Yangi
25.08.21
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi. 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi. Bu Prezidentning “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
24.08.21
DSQ Internet tarmogʻida DXSh asosida “Ishonchli hamkor” qulay axborot platformasini ishlab chiqadi va ishga tushiradi. Rejaga muvofiq, 2022 yilning mart oyidan uning yordamida tadbirkorlar oʻzining kontragentlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega boʻladi 19.08.2021y. 529-sonli VMQ.
28.07.21
Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (buyruq roʻyxat raqami 2667-3, 15.07.2021 y.) oʻzgartirishlar kiritdi va “kasallik varaqasi”ning yangi shakllarini tasdiqladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:
16.07.21
13 iyul kuni Prezident tomonidan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (13.07.2021 yildagi PF-6261-son Farmon). Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:
13.07.21
7 iyul kuni Prezident uzumni shpaler usulida yetishtiruvchi fermerlar va vinoni eksport qiluvchilar uchun imtiyozlarni e’lon qildi. Batafsil - buxgalter.uz sharhida:
28.06.21
25 iyun kuni Prezident tomonidan “Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5161-son qaror imzolandi. Ushbu hujjatga muvofiq NTM nima olishgani haqida - buxgalter.uz sharhida.
22.06.21
Lotereyalar tashkilotchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3310, 17.06.2021 y.). Shuningdek, rieltorlik tashkilotlari (roʻyxat raqami 2257-4, 17.06.2021 y.) va lizing xizmatlari koʻrsatuvchilar (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021 y.) uchun shunga oʻxshash qoidalarga tuzatishlar kiritildi. Tafsilotlar - norma.uz portali sharhida:
11.06.21
9 iyun kuni Prezident tomonidan “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi (09.06.2021 yildagi PF-6244-son Farmon). Hujjat ularda qurilish materiallari ishlab chiqariladigan 24 ta sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlar taqdim etadi.
10.06.21
Vazirlar Mahkamasining 04.06.2021 yildagi 352-son qarori bilan Oʻzbekistonga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxati tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, import boji va QQS toʻlash boʻyicha imtiyozlar ushbu roʻyxatga kiritilgan TIF TN kodlari bilan yangi texnologik uskunalarga qoʻllaniladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:
09.06.21
Bu Prezidentning 2021 yil 4 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida