Yangi
16.02.23
Oʻzbekistonning rezidentlari tomonidan ta’sis etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 maydan boshlab bankda hisobvaraqlarni faoliyatning har qanday bosqichida masofadan turib ochishlari mumkin. Bu yangi Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nazarda tutilgan.
14.02.23
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasida 2023 yil uchun koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi.
13.02.23
Soliq qoʻmitasi 2023 yil 1 oktyabrga qadar tajriba tariqasida oldi-sotdi bitimlari soliq uzilishiga (QQS kam toʻlanganligiga) olib kelgan korxonalarga nisbatan soliq tekshiruvlarini tayinlaydi. Bunday tekshiruvlarga kimlar tushadi – faqat huquqbuzarlarmi yoki ularning kontragentlari ham tushadimi?
Soliq idorasi tushuntirdi:
13.02.23
Prezidentning 10.02.2023 yildagi PF-21-son Farmoni tadbirkorlik sub’yektlarini kichik, oʻrta va yirik biznesga ajratish mezonlarini belgiladi. Korxonaga soliq solish, imtiyozlar va preferensiyalar uning tasniflanishiga bogʻliq boʻladi.
01.02.23
2023 yil 1 fevraldan qonun hujjatlariga oʻzgartirishlarning navbatdagi toʻplami kuchga kiradi. Bu safar ular kamroq hamda kichik va oʻrta korxonalarning SSP a’zoligiga, zargarlik buyumlarini olib chiqish qoidalari, zargarlar uchun bank kafolatlari va advokatlar faoliyatining ayrim jihatlariga daxl qiladi.
10.01.23
QHTBTda Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi NHH loyihasi paydo boʻldi. Ishlab chiquvchi – Moliya vazirligi.
Boshlangʻich hujjatlarni saqlash qoidalarida nima oʻzgarishini buxgalter.uz sharhida oʻqing:
09.01.23
2023 yilning 1 aprelidan boshlab UFda chet el investitsiyalari ulushi kamida 33% boʻlgan korxonalar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekistonga mol-mulkni olib kirishda SK boʻyicha bojxona boji boʻyicha imtiyozga ega boʻlmaydilar. Toʻgʻri, bunda ma’lum shart mavjud: 2023 yilning 1 yanvariga qadar xorijiy investor hamda investitsiyalar va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritilishi bilan kuchga kirgan boshqa oʻzgartirishlar toʻgʻrisida – buxgalter.uz sharhida:
09.01.23
Qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, shuningdek nodir elementlar va nodir yer elementlari boʻyicha:
• soliq solish ob’yekti – qazib olingan (ajratib olingan) metallarni haqiqatda realizatsiya qilish hajmi;
• soliq bazasi – qazib olingan (ajratib olingan) metallarni haqiqatda realizatsiya qilish hajmi qiymati.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq qismida boshqa oʻzgartirishlar toʻgʻrisida – buxgalter.uz sharhida:
07.01.23
SKga tuzatishlar kiritilishi bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qismida ham koʻp narsa oʻzgaradi: toʻlovchilar doirasi kengaytirilmoqda, hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlash muddatlariga tuzatish kiritilmoqda, stavkalar indeksatsiya qilinmoqda:
06.01.23
Yer soligʻi qismida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun hisobot taqdim etish va soliqni toʻlash muddatlari va ayrim ob’yektlar boʻyicha soliq stavkalari oʻzgartirildi: