QQS

Material sanasi 21.11.2022
MChJni ixtiyoriy tugatishning qaysi bosqichida ta’sischi aktivlarni olib ketishi mumkin – tugatish toʻgʻrisidagi qarorga qadarmi yoki soliq tekshiruvidan keyinmi? MChJni ixtiyoriy tugatishda ta’sischiga aktivlarni topshirishda qanday soliqlar yuzaga kelishi mumkin? Sotib olingan aktivlar va xizmatlar boʻyicha hisobga olinadigan jamgʻarilgan QQS korxonani tugatishda bekor qilinadimi yoki qaytariladimi? Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi: ... 

Material sanasi 18.11.2022
2023 yilning 1 yanvaridan boshlab Tax Free tizimi tajriba tariqasida ishlashni boshlaydi: chet elliklar QQS bilan sotib olingan ayrim tovarlar boʻyicha QQSni qaytarib olishlari mumkin (08.11.2022 yildagi 653-son VMQ 1-b.) (08.11.2022 yildagi 653-son VMQga 1-ilova 2-b.). QQS toʻlovchilar boʻlgan manfaatdor chakana savdo korxonalari bunga tayyorgarlikni hozirdan boshlashlari lozim. Manfaatdorlik nimada, degan savol tugʻiladi? Bunday deyish mumkin: agar sizga chet elliklarning xarid qilishi bilan bogʻliq ortiqcha muammolar, tekshiruvlar, cheklarga tuzatish kiritish va jarimalar kerak boʻlmasa – yangi yil kelishini kutmay, oʻz NKM sozlamasi haqida qaygʻuring. Bunda nimaga e’tibor qaratish lozimligi – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 17.11.2022
“MChJni tekshirish chogʻida TMQning kamomadi aniqlandi. Kamomadning qiymatii moddiy-javobgar shaxslardan QQSsiz undirib olindi. Ushbu yetishmayotgan TMQ QQS bilan xarid qilingan, QQS summasi hisobga olingan”. Mazkur vaziyatning soliq oqibatlari va xatoni qanday tuzatish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV gapirib berdi: ... 

Material sanasi 16.11.2022
DSQ tekshiruvdan oldingi tahlil chogʻida aniqlanadigan eng koʻp uchraydigan xatolar sharhini taqdim etdi. Qayd etamiz: ... 

Material sanasi 16.11.2022
Agar korxonada uzoq muddatli shartnomalar boʻlsa, qonun hujjatlariga shartnoma shartlariga bevosita ta’sir etadigan oʻzgartirishlar kiritilganda har doim muammolar yuzaga keladi. Masalan, QQSning stavkasi pasaytirilganda QQS toʻlovchisi boʻlgan korxonalar rahbarlari oldida shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritish masalasi turadi. Bu bitimlarning har qanday turiga: ijara, yetkazib berish, pudrat va hokazo shartnomalarga daxl qiladi. Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutishni “Norma” ekspertlari, advokat Eleonora MAZUROVA va yurist Albert SAFIN tushuntirishdi: ... 

Material sanasi 31.10.2022
«Korxonada debitorlik qarzi, aytaylik, 1 000 soʻm bor. Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasiga koʻra uni xuddi shu summaga sotamiz. Biroq, SK 45-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish tovar deb e’tirof etilishi bois QQS yuzaga keladi. Realizatsiya qilish summasi QQS – 130 soʻmni oʻz ichiga oladi degan qarorga kelinsa, 9200-schyotda 130 soʻm (1 000 – 870) miqdorida manfiy farq yuzaga keladi. Foyda soligʻini hisoblashda ushbu xarajat chegirib tashlanadimi?». Soliq maslahatchisi, «IN PLUS» buxgalterlar malakasini oshirish markazining muassisi Zamira JOʻRAYeVA buxgalter.uz bilan ushbu masala yuzasidan fikr almashdi: ... 

Material sanasi 28.10.2022
Koʻpgina tovarlar va xizmatlarni sotuvchilar mijozlardan toʻlovlarni masofadan turib qabul qilish imkonini beradigan toʻlov tashkilotlari servislaridan foydalanadilar. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA buxgalter.uz iltimosiga koʻra jismoniy shaxslarga realizatsiya qilingan xizmatlar va tovarlar uchun bir tomonlama EHF bekor qilingach yuzaga kelgan qiyinchiliklarni qanday bartaraf etishlari mumkinligi haqida gapirib berdi: ... 

Material sanasi 25.10.2022
QQS toʻlovchi vositachining QQS toʻlamaydigan komitent bilan oʻzaro hisob-kitoblari qanday hisobga olinishi va rasmiylashtilirishi yuzasidan «Norma» eksperti Irina AXMETOVA tushuntirish berdi: ... 

Material sanasi 21.10.2022
«Tashkilot temir yoʻl transportida transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatadi, balansida oʻz harakatlanuvchi tarkibiga ega emas. Yuklarni tashish uchun MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari hududi boʻylab, koʻpincha Oʻzbekistondan yuk tashuvchi norezident ijrochilar bilan shartnomalar tuzadi. Buyurtmachilar bilan transport ekspeditsiyasi shartnomalari tuziladi». Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlash departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA va «Finatex» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irina PODOLSKAYa maxsus buxgalter.uz uchun transport ekspeditsiyasi shartnomasining soliq oqibatlari haqida gapirib berdilar: ... 

