyicha summani Oʻzbekistonning «S» korxonasiga toʻlashda rezidentning daromadlaridan soliqni ushlab qolishi kerakmi?».
Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
04.09.24
«Korxona va Malayziya milliy korporatsiyasi oʻrtasida bilim va koʻnikmalar bilan almashish maqsadida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan. Korporatsiya xodimlari Oʻzbekistonga kelganda, korxona ularning yoʻl va mehmonxonada yashash haqini toʻlaydi.
Biz qanday hujjatlarni rasmiylashtirishimiz kerak? Soliq oqibatlari yuzaga keladimi?».
Savollarga buxgalter.uz uchun maxsus Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: