Yangi
12.07.23
“20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlaydigan tadbirkorlar soliq imtiyozlari va preferensiyalariga ega boʻlishdi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli Nizom tasdiqlandi (07.07.2023 yildagi 279-son VMQga ilova).
04.07.23
Vazirlar Mahkamasi TIF TN 2009, 2201, 2202 kodlari bilan “suv va salqin ichimliklar” guruhi tovarlarini bosqichma-bosqich raqamli markirovkalashning yangi muddatlarini belgiladi. Oʻzgartirishlar 30.06.2023 yildagi 269-son VMQ bilan kiritildi.
03.07.23
1 iyulda qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartirishlarning navbatdagi paketi kuchga kiradi. Buxgalter.uz ularning eng muhimlari boʻyicha sharh tayyorladi.
Shunday qilib, 1 iyuldan boshlab:
20.06.23
Yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz xodimlari uchun (cavdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan YaTTlardan tashqari) toʻlashi lozim boʻlgan har yilgi ijtimoiy soliq mikdori BHMning 6 baravaridan BHMning 1 baravarigacha miqdorga kamaytirilmoqda. Bu 16.06.2023 yildagi OʻRQ-847-son Qonunda nazarda tutilgan.
Shu hujjat bilan “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga – ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish qismida oʻzgartirishlar kiritildi.
19.06.23
E-aktivdan ixtiyoriy foydalanish tartibi 2024 yil 1 aprelga qadar uzaytirildi. 14.06.2023 yildagi PQ-192-son qarordagi boshqa yangiliklar toʻgʻrisida batafsil – buxgalter.uz sharhida:
19.06.23
Uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatganlik uchun davlat boji BHMning 25 000 baravari miqdorida belgilandi. Bu 14.06.2023 yildagi OʻRQ-846-son Qonunda nazarda tutilgan.
Ushbu sohada litsenziyalar olish uchun ayrim boshqa bojlar 2 baravar kamaytirildi, bu haqda batafsil – buxgalter.uz sharhida:
13.06.23
2023 yil 12 iyunda yangi imtiyozlar tasdiqlandi: 1) Qoraqalpogʻiston tadbirkorlari uchun (OʻRQ-845-son Qonun) va 2) “Hunarmand” uyushmasining a’zolari uchun (PF-91-son Farmon). Tafsilotlarni norma.uz portali keltirib oʻtadi:
09.06.23
Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahalliy xoʻjalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarini tasdiqlash tartibi tasdiqlandi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bunday vaziyatda Savdo-sanoat palatasi raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan QR-kod bilan sertifikat olishlari mumkin.
Batafsil – buxgalter.uz sharhida.
02.06.23
Buxgalter.uz 2023 yil 1 iyundan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar toʻplamini tayyorladi.
01.06.23
2023 yil 1 dekabrdan boshlab “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi tufayli davlat organlari aholi va biznesdan yana 47 turdagi ma’lumotlarni talab qilmaydi. YaIDXPda tez orada 95 ta yangi xizmatlar va servislar paydo boʻladi. Shuningdek, iqtisodiyotning tarmoqlarini raqamlashtirish sohasida 51 ta loyiha tashabbusi bilan chiqildi.