Material sanasi 19.10.2022
Koʻp korxonalar reklama agentliklarining promoaksiyalariga buyurtma berish orqali ularning xizmatlaridan foydalanadilar. Har xil turdagi shartnomalarning mohiyatini va ularning soliq oqibatlarini anglamaslik soliqlar sezilarli darajada ortiqcha toʻlanishiga olib keladi. buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Arkad Audit» konsalting firmasi direktori Natalya TURALINOVA vositachilik bitimi ishtirokchilari uchun yuzlab million soʻmga tushishi mumkin boʻlgan buxgalterning xatolari haqida gapirib berdi: ... 

Material sanasi 13.10.2022
«Xorijiy kompaniyaning doimiy muassasasi xalqaro moliya tashkilotining qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashmoqda. 16.07.2018 yildagi PQ-3857-son qarorga muvofiq, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) QQS toʻlashdan 2021 yil 1 iyulgacha ozod etilgan edi. Buning aksi nazarda tutilgan qonunosti huquqiy hujjat bekor qilinmagan boʻlsa, DM PQ-3857-son qaror va 30.12.2019 yildagi OʻRQ-599-son Qonunning 6-m. bilan taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanishga haqlimi? ». Ushbu savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra DSQ Soliq solish uslubiyati departamentining bosh mutaxassisi Ra’no ALIShAYeVA va «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdilar: ... 

Material sanasi 11.10.2022
Omborda yongʻin chiqqanda tovarlarning aksariyati kuydi. Uni korxona xarajatlariga hisobdan chiqarish mumkinligi, hisobga olingan QQSni nima qilish kerakligi xususida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Zamira JOʻRAYeVA tushuntirish berdi: ... 

Material sanasi 10.10.2022
Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan korxona Rossiya kompaniyasi bilan xizmatlarni import qilish uchun kontrakt tuzmoqchi. Soliq va iqtisodiy tavakkalchiliklardan qochish uchun bunday kontraktni qanday qilib toʻgʻri tuzish mumkinligini «Norma» eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 05.10.2022
Korxona oʻz mahsulotini shaxsiy avtotransportida eksport qilmoqchi. Yetkazib berish summasi mahsulotdan alohida ajratilishi, ushbu summaga QQS solinishi haqida «Norma» eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirish berdi: ... 

Material sanasi 04.10.2022
«QQS va foyda soligʻini toʻlovchi korxona qogʻoz ishlab chiqarish uchun xom ashyo, materiallar va asbob-uskunalar xarid qildi. Yarim yil ushbu faoliyat turi bilan shugʻullandi, biroq keyinchalik yoʻnalishni oʻzgartirdi. AV tarkibida qayd etilgan materiallar qoldiqlari va keraksiz asbob-uskunalarni sotishga qaror qildilar. Materiallar qoldiqlari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilishga QQS solinishi, bunday operatsiyalar hisobda qanday aks ettirilishi haqida «Norma» eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirish berdi: ... 

Material sanasi 21.09.2022
Avgust uchun QQS hisob-kitobida BYuD asosida (EK-11 reeksport rejimi) olib kirish va olib chiqish operatsiyalari (98 turi) imtiyozli aylanma sifatida oʻtdi. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 21.09.2022
2022 yil avgust uchun korxonalar QQS boʻyicha hisobotni 10006_35 kodi bilan hisobotning yangilangan shakli boʻyicha topshiradilar. DSQ mutaxassislari QQS hisob-kitobi shaklining “Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimida xatoga yoʻl qoʻymasdan, hisobotni qanday muvaffaqiyatli topshirishni tushuntirishdi. ... 

Material sanasi 21.09.2022
2022 yil 11 sentyabrdan boshlab import qilingan ish (xizmat)lar hamda Oʻzbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF taqdim etish imkoniyati cheklangan. Shundan kelib chiqqan holda QQS boʻyicha soliq hisobotining elektron shakli takomillashtirildi (paket kodi 10006_35). Soliq boʻyicha hisobotda bunday operatsiyalar boʻyicha ma’lumotlar qanday shakllantirilishi va hisobga olish huquqi amalga oshirilishini DSQ mutaxassislari tushuntirishdi. ... 

Material sanasi 20.09.2022
2022 yil 1 iyuldan boshlab majburiy ravishda QQS toʻlovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’yektlariga QQS boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomani soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berish tartibi joriy etildi (28.06.2022 yildagi PF-162-son Farmon 3-b.). DSQ mutaxassislari ushbu norma amaliyotda qanday ishlashini tushuntirishdi: ... 

Material sanasi 19.09.2022
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi boʻlgan korxona 2022 yilda ochildi. Tushum 1 mlrd soʻmdan oshgan taqdirda u qaysi sanadan boshlab QQSga oʻtishi lozimligini buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HAShIMOV tushuntirdi: ...