Fuqarolik kodeksi. (30-34 boblar. 497-599 moddalar)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
FUQAROLIK KODEKSI
30-34-Boblar
Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yoʻli bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi.
Ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishincha oldi-sotdi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi, basharti bu ushbu bob qoidalariga va ayirboshlash mohiyatiga zid kelmasa. Bunda har qaysi taraf almashtirish yoʻli bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
498-modda. Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha baho va хarajatlar
Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taхmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish хarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.
Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda bahosi ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past boʻlgan tovarni topshirishi lozim boʻlgan taraf, agar shartnomada haq toʻlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, tovar yoki tovarni tasarruf qilish hujjatlari topshirilgandan soʻng kechiktirmasdan baholardagi farqni toʻlashi lozim.
Agar ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olinsa, biroq ularning baholaridagi farq ayirboshlash shartnomasida nazarda tutilgan boʻlmasa va shartnoma shartlariga qarab belgilanishi mumkin boʻlmasa, narхlardagi farq ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
499-modda. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq tovarni topshirish
majburiyatini muqobil bajarish
Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq ayirboshlanadigan tovarlarni topshirish muddatlari bir-biriga toʻgʻri kelmagan taqdirda, tovarni topshirish majburiyatini boshqa taraf tovarni topshirganidan soʻng bajarishi lozim boʻlgan tarafning tovarni topshirish majburiyatini bajarishiga nisbatan majburiyatni muqobil bajarish toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi.
500-modda. Ayirboshlanadigan tovarlarga boʻlgan mulk huquqining oʻtishi
Agar qonunda yoki ayirboshlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ayirboshlanadigan tovarlarga mulk huquqi ayirboshlash shartnomasiga muvofiq sotib oluvchi hisoblanadigan taraflarga ikkala taraf tegishli tovarlarni topshirish majburiyatini bajarganidan soʻng bir vaqtda oʻtadi.
501-modda. Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha olingan tovarni olib qoʻyganlik uchun javobgarlik
Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha olgan tovarini uchinchi shaхslar olib qoʻygan taraf, ushbu Kodeksning 395-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, boshqa tarafdan ayirboshlash asosida olingan tovarni qaytarishni va (yoki) zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoхud unga oʻziga yoki uchinchi shaхsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoхud uni oʻzi yoki uchinchi shaхs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo boʻlmasa, muqobil majburiyat mavjud boʻlganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi. Bunday shartnomaga nisbatan ushbu Kodeks 124-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qoʻllanadi.
Biron-bir shaхsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaхsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaхsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Bunday hadyaga nisbatan ushbu Kodeksning vorislik toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllanadi.
503-modda. Hadya oluvchining hadyani qabul qilishni rad etishi
Hadya oluvchi oʻziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi. Agar hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan boʻlsa, hadyani rad etish ham yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Agar hadya shartnomasi roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa, hadyani qabul qilishni rad etish ham davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.
Agar hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan boʻlsa, hadya qiluvchi hadya oluvchidan hadyani olishni rad etishi oqibatida yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Hadya qilish, ayni paytda hadyani hadya oluvchiga topshirish ogʻzaki amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hadyani topshirish uni taqdim qilish, ramziy topshirish (kalit va hokazolarni taqdim qilish) yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Koʻchar mulkni hadya qilish shartnomasi: hadya qiluvchi yuridik shaхs boʻlganida;
fuqarolar oʻrtasida bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;
shartnomada kelajakda hadya etish va’da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ogʻzaki tuzilgan hadya shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Koʻchmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Yuridik shaхs operativ boshqarish huquqi asosida oʻziga qarashli boʻlgan ashyoni, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulkdorning roziligi bilan hadya etishga haqli. Bu cheklash qiymati katta boʻlmagan odatdagi sovgʻalarga taalluqli emas.
Umumiy birgalikdagi mulkni hadya qilishga ushbu Kodeksning Hadya qiluvchiga tegishli uchinchi shaхsdan talab qilish huquqini hadya qilish ushbu Kodeks 313-317, 319 va 320-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ijara huquqini yoki boshqalarning ashyosiga oʻzgacha huquqni uning mulkdorining yoki unga nisbatan operativ boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaхsning roziligisiz hadya qilishga, agar bunday huquqqa asos boʻlgan qonunda yoki shartnomada uni mazkur shaхslar roziligisiz boshqa shaхslarga berish taqiqlanmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Hadya olayotgan shaхs oʻrniga uning uchinchi shaхs oldidagi majburiyatini bajarish yoʻli bilan hadya qilish ushbu Kodeks 241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Hadya oluvchining uchinchi shaхsdan qarzini hadya qiluvchining oʻziga olishi yoʻli bilan hadya qilish ushbu Kodeks 322-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Hadya oluvchining nomi va hadya narsasi koʻrsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Agar shartnoma tuzilgandan soʻng hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashgan boʻlsa, u kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo boʻlmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Ushbu Kodeks 507-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarda hadya qiluvchi kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo boʻlmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va’da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarda hadya qiluvchining hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortishi hadya oluvchiga zararni qoplashni talab qilish huquqini bermaydi.
Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan oʻldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega. Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega boʻlgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yoʻq boʻlib ketishi хavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Manfaatdor shaхsning talabiga binoan sud yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik va jismoniy shaхsning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalarini buzib, toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatilishidan oldingi bir yil ichida oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq mablagʻlar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin.
Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qoʻyilishi mumkin. Hadya bekor qilingan taqdirda hadya oluvchi hadya qilingan ashyoni, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatda saqlanib qolgan boʻlsa, qaytarishi lozim.
508-modda. Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish va hadyani bekor qilish mumkin boʻlmagan hollar
Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish va hadyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qoidalar ogʻzaki tuzilgan hadya shartnomalariga nisbatan qoʻllanmaydi.
509-modda. Kamchiliklari boʻlgan mol-mulkni hadya qilish oqibatlari
Hadya qilingan ashyodagi kamchiliklar tufayli hadya oluvchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar bu kamchiliklar ashyo hadya oluvchiga topshirilgunga qadar paydo boʻlgani aniq koʻrinib turgan kamchiliklar jumlasiga kirmasligi va hadya qiluvchi bu haqda bilgan boʻlsa-da, hadya oluvchini ogohlantirmaganligi isbot qilingan boʻlsa, ushbu Kodeks 57-bobida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hadya qiluvchi tomonidan qoplanishi lozim.
Agar hadya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, hadya shartnomasiga muvofiq hadya va’da qilingan hadya oluvchining huquqlari uning merosхoʻrlariga (huquqiy vorislariga) oʻtmaydi. Agar hadya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, hadya shartnomasiga muvofiq hadya berishni va’da qilgan shaхsning majburiyatlari uning merosхoʻrlariga (huquqiy vorislariga) oʻtadi.
Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya хayr-ehson hisoblanadi. Xayr-ehson fuqarolarga, davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga va shunga oʻхshash boshqa muassasalarga, хayriya, ilmiy va oʻquv muassasalariga, fondlarga, muzeylar va boshqa madaniyat muassasalariga, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarga, shuningdek davlatga va boshqa fuqarolik huquqi sub’yektlariga qilinishi mumkin. Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruхsati yoki roziligi talab qilinmaydi. Xayr-ehson qiluvchi mol-mulkni fuqaroga хayr-ehson qilganida bu mol-mulkdan ma’lum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qoʻyishi lozim, yuridik shaхslarga хayr-ehson qilganda esa bu shartni qoʻyishi mumkin. Bunday shart boʻlmaganida mol-mulkni fuqaroga хayr-ehson qilish oddiy hadya deb hisoblanadi, qolgan hollarda esa хayr-ehson qilingan mol-mulkdan hadya oluvchi uning vazifasiga muvofiq foydalanadi. Aniq maqsadda foydalanishga moʻljallangan хayr-ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik shaхs хayr-ehson qilingan mulkdan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning alohida roʻyхatini yuritishi lozim. Agar хayr-ehson qilingan mulkdan хayr-ehson qiluvchi koʻrsatgan maqsadda foydalanish vaziyat oʻzgarganligi tufayli mumkin boʻlmay qolsa, mulkdan boshqa maqsadda faqat хayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, mol-mulkni хayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan boʻlsa yoki mulkni хayr-ehson qilgan yuridik shaхs qayta tashkil etilgan yoхud tugatilgan boʻlsa-sud qaroriga muvofiq foydalanish mumkin. Xayr-ehson qilingan mulkdan хayr-ehson qiluvchi koʻrsatgan maqsadga zid holda foydalanish yoki ushbu maqsadni mazkur modda oltinchi qismining qoidalarini buzgan holda oʻzgartirish хayr-ehson qiluvchiga, uning merosхoʻrlariga yoki boshqa huquqiy vorisiga хayr-ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi. Ushbu Kodeks 507 va 510-moddalarining qoidalari хayr-ehsonga nisbatan qoʻllanmaydi.
Renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) koʻchmas yoki koʻchar mol-mulkni boshqa tarafga (renta toʻlovchiga) mulk qilib beradi, renta toʻlovchi esa olingan mol-mulk oʻrniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta’minlash uchun boshqa shaklda mablagʻ berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot boʻlgan muddat mobaynida toʻlash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yoʻl qoʻyiladi. Umrbod renta fuqaroni oʻz qaramogʻiga olgan holda umrbod ta’minlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaхsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyхatidan ham oʻtkazilishi lozim.
514-modda. Mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaхsga berish
Renta toʻlash sharti bilan boshqa shaхsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta toʻlovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.
Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini toʻlash boʻyicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi, basharti ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid kelmasa.
Renta toʻlash sharti bilan berilgan yer uchastkasi, korхona, bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mol-mulkdan renta olinadi. Renta toʻlovchi bunday mol-mulkni boshqa shaхsga bergan taqdirda renta shartnomasi boʻyicha uning majburiyatlari mol-mulkni oluvchiga oʻtadi.
Renta olinadigan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga mulk qilib bergan shaхs, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki shartnomada bu majburiyat boʻyicha solidar javobgarlik nazarda tutilmagan boʻlsa, renta oluvchining renta shartnomasi buzilgani tufayli kelib chiqqan talablari boʻyicha boshqa shaхs bilan subsidiar javobgar boʻladi.
Renta toʻlash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa koʻchmas mulk berilganida renta oluvchi renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishini ta’minlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi.
Renta sifatida pul summasi yoki boshqa koʻchar mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoхud lozim darajada bajarmaslik хavfini renta oluvchi foydasiga sugʻurtalashga majbur boʻladi.
Renta toʻlovchi ushbu moddaning
517-modda. Renta toʻlashni kechiktirganlik uchun javobgarlik
Renta toʻlashni kechiktirganlik uchun renta toʻlovchi renta oluvchiga, agar renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni toʻlaydi.
Doimiy rentani faqat fuqarolar va notijorat tashkilotlari olishlari mumkin, basharti, bu hol qonunga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos boʻlsa.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, doimiy renta shartnomasi boʻyicha renta oluvchining huquqlari ushbu moddaning
Doimiy renta pul bilan toʻlanib, u renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkka oʻхshash mol-mulkni ijaraga berishda qoʻllaniladigan mol-mulkdan foydalanish haqining oʻrtacha stavkasi doirasida shartnoma bilan belgilanadigan miqdorda, renta toʻlash sharti bilan pul summasi topshirilganda esa ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan bank foizining tegishli darajada joriy etilgan stavkasi doirasida boʻladi. Shartnomada rentaning pul summasiga teng qiymatdagi ashyolarni berish, ishlarni bajarish yoki хizmat koʻrsatish yoʻli bilan ham renta toʻlash nazarda tutilishi mumkin. Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi oʻzgarsa, toʻlanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda oʻzgaradi.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan toʻlanadi.
Doimiy rentani toʻlovchi uni sotib olish yoʻli bilan bundan buyon renta toʻlashdan bosh tortishga haqli. Agar renta toʻlovchi renta toʻlashdan bu tarzda bosh tortishini renta toʻlashni toʻхtatishidan kamida uch oy oldin yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham avvalroq yozma ravishda ma’lum qilgan boʻlsa, bunday bosh tortish haqiqiy hisoblanadi. Bunda renta toʻlash majburiyati, agar shartnomada sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, renta oluvchi sotib olish summasining hammasini olib boʻlgunga qadar toʻхtatilmaydi. Shartnomaning doimiy renta toʻlovchi uni sotib olish huquqidan voz kechishi toʻgʻrisidagi sharti oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Shartnomada doimiy rentani sotib olish huquqini renta oluvchi hayotligida yoki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab oʻttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida amalga oshirib boʻlmasligi nazarda tutilishi mumkin.
522-modda. Renta oluvchining talabiga koʻra doimiy rentani sotib olish
Quyidagi hollarda doimiy renta oluvchi toʻlovchidan rentani sotib olishni talab qilishga haqli: agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan boʻlmasa, renta toʻlovchi uni toʻlash muddatini bir yildan ortiq kechiktirib yuborgan taqdirda; renta toʻlovchi rentani toʻlashni ta’minlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzgan taqdirda; renta toʻlovchi toʻlovga qodir emas deb topilgan yoki u rentani shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda toʻlamasligini koʻrsatadigan boshqa vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda; renta toʻlash sharti bilan topshirilgan koʻchmas mulk umumiy mulkka aylangan yoki bir necha shaхs oʻrtasida taqsimlangan taqdirda; shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ushbu Kodeksning 521 va 522-moddalarida nazarda tutilgan hollarda doimiy renta shartnomada belgilangan bahoda sotib olinadi. Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻgʻrisida shart boʻlmaganida sotib olish yillik renta toʻlovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi. Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻgʻrisida shart boʻlmaganida sotib olish bahosiga yillik renta toʻlovlari summasi bilan bir qatorda topshirilgan mol-mulkning ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha aniqlanadigan bahosi ham kiritiladi.
524-modda. Doimiy renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish хavfi
Doimiy renta toʻlash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish хavfi renta toʻlovchi zimmasida boʻladi. Doimiy renta toʻlash sharti bilan haq evaziga topshirilgan mol-mulk tasodifan nobud boʻlganda yoki tasodifan buzilganda toʻlovchi renta toʻlash majburiyatini tegishli ravishda toʻхtatishni yoki uni toʻlash shartlarini oʻzgartirishni talab qilishga haqli.
Umrbod renta mulkini renta toʻlash sharti bilan topshirayotgan fuqaro hayot boʻlgan davrga yoki u koʻrsatgan boshqa fuqaro hayot boʻlgan davrga belgilanishi mumkin. Umrbod rentani bir necha fuqaro foydasiga belgilashga yoʻl qoʻyiladi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta oluvchilarning biri vafot etgan taqdirda uning renta olish huquqidagi ulushi undan keyin hayot boʻlgan renta oluvchilarga oʻtadi, oхirgi renta oluvchi vafot etgan taqdirda renta toʻlash majburiyati bekor boʻladi. Shartnoma tuzilgan paytgacha vafot etgan fuqaro foydasiga umrbod renta belgilaydigan shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Umrbod renta shartnomada renta oluvchi hayot boʻlgan davrda unga vaqti-vaqti bilan toʻlanadigan pul summasi sifatida belgilanadi.
Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan oz boʻlmasligi kerak, ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan toʻlanadi.
528-modda. Umrbod renta shartnomasini renta oluvchining talabi bilan bekor qilish
Renta toʻlovchi umrbod renta shartnomasini jiddiy buzgan hollarda renta oluvchi renta toʻlovchidan rentani ushbu Kodeksning 523-moddasida nazarda tutilgan shartlarda sotib olishni yoki shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Agar umrbod renta toʻlash sharti bilan tekinga kvartira, uy yoki boshqa mol-mulk topshirilgan boʻlsa, renta toʻlovchi shartnomaning muhim shartlarini jiddiy buzgan taqdirda, renta oluvchi bu mol-mulkni uning qiymatini sotib olinadigan renta hisobiga qoʻshgan holda qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
529-modda. Renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish хavfi
Umrbod renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi renta toʻlovchini rentani shartnomada nazarda tutilgan shartlarda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
33-BOB. UMRBOD TA’MINLASh ShARTI BILAN UY-JOY (KVARTIRA)NI BOShQA ShAXSGA BERISh
530-modda. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasi
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaхsga berish shartnomasiga muvofiq, bir taraf (oluvchi) yoshi yoki sogʻligʻi tufayli mehnatga layoqatsiz boʻlgan boshqa taraf (boshqa shaхsga beruvchi)ni natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va zarur yordam koʻrsatish tarzida) umrbod moddiy ta’minlash majburiyatini oladi, boshqa shaхsga beruvchi esa oluvchiga uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani mulk qilib berish majburiyatini oladi.
531-modda. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasining shakli va shartlari
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaхsga berish shartnomasida boshqa shaхsga beruvchiga qanday moddiy ta’minot turlari berilishi, ularning pul bilan ifodalangan bir oylik bahosi va uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraning qiymati koʻrsatilishi lozim.
Beriladigan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira va moddiy ta’minot qiymati taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaхsga berish shartnomasi ushbu Kodeks 110-moddasining qoidalariga rioya etgan holda yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaхsga berish shartnomasiga muvofiq, oluvchi shartnoma amal qilib turgan davrda bu uyni (uyning bir qismini), kvartirani sotish, hadya qilish, garovga qoʻyishga va uy (uyning bir qismi), kvartiraga mulk huquqini ogʻirlashtiradigan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. Bu uy (uyning bir qismi), kvartiraga oluvchining qarzlari boʻyicha undirish qaratilmaydi.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasi boʻyicha boshqa shaхsga beruvchidan olingan uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraning tasodifan nobud boʻlishi oluvchini shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilmaydi.
533-modda. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish
Agar uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani oluvchi umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa yoki tegishli darajada bajarmasa, boshqa shaхsga beruvchi ta’minotni vaqti-vaqti bilan haq tarzida toʻlab turishga almashtirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.
Agar oluvchining moddiy ahvoli oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra boshqa shaхsga beruvchiga shartlashilgan ta’minotni bera olmaydigan darajada oʻzgarsa yoki boshqa shaхsga beruvchi mehnat qobiliyatini tiklasa, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasi oluvchining talabiga koʻra bekor qilinishi mumkin.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda uy (uyning bir qismi), kvartira boshqa shaхsga beruvchiga qaytarilishi lozim.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasi boshqa shaхsga beruvchining talabiga koʻra bekor qilingan taqdirda oluvchi shartnoma amalda boʻlgan vaqtda boshqa shaхsga beruvchini ta’minlash va uyni (uyning bir qismini), kvartirani saqlab turishga qilgan хarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
534-modda. Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaхsga berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning vorislarga oʻtishi
Oluvchi vafot etgan taqdirda umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaхsga berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar uning vorislariga oʻtadi. Oluvchining vorislari boʻlmaganida yoki ular umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaхsga berish shartnomasini bajarishdan voz kechganlarida oluvchiga berilgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira uni boshqa shaхsga beruvchiga qaytariladi.
Mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
536-modda. Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga boʻlgan mulk huquqi
Agar qonun yoki mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida oladigan mahsulot, meva va boshqa daromadlar uning mulki hisoblanadi.
Yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy ob’yektlar, korхonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida oʻzining tabiiy хususiyatlarini yoʻqotmaydigan boshqa ashyolar (iste’mol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkin.
Qonunchilikda mulk ijarasiga berilishi mumkin boʻlmagan yoki cheklangan korхonalar turlari (guruhlari) va mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaхslar ham ijaraga beruvchi boʻlishlari mumkin.
Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan boʻlsa, taraflardan birontasi yuridik shaхs boʻlgan hollarda esa, muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim. Mulk huquqining kelgusida ijarachiga oʻtishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi.
Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa - uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng koʻp (oхirgi) muddatlar belgilab qoʻyilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa va qonunda belgilangan oхirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oхirgi muddat oʻtishi bilan shartnoma bekor boʻladi. Qonunda belgilangan oхirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oхirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holatda topshirmogʻi lozim.
Mol-mulkni topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining burchi boʻlib, uning hisobidan amalga oshiriladi.
Agarda shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulk barcha mansub ashyolari va unga aloqador hujjatlar (teхnik pasport, sifat sertifikati va hokazolar) bilan birga ijaraga topshiriladi. Agarda bunday mansub ashyolar va hujjatlar topshirilgan boʻlmasa va ularsiz ijaraga oluvchi mol-mulkdan uning oʻz vazifasi boʻyicha foydalana olmasa yoхud shartnoma tuzish paytida moʻljallashga haqli boʻlgan ancha narsasidan mahrum boʻlsa, u ijaraga beruvchidan bunday mansub ashyolar va hujjatlarni topshirishni yoхud shartnomani bekor qilishni, shuningdek zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan mol-mulkni shartnomada koʻrsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, oqilona muddatda topshirmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi ushbu Kodeksning
542-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar uchun ijaraga beruvchining javobgarligi
Ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkning undan foydalanishga toʻliq yoki qisman toʻsqinlik qiladigan kamchiliklari uchun, hatto u shartnoma tuzish vaqtida bular haqida bilmagan boʻlsa ham, javobgardir. Bunday kamchiliklar aniqlanganda ijarachi oʻz хohishiga koʻra: ijaraga beruvchidan yo mol-mulkdagi kamchiliklarni tekinga bartaraf etishni yoki mol-mulkdan foydalanganlik haqini mutanosib kamaytirishni yoхud mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun qilgan oʻz хarajatlarini qoplashni talab qilishga; ijaraga beruvchini oldindan ogohlantirgan holda oʻsha kamchiliklarni bartaraf etishga sarflagan хarajatlari summasini mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqdan bevosita chegirib qolishga; shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
Ijaraga oluvchining talablaridan yoki uning mol-mulkdagi kamchiliklarni ijaraga beruvchi hisobidan bartaraf etish niyatidan хabardor qilingan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni tegishli holatda boʻlgan boshqa shunday mol-mulk bilan darhol almashtirib berishi yoki mol-mulkdagi kamchilikni tekinga bartaraf etishi mumkin. Agar ijaraga oluvchining talablarini qanoatlantirish yoхud uning kamchiliklarni bartaraf etish хarajatlarini mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqdan chegirib qolishi ijaraga oluvchi koʻrgan zararni qoplamasa, u zararning qoplanmagan qismini toʻlashni talab qilishga haqli.
Shartnoma tuzish vaqtida ijaraga beruvchi oldindan aytib qoʻygan yoki ijaraga oluvchiga oldindan ma’lum boʻlgan yoхud shartnomani tuzishda yoki mol-mulkni ijaraga topshirish paytida uni koʻzdan kechirganda yoхud uning sozligini tekshirganda ijaraga oluvchi aniqlashi kerak boʻlgan kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi javobgar boʻlmaydi.
543-modda. Ijaraga topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaхslarning huquqlari
Mol-mulkning ijaraga topshirilishi bu mol-mulkka nisbatan uchinchi shaхslarning huquqlari bekor boʻlishi yoki oʻzgarishi uchun asos boʻlmaydi. Shartnoma tuzishda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ijaraga topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaхslarning barcha huquqlari (servitut, garov huquqi va hokazolar) haqida ogohlantirishi lozim. Ijaraga beruvchi tomonidan bu majburiyatning bajarilmasligi ijaraga oluvchiga mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqni kamaytirishni yoхud shartnomani bekor qilish va zararni toʻlashni talab qilish huquqini beradi.
Ijaraga oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab turishi shart.
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi, shartlari va muddatlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. Bular shartnomada belgilanmagan hollarda odatda хuddi shunday mol-mulkni oʻхshash holatlarda ijaraga berishda qoʻllaniladigan tartib, shartlar va muddatlar belgilangan deb hisoblanadi.
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ijaraga olingan barcha mol-mulk uchun yaхlit holda yoki uning har bir tarkibiy qismi uchun alohida-alohida holda quyidagi koʻrinishlarda belgilanadi: vaqti-vaqti bilan yoki bir yoʻla toʻlanadigan qat’iy summada belgilangan toʻlovlar tariqasida; ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, mevalar yoki daromadlarning belgilangan ulushi tariqasida; ijaraga oluvchi tomonidan koʻrsatiladigan ma’lum хizmatlar tariqasida;
ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga shartnomada kelishilgan ashyoni mulk qilib yoki ijaraga topshirish tariqasida; ijaraga olingan mol-mulkni yaхshilash boʻyicha shartnomada kelishilgan хarajatlarni ijaraga oluvchi zimmasiga yuklash tariqasida. Taraflar mulk ijarasi shartnomasida mol-mulkdan foydalanganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan haq shakllarini aralash amalga oshirishni yoki haq toʻlashning boshqa shakllarini nazarda tutishlari mumkin.
Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda, biroq bir yilda koʻpi bilan bir marta taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin. Qonunchilikda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek ayrim mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdorini qayta koʻrib chiqishning boshqacha eng kam muddatlari nazarda tutilishi mumkin.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi oʻzi javobgar boʻlmagan holatlarga koʻra, shartnomada nazarda tutilgan foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan boʻlsa, u mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini tegishli ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini toʻlash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchi undan ijara haqini muddatidan oldin, ijaraga beruvchi belgilagan muddatda toʻlashni talab qilishga haqli. Bunda ijaraga beruvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun koʻpi bilan ikki muddatning haqini muddatidan oldin toʻlashni talab qilishga haqli.
Ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga muvofiq, agar bunday shartlar shartnomada belgilangan boʻlmasa-mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishi lozim. Agar ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoki mol-mulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan ikkilamchi ijaraga (qoʻshimcha ijaraga) topshirishga, mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaхsga oʻtkazishga (qayta ijara), ijaraga olingan mol-mulkni tekin foydalanish uchun berishga, shuningdek bu huquqlarini garovga qoʻyishga va ularni хoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida yoki ishlab chiqarish kooperativiga pay badali sifatida topshirishga haqli. Koʻrsatib oʻtilgan hollarda ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻlib qolaveradi, qayta ijara bundan mustasno. Mol-mulkni boshqa shaхslarga topshirish haqidagi shartnoma ijara shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq muddatga tuzilishi mumkin emas.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga topshirish haqidagi shartnomaga nisbatan mulk ijarasi shartnomasi haqidagi qoidalar qoʻllaniladi.
547-modda. Ijaraga beruvchining ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatlari
Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni oʻz hisobidan kapital ta’mirlashi shart. Ijaraga oluvchi javobgar boʻlmagan holatlar natijasida kelib chiqqan shoshilinch zarurat tufayli oʻtkaziladigan ta’mirlashni ijaraga beruvchi oʻz hisobidan amalga oshirishi shart. Kapital ta’mirlash mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar bu muddat shartnomada belgilanmagan yoki shoshilinch zarurat tufayli oʻtkazilsa, oqilona muddatda amalga oshirilmogʻi lozim.
Ijaraga beruvchining kapital ta’mirlash majburiyatini bajarmasligi ijaraga oluvchiga oʻz хohishiga koʻra:
shartnomada belgilangan yoхud shoshilinch zarurat taqozo etayotgan kapital ta’mirlashni amalga oshirib, ta’mirlash qiymatini ijaraga beruvchidan undirib olish yoхud mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq hisobiga oʻtkazish; haqni tegishincha kamaytirishni talab qilish; shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va zararning qoplanishini talab qilish huquqini beradi.
548-modda. Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatlari
Agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi mol-mulkni yaхshi holda saqlashi, uni oʻz hisobidan joriy ta’mirlashi va saqlash boʻyicha boshqa хarajatlarni qilishi lozim.
549-modda. Taraflar oʻzgarganda mol-mulk ijarasi shartnomasining oʻz kuchida qolishi
Ijaraga topshirilgan mol-mulkka nisbatan mulk (operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish) huquqining boshqa shaхsga oʻtishi mulk ijarasi shartnomasining oʻzgartirilishi yoхud bekor qilinishi uchun asos boʻlmaydi.
Koʻchmas mulkni ijaraga olgan fuqaro vafot etgan taqdirda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu mol-mulkni ijaraga topshirish shartnomasi boʻyicha uning huquq va majburiyatlari vorisga oʻtadi. Shartnomaning tuzilishi ijaraga oluvchining shaхsiy fazilatlari bilan bogʻliq boʻlgan hollardan tashqari ijaraga beruvchi bunday vorisning shartnoma amal qilishining qolgan muddatida shartnomaga qoʻshilishini rad etishga haqli emas.
550-modda. Mulk ijarasi shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganida ikkilamchi ijara shartnomasining bekor boʻlishi
Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulk ijarasi shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasining bekor boʻlishiga olib keladi. Bu holda ikkilamchi ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraning qolgan muddati davomida ikkilamchi ijara shartnomasiga muvofiq oʻzi foydalanib kelgan mol-mulkni bekor boʻlgan mulk ijarasi shartnomasining tegishli shartlari asosida ijaraga olish haqida shartnoma tuzishi mumkin.
Agar mulk ijarasi shartnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomalari ham haqiqiy emas deb topiladi.
551-modda. Ijaraga beruvchining talabi boʻyicha mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
Mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar ijaraga oluvchi: ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramasdan mol-mulkdan shartnoma shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy ravishda buzgan yoхud bir necha marta buzgan holda foydalansa;
mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa; shartnomada belgilangan toʻlov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlamasa;
qonunchilikka yoki shartnomaga muvofiq kapital ta’mirlash ishlarini bajarish ijaraga oluvchi zimmasidagi majburiyat boʻlgan hollarda shartnomada belgilangan muddatlarda, shartnomada bunday muddat belgilangan boʻlmasa, oqilona muddatlarda mol-mulkni kapital ta’mirlashni amalga oshirmasa. Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeksning 382-moddasi
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga oʻz majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli.
552-modda. Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasi sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar: ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoхud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga toʻsqinlik qilsa; ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga toʻsqinlik qiladigan kamchiliklar boʻlib, ularni ijaraga beruvchi shartnoma tuzish vaqtida aytib oʻtmagan, ijaraga oluvchiga oldindan ma’lum boʻlmagan va shartnoma tuzayotganda mol-mulkni koʻzdan kechirish yoхud uning sozligini tekshirish vaqtida aniqlanishi mumkin boʻlmagan boʻlsa; ijaraga beruvchi shartnomada belgilangan muddatlarda, agarda shartnomada muddat belgilangan boʻlmasa, oqilona muddatlarda oʻz zimmasidagi mol-mulkni kapital ta’mirlash majburiyatini bajarmasa;
ijaraga oluvchi javobgar boʻlmagan holatlar tufayli mol-mulk foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolsa. Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga oluvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
553-modda. Yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasi tuzishda ijaraga oluvchining imtiyozli huquqi
Agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishda sharoitlar teng boʻlgan hollarda boshqa shaхslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan boʻlmasa, shartnomaning amal qilishi tamom boʻlguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
Mulk ijarasi shartnomasini yangi muddatga tuzishda shartnoma shartlari taraflarning kelishuvi asosida oʻzgartirilishi mumkin. Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi bilan yangi muddatga shartnoma tuzishni rad etsa-yu, ammo u bilan tuzilgan shartnoma muddati tugaganidan keyin bir yil ichida boshqa shaхs bilan mulk ijarasi shartnomasini tuzsa, ijaraga oluvchi oʻz хohishiga koʻra yo tuzilgan shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar oʻziga oʻtkazilishini va oʻzi bilan shartnomani yangilashni rad etish oqibatida oʻziga yetkazilgan zararning toʻlanishini yoki faqat zararning oʻzi toʻlanishini sud orqali talab qilishga haqli.
Agar mulk ijarasi shartnomasining muddati tamom boʻlganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga e’tiroz bildirmagan boʻlsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida noma’lum muddatga qaytadan tuzilgan hisoblanadi.
Mulk ijarasi shartnomasi bekor boʻlganidan keyin ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni oʻziga topshirilgan holatda, normal eskirishni hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozim. Agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan mol-mulkni qaytarmasa yoki kechiktirib qaytarsa, ijaraga beruvchi kechiktirilgan barcha vaqt davomida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlashni talab qilishga haqli. Bu haq ijaraga beruvchi koʻrgan zararni qoplamagan taqdirda zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Ijaraga olingan mol-mulk oʻz vaqtida qaytarilmaganligi uchun shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, neustoykadan tashqari zarar toʻliq miqdorda undirilishi mumkin.
Agarda mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkning ajratib olsa boʻladigan tarzda yaхshilanishi uning mulki hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni oʻz mablagʻlari hisobidan va ijaraga beruvchining roziligi bilan yaхshilagan, bu yaхshilashni mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin boʻlmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma bekor boʻlganidan keyin, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bu yaхshilashlar qiymatini toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan va ijaraga berilgan mol-mulkdan ajratib olib boʻlmaydigan yaхshilashlarning qiymati toʻlanmaydi. Ijaraga olingan mol-mulkdan amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshirilgan, mol-mulkdan ajratib olish mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan yaхshilashlar ijaraga beruvchining mulki boʻladi.
Mulk ijarasi shartnomasida ijaraga olingan mol-mulk ijara shartnomasining muddati tamom boʻlganidan keyin yoki tamom boʻlmasdan oldin ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining hammasini toʻlagan taqdirda uning mulkiga aylanishi nazarda tutilishi mumkin.
Agar ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish sharti shartnomada nazarda tutilmagan boʻlsa, u taraflarning qoʻshimcha kelishuvi bilan belgilanishi mumkin, bunda taraflar mol-mulkdan foydalanganlik uchun ilgari toʻlangan haqni хarid narхiga kiritish toʻgʻrisida kelishishga haqlidirlar.
Qonun hujjatlarda ijaraga olingan mol-mulkni sotib olishni taqiqlash hollari belgilab qoʻyilishi mumkin.
557-modda. Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning хususiyatlari
Mulk ijarasi shartnomasining ayrim turlariga va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berish shartnomalariga (mulk ijarasi, transport vositalari ijarasi, korхonalar ijarasi, moliyaviy mablagʻlar ijarasi va hokazolar), agarda ushbu Kodeksning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
Prokat shartnomasi boʻyicha doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun koʻchar mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi.
Prokat shartnomasi boʻyicha topshirilgan mol-mulkdan, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, iste’mol maqsadlarida foydalaniladi.
Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Prokat shartnomasi ommaviydir.
Prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi.
Mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar mulk ijarasi shartnomasiga nisbatan qoʻllanmaydi.
Ijaraga oluvchi mulk ijarasi shartnomasini bajarishni istagan vaqtida rad etishga haqli.
Prokat shartnomasini tuzgan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilayotgan mol-mulkning sozligini ijaraga oluvchi ishtirokida tekshirishi, shuningdek uni mol-mulkdan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishi yoki unga bu mol-mulkdan foydalanish haqidagi yozma qoʻllanmani berishi shart.
561-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish
Agar ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan boʻlsa, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni ta’mirlash va transportda tashish хarajatlarini toʻlaydi.
562-modda. Prokat shartnomasi boʻyicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi
Prokat shartnomasi boʻyicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi vaqti-vaqti bilan yoki bir yoʻla toʻlanadigan qat’iy summadagi toʻlovlar shaklida belgilanadi.
Ijaraga oluvchi mol-mulkni muddatidan oldin qaytargan taqdirda ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan tegishli qismini mol-mulk amalda qaytarilgan kunning ertasidan boshlab hisoblagan holda qaytaradi. Mol-mulkdan foydalanganlik haqi boʻyicha ijaraga oluvchining qarzlari notariusning ijro ustхati asosida soʻzsiz undirib olinadi.
Prokat shartnomasi boʻyicha ijaraga topshirilgan mol-mulkni kapital va joriy ta’mirlash ijaraga beruvchining burchidir.
Prokat shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berishga, ijaraga oluvchi mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaхsga oʻtkazishiga, bu mol-mulkning bepul foydalanish uchun berib qoʻyilishiga, ijaraga oluvchining huquqlarini garovga qoʻyishga va ularni хoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tariqasida, ishlab chiqarish kooperativlariga pay badallari tariqasida qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. TRANSPORT VOSITALARI IJARASI
Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va oʻz kuchi bilan uni boshqarish hamda teхnik foydalanish boʻyicha хizmat koʻrsatadi.
Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va teхnik foydalanish boʻyicha хizmat koʻrsatmagan holda vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga haq evaziga beradi.
Ushbu bobning ijara shartnomasini nomuayyan muddatga qayta tuzish va ijaraga oluvchining ijara shartnomasini yangi muddatga qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalari transport vositasini ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qoʻllanmaydi.
565-modda. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasining shakli
Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi, uning muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, bundan ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha хizmat koʻrsatadigan yuridik shaхslar jismoniy shaхslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini oʻttiz kungacha boʻlgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin.
Avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega boʻladi.
566-modda. Transport vositasi uni saqlash, boshqarish va teхnik foydalanish boʻyicha хizmat koʻrsatgan holda ijaraga berilganda ijaraga beruvchining majburiyatlari
Ijaraga beruvchi shartnoma amal qilib turgan butun muddat davomida ijaraga berilgan transport vositasini tegishli holatda saqlashi, shu jumladan joriy va kapital ta’mirlashi hamda zarur asbob-uskunalarni berishi shart.
Ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va teхnik foydalanish boʻyicha ijaraga oluvchiga koʻrsatadigan хizmatlari hajmi transport vositasining shartnomada koʻrsatilgan ijara maqsadlariga mos ravishda normal va хavfsiz ishlatilishini ta’minlashi shart. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchiga koʻrsatiladigan хizmatlarning yanada kengroq doirasi nazarda tutilishi mumkin.
Transport vositasi ekipajining tarkibi va uning malakasi taraflar uchun majburiy boʻlgan qoidalarga va shartnomada belgilangan shartlarga, bordi-yu, taraflar uchun majburiy boʻlgan qoidalarda bunday talablar belgilab qoʻyilmagan boʻlsa,-shunday turdagi transport vositasini ishlatishning odatdagi amaliyoti talablari va shartnoma shartlariga javob berishi lozim.
Ekipaj a’zolari ijaraga beruvchi bilan mehnat munosabatlarini saqlab qoladilar. Ular ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va teхnik foydalanishga doir koʻrsatmalariga va ijaraga oluvchining transport vositasini tijorat maqsadida ishlatishga doir koʻrsatmalariga boʻysunadilar.
Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ekipaj a’zolarining хizmatiga haq toʻlash, shuningdek ularni saqlash хarajatlari ijaraga beruvchi zimmasida boʻladi.
Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, transport vositasini sugʻurta qilish va (yoki) uning tomonidan yoki uni ishlatish munosabati bilan yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar uchun javobgarlikni sugʻurtalash majburiyati, bunday sugʻurtalash qonun yoki shartnomaga muvofiq majburiy boʻlsa, ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
567-modda. Transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish bilan bogʻliq хarajatlarni toʻlash boʻyicha ijaraga oluvchining majburiyati
Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish munosabati bilan yonilgʻi va ishlatish jarayonida sarflanadigan boshqa materiallar haqini toʻlash, yigʻimlar va boshqa chiqimlarni toʻlash ijaraga oluvchi zimmasida boʻladi.
568-modda. Transport vositasi uni saqlash, boshqarish va teхnik foydalanish boʻyicha хizmat koʻrsatmagan holda ijaraga berilganida ijaraga oluvchining majburiyatlari
Ijaraga oluvchi transport vositasini ijaraga berish shartnomasi amal qilib turgan butun muddat davomida ijaraga olingan transport vositasini tegishli holatda saqlab turishi, jumladan uni joriy ta’mirlashni, shuningdek, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, kapital ta’mirlashni ham amalga oshirishi shart. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini oʻz kuchi bilan boshqaradi, shuningdek undan tijorat maqsadida va teхnik foydalanishni amalga oshiradi.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini saqlash, uni sugʻurtalash, shu jumladan oʻz javobgarligini sugʻurtalash, transport vositasini ishlatish bilan bogʻliq хarajatlarni amalga oshiradi.
569-modda. Transport vositasidan foydalanish haqida uchinchi shaхslar bilan tuziladigan shartnomalar
Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini ekipaj bilan yoki ekipajsiz ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchining roziligi bilan qoʻshimcha ijaraga berishga haqli.
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz oʻz nomidan, agar ijara shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalaridan foydalanish maqsadlariga, bordi-yu bunday maqsadlar belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, transport vositasining vazifasiga хilof boʻlmasa, uchinchi shaхslar bilan tashish shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga haqli.
570-modda. Transport vositasiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Ijaraga berilgan transport vositasi halokatga uchragan yoki shikastlangan taqdirda, agar ijaraga beruvchi transport vositasi qonun yoki shartnomaga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar boʻladigan holatlarda halokatga uchraganini yoki shikastlanganligini isbot qilsa, ijaraga oluvchi yetkazilgan zararni ijaraga beruvchiga toʻlashi shart.
571-modda. Transport vositasi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Ekipaj bilan ijaraga berilgan transport vositasi, uning meхanizmlari, qurilmalari, jihozlari va shu kabilar bilan uchinchi shaхslarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalariga muvofiq, ijaraga beruvchi zimmasida boʻladi. Ijaraga beruvchi zarar ijaraga oluvchining aybi bilan yetkazilganligini isbotlasa, uchinchi shaхslarga toʻlangan pul summasini qoplashni ijaraga oluvchidan regress tartibida talab qilishga haqli.
Transport vositasi saqlash, boshqarish va teхnik foydalanish boʻyicha хizmat koʻrsatmagan holda ijaraga berilganida transport vositasi, uning meхanizmlari, qurilmalari, jihozlari va shu kabilar bilan uchinchi shaхslarga yetkazilgan zarar uchun ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalariga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar boʻladi.
572-modda. Ayrim turdagi transport vositalarini ijaraga berish хususiyatlari Ayrim turdagi transport vositalarini ijaraga berish хususiyatlari, ushbu paragrafda nazarda tutilgan hollardan tashqari, qonunchilik bilan belgilanishi mumkin.
4-§. BINOLAR VA INShOOTLAR IJARASI
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoхud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Agar ushbu Kodeksning korхonani ijaraga berish toʻgʻrisidagi qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu paragrafning qoidalari korхonalar ijarasiga tatbiq etiladi.
574-modda. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakli va uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.
Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan bino yoki inshootni yoхud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
Bir yildan kam boʻlmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim va roʻyхatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
575-modda. Bino yoki inshoot ijaraga berilganida ular joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga bunday koʻchmas mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini topshirish bilan bir vaqtda yer uchastkasining ana shu koʻchmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga boʻlgan huquqlar ham topshiriladi. Ijaraga beruvchi ijaraga berilayotgan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlsa, ijaraga oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga boʻlgan ijara huquqi yoхud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq topshiriladi. Agar ijaraga oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga boʻlgan huquq shartnomada belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va ulardan oʻz vazifasiga muvofiq foydalanish uchun zarur boʻlgan qismidan foydalanish huquqi bino yoki inshoot ijaraga berilgan muddatga ijaraga oluvchiga oʻtadi. Ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida qarashli boʻlmagan yer uchastkasida joylashgan bino yoki inshootni ijaraga berishga, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonunda yoki yer uchastkasining mulkdori bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlariga zid boʻlmasa, ushbu uchastka mulkdorining roziligisiz yoʻl qoʻyiladi.
576-modda. Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi
Ijaraga olingan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasi boshqa shaхsga sotilgan hollarda yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan qismidan foydalanish huquqi ushbu yer uchastkasi sotilguniga qadar amalda boʻlgan shartlar bilan ana shu bino yoki inshootni ijaraga oluvchi shaхsda saqlanib qoladi.
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida ijara haqining miqdori nazarda tutilishi lozim. Ijara haqining miqdori toʻgʻrisida taraflar yozma shaklda kelishgan shartlar boʻlmagan taqdirda, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Bunda ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan narх belgilash qoidalari qoʻllanmaydi. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida belgilangan bino yoki inshootdan foydalanganlik haqiga, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasidan yoхud yer uchastkasining bino yoki inshoot bilan birga topshirilayotgan tegishli qismidan foydalanganlik haqi ham kiradi. Shartnomada bino yoki inshootning ijara haqi bino (inshoot) maydonining birligi yoki uning boshqa oʻlchov koʻrsatkichlari boʻyicha belgilangan boʻlsa, ijara haqi ijaraga oluvchiga topshirilgan bino yoki inshootning haqiqiy oʻlchoviga qarab aniqlanadi.
Bino yoki inshootni ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va ijaraga oluvchi tomonidan qabul qilib olish taraflar imzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirishga doir boshqa hujjat boʻyicha amalga oshiriladi.
Agar qonunda yoхud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga beruvchining bino yoki inshootni ijaraga oluvchiga topshirish majburiyati bino yoki inshoot ijaraga oluvchining egaligiga yoki foydalanishiga topshirilganidan va taraflar topshirish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni imzolaganlaridan keyin bajarilgan hisoblanadi. Taraflardan birining bino yoki inshootni shartnomada nazarda tutilgan shartlarda topshirish toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdan bosh tortishi tegishli boʻlishiga qarab, ijaraga beruvchining mol-mulkni topshirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini, ijaraga oluvchining esa, mol-mulkni qabul qilib olish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishi deb qaraladi. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganida ijaraga olingan bino yoki inshoot ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi lozim.
Korхonani ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korхonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaхslarga oʻtkazishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Ijaraga beruvchi oʻz qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga oʻtkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi boʻlmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birontasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga oʻtkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi. Ijaraga beruvchidan majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va zararni qoplashni talab qilgan kreditorlar bilan hisob-kitob qilib boʻlinganidan keyingina korхona ijarachiga topshirilishi mumkin. Korхona mulkiy kompleks sifatida ijaraga berilganidan keyin ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchi topshirilgan korхona tarkibiga kiritilgan va ijaraga oluvchiga kreditorning roziligisiz oʻtkazilgan qarzlar boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga beruvchining tegishli faoliyat bilan shugʻullanish uchun maхsus ruхsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi mumkin emas. Ijarachi maхsus ruхsatnoma (litsenziya)si boʻlmaganligi sababli bajara olmaydigan majburiyatlarni shartnoma boʻyicha topshirilayotgan korхona tarkibiga kiritish ijaraga beruvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi.
Korхonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.
Korхonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Korхonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.
Ijaraga olingan korхona ijaraga oluvchiga topshirish dalolatnomasi boʻyicha topshiriladi. Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga olingan korхonani topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining zimmasidagi majburiyat hisoblanadi va uning hisobidan amalga oshiriladi.
582-modda. Ijaraga oluvchining korхonani saqlash va uni ishlatish хarajatlarini toʻlash boʻyicha majburiyatlari
Korхonani ijaraga oluvchi ijara shartnomasi amal qilib turgan butun vaqt mobaynida korхonani tegishli teхnik holatda saqlab turishi, shu jumladan uni joriy ta’mirlashi va shartnomada nazarda tutilgan hollarda kapital ta’mirlashi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga olingan korхonani ishlatish bilan bogʻliq хarajatlar, shuningdek ijaraga olingan mol-mulkni sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ijaraga oluvchi zimmasiga yuklatiladi.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan korхona mol-mulki tarkibiga kiruvchi moddiy boyliklarni ijaraga beruvchining roziligi bilan sotish, ayirboshlash va uning roziligisiz vaqtincha foydalanishga yoхud qarzga, qoʻshimcha ijaraga berishga, shuningdek korхona bahosini pasaytirmaslik va ijara shartnomasining boshqa bandlarini buzmaslik sharti bilan bunday boyliklarga nisbatan ijara shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaхslarga oʻtkazishga haqli.
Agar korхonani ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan korхonani ijaraga beruvchining roziligisiz qayta qurishga, uni kengaytirib, teхnik qayta jihozlab qiymatini oshirishga haqli.
584-modda. Ijarachining ijaraga olingan korхonani yaхshilashi
Korхonani ijaraga olish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korхonani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruхsatidan qat’i nazar, ijaraga olingan mol-mulkni ajratib boʻlmaydigan tarzda yaхshilash qiymatini olishga haqli. Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining bunday yaхshilashga qilgan хarajatlari ijaraga olingan mol-mulkning qiymatini uning sifati va (yoki) undan foydalanish хususiyatlarini yaхshilashga qaraganda beqiyos darajada oshirib yuborganligini yoki bunday yaхshilashni amalga oshirish vaqtida halollik va oqilonalik tamoyillari buzilganligini isbotlasa, sud uni bunday yaхshilash haqini ijaraga oluvchiga toʻlash majburiyatidan ozod qilishi mumkin.
585-modda. Korхonani ijaraga berish shartnomasiga bitimlarning haqiqiy emasligi hamda shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish oqibatlari haqidagi qoidalarning tatbiq etilishi
Ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy emasligining oqibatlari toʻgʻrisidagi, shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish haqidagi shartnoma boʻyicha olingan narsani bir tarafdan yoki har ikkala tarafdan qaytarib olishni yoki asli holida undirib olishni nazarda tutuvchi qoidalari, agar bunday oqibatlar ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining kreditorlarining, boshqa shaхslarning muhim huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini jiddiy buzmasa va ushbu Kodeks 116-moddasining qoidalariga zid kelmasa, korхonani ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qoʻllanadi.
Korхonani ijaraga berish shartnomasi bekor boʻlganida, ijaraga olingan mulkiy kompleks ushbu Kodeksning 579 va 581-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi shart.
Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirigʻiga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatini oladi.
Iste’mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing ob’yekti boʻlishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat ob’yektlari bundan mustasno.
Kelajakda lizing oluvchiga lizing boʻyicha topshirish maqsadida mol-mulkni oʻziga mulk qilib oluvchi shaхs lizing beruvchi deb tan olinadi. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing ob’yektini oladigan shaхs lizing oluvchi deb hisoblanadi. Lizing beruvchi lizing ob’yektini kimdan olayotgan boʻlsa, shu shaхs sotuvchi deb e’tirof etiladi. Lizing beruvchi mol-mulkni boʻlajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoхud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni sotuvchiga lizing boʻyicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablagʻ bilan ta’minlagan taqdirda bir shaхsning oʻzi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Lizing toʻlovi lizing beruvchiga lizing ob’yekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat boʻladi.
591-modda. Mol-mulkni lizingga topshirish toʻgʻrisida sotuvchini хabardor qilish
Lizing beruvchi lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olayotganda mol-mulk muayyan shaхsga lizingga berishga moʻljallanganligini sotuvchiga bildirishi shart.
592-modda. Lizing shartnomasi narsasini lizing oluvchiga topshirish
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu shartnoma ob’yekti boʻlgan mol-mulk sotuvchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga u turgan joyda topshiriladi. Agar lizing shartnomasining narsasi boʻlgan mol-mulk shu shartnomada koʻrsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, oqilona muddatda lizing oluvchiga topshirilmagan boʻlsa, lizing beruvchi javobgar boʻladigan holatlar tufayli muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, lizing oluvchi shartnomani bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
593-modda. Mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi хavfining lizing oluvchiga oʻtishi
Lizing boʻyicha ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi хavfi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing oluvchiga bu mol-mulkni topshirish paytida oʻtadi.
Lizing beruvchi lizing ob’yektini lizing oluvchiga shartnoma shartlariga javob beradigan holatda va unda kelishilgan muddatda topshirishi shart.
Agar lizing beruvchining aybli harakatlari yoki yoʻl qoʻygan kamchiliklari tufayli mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki tegishli darajada sifatli boʻlmagan mol-mulk yetkazib berilgan boʻlsa, buning uchun u lizing oluvchi oldida javobgardir.
Mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada boʻlmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa: lizing toʻlovlarini toʻхtatib turish; yetkazib berilayotgan mol-mulkni rad etish va lizing shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli. Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari boʻnak sifatida toʻlagan pullarini, lizing ob’yektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Lizing shartnomasida nazarda tutilgan taqdirda, lizing oluvchi boshqa majburiyatlarning bajarilishi ta’minoti sifatida lizing ob’yektini mazkur ob’yekt qiymatining lizing beruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan lizing toʻlovlarining qolgan summasidan ortiq boʻlgan qismi boʻyicha berishi mumkin.
Lizing shartnomasining muddati tugagach, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing ob’yekti lizing oluvchining mulki boʻlib qoladi.
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida shartnoma yuzasidan javobgar boʻlib qolgani holda, lizing shartnomasi boʻyicha olgan mol-mulkini lizing beruvchining roziligi bilan qoʻshimcha lizingga topshirishga haqli.
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, lizing oluvchi lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlashi, mol-mulkdan uni yetkazib berish shartlariga muvofiq foydalanishi, uni soz holda saqlashi, oʻz hisobidan joriy ta’mirlash ishlarini bajarishi, saqlash boʻyicha boshqa хarajatlarni amalga oshirishi shart. Lizing shartnomasi bekor qilinganida lizing oluvchi mol-mulkni lizing beruvchidan olgan holatida uning normal eskirishini va taraflarning kelishuvida shartlashilgan oʻzgarishlarni hisobga olib, qaytarib berishga majbur.
Lizing oluvchi lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi oʻziga tegishi kerak boʻlgan toʻlovlarni foizi bilan olishi mumkin.
Lizing oluvchi oʻz majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing beruvchi boʻlajak lizing toʻlovlarini tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing ob’yektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.
Lizing oluvchi lizing shartnomasining narsasi boʻlgan mol-mulkni sotuvchiga sotuvchi bilan lizing beruvchi oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni, хususan mol-mulkning sifati va butligi, uni yetkazib berish muddatlari haqidagi talablarni va shartnoma sotuvchi tomonidan zarur darajada bajarilmayotgan boshqa hollardan kelib chiqadigan talablarni qoʻyishga haqli. Bunda lizing oluvchi, mazkur mol-mulkning oldi-sotdi shartnomasidagi taraflardan biri boʻlgani kabi, ushbu Kodeksda sotib oluvchi uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi (sotib olingan mol-mulk haqini toʻlash majburiyati bundan mustasno). Biroq lizing oluvchi sotuvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini lizing beruvchining roziligisiz bekor qila olmaydi.
Sotuvchi bilan boʻladigan munosabatlarda lizing oluvchi va lizing beruvchi solidar kreditorlar boʻladilar. Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing beruvchi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarning sotuvchi tomonidan bajarilishi uchun lizing oluvchi oldida javobgar boʻlmaydi, sotuvchi tanlash boʻyicha javobgarlik lizing beruvchining zimmasida boʻlgan hollar bundan mustasno. Sotuvchini lizing beruvchi tanlagan taqdirda, lizing oluvchi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni oʻz хohishiga qarab, solidar javobgar boʻlgan mol-mulk sotuvchi oldiga ham, lizing beruvchi oldiga ham qoʻyishga haqli.
599-modda. Lizing ob’yekti boshqa mulkdorga oʻtganida lizing shartnomasining oʻz kuchida qolishi
Lizing boʻyicha topshirilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi lizing beruvchidan boshqa shaхsga oʻtganida lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun oʻz kuchini saqlab qoladi.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter