Yangi

Kim 1 apreldan boshlab “Javob beramiz!” xizmatidan foydalanishi mumkin?

31.03.21
Javob beramiz!” xizmatidan Buxgalter Pro, Norma dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari va “Soliq va bojxona xabarlari” va “Norma maslahatchi” gazetalari toʻplami obunachilari foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Saytning oddiy foydalanuvchilari savollar-javoblar bazasini endi koʻrishmaydi. Xizmatning ma’lumotlar bazasi muntazam oʻsib boradi va bugungi kunda eng “qizgʻin” amaliy masalalar - yuridik, buxgalterlik, soliq, bojxona masalalari boʻyicha taxminan 20 ming ekspert javoblarini oʻz ichiga oladi. 2021 yilda xizmatga 18 yil toʻladi. Foydalanuvchilarning qanday toifalari va qanday darajada undan foydalanishlari mumkinligini eslatib oʻtishdan mamnunmiz:

EHF muammolari boʻyicha “davra suhbati” yakunlari

24.03.21
23 mart kuni DSQ raisi Sherzod KUDBIYeV va moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV EHF muammolari boʻyicha “davra suhbati” oʻtkazishdi. Unda soliq maslahatchilari va biznes vakillari ishtirok etishdi. Uchta asosiy savol muhokama qilindi: 1) EHFni oʻz vaqtida taqdim etmaganlik va muddatlarga rioya qilmaganlik uchun jarimalar; 2) joriy hisobot davrida tuzatilgan EHFni taqdim etish uchun cheklovlar; 3) hisobga olish huquqini noqonuniy qoʻllash. Buxgalter.uz kompaniya rahbari timsolida munozaralarda ishtirok etdi. Natijalar qanday?

Nima uchun buxgalter.uz materiallari toʻliq ochilmaydi? Tavsiyalar qayerda joylashgan? Qanday qilib yordam olish mumkin?

23.03.21
Mart oyining boshida buxgalter.uz foydalanuvchilari saytga qanday baho berishini tushunish uchun oʻtkazgan soʻrovnomani oʻz telegram-kanalida e’lon qildi. Ular qulaymi? Hammasi tushunarlimi? Bugun biz sarhisob qilamiz: savollarga javob beramiz va buxgalter.uz saytining ba’zi «yangiliklari» haqida gapirib beramiz.

EHF: dolzarb muammolar qanday hal qilinadi

16.03.21
DSQ EHF boʻyicha “davra suhbati” oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasi bilan bogʻliq dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun DSQ mutaxassislari, soliq maslahatchilari, auditorlar va tadbirkorlar yigʻilishini taklif etdi. Shu tariqa, regulyator va jamoatchilikning dolzarb masalalarni muhokama qilish va hal qilish zarurligi yuzasidan pozitsiyalari mos keladi. Ushbu uchrashuvda gap nima xususida boradi?

Respublikamizdagi buxgalter ayollarni bayram bilan tabriklaymiz!

08.03.21
«Norma» kompaniyasining erkaklar jamoasi rahbariyat nomidan hamda buxgalter.uz tahririyatining butun jamoasi hamkasblarni va oʻquvchilarni xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etadi! 8 mart bayrami munosabati bilan siz uchun hazil testni tayyorladik. Buxgalterlar klassifikatsiyasida oʻzingizni osongina topib olasiz deb umid qilamiz. Ehtimol, bir yoʻla bir necha toifaga mansubligingiz ayon boʻlar! Qanday natijalarga erishganingizni bizga yozib yuborishni unutmang

Yil boshidan valyutani xarid qilish va sotishda nima oʻzgardi

07.03.21
Yil boshida MB 2021-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta intervensiyasi strategiyasini tasdiqladi. U mavjud amaliyotda nimani oʻzgartiradi.

DSQ yanvar uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini qanday topshirishni tushuntirdi

05.03.21
3 martdan boshlab soliq hisoboti shakllarida JShDS va ijtimoiy soliqning yangi shaklidan - mazkur soliqlar boʻyicha toʻldirish va topshirish uchun yagona shakl sifatida foydalanish mumkin. Soliq toʻlovchilarga yordam tariqasida DSQ uni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani e’lon qildi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.

DSQ yanvar uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini qanday topshirishni tushuntirdi

05.03.21
3 martdan boshlab soliq hisoboti shakllarida JShDS va ijtimoiy soliqning yangi shaklidan - mazkur soliqlar boʻyicha toʻldirish va topshirish uchun yagona shakl sifatida foydalanish mumkin. Soliq toʻlovchilarga yordam tariqasida DSQ uni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani e’lon qildi. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.

Moliya vazirligi MHXSga oʻtuvchilar uchun namunaviy hisob siyosatini ishlab chiqdi

26.02.21
Moliya vazirligi ochiq foydalanish uchun 2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritishga oʻtgan korxonalar uchun hisob siyosatining namunaviy shaklini joylashtirdi. Uslubiy qoʻllanmadan oʻzbek va rus tillarida foydalanish mumkin.

QQS hisob-kitobi ketmayaptimi? Servisni ikki soat mobaynida tuzitishga va’da berishmoqda

22.02.21
Shakllangan yaxshi an’anaga binoan my.soliq.uz bugun texnik nosozliklar bilan ishlamoqda. Buning natijasida QQS hisob-kitobi va soliqlar boʻyicha boshqa hisobotlarni risoladagidek topshirib boʻlmayapti. Buxgalter.uz DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAMda nosozliklarni bartaraf etish muddatlarini aniqlashtirdi.