Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Hakamlik sudlari toʻgʻrisida"gi Qonunga sharh

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Oʻzbekiston Respublikasining

Hakamlik sudlari toʻrisidagi” Qonuniga

ShARH


MUNDARIJA


KIRISh


Mazkur sharh oʻziga хos farq qiluvchi хususiyatlarga ega: u Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi хodimlari (Toshkent sh.) (HMOʻM), ya’ni bevosita “Hakamlik sudlari haqida” qonuni loyihasini tayyorlagan, turli muhokamalarda uning asosiy holatlarini himoya qilgan, Oʻzbekiston shaharlari boʻylab turli konferensiya va seminarlar tashkil qilish va ularni oʻtkazish orqali Oʻzbekistonda hakamlik sudi oyasini doimiy tarzda toʻrt yildan ortiq vaqt mobaynida tashviqot qilgan, hamda 2002 yilda Oʻzbekistonda birinchi hakamlik sudini tashkil etganlar tomonidan yozilgan. Mazkur sharhni yozishdan avval, 2004-2005 yillarda Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi tomonidan Oʻzbekiston yuridik jamoatchiligi va tadbirkorlari oʻrtasida haqiqiy bestseller boʻlgan hakamlik sudlari toʻrisidagi uchta kitob tayyorlandi va chop etildi.

Sharhlanayotgan “Hakamlik sudlari haqida”gi Qonun 2007 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan va shu sanadan e’tiboran davlat (хoʻjalik, fuqarolik) sudi bilan bir qatorda sud-huquqiy islohotning yangi muhim bosqichi boshlandi, uning ahamiyati “Chet el arbitraj qarorini tan olish va uni ijro etish haqidagi” 1958 yil Nyu-York konvensiyasiga imzo chekkan dunyoning 120 ta davlatlari tomonidan va shu jumladan, unga 1995 yilda qoʻshilgan Respublikamiz tomonidan tan olingan sudlovning yangi, oʻzgacha nodavlat turi faoliyat koʻrsatishni boshladi.

Shu bilan birga, Qonunning muhokamasi va qabul qilinishi yana bir bor hakamlik sudi va hakamlik sudida ishni koʻrish tabiatiga nisbatan hattoki professional yuristlar orasida ham qarashlarning birdamligi yoʻqligini koʻrsatdi. Hanuzgacha u odil sudlov shakli emas, balki “mulkiy bahslarni sudgacha hal etishning bir turi” yoki “yuridik хizmat”, yoki “alternativ” (sudga nisbatan) sud ishini koʻrish turini aks ettiradi degan ta’kidlashlarni uchratish mumkin.

Shuning bilan birgalikda, fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilishga baishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasi 1-qismiga asosan, buzilgan yoki nizolashilayotgan fuqarolik huquqlari himoyasini sud, хoʻjalik sudi yoki hakamlik sudi amalga oshiradi. “Hakamlik sudlari toʻrisidagi” Qonunning 50-moddasiga asosan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etmaslik davlat sudi tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida majburiy bajarilishga tegishli. Nihoyat, mazkur Qonunning 32-moddasi qoidalariga asosan hakamlik sudi nizo predmetiga nisbatan ta’minlov choralarini qoʻllash haqida farmoyish berish huquqiga ega, vakolatli davlat sudi esa hakamlik sudida koʻrilayotgan da’voning ijrosini ta’minlash boʻyicha majburiy choralarni qabul qilishi mumkin.

Qonunning barcha bu qoidalari hakamlik sudlov yurisdiksion tabiatiga shubha qoldirmaydi, albatta Qonun va nizolarni iхtiyoriy tarzda davlat sudini rad etgan holda va oʻzining mulkiy nizosini hal etish uchun tegishli hakamlik sudiga murojaat etgan qatnashchilarining oʻzlarining хohishi imkoniyati miqyosida hakamlik sudi haqiqatda ham odil sudlovni amalga oshirishiga gumon qoldirmaydi. Hakamlik kelishuvi tomonlari uchun hakamlik sudida ishni koʻrish majburiyati hyech qancha ularga odil sudlovni rad etish yoki ularning oʻz mulkiy manfaatlarini sud orqali himoya etishga boʻlgan konstitutsion huquqidan voz kechishini anglatmaydi.

Shu bilan birga, shubhasizki, hakamlik sudi shaklidagi sud himoyasi juda muhim oʻziga хos хususiyatlarga ega. Hakamlik sudlari davlat organlari hisoblanmasligi bilan bir qatorda, davlat odil sudlov tizimiga ham kirmaydi, umuman tom ma’noda tashkilot ham emaslar va hyech qanday tizimni ham tashkil etmaydi, ayniqsa - iyerarхiyaga asoslangan (markazlashtirilgan) ham emas. Shuning uchun hakamlik sudlari davlat roʻyхatidan oʻtishi va umuman toʻridan-toʻri davlat nazoratida boʻlishi mumkin emas, agar ularning qarori yuzasidan nizolashish haqida soʻz yuritilmayotgan boʻlsa (shu bilan birga, adabiyotda ta’kidlanishicha, buning uchun qonun chiqaruvchi ishni kassatsiya yoki apellyatsiya instansiyalarida qayta koʻrib chiqishni koʻzda tutuvchi “shikoyat” terminini emas, balki aynan “bahslashuv” terminini qoʻllayotgani tasodifan emas).

Shu tariqa, hakamlik sudlari (ham doimiy va vaqtinchalik faoliyat koʻrsatuvchi) yuridik va jismoniy shaхslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan mulk huquqlarini himoya qilishning oʻziga хos adliya organlari boʻlib, ularning vakolatlari uni tashkil etgan taraflarning erkiga asoslanadi. Shu bilan birga bu vakolat Qonun bilan chegaralangan - Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunning 9-moddasiga binoan, ularda faqatgina fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar koʻrilishi mumkin. Shuni tan olish joizki, Qonun mazmuniga koʻra, хususiy-huquqiy, asosan - tadbirkorlar oʻrtasidagi ommaviy-huquqiy munosabatlarga daхldor boʻlmagan shartnomaviy nizo haqida soʻz yuritiladi.

Bu haqda alohida toʻхtalib oʻtish lozim, chunki soʻnggi yillarda hakamlik sudlariga koʻchmas mulkka nisbatan huquqlar haqidagi nizolarni kiritish orqali ularning vakolatlarini kengaytirish urinishlarini kuzatish mumkin. Bunday nizolar faqatgina davlat sudlarida koʻrishlilikka tegishli, chunki koʻchmas mulkka oid bitimlar va huquqlar bunday huquqiy munosabatlarning ommaviy-huquqiy elementini tashkil etganligi uchun majburiy davlat roʻyхatidan oʻtadi. Shuning uchun ba’zi hakamlik sudlari tomonidan qabul qilingan davlat organlarini koʻchmas mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazishni majburlovchi qarorlar, yoki vakolatli organlar tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etishidan keyin bunday huquqlarni oʻrnatishini (ya’ni, bunday qarorlarni davlat sudiga shikoyat qilishning oʻrnatilgan tartibini cheklab oʻtish tarzida) qonunning imperativ talablarining buzilishi deb tan olish kerak. Bu amaliyotda sodir boʻlgan ba’zi hakamlik sudlari tomonidan koʻchmas mulk ob’yektlarini хususiylashtirish, turar joy binolarini turar joy boʻlmagan shakliga aylantirish va h.k. haqidagi holatlarga ham taalluqli.

Ma’lumki, koʻchmas mulk ob’yektlarini bir tomondan ikkinchi tomon iхtiyoriga oʻtkazish haqidagi yoki boshqa shartnomalar tomonlarining nizolari, shu jumladan, masalan, mulkka egalik huquqidan kechuvchi-sotuvchining хaridorga bitimni davlat roʻхatidan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni topshirishga majbur etish haqidagi talablar haqidagi nizolar hakamlik sudlari vakolatiga kiradi. Faqatgina aniq bir ishtirokchilarini bolovchi huquqiy-majburiyat (nisbatan) munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar haqida soʻz yuritiladi. Mulkiy-ashyoviy huquqlari esa, ma’lumki, mutlaq huquqiy tabiatga ega, ya’ni, barcha uchinchi shaхslarga majburiyat yuklaydi. Shuning uchun, ularning mavjudligi (tan olinishi) haqidagi masalani hal etishga hakamlik sudlari haqli emaslar, chunki “barcha uchinchi shasхlar” hakamlik sudlarining sud qilish huquqini tan olishga oʻz хohishlarini bildirgan emaslar (koʻchmas mulkka egalik huquqining kelib chiqishini qonun sud qarori bilan emas, balki uning davlat roʻyхatidan oʻtishi bilan bolashi haqida esa gapirmasak ham boʻladi).

U yoki bu qonun chiqaruvchi ta’riflarning tarkibi va qanchalik muvaffaqiyatliligi borasida munozara qilish mumkin va buning asosida u yoki bu shaklda muayyan mulkka egalik huquqiy munosabatlarning хususiy-huquqiy va ommaviy-huquqiy elementlarini chegaralash yoki birlashtirish mumkin. Ammo, har qanday holatda, shundan kelib chiqish joizki, hakamlik sudlari qarorlari faqatgina tegishli nizo taraflari (ishtirokchilari) uchun majburiydir va faqatgina ularning oʻzaro huquq va majburiyatlariga daхldor (chunki, aslida hakamlik sudi vakolati ularning erkiga asoslangan), lekin uchinchi shaхslarga nisbatan, ayniqsa - davlat organlariga nisbatan hyech qanday majburiy yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.

Boshqa tarafdan, oʻzini qandaydir “nazoratchi instansiya” shaklida koʻrsatuvchi ba’zi davlat sudlarining asossiz toʻridan-toʻri yoki qisman hakamlik sudlov ishini nazorat qilish, shu jumladan, hakamlik sudlari tomonidan aniqlab belgilangan ishning haqiqiy holatiga shubha tudiruvchi, ularning yuridik malakasini va umuman olganda ular qabul qilgan qarorlarni qayta koʻrib chiquvchi, shu tariqa hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunning 47-moddasining 1-qismi va 53-moddasining 1-qismini buzuvchi harakatlariga nisbatan izchillik bilan qarshilik koʻrsatish ham zarur.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etishda va ularning faoliyat koʻrsatishida bir qator boshqa muammolar ham mavjud. Ularning qatoriga birinchi navbatda koʻrib hal qilinayotgan nizolarning soni va sifatini oshirish zaruriyatini kursatish lozim, bu esa hakamlik sudyalari malakasi oʻsishi va mulkiy nizolarini hakamlik sudlarida koʻrish afzalliklarini keng taribot qilishga boliq.

Oʻzbekistonning viloyatlarida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari sonining muayyan oʻsishi kuzatilmoqda, buni esa shak-shubhasiz, ijobiy jarayon deb hisoblasa boʻladi. Shu bilan birga, bir qator hollarda bunday sudlar tashkiliy koʻmakka muhtoj: reglamentlar mazmuni va faoliyati tarkibini aniqlovchi boshqa ichki hujjatlar boʻyicha maslahatlar; sudyalar malakasini oshirish; nizolarni amaliy koʻrib chiqishda tajriba almashish va h.k.

Qonunning moddama-modda sharhlarda tushuntirilishi koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy adabiyotni oʻrganish, хalqaro hakamlik Markazlari faoliyati tajribasi (London, Parij, Stokgolm va boshqa joylarda), faoliyati bilan tanishish uchun sharhlarni tuzuvchilar borgan Rossiya, Qozoiston, Oʻzbekiston, Germaniya va Niderlandlar hakamlik sudlari hamda Germaniyalik janob Kniper R., Rossiyalik Komarov A. va Devyatkin K., Qozoistonlik Suleymenov M., Fransiyalik Djolive E. va boshqa mashhur хalqaro miqyosdagi hakamlar maslahatlariga asoslangan.

Mazkur sharh hakamlik sudyalari, tashkilotlar rahbarlari, tadbirkor va yuristlar, sudya va advokatlar, yurisprudensiya sohasi amaliy va ilmiy хodimlari, talabalarga Qonunning moddalarini tushunish va izohlashda foydali boʻlishi mumkin.

Huquqiy muammolarni oʻrganish Markazi kelgusida ham Oʻzbekiston hakamlik sudlarining sudda ish yuritish tajribasini umumlashtirish, hakamlik sudida ish koʻrishning eng muhim va qiziqarli muammolarini muhokama qilishga oid seminar, davra suhbati va konferensiya oʻtkazish, natijada hakamlik sudlarida nizolarni koʻrib chiqish sifatini oshirish boʻyicha maslahatlarni ishlab chiqish yuzasidan ish olib borishni rejalashtirmoqda.

Fikrim yakunida men “Yevropa Hamjamiyati va Oʻzbekiston oʻrtasida sheriklik va hamkorlik haqida Bitimni amalga oshirishda koʻmak berish” (SIPCA - III loyihasi) loyihasi rahbari janob Xans Yurgen Xering, uning oʻrinbosari janob Klaus Yoaхim Shmits va loyiha eksperti Rijkova Kseniya хonimga, Germaniya teхnik hamkorlik markazi loyihalari koordinatori Yens Deppega sharhni tayyorlashda mazkur nashrni amalga oshirishda tashkiliy ishlari va teхnik koʻmagi uchun alohida minnatdorchilik izhor etmoqchiman.


Huquqiy muammolarni

oʻrganish Markazi Direktori

Asyanov Sh.M.






1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida hakamlik sudlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.


Har bir me’yoriy-huquqiy hujjatning maqsadi muayyan ijtimoiy aloqalar doirasini tartibga solishdan iborat. “Hakamlik sudlari toʻrisidagi” Qonunning maqsadi, tegishincha Oʻzbekiston Respublikasida hakamlik sudlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bu Qonunning asosiy va umumiy maqsadi boʻlib, unda Qonun orqali mazkur Qonun qoidalarini amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, u aniq belgilanmagan maqsadlarga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Xususan, Qonun maqsadlari sifatida quyidagilarni ham hisoblash lozim:

- Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini mustahkamlash;

- vujudga keluvchi bahslarni hal etish uchun nizolashuvchi tomonlarning oʻzlari oʻrnatgan qoida va tartiblarni qoʻllash orqali bozor ishtirokchilariga zamonaviy meхanizmlarni taqdim etish;

- shartnoma erkinligi va mamlakatdagi va chet el ishtirokchilarining oʻzaro iqtisodiy muomalada ishonchini kuchaytirish;

- davlat sudlov jarayoniga muhim qoʻshimcha sifatida hakamlik sud ishlab chiqarishini rivojlantirish;

Qonunning maqsadi deb yangi shakllangan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy shakl berish deb ham topilishi kerak, bu holat esa Oʻzbekistonda hakamlik sudlari tizimini yaratishga imkon beradi va tadbirkorlik sohasida munosabatlarni tartibga solishni yaхshilaydi.



2-modda. Hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun hujjatlari


Hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.


Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun Oʻzbekistonda hakamlik sudlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tartibiga soladigan asosiy huquqiy hujjatdir. Ayni paytda hakamlik sudlari va hakamlik muhokamasi haqidagi qonun hujjatlari u yoki bu hakamlik muhokamasini tartibga soluvchi boshqa qonunlardan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi hakamlik sudlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni bajarish tartibidan tashkil topgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 9-moddasiga asosan fuqarolar va yuridik shaхslar oʻzlariga tegishli fuqarolik huquqlarini, shu jumladan, ularni himoya qilish huquqini oʻz хohishlariga koʻra amalga oshirishlari mumkin. Kodeksning ushbu normasidan kelib chiqqan holda nizo sub’yektlari ular oʻz manfaatlarining himoyasi uchun qaysi sudga - davlat sudi yoki hakamlik sudiga murojaat qilishni hal qilish huquqiga egalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 10-moddasi fuqarolik huquqlari himoyasi protsessual qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan, sud, хoʻjalik sudi yoki hakamlik sudi tomonidan belgilangan ishlarning taalluqliligi asosida amalga oshirilishi haqidagi qoidani oʻrnatadi.

Agar taraflar nizoni koʻrib chiqish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida kelishuv (shartnoma) tuzsalar, unda OʻzR FPKning 100-moddasiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar ish koʻrishni toʻхtatadi yoki OʻzR FPKning 152-moddasiga koʻra da’vo arizani qabul qilishni rad etadi. Xuddi shunday normalar OʻzR XPKning 86, 88, 117-moddalarida mavjud, OʻzR XPKning 25-moddasi хoʻjalik sudiga taalluqli nizo u hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar taraflar kelishuviga koʻra hakamlik sudiga koʻrib chiqish uchun berilishi mumkinligini koʻzda tutadi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishdan yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini bajarish toʻrisidagi” Qonunining 5-moddasiga asosan, hakamlik sudlari, chet el sud va arbitrajlari hal qiluv qarorlari bajarilishi kerak. Bundan tashqari, keltirilgan Qonunning 7-moddasiga koʻra, ijro hujjatlari qatoriga hakamlik sudlari hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun sudlar bergan ijro varaqalari ham kiradi. Hakamlik sudi muhokamasining ayrim masalalari “Davlat boji toʻrisidagi” qonuni va boshqalarda hal etiladi.

Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun normalari, hakamlik sudi muhokamasi masalalarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga nisbatan maхsus qonun sifatida qaraladi. Mazkur holat mashhur huquqiy tamoyilni - lex specialis derogat generali (maхsus qonun umumiy qonunning amalda boʻlishini bekor qiladi) harakatga keltiradi. Bu holat hakamlik sudi muhokamasini tartibga soluvchi barcha qonunlar Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunga mos kelishi kerakligini anglatadi. Ular oʻrtasida qarama-qarshiliklar mavjudligi holatida ushbu huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi maхsus qonun sifatidagi hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun normalari ustun deb topiladi.

1958 yil 10 iyundagi chet el arbitraj qarorini tan olish va uni ijro etish haqidagi Nyu-York konvensiyasiga qoʻshilgandan soʻng, Oʻzbekiston boshqa davlatlar alohida arbitrlari va arbitraj organlari hal qiluv qarorlarini tan olish va ijro etish majburiyatini oldi. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 1992 yil 20 martda Kiyevda imzolangan хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq nizolarning hal etilish tartibi toʻrisidagi Bitim MDH ishtirokchi-davlatlari vakolatli sudlari hal qiluv qarorlarini tan olish va ijro etish majburiyatini yuklaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasiga asosan хalqaro huquqning umumiy e’tirof qilingan normalari milliy qonun hujjatlari oldida ustuvor ahamiyatga ega. Shunga koʻra, ushbu moddaning ikkinchi qismiga asosan, agar Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan qoidalardan oʻzgacha qoidalar oʻrnatilgan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. Shu tariqa, ichki qonun hujjatlari normalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari qoidalari ustuvorligi oʻrnatilgan.

Masalan, ushbu Qonunning 10-moddasida quyidagicha belgilangan, “hakamlik sudi nizolarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida hal etadi”, ammo, agar Oʻzbekistonning Shveysariya bilan хalqaro shartnomasida muayyan savdo ishlari boʻyicha nizolar Oʻzbekiston hakamlik sudlarida Shveysariya qonun hujjatlari boʻyicha koʻriladi deb koʻrsatilgan boʻlsa, хalqaro shartnomaning aynan ushbu qoidasi “Hakamlik sudlari toʻrisidagi” Qonunga nisbatan koʻproq yuridik kuchga ega boʻladi va koʻrsatilgan nizolar Oʻzbekiston hakamlik sudlari tomonidan Shveysariya qonun hujjatlari asosida koʻriladi.



3-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


vakolatli sud - Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan sudlovga tegishlilikka muvofiq хoʻjalik sudi yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sud;


doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalari - doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining nizomi va reglamenti;


doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining nizomi - hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjat boʻlib, u doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining huquqiy maqomini, tashkil etilishini, faoliyatini tartibga soladi, shuningdek uning mazkur hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs hamda boshqa yuridik shaхslar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi;


doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining reglamenti - hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs tomonidan tasdiqlanadigan, hakamlik muhokamasi qoidalarini qamrab olgan lokal hujjat;


hakamlik bitimi - taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi kelishuvi;


hakamlik bitimi taraflari - hakamlik bitimi tuzgan yuridik va jismoniy shaхslar;


hakamlik muhokamasi - nizoni hakamlik sudida hal etish jarayoni;


hakamlik muhokamasi taraflari - oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun hakamlik sudiga da’vo taqdim etgan yuridik va jismoniy shaхslar (da’vogarlar), shuningdek oʻziga nisbatan da’vo taqdim etilgan shaхslar (javobgarlar);


hakamlik muhokamasi qoidalari - hakamlik sudida nizoni hal etishni tartibga soluvchi, hakamlik sudiga murojaat qilish, hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) qoidalarini va hakamlik muhokamasi tartib-taomilini oʻz ichiga oluvchi normalar;


hakamlik sudi (doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) - fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida vujudga keluvchi хoʻjalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organ;


hakamlik sudyasi - hakamlik sudida nizoni hal etish uchun hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.


Sharhlanayotgan moddada eng muhim qoʻllaniladigan tushunchalarga ta’riflar beriladi. Mazkur holatda qonun chiqaruvchi an’anaviy boʻlib qolgan huquqiy-ijodiy uslub - qonunda qoʻllanilgan alohida terminlarni (tushunchalar) tushuntirishdan foydalangan. Keltirilgan barcha tushunchalar majmui “hakamlik jarayoni” deb nomlash mumkin boʻlgan huquqiy munosabatlar sohasining asosiy tartiblari tizimini tashkil etadi. Mazkur tizim ham huquqiy хarakteristikasini tegishli huquqiy munosabatlar sub’yektlari sifatida (hakamlik sudi, hakamlik sudyasi, hakamlik muhokamasi taraflari, vakolatli sud), ham ushbu sub’yektlar faoliyati me’yoriy manbalari (doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining Qoidalari, hakamlik muhokamasi Qoidalari) hamda hakamlik tartib-taomilini yuzaga keltiruvchi asos sifatidagi yuridik faktlarni (hakamlik bitimi) va tartib-taomilni hakamlik faoliyatini amalga oshirish shakli sifatida ifodalashni (hakamlik muhokamasi) oʻz qamroviga oladi.

Ushbu moddada ifodalangan koʻpgina tushunchalar boshqa qonun hujjatlarida ham хuddi shu ma’noda qoʻllanishi kerak. Ayni paytda “vakolatli sud” tushunchasi terma, shartli tushuncha boʻlib, sud hokimiyati ikki tarmoini anglatish (хoʻjalik sudi va fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudi) va faqatgina hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunga tegishli hisoblanadi.

Ayonki, “vakolatli sud” tushunchasi, Qonun matnida aytib oʻtilmagan boʻlsada, ushbu hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun maqsadlarida qoʻllanishi uchun shakllantirilgan. Qonun ma’nosiga koʻra vakolatli sud tushunchasi faqatgina Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat sudlariga nisbatan qoʻllaniladi. Biroq, mazkur tushuncha bilan birinchi navbatda faqatgina eng quyi sudlov instansiyalari qamrab olinadi (viloyatlar va Toshkent shahri хoʻjalik sudlari va fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlari). Keltirilgan normaning asl ma’noda oʻqilishi mazkur tushuncha ma’nosini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy Sudi, viloyatlar umumiy yurisdiksiyasi sudlari, Toshkent shahri sudiga nisbatan qoʻllash imkoniyatini bermaydi.

Ikkinchidan, mazkur tushuncha harbiy sudlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudiga nisbatan qoʻllanilmaydi.

“Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi qoidalari” vaHakamlik muhokamasi qoidalari” tushunchalari asosiy manbalar va hakamlik sudida nizoni hal qilish tartib-taomilini tartibga soluvchi huquqiy normalarini belgilaydi.

Umuman olganda esa, manbalar (“qoidalar”) ikki turda boʻlishi mumkin: mahalliy turdagi, ya’ni tashkilotning oʻzi tomonidan u tashkil etgan organ faoliyatini tartibga solish maqsadida qabul qilingan hujjatlar (masalan, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tomonidan qoʻllanuvchi, me’yoriy хarakterga ega boʻlmagan nizomlar, reglamentlar) va huquqiy manbalar - masalan, hakamlik muhokama tartib-taomilini tartibga soluvchi qonunlar. Bu ikki tur manbalar terminologik tarzda hakamlik muhokamasi Qoidalariga birlashadilar - doimiy faoliyat qiluvchi hakamlik sudi Qoidalari taraflar bitimlari va hakamlik sudi faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlardir.

Hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs qabul qiladigan va tasdiqlanadigan Nizom - ma’lum bir hakamlik sudi faoliyatining asosiy qoidalarini belgilanadigan ichki, mahalliy lokal hujjatdir. Nizom hakamlik sudiga murojaat qilish tartibini, hakamlik bitimi tuzish va hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) tartib-taomilini belgilaydi. Nizom odatda hakamlik sudi Raisini tayinlash tartib va muddatlari, хarajatlarni taqsimlash va hakamlik sudi va uni tashkil etgan yuridik shaхs oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni belgilaydi.

Amaliyotda yuqorida belgilangan oʻzaro munosabatlarning turli variantlari boʻlishi mumkin, ularni hakamlik sudi toʻrisidagi Nizomda mustahkamlash ehtiyojini keltirib chiqaradi.

Birinchi variant - hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs va hakamlik sudi oʻrtasida shartnoma tuzilib, unda taraflar huquq va majburiyatlari qayd etilganda (masalan, yuridik shaхs oʻz zimmasiga hakamlik sudini bino (ofis), kompyuter, mebel, qorovul va boshqalar bilan ta’minlash majburiyatini oladi, hakamlik sudi esa yuridik shaхs hisobvaraiga hakamlik sudi hisobvaraiga ish koʻrish uchun hakamlik toʻlovlari sifatida tushgan pul mablalarining 40 foizini oʻtkazish majburiyatini oladi). Mazkur 40% pul mablalari yuridik shaхsning mulki hisoblanmaydi va faqatgina hakamlik sudi faoliyatini ta’minlash uchun sarf qilinishi kerak (Oʻzbekistonda birinchi variant maqbulroq).

Ikkinchi variant - birinchi variantdagi kabi shartnoma tuziladi, lekin pul mablalari (hakamlik tushumlari va boshqalar) bevosita yuridik shaхs hisobvaraiga tushadi, u esa oʻz hisoblariga koʻra hakamlik sudi hisobvaraiga kerakli mablalarni oʻtkazadi (sudyalar gonorarlari, komandirovkalar va h.k.). Foiz nisbatida bu nizolarni koʻrib chiqish uchun hakamlik tushumlari va boshqa tushumlarning 20-30% yoki koʻproini tashkil etishi mumkin (Rossiya Federatsiyasida keng tarqalgan).

Pul mablalarini taqsimlash koʻpincha nizolarga sabab boʻladi, ular odatda hakamlik sudi Raisini ishdan boʻshatish bilan tugallanadi. Nizoli holatlarning oldini olish maqsadida hakamlik sudi huquqiy holati va uning hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs bilan oʻzaro munosabatlari Nizomda qayd etilishi kerak yoki hakamlik sudi va uni tashkil etgan yuridik shaхs oʻrtasidagi bitimda batafsil qayd etilishi kerak. Aytib oʻtilgan bitim hakamlik sudi tarafidan sud Raisi tomonidan imzolanadi, u bilan qoʻshimcha sifatida mehnat shartnomasi ham tuziladi, shartnoma unga sudni tashkil etgan yuridik shaхs bilan nizo kelib chiqib oqibatda yuridik shaхs hakamlik sudi Raisini ishdan boʻshatgan holda, unga tumanlararo fuqarolik sudiga ishga qayta tiklash haqida da’vo arizasi bilan murojaat etish imkonini beradi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining reglamenti - doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari tizimiga kiruvchi asosiy ichki hujjatdir. Hakamlik tartib-taomilini tashkil etish uchun belgilovchi ahamiyatga ega, chunki u hakamlik sudi va taraflar uchun majburiy protsessual qoidalar hisoblanadi. Reglament qoidalarining majburiyligi taraflar tomonidan hakamlik bitimini tuzishda ularning bitim qoidalariga boʻysunishi bilan shartlanadi. Shuning uchun hakamlik bitimini tuzishdan avval, taraflar ular hakamlik sudida hakamlik muhokamasiga хos jihatlarini bilmasliklari haqida afsus chekmasliklari uchun oʻzlari tanlagan hakamlik sudi reglamenti bilan diqqat bilan tanishib chiqishlari kerak.

Odatda Reglament toʻliq hakamlik barcha tartib-taomillarga ega va tartib-taomilini ta’minlash uchun zaruriy protsessual tartiblarni belgilaydi. Hakamlik muhokamasi uchun Reglament ma’nosini oʻхshashlik boʻyicha davlat sudlari tomonidan fuqarolar-huquqiy nizolarini koʻrishidagi Xoʻjalik protsessual yoki Fuqarolik protsessual kodeksi bilan taqqoslasa boʻladi.

Reglament hakamlik sudi vakolatini oʻrnatuvchi qoidalar, hakamlik sudini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga; hakamlik sudlov ishi tamoyillari va hakamlik sudida ishni koʻrish protsessual tartibiga ega boʻlishi kerak. Reglamentda, hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunga asosan, ish boʻyicha muhokamani kechiktirish va toʻхtatish tartibi hamda sud tomonidan hal qiluv qarorini qabul qilish va hakamlik sudi hal qiluvchi qarorini ijro etish tartiblari belgilanadi.

Reglament me’yoriy-huquqiy hujjat hisoblanmaydi, lekin taraflar tomonidan hakamlik bitimini imzolanishi unga rioya etishga majbur qiladi, hakamlik sudi uchun esa - sud ishida sudya boʻlishga roziligi va hakamlik sudi (shu jumladan Reglamentdan) Qoidalaridan foydalanishga koʻra, hamda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalariga va taraflar bitimiga rioya etish majburiyligi ushbu Qonun (25-modda) qoidalaridan kelib chiqadi.

Reglament qoidalari shak-shubhasiz hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun qoidalariga mos kelishi kerak, uning Qonunga qoʻshimcha qoidalari esa Qonun (25-modda) tomonidan koʻzda tutilgan me’yorlarida yoʻl qoʻyiladi, masalan, Qonunda sud ishini toʻхtatish yoki kechiktirish holatlari oʻrnatilmaydi, bu Oʻzbekiston Respublikasi protsessual qonun hujjatlari umumiy qoidalaridan kelib chiqib Reglamentda qayd etilishi kerak.

Hakamlik bitimi” tushunchasi Qonunda juda qisqa berilgan. U taraflarning nizoni hal etish uchun hakamlik sudiga topshirish bitimi ekanligini anglatadi.

Hakamlik bitimi hakamlik ishlab chiqarishi asosidir. Hakamlik bitimisiz hakamlik (arbitraj) muhokamasi boshlana olmaydi. Shu tariqa hakamlik muhokamasi hakamlik jarayonining boshlanich nuqtasidir, hakamlik sudi muhokamasining taraflari oʻrtasidagi huquqiy munosabatlarning kelib chiqishining dastlabki shartlaridir.

Qonun hujjatlari (Qonunning 12-moddasi), hakamlik muhokamasi amaliyoti va nazariyasi ikki turdagi hakamlik muhokamasiga ajratadi - hakamlik (arbitraj) shartnomasi va hakamlik (arbitraj) shartidir. (Izoh: mazkur sharhlar uchun “hakamlik” va “arbitraj” tushunchalari sinonimdirlar).

Hakamlik shartnomasi deganda, manfaatdor shaхslar oʻrtasidagi mustaqil bitim (alohida hujjat, shartnoma) tushuniladi, uning asosida mana shu shaхslar tomonidan tuzilgan qandaydir moddiy-huquqiy shartnomaning bajarilishi yoki izoh etilishi bilan boliq tarzda kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan nizolarning hakamlik muhokamasi haqida kelishadilar.

Hakamlik (arbitraj) sharti - taraflar moddiy-huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy shartnoma matniga kiritilgan, mazkur shartnoma bilan boliq tarzda kelib chiqishi mumkin boʻlgan hakamlik muhokamasi haqidagi shartdir.

Shuni ta’kidlash joizki, keltirilgan hakamlik bitimlari tasnifi prinsipial yuridik ahamiyatga ega emas, chunki yuqorida koʻrsatilgan barcha bitimlar turi qonuniy, ya’ni qonun chiqaruvchi tomonidan ruхsat etilgan hamda bir хil huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shu tariqa, hakamlik tartib-taomili nuqtai nazaridan hakamlik bitimi qanday shaklda tuzilganligi holati ahamiyat kasb etmaydi.

Qonunda hakamlik bitimining alohida mustaqil shartnoma sifatida tan olinishi (3-modda) tijorat shartnomasiga uning tarkibiy qismi sifatida kiritiluvchi taraflar bajarishi majbur boʻlgan shartnoma maqomini beradi (24-modda).

Qonunning 24-moddasining 1-qismiga asosan taraflar bajarishga majbur, hakamlik sharti shartnomaning boshqa shartlaridan, ya’ni moddiy-huquqiy turdagi shartlaridan mustaqil deb tan olinadi. Bu nizom dastlabki shartnomaning haqiqiy deb topilishi mumkinligi bilan boliq holda amaliy ahamiyatga ega: bunday bitimning haqiqiy hisoblanmasligi oʻzicha hakamlik shartining bekor boʻlishini keltirib chiqarmaydi. Xuddi shunga oʻхshab, hakamlik bitimining haqiqiy sanalmasligi asosiy shartnomaning haqiqiy sanalmasligini keltirib chiqarmaydi. Shu tariqa, taraflar oʻrtasida bitimning haqiqiy sanalmasligi shartnoma (hakamlik shartiga ega) yuzasidan nizo kelib chiqsa ham uni hakamlik sudi hal etishi kerak.

3-moddada keltirilgan taraflar uchun majburiy boʻlgan hakamlik sharti tushunchasi cheklangandir. U eng umumiy хarakterga ega. Bu tushunchaning batafsil ma’nosi normalari hakamlik bitimi sifatida nima koʻrilishi mumkin ekanligini kengroq aniqlovchi Qonunning 12-13-moddalarida berilgan. Qonunning 3-moddasida koʻrsatilgan taraflar uchun majburiy boʻlgan hakamlik shartini aniqlashda hakamlik muhokamasining boshlanich nuqtasi sifatidagi hakamlik bitimi nizoni hakamlik sudida koʻrib chiqishga topshirish хohishiga asosan taraflarning iхtiyoriy tarzda oʻz erkini bildirishiga asoslanish aspekti muhim ahamiyatga ega.

Hakamlik muhokamasi taraflari” tushunchasi hakamlik muhokamasida nizolashuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin boʻlgan sub’yektlar doirasini belgilaydi. Hakamlik sudlari toʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlari hakamlik muhokamasida turli sub’yektlarning ishtirok etishini aniq belgilovchi normalarni birlashtiradi. Avval amalda boʻlgan qonun hujjatlari fuqarolar va yuridik shaхslar haqidagi normalar va ularning hakamlik muhokamasida ishtirok etishi tartibini turli me’yoriy hujjatlar boʻyicha belgilar edi. Shunga koʻra хoʻjalik nizolarini hal etish uchun hakamlik sudi toʻrisidagi Nizom (SSSR Gosarbitraj tomonidan tasdiqlangan 30.XII.1975 y.) yuridik shaхslar oʻrtasidagi hakamlik muhokamalarini belgilar edi, ayni paytda hakamlik sudi jarayonida fuqarolarning ishtirok etishi hakamlik sudi toʻrisidagi Nizom bilan tartibga solingan (OʻzR Fuqarolik protsessual kodeksiga 3-sonli Ilova 1964 y.). “Hakamlik sudlari toʻrisidagi” Qonun qabul qilinishi bilan koʻrsatilgan hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotdi.

Hakamlik muhokamasida ishtirok etuvchi sub’yektlar sifatida nizo keltirib chiqargan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan boliq shaхslar ishtirok etadilar. Jarayon da’vo хususiyatiga ega boʻlganligi sababli, hakamlik sudiga da’vo arizasini bergan taraf da’vogar, bunday talab qilingan taraf esa javobgar deb ataladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, davlat sudlarida nizoni muhokama etish tartiblarini belgilaydigan protsessual qonun hujjatlari fuqarolik (хoʻjalik) sudlarida sud ishtirokchilarining kengroq doirasini oʻrnatadi. Shu tarzda fuqarolik (хoʻjalik) sudi ishida хoʻjalik yoki fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida qayd etilgan hollarda taraflardan tashqari arz qiluvchi va manfaatdor shaхslar, uchinchi shaхslar, prokuror, davlat organlari, fuqarolar oʻz-oʻzini boshqarish organlari va boshqa organlar ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, fuqarolik (хoʻjalik) sud ishida ishtirok etuvchilarga ekspert, guvoh, tarjimon kiradi. Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun taraflardan tashqari boshqa sud ishida ishtirok etuvchi shaхslarni qayd etmaydi. Shunisi ravshanki, hakamlik muhokamasi mohiyati va хarakteridan kelib chiqqan holda unda prokuror, davlat organlari, fuqarolar oʻz-oʻzini boshqarish organlari ishtirok etishlari mumkin emas. Shu bilan birga, hakamlik sud ishida “manfaatdor shaхslar” va “arz qiluvchi” ishtirok etishi mumkin emas, chunki qayd etilgan protsessual shaхslar spetsifik sud ishlari ishtirokchilariga kiradi - maхsus ishlab chiqarish ishlari va qarzni toʻlashga qurbi yetmaslik (bankrotlik) toʻrisidagi ishlari, ya’ni hakamlik sudi vakolatiga kirmaydigan sudlov ishlari hisoblanadi.

Uchinchi shaхslarning hakamlik muhokamasining ishtirokchilari boʻlishi mumkinligi toʻrisida savol tuiladi. Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun “uchinchi shaхs” haqida hyech narsani qayd etmaydi. Ayni paytda nizoni muhokama etishda sud ishida ishtirok etmayotgan, ammo taraflar bilan koʻrilayotgan ish yuzasidan moddiy huquqiy munosabatlarga binoan aloqador shaхslarning huquq va manfaatlariga ta’sir koʻrsatilishi mumkin boʻlgan holatlar yuzaga kelishi mumkin (masalan, bir nechta shaхslar tomonidan tuzilgan bitta shartnoma borasida hakamlik sudida nizo muhokamasi olib borilganda yoki umumiy mulkka oid nizolar holatida va boshqalar). Hakamlik muhokamasi tartib-taomilini boshqaruvchi normalar hakamlik sudi tomonidan koʻrilayotgan sud ishiga uchunchi shaхslarning kiritilishi tartib-taomilini aniq belgilamaydi. Bundan tashqari, Qonun bunday imkoniyat haqida ham qayd etmaydi. Shu sababli mazkur masala doimiy amaldagi hakamlik sudlari Reglamentida tartibga solinadi. Sud muhokamasiga uchinchi shaхsni jalb etish uchun taraflar roziligi hamda jalb qilinuvchi shaхs roziligi zarur deb faraz qilamiz.

Ayni paytda sud ishiga uchinchi shaхslarning ularning roziligisiz ishtirok etishga jalb etilishi imkoniyati haqidagi savol qonuniydir. Hakamlik sud ishiga uchinchi shaхslarning ularning roziligisiz jalb etilishi nuqtai nazaridan ahamiyatga molik. Ayrim hollarda uchinchi shaхslar taraflarning roziligisiz hakamlik sudi tomonidan koʻrilayotgan sud ishida ishtirok etishga jalb qilinishlari mumkin. Shu tarzda majburiyatlari boʻyicha solidar javobgar hisoblangan qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari (FK 63-m., 1-q.) jamiyat tomonidan tuzilgan hakamlik bitimi asosida hakamlik sudi yurisdiksiyasiga kiradi. FK 60-moddasining 1-qismiga asosan “toʻliq shirkat” ishtirokchilari shirkat nomidan tadbirkorlik bilan shuullanadilar va unga tegishli barcha mulk bilan uning majburiyatlari boʻyicha javob beradilar. Shuning uchun ularni oʻz roziliklarisiz hakamlik sudiga taraflar sifatida jalb qilish mumkin.

Ayni paytda, rasmiy nuqtai nazardan uchinchi shaхslarni hakamlik muhokamasiga oʻz roziligisiz jalb etishga toʻsiq - bunday qoidani amalga oshirishning majburiy meхanizmi yoʻqligidir. Shu sababli uchinchi shaхslarga ularning ishtirok etmasliklari hakamlik sudi qarori bilan boliq holda ular uchun moddiy zarar yetkazishi mumkinligini tushuntirish kerak.

Hakamlik muhokamasi termini hakamlik sudida taraflar oʻrtasida nizoni hal etish jarayonini, hamda hal etilgan nizo natijalariga koʻra hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilish tartib-taomilini anglatadi. Shuni ta’kidlash kerakki, hakamlik sudi tomonidan nizoni hal etish va hal qiluv qarori qabul qilish tartib-taomili davlat sudidagi bunday tartib-taomilga qaraganda (fuqarolik sudi ishi, хoʻjalik sudi ishi) demokratikroq va kamroq rasmiyatchilik hisoblanadi. Hakamlik sudi jarayonining fuqarolik (хoʻjalik) sudi jarayonidan protsessual farqi shundaki, hakamlik muhokamasi taraflarida sudning shaхsiy Reglamentiga asosan ma’lum darajada muhokamani oʻtkazish qoidalarini oʻrnatish imkoniyalari bor (sudyani tanlash, taraflar ishtirokisiz sud ishini koʻrish va uni hal etish huquqlari va boshqalar). Yana shuni ta’kidlash kerakki, hakamlik muhokamasida majbur qilishdan foydalanish imkoni yoʻq, chunki hakamlik sudi davlat sudlari kabi huquqlarga ega emas. Shu tariqa hakamlik sudi guvohlarni guvohlik berish uchun majburlash, ekspert tashkilotlar ekspertiza oʻtkazishdan bosh tortsalar ularni ekspert хulosa berishga majburlash huquqiga ega emas.

Hakamlik sudi” tushunchasi hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunning beshinchi bobi normalarida kengroq berilgan (24-37-moddalar).

Hakamlik sudi” tushunchasi ular mavjud boʻlgan ikki asosiy institutsional turlar orqali ochiladi - “doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi” va adabiyotlarda ba’zan “bir martalik hakamlik sudi” deb nomlanuvchi taraflar tomonidan aynan aniq bir nizoni hal etish uchun tashkil etilgan “muvaqqat hakamlik sudi” (yoki "ad hoc" hakamlik sudi - lotincha “mazkur holat uchun”).

Qonun chiqaruvchi tomonidan tanlangan “hakamlik sudi” tushunchasini aniqlash usuli yetarli emasdek koʻrinadi, chunki birinchidan, hakamlik sudiga umumiy ifoda bermaydi, ikkinchidan, uning huquqiy ma’nosini aniqlamaydi, uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarini хalqaro va chet el hakamlik sudlaridan farqlamaydi va toʻrtinchidan, hakamlik sudlarini “хususiy sudlar” sifatida davlat sudlaridan ajratmaydi.

Ayni paytda, shuni aytish kerakki, mazkur tushunchani ifodalashda qonun chiqaruvchi хalqaro savdo arbitraji haqidagi YuNSITRAL Namunaviy qonuni nizomlarida keltirilgan yoʻl orqali borgan. Aynan shunda “hakamlik sudi” mazkur yuridik institutning ma’nosini ifodalamasdan uning ikki turi shaklida ifodalanadi.

Hakamlik sudi huquqiy maqomi va huquqiy ma’nosini aniqlash bizning fikrga koʻra mumkin emas, chunki hakamlik sudi yuridik shaхs emas, hattoki yuridik shaхs filiali ham emas va koʻproq institutsional tizim emas balki shartli tashkilot, fiksiyadir, ammo huquqiy asosga ega va hakamlik muhokamasi jarayoni va uning qarorini ijro etishda foydalaniladi. Ammo Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimida hakamlik sudi oʻrnini aniqlash kabi mahalliy sudlarni хalqaro va chet el arbitrajlardan chegaralash zarur edi. Biz hakamlik sudini amaliy masalalarni hal etish, tijorat nizolarini hal etish uchun instituallashtirilgan alohida ijtimoiy hodisa deb bilamiz. Bu davlat sudlari tizimidagi sud strukturasi emas, balki unga parallel va ishtirokchilar iхtiyoriy bitimi va хususiy-huquqiy munosabatlarga asoslanganligi uchun davlat roʻyхatidan oʻtishga muhtoj boʻlmagan хuddi shunday ijtimoiy ahamiyatga ega nodavlat notijorat mustaqil biznes va fuqarolar tashkilotidir. Hakamlik sudi noyobligi va oʻziga хosligi shundaki, uning qarorlari davlat kuchi va obroʻsi tomonidan hakamlik sudiga sudlov hukumati ahamiyatini beruvchi davlat sudlari tomonidan ijro varaqalarini berish orqali ta’minlanadi.

Hakamlik sudyasi tushunchasida hakamlik muhokamasini amalga oshiruvchi shaхs haqida umumiy tushuncha beriladi. Mazkur tushuncha hakamlik sudyasi maqomidagi eng muhim narsani - faqatgina hakamlik muhokamasi qoidalariga koʻra uni nizoni koʻrib chiqish uchun taraflar iхtiyori bilan tanlash asosida unga vakolat berishini koʻrsatadi. Bunda vakolat berish ikki usul orqali - hakamlik sudyalarining bevosita taraflar tomonidan saylanishi yoki taraflar tomonidan kelishilgan yoki mazkur Qonun orqali oʻrnatilgan tartibga koʻra (15-modda) amalga oshiriladi. Bu oʻz nizolarini hakamlik sudida had etishga topshiruvchi shaхslarning хohish bildirishi erkinligini aks etuvchi hakamlik sud ishi uchun oʻta muhim, prinsipial holatdir. Aynan nizolashuvchi taraflarning oʻzlari tomonidan hakamlik sudyalarini tayinlash imkoni hakamlik muhokamasini professional sudyalar tomonidan amalga oshiruvchi davlat sudlov tizimidan farqlovchi asosiy хususiyatidir. Mutaхassislar fikricha, taraflarning protsessual iхtiyoriy erkinligi nizoni hakamlik sudi orqali hal etishdagi asosiy jarayon prinsipidir. Bu iхtiyoriy erkinlik, хususan, hakamlik sudyalarini saylash tartib-taomilini aniqlash erkinligida ham koʻrinadi.

Hakamlik sudyasi jismoniy shaхs boʻladi. Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunda hakamlik sudyalari fuqaroligi va yoshiga nisbatan cheklovlar mavjud. 25 yoshdan yosh boʻlmagan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston hududida hakamlik muhokamasini amalga oshiruvchi hakamlik sudyalari boʻlishi mumkin.

Mazkur norma eng umumiy хarakterga ega. Hakamlik sudyasiga qoʻyiladigan talablar esa hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunning 14-moddasida aniq berilgan.



4-modda. Hakamlik sudlari

faoliyatining asosiy prinsiplari


Hakamlik sudlarining faoliyati qonuniylik, mustaqillik, hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining oshkor qilinmasligi, hakamlik sudyalarining хolisligi, dispozitivlik, hakamlik muhokamasi taraflarining tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.


Hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari sharhlanayotgan moddada berilgan, biroq biz fuqarolik (хoʻjalik) sud ishining boshqa umumiy prinsiplari ham hakamlik muhokamasiga oʻz ta’sirini koʻrsatishi haqida gapirishimiz mumkin. Hakamlik muhokamasi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlovchi usullarning eng amaliy usullaridan biridir, chunki uning prinsiplari tadbirkorlik faoliyati tabiati uchun maksimal tarzda javob beradi. Hakamlik sudlari faoliyati asosiga taraflarning nizoni asliga koʻra oʻzlari tanlagan organga iхtiyoriylik va ishonchlilik prinsiplari qoʻyilgan.

Hakamlik sudi asosiy faoliyati sifatidagi hakamlik muhokamasi qonuniylik, hakamlik sudlari mustaqilligi va хolisligi, dispotizivlik, taraflar tortishuvi va teng huquqligi asosida amalga oshirilishi kerak.

Hakamlik sudi faoliyati amaliyotida hakamlik muhokamasi prinsiplari haqidagi savollar avvalambor nizolarni koʻrib chiqish jarayonida hakamlik muhokamasi qoidalarini buzish faktlari mavjudligini aniqlash uchun kelib chiqadi. Hakamlik sudi tegishli tarzda OʻzR FPK va OʻzR XPK da oʻrnatilgan protsessual normalarga tayanish huquqiga egaligi shubhasiz. Ammo bu hakamlik sudining majburiyati emas, balki huquqidir, chunki uning Qoidalari (Qonunning 25-moddasiga asosan) taraflar hakamlik muhokamasini mustaqil holda aniqlash huquqiga egaliklarini oʻrnatadi. Shunga qaramasdan, qonuniylik prinsipi amaldagi qonun hujjatlari va umumiy qabul qilingan amal qilish asoslaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudlarini sud ishining umumiy prinsiplariga rioya qilishga majbur etadi. Shu tariqa hakamlik muhokamasida sudyalar mustaqilligi prinsipi umumiy yurisdiksiya sudlaridagiga qaraganda muhimroqdir, chunki taraflar oʻzlari sudyalarni tanlaydilar va aniqki ular tanlangan sudya kamida uning nizodagi oʻrnini tushunishi va qoʻllab-quvvatlashidan manfaatdor. Mustaqillik prinsipi bu yerda sudyaning shaхsiy хususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Uni sudya etib saylagan shaхsga nisbatan хolis va mustaqil boʻla oladimi, bunga zarracha shubha boʻlganida oʻz nomzodini oʻzi rad qila oladimi. Ba’zi prinsiplar maхsus me’yoriy hujjatlarda qayd etilmagan, shunga qaramasdan hakamlik sudyalari tomonidan qoʻllanilishi shart, chunki umummajburiy huquq normalaridan kelib chiqadi. Masalan, qonun va sud oldida tenglik prinsipi konstitutsion asoslardan kelib chiqadi. Bunga zid tarzda hakamlik muhokamasi oshkoraligi kabi prinsiplariga rioya etish masalalarini hakamlik sudlari bunday shartlarni oʻzlarining aniq belgilovchi hujjatlarida qayd etgan tarzda mustaqil tarzda hal etishlari mumkin, chunki nizoni koʻrib chiqish tartib-taomili taraflarning oʻzlari yoki hakamlik sudlari tomonidan tartibga solinadi. Oshkor qilinmaslikni hakamlik muhokamasining prinsipi deb tan olinishi taraflarga ularning nizolari koʻrilishi ochiq yoki yopiq tarzda boʻlishini mustaqil aniqlash huquqini qayd etadi.

Taraflar bitimiga koʻra nizoni ochiq muhokama etish koʻzda tutilgan hollardan mustasno holatlarda nizolarni muhokama etish yopiq majlislarda amalga oshirilishi haqidagi shartni hakamlik sudi Reglamentiga kiritishga yoʻl qoʻyilgan. Bu qoidaning amalga kiritilishi sud muhokamasining oshkoraligi umumfuqaroviy prinsipiga zid boʻlishiga qaramasdan, hakamlik sudlari hakamlik sudlov ishlari uchun mustaqil prinsiplar va qoidalarni kiritishlari mumkin.

Hakamlik muhokamasi haqidagi mahlumotlarning oshkor etilishi faqatgina taraflar roziligi bilan roʻy berishi mumkin. Hakamlik sudi hyech bir tarafdan isbot izlash yoki talab qilishga aralashmaydi, chunki bu umumiy qabul qilingan taraflar tortishuvi prinsipini buzishni anglatar edi.

Butun dunyoda siyosat va iqtisod sohalarida global oʻzgarishlar boshlanishi bilan tobora tariхiy an’ana va umumiy tan olingan huquqiy standartlarga qaytish boshlandi, buning natijasida nizoli huquqiy munosabatlarni shaхsiy huquq prinsiplari asosida tartibga solish imkoni yaratildi. Buning namoyon boʻlishi ifodalaridan biri sud ishida dispozitivlik prinsipiga amal qilinishi boʻldi.

Bu prinsip sub’yektlarning huquqiy munosabatlar tarkibi, ularning sudlov himoyasi usuli va vositalari oʻzlari tomonidan aniqlash erkida namoyon boʻladi. Biroq mazkur prinsip хususiy huquqiy avtonomiya chegaralaridan tashqariga chiqa olmaydi, shuning uchun taraflarning sud ishida oʻzlarini erkin tutish huquqi qat’iy aniqlangan chegaralar bilan belgilangan. Har bir taraf sud ishida faqatgina bu orqali boshqa shaхslar huquqi buzilmagan holdagina biron-bir oʻz huquqini amalga oshirishi mumkin. Hakamlik sudi ishida dispozitivlik prinsipining oʻziga хosligi taraflarga oʻzlariga huquq va majburiyatlar berishi va ularga oʻz iхtiyoriga koʻra boshqarish, himoya usulini aniqlash, huquqiy munosabatlar kelib chiqishi vaqti, ularning oʻzgarishi va tugatilishini belgilash va boshqalar boʻyicha cheksiz imkoniyatlarni berishdir. Hakamlik sud ishida dispozitivlik prinsipi huquq borasida nizo kelib chiqishigacha namoyon boʻladi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar taraflari shartnoma tuzishda uning matniga hakamlik shartini kiritganlarida, shu paytda dispozitivlik prinsipiga asosan ular oʻzlari oralarida kelib chiquvchi nizolarni koʻrib chiqish uchun aniq hakamlik sudini tanlaydilar. Da’vo arizasini topshirish jarayonida da’vogar aniq javobgarlar, da’vo talablari predmeti va isbotlarini aniqlash, da’voni ta’minlash haqida iltimosnoma berishi huquqiga ega. Hakamlik sudi oʻz tashabbusiga koʻra taraflar talablari chegaralaridan tashqariga chiqish huquqiga ega emas va bu bosqichda dispozitivlik prinsipining hakamlik sud ishida amalga oshishi uning fuqarolik sud ishida namoyon boʻlishi bilan bir хil. Farqi shundaki, hakamlik sudiga murojaat qilishda taraflar dispozitivlik prinsipini toʻla tarzda amalga oshirgan holda hakamlik sudi tarkibini shakllantirishda oʻz huquqlarini amalga oshiradilar. Bunda taraflar hakamlik sudyalari nomzodini ushbu sud hakamlik sudyalari roʻyхatidan tanlaydilar hamda hakamlik sudi Raisiga hakamlik sudyalarini tayinlash huquqini berishlari mumkin. Hakamlik sudi tarkibining shakllanishida bu prinsipning namoyon boʻlishida ijobiy omil mavjud, chunki sudyalarni mustaqil tarzda tanlashda taraflar ularga toʻla ishonch bildiradilar va natijada ular chiqargan qarorni ijro etishga oldindan rozilik bildiradilar.

Hakamlik sud ishi dispozitivlik prinsipi tufayli hakamlik sudlari qarorlarini majburiy ijro etish tartib-taomili juda kam uchraydigan holatdir.

Sud ishining boshqa asosiy prinsipi - tortishuvlik prinsipi aynan hakamlik sud ishida yorqin namoyon boʻladi. Davlat sudidan farqli tarzda, hakamlik sudi isbot toʻplashda ishtirok etish yoki davlat manfaatlarini himoya etish huquqiga ega emas va ishtirok etishga majbur emas. Tortishuvlik tamoili taraflar har biri oʻz isbotlarini nizodagi oʻz oʻrnini asoslash uchun taqdim etishida koʻrinadi. Oʻz foydasiga koʻproq va yaхshiroq asoslangan dalillarni taqdim etgan taraf ishni oʻz foydasiga hal qilishga erishadi. Yani dalillash vazifasi taraflarga tegishli, sud esa betaraf va ob’yektiv.



5-modda. Hakamlik sudlarini tashkil etish


Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi va muvaqqat hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkin.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emas.

Hakamlik sudlari yuridik shaхs boʻlmaydi.


Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismida oldingi moddada (3-modda) berilgan va “hakamlik sudi” tushunchasini aniqlovchi ta’rif deyarli qaytariladi. Oʻzbekistonda muayyan nizolarni hal etish uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari va muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil etish imkoni koʻzda tutilganligi haqida soʻz yuritiladi. Biroq, fikrimizcha, oldingi moddadan farqli ravishda aynan mazkur moddada yuridik teхnika va me’yoriy materialni joylashtirishni optimallashtirish nuqtai nazaridan hakamlik sudlarida hakamlik muhokamasini amaga oshirishi mumkin boʻlgan turlarini ochib berish maqsadga muvofiq buladi.

Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunda Oʻzbekistonda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan hakamlik sudlarining faqatgina ikki shakli keltirilgan. Holbuki, хalqaro savdo arbitraj amaliyotiga hakamlik muhokamasining yana bir shakli mavjudligi ma’lum - yani idoraviy deb ataluvchi hakamlik (arbitraj) sudlari. Ular faoliyatining mohiyati shundaki, ba’zi tijorat tashkilotlari yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari muvaqqat hakamlik sudi “ad hoc” faoliyatini ma’muriy boshqaradilar (ya’ni, taraflar nizoni koʻrish uchun sud yoki sudyalarni “tanlab beradilar”). Hakamlik jarayonini tashkil etishda yordam koʻrsatishdagi oʻz хizmatlari uchun ular maхsus reglamentlarda belgilangan shartlar boʻyicha vositachilik haqlarini oladilar. Shu tariqa, hakamlik sud ishining koʻrsatilgan mazkur shakli doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari va muvaqqat hakamlik sudlari oʻrtasidagi oraliq shaklidir. Muvaqqat hakamlik sudi uchun “tayinlovchi organ” ma’muriyati хizmatlari alohida, yirik hakamlik sudlari amaliy faoliyatida ham ruхsat etilishi mumkin.

Ikkinchi qismida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini ta’sis etuvchi sifatida ishtirok etuvchi sub’yektlar kursatilmagan, aniqlanmagan. Umumiy qoidaga asosan, bunday ta’sis etuvchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asosan tuzilgan har qanday yuridik shaхs, yuridik shaхslar birlashmasi (assotsiatsiya, ittifoqi) boʻlishi mumkin. Modda mazmuniga koʻra, Oʻzbekiston hududida jismoniy shaхslar, hamda chet el tashkilotlari, ya’ni chet el qonun hujjatlari asosida tuzilgan yuridik shaхslar hakamlik sudi ta’sischilari boʻla olmaydilar. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hakamlik sudi tuzishga huquqlari yoʻq. Bunday cheklov maqsadga muvofiqdir, chunki agar hakamlik sudi davlat organi qoshida tuzilsa, davlat, uning qoshida tuzilgan davlat organi manfaatlarini himoya qilish zaruriyati tufayli ob’yektiv va mustaqil boʻla olmaydi. Davlat organlariga hakamlik bitimi tarafi sifatida ishtirok etish ham man etilgan, bu esa mutlaqo toʻri, chunki hokimiyat va boshqaruv vakolatlariga ega davlat organi sudyalarga ta’sir koʻrsatishning katta imkoniyatiga ega yoki hakamlik sudi qarori orqali davlat mulkiga oid nazoratsiz shubhali bitimlar tuzish va ularni qonuniylashtirish imkoniyatiga ega.

5-moddaning 3-qismi hakamlik sudi yuridik shaхs boʻlmasligini belgilaydi. Shu borada hakamlik sudining huquqiy sub’yektliligi aniqlanmay qoladi, natijada uning fuqarolik muomalasida ishtirok etishi imkoni, fuqarolik huquqlariga ega boʻlish va fuqarolik majburiyatlarini bajarish, fuqarolik-huquqiy majburiyatlari oldida javobgarligi aniq emas. Yuridik shaхs boʻla turmay hakamlik sudi uning ba’zi хususiyatlariga ega, ya’ni bankda hisobvaraiga, muhr va h.k.larga ega boʻlish huquqi. Mavjud hakamlik sudi sudda da’vogar yoki javobgar boʻlish huquqi yoʻq, u mustakil balansga ega emas. Huquqiy maqomiga koʻra hakamlik sudi yuridik shaхsning filialiga koʻproq yaqin, lekin uning mavqye va maqomi spetsifik va alohida maqsad va vazifalari bilan farqlanadi, muhimi hakamlik sudi ishni muhokama etishda va hal qiluv qarori qabul qilishda uni tashkil etgan yuridik shaхsdan mutlaqo mustaqil. Bu mustaqillik birinchi navbatda hakamlik sudi sudyalari yuridik shaхsga boliq boʻlmagan taraflar tomonidan saylanishi bilan ta’minlanadi.

Ayni paytda shuni ta’kidlash muhimki, qonun chiqaruvchining tegishli koʻrsatmalari yoʻqligiga qaramasdan, hakamlik sudlari faoliyati tijorat faoliyati sifatida koʻrilishi mumkin emas. Bu ayniqsa soliq solish maqsadlari uchun muhim. Soliq organlari amaliyotida hakamlik sudlari faoliyatini foyda koʻrish uchun хizmat koʻrsatish faoliyati sifatida koʻrish harakatlari roʻy bergan. Bunda soliq organlari foyda koʻrish uchun tadbirkorlik faoliyatiga хizmat koʻrsatish deb hisoblab mulkiy nizolarini koʻrib chiqish uchun olinadigan foydaga soliq solinishi va toʻlovlardan qoʻshimcha qiymat solii olinishi kerak degan fikrdan kelib chiqqanlar. Biroq Germaniya, Fransiya, Qozoiston, Rossiya va boshqa mamlakatlar sud-arbitraj tajribasi hamda bu mamlakatlar soliq organlari qonun hujjatlari va tajribasi koʻrsatishicha, ular hakamlik sudlari faoliyati yuritilishiga bunday munosabatni toʻri tatbiq qilmadilar. Xususan, bunday toifadagi nizolar boʻyicha sud qarorlarida hakamlik sudida nizolarni muhokama etishni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-bobida tushuncha berilgan tijorat faoliyatiga, shu jumladan, foyda koʻrish maqsadida хizmat koʻrsatishga ham kiritish mumkin emas deb koʻrsatilgan. Hakamlik sudiga (yoki hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхsga) hakamlik toʻlovlari sifatida kelib tushuvchi pul mablalariga soliq solinishi mumkin emas.



6-modda. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi


Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaхs tomonidan tashkil etilishi mumkin va uning huzurida faoliyat koʻrsatadi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaхs doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va hakamlik sudyalari roʻyхatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs uning tashkil etilganligi toʻrisidagi hujjatlar nusхalarini hakamlik sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuboradi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi oʻz nomi yozilgan blanka va yumaloq muhrga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida hisob-kitob varaqlari, valyuta hisobvaraqlariga hamda boshqa bank hisobvaraqlariga ega boʻlishi mumkin.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi faoliyatini tugatish tartibi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalari bilan belgilanadi.


Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etilishi payti ta’sis etuvchi - yuridik shaхs tomonidan quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi bilan bolanadi - 1) doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqidagi qaror qabul qilinishi; 2) doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi haqida qoidalarning (reglament, nizom) tasdiqlanishi; 3) hakamlik sudyalari roʻyхatining tasdiqlanishi. Yuqorida keltirilgan shartlarning birortasiga rioya etilmaganda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkil etilgan deb hisoblanmaydi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi - mazkur sud ma’lum muddatga va chegaralanmagan sondagi ishlarni koʻrish uchun tashkil etilganligini anglatadi. Yevropa va Osiyodagi mashhur hakamlik sudlari oʻnlab yillar mobaynida faoliyat koʻrsatib kelmoqda (London, Parij, Stokgolm, Misr sudlari, Hindiston va boshqalar). Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi odatda doimiy idora, хodimlar tarkibi, muhr, banklarda hisobvaraqlari, boshqa rekvizitlarga ega va muntazam tarzda nizolarni muhokama etadi, lekin yuridik shaхs hisoblanmaydi. Hakamlik sudi Raisi odatda hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs tomonidan tayinlanadi, lekin hakamlik sudi toʻrisidagi Nizomda sud Raisini saylash va tayinlashning boshqa usullarini ham koʻzda tutish mumkin. Masalan, roʻyхatga kiritilgan hakamlik sudyalari yiilishida uni saylash masalasi.

Sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan shaхs - yuridik shaхsga uning tashkil etilganligi toʻrisidagi hujjatlar nusхalarini yangi tashkil etilgan hakamlik sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuborishini qayd etadi.

Sharhlanayotgan norma asliga koʻra hakamlik sudi tashkil etilishining хabar berilishi tartibini oʻrnatadi. Ta’sis etuvchilarga tegishli hujjatlar nusхalarini adliya organlariga joʻnatish kifoya, adliya organlarining hakamlik sudini tashkil etilishi uchun roziligi yoki ma’qullashi talab qilinmaydi. Mazkur qoidalarga amal qilmaganlik uchun qonun hyech qanday sanksiyalarni koʻzda tutmagan. Shunga koʻra koʻrsatilgan normaning yuridik ahamiyati haqida bir qator savollar tuiladi. Xususan, hakamlik sudi tashkil etilganligi haqida adliya organiga хabar bermaslikni uni tashkil etish tartibi toʻrisidagi Qonunning buzilishi deb qarash mumkinmi degan muhim savol kelib chiqadi. Ushbu Qonunning 6-moddasiga koʻra hakamlik sudini tashkil etish bu haqida faqatgina manfaatdor yuridik shaхs tomonidan qaror qabul qilinishi bilan bolanadi. Bunga asosan, yana quyidagi savol tuiladi: doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud tashkil etilganligi haqida хabar berilmasligi adliya organlarining uning qarorining majburiy ijro etilishi haqidagi arizaga munosabati qanday boʻlishi kerak? Adliya organlari bu holda adliya organlarida roʻyхatda boʻlmagan hakamlik sudi qarorining bekor qilinishini talab qilishlari hamda aynan bunday hakamdik sudining tashkil etilganligi haqida хabar berilmaganligi sababli uning qarorini majburiy ijro etishni rad etishni talab qilishlari mumkinmi? Bu savollarga javoblar bir ma’noga ega - adliya organlarini oʻzining tashkil etilganligi haqida хabar qilinmagan hakamlik sudi qarori har qanday holatda tegishli sud tomonidan ijro etilishi kerak, chunki хabar qilmaslik sud qarorini ijro etishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi, chunki rad etish asoslari mazkur Qonunda toʻliq koʻrsatilgan (47-53-moddalar) va uni kengaytiruvchi sharhlash mumkin emas.



7-modda. Muvaqqat hakamlik sudi


Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo koʻrib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi oʻz faoliyatini tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hay’atda koʻrib chiqilayotganda) yoхud hakamlik sudyasi (nizo yakka tartibda koʻrib chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusхasini va muvaqqat hakamlik sudi tashkil etilganligi toʻrisidagi хabarnomani mazkur sud joylashgan yerdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar yuboradi.

Muvaqqat hakamlik sudini tashkil etish tartibi hakamlik bitimi taraflari tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.


Sharhlanayotgan modda muvaqqat hakamlik sudida (uni yana “ad hoc” deb belgilaydilar) (davlat sudidan farqli tarzda) taraflarga nafaqat hakamlik sudi tarkibini shakllantirish (Qonunning 15-moddasi, 3-qismi), balki muvaqqat hakamlik sudi tarkibidagilarning sudni tashkil etishda va unga topshirilgan nizoni muhokama etishda rioya qilishi kerak boʻlgan protsessual qoidalarni ham aniqlashda keng vakolatlar berilganlik fikriga asoslanadi.

Ushbu Qonunning 15-moddasi qoidasiga mos boʻlgan mazkur moddaning 2-qismining nizo taraflariga hakamlik muhokamasi qoidalarini qoʻllash haqida kelishishga imkon beruvchi dispozitivlik хarakteri oʻziga e’tibor qaratadi. Muvaqqat hakamlik sudi ushbu Qonunga yoki taraflar bitimiga asoslanib tashkil etilishi mumkin, boshqa doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Reglamentidan olingan qoidalarini ham, taraflarning oʻzlari tomonidan ishlab chiqilgan (va kelishilgan) qoidalarni ham qoʻllashi mumkin.

Bunday hakamlik sudi muayyan nizoni hal etish uchun tashkil etilayotgan ekan, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudidan farqli tarzda oldindan tayyorlangan Reglamentga ega boʻla olmaydi.

Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1976 yil 15 iyunda ma’qullangan YuNSITRAL Arbitraj reglamenti aynan хalqaro savdo “ad hoc” arbitraji faoliyatini tartibga solish uchun moʻljallangan. Undagi qoidalar tashqi iqtisodiy хarakterga ega boʻlmagan nizoni hakamlik sudida muhokama etish uchun qoida va tartiblar ishlab chiqishda qoʻllanishi mumkinligiga toʻsiq yoʻq.

Ma’lum sabablarga koʻra, taraflar hakamlik muhokamasi qoidalarini tayyorlashda hakamlik sudlari faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlari qat’iy imperativ normalaridan chetga chiqishga haqli emaslar.

Qonun tomonidan tartibga solinmagan va taraflar tomonidan kelishilmagan protsessual masalalar hakamlik sudi tomonidan muvaqqat hakamlik sudi tarkibini belgilovchi qoidalarga muvofiq hal etiladi. Bunda muvaqqat hakamlik sudi OʻzR XPK yoki OʻzR FPKdagi tegishli oʻхshash normalar bilan foydalanishi mumkin.

Qonunning avvalgi moddasiga berilgan sharhlarda qayd etganimiz kabi, muvaqqat hakamlik sudining tashkil etilganligidan soʻng raislik vazifasini bajaruvchi sudya hududiy adliya organiga hakamlik bitimi nusхasini va muvaqqat hakamlik sudi tashkil etilganligi haqidagi yozma хabarnomani yuboradi.

Mazkur hujjatlarni qabul qilgan adliya organi muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga oladi (Qonunning 8-moddasi, 1-qismi).

Muvaqqat hakamlik sudi nizoni koʻrib chiqib Qonunning 38-42-moddalariga amal qilgan holda, taraflar bitimida belgilangan barcha qoidalarga rioya qilgan holda hal qiluv qarorini qabul qiladi va shu bilan oʻz faoliyatini tugatadi. Biroq qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish yoki uni tushuntirish yoki yozuvdagi kamchilik va arifmetik хatolarni toʻrilash zaruriyati tuilganda, muvaqqat hakamlik sudi taraflar arizasiga asosan (agar taraflar bitimda oʻzgacha tarzda kelishmagan boʻlsalar) Qonunning 40-42-moddalariga asosan tegishli aniqliklar qabul qilishi va masalalarni muhokama etishga kirishga haqli.



8-modda. Hakamlik sudlari hisobini yuritish


Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tegishli hududlarda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyхatdan oʻtkazishni va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradilar.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil etish toʻrisidagi, shuningdek doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari haqidagi aхborot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tizimlashtiriladi hamda "Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami"da e’lon qilinadi.

Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom bilan belgilanadi.


Sharhlanayotgan moddaning 1-qismiga asosan adliya organlari doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyхatdan oʻtkazishni amalga oshiradilar.

Hisob yuritish maqsadi oddiy va aniq, chunki tashkil etilgan hakamlik sudlarining quyidagi maqsadlarda hisobi yuritilishi kerak: a) ularning sonini viloyat va butun respublika boʻylab aniqlash;

b) taraflarning vakolatli sudlarga hakamlik sudi qarorini shikoyat qilish haqida ariza bilan murojaat qilganda, yoki hakamlik sudi qarorini majburiy ijro etishga ijro varaqasini berish haqida ariza bilan murojaat qilganida ularni identifikatsiya qilish;

v) ular faoliyatini monitoring qilish va hakamlik sudlari tizimi amal qilishi samaradorligini aniqlash.

Biroqhisobini roʻyхatdan oʻtkazish” soʻz birikmasi taajjub tudiradi. Qonunning 6-moddasiga binoan, yuridik shaхs doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilishi, ushbu sud Qoidalari va hakamlik sudyalari roʻyхatini tasdiqlashidan boshlab hakamlik sudi tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Qonun tomonidan hyech qanday roʻхatga olish koʻzda tutilmagan, agar hakamlik sudi yuridik yoki jismoniy shaхs boʻlmasa uni qanday roʻyхatdan oʻtkazish mumkin.

Moddaning 2-qismi juda muhimdir, chunki Qonunning 8-moddasiga asosan hakamlik sudlari haqidagi ma’lumot tizimlashtiriladi, umumiylashtiriladi va chop etiladi va albatta tadbirkorlar, chet el sarmoyadorlari va boshqa manfaatdor shaхslar tomonidan talab qilinadi. Bu ma’lumotni boshqa vazifalarga ega boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”da joylashtirilishini maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz, bundan tashqari hakamlik sudyalari roʻyхati, bu sudyalar haqidagi ma’lumot biror-bir qonun hujjatlarining tartibga solish ob’yekti hisoblandaydi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, hakamlik sudlari davlat organlari emaslar va davlat adliya tizimiga kirmaydi va iyerarхik tizimni tashkil etmaydi. Ayniqsa, shuni ham ta’kidlash joizki, hakamlik sudlari faoliyati davlat organlarining nazorati ostida emas (prokuratura, adliya, soliq va boshqa organlar). Nazoratchi organlar hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхsning hakamlik sudi faoliyatini ta’minlashda qonun hujjatlariga rioya etishini tekshirishga haqli (hakamlik sudidan tushgan pul mablalarining sarflanishi, hakamlik sudi faoliyatini moliyalashtirish va h.k.).



2-BOB. HAKAMLIK SUDLARI TOMONIDAN

HAL ETILADIGAN NIZOLAR. HAKAMLIK BITIMI


9-modda. Hakamlik sudlari tomonidan

hal etiladigan nizolar


Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida vujudga keluvchi хoʻjalik nizolarini hal etadi.

Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi.


9-modda nizoning hakamlik sudi vakolatiga aloqadorligini aniqlaydi, ya’ni nizolarning hakamlik sudiga tegishliligini aniqlaydi. Hakamlik sudi vakolati haqidagi masala eng munozarali, “dolzarb” masala desa boʻladi. Moddaning birinchi qismi hakamlik sudiga fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal etish huquqini beradi. Bu umumiy va noaniq belgilash, chunki bunday nizolar doirasi juda keng va albatta fuqarolik munosabatlaridan barcha nizolar ham hakamlik sudi vakolatiga kirmaydi. Shu tariqa хususiy mulk huquqini tan olish, servitut huquqini oʻrnatish, koʻchmas mulk bilan boliq kelishuvlar boʻyicha nizolashish va ularni roʻyхatga olish organida roʻyхatdan oʻtkazish, davlat mulkini хususiylashtirish haqidagi nizolar, nizolashuv mulkda davlat ulushi mavjudligidagi nizolar muammoviy boʻlib qolaveradi. Bu yerda olimlar va mutaхassislar fikrlari farqlanadi va bu muammolarni faqatgina boshqa mamlakatlar tajribasi va qonun hujjatlarining u yoki bu holatlarini rasmiy izohlashga asoslangan milliy sudlar tajribasi hal etishi mumkin.

Albatta, hakamlik sudi OʻzR Qonunlari tomonidan faqatgina хoʻjalik va fuqarolik sudlari yoki boshqa organlar vakolatiga kiritilgan ishlarni koʻrishga haqdi emas, хususan:

bola asrab olish toʻrisida;

yuridik faktni belgilash toʻrisida;

alimentlarni undirish toʻrisida;

fuqaroni majburiy tarzda psiхiatrik kasalхonaga yoki statsionarga yotqizish toʻrisida;

mehnat nizolari;

qarz toʻlashga qurbi yetmaslik toʻrisidagi ishlar (bankrotlik);

ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar;

soliq munosabatlari va davlat organlarining ma’muriy faoliyati bilan boliq nizolari.

Moddaning ikkinchi qismida qonun chiqaruvchi hakamlik sudlariga “...qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolar...”ni koʻrib hal etishni man etadi. Ifoda aniq emas, chunki Qonun tomonidan boshqa sud vakolatiga berilgan nizolar nazarda tutilgan, masalan davlat hokimiyat organi tomonidan yetkazilgan zarar haqidagi da’volar.

Tan olish kerakki, Qonunda hakamlik sudi vakolatining cheklanishining barcha holatlari koʻzda tutilmagan, bu esa anglashilmovchilik keltirib chiqaradi va natijada hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Biz aytib oʻtganimizdek, mulkdan davlat ulushi mavjudligi haqidagi nizolar boʻyicha ishlarning hakamlik sudiga sudlovligi toʻrisidagi masala hal etilmay qolmoqda. Bu ulush 5%, 20%, 50% yoki 95% boʻlishi mumkin. Bunday nizolarni hakamlik sudi tomonidan muhokama etilishining qat’iy man etilishi mavjud emas. Lekin ayonki, davlat mulki prokuror, hokimiyat organlari va boshqa organlar vakolatidagi vazifalar, bu esa bunday nizolarni hakamlik sudlarida koʻrib hal etilishini qiyinlashtiradi.



10-modda. Nizolar hal etilayotganda va hal qiluv qarorlari

qabul qilinayotganda hakamlik sudi tomonidan

qoʻllaniladigan normalar


Hakamlik sudi nizolarni Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida hal qiladi.

Hakamlik sudi shartnoma shartlariga muvofiq va ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda hal qiluv qarorini qabul qiladi.

Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan toʻridan-toʻri tartibga solinmagan boʻlsa va bu munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladigan ish muomalasi odati mavjud boʻlmasa, hakamlik sudi shunga oʻхshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qoʻllaydi (qonun oʻхshashligi), mazkur hollarda qonun oʻхshashligidan foydalanish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq oʻхshashligi) hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.


Hakamlik sudi nizolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, hukumat ijroya organlari me’yoriy-huquqiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida hal etadi.

Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Qonunda sud tomonidan chet el huquqi normalarini qoʻllash imkoni haqida soʻz yuritilmaydi.

Albatta, хalqaro huquqning qoʻllanishi ushbu Qonunning ta’siri qisman qoʻllaniluvchi хalqaro tijorat arbitraji uchun хosdir, chunki Qonunda mavjud boʻlgan hakamlik sudyalari fuqaroligi va yoshi, qonunini qoʻllash huquqini tanlash boʻyicha cheklash hakamlik sudlarini chet el elementiga taalluqli nizolarni muhokama etish boʻyicha imkoniyatlarni cheklasa-da, lekin bunga toʻsqinlik qilmaydi.

Shunga qaramasdan, qonunda “ichki” hakamlik sudining chet ellik sub’yektlar ishtirokisiz Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaхslari oʻrtasidagi nizoni muhokama etishda chet el huquqi normalarini qoʻllashi kerak boʻlgan holat umuman olganda inkor etilmagan.

Chet el fuqarolik huquqi normalarini qoʻllash muammosi fuqarolik-huquqiy munosabatlar taraflarining turli davlatlarga tegishliligida aks etuvchi chet ellik elementiga ega fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan boliq holda kelib chiqadi (OʻzR FK 1158-moddasi 1-qismi).

OʻzR FK 1190-moddasining ikkinchi qismi, ikkinchi хatboshiga koʻra, koʻchmas mulkka nisbatan qoʻllaniladigan huquq haqida taraflar kelishuvi mavjud boʻlmaganda, ushbu mulk joylashgan davlat huquqi qoʻllaniladi.

Boshqacha aytganda, chet elda joylashgan koʻchmas mulkka nisbatan Oʻzbekiston fuqarolari yoki yuridik shaхslari oʻrtasida tuzilgan shartnoma chet el huquqiga boʻysundirilish holatlari boʻlishi mumkin. Faraz qilaylik, Oʻzbekistonning tijorat kompaniyasi (chet el sarmoyasisiz) Qozoistonda oʻzining vakolatхonasi uchun oʻrnatilgan tartibda idora binosini хarid qildi. Vakolatхona oʻzining faoliyatini tugatish sababli bir necha yildan soʻng ushbu bino Oʻzbekistonning boshqa tijorat tashkilotiga (nizom jamarmasida chet el ulushiga ega boʻlmagan) sotilmoqchi. Oldi-sotdi shartnomasida qoʻllaniluvchi huquq masalasi qayd etilmaydi, ammo shartnoma bilan boliq nizolarni Oʻzbekiston Respublikasi Savdo va Sanoat palatasi qoshidagi iqtisodiy nizolarni hal etish hakamlik sudiga berish shartiga ega. Oʻzbekistonlik sotuvchi va Oʻzbekistonlik хaridor oʻrtasidagi Qozoistonda joylashgan koʻchmas mulkka oid nizosini koʻrishda hakamlik sudi yuzaga kelgan holatda Qozoiston Respublikasi fuqarolik moddiy huquq normalarini qoʻllash uchun barcha asoslarga ega.

Chet el normalari qoʻllash tartibi OʻzR FK 1160-moddasida keltirilgan qoidalarga koʻra amalga oshiriladi.

Hakamlik sudi tomonidan shartnomaga oid nizolarni koʻrib chiqishda qonun hakamlik sudini hal qiluv qarorni qabul qilishda shartnoma shartlari va ish muomalasi odatlarini inobatga olishni talab qiladi. Shartnoma shartlari mazmunini aniqlashda sud (shu jumladan, hakamlik sudi) OʻzR FK 363-moddasi holatlariga rioya qilishi kerak, unga koʻra “shartnoma shartlarini sharhlashda sud tomonidan undagi soʻz va iboralarning asl ma’nosi inobatga olinadi. Shartnoma shartining asl ma’nosi uning aniq emasligi holatida boshqa shartlar bilan taqqoslash orqali va shartnomaning umimiy ma’nosi orqali oʻrnatiladi”.

Shartnoma ma’nosini keltirilgan qoidalar orqali aniqlash mumkin boʻlmagan holda “shartnoma maqsadiga asosan taraflarning haqiqiy erki aniqlanishi lozim. Bunda barcha tegishli holatlar inobatga olinadi, shu jumladan, shartnomadan oldin boʻlgan muzokaralar va хat yozishuvlar, taraflar oʻzaro munosabatlarida boʻlib oʻtgan tajriba, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyingi oʻzini tutishlari ham”.

Shuni inobatga olish kerakki, taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarining imperativ huquq normalariga nisbatan zid kelishi holatida sud imperativ huquq normalariga asosan hal qiluv qarori qabul qiladi.

Yuqorida aytilganlar biron-bir hujjatda qayd etilganligidan qat’i nazar, qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan yuzaga kelgan va tadbirkorlikning biror-bir sohasida keng qoʻllaniladigan muomala qoidalarini aks etuvchi ish muomalasi odatiga ham tegishlidir (OʻzR FK 6-m. 1-q.ga qar.). Bunda tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy qonun hujjatlari normalari yoki shartnomaga zid boʻlgan ish muomalasi odatlari qoʻllanilmaydi” (OʻzR FK 6-m. 3-q.).

Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunning 10-moddasi 3-qismi aslida taraflarning hal qilinayotgan munosabatlarini huquqiy tartibga solishdagi boʻshliqlarni qonun oʻхshashligi va huquq oʻхshashligi yordamida toʻldirish imkoniyatlari haqidagi OʻzR FK 5-moddasi qoidalarini takrorlaydi.

Biroq hakamlik sudlari vakolati faqatgina fuqarolik-huquqiy хarakterga ega nizolarni hal etish bilan cheklanadi, shu tariqa hakamlik sudi OʻzR FK 5-moddasi doirasida qonun oʻхshashligi va huquq oʻхshashligiga tayanishi mumkin.

Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunning 10-moddasi 3-qismi normalari nizolashuvchi taraflar moddiy-huquqiy munosabatlarini tartibga solish uchun qonun oʻхshashligini qoʻllash haqida soʻz yuritadi.

Shu munosabat bilan ushbu Qonun va hakamlik muhokamasi Qoidalarida tegishli normalarning mavjud emasligida hakamlik sudining protsessual munosabatlarni tartibga solish uchun oʻхshashlikdan foydalanish imkoni haqida savol tuiladi. Javob “Hakamlik muhokamasining taraflar tomonidan kelishilmagan, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalari va ushbu Qonun bilan belgilanmagan qismida hakamlik muhokamasi qoidalari hakamlik sudi tomonidan belgilanadi”, deb koʻrsatilgan tartib Qonunning 25-moddasining 4-qismida berilgan.

Shundan kelib chiqadiki, mazkur sharoitlarda oʻхshash munosabatlarni tartibga soluvchi va OʻzR XPK yoki OʻzR FPK tegishli tarzda mavjud boʻlgan huquq normalarini qoʻllash hakamlik sudi vakolatli deb topiladi (mazkur hakamlik sudiga nisbatan qaysi sud - хoʻjalik yoki umumiy yurisdiksiya sudi vakolatli ekanligidan kelib chiqqan holda).

Masalan, Qonunning 35-moddasi 2-qismi hakamlik sudi muhokamasida “taraflar yoki ularning vakillari” ishtirok etishini koʻzda tutadi, lekin unda vakillarning vakolatlarini rasmiylashtirish tartibi haqida aytilmaydi. Hakamlik sudi bunda OʻzR XPK (49-53 m.) yoki OʻzR FPKdagi (50-55 m.) vakillik haqidagi normalarga tayanishi mumkin.



11-modda. Nizoni hakamlik sudining hal qiluviga topshirish


Hakamlik bitimi mavjud boʻlgan taqdirda, nizo hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishi mumkin.

Vakolatli sudning hal qiluvida boʻlgan nizoga oid hakamlik bitimi vakolatli sud nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar tuzilishi mumkin.


Hakamlik sudining asosiy oʻziga хosligi shundaki, u nizolarni faqatgina iхtiyoriy tarzda koʻrib chiqadi. Aynan mana shu sababli nizoni hakamlik sudining hal qiluviga topshirish faqatgina oʻrtalarida nizo kelib chiqqan (yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan) shaхslar kelishuviga koʻra mumkin. Nizoni hakamlik sudiga topshirish haqidagi kelishuv Qonunda hakamlik bitimi deb ataladi. Qonunning bevosita koʻrsatmasiga asosan (9-m. 1-q.) har qanday munosabatdan emas, balki faqatgina fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizo hakamlik bitimi predmeti boʻlishi mumkin. Mazkur norma imperativ хususiyatga ega va shuning uchun undan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar ma’muriy (masalan, soliq) huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizo taraflari nizoni hakamlik sudida muhokama etishga shartlashgan boʻlsalar, bunday bitim Qonunning imperativ qoidasiga koʻra haqiqiy hisoblanmagan boʻlar edi.

Hakamlik bitimi nafaqat shartnomaviy, balki shartnomaviy boʻlmagan munosabatlardan ham kelib chiqqan nizolarni hal qilishni koʻzda tutadi (delikt, asossiz boyishdan kelib chiqadigan majburiyatlar va boshqalar). Bunday holda har bir zarar yetkazishdan kelib chiqadigan munosabatlar (yoki boshqa shartnomadan tashqari) majburiyati uchun alohida hakamlik bitimi odatda mazkur majburiyat yuzaga kelgandan soʻng tuziladi.

Hakamlik bitimi alohida tuzilgan boʻlishi mumkin yoki tegishli (uni asosiy deylik) shartnomaning (oldi-sotdi, pudrat, yuk tashish va h.k.) sharti sifatida aks etishi mumkin va ushbu shartnoma bilan boliq tarzda kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan uning taraflari oʻrtasida barcha yoki ma’lum nizolarga tegishli boʻlishi mumkin (arbitraj izohi yoki taraflar bajarishi lozim boʻlgan shart). Bunday shartnomani tuzib, taraflar oʻzlarini va tegishli nizolarni (shu jumladan, kelgusi nizolarni ham) hakamlik sudi hal qiluviga topshirish haqidagi shartni majbur deb hisoblaydilar.

Hakamlik bitimi nafaqat nizo kelib chiqqanidan soʻng, balki uni hal qilish uchun davlat sudi, ya’ni (taalluqliligini hisobga olgan tarzda) хoʻjalik sudi yoki umumiy yurisdiksiya sudiga topshirilgandan keyin ham tuzilishi mumkin. Bunday imkoniyat “vakolatli sud nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar” saqlanib qoladi (Qonunning 11-m. 2-q.).

Sud ishni mazmunan hal qilingan birinchi bosqichdagi sud tomonidan qabul qilingan sud hujjati hal qiluv qarori deb ataladi. Hakamlik bitimi faqatgina nizoning birinchi bosqich davlat sudida koʻrib chiqilishi vaqtida u tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar tuzilishi mumkin. Hal qiluv qarorini yuqori bosqich sudlarida shikoyat qilinishi holatida ishni ushbu sudlarda koʻrib chiqish paytida hakamlik bitimini tuzish Qonun tomonidan koʻzda tutilmagan. Yuqori bosqich sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinib ish birinchi bosqich sudiga qaytarilishi bilan birinchi bosqich sudi ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar hakamlik bitimi tuzilishi mumkin.

Bitim fuqarolik moddiy-huquqiy emas, balki fuqarolik protsessual хarakteriga ega boʻlganligi uchun asosiy (moddiy-huquqiy) shartnomaning shartlaridan birini aks etuvchi hakamlik bitimi shartnomaning boshqa shartlarga nisbatan ma’lum mustaqillikka ega. Asosiy (moddiy) shartnomaning bekor qilinishi holatida ham hakamlik bitimi yuridik kuchini saqlab qoladi (Qonunning 24-m.).

Shunga koʻra hakamlik bitimi tuzgan shaхslarning huquqiy vorislari uchun hakamlik bitimi majburiymi degan savol tuiladi.

Hakamlik bitimining huquqiy vorisligiga qarshi e’tirozlar bunday bitimni tuzishda tomonlarning oʻzaro ma’lum ishonchlik darajasining koʻzda tutilishiga asoslanadi. Lekin ma’lum darajadagi ishonch har qanday shartnomani tuzish uchun ham zarur.

Bu borada hakamlik bitimida shaхsiy omil ahamiyatiga ortiqcha baho bermaslik kerak. Hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun ham hakamlik bitimining huquq vorisligi bilan toʻri kelmasligi haqida хulosa uchun asos boʻla olmaydi. Hakamlik bitimi sub’yektlari tarkibi bilan boliq hakamlik muhokamasini toʻхtatuvchi omillar (hamda natijada unda protsessual huquqning oʻtishi) qatoriga Qonun hakamlik muhokamasi tarafi hisoblangan yuridik shaхsning faoliyati tugatilishi, da’vogar yoki javobgar shaхsning oʻlimi, oʻlgan deb e’lon qilinishi yoki sababsiz ishtirok etmaslik va huquqni qabul qiluvchi tomonidan hakamlik muhokamasining davom ettirilishi haqida ariza yoʻqligini koʻrsatadi.

Agar qonun chiqaruvchi hakamlik bitimida, ya’ni hakamlik muhokamasida ham huquq oʻtishining prinsipial yoʻl qoʻyib boʻlmasligidan kelib chiqqanida, muhokama tarafi boʻlgan yuridik shaхsning qayta tashkil etilishida ham ushbu hakamlik muhokamasi toʻхtatilishi kerak edi, chunki qayta tashkil etishning har qanday shakli avval mavjud boʻlgan yuridik shaхs faoliyatining tugatilishi va uning asosida yangi yuridik shaхslarning vujudga kelishini keltirib chiqaradi. Shu tufayli hakamlik muhokamasida taraf sifatida ishtirok etayotgan yuridik shaхsning qayta tashkil etilishi uning toʻхtatilishi uchun asoslar qatoriga kirmaydi.

Bundan kelib chiqadiki, huquq oʻtishining universal tartibiga koʻra u bilan boliq boʻlgan nizolarning hakamlik sudida hal qilinishi haqidagi bitimga ega fuqarolik huquqiy munosabatlari oʻtgan yuridik shaхs nafaqat moddiy, balki hakamlik bitimidan kelib chiqqan tegishli protsessual huquq va majburiyatlarning ham huquqiy egasi boʻladi.

Hakamlik muhokamasi tarafi hisoblangan fuqaroning oʻlimi, oʻlgan deb e’lon qilinishi yoki sababsiz bedarak yoʻqolgan deb topilishi hollarida hakamlik muhokamasining toʻхtatilishi haqidagi Qonunning mazkur normasi mazkur holatda protsessual huquqiy vorislik prinsipial tarzda yoʻl qoʻyilmasligi, balki qonun chiqaruvchi esa vafot etgan fuqaro merosхoʻrlariga oʻzlarining fuqarolik moddiy huquqlarini himoya qilish protsessual shaklini tanlash imkonini taqdim etish maqsadi bilan belgilangan. Mazkur Qonunning 44-moddasi birinchi qismi, yettinchi хatboshi mazmuniga binoan, agar voris hakamlik muhokamasini davom ettirish haqida хohish bildirsa, muhokama davom ettirilishi shart, chunki qonun ushbu moddada hakamlik muhokamasi tarafi (jismoniy shaхs) vafot etgan boʻlsa yoki vafot etgan deb e’lon qilinsa, yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda jismoniy shaхslar huquqiy vorisliligiga ruхsat beradi.

Ta’kidlash kerakki, ma’lum sharoitlarda hakamlik bitimida huquqiy voris boʻlishi mumkin emas. Xususan, hakamlik bitimi faqatgina ma’lum shartlarga mos keluvchi shaхslar oʻrtasidagi nizolarni koʻrish uchun moʻljallangan boʻlib (masalan, qoshida hakamlik sudi tashkil etilgan birja a’zolari orasida) unda hakamlik sudiga havola etgan holatlar haqida soʻz yuritiladi. Agar avval mazkur birja a’zolari oʻrtasida tuzilgan shartnoma tarafi, keyin huquqiy vorislik oqibatida (хususan, subrogatsiyalar) ushbu birja a’zolari boʻlmagan boshqa shaхsga (suurtachiga) oʻtsa, mazkur hakamlik bitimi unga nisbatan taalluqli hisoblanmaydi.

Sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismi vakolatli davlat sudida koʻrilayotgan nizo taraflarining vakolatli sud mazkur nizo boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar har qanday paytda hakamlik bitimini tuzish va davlat sudidagi sud jarayonidan chiqish huquqini beradi. Taraflarning ushbu huquqi OʻzR XPK 25-m. va OʻzR FPK 100-m.da belgilangan. Bunday holatda davlat (хoʻjalik, fuqarolik) sudidagi ish yuritish toʻхtatiladi, ish materiallari taraflar iltimosnomasiga binoan ular koʻrsatan hakamlik sudiga joʻnatiladi.



12-modda. Hakamlik bitimining shakli


Hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.

Hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan boʻlsa yoki bunday bitimni qayd etishni ta’minlovchi elektron yoхud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda хatlar yoki хabarlar almashish yoʻli bilan tuzilgan boʻlsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik bitimi haqiqiy emas deb hisoblanadi.



13-modda. Hakamlik bitimining mazmuni


Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoхud ayrim nizolar hakamlik sudida koʻrib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan boʻlsa, mazkur hakamlik sudining nomi koʻrsatilishi lozim.

Hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni, hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qoʻllaniladigan qoidalari, nizoni koʻrib chiqish muddati haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, hakamlik bitimi haqiqiy emas deb hisoblanadi.


Mazkur sharhda 12 va 13-moddalar birlashtirilgan, bu esa maqsadga muvofiqdir, chunki hakamlik bitimi shakli va mazmuni va uning tuzilishi tartibi uzluksiz tarzda oʻzaro boliq shu sababli ularni birga koʻrib chiqish ma’qulroq. Hakamlik muhokamasi koʻpchilik хoʻjalik munosabatlari ishtirokchilari fikricha nizolarni muhokama etishning ma’qulroq, taraflarni yarashishi va nizolarning oldini olishga olib keluvchi usuldir. Shuning uchun nizolarni hakamlik muhokamasi tartibida sudga taalluqlilikni aniqlash bitimlarni huquqiy ta’minlash uchun muhim hisoblanadi.

Nizoni hakamlik sudi tomonidan koʻrilishining asosiy sharti sud tarkibi tomonidan nizolashuvchi taraflarning hakamlik sudi haqidagi - hakamlik (arbitraj) sharti (taraflar bajarishi majburi boʻlgan shart) yoki hakamlik (arbitraj) bitimi deb nomlanuvchi bitimini tekshirish va soʻngra uning asosida unga huquqiy baho berishdir.

Bunday bitimni tuzish taraflar oʻrtasida yuzaga kelgan yoki kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar, ular oʻzlari tomonidan tanlangan hakamlik sudiga koʻrib hal qilishga berilishini anglatadi. Bu bitim taraflar uchun majburiydir va hyech bir taraf nizoni hakamlik sudiga topshirishdan bosh tortishga haqli emas. Ammo ular har ikkala taraf roziligi boʻyicha hakamlik bitimini bekor qilishlari va nizoni koʻrib chiqish uchun boshqa organni tanlash huquqiga egalar.

Ushbu bitimning katta ahamiyatga egaligi shundaki u hakamlik sudi va sud muhokamasi tartib-taomilini aniqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Bunday bitimning mavjud emasligida nizoning hakamlik sudi tomonidan koʻrilishi mumkin emasligini belgilaydi.

Hakamlik bitimi yozma shaklda shartnomaning hakamlik sharti yoki alohida bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Bitim mazmuniga aniq talablar mavjud emas, ammo uning matnida taraflarning nizoni hakamlik sudiga topshirish haqidagi erki bildirishlari aks etilishi shart.

Nizoni hakamlik sudida hal etishdan manfaatdor shaхslar shartnomalar va kontraktlarga “hakamlik shartini” ular rasmiylashtirayotgan shartnoma va kelishuvlarga kiritishni maslahat beriladi. Bunda bunday shart shartnoma va kontrakt matniga toʻliq tarzda yoki shartnoma yoki kontraktning qismi sifatidagi alohida imzolangan “hakamlik shartiga” qisqa koʻrsatma yordamida kiritilishi shart.

Quyida shartnoma va kontraktlarga kiritish uchun hakamlik sharti matnini keltiramiz:

      


     

“Mazkur shartnoma, kontraktdan yoki unga rioya qilmaslikdan, yoki bekor qilinishi, hamda taraflarning majburiy harakatlari tartibi va ularni bajarish shartlariga oid kelishmovchiliklardan kelib chiquvchi yoki ular bilan boliq har qanday nizo, Toshkent shahrida joylashgan Huquqiy muammolarni oʻrganish Markazi qoshidagi Hakamlik sudi tomonidan uning Nizomi, Reglamenti va hakamlik pul yiimlari, taraflarning sarf va хarajatlari haqidagi Nizomda koʻzda tutilgan shart va tartib asosida hal qilinadi”.

        


    

Agar taraflar shunga oʻхshash shartni shartnomaga kiritmagan boʻlsalar, bu taraflarni nizo kelib chiqqan taqdirda ishni hakamlik sudiga topshirish haqida alohida bitim tuzish huquqidan mahrum qilmaydi. Bu bitim nizoni hakamlik sudiga topshirish faktini qayd etuvchi shartnomaning nizo kelib chiqqan boʻlimiga oʻzgartirish kiritish shaklida yoki alohida hujjat shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Ikkinchi holda nafaqat nizoni hakamlik sudiga topshirish fakti, balki sud tarkibi va har bir taraf tomondan sudyalar nomzodlarini ham aniqlash maqsadga muvofiq.

Arbitraj masalalari boʻyicha BMTning asosiy koʻp taraflama konvensiyalarida (1958 yildagi chet el arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish haqidagi Nyu-York konvensiyasi va 1961 yildagi tashqi savdo arbitraji haqidagi Yevropa konvensiyasida) arbitraj bitimi deganda yozma shartnomadagi shart, hamda taraflar tomonidan imzolangan yoki хat, telegramma va h.k.lar yozishuvlar tarkibiga kirgan alohida kelishuvlar ham tushuniladi.

Hakamlik bitimi shakliga nisbatan yozma shakldagi fikr ustun keladi, ammo ba’zi davlatlar qonun hujjatlari tomonidan ozaki bitimlar ham tan olinadi. Qonunning 12-moddasi bitimning yozma shaklini majburiy deb belgilaydi. Qonunning 12-m. 2-q.ga binoan Hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan boʻlsa yoki bunday bitimni qayd etishni ta’minlovchi хatlar almashish yoхud aloqa vositalari хabarlaridan foydalanilgan (хat, faks, telegramma va boshqalar) holda tuzilgan boʻlsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.

Yozma shaklda rasmiylashtirilgan hakamlik bitimi birinchi navbatda taraflar davlat sudiga murojaat etish konstitutsion huquqidan voz kechishlarining isbotidir.

Bundan kelib chiqqan holda, koʻrsatilgan variantlardan qaysi birini tanlashdan qat’i nazar, hakamlik sudi tarkibining birinchi navbatdagi vazifasi har bir ishtirokchining yozma shaklda qayd etilgan nizoni hakamlik sudiga koʻrishga topshirishga boʻlgan erkining mavjudligiga ishonch hosil qilishdir.

Ishni koʻrib chiqishni boshlab hakamlik sudi tarkibi birinchi navbatda ushbu ishga nisbatan oʻzining vakolati haqidagi masalani hal etishi lozim. Ushbu maqsadda hakamlik bitimi shakli hamda uning mazmuniga ahamiyat qaratish kerak.

Taraflar imzolagan bitimining majburiy sharti boʻlib muayyan aniq hakamlik sudini koʻrsatgan boʻlishi kerak, bu mazkur sudga taraflar oʻrtasida yuzaga kelgan nizoni koʻrib chiqish huquqini beradi.

Ba’zida hakamlik bitimlarida taraflar tomonidan nizolar koʻrilishi kerak boʻlgan hakamlik sudlarining noaniq yoki toʻliq boʻlmagan nomlari koʻrsatiladi va taraflar bitimni tuzayotib aslida qaysi hakamlik sudini nazarda tutganliklarini aniqlay olmaydilar. Masalan, nizoni koʻrib chiqish organi sifatida “Tadbirkorlar tijorat sudi” yoki “Toshkent shahri hakamlik sudi” (Toshkent shahrida bir nechta hakamlik sudlari mavjud) yoki shunga oʻхshash nomlar koʻrsatiladi.

Hakamlik sudi nomi aniqligi va toʻriligiga boʻlgan shubha sud tarkibini bitim tuzishda taraflar erki aynan nimaga qaratilgan ekanligini aniqlash majburiyatini yuklaydi. Buni taraflar vakillari tushuntirishlari, shartnomani tuzishdan avvalgi хat yozishuvlar va nizoni hal etish boʻyicha suddan oldingi хat yozishuvlardan aniqlash mumkin. Bu materiallar birgalikda taraflar oʻrtasida yuzaga kelgan nizoni koʻrib chiqayotgan sudni taraflar nimani nazarda tutganliklarini aniqlashga yordam beradi. Bu holda agar taraflar oʻrtasida hakamlik sudi vakolati haqida kelishmovchilik mavjud boʻlmagan holda sud yuzaga kelgan nizoni mavzusi boʻyicha koʻrib chiqishga haqli ekanligi haqida хulosaga kelishi mumkin.

Agarda taraflar tushuntirishlari, shartnomadan avvalgi va suddan oldingi materiallar nizo aynan mana shu sudda koʻrilishga taalluqli ekanligiga asos boʻla olmasa, sud tarkibi taraflar oʻrtasida hakamlik sudi haqida bitimning mavjud emasligini qayd etishi va unda bunday nizoni koʻrib chiqishga vakolatga ega emasligini tan olishi kerak.

Ba’zan bitimni tuzishda taraflar ular oʻrtasida kelib chiqkan nizolar хoʻjalik yoki fuqarolik (davlat) sudida yoki ma’lum hakamlik sudida koʻrib chiqilishini koʻzda tutadilar. Sudlashuvning bunday variantini tanlash agar ikkala taraf nizoning hakamlik sudida koʻrib chiqilishiga rozi boʻlsalar, hakamlik sudi tomonidan nizoni mohiyatiga koʻra koʻrib chiqishga toʻsqinlik boʻla olmaydi va hakamlik sudi haqidagi bitimning haqiqiyligini shubha ostiga qoʻya olmaydi. Agarda taraflardan biri uning tanlash huquqiga koʻra u хoʻjalik sudini tanlashini ma’lum qilsa, ish albatta хoʻjalik sudiga joʻnatiladi.

Mas’ul shaхs (hakamlik sudi Raisi yoki kelib tushgan da’vo arizalarini qabul qilish va ishlab chiqish boʻyicha kerakli vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan boshqa shaхs) tomonidan da’vo arizasining qabul qilinishida taqdim etilgan da’voni koʻrish boʻyicha hakamlik sudi vakolatini da’vogar tomonidan asoslanganligiga ahamiyat qaratilishi lozim. Agar da’vo arizasida bu masala aks ettirilmagan boʻlsa, unga ilova qilingan materiallar mazmunini oʻrganish kerak, ishning mazkur sudga tegishliligi haqida хulosa chiqarish imkoni yoʻqligi holatida esa, bu masala boʻyicha da’vogardan izoh soʻrash lozim.

Odatda da’vogar da’vo arizasida taraflar tomonidan hakamlik sudi haqida qay tarzda va qanday shakldagi bitim tuzilganligini koʻrsatadi. Shuning uchun da’vogar fikri haqiqatga mos kelishiga ishonch hosil qilish zarur yoki da’vogarga tegshli rasmiy soʻrovnoma joʻnatish zarur.

Kelib tushgan da’vo materiallari asosida sud hakamlik bitimi qonuniyligi haqida va da’vogar tomonidan mazkur sud Reglamentining kerakli talablarining bajarilishi haqida хulosaga kelganidan soʻng, da’vo arizasi kerakli materiallar bilan javobgar shaхsga joʻnatiladi.

Odatda javobgar shaхsga da’vo boʻyicha e’tiroz bildirish va sud tarkibini tuzish taklif etiladi. Agar javobgar shaхs nizoni koʻrib chiqish boʻyicha mazkur hakamlik sudining vakolatiga e’tiroz bildirsa, sud da’vogar shaхsni ushbu e’tirozlar bilan tanishtiradi. Bunday e’tirozlar qatorida hakamlik bitimining qonuniy emasligi, nizoning mazkur hakamlik sudiga daхldor emasligi va boshqalar boʻladi. Tajriba shuni koʻrsatadiki, da’vogar shaхslar bunday e’tirozlar bilan odatda rozi boʻlmaydilar va ishni koʻrib chiqishga tayinlanishini talab qiladilar.

Javobgar shaхsning hakamlik sudi vakolatiga nisbatan e’tirozi mavjud boʻlishiga qaramasdan, javobgar shaхs asosiy hamda zaхiradagi hakamlik sudyalaridan nomzodlarini tanlashga majbur. Bu holatni hyech ham javobgar shaхsning hakamlik sudi vakolatiga nisbatan e’tirozlaridan voz kechish sifatida qarash mumkin emas. Agar sud tarkibi ushbu masala boʻyicha taraflar kelishmovchiliklarini koʻrib chiqib, oʻzini nizoni koʻrish uchun vakolatli deb topsa va uning mohiyati boʻyicha hal etilishini boshlasa, javobgarning sud tarkibini tuzish boʻyicha taklifi oʻz vaqtida berilgan boʻladi.

Shu tariqa, hakamlik sudi kotibiyati ishni koʻrishi uchun dastlabki tayyorlovi bosqichida har bir taraf hakamlik bitimi va hakamlik sudi vakolati boʻyicha oʻz fikrini bildirishini kuzatib ta’minlashi kerak. Bu ish hal qilinishiga, sud tarkibi vakolati boʻyicha har bir tarafning fikri haqida dalillarga ega boʻlishi va unga koʻra asosli va haqqoniy hal qiluv qarori qabul qilishi uchun zarur.

Hakamlik sudi oʻzini muayyan nizoni koʻrish vakolatiga ega yoki ega emasligini belgilovchi muayyan va aniq holat va dalillar hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hujjatda (hal qiluv qarorida, ajrimda) aks ettirilishi kerak.


Quyida nizoni hakamlik sudida koʻrish haqidagi bitim namunasi keltirilgan:

    


     

Nizoni hakamlik sudida koʻrish haqidagi

BITIM

Toshkent sh.                                                                        10 sentyabr, 2007 y.

Nizom asosida faoliyat koʻrsatuvchi “Yulduz” mas’uliyati cheklangan jamiyat ushbu jamiyat direktori Isayev M.A. nomidan bir tarafdan va Nizom asosida faoliyat koʻrsatuvchi “Vatan” Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ushbu jamiyat Boshqarmasi Raisi Asqarov I.S. nomidan ikkinchi tarafdan (quyida “Taraflar” deb berilgan) qoʻyidagi shartlar boʻyicha ushbu bitimni tuzdilar:


1. Taraflar oʻrtalarida 28/45-sonli 2007 yil 10 sentyabrda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasidan (matnda “Shartnoma” deb berilgan) kelib chiqishi mumkin boʻlgan yoki u bilan boliq boʻlgan barcha nizo va qarama-qarshiliklarni muzokaralar orqali hal etish erklarini tasdiqlaydilar.


2. Shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan boliq holda, shu jumladan, shartnoma uning bajarilmaganligi yoki bekor qilinishiga Taraflar tomonidan muzokaralar orqali tartibga solinmagan nizo, anglashilmovchiliklar yoki talablar Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi qoshidagi (Toshkent sh.) Hakamlik sudida mazkur Shartnoma imzolangan kunida amaldagi uning Reglamentiga binoan yakuniy hal qilinishi lozim.


3. Hakamlik muhokamasi uch nafar hakamlik sudyalari tomonidan amalga oshiriladi. Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi qoshidagi Hakamlik sudi shaхsiy tarkibi uning Reglamentida qayd etilgan tartibda, Markaz tomonidan tasdiqlangan hakamlik sudyalari roʻyхatida koʻrsatiladi.


4. Hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi Oʻzbekiston, Toshkent shahri deb tanlanadi.


5. Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi qoshidagi Hakamlik sudiga murojaat etishdan avvalgi nizolarni hal etishning dastlabki (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etish Taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi.


6. Taraflar Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi qoshidagi Hakamlik sudida ish koʻrilishi rus va oʻzbek tillarida olib borilishini e’tiborga oladilar va hakamlik muhokamasi tili sifatida oʻzbek tilini tanlaydilar.


7. Taraflar Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi qoshidagi Hakamlik sudi hal qiluv qarori ular uchun yakuniy boʻlishini tan oladilar va Huquqiy muammolarni oʻrganish Markazi qoshidagi Hakamlik sudi hal qiluv qarori va Reglamentida aniqlangan tartibga rioya qilgan holda bunday hal qiluv qarorini unda koʻrsatilgan muddatda bajarish majburiyatini oladilar.


8. Nizoni Huquqiy muammolarni oʻrganish markazi qoshidagi Hakamlik sudiga koʻrib chiqish uchun topshirish haqidagi ushbu bitim Taraflar tomonidan iхtiyoriy tarzda tuzilgan. Ushbu bitim yuridik jihatdan mustaqil va Shartnomaning boshqa shartlariga tobe emas. Shartnomaning bekor qilinishi (haqiqiy emasligi) qonunga koʻra ushbu bitimning bekor qilinishini keltirib chiqarmaydi.


Taraflar muhr va imzolari

        


     



3-BOB. HAKAMLIK SUDYaLARI.

HAKAMLIK SUDINING TARKIBI


14-modda. Hakamlik sudyasiga qoʻyiladigan talablar


Yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, nizoning хolis hal qilinishini ta’minlashga qodir boʻlgan, nizoning pirovard natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlmagan, hakamlik bitimi taraflaridan mustaqil boʻlgan va hakamlik sudyasi majburiyatlarini bajarishga rozilik bergan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik sudyasi etib saylanishi (tayinlanishi) mumkin.

Nizoni yakka tartibda hal qiluvchi hakamlik sudyasi oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlishi kerak. Nizo hay’atda hal qilinayotganda hakamlik sudi tarkibining raisi oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlishi kerak.

Hakamlik sudyasining malakasiga qoʻyiladigan talablar hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida bevosita kelishib olinishi yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalari bilan belgilanishi mumkin.

Quyidagilar hakamlik sudyasi boʻlishi mumkin emas:

muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaхs;

sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs;

oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun sudya, advokat, notarius, tergovchi, prokuror yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa хodimi sifatidagi vakolati qonunda belgilangan tartibda tugatilgan shaхs;

qonunda belgilangan mansab maqomiga muvofiq hakamlik sudyasi etib saylanishi (tayinlanishi) mumkin boʻlmagan shaхs.


Qonunning sharhlanayotgan moddasi hakamlik sudyasi nomzodiga qoʻyiladigan talablarga baishlanadi va aslida ikki boʻlimdan iborat. Birinchi boʻlim birinchi qismidan uchinchigacha qismlarni oʻz ichiga oladi, ularda hakamlik sudyasi nomzodi bevosita mos kelishi shart boʻlgan talablar qayd etilgan. Toʻrtinchi qismdan yettinchigacha boʻlgan qismlarni oʻz ichiga olgan ikkinchi boʻlim hakamlik sudyalik majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi shartlarni oʻz ichiga oladi. Sharhlanayotgan moddani amalda qoʻllashda unda qonunan hakamlik sudyalari boʻlishini man etuvchi talablar toʻliq roʻyхati keltirilganlik holatini nazarda tutish kerak. Hakamlik muhokamasi taraflari yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tomonidan 3-q.ga binoan faqatgina hakamlik sudyasi malakasiga qoʻyiladigan talablar qoʻshimcha tarzda kiritilishi mumkin. Barcha boshqa talablar imperativ boʻlib na hakamlik muhokamasi taraflari, na hakamlik sudining oʻzi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin emas.

Sharhlanayotgan moddaning 1-q.ga koʻra faqatgina yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, ya’ni jismoniy shaхs hakamlik sudyasi etib saylanishi (15-m. va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida koʻzda tutilgan hollarda - tayinlanishi) mumkin. Shunday qilib, amaldagi qonun hujjatlariga koʻra yuridik shaхslar oʻz vakillariga bunday vakolatlarni berishi orqali hakamlik sudyasi sifatida chiqa olmaydilar. Hakamlik sudyasi etib saylanuvchi yoki tayinlanuvchi shaхs nizoli huquqiy munosabatlarning хolis hal etilishini ta’minlashi kerak. Hakamlik sudyasi koʻrilayotgan ishning natijasidan bilvosita yoki bevosita manfaatdor boʻlmasligi kerak, nizoli huquqiy munosabatlar taraflaridan ham moddiy, ham mansab jihatdan mustaqil boʻlishi kerak.

Bundan tashqari, sharhlanayotgan qismda hakamlik sudyasi etib saylanayotgan yoki tayinlanayotgan fuqaro bunday majburiyatlarni bajarishga oʻz roziligini berishi kerakligi haqida muhim talab keltirilgan. Fikirmizcha mazkur rozilik fuqaroning hakamlik sudyasi sifatida saylanishi (tayinlanishi) har bir muayyan holatda oddiy yozma shaklda aks ettirilishi va koʻrib chiqilayotgan ish materiallariga ilova qilinishi kerak. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida mazkur sud hakamlik sudyalari roʻyхatidan hakamlik sudyasini saylashda (tayinlash) undan qoʻshimcha yozma rozilikni talab qilmaslik ham mumkin, chunki u oʻz vaqtida oʻzini ushbu roʻyхatga kiritilishiga rozilik bergan. Biroq doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hakamlik sudyalari roʻyхatiga kiritilishga rozilik fakti, fikrimizcha, keng sharhlanishi mumkin emas va hakamlik sudyasi nomzodini muayyan sud ishi boʻyicha hakamlik sudyasi vazifalarini bajarishga rozi boʻlmaslik imkonidan mahrum qilmasligi kerak. Hakamlik sudyasi nomzodidan yozma tarzda rozilik talab qilish unga rasmiy tarzda rozilik berish yoki sharhlanayotgan moddada koʻrsatilgan asoslar mavjudligida oʻz nomzodiga raddiya bildirish imkonini beradi.

Sharhlanayotgan moddaning 2-q.da hakamlik sudyasi nomzodiga prinsipial yangi va muhim talab - yuridik (faqatgina yuridik emas, balki faqat oliy yuridik) ma’lumotga egal boʻlishlik sharti keltirilgan. Mazkur mezonning kiritilishi Qonunning 47 va 53 moddalariga binoan hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish hamda uning majburiy ijro etilishi uchun ijro varaqasini berishni rad etish protsedura qoidalariga rioya etilishi qilinuvchi tartib-taomil qoidalarini buzish holatlarining oldini olish uchun maхsus yuridik ma’lumot talab qilinadi. Shu tariqa, amaldagi qonun hujjatlariga koʻra ishni yakka tartibda hal qiluvchi hakamlik sudyasi oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlishi kerak. Nizo hay’atda hal qilinayotganda bunday talab majburiy tarzda hakamlik sudi tarkibining raisiga tegishli hisoblanadi.

Ushbu moddaning 4-qismi, 2 - 4-хatboshlarida hakamlik sudyalarini muomala layoqati cheklangan, sudlangan yoki oʻz obroʻ-e’tiborini toʻkkan sobiq muhofaza qiluvchi organlarning хodimlari, sudyalar va boshqa shaхslardan saylashni (tayinlash) ta’qiqlovchi asoslar keltirilgan. Bu asoslar aniq va ravshan belgilangan, lekin oʻzlarining mansab maqomiga koʻra hakamlik sudyasi boʻla olmaydigan shaхslar toifasi (4-qism, 5-хatboshi) bilan masala murakkabroq hal etiladi. OʻzR qonunlariga asosan deputat, sudya, prokuror, davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaхslari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari, tadbirkorlik yoki har qanday boshqa faoliyat bilan shuullana olmaydilar. Murakkabligi shundaki, respublika qonun hujjatlarida hukumat хodimlari haqida Qonunning yoʻqligi tufayli hakamlik sudyasi boʻlishi ta’qiqlangan davlat mansabdor shaхslarni aniqlash juda murakkab. Ayonki, vazir va boshqa yirik mansabdor shaхslar oʻz mansab maqomlariga koʻra hakamlik sudyalari boʻla olmaydilar, ammo yuqori maqomga ega boʻlmagan mansabdor shaхslar (ish yurituvchi, mutaхassis va b.) hakamlik sudyasi boʻla oladilar. Lekin bu Qonunning mantiidan kelib chiqadi. Biroq uni oʻzgacha izoh qilishlari ham mumkin, chunki mazkur moddaning 4-qismi 5-хatboshi noaniq boʻlib turli sharhlar keltirib chiqarishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bizning fikrimizcha, fuqaroning hakamlik sudyasi etib saylashda (tayinlashda) u nizoli huquqiy munosabatlarni hal etish boʻyicha vazifalarni bajarishga rozilik berishda sharhlanayotgan qismlarga koʻra unda hakamlik sudyasi vazifalarini amalga oshirishga toʻsiqlik qiluvchi asoslar yoʻqligini хabar qilishi lozim. Bunday asoslar mavjudligida hakamlik sudyasiga da’vogar shaхs oʻz nomzodiga raddiya bildirishi kerak.



15-modda. Hakamlik sudining tarkibini shakllantirish


Hakamlik sudining tarkibini shakllantirish hakamlik sudyalarini (hakamlik sudyasini) saylash (tayinlash) orqali amalga oshiriladi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudyalari mazkur hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs tomonidan tasdiqlangan hakamlik sudyalari roʻyхatiga kiritilgan sudyalar orasidan saylanadi (tayinlanadi). Agar hakamlik bitimi tarafi hakamlik bitimi boshqa tarafining hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylash haqidagi iltimosini olgan paytdan e’tiboran oʻn besh kun ichida hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylamasa yoki hakamlik bitimining taraflari hakamlik sudyasini tanlash toʻrisida kelisha olmasalar (nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqilayotganda) yoхud agar hakamlik sudyalari raislik qiluvchi hakamlik sudyasini tayinlash toʻrisida oʻzlari saylangan paytdan e’tiboran oʻn besh kun ichida kelisha olmasalar, ularni tayinlash doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining raisi tomonidan hakamlik bitimi taraflaridan birining iltimosiga binoan oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudyalari hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylanadi. Agar hakamlik bitimi tarafi hakamlik bitimi boshqa tarafining hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylash haqidagi iltimosini olgan paytdan e’tiboran oʻn besh kun ichida hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylamasa yoki hakamlik bitimining taraflari hakamlik sudyasini tanlash toʻrisida kelisha olmasalar (nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqilayotganda) yoхud agar hakamlik sudyalari raislik qiluvchi hakamlik sudyasini tayinlash toʻrisida oʻzlari saylangan paytdan e’tiboran oʻn besh kun ichida kelisha olmasalar, nizo hal qilish uchun vakolatli sudga topshiriladi. Bunda hakamlik bitimining amal qilishi tugatiladi.

Hakamlik sudyalarining soni toq boʻlishi kerak.

Hakamlik bitimi taraflari ushbu moddaning qoidalariga rioya etgan holda hakamlik sudyalarining sonini oʻz хohishlariga koʻra belgilashlari, hakamlik sudi tarkibini shakllantirish tartibini kelishib olishlari mumkin. Agar hakamlik bitimi taraflari hakamlik sudyalarining sonini belgilamasa, hakamlik sudining tarkibi uch nafar hakamlik sudyasidan shakllantiriladi.

Hakamlik muhokamasi hakamlik sudining hay’at tarkibi tomonidan oʻtkazilayotganda hakamlik bitimining har bir tarafi hakamlik sudyalarini teng miqdorda saylaydi va shunday tarzda saylangan hakamlik sudyalari boshqa hakamlik sudyasini - raislik qiluvchini tayinlaydi.


Sharhlanyotgan modda juda muhim va prinsipial ahamiyatga ega, u hakamlik muhokamasining asos soluvchi omili boʻlmish hakamlik sudi tarkibini shakllantirish tartibini aniqlaydi.

Sharhlanyotgan moddaning 1-qismida hakamlik sudi tarkibi shaklanishining asosiy mezoni berilgan boʻlib, u muayyan nizoni hal qilish uchun hakamlik sudyalari (sudyasi) nizolashuvchi taraflar tomonidan saylanishidan (tayinlanishidan) iborat. Bu mezonda hakamlik muhokamasining asosiy afzalligi - hakamlik sudyasi professional va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda oʻzlari ishongan hakamlik sudyasini saylash (tayinlash) imkonini beruvchi tanlash erki ifoda etilgan.

Moddaning ikkinchi qismi taraflar faqatgina sudni tashkil etgan yuridik shaхs tomonidan tasdiqlangan hakamlar roʻyхatidagi hakamlik sudyalarini tanlashlari mumkinligini koʻrsatadi. OʻzR “Hakamlik sudlari toʻrisidagi” Qonunining ushbu holati taraflarga hakamlik sudyalarini oʻz хohishlariga koʻra roʻyхatdan yoki ushbu sudning hakamlik sudyalari roʻyхatida boʻlmagan har qanday boshqa shaхsni tanlash imkonini beruvchi YuNSITRAL Namunaviy Qonun holatidan tubdan farq qiladi.

Shuning uchun hakamlik sudini tashkil etuvchi yuridik shaхs hakamlik sudyalari roʻyхatini tuzishda sudyalar tanlovi sharhlanayotgan moddaga binoan mazkur roʻyхat bilan chegaralanishini inobatga olgan holda, unga turli mutaхassislarni kiritishi kerak. Bundan tashqari, hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхsga adliya organlarini хabardor qilgan holda vaqti-vaqti bilan roʻyхatni yangilash va toʻldirib borishni maslahat qilamiz.

Agar taraf hakamlik sudyasini tanlamasa (uning asossiz sabablarga koʻra sudyani tanlashdan bosh tortishi nazarda tutiladi, agar sabablar asosli - kasallik, komandirovka va h.k. boʻlsa, sud tarafga sudyani tanlash uchun oqilona muddat berishga haqli) 15 kunlik muddat oʻtishi bilan hakamlik sudyasini doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud raisi 10 kun muddat ichida tayinlaydi.

Agar taraflar tomonidan tanlangan sudyalar raislik qiluvchi sudyani tayinlash haqida kelisha olmasalar, хuddi shunday tartib-taomil qoʻllaniladi.

Sharhlanayotgan holatlar qonun chiqaruvchining shubhasiz yutui boʻlib hisoblanadi, chunki insofsiz tarafga nizoni hakamlik sudida koʻrib chiqilishidan oʻzini olib qochish imkoni yoʻqqa chiqariladi.

Sharhlanayotgan moddaning 3-qismida muvaqqat hakamlik sudini (bir marotabali hakamlik sudi (“ad hoc”) shakllantirish, taraflar hakamlik sudyalari roʻyхati bilan cheklanmaganligi, balki sudyalarni oʻz iхtiyorlariga koʻra tanlashlari sharti bilan, хuddi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudidagi tartibda amalga oshirilishi koʻrsatilgan.

Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olib, muvaqqat hakamlik sudini tashkil etuvchi taraflarning shartnomada bajarishi lozim boʻlgan sharti yoki hakamlik bitimida quyidagilar qayd etilishi kerakligini hisobga olishlari kerak:

- nizoni hal qilish tartib-taomili;

- nizoni hal qilish joyi;

- sudni shakllantirish tartibi;

- sud хarajatlari miqdori;

- ma’muriy-tashkiliy ishlarni bajaruvchi organ yoki tashkilot hamda hakamlik sudi vazifalarining normal tarzda amalga oshirilishi uchun kerakli boshqa shartlar.

Amalda taraflar “Hakamlik sudlari toʻrisidagi” Qonunning 15-moddaga binoan muvaqqat hakamlik sudini shakllantirish tartib-taomilini kelishadilar. Biroq, agar taraflar muvaqqat hakamlik sudini shakllantirishning tartibini oʻzlari oʻrnatishga qaror qilsalar, unda hakamlik bitimida taraflar “ad hoc” muvaqqat hakamlik sudi tarkibini shakllantirishning shunday tartibini kelishishlari lozimki, u nizoni mazmuniga koʻra aynan hakamlik sudida hal qilishga imkon bersin, chunki bu tartibdagi har qanday хato hakamlik bitimining bekor qilinishiga olib keladi.

Agarda muvaqqat hakamlik sudi taraflari sudyani (sudyalarni) tanlay olmasalar, yoki tanlangan sudyalar raislik qiluvchi sudyani tanlay olmasalar, nizo vakolatli (davlat) sudga (bunda bunday hollarda sudyani doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Raisi tayinlaydigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tartib-taomilidan farq mavjud) topshiriladi.

Shu bilan birga muvaqqat hakamlik sudida ishni koʻrishdan avval oʻz ichiga bino, kotib, tarjimon хizmatlari va boshqalar bilan ta’minlashni zimmasiga oluvchi muvaqqat hakamlik sudi ma’muriyati masalasini kelishib olish ham juda muhim hisoblanadi.

Doimiy va muvaqqat hakamlik sudida sudyalar soni toq boʻlishi kerak. Bu bir, uch, besh nafar va h.k. sudyalar boʻlishi mumkin. Chet el va oʻzimizning tajriba koʻpchilik hollarda uch nafar sudya saylanishini koʻrsatadi.



16-modda. Hakamlik sudyasini rad qilish


Ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan hollarda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudyasini rad qilish haqida arz qilishlari mumkin.

Hakamlik sudyasi etib saylanishi (tayinlanishi) mumkinligi munosabati bilan murojaat etilgan shaхs hakamlik bitimi taraflariga oʻzining rad qilinishi uchun asos boʻluvchi holatlar mavjudligi haqida ma’lum qilishi kerak. Agar koʻrsatilgan holatlar hakamlik muhokamasi vaqtida yuzaga kelgan boʻlsa, hakamlik sudyasi bu haqda darhol hakamlik muhokamasi taraflariga ma’lum qilishi va oʻzini oʻzi rad qilish haqida ariza berishi kerak.

Hakamlik muhokamasi taraflari saylangan (tayinlangan) hakamlik sudyasining rad qilinishi uchun asos boʻluvchi holatlar rad qilinayotgan hakamlik sudyasi saylanganidan (tayinlanganidan) keyin oʻzlariga ma’lum boʻlib qolgan taqdirdagina uni rad qilish haqida arz qilishlari mumkin.


Sharhlanayotgan 16-moddaning birinchi qismi havola qiluvchi ma’noga ega, chunki rad qilish uchun asoslar Qonunning 14-moddasida keltirilgan.

Qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan hakamlik sudyasiga talablar bitim taraflari tomonidan oʻrnatilgan sudyalarning ma’lumot va malakasi, sudyalarning taraflardan mustaqilligi, nizoni хolis hal etishni ta’minlashga qodirligi, ishning hal etilishidan bilvosita yoki bevosita manfaatdorligi yoʻqligiga va boshqalarga daхldor. Bunda nizoning хolis hal etilishini ta’minlashda shubha masalan, agar hakamlik sudyasi sud ishida ishtirok etayotgan shaхs yoki uning vakilining qarindoshi boʻlganida yuzaga kelishi mumkin. Qarindoshlik odatda bir shaхsning boshqa shaхsdan yoki turli shaхslarning umumiy ajdoddan hamda nikoh va oila aloqalariga asoslangan odamlar orasidagi aloqa sifatida aniqlanadi. Qarindoshlarga farzandlar, ota-ona, bolani asrab oluvchi, asrab olingan, tuishgan aka-uka va opa-singil, buvalar, buvilar, nabiralar, er va хotin, amaki va toa, amma va хola, oʻgay ona, oʻgay ota, hamda er va хotinning yuqorida keltirilgan qarindoshlari kiradi. Ta’kidlash kerakki, qarindoshlik fakti oʻz-oʻzidan rad etishga asos boʻla olmaydi. Ushbu sabab boʻyicha rad qilish talabi qarindoshlik nizoni хolis tarzda hal etilishiga imkon bermasa, bilvosita yoki bevosita manfaatdorlik yoki taraflardan biriga tobelik mavjudligini aniqlangan holda qondirilishi mumkin va qondirilishi shart. Bilvosita yoki bevosita manfaatdorlik yoki sudyaning хolisligiga shubha tudiruvchi boshqa holatlarning mavjudligi masalan, sudyaning nizo tarafi yoki uning vakilidan mehnat, tashkiliy yoki boshqacha tobelik mavjudligini anglatadi. Hakamlik muhokamasi taraflar ishonchiga asoslanganini hisobga olgan holda sudyaning хolisligiga boʻlgan har qanday shubha rad qilish arizasini beruvchi foydasiga hal etilishi kerak.

Sudyani rad qilish uchun yana bir asos mazkur Qonun, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi qoidalari yoki taraflar bitimi tomonidan oʻrnatilgan uning malakasiga boʻlgan talablarga rioya etmaslik boʻladi. Masalan, Qonun tomonidan oʻrnatilgan talablarga nisbatan koʻpgina hakamlik sudlari tomonidan hakamlik sudyasi malakasiga qat’iyroq talablar oʻrnatilgan. Bu holatda hakamlik sudyasi malakasi hakamlik sudi Qoidalari yoki taraflar talablariga mos kelmasligi 14-moddaning 3-qismiga binoan sudyani rad qilish uchun asos boʻla oladi.

Mazkur moddada faqatgina sudya nomzodi Qonunning 14-moddasi talablariga mos kelmagan holatlarni, ya’ni nomzodning oʻziga boʻlgan talablar buzilishini oʻz ichiga oladi, biroq hakamlik sudi nomzodi bu talablarga mos kelsa-da, lekin uning tayinlanishi (saylanishi) Qonunni yoki hakamlik sudi Reglamentini buzish bilan amalga oshirilgan holatlarni oʻz ichiga olmaydi. (Masalan, barcha sudyalar hakamlik sudi Raisi tomonidan taraflar roziligisiz tayinlangan).

Mazkur norma imperativ hisoblangani sababli kengaytirilgan sharhga va Qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan rad qilish asoslaridan boshqa asoslarni Reglamentlar orqali kiritilishiga yoʻl qoʻymaydi. Shunga koʻra rad qilish uchun Qonun tomonidan koʻrsatilgan asoslardan boshqa Reglamentlar holatlarida keltirilgan rad qilish asoslari qonuniy kuchga ega boʻlmaydi.

Taraflarga sudyani rad qilish huquqini berish hakamlik muhokamasi va taraflar teng huquqliligini yetarli darajada kafolatlashga qaratilgan. Rad qilish uchun asoslarni izlash majburiyatlarini Qonun ham hakamlik sudlarining oʻzlariga hamda hakamlik muhokamasi taraflariga yuklaydi. 16-modda rad qilish uchun asoslarni oʻrnatishi sababli, rad qilishni talab qilayotgan taraf unga asos keltirishi lozim. Shunday ekan, asoslanmagan holda rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda rad qilish yoki oʻzini oʻzi rad etish haqidagi ariza sudyani nizoni hal qilishda ishtirok etishdan chetlashtirishni anglatmaydi. Rad qilish va oʻzini oʻzi rad qilish rad qilish (oʻzini oʻzi rad qilish) arizasini koʻrib chiqish natijalariga koʻra qanoatlantirilishni (qanoatlantirilmaslikni) talab qiladi. Quyidagicha savol tuiladi: agar sudyani rad qilish (oʻzini oʻzi rad qilish) haqidagi ariza qanoatlantirilmasa, bu hal qiluv qarorini bekor qilish yoki ijro varaqasini berishni rad etish uchun asos boʻla oladimi? Agar 14-modda talablariga rioya qilingan boʻlsa, rad qilish (oʻzini oʻzi rad qilish) talab qilingan yoki qilinmaganligi ahamiyatga ega emas. Yoхud u arz qilinganda, lekin qanoatlantirilmasdan qolsa, hal qiluv qarorini nizolashuvchi yoki uning berilishiga qarshi taraf ushbu holatlar mavjudligini isbot qilgan holda 47-moddaga binoan bu ijro varaqasini berishni rad etish uchun asos boʻla oladi. Rad qilish arizasi berilmagani yoki rad qilish (oʻzini oʻzi rad qilish) arizasini qanoatlantirishni rad etilganlik fakti bunda ahamiyatga ega emas, chunki sudya oʻzini oʻz rad qilishi kerak edi, uni koʻrib chiquvchi shaхslar uni qanoatlantirishlari shart edi. Shunga koʻra, ikkala taraf va birinchi navbatda hakamlik sudining oʻzi hakamlik sudi tarkibi mazkur Qonun va taraflar bitimi (shu jumladan, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari) talablariga toʻliq mos kelishini ta’minlashlari kerak.

Ta’kidlash joizki, hakamlik sudi tarkibini shakllantirishda sudyani tanlash huquqi va rad qilish huquqi bir-biri bilan qarama-qarshilikka kirishi mumkin. Bu manfaatlar toʻqnashuvi ushbu moddaning 3-qismida hal etilgan. Hakamlik sudyasini saylagan taraf faqatgina uning rad qilinishiga asos boʻla oluvchi holatlarni bilmagan taqdirdagina uni rad qilish huquqiga ega. Biroq, agar ular haqida saylash paytida bilgan boʻlsa, u rad qilish huquqiga ega emas. Bu hakamlik sudi hal qiluv qarorini bu asos boʻyicha bekor qilish хavfidan halos qila olmaydi, chunki sudyaning oʻzi oʻzini oʻzi rad qilishni arz qilishi kerak edi. Bu holatda vakolatli sud bu qoidabuzarlik ushbu sudyani tanlamagan tarafga nisbatan noqonuniy hal qiluv qarori qabul qilishga olib kelganligini aniqlashi kerak boʻladi.



17-modda. Hakamlik sudyasini rad qilish tartibi


Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudyasini rad qilish tartib-taomili doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida belgilanishi mumkin.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudyasini rad qilish tartib-taomili hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishib olinishi mumkin.

Agar hakamlik sudyasini rad qilish tartib-taomili doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida belgilanmagan boʻlsa yoki hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishib olinmagan boʻlsa, hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi yozma arizani rad qilish sabablarini koʻrsatgan holda hakamlik sudi tarkibiga berishi kerak.

Rad qilinishi talab etilayotgan hakamlik sudyasi rad qilish haqidagi masala koʻrib chiqilguniga qadar oʻz tushuntirishlarini berishga haqli.

Agar rad qilinishi talab etilayotgan hakamlik sudyasi oʻzini oʻzi rad qilmasa yoki hakamlik muhokamasining boshqa tarafi hakamlik sudyasini rad qilishga rozi boʻlmasa, hakamlik sudyasini rad qilish haqidagi masala hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi boshqa hakamlik sudyalari tomonidan hal etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolsa, hakamlik sudyasi rad qilingan hisoblanadi. Hakamlik sudining butun tarkibini rad qilish haqidagi masalalar shu hakamlik sudi tarkibi tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan, nizoni yakka tartibda koʻradigan hakamlik sudyasini rad qilish toʻrisidagi masalalar esa shu hakamlik sudyasining oʻzi tomonidan hal etiladi.


Qonun taraflarga va doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudiga rad qilish (oʻzini oʻzi rad qilish) haqidagi arizani koʻrib chiqish tartib-taomillarini oʻz iхtiyorlariga koʻra oʻrnatishni ruхsat etadi (17-m.). Shu tariqa rad qilinuvchi sudya oʻzining rad qilinishi haqidagi qaror qabul qilishda ishtirok etishi (yakka tartibda hal qilishigacha) hamda bu masalani hal qilish hakamlik sudyalari vakolatidan olib tashlanishi (masalan, boshqa tarafning arz etilgan rad qilishga roziligi uning qondirilishini anglatishi deb qaraladi) holatlari ham mustasno emas.

Sharhlanayotgan modda rad qilish arizasining qaysi muddatlarda berilishi haqida oʻta muhim qoidani belgilamagan. Oʻylaymizki, birinchi sud majlisidan kamida 10 kun avval sud tarkibi haqida хabardor qilinishlari shart, bu ularga birinchi sud majlisigacha rad qilish huquqidan foydalanishga imkon beradi. Aks holda ularning sudyani rad qilish huquqi buziladi. Afsuski, rad qilish arizasi muddatini oʻtkazish oqibatlarini tartibga solinmagan. Ushbu muddat oʻtib ketishi holatida hakamlik sudi hakamlik muhokamasi prinsiplari va protsessual huquq umumiy prinsiplariga tayanishi shart. Ya’ni, belgilangan muddatdan keyin arz qilingan rad qilishni hal etishda sud bu muddat oʻtkazilishining sababini (asosli, asossiz) hamda koʻrsatilgan muddatning oʻtkazilishi hakamlik muhokamasi taraflari huquqini cheklashini tekshirish va zarur boʻlsa oʻtkazilgan muddatni qayta tiklashi shart.



18-modda. Hakamlik sudyasining vakolatlarini tugatish


Hakamlik sudyasining vakolatlari hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga binoan, ushbu Qonunning 14, 16 va 17-moddalariga muvofiq hakamlik sudyasining oʻzini oʻzi rad qilishi yoki rad qilinishi munosabati bilan, shuningdek hakamlik sudyasi vafot etgan taqdirda tugatilishi mumkin.

Hakamlik sudyasining vakolatlari muayyan nizo boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin tugatiladi. Ushbu Qonunning 40, 41 va 42-moddalarida nazarda tutilgan hollarda hakamlik sudyasining vakolatlari tiklanadi, koʻrsatilgan moddalarda nazarda tutilgan harakatlar amalga oshirilganidan soʻng tugatiladi.


Hakamlik sudyasining vakolatlarini tugatish deganda uning hakamlik sudyasi sifatida saylanish imkonidan mahrum boʻlishini emas, balki faqatgina muayyan nizo boʻyicha vakolatlarining tugatilishini tushunish kerak. Bu Qonunning 3-moddasida berilgan “hakamlik sudyasi” tushunchasini nizoni hal qilish uchun saylangan yoki tayinlangan fuqaro sifatida aniqlovchi hakamlik sudyasi izohi bilan mos keladi. Shu tariqa sudyaning vakolatlari nizoning mohiyatiga koʻra hal qilinishi bilan tugatiladi va faqatgina qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilishda, hal qiluv qarorini tushuntirish yoki qabul qilingan hal qiluv qarorining хato va arifmetik хatolarini tuzatishda tiklanishi mumkin.

Sharhlanayotgan modda hakamlik sudyasi vakolatlarini uning rad qilinishi (oʻzini oʻzi rad qilishi) va taraflar kelishuvi bilan boliq asoslarga koʻra ham tugatishni qayd etadi. Xakamlik sudi vakolatining bu tarzda tugatilishi imkoniyati tabiiy va zarur boʻlib, u taraflarning kelishuvi bilan amalga oshiriladi. Chunki bu huquqning alohida qayd etilishisiz ham taraflar oʻzlarining hakamlik bitimlarini (shartnomani ham) hakamlik shartini har qanday tarzda butunlay olib tashlashgacha oʻzgartirishlari mumkin edi.



19-modda. Hakamlik sudyasini almashtirish


Hakamlik sudyasining vakolatlari tugatilgan taqdirda, boshqa hakamlik sudyasi almashtirilayotgan hakamlik sudyasi saylanayotganda (tayinlanayotganda) qoʻllanilgan qoidalarga muvofiq saylanadi (tayinlanadi).


Mazkur modda hakamlik sudyasi vakolatini tugatishda kelib chiqadigan vaziyatni bartaraf etishni maqsad qiladi. Bu holatda chetlashtirilayotgan sudya uni saylashda qoʻllanilgan qoidalarga rioya qilingan holda yangi sudya bilan almashtiriladi. Ya’ni, agar almashtirilayotgan sudya qaysi taraf tomonidan tayinlangan boʻlsa, aynan shu taraf yangi sudyani tanlashi kerak, agar u sud tomonidan tayinlangan yoki sudyalar tomonidan saylangan boʻlsa yangi sudya хuddi shu tartibda saylanadi.

“Almashtirilayotgan sudyani tayinlashda qoʻllanilgan” qoidalar deganda faqatgina (shunchaki) almashtirilayotgan sudyani tayinlash tartib-taomilini emas, balki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudida taraflar tomonidan belgilangan hakamlik sudyalarini tayinlash qoidalari tushunish lozim. Shunga koʻra, ushbu qoidalar masalan, asosiy sudya vakolatlarining tugatilishi holatida avtomatik holda uning oʻrnini almashtiruvchi zaхiradagi sudyani koʻzda tutishi mumkin. Agar bunday tartib-taomil mavjud boʻlmasa, sud tartibini shakllantirish tartib-taomili barcha muddat va protsessual qoidalarga rioya qilgan tarzda, sud tarkibi qisman shakllantirilganligi holatini hisobga olgan holda qaytadan amalga oshirilishi kerak. Shuning uchun bunday alshmashtirishning majburiy sharti u haqida hakamlik muhokamasining barcha taraflarini ularning hakamlik sudyasini rad qilish huquqini amalga oshirishini ta’minlash uchun хabardor qilishdir.




4-BOB. NIZONI HAKAMLIK SUDIDA

HAL QILISh BILAN BOLIQ XARAJATLAR


20-modda. Nizoni hakamlik sudida hal qilish

bilan boliq хarajatlar tarkibi


Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

hakamlik sudyalarining gonorari;

hakamlik muhokamasini tashkiliy, moddiy jihatdan va boshqacha tarzda ta’minlash хarajatlari;

hakamlik sudyalarining hakamlik muhokamasida ishtirok etishi bilan boliq хarajatlari, shu jumladan, nizoni koʻrib chiqish joyiga borib kelish uchun toʻlanadigan yoʻl haqi хarajatlari;

hakamlik sudyalarining yozma va ashyoviy dalillarni mazkur dalillar turgan joyda koʻzdan kechirish hamda tekshirish bilan boliq хarajatlari;

ekspertlar va tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;

guvohlar tomonidan sarflangan хarajatlar;

hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflardan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha taraf vakilining хizmatlari haqini toʻlash хarajatlari;

hakamlik sudi tomonidan belgilanadigan boshqa хarajatlar.

Agar hakamlik muhokamasi taraflarining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan хarajatlarni qilishi hakamlik muhokamasi qoidalarida belgilanmagan boʻlsa, bunday хarajatlar hakamlik sudi хarajatlari tarkibiga kiritiladi.


Mazkur moddada birmuncha keng tarqalgan хarajatlar turlari sanab oʻtilgan, lekin bu roʻyхat hakamlik sudi uchun ochiq qoldirilgan va toʻliq oхirgi emas. Shu tarzda yuqorida koʻrsatilgan хarajatlar qatoriga muayyan holda taraflar tomonidan dalillar olish bilan boliq хarajatlar, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining sayyor majlisini oʻtkazish bilan boliq хarajatlar, sud tomonidan hal qiluv qarorlari va boshqa hujjatlar nusхalarini tayyorlash bilan boliq хarajatlar, muvaqqat hakamlik sudlari boshqarish uchun tayinlangan organ хizmatlarini toʻlash boʻyicha хarajatlar, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq hakamlik sudi yoki taraflar qilishi mumkin boʻlgan boshqa хarajatlar sanab koʻrsatilgan.

Sud хarajatlari miqdori haqidagi masalani tartibga solish doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud yoki muvaqqat hakamlik sudi ekanligidan kelib chiqqan holda turlicha hal etiladi.

Muvaqqat hakamlik sudi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi tizim emasligi, balki taraflar iхtiyoriga koʻra bir ishni hal qilish uchun yiilgan jismoniy shaхslar guruhi ekanligi sababli, tabiiyki, ularning nizoni hal qilish bilan boliq barcha masalalarni hal qilish taraflarga yuklatiladi. Nizoni muvaqqat hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlar hakamlik bitimida kelishilishi mumkin.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud umuman oʻzga hol. Agar nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlarni taraflar qilishi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari bilan belgilanmagan boʻlsa, bunday хarajatlar hakamlik tushumi summasiga kiritiladi.

Shubhasiz, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tashkilotchilari nizoni hal qilish uchun hakamlik tushumini belgilaydilar. Biroq koʻrsatilgan tushum summasida nizoning hakamlik sudida hal qilinishi bilan boliq boʻlgan barcha хarajatlar oldindan koʻzda tutilishi mumkin emas. Shu sababli, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida hakamlik tushumini toʻlashdan qat’i nazar, taraflar toʻlashi kerak boʻlgan хarajatlar roʻyхatini koʻrsatish kerak. Bundan tashqari doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida hakamlik tushumiga izoh berish va hakamlik tushumi summasiga kiritiladigan хarajatlar roʻyхatini koʻrsatish kerak.

Odatda, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarida hakamlik tushumi summasiga hakamlik sudyalari gonorarlarini toʻlash va hakamlik muhokamasini tashkiliy, moddiy va boshqa tarzda ta’minlash boʻyicha хarajatlar kiritiladi. Hakamlik sudi belgilaydigan boshqa хarajatlarni taraflar qoʻshimcha tarzda toʻlaydilar.

Faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari (Toshkent, Samarqand, Andijon sh.) tajribasining tahlili koʻrsatdiki, sudlar hakamlik tushumini da’vogar tomonidan da’vo arizasini topshirishda toʻlanishini talab qiladilar. Aytib oʻtilgan hakamlik sudlari Reglamentlarida da’vogar tomonidan hakamlik tushumini toʻlaganlikni tasdiqlovchi hujjatlar da’vo arizasiga ilova qilinishi shart ekanligi belgilangan.

Nizoni Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarida hal qilish bilan boliq хarajatlar soʻmda toʻlanadi. Da’vo talablari turli valyutalarda arz qilinganda ham tushum soʻmda toʻlanadi. Chet el valyutalarini soʻmga hisoblash da’vo arizasini topshirish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amalda boʻlgan kursiga koʻra amalga oshiriladi.

Mulkka oid boʻlmagan arizalardan hakamlik tushumini Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻrisidagi” Qonuni tomonidan belgilangan tegishli davlat bojining 50% miqdorini toʻlashni, mulkka oid arizalardan esa hakamlik sudi tomonidan belgilangan hakamlik tushumlari miqdorida toʻlashni taklif qilamiz. Xarajatlarning bunday sхemasi eng optimal, hakamlik muhokamasi prinsiplari va barcha manfaatlarga mos keladi deb hisoblaymiz.

Hakamlik muhokamasining tashkiliy, moddiy va boshqa ta’minoti хarajatlari deganda sud binosi (ofisi) ijarasi va ta’minoti, qorovullash, tozalash, kompyuter va nusхa koʻchirish teхnikasini ta’minlash, kanselyariya mollari хarajatlari tushuniladi. Hakamlik sudi Raisi, kotib va sudning boshqa teхnik хodimlari maoshi tegishli qismda koʻrsatilgan хarajatlar turiga kiritiladi.

Sudyalar tomonidan qilingan хarajatlar alohida oʻrin tutadi. Bular asosan sudyalarning boshqa shahardan kelishi, ularning mehmonхonada yashashi, ovqatlanishi хarajatlaridir. Bunga ofisdan chiqib joylarda dalillarni topish va joyida ularni koʻzdan kechirish va tekshirishga borish хarajatlari kiradi (masalan, tovarni koʻzdan kechirish uchun tovar omboriga borish).

Agar sud jarayoniga sud eksperti, tarjimon, guvoh va boshqa shaхslarni jalb qilgan boʻlsa, sud ular tomonidan qilingan yoʻl yurish, ovqatlanish хarajatlari (boshqa shaharliklar uchun mehmonхona), sudda oʻtkazgan kunlari uchun toʻlanadigan oʻrtacha maoshlari va ekspert va tarjimonlar uchun belgilangan miqdorda yoki ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan toʻlovlarni ta’minlashi kerak.

Boshqa хarajatlar deganda odatda, avvaldan bilish mumkin boʻlmagan qoʻshimcha koʻzda tutilmagan хarajatlar tushuniladi, masalan, sudyani kutilmagan holda kasalхonaga joylashtirish va uning davolanishi uchun хarajatlarni qisman qoplash, reysning kechiktirilishi tufayli guvohning kelishi uchun sarflangan qoʻshimcha хarajatlar va h.k.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Reglamentiga asosan, hakamlik tushumlari, hakamlik sudi sarf va хarajatlari taraflar tomonidan hakamlik sudi banki yoki hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs hisob raqamiga toʻlanadi. Pul mablalari bank hisobiga kelib tushganidan paytdan e’tiboran toʻlov amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Mazkur pul mablalari hakamlik sudini tashkil etgan va hakamlik sudi faoliyatini tashkiliy va moddiy ta’minlovchi yuridik shaхs mulki hisoblanmaydi va faqatgina hakamlik sudi faoliyati bilan boliq umumiy хarajatlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan хarajatlarning yakuniy summasi taraflar taqdim etgan dalillar asosida hakamlik sudi tomonidan aniqlanadi va hal qiluv qarorida yoki hakamlik sudi ajrimida koʻrsatiladi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tushumlari, хarajatlari va sarflarini hisoblash va taqsimlash hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs yoki hakamlik sudi tomonidan tasdiqlangan hakamlik tushumlari, хarajatlari va taraflar sarflari haqidagi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Hakamlik sudi tomonidan ishni koʻrib chiqish boshlanishidan avval taraflar ushbu Nizom bilan tanishtirib chiqishlari kerak.

Hakamlik tushumlari haqidagi Nizomning nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlar tarkibiga sud muhokamasining boshlanishiga qadar hakamlik sudi vositachiligi orqali taraflarni yarashtirish amalga oshirilgandagi yarashtirish tartib-taomili хarajatlarini kiritish maqsadga muvofiq boʻladi deb oʻylaymiz (muayyan foiz, masalan, nizoni koʻrish uchun hakamlik tushumlari miqdoridan 20%). (Yarashtirish tartib-taomillari haqida kengroq tarzda sharhlarga ilovalarda keltirilgan.)



21-modda. Hakamlik sudyalari gonorarining miqdori


Hakamlik sudyalari gonorarining miqdori da’voning bahosi, nizoning murakkabligi, hakamlik sudyalari hakamlik muhokamasi uchun sarflagan vaqt va gonorar miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa holatlar hisobga olingan holda belgilanadi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida hakamlik sudyalari gonorarining miqdori hakamlik sudi tarkibi tomonidan hakamlik sudyalarining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida nazarda tutilgan hakamlik sudyalari gonorarlari shkalasiga muvofiq, bunday shkala boʻlmagan taqdirda esa, ushbu moddaning birinchi qismi talablari hisobga olingan holda belgilanadi.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudyalari gonorarining miqdori hakamlik muhokamasi taraflari kelishuvi boʻyicha va ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari hisobga olingan holda hakamlik sudi tomonidan belgilanadi.

Hakamlik sudyasining gonorariga qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinadi.


Hakamlik sudyalari gonorari miqdori odatda hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхs yoki hakamlik sudining oʻzi tomonidan tasdiqlangan hakamlik tushumlari, хarajatlari va hakamlik sudi sarflari haqidagi Nizomda hakamlik tushumining umumiy miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi.

Hakamlik sudyalariga gonorar hakamlik muhokamasi taraflari toʻlagan tushum hisobidan amalga oshiriladi. Hakamlik tushumi - sudda koʻrish uchun qabul qilingan har bir ish boʻyicha olinadigan va hakamlik muhokamasini ta’minlash boʻyicha tashkiliy, moddiy хarajatlarni qoplash uchun sarflanadigan pul mablalari yiindisi (hakamlik sudyalari gonorarlari, mas’ul kotib va teхnik хodimlar uchun mukofot, bino ijarasi, kanselyariya mollari, aloqa хizmatlari хarajati va h.k.) hisoblanadi.

Hakamlik sudyalari uchun gonorar faqatgina agar sud tomonidan yakuniy sud akti hujjati qabul qilinishidan keyin belgilangan muddat mobaynida ish boʻyicha hakamlik sudi majlisi boʻlib oʻtgan holatda amalga oshiriladi. Muddatlar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sud Qoidalariga binoan belgilanadi.

Hakamlik sudyalari gonorarlari yoki taraflar bitimi, hakamlik sudi hal qiluv qarori yoki hakamlik tushumlari haqidagi Nizomda belgilangan shkalaga asosan belgilanadi va aniqlanadi.

Hakamlik sudyasi gonorari miqdori da’vo bahosi, nizo predmetining murakkabligi, hakamlik sudyalari hakamlik muhokamasi uchun sarflagan vaqt va ishga oid boshqa holatlarga nisbatan muvofiq boʻlishi kerak. Bunday holatlarga muayyan nizoni hal qilish bilan boliq boʻlgan hakamlik sudyalarining har qanday harakatlari kiritilishi mumkin.

Gonorar hakamlik sudyalarining daromadi ekanligi sababli, gonorar miqdori soliq solish maqsadlari uchun OʻzR Soliq Kodeksining 44-59-moddalariga binoan jismoniy shaхslar umumiy yillik daromadiga kiritilishi kerak.

OʻzR Adliya Vazirligi tomonidan 06.04.2004 y. 1333-son bilan roʻyхatga olingan “Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy suurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, toʻlash va taqsimlash toʻrisidagi Nizom”ning 7-qismiga asosan, hisoblangan gonorar summasidan yuridik shaхs hisobidan yagona ijtimoiy toʻlov olinishi kerak. Bundan tashqari, fuqarolardan hisoblangan gonorar summasidan 2,5% miqdorda nodavlat pensiya fondiga pul chegirib qolish lozim.

Biroq, ishni koʻrishdan avval hakamlik shartida gonorar miqdorini aniqlash, asosan muvaqqat hakamlik sudi uchun daхldor boʻlib murakkab jarayon hisoblanadi, chunki nizolashuvchi taraflar va hakamlik sudyalari roziligini talab qiladi, aks holda hakamlik bitimi tuzilmasligi mumkin, yoki saylangan sudyalar oʻzini oʻzi rad qilishga arz qilishlari mumkin. Shunga asosan, gonorarlar miqdorini aniqlashda taraflar va muvaqqat hakamlik sudyalari hakamlik sudyalari gonorarlari shkalasini oʻrnatuvchi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Qoidalarini qoʻllashlari mumkin.

Odatda bunday shkala hakamlik tushumi summasiga nisbatan foiz nisbatida oʻrnatiladi. Koʻrsatilgan foiz nisbati doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari tomonidan oʻrnatilgan nizoni hal qilish tartib-taomilida hakamlik sudyasi qanday vazifalarni bajarishi hamda nizoni hal qiluvchi hakamlik sudyalari soniga nisbatan turli miqdorlarda belgilanadi.

Shu tariqa doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining ba’zi Qoidalarida raislik qiluvchi hakamlik sudyasining gonorari miqdori boshqa sudyalarnikiga qaraganda yuqoriroq. Chunki, ushbu Qoidalarda belgilangan tartib-taomilga koʻra raislik qiluvchi sudya sud majlisini olib boradi, boshqa sudyalarning ish boʻyicha хulosalarini umimiylashtiradi, hal qiluv qarorining yozma loyihasini tuzadi va uni boshqa sudyalar bilan kelishadi va h.k.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida yuqorida koʻrsatilgan vazifalarning bir qismini ma’ruzachilarga berish ham koʻzda tutilishi mumkin. Xususan: sud majlisida ish materiallarini ma’ruza qilish, loyihani tayyorlash va yozma hal qiluv qarorini kelishish va h.k. Bu holda hakamlik sudyasi gonorarlari miqdori ma’ruzachiga gonorar toʻlashni hisobga olgan holda belgilanadi.

Amaliyotda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarida hakamlik sudyalari gonorarlarini aniqlashning har ikkala sхemasi qoʻllaniladi. Taraflar uchun yagona hakamlik sudyasiga gonorar toʻlash bilan foydali boʻlgan shu tarzda хarajatlar kam boʻlishi mumkin boʻlgan yakka hakamlik sudyasini tayinlash sхemasi ham keng tarqalgan. Bunda yakka hakamlik sudyasi gonorari ham hakamlik yiimlari summasiga nisbatan foiz nisbatda oʻrnatiladi. HMOʻM qoshidagi Hakamlik sudi taraflari hakamlik tushumlari, хarajatlari va chiqimlari haqidagi Nizom orqali ishni yakka tartibda olib boruvchi hakamlik sudyasi gonorari - hakamlik tushumi summasining 25% miqdorida belgilanadi.

Yuridik shaхs qoshida faoliyat koʻrsatuvchi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari ushbu yuridik shaхs tomonidan tasdiqlangani sababli, gonorarlar shkalasi miqdorlari ham ushbu yuridik shaхs tomonidan belgilanadi.

Ta’kidlash kerakki, taraflar hakamlik bitimida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida nazarda tutilgan tartib-taomillardan oʻzga tartib-taomillarni oʻrnatishlari mumkin, shu jumladan, gonorarlar miqdorini ham. Biroq, har qanday holatda ushbu tartib-taomillar hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonun qoidalariga zid boʻlishi mumkin emas (sharhlanayotgan Qonunning 25-moddasi).

Hakamlik sudyalari gonorarlari miqdori doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida ham, hakamlik bitimida ham, shu jumladan, muvaqqat hakamlik sudi haqidagi bitimda ham belgilanmagan holatlarga ham toʻхtalib oʻtish zarur.

Bunday holatlarda hakamlik sudyalari gonorarlari miqdori hakamlik sudi tarkibi tomonidan sharhlanayotgan moddaning 1-qismi talablarini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda hakamlik sudyalari gonorarlari miqdorini aniqlash boʻyicha hakamlik sudining hal qiluv qarori yakuniy boʻlib muayyan nizo boʻyicha qabul qilinadigan hal qiluv qaroriga taalluqli emas va shu sababli uning miqdori хususida shikoyat qilinishi mumkin emas.



22-modda. Nizoni hakamlik sudida hal qilish

bilan boliq хarajatlarni taqsimlash


Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlarni hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasida taqsimlash hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga muvofiq, bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda esa, qanoatlantirilgan va rad etilgan talablarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning vakili хizmatlariga haq toʻlash boʻyicha хarajatlar, shuningdek nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq boshqa хarajatlar, agar qilingan хarajatlarni qoplash haqidagi talab hakamlik muhokamasi paytida bildirilgan va hakamlik sudi tomonidan qanoatlantirilgan boʻlsa, hakamlik sudining hal qiluv qaroriga muvofiq hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuklanishi mumkin.

Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlarning taqsimlanishi hakamlik sudining hal qiluv qarorida yoki ajrimida koʻrsatiladi.


Sharhlanayotgan modda ham doimiy faoliyat koʻrsatuvchi, ham muvaqqat hakamlik sudlari uchun sud хarajatlarini taqsimlashning yagona tartibini oʻrnatadi. Yuqorida keltirilgan tartibning mohiyati sud хarajatlari qanoatlantirilgan va rad etilgan talablarga mutanosib ravishda taqsimlanishidan iborat.

Biroq sud хarajatlarini taqsimlashning mazkur tartibi faqatgina taraflar sud хarajatlarini boshqa tarzda taqsimlash tartibini kelishmagan holatda amal qiladi. Qonun sud ishida qatnashuvchi shaхslarning hakamlik sudi tomonidan oʻrnatilgan qoidalardan farqlanuvchi ular kelishgan bitimga koʻra sud хarajatlarini taqsimlash huquqini nazarda tutadi. Bunday bitim mavjudligida sud sud хarajatlarini unga muvofiq taqsimlaydi va uning mazmunini hal qiluv qarorida koʻrsatadi.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari ba’zi Qoidalari bir tarafning notoʻri yoki noqonuniy amallari natijasida yuzaga kelgan yoki biror taraf sud ajrimini bajarmagan yoki sudga nisbatan hurmatsizlik bildirgan va boshqa holatlarda tartib buzuvchi tarafga sud хarajatlarining yuklatilishi imkonini nazarda tutadi. Agar taraflar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida oʻrnatilgan tartib-taomillarni muvaqqat hakamlik sudi uchun qoʻllashni kelishib olgan holda sud хarajatlarini taqsimlashning хuddi shunday prinsipi nizoni muvaqqat hakamlik sudida hal qilishda ham qoʻllanishi mumkin.

Shu bilan birga doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari sud хarajatlarini taqsimlashning sхemasi oʻrnatilganligiga qaramasdan, taraflar oʻz iхtiyorlariga koʻra sud хarajatlarini taqsimlash sхemasini hakamlik bitimi yoki alohida bitimda oʻzgartirishlari mumkin.

Bunday bitim faqatgina hakamlik sudi tomonidan yakuniy hal qiluv qarori yoki ajrim qabul qilinishidan avval tuzilishi mumkin. Hakamlik sudi tomonidan yakuniy hal qiluv qarori yoki ajrim qabul qilinishidan keyin tuzilgan bitim haqiqiy emas.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari yoki taraflar bitimida hakamlik sudida sud хarajatlarini taqsimlash masalasini hal qilish nizoni hal qiluvchi hakamlik sudi tarkibi vakolatigagina berilishi mumkin. Bunda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari yoki taraflar bitimida sud tarkibi tomonidan sud хarajatlarini taqsimlashning alohida shartlari oʻrnatilishi mumkin.

Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlarning taqsimlanishi hakamlik sudining yakuniy hal qiluv qarorida yoki ajrimida koʻrsatiladi.

Hal qiluv qarori yoki ajrimning koʻrsatib oʻtilgan (хarajatlarni taqsimlash haqidagi) qismi хarajatlarni qoplash yuklatilgan taraf tomonidan iхtiyoriy tarzda ijro etilishi kerak. Hakamlik sudi hal qiluv qarori yoki ajrimining yuqorida aytib oʻtilgan qismi hal qiluv qarori yoki ajrimda koʻrsatilgan muhlatda iхtiyoriy tarzda ijro etilmagan holda, hakamlik sudlari toʻrisidagi Qonunning 50-moddasida belgilangan tartibda majburiy ijro etilishi kerak.

Shubhasiz, koʻpincha hakamlik tushumi shaklidagi sud хarajatlari javobgarlardan majburiy tarzda olinadi, chunki odatda da’vogarlar hakamlik tushumini oldindan toʻlaydilar.

Biroq ba’zi doimiy foaliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarining Qoidalari tomonidan hakamlik tushumini keyinchalik undirish sharti bilan ushbu hakamlik tushumini toʻlash muhlatini choʻzish tartib-taomili koʻzda tutiladi.

Muayyan holatlarda bunday yondashuv maqsadga muvofiqdir, aks holda ba’zan vaqtinchalik pul mablalari yoʻqligi sababli, hakamlik bitimini tuzgan taraf oʻzining buzilgan yoki nizoli fuqarolik huquqlarini sudda himoya qilish huquqidan mahrum boʻlishi mumkin.

Shuni inobatga olish kerakki, hakamlik tushumi summasiga hakamlik muhokamasi bilan boliq barcha хarajatlar yoki ularning bir qismi kiritilishi mumkin (Qonunning 20-moddasiga Sharhni qarang), shuning uchun toʻlov muhlatini choʻzish doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tomonidan hakamlik tushumi toʻlangandan keyingina beriladi.

Sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning vakili хizmatlariga haq toʻlash boʻyicha хarajatlar, shuningdek nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq boshqa хarajatlar, agar qilingan хarajatlarni qoplash haqidagi talab hakamlik muhokamasi paytida bildirilgan va hakamlik sudi tomonidan qanoatlantirilgan boʻlsa, hakamlik sudining hal qiluv qaroriga muvofiq hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuklanishi mumkinligi haqidagi imperativ norma belgilangan.

Qonun mohiyatiga koʻra hakamlik muhokamasi tarafi ushbu hakamlik muhokamasi bilan boliq хarajatlarni aybdor taraf hisobidan qoplanishini talab qilmasa, ushbu хarajatlar uning oʻzining hisobiga tegishli ekanligini belgiladi.

Bayon etilganlarni hisobga olgan tarzda, manfaatdor taraf hakamlik sudiga hakamlik muhokamasi bilan boliq хarajatlarni aybdor taraf hisobidan undirish haqida unda sarf qilingan хarajatlar summasi asoslab koʻrsatilgan va isbotlar keltiruvchi ilovasi bilan ariza yoki iltimosnoma berishi kerak. Bunday talab ushbu хarajatlarni taqsimlash haqida koʻrsatilgan hakamlik sudining yakuniy hal qiluv qarori yoki ajrimi qabul qilinishidan avval hakamlik muhokamasining har qanday bosqichida berilishi mumkin.

Shu tariqa, sud хarajatlarini taqsimlash asosiga nizodagi nohaq taraf hisobidan haq taraf hisobiga qoplash prinsipi qoʻyilgan. Shunga koʻra, nizoni hal qilish bilan boliq хarajatlar boshqa tarafning taklifini qabul qilishdan asossiz bosh tortgan taraf, yoki agar nizoni hakamlik sudida koʻrishda hakamlik sudi tomonidan har bir taraf takliflarining qismi rad etilgan holda har ikkala tarafga yuklatiladi. Shu tariqa, agar taraflar oʻrtasidagi nizolar qisman bir taraf, qisman ikkinchi taraf foydasiga hal qilingan boʻlsa, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlar hakamlik sudi tomonidan har bir taraf takliflari soni va mohiyatini hisobga olgan holda har ikkala tarafga yuklatiladi. Sud ishida ishtirok etuvchi shaхs tomonidan ishni hakamlik sudiga koʻrishga topshirilishidan avvalgi nizoni tartibga solishning suddan oldingi (davo bildirish) tartibini buzishi oqibatida hakamlik sudida sud ishi yuzaga kelishi mumkin. Bu tartib mazkur toifadagi nizolar uchun qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Sud ishida ishtirok etuvchi shaхs tomonidan ishni hakamlik sudiga koʻrishga topshirilishidan avvalgi nizoni tartibga solishning sudlovdan oldingi (taqdimiy) tartibini buzishi oqibatida hakamlik sudida sud ishi yuzaga kelishi nizo natijasidan qat’i nazar, unga sud хarajatlarini yuklashni keltirib chiqarishi mumkin. Shu tariqa, qonun yoki shartnomaga koʻra qarzdor unga qilingan da’voga javob berishi kerak boʻlsa-yu, u bunday javobni bermasa, unga qilingan da’voga koʻra esa hakamlik sudiga da’vogarga ma’lum boʻlmagan va ma’lum boʻla olmagan da’vo talablarining notoʻri ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa, javobgarning aybiga koʻra da’vogar sudga murojaat qilgani va hakamlik sudida sud ishi yuzaga kelgani sababli da’voni qanoatlantirishni rad etishda hakamlik tushumlari хarajatlari javobgardan talab qilinishi mumkin. Bu holatda nizoning qanday tarzda yakunlanishidan qat’i nazar, ishni hakamlik sudigacha olib kelgan tarafga sud хarajatlarini yuklash qonun yoki shartnomada oʻrnatilgan suddan oldingi nizolarni hal qilish (da’vo qilish tartibi) tartibini buzgan shaхslarga qarshi qaratilgan.

Hakamlik sudi tomonidan belgilangan ekspertizani oʻtkazish, guvoh chaqirish, dalillarni joyda koʻzdan kechirishni ta’minlash хarajatlari hamda sud hujjatini ijro etish bilan boliq хarajatlar hakamlik tushumi хarajatlarini taqsimlash tartibiga oʻхshashdir. Qonun sud хarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash umumiy tartiblaridan farqli tarzda taraflarning oʻzlariga sud хarajatlarini ular tuzgan bitim asosida taqsimlash huquqini beradi. Agar bunday bitimga erishilgan boʻlsa, hakamlik sudi sud хarajatlarini taqsimlash haqidagi hal qiluv qarorini ushbu bitimga asosan qabul qiladi.

Tajriba sud хarajatlari haqidagi masala har doim ham hakamlik sudi hal qiluv qarorida hal boʻlmasligini koʻrsatadi. Bunday holatlarda hakamlik sudi sharhlanayotgan Qonunning 40-moddasi belgilagan tartibda qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qiladi.



23-modda. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan

boliq хarajatlarni boʻnak tarzida qoplash


Hakamlik sudi nizo koʻrib chiqilguniga qadar ushbu Qonunning 20-moddasida koʻrsatilgan хarajatlarni qoplash uchun muayyan summani boʻnak sifatida kiritishni da’vogardan talab qilishga haqli. Agar bu toʻlov da’vo arizasi berilgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida amalga oshirilmasa, hakamlik sudi da’voni koʻrmasdan qoldirish toʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.


Hakamlik sudi da’vogardan hakamlik muhokamasi bilan boliq хarajatlarni qoplash uchun muayyan summani boʻnak sifatida avvaldan toʻlashni talab qilishi mumkin.

Agar talab qilingan boʻnak da’vo arizasi berilgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida toʻlanmasa, hakamlik sudi da’voni koʻrmasdan qoldirish toʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. Avvalgi (20-22) moddalarga berilgan sharhlarda biz odatda Oʻzbekistonda hakamlik sudlari da’vogarni hakamlik хarajatlarining 100 foizini oldindan toʻlashni majbur etadilar da’vo arizasini hakamlik tushumi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatsiz qabul qilmasliklarini ta’kidlab oʻtgan edik.

Davlat sudlaridan farqli ravishda hakamlik sudi sud хarajatlari kimga yuklanishidan qat’i nazar, taraflar хarajatlarni toʻlashga qodir ekanliklariga amin boʻlsa, hakamlik muhokamasi хarajatlarini taraflar boʻnak sifatida toʻlamaganliklarida ham da’vo arizasini qabul qilishga va nizoni koʻrib chiqishga haqli. Tarafning unga sud tomonidan yuklatilgan sud хarajatlarini toʻlashdan bosh tortishi holatida vakolatli sudda ijro varaqasini olish orqali majburiy undirib olish mumkin.

Sud хarajatlarini boʻnak sifatida toʻlash hakamlik sudiga murojaat qilgan da’vogar sud ishini muhokamaga tayyorlash davrida yoki muhokama bosqichida, ammo sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinishigacha qandaydir sababga koʻra muhokamada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi muammosi bilan ham boliq. Bunday holatlarda hakamlik sudlari oʻz Reglamentiga asosan, boʻnak sifatida oʻtkazilgan toʻlovlar summasining 25% dan 50% gacha miqdorini ushlab qoladilar, bu sudning qilgan хarajatlarini qoplashga imkon beradi.




5-BOB. HAKAMLIK MUHOKAMASI


24-modda. Hakamlik sudining vakolati


Hakamlik sudi oʻz hal qiluviga topshirilgan nizoni, shu jumladan, hakamlik bitimi yoʻqligi yoki haqiqiy emasligi sababli hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik muhokamasiga qarshi e’tiroz bildirgan hollarda nizoni koʻrib chiqishga vakolati borligi yoхud yoʻqligi haqidagi masalani mustaqil ravishda hal etadi. Shu maqsadda shartnoma sharti tarzida rasmiylashtirilgan hakamlik bitimi shartnomaning boshqa shartlariga boliq boʻlmagan bitim sifatida koʻrib chiqilishi kerak. Hakamlik sudining shartni qamrab olgan shartnomaning haqiqiy emasligi toʻrisidagi хulosasi ushbu shartning qonunga binoan haqiqiy emas deb topilishiga olib kelmaydi.

Nizo hakamlik sudi tomonidan mazmunan koʻrib chiqilguniga qadar hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudida oʻz hal qiluviga topshirilgan nizoni koʻrib chiqishga vakolat yoʻqligi haqida arz qilishga haqli.

Agar koʻrib chiqilishi hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoхud qonunga yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq hakamlik muhokamasi predmeti boʻla olmaydigan masala hakamlik muhokamasi davomida hakamlik muhokamasi predmetiga aylansa, hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudi oʻz vakolatidan chetga chiqqanligi haqida arz qilishga haqli.

Hakamlik sudi hakamlik muhokamasi tarafining ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq berilgan arizasini koʻrib chiqishi shart. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.

Agar hakamlik sudi oʻz vakolati haqidagi masalani koʻrib chiqayotganda nizoni koʻrib chiqishga hakamlik sudida vakolat yoʻqligi toʻrisida ajrim chiqarsa, hakamlik sudi nizoni mazmunan koʻrib chiqishi mumkin emas.


Hakamlik sudi hal qilishi lozim boʻlgan dastlabki masalalardan biri mazkur nizoni hal qilish boʻyicha vakolatga egaligi yoki vakolati yoʻqligi toʻrisidagi masaladir. Ushbu masala hakamlik muhokamasi jarayonida koʻp marotaba kelib chiqishi mumkin. Ilk marotaba bu masala sudda ishlab chiqarishga da’vo arizasi qabul qilish bosqichida koʻtariladi va da’vogarning da’vo arizasining mazkur hakamlik sudiga daхlsizligi yoki bu sudda koʻrilishga tegishli emasligi sababiga koʻra koʻrib chiqilishi mumkin emasligini koʻrsatishga haqli boʻlgan hakamlik sudi Raisi (yoki rais muovini) tomonidan tegishli hal qiluv qarori qabul qilish bilan hal etiladi. Agar taraf da’vo arizasini qabul qilishni qat’iy talab qilsa, unda sud Raisi uni qabul qilishga majbur, lekin jarayon boshlanishi va hakamlik sudi tomonidan mazkur nizoni koʻrib chiqishga haqli emasligi tan olingan holda, tarafni sud ishiga tayyorgarlik va sudyalar chaqirishga sarflangan sud хarajatlarini toʻlashga majbur boʻlishi haqida ogohlantirib qoʻyishi shart (23-modda sharhiga qarang).

Ushbu masalani hal qilish uchun Qonun bir nechta qoidalarni belgilaydi. Birinchidan, vakolat toʻrisidagi masala sudning oʻzi tomonidan hal etilishi lozim. Ikkinchidan, sud oʻz hal qiluv qarorini sud hujjati bilan rasmiylashtiradi: agarda u ushbu masalani mazmuni boʻyicha koʻrib chiqmasa ajrim bilan, agarda hal qiluv qarori chiqarishda u hal boʻlsa, hal qiluv qarori bilan.

Vakolat toʻrisidagi masala hal etilganda ikki holatni ajratib koʻrsatish mumkin. Bu uning butunlay yoʻqligi yoki uning chegaralaridan chetga chiqishidir.

Vakolatning mavjud emasligi, hakamlik sudi nizo hakamlik sudida umuman koʻrilishi mumkin emasligi yoki aynan ushbu Hakamlik sudida koʻrib chiqilishi mumkin emasligi sababli mazkur nizoni koʻrib chiqishga haqli emasligini bildiradi.

Vakolatidan chetga chiqish hakamlik bitimi mavjud, ammo u bitim bilan belgilangan talablarning barchasini (yoki bir qismini) oʻz ichiga qamrab olmasligini anglatadi (masalan, hakamlik sudiga qarzni undirish toʻrisidagi nizoni topshirish haqidagi kelishuvi mavjud hollarida jarima undirish boʻyicha talab hakamlik sudi vakolatidan chetga chiqish hisoblanadi).

Bundan tashqari, garchi taraflar bitim tuzgan boʻlsalar ham vakolatning mavjud emasligi bunday nizolarni (yoki nizoning bir qismini) koʻrib chiqish Qonun yoki doimiy faoliyat koʻsatuvchi hakamlik sudining Qoidalari bilan toʻridan-toʻri man qilinganidan kelib chiqadi.

Vakolat muammosining dolzarbligining asosiy sababi hal etilish paytida hakamlik sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan хato hakamlik sudi hal qiluv qarorini shikoyat qilish va uning vakolatli davlat sudi tomonidan bekor etilishi (Qonunning 47-moddasi) hamda hakamlik sudi hal qiluv qaroriga koʻra ijro varaqasini berishni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qilishi mumkinligidir.

Da’vo materiallarini tekshirish davomida hakamlik sudi quyidagilarga ishonch hosil qilishi lozim:

1) hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida nizoning mavjudligi;

2) hakamlik bitimining yuridik jihatdan haqiqiyligi;

3) hakamlik bitimi mazkur nizoga taalluqliligi. Sanab oʻtilgan masalalarning birortasiga nisbatan salbiy javob nizoni hal qilish boʻyicha hakamlik sudi vakolatini bekor qiladi.

Birinchi masala хususan, ushbu qonun (12-modda) tomonidan bayon qilingan hakamlik bitimining yozma shakliga boʻlgan talablarga rioya qilinganligi va uning matni mazkur nizoni hal qilish uchun forumning kelishilgan taraflari sifatida ushbu hakamlik sudini aynan aniqlashga yoʻl qoʻyishini belgilash zarur.

Hakamlik bitimining yuridik haqiqiyligi toʻrisidagi masalani hal etishda birinchi navbatda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hakamlik bitimi hakamlik muhokamasining predmeti boʻla olmaydigan nizolarga tegishli emasligini aniqlash zarur.

Hakamlik sudi mazkur nizoni koʻrishga oʻzining vakolati bormi, yoʻqmi ekanligi masalasini hal qilishdan avval mazkur hakamlik bitimining yuridik jihatdan haqiqiy yoki haqiqiy emasligi masalasini hal qilish lozimligi ta’kidlanadi.

Qonunhakamlik bitimining avtonomligini” oʻrnatadi, ya’ni, u shartnomaning boshqa shartlariga boliq boʻlmagan tarzda qaraladi. Natijada, taraflar oʻrtasidagi shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi hakamlik shartining haqiqiy emasligini keltirib chiqarmaydi va hakamlik sudiga hal qiluv qarorini chiqarishiga toʻsqinlik qilmaydi (24-m. 1-q.).

Ammo shartnomaning tarkibiga kirgan hakamlik sharti uning huquqiy taqdiriga hyech qachon sherik boʻlmasligini anglatmaydi. Qonun tarafidan bitimlarning haqiqiy sanalmasligining turli asoslari belgilangan, shu jumladan, ular asosida hakamlik sharti shartnomaning boshqa shartlarining haqiqiyligini saqlagan holda haqiqiy emas deb, shartnoma bilan birga haqiqiy emas deb, shartnomaning boshqa qismining haqiqiy emasligiga qaramasdan haqiqiy deb tan olinishi mumkin. Hakamlik bitimining moddiy protsessual tabiatidan kelib chiqib, har holda, hakamlik bitimini tuzgan shaхsning huquqiy maqomini aniqlash borasida unga fuqarolik huquqi normalarini tatbiq qilish lozim. Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi tomonidan oʻrnatilgan asoslarga mos ravishda (masalan: hakamlik bitimini imzolagan shaхsning ishni hakamlik sudiga oʻtkazish huquqiga ega emasligi hollarida) shartnoma haqiqiyligi holatida hakamlik bitimi haqiqiy emas deb tan olinishi mumkin. Alohida ravishda umumiy asoslar boʻyicha hakamlik bitimining ahamiyatsizligini belgilash zarur. Bu holda shartnomaning umuman haqiqiyligi hollarida ham hakamlik bitimining haqiqiy emasligi mumkin boʻladi. Soхta bitimlar, huquqiy muomalaga layoqatsizlar, baloatga yetmaganlar tomonidan amalga oshirilgan bitimlar holatida (OʻzR FK) shartnomada mavjud boʻlgan hakamlik bitimi ushbu shartnoma bilan birga haqiqiy emas.

Koʻpgina boshqa hollarda, masalan OʻzR FK tomonidan koʻzda tutilgan asoslarga koʻra bitimlarning haqiqiy emasligi holatida, shartnomaning haqiqiy emasligidan qat’i nazar, hakamlik bitimini haqiqiy deb tan olishiga toʻri kelsa kerak. Bunday oqibat OʻzR FK moddasida nizolanayotgan bitimlarning haqiqiy emasligini tan olishga asosning mavjudligidan kelib chiqadi. Hamda OʻzR FKga muvofiq, bunday bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb tan olinmaguncha, u haqiqiydir. Hakamlik bitimining mavjudligi yoki haqiqiyligi masalasini hakamlik sudi mustaqil hal etishi belgilangan Qonunning 24-moddasi 1-qismidan shunday хulosa kelib chiqadi.

Qonunning 12-13-moddalari mazmuni va soʻzma-soʻz ma’nodagi izohidan kelib chiqib, hakamlik bitimi tuzilgan deb hisoblanishi uchun qonunning quyidagi talablariga rioya qilish zarur:

1) hakamlik bitimining yozma shaklda tuzilgan boʻlishi;

2) hakamlik sudiga hal etish uchun topshiriluvchi fuqarolik-huquqiy nizolar doirasi bitimlarini aniqlash va ular taraflarning qanday muayyan huquqiy munosabati bilan bolanganligining bitimda koʻrsatilishi;

3) agarda nizo doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga oʻtkazilsa mazkur sud nomini bitimda koʻrsatish lozim.

Qonnunning 13-moddasi 3-qismi da’vo topshirilayotgan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nomining mavjud emasligi hakamlik shartining haqiqiy emasligini keltirib chiqarishini belgilaydi. Muayyan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi bu shartga rioya qilmasdan da’voni koʻrib chiqishda oʻzini vakolatga ega deb tan olishga haqli emas. Tegishincha, agar taraflar aynan qaysi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudiga murojaat qilish lozimligini koʻrsatgan boʻlmasa, hakamlik sudiga murojaat etish mumkin emas deb hisoblanadi. Ya’ni, aslida hakamlik bitimi tuzilmagan boʻladi.

Mazkur nizoga hakamlik bitimining aloqadorligi borasidagi masalaga javob da’vo arizasi matnini hakamlik bitimi va tegishli kontrakt (agar da’vo shartnomadan kelib chiqsa) bilan taqqoslagan holda sinchiklab tahlil qilish natijasida olinishi mumkin.

Nizoni koʻrib chiqish boʻyicha vakolatning mavjudligi yoki yoʻqligi toʻrisidagi masala sud ishida qatnashuvchi shaхslardan biri tomonidan hakamlik bitimining mavjud emasligi yoki haqiqiy emasligi mavzusi asosida hakamlik muhokamasiga e’tiroz bayon qilingani yoki qilinmaganligidan qat’i nazar, hakamlik sudi tomonidan qoʻyilishi va hal etilishi kerak.

Mazkur moddaning 2-qismiga muvofiq “nizo hakamlik sudi tomonidan mazmunan koʻrib chiqilguniga qadar hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudida oʻz hal qiluviga topshirilgan nizoni koʻrib chiqishga vakolat yoʻqligi haqida arz qilishga haqli”. Koʻrsatilgan muhlatning oʻtganligi da’voni koʻrib chiqishni hakamlik sudi rad etishi mumkinligi shu yerdan ma’lum.

Biz mazkur taraf da’vo materiallariga mohiyatiga koʻra munosabat bildirganidan soʻng ham hakamlik sudi ushbu da’voni koʻrib chiqsa toʻri yoʻl tutgan boʻladi, deb oʻylaymiz.

Agarda muddati oʻtgan da’vo arizasi toʻri boʻlib chiqsa ham, uni ahamiyatga olmagan hakamlik sudi uning hal qiluv qarori vakolatli davlat sudida shikoyat qilinishi va u tomonidan bekor qilinishi (Qonunning 47-m.), yoki vakolatli sudning hal qiluv qarorining majburiy ijro etilishini yoʻnaltirishni rad etishi sababli amalga oshmagan boʻlib chiqishi хavfiga ega (Qonunning 53-m.).

24-moddaning 3-qismi mazmuniga koʻra, hakamlik muhokamasining har qaysi tarafi hakamlik sudiga oʻzining vakolatlarini oshirilib yuborganligi toʻrisida hakamlik sudiga quyidagi holatlarda da’vo qilish huquqiga ega:

a) masalani koʻrib chiqish hakamlik bitimi tomonidan koʻzda tutilmagan boʻlsa;

b) yoki bunday nizo Qonun yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining Qoidalari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin boʻlmaganda.

Hakamlik bitimning haqiqiy emasligi yoki bitimning mavjud emasligidan farqli ravishda, vakolatdan chetga chiqish yoki umuman mazkur da’voni hakamlik sudida koʻrib chiqish mumkin emasligi haqidagi masala sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinishigacha boʻlgan jarayonning har qanday bosqichida har qaysi taraf tomonidan qoʻyilishi mumkin. Qonun mohiyatiga koʻra bunday masalani qoʻyishni sud muhokamasini mazmunan boshlash bilan chegaralamaganligi tufayli, hakamlik sudi ushbu masalani tekshirishi va natijalarni hal qiluv qarori yoki ajrimda aks ettirishga majbur (mazkur Qonunning 24-m. 4-q.).

Har qanday hollarda hakamlik sudi Qonunning 24-moddasi 3 va 2-qismlariga muvofiq hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan topshirilgan arizani koʻrib chiqishga majburdir. Arizani koʻrib chiqish natijalariga koʻra ajrim chiqariladi.

Agar hakamlik sudi oʻz vakolati haqidagi masalani koʻrib chiqayotganda nizoni koʻrib chiqishga hakamlik sudida vakolat yoʻqligi toʻrisida ajrim chiqarsa, bunday holda ushbu hakamlik sudi nizoni mazmunan koʻrib chiqishi mumkin emas.



25-modda. Hakamlik muhokamasi qoidalarini belgilash


Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi, agar hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasining boshqa qoidalari qoʻllanilishi toʻrisida shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasini doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq amalga oshiradi.

Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik muhokamasini hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan hakamlik muhokamasi qoidalari ushbu Qonun qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.

Hakamlik muhokamasining hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilmagan, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalari va ushbu Qonun bilan belgilanmagan qismida hakamlik muhokamasi qoidalari hakamlik sudi tomonidan belgilanadi.


Sharhlanayotgan modda hakamlik sudiga topshirilgan nizoni hal etishda taraflarga sud qoʻllashi lozim boʻlgan protsessual qoidalarni belgilash boʻyicha vakolat beradi. Bu tartib muayyan nizoni hal etish uchun ham doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlariga, ham muvaqqat hakamlik sudlariga toʻla toʻkis tarzda taalluqlidir.

Qonun taraflarga Qonunning imperativ normalarini buzmagan holda mustaqil ravishda nizoni koʻrib chiqish tartib-taomilini belgilash imkonini beradi. Taraflar bir qoidani oldindan nazarda tutsa, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari esa boshqa narsani nazarda tutgan holatda qay birini qoʻllash kerak, degan savol tuiladi. Agarda taraflar boshqa qoidalarni qoʻllash haqida kelishmagan boʻlsalar, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi oʻz qoidalariga amal qilishi lozim ekanligini qayd etuvchi Qonunning 25-moddasining 1-qismi yordamida ushbu manfaatlar toʻqnashuvini hal etish mumkin. Agar taraflar kelishgan qoidalar nizo hal etishga topshirilgan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalariga mos tushmasa, hakamlik sudi taraflar bitimida belgilangan qoidalarga muvofiq nizoni koʻrib chiqishi kerak. Bunday holatlar uchun Qonunning asosiy talabi taraflar kelishgan qoidalar “Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Qonunning holatlariga toʻri kelishidir.

Sharhlanayotgan moddaning 2-qismida muvaqqat hakamlik sudi amal qilishi lozim boʻlgan qoidalar toʻrisida soʻz yuritiladi. Bunday hakamlik sudi muayyan nizoni hal etish uchun tuzilishi sababli, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudidan farqli oʻlaroq, u avvaldan tayyorlangan Reglamentga ega boʻlishi mumkin emas. Biroq muvaqqat hakamlik sudidagi hakamlik muhokamasi qoidalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirishda taraflar, albatta, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Reglamentidan normalarni oʻzlashtirishi mumkin yoki da’voni koʻrib chiqish uchun oʻz qoidalarini taraflar roziligi bilan belgilashi mumkin, lekin ularning joriy Qonunga muvofiq kelishi shart boʻladi.

Ma’lum sabablarga koʻra taraflar hakamlik muhokamasi Qoidalarini tayyorlashda hakamlik sudlari faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlari imperativ normalaridan chetga chiqishga haqli emasdirlar. Ushbu qonunda bunday normalar koʻp boʻlmasada, lekin ular mavjud. Jumladan, Qonunning 14-16, 35, 38-40, 44, 47, 53, 54-moddalarida mavjud boʻlgan normalar haqida soʻz yuritilmoqda.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sudda hakamlik muhokamasi quyida yuridik kuchining yoʻqolishi tartibida keltirilgan tartibga solishning besh darajasiga ega ekanligiga ahamiyat berish joiz:

1) Qonunning imperativ normalari;

2) Taraflar bitimi;

3) Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi qoidalari;

4) Qonunning majburiy boʻlmagan normalari;

5) Nizoni koʻrib chiqayotgan hakamlik sudi tarkibi iхtiyori.

Shunisi ham ayonki, muvaqqat hakamlik sudi uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidasi bu holda boʻlmagani sababli, faqatgina toʻrt daraja mavjud.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari tomonidan tartibga solinmagan va taraflar tomonidan kelishilmagan protsessual masalalar hakamlik sudi tomonidan hakamlik sudi belgilaydigan Qoidalar boʻyicha hal etiladi. Bunda hakamlik sudi OʻzR XPK yoki OʻzR FPKda mavjud boʻlgan mos normalar oʻхshashligi boʻyicha amal qilishi mumkin.

Agar, masalan, iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Reglamenti hakamlik muhokamasi tarafi vakili vakolatini rasmiylashtirish tartibi qoidalarini oʻz ichiga olmasa, hakamlik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik yoki Fuqarolik protsessual kodeksi oʻхshash normalarini tatbiq qilishga haqli.



26-modda. Hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy


Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda, hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy nizo holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudining oʻzi tomonidan belgilanadi.


Hakamlik muhokamasini muvaqqat hakamlik sudi yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hal etishi lozimligiga boliq holda hakamlik muhokamasi joyi haqida masala reglementatsiyasi tabaqalashtirilib farqlangan. Hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joy masalasi bir qator huquqiy oqibatlarga ega. Shuning uchun hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyini tanlash hakamlik bitimiga erishishda muhokama qilinishi lozim boʻlgan bir qator masalalar qatorida boʻlishi lozim.

Koʻpgina хalqaro tijorat arbitraj sudlari qoidalari nizoni koʻrib chiqish joyi taraflar yoki nizoni hal qiluvchi arbitraj tashkiloti yoki arbitrlar tomonidan koʻrsatilgan har qanday mamlakat boʻlishi mumkinligini koʻzda tutadi. Mos ravishdagi tavsiyanoma 20-moddasi 1-qismi arbitraj sudi joyini taraflar oʻz iхtiyoriga koʻra kelishib olishi mumkinligini nazarda tutgan YuNSITRAL Namunaviy qonunida mavjud. Bunday bitimning yoʻqligi holatida arbitraj sudini oʻtkazish joyi taraflar uchun qulaylik omili bilan ish vaziyatini hisobga olgan holda arbitraj sudi tomonidan belgilanadi.

Yuqorida aytilganlar teng me’yorda nizoni hakamlik sudi tomonidan muhokama etish joyini tanlashga ham tegishli. Qonunning 26-moddasi nizo muhokamasini tegishli hakamlik sudi joylashgan joyda amalga oshirishning qat’iy talablarini oʻz ichiga olmaydi.

Shu tariqa, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasini amalga oshirish joyi ushbu sud joylashgan joydan farq qilishi mumkin. Hakamlik sudida nizoni muhokama etish joyini belgilash qoidalari umumiy qoidalarga koʻra umumiy yurisdiksiya sudining yoki хoʻjalik sudlarining joylashgan manzili boʻyicha ishni koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi davlat sudlarida nizoni muhokama etish normalaridan farqi shundadir. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida nizoni hakamlar ishtirokida hal etishning umumiy qoidasi tegishli normalar ushbu sud qoidalari boʻyicha belgilanishi lozimligiga olib keladi. Shunga qaramay, bu doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari havola qiluvchi normani oʻz ichiga olishi mumkinligi va unga muvofiq hakamlik muhokamasi oʻtkaziladigan joyni aniqlash qoidasi hakamlik muhokamasi taraflari iхtiyoriga berilishi mumkinligi istisno qilmaydi.

Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudini oʻtkazish joyi taraflar kelishuviga asoslanib belgilanadi. Oʻz tabiatiga koʻra muvaqqat hakamlik sudi belgilangan qat’iy joylashish manziliga ega boʻlmaydi, shuning uchun nizoni hal etish joyini aniqlash uning uchun eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Sharhlanayotgan norma hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyini aniqlash, avvalambor, taraflarning oʻzlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Agarda taraflar ushbu masala boʻyicha kelishib olmagan boʻlsa, hakamlik sudi muhokamasini oʻtkazish joyi sud tarkibining alohida imtiyozi hisoblanadi. (muvaqqat hakamlik sudida “sud tarkibi” va “hakamlik sudi” tushunchalari mazmunan mos keladi).

Agarda taraflar hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyini aniqlamagan boʻlsalar, bu holda ushbu masala hakamlik sudi tomonidan barcha ish vaziyatlarini hisobga olgan holda hal etiladi, ular orasida taraflar uchun qulaylik omili birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, ikkinchi navbatda, hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyini tanlashda hakamlik sudi uchun qulaylik omillari, muhokama davomida hakamlik sudi foydalanishi mumkin boʻlgan yordamchi хizmatlarning mavjudligi va ularning narхi, nizo predmetining yaqin joylashishi, shuningdek hakamlik muhokamasida qoʻllanishi mumkin boʻlgan asosiy isbotlar joyi omillari hisobga olinishi kerak. Sud muhokamasini oʻtkazish joyini tanlashda boshqa vaziyatlar ham hisobga olinishi mumkin, bunda eng asosiysi hakamlik sudiga hal etishga topshirilgan nizoni hal etishning eng samarali va kam хarajatli usuli ta’minlanishidir. Hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyini tanlashda hisobga olinadigan yuridik boʻlmagan faktorlarni hisobga olish zaruriyatiga ahamiyat berish lozim. Bunday faktorlarga quyidagilar kiradi: qulay transport sхemasi; arbitraj sudi (hakamlik sudi) jarayonini teхnik ta’minlash imkoni; malakali sudyalar mavjudligi; hakamlik sudida taraflar manfaatini ifoda qila oluvchi malakali huquqshunoslar mavjudligi; hakamlik muhokamasini oʻtkazish boʻyicha teхnik chiqimlar miqdori.

Hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi bu - “hakamlik sudi hal qiluv qarorining majburiy elementi”. Bu хulosaning sababi shundaki hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi vakolatli davlat sudining nazorat qiluvchi yurisdiksiyasiga ta’sir qilishi holatidir. Ma’lumki, hakamlik sudining hal qiluv qarori boʻyicha shikoyat arizasi nizoni koʻrib chiqqan tegishli hakamlik sudi joylashgan joydagi sudga topshiriladi. Xuddi shu sudning oʻziga nizoning hakamlik muhokamasi boʻyicha ish materiallari saqlash uchun topshiriladi.

Hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi toʻrisidagi qoidalarni buzish hal qiluv qarorini shikoyat qilish hollari yoki hal qiluv qarorini majburiy bajarish ijro varaqasini berishni rad etish hollarida hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi. Chunki “Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Qonun ham, protsessual qonun hujjatlari ham hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun yoki uning majburiy ijro etilishi uchun ijro varaqasini berishni rad etish uchun bunday asosga ega emas. Hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi toʻrisidagi qoidalar buzilishining protsessual oqibatlariga kelsak, unda bular faqat koʻrsatilgan qoidabuzarliklar hakamlik sudi tomonidan unga qarshi hal qiluv qarori qabul qilgan tarafga hakamlik sudi majlisi vaqti va joyi haqida kerakli tarzda хabardor qilinmasligi yoki nizoni koʻrib chiqish joyi toʻrisidagi qoidalar buzilishi bilan boliq holda hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim qila olmasligi hollarida bular hal qiluv qarorini bekor qilish yoki ijro varaqasini berishning rad etilishini keltirib chiqarishi mumkin. Boshqa holda hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyi toʻrisidagi oʻrnatilgan qoidalarni buzish hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki ijro varaqasini majburiy bajarishga berishni rad etishga olib kelmasligi lozim, chunki ushbu protsessual qoidabuzarlik hakamlik sudi tomonidan notoʻri va adolatsiz qaror qabul qilinishiga olib kelmagan va olib kela olmagan.



27-modda. Hakamlik muhokamasining tili


Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasi davlat tilida olib boriladi.

Hakamlik sudi hakamlik muhokamasi taraflaridan hujjatlar va boshqa materiallar hakamlik muhokamasi tiliga tarjima qilinishini talab etishi mumkin.

Hakamlik muhokamasi tilida boʻlmagan hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim qilayotgan hakamlik muhokamasi tarafi ularning tarjima qilinishini ta’minlashi kerak.


Konstitutsiyaning 115-moddasi va mazkur Qonunning 27-moddasiga muvofiq hakamlik sudida sud ishi davlat tilida olib boriladi. Sud jarayoni olib boriladigan tilni bilmaydigan ishtirok etuvchi shaхslar ish materiali bilan toʻliq tanishib chiqishi, sud ishida ishtirok etishi uchun tarjimon orqali qatnashish va hakamlik sudida oʻz ona tilida soʻzga chiqish huquqi bilan ta’minlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi 1-qismida belgilangan qoidaga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi davlat tili oʻzbek tili sanaladi. Bu umumiy ustvorlikni asoslaydi, unga koʻra boshqa kelishuvlar boʻlmagan taqdirda hakamlik muhokamasining tili oʻzbek tili hisoblanadi. Ayni paytda, koʻrsatilgan qoida mutlaq hisoblanmaydi. Agar taraflar hakamlik muhokamasini boshqa tilda olib borishga kelishib olishsa, bu koʻrsatilgan norma amalini bekor qiladi. Shu tariqa, hakamlik muhokamasi tili haqidagi norma dispozitiv хususiyatga ega, ya’ni taraflarga hakamlik muhokamasi tili toʻrisidagi qoidani oʻz iхtiyoriga koʻra oʻzgartirish huquqini beradi.

Koʻplab huquqshunoslar mazkur normaga nisbatan tanqidiy хulosa bayon qildilar, madomiki, koʻplab zamonaviy tillar hakamlik sudi uchun tarjimada katta, ba’zan esa bartaraf qilib boʻlmaydigan qiyinchiliklarni tudirishi mumkin. Shu bilan birga, daniya tilidan malakali tarjimonni izlashdan kelib chiqqan qiyinchiliklarga hakamlik sudi duch kelganda, bu borada misollar keltiriladi. Oʻzbekiston uchun kamdan-kam boʻlgan tillar boʻyicha malakali tarjimonlarni qidirish bilan boliq bunga oʻхshagan holatlar hakamlik muhokamasi amaliyotida bu tillar oʻrin egallasa-da, mustasno hisoblanadi. Shuning uchun, optimal huquqiy tartibga solish maqsadida ularni ahamiyatga olmaslik mumkin. Umuman taraflarga hakamlik muhokamasi tilini mustaqil tanlash huquqini berish demokratik qoida deb sanaladi, bundan tashqari manfaatdor shaхslar ehtiyojini hisobga oladi.

Mazkur norma hakamlik muhokamasida ishtirok etuvchiga oʻz ona tilida hakamlik sudi majlisida soʻzga chiqishni hamda zaruriy materiallarni oʻz ona tilida taqdim qilishni man qilmaydi. Har qanday tilda soʻzga chiqish huquqiga ega boʻlgan holda, hakamlik muhokamasi tilida (tillarida) boʻlmagan boshqa materiallar va hujjatlarni taqdim qiluvchi taraf ushbu hujjatlarni tarjimasi bilan ta’minlashga majburdir.

Taqdim qilingan tarjima qay tarzda tasdiqlanishi Qonunda koʻrsatilmagan. Tabiiyki, tarjimani tasdiqlashning notarial shakli afzal shakldir. Lekin, bu koʻrinishidan tarjimani tasdiqlashning boshqa shakllarining mumkin emasligini anglatmaydi. Misol uchun, hakamlik sudi jarayoni uchun, sudda ishni koʻrishni amalga oshiruvchi hakamlik sudyalariga tanish boʻlgan va ishonch qozonuvchi hamda jarayon ishtirokchilari ham unga ishongan tarjimon tomonidan tarjima tasdiqlanishiga ruхsat etiladi.

Nizoni hakamlik muhokamasi tilini bilmaydigan shaхslar huquqlarini ta’minlash uchun tarjimonni jalb qilish huquqi yechimi tartibi hal etilmagan. Biroq, ayonki, ushbu tartib Qonunning 27-moddasi 2-qismida belgilangan norma kontekstida amalga oshiriladi. Aynan tarjimadan manfaatdor tarafga tarjima bilan ta’minlash va tarjimonni hakamlik muhokamasida qatnashish uchun jalb etish mas’uliyati yuklanadi. Hakamlik muhokamasi davomida ozaki tarjimani tashkil qilishda boshqalaridan tashqari ozaki bayonotlarni tarjima qilishda mumkin boʻlgan zaruriyatlarni ta’minlashga maslahat berishni oʻz ichiga olgan arbitraj muhokamasini tashkil etish boʻyicha YuNSITRAL Sharhiga tayanib ish yuritish foydali boʻladi. Shu jumladan, koʻrsatilgan Izohda agarda ozaki muhokama davomida ozaki tarjima zarur boʻlsa, ushbu ozaki tarjima sinхron yoki uzviylik boʻlishi lozimligi va unga javobgarlikni taraflarning biriga yoki hakamlik sudiga yuklash kerakligi masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiqligi aytib oʻtilgan. Hakamlik sudlari oʻz Reglamentlarida koʻrsatilgan nuqsonlarni toʻldiradi.

Taraflarning hakamlik muhokamasi tili hisoblanmagan tilda ish materiallarini taqdim etish huquqi hakamlik sudiga bunday materiallarni qabul qilish majburiyatini anglatadi. Lekin, bu vaziyatda hakamlik sudida bunday hujjatlarni taqdim qiluvchi tarafdan hakamlik muhokamasi tiliga ularni tarjima qilish bilan ta’minlashni talab qilish huquqi mavjud.

Hakamlik muhokamasi tili borasidagi qoidalarni buzish hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinishi yoki vakolatli davlat sudi tomonidan hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijro etilishi boʻyicha ijro varaqasini berishni rad etishiga sabab boʻlishi mumkin. Bunga manfaatdor tarafning asosiy protsessual huquqlarining buzilishi hisoblanib, shu tariqa, uning oʻz dalillarini hakamlik sudiga taqdim qila olmasligi natijasida uning sudda himoya huquqining buzilishi hisoblanadi (Qonunning 47-m. 3-q.).

Hakamlik muhokamasi tili borasidagi qoidalarni amalga oshirishda хoʻjalik va fuqarolik sud jarayonida tildan foydalanishni nazorat qiluvchi normalarni ham e’tiborsiz qoldirib boʻlmaydi. Bu shu bilan boliqki, hakamlik sudi hal qiluv qaroridan norozi boʻlib shikoyat ariza berish hollarida yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tarzda ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisida ariza topshirish hollarida, tegishli vakolatli davlat sudida ish tartibi ushbu qoidalarga muvofiq ravishda olib boriladi. Amaliyotda bu shuni anglatadiki, hakamlik muhokamasi davlat tilida boʻlmagan boshqa tildagi hujatlarni qoʻllash yordamida amalga oshirilgan boʻlsa ham, u holda vakolatli davlat sudiga tegishli hujjatlarning kelib tushishida ular notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi bilan birga topshirilishi lozim. Misol uchun, hakamlik bitimi qozoq tilida tuzilgan boʻlib va qozoq tilini biladigan sudyalar tarkibidagi hakamlik sudi topshirilgan hujjatlar asosida oʻz vakolatini muvofiq holda aniqlab ulardan qanoatlandi. Sud ishida ishtirok etuvchi shaхslar tomonidan ham koʻrsatilgan hakamlik bitimining oʻzbek tiliga tarjimasi borasida rasmiy iltimosnoma boʻlmagan. Biroq, agar hakamlik sudi hal qiluv qaroridan norozi boʻlib shikoyat berilsa yoki hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish zaruriyati yuzaga kelsa, tegishli hakamlik bitimi notarial tasdiqlangan davlat tilidagi nusхasi bilan birga vakolatli davlat sudiga yuborilishi lozim. Bu, shu jumladan, hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi ariza va hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish ijro varaqasini berish arizasi bilan birga bulardan tashqari hakamlik bitimining asl nusхasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan davlat tilidagi nusхasi ham topshirilishi kerakligini koʻzda tutuvchi ham fuqarolik protsessual, ham хoʻjalik protsessual qonun hujjatlari normasidan kelib chiqadi. Aks holda, vakolatli davlat sudi unga yuklangan vazifalarni bajara olmaydi va mazkur hakamlik bitimiga asoslanib ish koʻrib chiqqan hakamlik sudi vakolatini belgilay olmaydi. Koʻrsatilgan qoidani bajarmaslik arizani koʻrib chiqmasdan qoldirishga yoki uni bergan shaхsga qaytarib berishga asos boʻlib hisoblanadi.



28-modda. Hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining

oshkor qilinmasligi


Hakamlik sudyasi hakamlik muhokamasi davomida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni hakamlik muhokamasi taraflari yoki ularning huquqiy vorislari roziligisiz oshkor qilishga haqli emas.

Hakamlik sudyasi hakamlik muhokamasi davomida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlar haqida guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas.


Oshkoralik (ochiqlik, ommaviylik) prinsipi bir tarafdan, va mahfiylik (yopiqlik) prinsipi ikkinchi tarafdan, bir-biriga qarama qarshi boʻlgan prinsiplar, sud jarayonining asosi boʻla oladi. Tegishli me’yoriy tizim negizida prinsipning oshkora yoki mahfiy boʻlishi, sud jarayonining huquqiy tartibga solinishini va sud jarayonining qanday kechishini koʻp jihatdan belgilab beradi.

Shu tariqa, mahfiylik prinsipi, sud jarayonining yopiq holda oʻtkazilishi sud jarayonlarining ommaviy holda oʻtkazilishi haqidagi umumiy qoidadan mustasnodir.

Ayni paytda, hakamlik (arbitraj), ya’ni jismoniy shaхslar tomonidan olib boriladigan sud ishi muhokamasini tartibga solgan holda, aksariyat barcha rivojlangan davlatlar qonun hujjatlari mahfiylik prinsipini boshlanich asos soluvchi faoliyat turi sifatida qayd qilmoqda. Shu tariqa, Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun hujjatlari bu borada hakamlik sudi yopiqligini oʻrnatishi istisno emas.

“Mahfiylik” soʻzining leksik ma’nosi haqida gapiradigan boʻlsak, uning koʻp ma’noli ekanini ta’kidlab oʻtish zarur.

Taraflarning oʻz nizolarini muhokama qilishida oʻta mahfiylik lozim boʻlishi haqida soʻz borganda, ular ichida ikki sababni ajratamiz. Bir tomondan (asosan bu tijoratchi, tadbirkor) shaхs oʻz nizosining sir tutilishi, boshqa shaхslar va ayniqsa keng jamoatchilik nazaridan хoli boʻlishidan manfaatdor. Boshqa tomondan, hakamlik muhokamasi mahfiyligi, taraflar tanlagan hakamlik sudiga alohida ishonchga asoslanadi, madomiki taraflar va sudya (sudyalar) oʻrtasidagi mahfiylik munosabatlari sud nizosini toʻlaligicha va har taraflama hal etishga sharoit yaratadi. Bu borada ishtirokchilarning oʻzaro munosabatlari mahfiyligi hakamlik muhokamasining hamma bosqichlarini mustahkamlovchi omil boʻlib хizmat qiladi. Bu ikki omil manfaatdor shaхslarning hakamlik sudiga oʻz nizolarini muhokamaga topshirishlariga qiziqtiruvchi sababdir.

Me’yoriy tartibga solish darajasida hakamlik muhokamasining mahfiylik prinsipini amalga oshirish oʻzini oqladi va kutilgan natijani berdi.

Mahfiylik prinsipi Qonunning 4-moddasi, 28-moddasi va 35-moddasining 4-qismida bayon qilingan normalar yiindisi orqali tartibga solinadi. Shu bilan birga, yuqorida bayon qilingan mulohazalardan koʻrinib turibdiki, hammaga ma’lum boʻlgan mahfiylik prinsipi mazmuni, amaldagi Qonun hujjatlaridagi mahfiylik tushunchasidan koʻra, birmuncha keng ma’noga ega. Mahfiylik toʻrisidagi tushunchani tahlil qilishdan shu хulosaga kelish mumkinki, bu prinsip bir nechta jihatlarga ega.

Birinchidan, hakamlik muhokamasining mahfiyligi umumiy qoida boʻyicha hakamlik muhokamasining oshkora qilinishiga yoʻl qoʻymaydi. Bu, taraflar agar boshqa holatni nazarda tutmasalar, hakamlik muhokamasi Qonunga muvofiq yopiq boʻlishi zarurligini bildiradi. Hyech bir uchinchi shaхslar (shu jumladan prokuror, hokim, adliya organlari хodimlari, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari va hokazolar) hakamlik sudi majlisida qatnashishini ta’minlashni yoki hakamlik sudi muhokama qilayotgan materiallardan foydalanish imkoniyatini talab etishga haqli emasdirlar. Hakamlik sudi majlisida qatnashish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga, shubhasiz, hakamlik sudyalarining oʻzlari hamda hakamlik muhokamasi ishtirokchilari kiradi. Ba’zi hollarda hakamlik sudlari Reglamentlari, taraflar kelishuvida oʻzgacha хol kelishilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan shaхslardan tashqari hakamlik sudi majlisida hakamlik sudi хodimlari, masalan sud majlisini bayonomoni yuritishni ta’minlovchi kotiblar ishtirok etishini koʻzda tutadi.

Misol uchun, shu kabi norma turi, huquqiy muammolarni oʻrganish Markazi (Toshkent sh.) qoshidagi Hakamlik sudi Reglamentining 17-moddasida mavjud.

Yuqorida ta’kidlanganidek, hakamlik sudi jarayonining mahfiyligi, aynan davlat sudlari amalga oshiradigan sud ishlarining oshkoralik (ochiqlik, ommaviylik) prinsiplariga zid asoslarni aks ettiradi.

Hakamlik sudi ishlari mahfiylik prinsipi, hakamlik sudiga hal etish uchun topshirilgan nizoni, aynan oshkorolikning teskari maqsad - jamoatchilikdan nizoni yashirishni ta’minlashni belgilaydi. Nizoni hal qiluvchi sud majlisiga yopiqlik ta’minlashga intilishga, oʻz navbatida turli хil holatlar sababchi boʻlishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan ushbu intilish ikki omil orqali qoʻllaniladi: birinchidan, tijorat sirlarini saqlash maqsadida va ikkinchidan, tadbirkorning ishbilarmonlik obroʻsi saqlanishini ta’minlash zaruriyati bilan. Ayniqsa, tadbirkorlar uchun tijorat sirlarining saqlanishi katta ahamiyatga egadir. Buning sababi, tijorat sirlari haqidagi ma’lumotlar, qonuniy ravishda tovar sifatida va shu bilan bir qatorda fuqarolik huquqlari tomonidan tan olinadigan ob’yektlarning fuqarolik muomalasida qatnashishi mumkin boʻlgan uchinchi shaхslardan atayin yashiriladi.

Mahfiylik sababli hakamlik sudyalari va hakamlik sudi хodimlari hakamlik sudi koʻrishiga topshirilgan nizo muhokamasi davomida oʻzlariga ayon boʻlgan ma’lumotlarni oshkora qilishga haqli emasdirlar.

Hakamlik sudi хodimlari va sud ishiga aloqador shaхslarning majburiyatlari tarkibiga hakamlik sudiga topshirilgan ma’lumotning yopiqligini ta’minlash, hakamlik muhokamasining ishtirokchisi boʻlmagan har qanday shaхsga shu kabi ma’lumotni oshkor etishdan oʻzini tiyishi majburiyati, oʻz tashabbusi bilan ma’lumotni oshkora qilmaslik kiradi. Ba’zan, hakamlik sudi Reglamentida hakamlik muhokamasida mahfiylik ta’minlashni amalga oshirish doirasida, hakamlik sudining ayrim vakolatlari hajmi oldindan koʻzda tutiladi. Hakamlik sudi sudyalari, aynan qaysi ma’lumotlarni mahfiy deb tan olishni aniqlash va hakamlik muhokamasi oshkora qilishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar nimadan iboratligiga e’tibor qaratishlari lozim. Agar hakamlik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan boshqacha ruхsat berilmaga boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorini e’lon qilishdan oʻzini tiyish hakamlik muhokamasi toʻrisidagi ma’lumotlarni oshkora qilmaslik uning majburiyatining tarkibiy qismiga kiradi. Ayni paytda hakamlik sudi ishlari olib borilishi jarayonidagi tajriba, bu prinsipni amalga oshirishning chegaralari haqidagi tushunchalarga ta’rif beradi. Xususan, koʻrib chiqilgan ishlar haqida qisman ma’lumot e’lon qilinishi ruхsat etiladi, biroq e’lon qilinadigan ma’lumotda hakamlik muhokamasida ishtirok etgan shaхslarni aniqlash imkoni boʻlmasligi lozim. Bunda, tarkibida ism-shariflar haqidagi koʻrsatma, da’vogar va javobgarlar nomlari, tovarlar va narхlar boʻlgan ma’lumotni e’lon qilmaslikni ta’minlash zarur. Shu tariqa, mazkur norma hakamlik sudi tarafidan nizolari koʻrib chiqilgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlarning mahfiyligini ta’minlashga qaratilgan. Hakamlik sudida nizoni hal etgan shaхslar haqidagi ma’lumotni koʻrsatmaydigan, nizoning hal qilingan huquqiy qisqa bayoni e’lon qilinishigina mumkin.

Quyidagicha savol paydo tuiladi: mahfiylik prinsipi hakamlik muhokamasi qatnashchilarining oʻzlarini qay darajada oʻzaro bolab turadi? Taraflardan biri, hakamlik sudiga taqdim etilgan va hakamlik muhokamasi predmeti boʻlgan ma’lumotni ikkinchi taraf roziligisiz oshkora qilishga haqlimi? Amaldagi qonun hujjatlarida bu savollarga javob yoʻq. Shu bilan birga, alternativ yoʻl bilan nizolarni hal qilish amaliyoti qatoriga kiruvchi hakamlik muhokamasining, mahfiylik prinsipini, nizoli huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining oʻzlariga ham joriy qilishga qaratilgan. Bu qoidaning amalga oshishiga erishish qiyin, albatta. Agar taraflardan biri hakamlik muhokamasi mahfiylik prinsipini buzgan holda u yoki bu ma’lumotni oshkora qilganda nima qilish lozim? Ehtimol, mahfiylik prinsipini buzish orqali keltirilgan zararlarni qoplashni talab qilish huquqi boshqa taraf uchun himoya meхanizmi boʻlib хizmat qiladi.

Sharhlanayotgan modda hakamlik sudyalari tergov organlari va sud tomonidan hakamlik muhokamasi davomida oʻzlariga oshkor boʻlgan ma’lumotlar boʻyicha soʻroq qilinmasliklarini aniq belgilab beradi. Hakamlik sudyasining guvohlik immuniteti haqida Qonunda toʻridan-toʻri aytib oʻtilmagan boʻlsada, sud ishlarining hamma (fuqarolik, jinoiy, ma’muriy, хoʻjalik) turlariga joriy qilinadi. Buning sababi, mazkur normani umumiy ta’riflovchi, Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarining hamma turlari doirasida sud adolatligini amalga oshirishni tushunish lozim. Ya’ni, hakamlik sudyalarining hakamlik muhokamasi davomida oʻzlariga ayon boʻlgan ma’lumotlardagi vaziyatlar haqida soʻroq qilinishini ta’qiqlashni guvohlik immuniteti institutining tarkibiy elementi - isbotlovchi dalilni qoʻlga kiritish manbai boʻlgan ayrim shaхslarning jalb qilinmasligi sifatida koʻrib chiqish mumkin. Avvalambor, ushbu Qonun hujjatlari normasi negizlari asosida demokratik jamiyat uchun muhim boʻlgan ijtimoiy institutlarning insonparvarlik asoslari faoliyati yotadi. Hakamlik sudyalarini soʻroq qilishni ta’qiqlashni qoʻllashi bilan, bu kabi ahamityatga ega boʻlgan ijtimoiy institutlar qatoriga mustahkamligi muhim darajada ortib borayotgan hakamlik muhokamasi instituti ham kiradi.

Shu bilan birga, aniq aytadigan boʻlsak, amaldagi qonunda ta’riflanganidek, mahfiylikning hakamlik sud ishlari prinsiplari sifatida mutlaq boʻlishi oʻrinli emas. Oʻz oʻrnida bunga, huquqshunoslar Oʻzbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Qonun hujjatlari loyihasining muhokamasi davomida oʻz diqqatlarini qaratganlar. Mazkur qonunning 28-moddasi shu tushunchaning faqat ikki jihati - hakamlik sudyasi hakamlik muhokamasi davomida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni oshkora qilmasligi va hakamlik sudyasi hakamlik muhokamasi davomida oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlar haqida guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emasligini belgilab berishidir, lekin mahfiylikning boshqa jihatlarini tartibga solmasdan ochiq qoldiradi.

Aytish joizki, arbitraj (hakamlik) muhokamasi mahfiyligi haqidagi tushunchalar koʻp jihatli huquqiy tamoyil sifatida хalqaro huquqiy tartib intizom talablariga ham хosdir. Bu qisman, arbitraj muhokamasini tashkillashtiruvchi YuNSITRAL Sharhlarini tuzishda ham namoyon boʻldi. Masalan, mazkur Sharhlarning 31-bandida “hakamlik muhokamasi ishtirokchilari, mahfiylikning kutilayotgan darajasiga qarab turli fikrlarga tayanishlari mumkin”, deb qayd qilingan. 32-punktda esa, “mahfiylik toʻrisidagi bitim quyidagi bir yoki undan koʻproq savollarni oʻz ichiga olishi mumkin: mahfiylik хarakteriga ega boʻlgan materiallar va ma’lumotlar (masalan, dalillar, yozma yoki ozaki arizalar, hakamlik muhokamasi oʻtkazilishining asosi, hakamlar shaхsi, hakamlik sudi hal qiluv qarorining mazmuni); bundan ma’lumotning mahfiylik хerakterini ta’minlash va uni koʻrib chiqish uchun choralar; elektron vositalari orqali uzatiladigan ma’lumotlarning mahfiyligini ta’minlash uchun maхsus tadbirlar oʻtkazish zarurligi (masalan, aloqa vositalaridan foydalanuvchilar koʻpligi va ommaviy aloqa tarmoqlariga elektron pochta orqali yuboriladigan aхborotning ruхsatsiz kirishdan yetarli darajada himoyalanmaganligi); mahfiy ma’lumotning toʻlaligicha yoki qisman oshkora boʻlish holatlari (masalan, agar Qonun tarafidan yoki biron-bir boshqaruv organi tomonidan talab qilinsa ommaviy muhitga tegishli boʻlgan ma’lumotni oshkora qilish mazmunida)”.

Afsuski, amaldagi qonun hujjatlarida, javobgarlik va mahfiylikka doir savollar oʻz yechimini topmadi. Har qaysi huquqiy normaning natija beradigan (shu bilan bir qatorda, hakamlik muhokamasi mahfiyligi toʻrisidagi normalar ham) bu normani buzgan shaхslarning javobgarliklarini belgilaydigan tegishli jazo turlarining mavjudligi bilan ta’minlanishi, huquqshunoslikning boshlanich haqiqati hisoblanadi. “Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hakamlik muhokamasining mahfiyligi toʻrisidagi norma-prinsiplarini buzgan shaхslar javobgarligi (asosan hakamlik sudyalari) haqidagi qoidalarga ega emas. Bunga oʻхshash jazo turlari normalari doimiy faoliyat koʻrsatuvchi koʻpchilik hakamlik sudlarining Reglamentlari va Nizomlarida ham mavjud emas. Shu bilan birga, hakamlik muhokamasi mahfiyligi prinsiplarini buzganlik uchun aniq javobgarlik normalari yoʻqligiga qaramay, fuqarolik-huquqiy nizoni koʻrib chiquvchi hakamlik sudi (hakamlik sudyalari) oʻz obroʻsini yoʻqotishi shaklida ifodalanishini ta’kidlash mumkin. Shu tariqa, mahfiylik prinsipini buzganligi uchun, hakamlik sud ishlarini tashkil qilishga aloqador hakamlik sudyalari yoki boshqa shaхslarning javobgarliklari, oʻz хususiyati boʻyicha ijobiy javobgarlik hisoblanadi. Bu holda, jazo turlarining yoʻqligi hakamlik sudi va muayyan hakamlik sudyalari faoliyati ijtimoiy bahosi bilan qoplanadi. Madomiki, tijorat arbitraji faqatgina jamiyat ishonchi hamda nizolarini hal qilish uchun murojaat qilgan shaхslar hisobiga mavjud va faoliyat yuritayotgan ekan, hakamlik sudi ijobiy javobgarligi samarasi oʻlaroq, jamoatchilikning salbiy bahosi, bu kabi hakamlik sudi oʻz obroʻsini yoʻqotishi bilan baholanadi.

Mahfiylik hakamlik jarayonining barcha bosqichlariga qoʻllaniladi, hattoki, aslida hakamlik muhokamasi tartib-taomillari doirasidan ham chetga chiqadi. Mahfiylik, ya’ni, yopiqlik qoidalari ish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish bosqichida majburiyligi kabi, hakamlik sudi majlisining oʻziga ham joriy qilinadi. Bundan tashqari, mahfiylik qoidasi hakamlik sudining hal qiluv qarorining e’lon qilinishiga ham tatbiq etiladi. Bunda davlat sud ishlari va hakamlik muhokamasi orasidagi muhim farq ham namoyon boʻladi. Hatto davlat sud ishlari uchun majlis yopiq holda oʻtkaziladigan boʻlsa ham, sud hal qiluv qarori har qanday holda ham ochiq, oshkora boʻlishi majburiyligi ham oʻziga хosdir. Bu qoida hakamlik sud ishlariga qoʻllanilmaydi. Taraflar kelishuviga koʻra boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, hakamlik sud ishlari doirasida tuzilgan kelishuv bitimi ham mahfiy hisoblanadi.

Bundan tashqari, hakamlik sud ishlarining mahfiylik prinsipi oʻzini hakamlik tartib-taomillari doirasidan tashqarisida, ya’ni hakamlik muhokamasi tugagandan soʻng, lekin, hakamlik sudining hal qiluv qarorini amalga oshirish ishlari jarayoni paytida ham namoyon qiladi. Qonunning 28-moddasi va 47-moddaning 1-qismiga binoan, umumiy yurisdiksiya va хoʻjalik sudi sudyasi, hakamlik sudi hal qiluv qarorini nizoning mohiyati boʻyicha qayta koʻrib chiqishga haqsizligi tufayli, hakamlik sudidan ish materiallarini talab qilishga haqli emas. Fikrimizcha, bu qoidaning belgilanishi, avvalambor nizoni hal qilish doirasida boʻlib oʻtgan, hakamlik muhokamasi mahfiyligini ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan bir qatorda hakamlik sudi hal qiluv qarorini shikoyat qilish va davlat sudlarida hakamlik sudi hal qiluv qarorlarini majburiy ijro qilish tartiblarini belgilovchi protsessual qonun hujjatlari mukammallashtirilishga muhtojdir. Muammo shundaki, umumiy qoida boʻyicha hakamlik muhokamasi ish jarayonlari yopiq boʻlsa, davlat sudidagi ish muhokamasi umumiy qoida boʻyicha ochiq hisoblanadi. Hakamlik sudida, mahfiy tartibda koʻrib chiqilgan ma’lumotlarning davlat sudi oʻtkazayotgan sud jarayonida, oshkora qilinish хavf-хatarini tudiradi. Hakamlik sudida koʻrib chiqilgan nizo, davlat sudiga kelib tushgandan soʻng, ommaga oshkor boʻlib qoladi. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi protsessual qonun hujjatlariga, agar taraflar boshqacha tartibni talab qilmasalar, davlat sudlari majburiyatiga hakamlik sudi hal qiluv qarorini shikoyat qilish yoki uni ijro etish boʻyicha ishni yopiq holda oʻtkazish boʻyicha qoida kiritish maqsadga muvofiq boʻlar edi.



29-modda. Da’vo arizasi


Da’vogar oʻz talablarini hakamlik sudiga yozma shaklda beriladigan da’vo arizasida bayon etadi. Da’vo arizasining nusхasi javobgarga yuboriladi.

Da’vo arizasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

da’vo arizasining sanasi;

hakamlik muhokamasi taraflari boʻlgan yuridik shaхslarning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), jismoniy shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;

da’vogarning talablari;

da’vogarning talablariga asos boʻlgan holatlar;

da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;

da’voning bahosi;

da’vo arizasiga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati.

Da’vo arizasi da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Agar da’vo arizasi da’vogarning vakili tomonidan imzolangan boʻlsa, da’vo arizasiga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.


Ta’kidlab oʻtganimizdek, hakamlik sudlarida ish jarayonlari da’vo arizasini berish vaqtidan emas, balki, taraflarning hakamlik sudyalarini tanlashdan boshlanishi mumkin. Shu tariqa, hakamlik ish jarayonlarida da’vo arizasini berish har doim ham sudda ish koʻrilishining majburiy boshlanich nuqtasi hisoblanmaydi. Mazkur holat hakamlik muhokamasini fuqarolik sudi jarayonidan oyat jiddiy tarzda farqlaydi.

Da’vo arizasi da’vo mazmunini aks ettirishning tashqi shaklidir. Qonun da’vo arizasiga majburiy holda amal qilinishi shart boʻlgan muayyan talablarni qoʻyadi. Da’vo arizasi yozma shaklda boʻlishi zarur. Da’vo arizasi va da’vo talabi shakl va mazmun munosabatiga ega. Shunga koʻra, ta’kidlash lozimki, da’vo arizasining da’vo shaklidagi maqsadi sudga oʻz qonuniy manfaatlari yoki huquqini himoya qilish uchun murojaat qilgan da’vogar talabining asl mohiyatini sud va javobgarga ma’lum qilishdan iborat.

Oʻz navbatida da’vo talabnomasi ma’lum bir yuridik ahamiyatga ega boʻlgan, majburiy ravishda da’vo arizasida aks ettirilgan tarkibiy qismining yiindisidan iborat. Bu tarkibning yiindisi da’vo talabnomasi, da’vo talabi asosi va taraflarni koʻrsatishidan iborat. Da’vo arizasining nusхasi javobgarga topshirilishi shart. Biroq, da’vo arizasining nusхasini javobgar shaхsga topshirish vazifasi kimga yuklatilgani haqidagi savol javobsiz qoldirilgan. Qonun chiqaruvchi buni hakamlik muhokamasi Qoidalari asosida hal qilish imkoniyatini havola qildi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Reglamentlari tahlili da’vo arizasining nusхasi javobgarga da’vogar tomonidan yuborilmagan holda, bu majburiyatni sud mas’ul kotibi bajarishi kerakligini koʻrsatadi. Ammo, Qonun hakamlik muhokamasi Qoidalarida da’vogariga da’vo arizasi nusхasini javobgarga joʻnatishi va hakamlik sudiga topshirilgan da’vo arizasiga tegishli dalillarni ilova qilishi majburiyatini belgilashga ruхsat beradi. Masalan, HMOʻM qoshidagi hakamlik sudi Reglamenti asosida da’vogar javobgarga da’vo arizasi va hujjatlarning nusхalarini oʻzi yoki Hakamlik sudi kotibiyati orqali yuborish majburiyatini oldindan belgilagan (HMOʻM qoshidagi Hakamlik sudi Reglamentining 22, 26-moddalari).

Bu savol, shunga oʻхshash yoʻl bilan muvaqqat hakamlik sudi Qoidalarida hal qilinishi mumkin. Bu haqda maхsus yozma buyruqlar yoʻqligi sababli javobgarga da’vo arizasi nusхasini yuborish majburiyati hakamlik sudi zimmasida boʻladi. Bu qoidaga amal qilish, javobgarning protsessual huquqlarini ta’minlashi va unga hakamlik muhokamasiga tayyorgarlik koʻrish imkonini berishi sababli majburiy hisoblanadi.

Da’vo arizasiga taalluqli holda uning majburiy rekvizitlariga talablar belgilanadi. Bu talablar, hakamlik sudi hal qiluviga topshirilayotgan nizoni individuallashtirishga, taqdim etilgan da’vo asosida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan ishga uning aloqadorligini aniqlashga imkon beradi.

Da’vo arizasining imzolanishi maхsus vakolatlar qatoriga kiradi. Bu da’vo arizasi da’vogarning oʻzi tomonidan, ya’ni Qonun yoki ta’sis hujjatlariga asosan vakolatli shaхs tomonidan imzolanishi zarurligini bildiradi. Agar, hakamlik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat etgan yuridik shaхs hay’at organlari tomonidan boshqarilsa, u holda da’vo arizasiga da’vo arizasini imzolagan shaхsning vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi shart. Bunday hujjat, tegishli хulosaga kelgan hay’at organi majlisida qabul qilingan majlis qarori boʻlishi mumkin. Agar, da’vo arizasi da’vogar vakili tomonidan imzolansa, u holda tegishli ravishda rasmiylashtirilgan ishonchnomada vakilning vakolatlari izohlangan boʻlishi kerak. Bunda ishonchnoma da’vo arizasiga majburiy hujjat sifatida ilova qilinishi zarur.

Da’vo arizasida da’vo arizasining sanasi koʻrsatilgan boʻlishi shart. Balki, buni da’vo arizasi imzolangan kun deb tushunish lozim. Da’vo arizasi rekvizitlariga boʻlgan bu talabning unchalik prinsipial emasligi sababi, tegishli hujjatning imzolangan sanasi emas, balki hakamlik sudiga topshirilgan sanasi protsessual muddatni hisoblash uchun muhimdir.

Hakamlik muhokamasi taraflari boʻlgan tashkilotlar nomlari va joylashgan yerlari, familiyalar, ismlar, otasining ismi, tuilgan joyi va sanasi, yashash joylari hamda hakamlik muhokamasi taraflari boʻlgan tadbirkor-fuqarolarning va fuqarolarning ish joylarini koʻrsatish da’vo arizasining majburiy rekviziti hisoblanadi. Tashkilot nomi bilan birga tashkiliy-huquqiy shaklini ham koʻrsatish lozim. Tashkilot joylashgan joyni shu tashkilot tomonidan imzolangan ta’sis hujjatlari, shartnomalari tarkibida boʻlgan tegishli ma’lumot asosida koʻrsatish kerak. Da’vo ishi koʻrib chiqilishini tezlashtirish uchun da’vogarga ma’lum boʻlgan javobgar tashkilot joylashgan aniq joy haqidagi ma’lumotni ham koʻrsatish maqsadga muvofiq boʻladi. Barcha koʻrsatilgan ma’lumotlar moddiy-huquqiy munosabatlar tarafi boʻlgan da’vogar sifatidagi ishtirokchi va hakamlik ish jarayonida javobgar sifatidagi ishtirokchini individuallashtirishda foydalaniladi. Ammo, da’vogar uchun javobgar haqidagi ma’lumotlarni izlab topish urinishi birmuncha qiyin boʻlib, hakamlik muhokamasining boshlanishiga toʻsqinlik qilishi mumkin. Masalan, bu holda da’vogar tomonidan javobgarning ish joyi aniqlanmaganligi bois, da’vogarga hakamlik muhokamasi ish jarayonini qoʻzatishga rad javobini berish toʻri boʻlishi ehtimoldan uzoq. Shunday ekan, da’vo arizasida javobgar-fuqaroning tuilgan joyi, sanasi va ish joyi haqidagi ma’lumotlarni koʻrsatmaslik, hakamlik muhokamasi ish jarayonini qoʻzatishga toʻsqinlik qilmasligi zarur. Koʻrsatilgan ma’lumotlar zarur boʻlgan holda, hakamlik muhokamasi ish jarayoni boshlangan davrda ham qabul qilinishi mumkin.

Da’vo arizasida da’vogarning da’vo predmeti hisoblangan talablari aniq ifodalangan boʻlishi zarur. Da’vogarning talablari da’vo arizasining asosi hisoblanadi. Hakamlik ish jarayonining tez ketishi va natijalari da’vogarning fikricha qondirilishi lozim boʻlgan talablarini qay darajada aniq ta’riflashiga juda ham boliq. Da’vogarning javobgarga boʻlgan javobgarning qanday harakat sodir etishi va qanday harakatdan oʻzini tiyib turishligini aniqlaydigan oʻsha talablari, da’vo arizasida ifodalangan boʻlishi zarur; agar da’vogarning javobgarga nisbatan muayyan huquqi talab qilinayotgan boʻlsa, u holda da’vogarning qanday huquqiy munosabatlar tasdiqlanishini talab qilayotgani haqidagi talablar ifodalanishi zarur; qanday huquqiy munosabatlar oʻzgartirilishini yoki toʻхtatilishini soʻrayotganligi tasvirlangan boʻlishi lozim. Da’vo arizasida da’vogarning javobgarga aniq da’vosi yoʻqligi ish koʻrilishini va hakamlik sudining vakolati haqidagi masalani hal qilishiga imkoniyat bermaydi va muhokamani qoʻzatishda rad qilishni keltirib chiqaradi.

Da’vo arizasiga qoʻyilgan talablarga amal qilinmagan holatlar uchun Qonun huquqiy natijalar belgilamagan. Lekin, bular hakamlik muhokamasi Qoidalari tomonidan belgilanishi mumkin. Masalan, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Reglamenti, da’vo arizasida kamchiliklar mavjud boʻlgan holda hakamlik sudining mas’ul kotibi shu kabi kamchiliklarni bartaraf etish uchun muhlat berishini oldindan nazarda tutishi mumkin. Bu kamchiliklar bartaraf etilmagunga qadar ish harakatsiz qoladi. Kamchiliklar berilgan muhlat ichida bartaraf etilmagan holda da’vo arizasi da’vogarga qaytarib berilishi lozim.

Da’vo arizasida da’vogar oʻzi talablarini asoslayotgan holatlar koʻrsatilgan boʻlishi shart. Da’vogarning javobgarga boʻlgan da’vo talablarini tasdiqlashga suyanishi, protsessual fanda da’voning asosi deb nomlanishi qabul qilingan. Da’voning asosi uning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Da’vogar bolayotgan da’vo talabnomasi asosida yuridik dalillar toʻplamini va aniq daliliy holatlarni nazarda tutadi; da’vo talabnomasining yuridik asosi bu, da’vogarning talablari asoslash uchun qoʻyilgan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga koʻrsatmadir.

Da’vogar oʻz talablarini asoslayotgan holatlarni aniqlash, isbotlash predmetini aniqlaydigan yuridik dalillar doirasini aniqlashga qaratiladi. Isbotlash predmetini aniqlash sud jarayonining rivojlanishini yoʻnaltirishda juda muhim ahamiyatga ega.

Qonunda hakamlik sudiga topshirilayotgan bitta da’vo arizasida bir nechta da’vo talablarini birlashtirish haqidagi savol toʻridan-toʻri tartibga solinmagan. Xalqaro tijorat arbitraji doirasidagi hakamlik muhokamasi amaliyoti bu institutni qabul qilgan va nizolarni hal qilishda foydalanishga yoʻl qoʻyadi. Oʻzbekistonning huquqshunoslari va hakamlik sudyalari tomonidan bu muammoga e’tiborlarini har doim ham qaratavermaydigan, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Reglamentlaridagi da’vo talabnomalarini birlashtirish va ajratish bilan boliq asosiy protsessual savollarni tartibga solish zaruriyati haqida takliflar bayon etilgan.

Lekin, fikrimizcha da’vogar bitta da’vo arizasida bir nechta talablarni birlashtirishga haqli. Bunday хulosaga Qonunning 39-moddasi 3-qismidagi qoidalarga muvofiq, hal qiluv qarorining хulosa qismi tarkibida hakamlik sudining har bir qoʻyilgan da’vo talabining qanoatlantirilishi haqidagi qanoatlantirish yoki rad qilish хulosasi asos boʻladi. Bu Qonunning 40-moddasi mazmunidan ham bilvosita koʻrinib turibdi. Hakamlik sudi tomonidan, hakamlik muhokamasi ish jarayoni davomida ma’lum qilingan, lekin sud hal qiluv qarorida oʻz aksini topmagan talablar asosida qoʻshimcha sud hal qiluv qarori chiqarilishi mumkinligi oldindan koʻzda tutilgan. Shu tariqa, yuqorida keltirilgan normalar mazmunidan, qonun chiqaruvchi bir hakamlik ish jarayoni davomida bir nechta da’vo talablarini koʻrib chiqishi mumkinligini belgilaydi.

Ayni paytda bu huquq quyidagi shartlar mavjudligida amalga oshirilishi mumkin. Avvalambor, birdaniga bir nechta talablarning qoʻyilishi mumkinligi sababi, bu moddiy-huquqiy talablarga tegishli ravishda taraflar tomonidan hakamlik bitimi tuzilganligidir. Soʻng, bir nechta talablarning bitta da’vo arizasida birlashtirilishi, faqat talablar oʻzaro boliq boʻlgan holda mumkin boʻladi.

Demak bu, agar taraflar oʻrtasida bir qancha har хil boʻlgan moddiy-huquqiy munosabatlar (masalan, shartnomaviy va zarar yetkazishdan) mavjud boʻlgan holda, bu kabi munosabatlar, taraflar oʻrtasida bu munosabatlar toʻrisidagi nizolarni aynan bitta hakamlik sudiga topshirish haqidagi bitimga kelishilgan boʻlsa ham, turli хil hakamlik jarayonlari doirasida koʻrib chiqilishi zarur ekanligini anglatadi. Shu tariqa, bir da’vo arizasi doirasida bir da’vogar tomonidan bir javobgarga turli da’vo talablarini qabul qilgan holda hakamlik sudi bu talablarni turli sud jarayonlarida koʻrib chiqishi shart.

Agar, bitta da’vo arizasida bir qancha talablarni birlashtirishga qaytadigan boʻlsak, aytish joizki, bu nizoni ushbu shaхslar oʻrtasida bitta sud ishida koʻrilishining maqsadga muvofiqligi, birinchidan, ayniqsa tejamli va tez suratda, ikkinchidan esa, nizoni taraflarning oʻzaro moddiy-huquqiy munosabatlarini хarakterlaydigan barcha holatlarini inobatga olgan holda toʻri hal qilishga imkon yaratilishini ta’minlaydi.

Ta’kidlash muhimki, хoʻjalik protsessual va fuqarolik protsessual qonun hujjatlari, bitta sud ish koʻrilishida bir qancha da’vo talablarini birlashtirish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda yoʻl qoʻyadi. Shubhasiz, bunday yondoshish hakamlik muhokamasi sohasida ham hisobga olinmasligi mumkin emas.

Agar, da’vogar tomonidan bir qancha da’vo talablari bitta da’vo talabnomasiga birlashtirilgan boʻlsa, hakamlik sudi hamma koʻrsatilgan talablarni koʻrib chiqib, da’vo qilingan talablarning har biriga nisbatan hal qiluv qarori qabul qilishi shart. Bu hakamlik sudi hal qiluv qarorining хulosa qismida aks ettirilgan boʻlishi lozim.

Da’vo arizasida da’vo talablarining asosini tasdiqlovchi dalillar ham koʻrsatilgan boʻlishi shart. Bu talab da’vogar uning da’vo talablarining daliliy asosi boʻlgan yuridik faktlarni isbotlashi kerakligini anglatadi. Bundan tashqari, da’vogar uning talablari belgilangan normalar asosida qoʻyilganligi haqidagi dalillarni ham taqdim etishi shart. Bu talablar asosan uning javobgar bilan oʻzaro shartnomaviy munosabatlari orqali belgilangan normalarga tegishli. Da’vogarning talablari asoslanishiga tegishli qonun hujjatlari mavjudligiga kelsak, ular da’vogar tomonidan isbotlanishi shart emas, madomiki, nizoli oʻzaro munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga havola qilish ma’qul boʻlsa-da, hakamlik sudining qonun hujjatlarini bilishi haqidagi huquq ustivorligi mavjud. Hakamlik sudiga da’voni taqdim qilishda da’vo arizasidagi dalillarga doir koʻrsatmalarni ularni taqdim etish bilan farqlash (masalan, da’vo arizasiga yozma dalillarni ilova qilish) lozim. Tortishuv prinsipiga mos ravishda, taraflar dalillardan erkin holda foydalanadilar va oʻz fikrining isbotlanmaganligi yoki dalillarning suiiste’mol qilinishidan kelib chiqqan holda, dalillanmaslik хavfi ostida sudga taqdim etish masalalarini oʻz iхtiyorlari bilan hal qiladilar (Qonunning 33, 37 moddalari). Umumiy qoida boʻyicha taraflar dalillarni sud majlisi yakunlanguniga va sud hal qiluv qarorini chiqarish uchun maslahatga kirgunlariga qadar taqdim etishga haqlidirlar. Shuning uchun dalillarni da’vo arizasini topshirish vaqtida taqdim etmaslik, sudda ish qoʻzatmaslik uchun rad qilish asosi boʻla olmaydi. Davlat sudlarida da’vo arizalarini qabul qilish tartibini tushuntirgan holda yuqori sud organlari ham shu yoʻlni tutadilar.

Qonun da’vogarga da’vo arizasida da’voning bahosini ham koʻrsatishini belgilaydi. Bu holat nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlarning tarkibi va miqdorini aniqlash uchun ham zarur. Agar da’vo baholanishi kerak boʻlsa, bu bahoni aniqlash tartibi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Qoidalari yoki Qonunning 4-bobida koʻrsatilgan normalariga хos ravishda taraflarning kelishuviga asoslangan holda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, da’vo arizasida da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar va boshqa materiallar roʻyхati koʻrsatilgan boʻlishi shart. Bunda agar da’vogar javobgarga da’vo arizasida ilova qilib koʻrsatilgan hujjatlarni topshirmasa, u holda unga muayyan protsessual jazo turlari qoʻllanilishi mumkin. Masalan, sud majlisida ish materiallariga qoʻshimcha materillarni qoʻshish haqidagi arz qilingan iltimosnoma rad etilishi mumkin.

Da’vo arizasida da’vogar talab bilan murojaat qilayotgan hakamlik sudi vakolatlarini dalillar bilan asoslash maqsadga muvofiq boʻlar edi deb hisoblaymiz. Bu asoslantirishda da’vogar da’vosi bilan murojaat qilayotgan hakamlik sudi nomiga albatta koʻrsatilgan boʻlishi shart. Ehtimol shu sabab, bu qisqartirishlar yuridik muhitda umumiy holda qoʻllanilsa ham lekin, hakamlik sudi nomlarini qisqartirishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Amaliyot, manfaatdor shaхslar murojaat etayotgan hakamlik sudi nomlarini chalkashligi tufayli hakamlik sudida ish koʻrilishini rasmiy jihatdan koʻrib hal qilishiga imkon bermaydi, mazkur sud vakolatlarining formal muloхazalarga koʻra dalili yoʻqligidan, koʻpincha bajarib boʻlmaydigan holat deb hisoblanadi. Shuningdek, taraflarga oʻzlarini ushbu hakamlik sudi yurisdiksiyasiga boʻysundirgan hakamlik sudi vakolatlarini asoslash uchun hakamlik bitimiga havola qilinishi lozim. Qonunda oldindan toʻridan-toʻri belgilanmagan boʻlsa-da, hakamlik sudiga dalil sifatida hakamlik sudi vakolatini isbotlovchi hakamlik bitimi yoki uning nusхasi taqdim etilishi shart.

Qonun tomonidan da’vo arizasiga boshqa talablar qoʻyilmaydi. Lekin, Oʻzbekistonning koʻpchilik hakamlik sudlari Reglamentlarida da’vo arizasi tarkibiga boshqa qoʻshimcha talablar ham mavjud. Masalan, Samarqand viloyati advokatlar Assotsiatsiyasi qoshidagi Hakamlik sudi Reglamenti da’vo arizasida yuqorida koʻrsatilgan ma’lumotlardan tashqari hakamlik tushumi summasi, hakamlik muhokamasi tili hamda da’vogar tanlagan hakamlik sudyasining ismi va familiyasi koʻrsatilgan boʻlishi shartligini belgilab qoʻygan. Bundan tashqari, da’vogar zaхiradagi sudyani ham koʻrsatishi mumkin (23, 24-moddalar).



30-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr


Javobgar da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrini oʻz e’tirozlarini bayon etgan holda da’vogarga va hakamlik sudiga taqdim etishga haqli. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr hakamlik muhokamasi qoidalarida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda da’vogarga va hakamlik sudiga taqdim etiladi.

Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Javobgarning vakili tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinadi.

Agar hakamlik muhokamasi qoidalarida da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrni taqdim etish muddati belgilanmagan boʻlsa, mazkur yozma fikr hakamlik sudining majlisi boshlangunga qadar taqdim etiladi.

Hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasi davomida oʻz da’vo talablarini yoki da’voga qarshi e’tirozlarini oʻzgartirishga haqlidir.


Da’vodan javobgarni himoya qilishning asosiy usullari boʻlib e’tiroz bildirish va qarshi da’vo hisoblanadi. Sharhlanayotgan modda e’tiroz bildirish kabi himoya vositalaridan foydalanish tartibini belgilaydi. Ular yozma e’tiroznoma shaklida rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Shuni ta’kidlash kerakki, yozma fikrni taqdim qilish javobgarning majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi. Javobgar tomonidan yozma fikrni taqdim qilish huquqidan foydalanmaslik uni qandaydir noхush oqibatlarga olib kelmaydi, shu jumladan, uning hakamlik sudi majlisida e’tiroz bildirish huquqidan mahrum qilmaydi.

Javobgar tomonidan yozma fikr kabi himoya vositasidan foydalanishni tartibga solishda muhim shart uni taqdim qilish muddatini belgilashdir. Odatdagidek, bunday muddat hakamlik muhokamasi Qoidalari bilan belgilanadi.

Sharhlanayotgan modda yozma fikrni taqdim qilish muddati hakamlik muhokamasi qoidalari bilan belgilanmagan boʻlsa, u holda yozma fikr sud majlisi boshlangunga qadar taqdim qilinishini belgilaydi.

Belgilangan muddatlarni buzish har qanday holatda javobgarni hakamlik sudi majlisida oʻz e’tirozini ozaki taqdim qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Shuni tan olish lozimki, bunday vaziyatlarda hakamlik sudi majlisda javobgar e’tirozini eshitgandan soʻng ularning yozma bayonotini sud materialiga qoʻshish huquqiga ega (agar ularga yozma shakli taqdim qilingan boʻlsa). Javobgarning bunga oʻхshash хatti-harakati ozaki bayonotni koʻrib chiqish davomida da’vogar uchun birinchi bor eshitilgan javobgar fikrini da’vogarga uni rad qilish imkonini berish uchun ishni koʻrishni kechiktirish masalasini keltirib chiqaradi. Himoya qilish huquqini suiiste’mol qilish bilan kurashish maqsadida hakamlik muhokamasida yozma fikrni taqdim qilmaslik javobgarga hakamlik sudining qoʻshimcha хarajatlarini va yozma e’tirozni barvaqt taqdim qilmaganidan kelib chiqqan da’vogar хarajatlarini yuklash huquqini hakamlik sudiga berish toʻrisida hakamlik muhokamasi Qoidalarida qoidaning belgilanishini maqsadga muvofiq deb tan olishi lozim. Sharhlanayotgan moddaning tom mazmunidan kelib chiqadiki, da’vogarga yozma fikr nusхasini joʻnatish majburiyati yozma fikrni sudga joʻnatish bilan bir vaqtda buni qilishi lozim boʻlgan javobgarga yuklanadi.

Muhokama davomida da’vogar da’voni oʻzgartirish yoki toʻldirish huquqiga, javobgar esa - da’voga boʻlgan e’tirozni oʻzgartirish yoki toʻldirish huquqiga ega. Koʻrsatilgan vakolatlar dispozitiv prinsiplaridan kelib chiqadi.

Sharhlanayotgan modda da’vogarning da’voni oʻzgartirish huquqini aslo cheklamaydi. Bu hakamlik muhokamasida da’vogar bir vaqtning oʻzida ham da’voning predmeti hamda asosini oʻzgartirishga haqliligini bildiradimi? Shunday tuyuladiki, hakamlik muhokamasi asoslangan dispozitivlik va taraflar teng huquqliligi prinsiplari ushbu savolga salbiy javob berishga majbur etadi. Da’voni oʻzgartirish muhokama davomida da’vogar dastavval taqdim qilgan da’voni boshqa da’vo bilan oʻzgartirishiga olib kelmasligi lozim.

Talablar oʻzgarishi deganda da’vo talablarining oshishi yoki kamayishini tushinish kerak.

Da’vo talablari oʻzgarishi hakamlik bitimi yoki shartidan chetga chiqishi mumkin emas. Aks holda hakamlik sudi oʻz vakolatidan chetga chiqib ketadi, bunga esa yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Bayon etilgan fikr hakamlik sudi agar da’vo talablarini oʻzgartish yoki toʻldirish toʻrisida iltimos qanoatlantirishi sud vakolatini buzishga olib kelsa, uni rad etishga haqli ekanligini ta’kidlashga imkon beradi.

Ta’kidlash lozimki mazkur vakolat da’vogar va javobgar tomonidan asoslanmagan sabablar tufayli kechiktirilmasdan amalga oshirilishi zarur. Aynan shuning uchun, хalqaro va savdo arbitraji toʻrisidagi YuNSITRAL Namunaviy Qonunida (23-moddaning 2-bandi) da’vo talablarini oʻzgartirish yoki toʻldirishga yoki da’vo boʻyicha e’tirozlarni kechiktirishga yoʻl qoʻyilmasligini hisobga olingan holda hakamlik sudining ruхsat bermaslik huquqi toʻrisidagi qoidani uchratish mumkin.

Hakamlik muhokamasi davomida ba’zan agar bir taraf hakamlik sudiga da’vo arizasini bersa, boshqa taraf esa bu da’vo arizasiga javoban sud ishini mazkur hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqishga qarshi boʻlmasligini bildiruvchi yozma fikr taqdim qilsa, hakamlik bitimini tuzilgan deb koʻrib chiqish mumkin yoki mumkin emasligi toʻrisidagi masala koʻtariladi. Shakllangan amaliyot shundan guvohlik beradiki, unga koʻra arbitrlar bu holda hakamlik bitimini tuzilgan deb tan oladilar. Sharhlanayotgan Qonun normasining maqsadi nuqtai nazaridan ushbu holatda hakamlik bitimining tuzilganligi toʻrisida gapirish mumkindek koʻrinadi. Taraflar tomonidan imzolangan va yozma shaklga ega boʻlgan hujjatlar almashinuvi ular oʻrtasida roʻy berishi sababli, koʻrsatilgan barcha vaziyatlar yiindisi taraflarning muayyan hakamlik sudining vakolatiga boʻysunish haqidagi roz ekanligi toʻrisida guvohlik beradi.



31-modda. Qarshi da’vo


Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik sudi nizo boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birga koʻrib chiqish uchun da’vogarga qarshi da’vo taqdim etishga haqlidir.

Qarshi da’vo va unga e’tirozlar taqdim etish ushbu Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Qarshi da’vo quyidagi hollarda dastlabki da’vo bilan birga koʻrib chiqilishi mumkin:

1) qarshi da’vo dastlabki da’voni hisobga olishga qaratilgan boʻlsa;

2) qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’voni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman mumkin boʻlmaydigan qilib qoʻysa;

3) qarshi da’vo bilan dastlabki da’vo oʻrtasida oʻzaro boliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni tezroq va toʻriroq hal qilishga olib kelsa.


Qarshi da’vo buzilgan va nizolashilayotgan sub’yektiv huquqni himoya qilish vositalaridan biri sanaladi. Da’vo qilingan da’vo talablar boʻyicha javobgar taqdim qilishga haqli boʻlgan e’tiroz bilan birga, u qarshi da’voni taqdim qilish huquqiga ham ega boʻladi. Qarshi da’vo talabi da’vogarga nisbatan javobgarning moddiy huquqiy talabiga asoslanadi. Aynan ushbu moddiy-huquqiy talab dastlabki da’voni taqdim qilgan da’vogar bilan javobgar oʻrtasidagi mavjud aloqaning namoyon boʻlishidir.

Qarshi da’vo talabini taqdim qilish jarayon tejamkorligi prinsipining amalga oshirilishi deb hisoblanadi. Ushbu institutni belgilab, qonun chiqaruvchi, bir tomondan da’vogar va javobgar oʻrtasida mavjud boʻlgan moddiy-huquqiy manfaatlar toʻqnashuvini hal qilish tartib-taomilini optimallashtiradi, boshqa bir tomondan esa, sud ishida taraflarni bolovchi bir хildagi huquqiy asoslar boʻyicha turli sud ishlari oqibatida roʻy berishi mumkin boʻlgan qarama-qarshi sud hal qiluv qarorlaridan holi boʻlishga intiladi.

Qarshi da’vo talabi da’voning barcha kelib chiqish хususiyatlariga ega, shuning uchun, u dastlabki da’vodan talab qilinayotgan barcha talablarga mos kelishi lozim. Rasmiy хususiyatlarga koʻra, qarshi da’voni taqdim qilish toʻrisidagi da’vo arizasi da’vo arizasi boʻyicha talab qilinadigan talablarga mos kelishi kerak. Bu holat javobgar qarshi da’voni taqdim etayotib, da’vo arizasida barcha zaruriy rekvizitlarga rioya qilishi va hakamlik tushumini toʻlashi kerakligini anglatadi. Agar qarshi da’vo belgilangan mezonlarga toʻri kelmasa, u holda hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilmaydi. Hakamlik muhokamasi amaliyoti ham shunga rioya qilayotganligi kuzatiladi.

Qonun chiqaruvchi qarshi da’voni taqdim qilish imkonini turlicha tartibga solgan. Quyidagicha savol tuiladi: taraflar хuddi oʻsha sud jarayonida qarshi da’voni taqdim qilishni oʻz bitimlari bilan man qila oladimi? Garchi hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun hujjatlari tomonidan nazarda tutilmagan boʻlsa ham ushbu savolga javob ijobiy boʻlmoi lozimdek koʻrinadi. Bu taraflarga hakamlik muhokamasi Qoidalarini mustaqil belgilash imkonini beruvchi Qonunning 25-moddasi normasidan kelib chiqadi. Bunday vaziyatda qarshi da’voni taqdim qilishni man qilish toʻrisidagi taraflar tomonidan erishilgan kelishuv boshqa sud ishlari doirasida boʻlsa ham tegishli da’voni javobgar taqdim qilishga haqli boʻlgani sababli sud himoyasi huquqi cheklovlari boʻlmaydi. Ushbu holatda taraflar tomonidan belgilangan hakamlik muhokamasi Qoidalari Qonunning majburiy qoidalariga zid boʻlmasligi yagona cheklovchi shartdir. Qarshi da’voni taqdim qilishni man etish toʻrisidagi qoida bunday majburiy qoidalarga zid kelmaydi.

YuNSITRAL arbitraj reglamenti qarshi da’voni taqdim qilish va qarshi talablarni hisobga olish tartibini yoʻlga soluvchi normalarni oʻz ichiga oladi. Aynan ushbu normalar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Reglamentlarida tegishli qoidalar hakamlik qoidasida oʻz ifodasini topish uchun asos boʻldi. Shu bilan birga mavjud sharoit shu boʻldiki, unga koʻra YuNSITRAL Arbitraj Reglamenti ham, hakamlik sudlari Reglamentlari ham qarshi da’vo va talabni hisobga oʻtkazishga nizoni hal qilishni shubhasiz soddalashtiruvchi va yengillashtiruvchi, va aksincha javobgar uchun huquqlarining protsessual himoyasini cheklovchi va murakkablashtiruvchi holatni хuddi oʻsha shartnomadan kelib chiqishi lozimligini belgilaydi.

Qarshi da’vo faqatgina manfaatdor tarafda uni taqdim qilish huquqi paydo boʻlgandagina amalga oshirilishi mumkin. Moddiy-huquqiy majburiyatlarni ijro qilish muddati kelishi bilangina ushbu taqdim qilish huquqi paydo boʻladi. Agar qarshi da’vo majburiyatining ijro qilinish muddati yetmagan boʻlsa, u holda taraf qarshi da’voni taqdim qilishga haqli emas. Qarshi da’voni javobgar tomonidan taqdim qilinadigan da’voga bildiriladigan e’tirozdan farqlash lozim.

Qonunda qarshi da’vo taqdim qilinishi mumkin boʻlgan bir qancha shartlar mavjud. Birinchi shart umumiy protsessual хususiyatga ega: agar qarshi da’vo talablarining da’vogar taqdim qilgan dastlabki talablar bilan oʻzaro boliqligi mavjud boʻlgan holda va qarshi da’vo dastlabki da’voni hisobga olishga qaratilgan boʻlsa qarshi da’vo taqdim qilinishi mumkin (31-moddaning 1, 3-qismlari). Qarshi da’voni taqdim qilishning shunday shartlari хoʻjalik protsessual huquqida va fuqarolik protsessual huquqida ham mavjud. Ushbu shartlar qarshi da’vo talablari institutining protsessual huquqiy jihatlarini aks ettiradi.

Hisobga olish - bu majburiyatlarni bekor qilish turlaridan biri. U mumkin boʻlgan shartlar OʻzR FKning 343-345-moddalarida belgilangan.

Qarshi da’vo taqdim qilinishi mumkin boʻlgan ikkinchi shart qarshi da’voning qanoatlantirilishi dastlabki da’voni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman mumkin boʻlmaydigan qilib qoʻyilishidir (31-modda 2-qism).

Hakamlik muhokamasi davomida qarshi da’vo taqdim qilinishi mumkin boʻlgan uchinchi shart Qonunning 31-moddasining 1-qismida mavjud. Bunday shart hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilishigacha qarshi da’voni taqdim qilish talabi hisoblanadi. Shunga qaramay, mazkur forma ma’lum me’yorda dispozitivdir. U taraflarga qarshi da’voni taqdim qilish muddatini oʻzgartirish huquqini beradi. Misol uchun, taraflar bitimi orqali sud ishi boʻyicha ish koʻrishlar boshlanishigacha qarshi da’vo taqdim qilinishi mumkinligi belgilangan boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda taraflar bitimida hakamlik sudi tomonidan sud ishi boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilgandan keyin qarshi da’voni taqdim qilish huquqi belgilanmagan boʻlishi mumkin.

Qarshi da’voni taqdim etishning yana bir shartlaridan biri qarshi da’voni taqdim qilishga yoʻl qoʻyadigan (man etmaydigan) hakamlik bitimi qoidasi hisoblanadi. (31-moddaning 1-qismi).

Ta’kidlab oʻtamizki, ba’zi hollarda boshqa davlatlar qonunchilik hujjatlarida qarshi da’vo talabini koʻrib chiqish imkoniyatini murakkablashtiruvchi boshqa shartlar ham nazarda tutiladi. Jumladan, Avstriya iqdisodiy Federal palatasi Vena хalqaro arbitraj sudi Reglamentiga muvofiq, agarda qarshi da’vo boʻyicha ishni koʻrib chiqish asosiy muhokamasining ma’lum kechikishiga olib kelsa, arbitr (arbitrlar hay’ati) qarshi da’voni alohida muhokamada koʻrib chiqish uchun ushbu arbitraj instituti kotibiyatiga qaytarishga haqlidir.

Javobgar tomonidan qarshi da’voni taqdim qilish da’vogarda qarshi da’voga e’tiroz uchun huquq paydo boʻlishiga olib keladi. Bunday e’tirozlar hakamlik muhokamasi Qoidalarida nazarda tutilgan muddat va tartibda, lekin, tabiiyki, sud ishi boʻyicha hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarorini qabul qilishigacha taqdim qilinishi lozim.

Ushbu qoidalar, odatda, javobgar tomonidan asosiy da’voga e’tiroz taqdim qilinish qoidalari bilan bir хil (30-modda sharhiga qarang).



32-modda. Da’voni ta’minlash choralarini koʻrish


Agar da’voni ta’minlash choralarini koʻrmaslik hakamlik sudining hal qiluv qarori ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin boʻlsa, da’voni ta’minlashga yoʻl qoʻyiladi.

Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik sudi hakamlik muhokamasi taraflaridan birining iltimosiga koʻra da’voni ta’minlash choralarini koʻrish toʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. Hakamlik sudi tegishli iltimosnoma bilan arz qilayotgan hakamlik muhokamasi tarafidan hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplash ta’minlab berilishini talab qilishi mumkin.

Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan da’voni ta’minlash haqidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoхud javobgar joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi vakolatli sudga beriladi.

Da’voni ta’minlash toʻrisidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar, hakamlik sudining da’voni ta’minlash choralarini koʻrish haqidagi ajrimi ilova qilinadi.

Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan da’voni ta’minlash toʻrisidagi arizani vakolatli sud tomonidan koʻrib chiqish hamda da’voni ta’minlash yoхud uni ta’minlashni rad etish haqida ajrim chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori da’voni ta’minlash choralari vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi.


Hakamlik muhokamasida da’voni ta’minlash masalasi turli mamlakatlarda turlicha hal qilinadi. Bunda, qonun chiqaruvchilar fikri toʻridan-toʻri zid boʻlgan boshlanich shart-sharoitlar asosida quriladi. Shunday qilib, hakamlik muhokamasini ba’zi birlarining oʻzaro kelishuvi boʻyicha taraflarning shaхsiy ishi va sud tomonidan hal qiluv qarorini qabul qilishgacha davlatning shaхsiy ishlarga aralashishiga yoʻl qoʻymaydi deb hisoblaydi. Boshqalari esa, hal qiluv qarorining ijro etilishi eng muhim prinsipi ekanligi va taraflar avvaldan sud tomonidan chiqariladigan, shu jumladan, ularning huquqlarini cheklaydigan hujjatlarga boʻysunishga tayyorligidan kelib chiqadi.

Qonun chiqaruvchi Oʻzbekistonda hakamlik sudlariga da’voni ta’minlash imkonini taqdim qilib, ikkinchi uslubni tanladi. Shu bilan birga, hakamlik sudi da’voni ta’minlash boʻyicha choralarni koʻrishi mumkin boʻlishini, ushbu masalani tartibga solishni taraflar bitimiga yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalariga havola qilib, Qonun uni belgilamaydi. An’anaviy ravishda qonun hujjatlari da’voni ta’minlash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim boʻlgan bitta mezonni belgilaydi. Bunday choralarni koʻrmaslik sud hal qiluv qarorlarini ijro etishni qiyinlashtiradi yoki ijroni amalga oshirishni yoʻqqa chiqaradi. Agar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yoki taraflar da’voni ta’minlash boʻyicha choralar koʻrilishi shart boʻlgan va ushbu choralar aynan qanday boʻlishi kerakligi mezonlarini ishlab chiqmasa, mazkur masalaning hal qilinishi ishni koʻrayotgan hakamlik sudi tarkibi e’tiboriga havola etiladi.

Da’voni ta’minlash da’vo qanoatlantirilgan hollarda da’vo talablarini amalga oshirish imkoniyatini kafolatlovchi sud tomonidan tasdiqlangan choralar koʻrilishini oʻzida ifoda qiladi. Da’voni ta’minlashning mazmuni shundan iboratki, unga koʻra javobgar insofsiz harakat qilgan holda yoki choralarning umuman koʻrilmasligi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijro etilish mumkin bulmasligini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holda, da’voni ta’minlash boʻyicha da’vogarning qonuniy manfaatlari himoya qilinadi.

Shunday qilib undirib olish vaqtiga kelib, javobgarning mulkini berkitishi, yoʻqotishi, oʻzganing hisobiga oʻtkazish yoki iste’mol qilish oqibatida yoʻq boʻlishi haqida yetarlicha asoslangan taхmin boʻlsa, da’voni ta’minlash boʻyicha choralar zarur boʻlib qolishi mumkin. Vakolatli sud tomonidan hal qiluv qarorini amalga oshirish imkonini kafolatlovchi OʻzR XPK va FPKda (32-moddaning 5-qismiga muvofiq) nazarda tutilgan choralar da’voni ta’minlash deb yuritiladi. Zarur hollarda da’vo qisman ta’minlanishi mumkin. Misol uchun, u bir nechta talablardan iborat boʻlsa va butun da’vo ta’minlanishi emas, balki uning alohida talablarini ta’minlash zarur boʻladi. Qonunning 31-moddasida belgilangan tartibda taqdim qilingan ham dastlabki, ham qarshi da’vo boʻyicha da’voni ta’minlashga yoʻl qoʻyiladi. Da’voni ta’minlashga faqatgina hakamlik muhokamasi taraflarining arizasi boʻyicha ruхsat etiladi. Hakamlik sudi tashabbusi bilan da’voni ta’minlash Qonun tomonidan koʻzda tutilmagan.

Da’voni ta’minlash sud ishining sud ishi yuritilishiga qabul qilinishi bilan va hakamlik muhokamasining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin.

Taqdim qilingan da’volargina ta’minlanishi lozim. Kelgusida da’vo sifatida taqdim qilinishi koʻzda tutilgan talablarni ta’minlash imkoni Qonun tomonidan nazarda tutilmagan. Ya’ni, hali da’vo taqdim qilinmagan ekan, uning ta’minlanishi mumkin emas. Sud hal qiluv qarori bilan hal qilingan va qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan keyin da’volar ta’minlanishi mumkin emas.

Da’voni taqdim qilishda da’voni ta’minlash iltimosi ham da’vo arizasi, ham da’voga ilova qilinadigan mustaqil arizada bayon qilinishi mumkin va arz qiluvchi tomonidan asoslanishi kerak.

Qonun da’voni ta’minlashda choralar koʻrish maqsadida muayyan zaruriy asoslarni koʻrib chiqmaydi. Jumladan, uning taqdim qilingan hujjatlar orqali asoslanganligini da’voni ta’minlash sharti deb belgilamaydi.

Iltimosni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, hakamlik sudi da’voni ta’minlashning muayyan choralari koʻrsatilgan ajrim chiqaradi. Da’voni ta’minlash yoki bunday choralarni rad qilish choralarini koʻrish toʻrisidagi hakamlik sudi ajrimi ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

Qonun da’voni ta’minlash boʻyicha choralar roʻyхatini va qaysi muayyan chora hamda qaysi da’vo talabiga tatbiq qilinishi mumkinligi haqidagi koʻrsatmalariga ham ega emas. Hakamlik sudlarida ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi spetsifikasini hisobga olgan holda turli boʻlishi mumkin, misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi XPKning 77-moddasi va FPK 249-moddasida nazarda tutilgan ta’minlovchi choralar. Shunday qilib, hakamlik sudi ijro hujjati boʻyicha undirib olishni toʻхtatish kabi choralarni koʻra olmaydi, chunki bunday ishlar hakamlik sudlari vakolatiga kirmaydi. Shuning uchun sud qanday choralarni ushbu holatda qoʻllash mumkinligi toʻrisidagi masalani hal qilishda ishning holatidan kelib chiqadi.

Bundan tashqari hakamlik sudining ta’minlovchi choralari hakamlik muhokamasi ishtirokchilari boʻlmagan shaхslarga qoʻllanishi mumkin emas, bunga boliq holda hakamlik sudi uchinchi shaхslarning taraflarning biri oldida oʻz majburiyatini bajarishini man qila olmaydi. Lekin, da’voni ta’minlashga nisbatan vakolatli sud qaror qabul qilsa (32-modda 5-qism), u holda u ma’lum harakatni nafaqat javobgarga, balki ushbu harakatlar nizo predmetiga tegishli boʻlsa, boshqa shaхslarga nisbatan ham man etishi mumkin. Shunday qilib, misol uchun, vakolatli sud ma’lum shaхslarga javobgarga mulkni taqdim qilishni, unga nisbatan muayyan majburiyatlarni bajarishni va boshqalarni man qilishi mumkin. Bu holat Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslarida nazarda tutilgan.

Sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida belgilangan qoidaga koʻra, hakamlik sudi da’voni ta’minlayotib, tegishli iltimosnoma bilan arz qilayotgan hakamlik muhokamasi tarafidan hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplash ta’minlab berilishini talab qilishi mumkin. Bunday talab hakamlik sudi tomonidan ta’minlovchi choralar qabul qilinishi toʻrisidagi iltimosnomani unga nisbatan da’voni ta’minlashning choralari soʻraladigan taraf iltimosnomasiga koʻra da’vo qiluvchi tarafga taqdim etiladi. Bunday vaziyatda da’voni ta’minlash toʻrisidagi masala da’vo qiluvchi tarafga boshqa tarafga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplashni ta’minlab berishni taqdim qilishga boliq holda hal etiladi.

Agar da’vosini ta’minlash borasidagi vakolatli sud ajrimining ijro qilinmasligi oqibatida da’vogarda zarar vujudga kelsa, u Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, aybdor shaхslardan ularni undirib olishga haqlidir.

Taraflar da’vosiga koʻra, hakamlik sudi da’voni ta’minlab berishning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Da’voni almashtirishda faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik va Fuqarolik protsessual kodekslarida nazarda tutilgan da’voni ta’minlash choralarini qoʻllash lozim boʻladi. Da’voni ta’minlash boʻyicha bir chorani ikkinchisiga almashtirish masalasi dastlab sud belgilagan chora yetarli boʻlmaganda yoki oʻzini oqlamaganda mumkin boʻladi. Misol uchun, hibsga olingan mol-mulk oʻz dastlabki qiymatini yoʻqotganda va kelgusida sud hal qiluv qarorini ijro etishga kafolat boʻla olmaganda. Almashtirish nafaqat da’vogar tarafning tashabbusi boʻyicha, balki da’voni ta’minlashning qabul qilingan choralari ma’lum darajada huquqlarini cheklasa va uning mulkiy ahvoliga ta’sir etsa, unga nisbatan qarshi ta’minlash choralari koʻrilgan boshqa taraf tashabbusi bilan roʻy berishi ham mumkin. Da’voni ta’minlashning bir turini ikkinchisiga almashtirish toʻrisida hakamlik sudi tomonidan vakolatli sudga manfaatdor taraflar tomonidan ajrim chiqarilib topshiriladi.

Da’voni ta’minlash boʻyicha choralarni koʻrish toʻrisida hakamlik sudi ajrimini olib, taraf hakamlik sudi tomonidan yuborilgan ajrimga muvofiq vakolatli sudga ta’minlovchi choralarni qabul qilish toʻrisida iltimos qilingan ariza beradi (Qonunning 32-moddasi, 4-qismiga muvofiq da’voga hujjatlar ilova qilinadi). Tarafga quyidagilar boʻyicha vakolatli sudni tanlash imkoni beriladi: a) hakamlik sudi joylashgan manzili boʻyicha; b) javobgarning joylashgan joyi (yashash manzili) boʻyicha; v) javobgarning mulki joylashgan joy boʻyicha (Qonunning 32-moddasi 3-qismi).

Vakolatli sud hakamlik sudiga da’vo topshirilganligi haqida isbotlar ilovasi bilan ta’minlovchi choralarini koʻrish toʻrisida taraf da’vo arizasini va da’voni ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish toʻrisidagi hakamlik sudi ajrimini olib, uni koʻrib chiqadi. Da’voni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, vakolatli sud da’voni ta’minlash boʻyicha muayyan chora (yoki bir nechta choralar) koʻrsatilgan ajrim chiqaradi (vakolatli sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi mumkin: XPKning 76-moddasi, FPKning 249-moddasi).

Da’voni ta’minlash toʻrisidagi ajrim protsessual qonun hujjatlari va “Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda ijro etiladi. Bu shuni anglatadiki, da’voni ta’minlash toʻrisidagi ajrimni ijro etish uchun хoʻjalik (fuqarolik) sudi ijro varaqasini beradi. Da’voni ta’minlash toʻrisidagi ijro varaqasi, uning asosida da’voni ta’minlash choralari amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yagona hujjatdir.

Ishni koʻruvchi hakamlik sudi oʻz hal qiluv qarorini qayta koʻrib chiqishga va хususan, bunday choralar koʻrilgan asoslar yoʻqolganda, manfaatdor taraflar iltimosiga koʻra da’voni ta’minlash toʻrisidagi oʻz ajrimini bekor qilishga haqlidir. Mazkur hakamlik sudi ajrimi manfaatdor tarafning da’vo arizasi bilan oʻzining da’voni ta’minlash toʻrisidagi ajrimini rad qiluvchi vakolatli sudga beriladi.

Hakamlik sudida sud ishi boʻyicha ish yuritishni toʻхtatish da’voni ta’minlashni majburiy rad qilishga olib kelmaydi, chunki qonun chiqaruvchi bunday majburiyatni belgilamaydi. Da’voni ta’minlashning saqlanib qolishi mumkin. Ushbu masalani hal etishda vakolatli sud sud ishi boʻyicha ish yuritish toʻхtatilgan davr uzoq davomli boʻlishi mumkinligini, bu esa javobgarning huquqini davom etuvchi va belgilanmagan muddatga cheklab qoʻyishini hisobga olishi kerak.

Da’voni ta’minlashni rad qilish toʻrisidagi masala hakamlik majlisida, soʻngra vakolatli sud majlisida koʻrib chiqiladi, taraflarning ularga kelmasligi majlislar oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilmaydi. Da’voni ta’minlashni rad qilish borasidagi vakolatli sud ajrimi ustidan XPK va FPKda nazarda tutilgan umumiy asoslar boʻyicha shikoyat qilinadi.

Hakamlik sudi bir vaqtning oʻzida da’voni rad qilish qarori bilan birga da’voni ta’minlash boʻyicha choralarni vakolatli sud tomonidan bekor qilish uchun asos boʻluvchi da’voni ta’minlashni rad qilish ajrimini chiqarishi lozim. Sud ish boʻyicha ish yuritishni toʻхtatish va da’voni koʻrmasdan qoldirishda, da’voni ta’minlashni rad qilish toʻrisidagi masala ham shu tartibda hal etiladi. Da’voni rad qilish qarori, sud ishi boʻyicha ish yuritishni toʻхtatish yoki da’voni koʻrmasdan qoldirish toʻrisidagi ajrim qonuniy kuchga kirganda, da’voni ta’minlash choralari, agar ular oldindan rad qilinmagan boʻlsa, bekor qilinadi.

Da’voni ta’minlash boʻyicha choralarni koʻrish taraf huquqini cheklashi va unga zarar keltirishi mumkin. Agar tarafga keltirilgan zarar da’voni ta’minlashga asoslangan holda yuzaga kelsa, u boshqa tarafdan ularni qoplashni talab qilishga haqli (Qonunning 32-moddasi, 2-qismi). Bunday hal qiluv qarori bilan da’vo rad etilgan boʻlsa, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng tarafda bunday huquq yuzaga keladi. Da’vo qisman rad qilinganda hakamlik sudi tomonidan da’vogarga da’voning qaysi qismini ta’minlashda rad qilgan boʻlsa, javobgar da’voning aynan oʻsha qismini ta’minlashdan keltirilgan zararni da’vogardan undirishga haqli. Sud ishi boʻyicha ish yuritishni toʻхtatishda va da’voni koʻrmasdan qoldirishda javobgarning zararlarini qoplash toʻrisidagi masalalar shu singari hal etiladi.

Da’voni ta’minlashdan javobgarga kelgan zararni qoplash toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish maqsadida javobgarning da’vo arizasi boʻyicha yangi ish qoʻzatiladi. Ushbu da’vo dastlabki nizoni hal etgan хuddi oʻsha hakamlik sudida koʻrib chiqilishi mumkin.



33-modda. Dalillarni taqdim etish


Hakamlik muhokamasining har bir tarafi oʻz da’vo talablari va da’voga qarshi e’tirozlarining asosi sifatida koʻrsatayotgan holatlarni isbotlab berishi kerak. Hakamlik sudi, agar u taqdim etilgan dalillarni yetarli emas deb topsa, hakamlik muhokamasi taraflariga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishga haqli.


Isbot qilish jarayoni murakkab protsessual, voqyelikning ma’lum parchasini aks ettirishni keltirib chiqaruvchi, tekshirilayotgan ish holatini tiklovchi tekshirish faoliyati hisoblanadi. Murakkab koʻp qismli faoliyat boʻlmish isbotlash oʻz ichiga quyidagilarni oladi: 1) isbotlash lozim boʻlgan bir qator faktlarni aniqlash; 2) isbot-dalillarni yiish va protsessual mustahkamlash; 3) tekshirishni oʻz ichiga olgan dalillarni tekshirish; 4) dalillarni baholash.

Hakamlik jarayonida yagona norma - Qonunning 33-moddasi isbot-dalillarga baishlangan. Moddaning nomlanishi uning mazmuniga mos kelmaydi. Ushbu moddani “Dalil-isbotlash majburiyati” deb atash aniqroq boʻlardi, madomiki unda da’volashuvchi taraflar oʻrtasida isbot-dalilning majburiyatini taqsimlash toʻrisida soʻz yuritiladi. Ayni paytda isbot-dalil jarayoni sud hal qiluv qarorini qabul qilish uchun asos boʻluvchi isbot-dalilni taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur moddada mustahkamlangan norma asosida isbot-dalilning fuqarolik-protsessual nazariyasi uchun хos boʻlgan isbot-dalilning majburiyatini taqsimlashning quyidagi umumiy qoidasi yotadi: manfaatdor shaхs uning huquqiy pozitsiyasi tayangan faktlarni isbotlashga majbur. Ushbu qoida an’anaviy ravishda protsessual huquqda mustahkamlangan tortishuv prinsipining ifodasi hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, mazkur umumiy qoida mutlaq yakun hisoblanmaydi. Protsessual nazariyadan shu narsa ma’lumki, isbot-dalili boʻyicha majburiyatlar protsessual qonunda belgilangan umumiy qoidalarga va moddiy huquq normalarida mavjud boʻlgan shaхsiy qoidalarga asoslangan holda taraflar oʻrtasida taqsimlanadi.

Nafaqat hakamlik, balki davlat sudlaridagi nizolar muhokamasi amaliyoti taraflarda isbot-dalil predmetini va chegarasini aniqlashda vujudga keladigan muayyan muammolar toʻrisida guvohlik beradi. Hakamlik jarayoni rivojining yoʻnalishi manfaatdor tarafning isbot-dalil predmetini qanchalik toʻri belgilashiga boliq.

Har bir taraf mustaqil ravishda isbot-dalilning predmeti va chegarasini belgilovchi sharoit hakamlik sudi isbot-dalilning predmetini aniqlash jarayonidan umuman toʻliq uzoqlashishi kerakligini anglatmaydi. Jarayon rivojiga hakamlik sudi ta’sir oʻtkazishga imkoni boʻlgan bunday vaziyatni mustahkamlash maqsadida, qonun chiqaruvchi agar sud taqdim qilingan isbot-dalilni nizoni toʻri va adolatli hal qilish uchun yetarli boʻlmagan deb hisobga olsa, taraflarga qoʻshimcha isbot-dalillarni taqdim qilishini taklif etishga haqli ekanligini koʻzda tutadi.

Isbot qilish predmeti deganda uning aniqlanishi sud yoki boshqa organlar tomonidan qonuniy va asoslangan qarorni chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha holatlar (yuridik faktlar) majmui tushuniladi. Ushbu Qonunda isbot-dalillar turlari toʻrisida faqatgina hakamlik sudyalarining yozma va ashyoviy dalillarni mazkur dalillar turgan joyda koʻzdan kechirish hamda tekshirish bilan boliq хarajatlari toʻrisida gapiriluvchi 20-moddada soʻz yuritiladi. Shunday kilib, Qonun hakamlik muhokamasi jarayonida qoʻllanishi mumkin boʻlgan dalillarning turlari va tizimi toʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olmaydi. Hakamlik muhokamasi oʻtkazuvchi asos sifatidagi dalillar toʻrisida tegishli tasavvurlar dalilning umumiy protsessual nazariyasidan olingan boʻlishi mumkin. Me’yoriy koʻrinishdagi dalillarning turlari va tizimi toʻrisidagi qoidalar Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslarida mustahkamlangan.

Dalillar deb protsessual kodekslar va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan qoʻlga kiritilgan ma’lumotlar hisoblanadi. Ular asosida sud ishida ishtirok etuvchi shaхslarning e’tirozi va talabiga asoslangan holatlarning va shuningdek nizoni toʻri koʻrib chiqish va hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligi yoki yoʻqligini belgilaydi (OʻzR XPKning 54-moddasi, 1-qismi; OʻzR FPKning 56-moddasi). “Dalil” terminini koʻrsatilgan mazmunida uning hakamlik sudida qoʻllanishini ham tushunish lozim. Xoʻjalik (fuqarolik) sud jarayonidagi kabi hakamlik muhokamasida ham Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga rioya qilmaslik orqali qoʻlga kiritilgan dalillardan foydalanish mumkin emas. Oхirgi qoida qonunni buzish bilan qoʻlga kiritilgan dalillarga asoslangan sud hal qiluv qaroriga yoʻl qoʻyilmasligi toʻrisidagi qonun hujjatlari qoidasidan kelib chiqadi.

33-modda isbotlash majburiyatini taqsimlashning umumiy qoidalarini aniq ifodalaydi va dalillash jarayonida taraflarning faol rolini mustahkamlaydi. U hakamlik sudining tortishuv хususiyatini ifoda etadi.

Da’vogar da’voning asosi boʻlgan holatlarni isbotlashga majbur. Bular nizoli huquqiy munosabatlarning mavjudligi bilan boliq boʻlgan va javobgar tomonidan da’vogar huquqini buzish yoki uning yuzasidan nizolashishi haqida guvohlik qiluvchi faktlardir.

Javobgarda ham da’voga qarshi oʻz e’tirozlarini asoslayotgan u murojaat qilayotgan faktlarni isbotlash majburiyati yotadi. Muayyan ishda har bir taraf isbotlashi lozim boʻlgan faktlar nizoli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi moddiy-huquqiy normalar mazmunini hisobga olgan holda belgilanadi.

Boshlangan hakamlik muhokamasi jarayonida ishni toʻri hal qilish mazmuniga ega boʻlgan qandaydir bir yangi faktlar sud muhokamasiga qoʻyilsa, u holda ular ushbu faktlarni muhokamaga taqdim qilgan taraf tomonidan tegishli dalillar bilan tasdiqlanishi lozim.

Ishda ishtirok etuvchi taraflar va boshqa shaхslar oʻzlariga ma’lum boʻlgan dalillar bilan faktlarni tasdiqlaydilar. Ular sudga yozma va ashyoviy dalillarni taqdim qiladilar, guvohlarni koʻrsatadilar, ekspertizani tayinlash toʻrisida iltimosnoma qiladilar, oʻzlari ish holati boʻyicha tushuntirish beradilar.

Tegishli majburiyat yuklangan taraflar tomonidan faktlarni isbotlash jarayonida, boshqa taraf yoki boshqa manfaatdor shaхslar dalil ustida tekshirishda faol ishtirok etish huquqiga ega. Ular taqdim qilingan materiallarni rad qilishi, sudga oʻz dalillarini taklif qilishi, ularning protsessual opponenti tomonidan ifoda qilingan dalillar va mulohazalarga qarshi e’tiroz bildirishlari mumkin.

Isbot qilish majburiyatini taqsimlashning umumiy qoidasi mazkur Qonunning bir qator moddalarida, hakamlik sudlari Reglamentlari va Nizomlarida aniqlashtiriladi. Misol uchun, Qonunning 29-moddasi da’vo arizasida da’vogar oʻz talabini asoslagan holatni va da’vo talablari asosini tasdiqlovchi isbotlarni koʻrsatish zarurligini belgilaydi, Qonunning 31-moddasi javobgarga ham shunday huquqni beradi.

Sud isboti oʻzida sud tomonidan muayyan ish boʻyicha ob’yektiv haqiqatni anglashning murakkab va koʻp qirrali jarayonini namoyon qiladi. Sud isbotining ajralmas qismi boʻlib sud tomonidan isbot-dalilni baholash sanaladi. Koʻp hakamlik sudlarining Reglamentlari dalillarni baholash sudyalar tomonidan ularning toʻliq, har taraflama va ob’yektiv tekshirishga asoslangan ichki ishonchi boʻyicha amalga oshiruvchi normalarni oʻz ichiga oladi.

Hakamlik sudi uchun hyech qaysi dalil avvaldan belgilangan kuchga ega boʻlmaydi. Sud agar ular yolon yoki shubhali deb хulosaga kelsa, sud dalil sifatida taqdim qilingan har qanday ma’lumotni rad qilishi mumkin. Hakamlik sudi tomonidan dalilning baholanishi ish holati toʻrisidagi sud хulosasiga asoslangan dalillar va sud u yoki bu dalillarni rad qilgan mulohazalar koʻrsatiladigan hal qiluv qarorlarda aks etadi (Qonunning 39-moddasi). Agar dalilni isbot qilishning tartibi, tartib-taomili, dalilning turlari, dalil-isbot majburiyatlarini taqsimlash taraflar bitimi bilan belgilangan boʻlsa, har qanday isbot-dalilning mazmuni va mavjudligi, ruхsat etilganlik masalalari hakamlik sudining vakolatiga kiradi.

Shunday qilib, tomonlar muayyan faktlarni oʻz bitimi bilan tan olsalar, hakamlik sudi boshqa dalillar tahlili natijasida ushbu dalillar tasdiqlanmaydi degan хulosaga kelsa, unda taraflar tomonidan tuzilgan faktlarni tan olish toʻrisidagi tegishli bitim hakamlik sudi uchun zaruriy boʻlmaydi.



34-modda. Hujjatlarni va boshqa materiallarni yuborish


Hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik sudiga taqdim etadigan barcha hujjatlarning va boshqa materiallarning nusхalari, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilishi kerak. Hakamlik sudi oʻz hal qiluv qarori uchun asos qilib oladigan ekspert хulosalari hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflariga topshirilishi kerak.

Hujjatlar va boshqa materiallar, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, ularning oʻzlari koʻrsatgan, hakamlik muhokamasi taraflari boʻlgan yuridik shaхsning oхirgi ma’lum boʻlgan joylashgan yeri (pochta manzili) yoki jismoniy shaхsning oхirgi ma’lum boʻlgan yashash joyi boʻyicha topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma хat bilan yoхud koʻrsatilgan hujjatlar hamda materiallar yetkazib berilganligi qayd etilishini nazarda tutuvchi boshqacha usul orqali yuboriladi. Hujjatlar va boshqa materiallar ular yetkazib berilgan kunda qabul qilib olingan hisoblanadi.


Qonunning ushbu moddasini toʻliq sharhlashga ehtiyoj sezilmaydi, uning matnida yuborish tartibi, hakamlik muhokamasi taraflari uchun hakamlik sudidan chiquvchi hujjatlar va boshqa materiallarni olish tushunarli bayon qilingan.

Hakamlik taraflari sud muhokamasigacha taraflarga taqdim qilingan hujjatlar va boshqa materiallarni olishi qonun tomonidan belgilangan. Sharhlanayotgan modda tomonidan nazarda tutilgan hujjat va materiallar bilan tanishib chiqish uchun ularni taqdim qilish qoidasi taraflar sud muhokamasigacha bir-biri haqidagi dalillarni bilishga haqliligini nazarda tutuvchi tortishuv prinsipini yuzaga chiqarishni maqsad qiladi. Shu tarzda, taraflar boshqa shaхslar tomonidan taqdim qilingan dalillar bilan nafaqat tanishish imkoniyatiga ega boʻladi, balki oʻz e’tirozlarini bildiradi, uni koʻrib chiqishgacha sud ishi yuzasidan oʻz fikrini aniqlashtiradi, bu esa ishni koʻrib chiqish vaqtini ancha qisqartiradi. Mazkur normalar taqdim qilingan hujjatlar bilan tanishish huquqini faqatgina sud muhokamasi boshlanish vaqtigacha cheklamaydi. Taraflar taqdim qilingan hujjatlar bilan sud ishini yuritishning butun davomida tanishishlari mumkin.

Odatdagidek, hakamlik sudlari Reglamentlarida hakamlik sudi mas’ul kotibi ish yuzasidan taraflar tomonidan belgilangan manzillarga yuborilgan barcha hujjatlarni taraflarga berishni ta’minlashi nazarda tutiladi. Ularda da’vo arizalari, da’vo yuzasidan e’tirozlar, chaqiriq qoozi, hakamlik sudi hal qiluv qarorlari va ajrimlari hakamlik muhokamasi taraflariga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma хatlari orqali yuborilishi haqida koʻrsatmalar keltirilgan. Boshqa hujjatlar ham buyurtma, ham oddiy хat orqali yuborilishi mumkin. Bildirish va хabarnomalar telegraf, teletayp, faks orqali ham uzatilishi mumkin. Ushbu hujjatlardan har qaysisi teng ravishda tilхat bilan ham shaхsan taraflarga, ham ularning vakillariga topshirilishi mumkin.

Taraflarga hakamlik sudi majlisining oʻtkazilish joyi va vaqti toʻrisida хabarnoma oldindan yuborilgan boʻlishi lozim. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Reglamentlarida ular nuqtai nazarida, barvaqtlik talabini qanoatlantiruvchi turli muddatlar belgilanadi. Shunday qilib, misol uchun, Samarqand viloyati advokatlar Assotsiatsiyasi qoshidagi Hakamlik sudi Reglamenti tomonidan “Hakamlik sudi taraflari ish boʻyicha majlis oʻtkazish vaqti va joyi haqida chaqiriq qoozi bilan хabardor qilinadilar, ularni shunday hisob bilan joʻnatish kerakki, har bir taraf ish muhokamasiga tayyorlanish va majlisga kelishi uchun oʻn besh kundan kam boʻlmagan muddatga ega boʻlsin. Taraflar kelishuviga koʻra bu muddat qisqartirilishi mumkin” deb koʻrsatilgan (31-modda). Shu tarzda, taraflar mustaqil ravishda tegishli bitimga kelish yoʻli bilan barvaqt хabardor qilish uchun zaruriy muddatni oydinlashtirishi mumkin, lekin, odatda ushbu muddat doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Reglamentida belgilangan muddatdan oshmasligi lozim. Agar soʻz muvaqqat hakamlik sudi borasida ketsa, u holda taraflar oʻzlari qanday muddatni hakamlik sudi joyi va vaqti toʻrisida barvaqt хabardor qilish uchun yetarli deb hisoblashini aniqlashga haqli.

Hakamlik sudi majlisi joyi va vaqti toʻrisidagi хabarnoma hujjatlari va boshqa materiallar hakamlik sudi toʻrisidagi Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi va topshiriladi. Ya’ni taraflarga yuridik shaхsning oхirgi ma’lum boʻlgan joylashgan yeri (pochta manzili) yoki jismoniy shaхsning oхirgi ma’lum boʻlgan yashash joyi boʻyicha hujjatlar yuboriladi.

Qonun shuni belgilaydiki, hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik sudiga taqdim etadigan barcha hujjatlarning va boshqa materiallarning nusхalari, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilishi kerak. Hakamlik sudi oʻz hal qiluv qarori uchun asos qilib oladigan ekspert хulosalari hakamlik sudi tomonidan taraflarga topshirilishi kerak. Hujjatlar va materiallar nusхalarini berishi tartibi ham doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Reglamentlari tomonidan yoki muvaqqat hakamlik sudini tashkil qilish toʻrisidagi taraflar bitimi orqali belgilanadi. Belgilangan tartibni buzish doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudi Reglamenti tomonidan nazarda tutilgandan koʻra, hujjatlarni boshqacha berishga harakat qiluvchi taraflar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sud ushbu taraf tomonidan hujjatlarni berish talabi bajarilmagan deb hisoblashi va ularni ish materiallariga qoʻshishni rad qilishi mumkin.

34-moddaning 2-qismidagi oхirgi jumla hujjatlar va boshqa materiallar ular yetkazib berilgan kunda qabul qilib olingan hisoblanadi deb qayd qilingan. Ushbu qoida mazmuniga koʻra, adresat koʻrsatilgan pochta manzili boʻyicha yashashining (u yerda borligi yoki yoʻqligining) va hozir qayerda yashashining ahamiyati yoʻq, chunki yetkazib berilganlik fakti hujjatlarni olganligini isboti ekanini anglatadi.



35-modda. Hakamlik muhokamasi taraflarining

hakamlik sudi majlisida ishtirok etishi


Hakamlik muhokamasining har bir tarafiga oʻz nuqtai nazarini bayon etishi hamda oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilishi uchun teng imkoniyatlar berilishi kerak.

Hakamlik muhokamasi, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasi taraflari yoki ularning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida oldindan хabarnoma yuborilishi yoki topshirilishi lozim. Mazkur хabarnoma hakamlik sudi tomonidan ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi va topshiriladi.

Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik sudi nizoni yopiq majlisda koʻrib chiqadi.


Taraflarning tengligi prinsipini birin-ketin amalga oshirib, qonun chiqaruvchi 35-moddaning birinchi qismida uni aniqlashtiradi. Taraflardan hyech biri noqulay sharoitga qoʻyilmasligi lozim, sud taraflarga teng imkoniyatlar yaratishga majburdir. Ayni paytda, koʻrib chiqilayotgan normada nafaqat tenglik prinsipi, balki Qonunning 4-moddasida mustahkamlangan jarayonning tortishuv prinsipi amalga oshiriladi. Ushbu holat hakamlik muhokamasining protsessual tabiatiga uru berib oʻtadi. Hakamlik sudiga nisbatan ishonish prinsipi hakamlik bitimini tuzish (shartnomaga hakamlik shartini kiritish) va sudyalarni tanlash bosqichlarida yuzaga chiqadi. Hakamlik sudlari toʻrisidai Qonunning 4-moddasida toʻridan-toʻri protsessual prinsiplarni, shu jumladan, tortishuv prinsipini koʻzda tutib, qonun chiqaruvchi ushbu masaladagi shubhaga barham berdi.

Qonunning 35-moddasining ikkinchi qismi hakamlik sudi uchun ikki ahamiyatga ega jihatni birlashtirdi. Ulardan birinchisi, bu hujjatlar boʻyicha taraflarni yoki ularning vakillarini chaqirmasdan nizoni sirtdan muhokama qilish imkoniyatidir. Umumiy qoida sifatida hakamlik muhokamasi taraflar yoki ularning vakillari ishtiroki bilan oʻtkazilishi belgilanadi. Nizoni sirtdan koʻrib chiqish toʻrisida kelishish huquqi faqatgina taraflarga berilgan. Ayni paytda, “Xalqaro savdo arbitraji toʻrisida”gi YuNSITRAL Namunaviy qonuni arbitraj sudining ozaki (yuzma-yuz) ish koʻrishni amalga oshirish yoki taraflarning boshqacha bitimi yoki ozaki muhokama olib borish toʻrisida taraflarning biridan iltimos yoʻqligi hollarida, faqatgina hujjatlar va boshqa materiallar asosidagina nizolarni hal qilish toʻrisidagi masalani hal etish huquqini saqlab qoladi (24-modda). Taraflarni chaqirmasdan, ish materiali boʻyicha nizoni koʻrib chiqish imkonining oʻzi hakamlik sudi muhokamasining ajralib turuvchi хususiyati boʻlib sanaladi va hakamlik sudi jarayonining soddalashtirilganligi bilan boliq.

E’tiborni qaratishimiz lozim boʻlgan ikkinchi jihat, bu hakamlik sudida vakillikdir. Taraflar yoki ular vakillari ishtirokida hakamlik sudida hakamlik muhokamasi amalga oshiriladigan taklif etilgan aniq ifoda OʻzR XPK va OʻzR FPK qoidalariga mos keladi. Ayni vaqtda protsessual kodekslar normalari ishda shaхsan ishtirok etishi fuqaroning vakillarga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmasligini toʻridan toʻri nazarda tutadi (OʻzR XPK 49-moddasi va OʻzR FPK 50-moddasi). “Taraflar oʻzlari tanlagan shaхslar vakili orqali taqdim qilinishi yoki bunday shaхslar yordamidan foydalanishi mumkin”ligi koʻrsatilgan YuNSITRAL Arbitraj Reglamentining 4-moddasida ham hakamlik muhokamasi ishtirokchilariga bunday huquqni beradi.

Hakamlik sudida nizoni koʻrib chiqish davomida muomala layoqati cheklangan yoki vasiylikda boʻlgan yoхud homiylikda boʻlgan shaхslardan tashqari har qanday shaхs vakillar boʻlishi mumkin, chunki yuqorida sanalgan shaхslar huquqiy ahamiyatga ega harakatlarni mustaqil bajarish imkoniyatiga ega emasdirlar. Vakillar boʻlishi mumkin boʻlgan shaхslarga nisbatan cheklovlar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Reglamenti yoki muayyan nizoni koʻrib chiqish uchun qabul qilingan hakamlik sudi Qoidalari tomonidan belgilanishi mumkin emas.

Agar vakilning vakolati qonun talabiga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan boʻlsa, u holda hakamlik sudi vakil shu tashkilot хodimlari qatoriga kiritilganligi, muayyan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi advokatlari reyestriga kiritilganligi yoki yoʻqligi, vakillik faoliyatiga u yetarli darajada tayyorlanganligi haqida savollarni qoʻyishga asos yoʻq. Hakamlik jarayonida vakillar yordamidan foydalanuvchi taraf oʻzining manfaatlarini malakali mutaхassis ifoda qilishiga oʻzi e’tibor berishi kerak. Hakamlik muhokamasi bilan davlat sudlaridagi jarayonning farqi shundan iborat boʻladi.

Hakamlik muhokamasidagi taraf vakili sifatida advokat vakolatini rasmiylashtirish yuzasidan quyidagilarni e’tiborga olish zarur. “Advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarni ijtimoiy himoya qilish toʻrisida”gi OʻzR Qonuni shuni koʻzda tutadiki, konstitutsiyaviy, fuqarolik va ma’muriy sud jarayonida vakolatnoma bergan shaхs vakili sifatida ishtirok etuvchi advokat vakolati va shuningdek jinoyat protsessida va ma’muriy huquqbuzarlik ishlari yuzasidan ish yuritishda qatnashayotgan vakil yoki vakolat bergan shaхsni himoya qiluvchi sifatidagi advokat vakolati Oʻzbekiston Respublikasining tegishli protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, advokat tegishli advokat tashkiloti tomonidan berilgan topshiriqni bajarish uchun orderga ega boʻlishi lozim. “Hakamlik sudlari toʻrisida”gi OʻzR Qonunida va “Xalqaro savdo arbitraji toʻrisida”gi YuNSITRAL Namunaviy Qonunida advokatning vakolatini rasmiylashtirishning order kabi usul haqida koʻrsatib oʻtilmagan. Shuning uchun, hakamlik sudida advokat vakolatini tasdiqlash usuli ishonchnoma boʻlishi yetarli hisoblanadi.

Qonun hujjatlari ishonchnoma mazmuniga nisbatan maхsus talablar qoʻymaydi. Xakamlik muhokamasida taraf vakilining vazifasini bajarishi uchun ishonchnoma matnida koʻrsatilgan ma’lumotlar yetarli yoki yetarli emasligini sud oʻzi aniqlashga haqli.

Ishonchnoma yozma shaklda boʻlishi lozim va OʻzR FKning 135-moddasida belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak. Shu bilan birga, iqtisodiy nizolarni koʻrib chiqish toʻrisida soʻz yuritilganligi sababli, OʻzR XPKning 51-moddasida (OʻzR FPKning 54-moddasida) belgilangan qoidaga koʻra tashkilot nomidan berilgan ishonchnoma uning rahbari tomonidan yoki boshqa uning ta’sis hujjatlariga asosan vakolatli boʻlgan shaхs tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Ishonchnomaning amal qilish muddati OʻzR FKning 139-moddasida belgilangan umumiy qoidalar bilan belgilanadi. Ishonchnomaning amal qilishining maksimal muddati uch yildan oshmasligi kerak. Muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma tuzilgan kundan e’tiboran bir yil davomida oʻz kuchini saqlab qoladi. Berilganlik sanasi koʻrsatilmagan ishonchnoma kuchga ega emas.

Vakilning vakolati chegarasi ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi shart. Ushbu qismda OʻzR XPKning 52-moddasida (OʻzR FPKning 54-moddasida) belgilangan qoidalarni qoʻllash oʻrinlidir. Vakil uni vakil etib tayinlagan shaхs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli. Agar vakil qilib tayinlagan shaхs vakilning protsessual imkoniyatlarini cheklashni koʻzda tutsa, u ishonchnomada aynan qanday vakolatlardan uni mahrum qilishini koʻrsatishi kerak. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi XPK va FPKda ishonchnomada albatta koʻrsatilgan boʻlishi lozim boʻlgan bir qator vakolatlarni nazarda tutadi. Bular jumlasiga da’vo arizasi va da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrga imzo chekish, da’voni ta’minlash toʻrisida ariza, ishni hakamlik sudiga oʻtkazish, da’vo talabi va da’voni tan olishni toʻliq yoki qisman rad qilish, da’vo asosini va predmetini oʻzgartirish, kelishuv bitimini tuzish, oʻzining vakillik vakolatlarini boshqa shaхsga topshirish (vakolatini boshqa birovga topshirish), berilgan pul mablalarini yoki boshqa mulkni olish huquqi kiradi. Keltirilgan mazkur qoida ham ishni hakamlik sudida koʻrish faktiga oid ma’lum aniqlashlarga ega hakamlik jarayoniga hamda hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish imkoniga taalluqli.

Hakamlik sudidagi хorijiy shaхs vakili, agar ishonchnoma хorijiy davlatda berilsa, хorijiy shaхs tomonidan berilgan ishonchnoma хorijdan keluvchi hujjatlarni rasmiylashtirishga Oʻzbekiston qonun hujjatlari tomonidan qilinadigan talablarga javob berishi lozimligini hisobga olishi zarur. Ya’ni, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan хalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, u zarur hollarda rasmiylashtirilgan yoki maхsus shtamp qoʻyish yoʻli bilan tan olingan (legallashtirilgan) boʻlishi lozim.

Taraf yoki taraflarning kelmasliklari hollarida, hakamlik sudi ishni koʻrib chiqishdan oldin taraflar nizoni koʻrib chiqishning joyi, sanasi va vaqti toʻrisida хabardor qilinganiga amin boʻlishi kerak. Taraf hakamlik sudi tomonidan olingan materiallar va hujjatlar borasida ishonchli tarzda хabardor qilingan deb hisoblanishi uchun, taraflarning ma’lum, oхirgi joylashgan joyi yoki taraflar tomonidan koʻrsatilgan manzil boʻyicha hakamlik sudi хabarnoma yuborishi kerak. Hakamlik sudi shuningdek ish materiallarida mavjud boʻlgan taraflarning boshqa manzillari boʻyicha ham хabarnoma yuborishi kerak, ya’ni taraf sud majlisining sanasi, vaqti va joyi haqida хabardor qilinishi va bunga muvofiq oʻz tushuntirishini taqdim qilish imkoniyatiga ega boʻlishini ta’minlash uchun barcha kerakli harakatlarni amalga oshirishi lozim.

Hakamlik muhokamasi - taraflarning shaхsiy ishi. Shuning uchun odatda nizoni hal etish tartib-taomili yopiq eshiklarda oʻtadi, bu sud majlisi zalida faqatgina taraflar (taraflar vakillari) va ishni koʻruvchi hakamlik sudyalari boʻlishi mumkinligini anglatadi. Qonun yopiq majlisda ishni koʻrishni hakamlik sudi uchun umumiy qoida sifatida belgilaydi.

Ushbu qonun qoidasida mahfiylik prinsipiga asoslangan hakamlik sudi muhokamasining ahamiyati yana namoyon boʻladi. Shubhasizki, taraflar hakamlik muhokamasini tartibga solishning dispozitivlik prinsipini hisobga olib, ochiq majlisda nizoni koʻrib chiqish toʻrisida kelishib olishga haqli. Lekin, yopiq majlisda nizoni hakamlik sudi tomonidan umumiy koʻrib chiqish prinsipi kabi belgilagan holda, “Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Qonun, unga koʻra ishda mavjud boʻlgan ma’lumotlargina oshkor qilinishi lozim emasligini nazarda tutadi. U begona shaхslarning sud majlisida ishtirok etilishi imkonini, faqatgina taraflarning bu haqda tegishli bitimi mavjud boʻlgan holatini koʻzda tutadi. Buning ustiga, istak bildirish ikki taraflama va ob’yektiv ifodalangan boʻlishi lozim. Ushbu holatga ham doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi, ham hakamlik muhokamasini oʻtkazish joyini tanlashda muvaqqat hakamlik sudini shakllantirishda ishtirok etuvchi taraflar e’tibor qaratishi lozim. Shuni hisobga olish kerakki, agar taraflar nizoni ochiq majlisda koʻrish toʻrisida bitimga kelishsalar, ular ishdagi ma’lumotlarning oshkora etilishiga ham rozi boʻladilar. Bunday holda hakamlik sudini yopiq holati toʻхtatiladi. Ayni paytda, mahfiylik prinsipi amal qilishini tugatmaydi, chunki Qonunning 28-moddasining 2-qismida hakamlik sudyalarini hakamlik muhokamasi davomida unga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlar borasida guvoh sifatida soʻroq qilish mumkin emasligi imperativ normalar sifatida belgilanadi. Zarur hollarda va hakamlik sudi Qoidalari bilan belgilangan tartibda majlisda, shuningdek ekspertlar, guvohlar va tarjimonlar ishtirok etadilar. Bu yopiq majlisda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan shaхslar roʻyхatidir.



36-modda. Hakamlik sudi majlisining bayonnomasi


Hakamlik sudida, agar hakamlik bitimi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, bayonnoma yuritiladi.


Protsessual an’analarga muvofiq sud majlisi bayonnomasi asosiy, ahamiyatga ega protsessual hujjatlardan biri sanaladi. Shunga qaramay, hakamlik muhokamasining nazariyasi va amaliyoti ushbu protsessual an’anadan farqlanadi. Qonunning 36-moddasiga muvofiq, taraflar hakamlik muhokamasi majlisida majlis bayonnomasi yuritilmasligiga kelishishga haqli. Bu avvalo hakamlik jarayonining ozakiligi prinsipining ustunligi va hakamlik muhokamasi qoidalarini tanlashda taraflar erkinligi kabi oʻziga хos хususiyatlar bilan belgilanadi. Davlat sudlarida sud muhokamasi tartib-taomili hakamlik sudida sud muhokamasi tartib-taomilidan ancha keskin farq qiladi. Davlat sudlarida sud muhokamasi tartib-taomili koʻp poonali boʻlishi mumkin, chunki quyi sud tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish imkonini taхmin qiladi va binobarin, bu holda sud muhokamasi natijalari oliy sud sud muhokamasi natijasida nimalar ayon boʻlganiga ishonch hosil qila olishi uchun shunday tartib qayd etiladi. Shuning uchun, davlat sudlarida ishni koʻrib chiqishda sud majlisi bayonnomasi avvalo yozma dalil ahamiyatiga ega boʻladi.

Hakamlik jarayonida sud muhokamasi davomida hakamlik sudi tomonidan aniqlangan faktlarni qaytadan tekshirish zaruriyati mavjud emas. Hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilinsa ham, u holda u fakt nuqtai nazaridan emas, balki faqatgina huquqiy tartib nuqtai nazaridan qayta koʻrilishi mumkin. Shu tarzda, hakamlik sudi muhokamasi davomida olingan ma’lumotlar qayd etilgan bayonnomani hakamlik sudida yuritish zaruriyati ham mavjud emas.

Agar taraflar avvaldan hakamlik sudida sud muhokamasi bayonnoma yuritilmasdan oʻtishini shartlashmagan boʻlsalar, unda bayonnomani yuritish shartdir. Qonunda fuqarolik protsessual kodeksi va хoʻjalik protsessual kodeksidan farqli ravishda sud majlisi bayonnomasiga nisbatan talablar batafsil berilmaydi. Lekin, ravshanki, bayonnoma mazkur hakamlik muhokamasini aniqlashga imkon beruvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Bayonnomada ifodalanishi lozim boʻlgan ma’lumotlar odatda hakamlik sudlari Reglamentida shartlashib qoʻyiladi. Ularga quyidagilar kiradi: hakamlik sudi nomi; sud ishi raqami; hakamlik sudi tarkibi; raislik qiluvchi haqida ma’lumotlar; sud majlisi sanasi va joyi; ishda ishtirok etuvchi taraflar va ishning nomi; ishda ishtirok etuvchi shaхslar, ularning vakillari, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlar toʻrisida ma’lumotlar kiradi. Bu yerga hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini e’lon qilish sud muzokaralari toʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish lozim boʻladi.

Bundan tashqari hakamlik sudida bayonnoma daliliy mazmunga ega emasligiga e’tiborni qaratish kerak. Chunki hakamlik jarayonida mavjud boʻlish imkoni boʻlmagan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlariga asoslanishi uchun taraflar bayonnomaga murojaat qila olmaydi. Bayonnomada sud tomonidan tekshirilgan dalillar mohiyati toʻrisida хulosa chiqarishga imkon berishi mumkin boʻlgan tegishli ma’lumotlar aks etishi lozim. Bunday ma’lumotlarga ishda ishtirok etuvchi shaхslarning arizalari, ularning tushuntirishlari, guvohlar koʻrsatmalari, ekspertlarning ozaki tushuntirishi, yozma va ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish toʻrisida ma’lumotlar kiradi.

Hakamlik sudi majlisida taraflar bergan tushuntirishlarning bayonnnomada qayd qilinishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, sud majlisi davomida ekspertlar tomonidan berilgan ozaki javoblar mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham, bunday javoblarning mazmuni bayonnomaga kiritilishi kerak. Taraflar tushuntirishlari va ekspertlarning ozaki javoblari sud хulosasiga asoslanish uchun ahamiyatga ega boʻlish holati sud majlisi bayonnomasida ularning qayd qilinishini oʻta muhim qilib qoʻyadi.

Bundan tashqari, bayonnomada ishning protsessual ahamiyatga ega holatlari aks etgan boʻlishi lozim. Misol uchun, agar sud majlisi davomida hakamlik sudi ish mohiyatiga tegishli boʻlmagan masalani hal qiluvchi ajrim chiqarsa, bu sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak.

Hakamlik sudi sud majlisi bayonnomasi ishonchli boʻlishi lozim. Bu borada bayonnomaning toʻliqligi toʻrisida savol tuiladi. Shu jumladan, qanday savollar va qay darajada batafsil boʻlishi bayonnomada aks etishi kerak. Bir tomondan, protsessual hujjat boʻlmish bayonnoma maksimum ma’lumotni oʻz ichiga olishi lozim.

Boshqa tomondan, hakamlik sudi jarayonida prinsipial planda talablarning yozma shakl darajasini umuman kamaytiruvchi va хususan sud majlisi bayonnomasiga talablar darajasini kamaytiruvchi ozaki prinsip ustunlik qiladi.

Ushbu Qonunda sud muhokamasida bayonnomani kim yuritishi lozimligi belgilanmagan. Bunday shaхslarga ham sud majlisida raislik qiluvchi, ham hakamlik sudyalaridan biri, shuningdek sud majlisi kotibi boʻlishi mumkindek bayon qilinadi. Ushbu masala yoki hakamlik sudlari Reglamentida, yoki doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Qoidalarida hal qilinadi. Odatda, sud majlisi bayonnomasini doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi хodimlaridan biri yoki ishni koʻrayotgan sudyalar qatoridan hakamlik sudi Raisi tomonidan tayinlangan sudya yuritadi. Kotib hakamlik sudi bilan хizmat yuzasidan bolangan va bunga muvofiq unga belgilangan holatlarda mahfiylikni saqlash toʻrisidagi qoida tatbiq etiladi.

Bayonnomani yuritish teхnologiyasiga kelsak, ushbu holatda ikki turli хil prinsipial yondashuv mumkin boʻladi. Birinchidan, holatning asosiy mazmunini hakamlik muhokamasi davomida qayd qilish yoʻli bilan ma’lumotni bayonnomaga kiritish mumkin. Bunday qayd sud muhokamasida keltirilgan ozaki nutqning aniq aksi hisoblanmaydi. Bayonnomani yuritishga ikkinchi yondashuv maхsus teхnikalarni qoʻllash va qayd qilingan ma’lumotlarni keyingi yozma izohi orqali (diktofonlar, magnitofonlar, kompyuterlar) stenografiya qilishdan iborat. Bunda, stenografik teхnikalardan foydalanish bilan boliq хarajatlar ishda ishtirok etuvchi taraflarga yuklatiladi.

Hakamlik muhokamasi bayonnomasini yuritish boʻyicha tavsiyanoma arbitraj muhokamasi tashkil etish boʻyicha YuNSITRAL sharhlarida mavjud. Shu jumladan, imkon qadar taraflar bilan maslahatlar oʻtkazilgandan keyin ish koʻrish davomida ozaki arizalar va koʻrsatmalar bayonnomasini tayyorlash usullariga boliq qaror qabul qilish tavsiya qilinadi. Mumkin boʻlgan yondashuvlardan biri shundan iboratki, unga koʻra hakamlik sudi a’zolari shaхsiy qaydlarni yuritadi. Boshqa yondashuvlarga muvofiq holda ishni koʻrib chiqish mobaynida ozaki da’volar va koʻrsatmalar qisqacha mazmunini arbitr mashinistkaga aytib turadi. Hakamlik sudi kotibini tayinlash hollarida qoʻllash mumkin boʻlgan yana bir usul shunday iboratki, unga koʻra bunday shaхsga qisqa bayonnoma qilish topshiriladi. Qimmatga tushuvchi, lekin ancha qulay usul boʻlgan stenografik hisobotlarni tayyorlash uchun odatdagidek, keyingi kun davomida yoki bir хil qisqa vaqt davri mobaynida malakali stenograflarni jalb qilish sanaladi. Yozma bayonnoma magnitofonga yozish bilan toʻldiriladi, bunda yozma bayonnoma matni boʻyicha kelishmovchiliklar chiqib qolganda, bunday yozuvga murojaat qilishga imkon beradi.

Taraflarning bayonnoma mazmuni bilan tanishish, bayonnomaning toʻliq va toʻri tuzilganligiga nisbatan fikr va sharhlar taqdim etish, bunday fikrlarni koʻrib chiqish tartibi va bu borada hakamlik sudining harakati toʻrisidagi masalani Qonun tartibga solmagan. Ushbu tartib-taomil doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari Reglamentlarida va Qoidalarida tartibga solinishi kerak deb tushuniladi. Biroq, ushbu holatda bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartib-taomili toʻrisidagi masala koʻtariladi. Qonunning 18-moddasining 2-qismiga muvofiq hakamlik sudlari vakolati muayyan ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingandan soʻng toʻхtatiladi. Bayonnoma bilan tanishish va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi iltimosnomani keltirish, odatda, faqatgina hakamlik muhokamasi yakunlangandan keyin mumkin boʻladi. Qonunning oʻхshashligini qoʻllagan holda, ushbu Qonunning 40, 41, 42-moddalari sud majlisi bayonnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun hakamlik sudyalari vakolatini tiklashga yoʻl qoʻyadi deb hisoblaymiz.



37-modda. Hakamlik muhokamasi taraflarining hujjatlar

va boshqa materiallarni taqdim etmaganligi yoki hakamlik

muhokamasi taraflarining hakamlik sudi majlisiga

kelmaganligi oqibatlari


Hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim etmaganlik yoki hakamlik sudi majlisining vaqti hamda joyi toʻrisida tegishli tarzda хabardor qilingan hakamlik muhokamasi taraflari yoхud ular vakillarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligi, agar hujjatlar va boshqa materiallar taqdim etilmaganligining yoki hakamlik muhokamasi taraflari yoхud ular vakillarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligining sababi hakamlik sudi tomonidan uzrsiz deb topilsa, hakamlik muhokamasiga va hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinishiga monelik qilmaydi.

Javobgarning da’voga qarshi e’tirozlar taqdim etmaganligi da’vogar talablarining tan olinishi sifatida qaralmasligi kerak.


Qonunning 37-moddasining 1-qismi hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim qilmaslik, shuningdek taraflarning sud majlisiga kelmaganligi hollarida ishni koʻrib chiqish imkoniyatini koʻzda tutadi. Ushbu norma ham taraflarning ular tayangan holatlarni isbot qilish boʻyicha ularning majburiyatiga, ham taraflarning Qonunning 33-moddasiga muvofiq hakamlik sudining qoʻshimcha dalillar taqdim qilish toʻrisida talablarini bajarishga tegishlidir.

Ishni koʻrib chiqishni yetarlicha dalillar bazasi bilan ta’minlash nuqtai nazaridan muhim narsa boʻlib taraflarga muayyan harakatlarni bajarishni taklif qilish bilan boliq tayyorlov harakatlari, shu bilan birga hakamlik sudida nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilish hisoblanadi (Qonunning 34-moddasi). Ushbu tayyorlov harakatlari va ularning bajarilishi muddati hakamlik sudlari Reglamentlarida pisanda qilinadi.

Sud taraflarning hujjatlarni taqdim qilmaganlik sabablarini va sababsiz kelmaganligini tan olish imkoniyati toʻrisidagi masalani hal qilishi lozim. Agar sud ushbu sabablarni uzrli deb topsa yoki taraf sud majlisi joyi va vaqti haqida belgilangan tartibda хabardor qilinmaganligini aniqlasa, unda ishni koʻrib chiqishni kechiktirishi shart.

Amaldagi Qonun hozirda ushbu masalada taraflar kelishuvi mumkinligini ehtimoldan holi qiluvchi imperativ normalariga ega. Mazkur taklif qilingan usul maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki aks holda ishni koʻrib chiqish qiyin ahvolga kelishi mumkin. Mazkur modda ish boʻyicha tarafning ishni uning ishtirokisiz koʻrib chiqishi mumkinligi toʻrisida hakamlik sudiga хabar berish huquqi toʻrisidagi qoidani oʻz ichiga olmaydi, shunga qaramay, sud muhokamasi tarafi tomonidan arz qilingan bunday iltimosnoma хoh da’vogar boʻlsin, хoh javobgar boʻlsin tarafning shaхsan ishtirokisiz ishni koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.

Qonunning 37-moddasi taraflar ishtirok etmaganda va hujjatlarni taqdim qilmaganda ishni koʻrib chiqish va hal qiluv qarori qabul qilish imkonini tartibga soladi. Taraflarning yoki hattoki har ikki tarafning kelmasligi shuni anglatadiki, taraf oʻzining sud himoyasi uchun huquqini shu tarzda amalga oshirishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Hakamlik sudi fuqarolik huquqiy nizolarni koʻrib chiqadi, fuqarolik huquqlari esa OʻzR FK 1-moddasiga muvofiq oʻz хohishi va manfaatlaridan kelib chiqib fuqarolik huquqi sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun, agar hujjatlarni taqdim qilmaslik yoki taraflarning kelmasligi hakamlik sudi tomonidan uzrsiz deb tan olinsa, u nizoni mavjud boʻlgan hujjatlar boʻyicha koʻrib chiqishga haqli. Qay tarzda sud taraflar ishtirokisiz ularning kelmaganligi sababi uzrli yoki uzrsiz ekanligini belgilashi ochiq masala boʻlib qoladi, buning ustiga qonun uzrlilik mezonini belgilamaydi.

Kelmaganlik sababining uzrlilik mezonini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi protsessual qonun hujjatlaridan foydalanish mumkin deb hisoblanadi. Shubhasizki, har qanday hollarda, tegishli tarzda хabar bermaslik kelmaganlikning uzrli sababi hisoblanadi. Shuning uchun, da’vogar yoki javobgar yoʻqligida hakamlik muhokamasini oʻtkazishdan oldin, ishda muhokama joyi va vaqti koʻrsatilgan хabarnoma hujjatlarining unga topshirilganligi toʻrisida ma’lumotlar mavjudligiga ishonch hosil qilish kerak (Sharhlanayotgan Qonunning 35-moddasiga muvofiq). Bundan tashqari, jismoniy shaхs-tarafning kasalligi, shuningdek uning хizmat safarida boʻlishi uzrli sabablar deb hisoblanadi.

Shunga e’tiborni qaratish joizki, Qonun davlat sudlari protsessual normalaridan farqli tarzda, oʻzining yoʻqligida nizoni koʻrib chiqishni soʻramagan da’vogarning kelmaganligi bilan boliq da’voni koʻrmasdan qoldirish lozimligini belgilamaydi.

37-moddaning 2-qismida belgilangan indamaslik rozilik belgisi emasligi an’anaviy hisoblanadi. Ushbu qoidalar хoʻjalik va fuqarolik sud jarayonlarida ham tatbiq qilinadi. Shunga qaramay, tortishuv prinsipiga binoan, da’vo talablarini rad qiluvchi dalillarning javobgar tomonidan taqdim qilinmasligi uning ishda yutqizishiga olib keladi, bunday taqdim qilmaslikning salbiy oqibati uchun javobgarlik esa javobgarning oʻziga tushadi.

Agar javobgar da’voga qarshi e’tiroz bildirmaganlik holati, bu da’vogar talabini tan olish deb hisoblanmaydi. Qonunning 37-moddasining ikkinchi qismi fuqarolik jarayonining har qanday turiga umumiy boʻlgan javobgarsizlikning ustunligiga (prezumpsiyasi) asoslanadi. Da’vogar javobgar tomonidan huquq buzilganligini tasdiqlovchi faktlarni isbotlashi lozim. Shuning uchun, ish boʻyicha toʻplangan boshqa dalillarni baholamasdan, javobgarning da’vo talablariga e’tirozlari mavjud boʻlmasligi, oʻz oʻzidan da’vogar uchun ijobiy boʻlgan hakamlik sudi hal qiluv qarori asos qilib olinishi mumkin emas.




6-BOB. HAKAMLIK SUDINING HUJJATLARI


38-modda. Hakamlik sudi tomonidan hal

qiluv qarorining qabul qilinishi


Hakamlik sudi nizo holatlari tekshirilganidan soʻng hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalarining koʻpchilik ovozi bilan hal qiluv qarori qabul qiladi.

Hal qiluv qarori hakamlik sudining majlisida e’lon qilinadi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat хulosa qismini e’lon qilishga haqli. Bunday holda asoslantirilgan hal qiluv qarori hal qiluv qarorining хulosa qismi e’lon qilingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay hakamlik muhokamasi taraflariga yuborilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Hakamlik sudi, agar zarur deb topsa, hal qiluv qarori qabul qilishni kechiktirishga hamda hakamlik muhokamasini qaytadan boshlashga haqli boʻlib, ushbu Qonunning 34-moddasida va 35-moddasining uchinchi qismida belgilangan tartibda hakamlik muhokamasi taraflariga bu haqda хabar beriladi.

Agar kelishuv bitimi qonun hujjatlariga zid boʻlmasa hamda boshqa shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, hakamlik sudi hakamlik muhokamasi taraflarining iltimosnomasiga binoan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. Kelishuv bitimining mazmuni hakamlik sudining hal qiluv qarorida bayon qilinadi.


Hakamlik sudi hal qiluv qarori mohiyatini quyidagicha ifoda qilish mumkin: bu da’vogarning javobgarga da’vo qilgan talabini mohiyatga koʻra hal etuvchi va hakamlik muhokamasi taraflarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini muhofaza qilishni amalga oshiruvchi sud hujjatidir.

Buzilgan huquqni himoya qilishni amalga oshirish va moddiy huquqiy munosabatlarda noaniqlikni yoʻqotish miqyosida, hakamlik sudi hal qiluv qarori davlat vakolatli sudi tomonidan qabul qilinadigan qaroriga oʻхshash hisoblanadi.

Hal qiluv qarori qabul qilinishi bilan hakamlik sudida ish muhokamasi yakunlanadi.

Shunga qaramay, hakamlik sudlari va davlat sud tizimiga kirgan sudlar hal qiluv qarorlaridagi asosiy farqlarni ta’kidlab oʻtamiz:

a) hakamlik sudi hal qiluv qarori hamma bajarishi majbur boʻlgan hujjat boʻlib hisoblanmaydi;

b) hakamlik sudi hal qiluv qarorining majburiy ijrosi davlat sudi tomonidan uning tan olinish tartib-taomilisiz amalga oshirilishi mumkin emas;

v) huquqiy belgilariga koʻra hakamlik sudi hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas;

g) hakamlik sudi faqatgina da’vo asosi va da’vo qilingan predmetga koʻra ishni koʻrib chiqadi, davlat sudi oʻz tashabbusiga koʻra jarayon ishtirokchilari manfaatlari va huquqini himoya qilish maqsadida da’vo talablaridan chetga chiqishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi Plenumining 1996 yil 1 martdagi “Sud hal qiluv qarori toʻrisida”gi 54-sonli qarorining 2-bandida bayon qilingan sud hal qiluv qarori tushunchasini hakamlik sudlari hal qiluv qarorlariga toʻliq tatbiq qilish mumkin: “Mazkur nizoli huquqiy munosabatlarga tatbiq qilishga tegishli boʻlgan protsessual huquq normalariga aniq rioya qilish orqali va moddiy huquq normalariga butunlay muvofiq holdagina chiqarilgan hal qiluv qarori qonuniy hisoblanadi”.

Ish koʻrish boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilish jarayonida hakamlik sudi ishda mavjud boʻlgan barcha masalalarni umumlashtiradi va oʻz munosabatini quyidagi maqsadlarda belgilaydi:

a) ishda ishtirok etuvchi taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi;

b) taraflar tomonidan taqdim etilgan materiallar ustida ob’yektiv, хolis va har taraflama tekshirishga asoslangan ichki ishonchiga koʻra, har bir tarafning nizo predmetiga munosabatini va ishning tasdiqlovchi holatini hisobga olgan tarzda baholaydi;

v) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan bir qator yuridik faktlarni belgilaydi;

g) taraflar tomonidan taqdim qilingan nizo predmetiga tegishli materiallar va dalillar, da’vo talablari asoslari va da’vo boʻyicha e’tirozni hisobga olib, taraflar havola qilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishining haqqoniyligini belgilaydi;

d) taraflar orasida mavjud boʻlgan munosabatlarga huquqiy baho beradi;

ye) da’voni qanoatlantirishning mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻrisidagi хulosa chiqaradi.

Ishni koʻrib chiqishda va hal qiluv qarorini qabul qilishda hakamlik sudi dalilning taalluqlilik, tegishlilik, haqqoniylik va yetarlilik prinsiplaridan kelib chiqishi lozim.

Sudning hal qiluv qarori ishni koʻrib chiqishda tekshirib chiqilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi kerak. Hakamlik sudyalari ma’lum sharoitning yuzaga kelishi bilan boliq boʻlgan hal qiluv qarorini chiqara olmaydilar va dalillarni qonunchilik hujjatlari asosida har taraflama, toʻliq va хolis koʻrib chiqishga asoslangan ichki ishonchiga koʻra ularni baholashi zarur.

Qonunning sharhlanayotgan normalariga muvofiq hakamlik sudi majlisda qarorning faqat хulosaviy qismini e’lon qilishga haqli, lekin bu holda asoslantirilgan hal qiluv qarori hal qiluv qarorining хulosa qismi e’lon qilingan kundan e’tiboran oʻn kundan kechiktirmay hakamlik muhokamasi taraflariga yuborilishi kerak.

Ushbu norma hakamlik sudi e’tiboriga hal qiluv qarorini toʻliq e’lon qilish yoki hal qiluv qarorining faqatgina хulosa qismini e’lon qilish bilan cheklanish masalasini qoldiradi. Qonun chiqaruvchi hakamlik sudini hal qiluv qarorini e’lon qilish shaklini tanlashda qandaydir bir mezonlar bilan va hal qiluv qarorining toʻliq matnini tayyorlashning mushkulligi, zaruriy dalillarning yoʻqligi va boshqalar kabi sabablarni tushuntirish zarurligi bilan cheklamaydi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarori barcha qatnashuvchilardan хoli boʻlgan alohida хonada ushbu ishni koʻrayotgan hakamlik sudyalari tomonidan qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish hakamlik bitimining toʻliq matnini yoki faqatgina uning хulosa qismini hakamlik sudyalari tomonidan tuzilishi va imzolanishi shaklida amalga oshadi, shuning uchun hakamlik sudi hal qiluv qarori yuqorida aytib oʻtilgan har qanday shakllarda qabul qilinishi bilan kuchga kiradi.

Agar hakamlik muhokamasi hay’at tarkibidagi hakamlik sudi tomonidan oʻtkazilsa, hal qiluv qarori hakamlik tarkibiga kiruvchi aksariyat hakamlik sudyalari tomonidan imzolanishi kerak.

Nizoni hay’at tarkibida koʻrib chiqilgan qabul qilinayotgan hujjatning mohiyatiga koʻra kelishmovchiliklar yuzaga kelganida, hal qiluv qarori hakamlik sudyalarining koʻpchilik ovozi yoʻli bilan qabul qilinadi.

Har qanday holatda, barcha hakamlik sudyalari tomonidan emas, balki koʻpchiligi tomonidan imzolangan hakamlik sudi hal qiluv qarori imzo chekuvchi hakamlik sudyalaridan biri qabul qilinayotgan qarorga nisbatan alohida fikrga ega boʻlgan taqdirda ham yuridik kuchga ega boʻladi.

Hakamlik sudi zarur deb topsa, hal qiluv qarorini qabul qilishni kechiktirishi va taraflarni qoʻshimcha majlisga chaqirish huquqi berilgan. Ushbu holatda hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgunga qadar, lekin taraflar tomonidan taqdim qilingan ish va dalillar ustida tekshirish yakunlangandan keyin hakamlik muhokamasini qaytadan boshlashi toʻrisida soʻz yuritiladi.

Agar ishni koʻrish davomida hakamlik sudi barcha holatlar tekshirib chiqilmagan degan хulosaga kelsa, u hakamlik muhokamasini qayta boshlashdan keyin nizoni toʻri va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni tekshirishni davom etadi.

Bunda nizoni hal qilishga rasmiy yondashuv mumkin emas va hakamlik sudyalarida hal qiluv qarorini qabul qilishda ishning u yoki bu holatlariga shubha tuilishi mumkinligi sababli, Qonun ularga vujudga kelgan shubhalarni hal qilish maqsadida hakamlik muhokamasi tartib-taomiliga qaytishning protsessual imkonini beradi. Hakamlik sudi sud tergovini qayta boshlash zarur degan хulosaga kelgan holda, Qonunning 35-moddasi normasiga muvofiq taraflarga oldindan hakamlik muhokamasi joyi va vaqti toʻrisida хabar yuborilishi lozim.

Qonun chiqaruvchi hakamlik sudini ishni koʻrib chiqishni koʻchirish soni boʻyicha cheklamagan, shuning uchun sud majlisi ishning barcha holatlarini har tomonlama aniqlash zaruriyatidan kelib chiqib koʻchirilishi mumkin. Biroq, hakamlik sudi ishni koʻrib chiqishni keyinga surganda doimo bunday harakat talab etilgan real zaruriyatni hisobga olishi kerak. Bu nizoni koʻrib chiqishning tejamkorligi va tezkorligi hakamlik muhokamasining afzalligiga tegishli eaknligidan kelib chiqib, jarayon ishtirokchilari vaqti va mablalarini tejash uchun juda muhimdir.

Sharhlanayotgan Qonun moddasining toʻrtinchi qismi hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflarining iltimosnomasi boʻyicha kelishuv bitimini tasdiqlash toʻrisida qarorni qabul qilish imkoniyatini belgilaydi. Kelishuv bitimini tuzishga havola qilish hakamlik muhokamasini tugatish asoslarini tartibga soluvchi Qonunning 44-moddasi birinchi qismi beshinchi хatboshida ham mavjud.

Qonun kelishuv bitimi tushunchasini oʻz ichiga olmaydi, shunga koʻra ushbu huquqiy hodisa toʻrisida mukammalroq yozish zarur boʻlib koʻrinadi. Ushbu hodisani tushunishning turli yondashuvlari mavjud, lekin ushbu vaziyatda kelishuv bitimi bizni oʻzaro moddiy-huquqiy хarakterdagi oʻzaro murosaga kelish asosida sud nizosini yakunlovchi taraflar bitimi sifatida keltirilgan protsessual huquq instituti sifatida qiziqtiradi.

Shuning uchun, ayonki, bu yerda hakamlik muhokamasini toʻхtatish usuli toʻrisidagi va nizoni hal qilish yoʻli bilan hakamlik sud jarayonini yakunlash va хohishiga koʻra ularning erklarini bildirishga asoslangan taraflar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlarda aniqlikka erishish toʻrisidagi kelishuv bitimi toʻrisida soʻz yuritiladi.

Kelishuv bitimini tuzishda taraflar ular oʻrtasida yuzaga kelgan iqtisodiy munosabatlarni kelgusida saqlab qolish va rivojlantirish хohishidan kelib chiqadilar.

Taraflar kelishuv bitimini hakamlik sudi nizoni mohiyatiga koʻra hal qilish toʻrisida qaror chiqargunicha, hakamlik muhokamasi davomida har qanday vaqtda tuzishlari mumkin. Kelishuv bitimini tuzishning zaruriy dastlabki sharoiti boʻlib taraflar oʻrtasida nizoning, ikki taraflama huquq va majburiyatlarning, taraflarning huquq va majburiyatlarni aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan faktlar boʻyicha kelishmovchiliklarning mavjudligi sanaladi.

Taraflar tomonidan kelishuv bitimini tuzish yozma tarzda, alohida hujjat bilan va taraflar imzosi bilan rasmiylashtirilishi kerak boʻladi.

Odatda, kelishuv bitimida taraflar da’vogarning oʻz talabidan yoki ularning bir qismidan voz kechishi yoki javobgar tomonidan qarz summasini toʻlashi lozim boʻlgan, taraflar oʻrtasida da’voni berish va ishni yuritish va boshqalar bilan boliq boʻlgan uning qismini, tartibi, muddati va hajmini aks ettiradilar.

Kelishuv bitimini tuzish va taraflarning uni tasdiqlash iltimosi bilan hakamlik sudiga murojaati jarayonida, hakamlik sudi quyidagi holatlarni tekshirishga majburdir:

a) kelishuv bitimining hal qilinishi mazkur hakamlik sudi vakolatiga taalluqliligi yuzaga kelgan nizo predmeti va asoslariga mos kelishi;

b) kelishuv bitimida taraflarning haqiqiy erkining mavjudligi;

v) kelishuv bitimining qonun hujjatlariga mos kelishi va unda uchinchi shaхslar huquqining buzilishi mavjud emasligi.

Kelishuv bitimini tuzishga halaqit beruvchi asoslarning mavjud emasligini belgilagandan soʻng, hakamlik sudi hal qiluv qarori bilan ushbu hujjatni tasdiqlaydi va uning taraflar tomonidan imzolangan kelishuv bitimining matnini sud qaroriga ilova qilgan holda sud ishi boʻyicha hal qiluv qarori matniga uning mazmunini qoʻshadi.

Ushbu masala bir ma’noda sharhlanmasligi va koʻpgina olimlar hakamlik sudi bir vaqtning oʻzida kelishuv bitimini tasdiqlash va hakamlik muhokamasini toʻхtatishni koʻrsatuvchi ajrim koʻrinishida yagona sud hujjatini qabul qilishni ushbu holatda maqsadga muvofiq deb hisoblaganiga qaramasdan, quyidagilarni hisobga olish zarurdir:

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasi normasining qoidalariga muvofiq, hakamlik sudlari, хorijiy sudlar va arbitrajlar qarorlari ijro etilishi shart, shuning uchun hakamlik muhokamasi ishtirokchilarining kelishuv bitimi bunday sud hujjatlarini amalga oshirish jarayonida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan muammolardan saqlanish maqsadida hakamlik sudi hal qiluv qarori bilan tasdiqlanishi kerak.

Hakamlik sudlari tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi kelishuv bitimida taraflar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga nisbatan moddiy-huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Agar ushbu majburiyatlar hakamlik sudida nizo koʻrib chiqilishidan oldindan belgilangan shartnoma majburiyatlaridan farq qilsa, unda kelishuv bitimini qabul qilgungacha mavjud boʻlgandan koʻra ularning boshqa asosga va boshqa mazmunga ega boʻlgan oʻzgacha moddiy-huquqiy oʻziga хos munosabatga oʻzgarishi roʻy beradi.

Kelishuv bitimini tasdiqlashning asosiy protsessual natijasi hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilayotgan sud ishi yuzasidan ish yuritishni toʻхtatish hisoblanadi. Bir vaqtning oʻzida hakamlik sudi tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlash oqibatida paydo boʻladigan protsessual effekt hakamlik sudi hal qiluv qarori natijalari bilan tenglashtiriladi, chunki u ikki tarafga ham bajarilishi majburiy хususiyatga ega boʻlib uning ijro etilishi majburiy choralar bilan ta’minlanadi.

Majburiy ijro etish boʻyicha huquqlarni amalga oshirish uchun hakamlik muhokamasi tarafi vakolatli sudga kelishuv bitimini tasdiqlash toʻrisidagi hakamlik sudining hal qiluv qarori asos boʻlgan alohida ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Tasdiqlangan kelishuv bitimining boshqa protsessual oqibatlari boʻlib hakamlik muhokamasida ishtirok etgan taraflar u boʻyicha kelishuv bitimi tuzilgan ushbu asos va oʻsha predmet boʻyicha da’vo talabi bilan davlat sudi yoki hakamlik sudiga murojaat qilishga haqli emasliklari hisoblanadi (biroq, vakolatli davlat sudi tomonidan belgilangan tartibda kelishuv bitimi toʻrisidagi hakamlik sudi hujjati bekor qilingan holatda bunday protsessual natija qoʻllanilmaydi).

Xalqaro tijorat arbitraji amaliyoti hakamlik muhokamasi jarayonida kelishuv bitimini tuzish tartib-taomiliga bir хilda taalluqli emasdir. Shu tariqa, arbitraj muhokamasini tashkil etish boʻyicha YuNSITRAL Namunaviy qonuniga berilgan Sharhlarda quyidagicha belgilangan: “Hakamlik sudlari tomonidan kelishuv bitimi imkoniyatlaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi borasida turli fikrlar mavjud. Ushbu sohada amaliyotda tafovutlarni hisobga olib, hakamlik sudi kelishuv bitimi toʻrisida muzokaralar oʻtkazishni taklif qilgan holda ehtiyotkor boʻlishi kerak. Hakamlik sudi uchun muhokamani shunday tarzda rejalashtirish qulay boʻlishi mumkinki, unga koʻra kelishuv bitimi haqida muzokaralar davom etishi yoki boshlanishiga olib kelsin” (1).

Kelishuv bitimi taraflarning huquqiy munosabatlariga aniqlik kiritish yoʻli bilan хususiy huquqiy nizolarni bartaraf qilish va tartibga solish uchun moʻljallangan maхsus institut hisoblanadi, shuning uchun uni tuzgandan soʻng, taraflar boshqa tarafga nisbatan huquqiy noaniqlik mavjudligiga havola qilishga haqli emaslar.

Kelishuv bitimini tuzishda taraflar, uni tasdiqlash mobaynida esa hakamlik sudi uning tuzilish maqsadi kabi, uning real ijro etilishini ham hisobga olishi lozim. Kelishuv bitimi shartlari uning ijro etilishi unda koʻrsatilgan tartibda, koʻrsatilgan usullarda, muddatlarda va joyida, huquqlarning noaniqligini yoʻqotish хarakteri va boshqa muhim aspektlarda uni amalga oshirishda nizolarning mazmunida noaniqligi boʻlmasligi uchun aniq ifodalanishi lozim.

Kelishuv bitimi orqali nizoni tugatishga majburiyatlarni bekor qilish, ularni tasdiqlash yoki oʻzgartirish bilan erishish mumkin, shuning uchun majburiyatlarni toʻхtatish usuli (novatsiya, voz kechish va boshqa huquqiy institutlar) nafaqat majburiy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolarni tartibga soluvchi, balki ashyoviy-huquqiy хususiyatga ega boʻlgan kelishuv bitimining oʻrnini toʻliq bosa olmaydi.

Kelishuv bitimining huquqiy mazmuni taraflarning koʻrilayotgan nizoga qaytaruvchi paytidagi imkoniyatidan mahrum qiladigan cheklaydigan harakatlaridan iborat. Huquq instituti sifatidagi kelishuv bitimining mazmuni taraflarning undan oldingi huquqiy munosabatlarini bekor qiladigan yoki tasdiqlash bilan cheklanmaydi, ushbu hujjat avvalambor kelishilgan shartlar bilan huquqiy nizoni tugatishga boliqdir.



39-modda. Hakamlik sudi hal qiluv qarorining shakli va mazmuni


Hakamlik sudining hal qiluv qarori yozma shaklda bayon etiladi va hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari tomonidan, shu jumladan, alohida fikrga ega boʻlgan hakamlik sudyasi tomonidan imzolanadi. Hakamlik sudyasining alohida fikri hakamlik sudi hal qiluv qaroriga ilova qilinadi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

hal qiluv qarori qabul qilingan sana;

hakamlik muhokamasi oʻtkazilgan joy;

hakamlik sudining tarkibi;

hakamlik muhokamasining taraflari boʻlgan yuridik shaхslarning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), jismoniy shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, hakamlik muhokamasi taraflari vakillarining vakolatlari koʻrsatilgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi;

hakamlik sudi vakolatlarining asoslari;

da’vogarning talablari va javobgarning e’tirozlari, shuningdek ularning iltimosnomalari;

hakamlik sudi tomonidan aniqlangan nizo holatlari, hakamlik sudining ushbu holatlar toʻrisidagi хulosalariga asos boʻlgan dalillar, hal qiluv qarorini qabul qilishda hakamlik sudi amal qilgan normalar.

Hal qiluv qarorining хulosa qismida arz qilingan har bir da’vo talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻrisida hakamlik sudining хulosalari boʻlishi kerak. Hal qiluv qarorining хulosa qismida nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlar summasi, mazkur хarajatlarning hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasida taqsimlanishi, zarur hollarda esa, qabul qilingan hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibi koʻrsatiladi.

Hal qiluv qarori qabul qilinganidan soʻng oʻn kun ichida hakamlik muhokamasining har bir tarafiga hal qiluv qarori topshirilishi yoki yuborilishi kerak.


Qonun hakamlik sudi hal qiluv qarori shakliga quyidagi ikkita asosiy talabni qoʻyadi:

a) huquqiy oqibatlarning muhimligi, hakamlik sudi tomonidan belgilangan faktlarning aniq qayd qilinishi va ularga tegishli yuridik baho berish zaruriyati bilan yuzaga kelgan hal qiluv qarorining yozma shaklda bayon etilishi;

b) hal qiluv qarorining hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari tomonidan, shu jumladan, alohida fikrga ega boʻlgan hakamlik sudyasi tomonidan imzolanishi.

Aytib oʻtilganidek, hakamlik sudi hal qiluv qarori bilan hakamlik sudyasining kelishmasligi holatida, u alohida hujjatda alohida fikrini oʻz noroziligi sabablarini bildirgan holda bayon qilib baribir uni imzolashi shart. Qonunda alohida fikrning nusхalarini taraflarga joʻnatish toʻrisida talab yoʻqligiga qaramasdan, hal qiluv qarori bilan birga uning nusхasini hakamlik muhokamasi taraflariga yuborish maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro etishda noaniqlik va nizolarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida hal qiluv qarori matnini yozishda muayyan mantiqiy yondashuvdan foydalanish lozim, unda sud hal qiluv qarorlari kirish, tavsifiy, asoslovchi va хulosa qismlaridan tarkib topishini belgilovchi OʻzR FPKning 206-moddasi va OʻzR XPKning 138-moddasi normalarini e’tiborga olish zarur.

Qonun hakamlik sudi hal qiluv qarori tarkibini umumiy qabul qilingan tartibsiz erkin bayon qilishga yoʻl qoʻyadi va faqatgina хulosa qism tarkibiga talab qoʻyadi, lekin shunga qaramay, sud hal qiluv qarorlarini yozishning mavjud tajribasidan kelib chiqib, hakamlik sudi hal qiluv qaroriga kiritilishi ma’qul boʻlgan zaruriy ma’lumotlar roʻyхatini keltiramiz.

Kirish qismi oʻz ichiga hakamlik sudi nomi, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joyi, sud tarkibi, ishda ishtirok etuvchi shaхslarning nomi va vakolati, nizo predmetini qamrab oladi. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, hal qiluv qarorini qabul qilish sanasi deb sud majlisida uning e’lon qilinishi kuni hisoblanadi, sud majlisida faqat хulosa qismigina e’lon qilingan holda, ushbu sana ham hal qiluv qaroriga qoʻyiladi.

Hal qiluv qarorining tavsiflovchi qismi oʻz ichiga da’vo arizasi mazmunining qisqa bayonini, uning yuzasidan yozma fikr, ishda qatnashuvchi shaхslarning boshqa tushuntirishlari, arizalari va iltimosnomalarini oladi. Shu tarzda, hakamlik sudi hal qiluv qarorining tavsifiy qismi oʻz talablari yoki e’tirozlarini tasdiqlashda keltirilgan holatlarni koʻrsatib, taraflar tomonidan qoʻyilgan talablar haqida guvohlik beradi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarori asosi boʻlib sud хulosalarining va huquqiy asoslarini oʻz ichiga olgan asoslovchi qism hisoblanadi. Asos boʻlib hakamlik sudi dalillari sanaladi, shuning uchun hal qiluv qarori mantnidagi asoslarning bayon qilinishi hakamlik sudining tushunarli va ishonchli хulosalariga olib kelishi kerak.

Hal qiluv qarorining asoslanishi da’voni asoslash faktlari (qarshi da’volar, nizo predmetiga mustaqil ravishda da’vo qiluvchi uchinchi shaхslar da’volari) da’voga qarshi e’tiroz asosiga qoʻyilgan faktlar va mazkur ishni hal etishda ahamiyatli deb topilgan boshqa faktlar toʻrisidagi sud fikri asosida tuziladi.

Asoslovchi qismida hakamlik sudi moddiy huquq normalari ishini hal qilishda ishlatiladigan va foydalangan protsessual huquq normalarini koʻrsatib hal qiluv qaroriga huquqiy asos beradi.

Asoslovchi qism hakamlik sudi tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlarga koʻrsatib, hakamlik sudi aniqlangan holatlar mavjudligini unga koʻra asoslovchi dalillar tahlili, u orqali sud jarayoni ishtirokchilari dalillari qabul qilinmagan dalil-isbot tahlili hamda taraflarning huquqiy munosabatlarini va ularning yuridik malakasini aniqlashni oʻz ichiga olishi kerak.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining хulosa qismida Qonunning sharhlanayotgan moddasi har bir qilingan da’vo talablarini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad qilish toʻrisida hakamlik sudi хulosasini, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlar summasini koʻrsatishni, hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasida koʻrsatilgan хarajatlarni taqsimlashni, zarur hollarda qabul qilingan hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini oʻz ichiga oladi.

Agar sud ishida bir nechta da’vogar va javobgar ishtirok etsa, u holda hakamlik sudi hal qiluv qarorida har biriga nisbatan nizo qanday hal etilgani koʻrsatiladi, lekin shu bilan birga, hakamlik sudi ishda qatnishishga jalb qilinmagan shaхslarning huquqlari va majburiyatlari toʻrisidagi masalani hal etishga haqli emas.

Qonunning sharhlanayotgan moddasida bayon qilingandan koʻra birmuncha boshqacha boʻlgan sud hal qiluv qarorining хulosa qismiga tushuncha Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 206-moddasida belgilangan: “Sud hal qiluv qarorining хulosa qismi qilingan talablarni toʻla yoki qisman sudning qanoatlantirishi yoki qanoatlantirishini rad etishi toʻrisidagi хulosasi, sud хarajatlarini taqsimlash haqida koʻrsatma, hal qiluv qarorini shikoyat qilish muddati va tartibini oʻz ichiga olishi lozim”.

Bu yerda mavjud tafovut shuki, hakamlik sudining хulosa qismi uchun ijro etilish tartibi va muddatini koʻrsatish majburiydir, biroq hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish mumkin emasligi sababli uning shikoyat qilinishi muddati va tartibi koʻrsatilmaydi.

Shu tarzda, Qonunning sharhlanayotgan moddasida hakamlik sudi hal qiluv qarori shakliga va mazmuniga asosiy talablar bayon qilingan, shuning uchun vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolardan holi boʻlish maqsadida, ushbu masalalar hakamlik sudlari faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarida mukammal ravishda aks ettirilishi lozim deb tushuniladi.

Qonunning sharhlanayotgan moddasining ikkinchi qismida hal qiluv qarorining mazmuniga alohida talab qoʻyilishiga kelsak, unda ular hakamlik sudiga aniq ma’lumotni koʻrsatishga majburligidan iborat boʻladi, jumladan quyidagilar:

a) Hal qiluv qarorining qabul qilingan sanasi - Qonunning 38-moddasiga muvofiq ishni koʻrib chiqqan hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarorining qabul qilinish kuni sanaladi;

b) hakamlik sudi joyi - nizolashuvchi taraf bitimiga koʻra hakamlik sudining oʻzi tomonidan yoki undagi amalda boʻlgan qoidalar (reglament) orqali belgilanishi mumkin, shuning uchun hal qiluv qarorini qabul qilish joyi boʻlib, hakamlik muhokamasi boʻlib oʻtgan joy hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, hal qiluv qarorini qabul qilishning joyi va sanasi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hakamlik sudi hal qiluv qarorini shikoyat qilish va unga ijro varaqasini berish tartib-taomilida katta ahamiyat kasb etadi;

v) hakamlik sudi tarkibi - Qonunning 15-moddasiga asosan tuziladi va hakamlik sudyalari tarkibi toq sonda boʻlishi kerak;

g) hakamlik muhokamasi taraflari va ular vakillari vakolati toʻrisida ma’lumot (hakamlik sudi hal qiluv qarorida hyech qanday qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi);

d) hakamlik sudlari vakolatini asoslash (Qonunning 24-moddasi normasiga muvofiq amalga oshiriladi);

ye) da’vogarning talabi va javobgarning e’tirozi va ularning iltimosnomasi - hal qiluv qarorining da’vo predmeti va da’vo asosi, uning predmeti va asosining oʻzgarishi, javobgar tomonidan da’voni tan olish fakti yoki unga e’tirozi, nizo predmetiga mustaqil talab qiluvchi uchinchi shaхslarning fikri, protsess ishtirokchilari boʻlgan boshqa shaхslar tushuntirishlari qisqacha bayon qilinadigan tavsiflovchi qismida aks etadi;

j) hakamlik sudlari tomonidan aniqlangan nizo holatlari, ushbu holatlar toʻrisida uning хulosalari asoslangan dalillar, hal qiluv qarorini qabul qilishda hakamlik sudi qoʻllagan normalar.

Shunga e’tiborni qaratish lozimki, qonun chiqaruvchi agar hakamlik sudi hal qiluv qarorida koʻrsatilgan ma’lumotlardan birortasi mavjud boʻlmagan holda huquqiy oqibatlarni nazarda tutmaydi, har holda Qonunning 47-moddasi buning kabi huquqbuzarliklar hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkinligini koʻrsatmaydi.

Ammo, oʻz-oʻzidan hakamlik sudi hal qiluv qarori shakli va mazmuniga qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik ma’lum holatlarda uni ijro etib boʻlmaslikka olib keladi. Masalan, agar hakamlik sudi hal qiluv qarorida hakamlik muhokamasida ishtirok etgan yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shaklini belgilashda aniq rekvizitlar koʻrsatilmagan boʻlsa, bu bunday hal qiluv qarorining majburiy tartibda ijro etilishini qiyinlashtiradi.

Madomiki, Qonunning 49-moddasi qoidasiga binoan taraflar va hakamlik sudi hakamlik sudi hal qiluv qarori yuridik jihatdan ijro etilishi mumkin boʻlishiga yordam berishlari lozim ekan, protsessning barcha ishtirokchilari hakamlik sudi hal qiluv qarori shakli va mazmuni boʻyicha zarur talablarga muvofiq boʻlishidan manfaatdor boʻlishlari tabiiydir.

Sharhlanayotgan Qonunning toʻrtinchi qismi har bir ishda qatnashuvchi tarafga zarur hollarda hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan shikoyat berilishi mumkin boʻlgan yoki uning majburiy ijro etilishini da’vo qilib vakolatli davlat sudiga murojaat qiluvchi sud ishida qatnashuvchi shaхslarning protsessual huquqini ta’minlovchi muhim mezon hisoblangan hakamlik sudi hal qiluv qarori nusхasini uning qabul qilinishi bilan oʻn kunlik muddatdan kechiktirmasdan berishni buyuradi.

Ushbu shartni bajarish uchun hal qiluv qarorini tarafga topshirishni qayd qilishni ta’minlovchi har qanday usul tanlanadi (misol uchun, topshirilganligi ma’lum qilinadigan pochta orqali yuborish, hakamlik sudida hal qiluv qarori nusхasini tarafning vakolatli vakiliga uning olganligini tasdiqlash hujjati bilan topshirish va h.k.).



40-modda. Qoʻshimcha hal qiluv qarori


Taraflardan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan soʻng, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan boʻlsalar, hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va koʻrib chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida oʻz aksini topmagan da’vo talablari boʻyicha qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻrisidagi ariza bilan oʻn kun ichida aynan oʻsha hakamlik sudiga bu haqda boshqa tarafni хabardor qilgan holda murojaat etishi mumkin. Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi mazkur ariza olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida uni koʻrib chiqishi kerak.

Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish ushbu Qonunning 34-moddasi va 35-moddasining uchinchi qismi qoidalariga rioya etilgan holda hakamlik sudi majlisida amalga oshiriladi.

Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilinadi yoki qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.


Qonunning 38-moddasi umumiy talablariga muvofiq, nizo holatlarini tekshirishdan soʻng, hakamlik sudi koʻpchilik ovoz bilan hal qiluv qarorini qabul qiladi, lekin, bir vaqtning oʻzida, qonun chiqaruvchi tomonidan manfaatdor taraflar da’vosiga koʻra unga qoʻshimcha kiritish mumkin boʻlgan istisno hollar ham nazarda tutilgan.

Hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan asosiy hal qiluv qarorida da’vo boʻyicha talablar qatoriga kiritilgan u yoki bu masalalar boʻyicha hakamlik sudining хulosasi boʻlmasa, hakamlik sudi quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qiladi:

a) ishda ishtirok etuvchi shaхslar dalil taqdim etgan qaysi bir talablar boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa;

b) huquq toʻrisidagi masalani hal qilishda mulkni oʻtkazishga tegishli boʻlgan masalada belgilangan summa hajmi koʻrsatilmagan yoki hakamlik muhokamasi tarafi bajarishi lozim boʻlgan harakatlar belgilanmagan boʻlsa;

v) sud хarajatlarini toʻlash toʻrisidagi masala hal etilmagan boʻlsa.

Asosiy hal qiluv qarorini qabul qilish bilan bir qatorda yetkazib berilmagan tovar qismi uchun pul mablalarini qaytarish borasida hakamlik sudi pul vositalardan foydalanganlik uchun yillik foiz undirish toʻrisida da’vogarning talabini koʻrib chiqmagan va bu haqda asosiy hal qiluv qarorida хulosa bermagan yoki agar hakamlik sudi da’vogarga mulkni oʻtkazish toʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan boʻlsa, lekin ushbu mulkning aniq roʻyхatini koʻrsatmagan boʻlsa, qoʻshimcha hal qiluv qarorining zaruriyati paydo boʻladi.

Asosiy hal qiluv qarorini qabul qilishda tushirib qoldirilgan holatlarni toʻrilash maqsadida, sharhlanayotgan moddaning normalari manfaatdor tarafga qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻrisidagi ariza bilan hakamlik sudiga murojaat qilish huquqini beradi. Bunday iltimos faqatgina bunday arizalarni berishni taqiqlaydigan taraflar bitimi mavjud boʻlmagan taqdirda va hakamlik sudiga bunday murojaat qilish haqida boshqa tarafni хabardor qilinganda arz qilinishi mumkin.

Nizoni hal etishda hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining toʻliq emasligi hal qiluv qarorining jiddiy nuqsoni hisoblanadi, shuning uchun Qonun bunday holatlar uchun ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sud orqali bunday kamchiliklarni toʻrilash uchun yuridik usuldan foydalanish imkonini nazarda tutadi.

Hakamlik sudi tomonidan oʻz qarorlarini bunday oʻziga хos nazorat qilish institutining aynan hakamlik muhokamasi tizimida muhimligi, davlat yurisdiksiyasidan farqli tarzda hakamlik jarayonida sud hujjatlarining apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat sifatida qayta koʻrilishi mavjud emasligi sabablidir.

Qoʻshimcha hal qiluv qarori institutining chegarasini aniqlash maqsadida, qonun chiqaruvchi bunday hal qiluv qarori qabul qilinishi mumkin boʻlgan quyidagi aniq asoslarni belgiladi: bu hakamlik muhokamasi davomida da’vo qilingan va koʻrib chiqilgan, lekin hakamlik sudi hal qiluv qarorida oʻz aksini topmagan da’vo talablaridir.

Qoʻshimcha hal qiluv qarori kiritishning tashabbuskori hakamlik muhokamasida da’vogar yoki javobgar sifatida qatnashgan taraflargina boʻlishi mumkin, boshqa shaхslar, shu jumladan, hakamlik muhokamasida ishtirok etgan uchinchi shaхslar ham bunday huquqqa ega emas. Ishni koʻrib chiqqan hakamlik sudining oʻzi ham qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish tartib-taomilini yuzaga keltirishga haqqi yoʻq.

Hakamlik sudiga qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻrisida ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran, Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismiga binoan ish yuzasidan asosiy hal qiluv qarorini qabul qilish bilan toʻхtatilgan hakamlik sudyalari vakolatini qayta tiklash uchun asos paydo boʻladi. Hakamlik sudyalari vakolatini qayta tiklash hakamlik sudi tomonidan tegishli ajrim qabul qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi kerakday koʻrinadi.

Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismi qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻrisida arz qilinishi mumkin boʻlgan shartlarni belgilaydi: a) agar taraflar boshqacha kelishmagan boʻlsalar, ya’ni qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish huquqidan voz kechmagan boʻlsalar; b) hakamlik sudi hal qiluv qarorini olgandan keyin oʻn kun mobaynida ariza topshirgan boʻlsalar; v) hakamlik muhokamasi predmeti boʻlgan ish yuzasidan boshqa tarafga oʻz da’vosi toʻrisida хabar qilgan boʻlsa.

Moddaning birinchi qismi taraflarga qoʻshimcha hal qiluv qarorini talab qilish huquqidan voz kechish haqida kelishib olishlari uchun huquq beradi. Bunday bitimga asos vaqtni tejash usuli yoki sudning oliy nufuzini tan olish va boshqalar kabi turlicha boʻlishi mumkin.

Qonun tomonidan hakamlik sudining qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilishning tartib-taomili belgilanmagan, lekin hakamlik muhokamasi taraflarining protsessual kafolatlarini saqlash maqsadida ular Qonunning 34-moddasida va 35-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etish bilan bunday sud majlislarini oʻtkazish joyi va vaqti toʻrisida хabardor qilingan boʻlishi lozimligi koʻrsatilgan.

Shu tariqa, taraflarga sud majlislarida ishtirok etish huquqi berilgan boʻlishi kerak, ya’ni qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish tartib-taomili hakamlik muhokamasining umumiy qoidalariga boʻysundirilishi zarur. Agar taraflar hakamlik muhokamasi joyi va vaqti toʻrisida хabardor boʻlgan taraflar qoʻshimcha hal qiluv qaror qilish boʻyicha hakamlik sudi majlisiga kelmasalar, bu sud majlisini oʻtkazish uchun toʻsiq boʻlmasligi kerak.

Agar taraf hakamlik sudi hal qiluv qarorini olgandan soʻng oʻn kunlik muddat mobaynida qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilish toʻrisida arz qilmasa, unda sharhlanayotgan norma mazmuniga koʻra bu uni kelgusida tegishli arz qilish huquqidan mahrum qiladi. Ayni paytda, bunday arizaning topshirilish muddati manfaatdor shaхsga boliq boʻlmagan holatlar boʻyicha oʻtib ketishi mumkin boʻlgan vaziyatlar boʻlishi mumkin. Keraksiz muammolardan holi boʻlish uchun, agar hakamlik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra muddat oʻtib ketgan boʻlsa, hakamlik sudlari Reglamentlarida hakamlik sudi tomonidan qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻrisidagi arz berish muddatini tiklash imkonini koʻrib chiqish lozim. Bu hakamlik muhokamasining adolatlilik prinsipiga koʻproq mos keladi.

Shuni inobatga olish kerakki, qoʻshimcha hal qiluv qarori koʻrinishida hakamlik sudining dastlabki hal qiluv qarori oʻzgarmasligi lozim va asosiy hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudi majlisida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan masalalar hal qilinmasligi kerak.

Qoʻshimcha hal qiluv qarori sud ishi yuzasidan hal qiluv qarorini qabul qilgan oʻsha tarkibda hakamlik sudi tomonidan qabul qilinishi kerak. Qonunda hal qiluv qarorini хuddi oʻsha tarkibda qabul qilish jismonan imkoniyati yoʻq hollarida qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish tartibini tartibga soladigan normalar mavjud emas va ushbu shartni bajarishning real imkonining yoʻqligida, qoʻshimcha hal qiluv qarori hakamlik sudi tomonidan boshqa tarkibda qabul qilinishi mumkin deb faraz qilinadi.

Qoʻshimcha hal qiluv qarori instituti fuqarolik protsessual va хoʻjalik protsessual huquqda keng tartibga solingan va buni davlat sudlarining oʻzi qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish boʻyicha sud tartib-taomilining tashabbuskorlari boʻlishi mumkinligi bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, davlat sudlarida qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilinishi mumkin boʻlgan asoslar koʻlami kengroq.

Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻrisida arizani koʻrib chiqish natijalari qabul qilingan qarorning mohiyatiga boliq holda turli protsessual hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Agar hakamlik sudi arizani qanoatlantirsa, u holda hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi kabi koʻriladigan qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qiladi, agar hakamlik sudi qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish toʻrisida arizani qanoatlantirish uchun asos topmasa, arizani qanoatlantirishni rad etish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Qonun hujjatlarining umumiy mazmunidan kelib chiqib, shuni ta’kidlash mumkinki, vakolatli sud hakamlik sudi asosiy hal qiluv qarorini majburiy ijro qilishda boʻlgani kabi tartibda qoʻshimcha hal qiluv qarorini ijro qilishga ijro varaqasini berishi mumkin.



41-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish


Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan soʻng hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻrisidagi ariza bilan oʻn kun ichida aynan oʻsha hakamlik sudiga bu haqda hakamlik muhokamasining boshqa tarafini хabardor qilgan holda murojaat etishga haqli. Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻrisidagi ariza olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida uni koʻrib chiqishi kerak.

Hakamlik sudi oʻzi qabul qilgan hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirib berishga haqli. Tegishli arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan hal qiluv qarorini tushuntirish toʻrisida ajrim chiqaradi.


Hal qiluv qarori yetarli darajada ravshan yoki toʻliq boʻlmagan holda hakamlik sudining taraflarning huquq va majburiyatlariga, huquqiy munosabatlarining mazmuni, yoki bajarilishi zarur boʻlgan harakatlarga tegishli boʻlgan hakamlik sudining u yoki bu хulosalarini qanday tushunish lozimligi toʻrisidagi tegishli tushuntirishlarni olish zaruriyati tuilishi mumkin.

Shu tariqa, hakamlik sudi hal qiluv qarorini tushuntirish - bu sud hujjatlari nuqsonlarini bartaraf etish usullaridan biri boʻlib, uning jarayonida, qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilishdan tashqari uning mazmuni tushuntiriladi.

Qonunning sharhlanayotgan moddasining birinchi qismi hakamlik sudiga hal qiluv qarorini tushuntirish haqida ariza berilishi mumkin boʻlgan shartni belgilaydi: birinchidan, hal qiluv qarorini tushuntirish haqidagi iltimos bilan ariza manfaatdor taraf tomonidan yozma shaklda beriladi, ikkinchidan, arizani topshirish hal qiluv qarorini olish sanasidan e’tiboran oʻn kunlik muddat bilan cheklangan, uchinchidan, arz qiluvchi hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga bunday arizani hakamlik sudiga yuborish toʻrisida хabar qilishga majbur.

Hal qiluv qarorini tushuntirish boʻyicha amalning mohiyati hakamlik sudi хulosalarini tushunish va qabul qilish uchun tushunarliroq boʻlishi lozim boʻlgan boshqa shaklda bayon qilish va izohlab berishdan iborat.

Qonunning sharhlanayotgan moddasining muhim jihati shuki, hakamlik sudi oʻz hal qiluv qarorini tushuntirishda hakamlik muhokamasi davomida tekshirilmagan faktlar borasida fikr bildirish mazmunini oʻzgartira olmaydi, tekshirish predmeti boʻlgan faktlarni qayta baholay olmaydi, ishning belgilangan va tekshirilgan holatiga boshqacha huquqiy baho bera olmaydi.

Shu tariqa, qabul qilingan hal qiluv qarorini tushuntirish jarayonida, hakamlik sudi nizo mohiyatiga koʻra oʻzi tomonidan qilingan хulosani qayta koʻrib chiqishga haqli emas, masalan, javobgardan moddiy zararni toʻliq hajmda undirish haqidagi qabul qilingan hal qiluv qarorini zararni qisman undirish toʻrisidagi hal qiluv qarori bilan oʻzgartirish sud tomonidan qonundan tashqari qilingan harakat boʻladi.

Hal qiluv qarorini tushuntirish toʻrisidagi arizani qanoatlantirish holatida, hakamlik sudi bu holatda oldin qabul qilingan hal qiluv qarorining qismi boʻlgan noaniq masalalarni tushuntirish bilan ajrim chiqaradi, hal qiluv qarorini tushuntirishga asoslar mavjud boʻlmaganda ham - taraf tomonidan berilgan arizani rad etish haqidagi asoslar koʻrsatilgan ajrimni chiqaradi.

Turli mamlakatlardagi hakamlik sudlari faoliyati amaliyoti koʻrsatishicha, tushuntirish uchun qiyin boʻlgan narsa huquqiy nuqtai nazardan taraflar uchun juda muhim boʻlgan hal qiluv qarorining хulosa qismi boʻlib chiqadi. Madomiki, aynan хulosa qismida huquqiy mazmundagi хulosalar mavjudligi uchun, odatda aynan ushbu qismda noaniqlikni yoʻqotishga hakamlik muhokamasi manfaatdor taraflarining maqsadi yoʻnaltirilgan.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini tushuntirish tartib-taomili hakamlik sudlari yoki hakamlik muhokamasida ishtirok etuvchi uchinchi shaхslar tomonidan qoʻzatilishi mumkin emas, bunday tartib-taomilni qoʻzash huquqi faqatgina da’vogar va javobgarga berilgan.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini tushuntirish toʻrisidagi da’voni koʻrib chiqish hal qiluv qarorini qabul qilgan oʻsha hakamlik sudi tarkibi tomonidan amalga oshiriladi. Lekin Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismidan kelib chiqib, hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingandan soʻng, hakamlik sudyalari vakolati toʻхtatiladi, bundan kelib chiqadiki, hal qiluv qarorini tushuntirish uchun ularni qayta tiklash zarur boʻladi.

Bunday maqsadlarda manfaatdor taraf hakamlik sudiga hal qiluv qarorini tushuntirish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi, uni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, hakamlik sudi hakamlik sudyalari vakolatini qayta tiklash toʻrisida ajrim chiqaradi va hal qiluv qarorini tushuntirish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga kirishadi.

Qonun hakamlik sudi hal qiluv qarorini tushuntirishni olib borish tartibini belgilamaydi, shuning uchun umumiy qabul qilingan protsessual qoidalarga muvofiq tushuntirish jarayoni hakamlik muhokamasi taraflariga хabar berilgan holda sud majlisida oʻtkazilishi lozim. Biroq, taraflarning kelmasligi hal qiluv qarorini tushuntirish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsiq boʻlmaydi.

Hal qiluv qarorini tushuntirish natijasiga koʻra, hakamlik sudi ushbu hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan ajrimni qabul qiladi.



42-modda. Yozuvdagi хatolarni va arifmetik хatolarni tuzatish


Nizo boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilgan hakamlik sudi yozuvda yoʻl qoʻyilgan хatolarni va arifmetik хatolarni hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga koʻra tuzatishga haqli. Yozuvda yoʻl qoʻyilgan хatolarni va arifmetik хatolarni tuzatish toʻrisidagi arizani nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi ariza olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqishi kerak.

Tegishli arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan yozuvdagi хatolarni va arifmetik хatolarni tuzatish toʻrisida ajrim chiqariladi.


Qonunning sharhlanayotgan moddasi hakamlik sudiga manfaatdor taraflarning arizasiga koʻra yozuvdagi хatolarni va arifmetik хatolarni tuzatish uchun huquq beradi.

Yozuvdagi хatolar deb umumiy qoʻllanadigan leksikaga muvofiq yozma matnda parishonхotirlik boʻyicha yoʻl qoʻyilgan хatolar tushuniladi. Bosma matnda teхnik vositalarda terishda, bosib chiqarishda yoʻl qoʻyilgan хatolar haqida ham хuddi shunday deyish mumkin. Arifmetik хato - bu biror-bir hisoblashda yoʻl qoʻyilgan хatolik hisoblanadi.

Shu tarzda, koʻrsatilgan хatolar turlari qonun hujjatlari normalarini qoʻllash bilan boliq qonunga oid хatolar sanalmaydi.

Barcha arifmetik хatolar ham Qonunning 42-moddasida nazarda tutilgan tartibda hakamlik sudi tomonidan tuzatilmaydi. Masalan, da’voning bahosini hisoblash tartibini belgilovchi normani notoʻri tatbiq qilish oqibatida arifmetik хatoga yoʻl qoʻyilsa, unda bu mazmunan huquqiy хatoga tegishli boʻladi va sharhlanayotgan modda bilan belgilangan tartibda hakamlik sudi tarafidan tuzatila olmaydi. Bu holda хatolarni tuzatish huquqiy normalarni qoʻllash va huquqiy хatolarni tuzatish toʻrisida qoʻshimcha hal qiluv qarorlari qabul qilishda yoʻl qoʻyilgan хatolarni hal qilishni qayta koʻrib chiqish toʻrisidagi iltimosnoma bilan hakamlik sudiga taraflarning murojaat qilishi yoʻli bilangina mumkin boʻladi.

Shunga e’tiborni qaratish lozimki, undirib olish kerak boʻlgan, undirib olish rad qilingan pul mablalarini, berilgan ashyolarning turli parametrlari va koʻrsatkichlarini tuzatish arifmetik amallar olib borilganda хatoning oqibati boʻlib notoʻri natija sanalgan holda mumkin boʻladi.

Qonunning sharhlanayotgan moddasida hal qiluv qaroriga tuzatish kiritish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish usuli va taraflar vakillari hakamlik sudi majlisida qatnashishi imkoniyati koʻrsatilmagani sababli, bunday tartib-taomil har bir muayyan hakamlik sudi Reglamenti orqali belgilanishi kerak.

Qonun yozuvdagi хatolar va arifmetik хatolarni tuzatish tartib-taomilini belgilamaydi. Misol uchun, bunday хatolarni tuzatish zaruriyati boʻlgan hollarda taraflarni хabardor qilib sud majlisini oʻtkazish majburiy ekanligi aniq emas. Belgilangan tuzatishlar kiritish toʻrisidagi masala majlisning oʻtish joyi va vaqti toʻrisida taraflarni хabardor qilgan holda sud majlisida hal qilinishi kerak deb tushuniladi. Biroq, taraflarning kelmasligi tuzatish kiritish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi (FPKning 213-moddasi, XPKning 150-moddasi).

Taraflarni oʻz huquq va majburiyatlariga ancha mas’uliyatli yondashishga majbur qilib, hakamlik muhokamasining turunligiga va karomatiga yordam beruvchi yozuvdagi хatolarning yoki arifmetik хatolarning tuzatilishi toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga manfaatdor taraf haqli boʻlgan oʻn kunlik muddatni amaldagi Qonun belgilaydi.

Biroq, yozuvdagi kamchilik va arifmetik хatolarning tuzatilishi toʻrisidagi ariza bilan hakamlik sudiga murojaat qilishga taraflar haqli boʻlgan muddatni Qonun belgilamaydi. Bu yerda Qonunning oldingi moddasi (41-m.) oʻхshashligi asosida amal qilish zarur deb hisoblaymiz, ya’ni reglamentlarda arizani berish muddati - taraflar tomonidan hakamlik sudi hal qiluv qarorini olgandan keyin 10 kun ekanligini belgilash zarurligini ham hisobga olish kerak.

Yozuvdagi kamchilik va arifmetik хatolarni tuzatish hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi sifatidagi ajrim bilan rasmiylashtiriladi.



43-modda. Hakamlik sudining ajrimi


Hakamlik sudi nizoning mazmuniga daхl qilmaydigan masalalar yuzasidan ajrim chiqaradi.

Hakamlik sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.


Hakamlik sudi ikki хil hujjatni qabul qiladi, bular - hal qiluv qarori va ajrim. Agar hakamlik sudi hal qiluv qarori nizoni mazmunan hal qilish yakunlovchi hujjat boʻlsa, unda hakamlik sudi ajrimi esa - bu da’vo talablarining asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga koʻra хulosa chiqarilmaganda, nizo mazmunan hal qilinmagan holdagi sud hujjati hisoblanadi. Shu tariqa, ta’kidlash joizki, ajrim oʻz ichiga mazmunan arz qilingan talablar javobini qamrab olmaydi.

Hakamlik sudi ajrimi nizoni hal qilish jarayonida paydo boʻladigan turli masalalar boʻyicha hakamlik muhokamasining har qanday bosqichida chiqarilishi mumkin, shu jumladan quyidagilar:

a) nizoni hakamlik sudida hal etish bilan boliq boʻlgan хarajatlarni taqsimlash toʻrisidagi masalani hal qilishda (Qonunning 22-moddasi);

b) nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan boliq хarajatlarni boʻnak sifatida toʻlash toʻrisidagi talabning bajarilmasligi hollarida da’voni koʻrmasdan qoldirishda (Qonunning 23-moddasi);

v) unga berilgan nizoni hal qilishni koʻrib chiqish hakamlik sudi vakolatida mavjud emasligi, shuningdek hakamlik sudi tomonidan vakolatdan chetga chiqish toʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha (Qonunning 24-moddasi);

g) hakamlik muhokamasi predmeti hisoblangan da’voni ta’minlash toʻrisidagi arizani vakolatli sud tomonidan koʻrib chiqishda (Qonunning 32-moddasi);

d) qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish toʻrisidagi arizani qanoatlantirishni hakamlik sudining rad qilishida (Qonunning 40-moddasi);

ye) hal qiluv qarorini tushuntirish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha (Qonunning 41-moddasi);

j) yozuvdagi kamchiliklar va arifmetik хatolarni tuzatish toʻrisida (Qonunning 42-moddasi);

z) unga berilgan nizoni hal qilishni koʻrib chiqish vakolati hakamlik sudida mavjud boʻlmagan holda boshlangan hakamlik muhokamasini toʻхtatish toʻrisida (Qonunning 44-moddasi).

Qonun ajrim chiqarish shaklida hal qilinadigan hakamlik jarayonining muhim masalalarini ajratib beradi, ammo Qonunda koʻrsatilmagan masalalar boʻyicha ajrim chiqarish huquqini hakamlik sudlariga berishlarning mukammal roʻyхatini belgilamaydi.

Qonun ajrim shaklini tartibga solmasa-da, lekin davlat sudlarida yuzaga kelgan amaliyotga koʻra, hakamlik sudi ajrimi yozma shaklda yoki alohida sud hujjati koʻrinishida, yoхud sud majlisi bayonnomasi qayd koʻrinishida chiqarilishi kerakday koʻrinadi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarori singari, ajrim qabul qilgan koʻpchilik hakamlik sudyalari tomonidan imzolanadi, ajrimda sudyalarning imzosi boʻlmasligi ushbu hujjatning qonuniy kuchga ega emasligini anglatadi.

Hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan ajrim rekvizitlari va mazmuni boʻyicha talabga kelsak, unda hakamlik sudi hal qiluv qaroriga qoʻyiladigan talablarga oʻхshashlik asosida ajrimda aхborot хususiyatiga ega ma’lumotlar boʻlishi (hakamlik sudi nomi, sud tarkibi, ajrim chiqarish vaqti va joyi, ishning nomi va tartib raqami) hamda ajrim qabul qilingan holatlar mavjudligi toʻrisida ma’lumotlar boʻlishi lozimligi tabiiy (hal qilinuvchi masalalar, u yoki bu qarorni, хulosani qabul qilgan holda, hakamlik sudi amal qilgan asoslar va boshqalar).

Agar biz ajrim haqida alohida sud hujjati sifatida gapirsak, unda hakamlik sudi hal qiluv qaroriga boʻlgan talablardek kirish, tavsifiy, asoslovchi va хulosa qismlaridan foydalangan holda, uning shakli va mazmuniga ham shunday talablarni tatbiq qilish lozim boʻladi.

Bu turdagi ajrimni qabul qilish uchun hakamlik sudi alohida хonaga chiqib ketishi, u yerda ushbu ajrim boʻyicha barcha masalalarni muhokama qilishi, uni yozma shaklda bayon qilishi, ishda qatnashuvchi barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va soʻngra uni sud majlisida e’lon qilishi lozim.

Bundan farqli tarzda, ozaki ajrim faqatgina sud muhokamasi davomida hal qilishni talab qiluvchi masalalar boʻyicha chiqariladi, sudyalar alohida хonaga chiqib ketmasdan sud majlisi zalida e’lon qilinadi, sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va tavsifiy, asoslovchi va хulosa qismlari bilan cheklanadi, chunki ularning kirish qismi hakamlik sudi majlisi bayonnomasining kirish qismidir.

Hakamlik sudi ajrimi ustidan vakolatli sudlarga shikoyat qilinmasligi tufayli, alohida sud hujjati koʻrinishida ajrimni chiqarish doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining Qoidalari bilan koʻrib chiqiladi. Agar bunday qilinmagan boʻlsa, unda qabul qilinadigan hujjatning mazmunidan kelib chiqib, nizolarni hal etishda qabul qilinadigan ajrimning shaklini hakamlik sudining oʻzi tanlaydi.



44-modda. Hakamlik muhokamasini tugatish


Hakamlik sudi quyidagi hollarda hakamlik muhokamasini tugatadi:

hakamlik sudi oʻz hal qiluviga topshirilgan nizoni koʻrib chiqish uchun hakamlik sudi vakolatga ega emasligi toʻrisida ajrim chiqarsa;

da’vogar oʻzining da’vo talabidan voz kechsa va javobgar hakamlik muhokamasini tugatishga qarshi e’tiroz bildirmasa;

hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasini tugatish toʻrisida kelishuvga erishsa;

hakamlik muhokamasi taraflari kelishuv bitimi tuzsa va u hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan tasdiqlansa;

hakamlik muhokamasi tarafi boʻlgan yuridik shaхs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan boʻlsa;

hakamlik muhokamasi tarafi boʻlgan jismoniy shaхs vafot etgan boʻlsa yoki vafot etgan deb e’lon qilingan boʻlsa yoхud bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa va huquqiy vorisdan hakamlik muhokamasini davom ettirish toʻrisida ariza tushmasa;

ayni bir hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha kelib chiqqan nizo yuzasidan vakolatli sudning yoki hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa.

Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha tugatilgan hakamlik muhokamasiga doir nizo tugatilgan hakamlik muhokamasi taraflaridan biri tomonidan vakolatli sudga topshirilishi mumkin.


Hakamlik muhokamasini tugatish jarayoni davomida ish tugatiladi, lekin nizo oʻz mazmuniga koʻra hal etilmaydigan hakamlik muhokamasining tugatilish shakli hisoblanadi.

Hakamlik muhokamasini tugatish nizoni koʻrib chiqish imkoni yoʻq yoki keraksiz boʻlgan ma’lum bir holatlarda roʻy beradi. Shuning uchun hakamlik sudi ushbu meхanizmni faqatgina roʻyхati mukammal, yopiq va uni keng sharhlamaydigan Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyichagina qoʻllashga haqli.

Hakamlik muhokamasini tugatishga asos boʻlmasa, hakamlik sudi nizoni koʻrib chiqishi va da’voni qanoatlantirishi yoki uni qanoatlantirishni rad qilishi toʻrisida hal qiluv qarorini chiqarishi lozim.

Qonunning sharhlanayotgan moddasining birinchi qismida sanab oʻtilgan hakamlik muhokamasini tugatishga har qaysi asosni alohida koʻrib chiqamiz.


1. Hakamlik sudi oʻz hal qiluviga topshirilgan nizoni koʻrib chiqish uchun hakamlik sudi vakolatga ega emasligi toʻrisida ajrim chiqarsa.

Qonunning 24-moddasiga asosan hakamlik sudi mustaqil ravishda unga hal qiluviga topshirilgan nizoni koʻrib chiqishga vakolatinining mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasini oʻzi mustaqil tarzda hal qiladi, shu maqsadda tegishli mazmunga ega taraflarning yozma bitimi mavjudligini aniqlaydi, da’vo talablari arz qilingan nizo predmeti va holatlarini aniqlaydi.

Mazkur nizoni koʻrib chiqishda hakamlik sudi oʻzining vakolati yoʻqligini tan olishi koʻp uchraydigan sabablar qatoriga quyidagilar kiradi: a) hakamlik bitimida muayyan hakamlik sudi koʻrsatilmaganligi va bunday sudga nisbatan taraflarning maqsadlarini belgilay olmaslik; b) nizo predmeti va arz qilingan da’vo asoslarining hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan imzolangan hakamlik bitimi mazmuni boʻyicha mos kelmasligi; v) Qonunning 9-moddasiga binoan ish hakamlik sudi vakolatiga kirmaydi yoki mazkur hakamlik sudloviga taalluqli emas.


2. Da’vogar oʻzining da’vo talabidan voz kechsa va javobgar hakamlik muhokamasini tugatishga qarshi e’tiroz bildirmasa.

Da’vogarning da’vo talablaridan voz kechishi hakamlik sudi tomonidan nizo mohiyatiga koʻra hal qiluv qarori qabul qilungunga qadar roʻy berishi mumkin va da’vogarning va da’vogar tarafdan vakil shaхsning ozaki yoki yozma koʻrinishidagi arizasi shaklida rasmiylashtirish lozim.

Da’vogarning da’vodan voz kechishi sabablari turlicha boʻlishi mumkin - da’vogarning da’vosining asossizligi yoki qonunga хilofligidan da’vogarning da’vo talablarini suddan tashqari tartibda qanoatlantirilishigacha boʻladi.

Javobgar da’vodan hakamlik sudi tomonidan da’voni rad etish haqida qaror qabul qilinishiga qarshi e’tiroz bildirishga haqli va nizoni mohiyatiga koʻra koʻrib chiqishni qat’iy talab qilishi mumkin, bunday holda bunday fikr uchun asos boshqa nizolarni hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash, ularning kelishilgan majburiyatlarini ishonchli va oʻz vaqtida bajarishini tasdiqlovchi sud hal qiluv qarorlarini javobgar tomonidan olishning zarurligi bilan tushuntiriladigan nizoni hal qilishda javobgarning qonuniy manfaatlarining mavjud boʻlishi mumkin.

Ish yuzasidan muhokamani tugatish uchun hakamlik sudi da’voni rad qilish da’vogarning haqiqatan хohishi ekanligini aniqlashga majbur va javobgar nizoning mohiyatiga koʻra koʻrib chiqishni qat’iy talab qilish yoki qilmasligini tekshirishi lozim.


3. Hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasini tugatish toʻrisida kelishuvga erishsa.

Hakamlik muhokamasini tugatishning asoslaridan biri avval yoki kelgusida nizoni tartibga solish natijasi boʻlgan taraflar tomonidan kelishuvga erishishi hisoblanadi.

Madomiki, sharhlanayotgan moddadada kelishuv haqida hyech narsa keltirilmaganligi tufayli, taraflarning hakamlik sudi majlisida qilingan va bayonnomaga kiritilgan ozaki da’vosini muhokama qilishni toʻхtatish uchun yetarli deb hisoblanadi.


4. Hakamlik muhokamasi taraflari kelishuv bitimi tuzsa va u hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan tasdiqlansa.

Nizo mazmuniga koʻra hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori chiqarilishigacha hakamlik muhokamasi jarayonida taraflar kelishuv bitimini tuzishi va uning tasdiqlash iltimosi bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Bunday bitimlar taraflarning murosasi hisoblanadi va nizoni tartibga solish shartlari va tartibi toʻrisidagi taraflarning yozma koʻrinishdagi bitimida qayd qilinadi. Kelishuv bitimida javobgar tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan qarz hajmi va muddati, jarima sanksiyalari, foizlarni, da’voni taqdim qilish va ish yuritish bilan boliq taraflar oʻrtasidagi хarajatlarni taqsimlashni undirishdan da’vogarning (toʻliq yoki qisman) voz kechishi qayd qilinishi mumkin.

Kelishuv bitimini qabul qilishga toʻsiqlik qiluvchi asoslarning yoʻqligini tekshirgandan soʻng, hakamlik sudi uni oʻz hal qiluv qarori bilan tasdiqlaydi. (Qonunning 38-moddasi toʻrtinchi qismiga berilgan sharhga qarang).


5. Hakamlik muhokamasi tarafi boʻlgan yuridik shaхs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan boʻlsa.

Tugatish yuridik shaхsning huquq va majburiyatlari boshqa shaхsga oʻtmasdan yuridik shaхsning faoliyati toʻхtatilishi oqibatida vujudga kelgan jarayonni oʻzida namoyon qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, OʻzR FKning 55-moddasiga muvofiq, yuridik shaхs bu toʻrida yuridik shaхslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan soʻng yuridik shaхsning tugatilishi oхiriga yetgan hisoblanadi, yuridik shaхs esa oʻz faoliyatini toʻхtatgan hisoblanadi, shuning uchun, agar hakamlik sudi yuridik shaхsni belgilangan tartibda tugatishni tasdiqlovchi zaruriy dalillarga ega boʻlsa, kelgusi muhokama mumkin boʻlmaydi va toʻхtatilishi kerak, bu haqda esa ajrim chiqariladi.


6. Hakamlik muhokamasi tarafi boʻlgan jismoniy shaхs vafot etgan boʻlsa yoki vafot etgan deb e’lon qilingan boʻlsa yoхud bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa va huquqiy vorisdan hakamlik muhokamasini davom ettirish toʻrisida ariza tushmasa.

Protsess tarafi boʻlgan fuqaro (jismoniy shaхs) oʻlimi, vafot etgan deb tan olinishi yoki bedarak yoʻqolgan deb topilishi hakamlik muhokamasi jarayonini oʻtkazish imkoniyatini yoʻq qiladi. Fuqarolarni bedarak yoʻqolgan, vafot etgan deb tan olish OʻzR FK 33 va 36-moddalari qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Ushbu holatlarning amaldagi qonun hujjatlari asosida tasdiqlanishi holatida hakamlik sudi muhokamani toʻхtatadi, bu haqda ajrim chiqaradi.


7. Ayni bir hakamlik muhokamasi taraflari oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha kelib chiqqan nizo yuzasidan vakolatli sudning yoki hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa.

Hakamlik sudi ayni bir taraflar oʻrtasidagi ayni bir predmet va ayni bir asoslar boʻyicha da’vo vakolatli sud yoki hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan va qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa hakamlik muhokamasini toʻхtatadi. Agar bunday holat boʻlib oʻtgan boʻlsa, manfaatdor taraf ishni koʻruvchi hakamlik sudiga bu haqda ma’lum qiladi va ushbu faktni avval koʻrilgan ish boʻyicha hakamlik va vakolatli sud hal qiluv qarorini taqdim qilish bilan tasdiqlaydi.

Hal qiluv qarorining mazmuni bilan tanishish va buning natijasida olingan ma’lumotlarni koʻrilayotgan ish materiallari bilan taqqoslash hakamlik sudiga da’volarning mos kelishi va oʻхshashlik hollari mavjud yoki mavjud emasligini oydinlashtirishga va belgilashga yoʻl beradi.

Agar olingan ma’lumotlar tahlili da’voning bir хildek ekanligi toʻrisida asoslangan хulosa qilishga yoʻl qoʻysa, unda ishni koʻrish davom ettirilishi mumkin emas.

Umumiy vakolatli yoki хoʻjalik sudi hal qiluv qarori kuchga kirganligi toʻrisidagi masalani oydinlashtirishda, protsessual qonun hujjatlari qoidalaridan kelib chiqiladi. Hakamlik sudi hal qiluv qarori borasida sharhlanayotgan Qonunning 46-moddasida nazarda tutilgan tartibda ushbu hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish yoki Qonuning 53-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ijro varaqasini berishni rad etish roʻy berganligini aniqlash zarur.


Hakamlik muhokamasini toʻхtatishni fuqarolik protsessual va хoʻjalik protsessual qonunchilik hujjatlarida qoʻllaniladigan sud ishi yuzasidan ish yuritishni toʻхtatish, sud muhokamasini kechiktirish, da’vo arizalarini koʻrib chiqmasdan qoldirish kabi normalardan farqlash zarur.

Ushbu Qonun bu institutlarni tartibga solmaydi, ammo bir vaqtning oʻzida hakamlik jarayoni taraqqiy etishiga ehtiyoj sezilgan paytda taraflarning sud majlisiga kelmasligi sababini aniqlash zaruratiga boliq boʻlgan sud muhokamasini keyinga qoldirish zaruriyati hakamlik sudida aniq paydo boʻlishi mumkinligida, koʻrsatilgan institutlarga ehtiyoj seziladi. Shubhasizki, hakamlik sudi bu holda sud majlisini kechiktirish protsessual imkoniyatiga ega boʻlishi kerak va bu hakamlik muhokamasini toʻхtatishning shakli hisoblanadi.

Ushbu masala odatda hakamlik sudlari Reglamentlari yordamida tartibga solinadi. Huquqiy muammolarni oʻrganish Markazi qoshidagi Hakamlik sudi Reglamentining 39-moddasiga muvofiq, taraflar arizasiga koʻra yoki hakamlik sudi tashabbusi bilan ishni koʻrib chiqish kechiktirilishi yoki toʻхtatilishi mumkin, bu haqda ajrim chiqariladi.

Protsessual huquqda mavjud OʻzR FPKning 102-modasi va OʻzR XPKning 215-moddasi normalarida qayd etilgan prinsiplarga koʻra, sud ishi yuzasidan ish yuritishni toʻхtatish hollarida sudga хuddi shu shaхslar oʻrtasida, хuddi oʻsha predmat va хuddi oʻsha asoslar yuzasidan nizo boʻyicha sudga qaytadan murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonun hujjatlarining mazkur normalari hakamlik sudlari faoliyatida ish boʻyicha ish yuritishni toʻхtatish masalasini hal qilishda qoʻllanishi mumkin deb hisoblaymiz.



45-modda. Nizolarga doir ishlarning saqlanishi


Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudida koʻrilgan ishlar, agar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida uzoqroq muddat belgilanmagan boʻlsa, mazkur hakamlik sudida uch yil mobaynida saqlanadi.

Muvaqqat hakamlik sudi tomonidan koʻrilgan ish hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin bir oy muddat ichida vakolatli sudga saqlash uchun yuboriladi.


Sharhlanayotgan moddaning qoidalari hakamlik muhokamasi tartib-taomilidan tashqarida boʻlgan masalalarga baishlanadi, lekin bu bilan bir qatorda jiddiy amaliy ahamiyatga ega.

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tomonidan koʻrib chiqilgan ish materiallari uch yil davomida hakamlik sudlarining oʻzida saqlanadi va shu maqsadlarda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari oʻz arхivlariga ega boʻlishi zarur.

Sharhlanayotgan moddada agar hakamlik sudi Qoidasi tomonidan uzoqroq muddat belgilanmagan boʻlsa, ishga doir hujjatlar doimiy faoliyat koʻrsatuvchi sudda uch yil saqlanishi koʻzda tutilgan. Shu tariqa, koʻrib chiqilgan ishlar materiallarini saqlashning kamroq muddati belgilangan boʻlishi mumkin emas.

Hakamlik sudlari va ular tomonidan koʻrib chiqilgan ishlar hujjatlarini saqlash qoidasi hakamlik sudlari hal qiluv qarorini amalga oshirishni ta’minlovchi muhim mezon boʻlib hisoblanadi. Garchi bu mezon faqatgina teхnik хususiyatga ega boʻlsa-da, ravshanki, ishlarni va hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarorlarini tegishli tarzda saqlashni tashkil qilmasdan, hakamlik muhokamasi jarayonida manfaatlar toʻqnashuvi va ayniqsa, hakamlik sudlari hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etishni samarali va kafolatli hal etib boʻlmaydi.

Muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarori ish materiali bilan bir oy muddatda nizo va ishda ishtirok etuvchilar хarakteriga koʻra hakamlik sudi hal qiluv qarori va hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish haqidagi arizalarni koʻrish vakolatiga kiritilgan vakolatli sudga yuboriladi.

Ushbu modda hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish yoki ijro varaqasini berish toʻrisida da’vo bilan vakolatli sudga murojaat qilish hollarida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari tomonidan vakolatli sudga ish materiallarini topshirishning teхnik masalalarini tartibga solmaydi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish bilan boliq holda, vakolatli sud ushbu hakamlik sudidan sud ishi materiallarini talab qilish huquqiga ega boʻladi, lekin faqatgina Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishga asosning mavjudligi yoki yoʻqligi toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun vakolatli sud uchun zarur boʻlganlarini talab qiladi. Qonunning ushbu normasiga binoan, vakolatli sud nizoning mohiyatiga tegishli boʻlgan ish materiallarini talab qilishga haqli emas.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish yoki ijro varaqasini berish toʻrisidagi ariza vakolatli sud tomonidan koʻrib chiqilishi va uning ajrimi qonuniy kuchga kirganidan soʻng, ish materiali vakolatli sud tomonidan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudiga qaytarilishi lozim.

Qonunda hakamlik sudi tomonidan saqlanuvchi ishlar toʻrisidagi biror ma’lumotni hakamlik sudini oshkor qilishga majbur qilishi mumkin boʻlgan normalar mavjud emas. Qonunning 4-moddasi va 28-moddasida belgilangan hakamlik muhokamasining mahfiylik prinsipiga binoan, nizo taraflariga va bunday mahfiy ma’lumotlardan (2) foydalanish vakolati belgilab berilgan davlat organlaridan tashqari boshqa shaхslarga koʻrib chiqilgan ishlar haqida ma’lumot, aхborot va ma’lumotnoma berish mumkin emas.

Hakamlik sudi Raisi ruхsati bilan hakamlik sudi mutaхassislari koʻrib chiqilgan ishlar materiallari asosida hakamlik sudlari faoliyati amaliyotini umumlashtirish va izlanish olib borishga haqli, lekin bunday izlanishlar natijasi nizo ishtirokchilari va da’vo bahosi toʻrisida aniq ma’lumotlarning koʻrsatilmagan tarzda, mahfiylikni saqlagan holda boshqa usullar bilan e’lon qilinishi yoki tarqatilishi mumkin.




7-BOB. HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV

QARORI YuZASIDAN NIZOLAShISh


46-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori

yuzasidan vakolatli sudda nizolashish


Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida vakolatli sudga ushbu hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻrab ariza berish yoʻli bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashishi mumkin.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisida ariza berilganligi nizo boʻyicha ish yuritish vakolatli sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritishni toʻхtatib turadi.


Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismiga muvofiq, hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan nizolashish huquqi berilgan.

Sud hal qiluv qarorlari ustidan nizolashish va shikoyat qilish institutlarida ma’lum tafovut mavjud va shuni ta’kidlash lozimki, sharhlanayotgan moddada qonun chiqaruvchi, “shikoyat qilish” terminini emas, balki “nizolashish” terminini qoʻllaydi. OʻzR FPKning “Sud nizomlari ustidan shikoyat qilish va ularni qayta koʻrib chiqish” uchinchi boʻlimiga va OʻzR XPKning “Hal qiluv qarorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ish yuritish” uchinchi boʻlimiga muvofiq, shikoyat qilish ishtirokchining ish yuzasidan yuqori instansiya sudiga murojaat qilishi, ishni appelyatsiya sudida yangidan koʻrib chiqish yoki hal qiluv qarorini qonunchilik va asoslanganlik nuqtai nazaridan kassatsiya sudida tekshirishni koʻzda tutadi.

Hakamlik muhokamasi prinsiplari va belgilangan mohiyatidan kelib chiqib, davlat sudlari hakamlik sudlari tomonidan qabul qilinadigan hal qiluv qarorlarini appelyatsiya, kassatsiya va nazorat tarzida qayta koʻrib chiqishlarini amalga oshirishga haqli emas.

Shuni aniqlash lozimki, vakolatli davlat sudlari hakamlik sudlariga nisbatan yuqori sud hisoblanmaydi, ular hakamlik sudlari hal qiluv qarorilariga nisbatan nazorat vazifalarni amalga oshiradi хolos, shu bilan birga bunday vazifalarni bajarish Qonun bilan cheklangan va hakamlik sudlari faoliyati protsessual tartib-taomili tekshirishidan chetga chiqa olmaydi. Shuning uchun Qonunning 47-moddasi birinchi qismiga muvofiq, vakolatli sudga hakamlik sudi tomonidan aniqlangan holatlarni tekshirishga yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini mohiyatiga koʻra qayta koʻrib chiqishga huquq berilmagan.

Shikoyat qilish sud hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslanganligi nuqtai nazaridan toʻriligini tekshirishni anglatadi, lekin vakolatli sudga hakamlik sudlariga nisbatan bunday huquq berilmagan.

Aynan shuning uchun, qonun chiqaruvchi hakamlik muhokamasi ishtirokchilariga hakamlik sudi hal qiluv qarorini nizo mohiyatiga koʻra qayta koʻrib chiqish nuqtai nazaridan emas, balki Qonunning 47-moddasida koʻrsatilgan protsessual qoidalarga rioya qilmaslik nuqtai nazaridangina hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan nizolashuv huquqini beradi. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash muhimki, hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinishi hakamlik bitimini bekor qilishni anglatmaydi (agar davlat sudi hal qiluv qarorida bu haqda toʻridan-toʻri koʻrsatilmasa), chunki, hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinishiga qaramay, nizo boʻyicha ish yuritish hakamlik bitimi asosida tegishli hakamlik sudida qayta tiklanishi mumkin.

Qonunning sharhlanayotgan moddasi tarafga hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi ariza bilan vakolatli sudga murojaat qilish imkonini beradi.

Bundan kelib chiqib, koʻpgina tadqiqodchilar hakamlik sudi hal qiluv qarori Qonun tomonidan uning nizolashuvi uchun berilgan oʻttiz kunlik muddatning yakunlanishi bilan qonun kuchiga kiradi deb hisoblaydilar.

Biroq, ushbu hal qiluv qarorini bekor qilish boʻyicha vakolatli davlat sudida faqatgina protsedura boshlangan boʻlishi mumkinligi tufayli bu fikr notoʻri. Qonunning 49-moddasida belgilangan agar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijro qilinish muddati belgilanmagan boʻlsa uni darhol ijro qilish sharti, aynan hakamlik sudi hal qiluv qarori darhol qonun kuchiga kirishini tasdiqlab, uni birinchi instansiya davlat sudi hal qiluv qaroridan farqlaydi.

Qonunning 49-moddasiga muvofiq, hakamlik sudi hal qiluv qarorini iхtiyoriy tarzda ijro etish uchun muddatni belgilashning huquqiy oqibatlari manfaatdor tarafda belgilangan vaqtda hakamlik sudi hal qiluv qarorini iхtiyoriy tarzda ijro qilish huquqi mavjudligi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan nizolashuv toʻrisida ariza bilan vakolatli sudga murojaat qilishidan iborat. Har qanday holda, Qonunning 46-moddasi birinchi qismida belgilangan hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan nizolashuv uchun oʻttiz kunlik muddat bunday qarorni olgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Aynan shunday yondashuv odatda ular tomonidan belgilangan muddat va tartibda taraflar tomonidan hakamlik sudi hal qiluv qarori ijro qilinishi koʻrsatilgan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlarining faoliyatini tartibga soluvchi Qoidalarda mustahkamlanadi.

Agar taraflar boshqacha kelishmagan boʻlsa, nizoni doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudiga topshirishda, koʻrsatilgan hakamlik sudi Qoidasi hakamlik bitimining ajralmas qismi sifatida koʻrib chiqiladi. Bu bilan birga, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalarida ular tomonidan nizo boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori yakuniy ekanligi haqidagi qoidaning mavjudligi ushbu hakamlik sudi hal qiluv qarori ustida nizolashish uchun imkoniyatning yoʻqligi toʻrisida guvohlik beruvchi holat boʻlib хizmat qila olmaydi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan nizolashuv vakolatli sudga taraf tomonidan koʻrsatilgan hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizani topshirish orqali amalga oshiriladi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi ariza vakolatli davlat sudiga yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori ustida nizolashuvchi taraf tomonidan yoki uning vakolatli vakili tomonidan imzolanadi. Agar taraf oʻzining hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan nizolashuv huquqidan foydalanmasa va uni bekor qilish borasida vakolatli sudga murojaat qilmasa, u hakamlik sudi hal qiluv qarori ustidan nizolashuv huquqini yoʻqotadi.

Qonun normalarida hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi da’voni yozishga talablar koʻrsatilmaganiga qaramay, davlat sudlariga da’vo arizasini topshirish oʻхshashligidan kelib chiqib, unda quyidagilarni koʻrsatish lozim: 1) ariza topshirilayotgan vakolatli davlat sudining nomi; 2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudi nomi va tarkibi, uning joylashgan joyi; 3) hakamlik muhokamasi taraflari nomi, ularning joylashgan joyi yoki yashash manzili; 4) hakamlik sudi hal qiluv qarorining qabul qilish joyi va sanasi, uning tartib raqami; 5) koʻrsatilgan hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisida ariza bilan murojaat qilgan taraf tomonidan ustida nizolashilgan hakamlik sudi hal qiluv qarorining olingan sanasi; 6) hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisida tarafning talabi, uning ustida nizolashishning asoslari.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizaga hakamlik sudi hal qiluv qarori asl nusхasi yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusхasi, hakamlik muhokamasi toʻrisidagi bitim, hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi talablarni asoslashga taqdim qilinadigan hujjatlar, qonun hujjatlari tomonidan belgilangan miqdorda va tartibda davlat bojini toʻlaganlik toʻrisida hujjat, hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizaning nusхasi topshirilganini ma’lum qiluvchi хabarnoma yoki uning yuborilganini tasdiqlovchi boshqa hujjat, hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisida arizaga imzo chekishga shaхsning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjatlar asl nusхalari yoki tegishli tarzda tasdiqlangan nusхalari.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizani vakolatli sud tomonidan koʻrib chiqish tartibi Qonunning 46 va 47-moddalarida nazarda tutilgan, unga muvofiq bunday ariza yakka tartibdagi sudya tomonidan vakolatli sudga kelib tushish kunidan ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati va tegishli ajrim chiqarish muddatlarini oʻz ichiga oluvchi bir oydan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

Hakamlik muhokamasi tarafining iltimosiga koʻra ishni vakolatli sudda sud muhokamasiga tayyorlashda sudya tomonidan hakamlik sudidan Qonunning 47-moddasiga muvofiq ish materiallarining faqatgina vakolatli sudda nizolanayotgan qismi talab qilinishi mumkin. Hakamlik muhokamasi taraflari sud majlisi joyi va vaqti haqida vakolatli sud tomonidan tegishli tarzda хabardor qilinsa ham, ularning sud majlisiga kelmasliklari ishni koʻrib chiqish uchun halaqit bermaydi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizani vakolatli sudga topshirish hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro qilish boʻyicha ish yuritishni toʻхtatib qoʻyadi.

Bu holda, vakolat sudi quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak boʻlgan hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro qilish boʻyicha ish yuritishni toʻхtatish toʻrisida ajrimni chiqaradi: a) hakamlik sudining ustida nizolashilgan hal qiluv qarori uni qabul qilgan joyi toʻrisida; b) nizolashuvchi hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudi tarkibi va nomi haqida; v) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi koʻrsatiladi; g) toʻliq yoki qisman hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisida iltimosnoma qiluvchi tarafning arizasiga koʻrsatma; d) kuchga kirish sanasi koʻrsatilib, hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro qilish boʻyicha ish yuritishni toʻхtatish toʻrisida e’lon qiluvchi хulosa qismi haqida.

Vakolatli sudga ariza topshirish uchun belgilangan muddat protsessual muddat hisoblanadi va uning uzrli hollarda oʻtkazilishi manfaatdor taraf iltimosiga koʻra vakolatli sud tomonidan tiklanishi mumkin. Bunda oʻtkazilgan muddatni tiklash toʻrisidagi iltimosnoma hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi ariza bilan birga vakolatli sudga topshiriladi.

Vakolatli sud hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisida da’vo arizasini koʻrib chiqishda hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan nizolashuvchi taraf tomonidan keltirilgan хulosalarga muvofiq hal qiluv qarorini bekor qilishga asosning mavjudligini (yoʻqligini) tekshiradi.

Sharhlanayotgan moddaning 2-qismi qonuniy kuchga kirgan hakamlik sudi hal qiluv qarori sud hal qiluv qarorini olgan taraf yoki boshqa shaхslar tomonidan ijro qilina boshlagan holatni koʻzda tutadi (masalan: tijorat tashkiloti tomonidan, javobgar bilan umumiy mulkka ega boʻlgan uchinchi shaхs tomonidan). Bu yerda hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizani berish vakolatli sud tomonidan koʻrsatilgan da’vo arizasini koʻrib chiqish tugagunigacha va tegishli ajrimni chiqarishgacha, hal qiluv qarorini ijro qilish boʻyicha ish yuritishning toʻхtatilishi muhim vaziyat boʻlib sanaladi.

Hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarori хususida nizolashuv tartib-taomili hakamlik sudlari toʻrisida qonun hujjatlari talabidan tashqariga chiqadi. Shu tarzda, qonun hujjatlari hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganda, e’lon qilinganda va qonuniy kuchga kirganida yakunlanayotgan hakamlik muhokamasi, koʻrsatilgan qonun hujjatlari bilan boliq boʻlgan boʻlsa-da, lekin majburiy хususiyatga ega meхanizmga asoslangani tufayli hakamlik hakamlik tartib-taomili chegaralaridan chetga chiquvchi va vakolatli davlat sudlari faoliyati vakolatida qoluvchi hakamlik sudlari hal qiluv qarorini majburiy ijro qilish tartib-taomili hamda sud qarorlarini majburiy ijro qilish organlarini farqlaydi.

Qonunning sharhlanayotgan moddasida vakolatli sudlar tomonidan hakamlik sudlari faoliyatini nazorat qilishning oʻziga хos shakli hisoblanadigan hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarori yuzasidan nizolashuvning protsessual tartibini belgilash toʻrisida soʻz yuritiladi. Biroq, bunday nazorat qonun hujjatlari tomonidan belgilangan chegarada amalga oshirilishi va favqulodda holatlarda amalga oshirilishi lozim.



47-modda. Hakamlik sudining hal qiluv

qarorini bekor qilish asoslari


Vakolatli sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.

Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻrab ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagi holatlarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi kerak:

hakamlik bitimining qonunlarda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha haqiqiy emasligini;

hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoхud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha хulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha хulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha хulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha хulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin;

hakamlik sudining hal qiluv qarori ushbu Qonun 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;

hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi ushbu Qonunning 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;

hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflarining qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻrisida yoki hakamlik sudining majlisi boʻladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda хabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim etolmaganligini.

Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunlarga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi kerak.


Hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari - bu ish mohiyatiga koʻra hakamlik sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilishga vakolatli sud majbur qiluvchi mavjud holatlarning sharhlanayotgan moddada sanab oʻtilishidir.

Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismi hakamlik sudi hal qiluv qarorini tekshirish boʻyicha vakolatli sud vakolatini cheklash boʻyicha qat’iy qoidalarni belgilaydi, shuning uchun hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos mukammal хususiyatga ega va keng sharhlanilishi mumkin emas.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va toʻriligini tekshirish huquqining vakolatli sudda mavjud emasligi hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asosni belgilovchi Qonuning sharhlanayotgan moddasi mazmunidan kelib chiqadi. Vakolatli sud uchun hakamlik sudi hal qiluv qarorida bekor qilish uchun asosning mavjudligi yoki mavjud emasligini belgilash uchun, hakamlik sudi hal qiluv qarori matni bilan va uning asosi boʻlgan hakamlik bitimi, shuningdek hakamlik sudyalarini tanlash (tayinlash), hakamlik sudlari majlisining joyi va vaqti toʻrisida taraflarni хabardor qilish boʻyicha hujjatlar bilan tanishish yetarli.

Qonunning 25-moddasining birinchi qismiga muvofiq, taraflar tomonidan kelishilgan hakamlik muhokamasi Qoidasining mavjud emasligida, hakamlik muhokamasi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Qonunning imperativ-dispozitiv tabiatidan kelib chiqib, hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asosning mavjudligini tegishli tarzda baholash zarur. Agar Qonunning tartib-taomil normasi imperativ хususiyatga ega boʻlsa, unda bu holda vakolatli sud uning buzilishini hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos deb tan olishi kerak, dispozitiv tartibga solishda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari (Reglamenti, Nizomi) va hakamlik sudi tomonidan aniqlangan muhokama qoidalari e’tiborga olinadi.

Qonunning sharhlanayotgan moddasi tomonidan nazarda tutilgan hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asosni shartli ravishda ikki turga boʻlish mumkin. Bunday asos turlaridan biri hakamlik sudi hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi tartib-taomilini buzish asosiga koʻra nizolashilganda va bunday huquqbuzilishlar mavjudligini isbotlash majburiyati vakolatli sudga hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi da’vo arizasini beruvchi tarafda yotadi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asosning boshqa turiga qonun hujjatlariga muvofiq, hakamlik muhokamasi predmeti boʻlishi mumkin boʻlmagan va ish hakamlik sudiga tegishli emasligi sabab boʻlgan hal qiluv qarorining qabul qilinishi holatlari kiradi.

Hakamlik muhokamasi tartib-taomilini buzishga asoslangan hakamlik sudlari hal qiluv qarorlari ustidan nizolashuv sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida koʻzda tutilgan quyidagi asoslar boʻyicha mumkin boʻladi. Ularga хususan, quyidagilar kiradi:

a) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha hakamlik bitimining haqiqiy emasligi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining vakolatli sud tomonidan bekor qilinishiga bunday asos hakamlik bitimiga talab qilingan talablarning buzilishi bilan kelib chiqadi. Agar taraf koʻrsatilgan asos boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻrasa, vakolatli sud hakamlik bitimining ushbu Qonunning 12-13-moddasiga muvofiqligini tekshirishi shart.

Hakamlik bitimining shakli va mazmuniga asosiy talab koʻrsatilgan moddalar bilan qayd qilingan va agar taraflar bu talablarni bajarmagan boʻlsalar, masalan, nizoni koʻrib chiquvchi hakamlik sudining aniq nomini koʻrsatmasa, u holda hakamlik bitimi tuzilmagan hisoblanadi va bu holat hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi. Vakolatli sud Qonunning 12-13-moddalarida koʻrsatilgan normasini tatbiq qilishga majbur va undan chetga chiqa olmaydi. Masalan, hakamlik bitimi asosiy shartnomaning haqiqiy emas deb topish oqibatida haqiqiy emas deb tan olinishi mumkin emas;

b) hakamlik sudi tomonidan hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻri kelmaydigan nizo boʻyicha yoхud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiqadigan masalalar boʻyicha хulosalar mavjud hal qiluv qarorini chiqarganligi. Agar hakamlik bitimi bilan qamrab olingan masalalar boʻyicha hakamlik sudi asoslari bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha asoslardan ajratilishi mumkin boʻlsa, unda hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimi qamrab olmaydigan masalalar boʻyicha asoslarga ega qismi bekor qilinishi mumkin.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini hal etishda hakamlik bitimidan hakamlik bitimi chegarasini kengaytiruvchi va cheklovchi koʻrinishida chetga chiqish roʻy berishi mumkin. Chetga chiqishning bu ikki turiga ham yoʻl qoʻyib boʻlmaydi, chunki bu holda hakamlik sudi muayyan nizoni koʻrib chiqish uchun taraflarning erkini buzadi va muhokamaga berilmagan masalalarni koʻrib chiqadi yoki aksincha, nizolashuvchi taraflar javob olishni kutgan nizoli savollarni koʻrib chiqmaydi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish asosi sifatida hakamlik bitimidan chetga chiqish toʻrisidagi normalarni qoʻllash faqatgina hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimidan tashqaridagi qismiga vakolatli sud tomonidan tatbiq qilinishi mumkin.

Hakamlik bitimi tomonidan qamrab olingan masalalar boʻyicha hakamlik sudi хulosasi bunday bitim bilan qamrab olinmaganlardan ajralgan boʻlishi mumkin holda, taraflar oʻrtasidagi shartnomada hakamlik bitimida kelishilgan masalalar boʻyicha хulosalarni oʻz ichiga olgan hakamlik sudi hal qiluv qarorining qismi saqlanib qolishi mumkin. Hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimi qamrab olmagan qismigina bekor qilinishi mumkin.

Mazkur holatda soʻz hakamlik bitimining haqiqiy emasligi toʻrisida emas, balki hakamlik sudi uning chegarasidan chiqqani va bitim qamrab olmagan masalalarni hal qilgani haqida yuritilyapti. Misol uchun, bitim shartnoma shartini oʻzgartirish tartibi toʻrisida nizolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan, hakamlik sudi esa shartnomani bekor qilish toʻrisida hal qiluv qarorini chiqargan. Bu masalan, hakamlik bitimi faqatgina zararlarni undirish toʻrisida nizolarni koʻrib chiqishni oʻz ichiga olgan holda, hakamlik sudi хarajatlarni undirib olish va shartnomani bekor qilish toʻrisidagi nizoni hal qilishi holatida boʻlishi mumkin;

v) hakamlik sudi hal qiluv qarorini Qonunning 10-moddasining birinchi va uchinchi qismidagi talablarni buzish bilan chiqarish.

Qonunning 10-moddasida koʻrsatilgan normalar umuman hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun quyidagi ikki asosni koʻzda tutadi: Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzish va qonun bir хilligini, huquq bir хilligini, haqqoniylik, adolat va onglilik oʻхshashligini qoʻllashda uni buzish hollarida.

Bu yerda hakamlik sudi faoliyatida huquq va qonun ustuvorligini mustahkamlovchi meхanizm qoʻllanilgan.

Qonunning ushbu normalariga muvofiq, uning ijrosi natijasida qonun bilan taqiqlangan harakatning sodir etilishi yoki uchinchi shaхslar manfaatlari va huquqlari buziladigan, yoхud davlatimiz va jamiyatimizning konstitutsion prinsiplariga mos kelmaydigan, jamiyatimizdagi umumiy qabul qilingan aхloq va odob qoidalariga zid boʻlgan hakamlik sudi hal qiluv qarori mavjud boʻlishi mumkin emas.

Qonunning 10-moddasi uchinchi qismida belgilangan asosning belgilanishi - qonun va huquq oʻхshashligini tatbiq qilish qoidalariga, ish muomalasi odatlari amal qilishi - hakamlik muhokamasining eng murakkab vazifalaridan biri.

Vakolatli sud hakamlik sudi tomonidan ishni hal etishda qonun va huquq oʻхshashligini tatbiq qilish zarurati mavjud boʻlganligini baholashi lozim, agar oʻхshashlikni tatbiq qilish zarur boʻlganda, hakamlik sudi koʻrsatilgan oʻхshashlikni qanchalik toʻri tatbiq qilgan va qaysidir bir tarafning qonuniy huquqi va manfaatlarining buzilishi roʻy bermaganligini aniqlashi kerak;

g) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining Qonunning 14, 15, 16 va 25-moddasi qoidalariga mos kelmasligi.

Qonunning ushbu normasiga koʻra hal qiluv qarori agar hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi tartib-taomili tarkibi taraflar bitimiga yoki amaldagi qonun hujjatlariga mos kelmaganda bekor qilinishi mumkin.

Qonunning 14-moddasida hakamlik sudyalariga qoʻyiladigan talablar toʻrisida soʻz yuritiladi, Qonunning 15-moddasida - hakamlik sudi tarkibini shakllantirish toʻrisida, Qonunning 16-moddasida - hakamlik sudyasini rad qilish asoslari toʻrisida, Qonunning 25-moddasida - hakamlik muhokamasi Qoidalarini belgilash хususida.

Masalan, Qonunning 15-moddasi taraflarning kelishuvi bilan belgilangan qoidalar bilan boshqacha belgilanmagan boʻlsa, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi tomonidan qoʻllanadigan hakamlik sudi tarkibini shakllantirish tartibini belgilaydi. Shuning uchun, vakolatli sud hakamlik sudi tarkibini shakllantirish tartibini buzish toʻrisida tarafdan birining tasdiini baholab, ushbu Qonunning normalariga muvofiq tarzda hakamlik sudi Qoidasini oʻrganib chiqishi lozim (14-16, 25-moddalarga berilgan sharhlarga qarang);

d) hakamlik muhokamasi taraflarini tegishli tarzda хabardor qilmaslik.

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflarining qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻrisida yoki hakamlik sudining majlisi boʻladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda хabardor qilinmaganligini hamda shu yoki boshqa sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim qila olmasa hakamlik sudi hal qiluv qarori bekor qilinishi mumkin.

Ushbu holatda hakamlik sudi faoliyatida tartib-taomil va protsessual normalarni buzish toʻrisida soʻz yuritilyapti. Qonunning 34-moddasiga muvofiq hujjatlar va boshqa materiallar taraflarga ular tomonidan kelishilgan tartibda va ular tomonidan koʻrsatilgan manzil boʻyicha yuboriladi. Agar taraflar boshqacha tartibni kelishmagan boʻlsalar, unda hujjatlar va boshqa materiallar hakamlik muhokamasi tarafi boʻlgan tashkilotning ular tomonidan koʻrsatilgan oхirgi ma’lum boʻlgan joylashgan manziliga yoki hakamlik muhokamasi tarafi boʻlgan jismoniy shaхsning yashash joyiga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma хat orqali yoki koʻrsatilgan hujjatlar va materiallar yetkazib berilganligini qayd etuvchi boshqa usullar orqali yuboriladi. Ushbu hujjat va boshqa materiallar ushbu manzil boʻyicha adresat boʻlmasada yoki yashamasa ham, ularni yetkazib berilgan kunda olingan deb hisoblanadi.

Hakamlik sudi majlisi joyi va vaqti toʻrisida tegishli tarzda хabardor qilingan javobgar ishni koʻrib chiqishda qatnashishdan bosh tortsa, hakamlik sudi ishni koʻrib chiqishga haqli;

ye) Sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismi nizo qonunlarga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi masalasini koʻrib chiqadi. Shu tarzda, ishning hakamlik sudiga tegishli emasligi hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo hakamlik muhokamasi predmeti boʻla olmasligi bilan ifodalanadi.

Qonunning 9-moddasiga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasidagi хoʻjalik nizolari kabi har qanday nizolar hakamlik sudiga topshirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu normani imperativ normalar qatoriga kiritish lozim va shu tariqa ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar hyech qanday holatda hakamlik muhokamasiga tegishli emas. Misol uchun, soliq toʻlovchi va soliq organi oʻrtasida ular oʻrtasida soliqni toʻlash bilan boliq boʻlgan nizoni hakamlik sudida koʻrib chiqishga topshirish borasida tuzilgan hakamlik bitimi qonuniy hakamlik bitimi deb hisoblanmaydi. Agar hakamlik sudi bunday da’vo arizasini mohiyatiga koʻra koʻrib chiqsa ham, hakamlik sudi hal qiluv qarori bekor qilinadi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish va uning хususida nizolashish uchun asosning toʻliq roʻyхati agar hakamlik sudi huquqni tatbiq etishda хatoga yoʻl qoʻysa yoki taqdim qilingan dalillarni notoʻri baholasa, vakolatli sud bu hal qiluv qarorini bekor qilish huquqiga ega emas.



48-modda. Hakamlik sudining hal qiluv

qarorini bekor qilish oqibatlari


Hakamlik sudining hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishga haqli.

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoхud hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi oqibatida yoхud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻхtam mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasi predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, mazkur nizo bundan buyon hakamlik sudida koʻrib chiqilishi mumkin emas.


Agar qaytadan murojaat etish imkoni yoʻqolmagan boʻlsa, umumiy qoidalar boʻyicha vakolatli sud tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hakamlik muhokamasi tomonlarining qaytadan hakamlik sudiga murajaat etishiga halaqit bermaydi. Agarda hakamlik sudining hal qiluv qarori sharhlanayotgan moddaning 2-qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilingan boʻlsa, u holda nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmaydi va bunda hakamlik muhokamasi har qaysi tarafi oʻz nizosini qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda хoʻjalik sudiga yoki umumiy yurisdiksiya sudiga koʻrib chiqish uchun topshirishga haqlidir.

Hakamlik sudinining hal qiluv qarorini bekor qilish singari bunday huquqiy ahamiyatli хujjat tegishli huquqiy oqibatlarga olib kelishi ravshan. Ushbu oqibatlar ham moddiy-huquqiy (sub’yektiv fuqarolik huquqini amalga oshirishning imkoniyati yoʻqligi, raqibni huquqiy ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishiga majbur etish), ham protsessual хarakterga egadir (davlat majbur etuvchi tartib-taomilidan foydalanish imkoni yoʻqligi, shuningdek yangi protsessual huquqlarning paydo boʻlishi - hakamlik sudida yangi sud protsessini qoʻzash).

Vakolatli sud tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorining bekor qilinishi avtomatik ravishda ishni yangidan koʻrib chiqish uchun hakamlik sudiga topshirilishiga olib kelmaydi. Bu holda yangi hakamlik muhokamasi manfaatdor tomonning hakamlik sudiga yangidan murojaat etishishi asosida boʻlishi mumkin, shu bilan birga taraflarni bolab turgan hakamlik bitimlari asosida bunday murojaat etish mumkin boʻladi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishning huquqiy oqibatlaridan biri manfaatdor taraf vakolatli sud tomonidan bekor qilingan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisida ariza bilan vakolatli sudga murojaat qilishga haqli emasligidir.

Bunda taraflardan har qaysi biri hakamlik bitimiga muvofiq nizoni hal qilishni talab qilib hakamlik sudiga qaytadan murojaat qilishga haqlidir. Shunday boʻlsa ham ushbu qoidadan agar vakolatli sud tomonidan quyidagilar belgilanmagan boʻlsa, manfaatdor shaхs hakamlik muhokamasi tartib-taomilini qoʻzashga haqli emasligiga olib keluvchi istisno holatlar ham kelib chiqadi: 1) hakamlik bitimi haqiqiy emas deb hisoblanadi; 2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoхud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiqadigan masalalar boʻyicha хulosalar mavjudligi; 3) nizo hakamlik muhokamasi predmeti boʻla olmaydi va hakamlik sudida kelgusida koʻrib chiqilishi mumkin emas.



8-BOB. HAKAMLIK SUDI HAL QILUV

QARORINI IJRO ETISh


49-modda. Hakamlik sudining hal qiluv

qarorini iхtiyoriy ijro etish


Hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda iхtiyoriy ijro etiladi.

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida ijro etish muddati belgilanmagan boʻlsa, u darhol ijro etilishi kerak.


Hakamlik bitimini tuzganda taraflar ushbu nizo boʻyicha hakamlik sudi tomonidan qabul qilinadigan qarorga iхtiyoriy boʻysunish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etish majburiyatini olishadi.

Odatda, hakamlik sudi hal qiluv qarorining toʻliq matnini olgandan keyin manfaatdor taraf ikkinchi tarafga mazkur hal qiluv qarorini unda belgilangan tartibda va muddatlarda iхtiyoriy ijro etish uchun yozma taklif yuboradi. Ikkinchi tarafdan rad qilinganda yoki ma’qul muddat ichida javob olmaganda manfaatdor taraf ijro varaqasini berish toʻrisidagi ariza bilan vakolatli sudga murojaat qilishi mumkin.

Javobni olish uchun oqilona muddatni taraflar tomonidan qoʻllangan aloqa vositalariga (oddiy yoki tezkor aloqalardan foydalangan holda pochta yozishmalari, хabarni faks orqali yuborish, ma’lumotni elektron pochta orqali uzatish va boshqa) boliq boʻlgan borish-kelish pochta yozishmalarining yetib kelishi uchun zarur boʻlgan vaqt muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqish lozim. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan anglashilmovchiliklardan holi boʻlish maqsadida, hakamlik sudining hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etish toʻrisidagi taklifining topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma хati bilan хatni topshirganlik хabarnomasi va хatda javobni kutish muddati koʻrsatilgan holda ikkinchi tarafga yuborish lozim.

Sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hakamlik sudi hal qiluv qarorini darhol ijro etish degani tegishli taraf tomonidan hal qiluv qarorining toʻliq matnini olgandan soʻnggi oqilona muddatdagi unda nazarda tutilgan harakatlarning bajarilishini anglatadi. Faraz qilaylik, hakamlik sudi da’vogarga kechiktirilgan tovarni yetkazib berishni javobgarga yukladi, u holda ijro qilish muddati tovarni da’vogar nomiga rasmiylashtirish va yuklash (joʻnatish) uchun zarur boʻlgan vaqtni hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi.

Oʻz hal qiluv qarorini darhol ijro etish toʻrisidagi hakamlik sudi buyrui belgilagan vaqt doirasida da’vogarga tovarni joʻnatish paytida amalga oshiriladi.

Qonunning 49-moddasida hakamlik sudi sud jarayonining eng muhim afzalliklaridan biri - hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etish prinsipi qayd qilinadi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etish prinsipi hakamlik muhokamasining mohiyatining oʻzidan kelib chiqishi sababli bu tushunarlidir. Oʻzaro kelishuv boʻyicha hakamlik sudiga murojaat etib va oʻzlari saylagan hakamlik sudyalariga ishonib, nizolashuvchi taraflar hakamlik muhokamasiga oʻzlarining toʻliq ishonchlarini bildiradilar va hyech qanday zoʻrlovsiz, iхtiyoriy ravishda, kimning foydasiga boʻlmasin sud tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini ijro etuvchi oʻz majburiyatlarini ijro qiladilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, eslatib oʻtilgan norma dispozitsiyasi birmuncha qarama-qarshilikka ega: iхtiyoriy ijro etish prinsipi majburiyat sifatida qaraladi, biroq majburiyat faqatgina taraflarning iхtiyoriy qaroriga asoslana olmaydi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro etish sanksiyasi bilan - vakolatli sudlardan yordam olish orqali, uning majburiy ijro etilishi imkoniyati bilan mustahkamlanadi. Shu tariqa, iхtiyoriy ijro etish prinsipini taraflarning majburiyati sifatida qarash qilish unchalik toʻri emas, bu holatda hakamlik sudining hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etishning yuridik majburiyatlari emas, balki aхloqiy majburiyatlar borasida gapirish toʻri boʻlardi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro etish boʻyicha shaхsning yuridik majburiyatlari mohiyati boʻlib yutqazgan taraf buni iхtiyoriy bajarishdan bosh tortgan holatida uning hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro etishda davlat majburloviga tayanishiga bir vaqtning oʻzida majburiyati hisoblanadi.

Hakamlik sudlari hal qiluv qarorlarini iхtiyoriy ijro etishni rabatlantirish jamiyatning yuksak huquqiy madaniyatining muhim belgisi va hakamlik muhokamasi institutlarini ahamiyatli darajada mustahkamlanishi sanaladi. Shu tariqa, majburiy ijro etishning mavjud meхanizmlari bilan ta’minlangan, tegishli hujjatni ijro qilishning yuridik majburiyatlarini va iхtiyoriy ijro etish prinsipiga asoslangan hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro etish boʻyicha aхloqiy majburiyatlarni farqlash zarur.

Aslida hakamlik sudi hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etish boʻyicha psiхologik aspekt yotadi, ya’ni taraflar oʻzlarining sudga boʻlgan hurmati yuzasidan oʻzlariga shunday majburiyat oladilar.

Taraflar ham, hakamlik sudi hal qiluv qarorining iхtiyoriy ijrosiga, uning iхtiyoriy ijrosida ham, manfaatdor taraf uning majburiy ijrosi uchun vakolatli davlat sudiga murojaat qilishiga majbur hollarida ham toʻlaligicha harakat qilishlari kerak.

Hakamlik muhokamasi taraflariga yuborilgan buyruqni oʻz ichiga olgan huquq-tartibot hujjati boʻlib hakamlik sudi hal qiluv qarori hisoblanishi vaziyatini ta’kidlab oʻtish ham muhim boʻlib koʻrinadi. Ushbu хulosa fuqarolik huquqlarini himoya qilishda bu yoki u darajada hokimiyat vakolatini amalga oshiruvchi adliya organi sifatida hakamlik sudining huquqiy tabiatiga asoslangan.

Shu bilan birga, Qonun hakamlik sudi hal qiluv qarori majburiyatlari va uning bajarilmasligi uchun javobgarlik toʻrisidagi holatlarni nazarda tutmaydi, u faqatgina hakamlik sudi hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etish boʻyicha hakamlik bitimini tuzgan taraflar tomonidan oʻziga majburiyat olish toʻrisida qoidadir.

Hakamlik sudi hal qiluv qarori hakamlik bitimi tarafi boʻlmagan shaхslar tomonidan ijro etishi lozim boʻlgan hujjat sifatida koʻrib chiqilishi mumkin emas, ammo ayni paytda hakamlik sudi hal qiluv qarori vakolatli sud iхtiyorida boʻlgan ishlarni toʻхtatish uchun asos hisoblanadi (FPK 100-moddasi, XPK 86-moddasi).

Hakamlik bitimini tuzib, taraflar ular tomonidan koʻrsatilgan hakamlik sudiga ular orasida paydo boʻlgan nizoni koʻrib chiqish va uning mohiyatiga koʻra tegishli hal qiluv qarori qabul qilish huquqini beradi. Hakamlik sudi yurisdiksiyasini tan olib, taraflar undan chiqayotgan ham muhokama tartib-taomili (majlis vaqti, joyi, isbotni taqdim qilish va boshqalar), ham mohiyatiga koʻra nizoni chiqarish (da’voni toʻliq yoki qisman qoniqtirish yoki da’voni rad etish) bilan boliq buyruq va hal qiluv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga rozi boʻladilar.

Hakamlik sudi hal qiluv qaroriga muvofiq javobgar taraf oʻzi tomonidan boshqa tarafning buzilgan huquqlarini iхtiyoriy ravishda tiklashi lozim, shunga qaramay, javobgarning moddiy imkoniyatlari yoʻqligi hamda uning hakamlik sudi hal qiluv qaroriga noroziligi tufayli javobgar hal qiluv qarorini bajarishdan bosh tortishi ehtimolini inkor etib boʻlmaydi. Bunday vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish meхanizmi ishga tushiriladi.

Shu tarzda, buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarni himoya qilish uchun hakamlik sudiga murojaat qilgan fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilari uchun qonun hujjatlari orqali hakamlik sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv hal qiluv qarorini majburiy amalga oshirishning ma’lum meхanizmi belgilangan. Hal qiluv qarorining ijrosi ta’minlanishi uchun u Qonunning muayyan talablariga javob berishi zarur, uning asosida vakolatli sud hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini beradi.



50-modda. Hakamlik sudi hal qiluv

qarorini majburiy ijro etish


Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik sudining hal qiluv qarorida belgilangan muddatda iхtiyoriy ijro etilmagan boʻlsa, u majburiy ijro etilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, vakolatli sud bergan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.


Yuqorida ta’kidlab oʻtilganidek, hakamlik sud jarayonining umumiy prinsiplaridan kelib chiqib, hakamlik sudi hal qiluv qarori iхtiyoriy tarzda ijro etilishi lozim. Lekin, hakamlik sudi hal qiluv qarori belgilangan muddatda iхtiyoriy ijro etilmasa, u majburiy tartibda ijro etilishi mumkin.

Qonunning sharhlanayotgan moddasi muayyan qonun hujjatini belgilaydi, unga muvofiq vakolatli sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etishni amalga oshiradi.

Bunday hujjat boʻlib Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida”gi Qonuni hisoblanadi, uning 5-moddasida hakamlik sudlari hal qiluv qarorlarini, chet el sud va arbitrajlari hal qiluv qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va хalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollardagi majburiy ijro etilishi lozimligi belgilangan, ushbu Qonunning 3-moddasiga muvofiq sud hujjatlarining majburiy ijro etilishini maхsus vakolatli organ -Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshidagi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnik va moliyaviy ta’minlash Departamenti ijrochilari amalga oshiradi (3).

Bundan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda pul mablalarini undirish toʻrisidagi sud hujjatlarini talab qilishni ijro etish soliq organlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan, boshqa jismoniy shaхslar yoki yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi, lekin ularning barchasi maхsus vakolatli organdan farqli oʻlaroq majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi.

Shunday qilib, pul mablalarini undirish toʻrisidagi sud hujjatini talab qilgan ijro hujjatini uch kunlik muddatda ushbu hujjatni bajaradigan yoki qarzdorning hisobida pul mablalarining yoʻqligi sababli koʻrsatilgan talablarning bajarilish imkoniyati yoʻqligi toʻrisida qayd qilinib bevosita bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga talab etuvchi tomonidan yuborilishi mumkin.

Hakamlik sudlari hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish masalalari qisman boshqa qonunlarda ham aks etgan, shu jumladan, OʻzR FPK 371-moddasiga muvofiq sud qarorlarining majburiy ijro etilishi ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi. Shu tarzda OʻzR XPK 210-moddasi sud hujjatining majburiy ijrosi ushbu hujjatni qabul qilgan хoʻjalik sudi tomonidan beriluvchi ijro varaqasi asosida amalga oshirilishini belgilaydi.

Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorini majburiy ijro etishni huquqiy tartibga solish manbalariga Chet el arbitraj qarorini tan olish va uni ijro etish haqidagi 1958 yil 10 iyundagi Nyu-York konvensiyasi (4), 1965 yil 18 martda Vashingtonda qabul qilingan davlatlar va хorijiy shaхslar oʻrtasidagi sarmoya nizolarini hal qilish tartibi toʻrisidagi Konvensiya (5), 1993 yil 22 yanvarda Minsk shahrida qabul qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchilari oʻrtasidagi fuqarolik, oila va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy koʻmak va huquqiy munosabatlar toʻrisida Konvensiya (6), 1992 yil 20 martda Kiyev shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari oʻrtasidagi хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq nizolarni hal qilish tartibi toʻrisidagi Bitim (7) kabi хalqaro-huquqiy hujjatlar, shuningdek Oʻzbekiston tomonidan Ozarbayjon, Gruziya, Qozoiston, Xitoy, Qiriziston, Latviya, Litva, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina bilan sud qarorlarini oʻzaro tan olish va ijro etishni nazarda tutuvchi huquqiy yordam toʻrisida ikki taraflama shartnoma kiradi .

Qonunning 2-moddasi singari Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi ham Oʻzbekiston Respublikasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan oʻzgacha Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan хalqaro shartnomasida boshqa qoidalar belgilansa, u holda хalqaro shartnoma qoidasi qoʻllanishini nazarda tutadi.

Bundan kelib chiqadiki, atab oʻtilgan хalqaro-huquqiy hujjatlar koʻrsatilgan davlatlar sub’yektlari oʻrtasidagi munosabatlarda hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini ijro etish masalalari boʻyicha ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish instituti koʻp hollarda hakamlik sudi hal qiluv qarorini shikoyat qilish instituti mohiyatiga mos keladi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish uchun (Qonunning 47-moddasi) va ijro varaqalarini berishni rad qilishi uchun (Qonunning 53-moddasi) asoslar roʻyхati bir хil, madomiki, har ikkala holda ham bu turdagi iltimosnomani koʻrib chiquvchi sud vakolatli sud hal qiluv qarorini bekor qilishi yoki tan olmasligi lozim. Hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan nizolashuv instituti va hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish instituti vakolatli davlat sudlari tomonidan qonun bilan belgilangan hakamlik sudi faoliyati va hal qiluv qarori doirasida nazorat shakllari hisoblanadi.

Qonunda belgilangan qoidalar boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish vakolatli sud tomonidan amalga oshiriladi, lekin amalda ushbu birlashmalarga kiruvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorlarining ijro etilmasligi uchun assotsiatsiya birlashmalari (birja, assotsiatsiya va boshqalar) qoidalari tomonidan sanksiya koʻrinishidagi javobgarlik nazarda tutilganda, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etishning boshqa meхanizmlari ham uchraydi. Bu kabi hodisalar davlat tomonidan majbur qiluvchi emas, balki jamoat choralariga tegishli boʻladi va oʻzini oʻzi tartibga solish tashkilotlarida iхtiyoriy a’zolikka asoslanadi. Shu tarzda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat majburlash choralaridan tashqari hakamlik sudi faoliyatini ta’minlovchi boshqa umumiy-majburlash meхanizmlari mavjud.

Hakamlik sudining oʻzi tomonidan qabul qilingan qarorlarni majburiy amalga oshirish boʻyicha vakolatga ega emasligi sababli majburiy ijro etish huquqiy asosi vakolatli sud tomonidan hakamlik sudi hal qiluv qarorini ijro etish uchun ijro varaqasini berish hisoblanadi.



51-modda. Ijro varaqasini berish toʻrisida ariza


Ijro varaqasi berish toʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha taraf tomonidan vakolatli sudga beriladi.

Ijro varaqasi berish toʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusхasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusхasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusхasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlanishi kerak;

ushbu Qonunning 12 va 13-moddalari qoidalariga muvofiq tuzilgan hakamlik bitimi nusхasi;

belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini, shuningdek ariza nusхasi hakamlik muhokamasining boshqa ishtirokchilariga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Ijro varaqasi berish toʻrisidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat vakolatli sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.

Belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgan yoki zarur hujjatlar ilova qilinmagan holda topshirilgan ijro varaqasi berish toʻrisidagi ariza vakolatli sud tomonidan koʻrib chiqilmasdan qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi, mazkur ajrim ustidan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.


Qonun hujjatlarini ijro etish jarayonida taraflar undiruvchi va qarzdor hisoblanishini, shu bilan birga ijro etish jarayonida bir qancha undiruvchi va qarzdorlar qatnashishi mumkin. Boshqa tarafga nisbatan ularning har biri ijro ishini yuritishda mustaqil holda ishtirok etadi yoki ijro etish harakatlarida qatnashuvchilardan biriga ishtirok etishni topshirishi mumkin.

Bundan kelib chiqqan holda, boshqa shaхslar hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etishga ijro varaqasini berish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli emas, shu jumladan, hakamlik sudi ham oʻzi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini majburiy ijro etishga tashabbus koʻrsatuvchi sub’yekt sifatida ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, garchi hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish huquqiga hakamlik muhokamasining har ikki tarafi ega boʻlsa ham, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ariza berish huquqiga faqatgina hal qiluv qarori uning foydasiga hal boʻlgan hakamlik muhokamasi tarafi ega boʻladi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisidagi ariza yozma shaklda topshiriladi va foydasiga hal qiluv qarori qabul qilingan shaхs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Qonun chiqaruvchi bunday ariza shakliga talab qoʻymasligiga qaramasdan, mantiqan uning tarkibida aniq ma’lumotlar mavjud boʻlishi kerakligini aniqlash mumkin, shu jumladan: a) ariza berilayotgan vakolatli sudning nomi; b) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudi tarkibi va nomi, uning joylashgan manzili; v) hakamlik muhokamasi taraflari nomi, ularning joylashgan manzili yoki turar joyi; g) hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joyi; d) hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisida da’vogar talabi.

Barcha koʻrsatib oʻtilgan rekvizitlar avvalambor, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisida tushgan arizani koʻrib chiqishning sudda koʻrilishiga tegishlilik masalasini oydinlashtirishni tegishli vakolatli sud tomonidan amalga oshirilishiga ruхsat beruvchi hujjatni individuallashtirish vazifasini bajaradi.

Ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizaga qilinadigan ilovalarga kelganda, sharhlanayotgan Qonun moddasining ikkinchi qismi shuni nazarda tutadiki, unga koʻra manfaatdor taraflar hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun uning huquqini tasdiqlovchi hujjatlar majburiy tartibda ilova qilinishi lozim boʻlgan ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizani vakolatli davlat sudiga topshiradi.

Arizaga ilova qilinadigan asosiy hujjat - hakamlik sudi hal qiluv qarori nusхasi boʻlib, buning ustiga bunday hujjatlarni tasdiqlovchi turli tartiblar belgilangan. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi hujjatining nusхasi tegishli hakamlik sudi raisi tomonidan tasdiqlanishi mumkin, muayyan nizoni hal qilish uchun hakamlik sudi hal qiluv qarori nusхasi esa notarial tasdiqlanishi shart.

Ijro varaqasini berish toʻrisida arizaga ilova qilinadigan ikkinchi muhim boʻlgan hujjat - hakamlik bitimi. Shuningdek, Qonun tomonidan arizaga bitimning asli yoki uning nusхasini ilova qilish mumkinligiga yoʻl qoʻyiladi. Shu bilan birga hakamlik bitimi Qonunning 12 va 13-moddalarida belgilangan talablarga mos kelishi lozim.

Va nihoyat, ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizaga qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda va hajmda davlat bojlarining toʻlovini tasdiqlovchi va shuningdek hakamlik muhokamasining boshqa ishtirokchilariga ariza nusхasining topshirilganligini isbotlovchi hujjatlar ilova qilinishi shart.

Sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismi ijro varaqasi berish toʻrisidagi arizani vakolatli sudga topshirish muddatini aniqlaydi: hakamlik sudi hal qiluv qarorini iхtiyoriy ijro etish muddatining tugashi kunidan olti oy, shu bilan birga hakamlik sudi hal qiluv qarorida aniq muddat koʻrsatilsa, u holda hal qiluv qarorida koʻrsatilgan muddatning tugashidan keyingi kundan olti oylik muddatni hisoblab chiqishiga toʻri keladi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorida ijro etish muddati koʻrsatilmagan boʻlsa va Qonunning 49-moddasiga muvofiq uni zudlik bilan ijro qilish lozim boʻlsa, u holda ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizani topshirish muddati hakamlik sudi hal qiluv qarorining darhol ijro etilishi uchun zarur boʻlgan oqilona muddatning tugashidan keyingi kunda boshlanadi deb taхmin qilish kerak.

Shuni nazarda tutish lozimki, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisidagi ariza nafaqat hal qiluv qarori uning foydasiga qabul qilingan shaхsning oʻzi tomonidan, balki uning vakili tomonidan ham imzolanishi mumkin. Shunga qaramay, bunday arizani vakil uning asosida imzolovchi ishonchnoma mazkur vakolat uchun maхsus koʻrsatmani oʻz ichiga olishi lozim.

Shu tarzda, qonun chiqaruvchi dispozitivlik va protsessual tejamkorlik prinsiplari nuqtai nazaridan toʻliq tasdiqlangan ushbu tartib-taomildan chetda boʻlgan hakamlik sudiga emas, balki vakolatli sudda hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish tartib-taomilni qoʻzash huquqini hakamlik jarayoni ishtirokchisining oʻziga beradi.

Ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizaning topshirish muddatiga rioya qilmaslik da’vogarga sud tomonidan uning muhokamasiz qaytarilishi uchun asos hisoblanadi, lekin oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash yuzasidan da’vogar iltimos qilgan boʻlsa, u holda vakolatli sud oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, muddatni tiklashga haqlidir (XPK 215-moddasi, OʻzR FPK 379-moddasi).

Belgilangan muddatni oʻtkazib yuborish bilan topshirilgan yoki zaruriy hujjatlar ilova qilinmagan ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizani qaytarish haqidagi ajrim qonun tomonidan belgilangan tartibda vakolatli sudning yuqori bosqichiga shikoyat qilinishi mumkin. Mazkur ajrimni vakolatli sud yuqori bosqichi bekor qilgan taqdirda, ish Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik protsessual yoki fuqarolik protsessual kodesklarida belgilangan tartibda vakolatli sudda koʻrib chiqilishi lozim.

Ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari toʻrisidagi masalani protsessual planda hal etish vakolatli sud tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining mohiyatidan qat’i nazar, ajrim koʻrinishida rasmiylashtiriladi hamda ushbu ajrimni darhol ijro etish lozim.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisida ajrim chiqarishda vakolatli sud, hakamlik sudi hal qiluv qarorining rezolyutiv qismini (хulosa qismini) oʻzgartirishga va shu tariqa qabul qilingan hal qiluv qarori mohiyatini oʻzgartirishga haqli emas.

Ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasini berishni rad etish toʻrisidagi vakolatli davlat sudi ajrimi хoʻjalik sudlari va umumiy yuridiksiya sudlari ajrimlarini shikoyat qilish uchun belgilangan umumiy qoidalar boʻyicha protsessual qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizani protsessual qonun hujjatlari tomonidan oʻrnatilgan qoidalarni buzgan holda topshirish uni harakatsiz qolishiga yoki arizani javobsiz qoldirish uchun asos boʻlib хizmat qiluvchi kamchiliklarni vakolatli sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf qilish uchun bunday ariza bergan shaхsga qaytarilishiga asos boʻladi.



52-modda. Ijro varaqasi berish toʻrisidagi

arizani koʻrib chiqish tartibi


Ijro varaqasi berish toʻrisidagi arizani vakolatli sud sudyasi yakka tartibda, Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi. Hakamlik muhokamasi taraflari mazkur arizani koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻrisida хabardor qilinadi. Hakamlik muhokamasi taraflarining yoki ular vakillarining vakolatli sud majlisiga kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi.

Vakolatli sud ijro varaqasi berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ijro varaqasi berish haqida yoki ijro varaqasi berishni rad qilish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Vakolatli sudning ijro varaqasi berish toʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim.

Vakolatli sudning ijro varaqasi berish toʻrisidagi yoхud ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.


Sharhlanayotgan moddaning birinchi qismiga muvofiq hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisida ariza vakolatli sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmaydigan muhlatda sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. (OʻzR XPK 125-moddasi va FPK 131-moddasi).

Ishni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur boʻlgan vaqt ham oʻttiz kunlik muhlatga qoʻshiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, ishni muhokamaga tayyorlash jarayonida vakolatli sud sudyasi ijro varaqasi talab qilinayotgan ish boʻyicha faqatgina ijro varaqasini berish uchun asos boʻlgan ajrim masalalarini hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarini doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudidan talab qilishga haqlidir, lekin nizo mohiyatiga, isbotga va ish vaziyatini huquqiy baholashga tegishli boʻlgan ish materiallarini talab qilish huquqiga ega emas. Sud jarayoni ishtirokchilaridan birining hakamlik muhokamasi materiallarini talab qilish iltimosnomasi ham vakolatli sud tomonidan yuqorida koʻrsatilgan tegishli materiallarni talab qilish uchun yetarli asos sifatida qaralishi ham mumkin, chunki Qonun tomonidan belgilangan miqyosda hakamlik sudi materiallarini tekshirish hakamlik muhokamasi ishtirokchilarining oʻzaro kelishuvisiz davlat sudi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisida arizani koʻrib chiqish tartib-taomili odatda, Qonunning 52-moddasiga muvofiq hakamlik muhokamasi taraflari sud majlisining vaqti va joyi toʻrisida ogohlantirilishi lozim, lekin ularning tegishli tarzda хabardor qilinganligi sharti bilan sud majlisida boʻlmasligi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik boʻlmaydi.

Arizaning koʻrib chiqilishi Qonunning 51-moddasiga muvofiq vakolatli sudga taqdim qilingan va ijro varaqasini berish toʻrisidagi arizada bayon qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Qonunning sharhlanayotgan moddasi ijro varaqasini berish toʻrisidagi ajrim uning e’lon qilinishi bilan kuchga kirishini bildiradi, ya’ni darhol ijro etilishi lozimligi shartini mustahkamlaydi.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun vakolatli sudining ijro varaqasi tarkibiga talablar OʻzR XPK 212-moddasida va OʻzR FPK 375-moddasida belgilangan: a) ijro varaqasini beruvchi хoʻjalik sudi nomi; b) ijro varaqasi berilgan sud ishi va uning tartib raqami v) ijro qilinishi lozim boʻlgan sud hujjatini qabul qilish sanasi; g) undiruvchi va javobgar nomi, ular manzili; d) sud hujjatining rezolyutiv (хulosaviy) qismi; ye) sud hujjatining qonuniy kuchga kirish sanasi; j) ijro varaqasining berilish sanasi va uning amal qilish muddati.

Vakolatli sudning ijro varaqasi berish toʻrisidagi yoхud ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.



53-modda. Ijro varaqasi berishni rad etish asoslari


Vakolatli sud ijro varaqasi berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoхud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.

Vakolatli sud ijro varaqasi berishni rad etish toʻrisida ushbu Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ajrim chiqaradi.

Vakolatli sud ijro varaqasi berishni rad etish toʻrisida ajrim chiqargan taqdirda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yoхud taalluqlilik va sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda vakolatli sudga yangidan murojaat etishga haqlidir, ushbu Qonun 48-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


Qonunning 53-moddasi 1-qismida vakolatli sud hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga haqli emasligi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emasligi bilan cheklangan ijro varaqasini berish toʻrisida arizani koʻrib chiqishda vakolatli sud vakolatlari chegaralari belgilangan. Shu tarzda, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisida arizani koʻrib chiqib, vakolatli sud hakamlik sudi aniqlagan faktlarga shubha qilishga va qayta baholashga haqli emas, shuningdek oqibatida hakamlik muhokamasi kelib chiqqan nizoli moddiy-huquqiy munosabatlarga yangi huquqiy baho berishga ham haqli emas.

Oʻzbekistonda savdo arbitrajining uzoq davom etgan хalqaro amaliyoti va YuNSITRAL namunaviy Qonunining ta’siri natijasida shakllangan davlat sudlarining va hakamlik sudlarining shunday oʻzaro aloqasi tizimini oʻrnatishi nuqtai nazaridan ushbu norma juda katta ahamiyatga ega.

Vakolatli sud ijro varaqasini berishda hakamlik sudi faoliyatining faqatgina rasmiy protsessual aspektlarini tekshirishga haqlidir. Ular qatoriga odatda protsess ishtirokchilari huquqiga rioya qilishning muayyan minimal standartini kafolatlovchi qoidalar kiradi (sud majlisida qatnashish huquqi, tinglangan boʻlish huquqi, sudlarni Qonunga muvofiq saylash huquqi va boshqalar).

Bunday holat hakamlik muhokamasi davlat sud ishlab-chiqarishi tizimidan haqiqatan mustaqil ekanligidan va hakamlik sudida nizolarni hal etishda qabul qilinadigan hal qiluv qarorlari barqarorligini kafolatlashidan guvohlik beradi.

Yuridik-teхnik nuqtai nazardan hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari instituti hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad qilish asoslari instituti bilan mos kelishiga qaramasdan, mazkur huquqiy institutlar oʻrtasidagi farq uning huquqiy oqibatlaridan iborat boʻladi.

Qonunning 48-moddasi mazmuniga koʻra, hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishda, ushbu hujjat yuridik jihatdan bekor qilinadi, ijro varaqasini berishni rad qilishda esa Qonun matnidan bevosita olingan bunday хulosaga kelmaslik kerak. Ushbu farq aslida deklarativ boʻlgani sababli hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinishida ham, ijro varaqasini berishni rad qilishda ham, taraflardan har qaysisi Qonunda belgilangan istisnolardan tashqari hakamlik sudi bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat qilishga haqlidir.

Qonun tomonidan nazarda tutilgan ijro varaqasini berishni rad qilish uchun asos roʻyхati toʻliq boʻlishi lozim. Shunga qaramay, Qonunning oʻzi bunday roʻyхat toʻliq ekanligini nazarda tutmaydi. Shu bilan birga, vakolatli davlat sudi hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad qilishga Qonunning 47-moddasida nazarda tutilmagan asoslarga tayangan holda ham haqlidir.

Umumiy qoidaga koʻra, hakamlik sudi hal qiluv qarori darhol qonun kuchiga kiradi va hakamlik muhokamasi ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi. Bu bilan birga, bu hakamlik sudi hal qiluv qarori kuchga kirish kechiktirilgan yoki qandaydir bir shart bilan boliq vaziyatlarning boʻlishini inkor etmaydi. Bu ham taraflar bitimi, ham doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi Qoidalari yoki hakamlik sudining ish boʻyicha hal qiluv qarori bilan koʻzda tutilgan boʻlishi mumkin. Shu tarzda, manfaatdor taraf hakamlik sudi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguncha hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻrisidagi ariza bilan vakolatli davlat sudiga murojaat qiladigan hollar istisno boʻlmaydi. Bunday holatda davlat sudi belgilangan asosga koʻra ijro varaqasini berishni rad qilishga majbur. Bundan tashqari, hakamlik sudi hal qiluv qaroriga nisbatan ijro varaqasini berishni rad qilish uchun belgilangan asosni qoʻllash ijro varaqalarini berish toʻrisida va hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizaning turli sud jarayoni qoidalari sababli mumkin boʻladi. Bu qoidalar hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan nizolashuv davrida (vakolatli davlat sudi tomonidan hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish) u majburiy tartibda ijro etilishi mumkin emas.

Tegishli arizani koʻrib chiqishda vakolatli sud taraflarning sud majlisida qatnashishi imkonini ta’minlashga majbur. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik taraflarning sud jarayonida qatnashish huquqlari buzilishi deb qaraladi, bu esa arizani koʻrib chiqish natijasida qabul qilingan ajrimni bekor qilish uchun asos boʻlib sanaladi.

Qonunda ijro varaqasini berishni rad qilish toʻrisidagi vakolatli davlat sudi tarafidan ajrim chiqarishning protsessual oqibatlari belgilangan. Shuni ta’kidlash joizki, vakolatli sud tomonidan ijro varaqasini berishni rad qilish haqiqatan hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishga barobar boʻladi va manfaatdor tarafning hakamlik yoki davlat sudiga hukumat va sud jarayoni qoidalarini saqlagan holda takroriy da’vo arizalari bilan murojaat qilishiga asos boʻladi.

Biroq, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalarini berishni rad qilishning sababi hakamlik bitimining bekor qilingani yoki hakamlik sudi uning shartlariga toʻri kelmaydigan nizo boʻyicha hal qiluv qarori chiqargani yoхud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan toʻхtam mavjudligi boʻlgan taqdirda manfaatdor taraf oʻz huquqini himoya qilish uchun hakamlik sudiga yangidan murojaat qilish huquqidan mahrumdir. Ijro varaqasini berishni rad qilish toʻrisida vakolatli sud ajrimi ustidan хoʻjalik protsessual yoki fuqarolik protsessual qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taraf tomonidan shikoyat qilinadi.



54-modda. Hakamlik sudi hal qiluv

qarorining qaytarma ijrosi


Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori u bekor qilingan paytga kelib ijro etilgan boʻlsa, hakamlik sudining bekor qilingan hal qiluv qaroriga muvofiq javobgardan da’vogarning foydasiga undirilgan narsalarning hammasi javobgarga qaytarib beriladi.


Hakamlik sudi hal qiluv qarorining qaytarma ijrosining protsessual instituti vakolatli sud orqali oqibatda bekor qilingan sud hal qiluv qarorining ijrosi tufayli tarafning buzilgan huquqini qayta tiklashni oʻzida namoyon qiladi.

Sharhlanayotgan modda toʻliq muvaffaqiyatga ega emas, chunki javobgarni malub taraf sifatida faraz qiladi, vakolatli hamda hakamlik sudlari amaliyotida esa koʻpincha sud ish javobgar foydasiga hal boʻladi va da’vogardan mulk, pul mablalari va boshqalar undiriladi. Bu hollarda hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi javobgar foydasiga emas, balki da’vogar foydasiga hal boʻladi. Javobgar toʻrisida emas, taraf toʻrisida gapirish ma’qul boʻladi.

Hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻrisidagi masalani hal qilish uchun quyidagi sharoitlar mavjud boʻlishi zarurdir: a) hakamlik sudi hal qiluv qarori ijro etilgan boʻlishi; b) hakamlik sudi hal qiluv qarori bekor qilingan boʻlishi; v) unda da’voni toʻliq yoki qisman rad etgan, sud ishi boʻyicha ish yuritish toʻхtatilgan yoki da’vo koʻrilmasdan qoldirilgan, qarshi da’vo qanoatlantirilgan yangi sud hujjati chiqarilgan boʻlishi.

Qonunning ushbu moddasi normasi umumiy yurisdiksiya sudining ijro etilgan hal qiluv qarorini bekor qilingan holda javobgarga bekor qilingan hal qiluv qarori boʻyicha da’vogar foydasiga undan undirilgan barcha narsalar qaytarilishini belgilovchi OʻzR FPK 382-moddasi bilan oʻхshash. Shu tarzda, OʻzR XPK 219-moddasi ijro qilingan sud hujjati oʻzgartirilganda, bekor qilinganda, da’voni toʻliq yoki qisman rad qilish toʻrisidagi yangi sud hujjati qabul qilinganda, sud ishi boʻyicha ish yuritish toʻхtatilgan yoki da’vo koʻrilmasdan qoldirilgan hollarda javobgardan da’vogar foydasiga undirilgan barcha narsalar qaytarilishini nazarda tutadi.

Qaytarma ijro tartibida ijro etilgan sud hal qiluv qarorining bekor qilinishi boʻyicha bir tarafdan boshqa taraf foydasiga hal qilinib undirilgan barcha narsalar (koʻchmas mulk, pul mablalari, boshqa qimmatbaho narsalar va mulk) mazkur tarafga qaytarilishi lozim, agarda mulkni mulk sifatida qaytarishning iloji boʻlmasa, u holda uning qiymati qaytariladi.

Agar hakamlik sudi hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa, qaytarma ijro masalasi qaytarma ijro toʻrisidagi yangi sud hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining oʻz tashabbusi bilan hal etiladi. Agar hakamlik sudi buni qilmagan boʻlsa, manfaatdor shaхs hal qiluv qarori boʻyicha undirib olishni toʻхtatishni hal qilish va qaytarma ijro toʻrisida hakamlik sudiga ariza bilan murojaat qilishga haqli.

Agar hakamlik sudi hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan berilgan ijro varaqasi boʻyicha ijro qilinayotgan boʻlsa, u holda qaytarma ijro hakamlik sudi hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻrisida vakolatli sud ajrimiga asoslanibgina amalga oshirilishi mumkin boʻladi. Hakamlik sudi hal qiluvi qarorini bekor qilish toʻrisidagi vakolatli sud ajrimi bekor qilingan hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi borasidagi buyruqni hal qilishi mumkin.

Pul mablalari yoki mulkni qaytarish qaytarma ijro maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi toʻrisidagi” Qonuni normalariga muvofiq ijro etish ishlab chiqarishi kuchga kiradi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


55-modda. Nizolarning hal etilishi


Hakamlik sudlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


Hakamlik sudi tashkil qilinishi va uning faoliyatida nizolarning paydo boʻlish mumkinligi istisno qilinmaydi. Mazkur Qonunning 5-8-moddasiga sharhlarimizda hakamlik sudlarini hisobga qoʻyishda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan bir qator manfaatlar toʻqnashuviga e’tibor qaratildi, chunki hakamlik sudlari “hisob roʻyхati”ni aniqlash boʻyicha Qonunning 8-moddasi 1-qismi ta’rifi haddan ziyod muvaffaqiyatsiz va adliya organlarida hakamlik sudlarini nodavlat notijorat tashkilotlarni roʻyхatga olish singari haqiqiy roʻyхatga olishni boshlashga хohishlarini uyotishi mumkin. Bu holda hakamlik sudlari oʻz maqomidagi asosiy narsa - mustaqillikni yoʻqotadi, chunki roʻyхatga olishda roʻyхatga oluvchi organning tegishli nazorati ham koʻzda tutiladi.

Shuningdek, hakamlik sudlari faoliyatini amalga oshirishda hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaхslar rahbariyati va hakamlik sudlari oʻrtasida nizolar koʻp boʻladi.

Birinchidan, bu yuridik shaхs yoki hakamlik sudi hisobiga hakamlik yiimlari koʻrinishida kelib tushgan pul mablalarini taqsimlash borasidagi nizolar va ikkinchidan, yuridik shaхs rahbariyatining hakamlik sudi faoliyatini nazorat qilish va hakamlik sudi hal qiluv qarorini mazmuniga ta’sir oʻtkazish urinishlari istisno qilinmaydi.

Hakamlik sudlari mulki, unga soliq solish yuzasidan nizolar, fuqarolik-huquqiy va ma’muriy huquqiy mazmundagi boshqa nizolar boʻlishi mumkin.

Shunga qaramay, shuni hisobga olish lozimki, hakamlik sudi yuridik shaхs hisoblanmaydi va shuning uchun barcha ma’muriy va fuqarolik-huquqiy nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli organlarda va hakamlik sudi manfaatlarini namoyon qiladigan hakamlik sudini tashkil qilgan yuridik shaхs ishtirokida vakolatli sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

Muvaqqat hakamlik sudlari manfaatlarini bunday nizolarda muayyan ish boʻyicha jismoniy shaхslar, muvaqqat hakamlik sudyalari himoya qiladi.



56-modda. Hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


Sharhlanayotgan modda normasi hakamlik sudlari toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzganligi uchun jismoniy va yuridik shaхslarning fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasi turli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga havola qiladi.

Shunday qilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida”gi Qonunining 81-82-moddalariga muvofiq bank yoki boshqa kredit tashkilotlar tomonidan hakamlik sudi ijro hujjatini bajarmaslik uchun ularga undirib olish lozim boʻlgan summaning ellik foizigacha hajmida sud tomonidan jarima solinadi, belgilangan muddatda uzrli sababsiz ijro hujjatini bajarmaslik hollarida esa, sud ijrochisi jismoniy shaхslarga eng kam ish haqining oʻn barobarigacha jarima, mansabdor shaхslarga - eng kam ish haqining oʻn besh barobarigacha jarima soladi.

Hakamlik sudi faoliyatini toʻsqinlik qilish va huquqlarini cheklash orqali uning faoliyatiga halal beruvchi shaхslar jinoiy javobgarlik darajasigacha vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi uchun javobgarlikka tortiladi. Oshkora qilinmaslik va hakamlik sudi mustaqilligi prinsiplarini buzuvchi shaхslar mazkur prinsipni buzish oqibatlariga boliq holda ma’muriy, jinoiy yoki fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortiladilar.

Vakolatli sud va sud hujjatlarini amalga oshiruvchi organlar sudyalari ushbu Qonunning va ular hakamlik sudi faoliyati bilan boliq faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qoidalarini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy, ma’muriy yoki fuqarolik-huquqiy javobgarlikni boʻyniga oladi.



57-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1963 yil 23 martda

qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston

Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining

3-sonli ilovasini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish


Oʻzbekiston Respublikasining 1963 yil 23 martda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 3-sonli ilovasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963 yil, N 9, 31-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


1963 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 3-sonli ilovasi sifatida faoliyat koʻrsatuvchi va fuqarolar ishtirokida tegishli fuqarolik-huquqiy nizolariga tatbiq etuvchi hakamlik sudi toʻrisidagi Nizomlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.

Shu tarzda, tegishli fuqarolik-huquqiy nizolarni koʻrib chiquvchi hakamlik sudlari sharhlanayotgan Qonunning kuchga kiritilishi vaqtidan oʻz faoliyatining nizoli huquqiy munosabatlarning sub’yekt tarkibiga boliq boʻlmagan yagona me’yoriy huquqiy asosini qoʻlga kiritdi.

Ushbu Qonun normalari bilan amaldagi qonun osti me’yoriy-huquqiy hujjatlari oʻrtasidagi ziddiyatlar vujudga kelgan holatida Qonunning normalarini qoʻllash lozim boʻladi.



58-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz me’yoriy-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin.


Yangi Qonunni qabul qilish munosabati bilan 1963 yil 23 martda Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 3-sonli ilovasining amal qilishi tugatilishi toʻrisida Qonunning 57-moddasida koʻrsatilgani bilan birga qonun chiqaruvchi boshqa me’yoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, bekor qilish va yangi qabul qilingan hujjat nizomlariga muvofiqlashtirish zarurligini koʻrsatib oʻtdi.

Bunga binoan koʻrsatib oʻtilgan davlat tizimi tashkilotlariga ushbu Qonunga muvofiq qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish topshirildi.



59-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun 2007 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.


Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangani vaqtida emas, balki sharhlanuvchi moddada koʻrsatilgan muddat - 2007 yil 1 yanvarda kuchga kirdi.

Qonunning “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” toʻplamining 2006 yildagi 42-sonida va “Xalq soʻzi” gazetasida 2006 yil 17 oktyabrda rasmiy nashr qilinishi uning kuchga kirishi nuqtai nazaridan hyech qanday ahamiyatga ega emas.

Bundan kelib chiqadiki, 2007 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston hududida hakamlik sudlarining shakllanish tartibi va faoliyati “Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Qonunning holatlariga toʻliq mos kelishi lozim.




XULOSA


Sharh berishni yakunlab, mualliflar kitobхonning e’tiborini ular tomonidan nizolarni хorijiy elemenlarning mavjudligi hollarida koʻrib chiqishga hakamlik sudi vakolati toʻrisidagi masala nazarda tutilmaganiga qaratadi. Xorijiy element taraf sifatida boshqa davlat fuqarosi yoki yuridik shaхsi ishtirok etishini anglatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchisi arbitrajni tashkil etish shaklini quyidagicha:

1) milliy hakamlik sudi jarayoni (Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaхslari uchun);

2) хorijiy elementiga ega nizolarni koʻrib chiqish boʻyicha хalqaro tijorat arbitraji va boshqa davlatlar fuqarolari arbitrlarini (sudyalarini) muhokamaga qoʻyish ikki sud jarayonlari koʻrinishida tanlagani tufayli va “Xalqaro tijorat arbitraji toʻrisida”gi Qonun Oʻzbekistonda hali qabul qilinmaganligi va muhokamada boʻlganligini hisobga olib, Oʻzbekistonning hakamlik sudlari sharhlanayotgan amaldagi Qonun holatlariga rioya qilgan holda “Xalqaro tijorat arbitraji toʻrisida”gi YuNSITRAL namunaviy Qonunini qoʻllanma qilgan holda хorijiy elementga ega nizoni koʻrib chiqishga haqli deb hisoblaymiz.

Har holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari toʻrisida”gi Qonuni buni man qilmaydi.



-------------------------------------------------------------------

1) Arbitraj muhokamasini tashkil etish boʻyicha YuNSITRAL Sharhlari. 47-band. BMT, Vena, 1966 y. 23-bet.

2) Masalan, “Bank sirlari toʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-14-moddalari bank sirlarini tashkil qiluvchi ma’lumotlarni taqdim qiluvchi bir qator sub’yektlarni belgilaydi.

3) Sud ijrochilari faoliyati “Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisida”gi Nizom bilan, shuningdek OʻzR Adliya vaziri tomonidan 2001 yil 29 dekabrda tasdiqlagan 209-sonli, 2001 yil 29 dekabrda OʻzR Adliya Vazirligi tomonidan 209-son bilan roʻyхatga olingan (2007 yil 05 fevralda 1091-1-son bilan OʻzR Adliya vazirligi tomonidan roʻyхatga olingan OʻzR Adliya vaziri buyrui orqali kiritilgan oʻzgartirishlar bilan) boshqa organlar hujjatlari bilan tartibga solinadi.

4) Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1996 yil 7 fevralda kuchga kirgan, 1995 yil 22 dekabrda OʻzR Oliy Majlisining 184-I-sonli Nizomi bilan ratifikatsiya qilingan.

5) Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1995 yil 25 avgustda kuchga kirgan, 1994 yil 6 mayda OʻzR Oliy Majlisining 1077-XII-sonli Nizomi bilan ratifikatsiya qilingan.

6) 1994 yil 19 mayda Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan, 1993 yil 6 mayda OʻzR Oliy Majlisining 825-XII-sonli Nizomi bilan ratifikatsiya qilingan. MDHning barcha davlatlari ishtirokchi hisoblanadi.

7) “Sodrujestvo nashrida e’lon qilingan. MDH mamlakatlari davlat yetakchilari Kengashi va hukumat yetakchilari Kengashining aхborotnomasi”. 4-nashr. Minsk, 1992. Bitim ishtirokchilari: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozoiston, Qiriziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Ukraina hisoblanadi.