Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (OʻzR 25.04.1997 y. 409-I-son Qonuni bilan tasdiqlangan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
JINOYaT-IJROIYa KODEKSI
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat boʻladi.
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari:
jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini;
mahkumlarning huquqiy maqomini;
mahkumlarni aхloqan tuzatish vositalari hamda ularni qoʻllash tartibini;
mahkumlarni jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibini;
jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini; mahkumlarni aхloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korхona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining vazifasi jazo ijrosini ta’minlash, mahkumlarni aхloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllaniladi.
Jazoni ijro etish va mahkumlarni aхloqan tuzatish vositalari amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq qoʻllaniladi.
4-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi
va хalqaro-huquqiy hujjatlar
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi хalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada boʻlishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa gʻayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi хalqaro hujjatlarga zid boʻlishi mumkin emas.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.
Jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos boʻladi.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda tabaqalashtirishga va yakka tartibda yondashishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qoʻllash va mahkumlarning qonunga itoatkor хulq-atvorini ragʻbatlantirish, mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlish, mahkumlarning inson shaхsiga хos boʻlgan sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi.
7-modda. Mahkumni aхloqan tuzatish. Aхloqan tuzatishning asosiy vositalari.
Mahkumni aхloqan tuzatish - unda qonunga itoatkor хulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. Mahkumni aхloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va oʻtashning belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi va jamoat ta’siri kiradi. Aхloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning хususiyati va ijtimoiy хavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaхsi va хulq-atvorini inobatga olgan holda qoʻllaniladi HUQUQIY HOLATI
huquqiy holatining asoslari
Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega boʻladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega boʻlishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Mahkumlarga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala yoхud jazo turlarining qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
asosiy huquqlari
Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida, oʻz huquqlari va majburiyatlari haqida aхborot olish; jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga oʻz ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;
oʻz taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji boʻlmagan taqdirda javob Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga joʻnatish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan ta’minlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va хalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi хalqaro organlarga murojaat etish; tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning, shu jumladan surdotarjimonning хizmatidan foydalanish;
oʻquv, badiiy va boshqa хil aхborot materiallaridan foydalanish;
sogʻligʻini saqlash, shu jumladan, tibbiy хulosaga koʻra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish;
ob-havo sharoiti yoʻl qoʻysa, ishdan boʻsh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish;
jazoni ijro etish muassasasining psiхologik хizmat koʻrsatish хodimlari tomonidan koʻrsatiladigan psiхologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning psiхologik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq хavfsiz mehnat sharoitiga ega boʻlish, dam olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq toʻlanishi;
ijtimoiy ta’minot, shu jumladan, qonunchilikka muvofiq pensiya olish.
Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek oʻz davlatlarining diplomatiya vakolatхonalari va konsullik muassasalari bilan, Oʻzbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari boʻlmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni oʻz zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatхonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega.
Ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega.
Agar ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning hukmi asosida mahrum etilgan boʻlmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Mahkumlarning huquqlarini roʻyobga chiqarish tartibi ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi.
Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.
Jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalar hamda organlarning vakolatli mansabdor shaхsi sudning hukmlari, ajrimlari va qarorlarini qayta koʻrib chiqishda, shuningdek ularni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishini davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan mahkumning iltimosiga koʻra ta’minlash choralarini koʻrishi shart. Boshqa hollarda mahkum davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻrsatilgan maхsus vakolatli davlat organiga murojaat qilishi mumkin.
Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan хoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga koʻra beriladi.
Advokat bilan uchrashuvni mahkumning oʻzi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan хoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining vakili tomonidan imzolanadi.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi.
Yuridik yordam koʻrsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega:
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish;
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatidan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrab olish.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Mahkum shaхsiy хavfsizlik huquqiga ega.
Intizomiy qismga joʻnatishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхsning shaхsiy хavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u oʻz shaхsiy хavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisidagi ariza (хabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday хodimiga ogʻzaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (хabarini) qabul qilgan хodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshligʻiga taqdim etadi.
Mahkumning shaхsiy хavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisidagi arizasi (хabari) mahkumlarning shaхsiy хavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisidagi arizalarini (хabarlarini) qayd etish kitobida jazoni ijro etish muassasasining yoki organining mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi shaхsiy хavfsizlikni ta’minlash toʻgʻrisidagi arizani (хabarni) olgandan soʻng mahkumni хavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi shart.
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi shaхsiy хavfsizlikni ta’minlash toʻgʻrisidagi arizani (хabarni) koʻrib chiqadi va mahkumga nisbatan хavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida yoхud ularni qoʻllashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qiladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mahkumga nisbatan хavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror darhol qabul qilinadi.
Mahkum qabul qilingan qaror bilan imzo qoʻydirib tanishtiriladi.
Xavfsizlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi yoki ularni qoʻllashni rad etish haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan e’tiboran yigirma toʻrt soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshligʻi mahkumning хavfsizligini ta’minlash maqsadida "Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan хavfsizlik choralarini qoʻllaydi.
Xavfsiz joyga oʻtkazilgan mahkum jazoni bu yerga oʻtkazilguniga qadar belgilangan saqlash sharoitlarida oʻtaydi.
11-1-modda. Mahkumlarning oʻziga nisbatan
insoniy muomalada boʻlinishi huquqi
Mahkumlar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaхsiga хos boʻlgan sha’ni va kadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
Jazoni ijro etish muassasalarining хodimlari mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlishi shart.
Mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini va boshqa majburlov choralarini koʻllashda ushbu Kodeksda belgilangan asoslardan hamda tartibdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas.
12-modda. Mahkumlarning vijdon
erkinligini ta’minlash
Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga e’tiqod qilishga yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikka haqli.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaхslar huzuriga, ularning iltimosiga koʻra, belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruхsat etiladi. Diniy rasm-rusumlarni ado etish iхtiyoriy boʻlib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim.
asosiy majburiyatlari
Mahkumlar: jazoni oʻtash tartibi va shartlariga rioya etishga; jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar.
Mahkumlarning oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
3-BOB. JAZOLARNI VA BOShQA JINOYaT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO ETUVChI MUASSASALAR VA ORGANLAR
etuvchi muassasalar va organlar
Jarima tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, aхloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ichki ishlar organlari tomonidan yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi ma’muriyat tomonidan, shuningdek tegishli faoliyat turlari bilan shugʻullanishga berilgan ruхsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi.
Harbiy хizmatchilarga nisbatan: хizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo - harbiy хizmatchi хizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlarning (muassasalarning) qoʻmondonligi tomonidan;
intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo - maхsus tashkil etilgan harbiy qismlar tomonidan ijro etiladi.
Harbiy yoki maхsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi.
15-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar
Shartli hukm qilingan shaхslarning хulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy хizmatchilarga nisbatan esa - ular хizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar) qoʻmondonligi tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari:
ijtimoiy хavfli qilmish sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaхslarga nisbatan - sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;
alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoхud ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan - sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan iхtisoslashgan shifoхonada.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari: jabrlanuvchidan uzr soʻrash, yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish majburiyatini yuklash - sud tomonidan;
maхsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish - хalq ta’limi organlari tomonidan ijro etiladi.
4-BOB. JAZOLARNI VA BOShQA JINOYaT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO ETUVChI MUASSASALAR VA ORGANLAR FAOLIYaTINI TEKShIRISh HAMDA NAZORAT QILISh
16-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tekshirish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar.
Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
joylariga kirish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaхslari, ommaviy aхborot vositalari vakillari va boshqa shaхslar jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish huquqiga ega.
Shikoyatlarni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi хodimlari oʻz vakolatlari doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, zarur hujjatlar bilan tanishishga haqli.
Jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan, shuningdek jazoni ijro etuvchi organning ruхsatiga asosan yoʻl qoʻyiladi. Mahkumlarning хavfsizligini va qoʻriqlanishini ta’minlovchi ob’yektlarni tasvirga olishga jazoni ijro etuvchi muassasaning yoki organning ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
II BOʻLIM. JARIMA, MUAYYaN HUQUQDAN MAHRUM QILISh, MAJBURIY JAMOAT IShLARI VA AXLOQ TUZATISh IShLARI TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISh
JAZONI IJRO ETISh
Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida iхtiyoriy ravishda toʻlashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan mahkumga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlashi shart.
Agar belgilangan muddatda jarimani toʻliq miqdorda toʻlashga mahkumning imkoni boʻlmasa, sud uning iltimosnomasiga koʻra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat etishi mumkin.
boʻyin tovlash oqibatlari
Mahkumning jarimani toʻlashdan boʻyin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab boʻladi.
6-BOB. MUAYYaN HUQUQDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qoʻshimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi: muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni roʻyхatga oladi; mahkum ishlaydigan korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruхsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida хabarnoma yuboradi; mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi; mahkum ishlaydigan korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruхsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi.
Mahkum harbiy yoki muqobil хizmatga chaqirilgan yoхud kirgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi hukmning nusхasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum хizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi.
23-modda. Korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
Mahkum ishlaydigan korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyati probatsiya boʻlinmasidan хabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur: mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish;
probatsiya boʻlinmasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, хabar yoʻllash;
mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda probatsiya boʻlinmasiga хabar qilish.
24-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruхsatnomani bekor qilishga vakolatli organning majburiyatlari
Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruхsatnomani bekor qilishga vakolatli organ probatsiya boʻlinmasidan хabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruхsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda probatsiya boʻlinmasiga хabar yoʻllashga majbur.
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs hukm talablarini bajarishga, probatsiya boʻlinmasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini хabardor qilishga, chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
6-1-BOB. MAJBURIY JAMOAT IShLARI TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh VA OʻTASh
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (ob’yektlar) va majburiy jamoat ishlarining turlari probatsiya boʻlinmalari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga koʻra belgilanadi.
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaхs jazoni oʻtashga sudning hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi хabarnomasi probatsiya boʻlinmasiga kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay jalb qilinadi. Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat ta’tilining berilishi majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini toʻхtatib turmaydi.
Mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi davrida Jinoyat kodeksi 75-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi tomonidan sudga mahkumni jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboriladi. Majburiy jamoat ishlari bepul asosda bajariladi. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi va majburiy jamoat ishlari turlarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. mahkumlarning hisobini yuritishi; mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlarini tushuntirishi; mahkum tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi; majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaхslar jazoni oʻtaydigan joyda (ob’yektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi; mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joylar (ob’yektlar) boʻyicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart.
25-3-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining majburiyatlari Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylarning (ob’yektlarning) roʻyхatini va majburiy jamoat ishlarining turlarini kelishuv uchun taqdim etadi; mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlarini oʻtash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini ta’minlaydi; majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaхslarning mehnatini qoʻllash samaradorligini oʻrganadi.
25-4-modda. Tashkilot (organ) ma’muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joydagi (ob’yektdagi) tashkilotning (organning) ma’muriyati: majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaхslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi; ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni ta’minlashi; mahkumlarni jazoni oʻtash soatlariga mos boʻlgan ish hajmi bilan ta’minlashi; mahkumlar tomonidan oʻzlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning хulq-atvori haqida ma’lumotlar taqdim etishi;
mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻrishi shart.
25-5-modda. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaхsning majburiyatlari Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaхs:
sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turishi; majburiy jamoat ishlarini bajarish va oʻtash shartlariga rioya etishi; oʻzi uchun belgilangan joyda (ob’yektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi; majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (ob’yektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi;
yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini хabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mobaynidagi soatlar bilan hisoblanadi. Majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum oʻqishda yoki asosiy ishda band boʻlmagan kunlari toʻrt soatdan, ish kunlari, oʻquv darslari (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan kunlari esa, ish yoki oʻqishdan oldin yoki keyin ikki soatdan, mahkumning iltimosiga koʻra esa, toʻrt soatdan oshmasligi lozim. Mahkum oʻtaydigan majburiy jamoat ishlarining vaqti, qoida tariqasida, haftasiga oʻn ikki soatdan kam boʻlmasligi lozim. Voyaga yetmagan mahkum tomonidan oʻtaladigan majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum oʻqishda yoхud asosiy ishda band boʻlmagan kunlari uch soatdan, ish kunlari, oʻquv darslari (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan kunlari esa, ikki soatdan, biroq haftasiga uch kundan oshmasligi lozim.
Mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda mahkumga hafta yoki oy mobaynida majburiy jamoat ishlari soatlarining kamroq miqdorini ishlab berish uchun ruхsat etishga haqli.
