Buxgalter.uz iltimosiga koʻra «CRPT TURON» MChJ operatsion direktori Oleg KUZMIN chakana savdo shoxobchalari majburiy raqamli markirovkalanadigan tovarlar bilan ishlashga qanday tayyorlanishlari kerakligi haqida gapirib berdi. ...
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga koʻpincha onlayn-NKM cheklaridagi notoʻgʻri MXIK toʻgʻrisida xatlar keladi. Qonunni buzmaslik va nimanidir tuzatish va qayta sozlash zarurligi toʻgʻrisida doimiy talablarni olmaslik uchun tovarlar bilan ishlashni yoʻlga qoʻyishda tadbirkorga kim va nima yordam berishini buxgalter.uz iltimosiga binoan “Onlayn kassa treyd” MChJ TXKM direktori Rustam YaKUBOV gapirib berdi: ...
2023 yil 1 yanvardan boshlab tovarlarni chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar aholi bilan hisob-kitoblarda EAN shtrix-kodi va raqamli markirovkalash kodini aniq oʻqish va identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan kassa texnikasidan foydalana olishmaydi (04.10.2021 yildagi PQ-5252-son qaror 2-b.).
Bunday aniq oʻqiydigan qurilmalar, boshqalar qatorida, shtrix-kodi va raqamli markirovkalash kodi mavjud boʻlmagan tovarlar bilan ishlashda qanday yordam berishi mumkinligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “Yangi texnologiyalar” IAM tovarlar va xizmatlar tasnifi boʻlimi boshligʻi Oybek AZIMBAYeV gapirib berdi: ...
Davlat soliq qoʻmitasi Mahsulot va xizmatlarning Yagona elektron milliy katalogining yangilangan jadval koʻrinishidagi versiyasini taqdim etdi. Shtrix-kodlar yordamida MXIK bilan ishlash imkoniyati qoʻshilganligi asosiy yangiliklar jumlasiga kiradi. ...
“DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashining “Soliq ma’muriyatchiligining raqamli texnologiyalari” Ishchi guruhi MXIKni joriy etishning dolzarb masalalarini norasmiy sharoitda muhokama qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bu gʻoyani DSQ raisi Sherzod KUDBIYeV qoʻllab-quvvatladi”. ...
2022 yil 10 avgustdan boshlab tibbiy xizmatlar uchun yangi MXIK joriy etildi va oldingilari amal qilishdan chiqarildi. Buxgalter.uz yangi kodlar orasidan keraklisi topilmagan taqdirda nima qilish kerakligini aniqlashtirdi. ...
DSQ turar joy va noturar joylarning MXIKni detallashtirdi. Ushbu ob’yektlarning asosiy MXIKlari va avval qoʻllanilgan 09801001005000000 (atributlari bilan) va 09801001999000000 MXIKlar nofaol holatga oʻtkaziladi. Soliq toʻlovchilar qanday ishlashlari kerak? ...
2022 yil 1 iyuldan boshlab MXIKlar yangilandi va yogʻoch uchun qat’iy belgilangan birliklar ma’lum qilindi. Shuningdek, shakar va sabzavotlar uchun yagona oʻlchov birliklari joriy etilmoqda.
Yangiliklar bilan qanday ishlashni buxgalter.uz sharhida oʻqing. ...
Soliq qoʻmitasi xatlar yoʻllamoqda, unda soliq toʻlovchilarga onlayn-NKM va virtual kassalar cheklarida MXIK koʻrsatilmaganligi yoki xato koʻrsatilganligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Soliq maslahatchisi Rustam SOBIROV buxgalter.uz iltimosiga binoan MXIK bilan bogʻliq vaziyatni sharhlab berdi. Mutaxassisning fikriga koʻra, soliq organlarining oʻzi muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin: ...
2022 yil 12 avgustdan boshlab, agar tadbirkorlar tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan kassa texnikasida MXIKsiz yoki notoʻgʻri MXIKli cheklar qolib ketsa, TXKM davlat reyestridan chiqarib tashlanadi (12.05.2022 yildagi 255-son VMQ 2-b.) (12.05.2022 yildagi 255-son VMQ 8-b.). Buxgalter.uz iltimosiga binoan “Maron” MChJ TXKMning onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassisi Rustam YaKUBOV bu onlayn-NKM egalari uchun nimaga sabab boʻlishini tushuntirib berdi: ...
OʻRQ 767-son Qonuni bilan bir qator oziq-ovqat tovarlarini QQSdan ozod etish muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi (05.05.2022 yildagi OʻRQ-767-son Qonun). Buxgalter.uz soliq majburiyatlarini bajarishda ushbu imtiyozlarni qanday qoʻllashni aniqlashtirdi. ...
DSQ onlayn-NKM cheklarida tovarlar va xizmatlarga xato MXIK koʻrsatilgan tadbirkorlarga bildirishnoma-xatlarni yoʻlladi. Bunday xatga qanday javob berishni “Norma” eksperti Oleg GAYeVOY tushuntirdi. ...
Mahsulot (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogi operatori sement MXIKlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni yakunladi. Uning natijalari boʻyicha roʻyxat toʻldirildi. Endi katalogda Oʻzbekiston bozorida taqdim etilgan sementning barcha turlari uchun MXIK mavjud. Sement ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji tarmoq va chakana realizatsiya qiluvchilar ushbu oʻzgartirishlarni oʻz EHF va onlayn-NKMda hisobga olishlari lozim. ...
My.soliq.uz da “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida axborot” interaktiv xizmatining “Kassa cheklari boʻyicha tushumlar” menyusida fiskal ma’lumotlar operatori tomonidan Excel formatidagi ikkita yangi fayl joylashtirildi. Ular barcha ma’lumotlar soliq hisobotlaridan toʻgʻri oʻtishi uchun tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan cheklarni aniqlashi mumkin. ...
Mahsulot (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogi operatori dori vositalari MXIK kodlarini yangiladi. Endi katalogda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekistonda realizatsiya qilishga ruxsat etilgan barcha dori vositalari uchun MXIK mavjud. Ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji tarmoq va dorixonalar ushbu oʻzgartirishlarni oʻz EHF va onlayn-NKMda inobatga olishlari lozim. ...
2022 yil 1 sentyabrga qadar soliq toʻlovchilarga notoʻgʻri MXIKlar uchun jarima solinmaydi. Sement, shisha, yogʻoch va paxtaga tegishli xoʻjalik operatsiyalari bundan mustasno. 2022 yil yakuniga qadar ishchi guruhlar tashkil etiladi, tovarlar va xizmatlar katalogi ustida ishlash, bazaviy shartli birliklarni sodda va tushunarli shaklda belgilash va h.k. davom ettiriladi. Bunda nimalarni albatta hisobga olish lozimligini “TRI-S-AUDIT” auditorlik kompaniyasi direktori Cvetlana GOLOSOVA tushuntirib berdi: ...
Ishonchnomalar, tovar-transport yukxati, bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) dalolatnomalarining elektron shakllarida tovarlar va xizmatlarning MXIKlarini aks ettirish uchun yangi ustun paydo boʻldi. Uni toʻldirishda EHFni avtomatik tarzda toʻldirish imkoniyati paydo boʻladi. Bu qanday ishlaydi? ...
2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga raqamli markirovkalash qoidalarini buzmagan holda mahsulotlarni olib kirish va hisobga olish vazifasi yuklatilgan 31.12.2020 yildagi 833-son VMQga 3-ilova 31.12.2020 yildagi 833-son VMQga 4-ilova. Mahsulotlar toʻgʻri markirovkalanganda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtishda muammolar yuzaga kelmaydi.
Ushbu masalada nimalarga e’tibor berilishi lozimligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan «CRPT TURON» MChJ menejeri Fazliddin SAYDULLAYeV gapirib berdi: ...
2022 yil 1 yanvardan boshlab tovarlar va xizmatlar boʻyicha MXIK koʻrsatilmagan onlayn-NKM cheklarini berish taqiqlanadi 4.10.2021 yildagi PQ-5252-son qarorning 2-b. «a» kichik b. . Notoʻgʻri koʻrsatilgan MXIK axborot tizimlarida hisobga olishda xatoliklar yuzaga kelishiga va soliq imtiyozlarini qoʻllashda muammolar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Chekdagi xatolarni qanday tuzatish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan «Maron» TXKM mutaxassisi Rustam YoQUBOV tushuntirib berdi: ...
2022 yil 1 yanvardan boshlab MXIK kodlari aks ettirilmagan onlayn-NKM va virtual kassalar cheklarini berish taqiqlandi (04.10.2021 yildagi PQ-5252-son qarorning 2-b. “a” kichik b.). DSQ hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKT cheklarida koʻrsatiladigan MXIKda xatolar boʻlmasligi kerakligini yana bir bor eslatib oʻtdi. Kelgusida bu huquqbuzarlarga jarima solishga sabab boʻladi. ...