Yangiliklar

«Buxgalter Pro» – yangi servis va ma’lumotnoma tizimi!

14.01.21
Deyarli uch yil mobaynida “Norma” jamoasi - ekspertlar, muharrirlar va dasturchilar, shuningdek vazirlik va idoralardan taklif qilingan mualliflar va soliq maslahatchilari - «Buxgalter Pro» yangi mahsuloti ustida ishlashdi. Mana endi biz, bugun, 2021 yil 14 yanvar kuni undan obunachilar foydalanishlari mumkinligini ma’lum qilishdan mamnunmiz va umid qilamizki, u ularga ishlashda yordam beradi!

QQS toʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazishga ariza berish boʻyicha belgilangan muddat uzaytirildi

12.01.21
Soliq kodeksiga dekabr oyida kiritilgan oxirgi oʻzgartirishlarni amaliyotdan keltirilgan misollar bilan Moliya vazirligining Bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV buxgalter.uz uchun maxsus tushuntirib berdi:

DSQ norezident yuridik shaxslarni masofadan turib roʻyxatdan oʻtkazadi

11.01.21
DSQning rasmiy saytida yangi - «Norezidentlarni roʻyxatdan oʻtkazish» xizmati ishga tushirildi. Ushbu xizmat Oʻzbekistonda birja savdolarida ishtirok etadigan norezident yuridik shaxslarga Oʻzbekiston soliq organlarida masofadan hisobga turish imkonini yaratdi.

1 yanvardan nima oʻzgardi

08.01.21
Norma.uz portali 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlarning sharhini taqdim etadi. Demak...

Eksport qiluvchilarga moliyaviy yordam koʻrsatish shartlarida nima oʻzgardi

07.01.21
Yangi 31.12.2020 yildagi 826-son VMQga asosan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi eksport qiluvchilarga koʻmak berishda davom etadi. Moliyaviy yordam koʻrsatiladigan yoʻnalishlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi. Unga mahsulot namunalarini Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy savdo uylari va shou-rumlarga yuborish xarajatlarini qoplab berish va h.k. kiritildi. Eksport qiluvchilarga eksport bilan shugʻullanishni rejalashtirgan tadbirkorlik sub’yektlari ham kiritildi. Batafsil - norma.uz portali sharhida:

2021 yilda soliq solish tartibiga qanday oʻzgarishlar kiritildi

06.01.21
Moliya vazirligi va DSQning «Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga 2021 yil 1 yanvardan kiritilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida»gi axborot xabari e’lon qilindi (roʻyxat raqami 06/04-01-02-32/3200-son, 2020 yil 30 dekabr). Ushbu hujjatda nimalarga e’tibor berilishi haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:

Kirib kelayotgan 2021 yil munosabati bilan tabriklarimizni qabul qiling!

31.12.20
Hurmatli va sevimli oʻquvchilarimiz! “Norma” va buxgalter.uz portalining birlashgan jamoasi sizni 2021-son Yangi yil bilan tabriklaydi!

Prezident imtiyozlar va soliq tekshirishlarini oʻtkazishga moratoriyning uzaytirilishi haqida ma’lum qildi

30.12.20
Prezident Oliy Majlis palatalari a’zolari oldidagi chiqishida - biznes uchun soliq va bojxona imtiyozlarini, shuningdek soliq tekshirishlarigni oʻtkazishga moratoriyni uzaytirish tashabbusini ma’lum qildi. Shunchaki davlatimiz rahbarining soʻzlarini keltiramiz:

Davlat byudjeti -2021: 5 ta yangilik

29.12.20
25 dekabr kuni Prezident tomonidan “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi. Buxgalter.uz soliq toʻlovchilar uchun eng muhim jihatlarini ajratdi:

2021 yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara stavkalari qanday oʻzgaradi

28.12.20
2021 yil uchun uy-joyni va avtotransportni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining yangi eng kam stavkalari tasdiqlandi. Batafsil – buxgalter.uz sharhida.

Alkogolli mahsulotlarni chakana sotish uchun yigʻim kamaytiriladi (Toshkent shahridan tashqari)

28.12.20
2021 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi Qonun alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun yigʻim stavkalarini belgilaydi. Batafsil – buxgalter.uz sharhida:

Qanday import qilingan asbob-uskunalarni QQSdan ozod qilishadi?

23.12.20
QHTBTda olib kirishda bojxona boji va QQSdan ozod etiladigan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxati muhokama qilinmoqda. Siz mazkur hujjat boʻyicha oʻz takliflaringizni 2021 yil 1 yanvarga qadar berishingiz mumkin.

Hamkasblarimizni – Oʻzbekistonning eng yaxshi buxgalterlari va auditorlarini chin koʻngildan qutlaymiz!

18.12.20
“Eng yaxshi auditor 2020”, “Eng yaxshi ichki auditor 2020”, “Eng yaxshi buxgalter 2020” tanlovlarining yakuni chiqarildi. Buxgalter.uz tabriklarga qoʻshiladi va gʻoliblarga «Norma» brendi mahsulotlaridan biridan bir yil bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi!

Elektron tijoratda onlayn-NKM qanday qoʻllaniladi?

18.12.20
Vazirlar Mahkamasi onlayn-NKM va virtual kassalar qoʻllanilishini reglamentlovchi 23.11.2019 yildagi 943-son VMQning ilovasiga qoʻshimchalar kiritdi. Ayni vaqtga qadar ushbu NHH mazkur qurilmalarni elektron tijoratda qoʻllashning oʻziga xos jihatlarini inobatga olmagan edi. Tuzatishlar tufayli nimalar oʻzgardi?

Davlat xaridlari elektron doʻkoni ishga tushirildi

17.12.20
Davlat xaridlari ishtirokchilari ishlash uchun yangi dastakka ega boʻlishdi – Xt-xarid.uz ixtisoslashtirilgan elektron doʻkoni. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Sovuq suvga tariflar qayta koʻrib chiqilmoqda

16.12.20
Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun narxlar 1,5-2 baravar oʻsishi mumkin. Bu Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida nazarda tutilgan. Batafsil – norma.uz portali sharhida.

Soliqlarni toʻlash muddatlari qanday kechiktiriladi?

16.12.20
Vazirlar Mahkamasining 11.12.2020 yildagi «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi 776-son qarori qabul qilindi. Norma.uz portali sharhlovchisi Lola ABDUAZIMOVA hujjatning mazmunini tushuntirdi:

Buxgalterlar uchun yangilik: bank toʻlovlari - toʻgʻridan-toʻgʻri 1S va Didox da

11.12.20
Venkon kompaniyasi Kapitalbank bilan birgalikda buxgalterlarni toʻlov topshiriqnomalarini “qoʻlda” takrorlash va kiruvchi bank toʻlovlarini “tarqatish”dan ozod etdi. Dibank yangi servisi yordamida 1S yoki Didox da yaratilgan chiquvchi toʻlov hujjatlari darhol bankka kelib tushadi. Va aksincha, kiruvchi toʻlovlar va hisobvaraqdan hisobdan chiqarishlar hisob tizimida avtomatik tarzda tarqatilishi mumkin.

Qaysi davlat funksiyalari xususiy sektorga oʻtkaziladi?

10.12.20
7 dekabr kuni davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazishni nazarda tutadigan Prezidentning “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Batafsil - «Norma»ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti, norma.uz sharhlovchisi Oleg ZAMANOVning sharhida:

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar oshirildi

07.12.20
MJTK va JKga tegishli tuzatishlar 2020 yil 3 dekabrdagi OʻRQ-653-son Qonunda nazarda tutilgan. Batafsil – norma.uz sharhlovchisi, “Norma”ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti Oleg ZAMANOVning materialida.