Yangi
03.01.25
«Kompaniya norezident bilan tovar belgisidan foydalanish huquqi boʻyicha shartnoma tuzgan. Norezident har oyda tovar belgisidan foydalanish uchun dalolatnomalar taqdim etadi, shartnoma boʻyicha toʻlov yilda 1 marta amalga oshiriladi. 2023 yil uchun kichik summa hisoblangan va hamkor uni 2024 yil toʻlovlari bilan birga toʻlashni yozma ravishda soʻragan. Lekin xizmat koʻrsatuvchi bank endi 365 kun muddat oʻtganligini roʻkach qilib, 2023 yil uchun toʻlovni oʻtkazishni rad etmoqda. Bank 2023 yil uchun toʻlovni oʻtkazishni rad etishi asoslimi? Toʻlov toʻlanmaganligi uchun sudga murojaat qilishi mumkin boʻlgan hamkor bilan nima qilish kerak?»
Vaziyatni «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Sobir NURBERDIYeV tushuntirdi:
01.01.25
Tavsiyada:
– ijtimoiy soliq qaytarilishining tartibi;
– ijtimoiy soliqni qaytarishga arizani qanday topshirish kerak;
– ijtimoiy soliqning qaytarilishini buxgalteriya hisobida va foyda soligʻi boʻyicha hisobotda qanday aks ettirish kerak.
27.12.24
25.10.2024 yildagi VMQ-706-son 13-bandiga muvofiq autstaffing shartnomasi boʻyicha ba’zi turdagi ishlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qanday ishlar haqida gap ketayotgooani sizni qiziqtiradimi? Ob’yektlar va uskunalardagi qanday turdagi ishlar xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlar (uskunalar)ga, shu jumladan portlash-yongʻin xavfi boʻlgan, agressiv yoki radioaktiv xavfli uskunalar jumlasiga kiritilgan?
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi, yurist Nurali NURMUHAMEDOV javob berdi:
24.12.24
«Xizmat koʻrsatuvchi qandaydir sabablarga koʻra EHFni oʻz vaqtida taqdim etmadi. Shuning uchun biz oʻzimizning birlamchi hujjatimizni rasmiylashtirishimiz kerak. Bular qanday hujjatlar boʻlishi kerak?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:
24.12.24
«Korxona umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatadi (kafe). My3.soliq.uz saytida xarid dalolatnomalarini rasmiylashtirish majburiymi? Agar "ha" boʻlsa, qaysi sanadan boshlab? Shaklni toʻldirishda kimning JShShIRi kerak? Agar sotuvchilarning JShShIRi boʻlsa, xarid hujjatida 50 tagacha pozitsiya mavjud boʻlgan holda, buni qanday amalga oshirish mumkin? Axir goʻshtni bir sotuvchidan, koʻkatlarni boshqasidan va hokazo sotib olamiz-ku?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
20.12.24
«Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan logistika kompaniyasi Yevropadan Xitoyga elektromobillarni xarid qilish va yetkazib berish boʻyicha xalqaro tenderda ishtirok etadi. Buyurtmachi – xorijiy yuridik shaxs. Bunday faoliyat qanday soliq oqibatlariga olib keladi?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
17.12.24
«Korxona sement sotib oladi. Oy oxirida yetkazib beruvchi pul chegirmasi taqdim etadi va uning summasiga «minus»li EHF taqdim etadi. Bu toʻgʻrimi? Bunday chegirmani olishni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
14.12.24
«Ishlab chiqarish korxonasi polietilen granulalarni import qiladi, ularni olib kirishda advalor stavka boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash majburiyati yuzaga keladi. Soʻngra granulalar polietilen plyonkaga qayta ishlanadi, plyonka 100% eksport qilinadi.
Eksport tasdiqlangan taqdirda aksiz soligʻini qaytarish mexanizmi bormi?»
Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:
14.12.24
«Tashkilotning bosh buxgalteri oʻrindoshlik asosida ishlaydi. Maoshi – 4 mln soʻm. Mehnat shartnomasida ish vaqtining davomiyligi haftasiga 20 soatdan oshmasligi nazarda tutilgan. Mehnat shartnomasida ishlangan oy uchun ish haqi maoshni ish vaqti me’yoriga boʻlish va haqiqatda ishlangan vaqtga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanishi koʻrsatilgan. Buxgalter oylar boʻyicha turli vaqt ishlaydi. Haqiqatda ishlangan vaqt oylar boʻyicha turlicha boʻlgani uchun hisoblangan ish haqi ham turlicha chiqmoqda.
Ta’til puli (foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya)ni hisoblash uchun oʻrindosh buxgalterning oʻrtacha oylik ish haqini qanday hisoblash kerak? Oylar boʻyicha ish haqi turlicha boʻlgani uchun oʻrtacha oylik ish haqini belgilangan 4 mln soʻmlik maoshning 1/12 qismi sifatida aniqlash mumkinmi?»
Savolga Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Mehnatga haq toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Otabek BOBOMURATOV javob berdi:
13.12.24
«Yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama xarajatlarini korporativ valyuta kartalari orqali toʻlashga 19.05.2023 yildagi VMQ-207-son qarori bilan ruxsat berilgan. Korxona Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi reklama berish xarajatlarini korporativ valyuta kartasi orqali toʻladi. Bu holda u qanday soliqlarni toʻlashi kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: