Yangi

MJTK va buxgalteriya hisobi tartibining buzilishi uchun jarima toʻgʻrisidagi moddaga oʻzgartish kiritildi

05.11.21
MJTKning 175-1-moddasi endi “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish” deb nomlanadi (avvalgisi – “Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish” boʻlgan). Shuningdek, qonun chiqaruvchilar tomonidan jarimaga tortiladigan huquqbuzarliklarning koʻrinishlarini aniq tavsiflab berishdi 29.10.2021y.dagi 726-OʻRQ, 4-m. 4-b.

2021 yilda avtotransport vositalari boʻyicha nima oʻzgardi

03.11.21
Balansida avtotransport boʻlgan korxonalar, xususiy avtomobil egalari va professional tashuvchilar uchun 2021 yilda qonunchilikka qator muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz ularni jadvalga jamladi.

Koʻpiklanadigan va tabiiy vino aksiz markalari bilan markalanishdan 1 yilga ozod qilinadi

03.11.21
2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 1 noyabrga qadar boʻlgan muddatda, sinov tariqasida, koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi. Bunda, aksiz markalari bilan markirovka qilishdan ozod qilingan tadbirkorlik sub’yektlari davlat tilida markirovka qilish hamda majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etishlari kerak. Bu “Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 665-son VMQda nazarda tutilgan. Norma.uz portali tafsilotlarni ma’lum qildi:

1 dekabrdan davlat bojlari kamaytiriladi (jadval)

01.11.21
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2021 yildagi 661-son qarori 2021 yil 1 dekabrdan boshlab ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda toʻlov miqdorlarining kamaytirilishini nazarda tutadi. Bu haqda norma.uz portali xabar berdi:

Shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

01.11.21
Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga shaxsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qat’iylashtiruvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda norma.uz portali xabar berdi:

2021 yil 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi

29.10.21
2021 yil 1 noyabrdan milliy qonunchilikda kuchga kiradigan asosiy oʻzgarishlarni norma.uz portali umumlashtirdi:

QQS va aksiz soligʻi boʻyicha yangi imtiyozlar

26.10.21
25 oktyabr kuni aksiz soligʻi va QQS boʻyicha soliq imtiyozlarini joriy qiluvchi bir yoʻla ikkita hujjat qabul qilindi. Bu - Prezidentning “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5267-son qarori va “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-725-son Qonun. Yangiliklar mohiyati - norma.uz portali sharhida:

Sugʻurtalovchilar uchun foyda soligʻi stavkasi pasaytiriladi

25.10.21
23.10.2021 yildagi PQ-5265-son qarorga asosan 2022 yil 1 iyuldan boshlab sugʻurtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat berildi. Barcha sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta polislari Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatga olinadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab majburiy sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislarini qogʻoz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Bu va boshqa yangiliklar haqida norma.uz portali xabar berdi:

82 ta tovar pozitsiyasi import bojxona bojidan ozod qilindi

22.10.21
2024 yil 1 yanvarga qadar import bojxona boji "nol" stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda norma.uz portali xabar berdi.

Mevalar, goʻsht, oʻsimlik yogʻini import qilishda yangi preferensiyalar

21.10.21
Ayrim turdagi mevalar 2022 yil 1 mayga qadar bojxona bojidan ozod qilindi. Shuningdek, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda imtiyozli kreditlar nazarda tutilgan. Bu haqda norma.uz portali xabar beradi: