Yangiliklar

Qaysi import qiluvchilar realizatsiya hajmidan qat’i nazar QQSni toʻlashga oʻtishlari lozim

13.08.19
Prezidentning 27.06.2019 yildagi PF-5755-son Farmoni bilan belgilanishicha, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat’i nazar QQS toʻlovchilari hisoblanadilar. Ushbu normani qoʻllashda koʻp savollar yuzaga kelmoqda. buxgalter.uz iltimosiga koʻra savollarga moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod Sultonov javob beradi.

MChJ korporativ obligatsiyalarni chiqarishi mumkin

13.08.19
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar ishlab chiqildi. Hujjat barcha kelishuvlar va QHTBT portalida muhokamadan oʻtdi.

EKIH oʻrniga BHM kiritilishi ayrim toʻlovlarda qanday aks etadi

13.08.19
Moliya vazirligi mehnat haqi, pensiya va boshqa toʻlovlar miqdorini aniqlash tartibining oʻzgarishi nazarda tutilayotgani munosabati bilan ayrim qonunlarga tuzatishlarni tayyorladi.

Nima uchun dollar bunday sur’atda oʻsib bormoqda

12.08.19
Markaziy bank 10 avgustdan valyutalarning yangi kursini e’lon qildi va Oʻzbekiston soʻmining keskin kuchsizlanishi nima bilan bogʻliqligini tushuntirdi.

DSQ xodimlari Turkiyada nimalarga alohida e’tibor qaratishdi

12.08.19
DSQ mutaxassislari guruhi Turkiyadan soliq ma’muriyatchiligini avtomatlashtirish tajribasini oʻrganib qaytdilar.

TIFning nohalol ishtirokchilari roʻyxatiga kimlar kiritiladi

09.08.19
DSQ tomonidan QHTBT portalida Tashqi iqtisodiy faoliyatning nohalol ishtirokchilari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirildi. Muhokama 20 avgustga qadar davom etadi.

Tadbirkorlarga yordam beriladigan 10 kun

08.08.19
Poytaxtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda Toshkent shahri boʻyicha Respublika ishchi guruhi yordam beradi.

Yana bitta litsenziyani onlayn qayta rasmiylashtirish mumkin

07.08.19
YaIDXPda “Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish” xizmati ishga tushirildi.

DSQ Oʻzbekistonning yirik soliq toʻlovchilari roʻyxatini e’lon qildi

07.08.19
Roʻyxat DSQning 2019 yil 12 iyuldagi 178-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan va unga barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan 1 416 xoʻjalik yurituvchi sub’yekt kiritildi.

Telegram-bot QQS boʻyicha ortiqcha summani qaytarishda yordam koʻrsatadi

07.08.19
Moliya vazirligi tomonidan eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maxsus Telegram-bot ishga tushirildi.

10 avgustgacha buxgalter nima qilishi kerak

07.08.19
Hurmatli buxgalterlarga yaqinlashayotgan avgust oyi nazorat sanalarini eslatib oʻtamiz.

Oʻzbekistonda elektron sugʻurta polislar joriy etiladi

06.08.19
Prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi qarori bilan mamlakatimiz sugʻurta bozorini isloh qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

QQS stavkasi pasaytirilishidan kim yutadi

06.08.19
Keyingi vaqtlarda QQS boʻyicha imtiyozlarni bekor qilish va uning stavkasini pasaytirish masalalari tez-tez muhokama qilinmoqda. Fikr-mulohazalar koʻp. Ayrimlar soliq stavkasini 6–7% gacha pasaytirishni taklif qilmoqda. Boshqalar – 12% gacha. Uchinchilar foyda soligʻini oshirishni taklif qilishmoqda. JShDS stavkalari boʻyicha ham takliflar oz emas. Tahririyatning iltimosiga koʻra ushbu takliflarni moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV sharhlashga rozilik bildirdi.

Isitish va issiq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi

05.08.19
«Toshissiqquvvati» DUK issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va tashishga yangi tariflar belgilangani haqida xabar qildi.

Pillachilik tarmogʻiga – subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar

05.08.19
Prezidentning 31.07.2019 yildagi “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4411-son qarori qabul qilindi.

Import sovutish uskunalari aksiz soligʻidan ozod qilindi

02.08.19
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalariga tegishli tuzatishlar kiritildi.

Xom ipak va ipak momigʻi eksporti boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladi

02.08.19
2019 yil 1 yanvardan qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan eksport qilinadigan xom ashyo tovarlari roʻyxatiga biroz tuzatish kiritildi.

Mahalliy soliqlar boʻyicha toʻlov muddatini kechiktirish imkoniyatini qanday olish mumkin

02.08.19
Moliya vazirligi Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yagona yer soligʻining toʻlov muddatini kechiktirishni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini tayyorladi (ID-5463).

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarga – moliyaviy koʻmak

01.08.19
Bu chora-tadbirlar Prezidentning 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-son qarorida belgilangan.

15 avgustdan gaz uchun tariflar oʻzgaradi

01.08.19
Bu haqda “Oʻztransgaz” AJ oʻzining saytida xabar berdi.