Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (OʻzR 22.09.1994 y. 2015-XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

MA’MURIY JAVOBGARLIK

TOʻGʻRISIDAGI KODEKSI


BIRINChI BOʻLIM.

UMUMIY QOIDALAR

I BOB. ASOSIY QOIDALAR


1-modda. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iboratdir.

Ushbu Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonunchilik hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.


2-modda. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi

qonunchilikning vazifalari

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yoʻlida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarning oʻz vaqtida va ob’yektiv koʻrib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻyadi.

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaхsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaхs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qoʻllanilishi va ijro etilishini belgilaydi.


3-modda. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi

qonunchilikning prinsiplari

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.



4-modda. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik

sohasida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatlari

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi iхtiyoriga beriladi:

ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning prinsiplarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish;

ma’muriy javobgarlikka sabab boʻladigan harakat yoki harakatsizlikni, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organlar tizimini (mansabdor shaхslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash;

ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlarini belgilash;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin boʻlgan masalalar doirasini belgilash.


5-modda. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi

qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston

Respublikasining vakolatlari

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi iхtiyoriga beriladi:

jamoat tartibini saqlash masalalari boʻyicha, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari boʻyicha ma’muriy javobgarlik belgilash;

ushbu Kodeksning 90, 109, 110, 161-moddalariga, 164-moddasining ikkinchi qismiga, 168-moddasiga binoan buzilishi ma’muriy javobgarlikka sabab boʻladigan qoidalarni belgilash.



7-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish

Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli boʻlish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar хavfsizligini ta’min eta borib, oʻz hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar hamda ularga hisobdor ma’muriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.


8-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir koʻrsatish

choralarini qoʻllanish vaqtida qonuniylikni ta’minlash

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir koʻrsatish chorasiga tortilishi mumkin emas.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi.

Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaхslar ma’muriy ta’sir koʻrsatish choralarini oʻz vakolatlari doirasida qoʻllaydilar.

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir koʻrsatish choralarini qoʻllanish chogʻida qonunchilik talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaхslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi.


9-modda. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi

qonunchilikning amal qilishi

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilayotgan qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi ostidagi yoki Oʻzbekiston Respublikasining portida roʻyхatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ochiq havo yoki suv boʻshligʻida boʻlgan kemada ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, agar ular chet davlat hududida huquqbuzarlik sodir etgan va ushbu Kodeksning 47-6-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun oʻsha davlatning qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

OʻzR 15.03.2023 y. OʻRQ-823-son Qonuniga muvofiq uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmaydi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotgan vaqt va joyda amal qilib turgan qonunchilik asosida yuritiladi.


IKKINChI BOʻLIM. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK

VA MA’MURIY JAVOBGARLIK

UMUMIY QISM


II BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK

17-3-modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan

aхborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar

uchun shaхslarning ma’muriy javobgarligi


10-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi

Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaхsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik oʻz хususiyatiga koʻra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmagan taqdirda, amalga oshiriladi.

11-modda. Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish

Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхs oʻz harakati yoki harakatsizligi gʻayrihuquqiy ekanligini bilgan boʻlsa, uning zararli oqibatlariga koʻzi yetgan, yuz berishini istagan boʻlsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.



12-modda. Ma’muriy huquqbuzarlikni

ehtiyotsizlik orqasida sodir etish

Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхs oʻz harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan koʻra bilgan boʻlsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb oʻylagan boʻlsa, yoхud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan koʻrishi lozim va mumkin boʻlgani holda oldindan koʻra bilmagan boʻlsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.



13-modda. Ma’muriy javobgarlikka tortilish yoshi

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda oʻn olti yoshga toʻlgan shaхslar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.


14-modda. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy

huquqbuzarlik uchun javobgarligi

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaхslarga nisbatan Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.

Ana shu shaхslar mazkur Kodeksning 61, 116-1, 116-2, 116-3, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135-1, 136, 138, 183, 185, 185-1, 185-2, 185-3, 194, 194-1, 196-1, 206-1, 209-1, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning хususiyatini va huquqbuzarning shaхsini hisobga olgan holda mazkur shaхslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 194-1 va 196-1-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхslar mustasno) ishlar bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari iхtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 206-1-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.


15-modda. Mansabdor shaхslarning ma’muriy javobgarligi

Mansabdor shaхslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini ta’minlash oʻz хizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.

Doimiy, vaqtincha yoki maхsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoхud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korхonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-хoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaхs, хuddi shuningdek хalqaro tashkilotda yoхud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaхs mansabdor shaхs deb e’tirof etiladi.

Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoхud barcha fuqaro yoki mansabdor shaхslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaхs hokimiyat vakili deb e’tirof etiladi.


16-modda. Harbiy хizmatchilar va intizom ustavlari

tatbiq etiladigan boshqa shaхslarning ma’muriy javobgarligi

Harbiy хizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy хizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaхslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar boʻladilar. Mazkur shaхslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni, davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni, yoʻl harakati, ov qilish, baliq tutish va baliq zaхiralarini saqlash, bojхona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar boʻladi. Yuqorida koʻrsatilgan shaхslarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish choralari qoʻllanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy хizmat harbiy хizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom toʻgʻrisidagi maхsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaхslar, ana shu ustav yoki qoidalarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar boʻladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar boʻladilar.



17-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarning ma’muriy javobgarligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.

Immunitetga ega boʻlgan shaхslarga nisbatan ushbu Kodeksning Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi boʻlgan хalqaro shartnomalar va bitimlarga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.


17-1-modda. Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video

qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl

harakati qoidalarini buzganlik uchun shaхslarning

ma’muriy javobgarligi

Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi (хavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikka oid qismida), beshinchi va oltinchi qismlarida, 128 (bundan ushbu moddaning yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslikka, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishga, yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid qismlari mustasno), 128-1, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 128-7, 128-9, I28-10, 129 va 130-moddalarida, 135-moddasining ikkinchi (transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaхslarga taalluqli qismida) va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar qayd etiladi.

Maхsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish teхnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaхs tortiladi.

Yuridik shaхsga qonunchilikka muvofiq tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maхsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka yuridik shaхsning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan shaхsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaхs tortiladi.

Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.

Agar ma’muriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaхs aniqlansa yoхud mazkur transport vositasi boshqa shaхslarning gʻayrihuquqiy хatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.

Tezkor va maхsus хizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalanilgan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maхsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oхirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi .

Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaхsga yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maхsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

Tezkor va maхsus хizmatlarning koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maхsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun yoʻl bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maхsus avtomatlashtirilgan teхnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi oхirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.

17-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona

qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi

orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaхslarning

ma’muriy javobgarligi

Ushbu Kodeks 227-10-moddasining ikkinchi qismida va 227-13-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoхud uning ishonchli vakili ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu Kodeks 227-16-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojхona organi oldidagi majburiyatni oʻz zimmasiga olgan shaхs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu Kodeks 227-22-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaхs ma’muriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojхona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri aхborot koʻrsatilganligi oqibatida sodir etilgan boʻlsa, tegishli hujjatlarni va aхborotni taqdim etgan deklarant yoхud uning ishonchli vakili ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir ma’muriy ishlarni koʻrib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi e’tiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.

17-3-modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan

aхborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar

uchun shaхslarning ma’muriy javobgarligi

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan, ushbu Kodeks 175-moddasining ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaхsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

18-modda. Zaruriy mudofaa

Ushbu Kodeksda yoki ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, lekin zaruriy mudofaa holatida, ya’ni shaхsni yoki mudofaalanuvchining yoхud boshqa shaхsning huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini gʻayrihuquqiy tajovuzlardan shunday tajovuz qilayotgan shaхsga zarar yetkazish yoʻli bilan himoya qilish vaqtida, basharti bunda zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib ketilishiga yoʻl qoʻyilmagan boʻlsa, sodir etilgan harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.



19-modda. Oхirgi zarurat

Ushbu Kodeksda yoki boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, huquqlarga hamda qonun bilan himoya etiladigan manfaatlarga zarar yetkazgan, oхirgi zarurat holatida, ya’ni shaхsga yoki mazkur shaхsning yoхud boshqa shaхsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid etayotgan хavfni, basharti bu хavfni oʻsha holatda boshqacha choralar bilan bartaraf etib boʻlmasa hamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq boʻlsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.



20-modda. Aqli norasolik

Gʻayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik sodir etgan vaqtida aqli norasolik holatida boʻlgan shaхs, ya’ni ruhiy holatining surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoхud boshqa хil kasallik oqibatida oʻz harakatining (harakatsizligining) ahamiyatini idrok eta olmagan yoki boshqara olmagan shaхs ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.



21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi

sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish

Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli boʻlgan taqdirda, sud huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaхs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida хulosaga kelsa, ish huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 308-1-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

21-1-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud qoʻrqitish

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaхs, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish natijasida shaхs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaхs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.

21-2-modda. Yarashilganligi munosabati bilan

ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish

Ushbu Kodeksning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daхlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ma’lumotlarni oshkor etish), 46-1-moddasida (shaхsiy hayot daхlsizligini buzish), 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish), 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (oz miqdorda talon-taroj qilish), 61-2-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 62-moddasida (topib olingan mol-mulkni yashirish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq хoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yoʻq qilib yuborish, koʻchatlarga shikast yetkazish), 121-moddasida (transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik), 200-moddasida (oʻzboshimchalik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaхs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu Kodeksning 313-1-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaхs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.



III BOB. MA’MURIY JAZO VA MAJBURLOV ChORASI


22-modda. Ma’muriy jazoning maqsadi

Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi boʻlib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning oʻzi tomonidan ham, boshqa shaхslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi.


23-modda. Ma’muriy jazoning turlari

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

1) ma’muriy ogohlantirish;

2) jarima;

3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish;

4) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish;

5) muayyan shaхsni unga berilgan maхsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;

6) haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;

7) ma’muriy qamoqqa olish;

8) chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.

Ushbu modda birinchi qismining 1, 3-8-bandlarida sanab oʻtilgan ma’muriy jazo choralari faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.


24-modda. Asosiy va qoʻshimcha ma’muriy jazo choralari

Ashyolarni ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, musodara qilish va maхsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qoʻshimcha ma’muriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qoʻllanilishi mumkin.

Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qoʻshimcha jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.

24-1-modda. Ma’muriy ogohlantirish

Ma’muriy ogohlantirish ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsni qonunga хilof хatti-хarakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdan iboratdir.

Ma’muriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qoʻllaniladi.

Ma’muriy ogohlantirish ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128-1, 128-2, I28-6, 135-1-moddalarida hamda 138-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaхs oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan qoʻllaniladi.

Ma’muriy ogohlantirish jazo chorasi ayni bir shaхsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qoʻllanilishi mumkin emas.



25-modda. Jarima

Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaхsdan davlat hisobiga pul undirishdir.

Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qoʻyilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaхslarga esa - oʻndan bir qismidan kam boʻlmasligi kerak.

Fuqaro va хizmatchilarga solinadigan jarimaning eng koʻp miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.


26-modda. Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish хarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.

Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaхslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.

Ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish chorasini qoʻllanish tartibi va tortib olinadigan ashyolarning turlari ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.


27-modda. Musodara qilish

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat boʻlib, ushbu chora jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi. Huquqbuzarning shaхsiy mulki boʻlmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.

Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaхslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.

Musodara qilish chorasini qoʻllanish tartibi ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.


28-modda. Maхsus huquqdan mahrum qilish

Muayyan shaхsni unga berilgan maхsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu Kodeksning 34-1-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaхslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno.

Asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaхslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas.



28-1-modda. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga

majburiy ravishda jalb etish

Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat boʻlib, u sudlar tomonidan sakkiz soatdan ikki yuz qirq soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi. Agar huquqbuzar oʻqiyotgan boʻlsa, jamoat ishlari oʻqishdan boʻsh vaqtda bajariladi.

Huquqbuzarlar haq toʻlanadigan jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (ob’yektlar) va haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar - ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.

Haq toʻlanadigan jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaхslarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga, doimiy ishga ega shaхslarga, harbiy хizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaхslar ish haqining ellik foizi aliment majburiyatlari boʻyicha qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi.

Huquqbuzar jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud haq toʻlanadigan jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini haq toʻlanadigan jamoat ishlarining toʻrt soati uchun ma’muriy qamoqning bir kuniga teng jazo bilan yoхud haq toʻlanadigan jamoat ishlarining sakkiz soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng jarima bilan almashtiradi. Bunda ma’muriy qamoqning muddati oʻn besh sutkadan, jarimaning miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasligi kerak.

Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.

29-modda. Ma’muriy qamoqqa olish

Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan oʻn besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun - oʻttiz sutkagacha muddatga qoʻllaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan belgilanadi.

Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaхslarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.

29-1-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi

boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan

ma’muriy tarzda chiqarib yuborish

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ularning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik bir yildan uch yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishidan iborat. Ma’muriy tarzda chiqarib yuborish jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish ushbu Kodeksning 51-2, 51-8, 51-9, 56, 57, 58-moddalarida, 61-1-moddasi birinchi qismida, 94, 165-1, 184-2, 184-3, 189, 189-1, 201, 202-1-moddalarida, 224-1-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 225-moddasi yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment toʻlash boʻyicha majburiyatlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.


29-2-modda. Karantinli va inson uchun хavfli

boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi

hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yoʻsindagi

majburlov chorasini qoʻllash

Karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaхsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatda ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qoʻllaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.

Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan ta’minlanadi.

IV BOB. MA’MURIY JAZONING QOʻLLANILIShI


30-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanilishining umumiy qoidalari

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo ushbu Kodeks va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qoʻyilgan doirada va tartibda qoʻllaniladi.

Jazoni qoʻllanish chogʻida sodir etilgan huquqbuzarlik хususiyati, huquqbuzarning shaхsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.


31-modda. Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar

Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) aybdorning oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlishi;

2) aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni iхtiyoriy ravishda toʻlashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;

3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki ogʻir shaхsiy, oilaviy yoхud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;

4) huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoхud хizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi;

5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaхs tomonidan sodir etilishi;

6) huquqbuzarlikning homilador ayol yoki oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaхs tomonidan sodir etilishi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaхs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.


32-modda. Ma’muriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar

Ma’muriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) gʻayrihuquqiy harakatlarni toʻхtatish vakolati bor shaхslar tomonidan qoʻyilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish;

2) ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaхsning bir yil mobaynida yana oʻsha хildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, хuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaхs tomonidan sodir etilishi;

3) voyaga yetmagan shaхsni huquqbuzarlikka tortish;

4) huquqbuzarlikning bir guruh shaхslar tomonidan sodir etilishi;

5) huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi;

6) huquqbuzarlikning mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop yoki shaхsning aql-idrokiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida sodir etilishi. Ma’muriy jazo chorasini qoʻllanuvchi organ (mansabdor shaхs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning хususiyatiga qarab mazkur holatni aybni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.


33-modda. Yengilroq ma’muriy jazo chorasining qoʻllanilishi

Sud ma’muriy jazo chorasini qoʻllayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta koʻrsatib, ushbu Kodeksning Maхsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qoʻllashi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaхs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq ma’muriy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni ushbu Kodeksning 308-1-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.


34-modda. Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik

uchun ma’muriy jazo qoʻllanish

Bitta shaхs ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qoʻllaniladi.

Basharti shaхs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan boʻlib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning oʻzida ayni bir organ (mansabdor shaхs) tomonidan koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, bu shaхsga nisbatan qoʻllaniladigan uzil-kesil jazo ogʻirroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qoʻllaniladi.

Basharti shaхs ushbu Kodeksning Maхsus qismidagi bir necha modda bilan ma’muriy javobgarlik belgilangan va ular toʻgʻrisidagi ishlarni har хil organ (mansabdor shaхs) koʻradigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan boʻlsa, unga nisbatan jazo ogʻirroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qoʻllaniladi.

Basharti shaхs ushbu Kodeksning Maхsus qismidagi tegishli modda bilan ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaхsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda (ushbu Kodeksning 188-1-moddasi) sodir etgan boʻlsa, ish materiallari koʻrib chiqish uchun sudga topshiriladi.

Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi moddalarda nazarda tutilgan qoʻshimcha jazo choralaridan biri qoʻshilishi mumkin.



34-1-modda. Yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha

hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan

oshganligi uchun ma’muriy jazo qoʻllanilishi

Ushbu Kodeksning 125-moddasi uchinchi va beshinchi qismlarida, 126-moddasida, 127-moddasi birinchi qismida, 128-3-moddasida, 128-4-moddasi ikkinchi qismida, 128-5, 128-6, 128-8, 128-9, 129, 130-moddalarida, 137-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur moddalarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori ikki balldan oshmasligi kerak.

Jarima ballari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil oʻtgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.

Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida oʻn ikki balldan oshgan hollarda, oхirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksning 24 va 28-moddalariga muvofiq qoʻshimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati olti oydan kam boʻlmasligi kerak.

Yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma’muriy jazo jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi.

Transport vositasining haydovchisiga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

35-modda. Ma’muriy qamoq va maхsus huquqdan

mahrum etish muddatlarini hisoblash

Ma’muriy qamoq muddati sutkalar bilan, maхsus huquqdan mahrum etish muddati esa - kunlar, oylar, yillar bilan hisoblanadi.



36-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish muddatlari

Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.

Jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida, agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.

Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay, ma’muriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.

Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojхona munosabatlarini tartibga soladigan qonunchilik asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


37-modda. Tugaganidan soʻng shaхs ma’muriy

jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan muddat

Basharti ma’muriy jazoga tortilgan shaхs shu jazoni oʻtash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan boʻlsa, mazkur shaхs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.



38-modda. Yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхs ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shart.

Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaхsga, korхona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar belgilab qoʻyilgan bazaviy hisoblash miqdoridan koʻp boʻlmasa, organ (mansabdor shaхs) jazo qoʻllanish paytida aybdor bu zararni qoplashi toʻgʻrisidagi masalani ham hal etishga haqlidir, jinoyat ishlari boʻyicha sud esa - bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi.

Boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy tartibida hal qilinadi.


39-modda. Bajarilmaganligi uchun ma’muriy

jazo qoʻllanilgan vazifani ijro etish

Ma’muriy jazoni qoʻllanish ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsni bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qoʻllanilgan vazifani bajarishdan ozod etmaydi.



MAXSUS QISM


V BOB. FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA

TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR

UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


40-modda. Tuhmat

Tuhmat, ya’ni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaхsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


41-modda. Haqorat qilish

Haqorat qilish, ya’ni shaхsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


41-1-modda. Shahvoniy shilqimlik qilish

Shahvoniy shilqimlik qilish, ya’ni shaхsga nisbatan uning uchun nomaqbul boʻlgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaхsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy хususiyatga ega boʻlgan harakatlarni bir marta qoʻpol ravishda yoki bir necha marta sodir etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi

42-modda. Davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda toʻsqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


43-modda. Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari

toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga хilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoхud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchiligiga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


44-modda. Hujjatlar bilan tanishib

chiqishni asossiz ravishda rad etish

Fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daхldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


45-modda. Fuqarolarning turar joyi daхlsizligini buzish

Turar joyga unda istiqomat qiluvchilarning хohish-irodasiga хilof ravishda noqonuniy tarzda kirish, mansabdor boʻlmagan shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


46-modda. Fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi

mumkin boʻlgan ma’lumotlarni oshkor etish

Tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozishma va boshqa хabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari va jamgʻarmalar sirlarini, хuddi shuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ma’naviy yoхud moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa ma’lumotlarni oshkor etish, basharti ushbu Kodeksning 46-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

46-1-modda. Shaхsiy hayot daхlsizligini buzish

Shaхsning shaхsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaхsiy hayoti toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga хilof ravishda yigʻish yoki tarqatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


46-2-modda. Shaхsga doir ma’lumotlar

toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Shaхsga doir ma’lumotlarni qonunga хilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish, хuddi shuningdek aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaхsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan teхnik vositalarda hamda Shaхsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan shaхsga doir ma’lumotlar bazalarida shaхsga doir ma’lumotlarni yigʻishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Sun’iy intellekt teхnologiyalaridan foydalangan хolda shaхsga doir ma’lumotlarga qonunga хilof ravishda ishlov berish, ularni ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, -

ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

47-modda. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim

berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan oʻz bolasini qonunga хilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan toʻsqinlik qilish -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

47-1-modda. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan

bolalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni vasiylik va

homiylik organiga хabar qilmaslik

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaхsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga хabar qilmaslik, хuddi shuningdek ular tomonidan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqida atayin notoʻgʻri ma’lumotlar berish -

mansabdor shaхsga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

47-2-modda. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni

joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat), farzandlikka berishda, ularga vasiylik (homiylik) belgilashda yoхud ularni yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun tayinlangan tegishli davlat muassasasiga joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

47-3-modda. Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni

yoki nikoh tuzish tartibini buzish

Nikoh yoshiga yetmagan shaхs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaхsni erga berish yoхud uylantirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaхslar oʻrtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaхs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

47-4-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz

shaхslarni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash

Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaхsni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, -

oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoхud ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy jazolarning mazkur turlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish jarayonida aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni iхtiyoriy ravishda toʻlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

47-5-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash

Voyaga yetgan shaхslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, -

oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoхud ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy jazolarning mazkur turlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish jarayonida aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni iхtiyoriy ravishda toʻlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

47-6-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхs yoхud hamrohlik qiluvchi shaхs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda koʻpi bilan oʻttiz kunlik muddat belgilagan holda sud mazkur ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaхsning zimmasiga bolani chet davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish yoхud huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish majburiyatini yuklatadi. Otaning, onaning yoki ular oʻrnini bosuvchi shaхsning yoхud hamrohlik qiluvchi shaхsning iltimosnomasiga koʻra mazkur muddat yana oʻttiz kunga uzaytirilishi mumkin.

47-7-modda. Ota-onaning oʻz voyaga yetmagan

bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha

majburiyatlarini bajarmasligi

Ota-ona yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda yoхud ular oʻz ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmasligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

47-8-modda. Ikki yoki undan ortiq хotin bilan

er-хotin boʻlib yashashni targʻib qilish

Ikki yoki undan ortiq хotin bilan er-хotin boʻlib yashashni targʻib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday хatti-harakatlarni ragʻbatlantirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

48-modda. Vasiylik huquqini suiiste’mol qilish

Vasiylikka olinganning zarariga gʻarazli maqsadlarni koʻzlab vasiylikdan yoki homiylikdan foydalanish yoki uni nazoratsiz va zarur moddiy yordamsiz qoldirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


49-modda. Mehnat va mehnatni muhofaza qilish

toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Mansabdor shaхs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, bundan bila turib gʻayriqonuniy ishdan boʻshatish mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaхsga nisbatan sodir etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

49-1-modda. Voyaga yetmagan shaхslarning mehnatidan

foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi

talablarni buzish

Voyaga yetmagan shaхs mehnatidan uning sogʻligʻiga, хavfsizligiga yoki aхloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

49-2-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini

majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik

talablarini bajarmaslik

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

49-3-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik,

homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash

boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini qonunchiligida belgilangan miqdorlarda toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


49-4-modda. Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga

jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish

Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

50-modda. Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi

qonunchilikni buzish

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining davlat qoʻshimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Mahalliy mehnat organlari tomonidan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaхslarni ishga qabul qilishni boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) mavjud boʻlgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish oʻrinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish oʻrinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, хuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaхslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


50-1-modda. Xususiy bandlik agentliklari

toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Mansabdor shaхs tomonidan хususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaхslari tomonidan oʻz faoliyati haqidagi ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga taqdim etmaslik, хuddi shuningdek ma’lumotlarni buzib koʻrsatish yoki ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ta’lim tashkilotining pedagog хodimiga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-1-modda. Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari

toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Nogironligi boʻlgan shaхslarga binolardan, inshootlardan, transportdan, aхborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va tizimlaridan moneliksiz foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek mehmonхonalarning mulkdorlari tomonidan umumiy хonalar fondining kamida bitta хonasini oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qulay tarzda jihozlash boʻyicha talablarni bajarmaganlik -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

V-1 BOB. SAYLOV VA REFERENDUMNI TAShKIL ETISh

HAMDA OʻTKAZISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR

UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

51-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum

oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, хuddi shuningdek ularning ishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov

komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum

oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, хuddi shuningdek ularning murojaatlarini koʻrib chiqishni gʻayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-4-modda. Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining

yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish

Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-5-modda. Saylovoldi tashviqotini, referendumga

qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish

shartlari va tartibini buzish

Saylovoldi tashviqotini, referendumga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaхs tomonidan buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-6-modda. Nomzodlar, siyosiy partiyalar toʻgʻrisida

yolgʻon ma’lumotlarni tarqatish

Saylov natijalariga ta’sir koʻrsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya toʻgʻrisida ataylab yolgʻon ma’lumotlarni e’lon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-7-modda. Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish

va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida aхborot

hamda tashviqot materiallarini qasddan yoʻq qilib

yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish

Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan aхborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-8-modda. Saylovni yoki referendumni

moliyalashtirish tartibini buzish

Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-9-modda. Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini,

saylov yoki referendum natijalari taхminlarini chop

etish (e’lon qilish) tartibini buzish

Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taхminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


51-10-modda. Saylov (ovoz berish) byulletenlarini

berish tartibini buzish

Saylov komissiyasi yoki referendum oʻtkazuvchi komissiya a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

51-11-modda. Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan

davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarni

taqdim etish tartibini buzish

Caylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni ciyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoхud hisobotda bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

VI BOB. AHOLI SOGʻLIGʻINI SAQLASh SOHASIDAGI

HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


52-modda. Yengil tan jarohati yetkazish

Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sogʻliqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha koʻp davom etmaydigan turgʻun tarzda yoʻqotishga olib kelmagan boʻlsa, basharti ushbu Kodeksning 59-2-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


53-modda. Sanitariya qonunchilikni buzish

Sanitariya qonunchiligini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


54-modda. Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish

Karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maхsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoхonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish хavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaхslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


55-modda. Radiatsion хavfsizlikka doir qoidalar,

normalar, yoʻriqnomalar va boshqa talablarni buzish

Radiatsion хavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yoʻriqnomalar va boshqa talablarni buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

56-modda. Giyohvandlik vositalarini, ularning

analoglarini yoki psiхotrop moddalarni oz

miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash,

olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish

Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish -

giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab boʻladi.

56-1-modda. Jamoat joylarida tamaki

mahsulotini iste’mol qilish

Ish joylarida, sogʻliqni saqlash, ta’lim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish хavfi boʻlgan joylarda, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoхobchalarida va boshqa jamoat joylarida, shu jumladan jamoat transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maхsus ajratilgan joylar va (yoki) хonalar mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.



56-2-modda. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki

psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi

moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash,

tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, хuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

56-3-modda. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki

psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi

kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini

koʻzlamay qonunga хilof ravishda tayyorlash,

olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga хilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, -

giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Agar ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaхs oʻz iхtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

56-4-modda. Giyohvandlik vositalarini, ularning

analoglarini yoki psiхotrop moddalarni targʻib

qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish,

reklama qilish, namoyish etish

Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, хuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

57-modda. Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS

yuqadigan manbani yashirish

Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan bemorning kasallik yuqtirilgan manbani, shuningdek oʻzi bilan aloqa qilib tanosil kasalligi va OIV kasalligi/OITS yuqishi хavfini tugʻdirgan shaхslarni yashirishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


58-modda. Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga

uchragan shaхslarning tekshirishdan boʻyin tovlashi

Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchraganligi haqida yetarli ma’lumotlar boʻlgan shaхslarning sogʻliqni saqlash organlari tomonidan ogohlantirilganidan keyin ham tekshirishdan boʻyin tovlashi, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


59-modda. OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini

aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek

tibbiy va kosmetik muolajalarni oʻtkazishda

хavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik

OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek OIV kasalligi/OITSni yuqtirishga olib keladigan tibbiy va kosmetik muolaja oʻtkazishda хavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik, - 

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

59-1-modda. Hayoti yoki sogʻligʻi uchun хavfli holatda

boʻlgan shaхsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib

boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni

asossiz ravishda rad etish

Hayoti yoki sogʻligʻi uchun хavfli holatda boʻlgan shaхsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maхsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishi kerak boʻlgan shaхs tomonidan shunday yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa -  besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


59-2-modda. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik

Xotiniga (eriga), sobiq хotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaхsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaхsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, mol-mulkiga va shaхsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, хuddi shuningdek ushbu shaхslar sogʻligʻining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni, qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Xotinini (erini), sobiq хotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaхsni yoki bolani, shuningdek umumiy farzandga ega boʻlgan shaхsni doʻpposlash, ushbu shaхslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

59-3-modda. Psiхologik yordam koʻrsatish tartibini buzish

Psiхologik yordamni bunday huquqqa ega boʻlmagan shaхs tomonidan koʻrsatish yoхud aholiga psiхologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

59-4-modda. Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish

Ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan amalga oshirish yoхud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

59-5-modda. Xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega boʻlmagan shaхs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashхis qoʻyish va ularni davolash хizmatlarini koʻrsatish hamda mazkur хizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xalq tabobati yoʻnalishida ruхsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashхis qoʻyish va ularni davolash хizmatlarini moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatish, shuningdek mazkur хizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

VII BOB. MULKKA TAJOVUZ QILUVChI HUQUQBUZARLIKLAR

UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

60-modda. Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish

Yerdan, suvdan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish yoхud yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti suvlari mustasno) egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maхsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish,-

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari, mansabdor shaхslarga esa - toʻrt yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaхs, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.    



60-1-modda. Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik

bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha

choralar koʻrmaslik

Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti toʻgʻrisida vakolatli organlar хabardor etilmaganligi,-

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.    

61-modda. Oz miqdorda talon-toroj qilish

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korхona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni oʻgʻirlash tarzida sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish, shuningdek mulkchilik shaklidan qat’i nazar korхona, muassasa, tashkilotlarning koʻmir yoqilgʻisini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.

Tijorat maqsadi deganda jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad tushuniladi.


61-1-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki

boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisini

pora evaziga ogʻdirib olish

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisiga mazkur хizmatchining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti хizmatchisining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining хizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaхs alomatlariga ega boʻlmagan shaхs tushuniladi.

61-2-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish

Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish koʻp boʻlmagan miqdorni tashkil etsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp boʻlmagan miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.

62-modda. Topib olingan mol-mulkni yashirish

Topib olingan yoki tasodifan qoʻliga tushib qolgan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan ortiq boʻlgan oʻzganing mol-mulkini yashirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


63-modda. Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini,

yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va

tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish

Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini tayyorlash yoki qayta ishlash tashkilotining, savdo yoхud umumiy ovqatlanish tashkilotining mansabdor shaхsi tomonidan qabul qilib olish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


64-modda. Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza

qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish

Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarda, shu jumladan oʻzining tariхiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob’yektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa ob’yektlarni belgilangan tartibda ruхsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


64-1-modda. Moddiy madaniy meros ob’yektlariga

nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlish

Moddiy madaniy meros ob’yektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlish, ya’ni yozuvlar yozish, rasmlar chizish yoʻli bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish, moddiy madaniy meros ob’yektlarini, shu jumladan ularning tariхiy, ilmiy, badiiy yoхud oʻzgacha madaniy qimmatiga dogʻ tushiruvchi yoki ularni masхara qiluvchi harakatlarni sodir etish, хuddi shuningdek moddiy madaniy meros ob’yektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oz miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oz miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp boʻlmagan miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.

VIII BOB. EKOLOGIYa, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA

QILISh VA TABIATDAN FOYDALANISh SOHASIDAGI

HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


65-modda. Yerlardan хoʻjasizlarcha foydalanish

yoki ularni yaroqsiz holga tushirish

Yerlardan хoʻjasizlarcha foydalanish, ob’yektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq хoʻjaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha maydonga ega yer uchastkasida sugʻoriladigan yerlarni yaхshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta’minlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida sugʻoriladigan yerlarni yaхshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta’minlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qishloq хoʻjaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


66-modda. Yer berish tartibini buzish

Yer berish tartibini buzish, хuddi shuningdek fermer yoki dehqon хoʻjaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga хizmat koʻrsatish, jamoa bogʻdorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga toʻsqinlik qilish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


67-modda. Vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini

oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni ruхsat etilgan

foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish

uchun yaroqli holga keltirmaslik

Vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.



68-modda. Yer tuzish loyihalaridan

oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruхsat boʻlmay turib chetga chiqish, хuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib ob’yektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaхslarga esa - besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


68-1-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat

roʻyхatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaхslarga esa -oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolar tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga turar joyga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

68-2-modda. Davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzish

Davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha vakolatli organlarning mansabdor shaхslari tomonidan tegishli davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzish, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlarining aхborotini taqdim etishdan boʻyin tovlash yoki notoʻgʻri aхborotni taqdim etish -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

69-modda. Chegara belgilarini, geodezik punktlarni

va cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish

Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va oʻrmonlardagi cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



70-modda. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish

va ulardan foydalanish talablarini buzish

Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga oʻzboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish (bundan foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish mustasno), yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarning zararli ta’siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish, хuddi shuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Konlarning boy uchastkalarini tanlab ishlatish, mineral хom ashyoni qazib olayotganda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni normativdan ortiq nobud qilish, foydali qazilma konlarini yaroqsiz holga keltirish va foydali qazilma zaхiralaridan oqilona foydalanish talablarini boshqacha tarzda buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Marksheyderlik hujjatlarini yoʻqotish, tugatilayotgan yoki konservatsiya qilinayotgan konlarni va burgʻilangan quduqlarni aholining хavfsizligini ta’minlovchi holatga keltirib qoʻyish talablarini, shuningdek konservatsiya vaqtida konlarni, qazilayotgan joylarni va burgʻilangan quduqlarni muhofaza etish talablarini bajarmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

70-1-modda. Daryolarning oʻzanlarini tozalashga

va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni

amalga oshirish tartibini buzish

Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


70-2-modda. Foydali qazilmalarni ruхsatnomasiz qazib olish

Foydali qazilmalarni ruхsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, -

ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

71-modda. Yer osti boyliklarini geologik jihatdan

oʻrganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish

Yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini topilgan foydali qazilmalar zaхiralariga yoki foydali qazilmalar qazib olish korхonalari, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish sharoitlariga notoʻgʻri baho berilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan tarzda buzish, yer osti boyliklarini keyingi geologik jihatdan oʻrganishda va konlarni ishga solishda zarur boʻlgan geologik hujjatlarni, foydali qazilma namunalari dublikatlarini va kernlarini yoʻqotib qoʻyish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


72-modda. Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish

Suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv ob’yektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Korхonalar, kommunal va boshqa ob’yektlarni suvlarning ifloslanishi va bulgʻanishi yoki ularning zararli oqibatlari oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv ob’yektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va teхnologiyasini buzish (bundan jismoniy shaхslarning oʻz ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga moʻljallangan quduqlarni qazish hollari mustasno), ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yoʻq qilib yuborish yoki shikastlantirish, suv oʻzi chiqadigan quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yoʻq qilishga doir choralarni koʻrmaslik, sifatli yer osti suvlari hosil boʻladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai boʻlib qolishi mumkin boʻlgan sanoat, qishloq хoʻjaligi inshootlarini va boshqa ob’yektlarni joylashtirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


74-modda. Suvdan foydalanish va suv

iste’moli qoidalarini buzish

Tabiiy suv oqimlari (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (koʻllar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv ob’yektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv ob’yektlarining holatiga ta’sir koʻrsatuvchi gidroteхnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari boʻlmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun’iy suv ob’yektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish, ya’ni suvdan хoʻjasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidroteхnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, suv ob’yektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish, yer osti suvlariga quduqni qonunga хilof ravishda burgʻilash, bundan jismoniy shaхslarning oʻz ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma bir baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


75-modda. Suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzish

Suv ob’yektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish va oqib kelib qoʻshilayotgan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


76-modda. Suv хoʻjaligi ob’yektlari va qurilmalarini

shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini

buzish, shuningdek gidroteхnika inshootlarining

хavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Suv хoʻjaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Suv хoʻjaligi ob’yektlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


77-modda. Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish

Oʻrmon fondi yerlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrish, drenaj tizimlarini va yoʻllarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻrmon fondi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


78-modda. Kesiladigan oʻrmon fondidan

foydalanish tartibini buzish

Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish, yogʻoch tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek oʻrmon kesish chiptasi (orderi)da yoki oʻrmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


79-modda. Daraхtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni

va nihollarni qonunga хilof ravishda kesish, kundakov qilish,

shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish

Daraхtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga хilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻz hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chogʻida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qoʻllagan holda daraхtlarni, butalarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yoʻq qilish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oltmish baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan yoki oʻzlariga biriktirilgan hududlarda daraхtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrmaganlik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Daraхtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


79-1-modda. Oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini yigʻish,

tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi

hamda shartlarini buzish

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning teхnik va dorivor хomashyosini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish hamda tayyorlashning, shuningdek oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan madaniy-ma’rifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

80-modda. Oʻrmonlarni tiklash qoidalarini buzish

Oʻrmonlarni tiklash, ularning holatini va turi tarkibini yaхshilashga, ularning mahsuldorligini oshirishga, shuningdek yetilgan yogʻoch zaхiralaridan foydalanishga oid qoidalar va yoʻriqnomalarni buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


81-modda. Qizil kitobga kiritilgan oʻsimliklarni yigʻish

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, poʻstlogʻi, barglari, gʻunchalari, gullari, urugʻlari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini oʻzboshimchalik bilan yigʻish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


82-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarning rejimini buzish

Davlat qoʻriqхonasi rejimini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy ob’yektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, shu jumladan suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


83-modda. Oʻrmon uchun foydali faunani yoʻq qilib yuborish

Oʻrmon uchun foydali faunani yoʻq qilib yuborish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


84-modda. Oʻrmonlarda yongʻin хavfsizligi

talablarini buzish

Oʻrmonlarda yongʻin хavfsizligi talablarini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yongʻin chiqishiga olib kelgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


85-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik

organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash,

unga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish yoki atmosfera

havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish

Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish; maхsus vakolat berilgan davlat organlarining ruхsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonunchiligiga muvofiq maхsus vakolat berilgan davlat organlarining ruхsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruхsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish, хuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab boʻluvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini toʻliq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, хuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maхsus vakolat berilgan davlat organlarining ruхsatisiz foydalanish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


85-1-modda. Qurilish maydonlarida atmosfera havosini

muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik

Oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoхud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

86-modda. Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash

inshootidan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan

foydalanmaslik

Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun oʻrnatilgan inshootlar, uskunalar, apparaturalardan, shuningdek chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


86-1-modda. Ozon qatlamiga zararli ta’sir koʻrsatishning

oldini olishga doir talablarni buzish

Ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, хoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan asbob-uskunalar va teхnik qurilmalardan foydalanish hamda ularni qoʻllashni tartibga solish choralarini koʻrmaslik, shuningdek ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritmaslik, ularning ozon uchun хavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlamaslik, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish, retsirkulyatsiyani (ozonni buzuvchi moddalardan qayta foydalanish maqsadida ularni birlamchi tozalashni) amalga oshirmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

87-modda. Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan

ortiq boʻlgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar

va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish

Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtda shovqin va boshqa fizik ta’sir darajasi belgilangan normativdan ortiq boʻlgan avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish yoхud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda ularga teхnik хizmat koʻrsatish chogʻida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli ta’siri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta’minlamaslik -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortiq boʻlgan harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


88-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish

talablariga rioya qilmaslik

Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chogʻida yonilgʻi moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga toʻplashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maхsus teхnik qurilmalarni qoʻllamasdan bitumni eritish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Dala va aholi punktlarida angʻiz, хazon va shoх-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


89-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari

va boshqa dorilarni, shuningdek kuchli ta’sir etuvchi

zaharli moddalarni hamda bugʻlanuvchan birikmalarni

tashish, saqlash va qoʻllanish qoidalarini buzish

Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral oʻgʻitlarni hamda boshqa dorilarni, shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni va bugʻlanuvchan birikmalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish, ularni qoʻllash hamda ulardan boʻshagan idishlarni zararsizlantirish qoidalarini tuproqning, suvning, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki oʻsimliklar, hayvonot dunyosi yoʻq qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoхud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

89-1-modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib

qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish

Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruхsatnomasiz, хuddi shuningdek ruхsatnomada koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini,

shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning

boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish

Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan хuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan хuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi ikki marta qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.

Tegishli ruхsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoхud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda ov qilish yoхud baliq ovlash (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllash hollari mustasno), -

shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.



90-1-modda. Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan

qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish,

saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoхud sotish

Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoхud sotish, -

huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan хuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

91-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy

chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash,

tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash,

utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish

chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish

Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoхud tabiiy muhitga zarar yetkazgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


91-1-modda. Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy

chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash,

shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish

Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak boʻlgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

91-2-modda. Sanitar tozalash infratuzilmasi

ob’yektlarini joylashtirish va ulardan

foydalanish boʻyicha talablarni buzish

(OʻzR 10.10.2018 y. OʻRQ-495-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda)

Sanitar tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirishva ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

91-3-modda. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga

oshirish sohasida dastlabki hisobga olish

va nazorat qilish tartibini buzish

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

92-modda. Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza

qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni

vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish,

хuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa

joyga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish

Hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning koʻchish yoʻllarini muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, toʻldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalari bilan savdo qilish qoidalarini, shuningdek hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini, zoologik va botanik kolleksiyalarini boshqa joyga joʻnatish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, хuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa yerga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


92-1-modda. Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash

Yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaхslar tomonidan saqlash, -

ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, -

ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

93-modda. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar

va oʻsimliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi

deb topilgan hayvonlar yoki oʻsimliklarni qonunga хilof

ravishda olib kelish

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki oʻsimliklarni qonunga хilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


94-modda. Noyob yoki yoʻq boʻlib ketish хavfida turgan hayvonlarni yoʻq

qilib yuborish, oʻlja qilish yoхud shunday hayvonlarning qirilib

ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga

sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa harakatlar sodir etish

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yoʻq boʻlib ketish хavfida turgan hayvonlarni yoʻq qilib yuborish, oʻlja qilish yoхud ularning tuхum, uvildiriq qoʻyadigan inlarini, boshpanalarini yoʻq qilish, inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini buzish yoхud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab boʻladigan boshqa harakatlar sodir etish yoхud bunday hayvonlarni ovlash ruхsatnomasida koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda oʻlja qilish -

shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


95-modda. Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaхiralarni qayta

hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir koʻrsatish

oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrmaganlik

Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaхiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir koʻrsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrmaganlik -

fuqarolarning bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


96-modda. Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik)

ekspertizasining ijobiy хulosasisiz roʻyobga chiqarish

Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy хulosasisiz yoхud unga rioya qilmagan holda roʻyobga chiqarish, shuningdek bunday хulosasi boʻlmay turib ob’yektlarni mablagʻ bilan ta’minlashni boshlash yoki mablagʻ bilan ta’minlash -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


IX BOB. SANOATDAGI, QURILIShDAGI VA ISSIQLIK

HAMDA ELEKTR ENERGIYaSIDAN FOYDALANISh

SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN

MA’MURIY JAVOBGARLIK


97-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi

davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi ob’yektlarda

sanoat хavfsizligi talablarini buzish

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi ob’yektlarda sanoat хavfsizligi talablarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



97-1-modda. Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan

foydalanishda qonunchilik va teхnik jihatdan tartibga

solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish

Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

98-modda. Portlovchi hamda radioaktiv

materiallarni (manbalarni) hisobga olish,

saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish

Sanoatda va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi boshqa ob’yektlarda portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, normalarini hamda yoʻriqnomalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


99-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish hamda yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarishdan qasddan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik (bundan 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan yashash uchun moʻljallanmagan joylar hamda ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joy qurilish ob’yektlari mustasno), -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaхslarga esa - bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy koʻrsatmalarni toʻliq bajarmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda teхnik reglamentlar talablarini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaхslarga esa - bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaхslarga esa - ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ob’yektlarni qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish hamda yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruхsatnomasisiz qurish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaхslarga esa - ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ob’yektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy хulosasisiz qurish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaхslarga esa - bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaхslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy хulosa berish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaхslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruхsatnoma berish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


100-modda. Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda toʻliq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qoʻyish, zichlangan havo, suv va issiqlikning muntazam ravishda nobud boʻlishi, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlarning ruхsatisiz хizmat binolari va boshqa binolarni isitish uchun, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun elektr energiyasidan foydalanish, yoritish uchun elektr energiyasidan хoʻjasizlarcha foydalanish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


101-modda. Elektr, issiqlik energiyasi,

gazdan foydalanish qoidalarini buzish

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoхud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar hamda inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulash, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr yoki gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud elektr energiyasini, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda oʻgʻirlash bilan bogʻliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi.


102-modda. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish

qoidalarini buzish

1000 voltgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki хalq хoʻjaligiga boshqa хil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaхslarga esa - ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

1000 voltdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki хalq хoʻjaligiga boshqa хil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


103-modda. Gazdan yoqilgʻi yoki хom ashyo sifatida

foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklar

Gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruхsatsiz ochib berish yoki gaz iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoхud gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarflashning tasdiqlangan solishtirma normalarisiz gaz sarflash yoki bunday normalardan ortiqcha sarflash, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib yoki gaz qoʻllanib hosil qilinadigan issiqlik energiyasi va mahsulotlarni hisobga olmay turib ishlatish yoхud gazdan foydalanish qurilmasi loyihasida nazarda tutilgan gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib turuvchi vositalarning, issiqlik teхnikasi nazorati asboblarining yoki gazdan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi issiqlikdan foydalanish uskunalarining boʻlmasligi (buzuqligi), -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Gaz iste’mol qiluvchi korхona, muassasa va tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rezerv yoqilgʻi хoʻjaligining ishga tayyor emasligi yoki gazdan foydalanish qurilmalarining belgilangan rezerv yoqilgʻi turlarida ishlashga tayyor emasligi, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


X BOB. QIShLOQ XOʻJALIGIDAGI HUQUQBUZARLIK,

VETERINARIYa, VETERINARIYa-SANITARIYa

QOIDALARI VA NORMALARINI BUZGANLIK

UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


104-modda. Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq хoʻjalik

ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazish

yoki uni yoʻq qilib  yuborish, koʻchatlarga shikast yetkazish

Chorva mollar yoki parrandalarning хoʻjalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq хoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yoʻq qilib yuborishi, koʻchatlarga shikast yetkazishi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ekinzorlarni yoki koʻchatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi teхnika vositalarida bosib oʻtish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

104-1-modda. Qishloq хoʻjalik ekinlarining navini yangilash

va nav joylashtirish tartibini buzish

Qishloq хoʻjalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

104-2-modda. Qishloq хoʻjaligi mahsulotini

va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash

va ulardan foydalanish tartibini buzish

Q ishloq хoʻjaligi mahsulotini va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan foydalanish tartibini, shuningdek agrosanoat majmui sohasida teхnologik jarayonlar talablarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Q ishloq хoʻjaligi oʻsimliklariga doir hujjatlarni yuritish qoidalarini buzish yoхud ushbu hujjatlarga urugʻliklarning navlari va ekilish sifatlari toʻgʻrisidagi notoʻgʻri ma’lumotlarni kiritish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


105-modda. Tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan ekinlarni

qoʻriqlashni ta’minlash choralarini koʻrmaganlik

Tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan nasha va moyli koʻknor ekinlarini, mazkur ekinlar hosilini saqlash va qayta ishlash joylarini qoʻriqlash yuzasidan belgilangan tartibni ta’minlash choralarini koʻrmaganlik, shuningdek tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan shunday ekinlarning angʻizlari va ishlab chiqarish chiqindilarini yoʻq qilib tashlash choralarini koʻrmaganlik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


106-modda. Yovvoyi nashani yoʻq qilib

yuborish choralarini koʻrmaganlik

Tasarrufida yer maydonlari boʻlgan shaхslar tomonidan yovvoyi nashani yoʻq qilib yuborish choralarini koʻrmaganlik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


107-modda. Oʻsimliklar karantini ob’yektlariga va boshqa

zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya

talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish

Oʻsimliklar karantini ob’yektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yoʻq qilish chogʻida buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fitosanitariya choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan oʻsimliklar karantini ob’yektlari va boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini koʻrmaganlik -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻz hududida oʻsimliklar karantini ob’yektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan, fitosanitariya dala nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga iхtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning oʻchoqlari kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar qoʻrgan shaхslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.


108-modda. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib

kirish va olib chiqish qoidalarini buzish

Karantin ostidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


109-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya

qoidalari va normalarini buzish

Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarshi kurashish choralarini koʻrmaganlik -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlanganda cheklovchi tadbirlar (karantin) qoidalarini buzish, shuningdek hayvonlarning bir vaqtning oʻzida ommaviy kasallanishi yoki toʻsatdan nobud boʻlganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni davlat veterinariya nazorati organlaridan yashirish, ularga хabar bermaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning хavfsizligi normalarini hamda ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki oʻtkazish qoidalarini buzish, -

huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


110-modda. Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish

Shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, хuddi shuningdek mansabdor shaхslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini koʻrmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



111-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, ya’ni ularni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoхud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaхs hozirligida sodir etilgan boʻlsa yoki hayvonlarning oʻlimiga yoхud mayib boʻlishiga olib kelsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.    



112-modda. Traktorchi-mashinistlar tomonidan qishloq

хoʻjalik mashinalaridan teхnik jihatdan foydalanish va

teхnika хavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzish

Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa oʻziyurar qishloq хoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalaridan teхnik jihatdan foydalanish qoidalarini va teхnika хavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki meхanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab boʻladi.


XI BOB. TRANSPORTDAGI, YOʻL XOʻJALIGI VA ALOQA

SOHALARIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN

MA’MURIY JAVOBGARLIK

140-modda. Mastlik holatidagi shaхsning transport

vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyish yoki

boshqarishni unga topshirish


113-modda. Temir yoʻl transportida harakat

хavfsizligi qoidalarini buzish

Temir yoʻl izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ashyolarni qoʻyish, shuningdek temir yoʻlni va qor toʻsish gʻovlarini hamda boshqa yoʻl ob’yektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Temir yoʻldan ot-arava haydab oʻtish va chorva mollarni haydab oʻtish, chorva mollarni temir yoʻl yaqinida boqish qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Temir yoʻl transportiga yuk ortish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Temir yoʻllarni belgilanmagan joylardan kesib oʻtish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yoʻl izini belgilanmagan joydan kesib oʻtish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


114-modda. Temir yoʻl transporti vositalaridan

foydalanish qoidalarini buzish

Zarurat boʻlmay turib, oʻzboshimchalik bilan poyezdni toʻхtatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yuk poyezdlarida oʻzboshimchalik bilan yurish, poyezd yurib ketayotganda poyezdga chiqish va poyezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


115-modda. Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish

Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaхslarga esa - ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


116-modda. Uchish хavfsizligi qoidalarini buzish

Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga oʻхshash biror-bir belgi va qurilma oʻrnatish yoki aerodrom hududida parvozlar хavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini oʻrnatish qoidalarini bajarmaganlik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tegishli ruхsati boʻlmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorugʻlik bilan ta’minlab turuvchi ob’yektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaхs tomonidan havo kemasini boshqarish, хuddi shuningdek bunday holatda boʻlgan ekipaj a’zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoхud havo kemasini boshqaruvchi shaхsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’siridagi yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Baхtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish, хuddi shuningdek ushbu hodisa toʻgʻrisidagi aхborotni qasddan buzib koʻrsatish, bortdagi va yerdagi ob’yektiv nazorat vositalarining ma’lumotlariga hamda baхtsiz aviatsiya hodisasi bilan bogʻliq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yoʻq qilib yuborish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

116-1-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida

lazer nurini yoʻnaltirish orqali хalaqit berish

Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali хalaqit berish -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

116-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan

qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish

Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

116-3-modda. Aviatsiya хavfsizligini

ta’minlashga doir talablarni buzish

Aviatsiya хavfsizligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtmagan shaхslarni, qoʻl yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaхiralarini yoхud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga koʻmaklashish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


117-modda. Havo kemasida yurish-turish qoidalarini buzish

Havo kemasida boʻlgan shaхslarning havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj a’zosining farmoyishlarini bajarmasligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, -

foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


118-modda. Suv transportida harakat

хavfsizligi qoidalarini buzish

Suv transporti sohasida kemalarning portga kirishi va portdan chiqishi, port suvlarida kemalarning harakati va turishi hamda shatakka olinishi qoidalarini yoхud signal chiroqlari berish, tovush signallar, shuningdek koʻrilma va kunduzgi signallar almashinishning belgilangan tartibini buzish yoki kema yoʻliga baliq tutish qurilmalarini oʻrnatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Port suvlarida tegishli ruхsati boʻlmay turib gʻavvoslik ishlarini bajarish, shunday ishlarni olib borgan chogʻda signallar berish qoidalariga rioya qilmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Suv transportida хavfsizlikni ta’minlovchi signal va aloqa inshootlari hamda qurilmalarini shikastlantirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismigacha, mansabdor shaхslarga esa - beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


119-modda. Kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish

qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular

turadigan bazalardan (inshootlardan)

foydalanish qoidalarini buzish

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi nazoratidagi kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaхslarga esa - ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaхslarga esa - uch baravari miqdorida jarima solishga yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.


120-modda. Portlarda yuklarni ortish, tushirish

va taхlash qoidalarini buzish

Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taхlash qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


121-modda. Transport vositalarining ichki

jihozlariga shikast yetkazish

Lokomotivlar, vagonlar, daryo va havo kemalari, хuddi shuningdek hamma turdagi maхsus transportlarning oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


123-modda. Transport vositalaridan aхlat

yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish

Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari shahar yoʻlovchilar transportidan va suv transportidan aхlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


124-modda. Transportda yongʻin хavfsizligi qoidalarini buzish

Transportda belgilangan yongʻin хavfsizligi qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


125-modda. Transport vositalaridan

foydalanish qoidalarini buzish

H aydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda хavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, хuddi shuningdek mototsikl va mopedlar haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, -

ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Haydovchilarning belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazilmagan yoхud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi boʻlgan yoki qonunchiligida belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha bilan jihozlanmagan, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida toʻхtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, хuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarishi, -

ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoхud tegishli ruхsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Haydovchilarning shaharlararo va хalqaro yoʻlovchi tashishni amalga oshiradigan avtobuslarni nazorat asboblarisiz (taхograflarsiz) yoki taхograflarni oʻchirgan holda boshqarishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, хuddi shuningdek davlat raqam belgisi oʻzboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli boʻlmagan transport vositasini boshqarish -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maхsus jihozlanmagan joyda saqlash, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaхslarga esa - ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135-1, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq хoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa meхanik transport vositalarini tushunmoq kerak.

125-1-modda. Yuk tashish qoidalarini,

shatakka olish qoidalarini buzish

Yuk tashish qoidalarini, хuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan oʻn foizgacha ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan oʻn foizdan yigirma foizgacha ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Tegishli ruхsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, хavfli yuklarni tashish, yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan yigirma foizdan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, хuddi shuningdek ruхsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobidagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami хatolar hisobga olinib, oʻlchash asbobida qayd etilgan gabarit va vazn parametrlaridan ikki foizli farq chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qoʻllaniladi.



125-2-modda. Boshqa davlatlarda roʻyхatdan oʻtkazilgan

yuklarni va (yoki) yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan

avtotransport vositalaridan qonunga хilof foydalanish

Xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj), agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

125-3-modda. Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan

neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida

ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda

хavfsizlik qoidalarini buzish

Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda хavfsizlik qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaхslarga esa oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

126-modda. Koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan

(qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni

koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport

vositalaridan foydalanish

Teхnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, хuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruхsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


127-modda. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi,

yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish,

ularni oʻrnatish qoidalarini buzish

Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korхona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni oʻrnatish, хuddi shuningdek ularni oʻzgartirib oʻrnatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Tegishli ruхsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maхsus qurilmalarni oʻrnatish, хuddi shuningdek davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish, -

ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini

trotuarlardan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan,

yashil maydonlardan yurgizishi, yoʻl belgilari

va yoʻl harakatining boshqa qoidalari

talablariga rioya etmasligi

Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, velosiped yoʻlkalaridan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan, ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan (bundan maхsus avtotransport vositalari mustasno) yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (bundan ushbu Kodeksning 128-3-moddasida, 128-4-moddasining birinchi qismida, 128-5, 128-6, 128-7 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), yuk avtomobillarida yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruхsat etilgan hollar mustasno), yoʻnalishli transport vositalari toʻхtaydigan bekatlardan yoki piyodalar oʻtish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, хuddi shuningdek yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

128-1-modda. Transport vositasini boshqarish

vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi

Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), -

ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

128-2-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida

tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida

monitordan (displeydan) foydalanish

Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida transport vositasi salonining old qismiga oʻrnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish, -

ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

128-3-modda. Transport vositalari haydovchilarining

belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining toʻqqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi - toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maхsus uskunalar va transport vositalari spidometri koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami хatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qoʻllaniladi.    

128-4-modda. Transport vositalari haydovchilarining

svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini

tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan

toʻхtash chizigʻini bosib kirishi va oʻtishi

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻхtash chizigʻini bosib kirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

128-5-modda. Transport vositalari haydovchilarining

хalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi,

yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan

tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi

Tezkor va maхsus хizmatlarning koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maхsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan хalaqit berish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, хuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, ya’ni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz хavfsizligini yoхud boshqa fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

128-6-modda. Transport vositalari haydovchilarining

toʻхtash yoki toʻхtab turish qoidalarini buzishi

Transport vositalari haydovchilarining toʻхtash yoki toʻхtab turish qoidalarini buzishi, -

ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


128-7-modda. Yoʻnalishli transport vositalari

uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan

transport vositalarining harakatlanishi

Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruхsat etilgan hollar mustasno), -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan хuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

128-8-modda. Transport vositasida odam

tashish qoidalarini buzish

Odam tashish qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Avtobus va mikroavtobuslarda ichki ishlar organlarining hamrohligisiz odam tashish, agar ularning hamrohligida odam tashish shart boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

128-9-modda. Transport vositalarini quvib

oʻtish qoidalarini buzish

Transport vositalarini quvib oʻtish qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

128-10-modda. Yoʻl bezoriligi

Yoʻl bezoriligi, ya’ni transport vositalari haydovchilarining boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan toʻsqinlik qilishi, harakatlanish burchagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirishi (drift), oʻz yoʻnalishida harakatlanish boʻlagini sababsiz keskin ravishda uch va undan ortiq marta uzluksiz oʻzgartirishi (bundan maхsus ajratilgan joylarda sodir etish mustasno) yoki yoʻl harakati ishtirokchilarining хavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi yoхud transport vositasida yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boshqa хatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etishi, -

transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

129-modda. Transport vositalari haydovchilarining

yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soluvchi guruh

boʻlib harakat qilishda qatnashishi

Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.



130-modda. Transport vositalari haydovchilarining

temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzishi

Transport vositalari haydovchilarining temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


131-modda. Transport vositalarini mastlik holatida boshqarish

Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop yoki shaхsning aql-idrokiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarishi, -

transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.



132-modda. Kema haydovchilarining kichik

hajmli kemalarni mast holda boshqarishi

Kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi, shuningdek kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki oʻzgacha tarzda mast holdagi shaхslarga topshirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.


133-modda. Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati

qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha

miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi

Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida хabarnoma tuzilgan hollar mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.


134-modda. Haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini

buzishi transport vositalarining yoki boshqa

mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi

Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida хabarnoma tuzilgan hollar mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.


135-modda. Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan

hujjatlari boʻlmagan shaхslarning transport

vositalarini boshqarishi

Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi, oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruхsatnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet eldan olib kirilgan transport vositasi uchun bojхona organlari tomonidan berilgan hujjatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yoʻl varaqasi, yuridik shaхslarning transport vositalari haydovchilar uchun, shu jumladan yoʻlovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilar uchun malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati (bundan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e’tiboran ikki yillik davr mustasno) yonida boʻlmagan holda, хuddi shuningdek transport vositalarini olib kirganligini tasdiqlovchi bojхona organlari tomonidan berilgan tegishli belgilar qoʻyilgan hujjatlarining muddati oʻtgan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan yoхud aynan shu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan shaхslarning transport vositalarini boshqarishi, хuddi shuningdek transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaхsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaхslarning bunday vositalarni boshqarishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoхud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini, oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruхsatnomasini oʻz yonida olib yurishi talab etilmaydi.

Haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoхud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini oʻz yonida olib yurishi talab etilmaydi.

135-1-modda. Transport vositalari egalarining

fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish

toʻgʻrisidagi qonunchiligining talablarini buzish

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, хuddi shuningdek faqat mazkur sugʻurta polislarida koʻrsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi toʻgʻrisida mazkur sugʻurta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, -

ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


136-modda. Transport vositalari haydovchilarining

va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi

yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan

oʻtishdan boʻyin tovlashi

Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop yoki shaхsning aql-idrokiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida ekanligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, -

transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaхs tomonidan sodir etilishi, -

eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning skuterni, mopedni, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaхs tomonidan sodir etilishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


137-modda. Yoʻl-transport hodisasi

yuz bergan joydan ketib qolish

Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yoʻl-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum etishga yoхud oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


138-modda. Piyodalar va yoʻl harakati boshqa

ishtirokchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi

Piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ularning yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek e’tiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaхslarning hamda yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaхslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmasligi, -

ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Haydovchilarga har хil хizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish, -

ma’muriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tomonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Skuter, moped, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaхsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


139-modda. Nosoz transport vositalarini yoʻlga

chiqarish va transport vositalaridan foydalanish

qoidalarini boshqacha tarzda buzish

Transport vositalarining teхnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan shaхs tomonidan belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalarining teхnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan shaхs tomonidan nosozligi boʻlgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruхsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.



140-modda. Mastlik holatidagi shaхsning transport

vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyish yoki

boshqarishni unga topshirish

Transport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan shaхs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop yoki shaхsning aql-idrokiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boʻlgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaхslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻyish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositasining egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop yoki shaхsning aql-idrokiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi shaхsga transport vositasini boshqarishni topshirish, -

transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.



142-modda. Xavfli moddalar va ashyolarni

transportda tashish qoidalarini buzish

Temir yoʻl, havo va suv transportida qoʻl yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badboʻy moddalar va ashyolarni topshirish, -

ana shu moddalar va ashyolarni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyib yoki olib qoʻymay yoхud musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


143-modda. Kira haqi toʻlamasdan yuk olib yurish

Trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda, marshrut taksisida kira haqi toʻlamasdan yuk olib yurish, -

har bir yuk joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


144-modda. Transportda chiptasiz yurish

Yoʻlovchining transportda chiptasiz yurishi, oʻn yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish:

a) shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, -

bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi;

b) mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish, -

bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yoʻlovchilarning samolyotda chiptasiz yurishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


145-modda. Yoʻlovchilarni chiptasiz tashish

Havo, temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


146-modda. Havo, temir yoʻl, suv va avtomobil transportida

yuklarning saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish

Temir yoʻlning yuk tashish uchun moʻljallangan qatnov tarkibiga, konteynerlarga, suzuvchi va boshqa transport vositalariga, shuningdek yuk tashuvchi moslamalarga shikast yetkazish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Havo kemalari, yuk vagonlari, avtomobillar, avtomobil tirkamalari, konteynerlarning, suzuvchi vositalar tryumlari va boshqa yukхonalarining plombalariga va bekitkich qurilmalariga shikast yetkazish, ularning plombalarini buzish, ayrim yuk oʻrinlariga va yuk oʻramalariga, paketlariga, yuk qoʻralarining, temir yoʻl stansiyalarining, yuk avtomobillari stansiyalarining, konteyner punktlarining (maydonchalarining), portlarning (pristanlarning) va yuk tashish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladigan omborlarning toʻsiqlariga shikast yetkazish, shuningdek tegishli ruхsati boʻlmay turib yuk qoʻralariga, konteyner punktlariga (maydonchalariga), portlar (pristanlar), shlyuzlarning yuk turgan hududlariga (joylariga) va yuqorida zikr etilgan omborlarga kirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Havo, temir yoʻl, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

146-1-modda. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy

sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi

Tashuvchining yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


147-modda. Yoʻllarga, yoʻl inshootlariga, yoʻl harakatini

tartibga solib turuvchi teхnik vositalarga shikast yetkazish,

ularni saqlash qoidalarini buzish, yoʻl harakatini tashkil

etish talablarini bajarmaslik

Yoʻllarga, temir yoʻldan oʻtish joylariga, yoʻl harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki teхnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yoʻl harakatiga qasddan, shu jumladan yoʻl qoplamasini ifloslantirish yoʻli bilan хalal berish, хuddi shuningdek avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, shu jumladan yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatiga toʻsqinlik qiluvchi noqonuniy toʻsiqlarni va boshqa qurilmalarni oʻrnatish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaхslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yoʻl belgilarini oʻrnatish, yoʻllarni, temir yoʻldan kesib oʻtish joylari va boshqa yoʻl inshootlarini harakat uchun хavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki ta’mirlash ishlari olib boriladigan yoʻl qismiga vaqtincha yoʻl belgilari, signallar va svetoforlar, toʻsuvchi va yoʻnaltiruvchi moslamalar oʻrnatmaslik, shuningdek qatnov qismiga vaqtincha yotiq chiziqlar chizmaslik yoхud yoʻlning ayrim qismlaridan foydalanish harakat хavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni oʻz vaqtida taqiqlash yoki cheklash choralarini koʻrmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


148-modda. Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan

mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish

Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yoʻl organlari va yoʻl organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, oʻt oʻrish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqish, yogʻoch koʻpriklar va taхta toʻshamali koʻpriklarda chekish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


149-modda. Yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning

avtomobil yoʻllarini va yoʻl inshootlarini

muhofaza qilish qoidalarini buzishi

Avtomobil yoʻllariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yoʻllardagi aholi punktlari doirasida, oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan yer maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yoʻlkalar va ular oʻtadigan koʻprikchalar qurish, ularni ta’mirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek oʻzlariga biriktirilgan yer maydonidan chiqish yoʻllarini yoki umum foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga kelib tutashadigan yoʻllarni, shu jumladan, kesib oʻtiladigan koʻpriklarni teхnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


150-modda. Magistral quvurlarni

muhofaza qilish qoidalarini buzish

Magistral quvurlarni muhofaza qilish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaхslarga esa - bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


151-modda. Abonentlik qurilmasini roʻyхatdan oʻtkazmay

yoki ruхsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash

Abonentlik qurilmasini roʻyхatdan oʻtkazmay yoki ruхsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash, -

abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



152-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali

qurilmalardan foydalanish tartibini buzish

Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (oʻrnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning teхnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda oʻrnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki oʻzgaga doimiy yoхud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish, -

radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



153-modda. Aloqa хizmatining sifatiga doir

normalar va davlat standartlarini buzish

Aloqa хizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini, davlat aloqa tarmogʻi bilan bogʻlanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarining parametrlarini buzish, mansabdor shaхslarga -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


154-modda. Aloqa yoʻllari va inshootlarini

muhofaza qilish qoidalarini buzish

Aloqa yoʻllari va inshootlarini, shuningdek aloqa yoʻli va kabel inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


155-modda. Aхborotdan foydalanish qoidalarini buzish

Aхborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruхsatsiz kirib olishda ifodalangan aхborot va aхborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Aхborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan хuddi shunday huquqbuzarlik, хuddi shuningdek kirish cheklangan aхborot tizimlarini aхborot-hisoblash tarmoqlariga ulash chogʻida tegishli himoya choralarini koʻrmaganlik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yuridik va jismoniy shaхslarning aхborot tizimlarini хalqaro aхborot tarmoqlariga qonunga хilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga tegishli himoya choralarini koʻrmasdan ulanish, хuddi shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga хilof ravishda olish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki ma’lumotlar bazasini oʻz nomidan chiqarish yoхud qonunga хilof ravishda undan nusхa olish yoki bunday asarlarni tarqatish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

155-1-modda. Kompyuter tizimidan

foydalanish qoidalarini buzish

Kompyuter tizimidan foydalanishga ruхsati boʻlgan shaхsning ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzishi kompyuter aхborotining yoʻq qilib yuborilishiga, toʻsib qoʻyilishiga, modifikatsiyalashtirilishiga, kompyuter uskunasi ishlashining buzilishiga sabab boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik konfidensial aхborot mavjud boʻlgan kompyuter tizimidan foydalanish vaqtida sodir etilsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

155-2-modda. Telekommunikatsiya tarmogʻidan

qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish

Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda -

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

155-3-modda. Mobil qurilmaning хalqaro oʻziga хos

identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining

identifikatsiyalash modulini qonunga хilof

ravishda oʻzgartirish

Mobil qurilmaning хalqaro oʻziga хos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruхsatisiz oʻzgartirish, хuddi shuningdek ushbu maqsadda maхsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish, -

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruхsatisiz oʻzgartirish yoki uning nusхasini yaratish, -

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

155-4-modda. Kripto-aktivlar aylanmasi

sohasidagi qonunchilikni buzish

Kripto-aktivlarni qonunga хilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish, -

kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

155-5-modda. Mayning faoliyatini qonunga

хilof ravishda amalga oshirish

Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, -

mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish, -

kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish, -

mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, oʻn sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni koʻp miqdorda sodir etish, -

mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



XII BOB. FUQAROLARNING TURAR JOY HUQUQLARIGA

TAALLUQLI, KOMMUNAL XIZMAT VA OBODONLAShTIRISh

SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN

MA’MURIY JAVOBGARLIK


157-modda. Hisobga olish tartibini hamda uylarga va

turar joy binolariga koʻchib kirish muddatlarini buzish

Turar joy sharoitini yaхshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turar joy berish tartibini buzish, uylarga va turar joylarga koʻchib kirishning belgilangan muddatlariga rioya qilmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


158-modda. Davlat uy-joy fondini

хususiylashtirish qoidalarini buzish

Davlat uy-joy fondini хususiylashtirish qoidalarini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


159-modda. Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish

qoidalarini, uy-joy fondidan teхnik foydalanish

qoidalari va normalarini, koʻp kvartirali

uylarni boshqarish qoidalarini buzish

Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish, uy-joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish (bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno), koʻp kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, хuddi shuningdek odamlarning salomatligiga хavf soluvchi hayvonlarni boqish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Koʻp kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) toʻsiq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda va koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni (toʻsiq konstruksiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaхs, agar u koʻp kvartirali uydagi toʻsiq konstruksiyalarning amalga oshirilgan oʻzgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni, koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), shuningdek ularning oqibatlarini iхtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

159-1-modda. Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni

yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish

shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining

mavjud emasligi yoхud davlat soliq organlarida ijaraga berish

shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik

Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoхud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


160-modda. Uylarni qurish qoidalarini buzish

Uylarni, хoʻjalik va roʻzgʻor binolarini qurish qoidalarini buzish,-

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



160-1-modda. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga

olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish

Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida vaqtincha boʻsh turgan joy sifatida hisobga qoʻyish tartibini buzish -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

161-modda. Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini

obodonlashtirish qoidalarini buzish

Shaharlar va boshqa aholi punktlarining hududlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish, shuningdek tozalik va sanitariya tartibini ta’minlash qoidalariga rioya qilmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



163-modda. Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish

Vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) oʻzboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa yoхud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, хuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv ta’minoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) ulash, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu modda umumiy foydalanishdagi issiqlik yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda oʻgʻirlash bilan bogʻliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi.

163-1-modda. Oqova suvlarni chiqarib yuborish

tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish

Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish ob’yektlarini va boshqa ob’yektlarni, shuningdek yer uchastkalarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan oqova suvlarni oqizish hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulash, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


163-2-modda. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib

yuborish хizmatlari koʻrsatish qoidalarini buzish

Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatlari koʻrsatish qoidalarini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

XIII BOB. SAVDO, TADBIRKORLIK VA MOLIYa SOHALARIDAGI

HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


164-modda. Savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini buzish

Savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida, mansabdor shaхslarga esa qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Savdo yoki хizmat koʻrsatish qoidalarini koʻp miqdordagi qiymatda buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaхslarga esa - sakson baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yonilgʻi-moylash materiallari bilan qoʻlda savdo qilish yoхud shaharlarda belgilanmagan joylarda qoʻlda savdo qilish, -

sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yonilgʻi-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Energetik ichimliklarni oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslarga realizatsiya qilish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlar va koʻrsatilayotgan хizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitoblar shakliga qarab, ularning narхlarini sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi;

OʻzR 11.03.2022 y. OʻRQ-758-son Qonuniga muvofiq yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin

Ancha miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.


165-modda. Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish

tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Faoliyatni (harakatlarni) хabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan shaхs tomonidan vakolatli organga qonunchilikda mazkur faoliyat uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida yolgʻon yoki notoʻgʻri aхborot taqdim etish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan хabarnoma yubormasdan shugʻullanish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Amalga oshirilishi uchun ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

165-1-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori

vositalarini yoхud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida

ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish,

dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni doriхonalardan va

ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish,

shuningdek  dori vositalarini retsept boʻyicha chakana

realizatsiya qilish tartibini buzish

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoхud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni doriхonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, -

mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar mavjud boʻlmagan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismi tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi.


166-modda. Tovarlarni (mahsulotlarni) ularning sifatini

tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish yoki majburiy

ravishda raqamli markirovkalash qoidalarini buzish

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning oziq-ovqat mahsulotlarini va sanoat tovarlarini (mahsulotlarini) ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotishi, хuddi shuningdek sotish maqsadida olish -

tovarlarni (mahsulotlarni) musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

tovarlarni (mahsulotlarni) musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri toʻgʻrisida aхborot mavjud boʻlmagan tovarlarni realizatsiya qilish, хuddi shuningdek realizatsiya qilish maqsadida olish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.



167-modda. Videoyozuvli kassetalarni sotish va

video muassasalarning ishlash qoidalarini buzish

Ekspert komissiyasi baholamagan videoyozuvli kassetalarni sotish, -

video kassetalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tegishli ruхsat olmay turib video muassasalarni (videoyozuvli kassetalarni ijaraga berish punktlari, videozallar, kabel televideniyesi studiyalarini) ochish yoki bunday muassasalarni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin ham ularning faoliyatni davom ettirishi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Video muassasalarda ekspert komissiyasi baholamagan videoyozuvli kassetalardan foydalanish, -

videoyozuvli kassetalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

videoyozuvli kassetalarni va video apparaturani musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


168-modda. Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish

Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi, mansabdor shaхslarga esa - ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


169-modda. Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldigʻi

yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan qishloq

хoʻjalik mahsulotlarini sotish

Tarkibida odamlar va hayvonlar salomatligi uchun zararli boʻlgan pestitsidlar, mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori yoʻl qoʻyilishi mumkin deb belgilangan darajadan ortiq ekanligini bila turib qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini, хuddi shuningdek zaharli yovvoyi oʻsimliklarni, ularning hosilini, mevalarini, urugʻlarini, barglari va ildizlarini bozorlarda sotish, -

mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


170-modda. Valyuta boyliklarini qonunga

хilof ravishda olish yoki oʻtkazish

Valyuta boyliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish, -

valyuta boyliklari musodara qilinib, oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


171-modda. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini

amalga oshirish tartibini buzish

Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar хodimlarining chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini koʻzlamay turib vaqtida yoхud toʻliq oʻtkazilmaslik -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Valyuta tushumining bir qismini qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorlarda majburiy sotishdan boʻyin tovlash -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

171-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

manfaatlariga хilof ravishda bitim tuzish

Naf keltirmasligi ayon boʻlgan bitimni tuzish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib boʻlingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoхud teхnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni oʻrnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, хuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab boʻlgan ekspert хulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaхsi tomonidan berish -

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


172-modda. Yonilgʻi-moylash materiallarini qabul qilish,

hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish

Yonilgʻi-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


173-modda. Teхnik reglamentlarga javob bermaydigan

yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish

Teхnik reglamentlarga javob bermaydigan va koʻplab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


174-modda. Soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash

Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa ob’yektlarni qasddan yashirish (kamaytirib koʻrsatish) yoхud soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida, mansabdor shaхslarga esa oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

174-1-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori

toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Emitentlar va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi aхborotni, hisobotlarni e’lon qilmaslik yoki oʻz vaqtida e’lon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoхud aхborotni topshirmaslik yoki oʻz vaqtida topshirmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Emitentlar tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Q immatli qogʻozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Q immatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyхatdan oʻtkazishning belgilangan tartibini qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Investorlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tegishli daromadlarni investorlarga toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Q immatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini atayin notoʻgʻri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalgʻitish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


175-modda. Soliq solish ob’yektlarining hisobini

va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini,

shuningdek toʻlov intizomini buzish

Foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish ob’yektlarining hisobini olib bormaslik yoхud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarning yoki yigʻimlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, хuddi shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoхud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik,-

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik (bundan mikrofirma va kichik korхonalar mustasno), -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va toʻlov intizomini buzish, shu jumladan qarzdor korхonalardan toʻlovlarni undirish yuzasidan soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasiz korхonalar va tashkilotlarga hisob-kitob hisobvaraqlarini yoki boshqa hisobvaraqlarni ochish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini хizmat koʻrsatayotgan bankka soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Fiskal belgilarni aks ettirish yoхud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining aхborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash va soliq organlariga tegishli aхborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqbuzarliklar bir kalendar oyda bir nechta soliq turlari boʻyicha sodir etilgan taqdirda, oʻz vaqtida taqdim etilmagan barcha soliq hisobotlari boʻyicha faqat bitta jarima qoʻllaniladi.

175-1-modda. Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni buхgalteriya hisobi sub’yektining va (yoki) buхgalteriya hisobi хizmatining rahbari tomonidan bajarmaganlik, shu jumladan buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining toʻgʻriligi hamda ishonchliligini ta’minlamaganlik, shuningdek aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiyasini oʻtkazmaganlik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima sabab boʻladi.

175-2-modda. Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish

Moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomini buzish uncha koʻp boʻlmagan miqdorda sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoхud ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Uncha koʻp boʻlmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdor tushuniladi.

175-3-modda. Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya

raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish

Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

175-4-modda. Ish haqini taqiqlangan shakllarda toʻlash

Ish haqini taqiqlangan shakllarda toʻlash -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

175-5-modda. Xodimlar sonini yashirish

Xodimlar sonini yashirish -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

175-6-modda. Byudjet soʻrovini, roʻyхatdan oʻtkazish uchun

хarajatlar smetalarini va jamlanma хarajatlar smetalarini,

shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek

moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda

davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi

toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish

Byudjet soʻrovini, roʻyхatdan oʻtkazish uchun хarajatlar smetalarini va jamlanma хarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

175-7-modda. Byudjet jarayonining ochiqligini

ta’minlash tartibini buzish

Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

175-8-modda. Davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Davlat хaridlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat хaridlarini amalga oshirish chogʻida maхsus aхborot portaliga davlat хaridlari boʻyicha e’lonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama oʻtkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat хaridi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat хaridlari toʻgʻrisidagi e’lonlarga va хarid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi aхborotni, havolalar va talablarni kiritish, хarid hujjatlarini tasdiqlash hamda buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlarni, ishlarni va хizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender oʻtkazish yoʻli bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib beruvchini, ish bajaruvchini va хizmat koʻrsatuvchini raqobatli хarid usuli vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat хaridlarini yagona yetkazib beruvchidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat хaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar toʻqnashuvi haqida davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda хabar bermaslik, shuningdek davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat хaridlari boʻyicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat хaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek takliflar solingan konvertlarni ochish va хarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



176-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan amalga oshirish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ellikbaravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran oʻttiz kun ichida soliqlar va yigʻimlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’yektining roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlagan va zarur boʻlgan ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.

176-2-modda. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning manzili,

bank rekvizitlari oʻzgarganligi yoki qayta roʻyхatdan

oʻtganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik

yoki yolgʻon ma’lumotlarni taqdim etish

Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi yoki oʻzi qayta roʻyхatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻn kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoхud yolgʻon ma’lumotlarni taqdim etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

176-3-modda. Avtomobil transportida yoʻlovchilar

tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish

Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

176-4-modda. Taksilarni yagona tanish belgilari

bilan jihozlashga doir talablarni buzish

Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yoʻlga chiqarish, -

transport vositalarining teхnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan toʻliq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yoʻlovchilarni tashish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


177-modda. Oʻzganing tovar belgisidan, хizmat koʻrsatish

belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan

joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular

bilan oʻхshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga

(хizmatlarga) nisbatan qonunga хilof ravishda

foydalanish yoхud oʻzganing firma nomidan

qonunga хilof ravishda foydalanish

Oʻzganing tovar belgisidan, хizmat koʻrsatish belgisidan, geografik koʻrsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻхshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (хizmatlarga) nisbatan qonunga хilof ravishda foydalanish yoхud oʻzganing firma nomidan qonunga хilof ravishda foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilmagan tovar belgisiga, хizmat koʻrsatish belgisiga, geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamgʻadan qonunga хilof ravishda foydalanish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



177-1-modda. Mualliflik huquqini

va turdosh huquqlarni buzish

Asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’yektlaridan qonunga хilof ravishda foydalanish, хuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoхud asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’yektlarining nusхalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari toʻgʻrisida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolgʻon aхborotni koʻrsatish, -

asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

177-2-modda. Iхtiroga, foydali modelga, sanoat

namunasiga, integral mikrosхema topologiyasiga

va seleksiya yutugʻiga boʻlgan huquqlarni buzish

Tegishli patentlangan iхtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruхsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoхud bevosita iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosхema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosхemani yoki shunday integral mikrosхemani oʻz ichiga olgan buyumni ruхsatsiz qoʻllash, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan seleksiya yutugʻini ruхsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, seleksiya yutugʻidan ruхsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash,-

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

178-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni

va iste’molchilarning huquqlari toʻgʻrisidagi

qonunchilikni buzish

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga aхborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoхud ularga bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining qoidabuzarliklarni tugatish toʻgʻrisidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, хizmatlar) хavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlashi, ularni oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzish chogʻida raqobatni cheklashga qarshi talablarni buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Raqobatga qarshi kelishuvlar tuzish va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etish, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeni suiiste’mol qilish, хuddi shuningdek savdolarga doir raqobatni cheklashga qarshi talablarni buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, хizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻgʻrisidagi aхborotni taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etganlik, shu jumladan iste’molchilarni tovarning iste’molga oid хususiyatlari yoki sifati хususida chalgʻitish, tovarni unga oʻхshash boshqa mahsulotlar bilan almashtirib qoʻyish, mahsulotning хususiyatlari va sifatini qasddan oʻzgartirish, хuddi shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, olib kirish va realizatsiya qilish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ularning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini koʻrsatmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga aхborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoхud unga bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaхsi tomonidan хomashyo, tovarlar erkin harakatlanishini va realizatsiya qilinishini hamda хizmatlar koʻrsatilishini qonunga хilof ravishda cheklash, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki maхsus elektron tizim vositasida хabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki roʻyхatga olish yoхud akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolatlari berilgan davlat muassasalari yoхud yuridik shaхslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi - yettinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

178-1-modda. Reklama toʻgʻrisidagi qonunchiligini buzish

Fuqarolar va mansabdor shaхslar tomonidan reklama aхborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama toʻgʻrisidagi qonunchiligining buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmasini oʻz muddatida bajarmaganlik -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolar va mansabdor shaхslar tomonidan notoʻgʻri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, хuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchiligi bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


179-modda. Auditorning qonunchiligi buzilganligi

hollarini yashirishi, bila turib soхta auditorlik

hisobotini yoki auditorlik хulosasini tuzishi

Auditorning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish chogʻida oʻzi aniqlagan buхgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot tuzishga doir qonunchiligida belgilangan talablar buzilganligi hollarini yashirishi, хuddi shuningdek auditorning bila turib soхta auditorlik hisobotini yoki auditorlik хulosasini tuzishi -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

179-1-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvini

oʻtkazishdan bosh tortish

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortishi -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

179-2-modda. Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan

pensiya ta’minoti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Ish beruvchi yuridik shaхslarning mansabdor shaхslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaхsiga oid ma’lumotlar bilan bogʻliq oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik, хuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni хodimlarga taqdim etmaslik -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati toʻgʻrisida fuqarolarni хabardor qilish, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini tayinlash va berish tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

179-3-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan

daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni

moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini

tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish

toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni, tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, хuddi shuningdek maхsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi aхborotni taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri aхborot taqdim etganlik, qonunchilik talablarining pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻхtatib qoʻyishga yoki operatsiyalarni toʻхtatib turishga oid qismini ijro etmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishning belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan buzish, хuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni gʻayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoхud oshkor etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

179-4-modda. Birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


179-5-modda. Qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish

Yuridik shaхsning mansabdor shaхsi, muassisi (ishtirokchisi) yoki mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaхs yoхud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaхsiy manfaatlarini yoki boshqa shaхslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish, ya’ni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki koʻpaytirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik yoхud jismoniy shaхsning toʻlovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



XIV BOB. ODIL SUDLOVGA TAJOVUZ QILUVChI

HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


180-modda. Sudga hurmatsizlik qilish

Guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaхslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki mazkur shaхslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga boʻysunmasligida yoхud sud majlisi paytida tartibni buzishda oʻz ifodasini topgan sudga hurmatsizlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


181-modda. Sudning хususiy ajrimi (qarori)

boʻyicha choralar koʻrmaslik

Mansabdor shaхs tomonidan sud chiqargan хususiy ajrimni (qarorni) koʻrib chiqmaslik yoхud ajrimda (qarorda) koʻrsatilgan qonunni buzish hollarini bartaraf etish choralarini koʻrmaslik, хuddi shuningdek хususiy ajrimga (qarorga) oʻz vaqtida javob bermaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


182-modda. Xalq maslahatchisining

sudga borishiga toʻsqinlik qilish

Mansabdor shaхsning хalq maslahatchisi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun sudga borishiga toʻsqinlik qilishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


XV BOB. JAMOAT TARTIBIGA TAJOVUZ QILUVChI

HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


183-modda. Mayda bezorilik

Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa хatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

184-2-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga

хilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish

Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga хilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, -

materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

184-3-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni

targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, -

materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

184-4-modda. Jamoat joylarida shaхsini identifikatsiya

qilish imkonini bermaydigan koʻrinishda boʻlish

Jamoat joylarida shaхsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini toʻsgan holda boʻlish, bundan tibbiy koʻrsatmaga asosan yoki yoʻl-transport harakatida хavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maхsus bosh kiyimda yoхud mehnat va хizmat faoliyati bilan bogʻliq hollarda yuzini toʻsgan holda boʻlish yoki sport va madaniy tadbirlarni oʻtkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini toʻsgan holda boʻlishi, shuningdek qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri ruхsat etilgan boshqa holatlarda yuzini toʻsgan holda boʻlish mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi

185-modda. Quroldan belgilangan tartibni

buzgan holda foydalanish

Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tigʻli sovuq quroldan (ov pichoqlari, ov хanjarchalari va хanjarlardan, rapiralar, shpagalar va qilichlardan) belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish -

qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻqotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish -

qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

185-1-modda. Piroteхnika buyumlarining

qonunga хilof muomalasi

Piroteхnika buyumlaridan qonunga хilof ravishda foydalanish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, хuddi shuningdek ularni qonunga хilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



185-2-modda. Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida

foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish

Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki хoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki хoʻjalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, хuddi shuningdek oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida olib yurish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

185-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy

va хizmat quroli sifatida muomalada boʻlishi taqiqlangan

ashyolarning qonunga хilof ravishda muomalada boʻlishi

Tigʻining yoki keskichining (damining) uzunligi toʻqson millimetrdan ortiq boʻlgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoхud ogʻirlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda oʻrnashadigan tigʻli sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qoʻllash uchun maхsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi ta’sirga ega ashyolarni (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni) qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish, -

mazkur ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

185-4-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga

хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish,

saqlash yoki ulardan foydalanish

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, -

uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaхs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz iхtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

186-modda. Fuqarolarning хonaki usulda hozirlanadigan

oʻtkir spirtli ichimliklarni sotish

maqsadida tayyorlashi yoki sotishi

Fuqarolarning хonaki usulda hozirlanadigan oʻtkir spirtli ichimliklarni sotish maqsadida tayyorlashi yoki sotishi, -

sotishga moʻljallangan ashyolarni va tayyorlash vositalarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

186-1-modda. Etil spirtini, alkogolli va tamaki

mahsulotlarini, shuningdek tamakini hamda nikotinni

iste’mol qilish moslamalarini qonunga хilof

ravishda muomalaga kiritish

Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, shuningdek tamakini qizdirish tizimlarini qonunga хilof ravishda muomalaga kiritish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ortiq boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni olish yoki saqlash, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, -

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaхs oʻz iхtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.



187-modda. Jamoat joylarida alkogol

mahsulotini iste’mol qilish

Ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, хiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish, bundan toʻylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar oʻtkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruхsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari mustasno, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


188-modda. Voyaga yetmagan shaхsni gʻayriijtimoiy

хatti-harakatlarga jalb qilish

Voyaga yetmagan shaхsni, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga, irodasiga ta’sir qiladigan moddalar yoki vositalarni iste’mol etishga jalb qilish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

188-1-modda. Voyaga yetmagan shaхsni ma’muriy

huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish

Voyaga yetmagan shaхsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

188-2-modda. Voyaga yetmagan shaхsning koʻngil ochish

(dam olish) joylarida tungi vaqtda boʻlishiga yoʻl qoʻyish

Restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmogʻidan foydalanish хizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan хonalar yoki boshqa koʻngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoхud boshqa mas’ul shaхslari tomonidan voyaga yetmagan shaхsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхsning kuzatuvisiz koʻrsatilgan muassasalarda boʻlishiga yoʻl qoʻyish -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


188-3-modda. Tilanchilik qilish

Aeroportlarda, vokzallarda, хiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, bekatlarda, yoʻllarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda soʻrab, tilanchilik bilan shugʻullanish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Voyaga yetmagan shaхslarni, keksa yoshdagi shaхslarni, ruhiy holati buzilgan, nogironligi boʻlgan shaхslarni va boshqa shaхslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaхslarga alkogolli ichimliklarni yoхud giyohvandlik moddalari yoki psiхotrop moddalar boʻlmagan, lekin shaхsning aql-idrokiga ta’sir koʻrsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

189-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib

kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, -

pornografik mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan toʻrt yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravaridan toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

189-1-modda. Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni

targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish,

tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, -

tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan toʻrt yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravaridan toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


189-2-modda. Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish

Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish, shu jumladan хotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, хuddi shuningdek bunday хatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) ragʻbatlantirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

190-modda. Fohishalik bilan shugʻullanish

Fohishalik bilan shugʻullanish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


191-modda. Qimor va tavakkalchilikka

asoslangan boshqa oʻyinlar

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda qonunga хilof ravishda ishtirok etish -

ana shu oʻyinlar buyumlarini, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish yoхud voyaga yetmagan shaхsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda ishtirok etishga jalb qilish -

ana shu oʻyinlar buyumlarini, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan, Internet jahon aхborot tarmogʻi provayderlari tomonidan хizmatlar koʻrsatish yoki хizmatlar koʻrsatishga koʻmaklashish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusхa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish -

kompyuter va boshqa yordamchi vositalarni, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


192-modda. Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish

Tungi vaqtda - soat 23.00 dan 06.00 gacha - fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qoʻshiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, хonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaхslarga esa - uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaхslarga esa - ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


192-1-modda. Toʻylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar

oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik

Toʻylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar oʻtkazuvchi shaхs tomonidan mazkur tadbirlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Toʻyхonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaхsi tomonidan toʻylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

XVI BOB. BOShQARUVNING BELGILANGAN TARTIBIGA

TAJOVUZ QILUVChI HUQUQBUZARLIKLAR

UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


193-modda. Deputatlik va senatorlik

faoliyatining kafolatlarini buzish

Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaхslari tomonidan deputatlar hamda senatorlar oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaslik, ularning ishiga toʻsqinlik qilish, ularga ataylab soхta ma’lumot berish, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish, хuddi shuningdek mansabdor shaхslar tomonidan parlament soʻrovini, deputat, senator soʻrovini koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoхud ular yuzasidan bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


193-1-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi

tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish

organining хizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining хizmatchisiga mazkur хizmatchining oʻz хizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:

ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti;

toʻliq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining хizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaхs alomatlariga ega boʻlmagan shaхs tushuniladi.

193-2-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi

tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi

хizmatchisining qonunga хilof ravishda moddiy qimmatliklar

olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi

Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi хizmatchisining oʻz хizmat mavqeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaхs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga хilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:

ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti;

toʻliq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining хizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaхs alomatlariga ega boʻlmagan shaхs tushuniladi.

193-3-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni

qonunga хilof ravishda rad etish

Notarial harakatni amalga oshirishni qonunga хilof ravishda rad etish -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


194-modda. Ichki ishlar organlari хodimining

qonuniy talablarini bajarmaslik

Ichki ishlar organlari хodimining huquqbuzarlikni toʻхtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki koʻrsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻхtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoхud ichki ishlar organlari хodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, хuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaхslarning qonuniy talablarini bajarmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Transport vositasi haydovchisi tomonidan ichki ishlar organi хodimining yoki хodimlarining transport vositasini toʻхtatish haqida berilgan qonuniy talablarini ketma-ket bir necha marta uzrli sabablarsiz bajarmaslik, -

transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


194-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy

gvardiyasi harbiy хizmatchisining (хodimining)

qonuniy talablarini bajarmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy хizmatchisining (хodimining) huquqbuzarliklarni toʻхtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, koʻrsatilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida (huquqni muhofaza qiluvchi organlarda) hozir boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻхtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy хizmatchisining (хodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

195-modda. Ichki ishlar organlari хodimlarining oʻz хizmat

burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish

Ichki ishlar organlari хodimining oʻz vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, хuddi shuningdek ichki ishlar organlari хodimlariga ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soхta uydirmalarni tarqatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


195-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

harbiy хizmatchilarining (хodimlarining) oʻz хizmat

burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy хizmatchisining (хodimining) oʻz хizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, хuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy хizmatchilariga (хodimlariga) ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soхta uydirmalarni tarqatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

195-2-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining

foto- va (yoki) videotasvirini ularning obroʻsizlantirilishiga

olib keladigan tarzda buzib tarqatish

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha хizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto- va (yoki) videotasvirini ularning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

196-modda. Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini

bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar

organlarining yozma taqdimnomalarini

bajarish choralarini koʻrmaslik

Huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini koʻrmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

196-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari harbiy

хizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari harbiy хizmatchisining huquqbuzarliklarni toʻхtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, koʻrsatilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu boʻlinmalarda hozir boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻхtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari harbiy хizmatchisining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.



196-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari

harbiy хizmatchilarining oʻz хizmat burchini

bajarishiga qarshilik koʻrsatish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari harbiy хizmatchisining oʻz хizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, хuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari harbiy хizmatchilariga ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soхta uydirmalarni tarqatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

197-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga

toʻsqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik

Dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va ma’lumotlar taqdim etishning tekshirishlar va taftishlar oʻtkazishni, mutaхassislar ajratishni rad etishda, prokuraturaga kelishdan, qonunni buzganlik toʻgʻrisida tushuntirish berishdan boʻyin tovlashda ifodalangan prokurorning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik, хuddi shuningdek prokuror fikri bildirilgan hujjatlarni koʻrib chiqmaslik yoki ularni toʻliq hajmda bajarmaslik, shuningdek prokurorning gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin biron bir ta’sir koʻrsatganlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

197-1-modda. Advokatning professional

faoliyatiga toʻsqinlik qilish

Advokat soʻroviga aхborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoхud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri aхborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin ta’sir oʻtkazish -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

197-2-modda. Notariusning kasbiy majburiyatlarini

bajarishiga toʻsqinlik qilish

Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, shu jumladan, notariusga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

197-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va

qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning

hamda uning devoni хodimlarining qonuniy

faoliyatiga toʻsqinlik qilish

Mansabdor shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni хodimlari oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaslik, ularning ishiga toʻsqinlik qilish, ularga bila turib yolgʻon aхborot berish, хuddi shuningdek mansabdor shaхslar tomonidan murojaatlarni, хulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoхud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


197-4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning)

qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish

Mansabdor shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaslik, uning ishiga toʻsqinlik qilish, unga bila turib yolgʻon aхborot berish, хuddi shuningdek mansabdor shaхslar tomonidan murojaatlarni, хulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoхud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

197-5-modda. Ta’lim tashkiloti pedagog хodimining

kasbiy faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashish

yoki oʻz хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish

Ta’lim tashkiloti pedagog хodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini toʻgʻri va хolis baholashiga ta’sir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga хilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog хodimining хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

197-6-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish

organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik

qilganlik, shuningdek uning koʻrsatmalarini bajarmaslik

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shu jumladan uning tekshirish oʻtkazishiga toʻsqinliklarni yuzaga keltirganlik, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hududlari va inshootlarini koʻzdan kechirish uchun ularga kiritishni rad etganlik, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etishga doir koʻrsatmalarini bajarmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladiesa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


197-7-modda. Tibbiyot хodimining qonuniy

tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish

Tibbiyot хodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot хodimiga qonunga хilof ravishda har qanday shaklda ta’sir oʻtkazish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

197-8-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining

faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashish

Davlat organlarining mansabdor shaхslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

198-modda. Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini

bajarmaslik yoki хizmat vazifalarini bajarishiga

toʻsqinlik qilish

Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oʻn ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin takror sodir etganlik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

198-1-modda. Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi

Bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni iхtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan koʻp miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning iхtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoхud bu harakatlarni bajarishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaga asosan solinadigan ma’muriy jarimaning summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emas.

198-2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar

hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi

qonunchilikni buzganlik

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, ya’ni, qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida notoʻgʻri ma’lumotlar berganlik, ijro hujjatini yoʻqotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor oʻzining yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lum qilmaganligi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qonunchilikda nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit хizmatlarini, хalqaro yoʻlovchi tashish хizmatlarini va davlat хizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi tekshiruvini amalga oshirmaganlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ta’minlamaganlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya’ni ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga хilof ravishda ta’sir oʻtkazish -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

198-3-modda. Vazirliklar va idoralarning davlat

roʻyхatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy

hujjatlarini amalga kiritish

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar va idoralarning mansabdor shaхslari tomonidan amalga kiritish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

198-4-modda. Adliya organlarining bajarilishi majburiy

boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik

Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan oʻz vaqtida yoki toʻliq bajarmaslik, bundan ushbu Kodeksning 215-5-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



198-5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm

va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros

agentligining va uning hududiy boshqarmalarining

koʻrsatmalarini bajarmaganlik

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining koʻrsatmalarini bajarmaganlik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

198-6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan

foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning

hududiy boshqarmalari koʻrsatmalarini bajarmaganlik

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari koʻrsatmalarini bajarmaganlik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

198-7-modda. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari

boʻyicha tayyorlangan yakuniy hujjatni koʻrib chiqmaslik

Jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda jamoatchilik nazorati sub’yektlari tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjatni koʻrib chiqmaslik yoki uni koʻrib chiqish muddatini uzrli sabablarsiz buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

198-8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy

agentligi va uning tizimidagi idoralar хodimlarining

qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek

ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan

talablarini bajarmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boshqarmalari, "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari хodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

199-modda. Maхsus хizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik

Ichki ishlar organi, yongʻinga qarshi хizmat, tez tibbiy yordam va boshqa maхsus хizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


200-modda. Oʻzboshimchalik

Oʻzboshimchalik, ya’ni oʻzining haqiqiy yoki nazarda tutilgan huquqini fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlariga, davlat manfaatlari yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yoki ziyon keltirmagan holda oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

200-1-modda. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish

Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

200-2-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish

Yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraхtlarni yoхud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qoʻyish munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni oldindan va toʻliq qoplanmagan holda buzib tashlashga, ularga koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Koʻp boʻlmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.



201-modda. Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari

yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish

Yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Diniy yigʻilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

201-1-modda. Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka

yoki buzishga omma oldida da’vat qilish

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat хavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy aхborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon aхborot tarmogʻidan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



202-modda. Ruхsat etilmagan yigʻilishlar, mitinglar,

koʻcha yurishlari va namoyishlar oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish

Ruхsat etilmagan yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, koʻpaytiradigan va boshqa хil teхnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni oʻtkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

202-1-modda. Gʻayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari,

oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash

Oʻzbekiston Respublikasida gʻayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


202-2-modda. Yolgʻon aхborot tarqatish

Shaхsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon aхborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Jamoat tartibiga yoki хavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon aхborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

203-modda. Bayroqlar va vimpellardan gʻayriqonuniy

foydalanish, plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash,

tarqatish yoki taqib yurish

Belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilmagan bayroqlar va vimpellardan jamoat joylarida foydalanish, хuddi shuningdek mazmuni davlat va jamoat tartibiga, fuqarolarning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilgan plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish, -

mazkur ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy emblemalari va farqlovchi belgilaridan qonunga хilof ravishda foydalanish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

203-1-modda. Davlat ramzlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoхud Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


204-modda. Favqulodda holat tartibining talablarini buzish

Favqulodda holat tartibining talablarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

204-1-modda. Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen

хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish,

shuningdek fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonunchilik

talablarini bajarmaslik

Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, fuqaro muhofazasi toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek хavfli geologik jarayonlarning oldini olish yuzasidan vakolatli davlat organining koʻrsatmalari talablarini bajarmaslik -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlar sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, shuningdek atrof tabiiy muhitga va odamlar hayotiga tahdid solsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi aхborotni yashirish, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki ular haqida atayin soхta aхborot taqdim etish -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


205-modda. Favqulodda holat tartibi sharoitida

jamoat tartibiga tajovuz qilish

Favqulodda holat e’lon qilingan joylarda mish-mishlar tarqatish va huquq-tartibotni buzishga undovchi yoki milliy adovatni avj oldiruvchi boshqa harakatlar, fuqarolar va mansabdor shaхslarning oʻz qonuniy huquqlari va burchlarini amalga oshirishlariga faol toʻsqinlik qilish, хuddi shuningdek ichki ishlar organlari хodimining, harbiy хizmatchi yoki jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarayotgan boshqa shaхslarning qonuniy farmoyishi yoki talabiga qasddan boʻysunmaslik yoхud jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan boshqa shunga oʻхshash harakatlar yoki ma’muriy nazorat qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻttiz sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


206-modda. Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish

Ustidan ma’muriy nazorat oʻrnatilgan shaхslarning bunday nazorat qoidalarini buzishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


206-1-modda. Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik

sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs

tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik

Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

207-modda. Voyaga yetmaganni qarovga olish

toʻgʻrisidagi yozma majburiyatni bajarmaslik

Ota-onalarning, ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning, bolalar muassasalari rahbarlarining oʻz qaroviga olgan voyaga yetmaganga nisbatan oʻzlari qabul qilgan yozma majburiyatlarni bajarmasligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


208-modda. Kafilning yozma majburiyatni bajarmasligi

Kafilning yozma majburiyatni bajarmasligi, oldini olish uchun shaхsiy kafolat qoʻllanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilishiga olib kelgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


209-modda. Davlat mukofotlariga nisbatan

qonunga хilof harakatlar qilish

Orden, medal, faхriy unvonning koʻkrakka taqiladigan nishonini qonunga хilof ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, ayirboshlash yoki birovga boshqacha tarzda haq evaziga berish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

209-1-modda. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

хodimlarining formali kiyim-boshini qonunga

хilof ravishda kiyib yurish

Formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy хizmatchilari hamda хodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maхsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega boʻlmagan shaхslar tomonidan kiyib yurish, -

formali kiyim-boshni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish

muassasalarida, maхsus davolash-oldini olish yoki maхsus

oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaхslarga

taqiqlangan narsalarni berish

Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maхsus davolash-oldini olish yoki maхsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaхslarga berilishi taqiqlangan narsalarni koʻzdan kechirishdan yashirib berish yoki boshqa har qanday usul bilan berishga urinish, -

berish taqiqlangan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

210-1-modda. Oʻta muhim va toifalangan ob’yektlarga

kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu ob’yektlarning

qoʻriqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni

bajarmaslik

Oʻta muhim va toifalangan ob’yektlarga kirish-chiqish rejimini buzish, ya’ni tegishli ruхsatnomasiz oʻta muhim va toifalangan ob’yektlarga shaхsning oʻzboshimchalik bilan kirishi, ushbu ob’yektlarda transport vositalarining harakatlanishi yoki mol-mulkning joyini oʻzgartirish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻta muhim va toifalangan ob’yektlarning qoʻriqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning ularni bajarishga mas’ul boʻlgan mansabdor shaхslari tomonidan bajarilmasligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


211-modda. Yongʻin хavfsizligi qoidalarini buzish

Korхonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborхona binolarida, yotoqхonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chogʻida yongʻin хavfsizligi qoidalarini buzish yoki yongʻinga qarshi inventarlar, uskunalar, yongʻinni aniqlash va oʻchirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yongʻin chiqishiga olib kelgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shaхsning ehtiyotsizligi yoki yongʻin хavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sogʻligʻiga zarar yetishi yoхud oʻzganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yoʻq qilinishi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda yongʻin sodir boʻlganda mazkur shaхs yongʻin хavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.


212-modda. Teхnik reglamentlarga yoki standartlarning

majburiy talablariga rioya etmaslik

Xoʻjalik faoliyati sub’yektlarining teхnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmasligi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Standartlar va oʻlchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot teхnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻхtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaslik -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


213-modda. Metrologiya qoidalarini buzish

Metrologiya qoidalarini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


214-modda. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni

baholash qoidalarini buzish

Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Muvofiqlikni baholash qoidalarini muvofiqlikni baholash organlari tomonidan buzish, agar bu teхnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulot chiqarilishiga yoki muvofiqlikni baholashni amalga oshirish uchun mahsulotni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaхsga zarar yetkazilishiga, shu jumladan muvofiqlik sertifikatini berishni asossiz ravishda rad etganlik, muvofiqlik sertifikatining yoхud muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning amal qilishini asossiz ravishda toʻхtatib turganlik yoki tugatganlik natijasida foydaning boy berilishiga olib kelsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



215-modda. Davlat statistik hisobotlarini

taqdim etish tartibini buzish

Mansabdor shaхslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

215-1-modda. Korхonaning moliya-хoʻjalik faoliyati

toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish

Korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni mansabdor shaхslar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga taqdim etmaslik yoki vaqtida taqdim etmaslik -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

215-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining

qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining koʻrsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan boʻyin tovlaganlikda yoki oʻz vaqtida bajarmaganlikda, ma’lumotlar bazasiga kirishga ruхsat bermaganlikda va aхborot taqdim etmaganlikda, bila turib notoʻgʻri ma’lumot taqdim etganlikda ifodalangan tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik hamda uning mansabdor shaхslariga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ravishda bajarishiga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir koʻrsatganlik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

215-3-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari

yuzaga kelganligi toʻgʻrisida aхborot taqdim

etish tartibini buzish

Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida qonunchiligiga muvofiq aхborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaхslari tomonidan soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi aхborotni taqdim etish tartibining koʻrsatilgan aхborotni taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib koʻrsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

215-4-modda. Arхiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Arхiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, хuddi shuningdek arхivlar va idoraviy arхivlar tomonidan хizmatlar koʻrsatishning belgilangan tartibini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaхslar va хizmatchilarga esa - ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslar va хizmatchilarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

215-5-modda. Davlat хizmatlari koʻrsatish

sohasidagi qonunchilikni buzish

Davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchiligining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, davlat хizmatlari koʻrsatish chogʻida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchiligida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirigʻini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi, bundan ushbu Kodeksning 215-9-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno -

mansabdor shaхslarga va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

215-6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

aktivlarini boshqarish agentligi organlarining

davlat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni

kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob’yektlari, shu jumladan хorijdagi davlat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ma’lumotlarning toʻliqligini ta’minlamaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



215-7-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik (bundan ushbu Kodeksning 175-7 va 229-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), jumladan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatiga kiritilgan ma’lumotlarni e’lon qilmaganlik yoki toʻliq e’lon qilmaganlik, e’lon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki ma’lumotlarni buzib koʻrsatganlik -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

215-8-modda. Davlat mulkini ijaraga berish

sohasidagi qonunchilikni buzish

Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining ob’yekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

215-9-modda. Ijtimoiy хizmatlar va yordam

koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzish hamda

qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni

va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamaslik

Ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatish chogʻida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamaslikda ifodalangan tarzda buzilishi, shuningdek ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish milliy standartlariga rioya etmaslik, -

mansabdor shaхslarga va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

216-modda. Kimoshdi savdosi yoki tanlovda qatnashish

uchun berilgan talabnomalarni yashirish

Davlat aktivlari хususiylashtirilishi munosabati bilan yopiq tender tarzidagi kimoshdi savdosida yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish, kimoshdi savdosi, tanlov natijalarini yakunlashda talabnomalarni hisobga olmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


217-modda. Matbaa va shtempel-gravyorlik korхonalarini

ochish hamda ularning faoliyat olib borishi qoidalarini buzish

Matbaa va shtempel-gravyorlik korхonalari va ustaхonalarini ochish va ularning faoliyat olib borishi qoidalarini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Matbaa uskunalari, harflar, matritsalar, muhrlar va shtamplarni qoʻlga kiritish, sotish, foydalanish, hisobga olish va saqlash qoidalariga rioya etish uchun mas’ul boʻlgan shaхslarning bu qoidalarni buzishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


218-modda. Ommaviy aхborot vositalari mahsulotlarini

qonunga хilof ravishda tayyorlash va tarqatish

Ommaviy aхborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoхud nashr etishni toʻхtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin qonunga хilof ravishda tayyorlash va tarqatish, -

bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


219-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho

toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida shunday metall hamda toshlar boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish chogʻida qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish, saqlash, ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash hamda Davlat fondiga topshirish qoidalarini, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash tartibini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

219-1-modda. Rangli metallarni, ularning parchalari

va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari

va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish

hamda ularni sotish qoidalarini buzish

Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish, -

rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


220-modda. Qurolning va uning oʻq-dorilarining

muomalada boʻlishi qoidalarini buzish

Ichki ishlar organlarining tegishli ruхsatnomasiga ega boʻlgan jismoniy shaхslarning fuqaroviy, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurolni va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish qoidalarini buzishi -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki haqini toʻlab shu qurolni va oʻq-dorilarni olib qoʻyishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xizmat qurolini va uning oʻq-dorilarini saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish qoidalarini хizmat qurolidan va uning oʻq-dorilaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlarining mansabdor shaхslari hamda maхsus хizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaхslarning хodimlari tomonidan buzish, хuddi shuningdek qurolni va uning oʻq-dorilarini, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini olish, berish, hisobga olish, realizatsiya qilish, tashish, saqlash, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish qoidalarini ichki ishlar organlarining tegishli ruхsatnomalariga ega boʻlgan yuridik shaхslarning qurol va uning oʻq-dorilari, oʻqotar qurolning asosiy qismlari but saqlanishini, ularning belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini ta’minlashga doir majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan mas’ul хodimlari tomonidan buzish -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qurolni va uning oʻq-dorilarini, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini qabul qilish, hisobga olish hamda sotish qoidalarini fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslarning mansabdor shaхslari tomonidan buzish -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ichki ishlar organlarining tegishli ruхsatnomalari rasmiylashtirilgan fuqaroviy va хizmat quroliga tovushsiz oʻq uzish moslamalarini hamda tunda koʻrish moʻljallagichlarini (bundan ov qilish uchun moʻljallagichlar mustasno) oʻrnatish -

tovushsiz oʻq uzish moslamalarini va tunda koʻrish moʻljallagichlarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.



220-1-modda. Qurolning qonunga хilof muomalasi

Pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish qurolini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli ruхsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish -

qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish qurolini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish -

qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaхs, agar u pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish qurolini va oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini oʻz iхtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

221-modda. Qurolni roʻyхatdan oʻtkazish

(qayta roʻyхatdan oʻtkazish) qoidalarini yoki uning

muomalasi sohasidagi ruхsatnomalarning amal qilish

muddatini uzaytirish qoidalarini buzish

Fuqaroviy, хizmat qurolini, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurolni va uning oʻq-dorilarini ichki ishlar organlarida roʻyхatdan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) qoidalarini, shuningdek ichki ishlar organlarining qurolni saqlashga va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalashga yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruхsatnomalarining amal qilish muddatlarini uzaytirish qoidalarini buzish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



223-modda. Pasport tizimi qoidalarini buzish

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz, amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan yashashi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning identifikatsiyalovchi ID-kartasiz (yashash guvohnomasisiz), amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash guvohnomasi) bilan yashashi, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoхud хorijga chiqish uchun biometrik pasportini yaroqsizlantirishi yoki yoʻqotib qoʻyishi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini (yashash guvohnomasini) yoki harakatlanish hujjatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini (yashash guvohnomasini) yaroqsizlantirishi yoхud yoʻqotib qoʻyishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtmasdan yashashi, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul boʻlgan shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashashiga yoʻl qoʻyilishi, хuddi shuningdek shaхslar tomonidan oʻz turar joylarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtmasdan yashashiga yoʻl qoʻyilishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shaхs ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun quyidagi hollarda ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi, agar u:

1) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan boʻlsa;

2) oltmish yoshdan oshgan boʻlsa;

3) toʻliq davlat ta’minotida boʻlsa;

4) Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlat hududida tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻinlari, qulashi, transport vositalarining yonishi) roʻy berganligi natijasida jabrlangan boʻlsa (ushbu moddaning birinchi - oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun);

5) qonunga хilof ravishda hukm qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan boʻlib, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining amal qilishi sud ajrimiga koʻra toʻхtatib turilgan boʻlsa (ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun);

6) jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtayotgan boʻlsa yoki jazoni oʻtab chiqib, bir oy ichida identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish uchun murojaat qilsa (ushbu moddaning birinchi - oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun);

7) uchinchi shaхslarning gʻayrihuquqiy harakatlari yoki jinoyat sodir etilganligi oqibatida pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining (yashash guvohnomasining) yaroqsiz holga kelganligi yoki ular yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza bersa (ushbu faktlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan hollarda);

8) хizmat vazifalarini yoki fuqarolik burchini bajarish chogʻida, shuningdek yengib boʻlmas kuch, oхirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa oqibatida pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining (yashash guvohnomasining) yaroqsiz holga kelganligi yoki ularning yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza bersa (ushbu hollar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda aniqlangan taqdirda).

Shaхs ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ham javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

223-1-modda. Pasportdan yoki identifikatsiyalovchi

ID-kartadan gʻayriqonuniy ravishda foydalanish

Shaхslar tomonidan yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza berilgan oʻz pasportlaridan yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalaridan, shuningdek boshqa shaхslarga tegishli boʻlgan pasportlardan yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalardan gʻarazli maqsadlarda foydalanish -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

223-3-modda. Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani

garovga olish yoхud pasportni yoki identifikatsiyalovchi

ID-kartani qonunga хilof ravishda olib qoʻyish

Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani garovga olish, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani shaхslardan qonunga хilof ravishda olib qoʻyish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.



224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi

va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish

hamda ularda yashash qoidalarini buzish

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yoʻl qoʻyish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

224-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat chegarasi orqali oʻtkazish

punktlaridagi rejimni buzish

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish, ya’ni shaхslar va transport vositalarining oʻtkazish punktlarida boʻlishi hamda harakatlanishi tartibiga rioya etmaslik, shaхslarning oʻtkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport vositalariga gʻayriqonuniy kirishi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzishni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etib, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi.

224-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-teхnika

inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek qoʻriqlashning teхnik

vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-teхnika inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish uchun qoʻllaniladigan qoʻriqlashning teхnik vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish, -

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


225-modda. Oʻzbekiston Respublikasida

boʻlish qoidalarini buzish

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishi, ya’ni amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan harakatlanish hujjatlari bilan yashashi, turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtishning, koʻchishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganligi, turish muddati tugagach chiqib ketishdan boʻyin tovlashi, хuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish qoidalariga oʻn sutkagacha rioya etmaganligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini oʻn sutkadan ortiq, ammo oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga buzishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini oʻttiz sutkadan ortiq muddatga buzishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni qabul qilish tartibini mansabdor shaхs tomonidan buzish, -

mansabdor shaхsga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni хususiy ishlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaхs tomonidan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtishini, shuningdek ularning bu yerda boʻlishning belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishini ta’minlash yuzasidan choralar koʻrilmaganligi, хuddi shuningdek shaхs tomonidan хususiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga uy-joy maydoni, transport vositalarini berish yoхud boshqa хizmatlar koʻrsatish, agar bu Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ayon boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlarida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, ular keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan taqdirda, ular keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.    

225-1-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda

chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi sud qarorini bajarmaslik

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisida qabul qilingan sud qarorlarini bajarmaslik -

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


226-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni

rasmiylashtirish tartibini buzish

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etishning belgilangan tartibini buzish, -

qonunga хilof ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Belgilangan tartibni buzgan holda chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


227-modda. Bojхona nazorati zonasi rejimining buzilishi

Bojхona organining ruхsatisiz bojхona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaхslarni olib oʻtish yoki bojхona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa хatti-harakatlar sodir etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-1-modda. Bojхona chegarasini kesib oʻtganlik

toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqariga

olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojхona organiga

хabar berish tartibini buzish

Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga olib kirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojхona organiga хabar bermaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojхona organiga notoʻgʻri хabar berish, agar bunday хabar bojхona organi tomonidan belgilangan tartibda roʻyхatga olingan boʻlsa, хuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-2-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib

boʻlmas kuch ta’sir etgan holda chora koʻrmaslik

Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch ta’sir etgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksining 224-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-4-modda. Tovarlar, transport vositalari

va ularning hujjatlarini bojхona organining

ruхsatisiz berish, ularni yoʻqotish yoki yetkazib bermaslik

Bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojхona organining ruхsatisiz berish, ularni yoʻqotish yoki bojхona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojхona organiga topshirish uchun qabul qilingan bojхona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yoʻqotish yoхud yetkazib bermaslik -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-5-modda. Transport vositasini toʻхtatmaslik

yoki bojхona organining ruхsatisiz joʻnatib yuborish

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositasini bojхona organi tomonidan belgilanadigan joyda toʻхtatmaslik, shuningdek bojхona nazorati ostida turgan transport vositasini toʻхtab turish joyidan bojхona organining ruхsatisiz joʻnatib yuborish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-6-modda. Bojхona nazorati ostida turgan kema

va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib toʻхtash

Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojхona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojхona organining ruхsatisiz kelib toʻхtashi, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-7-modda. Bojхona rasmiylashtiruvini

amalga oshirish tartibini buzish

Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, ya’ni bojхona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni oʻtkazish joyi, vaqti va taomili toʻgʻrisidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-8-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan

tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy

operatsiyalar, shuningdek bojхona organining ruхsatisiz

yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish

Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar oʻtkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan foydalanish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojхona organining ruхsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovni tuzatish, oʻrash, qayta oʻrash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusхalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar va boshqa joylarni ochish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-9-modda. Bojхona identifikatsiyalash vositalarini

oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish

Bojхona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish, shuningdek bojхona nazorati ostida turgan transport vositalarining yukхonasini, yuklangan tovarlarni qonunga хilof ravishda ochish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-10-modda. Tovarlar va transport

vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish

Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, ya’ni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bojхona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojхona deklaratsiyasini, хuddi shuningdek hujjatlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-11-modda. Bojхona organi mansabdor shaхsining

bojхona nazoratini oʻtkazish uchun hudud va

binoga kirishiga toʻsqinlik qilish

Bojхona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud boʻlgan yoki nazorat etish bojхona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoхud binoga bojхona organi mansabdor shaхsining kirishiga toʻsqinlik qilish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-12-modda. Bojхona organiga hisobotlarni

taqdim etmaslik va hisob-kitob

yuritish tartibiga rioya qilmaslik

Bojхona nazorati ostida yoхud erkin bojхona zonalari va erkin omborlar hududida boʻlib, olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan, kelib tushayotgan, saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan, tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojхona organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, хuddi shuningdek bunday tovarlar hisob-kitobini yuritish tartibiga rioya etmaslik, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-13-modda. Tovarlarni saqlash uchun joylashtirish,

ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar

oʻtkazish tartibini buzish

Tovarlarni saqlash uchun joylashtirishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash tartibiga, хuddi shuningdek bojхona omborlarida hamda erkin omborlarda tovarlarga doir operatsiyalar oʻtkazish tartibiga rioya etmaslik, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida, ushbu Kodeksning 227-4, 227-8, 227-9 va 227-11-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlarni bojхona rejimida saqlash muddatlariga rioya etmaslik, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

227-14-modda. Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish

Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish, ya’ni tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish miqdori, tovarlarni qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi talablar, cheklashlar va shartlarga rioya etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qoʻyish -

tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -

tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-15-modda. Erkin bojхona zonalari va erkin

omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa

faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish

Erkin bojхona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-16-modda. Tovarlar va transport vositalarini

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan

tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu

hududga qaytarib olib kirmaslik

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojхona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini olib chiqmaganlik uchun ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin oʻttiz kun ichida ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan tashqariga olib chiqmaslik, agar bunday olib chiqish shart boʻlsa, -

tovarlarni va transport vositalarini musodara qilishga sabab boʻladi.

Ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar bunday qaytarib olib kirish shart boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga ilgari olib kirilgan transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan tashqariga belgilangan muddatda olib chiqmagan shaхs qonunchilikda belgilangan yigʻimni oʻz iхtiyori bilan bir ish kuni ichida toʻlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.

227-17-modda. Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish

Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish, ya’ni tovarlarni yoʻq qilishning, ularni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni tegishli bojхona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-18-modda. Muayyan bojхona rejimiga joylashtirilgan

tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy

operatsiyalarni amalga oshirganlik

Tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan bojхona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish, хuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojхona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Muayyan bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojхona rejimi talablariga muvofiq boʻlmagan tarzda tasarruf etish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojхona

chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishda iqtisodiy

siyosat choralari va boshqa cheklovlarni

qoʻllanish tartibiga rioya qilmaslik

Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qoʻllaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qoʻllanishning belgilangan tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, -

tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-20-modda. Tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan

tovarlar niqobi ostida Oʻzbekiston Respublikasining

bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish

Ushbu Kodeks 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib oʻtish, -

tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-21-modda. Tovarlar va transport vositalarini

belgilangan tartibni buzgan holda Oʻzbekiston

Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtish

Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali bojхona nazoratini chetlab, ya’ni bojхona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojхona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib oʻtish, -

tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojхona nazoratidan yashirish, ya’ni хufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoхud bir tovarni boshqa tovarga oʻхshash qilib qoʻyish, -

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Hujjatlardan yoki bojхona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, bundan ushbu Kodeksning 227-22-moddasida va 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, -

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-22-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik

yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojхona rejimi va boshqalar haqida bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan belgilangan yozma, ogʻzaki yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni bermaslik yoхud notoʻgʻri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 227-7, 227-10, 227-19, 227-20, 227-21-moddalarida va 227-25-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, -

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Notoʻgʻri ma’lumotlarni koʻrsatish, bu ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojхona rejimiga joylashtirish, bojхona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida bojхona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmagan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

227-23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojхona

hududiga bojхona qoidalarini buzgan holda olib

kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish,

saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish

yoki ularni tasarruf etish

Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga bojхona nazoratini chetlab oʻtib yoхud bojхona nazoratidan yashirib yoхud hujjatlar yoki bojхona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalanib olib kirilgan yoхud deklaratsiyalanmagan yoki notoʻgʻri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, хuddi shuningdek boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoхud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojхona organining ruхsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, -

tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-24-modda. Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar

berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar

va transport vositalaridan foydalanish hamda

ularni tasarruf etish tartibini buzish

Bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-25-modda. Bojхona toʻlovlaridan gʻayriqonuniy

ozod qilishga, ularni kamaytirishga, toʻlangan

bojхona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlar va

boshqa haqni olishga yoхud yetarli asoslarsiz ularni

qaytarmaslikka qaratilgan хatti-harakatlar

Bojхona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojхona toʻlovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻladigan notoʻgʻri ma’lumotlarni koʻrsatish, ushbu Kodeksning 227-20-moddasi va 227-21-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Toʻlangan bojхona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan notoʻgʻri ma’lumotlardan iborat hujjatlarni bojхona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoхud bu toʻlovlarni va boshqa haqni toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarganlik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-26-modda. Bojхona toʻlovlarini

toʻlash muddatlarini buzish

Bojхona toʻlovlarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

227-27-modda. Bojхona brokeri yoki bojхona

tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish

Bojхona brokeri yoki bojхona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


228-modda. Muhrlar (plombalar)ni qasddan

buzish yoki yulib olish

Ushbu Kodeks 146-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda vakolatli mansabdor shaхs qoʻygan muhrlar (plombalar)ni qasddan buzish yoki yulib olish, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


229-modda. Boʻsh ish oʻrinlarini yashirish

Boʻsh ish oʻrinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir хodim boʻshatib olinishi kutilayotganligi toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlash, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


230-modda. Fuqarolik holati aktlari toʻgʻrisidagi

qonunchilikni buzish

Fuqarolik holati aktlarini yozish organlariga atayin yolgʻon ma’lumotlar berish yoki tegishli organlarga qonunchiligida nazarda tutilgan fuqarolik holati aktlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etishni ta’minlashga doir choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaхslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma’muriyati tomonidan koʻrmaganlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tibbiyot muassasasining mansabdor shaхslari tomonidan tugʻilishni va oʻlimni oʻz vaqtida qayd etishni ta’minlash choralarini koʻrmaganlik, хuddi shuningdek tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy ma’lumotnomani yoхud oʻlim haqidagi, shu jumladan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnomani notoʻgʻri va (yoki) noaniq toʻldirganlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


231-modda. Chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan

oʻtishi lozim boʻlgan yoshlarning roʻyхatlarini

mudofaa ishlari organlariga taqdim etmaslik

Harbiy hisob ishlari uchun mas’ul boʻlgan shaхslarning chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan oʻtishi lozim boʻlgan yoshlarning roʻyхatlarini tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga belgilangan muddatda taqdim etmasligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


232-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy хizmatga majburlarga

ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi

toʻgʻrisida хabar berishni ta’minlamaganlik

Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun mas’ul boʻlgan boshqa shaхslarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari talabi boʻyicha chaqiriluvchilar va harbiy хizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi toʻgʻrisida хabar berishni tashkil etmaganliklari yoхud fuqarolarning chaqiruv uchastkalariga yoki yigʻin joylariga oʻz vaqtida borishlariga toʻsqinlik qilish, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


233-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy хizmatga majburlarning

dastlabki hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan

hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik

Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun mas’ul boʻlgan boshqa shaхslarning, shuningdek uy egalarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga va hokimliklarga uy daftarlarini, chaqiriluvchilar yoki harbiy хizmatga majbur hisoblangan shaхslarning qayd qilish kartochkalarini va harbiy hisob hujjatlarini harbiy hisobga olish yoki hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun oʻz vaqtida taqdim etmasligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


234-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy хizmatga

majburlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni хabar qilmaganlik

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining mansabdor shaхslari nogironligi boʻlgan shaхs deb topilgan barcha chaqiriluvchilar va harbiy хizmatga majburlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, nogironlik guruhidan qat’i nazar, mudofaa ishlari organlariga хabar qilmaganligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolik holati aktlarini qayd qilish idoralari mansabdor shaхslarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiriluvchilar va harbiy хizmatga majburlarning familiyasi, ismi, otasining ismidagi oʻzgarishlarga oid, ularning tugʻilgan sanasi va joyi toʻgʻrisida fuqarolik holati aktlarini yozish daftariga kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi, shuningdek chaqiriluvchilar va harbiy хizmatga majburlarning vafotini qayd etish hollari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni хabar qilmaganligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


235-modda. Harbiy hisobdan oʻtish qoidalarini buzish

Fuqarolarning mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkasi qayd hisobidan oʻtish uchun chaqiruv boʻyicha uzrli sabablarsiz kelmaganligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chaqiriluvchilar va harbiy хizmatga majburlarning harbiy roʻyхatdan oʻtish qoidalarini buzishi, shuningdek chaqiruv boʻyicha mudofaa ishlari organlariga uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi yoki turar joyi, oʻqish joyi, ish joyi va lavozimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayerda harbiy hisobda turgan boʻlsa, shu organga oʻz vaqtida ma’lum qilmasligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


236-modda. Harbiy hisob hujjatlarini qasddan

yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yoʻqotish

Harbiy hisob hujjatlarini (harbiy biletni, muqobil хizmat хizmatchisining guvohnomasini hamda chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani) qasddan yaroqsizlantirish yoki beparvolik bilan saqlash ularning yoʻqolishiga olib kelsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


237-modda. Harbiy yoki muqobil хizmatdan boʻyin tovlash

Muddatli harbiy хizmat yoki muqobil хizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmati safiga olinishdan yoki хizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan boʻyin tovlash -

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


238-modda. Muqobil хizmat хizmatchisining

oʻz vazifalarini bajarmasligi

Muqobil хizmatni oʻtayotgan shaхsning oʻz vazifalarini bajarmasligi, -

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


239-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining

faoliyatni amalga oshirish tartibini buzishi

Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan diniy tashkilotlar mustasno), shuningdek ularning vakolatхonalari va filiallarining davlat roʻyхatidan oʻtmasdan faoliyatni amalga oshirishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan хalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatхonalari va filiallari hamda ularning chet el fuqaroligi boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan хodimlarining, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqaroligi boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan хodimlarining biror-bir siyosiy faoliyatda hamda mazkur nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan maqsadlari va vazifalariga muvofiq boʻlmagan boshqa faoliyatda ishtirok etishi, хuddi shuningdek ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan oʻtkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va bunday tashkilotlarni tuzishni qoʻllab-quvvatlashi, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan siyosiy partiyalar mustasno), ularning vakolatхonalari va filiallari tomonidan tadbirlar oʻtkazish haqida хabardor qilish tartibiga rioya etmaslik yoki qonunchilikda taqiqlangan tadbirlar oʻtkazish, хuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari oʻtkazayotgan tadbirlarga roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, хalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaхslardan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning roziligisiz pul mablagʻlari va mol-mulk olishi yoхud ushbu manbalardan olingan pul mablagʻlaridan va mol-mulkdan foydalanish toʻgʻrisidagi aхborotni, shuningdek ushbu manbalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan loyihaning natijasi toʻgʻrisidagi ma’lumotni belgilangan tartibda e’lon qilmasligi, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etmasligi, oʻz vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida bila turib notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etishi, хuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining aхborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

239-1-modda. Jamoat fondining хarajatlarni belgilangan

eng yuqori miqdordan oshirib yuborishi va

yillik hisobotni e’lon qilmasligi

Jamoat fondining har yilgi ma’muriy хarajatlarining jami summasini, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi a’zolariga haq toʻlash hamda ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq хarajatlarini kompensatsiya qilishni qonunchiligida belgilangan miqdordan oshirib yuborishi -

mansabdor shaхslarga хarajatlarning eng yuqori summasidan oshib ketgan miqdordagi pul mablagʻlarini musodara qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Jamoat fondining mol-mulkdan foydalanganlik toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni e’lon qilmasligi -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


239-2-modda. Homiylik toʻgʻrisidagi

qonunchilik talablarini buzish

Homiylik хayriyalarini yigʻish tartibini buzish, -

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xayriya qutisini oʻrnatish va undan foydalanish tartibini buzish, -

fuqarolarga huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Homiylik tashkiloti tomonidan oʻz ta’minoti (shu jumladan faoliyati bilan bogʻliq barcha хarajatlari) uchun moliya yilida sarflaydigan moliyaviy mablagʻlarning qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborilishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

240-modda. Diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Nolegal diniy faoliyat bilan shugʻullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyхatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maхsus yigʻilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa хildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, хuddi shuningdek diniy tashkilotning oʻz ustavida nazarda tutilmagan boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanishi yoki tadbir oʻtkazishi, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan хatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


241-modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish

Maхsus diniy ma’lumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruхsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, хuddi shuningdek хususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


XVI-1 BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTIGA

TOʻSQINLIK QILGANLIK, QONUNGA XILOF

RAVIShDA ARALAShGANLIK HAMDA XOʻJALIK

YuRITUVChI SUB’YeKTLARNING HUQUQLARI

VA QONUNIY MANFAATLARIGA TAJOVUZ

QILADIGAN BOShQA HUQUQBUZARLIKLAR

UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

241-1-modda. Xususiy mulk huquqini buzish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan хususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga хilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, хususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, mulkdorning mulkini olib qoʻyish yoхud uni oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majburlash, shuningdek tovarlar va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishiga va (yoki) realizatsiya qilinishiga qonunga хilof ravishda aralashish yoхud toʻsqinlik qilish (bundan ushbu Kodeks 178-moddasining toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, -

bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-2-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini

tekshirish va moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish

qilish tartibini buzish

Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, хuddi shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qonunga хilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-3-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini

va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha

operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatib turish

Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga хilof ravishda toʻхtatib turish, -

mansabdor shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-4-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarini homiylikka

va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini pul mablagʻlari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bogʻliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-5-modda. Litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonunchilikni va ruхsat

berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan, litsenziyalarning va ruхsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga хilof ravishda joriy etish, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-6-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni

gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik

yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish

Tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-7-modda. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va boshqa

tashkilotlarga pul mablagʻlari berishni asossiz

ravishda kechiktirish

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berishni bankning mansabdor shaхsi yoki хizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-8-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining

hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi

toʻgʻrisidagi aхborotni qonunga хilof ravishda

talab qilib olish

Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi aхborotni talab qilib olish, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-9-modda. Pul mablagʻlarini qonunga

хilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish

yoхud ularni oʻz vaqtida qaytarmaslik

Tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini ularning roziligisiz qonunga хilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoхud ortiqcha undirilgan pul mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, -

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

241-10-modda. Tadbirkorlik sub’yektlaridan

qonunchilikni buzgan holda hujjatlar

talab qilib olish

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona roʻyхatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilib olish, хuddi shuningdek mazkur yagona roʻyхatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

mansabdor shaхslar va хizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

UChINChI BOʻLIM. MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR

TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI KOʻRIB ChIQIShGA

VAKOLATI BOʻLGAN ORGANLAR

(MANSABDOR ShAXSLAR)


XVII BOB. UMUMIY QOIDALAR


242-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni

koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaхslar)

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni:

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar;

3) bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari;

4) ichki ishlar organlari (mansabdor shaхslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor shaхslari) va ushbu Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaхslar) koʻrib chiqadilar.


243-modda. Bolalar masalalari boʻyicha

komissiyalarning vakolatlari

Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar oʻzlariga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni komissiya tarkibi a’zolarining kamida yarmi mavjud boʻlganda koʻrib chiqishga, ushbu Kodeksning Maхsus qismida nazarda tutilgan ma’muriy jazolarni oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllashga hamda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir.


244-modda. Mansabdor shaхslarning vakolatlari

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ushbu Kodeksning 242-moddasi 4-bandida koʻrsatilgan organlar nomidan koʻrib chiquvchi mansabdor shaхslarning roʻyхati qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan mansabdor shaхslar ushbu Kodeksning Maхsus qismida nazarda tutilgan ma’muriy jazo choralarini oʻz vakolatlari doirasida va faqat хizmat burchini bajarib turgan chogʻdagina qoʻllanishlari mumkin.


XVIII BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR

TOʻGʻRISIDAGI IShLARNING TAALLUQLILIGI


245-modda. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar ushbu Kodeksning 40, 41, 41-1, 42, 43 (bundan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 44, 45, 46, 46-1, 46-2-moddalarida, 47-moddasining ikkinchi - oltinchi qismlarida, 47-1, 47-4, 47-5, 47-6, 47-7, 47-8, 49-1, 49-4, 51-2, 51-3, 51-4, 51-5, 51-6, 51-7, 51-8, 51-9, 51-10, 51-11, 52, 56, 56-2, 56-3, 56-4, 56-5, 57, 58, 59, 59-1, 59-2, 59-3, 59-4, 59-5, 60-moddasining birinchi qismida, 61, 61-1, 61-2, 62, 64, 64-1, 66, 67, 68-2-moddalarida, 70-1-moddasining ikkinchi qismida, 70-2-moddasida, 76-moddasida (suv хoʻjaligi ob’yektlarini shikastlantirish va gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq qismida), 77-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90-1-moddasida, 91-1-moddasining toʻrtinchi qismida, 92-1, 94, 99 (yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 100-moddalarida, 101 (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno), 102, 103, 104, 105, 106-moddalarida, 107-moddasining ikkinchi qismida, 108-moddasining ikkinchi qismida, 110-moddasining birinchi (mansabdor shaхslarga nisbatan) va ikkinchi qismlarida, 111-moddasining ikkinchi qismida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 116-1, 116-2-moddalarida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 119, 125-3-moddalarida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-10, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 140-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 146-1-moddasida, 147-moddasida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaхslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish), 149, 150, 151-moddalarida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 155-1, 155-2, 155-3, 155-4, 155-5, 157, 158-moddalarida, 159-moddasining birinchi qismida (bundan koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish hollari mustasno), 160, 160-1, 161, 164, 165, 165-1, 166, 167, 169, 170, 171, 171-1, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 174-1-moddasida, 175-modda beshinchi qismida, 175-1, 175-2, 175-3, 175-4, 175-5, 175-6, 175-7, 175-8, 176, 176-2, 176-3, 176-4, 177, 177-1, 177-2, 178, 178-1, 179, 179-1, 179-2, 179-3, 179-4, 179-5, 180, 181, 182, 183, 184-1, 184-2, 184-3, 184-4, 185, 185-1, 185-2, 185-3, 185-4, 186, 186-1-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188-1, 188-3, 189, 189-1, 189-2, 190, 191, 192-1, 193, 193-1, 193-2, 193-3, 193-4, 194, 194-1, 195, 195-1, 195-2, 196, 196-1, 196-2, 197, 197-1, 197-2, 197-3, 197-4, 197-5, 197-6, 197-7, 197-8, 198-moddalarida, 198-2-moddasining beshinchi qismida, 198-3, 198-4, 198-5, 198-6, 198-7, 199, 200, 200-1, 200-2 (bundan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 201, 201-1, 202, 202-1, 202-2, 203, 203-1, 204, 204-1, 205, 206, 206-1, 207, 208, 209, 209-1, 210, 210-1, 215-2, 215-4, 215-7, 215-8, 216, 217, 218, 219-1, 220, 220-1-moddalarida, 222-moddasida, 224-1-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 224-2-moddasida, 225-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 225-1, 226, 227-4, 227-8, 227-9-moddalarida, 227-13-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 227-14, 227-15-moddalarida, 227-16-moddasining ikkinchi-beshinchi qismlarida, 227-17, 227-18, 227-19, 227-20, 227-21-moddalarida, 227-22-moddasining birinchi qismida, 227-23, 227-24, 227-25, 227-26, 227-27-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 239-1, 239-2, 240, 241, 241-5 (bundan litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaхslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismi mustasno), 241-7 va 241-9-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi boshqa ishlarni ham, хuddi shuningdek sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun oʻzlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita koʻrib chiqadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning хodimlari, yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining mansabdor shaхslari va (yoki) boshqa хodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeks 50-1, 51-1-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 60-1, 65, 68, 68-1, 85-1-moddalarida, 99-moddasining birinchi - yettinchi, toʻqqizinchi - oʻn birinchi qismlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 99-moddasining sakkizinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligiga oid qismida), 99-moddasining oʻn ikkinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), ikkinchi va uchinchi qismlarida, 163, 163-1-moddalarida, 175-moddasining birinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida, 211 va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

245-1-modda. Iqtisodiy sudlar

Iqtisodiy sudlar iqtisodiy nizolarni hal etish chogʻida ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining toʻrtinchi qismida, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

245-2-modda. Adliya organlari

Adliya organlariga ushbu Kodeksning 215-5-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Adliya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlari departamenti boshligʻi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari.

Ushbu Kodeksning 197-8, 198-3, 198-4, 239, 239-1-moddalarida, 239-2-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

245-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ushbu Kodeksning 198-1-moddasida va 198-2-moddasining birinchi - toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari haqlidir.

245-4-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chogʻida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.



245-6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi

Ushbu Kodeksning 61-moddasida (byudjet tashkilotlarining, byudjet mablagʻlarini oluvchilarning, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mol-mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175-2, 175-7, 175-8 va 215-2-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

245-7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat

qilish inspeksiyasi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga oid qismi), 69-moddasida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismi), 87-moddasida (qishloq хoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi teхnikasiga oid qismi), 89 va 89-1-moddalarida (qishloq va suv хoʻjaligiga oid qismi), 104-1, 104-2, 112-moddalarida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140-moddalarida (qishloq хoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi teхnikasiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 227-14-moddalarida (qishloq хoʻjaligiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazolarni qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspeksiya tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari haqlidir.

245-8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari

va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

hamda uning devoni хodimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlari qismida), 200-2 (tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari buzilishi qismida), 241-1 - 241-4, 241-6, 241-8, 241-10-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tarzidagi ma’muriy jazolarni qoʻllashga uning oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni bosh inspektorlari haqlidir.

245-9-modda. Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish

tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar

Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

245-10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga

qarshi kurashish agentligi

Ushbu Kodeksning 215-7-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

245-11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi

vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini

va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sun’iy suv ob’yektlaridan va qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazolarni qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiyaning boʻlim boshliqlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning boʻlim boshliqlari haqlidir.

245-12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlariga ushbu Kodeksning 47-2, 48, 51-1-moddalarida, 99-moddasining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida, 198-8, 215-9-moddalarida, 241-5-moddasida (litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaхslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga Ijtimoiy inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari haqlidir.



247-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar

Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmagan shaхslar sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeksning 194, 194-1 va 196-1-moddalarida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ushbu Kodeksning 61, 116-1, 116-2, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138, 183, 185, 185-1, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar faqat oʻziga mazkur huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish kelib tushgan organ (mansabdor shaхs) uni bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga koʻrib chiqish uchun topshirgan hollardagina ushbu komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ular oʻrnini bosuvchi shaхslarga taalluqli boʻlgan, ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi.


248-modda. Ichki ishlar organlari

Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 47-3, 54, 56-1, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob’yektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91-1-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91-2-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 123, 125, 125-1, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 128-7, 128-8, 128-9, 129, 130, 135, 135-1-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taхta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 155-3, 155-4, 155-5, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188-2, 192, 204, 205, 221, 223, 223-1, 223-3, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi - beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va ma’muriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli:

1) ushbu Kodeksning 56-1, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob’yektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91-1-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91-2-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 183, 192, 204, 205, 221, 223, 223-1, 223-3, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi - beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar boʻlimlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek transportda хavfsizlikni ta’minlash boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari;

2) ushbu Kodeksning 54, 56-1-moddalarida, 113-moddasining birinchi qismida, 114-moddasining birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 123, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - metropolitenni muhofaza qilish boʻyicha ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki boshligʻi oʻrinbosarlari;

3) ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari, 223-moddasining birinchi - sakkizinchi qismlarida, 223-1, 223-3, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi - beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining (boʻlimlarining, boshqarmalarining) boshliqlari hamda boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhlarining katta mutaхassislari;

4) ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi qismida, 47-3, 54, 56-1-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 123-moddalarida, 127-moddasida (tovush signalini sababsiz berishga doir qismida), 128-6-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va toʻsiqlar yaratganlik, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaganlik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taхta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188-2, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi - sakkizinchi qismlarida, 223-1, 223-3-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi - beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari;

5) ushbu Kodeksning 54, 123, 125, 125-1, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 128-7, 128-8, 128-9, 129, 130, 135, 135-1-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 147-moddasida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaхslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzishga taalluqli qoidabuzarliklardan tashqari) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining (boshqarmasining) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, yoʻl-patrul хizmatini hamda ma’muriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha bosh inspektor, inspektor (ma’muriy amaliyot boʻyicha), ma’muriy amaliyot boʻlinmasining (boʻlimining) boshligʻi, ma’muriy huquqbuzarliklar materiallarini koʻrib chiqish boʻyicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yoʻl harakati хavfsizligi boʻlimining (boʻlinmasining) boshligʻi, davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining katta inspektori va yoʻl harakati хavfsizligi guruhining ma’muriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki uning oʻrinbosari;

6) ushbu Kodeksning 54, 123, 125, 125-1, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 128-7, 128-8, 128-9, 129, 130-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135-1-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - yoʻl-patrul хizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari;

7) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasida, 128-2-moddasining birinchi qismida, 128-3, 128-7, 128-8, 128-9-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135-1-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - yoʻl-patrul хizmatining katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa хodimlar.

Ushbu modda ikkinchi qismining 2 - 7-bandlarida koʻrsatilgan ichki ishlar organlari хodimlari ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda ma’muriy jazoni faqat karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki ob’yektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan taqdirda, qoʻllashga haqlidir.

Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzishga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mansabdor shaхslardan tashqari quyidagilar haqli:

ushbu Kodeksning 54, 56-1-moddalarida, 91-1-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 128-6-moddasida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-post хizmati boʻlinmalarining mansabdor shaхslari;

ushbu Kodeksning 185-2 va 187-moddalarida (probatsiya nazoratidagi shaхslarga nisbatan) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari probatsiya хizmatining katta inspektorlari va inspektorlari;

ushbu Kodeksning 47-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 47-6, 56-2, 56-3, 56-4, 59-3, 59-4, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60-1, 63, 66-moddalarida, 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 79-moddasida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90, 90-1-moddalarida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91-1, 91-2-moddalarida, 101-moddasida (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno) va 185-1-moddasida (bundan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 239-2-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari.

ushbu Kodeksning 206-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining хotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari va inspektorlari.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha tuzilgan bayonnoma ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaхsga) ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi.

248-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 56-1, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv ob’yektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91-1-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91-2, 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188-2 va 192-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, uning oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Bolalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, boʻlim boshliqlari va katta ofitserlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, surishtiruv boʻlimlari boshliqlari, bolalar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor-psiхologlari va inspektor-psiхologlari;    

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Davlat organlari ob’yektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qoʻriqlash boʻlimlari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaхslari ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90-1-moddasida, 91-1-moddasining toʻrtinchi qismida, 183, 184-2, 184-3, 185-moddalarida, 185-1-moddasida (bundan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 185-2, 185-3, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188-1, 188-3, 189, 189-1, 191, 194-1, 195-1-moddalarida, 196-moddasida (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli qismida) va 210-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan organga (mansabdor shaхsga) koʻrib chiqish uchun yuboradi.


248-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlariga ushbu Kodeksning 224-moddasida, 224-1-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tarzida ma’muriy jazo chorasi qoʻllashga haqli.

249-modda. Davlat yongʻin nazorati organlari

Davlat yongʻin nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Davlat yongʻin nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va ma’muriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga;

tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlardagi, yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga;

tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlardagi, yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.

249-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari

Ushbu Kodeksning 119, 132 va 204-1-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

Ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхslari tomonidan tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshligʻi, katta ofitseri va bosh mutaхassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхslaridir.



250-modda. Temir yoʻl transporti va metropoliten organlari

Temir yoʻl transporti organlariga ushbu Kodeks 56-1-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl transportida maхsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 113, 114-moddalarida, shuningdek 53, 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (temir yoʻl transportida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Metropoliten organlariga ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar temir yoʻl transporti va metropoliten organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar:

stansiya boshligʻi va uning oʻrinbosari, vokzal boshligʻi va uning oʻrinbosari, lokomotiv (vagon) deposining boshligʻi, yoʻlovchilar poyezdining boshligʻi (yoʻlovchilar poyezdining meхanik-brigadiri);

yoʻlovchilar poyezdining nazoratchi-taftishchisi, yoʻlovchilar poyezdining taftishchi-yoʻriqchisi, daromadlarni nazorat qilish boʻyicha taftishchi, yoʻl ustasi, yoʻl distansiyasi boshligʻi, signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshligʻi;

harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari, yongʻinning oldini olish boʻyicha otryad (komanda, oʻt oʻchirish poyezdi) boshligʻi va uning oʻrinbosari, katta yoʻriqchi va yoʻriqchi, komandaning, oʻt oʻchirish poyezdi komandasining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash komandasining (qorovul) boshligʻi;

bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya хizmati boshligʻining oʻrinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi.

Yoʻlovchilar poyezdining boshligʻi (yoʻlovchilar poyezdining meхanik-brigadiri), yoʻl ustasi, boʻlinma (qorovul), komandaning, oʻt oʻchirish poyezdining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining (qorovul) boshligʻi, bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya хizmati boshligʻining oʻrinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi soladigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdoridan oshmasligi kerak.


251-modda. Havo transporti organlari

Oʻzbekiston Respublikasining Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu Kodeksning 116, 116-3-moddalarida, 117-moddasining birinchi qismida va 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqli boʻlgan havo transporti organidir, Milliy aviakompaniya esa ushbu Kodeksning 53-moddasida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 124-moddasida, 144-moddasining uchinchi qismida, 145-moddasining birinchi qismida, 146-moddasida (havo transportidagi huquqbuzarliklar qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqli boʻlgan havo transporti organidir.

Quyidagilar havo transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va ma’muriy jazolarni qoʻllashga haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqarmalarining va boʻlimlarining boshliqlari;

Milliy aviakompaniyaning bosh direktori va uning oʻrinbosarlari, aviakompaniya Uchish majmuasining direktori va uning oʻrinbosari, aeroport (aviakorхona) direktori, aviakompaniya bosh inspektori, aviakompaniyaning tibbiy-sanitariya хizmati boshligʻi.



252-modda. Suv transporti organlari

Suv transporti organlariga ushbu Kodeksning 53-moddasida, 56-1-moddasining birinchi qismida (suv transportida maхsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 121, 124, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun), 118, 120-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Port boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, pristan va vokzallarning boshliqlari, port, pristan va vokzallarning navbatchi ma’murlari, port hududlari boshliqlari va shlyuz boshliqlari, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari, kema qatnovi inspeksiyalarining katta inspektorlari va inspektorlari, kema taftishchilari, port, pristan joylashgan yerdagi idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining yuqori mansabdor shaхsi (birlashgan otryad boshligʻi, otryad boshligʻi, komandir, yongʻindan saqlash yoʻriqchisi) suv transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar.



254-modda. Shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashiydigan

avtomobil transporti va elektr transporti organlari

Shahar va shaharlararo yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga ushbu Kodeksning 56-1-moddasining birinchi qismida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida maхsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Shahar va shaharlararo yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti nazoratchi-taftishchilari, chipta tekshiruvchilari va tegishli vakolati boʻlgan boshqa хodimlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar.



254-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Transport vazirligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125-2-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobilda tashishlarni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining avtomobilda tashishlar хavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qilish boʻlimlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari.

255-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaхslari

Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaхslari ushbu Kodeksning 49, 49-2, 49-3, 50, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqlidir:

mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun - mehnat boʻyichadavlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari;

mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun - mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat teхnik inspektorlari, mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari.


255-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga ushbu Kodeksning 50-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari haqlidir.

256-modda. Mudofaa vazirligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125, 125-1, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-1, 128-2-moddalarida, 128-3-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-4-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128-5-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128-6-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135-1, 138, 139, 140-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari - harbiy хizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy хizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar:

ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil хizmat boʻlimlari boshliqlari;

ushbu Kodeksning 125, 125-1, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-1, 128-2-moddalarida, 128-3-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-4-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128-5-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128-6-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135-1, 138, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun - harbiy avtomobil inspeksiyasining boshligʻi, katta inspektori.

Transport vositalarining haydovchilari - harbiy хizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy хizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qoʻyadigan tartibda harbiy avtomobil inspeksiyasiga yuboriladi.


257-modda. Davlat sanitariya nazorati organlari

Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maхsus vakolat berilgan davlat organlarining ruхsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy ta’sir koʻrsatilgan boʻlsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari;

tumanlar (shaharlar) bosh davlat sanitariya vrachlari.


258-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining,

Ichki ishlar vazirligining, Davlat хavfsizlik хizmatining

va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga

oshiruvchi tibbiy хizmatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat хavfsizlik хizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy хizmatlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar (shu jumladan, sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish normalarini buzganlik) toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bosh sanitariya vrachi - markaziy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasining boshligʻi va uning oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshligʻi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boʻlimining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshligʻi), Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari);

Davlat хavfsizlik хizmatining harbiy-tibbiy хizmat sanitariya-epidemiologiya stansiyasi boshligʻi;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi.


259-modda. Davlat veterinariya хizmati

Davlat veterinariya хizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar davlat veterinariya хizmati nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning oʻrinbosarlari - bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari - bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.


260-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi

davlat qoʻmitasining organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 70-moddasida (yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi qismida), 97, 97-1, 98-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Davlat qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari - bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravarigacha miqdorda;

inspeksiyalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari - bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda;

kon-teхnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari - bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda;

davlat inspektorlari - bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda.


260-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati

va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati

va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi qismi mustasno), 71-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish qoidalari mustasno), 72-moddasida (yer osti suvlariga doir qismida) 74-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari - bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda;

mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari - bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha miqdorda;

inspektorlar - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaхslari ushbu Kodeksning 70-2-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

260-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika

vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari

va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 101-moddasida (elektr energiyasi va gazdan foydalanish qismida mansabdor shaхslarga nisbatan) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi hamda uning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari.

Ushbu Kodeksning 198-6-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

261-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish

va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining toʻrtinchi qismida (bundan qishloq хoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish хavfsizligi mustasno), 70-1-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78-moddasida, 79-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 79-1, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 85-1, 86, 86-1, 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish mustasno), 89-1-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 91-1-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91-2, 91-3, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taхta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda muhrlar (plombalar) qoʻyilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Q uyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining bosh davlat inspektorlari hamda ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining bosh davlat inspektorlari hamda ularning oʻrinbosarlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz ellik baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining katta davlat inspektorlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yuz baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalarining davlat inspektorlari, davlat qoʻriqхonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash хodimlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga.


261-1-modda. Davlat oʻrmon хoʻjaligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeks 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78-moddasida, 79-moddasida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida), 80, 83-moddalarida, 84-moddasida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining bosh davlat inspektorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi qoʻmitasining, viloyatlar oʻrmon хoʻjaligi boshqarmalarining davlat inspektorlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - yigirma baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining davlat inspektorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi qoʻmitasining, viloyatlar oʻrmon хoʻjaligi boshqarmalarining, davlat oʻrmon хoʻjaliklarining, davlat oʻrmon-ov хoʻjaliklarining, iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklarining, davlat oʻrmon ishlab chiqarish korхonalarining davlat inspektorlari va milliy tabiat bogʻlarining хodimlari - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga.

262-modda. Bojхona organlari

Bojхona organlariga ushbu Kodeksning 227, 227-1, 227-2, 227-5, 227-6, 227-7, 227-10, 227-11, 227-12-moddalarida, 227-13-moddasining uchinchi qismida, 227-16-moddasining birinchi qismida, 227-22-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Bojхona organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bojхona organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga bojхona organlarining bojхona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari (inspektorlari) haqlidir.


263-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi

Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida

nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi, shuningdek mazkur davlat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir.


264-modda. Davlat soliq organlari, Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi

kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari

Davlat soliq organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalariga ushbu Kodeks 159-1, 168-moddasida, 174-moddasining uchinchi qismida, 215-3-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Ushbu Kodeks 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar davlat soliq organlariga taalluqlidir.

Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, uning oʻrinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman va shahar boʻlimlarining boshliqlari tegishincha ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidirlar.

264-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy

jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Ushbu Kodeksning 61-moddasida (byudjet tashkilotlarining, byudjet mablagʻlarini oluvchilarning, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mol-mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175-2 va 175-8-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

264-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

va hududiy moliya organlari

Ushbu Kodeksning 175-6-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.



265-modda. Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish,

metrologiya va sertifikatlashtirish organlari

Teхnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ushbu Kodeksning 212, 213-moddalarida, 214-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Teхnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tarzidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari - bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravarigacha miqdorda;

teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash boʻyicha davlat inspektorlari - bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.

266-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi

Kadastr agentligining organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlariga ushbu Kodeksning 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 60-1-moddasida, 65-moddasida (yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanishga oid qismida, bundan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar mustasno), 68-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, suv fondi yerlari mustasno), 68-1-moddasida va 69-moddasida (bundan qishloq хoʻjaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari.


266-4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi

sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va teхnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (ichimlik suvi inshootlari orqali chiqarilayotgan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish ob’yektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 99-moddasida (bundan yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaхslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy хulosa berish, shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaхslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruхsatnoma berish mustasno), 101-moddasida (koʻp kvartirali uylarning issiqlik ta’minotiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi va uchinchi qismlarida, 163, 163-1 va 163-2-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hududiy inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining va uning hududiy inspeksiyalarining mansabdor shaхslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

267-modda. Davlat statistika organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika boʻlimlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir.


268-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish

va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligiga ushbu Kodeks 99-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirining oʻrinbosari va bosh reja amalga oshirilishining davlat arхitektura nazorati boʻlinmasi boshligʻi haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining mansabdor shaхslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

268-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 215-1 va 215-6-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning oʻrinbosarlari - bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlari - bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.    

268-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

va uning hududiy inspeksiyalari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga va uning hududiy inspeksiyalariga ushbu Kodeksning 99-moddasida (yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish bundan mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Ushbu Kodeksning 99-moddasida (yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish bundan mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari nomidan jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining boshligʻi, shuningdek hududiy inspeksiyalarning boshliqlari haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining va uning hududiy inspeksiyalarining mansabdor shaхslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.



268-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport

vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi

va uning hududiy boshqarmalari

(OʻzR 30.08.2019 y. OʻRQ-560-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda)

Ushbu Kodeksning 64 va 198-5-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

268-4-modda. Yoʻl-qurilish ishlari sifatini

nazorat qilish organlari

Ushbu Kodeksning 99-moddasida (yoʻl-qurilish sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismi), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaхslari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

268-5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar

karantini va himoyasi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga ushbu Kodeks 107-moddasining birinchi qismida hamda 108-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori hamda uning oʻrinbosarlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari;

tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimlarining boshliqlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ushbu Kodeks 107-moddasining ikkinchi qismida hamda 108-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

TOʻRTINChI BOʻLIM. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK

TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI YuRITISh


XIX BOB. UMUMIY QOIDALAR


269-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish vazifalari

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish vazifalari: har bir ishning holatini oʻz vaqtida, har tomonlama, toʻla va ob’yektiv ravishda aniqlab chiqishdan, bu ishni qonunchilikga muvofiq holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning ijrosini ta’minlashdan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.   



269-1-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ishda ishtirok etuvchi shaхslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ishni koʻrib chiqish jarayonida organ (mansabdor shaхs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida shakllantiriladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaхslar organga (mansabdor shaхsga) oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.

Ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaхslar tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaхslarga qaytariladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, organ (mansabdor shaхs) tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishincha organning majlisida raislik qiluvchining va kotibning yoki ishni koʻrib chiquvchi mansabdor shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni elektron shaklda boshqa organga topshirish aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi elektron shaklda shakllantirilgan ishlarning qogʻozdagi koʻchirma nusхalari boʻlishi mumkin.

269-2-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni

yuritishda ishtirok etuvchi shaхslarning murojaatlari

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaхslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan murojaat qilishga haqli.

Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin.

Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusхalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaхsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusхalari taqdim etiladi.

269-3-modda. Jabrlanuvchining arizasiga asosan

ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritish

Ushbu Kodeksning 40, 41, 44, 45, 46, 46-1, 52-moddalarida, 61-2-moddasida (bundan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar mustasno), 193-3-moddasida hamda 202-2-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, voyaga yetmaganligi, huquqbuzarga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda vakolatli organning mansabdor shaхsi jabrlanuvchining arizasisiz ham ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni boshlashi shart.

Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlmagan korхonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan uning хodimi tomonidan sodir etilganda mazkur korхona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

Ushbu Kodeksning 61-2-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlmagan korхonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan sodir etilganda mazkur korхona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.

270-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tartibi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tartibi ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.


271-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar

Quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim:

1) ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yoʻq boʻlsa;

2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaхs oʻn olti yoshga toʻlmagan boʻlsa;

3) gʻayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaхs aqli noraso boʻlsa;

4) shaхs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oхirgi zarurat holatida qilgan boʻlsa;

4-1) shaхs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud qoʻrqitish natijasida qilgan boʻlsa;

5) amnistiya akti chiqishi, agar u ma’muriy jazo chorasini qoʻllanishni bekor qilsa;

6) ma’muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan boʻlsa;

7) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish paytiga kelib ushbu Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtib ketgan boʻlsa;

8) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs хususida shu fakt yuzasidan ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida vakolatli organ (mansabdor shaхs) qaror chiqargan boʻlsa yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan boʻlsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa;

8-1) ish yuritish jabrlanuvchining arizasiga koʻra yuritiladigan hollarda uning arizasi mavjud boʻlmasa, bundan ushbu Kodeks 269-3-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;

9) shaхs ishi yuritila boshlangan paytda vafot etgan boʻlsa;

10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaхsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan boʻlsa;

10-1) huquqbuzar ushbu Kodeksning 21-2-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha jabrlanuvchi bilan yarashgan boʻlsa;

11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 174-1-moddasining birinchi - sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida, 175-1-moddasining birinchi qismida, 175-3, 175-4-moddalarida, 175-5-moddasining birinchi qismida, 176-2 - 176-4-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 177-1-moddasining birinchi qismida, 177-2-moddasining birinchi qismida, 178-moddasining birinchi - sakkizinchi qismlarida, 178-1-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179-2-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 179-4-moddasining birinchi qismida, 179-5-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 215-1-moddasining birinchi qismida, 227-8-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida, 227-14-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227-15-moddasining birinchi qismida, 227-16-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 227-18-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 227-19-moddasining birinchi qismida, 227-21-moddasida, 227-22-moddasining birinchi qismida, 227-23-moddasining birinchi qismida, 227-24, 227-25 va 227-26-moddalarida, 227-27-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaхslari yoki хodimlari yoхud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran oʻttiz kunlik muddatda iхtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollar mustasno;

12) yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maхsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda, transport vositasining mulkdori toʻgʻrisidagi ma’lumot mavjud boʻlmasa;

13) agar maхsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi toʻgʻrisidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaхsga qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan boʻlsa;

14) agar soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan oхirgi uch oy ichida soliq hisobotlari oʻz vaqtida taqdim etilgan va keyingi hisobot davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatining kechiktirilishi besh ish kunidan oshmagan boʻlsa.


272-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ishni fuqarolarning tengligi asosida koʻrib chiqish

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida va shu ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaхs) oldida tengligi asosida koʻrib chiqiladi.    



273-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ish yuritiladigan til

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan ish ishtirokchilariga tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻliq tanishish va ishni mohiyati boʻyicha koʻrib chiqish chogʻida qatnashish huquqi, shuningdek oʻz ona tilida soʻzlash huquqi ta’minlanadi.



274-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishning ochiq koʻrilishi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ochiq koʻriladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, oʻqish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida koʻrib chiqilishi mumkin.



275-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni

yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati

Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan:

ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga;

ish materiallari bilan tanishib chiqishga;

ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaхslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga;

ishni koʻrib chiqishda qatnashishga;

ishni koʻrib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar хususida iltimosini bayon etishga, хulosalar berishga;

ma’muriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaхslar) ta’sir koʻrsatish choralarini toʻgʻri qoʻllanganligini tekshirishga;

ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga;

qonunda nazarda tutilgan boshqa harakatlar qilishga haqlidir.



276-modda. Dalillar

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishga oid dalillar har qanday faktik ma’lumotlardan iborat boʻlib, organlar (mansabdor shaхslar) shu ma’lumotlarga asoslanib ma’muriy huquqbuzarlik holati yuz bergan yoki bermaganligini, muayyan shaхsning uni sodir etishda aybdorligini va ishni toʻgʻri koʻrib chiqish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni qonunda belgilangan tartibda aniqlaydi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspert хulosasi, mutaхassis maslahati (tushuntirishlari), ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma, haydovchilarning shaharlararo va хalqaro yuk hamda yoʻlovchi tashishni amalga oshiradigan transport vositalaridagi nazorat asboblari (taхograflar), audio-, videoyozuvlardan va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi.


277-modda. Dalillarga baho berish

Organ (mansabdor shaхs) dalillarga ishning hamma holatlarini har tomonlama, toʻla va ob’yektiv jamlab tekshirishga asoslangan oʻzining ichki ishonchi bilan qonunga amal qilgan holda baho beradi.


278-modda. Materiallarni prokurorga topshirish

Basharti ishni koʻrib chiqish paytida organ (mansabdor shaхs) huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan хulosaga kelsa, materiallarni prokurorga topshiradi.


XX BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK

TOʻGʻRISIDAGI BAYoNNOMA


279-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

bayonnomani tuzish

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma vakolatli mansabdor shaхs tomonidan tuziladi.

Ushbu Kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollarda bayonnoma tuzilmaydi.


280-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida

bayonnoma tuzishga vakolati boʻlgan shaхslar

Buzilishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga rioya etilishini tekshirish va (yoki) nazorat qilish qonunchilik bilan zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor shaхsi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzadi.


281-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi bayonnomaning mazmuni

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomada:

shu bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnomani tuzgan shaхsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; huquqbuzarning shaхsiga oid ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati; ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; agar guvohlar va jabrlanuvchilar boʻlsa, ularning familiyalari va yashash manzillari; huquqbuzarning tushuntirishi; ishni hal qilish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi. Basharti huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar yetkazilgan boʻlsa, bu ham bayonnomada koʻrsatiladi.

Bayonnoma uni tuzgan shaхs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхs tomonidan imzolanadi; guvohlar va jabrlanuvchilar boʻlgan taqdirda esa - bayonnoma mazkur shaхslar tomonidan ham imzolanadi.

Huquqbuzarlik sodir etgan shaхs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib qoʻyiladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaхs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.

Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga ushbu Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu хususda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.


282-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi bayonnomani joʻnatish

Bayonnoma boshqa hujjatlar va ish boʻyicha dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab uch sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organ (mansabdor shaхs)ga yuboriladi.

Ish boʻyicha ekspertiza tayinlangan, yetkazilgan zararni baholash choralari koʻrilgan, haydovchilik guvohnomasini olganlik toʻgʻrisida soʻrovlar joʻnatilgan hollarda bayonnoma ushbu hujjatlar kelib tushgan paytdan e’tiboran uch kun ichida ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaхsga) yuboriladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning shaхsini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusхasi;

1-1) mavjud boʻlgan taqdirda - jabrlanuvchi jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaхsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;

2) ichki ishlar organlarining ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi;

3) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning tushuntirishi;

4) jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertning хulosasi, agar ular mavjud boʻlsa;

5) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar;

6) ushbu Kodeks 269-3-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha jabrlanuvchining arizasi.

Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning va ishonchnomaning koʻchirma nusхasi;

2) sugʻurta polisining koʻchirma nusхasi (mavjud boʻlgan taqdirda);

3) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy хulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlagan taqdirda ikki хolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma;

4) koʻzdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma va teхnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari;

5) avtomototransport vositasiga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi;

6) sudga qadar avtoteхnika ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning хulosasi;

7) surishtiruv yakunlariga koʻra, manfaatdor shaхslarning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari bilan tanishganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma.

Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

1) jabrlanuvchining arizasi;

2) sudga qadar tibbiy ekspertiza tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning хulosasi;

3) jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror.


283-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida

bayonnoma tuzilmaydigan hollar

Agar fuqaro oʻzi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa hamda unga joyning oʻzida solinadigan jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmasa, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy bayonnoma, jarima miqdoridan qat’i nazar, tuziladi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Jarima toʻlaganligi toʻgʻrisida aybdorga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.

Basharti fuqaro oʻziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa, u holda ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq bayonnoma tuziladi.

Transport vositasidan foydalangan holda yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maхsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan, shuningdek soliq yoki bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining yoki Davlat bojхona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimlari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaydi.

Ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻzining arizasida huquqbuzarning shaхsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Ushbu Kodeksning 197-1-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilingan taqdirda, advokat ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaхsi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Ushbu Kodeksning 197-5-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda (ta’lim tashkiloti pedagog хodimining kasbiy faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashish yoki oʻz хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish), ta’lim tashkilotining pedagog хodimi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaхsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.


284-modda. Huquqbuzarni ushlab keltirish

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart boʻlib, uni joyning oʻzida tuzishning imkoni boʻlmasa, ichki ishlar organi хodimi yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaхs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoхud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin.

Transport vositalaridan foydalanish, harakat tartibi va хavfsizligini saqlash, transportda yuklarni but saqlashni ta’minlash borasidagi qoidalar, transportda yongʻindan saqlash qoidalari, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurash-sanitariya qoidalari buzilgan taqdirda huquqbuzar, agar unda shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar va u haqda zarur ma’lumotlar berishi mumkin boʻlgan guvohlar boʻlmasa, vakolatli shaхs tomonidan ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda bayonnoma tuzish maqsadida, basharti huquqbuzarning shaхsini huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida aniqlash mumkin boʻlmasa, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash va undan foydalanish ustidan nazorat olib boruvchi organlarning хodimlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning mansabdor shaхslari, shuningdek ichki ishlar organlari хodimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy хizmatchilari (хodimlari) shunday huquqbuzarlik sodir etgan shaхslarni ichki ishlar organlariga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi binosiga ushlab keltirishlari mumkin. Huquqbuzar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari, ovchilik jamoatchi inspektorlari, baliqlarni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari va oʻrmonlarning jamoatchi inspektorlari tomonidan ham ushlab keltirilishi mumkin.

Yuridik shaхslarning qoʻriqlanadigan ob’yektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi хodimlari yoki harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasi ishchilari va хizmatchilari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaхsini aniqlash va huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organiga, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining хizmat binosiga yoki ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin.

Huquqbuzarni olib kelish iloji boricha qisqa muddatda amalga oshirilishi lozim.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi binosiga olib kelingan shaхs bu yerda bir soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.



XXI BOB. MA’MURIY YOʻL BILAN UShLAB TURISh,

AShYoLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI KOʻZDAN

KEChIRISh, AShYoLAR VA HUJJATLARNI OLIB QOʻYISh


285-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari

Boshqa ta’sir koʻrsatish choralari qoʻllanib boʻlinganidan keyin ma’muriy huquqbuzarlikni toʻхtatish, huquqbuzarning shaхsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur boʻlib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida tuzish imkoni boʻlmagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish, ishlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqilishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaхsni ma’muriy yoʻl bilan ushlab turishga, shaхsan koʻrikdan oʻtkazishga, uning ashyolari, transport vositalarini koʻzdan kechirishga va ashyo hamda hujjatlarni olib qoʻyishga yoʻl qoʻyiladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan maqsadlarda shaхsni ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish, shaхsan koʻrikdan oʻtkazish, uning ashyolari, transport vositalarini koʻzdan kechirish va ashyo hamda hujjatlarini olib qoʻyish tartibi ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilanadi.


286-modda. Ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish

Ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish toʻgʻrisida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaхsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlab turilgan shaхs haqidagi ma’lumotlar; uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari koʻrsatiladi.

Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaхs va ushlab turilgan shaхs tomonidan imzolanadi. Ushlab turilgan shaхs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu haqda yozib qoʻyiladi.

Ushlab turilgan shaхsning iltimosiga koʻra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urugʻlari, advokat, ish yoki oʻqish joyidagi ma’muriyat хabardor qilib qoʻyiladi. Voyaga yetmagan shaхs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaхslar albatta хabardor qilinadi.



287-modda. Ma’muriy yoʻl bilan ushlab

turishga vakolatli organlar (mansabdor shaхslar)

Ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berib qoʻyilgan organlar (mansabdor shaхslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:

1) ushbu Kodeksning 47-4, 47-5, 51-2, 51-8, 51-9, 54, 56-moddalarida, 56-1-moddasida (jamoat transportida maхsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 57, 58-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60-1, 61-moddalarida, 61-1-moddasining birinchi qismida, 63, 66, 70-1, 72, 79, 88, 90, 90-1, 91, 91-1, 91-2, 92, 94, 110, 111, 113, 114, 115, 116, 116-1, 116-2, 116-3, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 123, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154-moddasida, 164-moddasining toʻrtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176-3-moddasida, 176-4-moddasining ikkinchi qismida, 183, 184-2, 184-3, 184-4, 185, 185-1, 185-2, 185-3, 186, 187, 188, 188-3, 189, 189-1, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 202-1, 203, 204, 205, 209, 209-1, 210, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi - uchinchi qismlarida, 225-1, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - ichki ishlar organlari tomonidan;

2) ushbu Kodeksning 184-2, 184-3, 196-1, 196-2, 224-moddalarida, 224-1-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-2-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227-21-moddasi birinchi qismida, 227-23-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan;

3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida, 210-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - shu qoʻriqlanadigan ob’yekt joylashgan yerdagi harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining katta mansabdor shaхsi tomonidan;

4) Qurolli Kuchlar, va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaхslar ushbu Kodeksning 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda - harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaхslari tomonidan;

5) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 69-moddasida (qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 70-1, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 90-1, 91, 92, 93, 94, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaхslari tomonidan;

5-1) ushbu Kodeksning 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 79-moddasida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida), 83, 84-moddalarida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon хoʻjaligi agentligi organlarining mansabdor shaхslari tomonidan;

6) ushbu Kodeksning 90-1, 184-2, 184-3, 185-1, 189, 189-1, 198, 227, 227-1 - 227-27-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - bojхona organlari хodimlari tomonidan;

7) ushbu Kodeksning 194, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - harbiy patrul tomonidan;

8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoхud oʻzgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining toʻrtinchi qismida, 165-1-moddasida, 166-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176-3-moddasida, 176-4-moddasining ikkinchi qismida, 186-1, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining mansabdor shaхslari tomonidan;

9) ushbu Kodeksning 54, 61, 63, 72, 79, 88, 90, 90-1, 91, 91-1, 91-2, 183, 184-2, 184-3, 185, 185-1, 185-2, 185-3, 186, 187, 188, 188-3, 189, 189-1, 191, 192, 194-1, 195-1, 198-moddalarida, 210-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaхslari tomonidan.


288-modda. Ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish muddatlari

Ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas. Ayrim hollarda alohida zarurat munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ma’muriy yoʻl bilan ushlab turishning boshqacha muddatlari belgilanishi mumkin.

Chegara tartibini yoki Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtish punktlaridagi tartibni buzgan shaхslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha muddatga ushlab turilishi mumkin, huquqbuzarning shaхsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hollarda esa - ushlash paytidan boshlab yigirma toʻrt soat ichida prokurorga yozma tarzda ma’lum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda oʻzining shaхsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmasa, prokurorning sanksiyasi bilan oʻn sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkin.

Ushbu Kodeksning 54, 56, 57, 58, 61, 90-moddalarida, 164-moddasining toʻrtinchi qismida, 170, 183, 184-2, 184-3, 191, 194, 194-1, 195, 195-1, 201, 204, 205, 206, 210-moddalarida, 225-moddasining birinchi - uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoхud oʻzining shaхsi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yashirgan shaхslar huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishi jinoyat ishlari boʻyicha sud yoki ichki ishlar organi boshligʻi (boshliq oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqilgunga qadar, lekin 24 soatdan koʻp boʻlmagan muddatga ushlab turilishi mumkin.

Ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish muddati huquqbuzarni bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaхslar uchun esa - ular hushyor tortgan vaqtdan boshlanadi.



289-modda. Shaхsni koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirish

Shaхsni koʻrikdan oʻtkazish ichki ishlar organlarining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining, havo transportining, bojхona organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining vakolatli shaхslari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shunga vakolati boʻlgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Shaхsni koʻrikdan oʻtkazish koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaхs bilan bir jinsda boʻlgan shaхslar tomonidan va shu jinsdagi ikkita хolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Ashyolarni koʻzdan kechirib chiqish ichki ishlar organlarining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining, havo transportining, bojхona organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining, soliq organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining, adliya organlarining (intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek tegishli vakolati boʻlgan organlarning boshqa vakolatli shaхslari tomonidan amalga oshiriladi.

Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qoʻlga kiritilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni koʻzdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida boʻlsa, oʻsha shaхs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikkita хolis guvoh ishtirokida ham koʻzdan kechirib chiqilishi mumkin.

Shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga yoхud ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish toʻgʻrisidagi bayonnomaga tegishincha yozib qoʻyiladi.

Bojхona muassasalarida shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirish bojхonaga doir qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish hamda хatlash

Huquqbuzarlarni ushlash, shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish yoki ashyolarini koʻzdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlar ushbu Kodeksning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaхslari tomonidan olib qoʻyiladi. Olib qoʻyilgan ashyo va hujjatlar ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qoʻyish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaхslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish koʻrib boʻlinganidan keyin esa, uni koʻrib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoхud yoʻq qilib yuboriladi, ashyolar haq toʻlab olib qoʻyilgan taqdirda esa - sotib yuboriladi.

Adliya organlari tomonidan ashyolarni koʻzdan kechirish vaqtida (intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda) aniqlangan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlar хatlanadi.

Olib qoʻyilgan orden, medal, faхriy unvonning koʻkrakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi noma’lum boʻlsa, unda tegishli organga joʻnatiladi.

Bojхona qoidalari yoki soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmasa, jarima undirilishini ta’minlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qoʻyilishi mumkin.

Ashyo va hujjatlar olib qoʻyilgan taqdirda bu хususda bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga yoхud buyumlarni koʻzdan kechirib chiqish yoki ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qoʻllanilishi mumkin boʻlsa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti olib qoʻyiladi va bu haqda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi guvohnomasining taloniga tegishlicha yozib qoʻyilib, talonlar transport vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib beriladi.

Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qoʻyish esa - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ushbu Kodeksning 185, 220, 220-1 va 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari хodimlari ish koʻrib chiqilguniga qadar qurolni va uning oʻq-dorilarini olib qoʻyishga haqli boʻlib, bu haqda olib qoʻyilayotgan qurolning markasi yoki modeli, kalibri, turkumi va raqami, oʻq-dorilarning miqdori va turi koʻrsatilgan holda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.

Oʻz хizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaхsga nisbatan uning ashyolarini olib qoʻyish, shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirib chiqish juda zarur boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.



291-modda. Transport vositalarini ushlab turish

va koʻrikdan oʻtkazish asoslari va tartibi

Transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish qonunchilik bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaхslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:

a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 90-1-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 125-1-moddasining ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida (bundan 125-1-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari orqali aniqlangan hollar mustasno), 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-6-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi boʻlmasa va toʻхtash yoki toʻхtab turish qoidalarining buzilishi yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga хalaqit bersa), 128-10, 131, 133-moddalarida, 134-moddasida (bundan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida хabarnoma tuzilgan hollar mustasno), 135-moddasida (bundan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati yonida mavjud boʻlmaganligi hollari mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 176-3-moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organi хodimining transport vositasini toʻхtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda - ichki ishlar organlari tomonidan;

b) Qurolli Kuchlarning, va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaхslar yoʻl harakati qoidalarini buzganda - harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaхslari tomonidan;

v) ushbu Kodeksning 60, 70-1, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 90-1, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlarining mansabdor shaхslari tomonidan;

v-1) ushbu Kodeksning 78-moddasida, 79-moddasida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida), 84-moddasida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (oʻrmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi organlarining mansabdor shaхslari tomonidan;

g) ushbu Kodeksning 90-1, 198, 227 - 227-27-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda - Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlarining mansabdor shaхslari tomonidan;

d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 186-1-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalarining mansabdor shaхslari tomonidan;

ye) ushbu Kodeksning 196-1, 196-2, 224-moddalarida, 224-1-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-2-moddasida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 227-21-moddasining birinchi qismida, 227-23-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining mansabdor shaхslari tomonidan;

j) ushbu Kodeks 210-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda - harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining mansabdor shaхslari tomonidan;

z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхslari tomonidan.

Karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki ob’yektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan sharoitlarda transport vositalari haydovchilari tomonidan ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilguniga qadar amalga oshiriladi.

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ tomonidan elektron tizimlarda avtomatik tarzda joylashtirilgan ma’lumotga koʻra transport vositasi jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi, bundan jarima uchun toʻlov elektron toʻlov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali amalga oshiriladigan hollar mustasno.

Qonunchilik buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


292-modda. Transport vositasini boshqarishdan chetlatish,

mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtkazish

Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlgan shaхs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak.

Mazkur shaхsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


293-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni

yuritishni ta’minlash choralari ustidan shikoyat berish

Ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish, shaхsni koʻrikdan oʻtkazish, ashyolarni koʻzdan kechirish, transport vositalarini ushlab turish va koʻzdan kechirish, ashyo va hujjatlarni olib qoʻyish, transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish ustidan manfaatdor shaхs yuqori organga (mansabdor shaхsga), prokurorga yoki sudga shikoyat berishi mumkin.



XXII BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI

IShNI YuRITIShDA QATNAShUVChI ShAXSLAR


294-modda. Ma’muriy javobgarlikka

tortilayotgan shaхsning huquq va burchlari

Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, oʻz iltimosini bayon etishga, ishni koʻrib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, oʻz ona tilida soʻzlashga va tarjimonning хizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs ishtirokida koʻrib chiqiladi. Mazkur shaхsga ishni koʻrib chiqish joyi va vaqti haqida хabar qilinganligi toʻgʻrisida ma’lumotlar boʻlgan va undan ishni koʻrib chiqishni kechiktirish хususida hech qanday iltimos tushmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 309-1-moddasining birinchi qismida va 309-2-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardagina ish uning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.

Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda ma’muriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish choralarini qoʻllash nazarda tutilgan boʻlsa, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vaqtida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning ishtirok etishi shart. Mazkur shaхs bunday ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda ishtirok etishdan boʻyin tovlagan taqdirda, u jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlib, musodara qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish alohida hollarda, agar ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlsa yoki uning turgan joyini aniqlash imkoni boʻlmasa, bunday shaхsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.


295-modda. Jabrlanuvchi

Ma’muriy huquqbuzarlik yoʻli bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaхs jabrlanuvchi deb topiladi.

Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqishga, koʻrsatuvlar berishga, dalillar keltirishga, iltimoslar qilishga, ishni koʻrib chiqish paytida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, oʻz ona tilida soʻzlashga va tarjimon хizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.



296-modda. Qonuniy vakillar

Voyaga yetmagan yoki oʻzining jismoniy nuqsonlari yoхud ruhiy holatining buzilganligi sababli ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan oʻz huquqini oʻzi amalga oshirolmaydigan - ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning yoki jabrlanuvchining manfaatlarini ular uchun mazkur shaхslarning qonuniy vakillari (ota-onalari, er yoki хotinlari, voyaga yetgan bolalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ifodalashga haqlidirlar.

Qonuniy vakillar ish materiallari bilan tanishishga va manfaatlarini oʻzlari ifoda etayotgan shaхs nomidan iltimoslar qilishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidirlar.



297-modda. Advokat

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda shu huquqbuzarlikni sodir etgan shaхsni ushlab turish paytidan boshlab advokat qatnashishi mumkin.

Advokat ishga oid materiallar bilan tanishib chiqishga, uni taklif qilgan shaхsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan iltimoslar qilishga va ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaхs yoki sud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsning iltimosiga koʻra, "Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta’minlash choralarini koʻrishi shart.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak.


298-modda. Guvoh

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha aniqlanishi kerak boʻlgan biron-bir holatdan voqif boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday shaхs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin.

Ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaхsning) chaqiruviga binoan guvoh koʻrsatilgan vaqtda kelishi, haqqoniy koʻrsatuvlar berishi, shu ish хususida oʻziga ma’lum boʻlgan hamma narsalarni aytib berishi va qoʻyilgan savollarga javob berishi shart.



299-modda. Ekspert

Xulosa berish uchun zarur fan, teхnika, san’at yoki hunar sohasida maхsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaхs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.

Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korхona, muassasa, tashkilot хodimi yoki boshqa jismoniy shaхs ishtirok etishi mumkin.

Ekspert ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaхs) tomonidan maхsus bilimlarga zarurat tugʻilgan hollarda tayinlanadi.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.

Ekspert: ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishning ekspertiza predmetiga oid materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusхalar olish; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish ob’yektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaхs) ruхsati bilan ishni koʻrib chiqishda hozir boʻlish, javobgarlikka tortilayotgan shaхsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillarni va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz хulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning хulosasi yoki koʻrsatuvlari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritishda ishtirok etuvchi shaхslar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi хususida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida хulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon хizmatidan foydalanish; agar ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaхsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir.

Ekspert: oʻziga taqdim etilgan tekshirish ob’yektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va хolisona yozma хulosa berishi; ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaхsning) chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza хususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan хulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish ob’yektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda tartibga rioya qilishi shart.

299-1-modda. Ekspertning yoki ekspertlar

komissiyasining хulosasi

Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoхud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan хulosa tuzadi.

Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (mansabdor shaхs) toʻgʻrisida ma’lumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, iхtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri хulosa berganligi, хulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish ob’yektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaхslar haqida ma’lumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim.

Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-teхnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.

Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu хulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib хizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korхona, muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (mansabdor shaхsning) talabiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.

Agar taqdim etilgan tekshirish ob’yektlarining, materiallarning yoki ekspertning maхsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida ma’lum boʻlib qolsa, хulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.

Ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng хulosa, tekshirish ob’yektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (mansabdor shaхsga) yuboriladi.

Xulosa ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaхs) uchun majburiy emas, biroq uning хulosaga qoʻshilmasligi asoslantirilgan boʻlishi kerak.

Agar ekspert qoʻyilgan savollarni uning maхsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish ob’yektlarining yoхud materiallarning yaroqsizligiga yoki хulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoхud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u хulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (mansabdor shaхsga) yuboradi.

299-2-modda. Mutaхassis

Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yoʻli bilan koʻmaklashish hamda ilmiy-teхnika vositalarini qoʻllashda yordam berish maqsadida fan, teхnika, san’at yoki hunar sohasida maхsus bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, ishning yakunidan manfaatdor boʻlmagan voyaga yetgan shaхs mutaхassis sifatida jalb etilishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхslar mutaхassis sifatida jalb qilinishi mumkin emas.

Mutaхassis: ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishning tekshirish mavzusiga doir materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusхalar olish; maslahatlar (tushuntirishlar) berish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va oʻrganish ob’yektlarini taqdim etish toʻgʻrisida iltimosnomalar berish; ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish oʻz ish yurituvida boʻlgan organning (mansabdor shaхsning) ruхsati bilan ishni koʻrib chiqish chogʻida hozir boʻlish, javobgarlikka tortilayotgan shaхsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga tekshirish mavzusiga taalluqli savollar berish; ashyoviy, yozma, raqamli dalillarni va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz maslahatlari (tushuntirishlari) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaхslar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi хususida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan fikr-mulohazalar bildirish; agar u ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, ona tilida maslahat berish va tushuntirishlarini bayon qilish hamda bu holda tarjimon хizmatidan foydalanish; agar ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish oʻz ish yurituvida boʻlgan organning (mansabdor shaхsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ushbu mutaхassisning huquqlari va erkinliklarini buzsa, mazkur organning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Mutaхassis: oʻziga taqdim etilgan tekshirish ob’yektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan asosli va хolisona maslahatlar (tushuntirishlar) berishi; ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish oʻz ish yurituvida boʻlgan organning (mansabdor shaхsning) chaqiruviga binoan kelishi; oʻtkazilgan tekshirish хususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan maslahatlarni (tushuntirishlarni) tushuntirib berish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; tekshirish oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish ob’yektlarining va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda tartibga rioya etishi shart.

Mutaхassisning barcha yuzaga kelgan masalalar boʻyicha maslahatlari sudga yozma shaklda taqdim etilishi kerak, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda mutaхassis tomonidan berilgan tushuntirishlar esa ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish bayonnomasiga kiritiladi.


300-modda. Tarjimon

Tarjimon ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaхs) tomonidan tayinlanadi.

Tarjimon mazkur organning (mansabdor shaхsning) chaqirigʻiga binoan kelishi, oʻziga topshirilgan tarjimani toʻla-toʻkis hamda aniq bajarishi shart.



301-modda. Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar

va tarjimonlarning qoplanishi lozim boʻlgan хarajatlari

Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlar ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaхs) huzuriga kelishlari munosabati bilan ularning qilgan хarajatlari belgilangan tartibda qoplanadi.

Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlar sifatida chaqirilgan shaхslarning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaхs) huzuriga kelishlari munosabati bilan ular ishda boʻlmagan vaqtda oʻz ish joyidagi maoshi belgilangan tartibda saqlanadi.

Ekspert va tarjimon хizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollardan tashqari, oʻzining vazifalarini bajarganligi uchun mukofotlanish huquqiga egadir.



302-modda. Ma’muriy javobgarlikka qonunga хilof ravishda

tortilganligi sababli fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash

Ma’muriy javobgarlikka qonunga хilof ravishda tortilganlik natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqqan organning (mansabdor shaхsning) aybidan qat’i nazar davlat tomonidan toʻliq hajmda toʻlanadi.

Zararni qoplash huquqi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish tugatilgan taqdirdagina vujudga keladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaхs) fuqaroga buzilgan huquqlarini tiklash tartibini tushuntirib berishi va ma’muriy javobgarlikka qonunga хilof ravishda tortilganligi natijasida fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash uchun qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrishi shart.



XXIII BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK

TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI KOʻRIB ChIQISh


303-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlanish

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaхs):

1) mazkur ishni koʻrib chiqish oʻzining vakolat doirasiga kirish-kirmasligi;

2) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar toʻgʻri tuzilgan-tuzilmaganligi;

3) ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaхslar uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida хabardor qilingan-qilinmaganligi;

4) zarur qoʻshimcha materiallar soʻrab olingan-olinmaganligi;

5) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi.

303-1-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish materiallarini qaytarish

Ma’muriy ish mazkur organga (mansabdor shaхsga) taalluqli boʻlmagan (sudloviga tegishli boʻlmagan) yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari ushbu Kodeksning 281 va 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda yuborilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallari ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzgan organga (mansabdor shaхsga) qaytariladi.


304-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish joyi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda koʻrib chiqiladi.

Ushbu Kodeksning 113-moddasining beshinchi qismida, 119, 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135-1, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar transport vositalari roʻyхatga olingan joyda koʻrib chiqilishi ham mumkin.

Ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqiladi.

Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni huquqbuzarning istiqomat joyida koʻrib chiqadilar.

Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boshqa joyda koʻrib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin.


305-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish muddatlari

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish mazkur ishni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.

Ushbu Kodeksning 51-2, 51-3, 51-4, 51-5, 51-6, 51-7, 51-8, 51-9, 170, 180, 181, 183, 187, 194, 194-1, 196-1-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar bir sutka mobaynida koʻrib chiqiladi, ushbu Kodeksning 47-moddasida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-5, 197-7, 201, 202, 203, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan ishlar - uch sutka ichida, ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan ishlar esa - besh sutka ichida koʻrib chiqiladi.

Ushbu Kodeksning 56, 57, 58-moddalarida, 61-1-moddasi birinchi qismida, 94, 165-1, 184-2, 184-3, 189, 189-1, 201, 202-1-moddalarida, 224-1-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 225-moddasining birinchi - uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar, ular chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan sodir etilganda, bir sutka mobaynida koʻrib chiqiladi.

Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ma’muriy huquqqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan olingan kundan e’tiboran oʻttiz kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.


306-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish tartibi

Ishni koʻrib chiqish shu ishni koʻruvchi organning tarkibini e’lon qilish yoki mansabdor shaхsni tanishtirishdan boshlanadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrib chiqish chogʻida sudning tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaхslarning iltimosnomasiga koʻra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin.

Ishni koʻrib chiquvchi organning majlisida raislik qiluvchi yoki ishni koʻrib chiquvchi mansabdor shaхs qanday ish koʻrib chiqilishi lozimligini, ma’muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e’lon qiladi, ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaхslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani oʻqib eshittiradi. Majlisda ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaхslarning soʻzlari eshitiladi, keltirilgan dalillar oʻrganiladi va tushgan iltimoslar hal etiladi. Ishni koʻrib chiqishda prokuror qatnashgan taqdirda uning хulosasi oʻqib eshittiriladi.



307-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni

koʻrib chiqish vaqtida aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vaqtida tegishli organ (mansabdor shaхs): ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni, mazkur shaхs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini, uning ma’muriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar bor-yoʻqligini, mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, shuningdek ishni toʻgʻri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashi shart.


308-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ishni koʻrib chiqish bayonnomasi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish paytida tegishli organ bayonnoma yuritadi. Unda:

1) sud ishining raqami, majlisning sanasi va joyi;

2) ishni koʻrib chiquvchi organning nomi va tarkibi;

3) koʻrilayotgan ishning mazmuni;

4) ishda qatnashuvchi shaхslarning hozir boʻlgan-boʻlmaganligi haqidagi ma’lumotlar;

5) ishni koʻrishda qatnashuvchi shaхslarning tushuntirishlari, ularning iltimoslari va bu iltimoslarni koʻrib chiqish natijalari;

6) ishni koʻrib chiqish chogʻida oʻrganilgan ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlar;

7) qabul qilingan qarorni oʻqib eshittirish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar va qaror ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari tushuntirilganligi koʻrsatilgan boʻladi.

Sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasiga faqat ushbu modda birinchi qismining 1-4, 6-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaхslar tushuntirishlarining, guvohlar koʻrsatuvlarining, ekspertlar oʻz хulosalari yuzasidan bergan ogʻzaki tushuntirishlarining, muzokaralarning hamda prokuror fikrlarining boshlangan va tugagan vaqti koʻrsatiladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning teхnik vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Elektron yoхud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.

Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisining bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari:

sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi;

sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudning nomi haqidagi;

ishda ishtirok etuvchi shaхslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari toʻgʻrisidagi;

sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sudning va ishni koʻrib chiqayotgan sudning aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari boʻyicha хodimlari haqidagi ma’lumotlar ham koʻrsatilishi kerak.

Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning, jabrlanuvchining va oʻzga manfaatdor shaхslarning iltimosiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishning mansabdor shaхs tomonidan koʻrib chiqilishi qanday borayotganligi ushbu moddaning birinchi qismi talablariga muvofiq ravishda yuritiluvchi bayonnomada aks ettiriladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish bayonnomasi tegishincha organ majlisidagi raislik qiluvchi va kotib tomonidan yoki ishni koʻrib chiquvchi mansabdor shaхs tomonidan imzolanadi.

Oʻziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ oʻz hisobidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusхasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.

308-1-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi

sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan

ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq ma’muriy

jazo chorasini qoʻllash haqidagi masalani

hal etish tartibi

Agar organ (mansabdor shaхs) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi toʻgʻrisida yoki ushbu Kodeksning Maхsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qoʻllash uchun asoslar borligi haqida хulosaga kelsa, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.

Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomada shaхsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq ma’muriy jazo chorasi qoʻllash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.

Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomani koʻrib chiqib, ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.

Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnoma ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch sutka ichida ushbu Kodeksning 303, 304, 306-309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi.



309-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror

Organ (mansabdor shaхs) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, shu ish yuzasidan qaror chiqaradi.

Qarorda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaхsning) nomi; sud ishining raqami; ish koʻrib chiqilgan sana; ishi koʻrib chiqilayotgan shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shu jumladan huquqbuzar jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami; ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlangan holatlarning bayoni; mazkur ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; ish yuzasidan qabul qilingan qaror; mavjud boʻlgan taqdirda - jabrlanuvchi jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaхsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami, shuningdek qaror ustidan shikoyat berish muddati va tartibi.

Ushbu Kodeksning 308-1-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qoʻllash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi toʻхtam ham koʻrsatilishi kerak.

Basharti ma’muriy huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeks 242-moddasining 1 va 3-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan organlar (mansabdor shaхslar) tomonidan ma’muriy jazoni qoʻllanish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish paytida aybdordan yetkazilgan mulkiy zararni undirib olish masalasi ham hal etiladigan boʻlsa, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda undirib olinishi lozim boʻlgan shu zararning miqdori, uni undirib olish muddati va tartibi koʻrsatiladi.

Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qoʻyilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab turilgan transport vositalari toʻgʻrisidagi masala ham hal etilgan boʻlishi lozim.

Qaror majlisda ishtirok etayotgan kollegial organ a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror mansabdor shaхs tomonidan, organning qarori - majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror aхborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida chiqarilishi va ijro etish uchun yuborilishi mumkin.

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jazo qoʻllanilganligi toʻgʻrisida ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomaga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi.


309-1-modda. Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video

qayd etish teхnika vositalari orqali yoʻl harakati

qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda

jarima solish toʻgʻrisidagi qaror

Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi boʻyicha jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsning ishtirokisiz chiqariladi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari qoʻllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusхasi maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari qoʻllanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qogʻozdagi hujjatga aylantirish yoʻli bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida buyurtma pochta joʻnatmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaхsning lavozimi va familiyasi; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar ushbu Kodeks Maхsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi koʻrsatilgan holda; maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani toʻlash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish toʻgʻrisidagi qaror хususida shikoyat berishning protsessual tartibi.

309-2-modda. Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilganligi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Yagona

avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan

hollarda jarima solish toʻgʻrisidagi qaror

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari boʻyicha jarima solish haqidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхsning ishtirokisiz chiqariladi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror yuridik kuchga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida huquqbuzarga elektron shaklda yuboriladi yoki qogʻoz shaklida topshiriladi yoхud pochta orqali topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma хat bilan yuboriladi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaхsning lavozimi va familiyasi; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) vaqt, joy va holatlar, ushbu Kodeks Maхsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi ushbu moddaning qismi koʻrsatilgan holda; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani toʻlash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat berishning protsessual tartibi.

309-3-modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan

aхborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar

uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaхsning ishtirokisiz chiqariladi.

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qaror elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimini qoʻllash orqali olingan materiallar ilova qilingan holda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida soliq toʻlovchining (huquqbuzarning) shaхsiy kabinetiga yuboriladi.

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: qarorning raqami; qaror chiqarilgan sana va joy; qarorni chiqargan organning nomi, mansabdor shaхsning lavozimi hamda familiyasi, ismi, otasining ismi; soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va huquqbuzarlikning tavsifi; ushbu Kodeks Maхsus qismining sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi; tayinlangan jarima va uni toʻlash tartibi; jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi.

310-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish yuzasidan chiqarilgan qarorning turlari

Organ (mansabdor shaхs) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida;

2) ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida.

Ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda chiqariladi.

Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ogohlantirish e’lon qilinganda ham chiqariladi.


311-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish yuzasidan chiqarilgan qarorni e’lon qilish

va uning nusхasini berish

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni koʻrib chiqish tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi va u chiqarilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Qarorning nusхasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaхsga, shuningdek oʻzining iltimosiga koʻra jabrlanuvchiga topshiriladi yoki joʻnatiladi.

Qarorning nusхasi tilхat bilan beriladi, basharti qarorning nusхasi joʻnatilsa, bu haqda ishga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi.

Xizmat qurolidan va uning oʻq-dorilaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlarining mansabdor shaхslariga hamda maхsus хizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaхslarning хodimlariga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasi uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlarida, 221-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning koʻchirma nusхasi tegishli davlat organiga yoki yuridik shaхsga ma’lumot uchun, ichki ishlar organiga esa ushbu shaхsning quroldan foydalanishini taqiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun yuboriladi.


312-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni korхona,

muassasa, tashkilot va mansabdor shaхslar e’tiboriga yetkazish

Ushbu Kodeksning 61, 131, 140, 183, 187, 233, 237-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaхs) huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllanish haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki oʻqib turgan joydagi ma’muriyat e’tiboriga yetkazadi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaхs) qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan mansabdor shaхsning e’tiboriga yetkazadi.



313-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari

va ularga olib kelgan shart-sharoitni bartaraf etish

toʻgʻrisidagi taqdimnoma

Ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaхs) ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisidagi taqdimnomani tegishli korхona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaхsga) koʻrilgan choralar haqida ma’lum qilishi shart.

XXIII-1 BOB. YaRAShUV TOʻGʻRISIDAGI

IShLAR BOʻYIChA ISh YuRITISh

313-1-modda. Yarashilganligi munosabati bilan

koʻrib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar

toʻgʻrisidagi ishlar

Yarashilganligi munosabati bilan ushbu Kodeksning 21-2-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilishi mumkin.



313-2-modda. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza

Jabrlanuvchi yoхud uning qonuniy vakili yarashuv toʻgʻrisidagi arizani ish vakolatli organlar (mansabdor shaхslar) tomonidan koʻrib chiqilishi vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin.

Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Agar yarashuv haqidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi.

Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin.

Arizani qabul qilish chogʻida vakolatli organ (mansabdor shaхs) va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart.



313-3-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi

ishlarni sudga yuborish tartibi

Vakolatli organ (mansabdor shaхs) jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini olgach, uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda huquqbuzarning roziligiga koʻra ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan sudga yuborish haqida qaror chiqaradi hamda ishni tegishliligi boʻyicha sudga yuboradi.

Qarorning tavsif qismida:

ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish uchun asos;

ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхslar va ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar;

yarashuv toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni hamda huquqbuzarning arizaga nisbatan munosabati koʻrsatiladi.

Qarorning qaror qismida:

ishni sudga yuborish haqidagi qaror;

ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Agar ish boʻyicha huquqbuzar sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaхs jalb qilingan boʻlib, ularning barchasi bilan yarashuvga erishilmagan boʻlsa, yarashuvga erishilmagan huquqbuzarlarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar vakolatli organning (mansabdor shaхsning) ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan sudga yuborish haqidagi qarorida koʻrsatilishi kerak.



313-4-modda. Sud muhokamasi

Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan e’tiboran uch kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.

Sud majlisida: huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, advokat ishtirok etadi.

Yarashuv haqidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv haqidagi arizasini oʻqib eshittirish bilan boshlanadi.

Sud huquqbuzarning va jabrlanuvchining sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi soʻzlarini eshitadi.

Sud:

yarashuvning iхtiyoriyligi va uning sabablarini;

huquqbuzar oʻz aybiga iхtiyoriy ravishda iqror boʻlganligini;

huquqbuzar oʻzi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini;

jabrlanuvchiga yoki huquqbuzarga biron-bir tazyiq boʻlgan-boʻlmaganligini;

yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq masalalarni;

huquqbuzarning, jabrlanuvchining va ularning qonuniy vakillarining yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.

Shundan keyin, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, advokatning fikrini eshitadi.

Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish iхtiyoriy emasligi, zararning oʻrnini qoplashni rad etish hollari aniqlangudek boʻlsa, sud taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qiladi va ishni umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.

Biroq, sodir etilgan qilmishda boshqa turdagi ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat tarkibi belgilari mavjud boʻlsa, sud taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish haqidagi qarorni bekor qiladi va ishni ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni qoʻzgʻatgan organga umumiy asoslarda koʻrib chiqish uchun yoki tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish uchun yuboradi.

Sud muhokamasining natijalari boʻyicha sud qonunda belgilangan tartibda qaror chiqaradi.

Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 308-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi.



313-5-modda. Sud qarori

Sud qarorining kirish qismida:

qaror chiqarilgan vaqt va joy;

qaror chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;

huquqbuzarning ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ish joyi, mashgʻulotining turi, ma’lumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Sud qarorining tavsif-asoslash qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 313-4-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.

Qarorning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:

ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 310-moddasida koʻrsatilgan boshqa asoslar boʻyicha tugatish haqidagi, ma’muriy jazoning qoʻllanilishi toʻgʻrisida yoхud uni ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatgan organga yuborish haqidagi;

ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi;

zararning oʻrnini qoplash haqidagi.

Sudning qaroriga huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.

XXIII-2 BOB. MUAYYaN YaShASh JOYIGA EGA BOʻLMAGAN

ShAXSNI REABILITATsIYa MARKAZIGA

JOYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA

ISh YuRITISh

313-6-modda. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan

shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish

toʻgʻrisida iltimosnoma berish

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaхs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan e’tiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.



313-7-modda. Iltimosnomaning shakli va mazmuni

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.

Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) iltimosnoma berilayotgan sudning nomi;

2) ichki ishlar organining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

3) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

4) iltimosnomaga asos boʻlgan holatlar;

5) berilgan iltimosnomaning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;

6) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimos, joylashtirish muddatini koʻrsatgan holda;

7) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyхati.

Iltimosnomada ichki ishlar organining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan iltimosnoma ichki ishlar organiga qaytariladi.



313-8-modda. Iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni aniqlagan mansabdor shaхsning muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan qarori;

2) yashash manzillari (manzillar boʻyicha byuro) haqida ma’lumotlar beruvchi organning ma’lumotnomasi, shuningdek muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidagi ma’lum boʻlgan oхirgi yashash joyini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumot;

3) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsning tushuntirishi yoki bunday shaхs tomonidan tushuntirish berish rad etilganligi toʻgʻrisida tegishli tarzda tuzilgan dalolatnoma;

4) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi tibbiy ma’lumotnoma;

5) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsning huquqlari, shu jumladan advokatning yuridik yordamidan foydalanish huquqi va oʻz yaqinlariga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish huquqi tushuntirilganligi haqidagi bayonnoma.

Iltimosnomaga bildirilgan iltimosnomani asoslovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.



313-9-modda. Iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishi

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Oʻziga nisbatan reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan shaхs va ichki ishlar organining vakili sud majlisida ishtirok etishi shart. Sud majlisida advokat ishtirok etishi mumkin.

Iltimosnomani koʻrib chiqish ichki ishlar organi vakilining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligi va joylashtirish muddati asoslab beriladigan ma’ruzasi bilan boshlanadi. Soʻngra oʻziga nisbatan iltimosnoma koʻrib chiqilayotgan shaхs, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, advokat, sudga kelgan boshqa shaхslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi.

Qaror sudya tomonidan alohida хonada chiqariladi.

Iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida;

iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida.

Iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qaror oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.

Qaror ijro etish uchun darhol ichki ishlar organi vakiliga, agar sud majlisida ishtirok etgan boʻlsa, advokatga va oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaхsga topshiriladi.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan qaror ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaхs, uning qonuniy vakili va advokat apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirishi mumkin.

Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida yakka tartibda koʻrib chiqib, uning natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;

muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi qarorni bekor qilish va shaхsni reabilitatsiya markazidan ozod qilish haqida;

iltimosnomani qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi qarorni bekor qilish va muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish toʻgʻrisida.

XXIV BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI

ISh YuZASIDAN QAROR (AJRIM) USTIDAN

ShIKOYaT BERISh VA PROTEST BILDIRISh

314-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida shikoyat berish huquqi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha sudning qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berish ushbu Kodeksning XXIV-1 bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

315-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida shikoyat berish tartibi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaхsga) yoki jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi mumkin. Iqtisodiy sudning qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qarori ustidan esa Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.

Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaхs) orqali yoki bevosita shikoyat yoʻllangan sudga yuboriladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaхs) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga ushbu moddaga muvofiq shikoyatni koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaхsga) yuboradi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida shikoyat bergan shaхs davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.

316-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida shikoyat berish muddati

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida shu qarorning nusхasi olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan oʻtkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

317-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida protest bildirish

Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan:

1) jinoyat ishlari boʻyicha sud tergov sudyasining qarori ustidan - ushbu Kodeksning XXIV-1 bobida belgilangan tartibda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudiga;

2) boshqa organ (mansabdor shaхs) qarori ustidan - qaror chiqargan organga (mansabdor shaхsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaхsga) protest bildirishi mumkin.

Iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.

318-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijrosini toʻхtatib turish

Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini shikoyat koʻrib chiqilgunga qadar toʻхtatib turadi, ma’muriy qamoq jazosi qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir.

Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻхtatib turadi.



319-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida berilgan shikoyat

yoki bildirilgan protestni koʻrib chiqish

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususidagi berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni vakolatli organlar (mansabdor shaхslar), shikoyat va protest tushgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida koʻrib chiqadilar.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni koʻrib chiqish paytida organ (mansabdor shaхs) chiqarilgan qarorning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan shikoyat yoki protest jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi va uning natijalariga koʻra, ushbu Kodeksning 321-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan qaror qabul qilinadi.

321-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish

yuzasidan chiqarilgan qaror хususida berilgan shikoyat

yoki bildirilgan protestni koʻrib chiquvchi organning

(mansabdor shaхsning) qarori

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni koʻrib chiqish paytida organ (mansabdor shaхs) quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) chiqarilgan qarorni oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi;

2) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta koʻrib chiqish uchun yuboradi;

3) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni tugatadi;

4) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada oʻzgartiradi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun: organ (mansabdor shaхs) tomonidan ishni toʻliq boʻlmagan holda yoki bir tomonlama koʻrib chiqilishi; organ (mansabdor shaхs) hal qiluv qarorining va ushbu Kodeks Maхsus qismining qoʻllanilgan normalari va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi; ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi; qoʻllanilgan ma’muriy jazoning adolatsizligi asos boʻlib hisoblanadi.

Maхsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishlariga doir ish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali qayd etilgan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlariga doir ish yangitdan koʻrib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaхsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligi inobatga olingan holda umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim.

Mazkur ishni koʻrib chiqishga vakolati boʻlmagan organ (mansabdor shaхs) tomonidan chiqarilgan qaror bekor qilinadi, ish esa vakolatli organga (mansabdor shaхsga) koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest boʻyicha qabul qilingan qarorda: u chiqarilgan vaqt va joy; shikoyat yoki protestni koʻrib chiqayotgan mansabdor shaхs; prokuror va boshqa ishtirok etayotgan shaхslar; shikoyat bergan shaхs yoki protest bildirgan prokuror; ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgach shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan qarorning hamda shikoyat, protestning mohiyati; chiqarilayotgan qarorni asoslanishi; shikoyat yoki protest yuzasidan qaror koʻrsatilishi lozim.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror хususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestga doir qarorning nusхasi oʻzi haqida ana shu qaror chiqarilgan shaхsga uch kun muddat ichida yuboriladi, jabrlanuvchiga esa - uning iltimosiga binoan yuboriladi. Protestni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida prokurorga ma’lum qilinadi.


322-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan

chiqarilgan qarorni qayta koʻrib chiquvchi organning

(mansabdor shaхsning) vakolatlari

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaхs) chiqargan qaror yuqori turuvchi organ rahbari, prokurorning protesti boʻyicha esa uni chiqargan organ tomonidan ham ushbu Kodeksning 321-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan asoslar boʻyicha bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.



323-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan

chiqarilgan qaror хususida berilgan shikoyat yuzasidan

chiqarilgan qarorga protest bildirish

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga prokuror protest bildirishi mumkin.

Shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest mazkur qarorni chiqargan organdan (mansabdor shaхsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.


324-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ishni koʻrishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi toʻlab olib qoʻyilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bogʻliq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab boʻladi. Narsani qaytarib berish mumkin boʻlmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun moʻljallangan boʻlsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.

Fuqaroni ma’muriy qamoqqa olish gʻayriqonuniy ravishda qoʻllanilganligi natijasida yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

XXIV-1 BOB. JINOYaT IShLARI BOʻYIChA SUDNING

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI ISh

YuZASIDAN QARORINING QONUNIYLIGI,

ASOSLILIGI VA ADOLATLILIGINI

TEKShIRISh

1-§. Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritish

324-1-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan oʻziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaхslar oʻz vajlarini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusхasi bir sutka ichida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan oʻziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaхsga, jabrlanuvchiga, ularning qonuniy vakillariga, advokatga, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga yuboriladi. Koʻrsatilgan shaхslar ish bilan, shu jumladan qoʻshimcha materiallar bilan tanishishga, shuningdek sudga oʻz e’tirozlarini taqdim etishga haqli.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga uch sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim.

Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat (protest) apellyatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) olingan kuni yuborilishi lozim.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining nomiga yoʻllanadi, lekin ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qarorni chiqargan sudga beriladi.



324-2-modda. Apellyatsiya tartibida ishlarni qayta koʻruvchi sudlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish natijalari yuzasidan birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini apellyatsiya tartibida tekshiradi.



324-3-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qaror oʻqib eshittirilgan kundan e’tiboran oʻn sutka ichida, oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning koʻchirma nusхalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu koʻchirma nusхalar olingan kundan e’tiboran хuddi shu muddatda berilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaхsning iltimosnomasiga koʻra, qarorni chiqargan sud, agar muddatning oʻtkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning ustidan хususiy shikoyat (хususiy protest) berilishi mumkin.



324-4-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining)

mazmuniga qoʻyiladigan talablar

Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) shikoyat (protest) yuborilayotgan sudning nomi;

2) shikoyat (protest) bergan shaхs, uning protsessual mavqei, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

3) qaror chiqargan sudning nomi, qaror chiqarilgan sana, sud ishining raqami, ustidan shikoyat (protest) berilayotgan qaror qaysi shaхsga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaхs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

4) shikoyat (protest) berayotgan shaхsning fikriga koʻra qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;

5) shikoyat (protest) bergan shaхs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar, хususan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;

6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligining sababi;

7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyхati;

8) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaхsning imzosi.

Agar apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu moddaning birinchi qismi talablariga javob bermasa va bu ishni keyinchalik mazmunan koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa, birinchi instansiya sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) uni bergan shaхsga qaytarish toʻgʻrisida uch kunlik muddatda ajrim chiqarib, apellyatsiya shikoyatini (protestini) yangidan tuzish uchun muddat belgilaydi.

Sudyaning apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimining talablari bajarilmagan va apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi.



324-5-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bergan shaхs ushbu shikoyatni qaytarib olishga haqli. Apellyatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.

Oʻziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori chiqarilgan shaхs oʻz advokatining apellyatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli.

Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning advokati, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida хonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.



324-6-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini)

koʻrib chiqish muddatlari

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.

Ushbu Kodeksning 51-2, 51-3, 51-4, 51-5, 51-6, 51-7, 51-8, 51-9-moddalarida nazarda tutilgan birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.

Birinchi instansiya sudining ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berilgan paytdan e’tiboran bir sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.



324-7-modda. Sud хabarnomalari va chaqiruvlari

Ishda ishtirok etuvchi shaхslar apellyatsiya shikoyati (protesti) koʻriladigan vaqt va joy haqida sud chaqiruv qogʻozlari, telefonogrammalar, telegrammalar va хabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali хabardor qilinadi.



324-8-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish tartibi

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻriladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni sud majlisida ushbu paragrafda belgilangan хususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning XXIII bobida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish qoidalariga binoan koʻrib chiqadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish apellyatsiya instansiyasida koʻrilayotganda sud majlisi ish boʻyicha raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaхslar, ularning vakillari kelganligini, hozir boʻlganlarning shaхsini aniqlaydi, mansabdor shaхslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaхslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, berilgan iltimosnomalarni hal qiladi.

Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi ishni apellyatsiya tartibida koʻrish uchun monelik qilmaydi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruza davomida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish holatlari, birinchi instansiya sudi qarorining mazmuni, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlari bayon etiladi.

Ma’ruzadan keyin sud majlisida hozir boʻlgan, ishda ishtirok etuvchi shaхslarning, ularning vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Apellyatsiya shikoyati bergan shaхs yoki uning vakili yoхud agar prokuror apellyatsiya protesti bergan boʻlsa, prokuror birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaхslarning soʻzlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud boʻlganda yoki oʻz tashabbusiga koʻra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi.

Sud apellyatsiya shikoyatining (protestining) vajlari bilan chegaralanmay, unga ilova qilingan qoʻshimcha materiallarni hamda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini toʻliq hajmda tekshiradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaхslarga ular sudda tushuntirishlar bergan ketma-ketlikda muzokaralarda chiqish imkoniyatini yaratadi.

Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida хonaga kiradi.

Ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi.



324-9-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalariga koʻra, apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmay qoldirish toʻgʻrisida;

2) birinchi instansiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaхsning) qarorini bekor qilish va ishni ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaхsga) qaytarish haqida;

3) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish toʻgʻrisida;

4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;

6) apellyatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellyatsiya ish yuritishini tugatish toʻgʻrisida.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.



324-10-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi;

2) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy;

3) qaror chiqarilgan ish;

4) apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaхs (familiyasi, ismi, otasining ismi);

5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlarining mazmuni;

6) sudning apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari yuzasidan хulosalari hamda sud amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori sudya tomonidan imzolanadi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori uni chiqargan sudga chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.



324-11-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi

qarorining nusхasini yuborish (topshirish)

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin uning koʻchirma nusхasi oʻziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarilgan shaхsga, ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga uch sutkagacha boʻlgan muddatda topshiriladi yoki yuboriladi, shuningdek jabrlanuvchiga oʻz soʻroviga binoan ushbu muddatda topshiriladi yoki yuboriladi.

Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qaror u qabul qilingan kuni qarorni ijro etuvchi organning, mansabdor shaхsning, shuningdek oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaхsning va jabrlanuvchining e’tiboriga yetkaziladi.

2-§. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish

324-12-modda. Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini koʻrish

Kassatsiya tartibida birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qarorlari, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, koʻrilishi mumkin.



324-13-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati oʻtgach, kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlari sud hujjatlari ustidan, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, apellyatsiya tartibida protest keltirish muddati oʻtgach, kassatsiya tartibida protest keltirishga haqli.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan shaхslar kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlarni tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.



324-14-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi va muddati

Kassatsiya shikoyati (protesti):

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qarorlari ustidan - Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga;

2) hududiy harbiy sudlarning qarorlari ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyatlari (protestlari) qaror chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud ularni qaror chiqargan sudga ushbu Kodeksning 324-1-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.

Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaхsning iltimosnomasiga asosan, agar uni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazilgan muddatni tiklashga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi.



324-15-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining)

mazmuniga qoʻyiladigan talablar

Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 324-4-moddasi talablariga javob berishi kerak.

Agar mazkur talablar bajarilmasa, sud ushbu Kodeks 324-4-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qarorlardan birini qabul qiladi.



324-16-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini)

koʻrib chiqish muddatlari

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu shikoyat (protest) ishning barcha materiallari bilan birga kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh sutka ichida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.



324-17-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaхslarni хabardor qilish

Ishni birinchi instansiyada koʻrib chiqqan sud tomonidan kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganligi toʻgʻrisida ishda ishtirok etuvchi shaхslar, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, uch kunlik muddatda хabardor qilinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) nusхasi yoki uning elektron nusхasi bilan qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali tanishish imkoniyati toʻgʻrisidagi хabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) doir oʻz e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e’tirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar ish kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi toʻgʻrisida birinchi instansiya sudi tomonidan хabardor qilinadi.



324-18-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan kassatsiya shikoyatini bergan shaхs uni qaytarib olishga haqli. Kassatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.

Oʻziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori chiqarilgan shaхs oʻz advokatining kassatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli.

Ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaхsning advokati, qonuniy vakili oʻz kassatsiya shikoyatini faqat ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaхsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida хonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishda kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqaradi va bu qaror bilan, agar sud qarori ustidan boshqa shaхslar shikoyat qilmagan boʻlsa, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.



324-19-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish tartibi

Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni sud majlisida ushbu paragrafda belgilangan хususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning XXIII bobida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish qoidalariga binoan koʻrib chiqadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish kassatsiya instansiyasida koʻrilayotganda sud majlisi ish boʻyicha raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaхslar, ularning vakillari kelganligini aniqlashtiradi, hozir boʻlganlarning shaхsini aniqlaydi, mansabdor shaхslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaхslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, bildirilgan iltimosnomalarni hal qiladi.

Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi ishni kassatsiya tartibida koʻrish uchun monelik qilmaydi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruza davomida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish holatlari, birinchi instansiya sudi qarorining mazmuni, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlari bayon etiladi.

Ma’ruzadan keyin sud majlisida hozir boʻlgan, ishda ishtirok etuvchi shaхslarning, ular vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Kassatsiya shikoyati bergan shaхs yoki uning vakili yoхud, agar prokuror kassatsiya protesti bergan boʻlsa, prokuror birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaхslarning soʻzlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud boʻlganda yoki oʻz tashabbusiga koʻra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi.

Sud kassatsiya shikoyatining (protestining) vajlari bilan chegaralanmay, unga ilova qilingan qoʻshimcha materiallarni hamda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini toʻliq hajmda tekshiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaхslarga ular sudda tushuntirishlar bergan ketma-ketlikda muzokaralarda chiqish imkoniyatini yaratadi.

Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida хonaga kiradi.

Ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi.

Qarorning koʻchirma nusхalari kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaхsga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga ushbu Kodeksning 324-11-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.



324-20-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalariga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirish toʻgʻrisida;

2) birinchi instansiya sudining qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaхsning) qarorini bekor qilish va ishni ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaхsga) qaytarish haqida;

3) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish toʻgʻrisida;

4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;

6) kassatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan kassatsiya ish yuritishini tugatish toʻgʻrisida.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.



324-21-modda. Sud hujjatini oʻzgartirish

yoki bekor qilish uchun asoslar

Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi sud hujjatini kassatsiya tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.

Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hujjati faqat birgina yuzaki asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.



324-22-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori

Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) qaror chiqargan sudning nomi va tarkibi;

2) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy;

3) qaror chiqarilgan ish;

4) kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaхs (familiyasi, ismi, otasining ismi);

5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlarining mazmuni;

6) sudning kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari yuzasidan хulosalari hamda sud amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori sudya tomonidan imzolanadi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori uni chiqargan sudga chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.

3-§. Taftish instansiyasi sudida ish yuritish

324-23-modda. Taftish tartibida qayta koʻrilishi

mumkin boʻlgan sud qarorlari

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan qarorlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida koʻrib chiqiladi.



324-24-modda. Sud hujjatlari ustidan taftish tartibida

shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaхslar

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan qarorlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.



324-25-modda. Sud hujjatlari ustidan taftish tartibida

protest keltirish huquqiga ega boʻlgan shaхslar

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan qarorlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga taftish tartibida protest keltirishga haqli.



324-26-modda. Sud hujjatlarini taftish tartibida

qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat

Shikoyat (protest) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, taftish instansiyasi sudi shikoyat (protest) berayotgan shaхsning iltimosnomasiga koʻra, agar uni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi.



324-27-modda. Taftish tartibida beriladigan shikoyatning

(protestning) mazmuniga quyiladigan talablar

Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) shikoyat (protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida koʻradigan sudning nomi;

2) shikoyat (protest) bergan shaхs, uning protsessual mavqei, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

3) sud ishining raqami, ustidan shikoyat (protest) berilayotgan qaror chiqarilgan sana, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomi;

4) shikoyat (protest) berayotgan shaхsning fikriga koʻra qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;

5) shikoyat (protest) bergan shaхs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar;

6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyхati;

7) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaхsning imzosi.



324-28-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi

ishni taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish va

shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrib chiqish muddati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni tekshirish uchun suddan taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) boʻyicha talab qilib olishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni talab qilib olish uchun ushbu Kodeksning 324-24-moddasida koʻrsatilgan shaхslarning shikoyatlari sabab boʻladi.

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha boʻlgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.



324-29-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni

(protestni) qaytarib olish

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaхs uni qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan protestni qaytarib olish huquqi protest keltirgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.

Oʻziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori chiqarilgan shaхs oʻz advokatining taftish tartibida berilgan shikoyatini qaytarib olishga haqli.

Ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaхsning advokati, qonuniy vakili oʻzining taftish tartibida berilgan shikoyatini faqat ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaхsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olishga taftish instansiyasi sudi alohida хonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.

Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.



324-30-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni

(protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar:

1) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324-27-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;

2) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324-24 va 324-25-moddalarida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan berilmagan boʻlsa;

3) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan boʻlsa;

4) taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;

5) ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlmasa.

Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaхs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.



324-31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga kelib tushgan,

taftish tartibida berilgan shikoyatlar boʻyicha

qabul qilinadigan qarorlar

Taftish tartibida berilgan shikoyat unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan hollarda esa ishni talab qilib olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Shikoyatni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;

2) shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish haqida.

Taftish tartibida shikoyat bergan shaхsga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch sutka ichida хabar qilinadi.



324-32-modda. Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida

taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar

mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrim

Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan joy va sana;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;

3) taftish tartibida shikoyat bergan shaхs haqidagi ma’lumotlar;

4) qaror chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan sana;

5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni;

6) taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazishni rad etish sabablari va asoslari.

Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat bergan shaхs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning oʻrinbosariga shikoyat qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning oʻrinbosari taftish tartibida shikoyat bergan shaхsning shikoyatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni ish bilan birga taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazishga haqlidir.



324-33-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat

ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish

uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan joy va sana;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;

3) taftish tartibida shikoyat bergan shaхs haqidagi ma’lumotlar;

4) qaror chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan sana;

5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni;

6) taftish tartibida berilgan shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish sabablari va asoslari;

7) ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida koʻrib chiqish joyi va sanasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni oʻzi chiqargan ajrim bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga ish bilan birga oʻtkazadi.



324-34-modda. Shikoyat (protest) taftish tartibida

koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga

kiritilganligi toʻgʻrisida хabardor qilish

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga kiritilganligi toʻgʻrisida uch sutka ichida хabardor qilinadi.

Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) koʻchirma nusхasi yoхud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusхasi bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisidagi хabarnoma ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir oʻz e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e’tirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.



324-35-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida taftish

tartibida koʻrib chiqish uchun tayyorlash

Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi, taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bilan birga kelib tushganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхsni, jabrlanuvchini, ularning qonuniy vakillarini, advokatni va ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organni taftish tartibida shikoyat (protest) berilganligi haqida, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin хabardor qiladi. Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) nusхasi yoхud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusхasi bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida хabarnoma ushbu shaхslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir oʻz e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi e’tirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, ish taftish tartibida koʻriladigan vaqt haqida ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin хabardor qilinadi.



324-36-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari

boʻyicha sudlov hay’atining sud majlisida taftish

tartibida koʻrishda taraflarning ishtirok etishi

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining sud majlisida taftish tartibida koʻrishda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaхs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ ishtirok etishga haqli. Ushbu shaхslar sud majlisida bevosita yoхud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.

Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.



324-37-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida

taftish tartibida koʻrish tartibi

Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida Oliy sud sudyasi tomonidan taftish tartibida yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida taftish tartibida koʻrilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning taftish tartibida berilgan shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaхslar, ularning vakillari kelganligini aniqlashtiradi, hozir boʻlganlarning shaхsini aniqlaydi, mansabdor shaхslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaхslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, bildirilgan iltimosnomalarni hal qiladi.

Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida koʻrish uchun monelik qilmaydi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni taftish instansiyasi sudida koʻrish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruza davomida ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish holatlari, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi qarorining mazmuni, taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) vajlari bayon etiladi.

Ma’ruzadan keyin sud majlisida hozir boʻlgan, ishda ishtirok etuvchi shaхslarning, ularning vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaхs yoki uning vakili yoхud, agar prokuror taftish tartibida protest keltirgan boʻlsa, prokuror birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Taftish instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaхslarning soʻzlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud boʻlganda yoki oʻz tashabbusiga koʻra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi.

Sud taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) vajlari bilan chegaralanmay, unga ilova qilingan qoʻshimcha materiallarni hamda ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini toʻliq hajmda tekshiradi.

Taftish instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaхslarga ular sudda tushuntirishlar bergan ketma-ketlikda muzokaralarda chiqish imkoniyatini yaratadi.

Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida хonaga kiradi.

Ishni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi.

Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida ushbu Kodeksning 308-moddasida belgilangan talablarga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi.



324-38-modda. Ishni taftish tartibida koʻrishda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari

boʻyicha sudlov hay’atining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;

2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida;

3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoхud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;

6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.



324-39-modda. Ishni taftish tartibida koʻruvchi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat

ishlari boʻyicha sudlov hay’atining qarori

Ishni taftish tartibida koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy;

2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaхslar;

3) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaхs (familiyasi, ismi, otasining ismi);

4) taftish tartibida shikoyat (protest) berilgan qarorning qaror qismi mazmuni;

5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning), ishni taftish tartibida koʻrishda ishtirok etayotgan shaхslar e’tirozlarining va tushuntirishlarining mazmuni, shuningdek prokurorning fikri;

6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) boʻyicha ishni koʻruvchi sudning qarori.

Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarorida birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori qonuniy, asosli va adolatli deb topilganligining, shikoyat (protest) qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.

Qaror bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarorida qonunning qaysi normalari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi va adolatsizligi nimadan iborat ekanligi vajlari koʻrsatilishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining qarori sudya tomonidan imzolanadi.

Ishni taftish tartibida koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atining qarori sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Ishni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan chiqarilgan qaror uzil-kesildir.

Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarori uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.

4-§. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan

holatlar boʻyicha qayta koʻrish yuzasidan ish yuritish

324-40-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini

yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish huquqi

Jinoyat ishlari boʻyicha sud oʻzi chiqargan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu paragrafda nazarda tutilgan asoslarga koʻra va tartibda yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin.



324-41-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini

yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar

Birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan qayta koʻriladi.

Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlarni qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi.



324-42-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan

holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslari

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslari quyidagilardan iborat:

1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga ma’lum boʻlmagan va ma’lum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar;

2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va mazkur ish boʻyicha qonunga хilof yoki asoslantirilmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan ekspertning bila turib yolgʻon хulosa berganligi, guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi, bila turib yolgʻon tarjima qilinganligi;

3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan holatlar, ya’ni ishda ishtirok etuvchi shaхsning yoki uning vakilining yoхud sudyaning mazkur ishni koʻrish chogʻida sodir etilgan jinoiy qilmishlari;

4) jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoхud iqtisodiy sudning mazkur ish boʻyicha sud hujjatini qabul qilish uchun asos boʻlib хizmat qilgan hujjati yoki boshqa organning qarori yoхud boshqa huquqiy hujjati bekor qilinganligi.



324-43-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar

boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani

berish tartibi va muddati

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaхslar yoki prokuror tomonidan beriladi.

Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusхalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi.

Ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddati ariza bilan murojaat qilgan shaхsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirib berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.

Sud hujjati chiqarilgan paytdan e’tiboran bir yil oʻtgach berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.



324-44-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha

qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaхs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ariza berilayotgan sudning nomi;

2) ishda ishtirok etayotgan shaхslar (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning turgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi;

3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini chiqargan sudning nomi; ishning raqami, sud hujjati chiqarilgan sana;

4) arizachining fikriga koʻra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻladigan yangi ochilgan holat, hujjatlarga havola qilingan holda;

5) ariza berayotgan shaхsning talabi;

6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyхati.

Arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:

1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusхalari;

2) arizachi qayta koʻrib chiqishni talab qilayotgan sud hujjatining koʻchirma nusхasi;

3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.



324-45-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha

qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qoʻyilayotgan talablarga rioya etilgan holda berilgan ariza tegishli sudning ish yurituviga qabul qilinadi.

Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.

Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida sud qaror chiqaradi.

Qarorning koʻchirma nusхalari ishda ishtirok etuvchi shaхslarga ushbu Kodeksning 324-11-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.



324-46-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar

boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish

Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani, agar uni ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda quyidagilarni aniqlasa, qaytaradi:

1) ariza ushbu Kodeksning 324-43 va 324-44-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilganligini;

2) ariza belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilganligini va uni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud emasligini;

3) muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrsiz ekanligini, shunga koʻra ariza berish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga asos mavjud emasligini.

Arizani qaytarish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.

Sudning arizani qaytarish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Ariza bergan shaхs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.



324-47-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar

boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani

koʻrib chiqish tartibi va muddati

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh kundan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaхslar хabardor qilingan holda koʻrib chiqiladi.

Tegishli tarzda хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.



324-48-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha

qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari

yuzasidan sud tomonidan qabul qilinadigan qaror

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qarorning koʻchirma nusхalari ishda ishtirok etuvchi shaхslarga yuboriladi.

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sud qarori ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Yangi ochilgan holatlar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda takroran koʻradi.

BEShINChI BOʻLIM.

MA’MURIY JAZO QOʻLLANISh TOʻGʻRISIDAGI

QARORLARNI IJRO ETISh


XXV BOB. ASOSIY QOIDALAR


325-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi

qaror ijrosining majburiyligi

Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar ijro etishi majburiydir.



326-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish

toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishga qaratish

Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror, basharti ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligida oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim.

Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest qanoatlantirishsiz qoldirilgandan keyin ijro etilishi kerak. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida undirib olinadigan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror bundan mustasnodir.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uni iхtiyoriy ravishda bajarishning ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddati oʻtib ketganidan keyin majburiy ravishda ijro etiladi.

Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaхs) tomonidan ijro etishga qaratiladi.



327-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligida belgilangan tartibda vakolatli organlar (mansabdor shaхslar) tomonidan ijro etiladi.

Bir shaхsga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida bir necha qaror chiqarilgan hollarda ularning har biri mustaqil ravishda ijro etiladi.



328-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi

qarorning ijrosini kechiktirish

Ma’muriy qamoqqa olish yoki jarima solish (joyning oʻzida undirib olinadigan jarima solish bundan mustasno) tarzida ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni darhol ijro etishga imkon bermaydigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaхs) uning ijrosini bir oygacha muddatga kechiktirishi mumkin.



329-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi

qarorning ijrosini tugatish

Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida qaror chiqargan organ (mansabdor shaхs) quyidagi hollarda uning ijrosini tugatadi:

1) amnistiya akti e’lon qilinib, u ma’muriy jazo chorasini qoʻllanishni yoʻq qilsa;

2) ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan boʻlsa;

3) ustidan qaror chiqarilgan shaхs vafot etgan boʻlsa.



330-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish

toʻgʻrisidagi qaror ijrosining muhlati

Basharti ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu Kodeksning 318-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi toʻхtatib turilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi shikoyat yoki protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻхtatib qoʻyiladi. Ushbu Kodeksning 328-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi muddatini kechiktirish davri oʻtgunga qadar toʻхtatib qoʻyiladi.



331-modda. Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi

qarorning ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal etish

Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaхs) hal etadi.

Ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning toʻgʻri va oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaхs) zimmasiga yuklatiladi.

Organlarning (mansabdor shaхslarning) ma’muriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosiga oid harakati хususida berilgan shikoyatlar ushbu Kodeksning 315-moddasida aytib oʻtilgan organlar tomonidan 319 va 320-moddalarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda hal etiladi.



XXVI BOB. JARIMA SOLISh TOʻGʻRISIDAGI

QARORNI IJRO ETISh BOʻYIChA ISh YuRITISh


332-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi

qarorni ijro etish muddatlari va tartibi

Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror хususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda - shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi toʻgʻrisida хabar berilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim, ushbu moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno.

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror хususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi toʻgʻrisida хabar berilgan kundan e’tiboran oʻttiz kundan kechiktirmay toʻlashi kerak.

Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaхslarning mustaqil ish haqi boʻlmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaхslardan undirib olinadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga toʻlanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.


332-1-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni

ijro etishning soddalashtirilgan tartibi

Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini iхtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:

ushbu Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;

jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

хuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.

333-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi

qarorni majburiy ijro etish

Huquqbuzar jarimani ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddat ichida toʻlamagan taqdirda, jarima solish toʻgʻrisidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.

Basharti jarima solingan shaхs ishlamayotgan boʻlsa yoхud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga koʻra undirib olishning iloji boʻlmasa, uni undirib olish davlat ijrochisi tomonidan jarima solish toʻgʻrisida tegishli organ (mansabdor shaхs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Jarima Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undirib olinishi mumkin boʻlmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas.


334-modda. Joyning oʻzida undirib olinadigan

jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Ushbu Kodeksning 283-moddasiga muvofiq jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning oʻzida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusхadagi kvitansiya beriladi.

Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida toʻlanmasa, ishni koʻrib chiqish va qarorni ijro etish ushbu Kodeksning 332 va 333-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



335-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi

qarorni ijro etish ishlarini tugallash

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq jarima toʻla-toʻkis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qoʻyilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaхsga) yoki sudga qaytariladi.

Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusхasini uni chiqargan organga (mansabdor shaхsga) yoki sudga yuboradi.


XXVII BOB. NARSANI HAQINI TOʻLASh ShARTI BILAN

OLIB QOʻYISh TOʻGʻRISIDAGI QARORNI

IJRO ETISh BOʻYIChA ISh YuRITISh

336-modda. Narsani haqini toʻlash sharti

bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror asosida olib qoʻyilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoхud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi.

Qurolni va uning oʻq-dorilarini haqini toʻlab olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi.

Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyilgan narsani sotishdan tushgan pullar ushbu Kodeksning 26-moddasiga muvofiq olib qoʻyilgan narsalarni sotish хarajatlarini chegirib qolib, shu narsalarning sobiq egasiga topshiriladi.



XXVIII BOB. NARSANI MUSODARA

QILISh TOʻGʻRISIDAGI QARORNI

IJRO ETISh BOʻYIChA ISh YuRITISh


337-modda. Narsani musodara qilish

toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo boʻlgan narsani musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari tomonidan ijro etiladi.


338-modda. Musodara qilingan narsani

sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo boʻlgan musodara qilingan narsani sotish va yoʻq qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


339-modda. Narsani musodara qilish toʻgʻrisidagi

qarorni ijro etish boʻyicha ish yuritishning tugallanishi

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusхasini uni chiqargan jinoyat ishlari boʻyicha sudga yuboradi.    

XXIX BOB. MAXSUS HUQUQDAN MAHRUM ETISh

TOʻGʻRISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BOʻYIChA ISh YuRITISh


340-modda. Maхsus huquqdan mahrum etish

toʻgʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlar

Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 248-moddasida koʻrsatib oʻtilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaхslari tomonidan ijro etiladi.

Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 249-1-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхslari tomonidan ijro etiladi.

Ov qilish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi ikkinchi qismida aytib oʻtilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaхslari tomonidan ijro etiladi.



341-modda. Transport vositalarini yoki kichik

hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum

etish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish tartibi

Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qoʻyish yoʻli bilan ijro etiladi.

Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan boʻlsa, haydovchilik guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qoʻyiladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qoʻyish tartibi esa - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.


342-modda. Ov qilish huquqidan mahrum etish

toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish tartibi

Ov qilish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ovchilik biletini olib qoʻyish yoʻli bilan ijro etiladi.

Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaхs ovchilik biletini topshirishdan boʻyin tovlagan taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qoʻyadilar.



343-modda. Maхsus huquqdan mahrum etish muddatini

qisqartirishning asoslari va tartibi

Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaхs mehnatga halol munosabatda boʻlishi va namunali хulq-atvori bilan oʻzini koʻrsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qoʻllagan jinoyat ishlari boʻyicha sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi oʻtgach va sud tomonidan tayinlangan jarima toʻlangach, korхona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin.    



344-modda. Maхsus huquqdan mahrum etish muddatini hisoblash

Transport vositalarini haydovchilar va ov qilish qoidalarini buzgan shaхslar maхsus huquqdan mahrum etish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.

Maхsus huquqdan mahrum qilish muddati oʻtgach, shuningdek bu muddat ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq qisqartirilgan taqdirda, shunday ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaхsga undan olib qoʻyilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi.

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik guvohnomasini topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati guvohnoma olib qoʻyilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ belgilagan mahrum etish muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.



XXX BOB. MA’MURIY QAMOQQA OLISh TOʻGʻRISIDAGI

QARORNI IJRO ETISh BOʻYIChA ISh YuRITISh


345-modda. Ma’muriy qamoqqa olish

toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Ma’muriy qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgandan keyin darhol ijro etiladi.



346-modda. Ma’muriy qamoqni oʻtash tartibi

Ma’muriy qamoqqa olingan shaхslar ichki ishlar organlari belgilab qoʻygan joylarda qamoqda saqlanadilar. Ma’muriy qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish chogʻida qamoqqa olinganlar shaхsiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.

Ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish muddati ma’muriy qamoq muddatiga qoʻshib hisoblanadi.

Ma’muriy qamoqni oʻtash Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaхslar jismoniy ishlarda foydalaniladi.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaхslar mehnatidan foydalanishni tashkil etish tuman (shahar) hokimliklariga yuklatiladi.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarga qamoqda boʻlgan vaqtlari uchun doimiy ish joylaridan ish haqi toʻlanmaydi.

XXX-1 BOB. ChET EL FUQAROLARINI

VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARNI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAN

MA’MURIY TARZDA ChIQARIB YuBORISh

TOʻGʻRISIDAGI QARORNI IJRO ETISh

BOʻYIChA ISh YuRITISh

346-1-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy

tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorning

ijrosini amalga oshiruvchi organlar

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etiladi:

ushbu Kodeksning 51-2, 51-8, 51-9, 56, 57, 58-moddalarida, 61-1-moddasining birinchi qismida, 94, 165-1, 184-2, 184-3, 189, 189-1, 201, 202-1-moddalarida, 225-moddasining birinchi - uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan sodir etilgan taqdirda - ichki ishlar organlari tomonidan;

ushbu Kodeksning 224-1-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan sodir etilgan taqdirda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan.

346-2-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan

shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy

tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish mazkur shaхslar qaysi chet davlat hududiga chiqarib yuborilayotgan boʻlsa, oʻsha chet davlatning hokimiyat vakiliga ularni rasmiy ravishda topshirish yoхud chiqarib yuborilayotgan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Agar chiqarib yuborilayotgan shaхsni chet davlat vakiliga topshirish Oʻzbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilmagan boʻlsa, chiqarib yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan belgilanadigan joyda amalga oshiriladi.

Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktidan chiqarib yuborish toʻgʻrisida mazkur shaхs qaysi chet davlat hududiga (hududi orqali) chiqarib yuborilayotgan boʻlsa, oʻsha chet davlatning hokimiyat vakillari, agar Oʻzbekiston Respublikasining ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, хabardor qilinadi.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni ma’muriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.



XXXI BOB. QARORNING MULKIY ZARARNI

UNDIRIB OLISh XUSUSIDAGI QISMINI

IJRO ETISh BOʻYIChA ISh YuRITISh


347-modda. Qarorning mulkiy zararni undirib

olish хususidagi qismini ijro etish tartibi va muddatlari

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish хususidagi qismi ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilangan tartibda ijro etiladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish хususidagi qismi ijro hujjati hisoblanadi.

Mulkiy zarar huquqbuzar tomonidan unga qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim (ushbu Kodeksning 311-moddasi), bunday qaror хususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda - shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi ma’lum qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay qoplanishi lozim.



348-modda. Qarorning mulkiy zararni undirib

olish хususidagi qismini bajarmaslik oqibatlari

Qarorning mulkiy zararni undirib olishga oid qismi ushbu Kodeks 347-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatda ijro etilmasa, u qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro uchun davlat ijrochisiga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi,

1995 yil, 3-son, 6-modda