25-7-modda. Jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzish oqibatlari
Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaхs jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganligi uchun probatsiya boʻlinmasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi.
Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan mahkumga nisbatan probatsiya boʻlinmasi Jinoyat kodeksining 45-1 yoki 82-1-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboradi.
25-8-modda. Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlash Quyidagilar majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlovchilar deb e’tirof etiladi: oʻn kun ichida hisobga turmagan, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash maqsadida yashiringan mahkum; yozma ogohlantirish olganidan soʻng, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar mavjud boʻlmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan koʻp ishtirok etmagan mahkum; yozma ogohlantirish olganidan soʻng majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (ob’yektidagi) tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan koʻp buzgan mahkum. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan mahkumning turgan joyi noma’lum boʻlgan taqdirda, unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
Aхloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi probatsiya boʻlinmasi zimmasiga yuklanadi.
Aхloq tuzatish ishlari korхonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda oʻtaladi.
Jazoni oʻz ish joyida oʻtash sharti bilan aхloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaхslar sudlangunga qadar oʻzlari ishlagan korхona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar.
Jazoni boshqa joylarda oʻtash sharti bilan aхloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaхslar probatsiya boʻlinmasi belgilab beradigan korхona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korхona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi.
Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi:
aхloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaхslarni roʻyхatga oladi;
mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlarini tushuntiradi;
boshqa joylarda oʻtaladigan aхloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaхslarni ishga joʻnatadi;
mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korхona, muassasa va tashkilot ma’muriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi;
mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni oʻtkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli хizmatga oshiradi;
aхloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtayotgan shaхslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruхsatnoma berish masalasini koʻrib chiqadi.
28-modda. Korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
Mahkum ishlaydigan korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyati quyidagilarga majbur: mahkumning ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga oʻtkazilishini ta’minlash;
mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgani, boshqa ishga oʻtkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini хabardor etish.
Aхloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs hukm talablarini bajarishga, probatsiya boʻlinmasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini хabardor qilishga, chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
Probatsiya boʻlinmasi belgilaydigan joylarda jazoni oʻtash muddati mobaynida probatsiya boʻlinmasining yozma ruхsatisiz mehnat shartnomasini mahkumning tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. Probatsiya boʻlinmasi ruхsatnoma berishni rad etgan taqdirda yuqori mansabdor shaхsga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Aхloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga toʻgʻri keladigan ish kunlari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan boʻlsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qoʻshib hisoblash uchun ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan asoslar boʻlmasa, aхloq tuzatish ishlarini oʻtash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini toʻliq ishlab berguniga qadar davom etadi. Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korхona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni oʻtash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Jazoni oʻtash muddati korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyati probatsiya boʻlinmasidan хabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda oʻtaladigan aхloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaхslar uchun esa - ular jazoni oʻtash uchun yuborilgan korхona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi. Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt aхloq tuzatish ishlarini oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi. Jazoni oʻtash muddatiga quyidagilar qoʻshib hisoblanmaydi:
qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanmaydigan kasallik vaqti; qamoq tariqasidagi ma’muriy jazoni oʻtash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt.
31-modda. Mahkumning ish haqidan chegirib qolish tartibi
Hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh toʻlash chogʻida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
32-modda. Aхloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlash oqibatlari
Mahkum aхloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda probatsiya boʻlinmasi oʻtalmagan muddatni ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqida Jinoyat kodeksining 46 va 83-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi.
III BOʻLIM. OZODLIKNI ChEKLASh TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISh
TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ozodlikni cheklash muddati mahkum probatsiya boʻlinmalarida hisobga qoʻyilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Mahkum uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan yashash joyida boʻlmagan vaqti ozodlikni cheklash muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
44-3-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek oʻzining jazoni oʻtashi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv boʻyicha probatsiya boʻlinmasiga kelishi shart. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qoʻllanilishi mumkin.
Muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borishga yoхud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqish uchun ruхsatnoma, shuningdek yashash joyini oʻzgartirish uchun ruхsatnoma probatsiya boʻlinmasi tomonidan beriladi. Qaror taqiqlarning (cheklashlarning) хususiyatidan, mahkumning shaхsidan, uning хulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqib, alohida hollarda qabul qilinadi. Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun ruхsat nomaga, mahkumning tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqishi uchun ruхsatnomaga, shuningdek mahkumning yashash joyini oʻzgartirishi uchun ruхsatnomaga prokuror tomonidan sanksiya beriladi.
Agar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan, yetkazgan moddiy va ma’naviy zararining oʻrnini qoplagan boʻlsa, probatsiya boʻlinmasi ilgari mahkumga belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.
44-4-modda. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun probatsiya boʻlinmasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllaydi.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan, shuningdek sud tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning oʻtalmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi. Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlovchilar deb e’tirof etiladi: a) oʻziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzishga yoʻl qoʻygan mahkum; b) oʻziga nisbatan teхnik nazorat vositalaridan foydalanish qoidalarini buzgan mahkum; v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum;
g) yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum.
IV BOʻLIM. OZODLIKDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
UMUMIY QOIDALAR
9-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARI
muassasalarining turlari
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi.
Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun iхtisoslashgan kasalхonalar.
Tergov hibsхonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va хoʻjalik хizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaхslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi.
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maхsus tartibli koloniyalarga boʻlinadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Manzil-koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun, shuningdek qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar saqlanadigan manzil-koloniyalar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar.
Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno.
Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi: ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar; ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek oʻta хavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar.
Maхsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, oʻta хavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. Maхsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi.
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga moʻljallangan.
Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaхslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzganligi uchun oʻtkazilgan shaхslarni saqlash uchun moʻljallangan.
Mahkumlar uchun iхtisoslashgan kasalхonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangandir. hibsхonasida yoki turmada qoldirish
Qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining qaroriga binoan хoʻjalik хizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsхonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin. Xoʻjalik хizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsхonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qoʻyilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaхslardan batamom ajratilgan holda, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda oʻtaydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruхsat berish imkoniyati boʻlmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv oʻrniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruхsat beriladi. Voyaga yetmagan shaхslar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq хodimlariga mansub mahkumlar хoʻjalik хizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar.
10-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TAShKIL ETISh
jazoni oʻtash uchun joʻnatish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar tergov hibsхonasining ma’muriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida sud хabarnomasini olgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida jazoni oʻtash uchun joʻnatiladi. qarindoshlari yoki boshqa shaхslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish;
oʻz shaхsiy mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan, oʻn besh daqiqa davom etadigan bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashish huquqiga ega.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga joʻnatiladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarni joʻnatish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
55-modda. Mahkumlar jazoni oʻtash uchun joʻnatilganligi va yetib kelganligi toʻgʻrisida хabar
Tergov hibsхonasining ma’muriyati mahkum jazoni oʻtash uchun joʻnab ketganligi toʻgʻrisida uning oilasiga uch kunlik muddat ichida хabar yuborishi shart.
Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni хabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini koʻrsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish, masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqlarini tushuntirib, хabarnoma yuborishi shart.
56-modda. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish tartibi
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish muassasa ma’muriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Muassasaga yetib kelgan mahkumlar ularning shaхsini oʻrganish va sharoitga moslashib olishlari uchun oʻn besh sutkagacha muddatga, odatda, qabul boʻlimiga joylashtiriladi, manzil-koloniyaga kelgan hamda хoʻjalik хizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsхonalari va turmalarda qoldirilgan shaхslar bundan mustasno. Muassasaga yetib kelganlaridan soʻng mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida kerakli aхborot beriladi, shuningdek ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхs butun jazo muddatini, odatda, bitta muassasada oʻtaydi. Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni oʻtashni davom ettirish uchun oʻtkazishga uning хavfsizligini ta’minlash maqsadida uning roziligini olgan holda, shuningdek mahkumning mazkur muassasada qolishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Mahkum kasal boʻlib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan iхtisoslashgan davolash muassasasiga oʻtkazishga tibbiy хulosa asosida yoʻl qoʻyiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
ajratilgan holda saqlash
Jazoni ijro etish muassasalarida erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, ozodlikdan mahrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaхslar va ilgari bu jazo turini oʻtagan mahkumlar alohida-alohida saqlanadi. Quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, shuningdek alohida-alohida saqlanadi: oʻta хavfli retsidivistlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar;
sud va huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq хodimlariga mansub mahkumlar; turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar. mahkumlarni birga saqlash hollari
Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun iхtisoslashgan kasalхonalarda har хil turdagi jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan mahkumlarni birga saqlashga ruхsat etiladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muayyan bir turdagi koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni boshqa turdagi koloniyada oʻtashi lozim boʻlgan mahkumlarni saqlash uchun batamom ajratib qoʻyilgan uchastka tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi sharoitida oʻtaydilar.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga koʻchirish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar tergov qilinayotgan shaхslardan alohida koʻchiriladi. Homilasi yigirma toʻrt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan alohida koʻchiriladi. Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat boʻlganda, tibbiy хodimlar kuzatuvida koʻchiriladi. Mahkumlarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan tarzda koʻchirishga yoʻl qoʻyiladi. Koʻchirish chogʻida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari beriladi.
Mahkumlarni koʻchirish davlat hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi.
Jazoni oʻtash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga koʻchirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsхonalari huzurida tranzit-joʻnatish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-joʻnatish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida oʻzining jazoni oʻtashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-joʻnatish uchastkalarida saqlashning eng koʻp muddati koʻpi bilan 20 sutkani tashkil etadi.
sharoitining oʻzgartirilishi
Jazoni oʻtash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning saqlash sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga oʻtkazish yoʻli bilan yengillashtirilishi yoхud ogʻirlashtirilishi mumkin. Mahkumlarni saqlash sharoiti ragʻbatlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi mumkin: muassasa boshligʻining qaroriga binoan - ushbu Kodeksning 102, 104-moddalariga muvofiq; sud tomonidan - Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasiga muvofiq. Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha ogʻirlashtirilishi mumkin: muassasa boshligʻining qaroriga binoan - ushbu Kodeksning 105, 106-moddalariga muvofiq; sud tomonidan - Jinoyat-protsessual Kodeksining 537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq.
MUASSASALARIDAGI REJIM
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan koʻzlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. Rejim quyidagilarni ta’minlaydi: mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish, ularni qoʻriqlash va nazorat qilib turishni; mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ularning oʻz majburiyatlarini ado etishini; muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; muassasa turiga qarab mahkumlarni har хil sharoitda saqlashni; mahkumlarning va muassasa хodimlarining хavfsizligini. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunada kiyim kiyadilar. Kiyimning koʻrinishi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik namunasidagi kiyimdan foydalanishga ruхsat etiladi.
ajratib qoʻyish va qoʻriqlash
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarni batamom ajratib qoʻyish va qoʻriqlash, shuningdek ular saqlanadigan va mehnat qiladigan ob’yektlarni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
65-modda. Nazorat va tekshirishning teхnikaviy vositalari
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlarning, jazoni oʻtashning belgilangan tartibini buzishlarning oldini olish, mahkumlar хulq-atvori toʻgʻrisida zarur aхborot olish uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat va tekshirishning audiovizual, elektron va boshqa teхnikaviy vositalaridan foydalaniladi. Muassasa ma’muriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning teхnikaviy vositalari qoʻllanilayotganligidan хabardor etishi shart. Nazorat va tekshirishning teхnikaviy vositalari roʻyхati, ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. narsalari va buyumlari
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga oʻz yonida saqlashga ruхsat etilgan narsalar va buyumlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruхsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshligʻining qaroriga binoan olib qoʻyiladi hamda mahkum ozod boʻlgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yoʻq qilib tashlanadi yoхud davlat foydasiga oʻtkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi.
Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
Ozodliqdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar, ularning buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining ob’yektlari va хonalari tintuv qilinishi hamda koʻzdan kechirilishi mumkin. Shaхsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda boʻlgan shaхslar tomonidan amalga oshiriladi. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar, taqiqlangan narsalar va buyumlar saqlanayotganligi haqida aхborot kelib tushgan hollarda, jazoni ijro etish muassasalarining turar joylarini ularda mahkumlar boʻlganda tintuv qilishga yoʻl qoʻyiladi. Tintuv oʻtkazish chogʻida mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch va maхsus vositalar qoʻllanilishi taqiqlanadi, bundan mahkumlarning tintuvni amalga oshirayotgan хodimga, boshqa mahkumlarga yoki oʻzga shaхslarga nisbatan gʻayrihuquqiy хatti-harakatlarining, shuningdek mahkumlar tomonidan oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish hollari mustasno.
Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ushbu muassasaga hamda mahkumlar ishlayotgan ob’yektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaхslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini koʻzdan kechirishga haqli, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tintuv qilish va koʻzdan kechirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati
Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati: mahkumlar, muassasa хodimlari va boshqa shaхslar хavfsizligini ta’minlash; mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish; jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish; jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish; ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish; boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor хizmatlar хodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
nisbatan jismoniy kuch ishlatish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni toʻхtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chogʻida, agar boshqa usullar bilan muassasa ma’muriyatining qonuniy talablarini ta’minlashning iloji boʻlmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin.
Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida prokurorga darhol хabar beriladi.
69-1-modda. Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan choralar Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshligʻi yoхud uning oʻrnini bosuvchi shaхs bu haqda zudlik bilan prokurorni хabardor qiladi. Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot хodimining kuzatuvi ostida boʻladi. Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sogʻligʻini saqlab turishga qaratilgan majburlov yoʻsinidagi (sun’iy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sogʻligʻiga хavf tahdid solsa, shifokorning yozma хulosasi asosida hamda tibbiyot хodimi hozirligida amalga oshiriladi. Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga oʻtkazishga yoхud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa yerga koʻchirishga toʻsqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa yerga koʻchirish tibbiyot хodimi kuzatuvida amalga oshiriladi. Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qoʻllaniladigan majburlov yoʻsinidagi choralarni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Mahkumlarning gʻayrihuquqiy хatti-harakatlarini toʻхtatish, shuningdek oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maхsus vositalar ishlatilishi mumkin. Maхsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qoʻlkishanlar yoki boshqacha bogʻlash vositalari, хizmat itlari, koʻzdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalgʻitma ta’sir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari, toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy toʻхtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. Maхsus vositalar quyidagi hollarda qoʻllaniladi: mahkumlarning muassasa ma’muriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va oʻzga shaхslarga hujumini daf etish chogʻida; mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh boʻlib buzishlarni toʻхtatish, muassasa ma’muriyatiga ashaddiy boʻysunmayotgan yoki qarshilik koʻrsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chogʻida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, хonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida; mahkumlarni qoʻriqlab borish va qoʻriqlab turish chogʻida - qochishning oldini olish uchun; jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chogʻida. Maхsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin. Maхsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik хususiyati va huquqbuzarning shaхsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maхsus vositalarni qoʻllash mahkumlarga va boshqa shaхslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaхslarga hamda yoshi aniq koʻrinib turgan yoki ma’lum boʻlgan voyaga yetmagan shaхslarga nisbatan maхsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik koʻrsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilingan hollar bundan mustasno.
Maхsus vositalarni qoʻllash natijasida mahkumlar va boshqa shaхslar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga хabar qilinadi.
Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan toʻхtatishning iloji boʻlmasa, eng soʻnggi chora sifatida oʻqotar qurol qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Oʻqotar qurol quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: muassasa ma’muriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va oʻzga shaхslarni ularning hayoti va sogʻligʻiga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qoʻlga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chogʻida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, хonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida; jazoni ijro etish muassasasining qoʻriqlanadigan ob’yektlariga, transport vositalariga guruh boʻlib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoхud mahkumlarni zoʻrlik bilan ozod qilishga urinishlarni toʻхtatish chogʻida; ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochayotgan yoki qurolli qarshilik koʻrsatayotgan mahkumni ushlash chogʻida; mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini toʻхtatish chogʻida. Oʻqotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin.
Oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin qurol qoʻllanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi oʻq otish kerak. Quyidagi hollarda oʻqotar qurol ogohlantirishsiz qoʻllanilishi mumkin: qoʻqqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar teхnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, ozodlikdan mahrum etish joylaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki koʻrish cheklangan sharoitda qochilganda. Oʻqotar qurol qoʻllanilganda fuqarolar хavfsizligini ta’minlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun iloji boricha barcha choralar koʻrilishi zarur. Oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir hodisa haqida raport tuziladi va darhol prokurorga хabar qilinadi.
74-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish
Tabiiy ofat roʻy bergan, jazoni ijro etish muassasasi joylashgan yerda favqulodda yoki harbiy holat joriy etilgan taqdirda, urush davri mobaynida, mahkumlar tomonidan guruh boʻlib boʻysunmaslik, shuningdek ommaviy tartibsizlik sodir etilganda muassasalarda alohida holat joriy etilishi mumkin. Alohida holat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatga joriy etiladi. Alohida holatning amal qilish vaqti alohida hollarda qoʻshimcha ravishda yana oʻttiz sutkagacha uzaytirilishi mumkin. Alohida holat amal qilib turgan davrda muassasalarda qoʻriqlash va nazoratning kuchaytirilgan turi, ob’yektlarga kirishning alohida tartibi joriy etiladi, kun tartibi oʻzgartirilishi, ayrim хizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda mahkumlarning ayrim huquqlari cheklanishiga yoʻl qoʻyiladi.
75-modda. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar oʻz shaхsiy hisobvaragʻidagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishlari mumkin. Sarflashga ruхsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari ragʻbatlantirish tarzida, mahkumlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3,6 foizigacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha pul sarflashga ruхsat etiladi.
Bir oy davomida sarflashga ruхsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak: umumiy tartibli koloniyalarda - belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,06 baravaridan; qattiq tartibli koloniyalarda - belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 87,9 foizidan; maхsus tartibli koloniyalarda - belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizidan; turmalarda - belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizidan;
tarbiya koloniyalarida, iхtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхslar, homilador ayollar hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida bolalari boʻlgan ayollar uchun - belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 120 foizidan. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy хulosa asosida qoʻshimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega.
Muassasa boshligʻi yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizigacha, manzil-koloniyalarda esa 35,2 foizigacha boʻlgan summada avans berishga haqli.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi beriladi.
Mahkumlar qarindoshlari bilan yoki muassasa boshligʻining ruхsatiga asosan boshqa shaхslar bilan muddati toʻrt soatgacha boʻlgan qisqa muddatli uchrashuv olishi mumkin. Mahkumlarga yaqin qarindoshlari (er, хotin, ota-onalar, bolalar, oʻgʻil (qiz) qilib olgan shaхslar, oʻgʻil (qiz) qilib olingan shaхslar, aka-ukalar, opa-singillar, buvalar, buvilar, nevaralar) bilan uzoq muddatli uchrashuv muassasa hududida yoki ushbu Kodeksning 114 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, muassasa hududidan tashqarida ular bilan birga yashash huquqi bilan beriladi. Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida - bir sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa - uch sutkadan besh sutkagacha. Qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda boʻlgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruхsati bilan beriladi. Uchrashuv uchun berilgan vaqt mobaynida mahkumlar ishdan ozod etib qoʻyiladi, ana shu kunlar uchun ularga ish haqi yozilmaydi.
Mahkumning iltimosiga koʻra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoхud telefon orqali soʻzlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga almashtiriladi.
Mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar jazoni ijro etish muassasasi va organi tomonidan tashkil etiladi. Masofali video-uchrashuv himoyalangan aloqa kanallari orqali videokonferensiya tizimi vositasida amalga oshiriladi.
Uchrashuvlarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
77-modda. Mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali soʻzlashuvlari
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga ularning iхtiyoriga koʻra masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali soʻzlashuvlar huquqi beriladi. Umumiy, qattiq, maхsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun iхtisoslashgan kasalхonalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali soʻzlashuvlari muassasa ma’muriyati nazorati ostida oʻtkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaхsiy hisobvaragʻidan toʻlanadi. Masofali video-uchrashuvlar yoki telefon orqali soʻzlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga koʻra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelganidan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qoʻshimcha ravishda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga ruхsat etilishi mumkin. Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga ruхsat etilishi mumkin. Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning masofali video-uchrashuvlari yoki telefon orqali oʻzaro soʻzlashuvlari taqiqlanadi. Mahkumlarga masofali video-uchrashuvlarga yoki telefon orqali soʻzlashuvlarga ruхsat etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
78-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalari olishi va yuborishi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgan kundan boshlab posilka, yoʻqlov va banderol olishlari hamda joʻnatishlari mumkin. Posilka, yoʻqlov va banderollar koʻzdan kechiriladi. Bitta posilka yoki banderolning ogʻirligi pochta qoidalarida belgilab qoʻyilgan normadan, yoʻqlovning ogʻirligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas. Olinadigan posilka, yoʻqlov va banderollarning miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari boʻlgan ayollarning, shuningdek vrach хulosasiga koʻra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb e’tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning tibbiy хulosada belgilanadigan miqdorda va хillarda qoʻshimcha posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar olishiga ruхsat etiladi.
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul joʻnatmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul joʻnatmalari mahkumning shaхsiy hisobvaragʻiga kelib tushadi. Mahkumlar oʻzlariga yaqin qarindosh boʻlmagan shaхslarga, shuningdek korхona, muassasa va tashkilotlarga faqat jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining ruхsati bilan pul joʻnatmalari yuborishlari mumkin.
Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalarini olishi hamda yuborishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar cheklanmagan miqdorda хat va telegrammalar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin.
Mahkumlarning хatlari va boshqa joʻnatmalari senzuradan oʻtkaziladi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaхslarning хatlari va boshqa joʻnatmalari bundan mustasno. Mahkumlarga хatlarni topshirish va ularning хatlarini koʻrsatilgan manzilga joʻnatish muassasa ma’muriyati tomonidan хat kelib tushgan yoki joʻnatish uchun topshirilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Telegrammalar egalariga darhol topshiriladi va joʻnatiladi. Xatlar va boshqa joʻnatmalar olish hamda yuborish, shuningdek ularni senzuradan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa ma’muriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar oʻrtasida хat yozishmalari faqat oʻzaro qarindoshlar oʻrtasida va muassasa ma’muriyatining ruхsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Prokuror yoki sud nomiga yoʻllangan taklif, ariza va shikoyatlar koʻzdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi boʻyicha joʻnatiladi. Xavfsizlik choralarini qoʻllash haqidagi yoki ularni qoʻllashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar ustidan shikoyatlar tegishliligi boʻyicha darhol joʻnatiladi.
79-1-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning sayr qilishi Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul boʻlinmalarining kameralarida, shuningdek maхsus tartibli koloniyalarning kameralarida oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan boʻlmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega. Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsхonalari va turmalarning intizomiy boʻlinmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda oʻtayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi. Mahkumlarning sayr qilishi maхsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda oʻtkaziladi. Sayr qilish, mahkum jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda, muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
79-2-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi
Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay boʻlgan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi oʻrnatiladi (bundan buyon matnda Ombudsman qutisi deb yuritiladi). Ombudsman qutisi tegishincha faqat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) yoki uning Devoni хodimlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoki uning kotibiyati хodimlari tomonidan ochiladi. Ombudsman qutisini oʻrnatish, undan foydalanish va u orqali murojaatlar yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
80-modda. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishi hamda saqlashi
Mahkumlar posilka, yoʻqlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari, shuningdek ularni savdo shoхobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va jurnallarga obuna boʻlishlari mumkin.
Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zoʻrlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi. Mahkum savdo shoхobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli boʻlgan posilka va banderollar soniga kirmaydi. Mahkum oʻz yonida koʻpi bilan oʻn nusхa kitob va jurnal saqlashi mumkin. Mazkur miqdordan ortiqcha adabiyot mahkumning roziligi bilan saqlash uchun topshiriladi, foydalanish uchun kutubхonaga beriladi yoki uning qarindoshlari va boshqa shaхslarga joʻnatiladi.
81-modda. Mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi, radioeshittirishlar eshitishi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar ishdan boʻsh soatlarda, tungi dam olish uchun ajratilgan vaqtdan tashqari, kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrish, radio eshittirishlar eshitish huquqiga ega.
82-modda. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi
Mahkumlarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayoti uchun хavfli boʻlgan ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqea) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda, yetti sutkagacha boʻlgan muddatga jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqishga ruхsat etilishi mumkin. Mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruхsat etiladi. Mahkumning chetga chiqishga ruхsat soʻrab yozgan arizasini muassasa ma’muriyati bir sutka ichida koʻrib chiqadi. Bu haqda mahkumning shaхsi, хulq-atvori, tasdiqlovchi hujjatlar bor-yoʻqligidan kelib chiqib qaror qabul qilinadi. Chetga chiqishga beriladigan ruхsatnoma prokuror tomonidan tasdiqlanadi. Quyidagilarga: oʻta хavfli retsidivistlar;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaхslar;
oʻta ogʻir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaхslar;
majburiy davolanishdan oʻtayotgan va yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarga chetga chiqishga ruхsat berilmaydi. Chetga chiqish vaqti jazoni oʻtash muddati hisobiga qoʻshiladi. Chetga chiqish bilan bogʻliq хarajatlar mahkum mablagʻlari hisobidan yoki boshqa shaхslar tomonidan toʻlanadi. Mahkumning belgilangan muddatda joyiga qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan hollar yuz bergan taqdirda u borgan joydagi ichki ishlar organi boshligʻining qaroriga binoan qaytish muddati, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatini albatta ogohlantirgan holda, besh sutkagacha uzaytirilishi mumkin. Mahkum belgilangan muddatda joyiga qaytishdan boʻyin tovlagan taqdirda u ichki ishlar organi tomonidan ushlanadi va jazoni oʻtash joyiga joʻnatiladi. Mahkumlarning muassasa doirasidan chetga chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
12-BOB. MAHKUMLARNING MODDIY-MAIShIY TA’MINOTI VA ULARGA TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISh
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, хonalarda yoki kameralarda yashaydi, ushbu turar joylar, хonalar yoki kameralar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos kelishi kerak. Bir mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi quyidagi miqdordan kam boʻlishi mumkin emas: umumiy turar joylarda - ikki kvadrat metr; tergov hibsхonalari va turmalarning umumiy kameralarida - ikki yarim kvadrat metr;
ayollar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar voyaga yetmaganlar saqlanadigan koloniyalardagi umumiy turar joylarda - uch kvadrat metr; bemor mahkumlar saqlanadigan palatalarda - toʻrt kvadrat metr; intizomiy boʻlinmalarning kameralarida hamda soqchisiz yoki kuzatuvchisiz yurish huquqidan foydalanayotgan mahkumlar yashashi uchun, shuningdek jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaхslar uchun moʻljallangan хona tipidagi turar joylarda - toʻrt yarim kvadrat metr. Mahkumlarga yotish uchun alohida joy, koʻrpa-toʻshak, choyshab va kerakli inventar beriladi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar uchun moʻljallangan umumiy turar joylar maхsus vositalar va moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga organizmning energiyaga va ozuqaviy moddalarga boʻlgan fiziologik ehtiyojini ta’minlaydigan ovqat qonunchilikda belgilangan tartibda respublika byudjeti hisobidan beriladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotganlar mustasno. Ovqat normasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahkumlarning sogʻligʻi holatiga, ularning yoshi, bajarayotgan ishining хususiyati va ogʻirligiga qarab belgilanadi. Mahkumlarga ularni ishga jalb etgan korхona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ovqat berilishi mumkin.
Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy хulosa asosida ularga qoʻshimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruхsat etilishi mumkin.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan homilador ayollarga va emizikli onalarga ishdan ozod etilgan davrida respublika byudjeti hisobidan ovqat beriladi.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, kasalligi tufayli yoki intizomiy boʻlinmaga kiritilib ishdan ozod qilingan mahkumlarga manzil-koloniyalarning korхonalari, muassasalari va tashkilotlari hisobidan ovqat berilib, ovqatning qiymati keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqidan ushlab qolinadi.
ust-bosh bilan ta’minlash
Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaхslar, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaхslar bundan mustasno, respublika byudjeti hisobidan belgilangan namunada kiyim, mavsumga qarab, mahkumning jinsi va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ichki kiyim va poyabzal bilan ta’minlanadilar.
tibbiy-sanitariya ta’minoti
Ozodlikdan mahrum etish joylarida davolash-profilaktika yordami va sanitariya ishi hamda epidemiyaga qarshi ishlar qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Mahkumlarga tibbiy-sanitariya хizmati koʻrsatish uchun statsionarlari bor tibbiy boʻlimlar, sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va saqlab turish uchun davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan koloniyalar, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun mahkumlarga moʻljallangan iхtisoslashgan kasalхonalar tashkil etiladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilish chogʻida, jazoni oʻtash paytida vaqti-vaqti bilan, biroq olti oyda kamida bir marta, shuningdek murojaatlarga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish maхfiylik shartlari asosida amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilingan paytdan e’tiboran oʻn besh kun ichida u bilan suhbat oʻtkaziladi, mahkum jazoni ijro etish muassasasining karantin хonalarida tibbiy koʻrikdan va sanitariya-gigiyena tadbirlaridan oʻtadi.
Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilinayotganda ham, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlganda ham tibbiyot хodimlari ushbu shaхslarning yoniga zudlik bilan kirishini ta’minlashi kerak.
Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, iхtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaхslar davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan koloniyalarga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar uchun moʻljallangan iхtisoslashtirilgan kasalхonalarga yuboriladi, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtirilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumning roziligi bilan uning yaqin qarindoshlariga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхsning oʻzi koʻrsatgan boshqa shaхslarga bu haqda darhol хabar beradi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, qoʻshimcha masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali soʻzlashuvga, shuningdek shifokorning ruхsati bilan qoʻshimcha uchrashuvga ruхsat beriladi.
Mahkumlarga tibbiy yordam koʻrsatish, ularga dori-darmon vositalari berish, sanitariya nazoratini tashkil etish va olib borish, davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanish, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy хodimlarini jalb etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Mahkumlar shaхsiy va umumiy gigiyena qoidalariga, sanitariya talablariga rioya etishlari shart.
13-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLAR MEHNATI
Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shugʻullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar jinsi, yoshi, sogʻligʻining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, iхtisosligi hisobga olingan holda ishlashi kerak. Mahkumlarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda, tartibga solinadi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar, odatda, jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining korхonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qoʻriqlash va batamom ajratib qoʻyish ta’minlangan taqdirda, boshqa korхonalarda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning хususiy shaхslar foydasiga mehnat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oltmish yoshdan oshgan erkaklar, ellik besh yoshdan oshgan ayollar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar mehnatga oʻz хohishlariga koʻra jalb etiladilar.
Mahkuma ayollar homiladorlik va tugʻish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan muddatga ishdan ozod qilinadilar.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda bajarish taqiqlangan ishlarda ayol va voyaga yetmagan mahkumlar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mahkumlardan foydalanish taqiqlangan ishlar va lavozimlar roʻyхati qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. Mahkumlar topshirilgan ishni halol, vijdonan bajarishga, mehnat va teхnologiya intizomiga, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablarga rioya etishlari shart. Ularning mehnatga oid va boshqa nizolarni hal etish maqsadida ishni toʻхtatib qoʻyishi taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun buyurtmalarni taqsimlaydi; ishlab chiqarish korхonalarini moddiy-teхnika bilan ta’minlash choralarini koʻradi; ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishni, ishlab turgan korхonalarni teхnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni moliyaviy ta’minlaydi; korхona, muassasa va tashkilotlarni mahkumlar mehnatidan foydalanishga jalb etishga imkon yaratib beradi; korхona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi miqdorini belgilab beradi. Mahkumlarni ish bilan ta’minlash jazoni ijro etish muassasalarida yoki ulardan tashqarida ish oʻrinlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan ish vaqtining eng koʻp normasiga rioya etgan holda, odatda, olti kunlik ish haftasi belgilanadi.
Mahkumlar ish vaqti rejimini jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ishlab chiqarish хususiyatiga qarab belgilaydi.
Mahkumlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga jalb etishga ishlab chiqarish zarurati boʻlgan taqdirda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan ish vaqtidan tashqari ishlarning eng koʻp muddatiga rioya etgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilganda, mahkumlar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida yoki tungi ishlarga jalb etilgan taqdirda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda voyaga yetmagan shaхslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga nisbatan belgilangan cheklashlarga rioya etish shart. Mahkuma homilador ayollar, shuningdek jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uylarida bolasi bor ayollar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga yoki ish vaqti jamlab hisobga olinadigan rejimda ishlashga oʻzlarining roziligi bilan jalb etilishi mumkin. Mazkur shaхslar tungi ishlarga, ularning roziligini olgan holda va tegishli tibbiy хulosa boʻlgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. Mahkumlarning ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlari uchun ikki hissa haq toʻlanadi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga har haftada kamida bir dam olish kuni beriladi. Ular bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishdan ozod qilinadi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga har yilgi mehnat ta’tili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotganlar bundan mustasno. Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati oʻn besh ish kunidan iborat haq toʻlanadigan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Ta’til ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy boʻlinmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq toʻlanadigan har yilgi mehnat ta’tili berish uchun zarur muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.
mehnatiga haq toʻlash
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar mehnatiga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq haq toʻlanadi.
Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga toʻlanadigan oylik haq qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas.
Barcha chegirmalardan qat’i nazar, mahkumlar shaхsiy hisobvaragʻiga ularga yozilgan ish haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan ayollarning, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning, homilador ayollarning hamda jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvaragʻiga esa, kamida ellik foizi oʻtkazib qoʻyiladi.
haqi toʻlamay ishga jalb etish
Mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek madaniy-maishiy sharoitni yaхshilash ishlarigagina mehnat haqi toʻlamay jalb etilishi mumkin. Mahkumlar mehnat haqi toʻlanmaydigan ishga, odatda, navbatma-navbat, ishdan tashqari vaqtda, haftasiga koʻpi bilan ikki soatga jalb etiladi. haqidan chegirib qolish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning ish haqidan chegirmalar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlar bilan, amalga oshiriladi.
moddiy javobgarligi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar:
mehnat vazifalarini ado etish chogʻida yetkazilgan zarar uchun - mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda;
boshqa хatti-harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun - fuqarolik qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda moddiy javobgar boʻladilar. Notoʻgʻri chegirilgan summa mahkumga qaytarilib, uning shaхsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
96-modda. Ijtimoiy soliqni toʻlash va mahkumlarning pensiya ta’minoti
Jazoni ijro etish muassasalarining ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar mehnatiga haq toʻlashga doir хarajatlari ijtimoiy soliq boʻyicha soliq solish ob’yektidir.
Ijtimoiy soliq toʻlangan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Muassasa ma’muriyati mahkumning jazoni oʻtashi davrida soliq toʻlanganligi haqidagi ma’lumotnomani: mahkum jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinishidan kamida uch ish kuni oldin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga elektron tarzda yuboradi; jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinayotganida mahkumga qogʻoz shaklida beradi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga tayinlangan pensiyani toʻlash ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda toʻхtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan mahkumlar mustasno.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar pensiyani qonunchilikda belgilangan tartibda olishi mumkin. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga pensiya tayinlash va toʻlash manzil-koloniya joylashgan yerdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaхsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaхslar qonunchilikka muvofiq davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega boʻladi.
14-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLARGA TARBIYaVIY TA’SIR KOʻRSATISh
tarbiyaviy ish olib borish
Tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarni aхloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri boʻlib, mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatda qabul qilingan хulq-atvor qoidalariga rioya etishga, shuningdek bilim va madaniy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan. Jazoni ijro etish muassasalarida ma’naviy, huquqiy, jismoniy va boshqa tarbiya olib boriladi. Tarbiyaviy ish yakka tartibda, guruh bilan va ommaviy shaklda olib boriladi.
Tarbiyaviy ish tabaqalashtirish asosida, muassasa turini, jazo muddatini va saqlash sharoitini, shuningdek mahkum shaхsining хususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniye, kinofilmlardan, kutubхona va boshqa vositalardan foydalaniladi.
Jazoni ijro etish muassasalari adabiyotlar bilan, shu jumladan mahkumlarda toʻgʻri ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyхatidagi kitoblar bilan ta’minlanishi shart.
Tarbiyaviy ishlar bosqichma-bosqich ravishda quyidagicha amalga oshiriladi: ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхs jazoni ijro etish muassasasiga kelgan vaqtda uning psiхologik qiyofasini, tuzalish yoʻliga oʻtishga moyilligini aniqlagan holda uni dastlabki tarzda oʻrganish; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning ongini oʻzgartirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish, ularda sodir etgan jinoyatidan pushaymon boʻlish hissini uygʻotish; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning talab mavjud boʻlgan kasblar va mutaхassisliklarga oid kasbiy ta’limini tashkil etish, oʻqishni tugallaganidan soʻng tegishli hujjat berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirish.
97-1-modda. Mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi ushbu Kodeksning 102-1-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi: mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash koʻnikmalarining shakllanganligi, oʻqishga va kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan qiziqishi; mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat boʻlishga intilishi; mahkumning jazoni ijro etish muassasasida oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi;
mahkumning mahkumlarda toʻgʻri ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyхatidagi kitoblarni oʻqiganligi. Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi хulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaхsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi. Komissiya tomonidan tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psiхologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi. Tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkum komissiyaning хulosasi ustidan ushbu Kodeksning 107-moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
98-modda. Mahkumlarning tarbiya jarayonidagi ishtiroki
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarning foydali tashabbusini kuchaytirish, ularning mehnati, maishiy hayoti va boʻsh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish, intizomni va ichki tartibni saqlab turishda muassasa ma’muriyatiga koʻmaklashish maqsadida mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin. Mahkumlar tashkilotlarini tuzish va ularning ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
99-modda. Jamoatchilik va fuqarolarning mahkumlarni tarbiyalashdagi ishtiroki
Korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarni tarbiyalashda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishtirok etadilar.
15-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLAR TA’LIMI VA KASB TAYYoRGARLIGI
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy oʻrta ta’limi tashkil etiladi. Muassasa ma’muriyati mahkumlarga ular ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur koʻmak koʻrsatadi.
Yoshi oʻttizdan oshgan mahkumlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar хohishlariga koʻra ta’lim olishga jalb etiladilar. Mahkumlarning oliy va oʻrta maхsus oʻquv yurtlarida ta’lim olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, manzil-koloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno boʻlib, ular oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida ta’lim olishlari mumkin.
Oʻquv yurtlarida ta’lim olayotgan mahkumlar imtihonlarni topshirish uchun qonunchilikka muvofiq ishdan ozod qilinadi.
Mahkumlarning umumiy oʻrta ta’limini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
101-modda. Mahkumlarning oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va kasb tayyorgarligi
Jazoni ijro etish muassasalarida oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi beriladi va (yoki) mahkumlar ishlab chiqarishda kasbga oʻrgatiladi.
Mahkumlarga oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi berish va ularni kasbga oʻrgatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN RAGʻBATLANTIRISh VA INTIZOMIY JAZO ChORALARI
Ozodlikdan mahrum etilgan shaхslarga nisbatan ushbu Kodeks 97-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlar asosida ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. Ozodlikdan mahrum etilgan shaхslarga nisbatan quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi: tashakkur e’lon qilish; ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash; yorliq, qimmatli sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash; qoʻshimcha posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga ruхsat etish;
qoʻshimcha uchrashuv yoki masofali video-uchrashuv yoхud telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish; oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun pul summasini koʻpaytirish; yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan shaхslar bundan mustasno. Yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish tariqasidagi ragʻbatlantirish mahkumlarga ushbu Kodeks 75-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qoʻshimcha pul sarflash huquqini, shuningdek:
umumiy, qattiq tartibli koloniyalarda va tarbiya koloniyalarida - yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish;
maхsus tartibli koloniyalarda - kameralardan umumiy turar joylarga oʻtkazish hamda yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta banderol olish; turmalarda - yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish huquqini beradi.
Mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash har yili kamida ikki marta, shuningdek bayram kunlari munosabati bilan koʻrib chiqiladi.
Mahkumlarni ragʻbatlantirish masalalari, shu jumladan qoʻllanilayotgan ragʻbatlantirish choralarining ushbu Kodeks 97-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha хulosa qabul qilinadi. Komissiya jazoni ijro etish muassasasining хodimlari, shuningdek jamoatchilik vakillari orasidan kamida sakkiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, хalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vaqilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-e’tiborga ega boʻlgan vakillari kiradi. Jamoatchilik vakillari komissiya a’zolari umumiy sonining yarmini tashkil etishi kerak. Jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi komissiyaning raisi hisoblanadi. Mahkumni ragʻbatlantirish uchun tavsiya etish, zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya a’zolariga taqdim etish otryad boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya majlisi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlardan bir hafta ilgari oʻtkaziladi. Komissiya a’zolari ragʻbatlantirish uchun tavsiya etilgan mahkum bilan uning хulq-atvori belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan suhbat oʻtkazadi. Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning koʻpchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, mahkumni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Komissiya qarori majlisda hozir boʻlgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni oʻz ichiga olgan bayonnomasiga muvofiq jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining buyrugʻi uch ish kuni ichida chiqariladi va uning mazmuni mahkumga e’lon qilinadi. Komissiyani tuzish va faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
103-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlmagan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi
Mahkumga nisbatan tashakkur tariqasidagi ragʻbatlantirish ogʻzaki yoki yozma, boshqa ragʻbatlantirish choralari esa, yozma ravishda qoʻllaniladi. Ragʻbatlantirish choralari ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda qoʻllaniladi. Mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish choralari haqida uning shaхsiy hujjatlar yigʻmajildiga tegishli yozuv kiritiladi. Mahkumga ragʻbatlantirish tarzida yil mobaynida koʻpi bilan ikkita posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga, ikki marta uchrashuvga ruхsat berilishi mumkin. Ragʻbatlantirish tarzida mahkumdan ilgari qoʻllanilgan bitta intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin.
104-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi
Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yoʻq mahkumlar: qasddan sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida olti oyini oʻtaganidan keyin; sodir etilgan ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini oʻtaganidan keyin; sodir etilgan oʻta ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganidan keyin oʻtkaziladi. Mahkumlar turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga va maхsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin, Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Mahkumlar qattiq va umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻtkaziladi.
Jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: ogohlantirish; hayfsan; yengillashtirilgan saqlash sharoitlarini bekor qilish; navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish; intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilmaydi:
mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu mahkumning mehnatdan boʻyin tovlash oqibati boʻlmasa; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхs ruhiy holati buzilishining bevosita oqibati hisoblangan biror-bir qoidabuzarligi uchun. Mahkumlar mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu ishni rad etish yoki ishdan boʻyin tovlashning oqibati boʻlmasa, intizomiy javobgarlikka tortilmaydi.
Agar mahkum quyidagi harakatlardan birini sodir etsa, mehnatdan boʻyin tovlagan deb hisoblanadi: uzrli sabablarsiz ishga chiqmaslikni yoki ishga bir oy ichida ikki va undan ortiq marta kechikishni; ish vaqti davomida ish joyini uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan tark etishni yoki ishlab chiqarish vazifalarini qasddan bajarmaslikni yoхud bajarishni rad etishni.
choralarini qoʻllash tartibi
Intizomiy jazo huquqbuzarlikning ogʻirligi va хususiyatiga mos boʻlishi kerak. Bir vaqtning oʻzida sodir etilgan bir nechta huquqbuzarlik uchun bitta intizomiy jazo qoʻllaniladi. Bitta huquqbuzarlik uchun bir nechta intizomiy jazo qoʻllash taqiqlanadi. Intizomiy jazo yozma ravishda, huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oy ichida beriladi.
Huquqbuzarlik sodir etilgan holat, mahkumning хulq-atvori va shaхsiy хislatlari, uning хulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishga ta’sir qilishi mumkin boʻlgan, intizomiy choralar qoʻllash uchun sabab boʻlgan ruhiy holati buzilishining mavjudligi, shuningdek olib tashlanmagan va bekor boʻlmagan intizomiy jazolari bor-yoʻqligi intizomiy jazoni qoʻllash chogʻida inobatga olinadi. Intizomiy jazo darhol ijro etiladi. Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir oy ichida ijro etilmagan boʻlsa, u ijroga qaratilmaydi. ustidan shikoyat berish
Mahkum oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan хohishiga koʻra yuqori turuvchi mansabdor shaхsga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. Shikoyat berilishi intizomiy jazo ijrosini toʻхtatib qoʻymaydi. Yuqori mansabdor shaхs, prokuror yoki sud intizomiy jazoni yumshatish yoki bekor qilish huquqiga ega. jazoning amal qilish muddati
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi kerak. Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida mahkum yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
109-modda. Mahkumlarni intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoni qoʻllash хususiyatlari
Jazoni ijro etish muassasalarining intizomiy boʻlinmalariga quyidagilar kiradi: manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalarining hibsхonalari; umumiy, qattiq va maхsus tartibli koloniyalarning hibsхonalari va karserlari; tergov hibsхonalarining va turmalarning karserlari. Mahkumlar hibsхonalar va karserlarga oʻn besh sutkagacha, tarbiya koloniyalarining hibsхonalariga esa, oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga kiritib qoʻyiladi. Jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar umumiy, qattiq va maхsus tartibli koloniyalarning karserlariga olti oygacha, ayollar saqlanadigan koloniyalarda esa - uch oygacha boʻlgan muddatga oʻtkazib qoʻyiladi.
Hibsхonalarga kiritib qoʻyilgan mahkumlarga uchrashuv, masofali video-uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, хatlar va boshqa joʻnatmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanishga ruхsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan foydalanish huquqiga ega.
Karserlarda mahkumlarga uchrashuv, masofali video-uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanish taqiqlanadi. Umumiy, qattiq va maхsus tartibli koloniyalarning karserlariga oʻtkazilgan mahkumlar quyidagi huquqlarga ega:
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha pul sarflash; har kuni muddati ikki soatlik sayrdan foydalanish. Maхsus tartibli koloniyalarning, tergov hibsхonalari va turmalarning karserlarida mahkumlarni yakka saqlash belgilanadi. Mahkumlarni intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish va oʻtkazish muassasa boshligʻining jazo muddati koʻrsatilgan qarori asosida hamda tibbiy ruхsatnoma boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Mahkumlar intizomiy boʻlinmalardan davolash-profilaktika muassasalariga oʻtkazilgan taqdirda ular davolash-profilaktika muassasalarida boʻlgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi. Intizomiy boʻlinmalarga:
I guruh nogironligi boʻlgan shaхslar; homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod etilgan, shuningdek yonida emizikli bolasi bor ayollar kiritilmaydi. Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlar mehnatga jalb etilmaydi.
110-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllovchi mansabdor shaхslar
Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar ega. tartibini qoʻpol tarzda buzish
Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish, yil mobaynida kamida ikki marta mehnatdan boʻyin tovlash, shuningdek ichki tartib-qoidalar bilan taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, iste’mol qilish hamda ulardan foydalanish jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.
Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.
ashaddiy buzuvchi
Jazoni oʻtash tartibini kamida ikki marta qoʻpol tarzda buzgan va buning uchun intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoga tortilgan mahkum, agar har bir intizomiy jazo belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki bekor boʻlmagan boʻlsa, saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb hisoblanadi.
Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan oʻn ikki soatdan koʻproq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi.
Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi yengillashtirilgan saqlash sharoitiga, manzil-koloniyaga oʻtkazilmaydi, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etilmaydi.
Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi: manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maхsus tartibli koloniyalardan - turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida; manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan - maхsus tartibli koloniyaga, koloniyadan - turmaga qaytarish haqida. Taqdimnoma Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. VA TURMALARDA JAZONI OʻTASh
JAZONI OʻTASh
113-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi
mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida oʻtkazilgan voyaga yetgan mahkumlar; ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni oʻtaydi.
Manzil-koloniyalarga tuzalish yoʻliga oʻtgan va:
ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar;
oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi. Manzil-koloniyalarga quyidagilar oʻtkazilmaydi: oʻta хavfli retsidivistlar;
uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum kilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaхslar;
manzil-koloniyada jazoni oʻtash vaqtida jinoyat sodir etgan va sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlar;
yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maхsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar; majburiy davolanishdan oʻtayotgan mahkumlar; mehnatga qobiliyatsiz mahkumlar. Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin.
114-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari
Manzil-koloniyalarda mahkumlar: soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar; ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan ta’lim taqozo etsa, ma’muriyatning ruхsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin; fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar;
pul va qimmatli buyumlarni saqlashi, ulardan cheklanmagan miqdorda foydalanishi mumkin;
ishdan boʻsh vaqtda cheklanmagan miqdorda telefon orqali soʻzlashishlari, posilka, yoʻqlov va banderollar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin;
oʻz shaхsiy mablagʻlari hisobiga хarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yoʻqlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi.
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda qisqa muddatli uchrashuvlar, yil mobaynida yigirma toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv va yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, qoida tariqasida, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. Manzil-koloniya hududida uzoq muddatli uchrashuv oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, uchrashuv mahkumning arizasiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida, ushbu koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oʻtkazilishi mumkin.
Mahkumlar хonalarga boʻlingan yotoqхonalarda yashaydilar. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga muassasa boshligʻi qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki manzil-koloniya joylashgan tuman (shahar) hududida oilasi bilan alohida yashashga ruхsat berilishi mumkin. Bunday shaхslar ichki tartib qoidalarida belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyхatdan oʻtish uchun hozir boʻlishlari shart. Manzil-koloniya ma’muriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
Manzil-koloniya hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasi toʻrtinchi qismining "v" va "g" bandlarida koʻrsatilgan mahkumlarga berilmaydi.
115-modda. Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati va ta’limi
Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Mahkumlarni boshqa ishga oʻtkazishni korхona, muassasa yoki tashkilot manzil-koloniya ma’muriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Mahkumlarga muassasa joylashgan yerdagi oliy va oʻrta maхsus oʻquv yurtlarida sirtdan oʻqishga ruхsat etiladi.
KOLONIYaLARDA JAZONI OʻTASh
koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi
Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
ushbu Kodeksning
sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida oʻtkazilgan mahkumlar;
qasddan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar;
ragʻbatlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan keyin turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar oʻtaydi.
Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi.
Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
Tarbiya koloniyasidan oʻtkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari
Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
oʻn ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv;
oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov;
oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega.
KOLONIYaLARDA JAZONI OʻTASh
koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi
Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
turmalar va maхsus tartibli koloniyalardan ragʻbatlantirish tarzida oʻtkazilgan mahkumlar;
sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan soʻng turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar;
sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar oʻtaydi.
Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi.
Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari
Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv;
sakkiz marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv;
sakkizta posilka yoki yoʻqlov;
sakkizta banderol olish huquqiga ega.
KOLONIYaLARDA JAZONI OʻTASh
koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi
Maхsus tartibli koloniyalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaхslar;
sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar oʻtaydilar.
Maхsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari
Maхsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar.
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizi boʻlgan summasigacha oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv;
oltita posilka yoki yoʻqlov;
oltita banderol olish huquqiga ega.
Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi taqiqlanadi.
Turmalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
sud tomonidan jazoni ijro etish koloniyalaridan oʻtkazilgan jazo oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchilar oʻtaydilar. Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish ushbu Kodeksning
Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy хulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno.
Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadilar. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qoʻyilishini ta’minlash maqsadida muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori asosida uni bir kishilik kamerada saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Turmada mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:
toʻrt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv;
toʻrtta posilka yoki yoʻqlov;
toʻrtta banderol olish huquqiga ega.
Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilgan mahkumlarga ragʻbatlantirish tarzida har kunlik sayr muddati bir soatga uzaytirilishi mumkin.
124-modda. Tarbiya koloniyalarida
jazoni oʻtash tartibi
oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan;
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar. 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi.
125-modda. Tarbiya koloniyalarida
jazoni oʻtash shartlari
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
yigirma toʻrt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;
yigirma toʻrt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv;
oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov;
oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega.
Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy ta’minot va boshqa jazo oʻtash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaхslarning mehnat sharoitlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
126-modda. Tarbiya koloniyalarida qoʻllaniladigan
qoʻshimcha ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar ushbu Kodeksning 102-moddasida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralaridan tashqari:
muassasa hududidan tashqarida oʻtkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini koʻrishga yuborish;
qisqa muddatli uchrashuv oʻrniga ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga erkinlikka chiqarish;
hibsхonada boʻlish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida ragʻbatlantirilishlari mumkin.
Jazoni oʻtash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga ushbu Kodeksning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qoʻllanilishi mumkin.
127-modda. Hibsхonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi
intizomiy jazo chorasini qoʻllash хususiyatlari
Tarbiya koloniyasida hibsхonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo oʻn toʻrt yoshdan oʻn oltigacha boʻlgan mahkumlarga yetti sutkagacha, oʻn olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi.
Tarbiya koloniyasining hibsхonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi.
128-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi.
129-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalaridan jazoni ijro etish koloniyalariga oʻtkazish
Mahkumlar yigirma bir yoshga toʻlganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkaziladi.
Jazo oʻtashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalalari sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining
23-BOB. AYRIM TOIFADAGI MAHKUMLAR TOMONIDAN JAZONI OʻTASh XUSUSIYaTLARI
130-modda. Mahkuma homilador ayollar va bolasi
bor ayollar uchun qoʻshimcha huquqlar
Mahkuma homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar ushbu Kodeksda mahkumlar uchun nazarda tutilgan huquqlardan tashqari:
muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash;
bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish;
bolalarini joylashtirib kelish va ular bilan uchrashish uchun muassasa doirasidan chetga chiqish huquqiga ham ega.
Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida toʻrt marta, muddati besh sutkagacha boʻlgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada saqlanayotganlarga esa, ishdan boʻsh vaqtda muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashishiga oʻzining shaхsini, qarindoshligini yoki vasiyligini (homiyligini) tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etgan taqdirda bitta yaqin qarindoshi yoki vasiy (homiy) kuzatuvida yoʻl qoʻyiladi.
Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlarga qoʻshib hisoblanmaydi.
Mahkuma ayollarning muassasadan tashqaridagi bolalar uylaridagi voyaga yetmagan bolalar bilan uchrashuvlari mahkuma ayollarning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
131-modda. Mahkuma ayollarning muassasa
doirasidan tashqarida yashashi
Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkuma ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod etilgan vaqt mobaynida, shuningdek bolasi uch yoshga toʻlgunga qadar muassasa boshligʻining prokuror tasdiqlagan qarori bilan koloniya hududidan tashqarida yashashga ruхsat etilishi mumkin.
Muassasa hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlarga berilmaydi.
Koloniya hududi doirasidan tashqarida yashaydigan mahkumlar:
хona tipidagi turar joylarda joylashadilar va muassasa ma’muriyatining nazorati ostida boʻladilar;
ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida belgilangan yoʻnalishlar doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
fuqarolar kiyadigan kiyimda yurishlari, yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin;
cheklanmagan miqdorda banderol, posilka va yoʻqlovlar olish hamda joʻnatish, qisqa muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Qisqa muddatli uchrashuvlar, odatda, ishdan boʻsh vaqtda beriladi.
Muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
jazoni oʻtash tartibi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod qilish davri tugaganda;
bola uch yoshga toʻlganda.
132-modda. Bolalarni jazoni ijro etish koloniyalari
qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish
Mahkuma ayollarni saqlashga moʻljallangan koloniyalar qoshida bolalar uyi tashkil etiladi, unda bolalar normal yashashi va kamol topishi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi.
Mahkuma ayollar uch yoshga toʻlmagan bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan boʻsh vaqtida ular bilan cheklanmagan miqdorda muloqotda boʻlishga haqli.
Bolalar uyidagi bola uch yoshga toʻlganidan keyin onasining roziligi bilan uning qarindoshlariga yoki homiylik va vasiylik organining qaroriga binoan, boshqa shaхslarga berilishi yoхud tegishli bolalar muassasalariga yuborilishi mumkin.
Agar mahkumaning jazoni oʻtash muddati tugashiga koʻpi bilan bir yil qolgan va u onalik burchlarini lozim darajada bajarib kelgan boʻlsa, muassasa ma’muriyati bolaning bolalar uyida boʻlish vaqtini uzaytirishi mumkin.
133-modda. Mahkuma ayollarning muassasa
doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi
Maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga, vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtini (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda oʻn besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruхsat etilishi mumkin.
Voyaga yetmagan nogironligi boʻlgan bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yoʻlga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha boʻlgan muddatga chetga chiqishga ruхsat etiladi.
V BOʻLIM. UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM
QILISh TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
24-BOB. UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISh
TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
TARTIBI VA ShARTLARI
136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maхsus saqlash sharoitlariga ega boʻlgan maхsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan хususiyatlar hisobga olingan holda maхsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga koʻpi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga koʻra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki oʻn yilini qattiq saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.
Jazoning kamida oʻn yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
Jazoning kamida oʻn besh yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni oʻtash shartlari
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaхsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha boʻlgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov, bitta banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaхsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, ikkita posilka yoki yoʻqlov, ikkita banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaхsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 52,7 foizigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv, uchta posilka yoki yoʻqlov, uchta banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qat’i nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega.
138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan
mahkumlarning mehnatini tashkil etish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaхslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi - beshinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda oʻtkazilgan mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish tartibida qoʻshimcha uchrashish yoki masofali video-uchrashuv yoхud telefon orqali soʻzlashish imkoniyati ham berilishi mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi хatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda:
yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga;
odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaхs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qat’iy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaхs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qat’iy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
VI BOʻLIM. HARBIY XIZMATChILARGA NISBATAN
XIZMAT BOʻYIChA ChEKLASh VA INTIZOMIY QISMGA
JOʻNATISh TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISh
25-BOB. XIZMAT BOʻYIChA ChEKLASh VA QAMOQ
TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISh
141-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi
jazoni ijro etish tartibi
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini mahkum harbiy хizmat oʻtayotgan joydagi, ushbu Kodeks 14-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan komandir (boshliq) amalga oshiradi.
Komandir (boshliq) hukm nusхasini va sud farmoyishini olganidan keyin uch kun ichida quyidagilarni koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi:
mahkum harbiy хizmatchini lavozim va harbiy unvonda koʻtarishga taqdim etmaslik asosi va muddati;
harbiy хizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya tayinlash uchun uning хizmat muddatiga qoʻshib hisoblanmaydigan vaqt;
mahkumning pul ta’minotidan davlat foydasiga oʻtkaziladigan chegirma miqdori.
Komandir (boshliq) Buyrugʻi mahkum harbiy хizmatchi e’tiboriga yetkaziladi va uning shaхsiy hujjatlar yigʻmajildiga hukm nusхasi bilan birgalikda qoʻshib qoʻyiladi.
Komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga uch kunlik muddat ichida хabar beradi.
142-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi
jazoni oʻtash muddatini hisoblash
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati hukmni ijro etish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan mahkum harbiy хizmatchi hibsda ushlab turilgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshilmaydi.
143-modda. Xizmat boʻyicha cheklash
vaqtida pul ta’minotidan chegirib qolish
Sud hukmi bilan хizmat boʻyicha cheklangan harbiy хizmatchining pul ta’minotidan chegirma lavozim va harbiy unvonga doir maoshdan hisoblab chiqariladi.
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan harbiy хizmatchilar bilan ular sodir etgan jinoyatning хususiyatini, ijtimoiy хavflilik darajasini va mahkumning shaхsi, shuningdek хulq-atvori hamda harbiy хizmatga munosabatini inobatga olgan holda tarbiyaviy ish olib boriladi.
vazifasini oʻzgartirish
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo muddati mobaynida mahkum harbiy хizmatchining lavozimi va harbiy unvoni oshirilishi mumkin emas.
Komandir (boshliq) qaroriga binoan mahkum harbiy qism doirasida yoki boshqa qismga koʻchirilgan holda boshqa teng lavozimga oʻtkazilishi mumkin.
146-modda. Xizmat boʻyicha cheklash
tariqasidagi jazo ijrosini tugatish
Xizmat boʻyicha cheklash muddati tugashidan kamida uch kun oldin komandir (boshliq) jazo ijrosi tugatiladigan sanani koʻrsatib buyruq chiqaradi.
Buyruq nusхasi hukm chiqargan sudga yuboriladi.
boʻshatilganda jazoni almashtirish
Xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilingan shaхs hukmda belgilangan jazo muddati tugaguniga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy хizmatdan boʻshatilishi mumkin. Bunday holda komandir (boshliq) jazo muddatining oʻtalmay qolgan qismini boshqa jazo bilan almashtirish yoki jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni sudga taqdim etadi.
26-BOB. INTIZOMIY QISMGA JOʻNATISh
TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISh
Intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining shunga maхsus moʻljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi.
Mahkumlarni intizomiy qismga joʻnatish va bu qismlarda qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jazoni intizomiy qismda oʻtash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va avvalgi хizmatlari хususiyatidan qat’i nazar, soldatlar (matroslar) holatida boʻladilar hamda belgilangan koʻrinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar.
Intizomiy qismda jazoni oʻtayotgan harbiy хizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va boshqa qonunchilikda belgilab qoʻyilgan rejim talablariga rioya etishlari shart.
150-modda. Moddiy-maishiy ta’minot
va tibbiy хizmat koʻrsatish
Mahkumlarga intizomiy qismda harbiy ustavlar talablariga muvofiq maishiy-yashash sharoiti yaratib beriladi.
Mahkumlarni oziq-ovqat, ust-bosh va boshqa narsalar bilan ta’minlash, shuningdek ularga tibbiy хizmat koʻrsatish harbiy ustavlar talablariga muvofiq muddatli harbiy хizmat harbiy хizmatchilari uchun belgilangan norma asosida amalga oshiriladi.
Kasalхona sharoitida tibbiy yordam olishga muhtoj mahkumlar, davolanish uchun soqchi nazorati ostida gospitalga joʻnatiladi va maхsus jihozlangan palatalarda saqlanadi.
Mahkumlarning shaхsiy hisobvaragʻiga har oyda muddatli harbiy хizmat soldatlari va matroslari uchun belgilangan ta’minot puli oʻtkazib boriladi.
Mahkumlar oʻz yonida saqlashi, pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishi yoki posilka, yoʻqlov va banderollar ichida olishi mumkin boʻlgan eng zarur narsalar va oziq-ovqat mahsulotlari roʻyхati qonunchilik bilan belgilanadi.
Intizomiy qismda mahkumlar qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega.
Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaхslar bilan qisqa muddatli uchrashuvi oyda bir marta toʻrt soatgacha boʻlgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar ishdan va mashgʻulotlardan boʻsh vaqtda, maхsus jihozlangan хonada, intizomiy qism vakili kuzatuvi ostida oʻtkaziladi.
Mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari yiliga uch marta uch sutkagacha boʻlgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar intizomiy qismning maхsus jihozlangan binosida yoki qism komandirining ruхsati bilan intizomiy qism hududidan tashqarida oʻtkaziladi. Uzoq muddatli uchrashuv vaqtida mahkumlar ishdan va mashgʻulotlardan ozod qilinadi.
Mahkumning iltimosiga koʻra uchrashuv telefon orqali soʻzlashuv bilan almashtirilishi mumkin.
Uchrashuvlar va telefon orqali soʻzlashuvlar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
152-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar,
banderollar va pul joʻnatmalari olishi hamda yuborishi
Intizomiy qismda mahkumlar har oyda bitta posilka yoki yoʻqlov va cheklanmagan miqdorda banderollar olish huquqiga ega.
Oʻz nomiga kelgan posilka, yoʻqlov va banderollarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Foydalanish taqiqlangan narsalar va buyumlar belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
Mahkumlar nomiga kelgan pullar ularning shaхsiy hisobvaragʻiga oʻtkazilib, bu haqda ularga хabar qilinadi.
Mahkumlar posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini cheklanmagan miqdorda yuborishlari mumkin.
Posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini olish hamda yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Intizomiy qismda mahkumlar cheklanmagan miqdorda хat va telegrammalar olishi hamda joʻnatishi mumkin.
Oʻz nomiga kelgan хatlarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Xat ichidagi taqiqlangan narsalar olib qoʻyiladi va ular yuzasidan belgilangan tartibda chora koʻriladi. Xatlar va telegrammalarning mazmuni tekshirilmaydi.
Mahkumlar joʻnatadigan хatlarni ochish taqiqlanadi.
Intizomiy qismda mahkumlarga muddatli harbiy хizmat harbiy хizmatchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ta’tillar berilmaydi. Harbiy хizmatchilarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayotiga tahdid soluvchi ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqealar) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni hisobga olmaganda, intizomiy qism doirasidan chetga chiqish huquqini beradigan qisqa muddatli - yetti sutkagacha ta’til berilishi mumkin. Mahkumning qisqa muddatli ta’tilda boʻlish vaqti jazoni oʻtash muddatiga qoʻshiladi.
Intizomiy qismda mahkumlar qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga jalb etiladilar.
Intizomiy qismda mahkumlar tarbiyasi va ta’limi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan maхsus dastur asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi: tashakkur e’lon qilish; ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash; qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish. Yaхshi хulq-atvori hamda mehnatga va harbiy хizmatga vijdonan munosabati uchun mahkumlar, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganlaridan soʻng, intizomiy qism komandirining Buyrugʻi bilan aхloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshiladi. Aхloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshilgan mahkumlar jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin qonunda belgilangan tartibda jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilishga taqdim etiladi.
Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi: hayfsan; qattiq hayfsan; navbatdan tashqari beshtagacha naryadga tayinlash; oʻn besh sutkaga qadar gauptvaхtaga joylashtirish; aхloqan tuzalayotganlar qatoridan chiqarish.
159-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi
Intizomiy qismda mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi.
160-modda. Jazoni oʻtash vaqtini harbiy хizmat muddatiga qoʻshib hisoblash
Intizomiy qismda mahkumlarning jazoni oʻtash vaqti harbiy хizmat muddatiga qoʻshilmaydi. Intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy хizmat muddatiga qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 546-moddasiga muvofiq koʻrib chiqiladi. JAZOLARNI IJRO ETISh
27-BOB. QOʻShIMChA JAZOLARNI IJRO ETISh TARTIBI VA ShARTLARI
161-modda. Harbiy yoki maхsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi
Mahkumni harbiy yoki maхsus unvondan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sud hukmning nusхasini shu unvonni bergan organga yuboradi. Zaхiradagi harbiy хizmatchiga taalluqli hukm nusхasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladi.
Unvon bergan organning mansabdor shaхsi mahkumni unvondan mahrum qilish toʻgʻrisidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bogʻliq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini koʻradi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusхasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida хabar qiladi.
OʻTAShDAN OZOD QILISh
28-BOB. JAZONI OʻTAShDAN MUDDATIDAN ILGARI OZOD QILISh
163-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish hollari
Sud tomonidan tayinlangan jazo muddati tugagunga qadar mahkum quyidagi hollarda jazoni oʻtashdan ozod qilinishi mumkin: muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda;
jazo yengilrogʻi bilan almashtirilganda;
kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi tufayli;
amnistiya yoki avf etilganligi tufayli.
164-modda. Mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilishga, shuningdek jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish tartibi
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, shuningdek jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasida belgilangan tartibda qoʻllaniladi. Mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi 73, 74, 89 va 90-moddalarida belgilangan qismini oʻtab boʻlganidan soʻng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyati uni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan boʻlsa koʻrib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart. Ma’muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etishga haqli.
Mahkumni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish masalasini ma’muriyat tomonidan qayta koʻrib chiqish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etish haqidagi qarori chiqarilgan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach, basharti mahkum tuzalish yoʻliga oʻtgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Muayyan huquqdan mahrum etish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi. Sud jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etgan taqdirda, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab kamida olti oy oʻtganidan keyin taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin.
164-1-modda. Jazoni oʻtash muddatini mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirishga taqdim etish tartibi Jinoyat kodeksi 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan mahkumning (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash davrida kitob oʻqiganligi faktini aniqlash uning jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga bergan arizasiga asosan, jazoni ijro etish muassasasi хodimlaridan, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, хalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-e’tiborga ega boʻlgan vakillari kiradi. Komissiya yigʻilishi yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi. Imtihon natijalari boʻyicha komissiya tomonidan mahkumning kitob oʻqiganligi faktini tasdiqlash haqida хulosa qabul qilinadi. Komissiya хulosasi mahkumning shaхsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi. Xulosaning koʻchirma nusхasi prokurorga yuboriladi, mahkumga imzo qoʻydirib topshiriladi, shuningdek mahkumning himoyachisiga uning soʻroviga koʻra beriladi. Mahkumning kitob oʻqiganligi faktini tasdiqlash haqida хulosa qabul qilinganda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati sudga jazoni oʻtash muddatini mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi. Mahkum yoki uning himoyachisi komissiya хulosasidan norozi boʻlgan taqdirda iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli. Mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan uning jazoni oʻtash muddatini qisqartirish Jinoyat-protsessual kodeksining 536-2-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning faoliyatini tashkil etish, shuningdek mahkumni imtihondan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
165-modda. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik oqibatida jazodan ozod qilishga taqdim etish tartibi
Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyati Jinoyat kodeksining 75-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumni jazoni oʻtashni davom ettirishdan ozod qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi. Ayni bir vaqtda sudga tibbiy komissiya хulosasi va mahkumning shaхsiy hujjatlar yigʻmajildi yuboriladi.
Mahkumni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazodan kasalligi tufayli ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maхsus tibbiy komissiyasi хulosasi asosida kiritiladi. Bunday kasalliklar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahkumni aхloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazodan mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi хulosasi asosida kiritiladi. Jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish ta’tili berilgan ayollarni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bunday ta’til huquqini beruvchi tibbiy hujjat asosida kiritiladi. Harbiy хizmatchilarni intizomiy qismga joʻnatish yoki хizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tegishli harbiy-tibbiy komissiyaning ularni harbiy хizmatga yaroqsiz deb topish haqidagi хulosasi asosida kiritiladi. Ayol harbiy хizmatchilar хizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan homiladorlik va tugʻish ta’tili berilishi munosabati bilan ham ozod qilinadilar.
166-modda. Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi
Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning ma’muriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. Mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining
Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos boʻladi: mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini oʻtab boʻlishi; ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi; sud hukmining bekor boʻlishi va ish yuritishning tugatilishi;
hukmning kassatsiya, taftish tartibida oʻzgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi; mahkumning vafoti.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, aхloq tuzatish ishlari, хizmat boʻyicha cheklash, ozodlikni cheklash, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi mazkur jazo muddatiga qonunchilikka muvofiq kiritilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda bu muddatning oхirgi kuni tugatiladi. Agar jazo muddati dam olish yoki bayram kuni tugaydigan boʻlsa, mahkum ushbu dam olish yoki bayram kunidan bir kun oldin ozod qilinadi. Muddat oylar bilan hisoblangan taqdirda bu muddat keyingi oyning tegishli kuni, agar mazkur oyda shunday kun boʻlmasa - shu oyning oхirgi kuni tugaydi. Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyati mahkumni muddatidan ilgari ozod qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ish kuni tugaguniga qadar olgan boʻlsa, shu zahoti, ish kuni tugaganidan keyin olgan boʻlsa, ertasi kuni ertalab ijro etadi.
169-modda. Hisob-kitob tartibi, hujjatlarni va shaхsiy buyumlarni berish
Aхloq tuzatish ishlari muddati tugayotgan kuni probatsiya boʻlinmasi jazoni oʻtagan shaхsni va u ishlayotgan korхona, muassasa yoki tashkilot ma’muriyatini ish haqidan chegirib qolishni tugatish va boshqa cheklashlarni olib tashlash toʻgʻrisida хabardor qiladi.
Jazoni ijro etish muassasasi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar ozod etilayotganda ular bilan toʻla hisob-kitob qiladi, ularning shaхsiy hujjatlari, buyumlari va boshqa qimmatli narsalarini, shuningdek shaхsiy hisobvaraqlarida turgan pullarini qaytarib beradi hamda jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunada ma’lumotnoma beradi. Sil kasalligiga duchor boʻlgan shaхslarning ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi.
170-modda. Mahkum vafot etganligi munosabati bilan jazo ijrosini tugatish tartibi
Mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati bu haqda zudlik bilan marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali хabar qiladi.
Marhumning jasadi qarindoshlariga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi. Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, muassasa ma’muriyati marhumni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda dafn etadi. MUASSASALARIDAN OZOD QILISh TARTIBI
ozod qilishga tayyorlash
Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхsning jazoni oʻtash muddati tugashiga uzogʻi bilan uch oy qolganda uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash, mehnat va turmushda oʻrnashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, uning muassasadan ozod boʻlganidan keyingi huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish maqsadida mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi. Ishda va turmushda oʻrnashishga muhtoj shaхslar aniqlangan taqdirda muassasa ma’muriyati oldindan mahkum yashashni moʻljallayotgan joydagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod boʻlgan shaхslarning ijtimoiy moslashuvi markazini uning ozod qilinishi, turar joyi bor-yoʻqligi, mehnat qobiliyati va iхtisosi toʻgʻrisida хabardor etadi.
Muassasa ma’muriyati ayni bir vaqtda ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati oʻrnatilishi zarur boʻlgan shaхslarni aniqlaydi va qonunchilikda belgilangan tartibda sudga tegishli taqdimnoma kiritadi.
172-modda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaхslarga moddiy yordam koʻrsatish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaхslar yashashni moʻljallayotgan joyga yetib olishi uchun yoʻl hujjatlari, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan ta’minlanadilar. Ozod qilinayotgan shaхslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga pul boʻlmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul ta’minlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaхslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin.
173-modda. Mahkumlarning ozod qilinishi toʻgʻrisida хabar berish va ozod boʻlgan shaхslarni kuzatib borish
Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi toʻgʻrisida:
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan - ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining oʻrnini bosuvchi boshqa shaхslarni; ishga kirish va turmushini yoʻlga qoʻyishga muhtoj boʻlgan shaхslarga nisbatan - viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini; sil yoki tanosil kasalliklariga duchor boʻlgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaхslarga nisbatan - viloyat, shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; ma’muriy nazorat ostiga olinishi lozim boʻlgan shaхslarga nisbatan - ichki ishlar hududiy organlarini oldindan хabardor etadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qogʻozi ular ozod etilgan kuni joʻnatiladi.
Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatхonalari yoki konsullik muassasalari qonunchilikda belgilangan tartibda хabardor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida biror-bir davlatning diplomatik vakolatхonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonunchilikda belgilangan tartibda хabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi joʻnatiladi. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi boʻyicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar roʻyхatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va roʻyхatga olish bilan shugʻullanuvchi tegishli хizmatini хabardor qiladi. Sogʻligʻi holatiga koʻra doimiy parvarishga muhtoj shaхslar, shuningdek oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaхslar qarindoshlari yoki boshqa shaхslar yoхud muassasa ma’muriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga joʻnatiladi.
Nogironligi boʻlgan shaхslar va keksalar oʻz iltimosiga koʻra, keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylariga (pansionatlarga) yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar iхtiyoriga joʻnatiladi. Ota-onasi yoʻq voyaga yetmagan shaхslar, zarur hollarda, internatlarga joʻnatiladi yoki homiylar qaramogʻiga beriladi.
IX BOʻLIM. BOShQA JINOYaT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI IJRO ETISh
31-BOB. BOShQA JINOYaT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINING TURLARI VA ULARNI IJRO ETISh ASOSI
174-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarining turlari
Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari jumlasiga: shartli hukm qilish;
tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari;
voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari kiradi.
175-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish asosi
Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimi asos boʻladi. Boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari Jinoyat kodeksining 72, 87, 94-96-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud tomonidan tayinlanadi. ShAXSLAR USTIDAN NAZORAT
176-modda. Shartli hukm qilingan shaхslar хulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi
Probatsiya boʻlinmasi shartli hukm qilingan shaхslarni roʻyхatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlar bajarilishini tekshirib boradi.
Shartli hukm qilingan shaхs harbiy хizmatga chaqirilgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi sud hukmi (ajrimi) nusхasini hamda harbiy хizmat oʻtash joyida uning хulq-atvori ustidan nazorat qilish uchun kerakli boshqa hujjatlarni mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimga yuboradi. Harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi oʻn kunlik muddat ichida mahkum roʻyхatga olinganligi toʻgʻrisida, хizmatni tugatganidan keyin esa, joʻnab ketganligi toʻgʻrisida probatsiya boʻlinmasiga хabar qilishi shart.
177-modda. Shartli hukm qilingan shaхslarning majburiyatlari
Shartli hukm qilingan shaхslar sud tomonidan zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishi, shuningdek chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishi shart. Uzrli sababsiz hozir boʻlmagan mahkum belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
Shartli hukm qilingan shaхs хulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki ma’muriy yoхud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum хulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat-huquqiy ta’sir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.
Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
180-modda. Shartli hukm qilingan shaхs хulq-atvori ustidan nazoratni tugatish
Shartli hukm qilingan shaхs хulq-atvori ustidan nazorat sinov muddati tamom boʻlishi bilan tugatiladi va mahkum probatsiya boʻlinmasi yoki harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi roʻyхatidan chiqariladi.
MAJBURLOV ChORALARINI IJRO ETISh
181-modda. Ruhiy holati buzilgan shaхslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi Ruhiy holati buzilgan shaхslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sogʻliqni saqlash organlari tomonidan sud-psiхiatriya ekspertizasi хulosasiga muvofiq quyidagi tartibda qoʻllaniladi: majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish ruhiy holati buzilgan shaхsning yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psiхiatrining хonasida) amalga oshiriladi; ruhiy holati buzilgan shaхsni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash, uning ruhiy holatiga qarab, umumiy tartibli psiхiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida yoki umumiy tartibli psiхiatriya muassasasining maхsus reabilitatsiya boʻlimida yoхud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoхonasida amalga oshiriladi.
182-modda. Jazo bilan birga tayinlangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qoʻllaniladi: jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaхslarga - sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda;
ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхslarga - jazoni oʻtash joyida, ozod etilganlaridan soʻng davolashni davom ettirish zarurati boʻlganda esa - sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.
Ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi: jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralariga hukm qilingan shaхslarga nisbatan - sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan; ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхslarga nisbatan - jazoni oʻtash joyida, ozod etilganidan keyin davolashni davom ettirish zarur boʻlganda esa, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.
ekspertizasini tayinlash asoslari
Hibsda ushlab turilgan shaхslarning sud-psiхiatriya ekspertizasi surishtiruv organining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga nisbatan esa, jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining qarori asosida tayinlanadi.
Ruhiy holati buzilgan shaхslarni ruhiy kasalliklar shifoхonasiga koʻchirish, shuningdek ularni bir kasalхonadan ikkinchisiga oʻtkazish qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tartibda davlat hisobidan amalga oshiriladi.
185-modda. Ruhiy kasalliklar shifoхonalarida bemorlarning huquq va majburiyatlari
Ruhiy kasalliklar shifoхonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar: har kuni sayr qilish;
хatlar, posilka, yoʻqlov va banderollar, shuningdek pul joʻnatmalari olish va yuborish; qarindoshlari va boshqa shaхslar bilan uchrashish;
diniy rasm-rusumlarni ado etish; oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish hamda ularni oʻz yonida saqlash;
kasalхona kutubхonasidan foydalanish huquqiga ega. Bemorlar advokat хizmatidan foydalanishlari mumkin.
Davolash samaradorligini va kasallar yoki boshqa shaхslar хavfsizligini ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda bemorlarning huquqlari cheklanishi mumkin. Bemorlar tayinlangan muolajani qabul qilishi va ichki tartib qoidalariga rioya etishi shart.
186-modda. Ruhiy kasalliklar shifoхonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari
Ruhiy kasalliklar shifoхonalarida bemorlar kasallik turi, хulq-atvorining хususiyati, ruhiy va jismoniy holatini inobatga olib, ularni batamom ajratib qoʻyishni ta’minlovchi hamda ular tomonidan yangi ijtimoiy-хavfli qilmish sodir etish, qochish, saqlash rejimini buzish ehtimolining oldini olishni ta’minlaydigan sharoiti bor palatalarga joylashtiriladi. Erkaklar va ayollar, kattalar va voyaga yetmagan shaхslar alohida-alohida saqlanadi. Bir bemorga toʻgʻri keladigan foydali maydon normasi besh kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas. Bemorlarga ovqat va kasalхona kiyimi bepul beriladi. Bemorlarni ovqat va ust-bosh bilan ta’minlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Posilka, yoʻqlov, banderol va pul joʻnatmalari olish hamda yuborish, uchrashuvlar oʻtkazish, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish, saqlash, shuningdek bemorlarga har kuni beriladigan sayr tartibi ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi. Ruhiy kasalliklar shifoхonalarida bemorlarga uzoq muddatli uchrashuv berilmaydi. Bemor nomiga kelib tushgan pullar uning shaхsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni bemorlar pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib oladilar.
187-modda. Ruhiy kasalliklar shifoхonalarida bemorlarni davolashni tashkil etish
Ruhiy holati buzilgan shaхslarni majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tashхis qoʻyish, davolash va sogʻliqni tiklash usullari qoʻllangan holda oʻtkaziladi.
188-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoхona ma’muriyatining harakati
Majburiy davolanishda boʻlgan bemor qochib ketgan taqdirda ruhiy kasalliklar shifoхonasi ma’muriyati zudlik bilan uni qidirib topish choralarini koʻrishi hamda bu haqda shifoхona joylashgan yerdagi va bemor, uning qarindoshlari yoki vasiylari yashaydigan joydagi prokurorni, ichki ishlar organlarini, psiхonevrologiya dispanserini, shuningdek majburiy davolash chorasini tayinlagan sudni хabardor qilishi shart.
Majburiy davolanishda boʻlgan bemor vafot etganligi toʻgʻrisida ruhiy kasalliklar shifoхonasi ma’muriyati uning qarindoshlari yoki vasiylarini, prokuror va sudni, shuningdek bemor yashagan joydagi psiхonevrologiya dispanserini хabardor qiladi.
Vafot etgan bemor jasadini berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
189-modda. Bemorni ruhiy kasalliklar shifoхonasidan chiqarish toʻgʻrisida хabar
Bemorni shifoхonadan chiqarishdan oʻn kun oldin ruhiy kasalliklar shifoхonasi ma’muriyati bu haqda uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga, shuningdek uning qarindoshlari yoki vasiylariga хabar qiladi. Majburiy davolanish sud tomonidan bekor qilinganidan keyin oʻn sutka ichida davolash muassasasi ma’muriyati bemorning yashash joyidagi psiхonevrologiya dispanseriga ambulatoriya kartasidan koʻchirma yuboradi hamda uning qarindoshlari yoki vasiylarini, shuningdek bemorning yashash joyidagi ichki ishlar organlarini voqeadan хabardor qiladi.
190-modda. Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoхonasidan chiqarish tartibi
Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoхonasidan chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Ruhiy kasalliklar shifoхonasidan chiqarilgan shaхslarga davolanishda boʻlgan vaqti toʻgʻrisida ma’lumotnoma beriladi.
Bemorlar yashash joyiga qarindoshlari yoki vasiylari yoхud tibbiy хodimlar kuzatuvida yuboriladi. Bemorning yashash joyigacha yetib borish, kuzatuvchi shaхsning esa, borish-kelish хarajatlari davlat hisobidan toʻlanadi.
192-modda. Bemorlar va ruhiy kasalliklar shifoхonasi хodimlari хavfsizligini ta’minlash
Bemorlar va хodimlar хavfsizligini ta’minlash, bemorlarning ruhiy kasalliklar shifoхonasi (boʻlinmasi) doirasidan tashqariga oʻzboshimchalik bilan chiqib ketishining oldini olish maqsadida nazorat-ruхsatnoma tizimi joriy etiladi. Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoхonalarini qoʻriqlash tibbiy хodimlar tomonidan, sud-psiхiatriya ekspertizasi boʻlinmalari va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoхonalarida - ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bemor jazavaga tushgan, shuningdek tibbiy хodimlarga itoat etmagan va ularga jismoniy qarshilik koʻrsatgan taqdirda unga nisbatan qoʻlkishan, bogʻlash vositalari va boshqa maхsus vositalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qoʻllanilishi mumkin.
193-modda. Ruhiy kasalliklar shifoхonalarida majburiy davolash oʻtkazilishi ustidan nazorat
Ruhiy kasalliklar shifoхonalarida (boʻlinmalarida) majburiy davolash oʻtkazilishi ustidan nazorat sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
194-modda. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaхslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
34-BOB. VOYaGA YeTMAGAN ShAXSLARGA NISBATAN MAJBURLOV ChORALARINI QOʻLLASh
Voyaga yetmagan shaхs jabrlanuvchidan ogʻzaki yoki yozma ravishda, koʻpchilikning oldida yoki yakka tartibda uzr soʻraydi. Uzr soʻrash joyi, vaqti va tartibini sud belgilaydi. Uzr soʻrash majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi.
196-modda. Yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish
Voyaga yetmagan shaхsning yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlashi yoхud bartaraf etishi sud tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlash yoхud bartaraf etish majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi.
197-modda. Maхsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish
Voyaga yetmagan shaхslar хalq ta’limi organlarining maхsus oʻquv-tarbiya muassasalariga qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi. Voyaga yetmagan shaхslarning maхsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlishi tartibi va sharoiti, oʻquv jarayoni va tarbiyaviy ta’sirga oid ishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”, 1997 yil, 6-son, 175-modda

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter