«Men nafaqat buxgalteriya sohasida rivojlanishni, balki yanada oʻsishni, moliyaviy direktor darajasigacha koʻtarilishni xohlayman, ehtimol bizning mamlakatimizda emas, balki boshqa joyda ham. Ertaga nima boʻlishini bilmayman, lekin men bu koʻnikmalarga ega boʻlishni istayman»
Yelizaveta buxgalteriya sohasiga ...
Asl Belgisi tizimida bir vaqtning oʻzida bir nechta qurilma bilan ishlash uchun bitta ERIdan foydalanishga cheklov oʻrnatildi. Xodimlaringiz oʻz vazifalarini bajarishlari uchun «Rollarni boshqarish» funksiyasi orqali ularning shaxsiy kabinetga kirishini tashkil etishingiz kerak.
Batafsil ma’lumotni buxgalter.uz saytidan olishingiz mumkin: ...
EHA operatorlari oʻz tizimlariga oʻzgartirish kiritdilar: endi iyun oyi uchun kommunal xizmatlar (gaz, elektr energiyasi va h.k.) boʻyicha «Xarajatlarni qoplash» EHFni taqdim etish uchun iyun oyi uchun kommunal xizmatlardan kiruvchi EHFning ID raqamini koʻrsatish kerak. Bunda xizmatning har bir turi uchun xarajatlarni qoplash boʻyicha alohida EHF taqdim etiladi.
Buxgalter.uz qaysi ID kerak ekanligini va uni qayerdan olishni tushuntiradi: ...
Statistika qoʻmitasi saytida 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) shakli boʻyicha 2025 yilning II choragi uchun tanlab olingan tekshiruvga tushgan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxati hozirgacha e’lon qilinmagan. Biroq bu siz unga tushmaganingizni anglatmaydi.
Barcha tafsilotlar – buxgalter.uzda: ...
Yana «avtokameral» formulalari boʻyicha savol: dastur mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻgʻri hisoblaydimi? Mutaxassislar ayniqsa hisob-kitoblarda eskirish (amortizatsiya)ni hisobga olgan holda oʻrtacha yillik qoldiq qiymatning oʻrniga notarial qiymatni qoʻllashni munozarali deb hisoblashadi.
Buxgalter.uzning iltimosiga koʻra ushbu masala boʻyicha oʻz pozitsiyasini soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA asosladi: ...
Soliq toʻlovchilar inspektorlarning soliqlarni oldindan – avans tariqasida toʻlashni soʻrab qoʻngʻiroq qilishlaridan shikoyat qilmoqda. Undan ham koʻprogʻi – my3.soliq.uz orqali soliqlarni toʻlashda buxgalter oʻz hisobi boʻyicha aniq toʻlagan taqdirda ham soliqni ortiqcha toʻlashga rozilik berishni taklif qiluvchi chiquvchi oyna koʻradi. Va «yoʻq»ni bosish – mumkin emas, bu holda tizim toʻlov hujjatini rasmiylashtirishga ruxsat bermaydi.
Bunday amaliyot biznesda tushunmovchilikni keltirib chiqarmoqda. Vaziyatni buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhladi: ...
Iyulda ayrim tashkilotlar turli davrlar ma’lumotlari boʻyicha -- iyun yoki 2025 yilning II choragi uchun statistika boʻyicha hisobot topshiradilar.
Tafsilotlar -- buxgalter.uz sharhida: ...
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi. Hujjat 26 iyundan kuchga kirdi. Tafsilotlarni Bojxona brokerlari assotsiatsiyasi keltirmoqda: ...
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi respublikaga progressiv daromad soligʻi shkalasiga oʻtish, aksizlarni oshirish va soliq imtiyozlarini qisqartirishni tavsiya qildi. Byudjetni toʻldirish salohiyati – YaIMning 5,4% gacha.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida ...
Toshkent shahridagi noturar joy ob’yektlari uchun ijara haqining minimal stavkalariga faoliyat turlari boʻyicha tabaqalashtirilgan oshiruvchi koeffitsiyentlarni qachondan qoʻllash kerak, ularni Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining 2025 yil 15 apreldagi VII-8-60-14-0-K/25-son qarori bilan belgilangan – buxgalter.uz soʻrogʻi boʻyicha moliya hisobi va soliqqa tortish boʻyicha ekspert Umid XAMROYeV tushuntirib berdi: ...
2025 yilning II choragi uchun 4-kb savolnoma shakli boʻyicha tanlanma tekshirishga tushgan kichik korxonalar va mikrofirmalar roʻyxati e’lon qilindi.
Buxgalter.uz agar sizning kompaniyangiz ham ushbu roʻyxatda boʻlsa, qanday tartibda harakat qilish kerakligini tushuntirib berdi: ...
2025 yil 1 iyundan boshlab Oʻzbekistonda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yangilangan TIF TN qoʻllanilmoqda. Demak, agar E-Contract tizimidagi TIF-shartnomalarga oid spetsifikatsiyalarda eskirgan kodlar qolgan boʻlsa, kodlar mos kelmasligi sababli BYuDni rasmiylashtirish mumkin boʻlmaydi.
Spetsifikatsiyaga oʻzgartirishlar kiritishni buxgalter.uz soʻroviga koʻra Bojxona qoʻmitasining Valyuta nazorati va notarif tartibga solish boshqarmasi katta inspektori Bobur VOHIDOV tushuntirib berdi: ...
Bojxona organlari depozitidagi mablagʻlar qoldigʻi haqida ma’lumot olish va bojxona toʻlovlari boʻyicha solishtirma dalolatnomani yuklab olishda «Bojxona toʻlovlari boʻyicha solishtirma dalolatnoma» deb nomlangan maxsus ilova yordam beradi.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi: ...
Buxgalter.uz buxgalteriyasi Soliq qoʻmitasidan my3.soliq.uz saytida soliq toʻlash uchun «Yangi toʻlov topshiriqnomasi» oʻrniga toʻsatdan «Mutaxassis yordami» yoki shunchaki «Xato, xizmatdan foydalanish mumkin emas» xabari chiqqan taqdirda nima qilish kerakligini oydinlashtirdi.
Tekshirdik – maslahat ishlaydi! Boʻlishamiz: ...
1 iyulgacha QHTBTda Biznes-ombudsman tashabbusi bilan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Boshqalar qatori, u ikki kodeksga – Soliq va Yer kodekslariga oʻzgartirish kiritmoqda.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
Onlayn-NKT ishlab chiqaruvchilari va TXKMlarni ular 1 iyulgacha ishlab chiqariladigan va xizmat koʻrsatiladigan texnikani qoʻyilgan talablarga toʻliq mos keltirishga majbur ekanligi haqida ogohlantirildi. Koʻrsatmani bajarmaganlarni avval kassa texnikasini roʻyxatga olishda cheklaydi, keyin esa umuman davlat reyestridan chiqarib tashlaydi.
Kassa texnikasi foydalanuvchilari bu vaziyatda qanday ish koʻrishini buxgalter.uz soʻroviga koʻra onlayn-NKM xizmat koʻrsatish sohasidagi ekspert, «RIG» MChJ direktori Rustam YaQUBOV tushuntirdi: ...
Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar aylanmasi ishtirokchilarini ASL BELGISI tizimidagi rejali ishlar haqida ogohlantirishdi. Barcha ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar yangilash davrida uzluksiz ishlash uchun zarur boʻlgan kodlar zaxirasini oldindan ta’minlashlari kerak.
Xizmatlarning 2025 yil 28 iyundan 30 iyungacha ishlash jadvali – buxgalter.uz sharhida: ...
Kadrlar ishlari uchun mas’ul boʻlgan buxgalterlarda ikki kundan buyon my.mehnat.uz saytiga kirish bilan muammolar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, Bandlik vazirligi ma’lumotlar bazasidan axborot oluvchi soliq xizmatlarida ham texnik xatolar yuzaga kelishi mumkin.
Tafsilotlar – buxgalter.uz da: ...
Transport vazirligi Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida «aqlli transport tizimi»ni joriy etish haqida xabar berdi. 2026 yil yanvardan boshlab tashishlarga doir barcha ruxsat hujjatlari E-permit tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...
2025 yil 3 iyundagi Prezident Farmoni bilan 1 iyuldan pensiyalar, bolalar nafaqalari, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) oshiriladi. 1 avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, stipendiyalar, BHM va MHTEKM oshiriladi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ...