Yangiliklar
18.05.22
QHTBT portalida tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziya olish va soliq hisobotini topshirish imkonini beradigan «Tadbirkor virtual ofisi»ni yaratish nazarda tutilgan Prezident Farmoni loyihasi joylashtirilgan. Shuningdek loyihada masofaviy tarzda oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxati belgilangan, ular savolnoma boʻyicha oʻtkaziladi.
13.05.22
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi shakllariga (paket kodi - 10104_27) yangi ustunlar, satrlar va ilovalar qoʻshildi. Soliq toʻlovchilar uchun bu kutilgan oʻzgartirishlardir, ular Hisob-kitobni soliq bazasini kamaytirmasdan yoki oshirmasdan topshirish imkonini beradi. Buxgalter.uz ularni qanday toʻldirishni DSQda aniqlashtirdi:
10.05.22
Prezident tomonidan 5 may kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-767-son Qonun imzolandi. SKga kiritiladigan asosiy oʻzgartirishlar sharhi - buxgalter.uz da.
05.05.22
Prezidentning 29.04.2022 yildagi PF-128-son Farmoni bilan 2022 yil 1 maydan boshlab pensiya va ijtimoiy nafaqalarning miqdorlari oshirildi:
05.05.22
Prezident tomonidan 2022 yil 30 aprel kuni “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Turizm tarmogʻi korxonalari qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻlishdi, ish beruvchilar oʻz xodimlarining mamlakat ichidagi sayohat xarajatlarining bir qismini qoplab beradi, fuqarolar bunday xarajatlar boʻyicha keshbek olishlari mumkin.
01.05.22
2022 yil 1 maydan milliy qonunchilikdagi oʻzgartirishlarning navbatdagi toʻplami kuchga kiradi.
01.05.22
2022 yil 1 maydan boshlab Prezidentning PF-115-son Farmoniga muvofiq bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishining soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi.
29.04.22
Moliya vazirligi yangi Choraklik va yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat hisobot topshirishning belgilangan muddatlarini uzaytiradi.
25.04.22
1 iyuldan boshlab kasanachilik bilan shugʻullanadigan fuqarolar soliq imtiyozlariga ega boʻladi. Shuningdek, ham kasanachilarga, ham bunday mehnat shaklini tashkil qiladigan tadbirkorlarga subsidiya va imtiyozli kreditlar nazarda tutilgan (21.04.2022 yildagi PQ-214-son qaror).
22.04.22
Vazirlar Mahkamasi chet ellik mutaxassislar uchun “IT-vizalar” joriy etilishi munosabati bilan qator NHHlarga oʻzgartirishlarni tasdiqladi. Bu chet ellik mutaxassislarga qanday imkoniyatlar berishi haqida - buxgalter.uz sharhida.
22.04.22
2022 yil 21 aprelda “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-113-son Farmon kuchga kirdi. Hujjat 6 ta ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olishga qoʻyilgan ayrim talablarni bekor qiladi (20.04.2022 yildagi PF-113-son Farmonga 3-ilova):
21.04.22
20 aprel kuni soliq hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi. DSQ oʻzining Telegram-kanalida yoʻriqnomani (matnli va video) e’lon qildi, u sizga shakllarni toʻldirish chogʻida xatoga yoʻl qoʻymaslikka yordam beradi.
19.04.22
Prezidentning 15.04.2022 yildagi PQ-208-son qarori bilan yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda 1 kv. metrning eng kam qiymati toʻgʻrisidagi talabni qoʻllash zarur boʻlgan ob’yektlar roʻyxatiga tuzatish kiritildi.
19.04.22
2022 yil 12 aprelda nihoyat Senat tomonidan olti oy oldin ma’qullangan «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida»gi OʻRQ-763-son Qonun qabul qilindi. «Bankrotlik toʻgʻrsida»gi Qonun esa uning qabul qilinishi bilan oʻz kuchini yoʻqotdi. Yangi NHH bankrotlik amaliyotida nimalarni oʻzgartirishi haqida - buxgalter.uz sharhida.
18.04.22
2022 yil 13 aprel kuni Prezident tomonidan PF-105-son Farmon imzolandi, unga koʻra «Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari boʻyicha tartib buzilishlari va suiiste’molliklarga chek qoʻyish toʻgʻrisida»gi PF-616-son Farmonga tuzatishlar kiritiladi. Qanday oʻzgarishlar boʻldi?
18.04.22
17 aprel kuni QHTBTda soliq hisoboti va deklaratsiya shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha loyihani muhokama qilish yakunlandi. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA soliq organlari ushbu yangi shakllar ustida yaxshi ishlashdi, deb hisoblaydi. Bunda taklif mavjud - ularni ham soliq toʻlovchilar uchun, ham soliqchilar uchun yanada axborot beruvchi va qulay qilish.
14.04.22
Agar mijozlar sizning cheklaringiz “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilmayotganligi yuzasidan shikoyat qilishsa, ehtimol, muammo cheklarda boʻlmasligi mumkin! 7 aprel kuni DSQ mazkur ilova haqida axborot xabarini e’lon qildi, biroq aftidan, koʻp iste’molchilarga u yetib bormagan.
13.04.22
Mahsulot (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogi operatori sement MXIKlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni yakunladi. Uning natijalari boʻyicha roʻyxat toʻldirildi. Endi katalogda Oʻzbekiston bozorida taqdim etilgan sementning barcha turlari uchun MXIK mavjud. Sement ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji tarmoq va chakana realizatsiya qiluvchilar ushbu oʻzgartirishlarni oʻz EHF va onlayn-NKMda hisobga olishlari lozim.
11.04.22
Prezidentning 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmoni bilan ayrim soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilindi. Ilgari soliq toʻlovchilarning cheklangan doirasiga berilgan boshqa imtiyozlar esa tarmoqning barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga tatbiq etiladi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz ularni jadvalga jamladi:
08.04.22
Prezidentning 07.04.2022 yildagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan muhim oʻzgartirishlar kiritilmoqda: