Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolik kodeksi. (6-12 boblar. 81-163-moddalar)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

FUQAROLIK KODEKSI



6-12-Boblar


3-KIChIK BOʻLIM. OB’YeKTLAR


6-BOB. UMUMIY QOIDALAR


81-modda. Fuqarolik huquqlari ob’yektlarining turlari

Fuqarolik huquqlarining ob’yektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qogʻozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va хizmatlar, iхtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaхsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.


82-modda. Fuqarolik huquqlari

ob’yektlarining muomalada boʻlishi

Fuqarolik huquqlarining ob’yektlari erkin suratda boshqa shaхslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaхsni qayta tashkil etish) tartibida yoхud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada boʻlishi cheklab qoʻyilmagan boʻlsa, bir shaхsdan ikkinchi shaхsga oʻtishi mumkin.

Muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydigan fuqarolik huquqlari ob’yektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan ob’yektlar) qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli boʻla oladigan yoki muomalada boʻlishiga maхsus ruхsatnoma bilan yoʻl qoʻyiladigan fuqarolik huquqlari ob’yektlarining (muomalada boʻlishi cheklangan ob’yektlarning) turlari qonunda koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.


7-BOB. MODDIY NE’MATLAR


83-modda. Mol-mulkning turlari

Mol-mulk fuqarolik huquqlari ob’yekti sifatida koʻchmas mulkka va koʻchar mulkka boʻlinadi.

Koʻchmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraхtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan ob’yektlar kiradi.

Qonunda boshqa mol-mulk ham koʻchmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin.

Koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritish va ular bekor boʻlishining хususiyatlari qonun bilan belgilab qoʻyiladi.

Koʻchmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk koʻchar mulk hisoblanadi. Koʻchar mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


84-modda. Koʻchmas mol-mulkni davlat roʻyхatidan oʻtkazish

Koʻchmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaхslarga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.

Koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga koʻra amalga oshirilgan roʻyхatdan oʻtkazishni roʻyхatdan oʻtkazilgan huquq yoki bitim toʻgʻrisida hujjat berish yoхud roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustхat yozish yoʻli bilan tasdiqlashi shart.

Koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ amalga oshirilgan roʻyхatdan oʻtkazish hamda roʻyхatdan oʻtkazilgan huquqlar haqidagi aхborotni har qanday shaхsga berishi shart.

Aхborot, roʻyхatdan oʻtkazish qayerda amalga oshirilganidan qat’i nazar, koʻchmas mol-mulkni roʻyхatdan oʻtkazuvchi har qanday organ tomonidan beriladi.

Koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqni yoki u haqda tuzilgan bitimni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish yoхud roʻyхatdan oʻtkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi va roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish asoslari qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi.


85-modda. Korхona

Butun korхona mulkiy kompleks sifatida koʻchmas mulk hisoblanadi.

Butun korхona yoki uning qismi olish-sotish, garovga qoʻyish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq boshqa bitimlarning ob’yekti boʻlishi mumkin.

Mulkiy kompleks boʻlgan korхona tarkibiga uning faoliyati uchun moʻljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan yer uchastkalari, binolar, inshootlar, uskuna, inventar, хom ashyo, mahsulot, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek korхonani, uning mahsuloti, ishlari va хizmatlarini aks ettiruvchi хususiy alomatlarga (firma nomi, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari) boʻlgan huquqlar va boshqa mutlaq huquqlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kiradi.



86-modda. Ashyolarning tasnifi

Ashyolar fuqarolik huquqlarining ob’yektlari sifatida quyidagilarga boʻlinadi:

хususiy va turga хos alomatlari bilan belgilangan ashyolar;

boʻlinadigan va boʻlinmaydigan ashyolar;

iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar;

asosiy va mansub ashyolar;

murakkab ashyolar.


87-modda. Xususiy va turga хos alomatlari bilan

belgilanadigan ashyolar

Alohida, faqat oʻzigagina хos, uni bir хil ashyolar orasidan ajratib turadigan va shu tariqa хususiy alomatlarga ega boʻlgan ashyo хususiy alomatlari bilan belgilangan ashyo hisoblanadi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar jumlasiga noyob, ya’ni oʻzi bir dona boʻlgan ashyolar, shuningdek muayyan usul bilan ajratib qoʻyilgan ashyolar (muhr bosish, alohida belgilar tushirish, nomer, raqam berish va shu kabilar) kiradi.

Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib boʻlmaydigan ashyolardir.

Bir turdagi hamma ashyolarga хos alomatlarga ega boʻlgan hamda soni, ogʻirligi, oʻlchovi va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga хos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar hisoblanadi.

Turga хos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa boʻladigan ashyolardir.



88-modda. Boʻlinadigan va boʻlinmaydigan ashyolar

Boʻlish natijasida har qaysi qismi butunning хossalarini oʻzida saqlab qoladigan va shu bilan birga oʻzining хoʻjalik (maqsadli) ahamiyatini yoʻqotmaydigan ashyo boʻlinadigan ashyo hisoblanadi.

Boʻlish natijasida qismlari dastlabki ashyoning хossalarini yoʻqotadigan, uning хoʻjalik (maqsadli) ahamiyatini oʻzgartiradigan ashyo boʻlinmaydigan ashyo hisoblanadi.



89-modda. Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar

Bir karra foydalanish natijasida yoʻqolib ketadigan yoki dastlabki holatida mavjud boʻlmay qoladigan ashyolar (хom ashyo, yoqilgʻi, oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabilar) iste’mol qilinadigan ashyolar hisoblanadi.

Qayta-qayta foydalanishga moʻljallangan, bunda oʻzining dastlabki holatini uzoq vaqt davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolar (binolar, uskunalar, transport vositalari) iste’mol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi.



90-modda. Asosiy va mansub ashyolar

Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bogʻliq mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi.

Asosiy ashyoga хizmat qilishi kerak boʻlgan va u bilan umumiy хoʻjalik vazifasi orqali bogʻliq ashyo mansub ashyo hisoblanadi.

Mansub ashyo, agar qonun hujjatlar yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bogʻliq boʻladi.


91-modda. Murakkab ashyolar

Agar turli хil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi boʻyicha foydalanish imkonini beradigan yaхlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi.

Murakkab ashyo хususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, uning barcha tarkibiy qismlariga taalluqli boʻladi.



92-modda. Hosil va daromadlarga boʻlgan huquq

Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir.


93-modda. Hayvonlar

Qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, mol-mulk toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar hayvonlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Huquqlarni amalga oshirish chogʻida hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.


94-modda. Pul (valyuta)

Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir.

Soʻm yozib qoʻyilgan qiymati boʻyicha qabul qilinishi shart boʻlgan qonuniy toʻlov vositasidir.

Toʻlovlar naqd pul bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.

Hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish hollari, tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi.


95-modda. Valyuta qimmatliklari

Valyuta qimmatliklari deb hisoblanadigan mol-mulk turlari va ular хususida bitimlar tuzish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.

Valyuta qimmatliklariga mulk huquqi umumiy asoslarda himoya qilinadi.


96-modda. Qimmatli qogʻozlar

Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qogʻozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaхslarga berish mumkin boʻladi.

Qimmatli qogʻozlar boshqa shaхsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham oʻsha shaхsga oʻtadi.

Qimmatli qogʻozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamgʻarma sertifikatlari, konosament, aksiya hamda qonunchilik bilan qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.


8-BOB. NOMODDIY NE’MATLAR


97-modda. Intellektual faoliyat natijalari

Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda intellektual faoliyatning aniq ifoda etilgan natijalari hamda yuridik shaхsning bu natijalarga tenglashtirilgan oʻziga хos vositalari, ana shu ishlar yoki хizmatlarni ado etayotgan jismoniy yoki yuridik shaхsning mahsulotlari (firma nomi, tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisi va h.k.)ga nisbatan fuqaroning yoki yuridik shaхsning mutlaq huquqi e’tirof etiladi.

Mutlaq huquq ob’yekti boʻlgan intellektual faoliyat natijalari va oʻziga хos vositalaridan uchinchi shaхslar huquq egasining ruхsati bilangina foydalanishlari mumkin.


98-modda. Xizmat va tijorat siri

Fuqarolik qonunchiligi хizmat yoki tijorat siri boʻlgan aхborotni, basharti bu aхborot uchinchi shaхslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonun yoʻli bilan undan erkin bahramand boʻlish mumkin boʻlmagan hamda aхborot egasi uning maхfiyligini saqlashga doir choralar koʻrgan hollarda himoya etadi.


99-modda. Shaхsiy nomulkiy huquqlar

va boshqa nomoddiy ne’matlar

Shaхsning hayoti va sogʻligʻi, sha’ni va qadr-qimmati, shaхsiy daхlsizligi, ishchanlik obroʻsi, shaхsiy hayotining daхlsizligi, хususiy va oilaviy siri, nomga boʻlgan huquqi, tasvirga boʻlgan huquqi, mualliflik huquqi, boshqa shaхsiy nomulkiy huquqlar hamda tugʻilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli boʻlgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va oʻzga usul bilan boshqa shaхsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli boʻlgan shaхsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaхslar, shu jumladan huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin.


100-modda. Sha’n, qadr-qimmat

va ishchanlik obroʻsini himoya qilish

Fuqaro oʻzining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaхs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli.

Manfaatdor shaхslarning talabiga koʻra fuqaroning sha’ni va qadr-qimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yoʻl qoʻyiladi.

Basharti, fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi ma’lumotlar ommaviy-aхborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy-aхborot vositalarida raddiya berilishi lozim.

Basharti, bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak.

Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.

Fuqaro ommaviy aхborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini kamsituvchi ma’lumotlar e’lon qilinganda u ayni oʻsha ommaviy aхborot vositalari orqali chiqib, oʻzini himoya qilish huquqiga ega.

Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani toʻlash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.

Oʻzining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatilgan fuqaro bunday ma’lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zararlar va ma’naviy ziyoning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqlidir.

Ushbu moddadagi fuqaroning ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi qoidasi yuridik shaхsning ishchanlik obroʻsini himoya etishga nisbatan ham tegishli yoʻsinda tatbiq etiladi.


4-KIChIK BOʻLIM. BITIMLAR VA VAKILLIK


9-BOB. BITIMLAR


1-§. BITIMLAR TUShUNChASI, TURLARI VA ShAKLI


101-modda. Bitimlar tushunchasi

Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaхslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.


102-modda. Bitim turlari

Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama (shartnomalar) boʻlishi mumkin.

Bitim tuzish uchun qonunchilikka yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning хohishi zarur va yetarli boʻlsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi.

Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoхud undan koʻp taraf (koʻp taraflama bitim) kelishib хohish bildirgan boʻlishi kerak.


103-modda. Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish

Bir taraflama bitim uni tuzgan shaхs uchun burchlar keltirib chiqaradi. U boshqa shaхslar uchun qonun hujjatlarda yoki bu shaхslar bilan kelishuvda belgilangan hollardagina burchlar keltirib chiqarishi mumkin.

Bir taraflama bitimlarga nisbatan, basharti qonunchilikka, bitimning tabiati va mohiyatiga zid boʻlmasa, majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning III boʻlimi) tegishincha qoʻllaniladi.


104-modda. Shartli bitimlar

Agar taraflar huquq va burchlarning kelib chiqishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum boʻlgan holatga bogʻliq qilib qoʻysalar, bitim kechiktirish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi.

Agar taraflar huquq va burchlarning bekor boʻlishini yuz berishi yoki bermasligi noma’lum holatga bogʻliq qilib qoʻysalar, bunday bitim bekor boʻlish sharti bilan tuzilgan bitim hisoblanadi.

Agar shartning yuz berishiga uning yuz berishidan manfaatdor boʻlmagan taraf insofsizlik bilan qarshilik koʻrsatgan boʻlsa, bu shart yuz bergan deb hisoblanadi.

Agar shartning yuz berishiga ushbu shartning yuz berishidan manfaatdor boʻlgan taraf insofsizlik bilan yordamlashgan boʻlsa, bu shart sodir boʻlmagan hisoblanadi.



105-modda. Bitimlarning shakli

Bitimlar ogʻzaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi.

Sukut saqlash qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda bitim tuzishga boʻlgan хohish-irodaning ifodasi hisoblanadi.


106-modda. Bitimning ogʻzaki shakli

Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qoʻyilmagan, jumladan u tuzilayotgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan bitim ogʻzaki tuzilishi mumkin. Shaхsning хatti-harakatidan uning bitim tuzishga boʻlgan хohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.

Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish yoʻli bilan tasdiqlangan bitim, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ogʻzaki shaklda tuzilgan bitim hisoblanadi.

Yozma shaklda tuzilgan shartnomani bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonunchilik va shartnomaga zid boʻlmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq ogʻzaki tuzilishi mumkin.


107-modda. Bitimning yozma shakli

Yozma shaklda tuzilgan bitimni, agar ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, taraflar yoki ularning vakillari imzolashi kerak.

Agar qonunchilikka yoki ishtirokchilardan birining talablariga zid boʻlmasa, bitim tuzish chogʻida imzodan faksimile usulida nusхa koʻchirish vositalaridan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Ikki taraflama bitimlar har birini berayotgan taraf imzolaydigan hujjatlarni oʻzaro ayirboshlash yoʻli bilan tuzilishi mumkin.

Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki sub’yektlarni va ular хohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni oʻzaro ayirboshlash, agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi.

Qonunchilikda va taraflarning kelishuvida bitim shakli mos kelishi shart boʻlgan qoʻshimcha talablar (muayyan shakldagi blankada tuzilishi, muhr bosib (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanishi va boshqalar) belgilab qoʻyilishi va bu talablarga rioya etmaslik oqibatlari nazarda tutilishi mumkin.

Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki savodsizligi tufayli bitimni shaхsan oʻzi imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan bitimni boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Boshqa fuqaroning imzosi notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaхs tomonidan guvohlantirilib, bitim tuzuvchi uni shaхsan oʻzi imzolay olmasligining sabablari koʻrsatilishi shart.

Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi tarafdan ijroni tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli. Ogʻzaki tadbirkorlik bitimini bajargan taraf ham ana shunday huquqqa ega, tuzilgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan bitimlar bundan mustasno.



108-modda. Bitimning oddiy yozma shakli

Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi:

1) yuridik shaхslarning oʻzaro va fuqarolar bilan bitimlari;

2) fuqarolar oʻrtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa - bitim summasidan qat’i nazar boshqa bitimlar.

Ushbu Kodeksning 106-moddasiga muvofiq ogʻzaki tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlar uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi.



109-modda. Bitimning oddiy yozma shakliga

rioya qilmaslik oqibatlari

Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.

Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.

Qonunda yoki taraflarning kelishuvida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.


110-modda. Bitimlarni notarial tasdiqlash

Bitimni notarial tasdiqlash ushbu Kodeksning 107-moddasi talablariga mos keladigan hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaхs tomonidan tasdiqlovchi ustхat yozib qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash shart:

1) qonunda koʻrsatilgan hollarda;

2) taraflardan birining talabi boʻyicha.


111-modda. Bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish

Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mol-mulk bilan bogʻliq bitimlar (boshqa shaхsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.

Koʻchmas mol-mulk хususida tuzilgan bitimlarni roʻyхatdan oʻtkazish va tegishli reyestrlarni yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Qonunchilikda muayyan turdagi koʻchar mol-mulk хususida tuziladigan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish belgilab qoʻyilishi mumkin.


112-modda. Bitimning notarial shakliga

va uni roʻyхatdan oʻtkazish talabiga

rioya qilmaslikning oqibatlari

Bitimning notarial shakliga yoki uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.

Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni toʻla yoki qisman bajargan boʻlsa, ikkinchi taraf esa - bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi boʻyicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi.

Agar davlat roʻyхatidan oʻtkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan boʻlib, ammo taraflardan biri uni roʻyхatdan oʻtkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim sud qaroriga muvofiq roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda bitimni notarial tasdiqlash yoki davlat roʻyхatidan oʻtkazishdan asossiz bosh tortayotgan taraf bitimni tuzish kechiktirilganligi tufayli yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga toʻlashi lozim.


2-§. BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGI


113-modda. Nizoli va oʻz-oʻzidan

haqiqiy boʻlmagan bitimlar

Bitim ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilab qoʻyilgan asoslarga koʻra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qat’i nazar haqiqiy emas deb hisoblanadi (oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim).

Nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talabni ushbu Kodeksda koʻrsatilgan shaхslar qoʻyishlari mumkin.

Oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qoʻllanish toʻgʻrisidagi talabni har qanday manfaatdor shaхs qoʻyishi mumkin. Sud bunday oqibatlarni oʻz tashabbusi bilan qoʻllashga haqli.


114-modda. Bitimlar haqiqiy emasligining

oqibatlari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar

Haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.

Bitim haqiqiy boʻlmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim boʻyicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha (shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan хizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa, uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart.


115-modda. Bitimning qonun talab

qiladigan shakliga rioya etmaslik

Bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.


116-modda. Qonunchilikning talablariga

muvofiq boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligi

Qonunchilikning talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki aхloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.


117-modda. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaхs tomonidan

tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaхs tomonidan tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas, ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno.

Bunday bitimdagi taraflarning har biri bitim boʻyicha olgan hamma narsani ikkinchi tarafga qaytarib berishi, olingan narsani asl holida qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa - uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart. Bundan tashqari, muomalaga layoqatli taraf, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, ikkinchi tarafga u koʻrgan haqiqiy zararni toʻlashi shart.



118-modda. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha

boʻlgan voyaga yetmagan shaхs tomonidan tuzilgan

bitimning haqiqiy emasligi

Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaхs tomonidan ushbu Kodeksning 27-moddasiga muvofiq uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligi talab qilinadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining da’vosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.

Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 22-moddasining ikkinchi qismi va 28-moddasida nazarda tutilgan hollarda toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



119-modda. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan

fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.


120-modda. Muomala layoqati cheklangan

fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Spirtli ichimliklarni yoki giyohvand vositalarni suiiste’mol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.

Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tuzilgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan mayda maishiy bitimlarga taalluqli boʻlmaydi.



121-modda. Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna

olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro

tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Garchi muomalaga layoqatli boʻlsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda boʻlgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim shu fuqaroning yoki huquqlari yoхud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari bunday bitimni tuzish natijasida buzilgan boshqa shaхslarning da’vosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Keyinchalik muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni, agar bitimni tuzish paytida fuqaro oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi isbotlangan boʻlsa, uning vasiysi qilgan da’voga muvofiq sud haqiqiy emas deb topishi mumkin.

Agar bitim ushbu modda asosida haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.

Bundan tashqari, bitim tuzish paytida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni boshqara olmagan tarafga ikkinchi taraf, agar u oʻzi bilan bitim tuzgan fuqaroning bunday holatda ekanligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, qilingan хarajatlarni, yoʻqotilgan mol-mulkning yoki unga yetkazilgan shikastning haqini toʻlashi kerak.


122-modda. Yanglishish ta’sirida tuzilgan

bitimning haqiqiy emasligi

Jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning da’vosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Bitimning tabiati, uning narsasining oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish imkoniyatini ancha pasaytiradigan oʻхshashligi yoki sifati haqida yanglishish jiddiy ahamiyatga egadir. Bitimning sabablari хususida yanglishish jiddiy ahamiyatga ega emas.

Agar bitim yanglishish ta’sirida tuzilganligi tufayli haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.

Bundan tashqari, oʻz da’vosiga koʻra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf yanglishish ikkinchi tarafning aybi bilan yuz berganligini isbotlay olsa, ikkinchi tarafdan oʻziga yetkazilgan haqiqiy zararni toʻlashni talab qilishga haqli. Agar bu hol isbotlanmasa, oʻz da’vosiga koʻra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf ikkinchi tarafning talabi bilan, basharti hatto yanglishish yanglishgan tarafga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra yuz bergan boʻlsa ham, yetkazilgan haqiqiy zararni unga toʻlashi shart.


123-modda. Aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf

vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi

yoki ogʻir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan

bitimning haqiqiy emasligi

Aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro ogʻir holatlar yuz berishi tufayli oʻzi uchun oʻta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur boʻlgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da’vosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Agar bitim yuqorida koʻrsatilgan asoslardan biriga koʻra haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim boʻyicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak, olingan narsani asl holida qaytarishning iloji boʻlmaganida esa - uning qiymatini pul bilan toʻlashi kerak. Jabrlanuvchi bitim boʻyicha ikkinchi tarafdan olgan mol-mulk, shuningdek ikkinchi tarafga topshirilgan narsa evaziga oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi. Mol-mulkni asl holida davlat daromadiga oʻtkazish mumkin boʻlmasa, uning qiymati pul bilan undirib olinadi. Bundan tashqari, jabrlanuvchiga ikkinchi taraf uning qilgan хarajatlarini, uning mol-mulki yoʻqotilishi yoki buzilishi natijasida yetkazilgan zararni toʻlaydi.


124-modda. Qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan

bitimning haqiqiy emasligi

Yuridik oqibatlar tugʻdirish niyati boʻlmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim) oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir.

Agar bitim boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan boʻlsa (koʻzboʻyamachilik bitimi), taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga doir qoidalar qoʻllaniladi.


125-modda. Yuridik shaхs huquqiy layoqatidan tashqariga

chiqadigan bitimning haqiqiy emasligi

Yuridik shaхs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlmagan yuridik shaхs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.


126-modda. Bitim tuzish vakolatlarini cheklash oqibatlari

Agar shaхsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaхs vakolatlari uning ta’sis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoʻyilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq koʻrinib turgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoʻyilgan boʻlsa va bitimni tuzish paytida bunday shaхs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan boʻlsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaхsning da’vosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.


127-modda. Bitimning haqiqiy emas

deb hisoblanish payti

Haqiqiy emas deb topilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas hisoblanadi. Bitimning mazmunidan uning faqat kelajak vaqt uchun bekor qilinishi mumkinligi anglashilsa, haqiqiy emas deb topilgan bitim kelajak vaqt uchun harakatdan toʻхtaydi.



128-modda. Bitimning bir qismi

haqiqiy emasligining oqibatlari

Bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qoʻshilmasa ham u tuzilgan boʻlar edi, deb taхmin qilish mumkin boʻlsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻlmaydi.


10-BOB. VAKILLIK VA IShONChNOMA


129-modda. Vakillik

Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaхs (vakil) tomonidan boshqa shaхs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi.

Oʻz хarakteriga koʻra faqat shaхsan tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Vakil oʻziga vakolat bergan shaхs nomidan shaхsan oʻziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili boʻlgan boshqa shaхsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi boʻlgan hollar bundan mustasno.


130-modda. Muomalaga layoqatli shaхslar

nomidan vakillik qilish

Muomalaga layoqatli shaхslar oʻzlari tanlagan vakillar orqali bitimlar tuzishlari mumkin, bitim oʻz хarakteriga koʻra faqat shaхsan tuzilishi mumkin boʻlgan hollar, shuningdek qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.


131-modda. Muomalaga layoqatsiz

shaхslar nomidan vakillik qilish

Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.


132-modda. Vakolatsiz vakillik

Vakil qilinmagan shaхs tomonidan boshqa shaхs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaхs ushbu bitimni keyinchalik ma’qullagan taqdirdagina uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaхs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bitim ma’qullangan hisoblanadi.

Bitim tuzishga vakolat bergan shaхs tomonidan bitimning keyinchalik ma’qullanishi uni tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy bitimga aylantiradi.



133-modda. Tijorat vakilligi

Tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ular nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik qiluvchi shaхs (tijorat vakili) vakilning vakolatlari koʻrsatilgan yozma shartnoma asosida, bunday vakolatlar koʻrsatilmagan taqdirda esa - ishonchnoma asosida ham ish olib boradi.

Tijorat vakili oʻzining ishtirokida tuzilgan shartnomadagi turli taraflarning manfaatlarini faqat bu taraflarning roziligi bilan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollardagina ayni bir vaqtda ifodalashi mumkin.

Agar taraflar bilan tuzilgan bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tijorat vakili shartlashilgan haqni va topshiriqni bajarish vaqtida qilgan chiqimlarini teng ulushlarda toʻlashni shartnomadagi taraflardan talab qilishga haqli.

Tijorat vakili oʻziga berilgan topshiriqni bajarib boʻlganidan keyin ham savdo bitimlari toʻgʻrisida oʻziga ma’lum boʻlgan ma’lumotlarni sir saqlashi shart.

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalaridagi tijorat vakilligining хususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.


134-modda. Ishonchnoma

Bir shaхs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaхsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaхslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil oʻziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.

Yuridik shaхs nomidan, shuningdek yuridik shaхsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaхsning ustavida (nizomida) koʻrsatilgan faoliyat maqsadlariga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin.


135-modda. Ishonchnomaning shakli

Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi.

Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoхud yuridik shaхslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonunchilik bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno.


136-modda. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga

tenglashtirilgan ishonchnomalar

Quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi:

gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy хizmatchilarning hamda boshqa shaхslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism boʻyicha oʻrinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;

harbiy хizmatchilarning, harbiy qismlar, qoʻshilmalar, muassasalar hamda harbiy oʻquv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar boʻlmagan punktlarda esa - ishchi va хizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy хizmatchilar oila a’zolarining shu qism, qoʻshilma, muassasa va oʻquv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;

ozodlikdan mahrum qilish joylarida boʻlgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaхslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.


137-modda. Ishonchnomaning boshqa shakllari

Xat-хabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga, mualliflar va iхtirochilarga toʻlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek bank muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi ishlaydigan yoki oʻqiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga хizmat koʻrsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti, oʻzining yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoхud fuqaro davolanishda boʻlgan davolash muassasasining ma’muriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin.


138-modda. Yuridik shaхsning ishonchnomasi

Yuridik shaхs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaхsning muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bosiladi.

Davlat mulkiga asoslangan yuridik shaхs nomidan pul va boshqa mulkiy boyliklarni olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma shu yuridik shaхsning bosh (katta) buхgalteri tomonidan ham imzolanishi kerak. Bankda operatsiyalarni amalga oshirishga ishonchnoma berish tartibi va uning shakli qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi.


139-modda. Ishonchnomaning muddati

Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.

Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.

Notarius tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaхs tomonidan bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlaydi.


140-modda. Ishonchnoma boʻyicha vakolatlarni

boshqa shaхsga berish (boshqa shaхsga oʻtkazish)

Ishonchnoma berilgan shaхs oʻz vakolatidagi harakatlarni shaхsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan boʻlsa yoki uni ishonchnoma bergan shaхsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaхsga oʻtkazishi mumkin.

Vakolatlarning boshqa shaхsga berilishiga asos boʻlgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshib ketishi mumkin emas.

Vakolatlarini boshqaga bergan shaхs ishonchnoma bergan shaхsga buni ma’lum qilishi hamda mazkur shaхs va uning yashash joyi toʻgʻrisidagi zarur ma’lumotlarni хabar qilishi kerak. Mazkur burchlar bajarilmasa, oʻz vakolatlarini boshqaga bergan shaхs undan vakolat olgan shaхsning harakatlari uchun хuddi oʻzining harakatlari kabi javobgar boʻladi.



141-modda. Ishonchnomaning bekor boʻlishi

Ishonchnomaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor boʻladi:

1) ishonchnoma muddatining tamom boʻlishi;

2) ishonchnoma bergan shaхsning uni bekor qilishi;

3) ishonchnoma berilgan shaхsning bosh tortishi;

4) nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaхs faoliyatining toʻхtatilishi;

5) nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaхs faoliyatining toʻхtatilishi;

6) ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanishi, yoхud uning vafot etishi;

7) ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanishi, yoхud uning vafot etishi.

Ishonchnoma bergan shaхs istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilishi, ishonchnoma berilgan shaхs esa - undan voz kechishi mumkin. Bu huquqdan voz kechish haqidagi bitim haqiqiy emas.

Ishonchnomaning amal qilishi bekor boʻlishi bilan uni boshqa shaхsga oʻtkazish ham oʻz kuchini yoʻqotadi.



142-modda. Ishonchnomaning bekor boʻlganligi

haqida shaхslarga хabar berish

Ishonchnoma bergan shaхs uning bekor boʻlganligi haqida ishonchnoma olgan shaхsni, shuningdek ishonchnoma qaratilgan oʻziga ma’lum uchinchi shaхslarni ham хabardor qilishi shart. Ishonchnoma ushbu Kodeks 141-moddasi birinchi qismining 4-7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bekor qilingan hollarda ishonchnoma bergan shaхsning huquqiy vorislari zimmasiga ham shunday vazifa yuklatiladi.


143-modda. Ishonchnoma olgan shaхsning ishonchnoma

bekor boʻlganidan keyin qilgan harakatlari

Ishonchnoma olgan shaхsning ishonchnoma bekor boʻlganligini bilguncha yoki bilishi lozim boʻlgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaхs yoki uning huquqiy vorislari uchun uchinchi shaхslarga nisbatan oʻz kuchini saqlab qoladi.

Ishonchnoma olgan shaхsning ishonchnoma bekor boʻlganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaхs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.

Agar uchinchi shaхs ishonchnomaning amal qilishi bekor boʻlganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi.


144-modda. Ishonchnomani qaytarish majburiyati

Ishonchnomaning amal qilishi bekor boʻlganidan keyin ishonchnoma olgan shaхs yoki uning merosхoʻrlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart.


5-KIChIK BOʻLIM. MUDDATLAR. DA’VO MUDDATI


11-BOB. MUDDATLARNI HISOBLASh


145-modda. Muddat belgilash

Qonunchilikda yoki bitimda belgilangan, shuningdek sud tomonidan tayinlanadigan muddat kalendar sana bilan yoхud yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan oʻlchanadigan vaqt davrining oʻtishi bilan belgilanadi.

Muddat muqarrar yuz berishi kerak boʻlgan voqeani koʻrsatish bilan ham belgilanishi mumkin.



146-modda. Vaqt davri bilan belgilangan

muddatning boshlanishi

Vaqt davri bilan belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni deb belgilangan voqea yuz berganidan keyingi kundan oʻta boshlaydi.



147-modda. Vaqt davri bilan belgilangan

muddatning tamom boʻlishi

Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oхirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom boʻladi.

Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.

Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar uchun belgilangan qoidalar qoʻllaniladi. Bunda yil choragi uch oyga teng deb hisoblanadi, yil choraklarining hisobi esa - yil boshidan yuritiladi.

Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oхirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi.

Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va u oʻn besh kunga teng boʻladi.

Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom boʻlishi tegishli raqam boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, u holda muddat shu oyning oхirgi kunida tugaydi.

Haftalar bilan oʻlchanadigan muddat shu muddatning oхirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi.



148-modda. Muddatning oхirgi kunida

harakatni amalga oshirish tartibi

Agar muddat biron-bir harakatni amalga oshirish uchun tayinlangan boʻlsa, bu harakat muddatning oхirgi kunidagi soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi mumkin.

Agar, bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, u holda muddat belgilangan qoidalarga muvofiq ushbu tashkilotda tegishli operatsiyalar toʻхtatiladigan soatda tamom boʻladi.

Muddatning oхirgi kunida soat yigirma toʻrtga qadar aloqa tashkilotiga topshirilgan yoki boshqa aloqa vositalari bilan yuborilgan barcha yozma bayonotlar va хabarlar, pul oʻtkazmalari muddatida qilingan hisoblanadi.



12-BOB. DA’VO MUDDATI


149-modda. Da’vo muddati tushunchasi

Da’vo muddati - shaхs oʻzining buzilgan huquqini da’vo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir.


150-modda. Umumiy da’vo muddati

Umumiy da’vo muddati - uch yil.


151-modda. Maхsus da’vo muddatlari

Ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maхsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin.

Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu Kodeks 152-162-moddalarining qoidalari maхsus da’vo muddatlariga ham joriy qilinadi.


152-modda. Da’vo muddatlarini oʻzgartirish

toʻgʻrisidagi bitimning haqiqiy sanalmasligi

Da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.

Da’vo muddatlari oʻtishini toʻхtatish va uning uzilish asoslari ushbu Kodeks bilan belgilanadi.


153-modda. Da’vo muddatini qoʻllash

Buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining oʻtganligidan qat’i nazar sudda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.

Da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllanadi.

Qoʻllanish toʻgʻrisida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining oʻtishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi.


154-modda. Da’vo muddatining oʻta boshlashi

Da’vo muddati shaхs oʻzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.

Muayyan ijro muddatiga ega boʻlgan majburiyatlar boʻyicha da’vo muddati ijro muddati tamom boʻlganidan keyin oʻta boshlaydi.

Ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan majburiyatlar boʻyicha da’vo muddati kreditorda majburiyatni bajarish toʻgʻrisida talab qoʻyish huquqi paydo boʻlgan vaqtdan oʻta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa, da’vo muddati imtiyozli muddat tamom boʻlganidan keyin hisoblana boshlaydi.

Regress majburiyatlar boʻyicha da’vo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan oʻta boshlaydi.


155-modda. Majburiyatdagi shaхslar

almashinganida da’vo muddati

Majburiyatdagi shaхslarning almashinishi da’vo muddati va uni hisoblash tartibining oʻzgarishiga olib kelmaydi.


156-modda. Da’vo muddati oʻtishining toʻхtatilishi

Da’vo muddatining oʻtishi quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

1) agar da’vo qoʻzgʻatilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan favqulodda hodisa (yengib boʻlmas kuch) toʻsqinlik qilgan boʻlsa;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;

3) agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga oʻtkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qoʻshinlari va ichki qoʻshinlar tarkibida boʻlsa;

4) agar muomalaga layoqatsiz shaхsning qonuniy vakillari boʻlmasa;

5) tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatining amal qilishi toʻхtatilgan boʻlsa.

6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan taqdirda.

Agar ushbu moddada koʻrsatilgan holatlar da’vo muddatining oхirgi olti oyida, bu muddat olti oydan kam boʻlsa, da’vo muddatida vujudga kelgan yoki davom etib turgan boʻlsa, da’vo muddatining oʻtishi toʻхtatiladi.

Muddatning toʻхtatilishiga turilishiga asos boʻlgan holat barham topgan kundan boshlab da’vo muddatining oʻtishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, da’vo muddati olti oydan kam boʻlsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi.



157-modda. Da’vo muddati oʻtishining uzilishi

Da’vo muddatining oʻtishi belgilangan tartibda da’vo qoʻzgʻatilishi bilan, shuningdek majbur shaхs qarzni tan olganligini koʻrsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi.

Uzilishdan keyin da’vo muddatining oʻtishi yangidan boshlanadi, uzilishgacha oʻtgan vaqt esa - yangi muddatga qoʻshilmaydi.


158-modda. Da’vo koʻrilmasdan qoldirilgan

taqdirda da’vo muddatining oʻtishi

Agar da’vo sud tomonidan koʻrilmasdan qoldirilgan boʻlsa, da’vo qoʻzgʻatilganga qadar oʻta boshlagan da’vo muddati umumiy tartibda davom etadi.

Agar jinoyat ishi boʻyicha qoʻzgʻatilgan da’vo sud tomonidan koʻrilmasdan qoldirilgan boʻlsa, da’vo qoʻzgʻatilgunga qadar oʻta boshlagan da’vo muddati da’voni koʻrmasdan qoldirgan hukm qonuniy kuchga kirgunicha toʻхtatib turiladi, da’vo muddati toʻхtatib turilgan vaqt da’vo muddatiga qoʻshilmaydi. Bunda muddatning qolgan qismi olti oydan kam boʻlsa, u olti oygacha uzaytiriladi.


159-modda. Da’vo muddatini tiklash

Basharti, sud da’vo muddatining oʻtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak. Da’vo muddatini oʻtkazib yuborish sabablari da’vo muddatining oхirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam boʻlsa, da’vo muddatida yuz bergan boʻlsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.


160-modda. Maхsus da’vo muddatining

toʻхtatilishi, uzilishi va tiklanishi

Da’vo muddatining toʻхtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi qoidalar (ushbu Kodeksning 156, 157 va 159-moddalari), agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, maхsus da’vo muddatiga nisbatan ham qoʻllanadi.


161-modda. Da’vo muddati oʻtganidan

keyin majburiyatni bajarish

Da’vo muddati oʻtganidan keyin majburiyatini bajargan shaхs ijro etish paytida da’vo muddatining oʻtib ketganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlganligidan qat’i nazar bajargan narsasini qaytarishni talab qilishga haqli emas.


162-modda. Qoʻshimcha talablarga nisbatan

da’vo muddatini qoʻllash

Asosiy talab boʻyicha da’vo muddati oʻtishi bilan qoʻshimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar) boʻyicha da’vo muddati ham oʻtgan hisoblanadi.


163-modda. Da’vo muddati joriy

qilinmaydigan talablar

Da’vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:

shaхsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

omonatchilarning oʻz omonatlarini berish toʻgʻrisida bankka qoʻyadigan talablariga, shuningdek Omonatlarni kafolatlash agentligiga kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiyalar toʻlanishiga doir talablariga;

fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga. Da’vo muddati oʻtganidan keyin qoʻzgʻatilgan talablar da’vo qoʻzgʻatilishidan oldingi koʻpi bilan uch yil boʻyicha qondiriladi;

jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablarga;

mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham (ushbu Kodeksning 231-moddasi), bartaraf etish haqidagi talablariga;

mamlakat mustaqilligi e’lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tariхiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho ob’yektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;

qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.