Yangiliklar
07.07.23
Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM tasnif.soliq.uz saytining takomillashtirilgan versiyasini taqdim etdi. Yangilanishlar orasida kerakli MXIKni qidirishni, shuningdek hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKT cheklari bilan ishlashni jiddiy osonlashtiradigan yangi funksional ham mavjud.
04.07.23
Vazirlar Mahkamasi TIF TN 2009, 2201, 2202 kodlari bilan “suv va salqin ichimliklar” guruhi tovarlarini bosqichma-bosqich raqamli markirovkalashning yangi muddatlarini belgiladi. Oʻzgartirishlar 30.06.2023 yildagi 269-son VMQ bilan kiritildi.
03.07.23
1 iyulda qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartirishlarning navbatdagi paketi kuchga kiradi. Buxgalter.uz ularning eng muhimlari boʻyicha sharh tayyorladi.
Shunday qilib, 1 iyuldan boshlab:
23.06.23
Oʻzbekiston BEPS inklyuziv hadli dasturiga qoʻshilgan holda oʻz zimmasiga – davlat darajasida dunyo miqyosidagi IHTT loyihasi – BEPS 2.0.ni amalga oshirish majburiyatini oldi. Uning qoidalariga asosan xalqaro kompaniyalar guruhlari ular qayerda faoliyat koʻrsatishmasin, soliqlarning haqqoniy ulushini toʻlashadi.
23.06.23
Statistika agentligi Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri (KTYaDR) axborot tizimidan ma’lumotlar olish uchun yangi veb-modulni joriy etdi.
Buxgalter.uz yangi xizmat qanday ishlashi va uning yordamida qanday ma’lumotlarni olish mumkinligini tekshirdi:
20.06.23
Yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz xodimlari uchun (cavdo majmualari va bozorlarda faoliyatni amalga oshirayotgan YaTTlardan tashqari) toʻlashi lozim boʻlgan har yilgi ijtimoiy soliq mikdori BHMning 6 baravaridan BHMning 1 baravarigacha miqdorga kamaytirilmoqda. Bu 16.06.2023 yildagi OʻRQ-847-son Qonunda nazarda tutilgan.
Shu hujjat bilan “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga – ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish qismida oʻzgartirishlar kiritildi.
19.06.23
E-aktivdan ixtiyoriy foydalanish tartibi 2024 yil 1 aprelga qadar uzaytirildi. 14.06.2023 yildagi PQ-192-son qarordagi boshqa yangiliklar toʻgʻrisida batafsil – buxgalter.uz sharhida:
19.06.23
Uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatganlik uchun davlat boji BHMning 25 000 baravari miqdorida belgilandi. Bu 14.06.2023 yildagi OʻRQ-846-son Qonunda nazarda tutilgan.
Ushbu sohada litsenziyalar olish uchun ayrim boshqa bojlar 2 baravar kamaytirildi, bu haqda batafsil – buxgalter.uz sharhida:
13.06.23
2023 yil 12 iyunda yangi imtiyozlar tasdiqlandi: 1) Qoraqalpogʻiston tadbirkorlari uchun (OʻRQ-845-son Qonun) va 2) “Hunarmand” uyushmasining a’zolari uchun (PF-91-son Farmon). Tafsilotlarni norma.uz portali keltirib oʻtadi:
09.06.23
Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahalliy xoʻjalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarini tasdiqlash tartibi tasdiqlandi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bunday vaziyatda Savdo-sanoat palatasi raisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan QR-kod bilan sertifikat olishlari mumkin.
Batafsil – buxgalter.uz sharhida.
05.06.23
“Soliq va bojxona xabarlari” haftaligining qogʻoz shakli bilan ishlashga koʻnikkanlar uchun xushxabar! Bizda 2024 yil uchun obuna boshlandi. An’anaviy tarzda obunachilar oʻzlarining sevimli gazetalariga qoʻshimcha ravishda koʻplab bonuslar oladilar!
02.06.23
Buxgalter.uz 2023 yil 1 iyundan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar toʻplamini tayyorladi.
01.06.23
2023 yil 1 dekabrdan boshlab “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi tufayli davlat organlari aholi va biznesdan yana 47 turdagi ma’lumotlarni talab qilmaydi. YaIDXPda tez orada 95 ta yangi xizmatlar va servislar paydo boʻladi. Shuningdek, iqtisodiyotning tarmoqlarini raqamlashtirish sohasida 51 ta loyiha tashabbusi bilan chiqildi.
23.05.23
2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlar xorijiy ijtimoiy tarmoqlardagi reklama xizmatlari uchun korporativ valyuta kartalari yordamida haq toʻlashlari mumkin. Bu Vazirlar Mahkamasining 19.05.2023 yildagi “Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 207-son qarorida nazarda tutilgan.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
17.05.23
2023 yil 1 iyuldan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiyani iste’mol qilish me’yorini toʻliq bajarmagan yuridik va jismoniy shaxslar yetishmagan energiya ulushini “yashil energiya” sertifikatlarini sotib olgan holda qoplashlari mumkin. Bu Prezidentning 12.05.2023 yildagi PQ-156-son qarorida nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
11.05.23
2023 yil 1 maydan 2024 yil 1 iyulga qadar turoperatorlarga 5 nafar va undan ortiq chet ellik turistlarga joylashtirish, transport, ekskursiya va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar boʻyicha hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan QQSning 20 foizi qaytariladi. Bu Prezidentning 26.04.2023 yildagi PQ-135-son qarorida nazarda tutilgan.
01.05.23
1 maydan qonun hujjatlariga oʻzgartirishlarning navbatdagi toʻplami kuchga kiradi. Buxgalter.uz ulardan eng muhimlarining sharhini tayyorladi:
01.05.23
2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda davlat ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini toʻliq qoplab beradi. Bu Prezidentning 26.04.2023 yildagi PF-61-son Farmonida nazarda tutilgan.
26.04.23
Qonun chiqaruvchilar Rossiya kompaniyalariga chet elda turib ishlaydigan xodimlardan JShDSni 30% stavka boʻyicha undirish majburiyatini yuklashni rejalashtirishmoqda. Bunday qonun loyihasi RF Davlat dumasiga kiritilgan. Agar u oʻzgartirishsiz qabul qilinsa, norma 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
14.04.23
Transport vazirligi yuklarni tashish va transportda tashuvlar uchun hujjatlarni tuzish, toʻldirish va rasmiylashtirish boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqdi. Loyiha QHTBTda joylashtirilgan, uni muhokama qilishda 2023 yil 22 aprelga qadar ishtirok etish mumkin. Yoʻriqnomaning qabul qilinishi bilan yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshiruvchi transport vositalarida yoʻl va chipta-hisob varaqalarining barcha turlarining rekvizitlarini toʻldirish qoidalari majburiy boʻladi.