QQS

Material sanasi 02.08.2021
Davlat mol-mulkini (korxonalar, binolar) sotib oladigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, soliq agentlari sifatida, QQS toʻlashlari kerak. Buni qanday amalga oshirishni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA gapirib berdi: ... 

Material sanasi 30.07.2021
Koʻpincha korxonalar chet ellik jismoniy shaxslar bilan xizmatlar, masalan, IT, maslahat, ta’lim xizmatlari hamda onlayn formatdagi boshqa xizmatlar koʻrsatish boʻyicha DXSh shartnomalarini tuzadilar. Mazkur bitimda xizmatlar uchun haq toʻlagan yuridik shaxs QQS boʻyicha soliq agenti hisoblanadimi? Mazkur holatda xizmatlarni realizatsiya qilish joyi ahamiyatga ega boʻladimi? Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan MV bevosita soliqlar uslubiyati boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV javob berdi: ... 

Material sanasi 28.07.2021
Ta’sischi MChJ ustav fondiga asosiy vositalarni qoʻshdi. MChJ uni sotishi mumkinmi? Bunday xoʻjalik operatsiyalar qanday oqibatlarga olib keladi? Savolga “Norma” eksperti Tatyana Limareva javob berdi: ... 

Material sanasi 17.07.2021
2018 yilda xaridor quruvchi bilan yangi uyda kvartira sotib olish uchun shartnoma tuzdi. Shartnoma summasi QQSsiz boʻldi, sababi quruvchi ushbu soliqning toʻlovchisi boʻlmagan. Oʻsha yilning oʻzida xaridor shartnoma boʻyicha barcha summani toʻlagan. Uy qurilishi yakunlangandan keyin 2021 yilda quruvchi kvartirani xaridorga oʻtkazishni rad etdi va unga 2019 yildan boshlab u toʻlovchiga aylanganligi munosabati bilan QQS summasiga shartnoma qiymatini oshirilishi uchun shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tuzish toʻgʻrisida xabarnoma yoʻlladi. Quruvchining bunday vaziyatda qoʻshimcha toʻlov toʻgʻrisidagi talabi qonuniymi, buni buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligining Bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV tushuntirdi: ... 

Material sanasi 15.07.2021
Norezident bilan tovarni xarid qilish uchun kontrakt tuzildi. Biroq yuklangandan keyin tovar Oʻzbekiston Respublikasida qoladi, xaridor uni davlat muassasasiga sovgʻa qilishni rejalashtirmoqda. Bunda QQS hisoblanadimi yoki tovar eksportiga imtiyozdan foydalaniladimi, axir xaridor - norezident va u chet elda joylashganda? Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA sharhlab berdi: ... 

Material sanasi 09.07.2021
2021 yil maydan boshlab QQS hisob-kitobida hisobvaraq-fakturalar ma’lumotlari asosida imtiyozlarni avtomatik tarzda aks ettirish joriy etilgan. Choraklik asosda QQS toʻlovchilar Hisob-kitobda avtomatik tarzda eks ettirilmaydigan 2021 yil aprel uchun ma’lumotlar bilan nima qilishlari zarur? Muammoning yechimini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA koʻrsatib berdi: ... 

Material sanasi 08.07.2021
QQS toʻlovchisi aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtishga qaror qildi. Ushbu oʻtishni qanday toʻgʻri rasmiylashtirishni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ QQS ma’murchiligi boshqarmasi katta soliq inspektori Fazliddin ShAMSIYeV tushuntirdi: ... 

Material sanasi 05.07.2021
Oʻzbekiston korxonasi xorijiy kompaniyalarga Oʻzbekiston bozorini tahlil qilish, salohiyatli xaridorlarni qidirish, bitimlarga koʻmaklashish, shu jumladan muzokaralar oʻtkazish va shartnomalar tuzish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Ya’ni, marketing va reklama koʻmagi boʻyicha xizmatlar eksport qilinmoqda. Agar ushbu xizmatlar buyurtmachilari xorijda boʻlib turgan va roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, xizmatlar eksporti QQSga tortiladimi? Bu savolga Moliya vazirligi Bilvosita soliqlar metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Baxodir BOYKABILOV javob beradi: ... 

Material sanasi 24.06.2021
DSQ koʻmagida buxgalter.uz sharh tayyorladi, u qaysi paytdan e’tiboran sizning tashkilotingiz soliq ma’murchiligi uchun soliq organlarining boshqa boʻlinmasiga oʻtkazilishini tushunishga yordam beradi. ... 

Material sanasi 23.06.2021
Soliq toʻlovchilar may uchun QQS boʻyicha hisobot topshirishdi: bu soliq boʻyicha yangi shaklni qoʻllagan holda Hisob-kitobni topshirish boʻyicha birinchi tajriba boʻldi. Eng murakkab jihatlar va ularni qanday yengib oʻtish haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA gapirib berdi: ... 

Material sanasi 14.06.2021
Amaliyotda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (HETK) iste’molchilarga reaktiv energiyani QQSni hisoblamasdan va toʻlamasdan realizatsiya qilgan. DSQ soliq solish uslubiyoti departamentida tushuntirish berishlaricha, bu notoʻgʻri boʻladi hamda ushbu energiya turiga ustamalarga ham QQS solinadi. ... 

Material sanasi 08.06.2021
Buxgalterlar 2021 yil 6 maydagi 3221-2-son DSQning qarori bilan QQS boʻyicha hisob-kitobiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni ijobiy baholadilar: qoʻl ishlari kamaydi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu jihatlarni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi: ... 

Material sanasi 08.06.2021
Tashkilot xodimlari uchun ichimlik suvi va uning iste’moli uchun uskuna (kuler) sotib oladi. Soliq tekshiruvlari amaliyotining koʻrsatishicha, ushbu operatsiyada turli soliq xatarlari mavjud boʻladi. Soliqlarni hisoblashda ichimlik suvi va kuler apparatini sotib olish xarajatlarini qanday toʻgʻri hisobga olish va xatarlar darajasini kamaytirishni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 02.06.2021
QQS hisob-kitobining yangi shaklida birinchi sahifasida “Faylni ilova qilish” funksionali paydo boʻldi. Uning maqsadi haqida rasmiy yoʻriqnomada hech narsa aytilmagan. Buxgalter.uz DSQda buni nima qilish kerakligini aniqlashtirdi. ... 

Material sanasi 31.05.2021
DSQning 2021 yil 6 maydagi 3221-2-son qarori bilan soliq hisobotining ayrim shakllariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, QQS hisob-kitobi va uning ilovalaridan 5 ta satr chiqarib tashlandi, ilovalar soni 8 tadan 7 tagacha qisqartirildi, qoʻlda toʻldiriladigan satrlar soni jiddiy qisqartirildi. ... 

Material sanasi 24.05.2021
Korxona Davlat aktivlarini boshqarish agentligida koʻchmas mulkni sotib oladi. Bunday vaziyat uchun QQS hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini Moliya vazirligining Bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV tushuntirdi: ... 

Material sanasi 19.05.2021
Tadbirkorlik sub’yekti korporativ karta orqali tashkilot ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qildi. Sotuvchidan ikkita chek oldi - onlayn-NKM (virtual kassa) va toʻlov terminali cheki. Biroq DSQ axborot tizimi hisobga olish uchun onlayn-NKM (virtual kassa) chekini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etdi. Buning sababi nimada ekanligi va uni qanday tuzatishni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAM boʻlim boshligʻi Sherzod TEShEBAYeV tushuntirdi: ... 

Material sanasi 12.05.2021
Agar tashkilot chorak boshidan emas, balki kechroq aylanmadan olinadigan soliqdan QQS toʻlashga oʻtgan boʻlsa, soliq hisoboti qanday toʻgʻri toʻldiriladi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga DSQ aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Oʻktam RAJAPOV javob berdi: ... 

Material sanasi 12.05.2021
Buxgalter.uz iltimosiga binoan asosiy oʻzgarishlar haqida Davlat soliq qoʻmitasida soʻzlab berishdi: ... 

Material sanasi 06.05.2021
Foyda soligʻi va choraklik QQS (SK 259-m. 2-q.) toʻlovchisi boʻlgan korxona boʻyoq ishlab chiqaradi va uni ulgurji sotib oluvchilarga va firma doʻkoni orqali chakana realizatsiya qiladi. Oʻz boʻyogʻidan tashqari, doʻkonda tashqi tashkilotlardan xarid qilinadigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar sotiladi. Bunday vaziyatda hisobni qanday toʻgʻri yuritish mumkin? Qachon QQS hisoblanadi - mahsulotni doʻkonga oʻtkazishdami yoki uni realizatsiya qilishdami? Savollarga buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi: ...