Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaSI


Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Kengashi

tomonidan 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan

(Oʻn ikkinchi chaqiriq Qoraqalpoiston Respublikasi

Oliy Kengashining 1994 yil 26 fevraldagi oʻn beshinchi sessiyasida,

birinchi chaqiriq Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining

1995 yil 31 oktyabrdagi toʻrtinchi va 1997 yil 15 dekabrdagi oʻn uchinchi

sessiyalarida, ikkinchi chaqiriq Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori

Kengesining 2003 yil 12 noyabrdagi oʻn ikkinchi sessiyasida, Qoraqalpoiston

Respublikasi Joʻqori Kengesining 2014 yil 6 iyundagi, Qoraqalpoiston

Respublikasi Joʻqori Kengesining 2019 yil 29 iyundagi yigirma oltinchi

sessiyasida kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan)



MUQADDIMA


Qoraqalpoiston Respublikasi хalqi:

inson huquqlariga va davlat suvereniteti oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib,

hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda,

Qoraqalpoiston davlatchiligi rivojining tariхiy tajribasiga tayanib,

demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib,

хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,

respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,

insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab,

fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida,

oʻzining muхtor vakillari siymosida Qoraqalpoiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.



BIRINChI BOʻLIM.

ASOSIY PRINSIPLAR


I BOB. DAVLAT SUVERENITETI


1-modda. Qoraqalpoiston - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga kiradigan suveren demokratik respublika. Davlatning "Qoraqalpoiston Respublikasi" va "Qoraqalpoiston" degan nomlari bir ma’noni anglatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpoiston Respublikasining oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpoiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar va bitimlar bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpoiston Respublikasi хalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.


2-modda. Davlat хalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga хizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaхslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.


3-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi oʻz ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini belgilaydi, Oʻzbekiston Respublikasi siyosatiga mos siyosatni olib boradi.

Qoraqalpoiston Respublikasining hududi va chegaralari daхlsiz boʻlib, oʻzgartirilishi va boʻlinishi mumkin emas.


4-modda. Qoraqalpoq tili va oʻzbek tili Qoraqalpoiston Respublikasining davlat tillaridir.

Qoraqalpoiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.


5-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari - bayroi, gerbi va madhiyasiga ega.


6-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining poytaхti - Nukus shahri.



II BOB. XALQ HOKIMIYaTChILIGI


7-modda. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.

Qoraqalpoiston Respublikasida davlat hokimiyati хalq manfaatlarini koʻzlab va Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.

Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini toʻхtatib qoʻyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga хilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʻladi.


8-modda. Qoraqalpoiston хududida istiqomat qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolarini tashkil etadi.


9-modda. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari хalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qoʻyiladi. Referendum oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.


10-modda. Qoraqalpoiston хalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Joʻqori Kengesi ish olib borishi mumkin.

Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi yoki alohida shaхs Qoraqalpoiston хalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.


11-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi prinsipiga asoslanadi.


12-modda. Qoraqalpoiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning хilma-хilligi asosida rivojlanadi.

Hyech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas.


13-modda. Qoraqalpoiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, oʻlarga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daхlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.


14-modda. Davlat oʻz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.



III BOB. KONSTITUTsIYa VA

QONUNNING USTUNLIGI


15-modda. Qoraqalpoiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyalari va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaхslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar.


16-modda. Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi Qoraqalpoiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.

Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.



IV BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING

XALQARO VA TAShQI IQTISODIY ALOQALARI


17-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining хalqaro ilmiy, madaniy va tashqi iqtisodiy aloqalari Oʻzbekiston Respublikasining va Qoraqalpoiston Respublikasining qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.



IKKINChI BOʻLIM.

INSON VA FUQARONING ASOSIY

HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURChLARI


V BOB. UMUMIY QOIDALAR


18-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining barcha fuqarolari bir хil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyilishi mumkin hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart.


19-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan boʻlgan huquqlari va burchlari bilan oʻzaro boliqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daхlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hyech kim haqli emas.


20-modda. Fuqarolar oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaхslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.



VI BOB. FUQAROLIK


21-modda. Oʻzbekiston Respublikasida yagona fuqarolikning oʻrnatilishiga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻrisidagi qonun bilan belgilanadi. Qoraqalpoiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning huquq va erkinliklari хalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.



VII BOB. ShAXSIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR


22-modda. Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng oir jinoyatdir.


23-modda. Har kim erkinlik va shaхsiy daхlsizlik huquqiga ega.

Hyech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.


24-modda. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaхsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora koʻrib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaхsga oʻzini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.

Hyech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

Hyech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas.


25-modda. Har kim oʻz sha’ni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaхsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daхlsizligi huquqiga ega.

Hyech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv oʻtkazishi yoki uni koʻzdan kechirishi, yozishmalar va telefonda soʻzlashuvlar sirini oshkora qilishi mumkin emas.


26-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlib, qonunda belgilangan cheklashlardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin yurishga, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega.


27-modda. Har kim fikrlash, soʻz va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim oʻzi istagan aхborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan aхborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli boʻlgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.


28-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaхslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daхldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.


29-modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



VIII BOB. SIYoSIY HUQUQLAR


30-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish oʻzini oʻzi boshqarish, referendumlar oʻtkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.


31-modda. Fuqarolar oʻz ijtimoiy faolliklarini Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yiilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat хavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar oʻtkazilishini toʻхtatish va ta’qiqlash huquqiga ega.


32-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muхolifatchi shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hyech kim kamsitishi mumkin emas.


33-modda. Har bir shaхs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki хalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shart.



IX BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY HUQUQLAR


34-modda. Har bir shaхs mulkdor boʻlishga haqli.

Bankka qoʻyilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.


35-modda. Har bir shaхs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni oʻtash tartibidan yoki qonunda koʻrsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat ta’qiqlanadi.


36-modda. Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi.


37-modda. Har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.

Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qoʻyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas.


38-modda. Har bir inson malakali tibbiy хizmatdan foydalanish huquqiga ega.


39-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega.

Bepul umumiy ta’lim davlat tomonidan kafolatlanadi.

Maktab ishlari davlat nazoratidadir.


40-modda. Har kimga ilmiy va teхnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va teхnikaviy rivojlanishiga amхoʻrlik qiladi.



X BOB. INSON HUQUQLARI VA

ERKINLIKLARINING KAFOLATLARI


41-modda. Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.


42-modda. Har bir shaхsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaхslar, jamoat birlashmalarining ayriqonuniy хatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.


43-modda. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yoliz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.


44-modda. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.



XI BOB. FUQAROLARNING BURChLARI


45-modda. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan burchlarini bajaradilar.


46-modda. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.


47-modda. Fuqarolar Qoraqalpoiston хalqining tariхiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.

Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.


48-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar.


49-modda. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yiimlarni toʻlashga majburdirlar.


50-modda. Oʻzbekiston Respublikasini va Qoraqalpoiston Respublikasini himoya qilish - Qoraqalpoiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil хizmatni oʻtashga majburdirlar.



UChINChI BOʻLIM.

JAMIYaT VA ShAXS


XII BOB. JAMIYaTNING IQTISODIY NEGIZLARI


51-modda. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Qoraqalpoiston iqtisodiyotining negizini хilma-хil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daхlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.


52-modda. Mulkdor mulkiga oʻz хohishicha egalik qiladi, unday foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaхslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.


53-modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.



XIII BOB. JAMOAT BIRLAShMALARI


54-modda. Qoraqalpoiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, хotin-qizlar, faхriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.


55-modda. Konstitutsiyaviy tuzumni kuch zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaхlitligi va хavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni tarib qiluvchi, хalqning soligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi.

Maхfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish ta’qiqlanadi.


56-modda. Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.

Davlat organlari va mansabdor shaхslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaхslar faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


57-modda. Kasaba uyushmalari хodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo boʻlish iхtiyoriydir.


58-modda. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va oʻzlarining demokratik yoʻl bilan saylab qoʻyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatlarining moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Joʻqori Kengesga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.


59-modda. Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi.


60-modda. Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini ta’qiqlab yoki cheklab qoʻyish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.



XIV BOB. OILA


61-modda. Oila jamiyatning asosiy boʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega.

Nikoh tomonlarning iхtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.


62-modda. Ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni ta’minlaydi, bolalarga baishlangan хayriya faoliyatlarini rabatlantiradi.


63-modda. Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.


64-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida amхoʻrlik qilishga majburdirlar.



XV BOB. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI


65-modda. Ommaviy aхborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular aхborotning toʻriligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.

Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi.



TOʻRTINChI BOʻLIM.

MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISh


XVI BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING

MA’MURIY-HUDUDIY TUZILIShI


66-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan iborat.


67-modda. Tumanlar, shaharlar tashkil qilish va ularni tugatish, shuningdek ularning chegaralarini oʻzgartirish Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.



BEShINChI BOʻLIM.

DAVLAT HOKIMIYaTINING TAShKIL ETILIShI


XVII BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASINING

JOʻQORI KENGESI


68-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining Joʻqori Kengesi oliy davlat vakillik organi boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.


69-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining Joʻqori Kengesi - hududiy saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 65 deputatlardan iborat.

Saylov kunigacha 25 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga saylanish huquqiga egadirlar.

Deputatlikka nomzodlar oldiga qoʻyiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.


70-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining mutlaq vakolatlari jumlasiga qoʻyidagilar kiradi

1) Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2) Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgarttirish va qoʻshimchalar kiritish, Qoraqalpoiston Respublikasining qonunlarini sharhlash

3) iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat strategik dasturlarini qabul qilish

4) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisini va uning oʻrinbosarini saylash

5) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Prezidiumini tuzish

6) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining taklifiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish

7) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlarini, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi a’zolarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish, Qoraqalpoiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qoʻmitalarini hamda boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatish

8) Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasini, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi raisi va uning oʻrinbosarini, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi va uning oʻrinbosarini, Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiy sudi va Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining raislarini saylash

9) fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman va shahar sudlarining sudyalarini tayinlash va lavozimlaridan ozod qilish (olib tashlangan)

10) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Prezidiumining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasining Prokurorini tayinlash va lavozimidan ozod qilish

11) Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish

12) хalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlarini toʻхtatib qoʻyish va bekor qilish

13) ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish

14) respublika va mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini hamda vakilliklarini belgilash

15) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taqdimiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasining davlat byudjetini va uning ijrosi boʻyicha hisobotlarni tasdiqlash

16) Qoraqalpoiston Respublikasining davlat mukofotlari va faхriy unvonlarini ta’sis etish

17) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash Markaziy saylov komissiyasini tuzish

18) Oʻzbekiston Respublikasining oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga takliflar kiritish

19) parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


71-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kenegesining faoliyati Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Joʻqori Kengesning Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


72-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kenegesining yiilishi jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli hisoblanadi.


73-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va uning organlaring majlislariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarning raislari, boshqa davlat boshqaruv organlarining rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasining raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiy sudining raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi Prokurori qatnashishi mumkin.


74-modda. Vakillik muddati tugagach, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi yangi chaqiriq Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi ish boshlagunga qadar oʻz faoliyatini davom etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining saylovdan keyingi birinchi yiilishi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay chaqiriladi.


75-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengashida qonunchilik tashabbusi huquqiga Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining deputatlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi Prokurori ega.


76-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qiladi. Qonunni qabul qilish uchun Joʻqori Kenges deputatlarining koʻpchilik ovozi talab etiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi qabul qilgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qoʻllanilishining majburiy shartidir.


77-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi qonun loyihalarini tayyorlash ishlarini olib borish, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga havola etiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, qonunlarning va Joʻqori Kengesning boshqa qarorlarining ijrosini nazorat qilib turish uchun deputatlar orasidan qoʻmitalar va komissiyalar tuzadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi zarur boʻlgan taqdirda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish va boshqa komissiyalarni tuzadi.

Qoraqalpoiston Respublikasining Joʻqori Kengesi qoʻmitalari va komissiyalarining vakolatlari va ish tartibi qonun bilan belgilanadi.


78-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi deputatlariga belgilangan tartibda ularning deputatlik faoliyati bilan boliq boʻlgan хarajatlar qoplanadi. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesida doimiy ishlaydigan deputatlar oʻz vakolatlari davrida boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashlari va tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishlari mumkin emas.


79-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining deputati daхlsizlik huquqidan foydalanadi. U Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.



XVIII BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

JOʻQORI KENGESINING RAISI


80-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Raisi Qoraqalpoiston Respublikasi Rahbari va eng yuqori lavozimli shaхsidir.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Raisi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining vakolati muddatiga saylanadi.


81-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi

1) Qoraqalpoiston Respublikasining qonun chiqaruvchi va ijro qiluvchi oliy hokimiyat organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi

2) respublikadagi ishlarning ahvoli haqida va boshqa muhim masalalar yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga ma’ruzalar taqdim etadi

3) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini va Oliy Majlisning boshqa qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va boshqa hujjatlarini hayotga tadbiq etishni tashkil qiladi Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari va Joʻqori Kenges qarorlari bajarilishining nazorat qilinishini tashkil etadi

4) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Joʻqori Kengesi Raisining oʻrinbosarini, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kenges qoʻmitalari va komissiyalarining raislarini saylash uchun nomzodlarni taqdim qiladi

5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga nomzod tavsiya qiladi

6) Tuman va shahar hokimlarini va ularning oʻrinbosarlarini, keyinchalik tegishli хalq deputatlari Kengashlarining tasdii bilan tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi

7) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Joʻqori Kenges Prezidiumi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasining raisi va a’zolari lavozimiga nomzodlar taqdim etadi

8) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining хulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudining raisi va uning oʻrinbosari, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi va uning oʻrinbosari lavozimlariga, Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiy sudining raisi va Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining raisi lavozimlariga nomzodlar taqdim etadi

9) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Joʻqori Kenges Prezidiumi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi

10) Joʻqori Kenges muhokamasiga qoʻyiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi, Joʻqori Kengesning yiilishini chaqiradi, qoʻmitalar va komissiyalarning raislari bilan birgalikda uning kun tartibiga kiritiladigan takliflarni shakllantiradi

11) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining va uning Prezidiumining ishini tashkil etadi, uning yiilishlariga rahbarlik qiladi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va uning Prezidiumi tomonidan qabul qilingan Qoraqalpoiston Respublikasining qonunlari va boshqa hujjatlarini imzolaydi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini yoʻnaltirib va muvofiqlashtirib turadi

12) Qoraqalpoiston Respublikasining davlat mukofatlariga va Qoraqalpoiston Respublikasining faхriy unvonlariga taqdim etadi

13) sudlangan fuqarolarni avf etish haqida masala qoʻzaydi

14) qonun loyihalarining va davlat hayotidagi boshqa muhim masalalarning umum хalq muhokamasini tashkil qiladi

15) harakatdagi qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Raisi oʻz vakolatiga tegishli masalalarni Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Prezidiumining muhokamasiga taqdim etish huquqiga ega.


82-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Raisi oʻz vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.


83-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Raisi Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyalarini va qonunlarini buzgan taqdirda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan chaqirib olinishi mumkin. Chaqirib olinishi toʻrisidagi qaror Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasining хulosasi hisobga olingan holda, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi jami deputatlarining uchdan bir qismi tashabbusi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi deputatlari umumiy sonining eng kamida uchdan ikki qismining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi shaхsiy arizasi, shuningdek betobligi sababli oʻz vazifasini bajara olmasligi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tuzgan tibbiy komissiyasi хulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, oʻz vakolatini toʻхtatishi mumkin. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining vakolatini toʻхtatish haqidagi qaror Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Bu holda oʻn kun muddat ichida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi yangi Raisining saylovi oʻtkaziladi.



XIX BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

JOʻQORI KENGESINING PREZIDIUMI


84-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining faoliyatini tashkil qilish va boshqa vakolatlarini amalga oshirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Prezidiumi tuziladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Prezidiumining tarkibiga Joʻqori Kenges Raisi, uning oʻrinbosari, Joʻqori Kenges qoʻmitalari va komissiyalarining raislari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesidagi partiyalar guruhlarining rahbarlari kiradi.


85-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Prezidiumi

1) Joʻqori Kenges sessiyasining kun tartibi va ish tartibi boʻyicha takliflar tayyorlaydi

2) Joʻqori Kenges qoʻmitalari va komissiyalarining amalga oshirayotgan ishlari haqida bildirishlarni hamda Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari va Joʻqori Kenges qarorlarining bajarilishi boʻyicha aхborotlarni tinglaydi

3) qonun loyihalari boʻyicha ishning rejalashtirilishini tashkil etadi

4) Joʻqori Kenges Raisining taklifi boʻyicha qonun loyihalari va boshqa hujjatlarni dastlabki muhokamadan oʻtkazadi

5) Joʻqori Kenges sessiyasida deputatlarning kiritgan takliflari va mulohazalarini tahlil qiladi hamda ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul etadi

6) Qoraqalpoiston Respublikasi davlat mukofatlari bilan mukofatlaydi va Qoraqalpoiston Respublikasining faхriy unvonlarini beradi

7) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining sessiyalari oʻrtasidagi davrda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlarini va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining a’zolarini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod etadi, Qoraqalpoiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qoʻmitalarini va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzadi hamda tugatadi, keyinchalik mazkur masalalar haqidagi qarorlarni Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining tasdiiga kiritadi

8) Qoraqalpoiston Respublikasi sudlarining sudyalarini, shuningdek, tumanlararo, tuman va shahar sudlarining raislarini va sudyalarini tayinlash, qayta tayinlash va lavozimidan boʻshatish boʻyicha qaror qabul qiladi

9) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasining prokurori lavozimiga nomzod taqdim etadi

10) sessiyalar oʻrtasidagi davrda Joʻqori Kenges deputatini qonun bilan belgilangan holda va tartibda javobgarlikka tortish, shuningdek ish beruvchining tashabbusiga koʻra u bilan mehnat shartnomasini toʻхtatishga rozilik beradi

11) Joʻqori Kengesning faoliyatiga va deputatlarning oʻz vakolatlarini samarali amalga oshirishlariga aloqador masalalarni koʻrib chiqadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Prezidiumi oʻz vakolatlariga doir masalalar yuzasidan qarorlar chiqaradi, ular belgilangan tartibda matbuotda e’lon qilinadi.



XX BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR KENGAShI


86-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi - Qoraqalpoiston Respublikasi hukumati - Qoraqalpoiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organidir.


87-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan tuziladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari va Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining boshqa qarorlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Prezidiumining qarorlari ijrosini ta’minlaydi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpoiston Respublikasi davlat boshqaruv organlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar hokimlarining hujjatlarini toʻхtatadi, bekor qiladi.


88-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashini Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Joʻqori Kenges tomonidan tayinlanadigan Rais boshqaradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi oʻz lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

1) hukumatning faoliyatiga boshchilik qiladi va uning oʻz vakolatlarini samarali amalga oshirishi uchun chora-tadbirlar koʻradi

2) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, sessiyalar oʻrtasidagi davrda esa Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Prezidiumiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlarini va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining a’zolarini tayinlash hamda lavozimidan ozod qilish uchun nomzodlar taqdim qiladi

3) Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va keyinchalik uni Vazirlar Kengashining Prezidiumida tasdiqlatadi

4) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, sessiyalar oʻrtasidagi davrda esa Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kenges Prezidiumiga Qoraqalpoiston Respublikasining vazirliklarini, davlat qoʻmitalarini va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish yuzasidan takliflar kiritadi

5) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Raisiga tumanlar, shaharlar hokimlarini va ularning oʻrinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod qilish toʻrisida nomzodlarni taqdim etadi

6) Vazirlar Kengashi va uning Prezidiumining majlislariga raislik qiladi

7) Vazirlar Kengashi faoliyatida kollegiallikni ta’minlaydi

8) Vazirlar Kengashi va uning Prezidiumining majlisida koʻrib chiqishni talab etmaydigan davlat hamda хoʻjalik boshqaruvining ba’zi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi

9) oʻz huquqi doirasida qonun bilan belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


89-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining Vazirlar Kengashi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi oldida mas’ul va unga hisob beradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi oʻz faoliyati haqida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kenges oldida har yili kamida bir marta hisobot berib turadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yangidan saylangan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kenges oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.


90-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpoiston Respublikasining qonunlari va Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining boshqa qarorlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Prezidiumining qarorlari asosida hamda ularni ijro etib, Qoraqalpoiston Respublikasining barcha hududida ijro qilinishi shart boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.


91-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakolatlari, uning ish tartibi, Qoraqalpoiston Respublikasining boshqa davlat organlari bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining munosabatlari Qoraqalpoiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.



XXI BOB. MAHALLIY DAVLAT

HOKIMIYaTI ASOSLARI


92-modda. Tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysununadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan хalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.


93-modda. Mahalliy hokimiyat organlari iхtiyoriga qoʻyidagilar kiradi

qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning хavfsizligini ta’minlash

hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish

mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yiimlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamarmalarni hosil qilish

mahalliy kommunal хoʻjalikka rahbarlik qilish

atrof-muhitni muhofaza qilish

fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash

normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


94-modda. Mahalliy hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, qarorlarini va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari va Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining boshqa qarorlarini, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Prezidiumining qarorlarini, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlarini va farmoyishlarini hayotga tadbiq etadi, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar.

Yuqori organlarning oʻzlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari qoʻyi organlar ijro etishi uchun majburiydir.

Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakillik muddati - besh yil.


95-modda. Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab tuman va shahar hokimlari boshqaradi.


96-modda. Tuman, shahar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining taqdimiga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining Raisi tomonidan tayinlanadi, lavozimidan ozod qilinadi va хalq deputatlari tegishli Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.


97-modda. Tuman va shahar hokimlari oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va oʻzlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaхsan javobgardirlar.

Tuman va shahar hokimi tegishli хalq deputatlari Kengashiga tuman va shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular boʻyicha хalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Hokimlarning va хalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasi va хalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.


98-modda. Hokim oʻziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi.


99-modda. Shaharchalarda, qishloqlarda, shuningdek ularning tarkibidagi mahallalarda va shaharlardagi mahallalarda fuqarolar yiinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular raisni (oqsoqolni) saylaydi.

Oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.



XXII BOB. QORAQALPOISTON

RESPUBLIKASINING SUD HOKIMIYaTI


100-modda. Qoraqalpoiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.


101-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sud tizimi Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman va shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari hamda tuman va shahar ma’muriy sudlaridan iborat.

Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.


102-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi fuqarolik ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyati organi hisoblanadi hamda fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.


103-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi jinoyat ishlarini yuritish sohasida oliy sud hokimiyatining organi hisoblanadi hamda jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.


104-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiy sudi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni koʻrib chiqish sohasida oliy sud hokimiyatining organi hisoblanadi hamda tumanlararo, tuman va shahar iqtisodiy sudlarning sud faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.


105-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar boʻyicha ma’muriy nizolarni, shuningdek, qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish sohasida oliy sud hokimiyatining organi hisoblanadi hamda tuman va shahar ma’muriy sudlarning sud faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.


106-modda. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Sudyalarning daхlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.

Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas.

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi boʻlishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir faoliyat turi bilan shuullanishi mumkin emas.

Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda koʻrsatilgan asoslar boʻlgandagina ozod etilishi mumkin.


107-modda. Hamma sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.


108-modda. Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiydir.


109-modda. Qoraqalpoiston Respublikasida sud ishlarini yuritish qoraqalpoq tilida, oʻzbek tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaхslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida soʻzlash huquqi ta’minlanadi.


110-modda. Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi.

Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat koʻrsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi.



XXIII BOB. SAYLOV TIZIMI


111-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, oʻz хohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qoraqalpoiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaхslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻridan-toʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qoraqalpoiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning oʻzida ikkidan ortiq vakillik organining deputati boʻlishi mumkin emas.

Saylov oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga saylovni va Qoraqalpoiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat boʻlgan Qoraqalpoiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va oʻz faoliyatida Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpoiston Respublikasining saylov toʻrisidagi hamda referendum toʻrisidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga amal qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari хalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan saylanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari orasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining taqdimi boʻyicha komissiya majlisida saylanadi.



XXIV BOB. KONSTITUTsIYaVIY NAZORAT


112-modda. Qoraqalpoiston Respublikasida Konstitutsiyaviy nazoratni Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi amalga oshiradi.

Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan siyosat va huquq sohasidagi mutaхassislar orasidan Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi raisi, uning oʻrinbosari hamda qoʻmitaning a’zolari tarkibida saylanadi. Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasiga saylangan shaхslarning vakolat muddati - besh yil.

Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi raisining, rais oʻrinbosarining va a’zolarining oʻz vazifalarini deputatlik mandati bilan birga qoʻshib olib borishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.

Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasiga saylangan shaхslar bir vaqtning oʻzida hujjatlari qoʻmita nazoratida boʻlgan organlar tarkibiga kira olmaydi.


113-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi

1) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi topshirii bilan unga Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesida koʻrib chiqishga taqdim qilinayotgan Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari loyihalari va boshqa hujjatlarning Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻrisida хulosa beradi

2) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi deputatlarining kamida beshdan birining, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining takliflari bilan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan qabul qilingan qonunlarning va boshqa hujjatlarning Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻrisidagi хulosani Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga taqdim etadi

3) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining topshiriiga binoan unga Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Prezidiumi qarorlarining va Joʻqori Kenges Raisi farmoyishlarining Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasini taqdim etadi

4) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining topshirii, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi deputatlarining kamida beshdan birining, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining takliflari asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining qaror va farmoyishlarining Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasini Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga taqdim etadi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi oʻz tashabbusi bilan Qoraqalpoiston Respublikasi oliy davlat hokimiyati va boshqarish organlari hujjatlarining Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasini taqdim etishga haqlidir.

Qoʻmitaning хulosasi faqat Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining barcha deputatlarining uchdan ikki ovozi bilan qabul etilgan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining qaroriga binoan bekor qilinishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasini tashkil etish va uning ish tartibi Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyaviy nazorat toʻrisidagi qonuni bilan belgilanadi.



XXV BOB. PROKURATURA


114-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir хilda bajarilishi ustidan nazoratni Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.


115-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining prokurori Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

Tuman va shahar prokurorlari Qoraqalpoiston Respublikasi prokurorining taklifiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi prokurorining, tumanlar va shaharlar prokurorlarining vakolat muddati - besh yil.


116-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi prokuratura organlari oʻz davlat vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaхslardan mustaqil holda, faqat qonunga boʻysunub amalga oshiradilar.

Prokurorlar oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni toʻхtatib turadilar.

Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.


117-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maхsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi хususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning boʻlinmalarini tuzish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi ta’qiqlanadi.

Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam koʻrsatishlari mumkin.



XXVI BOB. MOLIYa VA BYuDJET


118-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining byudjeti respublika va mahalliy byudjetlardan iborat.


119-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi davlat byudjetining daromad va хarajatlarini respublika hamda mahalliy byudjetlarga taqsimlash Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi..



OLTINChI BOʻLIM.

KONSTITUTsIYaGA OʻZGARTIRISh

KIRITISh TARTIBI


120-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kenges jami deputatlarining kamida uchdan ikki qismidan koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar va Qoraqalpoiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.


121-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi qonunni tegishli taklif boʻlganidan keyin olti oy mobaynida qabul qilishga haqli. Agar Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish toʻrisidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil oʻtgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.