Yangi

DSQ xorijiy kompaniyalar toʻgʻrisidagi axborotni konsolidatsiyalaydi

08.09.20
DSQ 2021 yil 1 yanvargacha vakolatxona, filial yoki DM orqali faoliyat yuritayotgan xorijiy yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy jismoniy shaxslar – tadbirkorlar haqidagi butun axborotni Markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida jamlaydi. Bu keng idoralararo hamkorlik bazasida ularga davlat xizmatlarini koʻrsatish imkonini beradi.

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari soddalashtirildi

05.09.20
1 sentyabrdan boshlab yangi Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari kuchga kirdi. Ular xalqaro normalarga muvofiq tuzilgan va kuchini yoʻqotgan 5 ta NHHni almashtirdi. «Norma» sharhlovchisi Lola ABDUAZIMOVA yangiliklar haqida batafsil gapirib berdi:

Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyxati e’lon qilindi

05.09.20
Prezidentning 2020 yil 20 iyuldagi PF-6029-son Farmoni bilan 2020 yil 1 martda tugaydigan auditor malaka sertifikati muddati navbatdagi malakaviy imtihonlarni oʻtkazish sanasiga qadar uzaytirilgan. Shu munosabat bilan Moliya vazirligi tomonidan malaka sertifikatining amal qilish muddatini vaqtinchalik uzaytirilgan auditorlar roʻyxati har oyning birinchi sanasida yangilanadi.

Eksport qiluvchilar uchun sugʻurta mukofoti kompensatsiya qilinadi

03.09.20
Eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda, sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom reglamentlandi. Hujjat 25 avgust kuni kuchga kirdi. “Norma” sharhlovchisi Lola ABDUAZIMOVA yangi Nizom haqida batafsil gapirib berdi:

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTANOVni qutlaymiz!

30.08.20
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari va eng qadrli mualliflarimizdan biri – Dilshod SULTANOVni davlat mukofoti – «DOʻSTLIK» ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz!

Kompaniya xodimlarning mehnatiga qancha toʻlay oladi?

27.08.20
Oddiy buxgalter bu savolga javob bera olmaydi. Boshqaruv hisobini biladigan buxgalter yoki boshqa mutaxassis esa unga bemalol javob beradi! Hozircha boshqaruv hisobi dastaklaridan foydalana olmasangiz – hechqisi yoʻq. «Norma» PRM sizni «Relevant xarajatlar» ochiq mashgʻulotiga taklif etadi. Sizni 8 sentyabr kuni soat 19.00 da kutamiz!

«Didoks» serveridagi ortiqcha yuklamalarni bartaraf etdi

25.08.20
«Venkon» kompaniyasi «Didoks» elektron hujjat aylanishi operatori resurslari bilan ishlashdagi uzilishlarning texnik sabablarini bartaraf etdi. Operator abonentlariga yaqin orada faqat yoqimli sovgʻalar taqdim etishga va’da beradi!

ACCA Oʻzbekiston uchun sentyabrdagi imtihonlarni bekor qildi

11.08.20
COVID-19 bilan yuzaga kelgan murakkab vaziyat munosabati bilan ACCA Oʻzbekiston va Qozogʻistonda 2020 yil sentyabr oyida rus tilida «Moliya va biznesni boshqarish» va ASSA DipIFR-Rus imtihon sessiyalarini oʻtkazmaslikka qaror qildi. Buxgalter.uz vaziyatni aniqlashtirdi.

Oʻzbekiston Davlat byudjeti pandemiya sababli qancha mablagʻ yoʻqotdi

11.08.20
Karantin chora-tadbirlari iqtisodiy faollikning susayishiga va, buning oqibatida, – gʻaznaga kelib tushadigan tushumlarning kamayishiga olib keldi. Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 1 iyul holatiga Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi boʻyicha sharhdan shunday xulosaga kelish mumkin. «Norma» yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeV ushbu sharhni batafsil yoritib berdi.

CIMA P1 ni sifatli va arzon narxda topshirishga qanday tayyorgarlik koʻrish mumkin

30.07.20
CIMA xalqaro kvalifikatsiyasi MDH mamlakatlarida tobora talabgir boʻlib bormoqda. U Buyuk Britaniyaning Boshqaruv hisobi boʻyicha mutaxassislar xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va butun dunyoda tan olingan. «Norma» PRMda 6 avgust kuni soat 19.00 da tashkil etiladigan ochiq taqdimot marosimida CIMA va imtihonga tayyorlash kursi bilan tanishish imkoniga ega boʻlasiz.