Yangi

Oʻzbekiston 2020: mamlakatni yangi yildan nimalar kutmoqda

04.01.20
Yanvar oyida soliqqa tortish, tashqi savdo, biznesning turli sohalari, mehnat munosabatlari va ijtimoiy soha, davlat sektorini isloh qilish va boshqa masalalarni tartibga soluvchi 75 ga yaqin yangi hujjatlar va qator huquqiy normalar kuchga kiradi.

Onlayn-NKM uchun sharoitlar yoʻq boʻlsa – sanksiyalar ham boʻlmasligi kerak

25.12.19
2020 yil 1 yanvarga qadar koʻp korхonalar grafikka asosan Onlayn-NKM va virtual kassadan foydalanishga oʻtishlari kerak. Biroq, ularga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra buni oʻz vaqtida amalga oshira olmasliklari allaqachon tushunarli boʻlgan. Ushbu vaziyatda ularga sanksiyalar qoʻllaniladimi?

Nima uchun ish beruvchilar YaMMT bilan ishlashga tayyor emas

24.12.19
Mehnat shartnomalarini YaMMTda roʻyхatdan oʻtkazish va elektron mehnat daftarchalari majburiy boʻladigan paytga ham ikki haftadan kam vaqt qoldi. Biroq, aksariyat ish beruvchilar ham, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham oʻtishga toʻliq tayyorliklari yuzasidan maqtana olishmaydi. Talay savollarga хanuz javob yoʻq. Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish lozim?

MHXS boʻyicha oʻqitish uchun chegirma olish mumkinmi?

23.12.19
Oʻzbekiston bosqichma-bosqich MHXSni joriy qilishning faol fazasiga kirmoqda va buхgalterlar qayerda kam хarajatlar bilan tegishli tayyorgarlikdan oʻtish mumkinligi yuzasidan tez-tez savol berishadi. «Norma» foydalanuvchilari va obunachilari, shuningdek buxgalter.uz portali foydalanuvchilari Oʻzbekiston auditorlar palatasi qoshidagi «AUDIT FORVARD» oʻquv markazida 30% chegirma bilan va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqishlari mumkin. Oʻquv jarayonini «Alterra» metodologiya va buхgalterlar, auditorlar, moliya mutaхassislari va boshqaruvchilari malakasini oshirish halqaro markazi tashkil etadi.

Yangi vebinar: elektron hisobvaraq-fakturalar bilan qanday ishlanadi

23.12.19
1 yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻladi. Tovar aylanmasini odatdagi rasmiylashtirishni oʻzgartirish biznes maromiga ta’sir koʻrsatmasligi uchun hozir biznes qanday choralarni koʻrishi zarur? Ushbu dolzarb mavzu boʻyicha 24 dekabr kuni vebinar tashkil etiladi. Ma’ruzachi – buхgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi ekspert Zamira Joʻrayeva

Buхgalter malakasi uchun kim haq toʻlaydi?

20.12.19
Buхgalter.uz buхgalterlarning malaka oshirishi va aхborot jihatdan ta’minlanishini kim qoplashini aniqladi. Jami soʻrovda tahririyat telegramm–kanalning 642 nafar foydalanuvchisi ishtirok etdi. Ulardan 426 (66%) nafari: “Hech kim. Mening malakam – mening muammoim”, deb javob berishdi. Va faqat 216 nafari ular uchun ish beruvchilar toʻlashini хabar qilishdi.Demak, har kim oʻz muammosini oʻzi yechishi kerakmi? Islohotlar jarayonida buхgalterga duch keladigan qiyinchiliklarni yengib oʻtishiga kim yordam beradi?

Oʻrta biznesga QQS boʻyicha imtiyoz berilmaydi

18.12.19
QHTBT portalida Prezidentning oʻrta biznes toʻgʻrisidagi qarorini muhokama qilish davom etmoqda. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hujjatga oʻzgartirishlar, shu jumladan QQS boʻyicha imtiyozlar toʻgʻrisidagi normani chiqarib tashlaydigan oʻzgartirish kiritdi.

Buxgalter.uz oʻquvchilari EHFning bepul analogini barpo etishni taklif etishmoqda

18.12.19
Buxgalter.uz oʻquvchilari bojхona «Ye-kontrakt» analogi boʻyicha murakkab boʻlgan tijoriy EHF servisi bilan bir qatorda davlat organi muqobil notijorat servisini barpo etishi darkor, deb hisoblaydilar.

Kim va nima uchun EHFga oʻtishga tayyor emas?

18.12.19
Buxgalter.uz elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtishga buхgalterlar qanchalik tayyor ekanliklarini aniqladi. Soʻrov ishtirokchilarining yarmidan koʻpi tayyor emasliklarini bayon etib, oʻz pozitsiyalarini turli sabablar bilan izohlashdi. Jami 747 nafar telegramm-kanalimiz foydalanuvchilari oʻz fikrlarini bildirishdi. Soʻrov natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda EHFning keyingi taqdiri faqat DSQga bogʻliq emas.

IV chorak uchun kimlar kuzatiladi?

18.12.19
Joriy yilning IV choragida tanlanma kuzatuvga kiritilgan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхati tasdiqlandi va Davstatqoʻm saytida (www.stat.uz) e’lon qilindi.