Yangi

Qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar

18.04.25
REPO operatsiyalari boʻyicha daromad endi daromad sifatida hisobga olinmaydi. Shuningdek, soliq toʻlovchilarning qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlarining bir qismiga soliq solinmaydi. Bu 17.04.2025 yildagi OʻRQ-1057-son Qonun bilan nazarda tutilgan. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda. Hujjat 17 apreldan kuchga kirdi, tegishli oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi. Nimalar aniq oʻzgardi?

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari qaysi tavakkalchiliklardan oʻz faoliyatini sugʻurtalashlari shart

17.04.25
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari oʻz tavakkalchiliklarini sugʻurtalashlari shart qilib qoʻyildi. Bu 15.04.2025 yildagi «Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi yangi OʻRQ-1056-son Qonun normalaridan kelib chiqadi. Tafsilotlarni norma.uz portali keltiradi. Qanday tavakkalchiliklar haqida gap ketyapti va qonun qishloq xoʻjaligi korxonalariga yana qanday majburiyatlarni yuklashi haqida sharhda oʻqing:

Oʻgʻitlar va pestitsidlar aylanmasi ishtirokchilari qanday qadamlarni amalga oshirishi kerak

15.04.25
1 maydan Oʻzbekistonda oʻgʻitlar va oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini markirovkalashni boshlaydilar. Birinchi bosqichda bu faqat beshta kompaniyaga tegishli boʻladi. Bir yildan soʻng esa – 2026 yil 1 maydan – oʻgʻitlar va pestitsidlarni raqamli markirovkalash barcha aylanma ishtirokchilari uchun majburiy boʻladi. Bu 08.04.2025 yildagi 203-son VMQda nazarda tutilgan. Pilot loyihasi ishtirokchisi boʻlgan kompaniyalar uchun zarur harakatlarni buxgalter.uz sharhida oʻqing:

BYuD toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi

14.04.25
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat 8 apreldan kuchga kirdi. Tafsilotlar norma.uz portalida keltirilgan. Nimalar aniq oʻzgarganligini quyidagi sharhda oʻqing:

15 iyuldan qaysi tovarlar faqat birja orqali realizatsiya qilinadi

14.04.25
15 iyuldan faqat birja savdolari orqali ichki bozorda realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar, xom ashyo va materiallar turlari Roʻyxati kengaytiriladi. Bu 11.04.2025 yildagi «Zamonaviy birja mexanizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida narxlar oʻzgarishining oldini olishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 220-son VMQda nazarda tutilgan. Batafsil ma’lumotlarni norma.uz portali keltiradi. Qanday mahsulot haqida gap ketmoqda?

Tadbirkorlar qadoqlangan meva va sabzavotlarni realizatsiya qilishda qanday yangi imtiyozlarga ega boʻladilar

11.04.25
Zamonaviy qadoqlarda meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiyaga chiqaradigan tadbirkorlar uchun foyda soligʻi va ijtimoiy soliq stavkalari qator shartlar bajarilganda 1foizgacha pasaytirilishi mumkin. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Oʻzbekistonda Elektron tijorat qoidalarida nimalar oʻzgarmoqda

07.04.25
QHTBTda 12 aprelgacha Oʻzbekistonda Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari loyihasi – yangi tahrirda muhokama qilinmoqda. 2016 yildagi amaldagi Qoidalar yangilari qabul qilinishi bilan oʻz kuchini yoʻqotadi. Loyiha yangi atamalarni joriy etadi, operatorlarni tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish masalalarini hamda elektron tijoratda eksportning xususiyatlarini tartibga soladi. Batafsil ma’lumotlar - buxgalter.uz sharhida:

Kreativ industriya parki rezidentlari qanday imtiyozlarga ega boʻladi

02.04.25
2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvarga qadar Kreativ industriya parki rezidentlari uchun imtiyozli soliq rejimi qoʻllaniladi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni cheklangan ustama bekor qilingandan keyin qanday sotish kerak

01.04.25
2025 yil 1 apreldan boshlab retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar cheklangan ustama bilan nazorat qilinmaydi va erkin narx belgilanadi. Bu Prezidentning 28.01.2025 yildagi PF-13-son Farmonida nazarda tutilgan. Ammo hozircha 185-son VMQ va 489-son VMQga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmagan. Realizatsiya qilishda kompaniyalar shunga duch kelishmoqdaki, retseptsiz beriladigan dori vositalariga bazaviy narx koʻrsatilmasa, EHF tizimidan oʻtmayapti. Farmatsevtika kompaniyalari va dorixonalarga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishni qanday hisoblash va qayd etish kerak hamda kompaniyalarga yangi sharoitlarda ishlash imkonini berish uchun qonunchilikka qanday oʻzgartirishlar zudlik bilan kiritish lozimligini soliq maslahatchisi, farmatsevtika faoliyatini soliqqa tortish boʻyicha mutaxassis Lola KARIMOVA (CAP, DipIFR) tushuntirdi:

Oʻzbekistonda 1 apreldan boshlab nimalar oʻzgaradi

28.03.25
2025 yil 1 aprel buxgalter uchun mas’uliyatli kun. Bu kunda qonunchilikda koʻplab oʻzgarishlar kuchga kiradi va bu oʻzgarishlarni chuqur anglab olish kerak boʻladi. Ular orasida – soliq qoidabuzarliklari boʻyicha javobgarlikka tortishning yangi tartibi, barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalarining QQSga oʻtishi, muqobil energiya uchun «yashil» tariflar, nogironlikni belgilash mexanizmining oʻzgarishi, elektr va gaz uchun rejalashtirilgan tarif oshishi va boshqa koʻplab oʻzgarishlar mavjud. Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida: