Yangi
24.11.20
Vazirlar Mahkamasi 20.11.2020 yildagi «Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi 737-son qarorni qabul qildi. 2020 yil 1 dekabrga qadar "Asl belgisi" mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (MAT) ishga tushirilishi kerak. Batafsil – norma.uz sharhida.
19.11.20
QHTBTda Prezidentning “Oʻrta korxonalarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish va ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirilgan. Hujjat kichik, oʻrta va yirik biznes jumlasiga kiritish mezonlarini aniqlashtiradi:
18.11.20
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan. Hujjatni 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Batafsil – norma.uz muxbiri Lola ABDUAZIMOVAning sharhida:
12.11.20
Vazirlar Mahkamasi 9.11.2020 yildagi “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 700-son qarorni qabul qildi. Hujjat 2021 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Batafsil - norma.uz portali sharhida.
11.11.20
Prezident tomonidan Soliq kodeksiga va ayrim qonun hujjatlariga kiritiladigan tuzatishlar toʻplami imzolandi. Batafsil - «Norma»ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti Oleg ZAMANOVning sharhida:
10.11.20
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar 3 oy oʻtgach kuchga kiradi. Batafsil – “Norma”ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti Oleg ZAMANOVning sharhida:
02.11.20
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga vaqtincha saqlash uchun bojxona yigʻimi toʻlashga taalluqli tuzatishlar kiritildi. Batafsil – norma.uz portali sharhida.
02.11.20
Tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda avtotransport vositalari parkini yangilash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator transport vositalari 2022 yil 31 dekabrga qadar utilizatsiya yigʻimini toʻlashdan ozod qilindi. Bu Vazirlar Mahkamasining 29.10.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 665-son qarorida nazarda tutilgan. Batafsil – norma.uz portali sharhida.
29.10.20
Prezidentning ayrim hujjatlariga bazaviy hisoblash miqdorini qoʻllash sohasini kengaytiruvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
29.10.20
Ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilinmoqda, bojxonada, davlat xaridlarida va boshqa sohalarda yangi qoidalar joriy etilmoqda. Bu haqda batafsil - «Norma»ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti Oleg ZAMANOV sharhida.