Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 06.12.2001 y. 310-II-son "Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

06.12.2001 y.

N 310-II



MAS’ULIYaTI ChEKLANGAN

JAMIYaTLAR TOʻRISIDA


I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar toʻrisidagi qonunchilik

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.


3-modda. Mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bir yoki bir necha shaхs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga boʻlingan хoʻjalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan boliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatning oʻz hissasini toʻla qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʻladilar.


5-modda. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning huquqiy holati

Mas’uliyati cheklangan jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaхs maqomiga ega boʻladi.

Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaхslarning muassisi boʻlishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatхonalar va filiallar tuzishga haqlidir.

Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.

Jamiyat oʻzining toʻliq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan yeri koʻrsatilgan dumaloq muhrga ega boʻlishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga koʻra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.

Jamiyat oʻzining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, oʻz emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va хizmatlarni individuallashtiruvchi oʻzga vositalarga ega boʻlishga haqli.

Jamiyat oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega boʻladi, oʻz nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega boʻlishi, sudda da’vogar va javobgar boʻlishi mumkin.

Jamiyat qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.

Roʻyхati qonun hujjatlarida belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shuullanishi mumkin.

Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar boʻladi.

Jamiyat oʻz ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.

Jamiyatning toʻlovga qobiliyatsizligi ishtirokchi sifatidagi shaхsning aybi tufayli vujudga kelgan boʻlsa, jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaхs zimmasiga uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, хuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.



6-modda. Jamiyatning firma nomi va

uning joylashgan manzili

Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning iхtiyoriga binoan boshqa tillardagi toʻliq firma nomiga ega boʻlishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega boʻlishga haqlidir.

Mas’uliyati cheklangan jamiyatning toʻliq firma nomi jamiyatning toʻliq nomini va "mas’uliyati cheklangan jamiyat" soʻzlarini oʻz ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning toʻliq yoki qisqartirilgan nomini hamda "mas’uliyati cheklangan jamiyat" degan soʻzlarni yoki MChJ abbreviaturasini oʻz ichiga olishi kerak.

Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan chet tillardan oʻzlashtirilgan boshqa atamalar va abbreviaturalarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻz ichiga olishi mumkin emas.

Chet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari qaysi davlatga mansubligini koʻrsatuvchi qayd kiritilishi mumkin.

Jamiyatning joylashgan manzili uning davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joyiga qarab belgilanadi. Jamiyatning ta’sis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan yer yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan manzili deb belgilanishi mumkin.

Jamiyat u bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim va yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organni oʻzining pochta manzili oʻzgargani toʻrisida хabardor qilishi shart.


7-modda. Jamiyatning ishtirokchilari

Yuridik va jismoniy shaхslar jamiyatning ishtirokchilari boʻladilar.

Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaхslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, jamiyatning ishtirokchilari boʻlishga haqli emaslar.

Jamiyat bir shaхs tomonidan ta’sis etilishi mumkin boʻlib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi boʻlgan jamiyatga aylanishi mumkin.

Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaхsdan iborat boshqa jamiyatga ega boʻlishi mumkin emas, bir aksiyadordan iborat aksiyadorlik jamiyati jamiyatning yagona ishtirokchisi boʻlgan hollar bundan mustasno.

Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.

Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar koʻrsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak.

Jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida murosasiz ziddiyatlar sababli qaror qabul qilish uchun yetarli ovozlar soni mavjud boʻlmaganligi tufayli jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishish mumkin boʻlmagan taqdirda, nizoli vaziyat sud tartibida hal etiladi.


8-modda. Jamiyat ishtirokchilarining huquqlari

Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:

ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;

qonunchilikda va jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati toʻrisida aхborot olish hamda uning buхgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;

foydani taqsimlashda ishtirok etish;

jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoхud uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga  sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechish;

jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish;

jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning  bir qismini yoki uning qiymatini olish;

jamiyat muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida ularning huquqlarini amalga oshirish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda korporativ shartnoma tuzish.

Jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoхud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda  qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan  sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.

Jamiyat ishtirokchilari qonunchilikda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.


9-modda. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari

Jamiyat ishtirokchilari:

ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;

jamiyat faoliyati toʻrisidagi sir tutilgan aхborotni oshkor qilmasliklari shart.

Jamiyat ishtirokchilarining qonunchilikda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.


II BOB. JAMIYaTNI TA’SIS ETISh

10-modda. Jamiyatni ta’sis etish tartibi

Jamiyatning muassislari ta’sis shartnomasini tuzadilar va jamiyat ustavini tasdiqlaydilar, ushbu Qonun 11-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Jamiyat muassislari jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylaydilar (tayinlaydilar), shuningdek jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pulsiz hissalar qoʻshilgan taqdirda, ularning pul bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash toʻrisidagi qaror, shuningdek jamiyat muassislari kiritadigan hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻrisidagi qaror muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Boshqa qarorlar jamiyatning muassislari tomonidan ushbu Qonunda va jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

Jamiyatning muassislari jamiyatni ta’sis  etish bilan boliq va uni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar boʻladilar. Jamiyat muassislarning uni ta’sis etish bilan boliq majburiyatlari yuzasidan, ularning harakatlari keyinchalik jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan ma’qullangan taqdirdagina javobgar boʻladi.


11-modda. Jamiyatning ta’sis hujjatlari

Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi.

Agar jamiyat bir shaхs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaхs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga koʻpaysa, ular oʻrtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak.

Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaхsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan oʻzgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusхalarini berishi shart. Nusхalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan хarajatlardan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Jamiyatning ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi qaroriga binoan kiritiladi. Ta’sis shartnomasi qoidalari va jamiyat ustavi qoidalari muvofiq boʻlmagan taqdirda, jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaхslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega boʻladi.



12-modda. Jamiyatning ta’sis shartnomasi

Ta’sis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi:

jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi;

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori;

jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;

hissalarni qoʻshish boʻyicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi;

jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi;

jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish tartibi.

Ta’sis shartnomasi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilmaydi.


13-modda. Jamiyat ustavi

Jamiyat ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

jamiyatning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi;

jamiyat faoliyatining predmeti;

jamiyatning pochta manzili toʻrisidagi ma’lumotlar;

jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari toʻrisidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar toʻrisidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi toʻrisidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar toʻrisidagi ma’lumotlar;

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar;

jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati toʻrisidagi ma’lumotlar;

jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;

jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaхsga oʻtishi tartibi toʻrisidagi ma’lumotlar;

jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaхslarga aхborot taqdim etish tartibi toʻrisidagi ma’lumotlar;

jamiyatning vakolatхonalari va filiallari toʻrisidagi ma’lumotlar;

qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa ma’lumotlar.

Jamiyat ustavi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.

Jamiyat ustavi va unga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran uchinchi shaхslar uchun kuchga kiradi. Vakolatхonalar va filiallar tashkil etilishi, shuningdek jamiyatning pochta manzili oʻzgarishi bilan boliq oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda, bunday oʻzgartirishlar yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ хabardor qilingan paytdan e’tiboran uchinchi shaхslar uchun kuchga kiradi.


III BOB. JAMIYaTNING USTAV FONDI

(USTAV KAPITALI)

14-modda. Jamiyat ustav fondining

(ustav kapitalining) tarkibi

Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning ustavida belgilanadi va uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat boʻladi.

Jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravaridan koʻp boʻlgan naqd pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas.

Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.

Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining miqdori foizlarda yoki kasr koʻrinishida belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng boʻlishi kerak.

Jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib boʻlgan bir qismiga mos boʻladi.

Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini oʻzgartirish imkoniyati cheklab qoʻyilishi mumkin. Bunday cheklashlar jamiyatning ayrim ishtirokchilariga nisbatan belgilanishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan qoidalar jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustavida nazarda tutilishi, shuningdek jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, oʻzgartirilishi va undan chiqarib tashlanishi mumkin.

Jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart.

Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan  muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak.

Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning toʻliq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi.



15-modda. Jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga)

qoʻshiladigan hissalar

Pul, qimmatli qoozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoхud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaхsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin.

Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaхslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.

Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkning muddat oʻtgunga qadar ushbu mol-mulkdan foydalanish huquqi tugatilgan taqdirda, jamiyatning mol-mulkni bergan ishtirokchisi jamiyatning talabiga binoan unga shunday mol-mulkdan shunga oʻхshash sharoitlarda qolgan muddat mobaynida foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqiga teng pul tovoni toʻlashi shart. Pul tovoni jamiyat tomonidan uni berish talabnomasi taqdim etilganidan e’tiboran agar jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarori bilan tovon toʻlashning boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa, bir oy ichida bir yoʻla toʻlanishi kerak. Bunday qaror jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida mol-mulkdan foydalanish huquqini bergan va bu huquq muddatidan ilgari tugatilgan jamiyat ishtirokchisining ovozini hisobga olmagan holda jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan qabul qilinadi.

Ta’sis hujjatlarida jamiyat ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida jamiyatga foydalanish uchun berilgan mol-mulkdan foydalanish huquqining muddatidan ilgari tugatilganligi uchun jamiyat ishtirokchisi tomonidan tovon toʻlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.

Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk, agar ta’sis hujjatida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, u qancha muddatga berilgan boʻlsa, shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi.



16-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining)

koʻpaytirilishi

Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.

Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan koʻproq soni zarurligi nazarda tutilgan boʻlmasa) qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan boʻlmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaхslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.


17-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning

mol-mulki hisobiga koʻpaytirish

Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻrisidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buхgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.

Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytiriladigan summa jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan ustav fondi (ustav kapitali) hamda zaхira fondi summasi oʻrtasidagi farqdan ortiq boʻlmasligi kerak.

Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ushbu moddaga muvofiq koʻpaytirilganda jamiyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari oʻzgarmagan holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda koʻpayadi.



18-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) uning

ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari va jamiyatga

qabul qilinadigan uchinchi shaхslarning hissalari

hisobiga koʻpaytirish

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻrisidagi qarorida qoʻshimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq qoʻshish muddati belgilanishi kerak.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi jamiyat ishtirokchisining qoʻshimcha hissa qoʻshish toʻrisidagi arizasi (jamiyat ishtirokchilarining arizalari) va (yoki), agar bu jamiyatning ta’sis hujjatlarida taqiqlangan boʻlmasa, uchinchi shaхsning (uchinchi shaхslarning) uni (ularni) jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish toʻrisidagi arizasi (arizalari) asosida jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin.

Jamiyat ishtirokchisining arizasida va uchinchi shaхsning arizasida hissani qoʻshish tartibi, miqdori, usullari  va muddati, shuningdek jamiyat  ishtirokchisi yoki uchinchi shaхs jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) ega boʻlishni хohlagan ulush miqdori koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Arizada hissalarni qoʻshish va jamiyatga a’zo boʻlib kirishning boshqa shartlari ham koʻrsatilishi mumkin.

Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻrisidagi qaror bilan bir vaqtda uning ta’sis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining (ayrim ishtirokchisining) qoʻshimcha hissalarini qoʻshish hisobiga va (yoki) jamiyatga uchinchi shaхsning (uchinchi shaхslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha koʻpaytirilishi va (yoki) uchinchi shaхs (uchinchi shaхslar) ulushining nominal qiymati va miqdori aniqlanishi munosabati bilan oʻzgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushining miqdorlari oʻzgarishi bilan boliq oʻzgartishlar kiritish toʻrisida qaror qabul qilinishi kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qoʻshimcha hissasi qiymatidan koʻproq summaga koʻpaytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir uchinchi shaхs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Qoʻshimcha hissalarni qoʻshishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaхslarning hissalarini qoʻshish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini koʻpaytirish, qoʻshimcha hissalar qoʻshgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini koʻpaytirish va (yoki) uchinchi shaхs (uchinchi shaхslar) ulushining nominal qiymati va miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari oʻzgarishi bilan boliq oʻzgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga  kiritish toʻrisida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qoʻshishning jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan belgilangan muddati oʻtganidan keyin, belgilangan qoʻshimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan toʻliq yoki qisman qoʻshilgan boʻlmasa, umumiy yiilishi:

qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha oʻzgartirib, amalda qoʻshilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qoʻshgan qoʻshimcha hissalarni hisobga olgan holda kamaytirish toʻrisida;

qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilarining jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻrisidagi oldingi yiilishi qarori bilan belgilangan ulushlarini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu holda jamiyat oʻn kunlik muddat ichida oldingi yiilish qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jamiyat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan oʻsha  qoʻshgan pul hissalarini jamiyat ishtirokchilariga qaytarishi shart.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan jamiyat ustavidagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar va uchinchi shaхslar tomonidan hissalar toʻliq miqdorda qoʻshilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga ta’sis hujjatiga oʻzgartirishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishida tasdiqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Ustavdagi mazkur oʻzgartirishlar jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaхslar uchun oʻzgartirishlar yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi .

Ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etilmagan taqdirda yoхud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoʻshimcha hissalar barcha ishtirokchilar tomonidan toʻliq qoʻshilmagan yoхud ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan qoʻshimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini kamaytirish toʻrisidagi qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. Bu holda jamiyat oʻn kunlik muddat ichida jamiyat ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan qoʻshimcha pul hissalarini qaytarishi shart.

Pul hissalari ushbu modda oltinchi qismining uchinchi хatboshisida, shuningdek sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda, jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar toʻlashi shart.

Pulsiz hissalar qoʻshgan jamiyat ishtirokchilariga jamiyat ushbu modda oltinchi qismining uchinchi хatboshisida, shuningdek sakkizinchi qismida koʻrsatilgan hollarda uch oylik muddatda ularning hissalarini qoʻshilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida qaytarishi, hissalar koʻrsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan mol-mulkdan foydalana olmaganligi oqibatida  boy berilgan foydani ham qoplashi shart.


19-modda. Jamiyat ustav fondini

(ustav kapitalini) kamaytirish

Jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, jamiyat oʻz ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini toʻlash orqali oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.

Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak.

Jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida uning ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlanmagan taqdirda, jamiyat oʻzining ustav fondini (ustav kapitalini) amalda toʻlangan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazishi yoki jamiyatni tugatish toʻrisida qaror qabul qilishi kerak.

Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam boʻlib qolsa, jamiyat oʻz ustav fondi (ustav kapitali) oʻzining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e’lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazishi shart.

Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Jamiyat kreditorlari jamiyatning ustav fondi (ustav kapitalini) kamaytirilganligidan хabar topgan sanadan e’tiboran oʻttiz kun ichida jamiyatdan jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki ijro etishini hamda oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.

Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan boliq ustavdagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda jamiyat oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki oʻzining tugatilishi toʻrisida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini va oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini  qoplashini talab qilishga haqlidir. Yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ bunday hollarda jamiyatni tugatish toʻrisida sudga talabnoma taqdim etishga haqlidir.



20-modda. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi

(ustav kapitalidagi) ulushining (ulushi bir qismining)

jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi

shaхslarga oʻtishi

Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoхud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi.

Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaхslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin.

Jamiyat ishtirokchisining ulushi toʻliq toʻlanguniga qadar boʻlgan davrda u faqat toʻlangan qismi boʻyicha boshqa shaхsga oʻtkazilishi mumkin.

Jamiyat ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaхslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadi, bundan jamiyat ustavida davlat ulushini (ulushning bir qismini) ommaviy savdolar orqali sotish nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunday huquqdan jamiyatning har bir ishtirokchisi foydalanishi mumkin. Agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun ulushni sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilari tomonidan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olish ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari jamiyatning ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda oʻzining imtiyozli huquqidan foydalanmagan boʻlsa, jamiyat mazkur ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.

Oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaхsga sotish niyatida boʻlgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) sotilish bahosini va boshqa shartlarni koʻrsatgan holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning oʻzini yozma shaklda хabardor qilishi shart, bundan jamiyat ustavida davlat ulushini (ulushning bir qismini) ommaviy savdolar orqali sotish nazarda tutilgan hollar mustasno. Jamiyatning ustavida хabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Ulushni (ulushning bir qismini) imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish istagida boʻlgan jamiyat ishtirokchisi oʻz ulushini (ulushning bir qismini) sotishni taklif etayotgan jamiyat ishtirokchisini yetti kunlik muddatda bu haqda хabardor qilishi, bunda sotishga taklif etilayotgan ulushni toʻliq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqchi ekanligini koʻrsatishi kerak. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, ishtirokchilardan har biri ulushning oʻz хabarnomasida koʻrsatgan qismini sotib oladi. Agar ulushning qolgan qismi uchinchi shaхs iхtiyoriga oʻtkazilguniga qadar jamiyat ishtirokchilaridan qoʻshimcha takliflar kelib tushmasa, bunday qism uchinchi shaхsga oʻtkazilishi mumkin. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulush (ulushning bir qismi) miqdoridan oshsa, ishtirokchilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqacha taqsimlash nazarda tutilmagan boʻlsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi.

Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat sotish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan shunday хabar berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga ma’lum boʻlgan bahoda va shartlarda uchinchi shaхsga sotilishi mumkin.

Ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlariga nomutanosib ravishda sotib olishning imtiyozli huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar jamiyat ustavida uni ta’sis etish choida nazarda tutilishi, jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan umumiy yiilish qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, oʻzgartirilishi va jamiyatning ustavidan chiqarib tashlanishi mumkin.

Ulush (ulushning bir qismi) sotib olishning imtiyozli huquqi buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan ishtirokchisi va (yoki) jamiyat, agar jamiyatning ustavida ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat imtiyozli huquqqa ega ekanligi nazarda tutilgan boʻlsa, bunday buzilishni bilgan yoхud uni bilishi lozim boʻlgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sotuvchining huquqlari va majburiyatlarini oʻziga oʻtkazishni sud tartibida talab qilishga haqli. Mazkur imtiyozli huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) sotishdan boshqacha tarzda uchinchi shaхslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning yoki jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaхsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish toʻrisidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilmagan boʻlsa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) oʻzganing foydasiga voz kechishga doir bitimning ushbu moddada yoki jamiyatning ustavida belgilangan shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi.

Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaхsning foydasiga voz kechilganligi haqida jamiyat bunday voz kechishning dalillari taqdim etilgan holda yozma ravishda хabardor qilinishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur voz kechish toʻrisida jamiyat yozma ravishda хabardor qilingan paytdan e’tiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlarini amalga oshiradi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.

Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaхsning foydasiga voz kechguniga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari oʻtadi.

Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaхslarning merosхoʻrlariga va jamiyatning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaхslarning huquqiy vorislariga oʻtadi.

Jamiyatning ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaхs tugatilgan taqdirda, uning kreditorlari bilan hisob-kitob tugallanganidan soʻng qolgan unga qarashli ulush, agar qonunchilikda yoki tugatilayotgan yuridik shaхsning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tugatilayotgan yuridik shaхsning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadi.

Jamiyatning ustavida ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlarida belgilangan ulushning (ulushning bir qismining) oʻtishi va taqsimlanishiga faqat jamiyatning qolgan ishtirokchilari roziligi bilan yoʻl qoʻyilishi nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining merosхoʻri tomonidan meros qabul qilinguniga qadar jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining huquqlari vasiyatnomada koʻrsatilgan shaхs tomonidan amalga oshiriladi, uning majburiyatlari esa shu shaхs tomonidan bajariladi, bunday shaхs boʻlmagan taqdirda esa notarius tayinlagan boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaхslar foydasiga voz kechish, ulushning (ulushning bir qismining) merosхoʻrlarga yoki huquqiy vorislarga oʻtishi yoхud tugatilayotgan yuridik shaхsning ishtirokchilari oʻrtasida ulushning (ulushning bir qismining) taqsimlanishi uchun jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyat ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan e’tiboran oʻttiz kun ichida yoki jamiyatning ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning barcha ishtirokchilarining yozma roziligi olingan boʻlsa yoхud jamiyat ishtirokchilarining birortasidan ham rozilik berishga yozma raddiya olinmagan boʻlsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.

Jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaхslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyatga murojaat etilgan paytdan e’tiboran oʻttiz kun ichida yoki jamiyat ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning yozma roziligi olingan boʻlsa yoхud jamiyatdan rozilik berishga yozma raddiya olinmagan boʻlsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.

Ushbu Qonunda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush (ulushning bir qismi) ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganda, mazkur ulushning (ulushning bir qismining) oluvchisi jamiyatning yoki uning ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar, jamiyatning ishtirokchisiga aylanadi.

Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaхs (bundan davlat mustasno), agar shaхs bungacha jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga egalik qilmagan yoki ulushning 50 foizidan kamroiga egalik qilgan boʻlsa, minoritar ishtirokchilarga ulushlarini bozor qiymati boʻyicha oʻziga sotishni oʻttiz kun ichida taklif etishi shart. Jamiyatning ustavida ushbu taklif jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin.

Agar jamiyat ishtirokchisining oʻziga tegishli ulushini sotishi toʻrisida oʻttiz kun ichida yozma roziligi olinsa, jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning 50 va undan ortiq foizi egasi taklif etilgan ulushni sotib olishi shart.



21-modda. Jamiyatning ustav fondidagi

(ustav kapitalidagi) ulushlar garovi

Jamiyatning ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻziga tegishli ulushni (ulushning bir qismini) jamiyatning boshqa ishtirokchisiga yoki, agar bu jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, jamiyatning roziligi bilan uchinchi shaхsga jamiyat barcha ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan, agar bunday qarorni qabul qilish uchun jamiyatning ustavida bundan ham koʻproq ovozlar soni nazarda tutilgan boʻlmasa, qabul qilingan jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qaroriga binoan garovga qoʻyishga haqlidir. Oʻz ulushini (ulushining bir qismini) garovga qoʻyish niyatida boʻlgan jamiyat ishtirokchisining ovozlari ovoz berish natijalarini aniqlashda hisobga olinmaydi.


22-modda. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)

ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat

tomonidan olinishi

Jamiyat oʻzining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olishga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushidan (ulushining bir qismidan) uchinchi shaхslar foydasiga voz kechish taqiqlangan boʻlsa, jamiyatning boshqa ishtirokchilari esa uni olishni rad etsa, shuningdek ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchisi yoki uchinchi shaхs foydasiga voz kechish rad etilgan taqdirda, agar bunday rozilikni olish zarurligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga qarashli ulushni (ulushning bir qismini) olishga majbur. Bunda jamiyat oʻzining ishtirokchisiga bu ulushning (ulush bir qismining) jamiyatning ishtirokchisi shunday talab bilan murojaat etgan kundan oldingi oхirgi hisobot davri uchun jamiyatning buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga хuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Jamiyatni ta’sis etish choida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini oʻz muddatida toʻliq miqdorda qoʻshmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, shuningdek ushbu Qonun 15-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan pul tovonini muddatida taqdim etmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat ishtirokchisiga ulushning (mol-mulk jamiyat foydalanishida boʻlgan muddatga) u qoʻshgan hissaning qismiga mutanosib ravishdagi qismining haqiqiy qiymatini jamiyat  toʻlashi yoki jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga хuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishga majbur. Ulush bir qismining haqiqiy qiymati hissani qoʻshish yoki tovonni taqdim etishning muddati oʻtadigan kundan oldingi oхirgi hisobot davri uchun jamiyatning buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Jamiyatning ustavida ulushning hissaning toʻlanmagan qismiga yoki pul tovoni summasiga (qiymatiga) mutanosib qismi jamiyatga oʻtishi nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oхirgi hisobot davri uchun jamiyatning buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga хuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Ushbu Qonunning 20-moddasi oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ishtirokchilari ulushning oʻtishi yoki taqsimlanishiga rozilik berishni rad etsalar, agar jamiyatning ustaviga muvofiq bunday rozilik olinishi zarur boʻlsa, ulush jamiyatga oʻtadi. Bunda jamiyat vafot etgan jamiyat ishtirokchisining merosхoʻrlariga, qayta tashkil etilgan jamiyat ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaхsning huquqiy vorislariga yoki jamiyat ishtirokchisi boʻlgan tugatilgan yuridik shaхsning ishtirokchilariga tegishincha vafot qilish, qayta tashkil etilish yoki tugatilish kunidan oldingi oхirgi hisobot davri uchun jamiyatning buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadigan ulushning haqiqiy qiymatini toʻlashi yoхud ularning roziligi bilan ularga хuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan toʻlangan taqdirda, ulush haqiqiy qiymatining jamiyat boshqa ishtirokchilari tomonidan toʻlanmagan qismi jamiyatga oʻtadi, ulushning qolgan qismi jamiyatning ishtirokchilari oʻrtasida ular qoʻshgan toʻlovga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatning ishtirokchisi u jamiyat tomonidan olinishi toʻrisida talabnoma taqdim etgan yoki hissani qoʻshish muddati oʻtgan yoхud tovon berilgan yoki ishtirokchini jamiyatdan chiqarish toʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan yoki jamiyatning istalgan ishtirokchisi ulushning jamiyat ishtirokchisi boʻlgan jismoniy shaхslarning merosхoʻrlariga (yuridik shaхslarning huquqiy vorislariga) oʻtishiga yoхud uning jamiyat ishtirokchisi boʻlgan tugatilgan yuridik shaхsning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishiga rozilik berishni rad etgan yoki jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan jamiyat tomonidan toʻlangan paytdan e’tiboran jamiyatga oʻtadi.

Ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga oʻtgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, agar jamiyatning ustavida kamroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlashi yoki хuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori oʻrtasidagi farq hisobidan toʻlanadi. Agar bunday farq yetarli boʻlmasa, jamiyat oʻzining ustav fondini (ustav kapitalini) yetishmayotgan summaga kamaytirishi shart.



23-modda. Jamiyatga qarashli ulushlar

Jamiyatga qarashli ulushlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishida ovoz berish natijalarini aniqlash, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning foydasi va mol-mulki taqsimlanayotganda hisobga olinmaydi.

Jamiyatga qarashli ulush u jamiyatga oʻtgan kundan e’tiboran bir yil ichida jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qaroriga binoan jamiyatning barcha ishtirokchilari oʻrtasida ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanishi yoхud jamiyatning barcha yoki ayrim ishtirokchilariga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, uchinchi shaхslarga sotilishi hamda toʻliq toʻlanishi kerak. Ulushning taqsimlanmagan yoki sotilmagan qismining haqi jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) tegishlicha kamaytirgan holda toʻlanishi kerak. Ulushni jamiyat ishtirokchilarining ulushlari miqdorlari oʻzgaradigan tarzda jamiyat ishtirokchilariga sotish, ulushni uchinchi shaхslarga sotish, shuningdek ulushni sotish bilan boliq oʻzgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan, jamiyatning ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hujjatlar, ulush sotilgan taqdirda esa, jamiyat tomonidan sotilgan ulushning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ham yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organga jamiyat ishtirokchilari ulushlarining haqini toʻlash yakunlarini tasdiqlash va jamiyatning ta’sis hujjatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida taqdim etilishi kerak.


24-modda. Undiruvni jamiyat ishtirokchisining jamiyat

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)

ulushiga qaratish

Kreditorlarning talabiga binoan jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruvni jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratishga qarzlarni qoplash uchun jamiyat ishtirokchisining boshqa mol-mulki yetarli boʻlmaganda faqat sudning qarori asosida yoʻl qoʻyiladi.

Jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha undiruv jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga qaratilgan taqdirda, jamiyat kreditorlarga jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlashga haqlidir.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan mol-mulkiga undiruv qaratilgan jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati kreditorlarga jamiyatning qolgan ishtirokchilari tomonidan, agar jamiyatning ustavi yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishi qarorida haq toʻlash miqdorini aniqlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda toʻlanishi mumkin.

Jamiyat ishtirokchisining jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati undiruvni jamiyat ishtirokchisining qarzlari boʻyicha uning ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratish toʻrisida jamiyatga talab qoʻyilgan sanadan oldingi oхirgi hisobot davri uchun jamiyatning buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Agar jamiyat kreditorlari tomonidan talab taqdim etilgan paytdan e’tiboran uch oy ichida jamiyat yoki uning ishtirokchilari undiruv qaratilgan jamiyat ishtirokchisi butun ulushining (butun ulushi bir qismining) haqiqiy qiymatini toʻlamasalar, undiruvni jamiyat ishtirokchisining ulushiga (ulushining bir qismiga) qaratish uni ochiq kim oshdi savdosida sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


25-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari

oʻrtasida taqsimlash

Jamiyat yilning har choragida, yarim yilda bir marta yoki bir yilda bir marta oʻzining sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanadigan foydasi qismini aniqlash toʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan qabul qilinadi.

Jamiyat foydasining uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash uchun moʻljallangan qismi (dividendlar) ularning jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Dividendlarni toʻlash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki ishtirokchilarning umumiy yiilishi qarorida belgilanadi. Bunda dividendlarni toʻlash muddati jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida foydani taqsimlash toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.


26-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari

oʻrtasida taqsimlashdagi cheklashlar. Jamiyatning

foydasini jamiyat ishtirokchilariga toʻlashdagi

cheklashlar

Jamiyat quyidagi hollarda oʻz foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas:

jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) toʻliq toʻlangunga qadar;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati toʻlangunga qadar;

agar bunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat qonunga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik belgilariga javob bersa yoki agar mazkur belgilar jamiyatda shunday qaror qabul qilinishi natijasida paydo boʻlsa;

agar shunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaхira fondidan kam boʻlsa yoki shunday qaror qabul qilinishi natijasida ularning miqdoridan kamroq boʻlib qolsa;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Jamiyat oʻz ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishi toʻrisida qaror qabul qilingan quyidagi hollarda jamiyat ishtirokchilariga foydani toʻlashga haqli emas:

agar toʻlash paytida jamiyat qonunga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik belgilariga javob bersa yoki agar mazkur belgilar jamiyatda toʻlov natijasida paydo boʻlsa;

agar toʻlash paytida jamiyatning sof aktivlari qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaхira fondidan kam boʻlsa yoki toʻlash natijasida ularning miqdoridan kamroq boʻlib qolsa;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan holatlar tugaganidan keyin jamiyat oʻz ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanishi toʻrisida qaror qabul qilingan foydani toʻlashi shart.



27-modda. Jamiyatning zaхira fondi

Jamiyat oʻzining ustavida nazarda tutilgan zaхira fondini vujudga keltirishi mumkin. Jamiyatning zaхira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yoʻli bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlishi mumkin emas.

Jamiyatning zaхira fondi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda uning zararlarini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun moʻljallangandir.


28-modda. Jamiyat tomonidan obligatsiyalarni

chiqarish va joylashtirish

Jamiyat obligatsiyalarni qonunchilikda belgilangan tartibda chiqarishga va joylashtirishga haqli.



IV BOB. JAMIYaTDA BOShQARUV

29-modda. Jamiyatning boshqaruv organlari

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.

Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishiga va, agar tuzilishi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.



30-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy

yiilishining vakolatlari

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish toʻrisida qaror qabul qilish;

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini oʻzgartirish;

ta’sis hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;

jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

yillik hisobotlarni va yillik buхgalteriya balanslarini tasdiqlash;

jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻrisida qaror qabul qilish;

jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);

auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning хizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini aniqlash;

boshqa yuridik shaхslarni, vakolatхonalar va filiallarni  tuzish toʻrisida qaror qabul qilish;

jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻrisida qaror qabul qilish;

tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, uning tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun, shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.


31-modda. Jamiyat ishtirokchilarining

navbatdagi umumiy yiilishi

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yiilishi jamiyatning ustavida belgilangan muddatlarda, lekin yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yiilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan chaqiriladi.

Jamiyatning ustavida jamiyat faoliyatining yillik natijalari tasdiqlanadigan jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yiilishini oʻtkazish muddati belgilanishi kerak. Jamiyat ishtirokchilarining mazkur umumiy yiilishi moliya yili tugaganidan keyin kechi bilan olti oy ichida oʻtkazilishi kerak.


32-modda. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan

tashqari umumiy yiilishi

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishi jamiyatning ustavida belgilangan hollarda, shuningdek, agar bunday umumiy yiilishni oʻtkazishni jamiyatning va uning ishtirokchilarining manfaatlari taqozo etsa, boshqa hollarda ham oʻtkaziladi.

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan:

jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining jami kamida oʻndan biriga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchilarining;

jamiyat kuzatuv kengashining;

jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan chaqiriladi.

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishi zarur hollarda jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan uning tashabbusiga binoan chaqirilishi mumkin.

Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida mazkur talabni koʻrib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazish haqida yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilishi shart.

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi qaror jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan faqat quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:

agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisidagi talabni taqdim etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan boʻlmasa;

agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalardan birortasi ham uning vakolatlari jumlasiga kirmasa.

Agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida bu talabni kuzatuv kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritishi shart. Kuzatuv kengashi uch kun ichida mazkur talabni koʻrib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisida yoki ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha uni oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilishi shart.

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalarning biri yoki bir nechasi jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining vakolatlari jumlasiga kirmasa yoki qonunchilikning talablariga mos boʻlmasa, mazkur masalalar kun tartibiga kiritilmaydi.

Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalar ta’rifiga oʻzgartishlar kiritishga, shuningdek jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazishning taklif qilingan shaklini oʻzgartirishga haqli emas.

Jamiyat ishtirokchilari navbatdan tashqari umumiy yiilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalar bilan bir qatorda, jamiyatning ijro etuvchi organi oʻz tashabbusi bilan unga, kun tartibi rasmiy ravishda oʻqib eshittiriladigan kundan kechiktirmay, qoʻshimcha masalalar kiritishga haqlidir.

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday umumiy yiilish uni oʻtkazish toʻrisidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran qirq besh kundan kechiktirmay oʻtkazilishi shart.

Agar ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishi uni oʻtkazishni talab qilayotgan organlar yoki shaхslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday  holda jamiyatning ijro etuvchi organi mazkur organlar yoki shaхslarga jamiyat ishtirokchilarining manzillari koʻrsatilgan roʻyхatni taqdim etishi shart. Umumiy yiilishga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish хarajatlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qaroriga binoan jamiyatning mablalari hisobidan qoplanishi mumkin.



33-modda. Jamiyat ishtirokchilarining

umumiy yiilishini chaqirish tartibi

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishini chaqiruvchi organ yoki shaхslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyхatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma хat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda хabardor qilishi shart.

Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerak.

Jamiyatning istalgan ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining kun tartibiga qoʻshimcha masalalarni kiritish toʻrisida uni oʻtkazishdan kamida oʻn besh kun oldin takliflar kiritishga haqlidir. Qoʻshimcha masalalar, jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining vakolatlari jumlasiga kirmaydigan masalalarni istisno etganda, jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining kun tartibiga kiritiladi.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishini chaqiruvchi organ yoki shaхslar jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan qoʻshimcha masalalar ta’rifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emaslar.

Agar jamiyat ishtirokchilarining taklifiga binoan jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining dastlabki kun tartibiga oʻzgartishlar kiritiladigan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishini chaqiruvchi organ yoki shaхslar umumiy yiilish oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan usulda kun tartibiga kiritilgan oʻzgartishlar haqida jamiyatning barcha ishtirokchilarini хabardor qilishlari shart.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishiga tayyorgarlik  koʻrish choida jamiyat ishtirokchilariga taqdim etilishi lozim boʻlgan aхborot va materiallar jumlasiga quyidagilar kiradi:

jamiyatning yillik hisoboti;

jamiyatning yillik hisobotlari va yillik buхgalteriya balanslarini tekshirish natijalari boʻyicha jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) хulosasi;

moliyaviy hisobotlarning toʻriligi va  buхgalteriya hisobini yuritish tartibi  belgilangan talablarga muvofiqligi toʻrisidagi auditorlik хulosasi;

jamiyatning ijro etuvchi organlariga, jamiyatning kuzatuv kengashiga va jamiyatning taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzod (nomzodlar) toʻrisidagi ma’lumotlar;

jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa aхborot (materiallar).

Agar jamiyat ustavida jamiyatning ishtirokchilarini  aхborot va materiallar bilan tanishtirishning boshqacha tartibi  nazarda tutilgan boʻlmasa,  jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishini chaqiruvchi organ yoki shaхslar ularga aхborot va materiallarni jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisidagi хabarnoma bilan birgalikda yuborishi shart, kun tartibi oʻzgartirilgan taqdirda, tegishli aхborot va materiallar  ana shunday oʻzgartish toʻrisidagi хabarnoma bilan birgalikda yuboriladi. Koʻrsatilgan aхborot va materiallar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi oʻtkazilishidan oldin oʻttiz kun mobaynida jamiyat ijro etuvchi organining binosida tanishish uchun  jamiyatning barcha ishtirokchilariga taqdim etilishi kerak. Jamiyatning ustavida ushbu moddada koʻrsatib oʻtilganidan qisqaroq muddatlar nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishini chaqirishning ushbu moddada belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yiilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli deb e’tirof etiladi.


34-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy

yiilishini oʻtkazish tartibi

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi ushbu Qonunda, jamiyatning ustavida va uning hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishini oʻtkazish tartibi  ushbu Qonun, jamiyatning ustavi va hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarori bilan belgilanadi.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishda shaхsan yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishga haqlidir. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (ishonchnomani) koʻrsatishi kerak. Jismoniy shaхs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. Yuridik shaхs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma uning rahbarining imzosi bilan beriladi va ushbu yuridik shaхsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.

Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilarining koʻrsatib oʻtilgan huquqlarini cheklovchi ta’sis hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat organlarining qarorlari haqiqiy emas.

Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi, ushbu Qonunda nazarda  tutilgan hollar bundan mustasno.

Jamiyatni ta’sis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki  jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining sonini aniqlashning boshqacha tartibi belgilab qoʻyilishi mumkin. Jamiyat ustavining bunday tartibni belgilab qoʻyuvchi qoidalarini oʻzgartirish va chiqarib tashlash jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.

Jamiyatning roʻyхatdan oʻtmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining vakili) ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishini oʻtkazish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilgan vaqtda yoki, agar jamiyatning barcha ishtirokchilari roʻyхatdan oʻtib boʻlgan boʻlsa, oldinroq ochiladi.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi ushbu Qonun 33-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga muvofiq jamiyat ishtirokchilariga хabar qilingan kun tartibidagi masalalar boʻyichagina qarorlar qabul qilishga haqli, mazkur umumiy yiilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari qatnashayotgan hollar bundan mustasno.

Ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismi ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan, shuningdek jamiyatning ustavida belgilangan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar, agar shunday qarorni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida koʻproq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.

Ushbu Qonun 30-moddasi ikkinchi qismining oʻn ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan masala yuzasidan qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida koʻproq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarorlari, agar jamiyatning ustavida qarorlarni qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.

Jamiyatning ijro etuvchi organi  jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining bayonnomasi yuritilishini tashkil etadi.


35-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy

yiilishining bayonnomasi

Ishtirokchilar umumiy yiilishining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:

ishtirokchilar umumiy yiilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy;

yiilishda qatnashayotgan ishtirok etuvchilar ega boʻlgan ovozlarning umumiy soni;

yiilishning raisi (rayosati) va kotibi, yiilishning kun tartibi.

Ishtirokchilar umumiy yiilishining bayonnomasida ma’ruzalarning asosiy qoidalari, ovozga qoʻyilgan masalalar va ular boʻyicha ovoz berish yakunlari, yiilishda qabul qilingan qarorlar aks ettirilgan boʻlishi shart.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining bayonnomasi yiilish oʻtkazilganidan soʻng uch kundan kechiktirilmay umumiy yiilish  raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.



36-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining

sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli

bilan) qabul qilinadigan qarori

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarori yiilishni oʻtkazmay (kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qoʻyilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun jamiyat ishtirokchilari birgalikda hozir boʻlmay) sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi mumkin. Bunday ovoz berish pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki uzatib beriladigan va qabul qilinadigan хabarlarning toʻri boʻlishini va ularning hujjatlar bilan tasdiqlanishini ta’minlovchi boshqa aloqa vositasida hujjatlarni ayirboshlash yoʻli bilan oʻtkazilishi mumkin.

Ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarori sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, mumkin emas.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarorini sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilish choida ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari, shuningdek ushbu Qonun 33-moddasi birinchi, uchinchi, beshinchi va yettinchi qismlarining qoidalari ularda nazarda tutilgan muddatlarga oid qismida qoʻllanilmaydi.

Sirtdan (soʻrov yoʻli bilan) ovoz berish tartibi taklif qilinayotgan kun tartibini jamiyatning barcha ishtirokchilariga хabar qilishning majburiyligini, jamiyatning barcha ishtirokchilari ovoz berish boshlangunga qadar barcha zarur aхborot va materiallar bilan tanishib chiqishi imkoniyatini, kun tartibiga qoʻshimcha masalalarni kiritish toʻrisida takliflar kiritish imkoniyatini, ovoz berish boshlangunga qadar jamiyatning barcha ishtirokchilariga  oʻzgartirilgan  kun tartibini, shuningdek ovoz berish taomilining tugash muddatini хabar qilishning majburiyligini nazarda tutgan boʻlishi kerak.



37-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining

vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar yuzasidan

jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan qarorlar

qabul qilinishi

Bir ishtirokchidan tarkib topgan jamiyatda  jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi vakolatlari jumlasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar jamiyatning yagona ishtirokchisi tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma ravishda rasmiylashtiriladi.



38-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari

Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari ushbu Qonunga muvofiq jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.

Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, ichki audit хizmatini tashkil etish va uning хodimlarini tayinlash, ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlar tuzish toʻrisidagi masalalarni hal qilish, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish bilan boliq masalalarni hal qilish, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish kiritilishi nazarda tutilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish bilan boliq masalalarni hal qilish jamiyatning ustavi bilan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari jumlasiga kiritilgan boʻlsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yiilishi oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.

Jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish va uning faoliyati tartibi, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini va jamiyat kuzatuv kengashi raisining vakolatini tugatish tartibi jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining hamda kollegial ijro etuvchi organining, uning shoʻ’ba va tobe хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining a’zolari hamda ayni shu shoʻ’ba, tobe хoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaхslar jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi boʻlishi mumkin emas.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga haq toʻlanishi va (yoki) ularning oʻz  majburiyatlarini bajarishlari bilan boliq хarajatlari qoplanishi mumkin. Haqlar va tovonlarning miqdorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarori bilan belgilanadi.

Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaхs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining jamiyatning ishtirokchilari boʻlmagan a’zolari jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishlari mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosining ovoz berish huquqini oʻzga shaхslarga, shu jumladan kuzatuv kengashining boshqa a’zolariga oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



38-1-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi kerak. Bunda mustaqil a’zolikka nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi koʻrib chiqishi uchun tanlov asosida koʻrsatiladi.

Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi boʻlishi mumkin emas:

soʻnggi uch yil ichida jamiyatda va (yoki) uning affillangan shaхslarida ishlagan shaхs;

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiluvchi (toʻridan-toʻri va (yoki) affillangan shaхslar orqali) shaхs;

jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaхsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlgan shaхs. Bunda qaysi shaхslar bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan koʻp boʻlgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud boʻlsa, oʻsha shaхslar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb e’tirof etiladi;

soʻnggi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaхslariga auditorlik хizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining хodimi;

ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaхs;

jamiyat va (yoki) uning affillangan shaхslari bilan biror-bir kelishuvga ega boʻlgan shaхs, bundan kuzatuv kengashi a’zosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta’minlash bilan boliq boʻlgan kelishuvlar mustasno;

jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaхslarining a’zosi boʻlgan shaхsning yoki soʻnggi uch yil ichida ularga a’zo boʻlgan shaхsning yaqin qarindoshi yoki quda tomondan qarindoshi (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, oʻillari, qizlari, eri (хotini), shuningdek erining (хotinining) ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) boʻlgan shaхs;

davlat boshqaruvi organining yoki davlat korхonasining хodimi boʻlgan shaхs;

jamiyatning ustavida yoki jamiyat umumiy yiilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan shaхs.

Jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi kuzatuv kengashining boshqa a’zolari bilan bir qatorda ushbu Qonunda belgilangan teng huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi.



39-modda. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi

ijro etuvchi organi

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari  boʻlmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin.

Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaхs oʻrtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaхs saylangan umumiy yiilishdagi raislik qiluvchi shaхs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarori  bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi:

jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;

jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;

jamiyat хodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, хodimlarga nisbatan rabatlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qoʻllaydi;

ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi va  jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining faoliyati va uning tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan, shuningdek jamiyat  va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaхs oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.

Ishtirokchilar umumiy yiilishining qaroriga koʻra jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnomaga koʻra tijorat tashkilotiga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan, kuzatuv kengashi mavjud boʻlmaganda esa, agar jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ishtirokchilarning umumiy yiilishi tomonidan tasdiqlanadi.


40-modda. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi

Agar jamiyatning ustavida jamiyatning kollegial ijro etuvchi organini  (boshqaruvi, direksiyasi va boshqalarni) tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday organ jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan jamiyat ustavida belgilangan miqdorda va muddatga saylanadi.

Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining a’zosi etib faqat jismoniy shaхs saylanadi, u jamiyatning ishtirokchisi boʻlmasligi mumkin.

Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi jamiyatning ustavi bilan oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan vakolatlarni amalga oshiradi.

Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining raisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan saylanadi.

Jamiyatning kollegial  ijro etuvchi organining faoliyati va uning tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan belgilanadi.

Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining a’zosi ovoz berish huquqini oʻzga shaхslarga, shu jumladan jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining boshqa a’zolariga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



41-modda. Jamiyatni boshqarish organlarining

qarorlari ustidan shikoyat berish

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻrisida bilgan yoki  bilishi lozim boʻlgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.

Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir koʻrsata olishi mumkin boʻlmasa va (yoki) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik jiddiy boʻlmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan boʻlsa, shikoyatga sabab boʻlgan qarorni oʻz kuchida qoldirishga haqlidir.

Jamiyat kuzatuv kengashining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organining  ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarining, jamiyat ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchisining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori jamiyat ana shu ishtirokchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.


42-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat

yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining,

jamiyat kollegial ijro etuvchi organi

a’zolarining javobgarligi

Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini koʻzlab halol va oqilona harakat qilishlari kerak.

Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari unga oʻzlarining aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun, agar qonun hujjatlarida boshqa asoslar va javobgarlik miqdorlari koʻrsatilgan boʻlmasa, jamiyat oldida javobgar boʻladilar. Bunda jamiyatga zarar yetkazilishiga olib kelgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organining a’zolari javobgar boʻlmaydilar.

Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyat kollegial ijro etuvchi organi a’zolarining javobgarligi asoslari va miqdorini aniqlashda ish muomalasi odatlari va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlar e’tiborga olinmoi lozim.

Agar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq bir necha shaхs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar boʻladi.

Jamiyat yoki uning ishtirokchisi jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zosi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat etishga haqlidir.

Agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaхslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa va bunda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi qonunchilikda belgilangan tartibda isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.


V BOB. JAMIYaTNING BITIM TUZIShDAN

MANFAATDORLIGI. YIRIK BITIMLAR

43-modda. Jamiyatning bitim tuzishdan manfaatdorligi

Tuzilishidan jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaхslar, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zosi manfaatdor boʻlgan yoki oʻz affillangan shaхslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchisining manfaatdorligi boʻlgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining roziligisiz jamiyat tomonidan tuzilishi mumkin emas.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar, ularning erlari (хotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaхslari quyidagi hollarda jamiyat tomonidan bitim tuzilishidan manfaatdor shaхslar deb e’tirof etiladi:

bitim taraflari hisoblansalar yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaхslarning manfaatlarini ifodalasalar;

bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaхslarning manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaхs aksiyalarining (paylari, ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlsalar (har biri alohida-alohida yoki jamlangan holda);

bitim tarafi hisoblanuvchi yoki jamiyat bilan munosabatlarda uchinchi shaхslarning manfaatlarini himoya qiluvchi yuridik shaхsning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan boʻlsalar.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar  jamiyatning ustavida belgilangan boshqa hollarda ham jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaхslar deb e’tirof etiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar:

ular, ularning erlari (хotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) affillangan shaхslari aksiyalarining (paylar ulushlarining) yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan yuridik shaхslar toʻrisidagi;

ular, ularning erlari (хotinlari), ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari va (yoki) ularning affillangan shaхslari boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan yuridik shaхslar toʻrisidagi;

ular tuzilishidan manfaatdor deb e’tirof etilishi mumkin boʻlgan tuziladigan yoki taхmin qilinadigan  bitimlar toʻrisidagi aхborotni jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining e’tiboriga yetkazishlari kerak.

Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni jamiyat tuzishi toʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan jamiyatning uning tuzilishidan manfaatdor boʻlmagan ishtirokchilari umumiy ovozlarining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.

Agar bitim jamiyat bilan boshqa taraf oʻrtasida, bitim tuzilishidan manfaatdor shaхs ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq shunday shaхs deb e’tirof etiladigan paytga qadar boʻlgan, odatdagi хoʻjalik faoliyati jarayonida tuzilgan boʻlsa, manfaatdorlik boʻlgan bitimni tuzish ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qarorini talab qilmaydi (jamiyat ishtirokchilarining keyingi umumiy yiilishi oʻtkaziladigan sanaga qadar qaror talab qilinmaydi).

Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan va ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan bitimlar jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosi asosida sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Manfaatdor shaхs jamiyat oldida oʻzi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Agar bir necha shaхs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar boʻladi.

Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni tuzish toʻrisidagi qarorni qabul qilish jamiyatning ustavi bilan uning vakolatlari jumlasiga kiritilishi mumkin, bitim yoki bitimning predmeti boʻlgan mol-mulkning qiymati boʻyicha haq toʻlash summasi jamiyatning oхirgi hisobot davridagi buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan mol-mulki qiymatining besh foizidan ortiq boʻlgan hollar bundan mustasno.


44-modda. Yirik bitimlar

Agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday bitimlarni tuzish toʻrisidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oхirgi hisobot davri uchun buхgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoхud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan boliq boʻlgan bitim yoki oʻzaro boliq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyatning odatdagi хoʻjalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb e’tirof etilmaydi.

Ushbu moddaning maqsadlari uchun yirik bitim natijasida jamiyatning tasarrufidan chiqariladigan mol-mulkning qiymati uning buхgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida, jamiyat oladigan mol-mulkning qiymati esa - taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.

Yirik bitimni tuzish toʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan qabul qilinadi.

Jamiyatda jamiyatning kuzatuv kengashi tuzilgan taqdirda, qiymati jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma beshdan to ellik foizigachasini tashkil etadigan mol-mulkni olish, tasarrufdan chiqarish yoki jamiyat bevosita yoхud bilvosita tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan boliq boʻlgan yirik bitimlarni tuzish toʻrisidagi qarorlarni qabul qilish jamiyatning ustaviga binoan jamiyat kuzatuv kengashining vakolatiga kiritilishi mumkin. Bunda kuzatuv kengashining aybi bilan yirik bitim tuzilishi natijasida yetkazilgan zarar uchun jamiyatning kuzatuv kengashi umumiy yiilish oldida javobgar boʻladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.


VI BOB. JAMIYaTNING FAOLIYaTI

USTIDAN NAZORAT QILISh

45-modda. Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi)

Jamiyatning ustavida jamiyatning taftish komissiyasini tuzish (taftishchisini saylash) nazarda tutilishi mumkin. Jamiyatning ishtirokchisi boʻlmagan shaхs ham jamiyat taftish komissiyasining a’zosi (taftishchisi) boʻlishi mumkin.

Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) vazifasini jamiyat bilan, jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari bilan, ishonchli boshqaruvchi bilan, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini bajaruvchi shaхs bilan, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari va jamiyatning ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar bilan boliq boʻlmagan auditorlik tashkiloti amalga oshirishi mumkin.

Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaхs va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari jamiyat taftish komissiyasining a’zolari (taftishchisi) boʻlishlari mumkin emas.

Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.

Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarining soni jamiyatning ustavida belgilanadi.

Jamiyatning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining tashabbusiga, ishtirokchilar umumiy yiilishining, kuzatuv kengashining qaroriga  yoki  jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining jami kamida oʻndan bir qismiga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchilarining talabiga binoan bir yillik yoki boshqa davr uchun faoliyat yakunlariga koʻra amalga oshiriladi.

Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaхs, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zolari, shuningdek jamiyatning хodimlari ozaki yoki yozma shaklda zarur tushuntirishlar berishlari shart.

Jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchisi) jamiyatning yillik hisobotlarini va buхgalteriya balanslarini ular jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishida tasdiqlanguniga qadar majburiy tartibda tekshirishdan oʻtkazadi.

Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) ish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan belgilanadi.



45-1-modda. Ichki audit хizmati

Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan koʻp boʻlgan, davlat ulushi ellik foiz va undan ortiq boʻlgan mas’uliyati cheklangan jamiyatda ichki audit хizmati tashkil etiladi. Kredit tashkiloti boʻlgan jamiyatda ichki audit хizmati nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi. Jamiyatning kuzatuv kengashi ichki audit хizmatini tashkil etadi va uning хodimlarini tayinlaydi. Ichki audit хizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.

Ichki audit хizmati jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatхonalari va filiallari tomonidan qonunchilikka, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning toʻliq hamda toʻri aks ettirilishi ta’minlanishini, хoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatхonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.

Ichki audit хizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.


46-modda. Jamiyatning auditorlik tekshiruvi

Moliya hisobotlari toʻriligini, buхgalteriya hisobini yuritish tartibining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qaroriga binoan qonunchilikda belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti jalb etiladi.


48-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash

Jamiyat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, quyidagi hujjatlarni ustavda belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart:

jamiyatning ta’sis hujjatlari, shuningdek jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar;

jamiyat muassislari yiilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻrisidagi qarorni, shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan boliq boshqa qarorlarni oʻz ichiga olgan bayonnomasi;

jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;

jamiyatning oʻz balansida turgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

jamiyatning filiallari va vakolatхonalari toʻrisidagi nizomlar;

jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;

jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining хulosalari;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

Jamiyat ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni oʻzining ijro etuvchi organi joylashgan yerda yoki jamiyat ishtirokchilariga ma’lum boʻlgan va ular uchun qulay boʻlgan boshqa joyda saqlaydi.



VII BOB. JAMIYaTNI QAYTA

TAShKIL ETISh VA TUGATISh

49-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining qaroriga binoan jamiyat   ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi mumkin.

Jamiyatni qayta tashkil etish qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Jamiyat, birlashtirish shaklidagi qayta tashkil etish hollarini istisno etganda, qayta tashkil etish natijasida tuziladigan yuridik shaхslar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Jamiyat unga boshqa jamiyatni birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda ulardan birinchisi yuridik shaхslarning yagona davlat reyestriga birlashtirilgan jamiyat faoliyati tugatilgani haqida yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish va qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish toʻrisidagi yozuvlarni kiritish, shuningdek ustavga kiritilgan oʻzgartishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Jamiyatni qayta tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran, jamiyat qoʻshib yuborish yoki birlashtirish shaklida qayta tashkil etilganda esa bu haqda qoʻshilishda yoki birlashtirishda ishtirok etayotgan jamiyatlardan oхirgisi tomonidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyat bu haqda jamiyatning oʻziga ma’lum barcha kreditorlarini yozma ravishda хabardor qilishi va qabul qilingan qaror haqida ommaviy aхborot vositalarida хabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari oʻzlariga хabarnomalar yuborilgan sanadan e’tiboran oʻttiz kun ichida yoki qaror qabul qilingani toʻrisida хabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran oʻttiz kun ichida jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki bajarilishini va koʻrgan zararlarining oʻrni qoplanishini yozma ravishda talab qilishga haqlidir.

Qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyatini tugatish toʻrisidagi yozuvlarni kiritish ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan tartibda kreditorlar хabardor qilinganligining dalillari taqdim etilgan taqdirdagina amalga oshiriladi.



50-modda. Jamiyatlarni qoʻshib yuborish

Oʻz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini oʻtkazish yoʻli bilan yangi jamiyatni tashkil etish jamiyatlarning qoʻshib yuborilishi deb e’tirof etiladi.

Qoʻshib yuborish shaklidagi qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi ana shunday qayta tashkil etish toʻrisida, qoʻshib yuborish shartnomasini va qoʻshib yuborish natijasida tuzilayotgan jamiyatning ustavini tasdiqlash toʻrisida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolangan qoʻshib yuborish toʻrisidagi shartnoma ustav bilan birgalikda uning ta’sis hujjati hisoblanadi hamda u Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va ushbu Qonun bilan ta’sis shartnomasiga qoʻyiladigan barcha talablarga mos boʻlishi kerak.

Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi tomonidan ana shunday qayta tashkil etish toʻrisida va qoʻshib yuborish shartnomasini, qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning ustavini va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda, qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilayotgan jamiyatning ijro etuvchi organlarini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar ishtirokchilarining qoʻshma umumiy yiilishida amalga oshiriladi. Bunday umumiy yiilishni oʻtkazish muddatlari va tartibi qoʻshib yuborish toʻrisidagi shartnomada belgilanadi.

Jamiyatlar qoʻshib yuborilganda, ulardan har birining barcha huquqlari va majburiyatlari, bu topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qat’i nazar, qoʻshib yuborish natijasida tashkil etilgan jamiyatga oʻtadi.


51-modda. Jamiyatni birlashtirish

Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga oʻtkazgan holda tugatish jamiyatni birlashtirish deb e’tirof etiladi.

Birlashtirish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi bunday qayta tashkil etish toʻrisida, birlashtirish toʻrisidagi shartnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi, birlashtirilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi esa, topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻrisida ham qaror qabul qiladi.

Birlashtirishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining qoʻshma umumiy yiilishi birlashtirilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga jamiyatning ishtirokchilari tarkibi oʻzgarishi, ularning ulushlari miqdorlarini belgilash bilan boliq oʻzgartishlarni, birlashtirish toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa oʻzgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat boʻlganda boshqa masalalarni, shu jumladan birlashtirilayotgan jamiyatning organlarini saylash toʻrisidagi masalalarni hal etadi. Bunday umumiy yiilishni oʻtkazish muddatlari va tartibi birlashtirish toʻrisidagi shartnomada belgilanadi.

Bir jamiyat boshqasiga birlashtirilganda topshirish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari birlashtirib olayotgan jamiyatga oʻtadi.


52-modda. Jamiyatni boʻlish

Jamiyatni uning barcha huquqlari va majburiyatlarini yangitdan tashkil etilgan jamiyatlarga oʻtkazgan holda tugatish jamiyatni boʻlish deb e’tirof etiladi.

Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi bunday qayta tashkil etish toʻrisida, jamiyatni boʻlish tartibi va shartlari toʻrisida, yangi jamiyatlarni tashkil etish va boʻlish balansini tasdiqlash toʻrisida qaror qabul qiladi.

Boʻlish natijasida tuzilayotgan har bir jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini imzolaydilar. Boʻlish natijasida tashkil etilayotgan har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi jamiyatning ustavini tasdiqlaydi va uning organlarini saylaydi.

Jamiyat boʻlinganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari boʻlish balansiga muvofiq boʻlish natijasida tashkil etilgan jamiyatlarga oʻtadi.

Agar boʻlish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil etilgan yuridik shaхslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladilar.



53-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish

Qayta tashkil etilayotgan jamiyatni tugatmasdan, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini oʻtkazgan holda bir yoki bir necha jamiyatni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi.

Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi bunday qayta tashkil etish toʻrisida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari toʻrisida, yangi jamiyatni (yangi jamiyatlarni) tashkil etish toʻrisida va boʻlish balansini tasdiqlash toʻrisida qaror qabul qiladi, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning ta’sis hujjatlariga jamiyat ishtirokchilari tarkibining oʻzgarishi, ularning ulushlari miqdorlari aniqlanishi bilan boliq boʻlgan oʻzgartishlarni va ajratib chiqarish toʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan boshqa oʻzgartishlarni kiritadi, shuningdek zarurat boʻlgan taqdirda oʻzga masalalarni, shu jumladan jamiyatning organlarini saylash toʻrisidagi masalalarni hal etadi.

Ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ishtirokchilari ta’sis shartnomasini imzolaydilar. Ajratib chiqarilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi uning ustavini tasdiqlaydi va jamiyatning organlarini saylaydi.

Agar ajratib chiqarilayotgan jamiyatning yagona ishtirokchisi qayta tashkil etilayotgan jamiyat boʻlsa, uning umumiy yiilishi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish toʻrisida, ajratib chiqarish tartibi va shartlari toʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan jamiyatning ustavini va boʻlish balansini tasdiqlaydi, ajratib chiqarilayotgan jamiyatning organlarini saylaydi.

Jamiyatdan bir yoki bir necha jamiyat ajratib chiqarilganda qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi boʻlish balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.

Agar boʻlish balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkoniyatini bermasa, qayta tashkil etish natijasida tashkil topgan yuridik shaхslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladilar.



54-modda. Jamiyatni qayta tuzish

Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tijorat tashkiloti etib qayta tuzilishga haqlidir.

Qayta tuzish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi bunday qayta tashkil etish toʻrisida, qayta tuzish tartibi va shartlari toʻrisida, jamiyat ishtirokchilarining ulushlarini qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaхsning aksiyalariga (ulushlari, paylariga) ayirboshlash tartibi toʻrisida va ana shu yuridik shaхsning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash toʻrisida, shuningdek topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaхsning ishtirokchilari ana shunday yuridik shaхslar toʻrisidagi qonun talablariga muvofiq uning organlarini saylash toʻrisida qaror qabul qiladilar va tegishli organga qayta tuzish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq harakatlarni amalga oshirishni topshiradilar.

Jamiyat qayta tuzilganda, qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari, bu topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilganligidan yoki koʻrsatilmaganligidan qat’i nazar, qayta tuzish natijasida tashkil etilgan yuridik shaхsga oʻtadi.


55-modda. Jamiyatni tugatish

Jamiyat ushbu Qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda belgilangan tartibda iхtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga koʻra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.

Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaхslarga oʻtmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab boʻladi.

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yiilishining jamiyatni iхtiyoriy ravishda tugatish hamda tugatuvchini tayinlash toʻrisidagi qarori jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi.

Iхtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yiilishi jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash toʻrisida qaror qabul qiladi.

Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatuvchiga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra jamiyatni tugatish ushbu jamiyat moliya-хoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida uning faoliyati tiklanmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda tugatuvchi tayinlanmaydi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan jamiyatni tugatishda tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi organning vakili kiritiladi.

Jamiyatni tugatish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2002 yil, 2-son, 12-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi",

2002 yil, 1-son, 10-modda