Yangi

Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak

12.02.25
MChJlar toʻgʻrisidagi Qonunga 07.02.2025 yildagi OʻRQ-1025-son Qonun bilan MChJ ustav fondiga naqd pulsiz hissalarni baholash toʻgʻrisidagi 17-moddaga qoʻshimcha kiritildi. Oʻzgartirishlar 2025 yil 8 maydan kuchga kiradi. Amaldagi qonunchilikning asosiy qoidalari va yangi talablarni koʻrib chiqamiz.

Energiya resurslari bilan ishlaydigan xoʻjalik sub’yektlari qanday tekshiriladi

12.02.25
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi, tashuvchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi (taqsimlash, realizatsiya qilish) va iste’mol qiluvchi xoʻjalik sub’yektlarini sutkaning istalgan vaqtida tekshirish huquqini oldi. Bu 10.02.2025 yildagi yangi PF-20-son Farmonda nazarda tutilgan. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda. Hujjat 11 fevraldan kuchga kirdi:

MChJ toʻgʻrisidagi qonundagi asosiy oʻzgarishlar: 2025 yilgi yangi tahrir

11.02.25
Fevral oyida «Mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga muhim oʻzgartishlar kiritildi. Ular 2025 yil 8 maydan kuchga kiradi. Biznes e’tiborga olishi kerak boʻlgan asosiy yangiliklarni koʻrib chiqamiz.

Korporativ shartnomaga kiritib boʻlmaydigan shartlar

10.02.25
Xoʻjalik jamiyati ishtirokchilari oʻz a’zolik huquqlarini amalga oshirish toʻgʻrisida oʻzaro korporativ shartnoma tuzishga haqli. 07.02.2025 yildagi yangi OʻRQ-1025-son Qonun ushbu hujjatning huquqiy maqomini belgilaydi. U shuningdek «unitar korxona» va «qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat» tashkiliy-huquqiy shakllarini tugatish, MChJ ta’sis shartnomasi va unga kiritilgan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabini bekor qilish va boshqa masalalarni nazarda tutuvchi bir qator qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi. Tafsilotlarni norma.uz portali keltiradi.

Tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi yoki dori-darmon sotuvchi kompaniyalar QQSga qanday oʻtishi mumkin

07.02.25
1 apreldan farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yoki tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar daromadlaridan qat’i nazar QQS toʻlovchilari deb e’tirof etiladi. (va mos ravishda – foyda soligʻi toʻlovchilari). Ular uchun QQS hisobotlari onlayn-NKT cheklari, EHF va boshqa ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi. Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng joriy etiladi. Bunday kompaniya QQS toʻlashga oʻtish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerakligini bizning yoʻriqnomamizdan oʻqing:

Yangi elektromobillarga utilizatsiya yigʻimini qancha miqdorda toʻlash kerak

06.02.25
«Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 31.01.2025 yildagi VMQ-52 sonli qarorga muvofiq yangi elektromobillarga utilizatsiya yigʻimi toʻrt barobarga oshirilmoqda. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda. Hujjat 1 maydan e’tiboran kuchga kiradi:

Bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

06.02.25
Bojxona yigʻimlari stavkalari tasdiqlandi. Hujjat 2025 yil 4 maydan kuchga kiradi, biroq roʻyxatdagi ayrim pozitsiyalar keyinroq qoʻllanila boshlaydi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Bank hisobraqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish tartibiga kiritilayotgan oʻzgarishlar

05.02.25
Prezidentning 30.01.2025 yildagi PQ-33-sonli qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobraqamlari boʻyicha operatsiyalarni soliq organlari tomonidan toʻxtatib qoʻyish tartibiga qoʻshimchalar kiritilmoqda. Asosiy oʻzgarishlar yuzasidan «ICONSULTANT» MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA sharh berdi:

Parrandachilar va chorvadorlar qanday imtiyozlardan foydalanishi mumkin

04.02.25
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga byudjetga toʻlangan QQSning 50 foizi qaytarib beriladi. Shuningdek, ular uchun boshqa soliqlar boʻyicha stavkani pasaytirish koʻrinishidagi ilgari belgilangan imtiyozlar uzaytirildi. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda. Oʻzgartirishlar 2025 yil 31 yanvardan kuchga kirdi:

Oʻzbekistonda 1 maydan alkogol ishlab chiqaruvchilar uchun nimalar oʻzgaradi

31.01.25
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar xorijda ishlab chiqarilgan etil spirtidan foydalana olmaydi. Bu yangi Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan. Tafsilotlar norma.uz portalida keltirilgan. Oʻzgartirishlar 2025 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradi: