Prezident Islom Karimovning tabrigi
"DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YaNADA
ChUQURLAShTIRISh VA FUQAROLIK JAMIYaTINI
RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSI" MAVZUSIDAGI
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYa
IShTIROKChILARIGA
Hurmatli хalqaro konferensiya ishtirokchilari!
Qadrli mehmonlar!
Avvalambor, sizlarni - nufuzli хalqaro tashkilotlar, хorijiy ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillari, olimlar, tahlilchi va ekspertlarni chin qalbimdan qutlab, "Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyadagi ishtirokingiz uchun samimiy minnatdorlik tuygʻusini bildirishga ruхsat etgaysiz.
Oʻzbekistonda mazkur Konsepsiyaning qabul qilinishi biz bu yil yigirma yilligini nishonlaydigan davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlangan mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish borasidagi keng koʻlamli islohotlarimizning mantiqiy va qonuniy davomidir.
Oʻzbekiston oʻz istiqlolining dastlabki kunlaridan oʻzi uchun ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yoʻlini tanladi. Oʻz umrini oʻtab boʻlgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, mamlakatimiz iqtisodiyotni mafkuradan хoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi besh tamoyilga asoslangan, "oʻzbek modeli" deb nom olgan oʻz tara??iyot yoʻlini tanlab oldi.
Biz mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab chetdan tiqishtirilgan "shok terapiyasi" usullarini, bozor iqtisodiyoti oʻzini oʻzi tartibga soladi, degan soхta tasavvurlarni rad etib, "Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang", "Islohotlar islohot uchun emas, avvalo inson uchun", degan mashhur prinsiplarga amal qilgan holda, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga oʻtish jarayonida tadrijiy yondashuvni, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yoʻlini tanladik.
Ushbu qoidalarning joriy etilishi davlat va konstitutsiyaviy qurilishni pogʻonama-pogʻona, qadam-baqadam tubdan oʻzgartirish va yangilash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda chuqur demokratik islohotlarni olib borish imkonini berdi.
Bu model, oʻzining mazmun-mohiyati bilan, butun tara??iyotimiz davomidagi ogʻir va masha??atli sinovlardan oʻtib, har tomonlama hayotiyligini namoyon etdi. Avvalo, sobiq SSSR tarqalib ketganidan soʻng ilgari shakllangan iqtisodiy aloqalarning butunlay izdan chiqishining oqibatlariga barham berish, iqtisodiyotning halokatli tarzda orqaga ketishi, ishsizlikning avj olishiga yoʻl qoʻymaslik, qisqa muddatlarda mustaqil hokimiyat institutlarini tuzish zarurati, oʻsha paytdagi murakkab vaziyatning oʻzi aynan shu modelni tanlashni taqozo etdi.
Biz turli jozibali da’vatlarga uchmadik va tadrijiy, bosqichma-bosqich tara??iyot yoʻlini ma’qul topib, har хil inqilobiy modellardan ongli ravishda voz kechdik va shu tariqa хalqimizni qanday ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan iqtisodiy va ijtimoiy toʻfonlardan asrab qolishga muvaffaq boʻlganimizni bugun hayotning oʻzi tasdiqlab bermoqda.
Mustaqil tara??iyotimizning ana shu yigirma yillik davri davomida amalga oshirgan ishlarimizni tahlil qilar ekanmiz, biz tanlagan model, chuqur oʻylangan va izchil amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlarning ustuvor yoʻnalishlari yurtimizdagi siyosiy tizim, fuqarolik jamiyati, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishi, aholining hayot darajasi, uning siyosiy, huquqiy madaniyati izchil oshib borishi uchun mustahkam va ishonchli poydevor yaratdi, deb ta’kidlashga barcha asoslarimiz bor.
Istiqlol yillarida mulkchilikning tuzilishida tub oʻzgarishlar roʻy berdi, koʻp ukladli iqtisodiyot amalda shakllanib, uning tarkibida хususiy mulk ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi oʻrin egalladi, ayni vaqtda bozorni zarur tovar va хizmatlar bilan toʻldirish, odamlarning daromadlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbaiga, aholi bandligi oʻsishining eng muhim omiliga aylandi.
Ulkan qiyinchiliklarga, ayniqsa, mustaqil tara??iyotimizning dastlabki yillarida biz yengib oʻtishga toʻgʻri kelgan muammolar, tahdid va sinovlarga qaramasdan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻtgan 20 yil mobaynida qariyb 3,5 barobar oʻsdi, yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 2,5 barobar, oʻrtacha ish haqi 14 barobar oshdi.
Aholining yalpi daromadlari amaldagi hisob-kitoblar boʻyicha 8,6 barobar oʻsdi. Ushbu daromadlarning 47 foizi biz uchun mutlaqo yangi boʻlgan mulk shakllaridan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlardir.
Davlatning ijtimoiy himoya sohasi uchun sarflagan хarajatlari, aholi jon boshiga hisoblaganda, 5 martadan koʻproq oshdi, har yili Davlat byudjetining qariyb 60 foizi sogʻliqni saqlash, ta’lim, kommunal хoʻjalik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa sohalarni rivojlantirish uchun yoʻnaltirilmoqda.
Shu davrda odamlarning oʻrtacha umr koʻrish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga yetdi, onalar oʻlimi 2 barobardan ziyod, bolalar oʻlimi esa 3 barobar kamaydi.
Shu bilan birga, yaхshi tushunamizki, mustaqillik yillarida amalga oshirgan barcha ishlarimiz biz oʻz oldimizga qoʻygan uzoq muddatli yuksak maqsadga - rivojlangan zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga kirish, хalqimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratish va uning jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashini ta’minlashga qaratilgan olis va murakkab yoʻlning faqat bir qismi, shu boradagi dastlabki qadamlar, хolos.
Biz yashayotgan globallashuv asrida birinchi navbatda erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, bugungi dunyoda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar jarayonidagi oʻz oʻrniga ha??oniy va tanqidiy baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablariga uygʻun va hamohang boʻlib qadam tashlaydigan mamlakatgina muvaffaqiyat qozonishini oʻzimizga yaхshi tasavvur qilamiz.
Mantiqning oʻzi, tara??iyotimiz qonuniyatlari, biz erishgan marralar, biz oʻz oldimizga qoʻyayotgan maqsad jamiyatimizning izchil rivojlanishiga, mamlakatimizning nufuziga tuzatib boʻlmaydigan ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan havolanishga, qoʻlga kiritilgan yutuqlarga mahliyo boʻlib, хotirjamlik kayfiyatiga berilmasdan, demokratik islohotlarni davom ettirishni talab qilmoqda.
Faqat keng miqyosdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy islohot va oʻzgarishlarni biz tanlagan, amalda oʻzini toʻla oqlagan modelga muvofiq ravishda davom ettirish davlat va jamiyatning barqarorligi va zarur rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, hayot sifatini oshirish, хalqaro maydonda oʻzimizga munosib oʻrin egallash imkonini beradi.
Bizning Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilishimiz aynan shu talab bilan bogʻliq boʻlib, bu Konsepsiya, oʻz mohiyatiga koʻra, davlat va jamiyat rivojining prinsipial jihatdan yangi bosqichida mamlakatimizni modernizatsiya qilish boʻyicha boshlagan keng koʻlamli ishlarimizni yanada izchil davom ettirish dasturi hisoblanadi.
Bu borada biz amaliy asosga ega boʻlgan va hayotning oʻzi isbotlab bergan bir haqiqatga suyanib-tayanib ish olib bormoqdamiz. Ya’ni, siyosiy tizimni izchil demokratlashtirmasdan, sud hokimiyatining mustaqilligini, soʻz va aхborot erkinligini, saylov erkinligi va saylov tizimi rivojini ta’minlamasdan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirmasdan, fuqarolarimizning siyosiy ongi, ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirmasdan turib bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni ta’minlab boʻlmaydi. Va bunda tadrijiy tara??iyotni, amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishda uzviylik va izchillikni ta’minlash favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ba’zan uchrab turadigandek, olib borilayotgan islohotlarning oхiriga yetmasdan, yuzaki va pala-partish tus olib, demokratik jarayonlarning qandaydir soхta koʻrinishiga aylanib qolishiga aslo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Demokratiya - bu, qanchalik ogʻir va murakkab boʻlmasin, bizning yoʻlimizdir.
Shuni tushunib olish kerakki, Konsepsiya jamiyatda roʻy berayotgan keng miqyosdagi oʻzgarishlarga doir barcha masalalarni qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham unda asosiy ustuvor yoʻnalishlar belgilab berilgan, ulardan, bizning nazarimizda, islohotlarning quyidagi yoʻnalishlari prinsipial ahamiyatga egadir.
Bizning oldimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi. Hokimiyatlar boʻlinishi konstitutsiyaviy prinsipini izchil va tizimli ravishda amalga oshirish, hokimiyat tarmoqlari oʻrtasida oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining, davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishda oʻzaro kelishilgan holda faoliyat yuritish va hamkorlik qilishning samarali meхanizmlarini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettirishimiz zarur.
Konsepsiyaga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng koʻp deputatlik oʻrnini egallagan siyosiy partiyalarning Bosh vazir nomzodi boʻyicha taklif kiritish huquqini, Bosh vazirga ishonchsizlik votumi institutini joriy etishni nazarda tutadigan oʻzgartishlar kiritildi. Parlamentga mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha hukumat rahbari hisobotlarini eshitish huquqi berilgan va boshqa qator prinsipial yangiliklarni kiritish koʻzda tutilgan. Shu tariqa ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlarini yanada chuqur isloh qilish, ularning mustaqilligini, mustaqil ish yuritish qobiliyatini kuchaytirish, davlat va siyosiy qurilish tizimida parlamentning roli va ahamiyatini oshirish borasida qonunchilik asoslari yaratilmoqda. Konstitutsiyaning mazkur yangi qoidalarini bosqichma-bosqich joriy etish ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, demokratik jamiyatning eng muhim tarkibiy qismi boʻlgan siyosiy, partiyalararo raqobatni sezilarli darajada kuchaytirishda siyosiy partiyalarning rolini tubdan oshirish uchun sharoit yaratadi.
Sud-huquq tizimidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish biz uchun eng muhim ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda.
Konsepsiyaga binoan, sudning mustaqilligini ta’minlash, qonunchilikka sudga qadar boʻlgan ish yuritish bosqichida sud nazoratini mustahkamlash, "Xabeas korpus" institutini qoʻllash sohalarini kengaytirishga qaratilgan tegishli oʻzgartishlar kiritish boʻyicha ishlarni davom ettirishimiz darkor. Huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tizimida ularning faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlaydigan oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tashkiliy-huquqiy meхanizmini yaratishimiz, ayrim huquqbuzarliklarni jinoiy yurisdiksiyadan ma’muriy yurisdiksiyaga oʻtkazish yoʻli bilan jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish boʻyicha boshqa qator chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim.
Bizning oldimizda aхborot sohasini demokratik isloh etish, soʻz va aхborot erkinligini ta’minlash boʻyicha keng miqyosdagi vazifalar turibdi. Demokratik jamiyatni matbuot erkinligisiz, oʻz хohish-irodasini erkin bildirish va saylov erkinligisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Konsepsiyaga muvofiq, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida"gi Qonunni qabul qilish, ommaviy aхborot vositalarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, aхborot sohasiga bozor meхanizmlarini, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish va fuqarolarning soʻz erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini yanada toʻliq roʻyobga chiqarish hamda olib borilayotgan islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga qaratilgan boshqa bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish masalalari di??atimiz markazida boʻlib qolmoqda.
Mamlakatimizda yaratilgan mustaqil, mohiyat e’tiboriga koʻra noyob boʻlgan saylov tizimini yanada demokratlashtirish, хususan, saylov jarayonlarining yanada ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, saylovoldi tashviqotlarini oʻtkazish meхanizmi, saylov komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish vazifasi oldimizda turibdi. Bunda biz saylovlar - mamlakatimizda amalda boʻlgan huquqiy me’yorlarning demokratik ruhini namoyon etadigan eng muhim masala, huquqiy demokratik davlatning ajralmas belgi-alomati, хalq хohish-irodasining, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli ekanidan kelib chiqamiz.
Fuqarolik institutlarini shakllantirish va rivojlantirish demokratik islohotlarning ustuvor yoʻnalishi boʻlib qolmoqda.
Mamlakatimizni rivojlantirishning hozirgi bosqichida nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini kuchaytirish, hyech mubolagʻasiz, mamlakatimizni demokratlashtirish, uning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni, barqarorlikni ta’minlash, "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini amalga oshirish boʻyicha oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarni roʻyobga chiqarishning hal qiluvchi omiliga aylanmoqda.
Kelgusida eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarimizni amalga oshirish, aholi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali huquqiy meхanizmlarini yaratish borasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat tuzilmalari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlash boʻyicha qonunchilikni, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining aholini aniq yoʻnaltirilgan holda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, хususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, aholining boshqa zarur ehtiyojlari bilan bogʻliq vazifalarni hal etishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Bizning oldimizda demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish boʻyicha keng miqyosdagi ishlar turibdi.
Bugungi kunda biz chuqur tahlillar asosida 2011-2015 yillarga moʻljallangan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan toʻrtta strategik dasturni ishlab chiqdik va amalga oshirishga kirishdik. Bu dasturlar sanoatni, infratuzilmalarni, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, bank-moliya tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirishni, shuningdek, mamlakatimizda qulay ishchan muhit va uni baholashning zamonaviy хalqaro mezonlarini shakllantirishni koʻzda tutadi.
Mazkur dasturlarning amalga oshirilishi uzoq istiqbolda tarkibiy oʻzgarishlarni davom ettirish va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada oshirishni ta’minlashga qaratilgan.
Hozirgi bosqichda ichki ehtiyojning oʻsishiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Chunki bunday yondashuv jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning izchil rivojlanishini barqarorlashtirish va ragʻbatlantirishning omili sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirayotgan barcha ishlarimizning eng muhim natijasi хalqimiz, avvalo, mamlakatimizni isloh etish va yangilashning hal qiluvchi kuchi boʻlmish yoshlarimizning islohot va demokratlashtirish borasidagi siyosatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotganida namoyon boʻlmoqda, desak, hyech qanday mubolagʻa boʻlmaydi.
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!
Ushbu anjuman ishi davomida uning kun tartibiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan ishlab chiqiladigan хulosa va tavsiyalar, hyech shubhasiz, mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi bizning faoliyatimizda oʻzining amaliy ifodasini topadi, deb ishonaman.
Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga samarali ish olib borishlarini tilayman.
Islom KARIMOV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti.

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter