Yangi

Soliq hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi

21.04.22
20 aprel kuni soliq hisobotining yangi shakllari tasdiqlandi. DSQ oʻzining Telegram-kanalida yoʻriqnomani (matnli va video) e’lon qildi, u sizga shakllarni toʻldirish chogʻida xatoga yoʻl qoʻymaslikka yordam beradi.

Qanday ob’yektlar eng kam qiymat boʻyicha baholashdan ozod qilingan

19.04.22
Prezidentning 15.04.2022 yildagi PQ-208-son qarori bilan yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda 1 kv. metrning eng kam qiymati toʻgʻrisidagi talabni qoʻllash zarur boʻlgan ob’yektlar roʻyxatiga tuzatish kiritildi.

Nima uchun «Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonun «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida»gi Qonunga almashtirildi

19.04.22
2022 yil 12 aprelda nihoyat Senat tomonidan olti oy oldin ma’qullangan «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida»gi OʻRQ-763-son Qonun qabul qilindi. «Bankrotlik toʻgʻrsida»gi Qonun esa uning qabul qilinishi bilan oʻz kuchini yoʻqotdi. Yangi NHH bankrotlik amaliyotida nimalarni oʻzgartirishi haqida - buxgalter.uz sharhida.

TIF operatsiyalari barter asosida amalga oshirilishi mumkin

18.04.22
2022 yil 13 aprel kuni Prezident tomonidan PF-105-son Farmon imzolandi, unga koʻra «Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari boʻyicha tartib buzilishlari va suiiste’molliklarga chek qoʻyish toʻgʻrisida»gi PF-616-son Farmonga tuzatishlar kiritiladi. Qanday oʻzgarishlar boʻldi?

Qaysi imtiyozlar bekor qilinadi, qaysilari esa kengroq tatbiq etiladi

11.04.22
Prezidentning 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmoni bilan ayrim soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilindi. Ilgari soliq toʻlovchilarning cheklangan doirasiga berilgan boshqa imtiyozlar esa tarmoqning barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga tatbiq etiladi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz ularni jadvalga jamladi:

2022 yil 1 maydan pensiyalarni hisoblash va toʻlash tizimida nimalar oʻzgaradi

08.04.22
Prezidentning 07.04.2022 yildagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan muhim oʻzgartirishlar kiritilmoqda:

Byudjet hisobining standarti (13-sonli BHS) tasdiqlandi

08.04.22
Moliya vazirligi tomonidan Byudjet hisobining standarti (13-sonli BHS) «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar» tasdiqlandi (AV roʻyxat raqami №3361, 1.04.2022 y.). Standart 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Kompaniyangiz Tax-Free tizimi ishtirokchisi boʻladimi

06.04.22
2023 yil yanvarda Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlari hududida Tax-Free tizimining QQS summasini qaytarish boʻyicha dastlabki tajriba shoxobchalari ochiladi. 2022 yil 1 avgustga qadar esa ushbu tizimga kirish istagini bildirgan Oʻzbekistonning yuridik shaxslari bilan shartnomalar tuzish tartibi va shartlari ishlab chiqilgan boʻlishi kerak. NHH loyihasi tizimga kirish shartlari bilan QHTBTda joylashtirilgan. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:

2022 yil 1 apreldan eksportchilar yangi preferensiyalarga ega boʻlishdi

06.04.22
Prezident tomonidan 6 aprel kuni “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab- quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat bilan eksport qiluvchi korxonalarga 1 yil muddatga -2022 yil 1 apreldan boshlab 2023 yil 1 aprelga qadar yangi preferensiyalar beriladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida.

Qachon maishiy texnikaga majburiy raqamli markirovka tushiriladi

05.04.22
Maishiy texnikani majburiy raqamli markirovkalash roʻyxatlari va muddatlari belgilandi (02.04.2022 yildagi 148-son VMQ):