Yangiliklar

Yuridik shaxslarga elektr energiyasi va gaz uchun korporativ kartalar bilan toʻlashga ruxsat berildi

14.03.25
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandi toʻldirildi. Bu Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan nazarda tutilgan. Oʻzgartirishlar 13 martdan kuchga kirdi. Gap nima haqida?

Xodimlar va ish beruvchilarni noqonuniy mehnat munosabatlari uchun qanday jazolashadi

14.03.25
19 martgacha QHTBTda xodimlar bilan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi MJTKga oʻzgartirishlar muhokama qilinmoqda. Qonun loyihasi davlat tilida tayyorlangan. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Elektron toʻlov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni qanday boshlash kerak

13.03.25
2025 yil 1 iyuldan aholiga xizmat koʻrsatuvchi byudjet tashkilotlari va jismoniy shaxslarga gaz va neft mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslarga mulkni ijaraga beruvchilar elektron toʻlov tizimlariga ulanishi va ushbu tizimlar orqali toʻlovlarni qabul qilish uchun sharoit yaratishi shart. Bu Vazirlar Mahkamasining 26.02.2025 yildagi «Elektron toʻlov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 117-son qarorida belgilangan. Agar tashkilotingiz ushbu talab doirasiga tushsa, qanday harakat qilish kerakligi haqida buxgalter.uz qoʻllanmasida oʻqing:

Soliq rezidentligi sertifikatlari namunalarini qayerdan topish mumkin

12.03.25
1 martdan boshlab barcha davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platforma – Hukumat portali orqali faoliyat yuritishi kerak. Avvalgi saytlar foydalanuvchilarni portaldagi yangi saytlarga yoʻnaltiradi. Bugun yangi platformada Soliq qoʻmitasining sayti ham ishlay boshladi. Va u yerda yangi ma’lumotlar – soliq rezidentligi sertifikatlari namunalari va xorijiy davlatlarning soliq (moliya) xizmatlari saytlariga havolalar paydo boʻldi. Buxgalter.uz asosiy tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Yangi MIZ va sanoat zonalari qanday shartlarda tashkil etiladi

11.03.25
Endi yangi ixtisoslashgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) va sanoat zonalari (SZ) shaklida yaratiladi. Bu Prezidentning 04.03.2025 yildagi «Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-41-son Farmonida nazarda tutilgan. Yangi qoidalarga binoan «Namangan» MIZ shu yilning oʻzida tashkil etiladi. Yangi MIZ va SZlar faoliyati shartlari - buxgalter.uz sharhida:

«Yoritish uchun elektr energiyasidan isrofgarchilik bilan foydalanish» deganda nima tushuniladi

11.03.25
QHTBTda oʻtgan yil yozda qabul qilingan «Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-940-son Qonunga oʻzgartirishlar kiritish muhokama qilinmoqda. Qonun loyihasi jarima sanksiyalarini qoʻllash va energiya ta’minotidan uzib qoʻyish shartlarini, shuningdek ayrim atamalarni, xususan, «yoritish uchun elektr energiyasidan isrofgarchilik bilan foydalanish» atamasini aniqlashtiradi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

2025 yil yakuni boʻyicha ma’lum mezonlarga ega kichik biznes sub’yektlari statistika hisobotlarini topshirmaydi

05.03.25
2025 yil yakuni boʻyicha hisobot davridan boshlab ba’zi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotlarini topshirish bekor qilinadi. Bu va boshqa yangiliklar quyidagi yangi hujjatlarda nazarda tutilgan: 1) 24.02.2025 yildagi «Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-27-son Prezident Farmoni; 2) 24.02.2025 yildagi PQ-75-son «Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish choralari toʻgʻrisida»gi Prezident Qarori. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:

Oʻzbekistonda moliyaviy kasblarni rivojlantirish uchun nima taklif qilinmoqda

05.03.25
OʻzLiDeP, SSP va ACFP «Moliya sohasi mutaxassislari forumi – 2025»ni oʻtkazdi. Unda moliya sohasini transformatsiya qilish boʻyicha tavsiyalar taqdim etildi.

Ijaraning eng kam stavkalariga nisbatan koeffitsiyentni aniqlash tartibida nimalar oʻzgaradi

28.02.25
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyentlarni nafaqat tumanlar va zonalar boʻyicha, balki faoliyat turlari yoki koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha ham tabaqalashtiradi. Tafsilotlar va soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVAning sharhlari – buxgalter.uz sharhida:

Ijtimoiy soliqning 1% stavkasi kimlar uchun uzaytirildi

28.02.25
2028 yil 1 yanvargacha 10 ta faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning 1% stavkasi uzaytirildi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Oʻzbekistonda 2025 yil 1 martdan boshlab nimalar oʻzgaradi

28.02.25
2025 yil 1 martdan boshlab milliy qonunchilikdagi navbatdagi oʻzgarishlar kuchga kiradi. Xususan, Mehnat inspeksiyasi kameral tekshiruvlarni boshlaydi, shuningdek, davlat koʻchmas mulkini ijaraga olish yoki sotib olish tartibi oʻzgaradi. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytining sharhida:

MHXS asosida ishlovchi yuridik shaxslar diqqatiga: soliqlarni hisoblab chiqish uchun koʻrsatkichlar boʻyicha ma’lumotlarni topshirish muddati yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatiga moslashtirildi

28.02.25
MHXS boʻyicha hisob yurituvchi soliq toʻlovchilar yilda 1 marta moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. 2024 yil yakunlari boʻyicha soliq hisobotining ushbu shakllarini taqdim etishning soʻnggi muddati 2025 yil 3 martdan 1 maygacha oʻzgartirildi.

«Moliya mutaxassislari forumi – 2025»ga moliya boʻyicha direktorlar va bosh buxgalterlarni taklif qilamiz

26.02.25
28 fevral kuni Toshkentda (+ onlayn) birinchi Moliya mutaxassislari forumi boʻlib oʻtadi. Qonun chiqaruvchilar va moliyachilar moliyaviy kasblarning holati va kelajagi, Milliy sertifikatlash tizimini yaratish va uni xalqaro malakalar bilan integratsiyalash masalalarini muhokama qiladilar.

Ish beruvchilar Oʻzbekistonda buxgalterlarga koʻproq qanday ish haqini taklif qilishadi

25.02.25
2025 yil 28 fevral kuni Toshkentda (+ onlayn) Oʻzbekiston moliya mutaxassislari Forumi oʻtkaziladi. Boshqa muhim masalalar bilan bir qatorda, uning ishtirokchilari Oʻzbekistonda moliyaviy kasblar bozorining rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilishadi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan Oʻzbekistonda buxgalterlar va bosh buxgalterlarning ish haqlari haqida ACFP raisi Mixail PERPER quyidagilarni aytib oʻtdi:

Yangi qoidalarga koʻra tashqi savdo operatsiyalarida aktivlarni repatriatsiya qilish uchun kim javobgar

24.02.25
11 fevralda Vazirlar Mahkamasi «Bojxona ma’muriyatchiligi tartib-taomillarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 77-son qarorini qabul qildi. Hujjat nafaqat foydalanilayotgan atamalar sonini 26 tadan 15 tagacha qisqartirdi, balki faktoringdan foydalanish orqali tashqi savdo operatsiyalarida moliyaviy oqimlarni optimallashtirish uchun yangi mexanizmlarni joriy etdi. «ICONSULTANT» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilari uchun eng muhim oʻzgarishlarni ajratib koʻrsatdi:

«DipIFR Rus» ASSA: imtihonga qanday tayyorlanish va birinchi martadanoq topshirish mumkin

21.02.25
25 va 26 fevral kunlari ikki guruhda oʻqituvchi Irina Zavalishinaning «DipIFR Rus» ASSA imtihoniga tayyorgarlik boʻyicha kunduzgi kursi boshlanadi. Imtihonda ishtirok etish uchun talabgor moliya, buxgalteriya hisobi yoki audit sohasida kamida 3 yil ishlagan yoki - kamida 2 yil ishlagan boʻlsada, oliy ta’lim muassasasi diplomiga ega boʻlishi kerak. «EAST-GAMES» MChJ bosh buxgalteri Axat ILYaSOV imtihonga tayyorgarlik koʻrish va uni birinchi urinishda topshirish boʻyicha oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi:

Jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini naqd pulga sotib olishda nimalar oʻzgarmoqda

20.02.25
Regulation.adliya.uz saytida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan naqd pulga sotib oluvchi korxonalar uchun muhim boʻlgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat sanoati toʻgʻrisidagi NHH loyihasi nimani nazarda tutadi

19.02.25
Savdo-sanoat palatasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oziq-ovqat sanoatida yana bir uyushma tashkil etishni va 2027 yil 1 yanvargacha oziq-ovqatga moʻljallangan barcha turdagi yogʻ-moy mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalashni joriy etishni taklif qilmoqda. Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqladi:

Mehnat kodeksidagi oʻzgarishlar haqida buxgalter nimalarni bilishi kerak

17.02.25
13.02.2025 yildagi OʻRQ-1030-son Qonun bilan Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻrganishda davom etamiz. Ular oʻrtacha ish haqini hisoblashdan tashqari, «ta’til puli»ni hisoblash va ishdan boʻshatishda foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiyani hisoblashga ham taalluqli:

2025 yil 17 fevral va 24 fevralgacha qaysi statistika hisobotlarini topshirish kerak

17.02.25
Tasdiqlangan statistika hisoboti shakllariga muvofiq (2024 yil 18.11.2024 y. AV roʻyxat raqami 3575-son) tashkilotlar 2025 yil 17 fevral va 24 fevralgacha statistika hisobotlarni taqdim etishlari kerak.