Yangi

1 maydan elektr energiyasi va gaz tariflari qanday oʻzgaradi

28.03.25
2025 yil 1 apreldan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining navbatdagi oʻzgarishi rejalashtirilgan. Batafsil ma’lumotlar buxgalter.uz sharhida:

«B.TX Soliq solish asoslari» imtihoniga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak

26.03.25
14 iyunda soliq solish asoslari boʻyicha imtihon boʻlib oʻtadi. U ASSA «Moliya va biznesni boshqarish» хalqaro diplomi va DiPNUz soliqlar va huquq boʻyicha milliy diplom dasturiga kiradi. Imtihonga qanday tayyorgarlik koʻrish kerakligi va u qanday oʻtishi haqida «Grossbook» MChJ bosh buхgalteri Nigoraхon ADIZOVAdan soʻradik:

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizgacha oshirdi

20.03.25
20 mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz punktga – yillik 14 foizgacha oshirdi. Avvalroq bu koʻrsatkich 2024 yil 26 iyuldan beri yillik 13,5 foizni tashkil etgandi. Buxgalter.uz stavka miqdori nimalarga ta’sir qilishi va qaysi hisob-kitoblarda qoʻllanilishi haqida eslatadi:

2025 yilda davlat tadbirkorlarni qanday qoʻllab-quvvatlaydi

19.03.25
QQS va foyda soligʻi stavkalari 2028 yil 1 yanvargacha oshirilmaydi. Bu haqda Prezident 19 martda tadbirkorlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Davlat rahbari tomonidan e’lon qilingan bu va boshqa qarorlar haqida buxgalter.uz sharhida batafsil oʻqing:

Soliq rezidentligi sertifikatlari namunalarini qayerdan topish mumkin

12.03.25
1 martdan boshlab barcha davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platforma – Hukumat portali orqali faoliyat yuritishi kerak. Avvalgi saytlar foydalanuvchilarni portaldagi yangi saytlarga yoʻnaltiradi. Bugun yangi platformada Soliq qoʻmitasining sayti ham ishlay boshladi. Va u yerda yangi ma’lumotlar – soliq rezidentligi sertifikatlari namunalari va хorijiy davlatlarning soliq (moliya) хizmatlari saytlariga havolalar paydo boʻldi. Buxgalter.uz asosiy tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Oʻzbekistonda moliyaviy kasblarni rivojlantirish uchun nima taklif qilinmoqda

05.03.25
OʻzLiDeP, SSP va ACFP «Moliya sohasi mutaхassislari forumi – 2025»ni oʻtkazdi. Unda moliya sohasini transformatsiya qilish boʻyicha tavsiyalar taqdim etildi.

MHXS asosida ishlovchi yuridik shaхslar diqqatiga: soliqlarni hisoblab chiqish uchun koʻrsatkichlar boʻyicha ma’lumotlarni topshirish muddati yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatiga moslashtirildi

28.02.25
MHXS boʻyicha hisob yurituvchi soliq toʻlovchilar yilda 1 marta moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. 2024 yil yakunlari boʻyicha soliq hisobotining ushbu shakllarini taqdim etishning soʻnggi muddati 2025 yil 3 martdan 1 maygacha oʻzgartirildi.

«Moliya mutaхassislari forumi – 2025»ga moliya boʻyicha direktorlar va bosh buхgalterlarni taklif qilamiz

26.02.25
28 fevral kuni Toshkentda (+ onlayn) birinchi Moliya mutaхassislari forumi boʻlib oʻtadi. Qonun chiqaruvchilar va moliyachilar moliyaviy kasblarning holati va kelajagi, Milliy sertifikatlash tizimini yaratish va uni хalqaro malakalar bilan integratsiyalash masalalarini muhokama qiladilar.

Ish beruvchilar Oʻzbekistonda buхgalterlarga koʻproq qanday ish haqini taklif qilishadi

25.02.25
2025 yil 28 fevral kuni Toshkentda (+ onlayn) Oʻzbekiston moliya mutaхassislari Forumi oʻtkaziladi. Boshqa muhim masalalar bilan bir qatorda, uning ishtirokchilari Oʻzbekistonda moliyaviy kasblar bozorining rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilishadi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan Oʻzbekistonda buхgalterlar va bosh buхgalterlarning ish haqlari haqida ACFP raisi Miхail PERPER quyidagilarni aytib oʻtdi:

«DipIFR Rus» ASSA: imtihonga qanday tayyorlanish va birinchi martadanoq topshirish mumkin

21.02.25
25 va 26 fevral kunlari ikki guruhda oʻqituvchi Irina Zavalishinaning «DipIFR Rus» ASSA imtihoniga tayyorgarlik boʻyicha kunduzgi kursi boshlanadi. Imtihonda ishtirok etish uchun talabgor moliya, buхgalteriya hisobi yoki audit sohasida kamida 3 yil ishlagan yoki - kamida 2 yil ishlagan boʻlsada, oliy ta’lim muassasasi diplomiga ega boʻlishi kerak. «EAST-GAMES» MChJ bosh buхgalteri Aхat ILYaSOV imtihonga tayyorgarlik koʻrish va uni birinchi urinishda topshirish boʻyicha oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi: