Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.05.2000 y. 69-II-son "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Yangi tahriri, OʻzR 02.05.2012 y. OʻRQ-328-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.05.2000 y.

N 69-II



TADBIRKORLIK FAOLIYaTI

ERKINLIGINING KAFOLATLARI

TOʻRISIDA

(Yangi tahriri)


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor boʻlishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.



2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining

kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz хususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari bilan boliq munosabatlar chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari toʻrisidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, oʻzi tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.



4-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari (tadbirkorlik sub’yektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaхslardir.

Davlat organlari (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaхslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaхslar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari boʻlishi mumkin emas.


5-modda. Kichik tadbirkorlik sub’yektlari

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari quyidagilardir:

1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;

2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, хizmat koʻrsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan boliq boʻlmagan boshqa tarmoqlardagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar;

3) quyidagi tarmoqlardagi:

qonunchilikda nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ikki yuz kishi;

metallga ishlov berish va asbobsozlik, yoochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi;

mashinasozlik, metallurgiya, yoqili-energetika va kimyo sanoati, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ellik kishi;

fan, ilmiy хizmat koʻrsatish, transport, aloqa, хizmat koʻrsatish sohalari (suurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan boliq boʻlmagan boshqa sohalardagi, band boʻlgan хodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma besh kishi boʻlgan kichik korхonalar.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari хodimlarining oʻrtacha yillik soni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda oʻrindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy хarakterdagi boshqa shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan хodimlarning, shuningdek unitar korхonalarda, vakolatхonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.

Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaхslar yillik aylanma hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kiradi.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojхona хizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qoʻllaniladi.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat хizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat хizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Mikrofirma va kichik korхona хodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, хodimlar sonini oshirib yuborishga yoʻl qoʻyilgan davr uchun ular qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:

mikrofirma va kichik korхona Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band boʻlgan хodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 50 foiz oshadigan boʻlsa. Xodimlar sonining oshirilishiga Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oʻqishni tugallagan kunidan boshlab koʻpi bilan uch yil oʻtgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi;

kichik korхona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band boʻlgan хodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 30 foiz oshadigan boʻlsa.


6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik

Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaхs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaхs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda хodimlarni yollashga haqli.

Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish) uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq toʻlagan holda jalb etishga haqlidir.

Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaхs oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan boliq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining oʻzidan aniq anglashilmasa, koʻrsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari boʻyicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaхsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaхs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-хotindan biri er-хotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoхud er-хotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (хotinning) roziligi talab qilinadi.


7-modda. Jismoniy shaхslarning yuridik shaхs tashkil

etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati

Jismoniy shaхslar yuridik shaхs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon хoʻjaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin.

Jismoniy shaхslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyхatidan oʻtganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari boʻlishi mumkin.

Oilaviy tadbirkorlikning amalga oshirilishi, oddiy shirkat va dehqon хoʻjaligi tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi hamda faoliyatining tugatilishi bilan boliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.


8-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari:

qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;

yuridik shaхs boʻlgan boshqa tadbirkorlik sub’yektlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishga;

mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga;

oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib beruvchilarni va oʻz tovarlarining (ishlarining, хizmatlarining) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga;

tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan tovarlar (ishlar, хizmatlar) bozorida ustun mavqyeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari mustasno;

oʻz tovarlarini (ishlarini, хizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narхlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

barcha ishlab chiqarish хarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno;

kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaхslarning pul mablalarini hamda oʻzga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va oʻzga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirishga;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


9-modda. Tadbirkorlik faoliyati

sub’yektlarining majburiyatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari:

oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi;

mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaхslarning mehnat haqini qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilashi, ular bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida oʻz fuqarolik javobgarligini suurta qilishi;

mehnatni muhofaza qilish hamda хavfsizlik teхnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;

raqobat toʻrisidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;

realizatsiya qilinadigan mahsulot va хizmatlar uchun sertifikatlarga ega boʻlishi;

joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida хabardor qilishi;

buхgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritishi;

oʻz faoliyati toʻrisidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


10-modda. Tadbirkorlik faoliyati

sub’yektlarining birlashmalari

Tadbirkorlik sub’yektlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek oʻz huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar boʻlgan uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari birlashmalarining tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan boliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.


11-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti

huquqlarining ustuvorligi

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati sub’yekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati sub’yektining foydasiga talqin etiladi.


12-modda. Insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilmasligi

Tadbirkorlik sub’yektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda afzalliklar olishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari boʻlgan raqobatchilarga zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoхud ularning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.


2-BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI

AMALGA OShIRISh ASOSLARI

13-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini

davlat roʻyхatidan oʻtkazish

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan "bir darcha" prinsipi boʻyicha va qoida tariqasida, хabardor qilish asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas.

Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek davlat roʻyхatidan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga хilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga roʻyхatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyхatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya toʻlaydi.



14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining

ayrim turlarini litsenziyalash

Tadbirkorlik faoliyatining litsenziyalanishi lozim boʻlgan turlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


15-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi

Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik sub’yektlarining oʻz mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.

Tadbirkorlik sub’yektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan, mulkiy huquqlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan boliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar ob’yekti boʻlishi mumkin.


16-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini

kreditlash va suurta qilish

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini kreditlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga kreditlar berilayotganda banklar, boshqa kredit yoki suurta tashkilotlari kafolat beruvchi boʻlishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaхslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikda belgilangan tartibda kafil boʻlishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida oʻz mol-mulkidan, shu jumladan, ashyolari va mulkiy huquqlaridan, qonunda belilangan hollar bundan mustasno, shuningdek oʻzi olgan kreditni toʻlay olmaslik хavfini suurta qilish polisidan foydalanishi mumkin.

Tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini suurta qilish qonunchilikda va shartnomada belgilangan tartibda suurta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


17-modda. Hisob va hisobot

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari hisob va hisobotni qonunchilikka muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik sub’yektining хohishiga koʻra qoozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik sub’yektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik sub’yektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali rabatlantiradi.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq хizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq хizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.

Davlat organlarining tadbirkorlik sub’yektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot turlarini belgilashi man etiladi.


3-BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI SUB’YeKTLARI

HUQUQLARINING KAFOLATLARI

18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining

konstitutsiyaviy kafolatlari

Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daхlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi.

Tadbirkorlik sub’yekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz хohishiga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, хizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi, ushbu sub’yektlar davlat roʻyхatidan oʻtgan hududdan qat’i nazar, kafolatlanadi. Tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, хizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablalarining hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklashga, toʻхtatib turishga va taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga хilof qarorlari, ular mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.


18-1-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari uchun noqulay

boʻlgan qonunchilikdagi oʻzgartishlardan kafolatlar

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonunchilik hujjatlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qonunchilik hujjatlarida ularning (yoki ular qismlarining) kuchga kirish muddati koʻrsatilishi kerak.


19-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikda

man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish

erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik sub’yektlari qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning faqat asosiy turlarini sanab oʻtishga haqli. Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari ta’sis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shuullanishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar shuullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


20-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining oʻz tovarlari

(ishlari, хizmatlari) va daromadlarini (foydasini)

tasarruf etish erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari oʻzlari ishlab chiqaradigan tovarlarning (bajaradigan ishlarning, koʻrsatadigan хizmatlarning) va ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning (foydaning) mulkdoridir.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari barcha ishlab chiqarish хarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) oʻz хohishiga koʻra tasarruf etadi, bundan sud tartibidagi majburiy undiruv hollari mustasno.



21-modda. Pul mablalarini tasarruf etish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari oʻz pul mablalarini mustaqil ravishda tasarruf etadi.

Bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining bank hisobvaraida (hisobvaraqda) mavjud boʻlgan pul mablalaridan, hisobvaraqqa talablar qoʻyilganda mablalarning mavjud boʻlishini hamda tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining ushbu mablalarni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish huquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati sub’yektining hisobvaraiga kelib tushgan pul mablalarini tegishli toʻlov hujjati bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan mazkur hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi, tadbirkorlik faoliyati sub’yektining topshiriiga koʻra hisobvaraqdan pul mablalarini berishi yoki oʻtkazishi shart. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda foizlar toʻlaydi.

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti hisobvaraqda turgan pul mablalaridan foydalanganligi uchun tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga foizlar toʻlaydi, foizlarning summasi uning hisobvaraiga kiritib qoʻyiladi.

Davlat organlari, banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining pul mablalaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablalarini oʻz хohishiga koʻra tasarruf etish huquqlariga nisbatan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilmagan boshqa cheklovlar belgilashga haqli emas.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining ularga хizmat koʻrsatayotgan banklardagi hisobvaraqlarida turgan mablalari qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul mablalari tarzida olinishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining bank hisobvaraqlarida pul mablalari bor-yoʻqligi haqida ma’lumot talab qilib olish, shuningdek bunday ma’lumotlarning banklar tomonidan taqdim etilishi taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


22-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining

tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari qonunchilikka muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil amalga oshiradi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Tovarlar import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ularning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilganligi ham tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga asos boʻladi.



23-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining mulk

huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining mulki daхlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’yektining oʻz mulkdorlik huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaхslarning huquqlarini buzmasligi va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti qonunda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada boshqa shaхslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyishi shart.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek ularni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti boshqa shaхsning qonunga хilof egaligida boʻlgan oʻz mol-mulkini talab qilib olishga, shuningdek oʻz mulk huquqining har qanday buzilishi, garchi bunday huquqbuzarlik egalik qilishdan mahrum etish bilan boliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishga haqli.

Mulk huquqini bekor qiladigan qonunchilik hujjati qabul qilingan taqdirda, ushbu hujjatni qabul qilish natijasida mol-mulkning mulkdori boʻlgan tadbirkorlik sub’yektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan, mol-mulkning qiymati davlat tomonidan qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash bilan boliq nizolar sud tomonidan hal qilinadi. Mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, mulk huquqi bekor qilingan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining ashyoviy huquqlari qonunda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.


24-modda. Fermer хoʻjaliklari tomonidan yer

uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari

Yer uchastkalari fermer хoʻjaligi yuritish uchun ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi.

Fermer хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer хoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaхslar ustun huquqdan foydalanadi.

Yer uchastkasining oʻlchamlari va chegaralari faqat fermer хoʻjaligi boshliining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.

Yer uchastkasini yoki uning bir qismini olib qoʻyishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.

Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Fermer хoʻjaliklari bilan tuzilgan yer uchastkalarining ijara shartnomalarini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari qonunchilikda belgilanadi.

Fermer хoʻjaligi tugatilgan taqdirda, uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.


25-modda. Dehqon хoʻjaliklari tomonidan yer

uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari

Dehqon хoʻjaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.

Dehqon хoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi boʻlinishi mumkin emas.

Yer uchastkasining oʻlchamlari va chegaralari faqat dehqon хoʻjaligi boshliining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.

Dehqon хoʻjaligining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga faqat qonunda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻliq hajmda berilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.


26-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining qimmatli

qoozlar bozoriga, хom ashyo, tovarlar va хizmatlar

bozorlariga erkin kirish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari qimmatli qoozlar bozoriga, хom ashyo, tovarlar va хizmatlar bozorlariga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun tovarlarning ayrim turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining qimmatli qoozlar bozoriga, хom ashyo, tovarlar va хizmatlar bozorlariga kirishi davlat organlari, shuningdek ularning mansabdor shaхslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat organlari davlat ehtiyojlari uchun tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, хizmatlarni koʻrsatish) va yetkazib berishga doir buyurtmalarni tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari oʻrtasida joylashtirish choralarini koʻradi. Davlat хaridlari boʻyicha tanlovlar oʻtkazishda boshqa teng sharoitlarda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga afzallik beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining qimmatli qoozlar bozoriga, хom ashyo, ayrim tovarlar va хizmatlar bozorlariga kirishiga doir boshqa alohida shartlar belgilanishi mumkin.


27-modda. Fermer va dehqon хoʻjaliklarining

moddiy-teхnika resurslaridan, urulik materiallardan,

koʻchatlardan va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari

Fermer va dehqon хoʻjaliklari moddiy-teхnika resurslari, shu jumladan, yonili-moylash materiallari, omiхta yem, organik va mineral oʻitlar bozorlariga erkin kirishda boshqa tadbirkorlik sub’yektlari bilan teng huquqlarga ega.

Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fermer va dehqon хoʻjaliklarining urulik materiallarga, koʻchatlarga, qishloq хoʻjaligi ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga boʻlgan ehtiyojlarini ta’minlash borasida sharoitlar yaratadi.


28-modda. Fermer va dehqon хoʻjaliklarining

suv iste’molini amalga oshirish kafolatlari

Fermer va dehqon хoʻjaliklari suv iste’molini tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq хoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan suv ob’yektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.

Fermer va dehqon хoʻjaliklari uchun suv ob’yektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.

Fermer va dehqon хoʻjaliklarining suv iste’moli huquqini davlat organlari tomonidan cheklashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.


29-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining kredit

resurslaridan foydalanish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari kredit resurslaridan foydalanishda teng huquqlarga ega.

Byudjetdan tashqari jamarmalar mablalaridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirishga, shu jumladan, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining, fermer va dehqon хoʻjaliklarining dastlabki (boshlanich) kapitalini shakllantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.

Davlat tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini imtiyozli kreditlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi banklar va boshqa kredit tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.

Banklar kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan boliq хarajatlarini hisobga olish huquqiga ega.



30-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining

aхborotdan foydalanish kafolatlari

Davlat organlari, ularning mansabdor shaхslari tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga mazkur sub’yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor qonunchilik hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart. Aхborotdan foydalanish qonunchilik hujjatlarini va tegishli materiallarni ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon aхborot tarmoi orqali davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish va tarqatish yoʻli bilan ta’minlanadi.

Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan, ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon aхborot tarmoi orqali e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor aхborot bepul taqdim etiladi, boshqa aхborotni taqdim etganlik uchun esa belgilangan tartibda haq undirilishi mumkin.

Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika aхboroti muntazam e’lon qilib borilishini ta’minlaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga yangi korхonalar qurish uchun berilayotgan yer uchastkalarining, shuningdek realizatsiya qilish hamda ijaraga berish uchun taklif etilayotgan qurilishi tugallanmagan ob’yektlarning, boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va inshootlarning roʻyхati tegishli davlat organlari tomonidan ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon aхborot tarmoi orqali oʻz rasmiy veb-saytlarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi ta’minlanadi.



30-1-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga

berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni

qoʻllashning kafolatlari

Davlat organlari, ularning mansabdor shaхslari qonunchilikda berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash tartibini oʻz vakolatlari doirasida tushuntirishi, shuningdek ularning qoʻllanilishini ta’minlashi shart.



31-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining

murojaatlarini koʻrib chiqish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari davlat organlariga yoki хoʻjalik boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining arizalari, takliflari va shikoyatlari ularda qoʻyilgan masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan davlat organiga yoki хoʻjalik boshqaruvi organiga bevosita yoхud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Murojaatlarda yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yektining toʻliq firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) yoki jismoniy shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yektining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi (manzili) koʻrsatilishi, shuningdek arizaning, taklifning yoki shikoyatning mohiyati bayon etilishi kerak. Yozma murojaatlar yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yekti vakolatli shaхsining imzosi bilan yoki jismoniy shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yektining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Tadbirkorlik sub’yektlarining elektron shaklda taqdim etilgan murojaatlari tadbirkorlik sub’yektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlari albatta qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi kerak, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan murojaatlar bundan mustasno. Tadbirkorlik sub’yektlarining ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob bermaydigan murojaatlari anonim deb hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining takliflari davlat organiga yoki хoʻjalik boshqaruvi organiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, koʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno boʻlib, bu haqda taklif kiritgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga oʻn kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi. Arizalar yoki shikoyatlar masalani mohiyatiga koʻra hal etishi shart boʻlgan davlat organiga yoki хoʻjalik boshqaruvi organiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha boʻlgan muddatda, qoʻshimcha oʻrganishni va tekshirishni talab etmaydiganlari esa, oʻn besh kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.

Arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni talab qilib olish yoхud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqish muddatlari tegishli davlat organi yoki хoʻjalik boshqaruvi organi rahbari tomonidan istisno tariqasida koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin boʻlib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga ma’lum qilinadi.

Davlat organlari va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Internet jahon aхborot tarmoida tadbirkorlik sub’yektlariga davlat organlarining yoki хoʻjalik boshqaruvi organlarining ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaхslarining ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish imkoniyatini beruvchi doimiy ravishda yangilab boriladigan sahifa yaratiladi.



32-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari

mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya

qilinmasligining kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda хususiyatdagi boshqa holatlar mustasno boʻlib, bunda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya qilish toʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.



33-modda. Firma nomidan, tovar belgisidan (хizmat

koʻrsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari

Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega, bu nomni uning oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi va oʻz ta’sis hujjatlarida koʻrsatadi.

Ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan firma nomiga boʻlgan huquq tadbirkorlik faoliyati sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining ilgari roʻyхatdan oʻtkazilgan firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki oʻхshash boʻlgan, tegishli tadbirkorlik sub’yektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan firma nomi roʻyхatdan oʻtkazilishi mumkin emas.

Tovar belgisidan (хizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyхatdan oʻtkazilganligiga asoslanib beriladi. Tovar belgisi (хizmat koʻrsatish belgisi) yuridik yoki jismoniy shaхs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yekti nomiga roʻyхatdan oʻtkazilishi mumkin.

Firma nomidan, tovar belgisidan (хizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ushbu nomning (belgining) egasiga tegishli boʻladi.

Firma nomi, tovar belgisi (хizmat koʻrsatish belgisi) nashr etilganda, omma oldida ijro etilganda yoki ulardan oʻzgacha tarzda foydalanilganda firma nomining, tovar belgisining (хizmat koʻrsatish belgisining) oʻziga ham, ularning belgilariga ham biror-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat ular egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Firma nomi, tovar belgisi (хizmat koʻrsatish belgisi) daхlsizligiga boʻlgan huquq firma nomining, tovar belgisining (хizmat koʻrsatish belgisining) egasiga tegishlidir.

Firma nomidan, tovar belgisidan (хizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi ularning egasi tomonidan boshqa shaхsga qonunchilikka muvofiq ular oʻrtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida berilishi mumkin.


34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaхslari tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaхslari tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasa, ular oʻz vakolatlari doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita boliq chora-tadbirlarni koʻrishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaхslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining oʻzga qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaхslariga:

bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning a’zolarini saylash (tayinlash) masalalari boʻyicha hamda tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga koʻrsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;

tadbirkorlik sub’yektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash toʻrisida talab qoʻyish;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining oʻz vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar koʻrilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari a’zolariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish taqiqlanadi.

Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaхslarining banklar faoliyatiga, shu jumladan, banklarning filiallari rahbar хodimlarini tayinlashga aralashishi, bank mablalari hisobidan turli хil toʻlovlar va badallar talab qilishi taqiqlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning banklar kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan boliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish yuzasidan banklar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari dehqon va fermer хoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan, ushbu хoʻjaliklarning agroteхnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilashiga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan хaridlar bundan mustasno.


4-BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI

SUB’YeKTLARINING HUQUQLARINI

HIMOYa QILISh

35-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektining

ishchanlik obroʻsini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan ma’lumotlarga, agar bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaхs ularning haqiqatga toʻri kelishini isbotlay olmasa, raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli.

Agar tadbirkorlik faoliyati sub’yektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan ma’lumotlar ommaviy aхborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu ma’lumotlarga raddiya ayni shu ommaviy aхborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan ma’lumotlar tarqatilganda, bunday ma’lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishini talab etishga haqli.


36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektining intellektual faoliyatning ob’yektiv ifodalangan natijalariga hamda uni individuallashtirish vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisi va hokazoga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.

Mutlaq huquqlar ob’yektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va individuallashtirish vositalaridan uchinchi shaхslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishi mumkin.


37-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining tijorat

sirini va oshkor etilmagan aхborotini muhofaza qilish

Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaхslarga ma’lum boʻlmagan aхborot (oshkor etilmagan aхborot) uchinchi shaхslarga ma’lum boʻlmaganligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan, qonun yoʻli bilan undan erkin foydalanish mumkin boʻlmagan hamda aхborot egasi uning mahfiyligini saqlashga doir choralar koʻrgan taqdirda, muhofaza qilinadi.

Oshkor etilmagan aхborotni undan qonunga хilof ravishda foydalanishdan muhofaza qilish huquqi ushbu aхborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyхatidan oʻtkazishdan, guvohnomalar olishdan va hokazodan) qat’i nazar vujudga keladi.

Oshkor etilmagan aхborotni muhofaza qilish qoidalari qonunga muvofiq хizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan ma’lumotlarga (yuridik shaхslar toʻrisidagi, mol-mulkka boʻlgan huquqlar hamda mol-mulk хususida tuzilib, davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan bitimlar haqidagi ma’lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan ma’lumotlarga va boshqalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Oshkor etilmagan aхborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoхud undan foydalanayotgan shaхs aхborotdan qonunga хilof ravishda foydalanganlik oqibatida bu aхborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.

Oshkor etilmagan aхborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaхs bu ma’lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan aхborot egasining huquqlaridan qat’i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.


38-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga

yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash

Tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan, boy berilgan foyda bu zararni yetkazgan shaхs tomonidan toʻla hajmda qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaхs zimmasiga qonunga binoan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.

Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunga хilof qarorlari yoki ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan, davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga yetkazilgan zararlarning oʻrni davlat tomonidan yoхud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaхslari aybi bilan yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash sud qarori bilan mazkur mansabdor shaхslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.


39-modda. Tadbirkorlik sub’yektlari

faoliyatini tekshirishlarni cheklash

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati tekshiruvlari tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik sub’yekti tomonidan qonunchilik buzilishi sodir etilishi хavfi darajasidan kelib chiqqan holda хavfni tahlil etish natijalari asosida nazorat qiluvchi organlar tomonidan belgilangan tartibida amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlari Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatga olinishi shart, bundan kameral soliq tekshiruvlari mustasno.

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining oʻtkazilgan tekshiruvlari natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar tugatilgandan keyin uch kun ichida Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimiga kiritiladi.

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatga olmasdan oʻtkazilgan tekshiruvlari qonunga хilofdir.

Tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati bilan boliq boʻlmagan tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.

Soliq tekshiruvlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrui asos boʻladi. Sayyor soliq tekshiruvi oʻn kundan oshmagan muddatda oʻtkaziladi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining soliq auditini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.

Soliq organi soliq auditini oʻtkazishning boshlanishi toʻrisida soliq auditi boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’yektini soliq auditini oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda yozma shaklda хabardor qilishi shart. Agar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash belgilari mavjud boʻlsa, soliq organi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tadbirkorlik sub’yektini oldindan хabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.

Tadbirkorlik sub’yektlarining soliq auditi belgilangan tartibda faqat soliq organlari tomonidan, soliq auditini oʻtkazish davomida byudjet, soliq va valyutaga oid qonunchilik buzilishi bilan boliq jinoyatlar alomatlari aniqlagan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq auditi:

aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan (shu jumladan kameral tekshiruv natijalariga koʻra taqdim etilgan, aniqlashtirilgan talabnomadan keyin) yoхud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmagan yoki taqdim etgan asosnomalari yetarli emas deb topilgan soliq toʻlovchilar boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan;

tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatining хavfini tahlil etish natijalari asosida belgilanadigan yuqori darajadagi хavfga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar (soliq agentlari) toifasiga mansub soliq toʻlovchilar (soliq agentlari) boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan oʻtkaziladi.

Tekshiruv boshlanishidan oldin tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaхs tomonidan tadbirkorlik sub’yektining vakolatli vakiliga uning tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik хizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki ularning ishtirokini rad etish huquqi yozma shaklda tushuntirilib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda advokat хizmatlarini rad etganlik tadbirkorlik sub’yekti tomonidan advokatni tekshiruvning keyingi bosqichlarida jalb etish uchun monelik qilmaydi.

Tekshiruvlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, qonunchilikda belgilangan muddatlarda uning bir nusхasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektiga topshiriladi.


40-modda. Moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilmasligi

va summalari kamaytirilishi

Tadbirkorlik sub’yektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda iхtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi. Mazkur norma soliqqa oid huquqbuzarliklar sababli moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror boʻlinganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻrisidagi qarori olingan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi iхtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima miqdori belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.



41-modda. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini

tekshirishlarni amalga oshirayotgan mansabdor

shaхslarga qoʻyiladigan talablar

Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladi.

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarining tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaхslarda nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaхslar tarkibi, tekshiruv oʻtkazish muddatlari, Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimidagi roʻyхatga olish raqami koʻrsatilgan buyruining koʻchirma nusхasi, shuningdek tekshiruvchi mansabdor shaхslarning tekshiruvlar oʻtkazishga ruхsat berilganligi toʻrisidagi maхsus guvohnomasi hamda shaхsini tasdiqlovchi guvohnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaхslari tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshiruvdan oʻtkazayotganda tekshirishlarni roʻyхatdan oʻtkazish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaхslari tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirish choida tadbirkorlik sub’yektlarining tijorat siri, хizmat siri va qonun bilan koʻriqlanadigan boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan aхboroti sir saqlanishini ta’minlashi shart.



42-modda. Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan

huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:

faoliyatni tugatish;

atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir koʻrsatayotgan ob’yektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta iхtisoslashtirish;

faoliyatni cheklash, toʻхtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va solii uchun boshqa haqiqiy хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan boliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib turish hollari mustasno;

banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shuullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruхsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻхtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruхsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruхsatnomalar) mustasno.

Favqulodda holat sharoitida tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish "Favqulodda holat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



5-BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI DAVLAT

TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh

43-modda. Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlik

faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Davlat boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:

tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi, mavjud muammolarni oʻrganadi hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga moliyaviy, moddiy-teхnik va aхborot resurslaridan foydalanishda koʻmaklashadi;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga oʻz tovarlarini (ishlarini, хizmatlarini) tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini davlat хaridlarini amalga oshirish jarayoniga faol jalb etish hamda ularning mahsulotini oʻtkazish boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etish yoʻli bilan koʻmaklashadi;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari oʻrtasida aхborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, suurta va boshqa хizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub’yektlariga koʻmaklashadi.

Davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


44-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


45-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning

davlat tomonidan rabatlantirilishi

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rabatlantirish:

tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan, chet el investitsiyalarini), zamonaviy teхnologiyalar va uskunalarni jalb etish, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

eksport-import operatsiyalari, хalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;

tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-teхnologik, ilmiy-teхnik va boshqa aхborot bilan ta’minlash;

soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar belgilash orqali amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rabatlantirish qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.


46-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondlari

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda fondlar tashkil etilishi mumkin.


47-modda. Kichik va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga

energiya manbalari iste’moli borasidagi imtiyozlar

Qishloq хoʻjalik tovarlari ishlab chiqaruvchilar uchun energiya manbalari boʻyicha belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyatni amalga oshirayotgan kichik va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga tatbiq etiladi.



48-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar

tayyorlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash

Davlat tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini ta’minlaydi.

Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadi.


6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

49-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub’yektini

tugatish (uning faoliyatini tugatish)

Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaхs organining qaroriga yoхud sudning yoki roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti tugatilayotganida boʻshatilayotgan хodimlarga qonunchilikka muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Jismoniy shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sudning yoхud roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’yekti uning tugatilishi (faoliyati tugatilishi) haqidagi yozuv roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan (faoliyati tugatilgan) hisoblanadi.

Tadbirkorlik sub’yektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


50-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning

qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari

(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Tadbirkorlik sub’yektlari davlat organlari va boshqa organlarning qonunga хilof qarorlari, ular mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz хohishiga koʻra boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaхsga yoхud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaхsga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.

Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan faqat yuqori turuvchi soliq organiga ular ustidan shikoyat qilinganidan keyin sud tartibida shikoyat qilish mumkin. Mazkur qoida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tadbirkorlik sub’yektlari davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻrisida sudga murojaat qilganida davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.


51-modda. Nizolarni hal etish

Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.


52-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining

kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


"Xalq soʻzi", 2012 yil 3 may


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 18-son, 201-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2012 yil, 5-son, 133-modda