«Oʻzbekiston norezidenti boʻlgan xorijiy kompaniya Oʻzbekistonda doimiy muassasa roʻyxatdan oʻtkazdi. Uning buyurtmachisi ishlar (xizmatlar) uchun chet el valyutasida toʻgʻridan-toʻgʻri doimiy muassasaning hisobraqamlariga toʻlaydi. Doimiy muassasa davriy ravishda foydani bosh kompaniya hisobraqamiga oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Buning uchun nima qilish kerak?»
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Soliq solish metodologiyasi departamenti Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Rano ALIShAYeVA javob berdi: ...
«Supermarket xarid qilingan tovarlarni yetkazib beruvchilarning EHFlarida koʻrsatilgan nomlar va MXIK boʻyicha kirim qiladi. Chakana savdo korxonasi tovarni balansga kirim qilib, keyin uni sotganda, ularni korxonada qabul qilingan nomlar boʻyicha, yetkazib beruvchilarning EHFlarida koʻrsatilgan nomlar boʻyicha emas, boshqa nom bilan aks ettirishga haqlimi?».
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZOMUTDINOVA javob berdi: ...
«Yagona rezident-ta’sischi biznesni rivojlantirish uchun korxonaga 5 mlrd soʻm miqdorida qaytarib berish sharti bilan foizsiz pul qarzi bermoqchi. Bu holda foizsiz qarz shartnomasi transfert narxi qoʻllaniladigan nazorat qilinadigan bitim hisoblanadimi?».
Savolga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«QQS toʻlovchi korxona qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. U boshqa yuridik shaxsdan toʻqimachilik mahsulotlarini (QQS bilan) sotib olgan. Ushbu tovar xodimlarga ish haqi boʻyicha qarzni natura shaklida toʻlash uchun sotib olingan. Yetkazib beruvchi tomonidan koʻrsatilgan QQS hisobga olingan.
Xodimlarga ish haqi boʻyicha qarzni natura shaklida toʻlash uchun beriladigan toʻqimachilik mahsulotlari qiymati QQSga tortiladimi?»
Savolga maxsus buxgalter.uz uchun «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA izoh berdi: ...
«Korxona oʻz xodimlarini ingliz tili kurslarida oʻqitishni rejalashtirmoqda. Bu korxona faoliyati uchun zarur. Korxona oʻqishning 100% toʻlovini amalga oshiradi, uning 50% qiymatini esa xodimlarning yozma arizasi asosida ularning ish haqidan ushlab qoladi.
Buning qanday soliq oqibatlari bor va qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan rasmiylashtiriladi?»
Buxgalter.uz oʻquvchilari uchun maxsus "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA savolni tushuntirdi: ...
«Korxona rahbari xizmat safari uchun booking.com orqali mehmonxona bronlagan. Lekin safardan qaytgandan soʻng bu mehmonxonada yashaganligi haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan.
Mehmonxonani bronlash haqidagi hujjatni xizmat safaridagi yashash xarajatlarini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilish mumkinmi?».
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Korxona (ijrochi) Rossiya kompaniyasi (buyurtmachi) bilan eksport xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzdi. 328 ming rubl miqdorida 100 foizlik oldindan toʻlov olindi. Lekin keyin buyurtmachining rejalari oʻzgardi. Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi, unga koʻra 316 ming rubl qaytarilishi kerak, 12 ming rubl esa ma’muriy xarajatlarni qoplash sifatida ijrochida qoladi. Bu haqda dalolatnoma imzolangan.
Koʻrsatilgan 12 ming rubl boʻyicha qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi? Bu summaga bir tomonlama EHF taqdim etish kerakmi?»
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Xodimning maoshi 2,5 mln soʻm. 5 kunlik ish haftasida u 2024 yil iyun oyida 165 soat ishladi. Shundan 21 soat - ortiqcha ish vaqti (shu jumladan 5 soat - tungi vaqtda). Iyun oyi uchun ish haqini qanday hisoblash kerak?»
Savolga maxsus buxgalter.uz uchun Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Mehnat haqi toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Otabek BOBAMURATOV javob berdi: ...
«QQS toʻlovchi korxona 626-sonli VMQga muvofiq autsorsing asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish bilan shugʻullanadi. Ovqat tayyorlash xizmatlari uchun korxonaning barcha xarajatlariga (soliqlar, xodimlar ish haqi, transport xizmatlari, jihozlarni ta’mirlash va ulardan foydalanish hamda boshqalar) 20% gacha ustama belgilangan. Korxona 20% gacha ustama belgilaganda 12% QQS bilan EHF shakllantiradi».
Korxona davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanish qiymatiga ustamani toʻgʻri belgilayotganini buxgalter.uz uchun maxsus Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA tushuntirdi: ...
«Korxona – QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi BFQlar ishlab chiqaradi. Mahsulot ulgurji va chakana savdoda sotiladi. Chakana savdoda BFQlardan (asosiy sotuv mahsuloti, 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» hisobi) va reklama mahsulotlaridan (firma paketi, mahsulot katalogi, brelok, ruchka va bloknot, 1090 «Boshqa materiallar» hisobi) iborat setlar mavjud.
Bunday setni qaysi hisobda yuritish kerak? Sotilgan setning tannarxi va uni sotishdan olingan daromadni qaysi hisoblarda yuritish kerak?»
Vuxgalter.uz savollariga «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korxona maishiy texnikani boʻlib-boʻlib sotmoqda. Shartnomaga koʻra, xaridor tovar qiymatini 12 oy davomida toʻlaydi, foizlar hisoblanmaydi, penya yoʻq.
Jalb qilingan soliq maslahatchilari foyda soligʻi sotish summasidan emas, balki toʻlov summasidan, ya’ni boʻlib-boʻlib toʻlash davrida soliqqa tortilishi kerak deb ta’kidlamoqdalar. Asos - 2-sonli BHMS Misollarining 8-bandi "Boʻlib-boʻlib sotish, bunda tovar qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadi. Sotish narxiga tegishli daromad, foizlar bundan mustasno, sotish sanasida tan olinadi. Sotish narxi olinishi kerak boʻlgan qismiy toʻlovlarni taxmin qilingan foiz stavkasi boʻyicha diskontlash asosida aniqlanadi. Foizlar esa kiritilgan foiz stavkasini hisobga oluvchi vaqtga doir mutanosiblik asosida ularning olinishiga qarab daromad sifatida tan olinadi". Foyda soligʻi tovarni sotish vaqtida daromad summasidan yoki toʻlov kelib tushganda, ya’ni qarz toʻlanishidan hisoblanadimi?".
Vuxgalter.uz savollariga "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
"Shartnoma asosida korxona qayta ishlashga berilgan xom ashyo sifatida bichimni oldi. Yongʻin sodir boʻlganligi sababli bichimning bir qismi toʻliq yoʻq qilindi. Endi qayta ishlashga beruvchi buni bichimni sotish deb hisoblab, yonib ketgan bichim qiymatiga QQS bilan EHF taqdim etmoqda. U qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandiga havola qilmoqda. Lekin xom ashyoni qayta ishlovchiga topshirishda uning qiymati buyurtmachi balansidan chiqarilmaydi. Demak, xom ashyoga mulk huquqi oʻtkazilishi va mos ravishda QQS solish ob’yekti (realizatsiya boʻyicha aylanma) yuzaga kelmaydi (SK 239-m.1-q.1-b.). Bu sharoitda buyurtmachi qayta ishlashga berilgan xom ashyoni qayta ishlovchiga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki yuk xati boʻyicha topshiradi. Endi esa, bichim yonib ketganda uni QQSni hisobga olgan holda toʻlashni talab qilmoqda. Lekin yongʻin bizning korxonamiz aybi bilan yuzaga kelmagan, biz ham yongʻindan jabrlanganmiz. Yongʻinda aybdor aniqlanmagan. Agar biz bu bichimni sotib olingandek toʻlasak, u bizda amalda yoʻq, havoni kirim qilishga toʻgʻri keladi. Nima qilish kerak?
Qayta ishlashga beruvchiga faqat 4-darajali murakkablikdagi yongʻin oqibatida bichimning yoʻqolganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida bichim qiymatini toʻlash mumkinmi?"
Savolga "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
"Korxona davlat mulki ob’yektini ijaraga oldi. Agar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat mulkini ijaraga bersa, bu mulkni ijaraga berish vakolatiga ega boʻlgan organ soliq agenti deb tan olinadi (SK 256-m. 1-q.). Soliq bazasini soliq agenti ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdorida, soliqni hisobga olgan holda aniqlaydi.
Agar hokimiyat bizning korxonamizga hisob-faktura taqdim etmagan boʻlsa, QQS summasini qanday hisobga olish mumkin?"
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
"Korxona tovar yetkazib berish boʻyicha ikkita import shartnomasiga ega. Bir shartnoma boʻyicha tovar IM 74 rejimidan davlat foydasiga hisobdan chiqarilgan, ikkinchisi boʻyicha - IM 74 rejimidan IM 76 rejimiga (yoʻq qilish) rasmiylashtirilgan. Har ikkala shartnoma boʻyicha kreditorlik qarzi mavjud. Ushbu shartnomalar boʻyicha kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishda daromadni tan olish va foyda soligʻini toʻlash kerakmi?"
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
Soliq qoʻmitasi oʻtgan soliq davrlari uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishga ruxsat berdi. Shu bilan birga, cheklar tuzatilgandan keyin kameral tekshiruvga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerakligini tushuntirdi. ...
«Xorijiy kompaniyalar Turkmanistonga tovar sotish uchun maxsus akkreditatsiyadan oʻtishi kerak. Bizning korxonamiz oʻz mahsulotini bu mamlakatga shunday akkreditatsiyadan oʻtgan oʻzbekistonlik kompaniya orqali eksport qilishni rejalashtirmoqda. Mahsulotni boshqa kompaniya orqali eksportga sotish uchun topshirish mumkinmi? Bunda eksport qilishda belgilangan QQS va foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar saqlab qolinadimi?». ...
«Biz landshaft dizayni bilan shugʻullanamiz. Bizning yangi xorijiy hamkorimiz (Niderlandiya) nafaqat urugʻlik materiallarini yetkazib berish, balki vaqti-vaqti bilan xodimlarimiz uchun qatnab oʻqiydigan oʻquv treninglarini oʻtkazishni (maslahatchilar Oʻzbekistonga kelishadi) taklif qilmoqda. Hamkorimiz treninglarni olib borish uchun Oʻzbekistonda doimiy muassasa ochishi kerakmi?».
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ...
«Korxona faoliyat turini mahsulotlarni ishlab chiqarishdan ulgurji savdoga oʻzgartirdi. Ilgari ishlab chiqarishda foydalanilgan asosiy vositalar endi foydalanilmaydi, biroq amortizatsiya hisoblanadi. Korxona ularni konservatsiya qilish yoki hisobdan chiqarish niyatida emas.
Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda ushbu AV amortizatsiyasi boʻyicha xarajatlar chegirib tashlanadimi?».
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ...
«Korxona davlat unitar korxonasi bilan investitsiyalash toʻgʻrisida kontrakt tuzdi. U investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida oʻz ehtiyojlari uchun bino qurilishini nazarda tutadi.
Korxona pulni DUKga kontrakt boʻyicha majburiyatlarni bajarish hisobiga oʻtkazdi, DUK esa ushbu summaga hisobvaraq-faktura taqdim etmadi. Hokimning qaroriga asosan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi uchun kadastr hujjatlari olindi. DUKga toʻlangan summani buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak – asosiy vosita, NMA sifatida uni qurilayotgan bino qiymatiga kiritish kerakmi yoki boshqa variantlar bormi?
Savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA javob berdi: ...
«Korxona avtomobilni yuridik shaxsga ijaraga berdi. Ijara shartnomasiga asosan ijaraga olingan avtomobil boʻyicha barcha xarajatlarni ijaraga oluvchi amalga oshiradi. Avtomobil boshqa transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etib, YTHga uchradi. Sud jarayonlari tugaguniga qadar ijaraga oluvchi avtomobilni oʻz ...