Yangiliklar

29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni joʻnatish (xizmatlar importi) mexanizmida nimalar oʻzgardi

06.12.24
Import boʻyicha hisobotni (29 va 137-kodlar) endi my3.soliq.uzda taqdim etamiz. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:

Koʻchmas mulkni yangi reglament boʻyicha boshqa yuridik shaxsga qanday topshirish kerak

04.12.24
3 dekabrdan noturar koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha kompozit davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti kuchga kirdi, deb xabar beradi norma.uz portali. Reglament hadya va renta shartnomalaridan tashqari, noturar koʻchmas mulkni yuridik shaxslar oʻrtasida topshirish holatlarining barchasiga tatbiq etiladi.

Oʻzenergoinspeksiya nima uchun jarima soladi

03.12.24
Faqat soʻnggi 2 kunda 264 ta korxonaning mansabdor shaxslari kunduzgi vaqtda yoritish asboblaridan foydalanganligi uchun jarimaga tortildi. Oʻzenergoinspeksiya matbuot xizmati reydlar va solingan jarimalar haqida xabar berdi. Buxgalter.uz javobgarlik chorasi va uni qoʻllash asoslarini aniqlashtirdi.

Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi

03.12.24
Prezidentning 14.11.2024 yildagi PF-184-sonli yangi Farmoniga koʻra 2025 yil 1 yanvardan tadbirkorlik faoliyatidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar bekor qilinishi haqidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida keng tarqaldi. Biroq, bu oʻzgarishlardan quvongan holda, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik saqlanib qolganini tushunish kerak. Ayni bir qoidabuzarlik uchun ham mansabdor shaxsga, ham kompaniyaga jarima solinadigan ikki tomonlama javobgarlik bekor qilindi.

Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

29.11.24
2024 yil dekabr oyida qonunchilikdagi oʻzgarishlarning an’anaviy sharhini tayyorladik. Ularning hammasi - buxgalter bilishi kerak boʻlgan ma’lumotlar.

2024 yil dekabrda qanday dam olamiz

28.11.24
Yil oxiri – buxgalterda ish qaynab ketadi: kompaniyadagi har bir soʻmni tekshirish, yetishmayotgan hujjatlarni toʻplash, yana soliqlarni toʻlash va hisobotlarni xatosiz topshirishni unutmaslik kerak... Cizga bu murakkab davrni soddalashtirish uchun dekabrdagi ish kunlari haqida muhim ma’lumotlarni tayyorladik. Hammasiga ulgurish uchun vaqtni oldindan rejalashtiring!

Soliq idorasi nima uchun soliq imtiyozlarini tanlab tan olmoqda

28.11.24
Prezidentning 30.04.2022 yildagi PQ-232-son qarori bilan turizm sohasidagi muhim imtiyoz 2025 yil 1 yanvargacha uzaytirilgan edi: litsenziyaga ega boʻlgan operatorlardan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun mamlakat ichida turistik turlarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar: xodimning daromadi sifatida hisoblanmaydi; foyda soligʻini hisoblashda chegiriladi. Biroq Soliq qoʻmitasi ushbu imtiyozning uzaytirilishini OʻRQ-599-son Qonunga va Soliq kodeksiga zid deb, tan olishdan bosh tortmoqda. Vaziyatga «ICONSULTANT» Soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA sharh berdi:

ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan

27.11.24
20 noyabr kuni Adliya vazirligi «Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi yangi Nizomni roʻyxatdan oʻtkazdi. Hujjatning asosiy qoidalarini keltiramiz.

Oʻzbekistonda buxgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak

26.11.24
Iqtisodiyot va moliya vazirligi yaqin ikki-uch yil ichida Oʻzbekistonda buxgalterlarning xalqaro miqyosda tan olinishi kerak boʻlgan milliy sertifikatsiya tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda. Buning ustida hozir kim ishlamoqda va nima notoʻgʻri ketishi mumkin?

Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

25.11.24
Prezidentning «Ta’lim sohasida xususiy sektorning ishtirokini oshirishga doir qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida»gi PQ-403-sonli qarori bilan ilgari 2025 yil 1 yanvargacha belgilangan soliq imtiyozlari 2030 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi

20.11.24
2024 yil 1 dekabrdan Litvadan chiqish, ya’ni Yevropa Ittifoqining tashqi chegarasini kesib oʻtish uchun yuk transport vositalari elektron navbatda oldindan roʻyxatdan oʻtishi kerak. Bu haqda Transport vazirligi Litva transport idorasiga tayanib xabar berdi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Qurilish materiallari uchun MXIKni qanday tez topish mumkin

14.11.24
Tasnif.soliq.uz saytida MXIK qidirish tizimi takomillashtirildi, bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi. Funksional qurilish materiallari uchun MXIK qidirishning uch usulini taklif etadi. Gap nima haqida?

ETTYuX va EHFni birlashtirish loyihasi nima uchun keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtishi kerak

13.11.24
Tor doiradagi mutaxassislar ETTYuX tizimini takomillashtirish munosabati bilan qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgartirishlarni allaqachon muhokama qilmoqdalar. Gap ETTYuX va EHFni yagona hujjatga birlashtirish haqida bormoqda. Buxgalter.uz bu haqda soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA bilan suhbatlashdi:

Nima uchun foiz daromadlari boʻyicha har bir qarz oluvchiga EHF rasmiylashtirish samarasiz boʻladi

13.11.24
Soliq organlari, xususan HSI, banklarni har bir qarz oluvchi – yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorga foiz daromadlari boʻyicha EHF taqdim etishga majburlashni rejalashtirmoqda. Maqsad – tushunarli, bir tomonlama EHFlar soliq organlariga qarz oluvchilarning xarajatlarini foyda soligʻi hisoboti bilan EHFlarni taqqoslash orqali samarali kuzatib borishga imkon bermaydi. Lekin taklif etilayotgan yechim qanchalik samarali boʻladi? Bu masala boʻyicha oʻz fikri bilan «ICONSULTANT» Soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA oʻrtoqlashdi:

2025 yil Soliq kodeksi: nimalar oʻzgaradi, nimalar avvalgidek qoladi

12.11.24
2025 yilda Oʻzbekistonda soliq qonunchiligida muhim oʻzgarishlar rejalashtirilgan. Shu bilan birga, asosiy soliqlar boʻyicha bazaviy stavkalar oʻzgarishsiz qoladi. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV Soliq kodeksiga taklif etilayotgan oʻzgartirishlarni sanab oʻtdi:

Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi

11.11.24
Ikki muhim hujjat tasdiqlandi (07.11.2024 y. 745-son VMQ): 1) Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom; 2) Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Bu haqda norma.uz portali yozmoqda. Batafsil ma’lumotlar - bizning sharhimizda:

Davlat tadbirkorlarni qanday himoya qiladi

06.11.24
4 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan buxgalter.uz iltimosiga koʻra «ICONSULTANT» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA sharhlab berdi:

Ogʻirlik va gabarit nazorati punktini qanday ijaraga olish mumkin

01.11.24
Investorlar uchun qiziqarli mavzu: tadbirkorlar ogʻirlik va gabarit nazoratining statsionar va koʻchma punktlarini ijaraga olishi mumkin boʻladi. Bu 28.10.2024 yildagi «Avtomobil yoʻllari boʻylab katta hajmli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-710-sonli yangi qarorda koʻzda tutilgan. Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida:

2025 yilda soliq stavkalari qanday oʻzgaradi

30.10.24
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025–2027 yillarga moʻljallangan Byudjetnoma hujjatini e’lon qildi. Undan biz toʻlayotgan soliqlar yaqin vaqt ichida qanday oʻzgarishi mumkinligi ma’lum boʻldi. Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra, 2025 yilga moʻljallangan soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlarini «ICONSULTANT» Soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA ajratib koʻrsatdi:

Diqqat! Qurilish materiallari uchun yangi MXIK kodlariga oʻtishga ulguring

30.10.24
10 noyabrdan qurilish materiallari uchun 3 269 ta umumiy MXIK kodlari nofaol holatga oʻtkaziladi. Buxgalter.uz bu masala boʻyicha Soliq qoʻmitasi mutaxassislarining tavsiyalarini e’lon qilmoqda: