Yangi
05.03.25
2025 yil yakuni boʻyicha hisobot davridan boshlab ba’zi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotlarini topshirish bekor qilinadi. Bu va boshqa yangiliklar quyidagi yangi hujjatlarda nazarda tutilgan:
1) 24.02.2025 yildagi «Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-27-son Prezident Farmoni;
2) 24.02.2025 yildagi PQ-75-son «Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida»gi Prezident Qarori.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:
28.02.25
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyentlarni nafaqat tumanlar va zonalar boʻyicha, balki faoliyat turlari yoki koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha ham tabaqalashtiradi.
Tafsilotlar va soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVAning sharhlari – buxgalter.uz sharhida:
28.02.25
2028 yil 1 yanvargacha 10 ta faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning 1% stavkasi uzaytirildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
28.02.25
2025 yil 1 martdan boshlab milliy qonunchilikdagi navbatdagi oʻzgarishlar kuchga kiradi.
Xususan, Mehnat inspeksiyasi kameral tekshiruvlarni boshlaydi, shuningdek, davlat koʻchmas mulkini ijaraga olish yoki sotib olish tartibi oʻzgaradi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytining sharhida:
24.02.25
11 fevralda Vazirlar Mahkamasi «Bojxona ma’muriyatchiligi tartib-taomillarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 77-son qarorini qabul qildi. Hujjat nafaqat foydalanilayotgan atamalar sonini 26 tadan 15 tagacha qisqartirdi, balki faktoringdan foydalanish orqali tashqi savdo operatsiyalarida moliyaviy oqimlarni optimallashtirish uchun yangi mexanizmlarni joriy etdi.
«ICONSULTANT» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilari uchun eng muhim oʻzgarishlarni ajratib koʻrsatdi:
20.02.25
Regulation.adliya.uz saytida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan naqd pulga sotib oluvchi korxonalar uchun muhim boʻlgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
19.02.25
Savdo-sanoat palatasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oziq-ovqat sanoatida yana bir uyushma tashkil etishni va 2027 yil 1 yanvargacha oziq-ovqatga moʻljallangan barcha turdagi yogʻ-moy mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalashni joriy etishni taklif qilmoqda.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqladi:
17.02.25
13.02.2025 yildagi OʻRQ-1030-son Qonun bilan Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻrganishda davom etamiz. Ular oʻrtacha ish haqini hisoblashdan tashqari, «ta’til puli»ni hisoblash va ishdan boʻshatishda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani hisoblashga ham taalluqli:
17.02.25
13.02.2025 yildagi OʻRQ-1030-son Qonun bilan oʻrtacha ish haqini hisoblashga oʻzgartirishlar kiritildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
13.02.25
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan chet el valyutasida sotib olinadigan turli xil aktivlarni baholash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgartirishlar buxgalteriya hisobining uchta milliy standartiga tegishli boʻldi – 4, 5 va 7-sonli.
Tafsilotlar – Buxgalter.uz sharhida: