Qonunchilikdagi yangiliklar

Material sanasi 12.12.2025
Bu yangilikni chetlab oʻtolmaymiz: 10 dekabrdan boshlab «pilot loyiha» doirasida «Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 570-sonli VMQning 4-bandiga koʻra, Toshkent shahrida va viloyatlar boʻyicha yana 15 ta tuman (shahar)da retsept boʻyicha dori vositasini sotib olish uchun QR-kodli elektron retseptga ega boʻlish kerak. Buxgalter.uz yangi tartib qanday ishlashiga aniqlik kiritdi: ... 

Material sanasi 12.12.2025
Milliy statistika qoʻmitasining 11 dekabrdagi qarori (AV roʻyxat raqami 3723-son) bilan 2026 yil uchun 47 ta statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi. Umuman olganda, 2025 yilda qoʻllanilgan 64 ta shakldan 17 tasi endi boʻlmaydi (ilgari rejalashtirilganidan 3 ta koʻp shakl). Natijada nima qoldi va 2026 yil 1 yanvardan qanday koʻrinishda qoʻllaniladi, buxgalter.uz saytida tanishuv tartibida e’lon qilamiz: ... 

Material sanasi 11.12.2025
9 dekabrdan boshlab 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga va 19-son BHMS «Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish»ga oʻzgartirishlar kuchga kirdi Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 11.12.2025
Prezident yashirin iqtisodiyotni qisqartirish toʻgʻrisida 10.12.2025 yildagi PF-246-son Farmonni imzoladi Asosiy yangilik – 2026 yil 1 apreldan alkogol, tamaki, koʻchmas mulk, avtomobillar va 25 mln soʻmdan yuqori boʻlgan tovarlarni sotib olishda naqd pul bilan hisob-kitob qilish taqiqlanadi. Savdo va xizmat koʻrsatishda toʻlovlarni qabul qilish uchun QR-kod majburiy boʻladi. Kompaniyalar uchun nimalar oʻzgaradi va bunga qanday tayyorgarlik koʻrish kerakligini buxgalter.uz saytida oʻqing: ... 

Material sanasi 05.12.2025
2026 yil 28 fevraldan kelib chiqish mamlakati tasdiqlanmagan tovarlar uchun boj undirish tartibi oʻzgaradi. Ikki baravar oshirilgan stavkalar oʻrniga import qiluvchilar qoʻshimcha bojxona toʻlovini toʻlaydilar. Bojxona brokerlari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Bojxona qoʻmitasi vakillari ushbu mexanizm amalda qanday ishlashi haqidagi savollarga javob berishdi. Buxgalter.uz ushbu tushuntirishni yozib oldi: ... 

Material sanasi 05.12.2025
2028 yil 1 yanvargacha qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun ayrim xomashyo turlarini import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi. Roʻyxat – tayyorlanish jarayonida. Sohani qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralari haqida bizning sharhimizda oʻqing: ... 

Material sanasi 03.12.2025
6 dekabrga qadar QHTBTda «Ijara toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri muhokama qilinadi. Qonun 34 yil oldin qabul qilingan, uning koʻplab normalari eskirgan, ijara sohasida boshqa NHHlar bilan tafovutlar mavjud (ijara, ikkilamchi ijara shartnomalarini tuzish, ijara muddati davomida ijaraga oluvchilar tomonidan mol-mulkdan foydalanish va h.k.lar qismida). Uning yangi tahririda barcha haqiqatlar hisobga olinganmi yoki yoʻqmi, tekshirib koʻrish kerak. Xususan, biz unda ijara toʻlovining eng kam stavkalariga pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni har yili e’lon qilishning aniq muddatlarini topa olmadik. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 02.12.2025
2026 yil 1 martdan Oʻzbekistonda elektr energiyasini hisobga olishning yangi qoidalari amal qila boshlaydi. Ular 27.11.2025 yildagi 749-son VMQ bilan tasdiqlangan va hisobga olish tizimlarini oʻrnatish, ekspluatatsiya qilish va avtomatlashtirish tartibini batafsil tartibga soladi. Hujjat ishlab chiqaruvchilar, uzatish va taqsimlash operatorlari, saqlash tizimlari, shuningdek, 6 kV va undan yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ulangan barcha foydalanuvchilarga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi. Maishiy iste’molchilar va 0,4 kV li ulanishlar uchun me’yorlar tavsiyaviy xarakterga ega. Sof texnik tafsilotlarni tushirib qoldiramiz (ularni sizning energetik muhandisingiz oʻrganadi), faqat bilish muhim boʻlgan asosiy jihatlarni koʻrib chiqamiz: ... 

Material sanasi 02.12.2025
8 dekabrga qadar QHTBTda «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri (yangi nomi - «Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot toʻgʻrisida»gi Qonun) muhokama qilinadi. Oʻzgarishlar bilan qiyosiy jadval – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 28.11.2025
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga korporativ nazoratning ikkita yangi mexanizmi kiritildi: 1) birinchi marta majoritar aksiyador (aksiyalarning yirik paketiga egalik qiluvchi) maqomi belgilandi; 2) boshqaruv organlari uchun fidutsiar majburiyatlar (bir shaxs yoki tashkilotdan boshqa shaxsning eng yaxshi manfaatlarini koʻzlab harakat qilishni talab qiladigan huquqiy majburiyatlar) belgilandi. AJ toʻgʻrisidagi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida batafsil buxgalter.uz sharhida oʻqing: ... 

Material sanasi 28.11.2025
Tushunamizki, har kungi «qonunchilik yangiliklari» katta ehtimol bilan buxgalterlarning gʻashiga tegadi. Boshqa tomondan – yangi qoidalar bor va ularga amal qilish kerak... Siz uchun – 2025 yil dekabr oyi uchun yangiliklarga oid sharhimiz. E’tibor uchun – yaxshi yangiliklar ham bor: ... 

Material sanasi 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi. Yangi hujjat tafsilotlari – sharhda: ... 

Material sanasi 21.11.2025
22 noyabrga qadar QHTBTda Jamoat ahamiyatga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlari, ularning moliyaviy hisoboti va auditiga qoʻyiladigan talablar hamda Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bankning fikriga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab qaysi tashkilotlar ushbu toifaga kirishi kerakligini buxgalter.uz sharhida oʻqing: ... 

Material sanasi 20.11.2025
2025 yil 1 apreldan dori vositalarining narxini shakllantirish va hisobga olish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Prezidentning 28.01.2025 yildagi PF-13-son Farmoni va undan keyin Vazirlar Mahkamasining 21.10.2025 yildagi 662-son qarori farmatsevtika mahsulotlari narxlarini shakllantirishga boʻlgan yondashuvni tubdan oʻzgartirdi. Shu bilan birga, 185-son VMQ va bir vaqtning oʻzida ikkita buxgalteriya hisobi milliy standartlari oʻrtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli muammolar ham yuzaga keldi. Farmatsevtika mahsulotlarining buxgalteriya va soliq hisobini yuritishning yangi qoidalarini hisobga olgan holda buxgalter e’tiboridan chetda qoldirmaslik uchun soliq maslahatchilari Lola KARIMOVA va Gulnora ERGAShEVA bilan birgalikda quyidagilarni koʻrib chiqamiz: ... 

Material sanasi 18.11.2025
14.03.2017 yildagi 2868-son Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma endi faqat Oʻzbekiston bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi. Shuningdek, BQDni toʻldirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Tuzatishlar 13 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 18.11.2025
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Hujjat 14 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlarni buxgalter.uz sharhida koʻrib chiqamiz: ... 

Material sanasi 17.11.2025
Biznesni boshlashda davlat xizmatlari va litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida bir qator xizmatlar «toʻplami»ni taqdim etish Prezidentning tadbirkorlar bilan V ochiq muloqoti yakunlari boʻyicha navbatdagi Farmonining mavzusi boʻldi. Hujjat 15 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 13.11.2025
Yuridik shaxslarga ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun korporativ kartalar yordamida toʻlovlarni amalga oshirishga, shu jumladan – joylarda toʻlovni amalga oshirishga ruxsat berildi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa ularning faoliyati bilan bogʻliq hisob-kitoblar uchun maxsus «biznes-karta» joriy etilmoqda. Hujjat 12 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 13.11.2025
Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari (konsullik muassasalari) orqali JShShIRni olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari raqamli identifikatsiyalash vositalari (Face-ID)dan foydalangan holda masofadan turib bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin. Shuningdek, maxsus soliq rejimini olgan norezident jismoniy shaxslar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va voyaga yetmagan shaxslar uchun bank hisobvaraqlarini ochish shartlari aniqlashtirildi. Hujjat 12 noyabrdan kuchga kirdi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 13.11.2025
Qonun chiqaruvchilar ish vaqtidan tashqari ishning eng koʻp davomiyligini oshirdilar: endi u yiliga 120 soatdan ortiq boʻlishi mumkin. Shuningdek, ishning 1 kundagi birinchi ikki soati uchun ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash darajasi pasaytiriladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida: ...