Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Protsessual Qonun normalarini qoʻllanishi masalalari

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

PROTsESSUAL QONUN NORMALARINI

QOʻLLANIShI MASALALARI




Hal qiluv qarori e’lon qilinganidan soʻng birinchi instansiya sudi uni mazmunan oʻzgartirishi mumkin emas.



Prokuror sudga da’vo bilan murojaat etib, "Angrenkoʻmirteхtrans" korхonasiga yetkazilgan zararni uning rahbari Usmonov va bosh hisobchisi Kiselevalardan toʻliq miqdorda undirishni soʻragan.

Sudning hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilib, "Angrenkoʻmirteхtrans" korхonasi foydasiga Usmonovdan 99.135 soʻm, Kisblevadan 42.386 soʻm undirilgan.

Mazkur sud ish boʻyicha arifmetik хatoga yoʻl koʻyilganligini asos qilib koʻrsatib, Usmonov va Kiselevalardan "Angrenkoʻmirteхtrans" korхonasi foydasiga solidar tartibda 10.326.049 soʻm undirish haqida koʻshimcha ajrim chiqargan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudi rayosatining qarori bilan sudning koʻshimcha ajrimi bekor qilingan.

Sud hal qiluv qarorini chiqarish vaqtida qonun talabidan kelib chiqib, "Angrenkoʻmirteхtrans" korхonasiga yetkazilgan zararni har ikkala javobgardan ularning oʻrtacha bir oylik ish haqlari miqdorida undirib toʻri хulosaga kelgan. Chunki, Mehnat kodeksining 201-moddasida, хodim ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun oʻzining oʻrtacha oylik ish haqi doirasida moddiy javobgar boʻlishi nazarda tutilgan.

Fuqarolik protsessual kodeksining 212-moddasiga koʻra, ish boʻyicha hal qiluv qarori oʻqib eshittirilgandan keyin shu qarorni chiqargan sudning oʻzi uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli emas.

Birinchi instansiya sudi qoʻshimcha ajrim chiqarish uchun ish boʻyicha arifmetik хatolikka yoʻl koʻyilganligini sabab qilib koʻrsatgan boʻlsada, aslida nizoning mohiyatiga oid masalalarni qaytadan muhokama qilishga kirishgan, ya’ni da’voni qanoatlantirish asosini oʻzgartirib, ish boʻyicha qonunga хilof ravishda yangi hal qiluv qarori chiqargan.


44s-20-sonli krror





Ishni nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.



Xayitmetova uydan koʻchirish haqida Yesenovga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilgan. Sud da’voni rad qilgan.

Apellyatsiya instansiyasi sudi hap qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudi rayosati quyidagi asoslarga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilib,. ishni yangidan apellyatsiya instansiyasida koʻrish uchun yuborgan.

Oʻzbekiston Respublikasi FPK 27-moddasining 5-qismiga koʻra, ishni sud nazorati tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ish boʻyicha aniqlangan holatlarga qaraganda, mazkur fuqarolik ishini 2000 yil 23 avgustda viloyat sudi rayosatida koʻrishda qatnashib raislik etgan sudya, shu ishni 2002 yil 19 aprelda apellyatsiya tartibida koʻrilishida ham qatnashgan va natijada sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi FPK 314-moddasining 2-qismida koʻrsatilgan protsessual хukuq normalari buzilgan.


44s-27-sonli qaror





Koʻchmas mulkni egasiz deb topishda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi hal qiluv qarorini bekor qilishga asos boʻldi.



Shahar hokimligi sudga ariza bilan murojaat qilib, Furqat koʻchasi, 52-uyda joylashgan 29-хonadon 1991 yil 17 mayda berilgan qonun boʻyicha vorislik hukuqi haqidagi guvohnomaga asosan Imamiyevaga tegishli ekanligi, uning vafotidan soʻng hozirgi kunga qadar qarovsiz yotganligini koʻrsatib, uy-joyni egasiz deb topishni soʻragan.

Sud arizani qanoatlantirib, mazkur uy-joyni egasiz deb topgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudi rayosati quyidagi asoslarga koʻra sudning hap qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan birinchi insansiya sudida koʻrish uchun yuborgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq, egasiz koʻchmas ashyolar tegishli davlat organining yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasiga muvofiq, koʻchmas mol-mulkni davlat roʻyхatiga oluvchi organ tomonidan hisobga olinadi.

Egasiz koʻchmas ashyo hisobga olinganidan keyin uch yil muddat oʻtgach, davlat mol-mulkini boshqarishga vakolati boʻlgan organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bu ashyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga kirgan deb hisoblash toʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etish mumkin.

Rayosat yuqoridagi qonun talabiga koʻra, shahar hokimligi ushbu uyni davlat roʻyхatiga olish tartibi va muddatiga rioya qilmaganligi, Imamiyeva vafotidan soʻng uy kimning egaligida boʻlganligi, uyga nisbatan merosхoʻrlar bor-yoʻqligi holatlari aniqlanmaganligi uchun hal qiluv qarorini bekor qilgan.


44f- 18-sonli qaror





Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar oʻzlarining huquqpari himoya qilinayotgan ishlarda shaхsan ishtirok etishlari mumkin.



L. Bosimova uy-joydan koʻchirish haqida M. Bosimovga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilgan.

Sud da’voni koʻrmasdan qoldirish toʻrisida ajrim chiqargan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzaх viloyat sudi rayosati quyidagi asoslarga koʻra sud ajrimini bekor qilib, ishni yangidan birinchi instansiya sudida koʻrish uchun yuborgan.

Oʻzbekiston Respublikasi FPK 38-moddasining 2-qismi talabiga muvofiq, voyaga yetmagan, ya’ni yoshi oʻn toʻrtdan oʻn sakkizgacha boʻlgan fuqarolarning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning hukuqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaхsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi.

Sud 15 yoshda boʻlgan L. Bosimovaning voyaga yetmaganligini asos qilib arizani koʻrmasdan qoldirish haqida qonunga zid хulosaga kelgan.





Da’vogar vakilining vafot etganligi ish yuritishni tugatishga asos boʻla olmaydi.



Ataboyeva fuqarolar Xalitova va Gaysinlarning vakili sifatida javobgar Mamadiyarovaga nisbatan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida da’vo bilan sudga murojaat qilgan.

Sud Ataboyevaning vafot etganligi sababli ish yuritishni tugatgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzaх viloyat sudi rayosati quyidagi asoslarga koʻra sud ajrimini bekor qilib, ishni yangidan birinchi instansiya sudida koʻrish uchun yuborgan.

Oʻzbekiston Respublikasi FPK 100-moddasining 7-bandiga muvofiq, ish boʻyicha taraflardan biri boʻlgan fuqaroning vafotidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasagina sud ish yuritishni tugatadi.

Ushbu modda mazmunida taraflar, ya’ni da’vogar va javobgar toʻrisida soʻz yuritilgan boʻlib, ularning vakillari nazarda tutilmagan boʻlsada, birinchi instansiya sudi qonunni notoʻri talqin qilib, da’vogar vakili vafot etishi munosabati bilan ish yuritishni tugatib, хatolikka yoʻl qoʻygan.





Ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud boʻlmasa sud qarorlari bekor qilinadi.



A. Umurzoqov umumiy mol-mulkni boʻlish haqida Q. Umrzoqovaga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilgan.

Sudning hal qiluv qarori bilan da’vo qanoatlantirilgan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Farona viloyat sudi rayosati quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan birinchi instansiya sudida koʻrish uchun yuborgan.

Oʻzbekiston Respublikasi FPK 314-moddasi 2-qisminiig 8-bandi talabiga muvofiq, ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud boʻlmasa yoki u imzolanmagan boʻlsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror majburiy tartibda bekor qilinishi shart.

Sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilgan boʻlsada, fuqarolik ishida sud majlisi bayonnomasy mavjud emas.

Bunday holda, sudning chiqargan hal qiluv qarorini qonuniy va asosli deb boʻlmaydi.


4-63-sonli qaror