Yangiliklar

Toʻqimachilik sohasi sentyabrdan qanday yangi imtiyozlardan foydalanishi mumkin

23.09.25
Paxta-toʻqimachilik klasterlari, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun 19.09.2025 yildagi PQ-290-son qaror bilan ijtimoiy soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, subsidiyalar, xomashyo qiymatini qoplash va kredit preferensiyalari nazarda tutildi Bularning qaysilaridan hozir foydalanish mumkin?

2026 yilda statistika hisoboti shakllarida nima oʻzgaradi

22.09.25
QHTBTda Milliy statistika qoʻmitasi qarori loyihasi – 2026 yil uchun 50 ta statistika hisoboti shaklini tasdiqlash muhokama qilinmoqda. E’lon qilingan maqsad – respondentlarga yuklamani kamaytirish va takrorlanuvchi koʻrsatkichlar sonini qisqartirish. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Import avtomobillarining ekologik talablarga muvofiqligini baholash tartibida nima oʻzgardi

22.09.25
20 sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonga olib kiriladigan yoʻlovchi va yuk tashish uchun moʻljallangan yangi gʻildirakli transport vositalarining («M» va «N» toifalari) ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Yer uchastkalari boʻyicha yangi tizim – «E-YER NAZORAT» nima uchun yaratilmoqda

19.09.25
2026 yil 1 yanvardan boshlab «E-YER NAZORAT» elektron tizimi ishga tushiriladi – bu yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash va bunday yerlarda noqonuniy qurilishlarni nazorat qilish va oldini olishning yangi mexanizmi. Mas’ul davlat organi – Kadastr agentligi (Bosh prokuratura va boshqa mas’ul davlat organlari koʻmagida). Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida:

Yirik soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi nizomda nima oʻzgaradi

19.09.25
Soliq qoʻmitasi Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Qaror loyihasi 2 oktyabrga qadar QHTBTda muhokama qilinmoqda. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining ilovalarida nima oʻzgaradi

19.09.25
«Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga tuzatishlar kiritilgan Soliq qoʻmitasining qarori loyihasi 2 oktyabrga qadar QHTBTda muhokama qilinmoqda. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun chiqindilarni nazorat qilish qismida qanday yangi talablar kiritilmoqda

18.09.25
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi talablar kiritildi. Ular yangi ob’yektlarning kanalizatsiya tarmogʻiga ulanishi, chiqindilar va tashlanmalar tarkibi, shuningdek tozalash inshootlarini oʻrnatish va xizmat koʻrsatish masalalariga taalluqli. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

IT-park rezidentlari qanday yangi preferensiyalar olishdi

18.09.25
Texnopark (IT-park) rezidentlari uchun mavjud koʻplab imtiyoz va preferensiyalarga yangilari qoʻshildi. Ular raqamli ma’lumotlar platformasi va «E-contract» tizimi bilan ishlash shartlari, ijara xarajatlarini qoplash va boshqa muhim masalalarga tegishli. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Soliq ilovasida elektr energiyasi iste’molini qanday tekshirish kerak

16.09.25
Soliq mobil ilovasining yangilangan versiyasida (2.0.18-versiya) maishiy foydalanuvchilar elektr energiyasining kunlik va oylik iste’molini kuzatishlari mumkin. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.

MHXSga oʻtish qoidalarida nima oʻzgarmoqda

16.09.25
Prezidentning 15 sentyabrdagi «Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-282-son qarori bilan yangi tizimli islohot boshlanadi. Hujjat 2025 yil dekabr oyida kuchga kiradi. Asosiy oʻzgarishlar – buxgalter.uz sharhida:

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs ortiqcha toʻlangan soliqlarni qanday qaytarib oladi

16.09.25
My3.soliq.uz saytida oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning shaxsiy kabinetida yangi xizmat paydo boʻldi – «Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish». Rostini aytganda, u hozircha ishlamayapti, lekin dolzarbligini hisobga olib, uni yaqin vaqtda «ishlatishga tayyorlash» imkoniyati bor. Shaklni qayerdan izlash va qanday toʻldirishni tushuntiramiz:

Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish toʻgʻrisidagi Nizomda nima oʻzgardi

15.09.25
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom aktuallashtirildi. Eslatib oʻtamiz: hujjat hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan operatsiyalarni hisobga olishni tartibga soladi, lekin iste’molchilar bilan hisob-kitoblar tartibi va shartnoma shartlari toʻgʻrisidagi normalarni ham oʻz ichiga oladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz saytida:

Xodimlarning oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibida nima oʻzgardi

12.09.25
Tadbirkorlik sub’yektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kichik, lekin muhim oʻzgartirish kiritildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz da:

Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldi

11.09.25
2025 yil 11 sentyabr kuni Markaziy bank asosiy stavkani yilik 14% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Buxgalter.uz stavka miqdori nimaga ta’sir qilishi va qaysi hisob-kitoblarda ishlatilishini eslatadi:

«Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi

11.09.25
Oʻzbekistonda 2026 yil martgacha aholi va biznes oʻrtasida huquqiy axborotni tarqatishning kompleks tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Qonunchilikdagi oʻzgartirishlar haqidagi axborot soliq.uz va YaIDXPdagi shaxsiy kabinetlar orqali, shuningdek boshqa kanallar orqali tarqatiladi. Buxgalter.uz batafsilliklarni aniqlashtirdi:

2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi

11.09.25
Vaziyat: oʻzini oʻzi band qilgan shaxs yuridik shaxsga FHT shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatadi va EHF va bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida toʻlov oladi. Daromadlar soliqqa tortilmaydigan 100 mln soʻmdan oshdi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs avgustda my.soliq.uz orqali iyul oyi uchun hisobot yubordi va oshgan summa bilan soliq toʻladi. Sentyabrda avgust uchun soliq «barcha soliq summasiga kamaydi», toʻlashga 0 soʻm chiqdi. 1198 qisqa raqami «ishonch telefoni» xodimlari avgust oyidan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs uchun soliqni yuridik shaxs – soliq agenti toʻlashini tushuntirdilar. Soliq agenti orqali toʻlashda soliq ilgari oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan toʻlangan summalarni hisobga olmasdan olib tashlandi. Ushbu aniq misolda vaziyatni koʻrib chiqamiz:

2026 yil 1 yanvardan «xavfli EHF»larni baholashning yangi tizimi nimani nazarda tutadi

10.09.25
2026 yil 1 yanvardan boshlab Soliq qoʻmitasi tovarlar yetkazib berishning yagona zanjiri boʻyicha QQSni hisobga olishdagi xavf darajasiga – EHFlarni real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tahlil qilishning yangi tizimini joriy etadi. Bunda yuqori xavf darajasiga ega EHFlar hisobot davrida rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar umumiy sonining 10 foizidan oshmasligi kerak. Buxgalter.uz batafsilliklarni aniqlashtirdi:

Yangi PF-161-son Farmon «osilib qolgan» idoraviy hujjatlar masalasini qanday hal qiladi

10.09.25
Ogʻriqli darajada tanishli vaziyat: Prezident qarori bilan soliq imtiyozi joriy etildi, lekin uni hech kim qoʻllay olmaydi, chunki Soliq kodeksiga qachon oʻzgartirishlar kiritilishi hech kimga ma’lum emas... Yoki islohotlar doirasida muhim mexanizm ishga tushiriladi, lekin – tegishli yoʻriqnomalar, tartib yoki qoidalar yoʻqligi tufayli amalga oshmaydi. Bunda ushbu yangi mexanizmni nazarda tutmaydigan NHHlar amal qilishda davom etadi. Amal qilyapti – demak, ularni bajarish kerakmi? Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va muhim qaror va tashabbuslarni amalga oshirish uchun 08.09.2025 yildagi yangi PF-161-son Farmon qabul qilindi. Eng muhimi — buxgalter.uz saytida:

PQ-268-son qaror MChJga ulushlarni oʻtkazish mexanizmlarida nimani oʻzgartiradi

08.09.25
Prezidentning 05.09.2025 yildagi «Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-268-son qarori bilan MChJ ishtirokchilari tarkibiga kirish va tarkibidan chiqish tartibi sezilarli darajada oʻzgartirildi. Hujjat ilgari huquqlarni oʻtkazish jarayonini choʻzib yuboradigan va korporativ nizolarga olib keladigan rasmiy toʻsiqlarni bartaraf etadi. Qaror 6 sentyabrdan kuchga kirdi. Batafsil ma’lumotlar – buxgalter.uz sharhida:

Yangi Nizomga koʻra eksport qiluvchilar bojxona qiymatini qanday aniqlashi kerak

05.09.25
Oʻzbekiston bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi tasdiqlandi. Yangi Nizom bojxona toʻlovlari bilan soliqlanadigan tovarlarga tarqaladi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari). Hujjat 4 sentyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: