Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oila munosabatlariga oid nizolar

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OILA MUNOSABATLARIGA

OID NIZOLAR




Xotinning homiladorligi va bola tuilganidan keyin bir yil mobaynida uning nikohdan ajralishga roziligi yoʻqligi nikohdan ajratish toʻrisidagi ish yuritishni tugatish uchun asos boʻladi.



F. Qurbonaliyev nikohdan ajratish хaqida D. Qurbonaliyevaga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat etgan.

Sud 2001 yil 15 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’voni qanoatlantirgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudi rayosati quyidagi asoslarga koʻra sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, ish yuritishni tugatgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 39-moddasi talabiga koʻra, хotinning homiladorlik vaqtida va bola tuilganidan keyin bir yil mobaynida er хotinining roziligisiz nikohdan ajratish toʻrisida ish koʻzatishga haqli emas.

Ish хujjatlariga qaraganda, nikohdan ajratish haqidagi fuqarolik ishi sudda koʻrilayotgan vaqtda D. Qurbonaliyeva ikkinchi farzandiga homilador boʻlib, 2002 yil 21 aprelda farzandi tuilgan.


44s-37-sonli qaror