Yangi

Plastik kartadan hisob-kitob qilinganda onlayn-NKT chekini berish tartibi oʻzgartiriladi. Bunga qanday tayyorgarlik koʻrish lozim

20.10.21
Toʻlov terminallari orqali amalga oshirilgan toʻlovlar bir vaqtning oʻzida onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida aks ettiriladi. Bunday amaliyot 2022 yil 1 aprelga qadar DSQ va Markaziy bank tomonidan yoʻlga qoʻyiladi 4.10.2021 yildagi PQ-5252-son qarorning 4-b. . Mazkur oʻzgarishlarga qanday tayyorlanish lozimligi va ular qanday natija berishi haqida – buxgalter.uz sharhida.

Diqqat! DipIFR masofaviy imtihoni uchun arizani 2021 yil 22 oktyabrga qadar topshirishga ulguring

19.10.21
DipIFR imtihoni uchun talabgorlar sonining koʻpligi bois dekabr sessiyasi uchun oʻrinlar tugadi. Biroq hali hammasi yoʻqotilmadi, hamkasblar! Imtihonni masofadan turib topshirish mumkin. Shoshiling: sanoqli kunlar qoldi...

Qanday qilib xizmatlar importi va vositachilar uchun EHF joʻnatish boʻyicha funksionalsiz ishlash mumkin

19.10.21
Kechagi kundan boshlab EHF tizimida xizmatlar importi va vositachilar uchun hisobvaraq-fakturalarni joʻnatish funksionali oʻchirilgan. Qanday qilib bu vaziyatda qonunchilikni buzmagan va korxona faoliyatini toʻxtatmagan holda ishlashni davom ettirish mumkin? Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA sharhlab berdi:

E-aktiv servisi joriy qilinguniga qadar qanday savollar yuzaga kelmoqda

15.10.21
2022 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlovchilar va UF (UK)da davlat ulushi 50% va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar oʻz aktivlari bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini «E-aktiv» tizimida aks ettiradilar 22.09.2021 yildagi 595-son VMQ 3-b. «b» kichik b.. Buxgalter.uz ushbu tizim qanday ishlashini aniqlashtirdi.

Sentyabr uchun JShDS boʻyicha hisobot topshirish muddati 20 oktyabrga qadar uzaytirildi

15.10.21
Koʻp sonli xodimlarga ega soliq toʻlovchilar uchun xodimlarning JShShIRlarini aniqlash uchun qoʻshimcha vaqt talab etilishi munosabati bilan, 2021 yil sentyabr uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha hisobotni topshirish muddati 5 kunga - 2021 yil 20 oktyabrga qadar uzaytirildi - deb xabar berdi DSQ matbuot xizmati.

Yurxizmat.uz sayti test rejimida shartnomalar namunalari bilan ishlamoqda

11.10.21
Adliya vazirligining Yurxizmat.uz interaktiv servisi - bu yuridik hujjatlarni (arizalar, shartnomalar, tashkilotning ta’sis hujjatlari va boshqalar) tayyorlash, ishlov berish va foydalanish uchun “onlayn-konstruktor”. Buxgalter.uz u yerda nimalar borligi va undan qanday foydalanishni aniqlashtirdi.

TMR harakatlanishi hisob-kitobi DSQ tizimi orqali olib boriladi

29.09.21
Tovar- moddiy resurslar harakatlanishini hisob-kitobini «E-aktiv» tizimida aks ettirish aprobatsiyasida 31 tashkilot ishtirok etmoqda. 2022 yilning 1 yanvaridan barcha QQS toʻlovchilar va UFda (UK) 50% va undan ortiq davlat ulushiga ega korxonalar undan foydalanishlari shart. Kelgusida esa ehtimol qolgan barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ham bunda ishtirok etishlari mumkindir.

Ijara shartnomalari 1 yanvardan boshlab qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi

28.09.21
DSQ ijara.soliq.uz saytini sinovdan oʻtkazmoqda. 2022 yil 1 yanvardan boshlab unda yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan koʻchmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomalari roʻyxatdan oʻtkaziladi (22.09.2021 yildagi 595-son VMQ 3-b. “v” kichik b.). Ijara shartnomalarini masofadan turib roʻyxatdan oʻtkazish tizimi haqida “Yangi texnologiyalar” IAM direktori oʻrinbosari Gʻiyos QARShIYeV gapirib berdi:

Oʻzbekiston boʻylab sayohat uchun subsidiya qanday olinadi

27.09.21
24.02.2021yilagi 100-sonli VMQga muvofiq, sayohat tashkilotchilari Oʻzbekiston boʻylab sayohat uchun (ichki turizm) yoʻl chiptalari va mehmonxona xizmatlari narxining bir qismini subsidiya hisobidan qaytarib olishi mumkin. Buning uchun nima qilish lozimligi haqida - buxgalter.uz sharhida.

QQS boʻyicha manfiy farqni qaytarishni rad etish sabablaridan biri bartaraf etilmoqda

22.09.21
Yaxshi yangiliklar! DSQ 2022 yilga soliq - byudjet siyosati Konsepsiyasiga QQS boʻyicha soliq hisob-kitobini topshirish muddatlarini unifikatsiya qilish boʻyicha oʻzgartish kiritdi. Mazkur idora QQS boʻyicha manfiy farqni qaytarish yuzasidan arizalar rad etilishi holatlarini kamaytirishni istaydi.