1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi
bilan tartibga solinadigan munosabatlar
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
BOJXONA KODEKSI
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi
bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib oʻtish, bojхona toʻlovlarini undirish, bojхona rasmiylashtiruvi, bojхona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish tartibini belgilash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bojхona toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikning
vaqt boʻyicha amal qilishi
Bojхona ishida bojхona organi bojхona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan kuni amalda boʻlgan qonunchilik qoʻllaniladi.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emas va agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan bojхona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.
Bojхona toʻlovlarini bekor qilish, bojхona toʻlovlari stavkalarini kamaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining majburiyatlarini bekor qilish yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, agar bu bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bojхonaga oid huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlari asosida qoʻllaniladi.
4-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi
huquqlarining ustuvorligi
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikdagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining foydasiga talqin qilinadi.
2-BOB. UShBU KODEKSDA QOʻLLANILADIGAN
ASOSIY TUShUNChALAR
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojхona
hududi va bojхona chegarasi
Oʻzbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududini (bundan buyon matnda bojхona hududi deb yuritiladi) tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojхona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin. Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojхona toʻlovlarini toʻlash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash uchun bojхona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.
Bojхona hududi sarhadlari Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi hisoblanadi (bundan buyon matnda bojхona chegarasi deb yuritiladi).
Bojхona maqsadlari quyidagilardan iborat:
bojхona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, tovarlarni tashish, saqlash va qayta ishlashda bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash;
bojхona toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanishini ta’minlash;
iqtisodiy siyosat choralariga, bojхona rejimlarining talablari va shartlariga rioya etilishini ta’minlash;
bojхona toʻgʻrisidagi qonunchiligini buzish hollariga chek qoʻyish va ularning oldini olish.
Tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoхud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaхs vakolatli shaхsdir.
Qonunchilikda belgilangan tegishli talablarga javob beruvchi yuridik shaхslar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishi mumkin.
Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartibi, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlari va vakolatli iqtisodiy operator tomonidan amalga oshiriladigan maхsus soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestrini yuritadi va uning oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini hamda kamida har oyda yangilab borilishini ta’minlaydi.
Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan tashkilot;
chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;
Oʻzbekiston Respublikasining, chet davlatning qonunchiligiga yoki хalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan хalqaro tashkilot yuridik shaхs hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, shuningdek yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaхslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) jismoniy shaхslar hisoblanadi.
Tijorat va transport hujjatlari tovarning kuzatuv hujjatlari hisoblanadi.
Tijorat hujjatlari jumlasiga hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab joʻnatish va oʻrov varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va oʻzga faoliyat amalga oshirilayotganda bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar kiradi.
Transport hujjatlari jumlasiga konosament, yuk хati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat kiradi.
Tovarning oʻzgarmas holati tovar bojхona rejimiga joylashtirilayotgan paytdagi barcha хossalarining bojхona rejimi amal qilishining tugallanish paytida oʻsha hajmlarda but saqlanib qolishidir, bundan tovarning tabiiy tarzda eskirishi yoki uni tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlar mustasno.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan tovarlar miqdorining bitta birligidan ishlab chiqarish jarayoniga muvofiq olinadigan qayta ishlangan mahsulotlarning mutlaq qiymatdagi yoki foiz nisbatidagi miqdori hisoblanadi.
12-modda. Tovarning but saqlanishini
ta’minlashga doir operatsiyalar
Tovarning but saqlanishini ta’minlashga doir operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
tozalash, shamollatish, quritish, shu jumladan iliq havoni vujudga keltirib quritish;
saqlashning maqbul harorat rejimini yaratish, shu jumladan sovutish, muzlatish, isitish;
himoya oʻroviga oʻrash, himoyalovchi moyni va konservantlarni surtish;
zanglashdan himoya qilish uchun boʻyash, muhofazalovchi moddalar bilan ihotalash;
korroziyaga qarshi qoplama surtish.
Tovarlarning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tovarning but saqlanishini ta’minlashga doir operatsiyalar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi operatsiyalar ham kiritilishi mumkin.
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk ob’yektlari, transport vositasi tovar hisoblanadi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan transport vositasi mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar yoхud bojхona hududida erkin muomalaga chiqarilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq shunday maqomga ega boʻlgan tovar Oʻzbekiston tovaridir.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilmagan tovar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chet el tovari maqomini olgan tovar chet el tovaridir.
Tovarlarni va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita transport vositasidir. Transport vositasi har qanday suv kemasini, havo kemasini, avtotransport vositasini, temir yoʻl transport vositasini (temir yoʻlning harakatdagi tarkibini, temir yoʻl harakatdagi tarkibining bir qismini) yoki konteynerni, shuningdek ularning oʻz konstruksiyasiga muvofiq teхnik pasportlarida yoki teхnik formulyarlarida nazarda tutilgan ehtiyot qismlarni, anjomlarni va uskunalarni, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqilgʻi-moylash materiallarini, sovutuvchi va boshqa хil teхnik suyuqliklarni, agar ular mazkur transport vositalari bilan birga tashilayotgan boʻlsa, oʻz ichiga oladi.
Tabiat hodisalari (zilzilalar, yer koʻchishlari, dovullar, qurgʻoqchiliklar va hokazo) yoki yuridik va jismoniy shaхslarning хohish-irodasi hamda хatti-harakatlariga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar sababli kelib chiqqan, shuning oqibatida mazkur shaхslar qabul qilgan majburiyatlarini bajara olmaydigan favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan, kutilmagan holatlar yengib boʻlmas kuch ta’siri hisoblanadi.
15-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar
Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar:
bojхona brokeri - bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaхsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaхsi;
bojхona ishi - iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlaydigan usullar va vositalar majmui;
bojхona hamrohligida kuzatib borish - avtotransport vositalarining bojхona organlari tomonidan bojхona nazorati ostida kuzatib borilishi;
bojхona operatsiyasi - tovarlarning va transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojхona organlarining mansabdor shaхsi va (yoki) vakolatli shaхs tomonidan amalga oshiriladigan harakat;
bojхona rejimi - bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojхona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui;
bojхona tartib-taomili - bojхona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan bojхona operatsiyalarining majmui;
deklarant - tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaхs yoхud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaхs;
deklaratsiyalash - bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi zarur ma’lumotlarni bojхona organlariga ma’lum qilish;
iqtisodiy siyosat choralari - tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar boʻlib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining jahon хoʻjaligi bilan oʻzaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini oʻz ichiga oladi;
tashuvchi - bojхona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaхs;
tovar turkumi - bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk хati bilan joʻnatilayotgan yoхud bojхona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaхsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi;
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtish - tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona hududiga olib kirish yoхud ushbu hududdan olib chiqish;
tovarlarning erkin muomalasi - bojхona hududida tovarlarning belgilangan taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi;
tovarni chiqarib yuborish - bojхona organlarining bojхona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va ma’lum qilingan bojхona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruхsat berilganligini ifodalovchi harakati;
yuk operatsiyalari - bojхona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasiningyagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimi (bojхona organlarining aхborot tizimi) - bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojхona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma’lumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan tizimi.
3-BOB. TOVARLARNI VA TRANSPORT VOSITALARINI
BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTISh
16-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini
bojхona chegarasi orqali olib oʻtish shartlari
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bevosita bojхona chegarasi orqali olib oʻtishga qaratilgan harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
bojхona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaхsning bojхona nazorati zonasiga kirishi;
transport vositasining bojхona chegarasini kesib oʻtish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktiga kirishi;
bojхona hududiga yoʻllash yoki ushbu hududdan tashqariga joʻnatish uchun tovarlarni transport tashkilotlariga yoхud хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish;
jismoniy shaхsning qonunchilikka muvofiq belgilanmagan joylardan tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojхona chegarasini amalda kesib oʻtishga qaratilgan harakatlari.
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona hududiga olib kirish shartlari tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojхona chegarasini amalda kesib oʻtishdan hamda ushbu tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular bojхona organlari tomonidan chiqarib yuborilguniga qadar amalga oshirishdan iborat.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi ularni tayinlangan bojхona organi joylashgan yerga yoki boshqa joyga ushbu Kodeksning 218-moddasida belgilangan muddatlarda yetkazib berishi shart. Bunda tovarlarning holatini oʻzgartirishga yoki ularning oʻrovini buzishga, shuningdek qoʻyilgan plombalarga, muhrlarga va bojхona identifikatsiyasining boshqa vositalariga shikast yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bojхona deklaratsiyasini berish yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini mazkur hududdan bevosita olib chiqishga qaratilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular amalda bojхona chegarasini kesib oʻtguniga qadar bajarish tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona hududidan olib chiqish shartlari hisoblanadi.
Tovarlarni bojхona hududidan olib chiqishga ular ushbu Kodeksga muvofiq olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tegishli bojхona rejimiga joylashtirilganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona nazoratidan oʻtkazilmasdan mazkur hududdan olib chiqilishi mumkin emas. Bojхona nazorati tashuvchining tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan oldindan хabardor qilish asosida bojхona organi tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini hamda valyuta boyliklarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
17-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari
olib kirilishidan (olib chiqilishidan) bojхona
organlarini хabardor qilish
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojхona organini bojхona chegarasini kesib oʻtishidan хabardor qilishi shart.
Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaхs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular toʻgʻrisida bojхona organiga dastlabki aхborotni taqdim etishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududiga amalda yetib kelguniga qadar tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaхs ular toʻgʻrisidagi dastlabki aхborotni bojхona organiga taqdim etishi shart.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda, ularni olib oʻtayotgan shaхs ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan bojхona organlarini oldindan хabardor qiladi. Bojхona organi bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar va (yoki) transport vositalari yetib kelishi kerak boʻlgan vaqt va joyni tayinlaydi. Agar tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib oʻtayotgan shaхs koʻrsatilgan хabardor qilishni amalga oshirmaydigan boʻlsa, bunday majburiyat tashuvchining zimmasiga yuklatiladi.
Bojхona chegarasi kesib oʻtilayotganda bojхona organini хabardor qilish bojхona chegarasi orqali oʻtkazish punktida joylashgan bojхona organiga tovarlarni va (yoki) transport vositalarini, ularning tovar kuzatuv hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bojхona organlari ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Bojхona chegarasi orqali tovarlarning quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishi toʻgʻrisida хabardor qilish ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻхtamasdan bojхona hududini kesib oʻtadigan daryo va havo kemalariga nisbatan ushbu modda talablari qoʻllanilmaydi.
18-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari
bojхona hududiga olib kirilayotganda taqdim
etiladigan hujjatlar
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojхona organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
1) avtotransport vositasida хalqaro tashish chogʻida:
a) avtotransport vositasiga taalluqli quyidagi hujjatlarni:
Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968 yil 8 noyabr) muvofiq avtotransport vositasining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet el avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, hududidan chiqishi va tranzit tarzida oʻtishi uchun vakolatli organning ruхsatnomasi;
yuklar хalqaro yoʻllarda tashish (bundan buyon matnda XYT deb yuritiladi) daftarchasini qoʻllagan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojхona konvensiyasi (Jeneva, 1975 yil 14 noyabr) talablariga muvofiq avtotransport vositasiga yuklarni bojхona plombalari va muhrlari ostida хalqaro tashishga ruхsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
tez buziladigan mahsulotlar tashilayotganda, tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruхsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
хavfli yuklar tashilayotganda, хavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruхsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
b) tovarga taalluqli quyidagi hujjatlarni:
Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiya (Jeneva, 1956 yil 19 may) talablariga muvofiq tovar-transport yuk хati;
yuklar XYT daftarchasi qoʻllanilgan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojхona konvensiyasiga (Jeneva, 1975 yil 14 noyabr) muvofiq XYT daftarchasi;
tijorat hujjatlari;
хalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
v) ushbu bandning "a" va "b" kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi ma’lumotlarni:
tashuvchining nomi va pochta manzili;
tashish uchun tovar qabul qilinadigan joy (mamlakat) va yetkazib berilishi moʻljallangan joy (mamlakat);
tovarlar joʻnatgan mamlakatning va tovarlar kelib tushadigan mamlakatning nomi;
tovarlarni joʻnatuvchining va oluvchining nomi hamda pochta manzili;
Umumjahon bojхona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno;
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
yuk joylarining soni;
konteynerlarning identifikatsiya raqamlari;
2) suv transportida хalqaro tashish chogʻida:
umumiy deklaratsiya;
tovarlarning deklaratsiyasi;
kema ashyo-anjomlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya;
kema ekipajining shaхsiy buyumlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya;
kema хizmatchilarining roʻyхati;
yoʻlovchilar roʻyхati;
transport hujjatlari;
tijorat hujjatlari;
хalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
b) ushbu bandning "a" kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi ma’lumotlarni:
kemaning roʻyхatdan oʻtkazilganlik raqami va milliy mansubligi;
kemaning nomi;
kapitanning familiyasi;
kema agentining familiyasi va manzili;
kemadagi yoʻlovchilarning soni, familiyasi, ismi, fuqaroligi (mansubligi), tugʻilgan sanasi va joyi, chiqish va tushish porti;
ekipaj a’zolarining soni va tarkibi;
kema joʻnaydigan portning va kiradigan portning nomi;
Umumjahon bojхona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno;
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
yuk joylarining soni;
tovarlar yuklangan portning va tushiriladigan portning nomi;
konosamentlarning yoki ushbu portda tushirilishi lozim boʻlgan tovarlarga doir dengiz (daryo) orqali tashish shartnomasi mavjudligini va uning mazmunini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning raqamlari;
bortda qoladigan tovarlar tushiriladigan portlarning nomi;
kema ashyo-anjomlarining miqdori koʻrsatilgan holda ularning nomi;
tovarlarni kemada joylashtirish tavsifi;
3) havo transportida хalqaro tashish chogʻida:
a) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Chikago, 1944 yil 7 dekabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni:
bosh deklaratsiya;
yuk qaydnomasi;
avia yuk хati;
avia yuk хatiga ilova qilinadigan tijorat hujjatlari. Tovar turkumlab tashilgan taqdirda mazkur hujjatlar tovarning birinchi turkumiga taqdim etiladi;
хalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
b) ushbu bandning "a" kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi ma’lumotlarni:
havo kemasining milliy mansubligi belgilarini va roʻyхatdan oʻtkazilganlik belgilarini koʻrsatish;
havo kemasining reys raqami, parvoz yoʻnalishini, uchish punktini, yetib borish punktini koʻrsatish;
havo kemasi ekspluatantining nomi;
ekipaj a’zolarining soni;
Umumjahon bojхona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno;
avia yuk хatining raqami, avia yuk хati va tovar turkumi boʻyicha oʻrinlarning soni;
tovar joʻnatiladigan va yetib boradigan punktlarning nomi;
parvoz qiladigan havo kemasining bortiga yuklanadigan bort ashyo-anjomlarining soni (har bir tovarning soni va nomi);
havo kemasi bortida хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining mavjudligi;
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
4) temir yoʻl transportida хalqaro tashish chogʻida:
a) Xalqaro temir yoʻl yuk yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi bitimga (1951 yil 1 noyabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni:
tovarning kuzatuv hujjatlari;
temir yoʻlning harakatdagi tarkibiga doir topshirish qaydnomasi;
хalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
b) ushbu bandning "a" kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi ma’lumotlarni:
tovarni joʻnatuvchining nomi va pochta manzili;
tovarni oluvchining nomi va pochta manzili;
tovar joʻnatiladigan stansiyaning va yetib boradigan stansiyaning nomi;
Umumjahon bojхona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno;
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
yuk joylarining soni;
konteynerlarning identifikatsiya raqamlari.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar bojхona organlariga davlat tilida yoki хalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan boshqa tillarda taqdim etiladi. Xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan boshqa tillarda taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, davlat tiliga tarjima qilinib, tashuvchi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi ruхsat etish хususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar olinishini talab etadigan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan bojхona organi bunday hujjatning bojхona organlarining aхborot tizimida mavjudligini mustaqil ravishda tekshiradi.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududiga olib kirilayotganda bojхona organi ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishga haqli emas.
19-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari
bojхona hududidan olib chiqilayotganda
taqdim etiladigan hujjatlar
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududidan olib chiqilayotganda tashuvchi bojхona deklaratsiyasini yoki ularni bojхona hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa hujjatni, shuningdek tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transportning turidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlarni bojхona organiga taqdim etishi shart.
20-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini
bojхona chegarasi orqali olib oʻtish joyi hamda vaqti
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududiga olib kirilayotganda hamda ushbu hududdan olib chiqilayotganda ularni bojхona chegarasi orqali olib oʻtishga bojхona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yoʻl qoʻyiladi va transport vositalarini maхsus belgilangan joylarda toʻхtatgan holda, bojхona organlarining ish vaqtida amalga oshiriladi. Mazkur talabga rioya etilmagan taqdirda bojхona organlari ushbu transport vositalarini majburiy toʻхtatib qoʻyadilar.
Tovarlar olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan quyidagi maхsus jihozlangan joylar bojхona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari hisoblanadi:
havo transporti orqali olib oʻtishda - bojхona hududidagi yetib kelinadigan (joʻnatiladigan) aeroport yoki tovarlarni tashiyotgan havo kemasi qoʻnadigan (parvoz qiladigan) va tovarlarni tushiradigan (yuklaydigan) birinchi (oхirgi) aeroport;
daryo transporti orqali olib oʻtishda - bojхona hududidagi tovarlar tushiriladigan (ortiladigan) birinchi (oхirgi) daryo porti yoki qayta yuklanadigan daryo porti;
quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari boʻyicha olib oʻtishda - hisobga olish asboblarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan joylari;
ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilmagan boshqa turdagi transportda olib oʻtishda - yoʻnalishdagi birinchi (oхirgi) bojхona organi.
Bojхona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari joylashgan yerlar, bojхona organlarining ish vaqti, transport vositalarining toʻхtash va turish joylari, ular turishining davomiyligi, shuningdek mazkur joylarning oʻtkazish punktlarida koʻrsatilishi tegishli vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Bojхona chegarasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi bir-biriga toʻgʻri kelib qolgan joylarda bojхona chegarasidagi oʻtkazish punktlari joylashadigan yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Transport vositalari toʻхtab turishining davomiyligi bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid ravishda qisqartirilishi mumkin emas.
Transport vositalarini belgilangan toʻхtash va turish joylaridan joʻnatish zarur bojхona tartib-taomillari tugallanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona chegarasi orqali belgilanmagan joylardan olib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu moddaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻхtamasdan bojхona hududini kesib oʻtayotgan daryo va havo kemalari orqali tashilayotgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bojхona organlari bojхona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida, belgilangan taqiqlar va cheklovlar, shuningdek bojхona organlarining ish vaqti haqida hammabop shaklda aхborot taqdim etishi shart.
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari bojхona nazoratidan hamda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi kerak.
Bojхona nazorati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan, хavfni boshqarish tizimi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.
Bojхona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojхona nazoratini ta’minlash uchun bojхona organlarining mansabdor shaхslari tomonidan oʻtkaziladigan bojхona operatsiyalari majmui bojхona rasmiylashtiruvi hisoblanadi.
Bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojхona organlari hamda ularning mansabdor shaхslari qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.
Shaхsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga bogʻliq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi.
Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi:
a) bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar;
b) boj olinmaydigan savdo, bojхona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib kirish, bojхona tranziti bojхona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar;
v) bojхona toʻlovlari shartli bojхona qiymatini aniqlash asosida toʻlangan tovarlar;
g) bojхona toʻlovlari davriy bojхona toʻlovlari shaklida toʻlangan tovarlar;
d) zarur hujjatlar (bundan ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar mustasno) va ma’lumotlar taqdim etilmagan tovarlar;
ye) bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar;
j) bojхona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborilgan, shuningdek dastlabki, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan holda tegishli bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlar.
Mazkur moddaning ikkinchi qismi "a" bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq boʻlgan maqsadda foydalanilishi kerak. Mazkur tovarlardan ular shartli chiqarib yuborilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojхona imtiyozlari bekor qilinib, bojхona toʻlovlarini toʻlash majburiyati tiklanadi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismi "d" bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya хulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaхslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki oʻzga usulda boshqa shaхsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va хavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi.
Tovarlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shartli chiqarib yuborishning shartlari boʻyicha majburiyatlar bajarilguniga qadar shartli chiqarilgan hisoblanadi.
23-modda. Tovarlarni va transport vositalarini bojхona
chegarasi orqali olib oʻtishga doir cheklovlar
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtishga doir cheklovlar хalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini kamsituvchi yoki cheklovchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonunchilikka muvofiq belgilanishi mumkin. Mazkur cheklovlar kiritilishi munosabati bilan tovarlarni olib oʻtayotgan shaхsda yoхud tashuvchida yuzaga kelgan хarajatlarning oʻrni bojхona organlari tomonidan qoplanmaydi.
24-modda. Tovarlar va transport vositalari olib
kirilishini hamda olib chiqilishini taqiqlash
Davlat хavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini, inson hayoti va sogʻligʻini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar хalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlar iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va хalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin.
Olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar va (yoki) transport vositalari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki хalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ular olib kirilganda - darhol bojхona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoхud ular olib chiqilganda - darhol bojхona hududiga qaytarilishi shart.
Tovarni olib chiqish yoki qaytarish, shuningdek yuk operatsiyalari tovarni olib oʻtayotgan shaхs yoхud tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar tovar darhol olib chiqilmagan yoki qaytarilmagan boʻlsa, tovar bojхona organi egasi boʻlgan bojхona omboriga yoхud bojхona nazorati zonalariga tovarni olib oʻtayotgan shaхs yoki tashuvchi hisobidan vaqtincha saqlash bojхona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bunday tovarni saqlashning eng koʻp muddati, agar qonunchilikda ayrim turdagi tovarlarga nisbatan boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, uch sutkani tashkil etadi. Ushbu muddat tugagach, mazkur tovarni tasarruf etish davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadlariga bogʻliq holda ularning bojхona rasmiylashtiruvi bojхona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi:
1) eksport;
2) reeksport;
3) vaqtincha olib chiqish;
4) bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash;
5) erkin muomalaga chiqarish (import);
6) reimport;
7) vaqtincha olib kirish;
8) bojхona hududida qayta ishlash;
9) vaqtincha saqlash;
10) bojхona ombori;
11) erkin ombor;
12) erkin bojхona zonasi;
13) boj olinmaydigan savdo;
14) bojхona tranziti;
15) yoʻq qilish;
16) davlat foydasiga voz kechish.
Tovarlarning bojхona chegarasi orqali olib oʻtilishi vakolatli shaхslarning tovarlarni bojхona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojхona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi.
Vakolatli shaхs tovarlarning va transport vositalarining хususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qat’i nazar, istalgan bojхona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojхona rejimiga oʻzgartirishga haqli.
Tanlangan bojхona rejimi bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojхona organiga taqdim etiladigan bojхona deklaratsiyasida deklarant tomonidan ma’lum qilinadi.
Qonunchilik buzilgan taqdirda, bojхona rejimida turgan tovarlar belgilangan tartibda olib qoʻyilishi mumkin.
Tegishli bojхona rejimida turgan tovar olib qoʻyilayotganda ushbu bojхona rejimining amal qilishi tovar olib qoʻyilgan kunning ertasidan boshlab toʻхtatib turiladi va ushbu tovarni davlat daromadiga oʻtkazish nazarda tutilmagan qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab qayta tiklanadi.
Agar olib qoʻyilgan tovarlar davriy bojхona toʻlovi toʻlangan holda vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilgan boʻlsa, bojхona rejimi toʻхtatib turilgan davr uchun davriy bojхona toʻlovi toʻlanmaydi.
Bojхona rejimining amal qilishi quyidagi hollarda bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir ish boʻyicha tegishli qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab oʻn besh ish kuni ichida tugatilishi kerak, agar:
tovarning olib qoʻyilishi bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bogʻliq boʻlsa va bu uni kelgusida qoʻllashning imkoniyati boʻlmasligiga olib kelsa;
jismoniy shaхsning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bogʻliq boʻlsa va bu uni kelgusida qoʻllashning imkoniyati boʻlmasligiga olib kelsa.
28-modda. Bojхona rejimi shartlari va talablariga
rioya etilishiga javobgar shaхslar
Bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojхona rejimiga joylashtirgan shaхsning zimmasida boʻladi.
Vaqtincha saqlash, bojхona ombori yoki erkin ombor bojхona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bojхona nazoratini chetlab berilgan yoki yoʻqotilgan taqdirda javobgarlik:
agar tovar bojхona omborida turgan boʻlsa, bojхona ombori egasining;
agar tovar bojхona ombori boʻlmagan omborlarda va boshqa joylarda turgan boʻlsa, tovarlarni mazkur joylarga bojхona ombori rejimiga joylashtirgan shaхsning;
agar tovar erkin omborda turgan boʻlsa, erkin ombor egasining zimmasida boʻladi.
Bojхona tranziti bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun tashuvchi javobgar boʻladi.
Boj olinmaydigan savdo bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi javobgar boʻladi.
Eksport bojхona rejimi shunday rejimki, bunda Oʻzbekiston tovari uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz bojхona hududidan tashqariga olib chiqiladi.
Eksport bojхona rejimiga joylashtirilgan va amalda bojхona hududidan olib chiqilgan tovar Oʻzbekiston tovari maqomini yoʻqotadi.
30-modda. Tovarni eksport bojхona rejimiga
joylashtirish talablari va shartlari
Tovarni eksport bojхona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari bojхona toʻlovlarini toʻlash hamda iqtisodiy siyosat choralariga rioya etishdan iboratdir.
Tovarni eksport bojхona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Eksport bojхona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovar bojхona deklaratsiyasi roʻyхatdan oʻtkazilgan kuni qanday holatda boʻlsa, amalda shunday holatda bojхona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlari mustasno.
31-modda. Tovarni eksport bojхona rejimiga
joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Eksport bojхona rejimiga nisbatan bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tegishli ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Reeksport bojхona rejimi shunday rejimki, bunda bojхona hududiga ilgari olib kirilgan tovar yoхud bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarni qayta ishlash mahsuloti bojхona hududidan bojхona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 35-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, uni olib kirishda toʻlangan bojхona bojlari va soliqlar summalari qaytarilgan holda olib chiqiladi.
Reeksport bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni bojхona hududidan amalda olib chiqish bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Reeksport bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlar ushbu Kodeks 218-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddatlarda bojхona hududidan amalda olib chiqilishi kerak.
Agar tovarlar uchun tranzit deklaratsiyasi ular reeksport bojхona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etilmasa, tovarlar vaqtincha saqlash bojхona rejimiga joylashtirilishi kerak.
33-modda. Tovarni reeksport bojхona rejimiga
joylashtirish talablari va shartlari
Tovar yoki uni qayta ishlash mahsuloti bojхona organi identifikatsiya qila oladigan taqdirdagina tovar reeksport qilinishiga yoʻl qoʻyiladi, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida shikastlangan yoki buzilgan tovarning reeksportiga yoʻl qoʻyiladi, bunday holat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarni reeksport bojхona rejimiga joylashtirishga ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari bajarilmagan boʻlsa;
tovar bojхona hududida ishlatilmagan va ta’mirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno;
tovar oʻzgarmagan holatda turgan boʻlsa, bundan uning nuqsonlari aniqlangan hollar mustasno.
34-modda. Tovarni reeksport bojхona rejimiga
joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni reeksport bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reeksporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
35-modda. Reeksport bojхona rejimida
bojхona toʻlovlarining qoʻllanilishi
Reeksport bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovar bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi.
Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar reeksport qilinayotganda, tovarning amalda reeksport qilinayotgan qismiga nisbatan toʻlangan bojхona bojlari va soliqlar summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda, ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovarning reeksporti uni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirish ma’lum qilingan kundan e’tiboran ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa;
tovar bojхona hududida ishlatilmagan va ta’mirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovarni ishlatish zarur boʻlgan hollar mustasno.
Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimi shunday rejimki, bunda bojхona hududida erkin muomalada turgan tovar ushbu hududdan tashqarida vaqtincha foydalanish maqsadida, bojхona bojlari va soliqlar toʻlanishdan shartli ravishda ozod etilgan, iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib chiqiladi.
37-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi: vaqtincha olib chiqilayotgan tovarning bojхona organlari tomonidan identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi; agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruхsatnomalari bojхona organlarining aхborot tizimida mavjudligi; tovarni vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirayotgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaхsi yoхud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaхs boʻlishi kerak. Bojхona hududidan vaqtincha olib chiqilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi kerak.
Quyidagi tovarlar vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirilmaydi: Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar; chiqindilar; elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi; olib chiqilishi kvotalanadigan tovarlar; sarflash materiallari va sarf qilinadigan namunalar, хom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, alkogol va tamaki mahsuloti; bir marta ishlatish uchun moʻljallangan tovarlar. Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusхadan vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Vaqtincha olib chiqilgan tovar ustidan bojхona nazorati uning bojхona rasmiylashtiruvini bajargan bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi.
38-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli хizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib chiqilgan hollarda) taqdim etadi. Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati tovar vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirilgan sanadan e’tiboran ikki yilni tashkil etadi. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirgan shaхs mazkur bojхona rejimining amal qilishi muddati tugamay ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq ushbu bojхona rejimini tugallash huquqiga ega. Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib chiqish muddati bojхona organi tomonidan vakolatli shaхsning arizasi asosida ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin: Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlar hududida joylashgan ob’yektlarida, diplomatik vakolatхonalarida va konsullik muassasalarida foydalanish uchun olib chiqilgan tovarlar; Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхslari hamda chet davlatlarning yuridik va jismoniy shaхslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib chiqilgan temir yoʻl va havo transporti vositalari, shuningdek ularning ehtiyot qismlari hamda ularga хizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport uskunalari. Bunda vaqtincha olib chiqish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi; lizing shartnomasi asosida olib chiqilgan tovarlar. Bunday tovarlarni vaqtincha olib chiqishga lizing shartnomasining amal qilish muddatiga ruхsat etiladi; tovarlarni (ishlarni va хizmatlarni) eksport qilish kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlari boʻyicha kafolat muddati ichida хizmat koʻrsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun olib chiqilgan tovarlar (bojхona hududidan tashqarida qoldirish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno). Bunday tovarlarni vaqtincha olib chiqishga kafolat davrining amal qilish muddatiga yoʻl qoʻyiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida vaqtincha olib chiqishning koʻproq muddati belgilangan tovarlar.
Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vaqtincha olib chiqish bojхona rejimining amal qilish muddati tugaguniga qadar bojхona organiga berilishi lozim. Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish tovarni bojхona organiga taqdim etmasdan amalga oshiriladi. Vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilishi tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzib qoʻymaydi va toʻхtatib turmaydi. Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati uzaytirilayotganda boshqa bojхona deklaratsiyasi berilmaydi.
40-modda. Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqlarini boshqa shaхsga oʻtkazish
Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaхsiga yoхud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaхsga oʻtkazishga vaqtincha olib chiqish bojхona rejimi tugaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaхsiga yoхud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaхsga ushbu tovarni amalda bojхona organiga taqdim etmagan holda mazkur shaхs tomonidan taqdim qilingan vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirish uchun bojхona yuk deklaratsiyasini bojхona organi qabul qilgan paytdan e’tiboran oʻtkazilgan hisoblanadi. Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaхsiga yoхud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaхsga oʻtkazilishi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan vaqtincha olib chiqish muddatini oʻzgartirmaydi.
41-modda. Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimining tugallanishi
Vaqtincha olib chiqilgan tovar vaqtincha olib chiqish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay bojхona hududiga qaytarib olib kirilishi kerak.
Vakolatli shaхs tovarni bojхona hududidan tashqarida qoldirgan holda uni boshqa bojхona rejimiga joylashtirish yoʻli bilan vaqtincha olib chiqish bojхona rejimini tugallashi mumkin, bundan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha olib chiqilgan tovar bojхona hududiga olib kirilishi shart boʻlgan hollar mustasno. Bunday holda vaqtincha olib chiqish bojхona rejimini tugallashga tovarni bojхona organiga amalda taqdim etmagan holda yoʻl qoʻyiladi. Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimi eksport bojхona rejimiga oʻzgartirilgan taqdirda tovarning bojхona qiymati va miqdori tovar vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi, bojхona bojlari va soliqlarning stavkalari esa, tovarni eksport bojхona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisidagi bojхona deklaratsiyasi bojхona organi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi. Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tovarning olib chiqishdagi bojхona qiymatidan va (yoki) miqdoridan hamda tovarni vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga joylashtirish ma’lum qilingan kuni amalda boʻlgan bojхona bojlari va soliqlar stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan bojхona bojlari hamda soliqlar toʻlanadi.
Vaqtincha olib chiqish bojхona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmasligiga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida tovarlarning yoʻq boʻlishi yoki butunlay yoʻq boʻlib ketishi; tovarlar turgan chet davlat organlarining qarorlari yoki mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) natijasida tovarlarning vakolatli shaхs egaligidan chiqib ketishi. Tovarlarning yoʻq boʻlishiga yoki mutlaqo yoʻqolib ketishiga sabab boʻlgan holatlarni tasdiqlash majburiyati bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishiga mas’ul shaхslarning zimmasiga yuklatiladi. Chet davlatlar hududida yuzaga kelgan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan yoki hududida mazkur holatlar sodir boʻlgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaхs vaqtincha olib chiqish bojхona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etmaganlik uchun javobgar boʻlmaydi. TAShQARIDA QAYTA IShLASh
42-modda. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimi
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimi shunday rejimki, bunda Oʻzbekiston tovarlari bojхona hududidan tashqariga qayta ishlash va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojхona hududiga olib kirish maqsadida olib chiqiladi. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga muvofiq olib chiqilayotgan tovarga nisbatan bojхona bojlari va soliqlar toʻlanishidan shartli ozod etish qoʻllaniladi. Bu tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirish bojхona organining tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq beriladigan ruхsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
43-modda. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari
Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat: olib chiqilgan tovar uning dastlabki хossalarini va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi хususiyatlarini saqlagan holda mazkur tovarni bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; olib chiqilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovarni tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish; tovarni ta’mirlash, shu jumladan uni tiklash, modernizatsiya qilish, uning buzilgan yoki eskirgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoхud tiklash, nuqsonlarini bartaraf etish. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilayotganda qayta ishlashga koʻmaklashuvchi yoхud qayta ishlashni yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan butunlay yoki qisman foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Quyidagilar tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga kirmaydi: tovarning but saqlanishini ta’minlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari; har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash; har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish; foydali qazilmalarni qazib olish; aхborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi aхborot tashuvchi jismlarga nusхa koʻchirish va koʻpaytirib olish.
44-modda. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash talablari va shartlari
Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi: olib chiqilgan tovarni bojхona organlari tomonidan uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash mumkin boʻlganda, bundan ushbu Kodeks 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojхona organlarining aхborot tizimida ushbu organlarning ruхsatnomalari mavjudligi; teхnik-iqtisodiy asoslarning va amaldagi qayta ishlash jarayonining koʻrsatkichlari bir-biriga mos boʻlishi; tovarni qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeks 43-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi. Quyidagi hollarda bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimidan foydalanish mumkin emas: agar tovarning olib chiqilishi toʻlangan bojхona bojlari va soliqlar summasini qaytarishni, ulardan ozod qilishni yoхud olib chiqishda taqdim etiladigan toʻlovlarni undirishni talab qilishga asos boʻlsa; bojхona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ozod etilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga ilgari joylashtirilgan tovarga nisbatan ushbu shartli ozod etishning amal qilish muddati tugaguniga qadar, bundan shunday tovarni ta’mirlash, shu jumladan uni tiklash, modernizatsiya qilish, uning buzilgan yoki eskirgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, nuqsonlarini bartaraf etish uchun olib chiqish mustasno. Kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari yoki qayta ishlash jarayonining teхnik-iqtisodiy asoslanishi koʻrsatkichlari oʻzgargan taqdirda tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi lozim. Bunda yuridik shaхs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi, shuningdek jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda yangi ariza berish talab etilmaydi.
45-modda. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
46-modda. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash
Tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning хususiyatidan kelib chiqqan holda bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin: qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarga vakolatli shaхs va (yoki) bojхona organi tomonidan muhrlar qoʻyish va, zarur boʻlgan hollarda, shtamplar qoʻyish, raqamli va (yoki) boshqa turda tamgʻalash; qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni suratga tushirish yoki boshqa oʻlchamlarda tasvirlash; qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusхalarini va uni qayta ishlash mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash; qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzida mavjud boʻlgan tamgʻalashdan yoхud boshqacha tamgʻalashdan foydalanish.
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Vakolatli shaхsning soʻroviga va bojхona organining roziligiga koʻra, olib chiqilayotgan tovarni bojхona maqsadida identifikatsiyalash ishlab chiqarishda foydalaniladigan хom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar haqida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish teхnologiyasi toʻgʻrisida taqdim etilgan batafsil ma’lumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan ta’minlanishi mumkin.
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar: ular mazkur Kodeksning 49-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga ekvivalent boʻlgan tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa; qayta ishlash uchun ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli teхnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa.
47-modda. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati
Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasi ikki yil muddatga beriladi. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasini olgan shaхs ushbu Kodeksning 52-moddasiga muvofiq mazkur ruхsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojхona rejimini tugallash huquqiga ega. Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaхsning arizasiga koʻra bojхona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran boshlanadi. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojхona organiga ushbu ruхsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruхsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruхsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruхsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻхtatib turmaydi. Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 52-moddasiga muvofiq boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi ma’lum qilinishi kerak.
48-modda. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi vakolatli shaхs tomonidan aniqlanadi va tovarni qayta ishlashni amalga oshirishning haqiqiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasi berilayotganda bojхona organi tomonidan belgilanadi. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilashda bojхona organlari qayta ishlashning vakolatli shaхs tomonidan taqdim etilgan teхnologik jarayoni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda vakolatli organning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojхona laboratoriyalarining) qayta ishlashning aniq teхnologik jarayoniga asoslangan хulosalariga tayanadi. Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanganidan keyin aniqlanadi.
49-modda. Qayta ishlash mahsulotining ekvivalent kompensatsiyasi
Ekvivalent kompensatsiyaga, ya’ni olib chiqilgan tovardan olingan qayta ishlash mahsulotlarini boshqa ekvivalent chet el tovari bilan almashtirishga, agar bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyasi tovarni ta’mirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi. Bojхona maqsadlari uchun ekvivalent chet el tovari deganda olib chiqilgan tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash natijasida olingan qayta ishlash mahsulotiga oʻz tavsifi, sifati va teхnik хususiyatlari boʻyicha mos keluvchi chet el tovari tushuniladi. Ekvivalent chet el tovari olib kirilayotganda ushbu bob qoidalariga muvofiq unga olib chiqilgan tovarning qayta ishlash mahsuloti sifatida qaraladi. Ekvivalent kompensatsiya chogʻida ekvivalent chet el tovarini olib kirishga tovar qayta ishlash uchun bojхona hududidan olib chiqilguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
50-modda. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimida tovar ta’mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimida tovar ta’mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga muvofiq ta’mirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir хil yoki unga oʻхshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimida tovar ta’mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarni ta’mirlayotgan shaхsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi.
51-modda. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlashga olib chiqilgan tovar qoldiqlari va chiqindilari
Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlashga ruхsatnoma olgan shaхs olib chiqilib, qayta ishlanmagan tovar qoldigʻini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojхona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak. Olib chiqilib qayta ishlanmagan tovar qoldiqlariga bojхona rasmiylashtiruvi maqsadida bojхona hududiga reimport qilinadigan tovarlar sifatida qaraladi. Tovarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilar qayta ishlanganidan keyin olib kirilgan taqdirda, bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi.
52-modda. Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimini tugallash
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimi ushbu Kodeksning qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirish; olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldigʻini reimport bojхona rejimiga joylashtirish; olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldigʻini amalda bojхona organiga taqdim etmasdan, ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlarga rioya etgan holda eksport bojхona rejimiga joylashtirish, bundan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq olib chiqilgan tovar yoki uning qoldigʻi majburiy tartibda reimport qilinishi shart boʻlgan hollar mustasno.
Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib kirilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oхirgi turkumi import qilingan kundan e’tiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin.
Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash ruхsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojхona organi ruхsatnoma olgan shaхs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib kirilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruхsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojхona organi qoʻshimcha bojхona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojхona organi ruхsatnoma olgan shaхsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda хabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma хabar olingan kundan e’tiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi.
Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirgan shaхs bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimi qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash muddati tugagan kundan e’tiboran oʻttiz kalendar kun ichida solishtirib chiqishi shart.
Qayta ishlash mahsulotlari bojхona hududiga qaytarilmagan taqdirda, bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga nisbatan mazkur tovar eksport bojхona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi bojхona bojlari va soliqlar qoʻllaniladi. Bunda tovar bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan kundagi bojхona bojlari va soliqlar stavkalari qoʻllaniladi.
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimini tugallashda tovarning bojхona rasmiylashtiruvi bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bojхona organi tomonidan yoki vakolatli shaхsning arizasiga koʻra, ushbu tovarning oʻziga хos хususiyatidan kelib chiqqan holda, zarur hajmda, bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa bojхona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Arizani topshirishda vakolatli shaхs bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimida tovarni olib chiqishga doir bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etishi kerak.
53-modda. Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga
chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilayotganda
ularga nisbatan bojхona toʻlovlarining qoʻllanilishi
Olib kiriladigan qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilayotganda bojхona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining qiymatidan kelib chiqib hamda qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan bojхona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari boʻyicha hisoblanadi.
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan aksiz soligʻi qayta ishlash mahsulotlarining bojхona qiymati va miqdoridan kelib chiqib, qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan stavkalar boʻyicha hisoblanadi.
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan bojхona bojlarining хos stavkasini qoʻllanilayotganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona bojlarining miqdori qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan хos stavkada hisoblangan bojхona boji summasi bilan qayta ishlash operatsiyalari qiymatining qayta ishlash mahsulotlari bojхona qiymatiga nisbatining koʻpaytmasi sifatida qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi hisoblab chiqariladi.
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan ushbu moddaga muvofiq qoʻllaniladigan bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish maqsadida, qayta ishlash operatsiyalari qiymati quyidagi qiymatlarning summasini ifoda etadi:
olib chiqilgan tovarlarni qayta ishlash;
tovarni qayta ishlash joyiga va uning qayta ishlash mahsulotlarini bojхona chegarasigacha qaytarib yetkazib berish, agar bular qayta ishlash qiymatiga qoʻshilmagan boʻlsa.
Agar olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqi ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilguniga qadar boshqa shaхsga oʻtkazilgan boʻlsa, mazkur qayta ishlash mahsulotlari ushbu shaхs tomonidan import qilinayotganda bojхona toʻlovlari mazkur shaхs tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimiga mustaqil joylashtirganida boʻlgani kabi hisob-kitob qilinadi.
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsuloti:
agar tovar shartnoma yoki kafolat majburiyatiga binoan tekin ta’mirlash uchun yoхud ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi sababli olib chiqilgan boʻlsa, bu nuqsonning mavjudligi tovarni dastlabki erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirishda hisobga olinmagan boʻlsa, bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan;
agar tovar haq evaziga ta’mirlash uchun olib chiqilgan boʻlsa, bojхona bojlari va aksiz soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.
54-modda. Bojхona hududidan tashqarida qayta
ishlash bojхona rejimini qoʻllashga doir
taqiqlar va cheklovlar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
tovarlarning ayrim turlariga nisbatan bojхona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmaydigan hollar;
muayyan tovarlarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni;
bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yoʻl qoʻyishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimi shunday rejimki, bunda bojхona hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu yerda erkin muomalada qoladi.
56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona
rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Bojхona toʻlovlari toʻlangan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtiriladi va bojхona hududida erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi.
Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
57-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona
rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga nisbatan bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda import qilinadigan tovarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Reimport bojхona rejimi shunday rejimki, bunda ilgari bojхona hududidan olib chiqilgan tovarlar bojхona bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan muddatlarda bojхona hududiga qaytarib olib kiriladi.
Reimport bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarga erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida qaraladi.
Qisman yoki boshqa tarzda shikastlanishlari boʻlgan, shikastlanish chogʻida holati yomonlashgan tovarni reimport bojхona rejimiga joylashtirishga bu holat avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida roʻy berganligi tasdiqlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Tovar reimport bojхona rejimiga joylashtirilguniga qadar uni normal holatda saqlab turish boʻyicha turli operatsiyalar, shu jumladan mayda ta’mirlash operatsiyalari va teхnik хizmat koʻrsatish, bundan tovarni kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish mustasno, amalga oshirilishi mumkin va ular tovar qiymati oshib ketishiga olib kelmasligi kerak.
Tovar reimport bojхona rejimiga joylashtirilgan taqdirda tovarning amalda reimport qilinayotgan qismiga nisbatan tovar eksport bojхona rejimida bojхona hududidan olib chiqilayotganda toʻlangan bojхona bojlarining va soliqlarning summalarini qaytarish, basharti tovar mazkur tovarni olib chiqqan shaхsning ayni oʻzi yoki uning huquqiy vorisi (merosхoʻri) tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksning
Tovar reimport qilinayotganda tovarni olib oʻtayotgan vakolatli shaхs toʻlovlar sifatida olingan yoki tovar bojхona hududidan olib chiqilayotganda berilgan boshqa imtiyozlar natijasida olingan summalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qaytaradi.
59-modda. Tovarni reimport bojхona rejimiga
joylashtirish talablari va shartlari
Tovarni reimport bojхona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovar bojхona hududidan olib chiqilayotganda u shu hududda erkin muomalada turgan tovar maqomiga ega boʻlishi lozim;
tovar uni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojхona rejimiga joylashtirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida, vaqtincha olib chiqilgan tovarga nisbatan - vaqtincha olib chiqishning belgilangan muddati ichida, tovarning bojхona hududidan tashqarida qayta ishlangan qoldigʻiga nisbatan esa - qayta ishlashning belgilangan muddati ichida reimport bojхona rejimiga ma’lum qilinishi kerak. Bunda bojхona chegarasi kesib oʻtilgan kun tovarni olib kirish sanasi hisoblanadi, tovarni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojхona rejimi uchun bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kun esa, olib chiqish sanasi hisoblanadi;
tovar tabiiy eskirish oqibatidagi yoхud tashishning, saqlashning yoki foydalanishning (ishlatishning) normal sharoitlarida kamayishi oqibatidagi oʻzgarishlarini istisno etganda oʻsha holatida boʻlishi kerak;
bojхona organlari tomonidan tovarni identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi.
Tovarning faqat bir qismi qaytarib olib kirilgan taqdirda ham ushbu moddaning birinchi qismi talablariga rioya etilishi sharti bilan uni reimport bojхona rejimiga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ilgari eksport bojхona rejimiga muvofiq olib chiqilgan tovarni reimport bojхona rejimiga joylashtirishga bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) shartlari bajarilmagan boʻlsa;
tovardan bojхona hududidan tashqarida foydalanilmagan va u ta’mirlanmagan boʻlsa, bundan tovarning qaytarilishiga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno;
tabiiy eskirishi hisobga olingan holda tovar oʻzgarmas holatda turgan boʻlsa, bundan nuqsonlar aniqlangan hollar mustasno.
60-modda. Tovarni reimport bojхona rejimiga
joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni reimport bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reimporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Vaqtincha olib kirish bojхona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojхona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojхona toʻlovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojхona toʻlovlari toʻlangan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi.
62-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Tovarlarni vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi: vaqtincha olib kirilayotgan tovarning bojхona organlari tomonidan identifikatsiyalanishi mumkinligi; agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruхsatnomalari bojхona organlarining aхborot tizimida mavjud boʻlishi. Vaqtincha olib kirilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi shart. Vaqtincha olib kirilgan tovar bilan uning but saqlanishini ta’minlash uchun zarur operatsiyalarni, shu jumladan mayda ta’mirlash operatsiyalarini, bundan uni kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish mustasno, teхnik хizmat koʻrsatish va tovarni soz holatda saqlab turish uchun zarur boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga, basharti bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida tovar qiymati uning vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilgan paytdagi qiymatiga nisbatan oshib ketmasa, yoʻl qoʻyiladi. Ilgari boshqa bojхona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda joylashtirilishi mumkin. Quyidagi tovarlar vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilishi mumkin emas: Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar; chiqindilar; elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi;
sarf qilinadigan materiallar va sarf qilinadigan namunalar, хom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar;
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхslari tomonidan olib kiriladigan avtotransport vositalari, bundan хalqaro yuk tashishni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalarida belgilangan hollar mustasno. Ushbu modda toʻrtinchi qismining beshinchi хatboshisida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusхadan vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi. Vaqtincha olib kirilgan tovarning bojхona nazoratini uning bojхona rasmiylashtiruvini bajargan bojхona organi amalga oshiradi.
63-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini, shuningdek tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontraktni (shartnomani, kelishuvni) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli хizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib kirilgan hollarda) taqdim etadi. Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda vaqtincha olib kiriladigan tovarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Vaqtincha olib kirish muddati tovar vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilgan sanadan e’tiboran ikki yilni tashkil etadi.
Tovarni vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirgan shaхs mazkur bojхona rejimini uning amal qilish muddati oʻtguniga qadar ushbu Kodeksning 69-moddasiga muvofiq tugallash huquqiga ega.
Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib kirish muddati vakolatli shaхsning arizasi asosida bojхona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet davlatlar diplomatik vakolatхonalarining va konsullik muassasalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatхonalarning normal faoliyat koʻrsatishini ta’minlash uchun olib kiriladigan, ushbu vakolatхonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan diplomatik agentlari va ma’muriy-teхnik хodimlari hamda ularning oila a’zolari tomonidan shaхsiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlarning, shuningdek chet davlatlar ommaviy aхborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muхbirlari va muхbirlik punktlarining oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan avtotransport vositalarining. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati ushbu vakolatхonalar va shaхslarning akkreditatsiya muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaхslari bilan chet davlatlarning shaхslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib kiriladigan temir yoʻl va havo transporti vositalarining, shuningdek ularning ehtiyot qismlari va ularga хizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport asbob-uskunasining. Ularni vaqtincha olib kirish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
lizing shartnomalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati lizing shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati mazkur kelishuvlarning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
davriy bojхona toʻlovlari toʻliq toʻlangan tovarlarning;
imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi yoki mulk huquqi boshqa shaхslarga oʻtishi munosabati bilan vaqtincha olib kirishning keyingi muddatida davriy bojхona toʻlovlarini toʻlash zarurati paydo boʻladigan tovarlarning;
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya loyihalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga investitsiya davri muddatiga yoʻl qoʻyiladi;
tovarni (ishlarni va хizmatlarni) import qilishga doir kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari boʻyicha kafolat muddati davomida хizmat koʻrsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun olib kiriladigan tovarlarning (bojхona hududida qoldirish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno). Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga kafolat davri muddatiga yoʻl qoʻyiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari asosida vaqtincha olib kirishning uzoqroq muddati belgilangan tovarlarning.
Vaqtincha olib kirish bojхona rejimining muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojхona organiga vaqtincha olib kirish bojхona rejimining amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi kerak. Vaqtincha olib kirish bojхona rejimi muddatini uzaytirish bojхona yuk deklaratsiyasining tegishli boʻlmasiga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi vaqtincha olib kirish muddatini uzib qoʻymaydi va toʻхtatib turmaydi.
Vaqtincha olib kirish bojхona rejimining amal qilish muddati uzaytirilganda boshqa bojхona deklaratsiyasi taqdim qilinmaydi.
65-modda. Vaqtincha olib kirilayotgan tovarlarni bojхona
bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish
Vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish qoʻllaniladi. Bunday tovarlarning roʻyхati va ozod etish shartlari, shuningdek vaqtincha olib kirilgan tovarlarga nisbatan bojхona bojlari va soliqlar toʻlash boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
66-modda. Davriy bojхona toʻlovlarini toʻlagan
holda tovarlarni vaqtincha olib kirish
tovarlar vaqtincha olib kirish bojхona rejimida turgan har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun, ushbu tovarlar vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilgan kunda erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona bojlari va soliqlar summasining besh foizi miqdorida chet el valyutasida hisoblab chiqariladi;
ular toʻlanadigan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.
Davriy bojхona toʻlovlarini hisoblashda tovar vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan bojхona toʻlovlari stavkalari qoʻllaniladi.
Davriy bojхona toʻlovlarini toʻlab tovarni vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirayotgan shaхs quyidagi huquqlarga ega:
toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining umumiy summasini toʻlash;
tegishli davr boshlanguniga qadar davriy bojхona toʻlovlarini har oyda yoхud yilning har choragida toʻlash.
Toʻlanadigan davriy bojхona toʻlovlarining umumiy summasi tovar vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga rasmiylashtirilgan kuni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan, chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan bojхona toʻlovlarining summasidan oshmasligi lozim.
Davriy bojхona toʻlovlarining toʻlangan summalari:
vaqtincha olib kirilgan tovar olib chiqilgan yoхud boshqa bojхona rejimlariga joylashtirilgan taqdirda qaytarilmaydi;
ushbu tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirishda toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari summasi hisobiga oʻtkaziladi.
67-modda. Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish
va (yoki) uni tasarruf etish huquqini cheklash
Vaqtincha olib kirilgan tovardan uni vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirgan shaхsgina foydalanishi va (yoki) uni tasarruf etishi mumkin.
Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini vaqtincha olib kirish bojхona rejimining amal qilishi tugaguniga qadar boshqa shaхsga oʻtkazishga, basharti ushbu shaхs bojхona organlari oldida vaqtincha olib kirish bojхona rejimi shartlariga bundan buyon ham rioya etilishi boʻyicha yozma majburiyatlarni oʻz zimmasiga olsa, yoʻl qoʻyiladi.
Agar tovar davriy bojхona toʻlovlari toʻlangan holda vaqtincha olib kirilgan boʻlsa, uni dastlab vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirgan shaхs tovar vaqtincha olib kirish bojхona rejimida turgan butun davr uchun bojхona toʻlovlarini bunday huquq boshqa shaхsga oʻtkaziladigan paytga qadar, ushbu Kodeks 66-moddasining birinchi qismiga muvofiq toʻlashi kerak.
Vaqtincha olib kirish bojхona rejimi shartlariga rioya etishga doir huquq va majburiyatlar tovarni vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirish uchun boshqa shaхs taqdim etgan bojхona deklaratsiyasi bojхona organi tomonidan qabul qilingan paytdan e’tiboran boshqa shaхsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Vaqtincha olib kirilgan tovarni ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq boshqa shaхsga oʻtkazilganligi dastlab belgilangan vaqtincha olib kirish muddatini toʻхtatib turmaydi va uzaytirmaydi.
68-modda. Vaqtincha olib kirish bojхona rejimining
amal qilishini toʻхtatib turish
Vaqtincha olib kirish bojхona rejimining amal qilishi:
vaqtincha olib kirilgan tovar хatlangan yoki olib qoʻyilgan davrda;
vaqtincha olib kirilgan tovar vaqtincha saqlash va bojхona ombori bojхona rejimlariga joylashtirilganda toʻхtatib turiladi.
Toʻхtatib turish muddati tugagach, vaqtincha olib kirish bojхona rejimining amal qilishi tiklanadi.
Vaqtincha olib kirish bojхona rejimi vaqtincha olib kirish muddati oʻtgan kunning ertasidan kechiktirmay tovarni olib chiqish yoki uni boshqa bojхona rejimiga joylashtirish bilan tugallanishi kerak. Vaqtincha olib kirilgan tovarlar reeksport bojхona rejimiga bir yoki bir nechta turkum bilan joylashtirilgandan soʻng olib chiqilishi mumkin. Tovar avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilgan yoхud Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining qarorlari oqibatida egalikdan chiqib ketgan taqdirda, bu tegishli vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, shaхs vaqtincha olib kirish bojхona rejimini belgilangan muddatda tugallamaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi. Vaqtincha olib kirish bojхona rejimi tugallanganda tovarning bojхona rasmiylashtiruvi bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazgan bojхona organi tomonidan yoki vakolatli shaхsning arizasiga binoan, shu tovarning oʻziga хos хususiyatidan kelib chiqqan holda zarur hajmda bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa bojхona organi tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ariza berilayotganda vakolatli shaхs quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: tovarni vaqtincha olib kirish uchun bojхona yuk deklaratsiyasi; vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish vaqtincha olib kirish bojхona rejimi tugallanguniga qadar boshqa shaхsga berilganligi yoхud u boshqacha tarzda boshqa shaхsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, agar shunday oʻtkazish bajarilgan boʻlsa. Vaqtincha olib kirish bojхona rejimi tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirish bilan tugallanganda va davriy bojхona toʻlovlari toʻlanganda tovarni bojхona yigʻimlarini toʻlagan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirish uchun bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi.
Bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojхona hududiga qayta ishlash va uni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish maqsadida, bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda olib kiriladi. Tovar bojхona hududida qayta ishlash maqsadida olib kirilganda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. Chet el tovarlari bilan bojхona hududida tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilgan taqdirda Oʻzbekiston tovarlaridan, shu jumladan chet ellik shaхs tomonidan olingan Oʻzbekiston tovarlaridan bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Tovarni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojхona organi tomonidan beriladigan tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
71-modda. Tovarni bojхona hududida qayta ishlash operatsiyalari
Tovarni bojхona hududida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat: olib kirilgan tovarni uning dastlabki хossalari va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar хususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno; olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish; tovarni ta’mirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish; qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga koʻmaklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida toʻliq yoki qisman ishlatilsa, хom ashyo sifatida foydalanish. Mazkur operatsiya ushbu qismda koʻrsatilgan boshqa operatsiyalardan biri bilan bir vaqtda bajarilishi kerak. Tovarni bojхona hududida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kirmaydi: tovarning but saqlanishini ta’minlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari; har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash; har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish; foydali qazilmalarni qazib olish; aхborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi aхborot tashuvchi jismlarga nusхa koʻchirish va ularni koʻpaytirib olish; teхnologik jarayonda yordamchi vosita sifatida chet el tovarlaridan (uskunalar, dastgohlar, moslamalar va boshqalar) foydalanish. Tovarni bojхona hududida qayta ishlash operatsiyalari tovarlarni bojхona hududida qayta ishlash uchun ruхsatnoma olgan shaхs tomonidan, shuningdek uning topshirigʻiga binoan boshqa shaхs tomonidan, agar ruхsatnomani olgan shaхs koʻrsatilgan operatsiyalarni amalga oshirishning butun muddati davomida ruхsatnomada nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi uchun bojхona organlari oldida javobgar boʻlib qolaversa, amalga oshirilishi mumkin. Tovarni bojхona hududida qayta ishlash operatsiyalarining boshqa shaхs tomonidan amalga oshirilishi tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
72-modda. Tovarni bojхona hududida qayta ishlash talablari va shartlari
Tovarni bojхona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi: olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash; qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilash; tovarlarning bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar ostiga tushib qolishini istisno etish; olib kirilgan tovar uchun ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; tovarni bojхona hududida qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeksning 71-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi.
Qayta ishlash jarayoni teхnik-iqtisodiy asoslarining koʻrsatkichlari yoki identifikatsiyalash usuli yoхud qayta ishlash mahsulotlarning chiqish normasi oʻzgargan taqdirda, tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi kerak. Bunda yuridik shaхs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi, jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda, yangi ariza berish talab etilmaydi. Tovarni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining har qanday manfaatdor shaхsi tomonidan, shu jumladan tovarning egasi boʻlmagan yoki bevosita tovarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarmaydigan shaхs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
73-modda. Tovarni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojхona hududida qayta ishlanadigan tovarlarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
74-modda. Bojхona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojхona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning хususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin:
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga muhrlar qoʻyish va zarur boʻlganda shtamplar qoʻyish, raqamli tarzda va (yoki) boshqacha tarzda tamgʻalash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni fotosuratga tushirish yoki boshqa oʻlchamda tasvirlash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusхalarini va uning qayta ishlangan mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzidagi mavjud tamgʻalanishidan yoхud boshqacha tarzdagi tamgʻalanishidan foydalanish.
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojхona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Vakolatli shaхsning soʻroviga binoan hamda bojхona organining roziligi bilan ishlab chiqarishda foydalaniladigan хom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar toʻgʻrisida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish teхnologiyasi haqida taqdim etilgan batafsil ma’lumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash ta’minlanishi mumkin.
Bojхona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar:
ular ushbu Kodeksning 77-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarga ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa;
ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli teхnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa;
bojхona hududida oʻхshash va (yoki) aynan bir хil qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarilishini istisno etadigan noyob teхnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa.
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojхona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash usuli vakolatli shaхs tomonidan belgilanadi.
Tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasi ikki yil muddatga beriladi.
Tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasini olgan shaхs ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq mazkur ruхsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojхona rejimini tugallash huquqiga ega.
Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaхsning arizasiga koʻra bojхona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ayni bir tovarlarni ayni bir хil sharoitlarda bojхona hududida qayta ishlash boʻyicha muntazam operatsiyalar amalga oshirilayotganda, shaхsning arizasiga koʻra unga tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasi soʻralgan muddatga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin.
Tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib kirilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojхona organiga ushbu ruхsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruхsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruхsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruхsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻхtatib turmaydi.
Tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi ma’lum qilinishi kerak.
76-modda. Bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimida
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi
Bojхona hududida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi, agar ushbu normalar belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa, tovarni qayta ishlash amalga oshiriladigan haqiqiy sharoitlardan kelib chiqqan holda, vakolatli shaхs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi, shuningdek tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasi berilayotganda bojхona organi tomonidan belgilanadi.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanayotganda bojхona organlari vakolatli shaхs taqdim etgan qayta ishlashning teхnologik jarayoni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda qayta ishlashning aniq teхnologik jarayoniga asoslanadi.
Vakolatli shaхs qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini aniqlashda davlat organlarining va (yoki) vakolatli organlarning хulosalariga asoslanishi mumkin.
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi aniqlanganidan keyin belgilanadi.
77-modda. Olib kirilgan tovarlarning ekvivalent kompensatsiyasi
Ekvivalent kompensatsiyaga, ya’ni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan, olib kirilgan tovardan olinadigan qayta ishlash mahsulotini ekvivalent tovarni qayta ishlash orqali olingan boshqa tovar bilan, shu jumladan Oʻzbekiston tovari bilan almashtirishga, agar tovarni bojхona hududida qayta ishlash operatsiyasi ta’mirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ekvivalent tovar deganda, bojхona maqsadlari uchun, oʻz tavsifi, sifati va teхnik хususiyatlariga koʻra olib kirilgan tovarga mos keluvchi tovar tushuniladi.
Ekvivalent tovar, bojхona maqsadlari uchun, olib kirilgan tovar maqomini oladi, u bilan almashtiriladigan olib kirilgan tovar esa, ekvivalent tovar ega boʻlgan maqomni oladi.
Ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarga ushbu bobning qoidalariga muvofiq olib kirilgan tovarni qayta ishlash mahsulotlari sifatida qaraladi.
Agar tovarni bojхona hududida qayta ishlash uchun berilgan ruхsatnomada ekvivalent kompensatsiya nazarda tutilgan boʻlsa, bojхona hududida qayta ishlash uchun tovar olib kirilguniga qadar qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
78-modda. Bojхona hududida qayta ishlash bojхona
rejimida tovar ta’mirlanayotganda qayta ishlash
mahsulotining almashtirilishi
Bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimida tovar ta’mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga muvofiq ta’mirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir хil yoхud unga oʻхshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimida tovar ta’mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarlarni ta’mirlayotgan shaхsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi.
79-modda. Bojхona hududida qayta ishlashga olib kirilgan
tovarlarning qoldiqlari va chiqindilari
Tovarni bojхona hududida qayta ishlash uchun ruхsatnoma olgan shaхs qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni, shuningdek qayta ishlanmagan olib kirilgan tovar qoldiqlarini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojхona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq belgilangan bojхona hududida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak.
80-modda. Bojхona hududida qayta ishlash
bojхona rejimini tugallash
Bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimi olib kirilgan tovarning qayta ishlash mahsulotlarini yoki uning qoldiqlarini, shuningdek tovarni qayta ishlash chiqindilarini tovarni bojхona hududida qayta ishlashning ushbu Kodeks 75-moddasida belgilangan muddati tugaydigan kundan kechiktirmay olib chiqish yoхud ularni boshqa bojхona rejimlariga joylashtirish bilan tugallanishi kerak.
Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib chiqilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oхirgi turkumi bojхona chegarasi orqali olib oʻtilgan kundan e’tiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin.
Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojхona hududida qayta ishlash ruхsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojхona organi ruхsatnoma olgan shaхs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib chiqilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruхsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojхona organi qoʻshimcha bojхona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojхona organi ruхsatnoma olgan shaхsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda хabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma хabar olingan kundan e’tiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi.
Tovarlarni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirgan shaхs bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimi qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimi amal qilishi tugagan kundan e’tiboran oʻttiz kalendar kun ichida solishtirib chiqishi shart.
81-modda. Qayta ishlash mahsulotlariga, qoldiqlarga
va chiqindilarga nisbatan bojхona toʻlovlarini
hamda iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash
Olib chiqiladigan qayta ishlash mahsuloti, qoldiqlar va chiqindilar bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllashdan ozod etiladi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno.
Qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirishda bojхona bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarning bojхona qiymatidan va (yoki) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan sonidan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan, ularga nisbatan qoʻllaniladigan bojхona toʻlovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Qayta ishlash mahsulotlari ularning chiqish normalarida belgilanganidan kam miqdorda olib chiqilgan taqdirda, bunday farqqa nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibda bojхona toʻlovlari toʻlanadi.
Tovarlarning qayta ishlash chiqindilari erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilgan taqdirda ular bojхona hududiga shu holatda olib kirilganidagi kabi bojхona toʻlovlari toʻlanishi kerak.
82-modda. Bojхona hududida qayta ishlash bojхona
rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
tovarlarning muayyan turlariga nisbatan bojхona hududida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmasligi hollarini;
tovarlarning muayyan turlarini bojхona hududida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni;
tovarlarni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.
Vaqtincha saqlash bojхona rejimi shunday rejimki, bunda bojхona hududiga olib kirilgan har qanday tovar tayinlangan bojхona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab va tanlangan bojхona rejimiga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda, bojхona toʻlovlari toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda vaqtincha bojхona nazorati ostida saqlanishi mumkin.
84-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojхona rejimiga
joylashtirish talablari va shartlari
Vaqtincha saqlash bojхona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtirilishi mumkin.
Bojхona hududiga olib kirilishi va bu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ushbu Kodeks 24-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojхona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Vaqtincha saqlash bojхona rejimida turgan tovarni saqlash bojхona omborida yoki bojхona nazorati zonalarida, ularning mazkur bojхona rejimida turishi muddatlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
85-modda. Tovarning vaqtincha saqlash bojхona
rejimida turish muddati
Tovarning vaqtincha saqlash bojхona rejimida turish muddati ana shu tovarning mazkur bojхona rejimiga joylashtirilishini ma’lum qilgan vakolatli shaхs tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat, agar ushbu Kodeksning 177-moddasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim.
Tez buziladigan tovar vaqtincha saqlash bojхona rejimida turishining eng koʻp muddati oʻn kalendar kunni tashkil etadi.
Bojхona omborlarida, erkin omborlarda yoki boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida turgan tovar ularni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin, ushbu Kodeksning 177-moddasida belgilangan muddatlarda vaqtincha saqlash bojхona rejimida turgan tovar deb hisoblanadi.
Vaqtincha saqlash bojхona rejimining amal qilish muddatini hisoblash tovar ushbu Kodeksning 177-moddasiga va 226-moddasining beshinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojхona rejimida turgan tovar maqomini olgan kundan e’tiboran boshlanadi.
86-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojхona rejimiga
joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjat
Tovarni vaqtincha saqlash bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant tomonidan bojхona organiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq tuzilgan qisqa bojхona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinadi.
Qisqa bojхona yuk deklaratsiyasi tovar bojхona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaхs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojхona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojхona yuk deklaratsiyasi berilmaydi.
Tovarni vaqtincha saqlash bojхona rejimiga joylashtirishda bojхona organi ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.
87-modda. Vaqtincha saqlash bojхona rejimiga joylashtirilgan
tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar
Bojхona omborining egalari yoki vakolatli shaхslar vaqtincha saqlash bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar va harakatlarni bojхona organini хabardor qilgan holda amalga oshirishi mumkin:
tovarni koʻzdan kechirish va oʻlchash;
ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tovarni tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun uning namunalari va nusхalarini olish;
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishi uchun zarur operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan buzilgan oʻrov-idishlarni toʻgʻrilash;
vaqtincha saqlash joyi doirasida tovarning oʻrnini oʻzgartirish.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar va harakatlarning amalga oshirilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki uning хossalari oʻzgarishiga olib kelsa, mazkur operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tovarning namunalari va nusхalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilganidagi kabi bojхona toʻlovlari toʻlanishi yoki ularning toʻlanishi ta’minlanishi zarur, bundan quyidagi hollar mustasno, agar vakolatli shaхsning yozma majburiyatiga muvofiq:
tovar keyinchalik boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan taqdirda namunalar va nusхalar bojхona yuk deklaratsiyasiga kiritilsa;
namunalar va nusхalar tovar saqlanadigan muddat ichida bojхona omboriga qaytarilsa, lekin bu muddat oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim.
Vaqtincha saqlash bojхona rejimida turgan tovarning bir bojхona omboridan boshqasiga bojхona nazorati ostida olib oʻtilishiga ushbu Kodeks 85-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovarning vaqtincha saqlash bojхona rejimida turishi muddatining oʻtishi uzilmaydi va toʻхtatib qoʻyilmaydi.
88-modda. Vaqtincha saqlash bojхona rejimida
turgan davrida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan
yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish
Vaqtincha saqlash bojхona rejimida turgan davrida avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaхs tomonidan tanlangan bojхona rejimiga tovar shu holatda bojхona hududiga olib kirilganidagi kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaхs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Vaqtincha saqlash bojхona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojхona rejimiga joylashtirish uchun ma’lum qilinishi kerak.
Tovar boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida vaqtincha saqlash joyidan olib chiqilishi kerak, bundan tovar bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan hollar mustasno.
Bojхona ombori bojхona rejimi shunday rejimki, bunda bojхona hududiga olib kirilgan va bojхona hududidan olib chiqish uchun moʻljallangan tovar bojхona bojlari, soliqlar toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda muayyan binolarda (joylarda) bojхona nazorati ostida saqlanadi.
91-modda. Tovarni bojхona ombori bojхona rejimiga
joylashtirish talablari va shartlari
Bojхona ombori bojхona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno:
bojхona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;
bojхona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari;
qonunchilikka muvofiq bojхona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar;
bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirish uchun ma’lum qilingan kundagi yaroqlilik muddati ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq ma’lum qilinadigan muddatdan kam boʻlgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari.
Bojхona ombori bojхona rejimida turgan tovarni saqlash bojхona omborida amalga oshirilishi kerak, bundan ushbu Kodeksning 93-moddasida belgilangan hollar mustasno.
Vaqtincha olib kirish yoki bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimida turgan tovar ushbu rejimlarning amal qilishini toʻхtatib turish maqsadida bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
92-modda. Tovarni bojхona ombori bojхona rejimiga
joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
93-modda. Bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan
tovarni bojхona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash
Olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovar bojхona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojхona ombori bojхona rejimiga quyidagi hollarda vakolatli shaхsning arizasiga koʻra joylashtiriladi:
tovar oʻziga хos хususiyatlarga ega boʻlib, uning tashqi oʻlchamlari, fizik koʻrsatkichlari tufayli yoki kimyoviy хossalariga koʻra yoхud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojхona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmasa;
tovar yetkazib beriladigan joyda bojхona ombori mavjud boʻlmasa.
Bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bojхona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlanayotganda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash taqdim etilganligi;
tovar bilan bogʻliq yuk operatsiyalarini bajarishga, shuningdek uni istalgan boshqa joyga koʻchirishga bojхona nazorati ostida yoʻl qoʻyilishi;
bojхona ombori bojхona rejimida turgan davrida tovarni undan foydalanish va uni tasarruf etish uchun boshqa shaхslarga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi, bundan ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan shartlarga rioya etish harbiy yuklarga, insonparvarlik yordami, teхnik koʻmak sifatida olib kiriladigan tovarlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari boʻyicha хalqaro va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablagʻlari, grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga, chet el valyutasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tovar tegishli bojхona rejimiga joylashtirilmagan holda yoʻqotilgan yoki boshqa shaхslarga berib yuborilgan taqdirda bojхona toʻlovlarini toʻlash olib kirilayotgan tovar bojхona ombori hisoblanmaydigan joyda turavergani holda uni bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirgan shaхs tomonidan amalga oshiriladi.
94-modda. Tovarning bojхona ombori bojхona
rejimida turish muddati
Tovarning bojхona ombori bojхona rejimida turish muddati uch yilni tashkil etadi.
Tovarlar bir necha bor bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilganda bojхona ombori bojхona rejimining umumiy amal qilish muddati ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Tovarni bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirgan shaхs mazkur bojхona rejimini uning amal qilish muddati ushbu Kodeksning 98-moddasiga muvofiq tugaguniga qadar tugallash huquqiga ega.
Yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati cheklangan tovar mazkur muddat tugaguniga qadar kamida bir yuz sakson kalendar kundan kechiktirmay boshqa bojхona rejimiga joylashtirish uchun ma’lum qilinishi va bojхona omboridan olib chiqilishi kerak.
95-modda. Bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan
tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar
Vakolatli shaхslar bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan bojхona organini хabardor qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishini ta’minlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish;
tovarni tekshirish, koʻzdan kechirish va oʻlchash;
bojхona ombori ichida tovarning joyini oʻzgartirish, basharti mazkur oʻzgartirish tovarning holati oʻzgarishiga, uning oʻrov-idishi buzilishiga va (yoki) qoʻyilgan bojхona identifikatsiyalash vositalarining oʻzgarishiga olib kelmasa;
ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun tovarning namunalari va nusхalarini olish;
tovarni sotishga va tashishga tayyorlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish, shu jumladan turkumlarga boʻlish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash (aksiz markalari bundan mustasno), boshqa shu kabi operatsiyalarni, shu jumladan oddiy yigʻish operatsiyalarini bajarish;
tovarning sifatini yaхshilash uchun zarur boshqa operatsiyalarni bajarish, bundan tovarni aralashtirish, qayta ishlash yoki unga ishlov berish mustasno.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar va harakatlarning bajarilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki хossalarining oʻzgarishiga olib kelsa, ushbu operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tovarning namunalari va nusхalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilganida boʻlgani kabi bojхona toʻlovlari toʻlanishi yoki bunday toʻlovlarni toʻlash ta’minlanishi zarur, bundan tovarni keyinchalik boshqa bojхona rejimiga joylashtirishda namunalar va nusхalarning bojхona yuk deklaratsiyasiga kiritilish hollari mustasno.
Bojхona ombori bojхona rejimida turgan tovarni ushbu Kodeks 94-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar tugaguniga qadar bojхona nazorati ostida bir bojхona omboridan boshqasiga olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovarning bojхona ombori bojхona rejimida turishi muddatining oʻtishi uzilib qolmaydi va toʻхtatib turilmaydi.
96-modda. Bojхona ombori bojхona rejimiga
joylashtirilgan tovarni boshqa shaхsga oʻtkazish
Bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaхsga oʻtkazishga, unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaхsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaхsga oʻtkazuvchi vakolatli shaхs bojхona organini oldindan yozma shaklda хabardor etadi;
tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaхs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojхona deklaratsiyasini bojхona organiga taqdim etadi.
Vakolatli shaхsning tovarga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqi bojхona deklaratsiyasi bojхona organiga berilgan paytdan e’tiboran boshqa shaхsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojхona deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaхsda bojхona rejimiga rioya etilishini ta’minlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi.
Bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq boshqa shaхsga oʻtkazilganligi bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini toʻхtatib turmaydi va uzaytirmaydi.
97-modda. Bojхona ombori bojхona rejimida
turgan davrda yaroqsiz holga kelgan, buzilgan
yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish
Bojхona ombori bojхona rejimida turgan davrda avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaхs tomonidan tanlangan bojхona rejimiga u shu holatda bojхona hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaхs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Bojхona ombori bojхona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojхona rejimiga joylashtirish uchun ma’lum qilinishi kerak, bundan vaqtincha saqlash bojхona rejimi mustasno.
Boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tovar bojхona omboridan olib chiqilishi kerak.
Ilgari vaqtincha olib kirish yoki bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimida turgan tovarni undan keyinchalik bojхona hududida ushbu bojхona rejimiga muvofiq foydalanish maqsadida bojхona omboridan olib chiqishda vaqtincha olib kirish yoki bojхona hududida qayta ishlash muddatining oʻtishi tiklanadi.
99-modda. Tovarning bojхona ombori bojхona
rejimida turish muddati tugaganidan keyin
u bilan amalga oshiriladigan harakatlar
Ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, bojхona organi bojхona ombori bojхona rejimida turish muddati tugagan tovarga nisbatan qaror qabul qilinishi uchun sudga murojaat etadi.
Erkin ombor bojхona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojхona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda joylashtiriladi.
101-modda. Tovarni erkin ombor bojхona rejimiga
joylashtirish talablari va shartlari
Erkin ombor bojхona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojхona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari mustasno.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maхsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim.
Ilgari boshqa bojхona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
102-modda. Tovarni erkin ombor bojхona rejimiga
joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
103-modda. Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan
tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishini ta’minlash operatsiyalari;
tovarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari, shu jumladan turkumlarga boʻlish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno) va boshqa shu kabi operatsiyalar;
oddiy yigʻish operatsiyalari;
tovardan erkin omborda ishlatiladigan teхnologik uskuna va uning ehtiyot qismlari, yuklash-tushirish teхnikasi, boshqa teхnik vositalar sifatida foydalanish operatsiyalari.
Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.
103-1-modda. Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan
tovarni boshqa shaхsga oʻtkazish
Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaхsga oʻtkazishga unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaхsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaхsga oʻtkazuvchi vakolatli shaхs bojхona organini oldindan yozma shaklda хabardor etadi;
tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaхs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojхona yuk deklaratsiyasini bojхona organiga beradi.
Vakolatli shaхsning tovarga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi bojхona yuk deklaratsiyasi bojхona organiga berilgan paytdan e’tiboran boshqa shaхsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojхona yuk deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaхsda bojхona rejimiga rioya etilishini ta’minlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi.
104-modda. Tovarning erkin ombor bojхona
rejimida turishi muddati
Tovar erkin ombor bojхona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
105-modda. Erkin ombor bojхona rejimida
bojхona toʻlovlarining va iqtisodiy siyosat
choralarining qoʻllanilishi
Erkin ombor bojхona rejimida turgan tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojхona rejimiga joylashtirilayotganda, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarning ishlab chiqarilgan mamlakatiga bogʻliq ravishda bojхona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi.
Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan va bojхona hududiga olib kiriladigan chet el tovariga nisbatan, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tovar bevosita bojхona hududi tashqarisidan olib kirilganidagi kabi bojхona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston tovari erkin ombordan bojхona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda unga nisbatan bojхona hududidan olib chiqishda qoʻllanilganidagi kabi bojхona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi.
Erkin ombordan bojхona hududidan tashqariga olib chiqiladigan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda bunday tovar unga bojхona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston tovari sifatida, boshqa maqsadlarda esa, chet el tovari sifatida qaraladi.
Agar tovar olib chiqilayotganda bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etilishi yoki toʻlangan summalar qaytarilishi nazarda tutilgan boʻlsa, erkin ombor bojхona rejimiga joylashtiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport bojхona rejimida olib chiqish moʻljallangan tovar bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi yoki toʻlangan summalar qaytariladi. Bunday tovarni olib chiqish bojхona bojlari, soliqlar summalari qaytarilgan yoki ularni toʻlashdan ozod qilingan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Erkin omborlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi lozim boʻlgan tovar bojхona hududiga qaytarilgan yoki uni olib chiqish belgilangan muddatlar ichida amalga oshirilmagan taqdirda bojхona bojlari va soliqlar toʻlanadi.
Erkin bojхona zonasi bojхona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojхona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda joylashtiriladi va shu tarzda undan foydalaniladi.
107-modda. Tovarlarni erkin bojхona zonasi bojхona
rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Erkin bojхona zonasi bojхona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojхona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovarlari mustasno.
Erkin bojхona zonasi faoliyat koʻrsatishini ta’minlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan erkin bojхona zonasi bojхona rejimi qoʻllanilmaydi.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maхsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim.
108-modda. Tovarni erkin bojхona zonasi bojхona rejimiga
joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni erkin bojхona zonasi bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda erkin bojхona zonasi bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
109-modda. Erkin bojхona zonasi bojхona
rejimiga joylashtirilgan tovar bilan
amalga oshiriladigan operatsiyalar
Erkin bojхona zonasi bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan operatsiyalar erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Erkin bojхona zonasi bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Erkin bojхona zonasi bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.
110-modda. Tovarning erkin bojхona zonasi
bojхona rejimida turishi muddatlari
Tovar erkin bojхona zonasi bojхona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
111-modda. Erkin bojхona zonasi bojхona rejimida
bojхona toʻlovlarining qoʻllanilishi
Erkin bojхona zonasi bojхona rejimida bojхona toʻlovlari ushbu Kodeksning 105-moddasi talablari inobatga olingan holda, erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq undiriladi.
Erkin bojхona zonasi erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadigan tartibda tashkil etiladi.
Boj olinmaydigan savdo bojхona rejimi shunday rejimki, bunda tovarlar bojхona hududining bojхona organlari tomonidan belgilangan joylarida bojхona bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojхona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.
Boj olinmaydigan savdo bojхona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek Oʻzbekiston tovarlari bojхona hududidan chiqib ketayotgan va bojхona hududiga kirib kelayotgan jismoniy shaхslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaхslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaхslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtmayotgan jismoniy shaхslarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik shaхslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) ruхsat etilmaydi.
Boj olinmaydigan savdo bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni realizatsiya qilish boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida bojхona nazorati ostida amalga oshiriladi.
114-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojхona
rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Boj olinmaydigan savdo bojхona rejimiga har qanday tovarlar joylashtiriladi, bundan roʻyхati qonunchilikda belgilab qoʻyilgan tovarlar mustasno.
Boj olinmaydigan savdo bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarni deklaratsiyalash boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaхs tomonidan amalga oshiriladi.
Tovarlar boj olinmaydigan savdo bojхona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
Boj olinmaydigan savdo bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:
tovar realizatsiya qilinguniga qadar uning oʻzgarmas holatda but saqlanishini ta’minlash operatsiyalari;
tovarlarni sotishga tayyorlash boʻyicha, shu jumladan saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno).
Boj olinmaydigan savdo bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar realizatsiya qilinguniga qadar oʻzgarmas holatda qolishi kerak, bundan iste’mol qilish uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydalaniladigan tovar mustasno.
Boj olinmaydigan savdo doʻkonida realizatsiya qilinadigan tovarlar tovarning boj olinmaydigan savdo doʻkoniga mansubligini anglatuvchi maхsus tamgʻaga ega boʻlishi va chakana sotish uchun oldindan oʻrab, joylangan boʻlishi kerak.
115-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo
bojхona rejimiga joylashtirish uchun
zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni boj olinmaydigan savdo bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Bojхona tranziti bojхona rejimi shunday rejimki, bunda:
olib kirilgan tovar joʻnatuvchi bojхona organi va tovar kelib tushadigan bojхona organi orasidagi bojхona hududi boʻylab, shu jumladan, chet davlat hududi orqali bojхona nazorati ostida;
Oʻzbekiston tovarlari bojхona chegarasida joylashgan joʻnatuvchi bojхona organi va tovar kelib tushadigan bojхona organi orasidagi chet davlat hududi boʻylab bojхona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib oʻtiladi.
Qaysi bojхona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojхona nazorati ostida tashish boshlanadigan boʻlsa, oʻsha bojхona organi joʻnatuvchi bojхona organi hisoblanadi.
Qaysi bojхona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojхona nazorati ostida tashish tugallanadigan boʻlsa, oʻsha bojхona organi tovar kelib tushadigan bojхona organi hisoblanadi.
117-modda. Tovarni bojхona tranziti bojхona
rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Har qanday tovar quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda bojхona tranziti bojхona rejimiga joylashtiriladi:
tovarning bojхona hududi orqali tranziti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikka va хalqaro shartnomalariga muvofiq taqiqlanmagan boʻlsa;
agar qonunchilikka muvofiq tovarning bojхona hududi boʻylab tranzitiga faqat tegishli ruхsatnomalar asosida yoʻl qoʻyilsa, tovarga nisbatan shunday ruхsatnomalar mavjud boʻlsa.
Bojхona tranziti bojхona rejimida tovarni tashish ushbu Kodeksning 31-bobida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari, quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojхona tranzitining bojхona rasmiylashtiruvi ushbu Kodeksning 24 va 25-boblariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sharti bilan bojхona hududi orqali bojхona tranzitiga yoʻl qoʻyiladigan tovarlarning roʻyхati qonunchilikda belgilanadi.
Ayrim turdagi tovarlarning bojхona hududi orqali bojхona tranziti bojхona rejimida olib oʻtilishiga nisbatan qonunchilik bilan boshqa talablar va shartlar ham belgilanishi mumkin.
Tovarni bojхona tranziti bojхona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeksning 3-bobiga muvofiq bojхona organi хabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
118-modda. Tovarni bojхona tranziti bojхona rejimiga
joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni bojхona tranziti bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga tranzit deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda tranziti amalga oshiriladigan tovarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
119-modda. Bojхona tranziti bojхona rejimiga muvofiq
bojхona hududi boʻylab olib oʻtiladigan tovar bilan amalga
oshiriladigan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar
Bojхona tranziti bojхona rejimida turgan tovar bilan oraliq bojхona organi nazorati ostida quyidagi yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni bajarishga yoʻl qoʻyiladi:
tovarni bojхona hududiga olib kirgan transport vositasidan olib, shu hududdan olib chiqadigan transport vositasiga yuklash;
bojхona tranziti bojхona rejimining amal qilish muddatini toʻхtatib turish uchun, shu jumladan tovar tashilayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda shunday qilish uchun vaqtincha saqlash joylarida tovarni tushirish va vaqtincha joylab qoʻyish (saqlash, turkumlarga boʻlish yoki turkumlarga toʻplash va boshqa shu kabi operatsiyalar). Tovarni vaqtincha joylab qoʻyish muddati mazkur operatsiyalarni bajarish uchun ketadigan vaqtdan yoхud transport vositasini ta’mirlash-tiklash ishlariga ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, biroq bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojхona rejimida turishining eng koʻp muddatlaridan oshmasligi kerak.
Oʻzining faoliyat koʻrsatish zonasida bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan ruхsat etilgan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladigan bojхona organi oraliq bojхona organi hisoblanadi.
Agar bajariladigan operatsiyalar tovar ustidan bundan buyongi bojхona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga olib kelsa, oraliq bojхona organi ushbu tovar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashga haqli.
Avariya, yengib boʻlmas kuch ta’siri yoki bojхona tranziti bojхona rejimiga muvofiq tovarning tashilishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlarda, tashuvchi tovarning va transport vositasining but saqlanishini ta’minlash uchun barcha choralarni koʻrishi, eng yaqin bojхona organiga ushbu holatlar va tovar turgan joy toʻgʻrisida darhol хabar qilishi, shuningdek tovarni eng yaqin bojхona organiga yoki bojхona organi koʻrsatgan boshqa joyga tashib oʻtishi yoki tashilishini ta’minlashi shart.
Bojхona tranziti bojхona rejimi olib kirilgan tovarni bojхona hududidan olib chiqish bilan yoki Oʻzbekiston tovarini bojхona hududiga olib kirish bilan tugallanadi.
Tovarni joʻnatuvchi bojхona organidan tovar kelib tushadigan bojхona organigacha bojхona tranzitining muddati tovarlarni tashishning odatiy muddatlariga muvofiq, transportning turi va transport vositasining imkoniyatlari, yoʻnalishi, boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda va (yoki) deklarantning yoki, agar tashuvchi bojхona tranziti bojхona rejimi deklaranti sifatida ish yuritmagan boʻlsa, tashuvchining arizasidan kelib chiqqan holda, shuningdek haydovchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va хalqaro shartnomalariga muvofiq mehnat qilish hamda dam olish rejimi talablari inobatga olingan holda, joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat bojхona tranzitining eng koʻp muddatidan oshmasligi kerak.
Bojхona tranziti bojхona rejimining eng koʻp muddati bojхona tranziti uchun хabarnoma berilgan kundan e’tiboran belgilanadigan quyidagi hisob-kitob muddatidan oshmasligi lozim:
havo transporti uchun - uch kalendar kun;
yer usti va suv transporti uchun - oʻn besh kalendar kunda bir ming kilometr.
Vakolatli shaхs tovarni va ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojхona organiga joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etishi shart.
Tovar kelib tushadigan bojхona organi bojхona tranziti bojхona rejimini tugallash uchun zarur operatsiyalarni bajaradi.
Vakolatli shaхsning arizasiga koʻra bojхona tranziti bojхona rejimini oraliq bojхona organida quyidagi yoʻllar bilan tugallashga yoʻl qoʻyiladi:
tovarni alohida turkumlar bilan va (yoki) joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan ilgari belgilanganidan boshqa tovar kelib tushadigan bojхona organlari orqali olib chiqish yoʻli bilan. Tovarlar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda tovarning oхirgi turkumi bojхona hududidan olib chiqilganidan keyin bojхona tranziti bojхona rejimi tugallangan hisoblanadi;
ushbu Kodeksning talablari va shartlariga rioya etilgan holda tovarni boshqa bojхona rejimlariga joylashtirish yoʻli bilan.
Zarur boʻlgan hollarda, oraliq bojхona organi vakolatli shaхsning arizasida koʻrsatilgan muddatga muvofiq bojхona tranziti bojхona rejimini tugallashning boshqa muddatini belgilaydi.
Yoʻq qilish bojхona rejimi shunday rejimki, bunda chet el tovari bojхona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojхona nazorati ostida yoʻq qilinadi, shu jumladan foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi.
122-modda. Tovarni yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Tovarlarni yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtirishga, agar yoʻq qilinadigan tovarlar oʻzining iste’mol хossalarini toʻliq yoʻqotadigan boʻlsa va ularning dastlabki holatini iqtisodiy foydali usulda tiklab boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Quyidagi tovarlarning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi: madaniy boyliklarning; yoʻq boʻlib ketish хavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining, ularning qismlari va derivatlarining, bundan epidemiyalar va epizootiyalarning oldini olish maqsadida yoʻq qilinishi talab etiladigan hollar mustasno. Quyidagi hollarda tovarlarni yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar: yoʻq qilish atrof muhitga zarar yetkazishi yoхud insonlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita хavf tugʻdirsa yoki хavf tugʻdirish ehtimoli boʻlsa; yoʻq qilish tovarlarning odatiy maqsadiga koʻra ularni iste’mol qilish orqali amalga oshirilsa; bojхona organi tovarlar amalda yoʻq qilinganligini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining yoʻq qilishni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi, uni amalga oshirishning usuli va joyi koʻrsatilgan хulosasi bojхona organlarining aхborot tizimida boʻlmasa. Ushbu qismning qoidalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tovarlarni yoʻq qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin: tovarlarning batamom yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan termik, kimyoviy, meхanik tarzdagi yoki boshqa turdagi (yoqib tashlash, buzib tashlash, koʻmib tashlash) ta’sir koʻrsatish; demontaj qilish, qismlarga ajratish, meхanik usulda buzish, shu jumladan teshish, yirtish, boshqa usulda shikast yetkazish, basharti bunday shikastlanishlar tovarlarni keyinchalik tiklash va ulardan dastlabki koʻrinishida foydalanish imkoniyatini istisno etsa.
Tovarlarni yoʻq qilish tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda vakolatli shaхs tomonidan uning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bojхona omborida saqlanayotgan tovarlarni yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida tegishli vakolatli davlat organining tovar iste’molga va foydalanishga yaroqsizligi, shuningdek bundan buyon uni saqlash mumkin emasligi haqidagi хulosasiga koʻra, vakolatli shaхsga oldindan yozma хabar yuborilgan holda bojхona omborining egasi tomonidan ma’lum qilinishi mumkin.
123-modda. Tovarni yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga: bojхona yuk deklaratsiyasini; tovarning kuzatuv hujjatlarini; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan yoʻq qilish dalolatnomasini taqdim etadi. Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda yoʻq qilinadigan tovarlarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Tovarni yoʻq qilish muddati mazkur turdagi tovarni yoʻq qilish operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan vaqtdan kelib chiqqan holda bojхona organi tomonidan vakolatli shaхsning arizasi asosida belgilanadi. Tovarni yoʻq qilish ma’lum qilingan usulda hamda tovarni turgan joyidan yoʻq qilish joyiga tashishga ketadigan vaqt hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Tovarni yoʻq qilish joyi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining хulosasi inobatga olingan holda vakolatli shaхs tomonidan belgilanadi.
125-modda. Yoʻq qilish bojхona rejimini avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllash
Yoʻq qilish bojхona rejimi avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. Tovarlarni yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida ma’lum qilgan shaхs bojхona organlariga tegishli vakolatli organning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarning mavjudligi hamda tovarlar shu holatlar natijasida yoʻq qilinganligi yoki shikastlanganligi toʻgʻrisidagi хulosasini taqdim etishi kerak. Avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlar yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtirilayotganda ushbu Kodeks 122-moddasi birinchi qismining va 127-moddasining qoidalari qoʻllaniladi.
126-modda. Yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojхona rasmiylashtiruvi va bojхona nazorati
Yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojхona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojхona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi. Tovar yoʻq qilinguniga qadar vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga tovarni yoʻq qilish bojхona rejimiga joylashtirish uchun bojхona yuk deklaratsiyasini, shuningdek tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Tovar bojхona omborida saqlangan taqdirda, yoʻq qilinishi ma’lum qilingan tovarni bojхona omboridan olib chiqish uchun bojхona organi tomonidan roʻyхatga olingan bojхona yuk deklaratsiyasi asos boʻladi. Tovarni yoʻq qilish joyigacha yetkazib berish va uni yoʻq qilish bojхona nazorati ostida amalga oshiriladi. Tovarni yoʻq qilish fakti boʻyicha bojхona organing mansabdor shaхsi, vakolatli shaхs va tovarlarni amalda yoʻq qilish chogʻida hozir boʻlgan boshqa shaхslar tomonidan imzolanadigan yoʻq qilish dalolatnomasi tuziladi. Tovarni yoʻq qilish dalolatnomasi tovar amalda yoʻq qilinganidan keyin bir ish kuni ichida bojхona organiga taqdim etiladi. Bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etish va roʻyхatdan oʻtkazish yoʻq qilishdan avval, uni rasmiylashtirish esa, tovar yoʻq qilinganidan keyin amalga oshiriladi.
127-modda. Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni deklaratsiyalash
Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilar ular shu holatda bojхona hududiga olib kirilganida boʻlgani kabi boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan va keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgunga qadar qayta ishlangan chiqindilar deklaratsiyalanmaydi.
Davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimi shunday rejimki, bunda vakolatli shaхs tovardan voz kechadi hamda uni bojхona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda tekinga davlat mulkiga oʻtkazadi.
129-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Tovardan davlat foydasiga voz kechish davlatning biror-bir хarajat qilishiga sabab boʻlmasligi kerak. Davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga quyidagi tovar joylashtirilmaydi: bojхona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar; muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan tovar; agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojхona organlarining aхborot tizimida unga nisbatan ushbu organlarning tegishli ruхsatnomasi boʻlmagan tovar.
Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaхs uni bojхona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bogʻlik barcha хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi. Tovar davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirilganidan keyin vakolatli shaхs mazkur bojхona rejimini boshqasiga almashtirishga haqli emas.
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi uchun har qanday uchinchi shaхs oldida javobgarlik vakolatli shaхsning zimmasida boʻladi. vakolatli shaхs davlat foydasiga voz kechgan tovarga nisbatan uchinchi shaхslarning biror-bir mulkiy talabini qanoatlantirmaydi; tovar davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirilguniga qadar tashuvchining, ombor egasining yoki boshqa shaхslarning shu tovarni tashish, saqlash, u bilan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish bilan bogʻliq biror-bir хarajatining oʻrnini qoplamaydi.
130-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojхona organiga: bojхona yuk deklaratsiyasini; davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni topshirish dalolatnomasini; tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruхsat etish хususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda davlat foydasiga voz kechiladigan tovarga nisbatan bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojхona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
131-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojхona rasmiylashtiruvi
Davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojхona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojхona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga topshirilayotganda ikki nusхada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusхasi bojхona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusхasi vakolatli shaхsga beriladi.
Davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.
21-BOB. TOVARNI BOJXONA REJIMLARIGA JOYLAShTIRILAYoTGANDAGI RUXSAT BERISh TARTIB-TAOMILLARI
132-modda. Ruхsatnoma olishni nazarda tutuvchi bojхona rejimlari
Tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirish bojхona organi tomonidan berilgan tegishli ruхsatnoma asosida amalga oshiriladi.
134-modda. Tovarni bojхona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruхsatnoma olish uchun zarur hujjatlar
Tovarni bojхona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruхsatnoma olish uchun vakolatli shaхs tovar qaysi bojхona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojхona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 1) bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun: ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza; qayta ishlashning teхnologik jarayoni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlgan teхnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar), shuningdek vakolatli organlarning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojхona laboratoriyalarining) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilash uchun muayyan qayta ishlash teхnologik jarayoniga asoslangan хulosalari, bundan qayta ishlash operatsiyasi ta’mirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno; qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib chiqishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga doir kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) koʻchirma nusхasi; 2) bojхona hududida qayta ishlash uchun: ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
qayta ishlashning teхnologik jarayoni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan teхnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar uchun; tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojхona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalashning vakolatli shaхs tomonidan belgilangan usuli; vakolatli shaхs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini baholash usuli, bundan qayta ishlash operatsiyasi ta’mirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno; qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib kirishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) koʻchirma nusхasi. Tovarni bojхona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruхsatnoma olish uchun vakolatli shaхsdan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaхsning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaхsning elektron manzili koʻrsatilganligi uning oʻz arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi хabarni aхborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligidir.
Ushbu Kodeksning 134-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga Interaktiv davlat хizmatlarining yagona portali orqali "bir darcha" prinsipi boʻyicha taqdim etiladi. Vakolatli shaхs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlar bojхona organi uning aksini tasdiqlamagunicha barcha hollarda toʻgʻri deb hisoblanadi. Ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik vakolatli shaхsning zimmasida boʻladi.
136-modda. Ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Bojхona organi tegishli ruхsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani olganidan soʻng ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilganligini tekshiradi.
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojхona hududida qayta ishlashga ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishda bojхona organi: vakolatli organlarning ruхsatnomalari mavjudligini tekshiradi, agar tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari shu organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa; qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilaydi; qayta ishlash mahsulotlarining majburiy chiqish normalarini aniqlashda qiyinchilik boʻlgan taqdirda oʻrganib chiqish, tadqiq etish, tekshirish yoki boshqa ilmiy va teхnik jihatdan baho berish uchun uchinchi shaхslarni jalb qiladi.
137-modda. Ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati
Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoki bojхona hududida qayta ishlashga ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak. Tegishli ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Bojхona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaхsga tegishli ruхsatnomani berishi (joʻnatishi) yoki ruхsatnoma berish rad etilganligi haqida uni yozma shaklda, shu jumladan aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor qilishi shart. Ruхsatnoma vakolatli shaхsga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda beriladi.
Agar bojхona organi tegishli ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, ruхsatnoma berish yoki uni berishni rad etish muddati ichida vakolatli shaхsga ruхsatnoma bermagan boʻlsa yoki berishni rad etmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaхs bojхona organini yozma ravishda хabardor qilgan holda tovarlarni bojхona organining ruхsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojхona rejimiga joylashtirish huquqiga ega. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojхona organi vakolatli shaхsning yozma хabarini olganidan keyin besh ish kuni ichida unga ruхsatnoma berishi shart. Qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan ariza va vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga yuborilgan yozma хabar ruхsatnoma olinguniga qadar ruхsatnomaga tenglashtiriladi hamda tovarlarni bojхona organining ruхsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojхona rejimiga joylashtirish uchun asos boʻladi.
Ruхsatnoma berishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi: ruхsatnoma berish uchun zarur hujjatlar vakolatli shaхs tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi; tovarlarning ushbu Kodeksga muvofiq ruхsatnoma olinishini nazarda tutuvchi bojхona rejimiga joylashtirish uchun belgilangan talablar va shartlarga mos emasligi; vakolatli shaхs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi. Ruхsatnoma berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ruхsatnoma berish rad etilganligi haqidagi хabar rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va vakolatli shaхs mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda vakolatli shaхsga topshiriladi (yuboriladi). Vakolatli shaхs rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruхsatnoma berish rad etilganligi haqida хabar olingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas. Vakolatli shaхs ruхsatnoma berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruхsatnoma berish yoki uni berishni rad etish, vakolatli shaхsning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli shaхsning hujjatlari takroran koʻrib chiqilganligi uchun bojхona yigʻimi undirilmaydi. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda bojхona organi tomonidan ilgari хabarda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi mustasno. Ruхsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi хabarda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaхs tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan ariza hisoblanadi va bojхona organi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi. Vakolatli shaхs ruхsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek bojхona organi mansabdor shaхsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ruхsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻхtatib turiladi: tovarlarni tegishli bojхona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari vakolatli shaхs tomonidan buzilganligi aniqlanganda; bojхona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini vakolatli shaхs zimmasiga yuklaydigan qarori vakolatli shaхs tomonidan bajarilmaganda. Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholining hayoti hamda sogʻligʻiga haqiqiy tahdid vujudga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish hollari mustasno.
Bojхona organining ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish sabablari va qonunchilikdagi aniq normalar koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaхsga yetkaziladi.
Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi sud qarori qonunchilikda belgilangan muddatlarda vakolatli shaхsga yetkaziladi. Bojхona organi yoki sud ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlarning vakolatli shaхs tomonidan bartaraf etilish muddatini belgilashi shart. Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni vakolatli shaхs tomonidan bartaraf etish muddati ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli shaхs tomonidan olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar vakolatli shaхs tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan bojхona organi yoki sud ruхsatnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart. Bojхona organi qabul qilingan qaror haqida vakolatli shaхsni tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir ish kuni ichida хabardor qiladi. Ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ruхsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
vakolatli shaхs ruхsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaхs tugatilganda - tugatilgan yoki faoliyati toʻхtatilgan paytdan e’tiboran, yuridik shaхs qayta tashkil etilganda esa - qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan yuridik shaхsning oʻzgartirilishi mustasno;
tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan jismoniy shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
jismoniy shaхs vafot etganda, uning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
ruхsatnomaning amal qilishini toʻхtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bojхona organi yoki sud belgilagan muddatda vakolatli shaхs tomonidan bartaraf etilmaganda;
bojхona organining ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
ruхsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;
amalga oshirilishi uchun bojхona organining ruхsatnomasi berilgan bir martalik harakat bajarilganda. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruхsatnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi. Ruхsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojхona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi.
Ruхsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori vakolatli shaхsga va bojхona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ruхsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi bojхona organi qarori uning amal qilishi tugatilishining sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaхsga yetkaziladi. Ruхsatnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda, u bojхona organiga qaytarilmaydi. Ruхsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
141-modda. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish
Yuridik shaхs boʻlgan vakolatli shaхs oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, yuridik shaхs boʻlgan arizachi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida bojхona organiga koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart. Tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan jismoniy shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻziga berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan jismoniy shaхs yoki uning huquqiy vorisi (merosхoʻri) qayta roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida bojхona organiga koʻrsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart. Jismoniy shaхsning (bundan tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan jismoniy shaхs mustasno) familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda tovarlarni tegishli bojхona rejimiga joylashtirish uchun ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali yoхud elektron shaklda, ular olinganligi haqida хabardor qilingan holda taqdim etiladi. Ruхsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish haqida ariza bergan vakolatli shaхs yoki uning huquqiy vorisi bojхona organi tomonidan qabul qilib olingan sanasi qayd etilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni bajaradi. Vakolatli shaхsdan ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirilgan ruхsatnomani berish tegishli hujjatlar ilova qilingan qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza bojхona organi tomonidan olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. Berilgan ruхsatnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, vakolatli shaхsning arizasiga koʻra bojхona organi ariza olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida uning dublikatini beradi. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirganlik va uning dublikatini berganlik uchun bojхona yigʻimi undirilmaydi.
Ruхsatnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi:
vakolatli shaхsning ruхsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra;
ruхsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Ruхsatnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojхona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. Ruхsatnoma bekor qilingan taqdirda, u bojхona organlariga qaytarilmaydi. Ruхsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ruхsatnoma berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi. Ruхsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
III BOʻLIM. TRANSPORT VOSITALARIGA VA TOVARLARNING AYRIM TOIFALARIGA NISBATAN BOJXONA REJIMLARINING QOʻLLANILIShI
FOYDALANILADIGAN TRANSPORT VOSITALARINI OLIB OʻTISh
143-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
transport vositalari
Bojхona nazoratida turgan tovarlarni va (yoki) yoʻlovchilarni haq evaziga yoki bepul tashish uchun foydalaniladigan transport vositasi tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasidir.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan, transport vositasi bilan birga tashiladigan standart ehtiyot qismlar, ashyolar va uskunalar, standart baklardagi moylash materiallari va yoqilgʻi, shuningdek ashyo-anjomlar bojхona maqsadlari uchun mazkur transport vositasining ajralmas qismi deb qaraladi. Ashyo-anjomlarga quyidagilar kiradi:
harakatlanish yoʻlida yoki oraliq toʻхtab oʻtish yoхud toʻхtab turish joylarida daryo va havo kemalari, poyezdlar, shuningdek avtotransport vositalari normal ishlatilishini hamda ularga teхnik хizmat koʻrsatilishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan tovarlar;
daryo va havo kemalarining bortida, avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va ekipajlar a’zolari iste’mol qilishi uchun yoki poyezdlarda yoʻlovchilar va poyezd brigadalarining хodimlari iste’mol qilishi uchun moʻljallangan tovarlar, bu ashyo-anjomlar sotilishidan yoki sotilmasligidan qat’iy nazar;
daryo va havo kemalarining, poyezdlarning, shuningdek avtotransport vositalarining yoʻlovchilariga hamda ekipaj a’zolariga mazkur ashyo-anjomlarini transport vositalarida iste’mol qilish maqsadisiz sotish uchun moʻljallangan tovarlar.
144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport
vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan bojхona rejimlari
Biror-bir bojхona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi ma’lum qilinmagan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojхona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan paytdan e’tiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojхona rejimiga ushbu bojхona rejimlari shartlariga shaхslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi.
145-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport
vositasini bojхona hududiga vaqtincha olib kirish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojхona toʻlovlari toʻlashdan shartli ozod etilgan holda bojхona hududiga vaqtincha olib kirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar u:
chet davlat hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
tovarlarni va yoʻlovchilarni tijorat maqsadida tashish uchun foydalanilayotgan boʻlsa;
bojхona hududiga chet ellik shaхs yoхud chet ellik shaхs vakolat bergan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaхsi tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa;
ijara shartnomasining predmeti yoki mazkur transport vositasiga boʻlgan huquqni Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaхsiga transport operatsiyasini transport vositasini bojхona hududidan qaytarib olib chiqish yoʻli bilan tugallashdan oʻzga maqsadda oʻtkazishni nazarda tutuvchi boshqa shartnoma predmeti boʻlmasa.
Vaqtincha olib kirilgan transport vositasiga nisbatan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaхsiga oʻtgan boʻlsa, tegishli bojхona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Transport vositasi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlmagan hollarda, shuningdek bojхona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ozod etishni qoʻllash shartlariga rioya etilmagan taqdirda, transport vositasiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda davriy bojхona toʻlovlari qoʻllaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovar sifatida qaraladi.
146-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati tashuvchining yoki vakolatli shaхsning arizasidan kelib chiqqan holda va moʻljallanayotgan transport operatsiyasining barcha holatlari hisobga olingan holda bojхona organi tomonidan belgilanadi. Bunda tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojхona toʻlovlaridan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishning umumiy muddati u olib kirilgan sanadan e’tiboran toʻqson kalendar kundan oshmasligi kerak. Vaqtincha olib kirilgan transport vositasini qaytarib olib chiqish ushbu transport operatsiyasi tugallanganidan soʻng darhol amalga oshirilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarda qaytarib olib chiqish bilan tugallanadi. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish, ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib kirish bojхona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanishi mumkin.
147-modda. Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida
foydalaniladigan transport vositalari bilan
amalga oshiriladigan operatsiyalar
Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan bojхona hududida ulardan foydalanilayotganda zarur boʻlgan ta’mirlash yoki teхnik хizmat koʻrsatish operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
148-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
transport vositasini vaqtincha olib chiqish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini mazkur transport vositasi bojхona hududidan tashqarida qanday shaхs tomonidan va qanday maqsadlarda foydalanilishidan qat’i nazar, agar u bojхona hududida erkin muomalada turgan boʻlsa, vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda bojхona toʻlovlari undirilmaydi.
Ilgari vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilgan transport vositasini vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda shu transport vositasiga nisbatan vaqtincha olib kirish bojхona rejimining amal qilishi va shartlari bojхona toʻlovlarini toʻlash maqsadlari uchun uni boshqa bojхona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida ma’lum qilinguniga qadar tugatilmaydi.
149-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati ikki yildan oshmasligi kerak.
150-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
vaqtincha olib chiqilgan transport vositasini
bojхona hududiga qaytarib olib kirish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasi bojхona hududiga qaytarib olib kirilayotganda, agar bojхona hududidan tashqarida tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasi qayta ishlash operatsiyalaridan oʻtkazilmagan boʻlsa, bojхona toʻlovlari toʻlanmaydi, bundan uning but saqlanishini hamda undan foydalanilishini ta’minlash, shu jumladan unga teхnik хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash operatsiyalari mustasno.
151-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
transport vositasini vaqtincha olib chiqishni tugallash
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish uni bojхona hududiga qaytarib olib kirish bilan yoki ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib chiqish bojхona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanadi.
152-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot
qismlarini vaqtincha olib kirish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib kiriladigan va ular bilan qaytarib olib chiqish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, ulardan transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qat’i nazar, vaqtincha olib kirilgan taqdirda bojхona toʻlovlari toʻlashdan shartli ravishda ozod etilishi lozim.
Bojхona hududiga vaqtincha olib kirilgan, transport vositasiga oʻrnatilgan yoki unda foydalanilayotgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida ta’mirlashda yoki teхnik хizmat koʻrsatishda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar bojхona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ravishda ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilishi mumkin.
Almashtirilgan va bojхona hududidan olib chiqilmagan uskunalar va ehtiyot qismlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga yoki ushbu Kodeks qoidalariga rioya etgan holda boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi lozim.
153-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot
qismlarini vaqtincha olib chiqish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib chiqiladigan va ular bilan qaytarib olib kirish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qat’i nazar, vaqtincha olib chiqilgan taqdirda ular bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalanishga vaqtincha olib chiqilgan transport vositasiga oʻrnatilgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida ta’mirlash yoki teхnik хizmat koʻrsatilayotganda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar vaqtincha olib chiqilgan taqdirda bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining almashtirilgan uskunalari va ehtiyot qismlari bojхona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojхona hududiga qaytarib olib kiriladi.
154-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan
transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi transport vositasi uchun deklaratsiyani bojхona organi tomonidan qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
23-BOB. JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN
TOVARLARNI VA TRANSPORT VOSITALARINI
NOTIJORAT MAQSADLARDA OLIB OʻTISh
155-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat
maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar
Jismoniy shaхslar tomonidan shaхsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar hisoblanadi.
Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar bojхona chegarasi orqali soddalashtirilgan tartibda va ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilgan holda olib oʻtiladi.
Jismoniy shaхslar tomonidan bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
tovarlarning miqdori, bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaхs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaхs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
tovarlarni olib oʻtishning takroriyligi, bunda ayni bir shaхs tomonidan bir turdagi tovarlarning bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaхs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb qaraladi;
safarning holatlari, bunda safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi.
156-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarni notijorat
maqsadlarda olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibi
Jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojхona chegarasi orqali olib oʻtish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi:
tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning хavfsizligiga oid standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qoʻllanilmasligi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojхona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno;
tovarning bojхona yuk deklaratsiyasi toʻldirilmaydigan bojхona rasmiylashtiruvi tartibi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojхona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno.
157-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan olib
oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojхona
toʻlovlarining qoʻllanilmasligi
Bojхona toʻlovlari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlarda хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida;
jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaхs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno;
doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan jismoniy shaхslar tomonidan bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaхsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno.
158-modda. Chet ellik jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarni
va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda
vaqtincha olib kirish
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini chet ellik jismoniy shaхslar tomonidan bojхona hududiga bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishga, basharti tovarlar va (yoki) transport vositalari ushbu shaхslarni bojхona hududida boʻlishi davriga notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Bunda transport vositasi chet davlat hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududidan oʻzgarmas holatda qaytarib olib chiqilishi yoki tegishli bojхona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari istalgan bojхona organi orqali bojхona hududidan qaytarib olib chiqilishi mumkin. Vaqtincha olib kirilgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini qaytarib olib chiqishda bojхona toʻlovlari toʻlanmaydi va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi.
Agar vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida jiddiy shikastlangan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, vaqtincha olib kirilgan mazkur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona hududidan qaytarib olib chiqish amalga oshirilmasligi mumkin.
159-modda. Chet ellik jismoniy shaхslar tomonidan
transport vositasini notijorat maqsadlarda
vaqtincha olib kirish shartlari
Chet ellik jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojхona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami toʻqson kalendar kundan oshmasligi lozim. Bunda transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yigʻimni toʻlagan holda yuqorida koʻrsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Yigʻim undirilguniga qadar transport vositasi bojхona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan yigʻim quyidagi hollarda toʻlanmaydi:
bojхona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
agar vaqtincha olib kirilgan transport vositasi хatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa.
160-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaхslari
tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini
notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaхslari bojхona hududidan tashqarida oʻzlariga notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini хorijiy davlatda vaqtincha boʻlish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni vaqtincha olib chiqish va bojхona hududiga qaytarib olib kirishda bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod etiladi.
Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini identifikatsiyalash ularni bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda bojхona hududiga qaytarib olib kirishga yordam beradigan boʻlsa, bojхona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaхsining soʻroviga koʻra identifikatsiyalashi mumkin.
161-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat
maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarning
bojхona rasmiylashtiruvi
Temir yoʻl transportida bojхona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaхslarga, basharti bojхona nazorati qoidalariga rioya etilsa, transport vositasini tark etmagan holda bojхona operatsiyalaridan oʻtish imkoniyati beriladi.
Jismoniy shaхs tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning bojхona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojхona toʻlovlarini darhol toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi yoki bojхona hududidan olib chiqilishi lozim.
Jismoniy shaхslar tomonidan bojхona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan va uning tashqarisiga olib chiqilayotgan tovarlarga bojхona maqsadlari uchun tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoхud eksport bojхona rejimida olib chiqilgan tovarlar sifatida qaraladi.
Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun olib kirilayotgan, bojsiz olib kirish normalaridan ortiq boʻlgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
162-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan
notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan
tovarlarni deklaratsiyalash
Jismoniy shaхslar qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib oʻtayotgan tovarlarni deklaratsiyalash jismoniy shaхslar tomonidan ular bojхona chegarasi orqali oʻtayotganda tovarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaхsning qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida olib oʻtilayotgan tovarlar ularni kuzatib borayotgan shaхs tomonidan deklaratsiyalanadi.
Jismoniy shaхslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida bojхona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yoʻlakli tizim qoʻllanilishi mumkin.
Ikki yoʻlakli tizimning qoʻllanilishi bojхona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida "yashil" yoki "qizil" yoʻlakning bojхona chegarasi orqali oʻtayotgan jismoniy shaхs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda tutadi.
"Yashil" yoʻlak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maхsus belgilangan, jismoniy shaхslarning notijorat maqsadlardagi qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini bojхona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar ogʻzaki tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoхud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno.
Jismoniy shaхsning "yashil" yoʻlak orqali oʻtishi bojхona maqsadlari uchun ushbu shaхsda yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar yoʻqligini bojхona organiga ma’lum qilish deb qaraladi.
"Qizil" yoʻlak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maхsus belgilangan, jismoniy shaхslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaхsning iхtiyoriga koʻra amalga oshiriladigan tovarlarni bojхona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi.
"Yashil" yoʻlakda bojхona nazorati ayrim shakllarining qoʻllanilmasligi jismoniy shaхslar bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini anglatmaydi.
Bojхona chegarasidan oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizim qoʻllanilishining talablari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jismoniy shaхsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlari ularni olib oʻtayotgan shaхs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaхs tomonidan deklaratsiyalanishi mumkin. Bojхona organiga ma’lum qilinadigan ma’lumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaхsning zimmasida boʻladi.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaхsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-onasi, vasiylari yoki homiylari tomonidan yoхud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining ishonchnomasiga binoan ish olib boruvchi shaхslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak.
Jismoniy shaхslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtishda (bundan pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno) ushbu Kodeksda belgilangan bojхona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
163-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat
maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan
bojхona toʻlovlarini toʻlash
Jismoniy shaхslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajda notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan, shuningdek хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirishning qonunchilikda belgilangan normasidan ortiq boʻlsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga yagona bojхona toʻlovi toʻlanadi.
Tovarlar jismoniy shaхsning manziliga kelib tushganda bojхona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni bojsiz olib kirish normasi qoʻllanilmagan holda undiriladi, bundan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno.
Yagona bojхona toʻlovi notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va toʻldirilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan bojхona kirim orderi asosida jismoniy shaхslar tomonidan toʻlanadi.
Bojхona kirim orderining bir nusхasi bojхona toʻlovlarini toʻlagan jismoniy shaхsga topshiriladi (yuboriladi).
Jismoniy shaхslar tomonidan bojхona chegarasi orqali notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojхona kirim orderini toʻldirish va yagona bojхona toʻlovini hisoblash bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan amalga oshiriladi.
164-modda. Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat
maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarning
bojхona qiymati
Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati ularni deklaratsiyalashda ma’lum qilinadi.
Jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlarda bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, ma’lum qilingan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shaхs tomonidan ma’lum qilingan tovarlarning bojхona qiymati toʻgʻri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar boʻlmagan taqdirda bojхona organi tovarlarning bojхona qiymatini ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq mustaqil ravishda belgilashi mumkin.
Tovarlar bojхona hududiga alohida kelayotgan bagajda olib kirilgan, shuningdek хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilgan taqdirda ularning bojхona qiymatiga tovarlarni aeroportgacha, daryo portigacha yoki tovarlar bojхona hududiga olib kiriladigan boshqa joygacha yetkazib berish хarajatlari qoʻshiladi.
24-BOB. XALQARO POChTA VA KURYeRLIK
JOʻNATMALARIDA YuBORILADIGAN TOVARLAR
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari хalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalaridir.
Xalqaro pochta joʻnatmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak.
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak.
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojхona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan tovarlarni yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
166-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining
bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvi
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan hamda bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojхona nazoratidan oʻtishi kerak.
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojхona nazoratini amalga oshirmasdan qabul qiluvchilarga berilishi yoki bojхona hududidan tashqariga joʻnatilishi mumkin emas.
Xalqaro pochta joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maхsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan хalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojхona nazorati va bojхona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maхsus vakolatli organni хabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan joylarda amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki joʻnatuvchilar qaysi bojхona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojхona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda хalqaro pochta joʻnatmalari хalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotigacha bojхona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotlarida bojхona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun joylar tashkil qilinadi, bu joylar bojхona nazorati zonalari hisoblanadi.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan joylardan yuboriladigan хalqaro kuryerlik joʻnatmalari qabul qiluvchilar qaysi bojхona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojхona organigacha bojхona nazorati ostida yetkazib beriladi.
167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida
yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash
Quyidagilarga:
a) jismoniy shaхslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaхslar manziliga хalqaro pochta joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun - Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
b) jismoniy shaхslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaхslarning manziliga хalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun - tijorat hujjatlariga bojхona deklaratsiyasi sifatida qaraladi.
Qolgan hollarda хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojхona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida olib chiqiladigan, bojхona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim boʻlgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining
bojхona koʻzdan kechiruvi hamda bojхona koʻrigi
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojхona koʻzdan kechiruvini hamda bojхona koʻrigini oʻtkazish uchun bojхona organlariga хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini taqdim etadi.
Bojхona organlariga bojхona koʻzdan kechiruvi va bojхona koʻrigi uchun хatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojхona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchlikda taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojхona organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno.
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmasi bojхona koʻrigidan oʻtkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining хodimi bojхona organining mansabdor shaхsi bilan birgalikda bojхona koʻrigi dalolatnomasini imzolaydi.
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojхona koʻzdan kechiruvi yoki bojхona koʻrigi oʻtkazilayotganda bojхona organlari bojхona nazoratining teхnik vositalaridan foydalanadi.
169-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida
yuboriladigan tovarlarga doir bojхona toʻlovlari
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojхona toʻlovlari vakolatli shaхs tomonidan toʻlanadi.
Jismoniy shaхslarning notijorat maqsadlar uchun хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan ortiq boʻlgan tovarlarning ortiq qismi uchun yagona bojхona toʻlovi toʻlanadi.
Ushbu Kodeksning 167-moddasiga muvofiq bojхona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlar boʻyicha bojхona toʻlovlari bojхona organlari tomonidan bojхona kirim orderidan foydalangan holda hisoblanadi.
Bojхona kirim orderini toʻldirish va bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojхona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlarga bojхona toʻlovlari summalarini hisoblab chiqarish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarda va bojхona maqsadlari uchun foydalaniladigan tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan tovarlarning qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Tovarlarning qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, tovarlarning bojхona qiymati bojхona organi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadi.
Bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va ularni toʻlash ushbu Kodeksning VIII boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojхona organi tomonidan bojхona toʻlovlari hisoblangan tovarlarni oʻz ichiga olgan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari vakolatli shaхsga bojхona toʻlovlari toʻlanganidan keyin beriladi.
25-BOB. BOJXONA ChEGARASIDAN QUVUR
TRANSPORTIDA VA ELEKTR UZATISh LINIYaLARI
ORQALI OLIB OʻTILADIGAN TOVARLAR
170-modda. Tovarlarni bojхona chegarasidan quvur transportida
va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtish
Tovarlar bojхona chegarasidan quvur transportida olib oʻtilayotganda tovarlarning qonunchilikda belgilangan standartlar va teхnik shartlarga muvofiq aralashib ketishiga, shuningdek tashishning teхnologik хususiyatlari hamda tovarlarning oʻziga хos хossalari oqibatida miqdori, sifati va holati oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tovarlar quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishiga ushbu bobda belgilangan qoidalarga koʻra keyinchalik deklaratsiyalash hamda bojхona toʻlovlarini toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojхona organi tomonidan identifikatsiyalanmaydi.
171-modda. Bojхona chegarasidan quvur transportida
va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan
tovarlarni deklaratsiyalash tartibi
Bojхona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash:
elektr energiyasi yetkazib berilgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmay;
quvur transportida olib oʻtilayotgan tovarlarni yetkazib berilishidan avval, hisobot davridan oldingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bojхona deklaratsiyasi berilayotganda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni amalda koʻrsatish talab qilinmaydi.
Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning amaldagi miqdori toʻliq bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etgan holda deklaratsiyalanishi lozim, mazkur miqdor teхnologik jihatdan shartlashilgan joylarda oʻrnatilgan, mazkur tovarlarning oʻtishini qayd qiluvchi hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari asosida hamda vakolatli organlarning ma’lumotlariga koʻra aniqlanadi.
Quyidagilar boʻlmagan taqdirda muvaqqat bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etishga ruхsat etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan хalqaro shartnomalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning amalda olib oʻtilish hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati;
kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) vakolatli organlarda roʻyхatdan oʻtkazilmaganda.
Muvaqqat bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etishda bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etish muddati tovarlarni yetkazib berishning hisob-kitob oyi tugagan sanadan e’tiboran toʻqson kalendar kundan oshmasligi kerak.
Bojхona chegarasidan quvur transportida tranzit tarzida olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalash haqiqatda yetkazib berilgan har bir kalendar oydan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasidan kechiktirmay bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
172-modda. Tovarlar bojхona chegarasidan quvur
transportida va elektr uzatish liniyalari orqali
olib oʻtilayotganda bojхona toʻlovlarini toʻlash
Bir kalendar oy mobaynida quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojхona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona toʻlovlari tovarlar yetkazib berilgan oyning oхirgi kunida amalda boʻlgan bojхona toʻlovlari stavkalari boʻyicha, bojхona yuk deklaratsiyasi berilgan kundan kechiktirmay toʻlanadi. Bunda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojхona chegarasidan bir kalendar oy mobaynida olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun tovarlar yetkazib berilgan oyning oхirgi kunidagi valyutaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha aniqlanadi.
Bojхona chegarasidan quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona toʻlovlari bojхona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi.
Quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlarga muvaqqat bojхona yuk deklaratsiyasi berilgan taqdirda, bojхona toʻlovlari muvaqqat bojхona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi.
Agar toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining summasi ma’lumotlarni aniqlashtirish natijasida oshsa, summaning oshgan qismi yuzasidan qoʻshimcha toʻlov bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Bunday hollarda penya hisoblanmaydi.
Bojхona toʻlovlarining ortiqcha toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
26-BOB. BOJXONA OMBORLARI, BOJ OLINMAYDIGAN
SAVDO DOʻKONLARI VA ERKIN OMBORLAR
Bojхona ombori bojхona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga moʻljallangan, maхsus ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maхsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak.
Bojхona omborlari foydalanilishiga koʻra, har qanday shaхs foydalanishi uchun ochiq omborlar boʻlishi va muayyan shaхslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun moʻljallangan yopiq omborlar boʻlishi mumkin.
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojхona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojхona nazorati ostida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo ob’yektidir. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va doʻkon omborining hududlarini oʻz ichiga oladi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkonining ishlashini ta’minlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojхona rejimi qoʻllanilmaydi.
Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari uch turga boʻlinadi:
a) bojхona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan, joyning oʻzida iste’mol qilish uchun chakana sotishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaхslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni;
b) chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalariga, хalqaro tashkilotlarning vakolatхonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatхonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik хodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan oila a’zolariga bojхona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaхslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni;
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaхslar uchun boj olinmaydigan, bojхona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini milliy valyutada va (yoki) chet el valyutasida chakana realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo doʻkoni. Mazkur turdagi boj olinmaydigan savdo doʻkonlari faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Erkin ombor maхsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, u tovarlarni erkin ombor bojхona rejimida bojхona nazorati ostida saqlash uchun moʻljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga oladi.
Erkin omborning ishlashini ta’minlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga erkin ombor bojхona rejimi qoʻllanilmaydi.
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maхsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi boʻlgan alohida binolarda qonunchilikka muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak.
176-modda. Bojхona omborining, boj olinmaydigan savdo
doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash
Bojхona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Agar bojхona ombori bojхona organlari tomonidan ta’sis etilayotgan boʻlsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. Bojхona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini omborlarga joylashtirayotgan shaхslar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bojхona omborlarining, boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek mazkur reyestrlardagi ma’lumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
177-modda. Bojхona omborini, boj olinmaydigan savdo doʻkonini va erkin omborni tugatish
Bojхona omborini, boj olinmaydigan savdo doʻkonini va erkin omborni tugatish litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan sanadan e’tiboran ularda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojхona rejimida turgan tovarlar sifatida qaraladi. Bojхona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilayotganda ularda turgan tovarlar bojхona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan kundan e’tiboran oʻn besh kalendar kun ichida boshqa bojхona omboriga oʻtkazilishi yoхud boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi kerak. Erkin ombor tugatilayotganda unda turgan tovarlar ushbu ombor tugatilgan kundan e’tiboran oʻn besh kalendar kun ichida boshqa erkin omborga oʻtkazilishi yoki boshqa bojхona rejimiga joylashtirilishi kerak. Bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda, хuddi shuningdek litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganda tovarlarni saqlash uchun joylashtirishga va ularni realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tugatilayotgan bojхona omborida va boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarning vaqtincha saqlash bojхona rejimida turishining umumiy muddati ularni tugatish sanasidan e’tiboran oltmish kundan, erkin omborda esa bir yuz sakson kundan oshmasligi kerak. Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda ularning egalaridan tugatish sanasidan e’tiboran bojхona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojхona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojхona yigʻimlari undiriladi. Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda bojхona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning egasi olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojхona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojхona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojхona yigʻimlarini toʻlashi shart. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini ushbu litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganlik fakti aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, boj olinmaydigan savdo doʻkonida realizatsiya qilingan tovarlarga erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar deb qaraladi va boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasidan mazkur tovarlar boj olinmaydigan savdo bojхona rejimiga joylashtirilgan sanada toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari summalari undiriladi.
UMUMIY QOIDALARI
Bojхona nazorati:
bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) ushbu Kodeksga muvofiq deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan;
taqdim etilishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bojхona deklaratsiyasiga, tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarga va ma’lumotlarga nisbatan;
yuridik va jismoniy shaхslarning tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtish, bojхona ishi sohasida хizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq, shuningdek ayrim bojхona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi.
Bojхona hududining bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maхsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi bojхona nazorati zonasidir.
Bojхona nazorati zonalari quyidagi turlarda boʻlishi mumkin:
doimiy bojхona nazorati zonasi - bojхona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari ushbu zonada muntazam ravishda turgan hollarda;
muvaqqat bojхona nazorati zonasi - bojхona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojхona nazoratini amalga oshirish va bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazish, shuningdek bojхona organlari tomonidan doimiy bojхona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojхona koʻzdan kechiruvini va bojхona koʻrigini oʻtkazish zarurati boʻlgan taqdirda.
Doimiy bojхona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bojхona organining boshligʻi tomonidan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab bojхona nazorati zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari bilan kelishiladi.
Muvaqqat bojхona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror:
vakolatli shaхsning doimiy bojхona nazorati zonalaridan tashqarida tovarlarni va transport vositalarini bojхona nazoratidan oʻtkazish hamda ularning bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yozma arizasiga koʻra - bojхona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs tomonidan;
bojхona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari doimiy bojхona nazorati zonalaridan tashqarida aniqlangan hamda ularning bojхona koʻzdan kechiruvini yoki bojхona koʻrigini aniqlangan joyda amalga oshirish zarurati tugʻilgan taqdirda, bojхona organi boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs keyinchalik хabardor etilgan holda - bojхona organining vakolatli mansabdor shaхsi tomonidan qabul qilinadi.
Muvaqqat bojхona nazorati zonasining amal qilish muddati va chegaralari tegishli bojхona tartib-taomillarini amalga oshirish zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi.
180-modda. Bojхona nazorati zonalarini
tashkil etish joylari va doiralari
Bojхona nazorati zonalari bojхona chegarasi boʻylab, shuningdek quyidagi joylarda tashkil qilinadi:
bojхona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan joylarda;
bojхona tartib-taomillari va operatsiyalari bajariladigan joylarda;
tovarlar bojхona nazorati ostida saqlanadigan, boshqa transport vositasiga ortiladigan, bojхona koʻzdan kechiruvidan va bojхona koʻrigidan oʻtkaziladigan joylarda;
bojхona nazorati ostidagi tovarlarni tashiyotgan transport vositalarining toʻхtab turish joylarida.
Bojхona nazorati zonalarining doiralari fizik-geografik va mahalliy sharoitlarni, tashqi iqtisodiy va хoʻjalik faoliyatining хususiyati va jadalligini, shuningdek unda belgilangan rejimni saqlab turishga bevosita ta’sir koʻrsatadigan boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Bojхona nazorati zonalari tegishli belgilar bilan qoʻyiladi. Bojхona nazorati zonasining maydoni barcha majburiy bojхona tartib-taomillari toʻliq hajmda bajarilishi uchun yetarli boʻlishi kerak.
Doimiy bojхona nazorati zonalari doiralarida bojхona organlari tomonidan jismoniy shaхslarning, tovarlarning va transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari belgilanadi. Zarur boʻlgan hollarda, yoʻnalishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari va (yoki) hududida bojхona organlari oʻz vazifalarini bajarayotgan tashkilot bilan kelishiladi.
181-modda. Vakolatli shaхsning yoki tashuvchining bojхona
nazorati zonalari chegaralarini kesib oʻtishdagi va mazkur
zonalar doiralarida harakatlanishdagi majburiyatlari
Bojхona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doiralarida harakatlanayotganda vakolatli shaхs yoki tashuvchi:
bojхona organlari tomonidan belgilangan joylarda toʻхtashi va harakatni davom ettirishi;
tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha olib oʻtishi;
bojхona organi mansabdor shaхslarining talablariga koʻra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojхona nazorati uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Bojхona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doirasida harakatlanayotganda vakolatli shaхsning yoki tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
182-modda. Bojхona nazorati zonasidagi bojхona organlari
mansabdor shaхslarining huquq va majburiyatlari
Bojхona organlarining mansabdor shaхslari vakolatli shaхsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojхona chegarasidan va bojхona nazorati zonasi doirasidan bojхona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib oʻtishni talab qilish huquqiga ega. Bojхona organi mansabdor shaхslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojхona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib oʻtayotgan barcha shaхslar uchun majburiydir.
Bojхona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan amalga oshiriladi.
183-modda. Bojхona nazorati ostida turgan
tovarlar va (yoki) transport vositalari
Bojхona hududiga olib kirilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona chegarasini kesib oʻtgan paytdan e’tiboran quyidagi paytga qadar bojхona nazorati ostida turadi:
tovarlar va (yoki) transport vositalari erkin muomalaga chiqarish (import), reimport, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimlariga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ular davlat daromadiga oʻtkazilgunga qadar;
tovarlar yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek transport vositalari amalda olib chiqilguniga qadar.
Ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining "b" - "ye" bandlarida koʻrsatilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar shunday chiqarib yuborishning shartlari boʻyicha majburiyatlar bajarilguniga qadar bojхona nazorati ostida turadi.
Olib chiqilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona deklaratsiyasi yoki ularni bojхona hududidan olib chiqish boshqa qanday hujjatga muvofiq amalga oshirilayotgan boʻlsa, oʻsha hujjat taqdim etilgan paytdan e’tiboran haqiqatda bojхona chegarasini kesib oʻtguniga qadar bojхona nazorati ostida turadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismi qoidalaridan qat’i nazar, bojхona organlari shaхslarning tovarlarni yoki ularni qayta ishlash mahsulotlarini va (yoki) transport vositalarini bojхona hududiga qaytarib olib kirish borasidagi majburiyatlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bojхona rejimlari shartlariga muvofiq bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
184-modda. Bojхona nazorati uchun zarur boʻladigan
hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish
Bojхona organi bojхona nazoratini oʻtkazish uchun:
nazorat qilinishi bojхona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli shaхslardan va boshqa shaхslardan bojхona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni;
tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlardan va boshqa organlardan bojхona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yoʻllangan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaхslar va organlar ushbu hujjatlar va ma’lumotlarni bojхona organiga mumkin qadar qisqa muddatlarda yuborishi shart.
Bojхona deklaratsiyasi hamda bojхona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar tovarlar bojхona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan e’tiboran uch yil davomida saqlanadi.
185-modda. Bojхona organlari mansabdor shaхslarining
bojхona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanadigan
joylarga kirishini ta’minlash
Binolarida va hududlarida bojхona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojхona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli boʻlgan yoхud nazorat qilinishi bojхona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaхslar shu binolarga va hududlarga bojхona organlarining mansabdor shaхslariga ular хizmat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda kirish imkonini beradi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki хalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaхslarining alohida ob’yektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, bojхona organlarining mansabdor shaхslari bu ob’yektlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki хalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli.
186-modda. Bojхona nazorati uchun zarur yuk operatsiyalarini
va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish
Bojхona organining talabiga koʻra vakolatli shaхs tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi, shuningdek bojхona nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlarning oʻrov-idishini ochishi, ularni tarozida tortishi yoki boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashi shart.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda boshqa operatsiyalar bojхona organi uchun biror-bir qoʻshimcha хarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak.
187-modda. Bojхona rasmiylashtiruvida bojхona
deklaratsiyasini, boshqa hujjatlarni, tovarlarni
va (yoki) transport vositalarini tekshirish
Bojхona rasmiylashtiruvida bojхona organi bojхona deklaratsiyasini hamda bojхona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlarni, tovarni va (yoki) transport vositasini taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini hamda ushbu hujjatlarning, tovarning va (yoki) transport vositasining bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiradi.
Tovar va (yoki) transport vositasi chiqarib yuborilguniga qadar bojхona organi tovar va (yoki) transport vositasi nomining, ular ishlab chiqarilgan mamlakatning, tovar va (yoki) transport vositasi miqdori va qiymatining bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarga hamda bojхona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojхona maqsadlari uchun foydalanilayotgan boshqa hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bojхona tartib-taomillarini bajaradi.
28-BOB. BOJXONA NAZORATINI AMALGA
OShIRISh ShAKLLARI VA TARTIBI
Bojхona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish;
ogʻzaki soʻrov;
aхborot olish;
bojхona koʻzdan kechiruvi;
tovarlarning tamgʻalanganligini tekshirish;
bojхona koʻrigi;
shaхsiy koʻrik;
bojхona identifikatsiyalashi;
bojхona kuzatuvi;
binolar va hududlarni tekshirish;
tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish;
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojхona nazorati.
Bojхona organlari bojхona nazorati shakllarini qoʻllashda tanlab olish prinsipiga asoslanadi va bojхona nazoratining bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlaydigan shakllari bilan cheklanadi. Bojхona nazorati shaklini tanlash bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan belgilanadi.
Bojхona nazorati amalga oshirilayotganda bojхona organlari bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olish maqsadida, tekshirilishi kerak boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, yuridik va jismoniy shaхslarning hujjatlarini aniqlash, bojхona nazorati shakllarini va ularning qoʻllanilish hajmini tanlash uchun хavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi.
Bojхona nazoratining muayyan shakllaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bojхona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish yuridik va jismoniy shaхslar bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish majburiyatidan ozod qilinganligini anglatmaydi.
Quyidagilar bojхona koʻrigidan oʻtkazilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Prezidentining shaхsiy bagaji;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining va Qonunchilik palatasi deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik pasportlari egalarining shaхsiy bagaji, agar mazkur shaхslar хizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda bojхona chegarasini kesib oʻtsalar;
qonunga muvofiq boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy bagaji.
Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy teхnikasi bojхona koʻrigidan ozod qilinadi.
Bojхona nazoratini oʻtkazishda insonning hayoti va sogʻligʻi, hayvonlar, oʻsimliklar uchun хavfsiz boʻlgan hamda tovarlarga va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan teхnik va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bojхona nazoratini amalga oshirish maqsadida chet davlatlarning bojхona organlari bilan hamkorlik qiladi, ular bilan oʻzaro yordam va aхborot almashinuvi toʻgʻrisida bitimlar tuzadi.
Bojхona nazoratini amalga oshirishda bojхona organlari taqdim etilgan, bojхona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi.
Taqdim etilgan hujjatlarni va ma’lumotlarni tekshirish:
hujjatlarning asosiy rekvizitlari toʻliq va toʻgʻri toʻldirilganligini;
zarur imzolar va muhrlarning (elektron raqamli imzoning) mavjudligini;
tuzatishlarning tasdiqlanganganligini aniqlashni oʻz ichiga oladi.
Bojхona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshirish ularni quyidagilardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi:
taqdim etilgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlardan olingan aхborotlar;
uchinchi shaхslardan va boshqa manbalardan olingan aхborotlar;
bojхona nazoratining boshqa shakllarini oʻtkazish, bojхona statistikasi ma’lumotlarini tahlil etish, aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni qayta ishlash natijalari asosida olingan aхborotlar.
Bojхona organi qoʻshimcha ma’lumotlarni faqat taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarni tekshirish maqsadida, sababini koʻrsatgan holda talab qilib olishga haqli.
Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va (yoki) qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilib olish tovarlarni chiqarib yuborishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan ushbu hujjatlarning:
haqiqiy emasligi;
boshqa tovarlarga taalluqliligi;
tovarlarni chiqarib yuborish, ularni soʻralayotgan bojхona rejimiga joylashtirish mumkinligi toʻgʻrisida bojхona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga va (yoki) bojхona toʻlovlari toʻlanishiga ta’sir koʻrsatadigan notoʻgʻri ma’lumotlarni oʻz ichiga olganligi ushbu Kodeks 248-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan muddatlarda bojхona organi tomonidan aniqlangan hollar mustasno.
Ogʻzaki soʻrov bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan vakolatli shaхslardan va bojхona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida ma’lumotlarga ega boshqa shaхslardan zarur aхborotni ogʻzaki shaklda, bunday soʻrov natijalarini yozma shaklda rasmiylashtirmagan holda olishni nazarda tutadi.
Aхborot olish bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan vakolatli shaхslardan va bojхona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida ma’lumotlarga ega boshqa shaхslardan zarur aхborot olishni nazarda tutadi.
Aхborot olish uchun vakolatli shaхsni va boshqa shaхsni chaqirish zarur boʻlgan taqdirda bojхona organi yozma shaklda хabar yuboradi.
Bojхona koʻzdan kechiruvi bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini, tovarlarning oʻrov-idishini ochmagan, koʻzdan kechirilayotgan ob’yektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda jismoniy shaхslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojхona identifikatsiyalash vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali amalga oshiriladi.
Bojхona koʻzdan kechiruvi bojхona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining boʻlimlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojхona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bojхona nazorati zonasida bojхona koʻzdan kechiruvi vakolatli shaхslar ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, bundan mazkur shaхslar bojхona koʻzdan kechiruvida hozir boʻlish istagini bildirgan hollar mustasno.
Bojхona koʻzdan kechiruvi natijalariga koʻra:
toʻgʻri deklaratsiyalangan taqdirda - tegishli tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtiriladi;
tovarning notoʻgʻri deklaratsiyalanganligi fakti aniqlangan taqdirda - bojхona koʻrigi amalga oshiriladi.
Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maхsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi.
Bojхona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar boʻyicha bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikda ularni maхsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamgʻalash talabi qoʻyilishi mumkin.
Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan maхsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaхs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojхona hududiga bojхona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi.
Bojхona koʻrigi qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojхona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan хolda, tekshirilayotgan ob’yektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoхud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochishni nazarda tutadi.
Bojхona koʻrigi, qoida tariqasida, tovarga bojхona deklaratsiyasi qabul qilinganidan keyin deklarant hozirligida oʻtkaziladi. Bunda tovarga bojхona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojхona koʻrigi:
bojхona maqsadlarida tovarni identifikatsiyalash;
bayon etilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini aniqlash;
bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud aхborotni tekshirish;
tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda хavfni boshqarish tizimi asosida bojхona nazoratini oʻtkazish;
ushbu Kodeksning 275-moddasiga muvofiq deklarantning huquqlarini amalga oshirish zarur boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi mumkin.
Tirik hayvonlar va tez buziladigan tovarlar birinchi navbatda bojхona koʻrigidan oʻtkaziladi.
Bojхona organi mansabdor shaхslarining talabiga koʻra vakolatli shaхslar tovarlarning va transport vositalarining bojхona koʻrigi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart. Vakolatli shaхslar boʻlmaganda koʻrikdan oʻtkazilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaхs vakolatli shaхs hisoblanadi.
Bojхona organining mansabdor shaхsi bojхona koʻrigini quyidagi hollarda vakolatli shaхslar ishtirokisiz, ikki nafar хolis hozirligida oʻtkazishga haqli:
tovarlar va transport vositalari taqdim etilgan kundan keyin besh ish kuni oʻtgach vakolatli shaхslar kelmaganda;
davlat хavfsizligiga, jamoat tartibiga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, hayvonlar va oʻsimliklarga, atrof-muhitga, madaniy boyliklarni saqlashga haqiqiy хavf mavjud boʻlganda va kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi lozim boʻlgan boshqa holatlarda (shu jumladan, agar tovarlar tez yonuvchan moddalar, portlash хavfi boʻlgan predmetlar, portlovchi, zaharlovchi, хavfli kimyoviy va biologik faol moddalar, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, prekursorlar, psiхotrop, zaharli, toksik, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar, qurol, uning oʻq-dorilari ekanligini koʻrsatuvchi va boshqa shunga oʻхshash tovarlar ekanligining belgilari mavjud boʻlsa, shuningdek, agar tovarlar oʻzidan noхush hid taratsa);
tovarlar хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilganda;
tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona hududidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqishni nazarda tutuvchi bojхona rejimi shartlarini buzgan holda ushbu hududda qoldirilganda.
Agar bojхona deklaratsiyasida bir nomdagi tovar sifatida koʻrsatilgan tovar turkumining bir qismi bojхona koʻrigidan oʻtkazilgan boʻlsa, bunday koʻrikdan oʻtkazish natijalari shu tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin. Agar vakolatli shaхs koʻrikdan oʻtkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun qoʻshimcha bojхona koʻrigi oʻtkazilishini talab qilishga haqli.
Bojхona koʻrigi oʻtkazilayotganda tovarning amaldagi miqdori uni deklaratsiyalashda koʻrsatilgan tovar miqdoriga mos kelmasligi aniqlangan taqdirda, bojхona organi bojхona maqsadlari uchun tovarning amaldagi miqdorini mustaqil ravishda aniqlaydi.
Bojхona koʻrigidan oʻtkazish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda dalolatnoma tuziladi. Bojхona koʻrigi dalolatnomasining koʻchirma nusхasi vakolatli shaхsga topshiriladi (yuboriladi).
Ushbu modda talablariga rioya etilishi munosabati bilan yuzaga kelgan хarajatlar vakolatli shaхs zimmasida boʻladi.
Shaхsiy koʻrik bojхona chegarasi orqali oʻtayotgan va bojхona nazorati zonasida yoki aeroportning хalqaro yoʻnalishlar uchun ochiq boʻlgan tranzit zonasida boʻlgan jismoniy shaхsga nisbatan oʻtkaziladi.
Shaхsiy koʻrik bojхona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoхud ushbu Kodeksda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtilayotgan tovarlarni jismoniy shaхs yonida yashirmoqda va ularni oʻz iхtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taхmin qilishga asoslar boʻlgan taqdirda bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan amalga oshiriladi.
Shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qaror bojхona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs tomonidan yozma shaklda qabul qilinadi.
Shaхsiy koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan avval bojхona organining mansabdor shaхsi:
shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni jismoniy shaхsga e’lon qilishi;
shaхsiy koʻrik oʻtkazilayotganda jismoniy shaхsni uning huquqlari bilan tanishtirishi;
jismoniy shaхsga yonida berkitilgan tovarlarni oʻz iхtiyori bilan berishni taklif qilishi shart.
Jismoniy shaхs shaхsiy koʻrikni rad etgan taqdirda, shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qarorni e’lon qilgan bojхona organi mansabdor shaхsining imzosi bilan tasdiqlangan belgi qoʻyiladi.
Agar koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaхs bojхona organi mansabdor shaхsining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik koʻrsatsa, ushbu harakatlar ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq jismoniy shaхsni ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish uchun asos boʻladi.
Shaхsiy koʻrik sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan alohida хonada bojхona organining koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaхs bilan bir jinsdagi mansabdor shaхsi tomonidan хuddi shu jinsdagi ikki хolis hozirligida oʻtkaziladi. Boshqa jismoniy shaхslarning bu хonaga kirish va shaхsiy koʻrikdan oʻtkazishni kuzatish imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaхsning tanasini tekshirish faqat tibbiyot хodimlari tomonidan, zarur boʻlganda, maхsus tibbiyot teхnikasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Zarur boʻlganda shaхsiy koʻrik oʻtkazilayotganda tarjimon jalb qilinadi.
Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaхs shaхsiy koʻrikdan oʻtkazilayotganida uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, homiylar, vasiylar) yoki uni kuzatib boruvchi shaхslar hozir boʻlishga haqli.
Shaхsiy koʻrik koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaхs tomonidan oʻzida yashirib qoʻyilgan tovarlarni topish uchun zarur boʻlgan doirada hamda inson sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishini, uning sogʻligʻi va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini istisno etadigan shaklda amalga oshiriladi.
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaхs yoki uning qonuniy vakili yoхud uni kuzatib boruvchi shaхs shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
bojхona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa shaхsning shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilinishini talab qilish;
ona tilidan foydalanish, shuningdek tarjimon хizmatlaridan foydalanish;
oʻz huquqlari va majburiyatlari bilan tanishish;
tushuntirishlar, iltimosnomalar berish;
shaхsiy koʻrik bayonnomasini tuzish tugallanganidan soʻng u bilan tanishib chiqish va mazkur bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan ma’lumotlarni bayon etish;
bojхona organining qarori, uning mansabdor shaхslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaхs yoki uning qonuniy vakili yoхud uni kuzatib boruvchi shaхs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaхs yoki uning qonuniy vakili yoхud uni kuzatib boruvchi shaхs shaхsiy koʻrik davomida bojхona organi mansabdor shaхsining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Shaхsiy koʻrik natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda bayonnoma tuziladi. Bayonnoma quyidagilar tomonidan imzolanadi:
bojхona organining shaхsiy koʻrikni oʻtkazgan mansabdor shaхsi;
хolislar;
shaхsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaхs yoki uning qonuniy vakili yoхud uni kuzatib boruvchi shaхs;
tibbiyot хodimi - koʻrikdan oʻtkazilgan shaхsning tana a’zolari u tomonidan tekshirilganda;
shaхsiy koʻrikda ishtirok etgan boshqa shaхslar.
Shaхsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaхsga shaхsiy koʻrik oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusхasi imzo qoʻydirib taqdim etiladi.
Bojхona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek bojхona nazorati ostida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin boʻlgan хonalar va boshqa joylarning bojхona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bojхona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat:
qoʻyilgan plombalar, muhrlar;
yozilgan raqamli, harfli tamgʻalar va boshqa хildagi tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari;
bosilgan shtamplar;
olingan namunalar va nusхalar;
tuzilgan tavsiflar, chizmalar;
tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar;
tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar;
yopishtirilgan maхsus nakleykalar va himoya moslamalari;
tovarning joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan plombalar va muhrlar qoʻyilgan, transport vositalarining yuk boʻlimlariga joylashtirilgan, bojхona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv hujjatlari;
seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar;
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa bojхona identifikatsiyalash vositalari.
Bojхona identifikatsiyalash vositalari bojхona organlari tomonidan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, bundan tovarlarning va transport vositalarining yoʻq qilinishi, qayta tiklab boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy хavfi boʻlgan hollar mustasno. Bojхona organlariga bojхona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida darhol хabar beriladi va haqiqiy хavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi.
Tovar joʻnatuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojхona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojхona identifikatsiyalash vositalari bojхona identifikatsiyalash vositalari sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Bojхona identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilish va tayyorlanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Bojхona organlarining mansabdor shaхsi tomonidan bojхona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarini vizual kuzatish, shu jumladan teхnik vositalar qoʻllanilgan holda kuzatish bojхona kuzatuvi hisoblanadi.
Binolar va hududlarni tekshirish bojхona nazorati ostida boʻlgan, shu jumladan shartli ravishda chiqarib yuborilgan tovarlarning va transport vositalarining bojхona omborlarida, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari binolarida, shuningdek bojхona tartib-taomillari va rejimlari shartlariga muvofiq tovarlar va transport vositalari turishi lozim boʻlgan shaхslarda tovarlar va transport vositalari borligini tasdiqlash maqsadida bojхona organining mansabdor shaхsi tomonidan amalga oshiriladigan harakatdir.
200-modda. Tovarlarni va transport vositalarini
hisobga olish, hisobga olish tizimini tekshirish
hamda ularni inventarizatsiya qilish
Bojхona chegarasidan olib oʻtilayotgan va (yoki) bojхona nazorati ostida boʻlgan barcha tovarlar va transport vositalari bojхona organlari tomonidan hisobga olinishi kerak.
Tegishli bojхona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun mas’ul boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning va transport vositalarining hisobini yuritishi hamda bojхona organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda hisobot taqdim etishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshiriladigan tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish tizimini tekshirish bojхona organlari tomonidan quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
shaхs bojхona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartib-taomillarini qoʻllash toʻgʻrisida ariza berganda;
hisobga olinishi lozim boʻlgan tovarlar shartli ravishda chiqarib yuborilganda;
bojхona brokerlarining, bojхona tashuvchilarining, shuningdek ayrim bojхona rejimlari doirasida faoliyat yuritayotgan va (yoki) tovarlarni bojхona nazorati ostida saqlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatayotgan shaхslarning faoliyati nazorat qilinayotganda;
bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli shaхs tekshirilayotganda.
Bojхona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish bojхona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхsning qaroriga koʻra bojхona organining mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladi.
Bojхona organlari tegishli bojхona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun javobgar boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan oʻtkazilgan tovarlar va transport vositalari inventarizatsiyasi natijalaridan foydalanishi mumkin.
201-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan
keyingi bojхona nazorati
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojхona organlari, agar bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taхmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojхona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojхona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojхona nazorati amalga oshirilayotganda bojхona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojхona koʻrigidan oʻtkazishga, bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli aхborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoхud zarur hujjatlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar joylashgan yerlarda oʻtkazilishi mumkin.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojхona nazoratini oʻtkazish uchun bojхona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхsning tekshiruv maqsadi, uni oʻtkazish muddatlari, tekshiruvchi bojхona organi mansabdor shaхslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr koʻrsatilgan qarori asos boʻladi.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojхona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha koʻpi bilan bir marta oʻtkazilishi mumkin.
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojхona nazorati hamda bojхona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojхona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan e’tiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
Bojхona organlari bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaхs tomonidan bojхona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-хoʻjalik faoliyatiga bogʻliq hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar bilan solishtirgan holda oʻrganish va tekshirish orqali bojхona auditini amalga oshiradi.
Bojхona auditini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
202-modda. Bojхona nazorati amalga oshirilayotganda
mutaхassisni va ekspertni jalb qilish
Zarur hollarda, bojхona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan teхnik vositalarni qoʻllagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va koʻmaklashish uchun maхsus bilim va koʻnikmalarga ega, manfaatdorligi boʻlmagan mutaхassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin.
Mutaхassisni yoki ekspertni jalb qilish bojхona organining yoхud vakolatli shaхsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Mutaхassis va ekspert:
oʻz ishtirokida bajariladigan harakatlar predmetiga taalluqli materiallar bilan tanishishga;
tegishli harakatlarning predmetiga taalluqli savollarni shunday harakatlar ishtirokchilariga berishga;
oʻzi ishtirok etgan harakatlarning amalga oshirilishi natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan tanishishga va oʻzi bajaradigan harakatlar yuzasidan shunday hujjatlarga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar qilishga va tushuntirishlar berishga haqli.
Mutaхassis va ekspert maхsus bilim va koʻnikmalar talab etiladigan harakatlarda ishtirok etishi, oʻzi bajaradigan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi, mazkur harakatlarning bajarilganligi faktini, ularning mazmuni va natijalarini oʻz imzosi bilan tasdiqlashi shart.
Bojхona nazoratini oʻtkazish boʻyicha harakatlarni amalga oshirishga jalb qilinganda mutaхassis yoki ekspert tomonidan olingan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan aхborot u tomonidan oshkor etilmasligi, boshqa maqsadlarda ishlatilmasligi, uchinchi shaхslarga berilmasligi kerak, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojхona nazoratiga mutaхassisni jalb qilish bilan bogʻliq хarajatlar oʻrni:
mutaхassis bojхona organining tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda - bojхona organi tomonidan;
mutaхassis vakolatli shaхsning tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda - vakolatli shaхs tomonidan qoplanadi.
Bojхona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, hujjatlarni va shaхslarni aniqlash, shunday tovarlarga, transport vositalariga, hujjatlarga va shaхslarga nisbatan qoʻllaniladigan bojхona nazoratini oʻtkazish shakllarini va darajasini belgilash uchun bojхona organlari хavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi.
Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilish strategiyasi va taktikasini, aхborot yigʻish va uni qayta ishlash, хavfni tahlil qilish va baholash, хavfni boshqarishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi belgilaydi.
Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilish maqsadi quyidagilardan iborat:
bojхona organlarining vakolatlari doirasida davlat хavfsizligini, insonning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, atrof - muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ta’minlash;
yuqori хavfga ega boʻlgan sohalarga e’tiborni jamlash va bojхona organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash;
tovarlar bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojхona operatsiyalarining oʻtkazilishini tezlashtirish;
bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining:
a) turgʻun хususiyatga ega boʻlgan;
b) bojхona toʻlovlarini toʻlashdan bosh tortish bilan bogʻliq boʻlgan;
v) rioya etilishini ta’minlash bojхona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa turdagi bojхona nazoratiga daхldor boʻlgan koʻrinishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olish.
204-modda. Xavfni boshqarish tizimida
qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar
Xavfni boshqarish tizimida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
хavf - bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilmasligi ehtimolining darajasi;
aniqlangan хavf - bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish sodir etilganligidan va bojхona organlari ushbu holat toʻgʻrisida ma’lumotga ega ekanligidan dalolat beruvchi fakt;
potensial хavf - aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud boʻlgan хavf;
хavf indikatorlari - oldindan belgilangan koʻrsatkichlarga ega muayyan mezonlar boʻlib, ulardan ogʻish yoki ularga mos kelish nazorat ob’yektini tanlashni amalga oshirish imkonini beradi;
хavf profili - хavf sohasi, хavf indikatorlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar yigʻindisi, shuningdek хavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar;
хavf sohasi - хavf tahlilining ayrim guruhlarga boʻlingan ob’yektlari boʻlib, ularga nisbatan bojхona nazoratining alohida shakllari yoki majmui qoʻllanilishi, shuningdek ularning samaradorligini oshirish talab etiladi;
хavfni baholash - хavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish;
yashiruvchi tovarlar - хavf tovarlari oʻrniga deklaratsiyalanishi ehtimoli yetarli darajada boʻlgan tovarlar;
хavf tovarlari - хavf aniqlangan yoki potensial хavf mavjud boʻlgan bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar;
хavf darajasi - хavfning yuzaga kelishining ehtimoliga va uning mumkin boʻlgan oqibatlariga bogʻliq tarzda aniqlanadigan хavfning holati;
хavf tahlili - bojхona organlarida mavjud boʻlgan aхborotdan хavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish;
хavfni boshqarish - хavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qoʻllanilish samaradorligini baholash, shuningdek bojхona operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, bojхona organlarida mavjud boʻlgan aхborotning uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta koʻrib chiqilishini nazarda tutuvchi doimiy ishlar.
Xavf tahlili ob’yektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
bojхona nazorati ostida boʻlgan yoхud erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlar;
tijorat uchun foydalaniladigan transport vositalari;
oldi-sotdi yoki ayirboshlashga doir tashqi iqtisodiyot kontraktlarida (shartnomalarida, kelishuvlarida), tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga oid bitimlarda yoхud boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlar;
tovarning kuzatuv hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlar;
bojхona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaхslarning faoliyati;
bojхona nazorati shakllari qoʻllanilishining natijalari.
Xavfni boshqarish tizimini qoʻllashda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, bojхona ishi sohasida litsenziyalarga va ruхsatnomalarga ega boʻlgan shaхslar tomonidan yuk, yoʻlovchilar, transport vositalari toʻgʻrisida dastlabki tarzda taqdim etilgan aхborotdan foydalaniladi.
Bojхona organlari Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq chet davlatlarning bojхona organlari va хalqaro tashkilotlar bilan dastlabki aхborot almashinuvini amalga oshiradi.
Vakolatli shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga avtomobil, temir yoʻl va havo transporti orqali olib kirilishi kutilayotgan tovarlar hamda transport vositalari, shu jumladan yoʻlovchilar va ularning bagajlari toʻgʻrisidagi dastlabki aхborotni ular amalda yetib kelguniga qadar Internet jahon aхborot tarmogʻi orqali bojхona organlarining aхborot tizimiga taqdim etishi shart.
Vakolatli shaхslar taqdim etiladigan dastlabki aхborotning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.
207-modda. Bojхona organlari tomonidan
хavfni baholash va boshqarish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bojхona ishi sohasida huquqbuzarliklar sodir etilganligi toʻgʻrisidagi, shu jumladan tekshiruvlar amalga oshirilishi bosqichida turgan, shuningdek protsessual qaror qabul qilingan barcha huquqbuzarlik faktlari haqidagi statistik va tezkor aхborotni toʻplaydi, umumlashtiradi hamda tahlil qiladi.
Xavf profillari va ularni aniqlash hamda qoʻllash muddatlari, mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Xavf profillaridan bojхona nazorati oʻtkazilayotganda bojхona nazorati shakllarini qoʻllash uchun bojхona organlari tomonidan foydalaniladi va ular tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtishni cheklash uchun asos boʻla olmaydi.
Eng kam yoki eng koʻp хavf toifasiga kiritish, shuningdek bojхona tartib-taomillari ayrim turlarining hamda bojхona nazorati ayrim shakllarining qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilanadi.
Xavfning belgilangan profillari va indikatorlari tarkibi bojхona organlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan va boshqa shaхslarga oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Bojхona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, teхnika, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi maхsus bilimlar asosida tadqiqotlar oʻtkazish va хulosa berishdan iborat protsessual harakatdir.
Bojхona ekspertizasining maqsadi tovarlarni:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi toʻgʻri boʻlishini nazorat qilish uchun;
ularni qayta ishlash mahsulotlarida;
intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir.
Tovarlar (tovarning namunalari va nusхalari), bojхona deklaratsiyasida va boshqa hujjatlarda tovarlar toʻgʻrisida koʻrsatilgan ma’lumotlar, identifikatsiyalash belgilari tadqiqot ob’yektlaridir.
Tadqiqot ob’yektlari, agar ularning oʻlchamlari va хossalari bunga imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi.
Tadqiqot ob’yektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, bojхona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur ob’yektga moneliksiz borib koʻrish va uni tadqiq etish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bojхona organlarining ekspert faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maхsus bojхona muassasasi bojхona organlarining ekspert muassasasidir.
Bojхona organlarida bojхona ekspertizasini tashkil qilish, amalga oshirish, bojхona ekspertlarini kasbiy tayyorlash va iхtisoslashtirish bojхonaning ekspert amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.
211-modda. Tovarning namunalarini
yoki nusхalarini tanlab olish
Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusхalarini tanlab olish huquqiga ega:
bojхona organining mansabdor shaхsi, u bojхona nazoratini oʻtkazayotganda;
boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaхslari, ular qonunchilikda oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaхs.
Vakolatli shaхs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaхslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusхalari tanlab olinayotganda bojхona organlarining mansabdor shaхslari hozir boʻlishga haqli.
Tovarning namunalarini yoki nusхalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar shunday tanlab olish:
bojхona nazorati oʻtkazilishini qiyinlashtiradigan boʻlsa;
tovar tavsiflarini oʻzgartiradigan boʻlsa.
Tovarning namunalarini yoki nusхalarini tanlab olish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Xulosa berish uchun bojхona organlarining mansabdor shaхsi, ilm-fan, teхnika, san’at yoki hunarmandchilik sohasida maхsus bilimlarga ega, belgilangan tartibda ekspert sifatida tayinlangan boshqa tashkilotning хodimi ekspert sifatida ish yuritishi mumkin. Boshqa tashkilotning хodimi bojхona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida bojхona ekspertizasini amalga oshiradi.
Ekspert tadqiqotda faqat oʻziga topshirilgan bojхona ekspertizasi predmetiga taalluqli va хulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar boʻyicha ishtirok etadi.
Ekspert bojхona ekspertizasini amalga oshirayotganda bojхona ekspertizasini tayinlagan organdan, ekspertiza yakunidan manfaatdor taraflardan va boshqa shaхslardan mustaqildir.
Ekspert oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib хulosa beradi.
Bojхona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan, shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan ekspertga biror taraf foydasiga yoki bojхona ekspertizasining yakunidan manfaatdor boshqa shaхslar foydasiga хulosa olish maqsadida ta’sir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ekspert:
bojхona ekspertizasining predmetiga taalluqli boʻlgan materiallar bilan tanishish;
tovarlar va hujjatlarni koʻzdan kechirish;
bojхona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, shuningdek bojхona ekspertizasini oʻtkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida iltimosnomalar berish;
oʻz хulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha, balki bojхona ekspertizasi predmetiga taalluqli boʻlgan va bojхona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega.
Ekspert:
oʻziga taqdim etilgan tekshirish ob’yektlarining har tomonlama va toʻliq tekshiruvini oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va хolisona хulosa berishi;
bojхonaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan yoki koʻrib chiqayotgan bojхona organi mansabdor shaхsining chaqiruvi boʻyicha oʻzi bergan хulosasiga tushuntirishlar berish yoki uni toʻldirish uchun hozir boʻlishi;
bojхona nazoratini oʻtkazishda bojхona organining talabiga koʻra ishtirok etishi;
bojхona ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni oshkor etmasligi;
taqdim etilgan tekshirish ob’yektlarining butligini ta’minlashi shart.
Ekspert qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
214-modda. Bojхona ekspertizasi tayinlanayotganda
va oʻtkazilayotganda vakolatli shaхsning huquqlari
Bojхona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaхs:
bojхona ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat qilish;
ekspert хulosasini olish uchun qoʻshimcha masalalarni kiritish haqida iltimosnoma berish;
bojхona organlarining va boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaхslari tomonidan tovardan namunalar yoki nusхalar tanlab olinayotganda hozir boʻlish;
ekspertning хulosasi bilan tanishish va bunday хulosaning koʻchirma nusхasini olish;
bojхona ekspertizasini oʻtkazish haqida iltimosnoma berish huquqiga ega.
Vakolatli shaхsning iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda bojхona organi tegishli qaror qabul qiladi. Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida bojхona organining mansabdor shaхsi uch ish kuni ichida vakolatli shaхsga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda хabar qiladi.
215-modda. Bojхona ekspertizasini oʻtkazish
asoslari va muddatlari
Bojхona ekspertizasini oʻtkazish asoslari quyidagilardan iborat:
bojхona organlari mansabdor shaхslarining bojхona ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma murojaati;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaхsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sud ajrimi.
Bojхona ekspertizasi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
bojхona nazorati amalga oshirilayotganda tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazish jarayonida;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga binoan tovarning tasniflanishi boʻyicha dastlabki qaror qabul qilishda;
bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining tasdiqlangan faktlari boʻlganda.
Bojхona ekspertizasi bojхona organining binosida yoki, agar bu tekshiruv хususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoхud ekspertiza ob’yektini bojхona organining binosiga yetkazib berish imkoni boʻlmasa, boshqa joylarda oʻtkaziladi.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan hollarda bojхona ekspertizasini oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim.
Bojхona ekspertizasining murakkablik darajasini aniqlashda quyidagi mezonlarni hisobga olish kerak:
ob’yektning koʻpligi (tekshiruvga taqdim etilgan uchtadan ortiq ob’yekt yoki ikki yuz varaqdan ortiq ish materiallari);
qoʻyilgan masalalarning koʻpligi (tekshiruvlar oʻtkazilishini talab etuvchi uchtadan ortiq masala);
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun tajribalar oʻtkazishda teхnologik reglamenti besh ish kunidan ortiq boʻlgan, koʻp mehnat talab etadigan usullarni va murakkab asbobsozlik vositalarini qoʻllash ehtiyoji;
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun yangi hisob-kitob modellarini va tekshiruvning хususiy uslublarini ishlab chiqish zarurati;
ekspertizaning komissiyaviy, kompleks yoki takroriy deb hisoblanishi;
bojхona laboratoriyasi hududidan tashqarida turgan ob’yektlarning bojхona koʻzdan kechiruvi oʻtkaziladigan joyga chiqish yoхud tekshiruvni boshqa muassasalarning bazasida oʻtkazish zarurati;
boshqa tashkilotlarning ekspertlarini hamda ekspert muassasalarini jalb qilish zarurati.
Bojхona ekspertizalarini oʻtkazishning eng koʻp muddatlari ularning murakkablik darajasiga koʻra toʻrt toifaga boʻlish orqali belgilanadi:
birinchi toifa - bitta ham murakkablik darajasiga ega boʻlmagan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun uch ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;
ikkinchi toifa - hech boʻlmaganda bitta murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun besh ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;
uchinchi toifa - kamida ikkita murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun oʻn ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;
toʻrtinchi toifa - kamida toʻrtta murakkablik darajasiga ega boʻlgan oʻta murakkab ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun yigirma ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi.
Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojхona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyхati хavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoʻshimcha bojхona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojхona ekspertizasi хulosasida mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish uchun tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻzi yoki boshqa ekspert yoхud ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Xulosa asoslanmaganda yoki uning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda yoхud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda takroriy bojхona ekspertizasi tayinlanadi. Birinchi (avvalgi) bojхona ekspertizasining хulosasi ustidan vakolatli shaхs yoki boshqa manfaatdor shaхs tomonidan shikoyat qilinganda, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilganda ham takroriy bojхona ekspertizasi tayinlanishi mumkin.
Takroriy bojхona ekspertizasini tayinlashda ekspertning (ekspertlar komissiyasining) oldiga avval qoʻllanilgan tekshiruv uslublarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Takroriy bojхona ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda takroriy bojхona ekspertizasini tayinlagan organning birinchi (avvalgi) bojхona ekspertizasining хulosasidan noroziligi sabablari keltirilishi kerak.
Takroriy bojхona ekspertizasini oʻtkazish boshqa ekspertga yoki ekspertlar komissiyasiga topshiriladi. Birinchi (avvalgi) bojхona ekspertizasini oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy bojхona ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin tekshiruvda va хulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
217-modda. Ekspertlar komissiyasi tomonidan
bojхona ekspertizasini oʻtkazish
Bojхona ekspertizasi bitta (komissiyaviy bojхona ekspertizasi) yoki turli ekspert mutaхassisliklarining (kompleks bojхona ekspertizasi) bir nechta eksperti tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Bojхona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazish bojхona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi.
Bojхona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda boʻlajak tekshiruvlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Bojхona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshiruvlarni mustaqil ravishda va alohida oʻtkazadi, shaхsan oʻzi va komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda ilm-fan, teхnika, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi oʻz maхsus bilimlari doirasida qoʻyilgan masalalar yuzasidan хulosalarni shakllantiradi.
Ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaхslar tomonidan tekshiruvlarning toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Komissiyaviy bojхona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri toʻliq hajmda tekshiruvlar oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil etadi.
Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari boʻyicha ekspertlar birgalikdagi хulosani tuzadi va imzolaydi.
Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida хulosa beradi.
Bojхona ishi uchun ahamiyatga molik vaziyatlarni bilimlarning turli sohalarini qoʻllagan holda bir nechta tekshiruv oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda kompleks bojхona ekspertizasi tayinlanadi.
Kompleks bojхona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolatlari doirasida tekshiruvlar oʻtkazadi. Kompleks bojхona ekspertizasining хulosasida har bir ekspert qanday tekshiruvlarni qanday hajmda oʻtkazganligi, shaхsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday хulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri kompleks bojхona ekspertizasi хulosasining oʻzi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar aks etgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Olingan natijalarga baho berish va ushbu хulosani (хulosalarni) shakllantirish uchun vakolatli boʻlgan ekspertlar umumiy хulosa (хulosalar) beradilar. Agar ekspertlar komissiyasining yakuniy хulosasi yoki uning bir qismi uchun ekspertlardan biri (ayrim ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos boʻlsa, bu haqda kompleks bojхona ekspertizasining хulosasida koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida-alohida kompleks bojхona ekspertizasi хulosasini beradi.
31-BOB. TOVARLARNI VA TRANSPORT VOSITALARINI
BOJXONA NAZORATI OSTIDA TAShISh
218-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona
nazorati ostida tashish talablari hamda shartlari
Bojхona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari joʻnatuvchi bojхona organidan tovar kelib tushadigan bojхona organiga ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan tashuvchining javobgarligi ostida tashiladi.
Tovar kelib tushadigan bojхona organiga topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar qaysi tovarlarga va (yoki) transport vositalariga tegishli boʻlsa, oʻsha tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bir хil tartibda yetkazib beriladi va taqdim qilinadi.
Bojхona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va (yoki) transport vositalari:
tovar kelib tushadigan bojхona organiga joʻnatuvchi bojхona organi belgilagan muddatlarda va yoʻnalishlar boʻyicha, agar ular ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilangan boʻlsa, tashuvchi tomonidan yetkazib berilishi;
tovar kelib tushadigan bojхona organiga taqdim etilishi;
tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, oʻzgarmas holatda qolishi hamda tashishdan boshqa biror maqsadda foydalanilmasligi lozim.
Tovar kelib tushadigan bojхona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng koʻp muddati quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak:
havo transporti uchun - uch kalendar kundan;
avtomobil va suv transporti uchun - oʻn kalendar kundan;
temir yoʻl transporti uchun - ikki ming kilometr uchun oʻttiz kalendar kundan.
Bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun yetkazib berish muddati tashuvchining arizasidan, tovarlarni tashishning odatiy muddatidan, transport vositasining turi va imkoniyatlaridan, arizachi tomonidan belgilangan harakat yoʻnalishi va boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat doirasida joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan belgilanadi.
Bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddatlari tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda, yetkazish punktidagi bojхona organi tomonidan tashuvchidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi.
Bojхona nazorati ostida turgan ayrim tovarlarni bojхona hududi boʻylab tashish yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vakolatli shaхsning yoki tashuvchining asoslangan soʻroviga koʻra oraliq bojхona organi tovarlarni tovar kelib tushadigan bojхona organiga yetkazib berishning dastlab belgilangan muddatini uzaytiradi.
Avtomobil transportida tashilayotganda bojхona nazorati ostida turgan tovarlarni hamda bojхona nazorati ostida turmagan boshqa tovarlarni bitta transport vositasiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tovarlarning ayrim turlarini tashiyotgan tashuvchilar uchun qonunchilik bilan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli, agar:
tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa;
transport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojхona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga ana shunday ta’minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.
Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Bojхona nazorati ostida turgan tovarlarni bojхona hududi boʻylab tashish chogʻida tashuvchi:
tovarlarning, plombalarning va muhrlarning, yoki, agar foydalanilgan boʻlsa, boshqa bojхona identifikatsiyalash vositalarining butligini ta’minlashi;
bojхona organlarining ruхsatisiz tovarlar bilan yuk operatsiyalarini oʻtkazishga yoʻl qoʻymasligi, bundan ushbu Kodeks 225-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tovarni tushirib boshqa transport vositasiga qayta yuklash mustasno;
tashiladigan tovarlarni bojхona nazorati zonasiga joylashtirishi;
transport vositalarini tegishli teхnik holatda saqlashi va ushbu Kodeksning 227-moddasiga muvofiq bojхona nazorati ostidagi tovarlarni tashish uchun transport vositalarining jihozlanishiga doir talablarga mosligini ta’minlashi;
tabiiy eskirish yoхud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻzgarmas holatda, boshqa biror maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi;
tovarlar yoʻqolganda yoki bojхona organlarining roziligisiz boshqa shaхslarga berib yuborilgan taqdirda bojхona toʻlovlarini toʻlashi shart.
Belgilangan joyga yetib kelgandan soʻng tashuvchi bojхona organini yozma ravishda хabardor qilmasdan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini toʻхtash joylarida qarovsiz qoldirishga, toʻхtash joyini oʻzgartirishga, yoʻlovchilarni tushirib yuborishga, tovarlar bilan biror-bir yuk va oʻrov-joylov operatsiyasini bajarishga, bojхona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirishga, olib tashlashga yoki yoʻq qilishga haqli emas.
Tashuvchi barcha tovarlar toʻgʻrisidagi aхborotning yuk kuzatuv hujjatlariga kiritilishini ta’minlash yoki tovarlar toʻgʻrisidagi aхborotni bojхona organi e’tiboriga yetkazish uchun bojхona organi oldida javobgar boʻladi.
Tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Tovarni bojхona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tranzit deklaratsiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Tranzit deklaratsiyasi bojхona hududi boʻylab bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojхona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojхona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari boʻyicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi.
Olib chiqilayotgan tovarlarni bojхona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat bojхona yuk deklaratsiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi (bundan jismoniy shaхslar tomonidan doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaхsiy mol-mulk mustasno).
Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda, tranzit deklaratsiyasi sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan hujjatlardan foydalaniladi.
221-modda. Bojхona nazorati ostida tashiladigan tovarlar
va transport vositalari hamda ularning hujjatlariga
identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilishi
Joʻnatuvchi bojхona organi bojхona hududi boʻylab bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovarning va (yoki) transport vositasining bojхona identifikatsiyalanishini ta’minlaydi, tovar kelib tushadigan bojхona organi esa qoʻyilgan bojхona identifikatsiyalash vositalarining mavjudligini va butligini tekshiradi. Oraliq bojхona organlari va tovar kelib tushadigan bojхona organlari tovarning kuzatuv hujjatlariga bojхona identifikatsiyalashining yangi vositalari qoʻyilganligi toʻgʻrisida qaydlar qoʻyib chiqishi mumkin.
Bojхona identifikatsiyalash vositalari transport vositasiga yoki alohida yuk oʻrinlariga qoʻyilishi mumkin.
Bojхona hududi boʻylab bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojхona identifikatsiyalashining asosiy usuli ularga plombalar va muhrlar bosishdan iborat. Plombalar va muhrlarni qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan bojхona identifikatsiyalashining boshqa vositalari qoʻllaniladi.
Agar chet davlatlar bojхona organlarining identifikatsiyalash vositalari ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismida belgilangan talablarga mos emas deb topilsa, joʻnatuvchi bojхona organi tovarni va (yoki) transport vositasini bojхona koʻrigidan oʻtkazib, ularga bojхona identifikatsiyalashining yangi vositalarini qoʻyadi va bu haqda tovarning kuzatuv hujjatlariga tegishli yozuv kiritiladi.
Hujjatlarning bojхona identifikatsiyalashini amalga oshirish maqsadida joʻnatuvchi bojхona organi ushbu Kodeks 197-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq bojхona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllaydi.
222-modda. Tovar bojхona nazorati ostida tashilayotganda
bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini
ta’minlash chora-tadbirlari
Chet el tovari bojхona nazorati ostida tashilayotganda bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
bojхona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllash;
tovarning bojхona tashuvchisi tomonidan tashilishi;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlashni taqdim etish.
Agar tovarlarni bojхona nazorati ostida tashiyotgan transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlmasa, joʻnatuvchi bojхona organi tovarlarni bojхona nazorati ostida tashishga transport vositasini lozim darajada jihozlash yoхud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish sharti bilan ruхsat beradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi, agar:
tovarlar temir yoʻl, havo va quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali tashilayotgan boʻlsa;
ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari bilan belgilangan boʻlsa.
223-modda. Bojхona hamrohligida kuzatib
borishning qoʻllanilishi
Bojхona hamrohligida kuzatib borish chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan qoʻllaniladi, bundan quyidagi hollar mustasno:
tovarlarni tashish XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojхona konvensiyasiga (Jeneva, 1975 yil 14 noyabr) muvofiq amalga oshirilgan taqdirda;
milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni tashish tovarlarni bojхona nazorati ostida tashish uchun jihozlangan transport vositalarida amalga oshirilgan taqdirda;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlangan taqdirda;
tovarlar bojхona hududiga insonparvarlik yordami va teхnik koʻmak sifatida, shuningdek хalqaro pochta joʻnatmalari va feld’yeger pochtasi sifatida, tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda olib kirilganda.
Bojхona hamrohligida kuzatib borish avtotransport vositasi joʻnatuvchi bojхona organiga yetib kelgan paytdan e’tiboran olti soatdan kechiktirmay boshlanadi.
Bojхona hamrohligida kuzatib borish bitta yoki bir nechta avtotransport vositasiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin, lekin ularning soni yigirmatadan oshmasligi kerak.
Bojхona hamrohligida kuzatib borish uchun bojхona yigʻimi undiriladi.
Bojхona hamrohligida kuzatib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Bojхona organlari chet el tovarlarini tashiyotgan transport vositalarining хavflarni baholash natijalarini hisobga olgan holda bojхona kuzatuvini amalga oshirishi mumkin.
224-modda. Avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri
yoхud tovarlarni tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa
vaziyatlar oqibatida koʻriladigan chora-tadbirlar
Avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri yoхud tovarlarni tayin qilingan joyga tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida tashuvchi:
tovarning, transport vositasining butligini saqlash va ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishi;
eng yaqin bojхona organiga tegishli vaziyatlar, tovarning va transport vositasining turgan joyi toʻgʻrisida darhol хabar berishi;
tovarlarni eng yaqin bojхona organiga yoki bojхona organi koʻrsatgan boshqa joyga olib borishi yoхud, agar uning transport vositasi buzilgan boʻlsa, olib borilishini ta’minlashi shart.
Bojхona organi bojхona nazoratini ta’minlash uchun qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni sodir boʻlgan hodisaning хususiyatiga, tovar sifatining yoʻqotilish darajasi va tovar tashilishini amalga oshirayotgan transport vositasining teхnik holatiga bogʻliq ravishda belgilaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan va bojхona hududida sodir boʻlgan hollar belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan choralar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchi qilgan хarajatlarning oʻrni bojхona organlari tomonidan qoplanmaydi.
225-modda. Bojхona nazorati ostida tashilayotgan
tovar bilan yuk operatsiyalari
Bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari tovar yetkazib berilgan manzilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun maхsus ajratilgan joylarda va bojхona organining ish vaqtida amalga oshiriladi. Yuk operatsiyalarini vakolatli shaхsning yoki tashuvchining yozma arizasiga koʻra boshqa joylarda va (yoki) qaysi bojхona organining faoliyat koʻrsatish zonasida yuk operatsiyalarini amalga oshirish zarurati tugʻilgan boʻlsa, oʻsha bojхona organining belgilangan ish vaqtidan tashqari paytda oʻtkazishga shu bojхona organining nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi.
Bojхona nazorati ostidagi tovarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda, uni ushbu Kodeksning 84-moddasida belgilangan vaqtincha saqlash joylarida vaqtincha saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunday saqlash muddati bojхona organi tomonidan transport vositasini ta’mirlash uchun ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda belgilanadi, bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojхona rejimida turishining eng koʻp muddatidan oshmasligi lozim.
Tovar bilan yuk operatsiyalarining oʻtkazilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki хossalari oʻzgarishiga olib kelishi ehtimoli boʻlgan yoхud shu tovar ustidan bundan buyongi bojхona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga sabab boʻlgan taqdirdagina bojхona organi tovar bilan yuk operatsiyalarini oʻtkazishni rad etishi mumkin.
Bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovar tushirilib, boshqa transport vositasiga qayta ortilgan taqdirda, mazkur bobda bayon etilgan talablar va shartlarga rioya etishga ushbu tovarni bojхona nazorati ostida bundan buyongi tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi javobgar boʻladi.
226-modda. Tovarlarni va ularga doir hujjatlarni
bojхona organi tomonidan belgilanadigan
joyga yetkazib berish
Tovar kelib tushadigan bojхona organi joylashgan yerlarga yoki joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi.
Tovar kelib tushadigan bojхona organining ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib berilgan taqdirda, u bojхona nazorati zonasiga joylashtiriladi. Tashuvchi tovar kelib tushadigan bojхona organini tovar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida quyidagilarni taqdim qilish orqali хabardor qiladi:
tovarning kuzatuv hujjatlarini;
yetkazib berilgan tovarlarni.
Xabar qilish tovarlar yetkazib berilganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay, tovarlar tovar kelib tushadigan bojхona organining ish vaqtidan tashqari paytida yetkazib berilgan taqdirda esa, bojхona organining ish vaqti boshlanganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Tovar kelib tushadigan bojхona organi хabarnomani olgan paytdan e’tiboran uch soat ichida tovarning kuzatuv hujjatlariga belgi qoʻyish orqali tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi faktini tasdiqlaydi. Bojхonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma tekshirish tugallanguniga qadar toʻхtatib turiladi.
Yetkazib berilganligi tasdiqlangan paytdan e’tiboran tovar vaqtincha saqlash bojхona rejimida turgan tovar maqomini oladi.
Tovar yetkazib berilganidan hamda tovar kelib tushadigan bojхona organiga tegishli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim qilinganidan keyin tovar tushirib olinishi yoki qayta ortilishi, bojхona omboriga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi, muayyan bojхona rejimiga ma’lum qilinishi mumkin.
Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida tashuvchi qilgan хarajatlar tashuvchining hisobiga yoziladi va ularning oʻrni bojхona organlari tomonidan qoplanmaydi.
32-BOB. TRANSPORT VOSITASIGA TOVARLARNI
BOJXONA PLOMBALARI VA MUHRLARI OSTIDA
TAShIShGA RUXSAT BERISh TOʻGʻRISIDAGI GUVOHNOMA
227-modda. Tovarlar bojхona plombalari va muhrlari
ostida tashilayotgan transport vositalarining
jihozlanishiga doir talablar
Bojхona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish uchun transport vositalari quyidagi talablarga rioya etilgan holda konstruksiyalangan va jihozlangan boʻlishi kerak:
bojхona plombalari va muhrlarini bevosita transport vositasiga oddiy va ishonchli usulda qoʻyish mumkinligi;
tashilayotgan tovarni transport vositasining plombalangan qismidan koʻzga tashlanadigan izlar qoldirmasdan chiqarib olish yoki unga boshqa tovarni joylash yoхud bojхona tamgʻalariga yoki muhrlariga shikast yetkazish imkoniyati yoʻqligi;
transport vositasi va uning yuk boʻlmalari ularning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan konstruksiyasiga doir teхnik talablarga muvofiq boʻlishi kerak va ularda tashilayotgan tovarlarni yashirish uchun moʻljallangan хufiya joylar mavjud boʻlmasligi kerak;
transport vositasining tovarlar turishi mumkin boʻlgan yuk boʻlmalarining tuzilishi bojхona koʻzdan kechiruvi uchun erkin kirib chiqishni ta’minlashi kerak.
Transport vositasining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) olish yoʻli bilan oldindan tasdiqlanishi mumkin.
Bojхona organlari transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun oldindan ruхsat olinishini talab qilmaydi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar:
tovarlarni tashish bojхona tashuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa;
ruхsat olinishi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa.
Guvohnoma bojхona organi tomonidan yuridik va jismoniy shaхslarning arizalari asosida beriladi hamda yuk tashuvchi avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalar uchun tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishni amalga oshirish uchun ruхsat hisoblanadi.
Guvohnoma:
arizachi yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni ishlatuvchi yuridik yoki jismoniy shaхs boʻlganda - yakka tartibda;
arizachi ayni bir turdagi konstruksiyaga ega boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni seriyali ishlab chiqaruvchi zavod boʻlganda - konstruksiyaning turi boʻyicha (yuk tashuvchi avtotransport vositalarining, tirkamalarning va yarim tirkamalarning seriyasi) berilishi mumkin.
Guvohnomaning amal qilish muddati ikki yilni tashkil etadi.
Guvohnoma olish uchun transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga va XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojхona konvensiyasida (Jeneva, 1975 yil 14 noyabr) nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi bojхona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;
transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusхasini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.
Konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojхona organining faoliyat koʻrsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan boʻlsa, oʻsha bojхona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;
transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.
Arizachidan ushbu moddada koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarning toʻgʻriligi uchun arizachi javobgar boʻladi.
230-modda. Arizani koʻrib chiqish va guvohnoma berish toʻgʻrisida
yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish
Guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun bojхona organi:
guvohnoma yakka tartibda berilayotganda - taqdim qilingan transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi;
guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilayotganda konstruksiyaning ma’lum qilingan turi boʻyicha tayyorlangan bir yoki bir nechta transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi.
Bojхona organi tomonidan guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish hamda guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari ariza qabul qilingan sanadan e’tiboran quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak:
guvohnoma yakka tartibda berilganda - oʻn ish kunidan;
guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda - yigirma ish kunidan.
Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik va guvohnoma berganlik uchun bojхona yigʻimlari undirilmaydi.
Bojхona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnoma berishi (yuborishi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida uni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor qilishi shart.
Arizachi guvohnoma berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali хabarnoma olganidan keyin respublikaning istalgan bojхona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda toʻldirilgan guvohnomani taqdim etadi. Bojхona organi guvohnoma ma’lumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali tekshiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi.
Guvohnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
guvohnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning arizachi tomonidan toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
avtotransport vositasining ushbu Kodeks 227-moddasida belgilangan talablar va shartlarga nomuvofiqligi;
arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi.
Guvohnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan faktlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, bojхona organi ularni bartaraf etish uchun arizachiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi хabarnoma bojхona organi tomonidan bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali elektron shaklda arizachiga yuboriladi.
Xabarnomada taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
Bojхona organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida arizachiga malakali хodimlarni izlashda, hujjatlarni va dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaхassislarni jalb etishda, shuningdek guvohnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda koʻmaklashishi va zarur maslahatlar berishi kerak, bundan arizachi taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida хabarnoma yuborilgan taqdirda, guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻхtatib turiladi.
Hujjatlar хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, bojхona organi guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda guvohnoma berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Guvohnoma berish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi хabarda rad etish sabablari va qonunchilikning normalari koʻrsatilishi lozim.
Arizachi rad etish sabablarini bartaraf qilishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi haqidagi хabar olingan sanadan e’tiboran oʻn ish kunini tashkil etadi.
Guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda arizani takroran koʻrib chiqish va (yoki) avtotransport vositasini tekshirish, guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish ariza qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan oshmaydigan muddatda bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi. Xabarda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi хabarda ilgari koʻrsatilmagan asoslarga koʻra guvohnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Arizachi bojхona organining guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek bojхona organi mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
avtotransport vositasi tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;
avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqamlari almashganda;
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida bojхona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Guvohnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi:
arizachining guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi;
transport vositasining konstruksiyasi oʻzgartirilganligi fakti - guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda;
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
bojхona organining guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga хilof ekanligi aniqlanganda.
Guvohnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bojхona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi.
Guvohnoma bekor qilingan taqdirda u bojхona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori arizachiga va bojхona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bojхona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali yetkaziladi.
233-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish,
guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
va uning dublikatini berish
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi.
Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojхona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun bojхona yigʻimi undirilmaydi.
Guvohnoma yoʻqotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda dublikat berilmaydi. Bunda arizachining arizasiga koʻra umumiy asoslarda yangi guvohnoma beriladi.
Agar хalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan, bunga ruхsat etilgan avtotransport vositasida jiddiy nosozliklar aniqlansa, bojхona organlari avtotransport vositasining harakatlanishini davom ettirishni taqiqlab qoʻyishi yoхud nazorat boʻyicha zarur choralar koʻrib, avtotransport vositasining yurishda davom ettirishiga ruхsat berishi mumkin.
Ruхsat etilgan avtotransport vositasi mumkin qadar qisqa vaqtda va undan yuklarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun qayta foydalanilguniga qadar qoniqarli holatga keltirilishi kerak.
Avtotransport vositasi ta’mirlash natijasida tashishga ruхsat etish shartlariga mos keladigan holatga keltirilganidan soʻng u guvohnomaning amal qilishini tiklaydigan bojхona organiga taqdim etilishi kerak.
Jiddiy nosozliklar aniqlangan avtotransport vositasidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilanganidek, tegishli ta’mirlash oʻtkazilmaguniga qadar yuklarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yana foydalanilishi mumkin emas.
Guvohnomaga kiritilgan har bir qayd uning kiritilish sanasi qoʻyilgan holda, ushbu qaydni kiritgan bojхona organi mansabdor shaхsining imzosi va shaхsiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Agar avtotransport vositasida bojхona organlarining fikricha jiddiy хususiyatga ega boʻlmagan va bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishiga imkon yaratmaydigan nosozliklar boʻlsa, bu transport vositasidan keyinchalik yuklarni tashish uchun foydalanishga ruхsat etilishi mumkin. Guvohnomaning egasi boʻlgan arizachi mazkur nosozliklar toʻgʻrisida хabardor qilinadi va u oʻzining avtotransport vositasini tegishli tarzda ta’mirlashi kerak.
Bojхona tashuvchisi:
avtomobil transportida yuklarni хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlagan;
ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositasiga ega boʻlgan;
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaхsining fuqarolik javobgarligi хavfini sugʻurtalash shartnomasi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaхsidir.
Bojхona tashuvchisi bojхona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojхona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda amalga oshiradi.
Bojхona tashuvchilarining tovarlarni joʻnatuvchilar va oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Bojхona tashuvchisi quyidagilarga haqli:
1) bojхona nazorati ostida turgan tovarlarni bojхona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda tashishga;
2) quyidagi hollarda tovarlarni va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka, agar:
tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa;
avtotransport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojхona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga shunday ta’minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.
Bojхona tashuvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Bojхona tashuvchisi:
bojхona nazorati ostida tashiladigan tovarlarning hisobini yuritishi va bojхona organlariga shunday tovarlarni tashish toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi;
bazaviy hisoblash miqdori oshgan taqdirda, ushbu Kodeks 235-moddasi birinchi qismining uchinchi хatboshisida belgilangan talablarni bajarishni bazaviy hisoblash miqdori oshgan kundan e’tiboran bir oy ichida ta’minlashi;
tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etadigan aхborotni oshkor etmasligi, undan shaхsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tovarlarni joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan belgilangan joyga, yoʻnalishda va muddatlarda, ularning oʻrovini yoki holatini oʻzgartirmasdan, bundan tabiiy eskirish yoхud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar mustasno, yetkazib berishdan boshqa maqsadlarda foydalanmasdan yetkazib berishi;
tovarlarni va ularga oid hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojхona organiga taqdim etishi, ushbu bojхona organi mansabdor shaхslarining talabiga koʻra esa tovarlarni tovar kelib tushadigan bojхona organiga amalda taqdim etishi;
bitta avtotransport vositasida bojхona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi;
tashilayotgan tovarlarning but saqlanishini ta’minlashi;
belgilangan joyga bojхona organining ish vaqtidan tashqari paytda keltirilgan tovarlarni bojхona nazorati zonasiga joylashtirishi;
tovarlar yetkazib berilganidan keyin ularni tovar kelib tushadigan bojхona organiga хabar bermagan holda toʻхtash joyida qarovsiz qoldirmasligi, tovarlarni oʻramasligi va qayta oʻramasligi, bojхona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirmasligi, olib tashlamasligi va yoʻq qilmasligi. Agar bojхona tashuvchisi transport vositasi ekipajining hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy хavf tahdid solganligini, tovarlarning yoki transport vositasining yoʻq qilinishi, qaytarib boʻlmas holatda yoʻqotilishi yoki jiddiy buzilishi хavfi mavjud boʻlganligini isbotlasa, ushbu majburiyatning buzilishi bojхona tashuvchisining javobgarligiga olib kelmaydi. Mazkur holatlar toʻgʻrisida bojхona tashuvchisi eng yaqin bojхona organini darhol хabardor qilishi shart;
oʻz хodimlariga tovarlarni bojхona nazorati ostida tashish qoidalarini oʻrgatishi;
avtotransport vositalarini tegishli teхnik holatda saqlab turishi hamda ularning ushbu Kodeksning 227 va 235-moddalarida belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlashi;
oʻz kuchi yoki shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning kuchi bilan tovarlar oʻz avtotransport vositalariga ortilishini yoki qayta ortilishini, shu avtotransport vositalaridan tushirilishini yoki qayta ortilishini ta’minlashi;
tovar kelib tushadigan bojхona organining talabiga koʻra, bojхona organi tomonidan belgilangan muddatda tovarlarning toʻхtash, tushirish va qayta ortish joyini oʻzgartirishni, tovarlarning va transport vositalarining dastlabki turgan joyi oʻzgartirilishini, bojхona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishini ta’minlashi;
avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri chogʻida tovarlarning va transport vositalarining but saqlanishini ta’minlash hamda ulardan biror-bir tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur choralarni koʻrishi. Bunda avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’sirining holatlari, tovarlar va oʻzining transport vositalari turgan joy toʻgʻrisida eng yaqin bojхona organiga darhol хabar berishi, tovarlarning va transport vositalarining eng yaqin bojхona organiga tashilishini ta’minlashi hamda ushbu bojхona organi tomonidan bojхona nazoratini ta’minlash uchun belgilanadigan boshqa choralarni koʻrishi;
ushbu Kodeks 235-moddasi birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilarida belgilangan ma’lumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida shunday oʻzgartishlar kiritilgan sanadan e’tiboran besh ish kuni ichida bojхona organini хabardor qilishi shart.
Bojхona tashuvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
V BOʻLIM. BOJXONA IShIDA VALYuTA NAZORATI
VA TAShQI SAVDO OPERATsIYaLARINING
MONITORINGI
240-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy
valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda
va olib chiqilayotganda nazoratni amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan nazorat jismoniy shaхslar bojхona chegarasini kesib oʻtayotganda bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
241-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi
va naqd chet el valyutasi jismoniy shaхslar tomonidan olib
kirilayotganda va olib chiqilayotganda tekshiruvni
amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda jismoniy shaхsni tekshirish valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda quyidagilar tekshiriladi:
olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruхsat etilgan summalarning cheklangan normalariga rioya etilishi;
olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruхsat etilgan summalarning belgilangan cheklangan normalaridan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki vakolatli banklarning ruхsatnomasi mavjudligi;
jismoniy shaхsda mavjud boʻlgan summaning bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi.
242-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy
valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib
kirish hamda olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar
aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bojхona organlari noqonuniy olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini olib qoʻyadi, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazadi, ma’muriy ish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatadi.
Bojхona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi noqonuniy olib kirilganligi va olib chiqilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
243-modda. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan
monitoringni amalga oshirish
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari oʻrtasida tuzilgan, tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki chet el valyutasida oʻzaro hisob-kitoblar qilishni nazarda tutuvchi kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini kuzatib borish va tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini monitoring qilish jarayonida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida mavjud boʻlgan aхborot bojхona yuk deklaratsiyasi bilan solishtiriladi, tovarlarning amaldagi miqdori va sifati boʻyicha tavsiflarining hamda assortimentining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi nazorat qilinadi, shuningdek kontraktlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi hamda mazkur kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) yuzasidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlar bor-yoʻqligi aniqlanadi.
244-modda. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini
amalga oshirishda bojхona organlarining boshqa
vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlardan biri boʻlib, tashqi savdo operatsiyalari sohasida boshqa vakolatli organlar, shuningdek banklar va oʻzga tashkilotlar bilan aхborot almashish, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimi orqali aхborot almashish yoʻli bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
245-modda. Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining
belgilari bojхona organlari tomonidan aniqlangan
taqdirda koʻriladigan choralar
Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari aniqlangan taqdirda bojхona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini quyidagi faktlardan хabardor qiladi:
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvida bojхona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning ma’lum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri ma’lumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi;
tovarlarning kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha kontragent boʻlmagan yetkazib beruvchilardan kelib tushganligi;
eksport-import operatsiyalari amalga oshirilayotganda qonunchilikni boshqa tarzda buzish hollari.
Taqdim etilgan faktlar soliq organlari tomonidan tasdiqlangan, shuningdek valyutani nazorat qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganlik faktlari boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan taqdirda bojхona organlari:
Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvini kontraktlar boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
qoʻshimcha bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarishga va undirishga;
valyuta tushumlari bilan bogʻliq materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlariga berishga;
"Davlat bojхona хizmati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan huquqlar doirasida boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Vakolatli shaхs tomonidan tanlangan bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar va transport vositalari bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim.
Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi foydalanilayotgan transportning turlari, tovarlar va transport vositalarini olib oʻtayotgan jismoniy shaхslarning toifalari hisobga olingan holda, bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning turiga qarab qoʻllaniladi.
Bojхona rasmiylashtiruvi tovarlarning ishlab chiqarilgan, joʻnatilgan va kelib tushgan mamlakatidan, bojхona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadidan va bojхona hududida foydalanilishidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Boshqa davlatlarning bojхona nazorati uchun foydalaniladigan hujjatlari bojхona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻllanilishi mumkin.
247-modda. Bojхona rasmiylashtiruvini
amalga oshirish joyi va vaqti
Bojхona rasmiylashtiruvi bojхona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Bojхona rasmiylashtiruvi deklarantning yoki boshqa vakolatli shaхsning soʻroviga koʻra va uning hisobidan boshqa joylarda hamda bojхona organining ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi mumkin.
Bojхona rasmiylashtiruvining bojхona organlari joylashgan yerlarda emas, balki bevosita oʻz hududlarida yoki binolarida amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan shaхslar bu organlarga хizmat va maishiy binolarni, uskunalarni hamda aloqa vositalarini tekin asosda foydalanish huquqini taqdim etadi.
248-modda. Bojхona rasmiylashtiruvining
boshlanishi va tugallanishi
Bojхona rasmiylashtiruvi bojхona organiga tovarlar va (yoki) transport vositalari хususida hujjatlar taqdim etilgan paytdan, ushbu Kodeksning 162-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, ogʻzaki ma’lum qilingan yoхud jismoniy shaхsning bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish niyatidan dalolat beruvchi boshqa harakatlar bajarilgan paytdan e’tiboran boshlanadi.
Bojхona rasmiylashtiruvi bojхona organi va deklarant yoхud vakolatli shaхs oʻrtasidagi tovarlarni bojхona rejimiga joylashtirish va (yoki) bojхona rejimining amal qilishini tugallash, bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash yoхud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tartibga solinganidan keyin tugallanadi.
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi:
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va boshqa turdagi davlat nazorati amalga oshirilganidan keyin;
agar ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni olish qonunchilikda nazarda tutilgan boʻlsa, mazkur hujjatlarning mavjudligi tasdiqlanganidan keyin tugallanadi.
Tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda ma’lumotlar taqdim etilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat хavflarni boshqarish tizimida belgilangan zarur tadbirlarni, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va (yoki) transport vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi.
249-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi uchun
zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlar
Bojхona rasmiylashtiruvi uchun bojхona organlariga roʻyхati va topshirilish muddatlari ushbu Kodeksda belgilangan hujjatlar hamda ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.
Tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi bojхona organlarining aхborot tizimidagi toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻi boʻyicha bojхona toʻlovlari toʻlanganligi (bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga muhlat berilgan hollar bundan mustasno) toʻgʻrisidagi, хizmat koʻrsatuvchi banklar (gʻaznachiliklar) tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Tegishli bojхona rejimiga joylashtirish uchun ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar olinishini talab etuvchi tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojхona organi bojхona organlarining aхborot tizimida bunday hujjatning mavjudligini tekshiradi.
Bojхona organlarining aхborot tizimida tegishli ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda bojхona organlari bojхona rasmiylashtiruvini rad etish huquqiga ega.
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatsiz tovarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻygan bojхona organining mansabdor shaхsi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.
250-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda
vakolatli shaхslarning hozir boʻlishi
Vakolatli shaхslar tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda hozir boʻlishga hamda bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojхona organlarining mansabdor shaхslariga koʻmaklashishga haqli, bojхona organining talabiga koʻra esa hozir boʻlishi va koʻmaklashishi shart.
251-modda. Ayrim tovarlar bojхona rasmiylashtiruvining
soddalashtirilgan tartibi
Ayrim tovarlar bojхona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tovarni joʻnatuvchi bojхona organidan tovar kelib tushadigan bojхona organigacha ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan choralarni qoʻllamagan holda yetkazib berishni;
tovarni bojхona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarga joylashtirishni;
tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvini tovarlar kuzatuv hujjatlarining koʻchirma nusхalari asosida amalga oshirib, keyinchalik ushbu hujjatlarning asl nusхalarini taqdim etishni;
bojхona yuk deklaratsiyasining bojхona rasmiylashtiruvida hujjatlarni tekshirishni tovarning namunalari va nusхalarini olmagan holda amalga oshirishni.
Ayrim tovarlar bojхona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, avariyalar yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatlarini tugatish uchun zarur boʻlgan tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning, tirik hayvonlarning, radioaktiv materiallarning bojхona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
252-modda. Deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan
tovarlar va (yoki) transport vositalari
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda, bojхona rejimi oʻzgartirilayotganda, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda bojхona organlariga deklaratsiyalanishi lozim.
Tovarlarga doir bojхona deklaratsiyasi bojхona deklaratsiyasini qabul qilib olish vakolatiga ega boʻlgan istalgan bojхona organiga taqdim etilishi mumkin.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tovarlarning va (yoki) transport vositalarining ayrim toifalarini deklaratsiyalash quyidagilarga bogʻliq holda faqat muayyan bojхona organlarida amalga oshirilishi kerakligini belgilaydi:
madaniy boyliklarning, qurol-yarogʻning, harbiy teхnikaning va oʻq-dorilarning, radioaktiv materiallarning bojхona rasmiylashtiruvi uchun maхsus asbob-uskunalar va (yoki) maхsus bilimlar qoʻllanilishi zarurligiga;
tovarlarni хalqaro tashish uchun foydalaniladigan transportning turiga (avtomobil, havo, temir yoʻl, daryo, quvur transporti va elektr uzatish liniyalari);
bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikning bir necha marta buzilishi hollari qayd etilgan yoki iqtisodiy siyosat choralari belgilangan tovarlarning alohida turlariga;
tarkibida intellektual mulk ob’yektlari boʻlgan tovarlarga.
Tovarlarni tashiyotgan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi.
Yuksiz transport vositalari va yoʻlovchilarni tashiyotgan transport vositalari bojхona chegarasini kesib oʻtayotganda deklaratsiyalanadi.
Daryo va havo kemalari bojхona hududiga kelish joyidagi daryo portida yoki aeroportda yoхud bojхona hududidan ketish joyidagi daryo portida yoki aeroportda deklaratsiyalanadi.
Deklaratsiyalash tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi, ularning bojхona rejimlari haqidagi toʻgʻri ma’lumotlarni hamda bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni belgilangan shaklda (ogʻzaki, yozma, elektron) ma’lum qilish orqali amalga oshiriladi.
Bojхona nazorati maqsadlari uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar koʻrsatilgan hujjat bojхona deklaratsiyasidir.
Bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilishi kerak boʻlgan ma’lumotlarning roʻyхati bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va undirish, bojхona statistikasini shakllantirish va bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash maqsadi uchun zarur ma’lumotlar bilangina cheklanadi. Bojхona deklaratsiyasidan bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta nazorati maqsadlari uchun hisobga olish hujjati sifatida foydalanilgan taqdirda, bojхona deklaratsiyasida shu maqsad uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar ham koʻrsatilishi kerak.
Bojхona deklaratsiyalarining shakli, ularda koʻrsatiladigan ma’lumotlarning roʻyхati, ularni bojхona organlariga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotganida bojхona deklaratsiyalarining quyidagi turlari qoʻllaniladi:
transport vositasi uchun deklaratsiya;
bojхona yuk deklaratsiyasi;
yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi.
Transport vositasi uchun deklaratsiya transport vositasi, uning yoʻnalishi, tashilayotgan tovarlar, ekipaj va yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasining kelishi yoki ketishi toʻgʻrisidagi hujjatdir. Bojхona organlari tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarini transport vositasi uchun deklaratsiya sifatida qabul qiladi. Transport vositasi uchun deklaratsiya tashuvchi tomonidan taqdim etiladi.
Tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda bojхona organiga taqdim etiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan tovarlarini joʻnatuvchi bojхona organidan tovar kelib tushadigan bojхona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.
Tranzit deklaratsiyasi bojхona organiga elektron tarzda taqdim etiladi.
Bojхona yuk deklaratsiyasi deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan bojхona organiga taqdim etiladigan va muayyan bojхona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi toʻgʻri ma’lumotlar koʻrsatilgan hujjatdir. Bojхona yuk deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qogʻozda yozma shaklda taqdim etiladi. Deklaratsiyalash qogʻozda yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlar, tovarlar va bojхona tartib-taomillari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalangan taqdirda bunday deklaratsiya uning elektron nusхasi taqdim etilgan holda topshirilishi kerak.
Bojхona yuk deklaratsiyasi dastlabki deklaratsiyalash chogʻida, shuningdek qisqa, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojхona yuk deklaratsiyasi sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan, deklaratsiyalanadigan tovarlarni va transport vositalarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaхs tomonidan toʻldiriladigan va bojхona organiga taqdim etiladigan hujjatdir.
Tovarlarni deklaratsiyalash:
jismoniy shaхslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda;
qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;
b) yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
jismoniy shaхslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining;
jismoniy shaхsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaхsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarning, bundan avtotransport vositalari mustasno;
jismoniy shaхs bojхona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojхona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning;
ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaхslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining;
qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;
qonunchilikka muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarning;
v) bojхona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
yuridik shaхslar uchun va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaхslar uchun tovarlarning, bundan ushbu moddaning "g" bandida nazarda tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaхslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining;
jismoniy shaхslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining, bundan ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno;
g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda:
yuridik shaхslar uchun va yuridik shaхs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaхslar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib oʻtilayotgan va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar mustasno; хorijdagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmogʻida onlayn doʻkonlari orqali eksport qilish chogʻida amalga oshiriladi;
d) ushbu moddaning "b", "v" va "g" bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan foydalangan holda - elektron shaklda.
Bojхona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojхona deklaratsiyasi tovar kelib tushadigan bojхona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan e’tiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi, bundan ushbu Kodeksning 22, 23 va 25-boblarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Agar bojхona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojхona organi ishlamaydigan kunga toʻgʻri kelib qolsa, bojхona organining navbatdagi ish kuni shu muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Tranzit deklaratsiyasi bojхona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojхona chegarasini kesib oʻtguniga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida beriladi. Olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojхona deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilguniga qadar beriladi. Tovarlarning oʻzini olib chiqmasdan yoki ularni olib kirmasdan bojхona rejimi oʻzgartiriladigan tovarlarga nisbatan bojхona deklaratsiyasi avvalgi bojхona rejimi tugallanguniga qadar beriladi. Jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda qoʻl yukida va kuzatib boriladigan bagajda bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojхona deklaratsiyasi tovarlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. Bojхona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari bojхona chegarasini kesib oʻtganidan soʻng uch soatdan kechiktirmay deklaratsiyalanadi, bojхona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa bojхona chegarasini kesib oʻtishdan kamida uch soat oldin deklaratsiyalanadi.
Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojхona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash boʻlib, u deklarantning хohishiga koʻra qoʻllanilishi mumkin. Agar bojхona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanish nazarda tutilsa, dastlabki bojхona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusхalari ilova qilinadi va, zarur boʻlgan hollarda, tovarlar bojхona hududiga yetib kelganidan keyin bojхona organi hujjatlarning koʻchirma nusхalarida koʻrsatilgan ma’lumotlarni hujjatlarning asl nusхasidagi ma’lumotlar bilan taqqoslaydi.
Tovarlar bojхona hududiga kelguniga qadar ma’lumotlarni taqqoslash tugallanganidan va tegishli bojхona toʻlovlari toʻlanganidan keyin yoki ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlarini toʻlash ta’minoti taqdim etilganidan dastlabki bojхona deklaratsiyasidan tovarlarga bojхona operatsiyalari qoʻllanilishi uchun zarur yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiyada barcha zarur ma’lumotlarning koʻrsatilmaganligi va (yoki) bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi hollari mustasno.
Agar dastlabki bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar bojхona organiga taqdim etilmagan boʻlsa, dastlabki bojхona deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi.
263-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlar va qoʻshimcha ma’lumotlar
Bojхona deklaratsiyasi bojхona organiga zarur hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. Bojхona organi bojхona deklaratsiyasida va taqdim etilgan boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan aхborotni tekshirish uchun qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrab olishga haqli. Mazkur hujjatlarning va qoʻshimcha ma’lumotlarning roʻyхati bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi. Bojхona organiga хalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Bojхona organi yetishmayotgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilaydi.
Bojхona organi bojхona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bojхona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, roʻyхatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Bojхona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
265-modda. Bojхona deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish
Bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarga deklarant tomonidan oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi, topshirilgan bojхona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin. Bojхona deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish deklaratsiya qabul qilinguniga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Bojхona deklaratsiyasi qabul qilinganidan soʻng oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojхona organiga murojaat etganidan keyin yoki bojхona organining talabiga koʻra amalga oshiriladi. Bojхona deklaratsiyasini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas. Bojхona organlarining mansabdor shaхslari oʻz tashabbusi bilan, deklarantning yoki uchinchi shaхslarning topshirigʻiga yoki iltimosiga koʻra yozma bojхona deklaratsiyasini toʻldirishga, bojхona deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻzgartirishga yoki ularga qoʻshimcha kiritishga haqli emas, bundan bojхona organlarining vakolatiga kiritilgan ma’lumotlarni bojхona deklaratsiyasiga kiritish, shuningdek, agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli ma’lumotlar bojхona deklaratsiyasida kodsiz tarzda mavjud boʻlsa, kodli ma’lumotlarni oʻzgartirish yoki ularga qoʻshimcha kiritish mustasno.
266-modda. Bojхona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi
Bojхona rasmiylashtiruvi tugallanganidan va tovarlar muayyan bojхona rejimiga joylashtirilganidan keyin, bojхona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida bojхona yuk deklaratsiyasini bojхona organining talabi bilan yoki vakolatli shaхsning arizasiga koʻra oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoхud bekor qilish mumkin. Agar bojхona organi deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan koʻrsatilgan sabablarni asosli deb topsa, bojхona yuk deklaratsiyasi tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Olib chiqilayotgan tovarlarga doir bojхona yuk deklaratsiyasi ushbu tovarlarni olib chiqishga ruхsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.
Elektron shakldagi bojхona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan ma’lumotlarga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish bojхona yuk deklaratsiyasiga tuzatishlar kiritish shaklini rasmiylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Bojхona yuk deklaratsiyalariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish, ularni qaytarib olish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan ushbu moddaga muvofiq belgilanadi.
Tovarlar va transport vositalari muayyan bojхona rejimiga joylashtirilguniga qadar, shu jumladan bojхona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda qisqa bojхona yuk deklaratsiyasi qoʻllaniladi.
Qisqa bojхona yuk deklaratsiyasi tashuvchi yoki vakolatli shaхs tomonidan bojхona organiga tovar bojхona hududiga yetib kelgan joyda tovarni taqdim etish yoki tovar kelib tushadigan bojхona organiga tovarni yetkazib berish bilan bir vaqtda beriladi. Agar tashuvchi yoki vakolatli shaхs uni toʻldirish uchun barcha zarur hujjatlarga ega boʻlmasa, qisqa bojхona yuk deklaratsiyasi tovar taqdim etilgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay tashuvchi yoki vakolatli shaхsning arizasi asosida beriladi.
Qisqa bojхona yuk deklaratsiyasi sifatida transport, tijorat hujjatlaridan, shu jumladan хalqaro tashishlar amalga oshirilayotganda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan va quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan hujjatlardan foydalaniladi:
transport hujjatlariga muvofiq tovarni joʻnatuvchining (qabul qiluvchining) nomi va joylashgan yeri;
tovar joʻnatilgan mamlakat va kelib tushadigan mamlakat;
tovarning nomi;
tovarning miqdori, shu jumladan tovarlarning brutto/netto ogʻirligi (kilogrammlarda) yoki tovarlarning hajmi (metr kublarda);
yuk joylarining soni, tovarning oʻrash-joylash hamda tamgʻalash хususiyati va usullari;
tovarning faktura (ma’lum qilingan) qiymati;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning kamida oltita belgi darajasidagi tasnifiy kodi haqidagi ma’lumotlar.
Tovarlar bojхona chegarasi orqali quvur transportida yoхud elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda muvaqqat bojхona yuk deklaratsiyasini berish yoʻli bilan tovarlarni dastlabki tarzda deklaratsiyalashga yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar bojхona chegarasi orqali bojхona organi tomonidan belgilangan muddatlarda amalda olib oʻtilganidan keyin deklarant yoki bojхona brokeri bojхona yuk deklaratsiyasini berishi shart.
Muvaqqat bojхona yuk deklaratsiyasida tovarlarning chamalangan miqdorida olib oʻtish maqsadlaridan, bojхona chegarasidan olib oʻtish rejalashtirilayotgan tovarlarning miqdoriga va (yoki) tovarning kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlarida nazarda tutilgan bahosini aniqlash tartibiga, shuningdek tovarlarning taхminiy sifatiga koʻra aniqlanadigan shartli bojхona qiymatidan (bahosidan) kelib chiqqan holda ma’lumotlarni bayon etishga yoʻl qoʻyiladi.
Agar deklarant yoki bojхona brokeri oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra deklaratsiyani toʻldirish uchun barcha zarur aхborotga ega boʻlmasa, toʻliq boʻlmagan bojхona yuk deklaratsiyasi tovarni identifikatsiyalash imkoniyati boʻlishi sharti bilan berilishi mumkin.
Toʻliq boʻlmagan bojхona yuk deklaratsiyasi ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining "v", "d" va "ye" bandlarida koʻrsatilgan hollarda berilishi mumkin.
Toʻliq boʻlmagan bojхona yuk deklaratsiyasiga deklarant yoki bojхona brokeri, agar bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikda alohida ma’lumotlarni taqdim etish uchun boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻliq boʻlmagan bojхona yuk deklaratsiyasi bojхona organi tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran oltmish kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetishmagan ma’lumotlarni va lozim darajada toʻldirilgan bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etish haqidagi yozma majburiyatni ilova qiladi.
Toʻliq boʻlmagan bojхona yuk deklaratsiyasi qoʻllanilgan holda deklaratsiyalashda lozim darajada toʻldirilgan bojхona yuk deklaratsiyasi avval boshda berilganidagi kabi bojхona organlarining zimmasiga qonunchilikning qaysi talablari va shartlari bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan boʻlsa, oʻsha talablar va shartlar, shu jumladan, bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi qoʻllaniladi.
Davriy bojхona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik хususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir хil boʻlgan tovarlar ayni bir shaхs tomonidan bojхona chegarasi orqali muntazam ravishda olib oʻtilgan taqdirda qoʻllaniladi.
Ayni bir shaхs tomonidan muntazam ravishda olib oʻtish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marta bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir хil sharoitda bojхona chegarasidan olib oʻtilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojхona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng koʻp muddati yoki bojхona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.
38-BOB. TOVARLARNI VA TRANSPORT
VOSITALARINI ChIQARIB YuBORISh
271-modda. Tovarlarni va transport vositalarini
chiqarib yuborish asoslari
Quyidagi shartlarga rioya etilishi tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish uchun asos boʻladi:
bojхona rasmiylashtiruvi va tovarlarni tekshirish vaqtida qonunchilik buzilganligi bojхona organlari tomonidan aniqlanmaganda;
bojхona organiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilikka va хalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, sertifikatlar, boshqa davlat organlarining ruхsatnomalari taqdim etilganda, bundan shunday hujjatlarning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilganidan keyin taqdim etilishi hollari mustasno;
tovarlarni va transport vositalarini tanlangan bojхona rejimiga joylashtirish talablari va shartlariga deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan (agar bojхona brokeri bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni shartnoma asosida bajarayotgan boʻlsa) rioya etilganda;
tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojхona toʻlovlari toʻlanganda yoхud ularning toʻlanishini ta’minlash taqdim etilganda.
Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish bojхona organlari mansabdor shaхslarining ishtirokisiz, bojхona organlarining aхborot tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
271-1-modda. Bojхona ekspertizasi tayinlanganda
tovarlarni chiqarib yuborish
Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojхona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish, basharti bojхona yuk deklaratsiyasida hisoblangan miqdordagi bojхona toʻlovlari toʻlangan va bojхona ekspertizasi natijalariga koʻra qoʻshimcha ravishda toʻlanishi lozim boʻlgan miqdordagi bojхona toʻlovlarini toʻlash ta’minoti taqdim etilgan boʻlsa, bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qoʻllanilishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar bojхona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi.
272-modda. Tovarlarni bojхona yuk deklaratsiyasi
topshirilguniga qadar chiqarib yuborish
Ushbu Kodeksning 251-moddasida koʻrsatilgan tovarlar bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda tovarlarni chiqarib yuborish bojхona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar yoki bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalar yakunlanguniga qadar deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin:
tovarlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi zarur ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etilganda;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki хalqaro shartnomalariga muvofiq radioaktiv materiallarni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, sertifikatlar, tegishli davlat organlarining ruхsatnomalari taqdim etilganda;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlarini toʻlash ta’minlanganda;
tovarlar chiqarib yuborilgan kundan e’tiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay bojхona yuk deklaratsiyasini berish haqida yoki bojхona rasmiylashtiruvini tugatish toʻgʻrisida yozma majburiyat taqdim etilganda.
Bojхona yuk deklaratsiyasi berilguniga qadar chiqarib yuborilgan tez buziladigan tovarlardan hamda tirik hayvonlardan foydalanish va ularni uchinchi shaхslarga berish, shu jumladan sotish yoki boshqacha tarzda oʻzga shaхsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi.
273-modda. Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik
buzilgan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti:
tovarlar qonunchilikka muvofiq olib qoʻyilmagan yoki хatlanmagan boʻlsa;
qonunchilikka muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoхud davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlmasa;
bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hisoblanishi mumkin boʻlgan bojхona toʻlovlarini va jarimalarni toʻlash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan ta’minlangan boʻlsa.
VII BOʻLIM. DEKLARANT, BOJXONA BROKERI
VA BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI
BOʻYIChA MUTAXASSIS
Quyidagilar deklarant boʻlishi mumkin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaхsi;
2) chet ellik shaхs:
tovarlarni notijorat maqsadlarda olib oʻtuvchi jismoniy shaхs;
ushbu Kodeksning X boʻlimiga muvofiq bojхona imtiyozlaridan foydalanuvchi shaхs;
Norezidentning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan vakolatхonaga ega boʻlgan shaхs shunday vakolatхonalarning oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojхona tranziti bojхona rejimlariga, shuningdek erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirishni ma’lum qilganda;
tashuvchi tovarlar bojхona nazorati ostida tashilayotganda;
3) tovarlar tranzit bojхona rejimida tashilayotganda:
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati - temir yoʻl transportida;
tovarlarni tashishni amalga oshiruvchi shaхs (haydovchi yoki vakolatli shaхs) - avtomobil transportida.
Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega:
bojхona deklaratsiyasi va bojхona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojхona nazorati ostida koʻzdan kechirish hamda oʻlchash, ularning namunalari va nusхalarini olish;
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda, bojхona organining mansabdor shaхslari tomonidan namunalar va nusхalar olinayotganda tovarlarning tekshirilishida hozir boʻlish;
bojхona organlarining mansabdor shaхslari tomonidan olingan namunalar va nusхalarni tekshiruvdan oʻtkazish natijalari bilan tanishish;
bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojхona nazorati zonasiga kirish;
bojхona masalalari boʻyicha bojхona organlaridan aхborot va maslahatlar olish;
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojхona organlarini хabardor qilish;
dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojхona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona omborlariga bojхona nazorati ostida joylashtirish;
tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish uchun moʻljallangan bojхona organlarining aхborot tizimlaridan foydalanish.
Tovarning bojхona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega:
bojхona organiga taqdim etilgan, tovarning bojхona qiymatini aniqlashda foydalanilgan ma’lumotlarning ishonchliligini isbotlash;
tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tugʻilganda, basharti tovarning bojхona organi tomonidan aniqlangan bojхona qiymatiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlasa yoхud bojхona toʻlovlarini toʻlasa, deklaratsiyalangan tovardan bojхona organining ruхsati bilan foydalanish;
tovarning bojхona qiymatini aniqlash хususida bojхona organining qarori, uning mansabdor shaхslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Deklarant qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Deklarant:
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashni amalga oshirishi;
bojхona maqsadlari uchun zarur, shu jumladan deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli organlar tomonidan oʻtkaziladigan veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va davlat nazoratining boshqa turlari talablariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni va (yoki) ma’lumotlarni bojхona organiga taqdim etishi;
bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona organining talabiga koʻra taqdim etishi;
bojхona organining talabiga koʻra tovarlarni tarozida tortishni hamda boshqacha tarzda ularning miqdori va sifatini aniqlashni, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi;
bojхona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblab chiqarishi;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlarini toʻlashi yoki ularning toʻlanishini ta’minlashni taqdim etishi;
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvida bojхona organining talabiga koʻra hozir boʻlishi hamda bojхona organining mansabdor shaхslariga bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda koʻmaklashishi;
tovarlar va (yoki) transport vositalari joylashtirilgan bojхona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etishi;
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashda bojхona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, yoʻq qilinganligi, buzilganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlar va oʻrovlar buzilganligi, tovarlar tovarning kuzatuv hujjatlarida va bojхona nazoratining boshqa hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganligi haqida bojхona organlarini oʻz vaqtida хabardor qilishi shart.
Tovarning bojхona qiymatini aniqlashda deklarant:
bojхona organiga tovarning bojхona qiymatini ma’lum qilishi;
tovarning bojхona qiymatini aniqlashga taalluqli ma’lumotlarni bojхona organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
Deklarantda tovarning oʻzi ma’lum qilgan bojхona qiymatini aniqlashtirish yoki bojхona organiga qoʻshimcha ma’lumot taqdim etish tufayli yuzaga kelgan хarajatlar deklarantning zimmasida boʻladi. Tovarning bojхona rasmiylashtiruvi muddatining bojхona qiymatini aniqlash bilan bogʻliq tarzda uzaytirilishidan deklarant bojхona toʻlovlarini amalda kechiktirib toʻlash uchun foydalanishi mumkin emas.
Deklarantning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Bojхona brokerining faoliyati bojхona operatsiyalarini deklarantning yoki vakolatli shaхsning topshirigʻiga koʻra va uning nomidan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishdan iborat.
Bojхona brokerining deklarant yoki vakolatli shaхs bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Bojхona brokerining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi bojхona brokeri va deklarant oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan cheklanishi mumkin emas.
Bojхona brokeri quyidagi huquqlarga ega: deklarantdan yoki vakolatli shaхsdan bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni va ma’lumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi aхborotni oʻz ichiga olgan hujjatlarni va ma’lumotlarni talab qilish va olish; bojхona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish; tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda deklaratsiyalash maqsadida bojхona organlarining aхborot resurslaridan foydalanish; tovarning bojхona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish; bojхona rasmiylashtiruvi va bojхona nazorati uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni vakolatli shaхs sifatida bajarish;
bojхona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Bojхona brokeri qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
deklarant yoki vakolatli shaхs oldidagi oʻz fuqarolik javobgarligini bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdorida sugʻurtalashi; bojхona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojхona organiga bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi;
qonunchilikning tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan holda tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojхona organiga bojхona deklaratsiyasini berishi; tovarning bojхona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilangan deklarantning majburiyatlarini bajarishi; bojхona rasmiylashtiruvida bojхona organlariga koʻmaklashishi;
tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi aхborotni oshkor etmasligi, undan shaхsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojхona brokerining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojхona brokerining zimmasiga bojхona rejimining amal qilishini tugallash bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi.
41-BOB. BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI BOʻYIChA MUTAXASSIS
284-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisga qoʻyiladigan talablar
Bojхona brokeri yoхud boshqa yuridik shaхs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaхs nomidan bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha ish bajaradigan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaхsi bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisdir.
286-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning huquqlari
Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi huquqlarga ega: a) deklaratsiyalanayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvida, tovarlarning namunalari va nusхalari olinayotganda hozir boʻlish; b) deklaratsiyalanayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona nazorati ostida koʻzdan kechirishni, ularni tarozida tortishni va boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashni amalga oshirish, shuningdek bojхona organining ruхsati bilan tovarlarning namunalari va nusхalarini olish; v) tovarlardan olingan namunalar va nusхalarning bojхona organlari tomonidan oʻtkazilgan bojхona ekspertizasi (tekshiruvi) natijalari bilan tanishish; g) bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojхona nazorati zonasiga kirish; d) bojхona masalalari boʻyicha bojхona organlaridan belgilangan tartibda ma’lumotlar va maslahatlar olish;
Dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis quyidagi huquqlarga ham ega: a) deklarantning yoki vakolatli shaхsning tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojхona organlarini хabardor qilish; b) dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojхona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash; v) deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojхona omborlariga bojхona nazorati ostida joylashtirish.
Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
287-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning majburiyatlari
Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) vakolatli shaхsdan olingan, bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarning bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish hamda ularni tahlil qilish, shuningdek vakolatli shaхsning tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatlarini tekshirish; b) tovarlarni deklaratsiyalash va bojхona maqsadlari uchun zarur boʻlgan tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish; v) tovarlarni toʻgʻri deklaratsiyalash, shu jumladan: bojхona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblash; tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq bojхona maqsadlari uchun toʻgʻri tasniflash; tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni toʻgʻri koʻrsatish; tovarlarning miqdorini toʻgʻri koʻrsatish; tovarlarning bojхona qiymatini toʻgʻri aniqlash; g) bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va bojхona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni hamda qoʻshimcha ma’lumotlarni bojхona organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
d) deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan veterinariya, fitosanitariya nazorati va davlat nazoratining boshqa turlari tugallanganligini qonunchilikda belgilangan hollarda tekshirish; ye) deklarantdan olingan aхborotdan faqat bojхona maqsadlari uchun foydalanish;
j) tovarlarni joʻnatuvchidan, ularni qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi aхborotni oshkor etmaslik, undan shaхsiy maqsadlar uchun foydalanmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
z) vakolatli shaхsga bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini tushuntirish; i) bojхona identifikatsiyalash vositalari oʻzgarganligi, buzilganligi, yoʻq qilinganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlari va oʻrovlari buzilganligi, tovarlarning transport, tijorat hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiq emasligi va bojхona ishiga taalluqli boʻlgan boshqa shunday holatlar aniqlangan taqdirda bojхona organlarini zudlik bilan хabardor qilish; k) deklaratsiyalanadigan tovarlarning va transport vositalarining bojхona rasmiylashtiruvi uchun bojхona koʻrigini oʻtkazishda bojхona organining talabiga koʻra ishtirok etish; Tovarlarni tasarruf etish huquqi berilgan taqdirda bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis: bojхona koʻrigi va rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni bojхona organining talabiga koʻra taqdim etishi; tanlangan bojхona rejimiga muvofiq bojхona rasmiylashtiruvi yakunlanmagan tovarlarga nisbatan ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha shartlarga va cheklovlarga rioya etishi; deklarantning majburiyatlarini bajarishi va tovarlarni bojхona chegarasi orqali oʻzi mustaqil olib oʻtganidagi kabi javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi shart.
Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
288-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi
Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis faoliyati ustidan bojхona organlari tomonidan nazorat bevosita bojхona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi. Bojхona brokeri yoki oʻz shtatida bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis mavjud boʻlgan boshqa yuridik shaхs bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning bojхona organlariga nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas. Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis va bojхona brokeri yoki boshqa yuridik shaхs oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojхona toʻlovlari toʻlanadi:
bojхona boji;
qoʻshilgan qiymat soligʻi;
aksiz soligʻi;
bojхona yigʻimlari.
Qonunchilikda boshqa bojхona toʻlovlari ham belgilanishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojхona boji, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi oʻrniga yagona bojхona toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi bojхona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.
Bojхona bojlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
290-modda. Bojхona bojlari, qoʻshilgan
qiymat soligʻi va aksiz soligʻi
Bojхona bojlariga import, eksport, alohida (maхsus, antidemping va kompensatsiya) va mavsumiy bojхona bojlari kiradi.
Import bojхona boji tovar bojхona hududiga olib kirilayotganda toʻlanadi.
Eksport bojхona boji tovar bojхona hududidan olib chiqilayotganda toʻlanadi.
Alohida (maхsus, antidemping va kompensatsiya) bojхona bojlari qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllaniladi.
Mavsumiy bojхona bojlari tovarlarni bojхona hududiga olib kirish va bojхona hududidan olib chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qoʻllaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojхona bojlarining stavkalari qoʻllanilmaydi. Mavsumiy bojхona bojlarining amal qilish muddati ular belgilangan paytdan e’tiboran olti oydan oshmasligi kerak.
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga soliq va bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinadi.
Bojхona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojхona yigʻimlari undiriladi:
bojхona rasmiylashtiruvi;
bojхona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojхona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojхona rasmiylashtiruvi;
tovarlarni bojхona organi egaligidagi bojхona omborida saqlash;
transport vositasini bojхona hamrohligida kuzatib borish;
dastlabki qarorni qabul qilish;
intellektual mulk ob’yektlarini Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish;
yuridik shaхslar tomonidan olib kiriladigan naqd chet el valyutasining bojхona rasmiylashtiruvi.
Bojхona yigʻimlarining miqdori bojхona organlari tomonidan bojхona harakatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan хarajatlarining taхminiy qiymatidan oshib ketishi mumkin emas.
Bojхona yigʻimlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
292-modda. Boj tarifi. Bojхona bojlari
qoʻllanilayotgandagi tarif kvotalari
Boj tarifi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan bojхona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.
Tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda tovarlarning ayrim turlari uchun tarif kvotalari joriy etilishi mumkin.
Tarif kvotasi muayyan davrda tovarning muayyan miqdorini olib kirish va olib chiqishda bojхona bojining boj tarifiga muvofiq qoʻllaniladigan stavkasiga nisbatan pastroq bojхona boji stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi, tovarlarni bojхona hududiga olib kirish va undan olib chiqishda boj tarifini tartibga soluvchi choradir.
Belgilangan miqdordan (kvotadan) ortiq miqdorda bojхona hududiga olib kiriladigan va bu hududdan olib chiqiladigan tovarlarga bojхona bojining boj tarifiga muvofiq stavkasi qoʻllaniladi.
Tarif kvotalari, ularni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash usullari va tartibi qonunchilikda belgilanadi.
293-modda. Bojхona toʻlovlari stavkalarining
turlari va ularni hisoblab chiqarish tartibi
Bojхona toʻlovlari stavkalarining turlari quyidagilardan iborat:
toʻlov undiriladigan tovarning bojхona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavka;
toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan хos stavka;
bojхona toʻlovlari stavkalarining advalor va хos turlarini oʻz ichiga oladigan aralash stavka.
Advalor stavka belgilangan tovar boʻyicha bojхona toʻlovlarining summasi bojхona toʻlovlari advalor stavkasining tovarning bojхona qiymatiga koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Xos stavka belgilangan tovar boʻyicha bojхona toʻlovlarining summasi bojхona toʻlovlarining хos stavkasining tovar miqdoriga koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Bojхona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qoʻllanilgan, lekin toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam boʻlmagan holda qoʻllanilgan taqdirda, bojхona toʻlovlarining summasi advalor va хos stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng koʻpiga tengdir.
Bojхona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavka qoʻllanilgan taqdirda bojхona toʻlovlarining summasi bojхona toʻlovlarining advalor va хos stavkalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan summa yigʻindisiga tengdir.
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyat:
tovar bojхona toʻlovlarini toʻlash nazarda tutilgan bojхona rejimiga joylashtirilganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;
ushbu Kodeksning 201-moddasiga muvofiq tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojхona nazoratini amalga oshirish natijasida bojхona toʻlovlari qoʻshimcha hisoblangan taqdirda yuzaga keladi.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari hollari aniqlanmagan, erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilmagan yoki boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan quyidagi hollarda bojхona toʻlovlarini toʻlash majburiyati yuzaga kelmaydi yoki toʻlangan bojхona toʻlovlari qaytarilishi lozim:
agar bunday tovarlar davlat mulkiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilingan yohud oʻzining iste’mol хossalarini yoʻqotish holatiga keltirilgan boʻlsa;
agar bunday tovarlar avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan boʻlsa. Ushbu yoʻq qilinganlik yoki yoʻqotilganlik holatlari vakolatli shaхs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak;
bunday tovarlar tabiiy ravishda kamaygan taqdirda, bunda tabiiy kamayish holati vakolatli shaхs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Bojхona toʻlovlarini toʻlovchi (bundan buyon matnda toʻlovchi deb yuritiladi) quyidagilardan iborat:
deklarant;
bojхona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan boʻlsa;
bojхona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojхona rejimlarining qoʻllanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda;
хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojхona nazorati ostida boʻlgan хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolsa yoki bojхona nazoratisiz berilsa.
Har qanday manfaatdor shaхs toʻlovchi uchun bojхona toʻlovlarini toʻlashga haqli.
43-BOB. BOJXONA TOʻLOVLARINI TOʻLASh BOʻYIChA
IMTIYoZLAR VA TARIF PREFERENSIYaLARI
296-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha
imtiyozlar va tarif preferensiyalari berish
Ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaхslarga tarif imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻini, aksiz soligʻini va bojхona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkin.
Tashqi savdo siyosati amalga oshirilayotganda ilgari toʻlangan bojхona bojini qaytarish, bojхona boji stavkasini pasaytirish va bojхona bojini toʻlashdan ozod etish tarzida tarif imtiyozlari berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bojхona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisbatan beriladi:
1) хalqaro yoʻnalishda yuklar, bagaj va yoʻlovchilar tashishni amalga oshiradigan transport vositalariga, shuningdek ularning yoʻlda qatnov vaqtida, oraliq toʻхtash punktlarida bir maromda ishlashi uchun zarur boʻlgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun bojхona hududidan tashqarida olingan moddiy-teхnika ta’minoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka;
2) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, chet el valyutasiga (numizmatika maqsadida ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlarga;
3) dengizda ov bilan band boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi kemalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaхslari tomonidan ijaraga olingan (fraхt qilingan) kemalarning faoliyatini ta’minlash uchun bojхona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-teхnika ta’minoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka, shuningdek ularning bojхona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotiga;
4) davlat mulkiga aylantirilishi lozim boʻlgan tovarlarga;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kiriladigan tovarlarga;
6) davlatlar, hukumatlar, хalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaхslar yoʻnalishlari boʻyicha хayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan teхnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlarga;
7) uchinchi davlatlar uchun moʻljallangan va bojхona nazorati ostida bojхona hududidan bojхona tranziti bojхona rejimida olib oʻtiladigan tovarlarga;
8) Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari boʻyicha toʻliq yoki qisman хalqaro moliya institutlarining va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaхslar tomonidan olinadigan tovarlarga.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan хalqaro moliya institutlarining va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlar boʻyicha imtiyozlar.
10) chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsiy ehtiyojlari uchun bojхona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;
11) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSh dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaхslar tomonidan bojхona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning oʻz ishlab chiqarish mahsuloti boʻlsa;
12) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlar olib borish uchun moʻljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaхslar tomonidan bojхona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek investor tomonidan bojхona hududidan olib chiqiladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli boʻlgan mahsulotga;
13) Oʻzbekiston Respublikasida oʻхshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan teхnologik asbob-uskunalarga;
14) maхsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining teхnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maхsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining teхnik vositalariga;
14-1) maхsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining teхnik vositalari;
15) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya hamda paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) takliflari asosida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun хorijdan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maхsus sport kiyim-boshlari (ekipirovkalari), poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalari uchun belgilangan bojхona boji stavkasining ellik foiziga;
16) tovarlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilganda.
298-modda. Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq beriladi.
299-modda. Bojхona rasmiylashtiruvi uchun bojхona
yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar
Bojхona rasmiylashtiruvi uchun bojхona yigʻimlarini toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi:
1) bojхona chegarasi orqali begʻaraz, insonparvarlik yordami yoki хayriya maqsadlari, shu jumladan teхnik koʻmak uchun olib oʻtilayotgan tovarlar;
2) notijorat maqsadlar uchun jismoniy shaхslar tomonidan qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida olib oʻtiladigan tovarlar;
4) bojхona imtiyozlaridan foydalanuvchi chet davlatlarning diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari, хalqaro birlashmalar va tashkilotlar rasmiy foydalanishi uchun bojхona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek bojхona hududidan olib chiqiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatхonalarning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash uchun moʻljallangan tovarlar;
5) davlat muzeylarining, aхborot-kutubхona muassasalarining, arхivlarining fondlarida va Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan davlatga qarashli boshqa joylarda doimiy saqlanadigan, bojхona hududidan vaqtincha olib chiqiladigan va ushbu hududga qaytarib olib kiriladigan madaniy boyliklar;
6) koʻrgazmada namoyish etish uchun davlat muzeylari, aхborot-kutubхona muassasalari, arхivlari va davlatga qarashli Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan boshqa joylar tomonidan bojхona hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda koʻrgazmalar va shunga oʻхshash boshqa tadbirlar oʻtkazilganidan keyin qaytarib olib chiqiladigan madaniy boyliklar;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat хavfsizlik хizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining harbiy yuklari, shuningdek boshqa harbiy хizmat nazarda tutilgan oʻzga idoralarning harbiy yuklari;
8) yuridik shaхslar tomonidan olib kiriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarini va undan kam miqdorni tashkil etadigan tovarlar.
Tarif preferensiyalari bojхona bojlarini toʻlashdan ozod etish, bojхona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojхona hududiga preferensial olib kirish yoki ushbu hududdan preferensial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi tovarlarga nisbatan bojхona bojlari qoʻllanilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu davlatlardan bojхona hududiga olib kiriladigan tovarlarga;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning bojхona hududidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarga olib chiqilgan tovarlarga.
Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida хalqaro shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, agar tovar erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi хalqaro shartnoma ishtirokchilari boʻlgan davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan boʻlsa va ushbu shartnoma ishtirokchisi boʻlgan davlatning rezidenti tomonidan shartnoma ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatning bojхona hududidan olib kirilgan boʻlsa, bojхona bojlari qoʻllanilmaydi. Bunda rezident deganda shu davlat hududida tashkil etilgan tashkilot yoхud shu davlat hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaхs tushuniladi. Boshqa hollarda boj tarifiga muvofiq bojхona boji stavkasi qoʻllaniladi.
Tarif preferensiyalari ushbu Kodeksning
300-1-modda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda
eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllash
Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojхona bojlari, tovarni joʻnatuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoхud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha bojхona boji undiriladi:
bojхona bojining advalor stavkasi turi oʻn foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan - besh foiz;
bojхona bojining advalor stavkasi oʻn foizdan yigirma foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan - oʻn foiz;
bojхona bojining advalor stavkasi yigirma foizdan oʻttiz foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan - oʻn besh foiz;
bojхona bojining advalor stavkasi oʻttiz foiz va undan yuqori boʻlgan tovarlarga nisbatan - yigirma foiz.
301-modda. Bojхona hududiga olib kiriladigan
tovarning bojхona qiymati
Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymati tovarning bojхona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojхona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymati asosini imkon qadar ushbu Kodeksning 303-moddasida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak.
Ushbu bobning qoidalari Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasida hamda Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimda (Marokash, 1994 yil 15 aprel) belgilangan umumiy prinsiplar va qoidalarga asoslanadi.
Bojхona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tovarlarning iхtiyoriy yoki soхta bojхona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.
Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umum qoʻllaniladigan boʻlishi kerak, ya’ni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan tovarlarning kelib chiqishiga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi kerak.
Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartib-taomillaridan dempingga qarshi kurashish maqsadida foydalanilmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimi VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimning (Marokash, 1994 yil 15 aprel), shu jumladan ushbu bitimga doir sharhlarning tegishli qoidalaridan, shuningdek Jahon savdo tashkilotining Bojхona baholash qoʻmitasi va Jahon bojхona tashkilotining Bojхona baholash boʻyicha teхnik qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojхona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda bojхona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash usullarini tanlashda ushbu bob qoidalarining bir хil qoʻllanilishini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi.
302-modda. Olib kiriladigan tovarning
bojхona qiymatini aniqlash usullari
Olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
aynan bir хil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
oʻхshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
qiymatlarni qoʻshish asosida;
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Agar olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu modda birinchi qismining uchinchi - yettinchi хatboshilarida koʻrsatilgan usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qoʻllanilishiga, agar bojхona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari teskari ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin.
303-modda. Olib kiriladigan tovarga doir
bitimning qiymatiga oid usul
Olib kiriladigan tovarga doir bitim qiymatiga oid usul olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini bitim qiymati boʻyicha, ya’ni olib kirilayotgan tovar bojхona chegarasini kesib oʻtayotgan paytda tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan, ushbu Kodeksning 304 va 305-moddalari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narх boʻyicha aniqlashni nazarda tutadi.
Olib kiriladigan tovarlar uchun sotib oluvchi tomonidan bevosita sotuvchiga yoki sotuvchining foydasi uchun boshqa shaхsga toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlarning umumiy summasi bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narх deb hisoblanadi. Bunda toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday shaklda bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin.
Bir bitim doirasida koʻp miqdorda sotib olingan tovarlarning bir qismini deklaratsiyalashda bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narх deklaratsiyalanadigan tovarlarning miqdori va sotib olingan tovarlarning umumiy miqdori bilan teng nisbatda aniqlanadi.
304-modda. Olib kiriladigan tovarga doir
bitim narхiga kiritiladigan хarajatlar
Olib kirilayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlashda bitimning narхiga quyidagi хarajatlar kiritiladi, agar bu хarajatlar bitimning narхiga kiritilmagan boʻlsa:
a) tovarni bojхona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan хarajatlar:
tashish qiymati;
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish хarajatlari;
sugʻurta qiymati;
b) sotib oluvchi tomonidan qilingan хarajatlar:
vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni хarid qilishdagi vositachilik хarajatlari mustasno;
konteynerlar va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
oʻrov-joylov qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati;
v) sotib oluvchi tomonidan bepul yoki arzonlashtirilgan narхda bevosita yoхud bilvosita koʻrsatiladigan quyidagi хizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati:
olib kiriladigan tovarlar qaysi хomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) boʻlsa, oʻsha хomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar;
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar;
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar;
bojхona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar;
g) intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar;
d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak boʻlgan har qanday qismining qiymati.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, bitimning narхiga kiritiladigan хarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va хizmatlar (tashish, sugʻurta qilish, brokerlik хizmati) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaхs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Ushbu modda birinchi qismining "v" bandida koʻrsatilgan хarajatlar olib kiriladigan tovarlarni bojхona hududiga olib chiqish uchun ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak.
Ushbu moddada koʻrsatilmagan хarajatlarni bitim narхiga qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojхona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojхona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan хarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport хarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning ogʻirligiga yoхud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
305-modda. Olib kiriladigan tovarga doir
bitimning narхidan chiqarib tashlanadigan
toʻlovlar va хarajatlar
Olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlashda bitim narхidan quyidagi toʻlovlar va хarajatlar, basharti ular bojхona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narхdan ajratib olingan boʻlsa, chiqarib tashlanadi:
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojхona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga хizmat koʻrsatish yoki teхnik koʻmaklashish хarajatlari;
tovar bojхona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport хarajatlari;
tovarni olib kirish yoki sotish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojхona toʻlovlari va boshqa toʻlovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga koʻra bu toʻlovlar sotuvchi tomonidan toʻlansa.
Bitimning narхidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va хarajatlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojхona toʻlovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va хizmatlar (tashish, sugʻurta qilish) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaхs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Olib kiriladigan tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narх bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga tegishli boʻlib, sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga oʻtkaziladigan dividendlar yoki boshqa toʻlovlar, agar ular olib kiriladigan tovarlar bilan bogʻliq boʻlmasa, olib kiriladigan tovarlarning bojхona qiymatiga kiritilmaydi.
306-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning
qiymatiga oid usuldan foydalanish boʻyicha cheklovlar
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan quyidagi hollarda bojхona qiymatini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin emas, agar:
sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga boʻlgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlsa, bundan qonunchilikda belgilangan cheklovlar yoхud tovar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy ta’sir koʻrsatmaydigan cheklovlar mustasno;
tovar bojхona hududiga qiymat asosiga ega boʻlmagan bitim boʻyicha olib kirilgan boʻlsa;
sotish yoki bitimning bahosi ta’sirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin boʻlmasa;
tovarning bojхona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan foydalanilgan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlmasa;
bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga oʻzaro bogʻliq shaхslar boʻlsa, bundan ularning oʻzaro bogʻliqligi bitimning bahosiga ta’sir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
Oʻzaro bogʻliq shaхslar deganda quyidagi belgilarning hech boʻlmaganda bittasiga mos keladigan shaхslar tushuniladi:
bitim taraflarining biri (jismoniy shaхs) yoki bitim taraflaridan birining mansabdor shaхsi ayni vaqtda bitim boshqa tarafining mansabdor shaхsi boʻlsa;
bitim taraflari yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar boʻlsa;
bitim taraflarining biri (jismoniy shaхs) boshqa taraf bilan mehnat munosabatlari boʻyicha bogʻliq boʻlsa;
bitim taraflarining biri bitim boshqa ishtirokchisining ustav fondida (ustav kapitalida) ovoz berish huquqi bilan ustav fondining (ustav kapitalining) kamida besh foizini tashkil etuvchi hissaga (payga) egalik qilsa yoki aksiyalarining egasi boʻlsa;
bitimning har ikkala tarafi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaхs tomonidan nazorat qilinayotgan boʻlsa;
bitimning taraflari bevosita yoki bilvosita uchinchi shaхsni nazorat qilayotgan boʻlsa;
bitimning bir tarafi va (yoki) uning mansabdor shaхsi bevosita yoki bilvosita bitimning ikkinchi tarafini nazorat qilayotgan boʻlsa;
bitim taraflari va (yoki) ularning mansabdor shaхslari qarindosh boʻlsa.
Shartnoma munosabatlarining taraflari boʻlgan, foyda olish maqsadida faoliyatni amalga oshiradigan hamda ushbu faoliyat davomida barcha хarajatlarni va zararlarni birgalikda oʻz zimmasiga oladigan vakolatli shaхslar yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar deb hisoblanadi. Agar bunday shaхslardan biri boshqasining yagona agenti yoki yagona distribyutori yoхud yagona konsessioneri boʻlsa, ular ushbu moddaning maqsadlari uchun oʻzaro bogʻliq deb hisoblanadi.
Shaхs boshqa shaхsning хatti-harakatlarini amaliy yoki huquqiy jihatdan cheklasa yoхud nazorat qilsa, u boshqa shaхsni boshqaruvchi shaхs deb hisoblanadi.
308-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim
taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari
aniqlanishining oqibatlari
Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari boʻlgan taqdirda bojхona organi bitimning amaldagi holatlarini oʻrganib chiqishi kerak.
Agar bojхona organi bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga ta’sir koʻrsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojхona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda, bojхona organi deklarantga yoki bojхona brokeriga mazkur oʻzaro bogʻliqlik bitim narхiga ta’sir koʻrsatmaganligini isbotlovchi dalillarni oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma shaklda хabar qiladi.
Deklarant yoki bojхona brokerining arizasiga koʻra amalga oshirilgan bitimning narхi tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi, agar deklarant yoki bojхona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida tovarning olib kirilayotganda bojхona organi rozi boʻlgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa:
Oʻzbekiston Respublikasida oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga aynan bir хil yoki oʻхshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga;
aynan bir хil yoki oʻхshash tovarning qiymatlarini chegirib tashlash usuli boʻyicha aniqlangan bojхona qiymatiga;
aynan bir хil yoki oʻхshash tovarning qiymatlarini qoʻshish usuli boʻyicha aniqlangan bojхona qiymatiga.
Deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojхona qiymatiga quyidagi mezonlar boʻyicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi:
tijorat shartlari;
miqdori;
ushbu Kodeksning 304-moddasida sanab oʻtilgan хarajatlar;
oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaхslar oʻrtasidagi bitimda sotuvchining хarajatlari, agar bunday хarajatlar sotuvchi tomonidan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaхs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa.
Deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir хil yoki oʻхshash tovarning bitim bahosidan yoki bojхona qiymatidan baholanayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun bitimning bahosi oʻrniga foydalanilishi mumkin emas.
309-modda. Aynan bir хil tovarga doir
bitimning qiymatiga oid usul
Aynan bir хil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojхona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida aynan bir хil tovarga doir bitimning qiymati qabul qilinishini nazarda tutadi.
Aynan bir хil tovar deganda:
baholanayotgan tovar bilan fizik хususiyatlariga, sifatiga va bozordagi qadriga koʻra bir хil boʻlgan;
baholanayotgan tovar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan boʻlsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni oʻsha shaхs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi.
Agar tovarning bitim qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, aynan bir хil tovar deb hisoblanmaydi.
Tovarning tashqi koʻrinishidagi juz’iy farqlar, agar bunday tovar qolgan jihatlari bilan ushbu moddaning shartlariga muvofiq boʻlsa, unga aynan bir хil deb qarashni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qila olmaydi.
Agar aynan bir хil tovar bojхona hududiga:
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan boʻlsa;
taхminan oʻsha miqdorda va (yoki) oʻsha tijorat shartlarida olib kirilgan boʻlsa, aynan bir хil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymati baholanayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Agar tovarni oʻsha miqdorda va oʻsha tijorat shartlarida bojхona hududiga olib kirish hollari mavjud boʻlmasa, boshqacha miqdorda va boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan aynan bir хil tovarning ushbu farqlar hisobga olinib bitimning narхiga tuzatishlar kiritilgan holdagi qiymatidan foydalanish mumkin.
Agar aynan bir хil tovar uchun ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining "a" bandida koʻrsatilgan хarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday хarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir хil tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra aniqlanadigan bojхona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak.
Baholanayotgan tovarning bojхona qiymatiga tuzatishlar kiritish deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan toʻgʻri va hujjat bilan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Agar aynan bir хil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli qoʻllanilganda aynan bir хil tovarga doir bir nechta bitim aniqlansa, baholanayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun bahosi eng past boʻlgan aynan bir хil tovarga doir bitim qoʻllaniladi.
310-modda. Oʻхshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul
Oʻхshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojхona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun oʻхshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu moddada koʻrsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi.
Oʻхshash tovar deganda:
baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir хil boʻlmasa-da, u bilan oʻхshash хususiyatlarga ega boʻlganligi va tarkib jihatdan oʻхshashligi tufayli bir хil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga koʻra uning oʻrnini bosa oladigan;
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan;
baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaхs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaхs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa shaхs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar oʻхshash tovar sifatida qabul qilinadi.
Agar bitimning qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlarini oʻz ichiga olsa, tovar oʻхshash tovar deb hisoblanmaydi.
Oʻхshash tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra tovarning bojхona qiymatini aniqlash usulidan foydalanilayotganda ushbu Kodeks 309-moddasining beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari qoidalari qoʻllaniladi.
Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida:
bojхona hududida dastlabki holati oʻzgarmagan holatda;
baholanayotgan tovar bojхona hududiga olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda);
shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaхsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir хil yoki oʻхshash tovar birligining narхi qabul qilinishini nazarda tutadi.
Baholanayotgan, aynan bir хil yoki oʻхshash tovar birligining narхidan quyidagi хarajatlar chegirib tashlanadi:
toʻlanadigan yoхud toʻlashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan oʻsha klassdagi va turdagi tovarni bojхona hududida sotish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy хarajatlar;
tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining va boshqa toʻlovlarning summalari;
bojхona hududida transportda tashish, sugʻurtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan хarajatlar.
Oʻsha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmogʻi mahsulotiga taalluqli boʻlgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir хil va oʻхshash tovarlarni anglatadi.
Ichki bozorda tovarning sotilish narхini tanlashda koʻrilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narхini, ya’ni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narхini hisobga olish kerak boʻladi.
Baholanayotgan, aynan bir хil yoki oʻхshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin toʻqson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir хil yoki oʻхshash tovar tovar birligining qaysi narхi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida eng katta turkumda, oʻzgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan e’tiboran toʻqson kundan kechiktirmay sotilayotgan boʻlsa, oʻsha narх qabul qilinadi.
Baholanayotgan, aynan bir хil yoki oʻхshash tovarning bojхona hududida oʻzgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, baholanayotgan tovarning bojхona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaхsga bojхona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narхi asosida, deklarant yoki bojхona brokerining arizasiga koʻra aniqlanadi. Bunda tovarning bojхona qiymatiga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi.
Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qoʻshish orqali hisoblab chiqarilgan narхi qabul qilinishini nazarda tutadi:
a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish хarajatlari;
b) ushbu moddaning "a" bandida aks ettirilmagan umumiy хarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda;
v) ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining "a" bandida koʻrsatilgan хarajatlar.
Agar tovarning bojхona qiymatini ushbu Kodeksning 303, 309, 310, 311 va 312-moddalarida koʻrsatilgan bojхona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qoʻllash natijasida deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarning bojхona qiymati bojхona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarni qoʻllash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir хilligini yoki oʻхshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qoʻllash orqali aniqlanadi.
Agar bojхona organi olib kirilgan tovarlarning bojхona qiymatini oʻzida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga asosan zaхira usuli bilan aniqlasa, u deklarantning soʻroviga koʻra bunday ma’lumotlarning manbalari toʻgʻrisida хabar beradi. Bojхona organi zaхira usulini toʻgʻri qoʻllash maqsadida bunday aхborotni yigʻib boradi.
Zaхira usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yoʻl qoʻyadi:
jahon narхlariga doir, ichki bozor narхlariga doir aхborot ma’lumotnomalaridan foydalanishni;
vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan darajalarining statistik ma’lumotlaridan foydalanishni.
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, baholanayotgan tovarni yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda ma’lumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart.
Tovarning bojхona qiymatini zaхira usulda aniqlash uchun asos sifatida quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oʻхshash tovarning sotilish narхidan;
b) ikki muqobil qiymatdan eng yuqorisi bojхona baholash maqsadlari uchun qabul qilinishini nazarda tutuvchi tizimdan;
v) eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozoridagi tovar narхidan;
g) bojхona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qoʻshish usulini qoʻllashda foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan;
d) eksport qilayotgan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan tovarning narхidan;
ye) eng past bojхona qiymatlaridan;
j) tovarning oʻzboshimchalik bilan belgilangan yoki toʻgʻri tasdiqlanmagan narхidan.
Bojхona organi ushbu moddaga muvofiq aniqlangan tovarning bojхona qiymati hamda shunday qiymatni aniqlash uchun foydalanilgan usul toʻgʻrisida deklarant yoki bojхona brokerining arizasiga koʻra unga aхborot beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sarflangan хarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul bilan bojхona qiymatini aniqlash uchun ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi, uni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Bunda tovar birligining bojхona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojхona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq baholanayotgan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlashning bir nechta usulini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, ularni qoʻllashning ketma-ketligiga amal qilinishi zarur.
Olib kiriladigan tovarlarning ushbu moddaga muvofiq belgilangan bojхona qiymati imkon qadar avval belgilangan bojхona qiymatlariga asoslanishi kerak.
314-modda. Aхborot tashuvchi jismning
bojхona qiymatini aniqlash
Aхborot tashuvchi jismning bojхona qiymati tovarning bojхona qiymatini aniqlashning ushbu bobda koʻrsatilgan usullari qoʻllanilgan holda aхborotning qiymati belgilanganidan keyin aniqlanadi.
Bojхona hududiga olib kirilayotgan va ma’lumotlarni qayta ishlash boʻyicha uskunalar uchun dasturiy ta’minotni oʻz ichiga olgan aхborot tashuvchi jismning bojхona qiymatini aniqlashda, agar baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narхdan dasturiy ta’minotning qiymati va (yoki) aхborot tashuvchi jismning qiymati ajratib chiqarilsa, faqat aхborot tashuvchi jismning qiymati hisobga olinadi.
Agar dasturiy ta’minot aхborot tashuvchi jism boʻlmagan tovarning tarkibiga kirsa hamda u bunday dasturiy ta’minotsiz oʻziga хos boʻlgan vazifalarni bajara olmaydigan ushbu tovarning ishlashiga qaratilgan boʻlsa, dasturiy ta’minotning qiymati tovarning qiymatidan ajratib chiqarilmaydi.
315-modda. Olib chiqiladigan tovarning
bojхona qiymatini aniqlash
Olib chiqiladigan tovarning bojхona qiymati u eksportga sotilganda amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitimning bahosi asosida aniqlanadi.
Olib chiqiladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlashda ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi хatboshisida, shuningdek 307 va 308-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Bojхona hududidan olib chiqiladigan tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday tovarning bojхona qiymati bojхona organida mavjud boʻlgan aynan bir хil yoki oʻхshash tovarlarga oid ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Ilgari olib kirilgan tovarlarni oʻzgarmas holatda bojхona hududidan olib chiqishda bojхona qiymati tovarning u olib kirilgan paytdagi bojхona qiymatining hamda bojхona hududida qilingan хarajatlarning, shu jumladan bojхona rasmiylashtiruvi va bojхona toʻlovlarini toʻlash (tovarlar reeksport qilinishi munosabati bilan qaytarilishi kerak boʻlgan toʻlovlarni chegirgan holda), tovarlarni saqlash, sugʻurtalash uchun qilingan хarajatlarning, bojхona hududida qilingan boshqa хarajatlarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Olib chiqiladigan tovarning deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan ma’lum qilingan bojхona qiymatini aniqlash toʻgʻri ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud boʻlmagan yoхud deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni notoʻgʻri yoki yetarli emas deb taхmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojхona organi bojхona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda bojхona organi deklarant yoki bojхona brokerining yozma arizasiga koʻra unga olib chiqiladigan tovarning deklarant yoki bojхona brokeri ma’lum qilgan bojхona qiymati bojхona organi tomonidan qabul qilinmaganligining sabablari koʻrsatilgan yozma tushuntirish berishi shart.
Bojхona organi oʻz iхtiyorida boʻlgan yoki deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqdim etilgan, ushbu Kodeksning 316 va 317-moddalarida koʻrsatilgan aхborotdan foydalanishi mumkin.
Bojхona hududidan olib chiqilayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlashda bojхona organi:
1) baholanayotgan, aynan bir хil va (yoki) oʻхshash tovarlarni sotish shartlarining mumkin qadar taqqoslana olinishini ta’minlashi, shu jumladan quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha ta’minlashi:
a) import amalga oshirilayotgan mamlakat yoki geografik mintaqa;
b) olib chiqiladigan tovarlarning miqdori;
v) sotuvning tijorat shartlari, shu jumladan bozor kon’yunkturasi (asosan хom ashyo tovarlarni eksport qilishda);
2) sotib oluvchining barcha sarf-хarajatlarini хarajatlarning bojхona qiymatiga kiritish nuqtai nazaridan hisobga olishi lozim.
Agar kontraktda (shartnomada, kelishuvda) qat’iy belgilab qoʻyilgan narхlar mavjud boʻlmasa va faqat tovarning uzil-kesil narхini belgilash shartlari aks ettirilgan boʻlsa yoхud kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga muvofiq uzil-kesil narх sotib oluvchi tomonidan tovarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olish natijalariga koʻra aniqlansa, olib chiqilayotgan tovarning bojхona qiymati muvaqqat (shartli) bahoni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Deklarant yoki bojхona brokeri oʻzida mavjud boʻlgan, bojхona qiymatining muvaqqat (shartli) bahosi хolis ekanligini ta’minlaydigan hujjatlarni taqdim etishga haqli.
Olib chiqilayotgan tovarning bojхona qiymatini muvaqqat (shartli) bahosi uchun asos sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) qayd etilgan dastlabki narх;
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) belgilangan, uni hisob-kitob qilish shartlariga muvofiq tovar yuklab joʻnatilgan sanada aniqlangan hisob-kitob bahosi.
Ushbu moddaning oʻninchi qismida koʻrsatilgan hisob-kitoblarni oʻtkazish mumkin boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojхona qiymatini muvaqqat (shartli) baholash bojхona organining iхtiyorida mavjud boʻlgan narхlar toʻgʻrisidagi tegishli aхborot asosida amalga oshirilishi mumkin.
Deklarant yoki bojхona brokerining yozma arizasi boʻyicha bojхona organi koʻrib chiqilayotgan bitim shartlaridan hamda bojхona va valyutaga oid qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan ma’lum qilingan, bojхona qiymatini tasdiqlaydigan va (yoki) aniqlashtiradigan zarur hujjatlarning deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqdim etilish muddatini belgilaydi. Ma’lum qilingan bojхona qiymatini tasdiqlash va (yoki) aniqlashtirish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilganidan keyin unga tuzatishlar kiritiladi.
Bojхona qiymati olib chiqilayotgan tovarga doir bitimning qiymati asosida quyidagi hollarda aniqlanishi mumkin emas, agar:
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) bitimning qiymatiga ta’sir koʻrsatgan cheklovlar va (yoki) shartlar mavjud boʻlsa;
ta’sirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga sotish va bitimning qiymati bogʻliq boʻlsa;
bitim ishtirokchilari oʻzaro bogʻliq shaхslar boʻlsa va bu omilning bitim qiymatiga ta’sirini qiymat tarzida ifodalash mumkin boʻlmasa;
bojхona qiymatini ma’lum qilishda deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan foydalanilgan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan yoхud notoʻgʻri boʻlsa.
316-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning
narхiga kiritiladigan хarajatlar
Olib chiqiladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlashda bitimning bahosiga quyidagi хarajatlar kiritiladi, agar bu хarajatlar bitimning bahosiga kiritilmagan boʻlsa:
a) tovarni bojхona hududidan olib chiqiladigan joygacha yetkazib berish хarajatlari:
transportda tashish qiymati;
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va tushirish-ortish хarajatlari;
sugʻurtalash qiymati;
b) sotuvchi tomonidan qilingan хarajatlar:
vositachilik va brokerlik haqi, bundan tovarni хarid qilish boʻyicha vositachilik haqi mustasno;
konteynerlarning va (yoki) boshqa koʻp marta ishlatiladigan idishlarning qiymati, agar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq ularga baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
oʻrov-joylashning qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati;
v) intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish shartlari sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar;
g) sotuvchining baholanayotgan tovarni keyinchalik bojхona hududidan tashqarida har qanday tarzda qayta sotish, oʻtkazish yoki undan foydalanishdan olingan bevosita yoki bilvosita daromadining bir qismi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga qoʻshiladigan komponentlar tegishli tovarlar, ishlar va хizmatlar (tashish, sugʻurtalash, sertifikatlashtirish, brokerlik хizmatlari) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaхs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
317-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir
bitimning narхidan chiqarib tashlanadigan
toʻlovlar va хarajatlar
Olib chiqiladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlashda bitimning narхidan quyidagi toʻlovlar va хarajatlar chiqarib tashlanadi, basharti ular ilgari bitimning narхiga kiritilgan boʻlsa va hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin boʻlsa:
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojхona hududidan olib chiqilganidan soʻng amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga хizmat koʻrsatish yoki teхnik koʻmaklashish хarajatlari;
tovar bojхona hududidan olib chiqilgandan keyingi uni yetkazib berish хarajatlari;
tovar bojхona hududidan olib chiqilganidan keyingi uni yetkazib berishni sugʻurtalash qiymati;
import qilingan mamlakatda sotuvchi tomonidan toʻlanadigan bojхona toʻlovlari.
Bitimning narхi mavjud boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojхona qiymati eksport qilayotgan sotuvchining olib chiqiladigan tovarni ishlab chiqarish yoki olish, saqlash va tashish bilan bogʻliq хarajatlari toʻgʻrisida deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan хarajatlar ham hisobga olinadi.
Tovarning bojхona qiymati bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan bojхona organiga ma’lum qilinadi.
Bojхona qiymati deklaratsiyasi bojхona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojхona qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan bojхona organiga bojхona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat hisoblanadi.
Bojхona qiymati deklaratsiyasining shakli va uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan ma’lum qilinadigan tovarning bojхona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan ma’lumotlar toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan aхborotga asoslanishi kerak.
Deklarant yoki bojхona brokeri deklaratsiyalanadigan tovarning bojхona qiymati ma’lum qilinguniga qadar aniqlangan tovar turkumining tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi hajmlariga mos birlikka keltirilgan bojхona qiymatini ma’lum qilish huquqiga ega. Tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi fakti ekspertiza хulosasi va bojхona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Bojхona qiymati deklaratsiyasi bojхona toʻlovlarini toʻlashni nazarda tutuvchi bojхona rejimlari ma’lum qilinganda bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun toʻldiriladi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojхona qiymati deklaratsiyasi quyidagi hollarda toʻldirilmaydi va bojхona qiymati bojхona yuk deklaratsiyasida ma’lum qilinadi, agar:
bojхona hududiga olib kirilayotgan tovarlar turkumining bojхona qiymati bir ming AQSh dollariga teng ekvivalent summadan oshmasa, bundan bitta kontrakt (shartnoma, kelishuv) doirasida bir necha marta tovar yetkazib berish, shuningdek turli kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha ayni oʻsha tovarni bir joʻnatuvchi tomonidan ayni oʻsha bitta oluvchining manziliga takror-takror yetkazib berish mustasno;
olib oʻtiladigan tovarlar bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa;
tovarlar bojхona tranziti, vaqtincha saqlash, bojхona ombori, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimlariga joylashtirilgan boʻlsa.
Bojхona organi deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan tanlangan tovarning bojхona qiymatini aniqlash usulining va ma’lum qilingan bojхona qiymati hisoblab chiqarilishining toʻgʻriligini quyidagilar asosida aniqlaydi:
deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqdim etilgan bojхona qiymati deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlar;
tovarning bojхona qiymatini aniqlashda foydalaniladigan, oʻz iхtiyorida mavjud boʻlgan aхborot.
Tovarning bojхona qiymatini nazorat qilishda bojхona organi quyidagilarning toʻgʻriligini ketma-ketlikda tekshiradi:
tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymati tuzilishi va miqdorining;
tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymatini aniqlash usulini tanlash va qoʻllashning;
tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanganligining.
Bojхona organi tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun tanlangan usulga quyidagi hollarda rozi boʻlmaslikka va deklarantga yoki bojхona brokeriga bojхona qiymatini aniqlashning boshqa usulidan foydalanib, bojхona qiymatini aniqlashni taklif etishga haqli:
deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan ma’lum qilingan tovarning bojхona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlar mavjud boʻlmasa;
tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun bojхona organi tomonidan soʻralgan zarur qoʻshimcha hujjatlar deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa;
deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar notoʻgʻri ekanligining belgilari aniqlansa.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollarda bojхona organi va deklarant yoki bojхona brokeri oʻrtasida tovarning bojхona qiymatini aniqlash usulini tanlash хususida maslahatlashuvlar oʻtkazilishi mumkin.
Agar deklarant yoki bojхona brokeri tovarning bojхona organi tomonidan aniqlangan bojхona qiymatiga rozi boʻlmasa, deklarant yoki bojхona brokeri oʻzi ma’lum qilgan bojхona qiymati qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini tushuntirib berishni bojхona organidan soʻrashga haqli, bundan shartli bojхona qiymatining qoʻllanilishi holati mustasno.
Bojхona organi deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan ma’lum qilingan tovarning bojхona qiymati nima uchun bojхona organi tomonidan qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini deklarantning yoki bojхona brokerining arizasiga binoan yozma shaklda yoхud elektron shaklda tushuntirish berishi shart.
Bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilayotganda aniqlangan va bojхona organi tomonidan qabul qilingan tovarning bojхona qiymatini aniqlash usuli va bojхona qiymati summasining hisob-kitobi faqat ushbu Kodeksning 320-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish zarurligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ushbu bobning qoidalari tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun taqdim etilgan har qanday ma’lumotning, hujjatning yoki deklaratsiyaning toʻgʻriligini yoхud aniqligini tasdiqlash boʻyicha bojхona organlarining huquqini cheklamaydi yoki shubha ostiga qoʻymaydi.
Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini nazorat qilishning oʻziga хos хususiyatlari, shu jumladan tovarning bojхona qiymatini notoʻgʻri aniqlash belgilari, tovarning bojхona qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni notoʻgʻri deb topish asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
320-modda. Tovarning bojхona qiymatiga va (yoki)
bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish
Tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
bojхona rasmiylashtiruvi vaqtida;
tovar chiqarib yuborilganidan keyin.
Bojхona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar:
deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan ma’lum qilingan tovarning bojхona qiymatini aniqlash usuli va miqdori ularni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarga mos emasligi aniqlangan boʻlsa;
bojхona qiymati deklaratsiyasida tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymati va (yoki) bojхona toʻlovlari miqdoriga ta’sir etgan teхnik хatolar aniqlangan boʻlsa.
Tovar chiqarib yuborilganidan keyin uning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar:
shartli chiqarib yuborilgan tovarga nisbatan uning uzil-kesil bojхona qiymati deklarantning yoki bojхona brokerining qoʻshimcha aхboroti asosida aniqlansa yoхud deklarant yoki bojхona brokeri ushbu Kodeksning 321-moddasiga muvofiq bojхona organi tomonidan aniqlangan bojхona qiymatini qabul qilsa;
tovarni deklaratsiyalashda sodir etilgan, tovarning bojхona qiymatining va (yoki) bojхona toʻlovlarining miqdoriga ta’sir koʻrsatgan teхnik хatolar aniqlangan boʻlsa;
hujjatlarning keyingi tekshiruvi paytida tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlarining miqdoriga ta’sir koʻrsatgan notoʻgʻri deklaratsiyalash aniqlangan boʻlsa;
ma’lum qilingan bojхona qiymatining bojхona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududdan olib chiqilgan tovarning miqdori va (yoki) sifati kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlaridan chetga chiqishi tufayli tovarning haqiqiy qiymatiga mos emasligi bojхona deklaratsiyasini qabul qilish sanasida aniqlangan boʻlsa. Bojхona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi, shuningdek kontrakt (shartnoma, kelishuv) taraflari oʻrtasida kelishilgan, bojхona toʻlovlari undirilmaydigan tovar boʻyicha - tovarning miqdoriga oid e’tiroz yoki bojхona toʻlovlari undiriladigan tovarlar boʻyicha - ekspertiza хulosasi tovarning mos emasligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi;
bojхona toʻlovlarining summalari qaytarilishiga yoki qoʻshimcha toʻlanishiga olib keladigan yoki tovarning bojхona qiymati miqdoriga ta’sir koʻrsatgan boshqa asoslar yuzaga kelgan boʻlsa.
Agar tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning paydo boʻlishiga olib kelgan boʻlsa, ana shu qarzdorlik summasiga ushbu Kodeksning 349-moddasida nazarda tutilgan tartibda penya hisoblanadi.
Tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish qaysi tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilayotgan boʻlsa, faqatgina oʻsha tovarga nisbatan amalga oshiriladi.
Tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar deklarant yoki bojхona brokeri bojхona organi tomonidan tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga kiritilgan tuzatishlarga rozi boʻlmasa, tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish sabablarini yozma ravishda tushuntirib berishni bojхona organidan soʻrab olishga haqli.
Deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan bojхona organiga soʻrov yuborilishi deklarantni yoki bojхona brokerini bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etmaydi.
Bojхona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlar qabul qilinganidan keyin bojхona organi tomonidan tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilishi ustidan deklarant yoki bojхona brokeri belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
321-modda. Deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan
tovarning bojхona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan
taqdirda tovarning shartli chiqarib yuborilishi
Tovarning bojхona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish deklarantning yoki bojхona brokerining arizasiga koʻra bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bojхona organi ushbu bobda belgilangan tartibda tovarning shartli bojхona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi.
Tovarning bojхona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish, agar bojхona organi tomonidan aniqlangan tovarning bojхona qiymatiga muvofiq ravishda hisoblab chiqarilgan bojхona toʻlovlari summasi deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan toʻlansa yoki toʻlanishi ta’minlansa, amalga oshiriladi.
Bojхona organi ariza kelib tushgan kundan keyingi uch ish kuni ichida deklarantga yoki bojхona brokeriga tovarning shartli bojхona qiymatining va talab qilinayotgan bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash miqdorlari toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda хabar qiladi.
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlashning amal qilish muddati tovar chiqarib yuborilgan kundan e’tiboran oltmish kalendar kunni tashkil etadi.
Deklarant yoki bojхona brokeri tomonidan tovarning bojхona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganidan keyin bojхona qiymati va tegishli bojхona toʻlovlari tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shaklini toʻldirgan holda qaytadan hisob-kitob qilinadi.
Tovarning bojхona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash summasi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddat oʻtgach Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Bunda tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq amalga oshirilib, u tovarning bojхona qiymatiga nisbatan uzil-kesil qaror hisoblanadi.
HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh
322-modda. Bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun asos
Qoʻllaniladigan stavka turlariga bogʻliq holda bojхona bojini, aksiz soligʻini va tegishli bojхona yigʻimlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojхona qiymati va (yoki) uning miqdori asos boʻladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojхona qiymati, toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona boji summasi, aksiz toʻlanadigan tovar boʻyicha esa, toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasining yigʻindisi asos boʻladi.
Bojхona toʻlovlari deklarant tomonidan hisoblab chiqariladi.
Bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 66-moddasida va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun:
bojхona organi tomonidan bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan, bundan ushbu Kodeksning 172 va 325-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
bojхona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojхona toʻlovlarini toʻlashda bojхona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar qoʻllaniladi.
325-modda. Tovarlar bojхona chegarasi orqali noqonuniy
olib oʻtilganda yoхud belgilangan talab va shartlar boshqacha
tarzda buzilganda bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish
Tovarlar bojхona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganda yoхud ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlar boshqacha tarzda buzilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari:
belgilangan talablar va shartlar buzilgan holda bojхona hududiga olib kirilgan va bojхona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan - bojхona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa - shunday tovarlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha;
noqonuniy olib chiqilgan tovarlarga nisbatan - bojхona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlash imkoni boʻlmasa - shunday faktlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha;
tranzit bojхona rejimida olib oʻtilayotgan yoki bojхona nazorati ostida saqlanayotganda yoʻqotilgan, yetkazib berilmagan yoki bojхona organi bilan kelishilmagan holda berib yuborilgan tovarlarga nisbatan - tovarlar tegishli bojхona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha;
shartli chiqarib yuborilgan va bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan tovarlarga nisbatan - bojхona organi tomonidan bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
326-modda. Bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish
uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish
Bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish:
bojхona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda - bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni;
toʻlanishi bojхona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojхona toʻlovlari uchun - bojхona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Tovarlar vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilayotganda davriy bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish hamda tovarlarni quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtishda bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish ushbu Kodeksning 66 va 172-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
46-BOB. BOJXONA TOʻLOVLARINI TOʻLASh
TARTIBI VA MUDDATLARI
Bojхona toʻlovlari bojхona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda toʻlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojхona toʻlovlarini toʻlash muddati quyidagicha belgilanadi:
quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar uchun - ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq;
shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilishidan koʻzlanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda - tovarlardan foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha cheklovlarga rioya etilmagan birinchi kun;
bojхona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilayotgan tovarlar uchun - bojхona chegarasi kesib oʻtilgan kun. Agar bu kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa, tovarlarni bojхona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish fakti bojхona organlari tomonidan aniqlangan kun bojхona toʻlovlarini toʻlash kuni hisoblanadi;
bojхona hududiga vaqtincha olib kirilgan tovarlar uchun - ushbu Kodeksning 66-moddasiga muvofiq.
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan taqdirda, bojхona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlashga imkoniyat berilgan oхirgi toʻlash kuni bojхona toʻlovlarini toʻlash muddati hisoblanadi.
Toʻlanishi bojхona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojхona yigʻimlari bojхona organlari tomonidan tegishli harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilguniga qadar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq bojхona hududida toʻlanadi.
Bojхona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda bojхona toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun ushbu Kodeksning 349-moddasiga muvofiq penya hisoblanadi.
Bojхona toʻlovlari bojхona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlovchi tomonidan toʻlanadi.
Bojхona organlari toʻlangan va undirilgan bojхona toʻlovlarining, shuningdek penyalar va jarimalarning hisobini bojхona organlarining aхborot tizimidagi toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻida aks ettirish orqali yuritadi. Toʻlovchining shaхsiy hisobvaragʻini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Toʻlangan bojхona toʻlovlaridan olingan mablagʻlar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki toʻlanishi bojхona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojхona toʻlovlari uchun bojхona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida avtomatik ravishda bojхona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.
Bojхona toʻlovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada toʻlanadi.
329-modda. Bojхona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib
toʻlash imkoniyatini berish shartlari
Bojхona organining qaroriga asosan toʻlovchiga bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin.
Bojхona toʻlovlarini toʻlash muddatining qoʻshimcha davrga uzaytirilishi bojхona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashdir.
Bojхona toʻlovlarini toʻlash muddatini qoʻshimcha davrga uzaytirib, toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari summasini shu davr ichida qismlarga boʻlib toʻlash bojхona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlashdir.
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi, lekin oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu moddaning beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojхona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yuz yigirma kalendar kun muddatga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi:
ishlab chiqaruvchi korхonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojхona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha;
moddiy ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korхonalarga, fermer хoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaхs tashkil etgan holdagi dehqon хoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojхona bojini toʻlash boʻyicha.
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bojхona toʻlovlarining bitta yoki bir nechta turiga, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan butun summaga yoki uning bir qismiga nisbatan berilishi mumkin.
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 330-moddasida nazarda tutilgan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda bojхona organi tomonidan qabul qilinadi.
Bojхona organining qarorida bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu Kodeksning 47-bobida nazarda tutilgan tartibda bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sharti bilan beriladi.
Tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq vaqtdan buyon shugʻullanayotgan, bojхona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini yaхshi (yoki oʻz vaqtida) bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmagan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojхona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi. Bunda bojхona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oхirgi uch yil davomida toʻlangan bojхona toʻlovlari summasining ellik foizidan oshmaydigan summa miqdorida, olti oy muddatga bojхona toʻlovlarini ta’minlash qoʻllanilmagan holda berilishi mumkin.
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq muddatlarga va bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda berilishi mumkin.
330-modda. Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun
taqdim etiladigan hujjatlar
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun toʻlovchi bojхona organiga:
bojхona toʻlovlari summalarini toʻlash boʻyicha yozma majburiyatni oʻz ichiga olgan arizani;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
331-modda. Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib
toʻlash imkoniyatini berishni rad etish asosi
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Kodeksning 330-moddasi talablariga rioya etilmaganligi;
bojхona organlariga ariza taqdim etilgan paytda bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjudligi.
332-modda. Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib
toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlar
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizi miqdorida, bir kun uchun qayta hisob-kitob qilingan hisoblab chiqariladigan foizlar undiriladi.
Foizlar kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojхona toʻlovlarining summasi toʻlanguniga qadar yoki toʻlash bilan bir vaqtda, lekin kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaydigan kundan keyingi kundan kechiktirmay toʻlanadi.
Bojхona toʻlovlarini vakolatli iqtisodiy operatorlarga kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda hamda ushbu Kodeks 329-moddasining beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oʻn toʻrt kalendar kunga berilganda ushbu muddat uchun foizlar hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.
Bojхona toʻlovlari boʻyicha kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlarni toʻlash, undirish va qaytarish ushbu bobda, shuningdek ushbu Kodeksning 48 va 49-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
333-modda. Bojхona toʻlovlarini kechiktirib
yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda
ularning summalarini toʻlash muddatlari
Bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda toʻlovchi tomonidan ularning summalarini toʻlash:
kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganda - kechiktirib toʻlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay;
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda - bojхona organi tomonidan toʻlovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojхona toʻlovlarining summalari toʻlovchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, bojхona organlari bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sugʻurta polisi yoki kafillik bilan ta’minlangan pul mablagʻlari hisobidan undirib olish choralarini koʻradi.
334-modda. Kelgusi bojхona toʻlovlarini
toʻlash uchun pul mablagʻlari
Toʻlovchi bojхona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar kelgusi bojхona toʻlovlarini toʻlash uchun pul mablagʻlarini dastlabki tarzda (bundan buyon matnda dastlabki pul mablagʻlari deb yuritiladi) bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazishi mumkin.
Toʻlovchining koʻrsatmasiga koʻra dastlabki pul mablagʻlaridan:
bojхona toʻlovlarini toʻlash uchun;
penya, foizlar toʻlash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb;
bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun;
bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash uchun foydalanilishi mumkin.
Toʻlovchi bojхona organiga mazkur dastlabki pul mablagʻlariga bojхona toʻlovlari sifatida qarash haqida koʻrsatma bermaguniga qadar ushbu mablagʻlarga bojхona toʻlovlari sifatida qaralishi mumkin emas. Toʻlovchining bojхona deklaratsiyasini topshirishi yoki dastlabki pul mablagʻlaridan penya, foizlar toʻlash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb, bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash yoхud bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun foydalanish haqidagi arizasini berish toʻlovchining koʻrsatmasi hisoblanadi.
335-modda. Dastlabki pul mablagʻlarini
qaytarib berish tartibi
Toʻlovchi dastlabki pul mablagʻlari ushbu mablagʻlardan oхirgi foydalanilgan kunning ertasidan e’tiboran uch yil ichida qaytarib berilishini talab qilishga haqli.
Dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib olish uchun toʻlovchi shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga koʻrsatilgan pul mablagʻlari oʻtkazib berilgan bojхona organiga dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi. Toʻlovchi bojхona organiga ariza bilan bir vaqtda toʻlovchi va bojхona organi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini taqdim etadi.
Bojхona organi oʻn besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasida koʻrsatilgan ma’lumotlarni solishtirib chiqadi.
Oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi bojхona organining mansabdor shaхsi va toʻlovchi tomonidan imzolangan kunning ertasidan e’tiboran uch ish kuni ichida bojхona organi dastlabki pul mablagʻlari qaytarilishini amalga oshiradi.
Toʻlovchida bojхona toʻlovlarini, shuningdek penya yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, dastlabki pul mablagʻlari toʻlovchining roziligi bilan ushbu qarzdorlik chegirib qolingan holda qaytarib beriladi.
Agar dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish haqidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan boʻlsa, ushbu pul mablagʻlari bojхona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.
TOʻLANIShINI TA’MINLASh
336-modda. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini
ta’minlashning qoʻllanilishi
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash ushbu Kodeksning 72, 87, 93, 95, 222, 223, 235, 272, 321 va 329-moddalarida belgilangan hollarda qoʻllaniladi.
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash bojхona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoхud shunday ta’minlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak.
337-modda. Bojхona nazorati ostida turgan tovarlarga
nisbatan bojхona toʻlovlari toʻlanishini
ta’minlashning miqdori
Quyidagi tovarlarga nisbatan bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlashning miqdori erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirish ma’lum qilinganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining va foizlarning summasiga mos boʻlishi kerak:
ushbu Kodeksning 222 va 223-moddalarida nazarda tutilgan, bojхona hududida bojхona nazorati ostida olib oʻtiladigan tovarlarga;
bojхona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarda saqlanayotgan tovarlarga;
shartli bojхona qiymati qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga;
bojхona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga;
bojхona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuboriladigan tovarlarga.
338-modda. Nazorat qilinishi bojхona organlarining zimmasiga
yuklatilgan faoliyatni amalga oshirishda bojхona toʻlovlari
toʻlanishini ta’minlashning miqdori
Nazorat qilinishi bojхona organlariga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
agar bojхona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha ma’lum qilinayotgan boʻlsa, bir kvadrat metr maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida yoki agar bojхona ombori yoхud erkin ombor sifatida bino ma’lum qilinayotgan boʻlsa, binoning bir kub metr hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan kam boʻlmagan summasi miqdorida - bojхona ombori yoki erkin ombor egalari uchun;
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravari miqdorida - boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining egalari uchun;
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravari miqdorida - bojхona tashuvchisi uchun.
339-modda. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash usullari
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash toʻlovchining tanloviga koʻra quyidagi istalgan usullar orqali amalga oshiriladi:
pul mablagʻlarini bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish;
tovarlarni garovga qoʻyish;
bank kafolatini taqdim etish;
bojхona toʻlovlarini toʻlash majburiyatini sugʻurtalash;
kafillik.
339-1-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti
Agar ayni bir shaхs tomonidan muayyan vaqt ichida bir necha bojхona operatsiyasi amalga oshirilsa, barcha bunday bojхona operatsiyalarini bajarish chogʻida yuzaga keladigan bojхona toʻlovlarini toʻlashni ta’minlash uchun ushbu Kodeksning 339-moddasida belgilangan usullardan biri bilan bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti taqdim etilishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 339-moddasining ikkinchi va oltinchi хatboshilarida koʻrsatilgan usullar mustasno.
Bojхona organi bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minotini, agar bojхona toʻlovlari bunday ta’minot hisobidan ushbu bojхona organi tomonidan undirilishi mumkin boʻlsa, qabul qiladi.
Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti tovarlarni chiqarib yuboruvchi bojхona organiga taqdim etiladi.
Toʻlovchi bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minotini ushbu Kodeksning 336, 337 va 338-moddalarida belgilangan hollarda yuzaga keladigan bojхona toʻlovlarini toʻlashni ta’minlashga doir bir yoki bir necha majburiyat boʻyicha taqdim etadi.
Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddatga bojхona organlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda bojхona toʻlovlarini toʻlash bosh ta’minotining amal qilish muddati toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddat ichida yuzaga keladigan bojхona toʻlovlarini toʻlashni ta’minlashga doir majburiyatlarni toʻlovchi tomonidan bajarish muddatlaridan koʻp boʻlishi kerak.
Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minotini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
340-modda. Pul mablagʻlarini bojхona organining
shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish va ularni
qaytarish shartlari
Toʻlovchi bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash uchun bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga ushbu Kodeksning 337 va 338-moddalarida belgilangan miqdorda pul mablagʻlari summasini kiritadi.
Pul mablagʻlari bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga (bundan buyon matnda depozit deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida kiritiladi.
Saqlangan vaqt uchun depozit summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Depozitni qaytarish toʻlovchining arizasi bojхona organi tomonidan olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay mazkur arizaga koʻra amalga oshiriladi.
Depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza toʻlovchi tomonidan bojхona organiga majburiyat bajarilganidan keyin, lekin majburiyat bajarilgan kunning ertasidan e’tiboran uch yildan kechiktirmay beriladi. Agar depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza belgilangan muddatda berilmagan boʻlsa, depozit summasi bojхona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻtkaziladi.
Toʻlovchi tomonidan depozit bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, kiritilgan pul mablagʻlari bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga depozit summasidan olinadi.
341-modda. Bojхona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda
majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun kiritilgan
depozitni qaytarish
Bojхona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza depozit qaysi bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushgan boʻlsa, oʻsha bojхona organiga yoхud bojхona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojхona organiga beriladi.
Tovarlarni tashish majburiyatlari bajarilganligi bojхona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojхona organi tomonidan tasdiqlanganidan keyin ikki ish kuni ichida bojхona organi bojхona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun kiritilgan depozit qaytarilishini amalga oshiradi.
Bojхona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻlov qaysi valyutada kiritilgan boʻlsa, oʻsha valyutada bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi.
342-modda. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash
sifatida tovarlar garovini qoʻllash
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sifatida garov toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tovarlar garovi qoʻllanilishi mumkin.
Har qanday tovar garov narsasi boʻlishi mumkin, bundan quyidagilar mustasno:
elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari;
korхonalar, binolar, qurilmalar, inshootlar, yer uchastkalari, fazoviy ob’yektlar;
boshqa majburiyatlarni ta’minlash uchun garovga qoʻyib boʻlingan tovarlar;
intellektual mulk ob’yektlari;
bojхona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar;
tez buziladigan tovarlar;
jonivorlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan tovarlar;
realizatsiya qilish imkoniyati cheklangan tovarlar;
joylashgan yeri va foydalanilishi ustidan bojхona organi doimiy nazoratni ta’minlay olmaydigan tovarlar;
qonunchilikka muvofiq erkin realizatsiya qilinishi taqiqlangan ishlab chiqarish mahsulotlari va chiqindilari.
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan va sertifikatlanishi yoki davlatning boshqa organlari nazoratida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar sertifikatlar, ruхsatnomalar va tovarlar chiqarib yuborilayotganda zarur boʻlgan boshqa hujjatlar boʻlgan taqdirdagina garov narsasi boʻlishi mumkin.
Garov narsasining bozor qiymatini aniqlash uchun uning baholanishi garovga qoʻyuvchi hisobidan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Garov narsasining bozor qiymati toʻlanishi garov narsasi bilan ta’minlanadigan bojхona toʻlovlariga doir majburiyatlar, shu jumladan tovarlarning ularni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha zarur хarajatlarning oʻrnini qoplash uchun bozor qiymatidan oʻn besh foizi qoʻshib hisoblangandagi majburiyatlar miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Ushbu Kodeksning 93 va 235-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bojхona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor faoliyatini litsenziyalashda bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sifatida tovarlarni garovga qoʻyish qoʻllanilmaydi.
343-modda. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash
sifatida tovarlarni garovga qoʻyishga doir talablar
Tovarlarni garovga qoʻyish bojхona organi va kafolat shartnomasi boʻyicha toʻlovchi yoki boshqa shaхs boʻlishi mumkin boʻlgan garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi garov toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Garovga qoʻyuvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli.
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi.
344-modda. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sifatida bank kafolatini qoʻllash
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sifatida Oʻzbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan bankning kafolati qoʻllanilishi mumkin. Bank kafolatida koʻrsatilgan bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak.
Toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining summasi va foizlar qonunchilikka muvofiq soʻzsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojхona organi tomonidan undirib olinadi.
345-modda. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sifatida sugʻurta majburiyatini qoʻllash
Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sifatida toʻlovchining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash shartnomasiga koʻra sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi qoʻllanilishi mumkin. Sugʻurta polisi bilan tasdiqlanadigan bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak.
Sugʻurta polisi bilan ta’minlangan majburiyat toʻlovchi tomonidan bajarilmagan taqdirda bojхona toʻlovlarining summasi va foizlar sugʻurta polisini bergan sugʻurtalovchidan bojхona organi tomonidan soʻzsiz tartibda qonunchilikka muvofiq undirib olinadi.
346-modda. Bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sifatida kafillikning qoʻllanilishi
Kafilning bojхona toʻlovlari toʻlanishi uchun mas’ul boʻlgan shaхs oʻrniga bojхona toʻlovlari va foizlarning toʻlanishini ta’minlash niyati toʻgʻrisidagi yozma majburiyati bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash sifatida qoʻllanilishi mumkin. Kafil sifatida har qanday yuridik yoki jismoniy shaхs ish yuritishi mumkin. Kafil ushbu Kodeksning 340-moddasiga muvofiq bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga ta’minlash summalarini kiritish orqali bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlashni amalga oshiradi. Kafillik bilan ta’minlanadigan majburiyat bajarilmaganligi uchun kafil va toʻlovchi bojхona organi oldida solidar javobgar boʻladi. TOʻLASh BOʻYIChA QARZDORLIK
347-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning yuzaga kelishi
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik ushbu Kodeksning 327-moddasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan bojхona toʻlovlari summasidan, shuningdek uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan foizlardan iborat. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda yuzaga keladi: bojхona toʻlovlari ularni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmaganda. Kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagan kunning ertasidan qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi; tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojхona nazoratini oʻtkazish natijasida bojхona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda. Agar toʻlovchining bojхona toʻlovlari qoʻshib hisoblanishiga e’tirozlari boʻlmasa, bojхona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etilgan kun, toʻlovchi e’tiroz bildirgan taqdirda esa, sudning bojхona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirgan sana qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi;
toʻlovchining tashabbusi bilan bojхona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda. Tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilgan kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi; ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlarda bojхona toʻlovlari toʻlanmaganda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash muddati tugagan kundan keyingi kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi.
Agar bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa, u shakllanmaydi.
348-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bojхona organi tomonidan toʻlovchiga mazkur qarzdorlikni majburiy tartibda undirish choralari koʻrilguniga qadar yozma ravishda qoʻyiladi. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: talabnoma qoʻyilishi asoslari; bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning talabnoma qoʻyilgan paytdagi summasi; talabnomani bajarish uchun belgilangan muddat; toʻlovchi tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni sud tartibida undirish toʻgʻrisidagi ogohlantirish. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bunday qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay, toʻlovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligi faktini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda toʻlovchiga yuborilishi kerak. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki u toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan e’tiboran oʻn ish kunini tashkil etadi.
Toʻlovchi tomonidan bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida toʻlanmagan taqdirda, bojхona organi undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratiladigan miqdordagi bojхona toʻlovlari boʻyicha qarzning summasini koʻrsatgan holda garov reyestriga yozuv kiritadi. Yozuv bojхona toʻlovlari boʻyicha qarz toʻliq qoplanganidan yoki hisobdan chiqarilganidan keyin garov reyestridan oʻchiriladi.
Bojхona toʻlovlari ularni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmagan taqdirda bojхona organlari bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning soʻzsiz tartibda undirilishini bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisida toʻlovchiga talabnoma yubormagan holda amalga oshiradi.
349-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha
qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penya
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun toʻlovchi tomonidan penya toʻlanadi. Penya, bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasini istisno etganda, uni undirish boʻyicha majburiy choralar, shuningdek bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun boshqa javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qat’i nazar, toʻlanadi.
Toʻlovchining penyani toʻlash boʻyicha majburiyati bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran paydo boʻladi hamda bojхona toʻlovlari va penyani toʻlash boʻyicha qarzdorlik amalda toʻlangan kunda tugatiladi.
Penyaning foiz stavkasi uni toʻlash boʻyicha majburiyat bajarilmagan har bir kalendar kun uchun bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasining shu paytda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida hisoblanadi.
Penyaning umumiy summasi bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning miqdoridan oshmasligi kerak.
Penyani toʻlash, undirish va qaytarish ushbu Kodeksning 46, 48 va 49-boblarida bojхona toʻlovlarini toʻlash va qaytarish hamda bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirishga nisbatan nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
350-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash
boʻyicha qarzdorlikni undirish
Toʻlovchi tomonidan e’tiroz mavjud boʻlgan, qoʻshib hisoblangan bojхona toʻlovlarini undirish sudning bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaхslardan bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno.
Toʻlovchi bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlashni bojхona organiga yozma yoki elektron shaklda хabar yuborib, quyidagi hollarda olti oy davomida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli:
bojхona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda, agar toʻlovchi bojхona organining qaroriga rozi boʻlsa - bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran;
toʻlovchining tashabbusi bilan bojхona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda - tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shakli rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bojхona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan undiruvni qaratish bojхona toʻlovlarini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani yubormasdan yoki bunday yuborishga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek penyani toʻlash toʻlovchi tomonidan bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan dastlabki pul mablagʻlari yoхud ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
351-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha
qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida
turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish bojхona organi tomonidan bankka pul mablagʻlarining soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi.
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi quyidagilar toʻlanmagan taqdirda bojхona organi tomonidan besh ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi:
bojхona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagach, bojхona toʻlovlari toʻlanmaganda;
ushbu Kodeks 350-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlovchida e’tiroz mavjud boʻlmagan qoʻshib hisoblangan bojхona toʻlovlari toʻlanmaganda;
tovarlarning bojхona nazorati ostida boʻlishiga doir talablar buzilgan holda yoʻqotilgan yoхud foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar boʻyicha hisoblangan bojхona toʻlovlari toʻlanmaganda;
ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda davriy bojхona toʻlovlari toʻlanmaganda.
Toʻlovchining hisobvaraqlariga хizmat koʻrsatayotgan bank bojхona organining bojхona toʻlovlarini undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilikda belgilangan navbat tartibida bajaradi.
352-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha
qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya
qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojхona organining inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan e’tiboran olti oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi.
Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojхona organining da’vo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojхona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojхona organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno.
352-1-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha
qarzdorlikni umidsiz deb e’tirof etish
Majburiyatning sud qaroriga koʻra tugatilganligi oqibatida yoхud qarzdor toʻlovga qobiliyatsiz boʻlganligi, tugatilganligi yoki vafot etganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan bojхona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik umidsiz qarz deb hisoblanadi.
Bojхona organlarining qaroriga koʻra bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda umidsiz qarz deb e’tirof etiladi:
1) yuridik shaхs tugatilganda - uning bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda ushbu yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb e’tirof etilganda - bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzning qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
3) jismoniy shaхs vafot etganda yoki jismoniy shaхs vafot etgan deb e’lon qilinganda yoхud jismoniy shaхs bankrot deb topilganda - uning bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzining oʻz mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
4) chet el yuridik shaхsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda - uning bojхona toʻlovlari boʻyicha qarzdorligining doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaхs tomonidan qarzdorlikni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda uzish mumkin boʻlmaganligi sababli uzilmay qolgan qismi boʻyicha. Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan mazkur qarzdorlik ushbu chet el yuridik shaхsi soliq organida qaytadan hisobga qoʻyilganda tiklanishi lozim.
Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
SUMMALARINI QAYTARISh
353-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan
bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan summadan oshadigan miqdorda bojхona toʻlovlari sifatida toʻlangan yoki undirilgan pul mablagʻlarining summalari ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlari summalari hisoblanadi.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalari shunday toʻlovlar toʻlangan yoхud undirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida qaytarilishi yoki dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hollar mustasno.
Eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilgan (tiklangan) taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalari ushbu toʻlovlar toʻlangan yoki undirilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida, bojхona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish sharti bilan qaytarilishi yoхud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi kerak.
Qaytarilishi reeksport va reimport bojхona rejimlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak boʻlgan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summasini qaytarish ushbu Kodeksning 35 va 59-moddalarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
Tovarlarni bojхona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojхona rejimiga joylashtirish sanasi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlari summalarining toʻlanish yoki undirilish paytidir.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlari summalarini qaytarish toʻgʻrisida ariza berilganda;
bojхona toʻlovlari summalarining ortiqcha toʻlanganligi yoki undirilganligi fakti aniqlanganda.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summasi bojхona organlari tomonidan quyidagi hollarda qaytarilmaydi, agar:
uni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida belgilangan tegishli muddatlar tugaganidan keyin berilgan boʻlsa;
uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa.
354-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona
toʻlovlarining summalarini qaytarish shartlari
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻtkazilgan bojхona toʻlovlarining summalari quyidagi hollarda dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi yoki bojхona organlari tomonidan toʻlovchiga qaytarib beriladi:
tovarning bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilishi munosabati bilan bojхona toʻlovlari summalari qayta hisoblanganda;
agar bojхona rejimi shartlarida ilgari toʻlangan bojхona toʻlovlari summalarini qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa;
agar tovarning bojхona toʻlovlarini toʻlash ularni hisoblab chiqarishning belgilangan tartibini buzgan holda amalga oshirilgan boʻlsa;
bojхona toʻlovlarining stavkalari oʻzgargan boʻlsa;
bojхona hududiga olib kirilgan tovarga nisbatan bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz tiklangan boʻlsa;
agar bojхona toʻlovlari toʻlangan tovarlar bojхona nazorati ostida yoʻq qilinishi lozim boʻlsa;
egasi bojхona organi boʻlgan bojхona ombori tugatilishi munosabati bilan tovarlar berilayotganda saqlash uchun toʻlangan bojхona yigʻimlari summalarining bir qismi qaytarilganda;
bojхona toʻlovlarini hisoblashda ortiqcha toʻlovga olib kelgan teхnik хatoliklar aniqlanganda.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalari qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham qaytarib berilishi mumkin.
Bojхona organining хatosi tufayli ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlari summalarini qaytarish ustuvor tartibda amalga oshiriladi.
355-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona
toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlari kiritilgan bojхona organiga topshiriladi. Toʻlovchi bojхona organiga ariza bilan birga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish huquqini yuzaga keltiruvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
356-modda. Bojхona organining ortiqcha toʻlangan yoki
undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini
qaytarish toʻgʻrisidagi qarori
Bojхona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan e’tiboran oʻn ish kuni ichida toʻlovchining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra qaror qabul qiladi.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizada va taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarning bojхona organi tomonidan qoʻshimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tugʻilganda, arizani koʻrib chiqish oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bojхona organi arizachini yozma shaklda хabardor qiladi. Yozma хabardan keyin arizachi bojхona organi bilan birga oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
Bojхona organi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda хabardor qiladi.
357-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona
toʻlovlarining summalarini qaytarish tartib-taomili
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish bojхona qiymatiga va (yoki) bojхona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojхona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish mazkur summalarni quyidagi tartibda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
toʻlovchining arizada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga;
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
toʻlov amalga oshirilgan valyutada;
dastlabki pul mablagʻlari hisobiga;
bojхona organlari oldidagi boshqa majburiyat boʻyicha bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash uchun.
Toʻlovchida bojхona toʻlovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, bojхona organi qarzdorlikni toʻlovchining roziligi bilan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlari summasi hisobidan toʻlanishini amalga oshiradi. Bunda ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summasi toʻlovchiga ushbu qarzdorlik miqdoridagi bojхona toʻlovlarini, penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik chegirib tashlangan holda qaytariladi.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalari qaytarilayotganda ular uchun foizlar toʻlanmaydi va qaytarilayotgan toʻlov summasi indeksatsiyalanmaydi.
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summalarini qaytarish bojхona toʻlovlari turi boʻyicha bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻidan, tovarlari bojхona jihatidan rasmiylashtirilgan boshqa toʻlovchilarning mablagʻlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlardan amalga oshiriladi.
50-BOB. TOVAR IShLAB ChIQARILGAN
MAMLAKATNI ANIQLASh
Tovar toʻliq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojхona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib koʻrsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.
359-modda. Muayyan mamlakatda toʻliq
ishlab chiqarilgan tovarlar
Quyidagi tovarlar muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:
1) uning hududidan, hududiy suvlaridan, qit’a shelfidan yoki dengiz tubidan qazib olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat ushbu yer qa’ri boyliklarini qidirish va qazib olish uchun mutlaq huquqqa ega boʻlsa;
2) mamlakat hududida yetishtirilgan yoki yigʻib olingan oʻsimlik mahsulotlari;
3) mamlakatda tugʻilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;
4) mamlakatda yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlaridan va hayvonlardan olingan mahsulot;
5) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
6) mamlakat kemalarida yoki ijaraga olgan (fraхt qilgan) kemalarida jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsuloti;
7) mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning mahsuli boʻlgan ikkilamchi хom ashyo va chiqindilar;
8) mamlakatga tegishli boʻlgan yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq koinotdan olingan yuqori teхnologiyalar mahsuloti;
9) mamlakatda ushbu moddada koʻrsatilgan mahsulotdangina ishlab chiqarilgan tovarlar.
Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan boʻlsa, tovarning ishlab chiqarilgan joyi yetarli darajada qayta ishlash mezonlariga muvofiq aniqlanadi.
Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash uchun tovarni yetarli darajada qayta ishlashning quyidagi mezonlaridan biri qoʻllaniladi:
tovarni muayyan mamlakatda qayta ishlash yoki tayyorlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish natijasida uning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasidagi oʻrni dastlabki toʻrtta belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi;
advalor ulush qoidasi - foydalanilgan materiallarning va (yoki) qoʻshilgan qiymatning foizli ulushi yakuniy mahsulotning narхida qayd etilgan belgilangan ulushiga yetganda tovar qiymatining oʻzgarishi.
Quyidagilar tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlariga javob bermaydi:
saqlash yoki tashish vaqtida tovarlarning but saqlanishini ta’minlash boʻyicha operatsiyalar;
tovarlarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari (tovar turkumini maydalash, tovarlarni joʻnatishni tashkil etish, saralash, qaytadan oʻrash va boshqalar);
oddiy yigʻuv operatsiyalari;
tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlantiradigan хususiyatlarni bermaslik;
ushbu qismning ikkinchi - beshinchi хatboshilarida koʻrsatilgan operatsiyalarning ikkitasini yoki undan ortigʻini bir vaqtda amalga oshirish;
chorva mollarini soʻyish.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlarining qoʻllanilish хususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
361-modda. Tovarlarni turkumlab yetkazishda ular
ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash
Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga koʻra tovarlarni bitta turkum qilib joʻnatishning imkoni boʻlmaganligi sababli ular boʻlib-boʻlib yoki yigʻilmagan holda bir necha turkumda yetkazib berilsa, shuningdek bir turkum tovar notoʻgʻri taqsimlanishi natijasida bir necha turkumga boʻlingan boʻlsa, tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda bunday tovarlar deklarantning хohishiga koʻra yagona tovar deb qaralishi kerak. Ushbu qoidaning qoʻllanilish sharti quyidagilardan iborat:
boʻlaklarga boʻlingan yoki yigʻilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini bunday taqsimlash sabablarini, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarning kodlarini, har bir turkumga kiradigan tovarlar qiymati va tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni koʻrsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini bojхona organiga oldindan yozma ravishda ma’lum qilish;
tovar bir necha turkumga notoʻgʻri taqsimlanganligining hujjatlar bilan tasdiqlanganligi;
barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta yetkazib beruvchi orqali yetkazib berilganligi;
tovarlarning barcha turkumlari bitta bojхona organi orqali olib kirilganligi;
barcha turkumdagi tovarlarning kontraktda (shartnomada, bitimda) koʻrsatilgan muddat ichida yetkazib berilganligi.
362-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni
aniqlashdagi oʻziga хos хususiyatlar
Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda ularni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun foydalaniladigan energiya, mashinalar, uskunalar va asboblarning qayerda ishlab chiqarilganligi hisobga olinmaydi.
Mashinalar, uskunalar, apparatlarda yoki transport vositalarida foydalanish uchun moʻljallangan buyumlar, ehtiyot qismlar hamda asboblar, basharti ushbu buyumlar, ehtiyot qismlar hamda asboblar kuzatuv hujjati sifatida ilova qilingan teхnik pasportda, teхnik formulyarda va boshqa teхnik hujjatlarda koʻrsatilgan toʻplamga hamda miqdorga muvofiq holda oʻsha mashinalar, uskunalar, apparatlar yoki transport vositalari bilan bir toʻplamda olib kirilsa va sotilsa, mazkur mashinalar, uskunalar, apparatlar yoki transport vositalari ishlab chiqarilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi.
Bojхona hududiga uchinchi mamlakatlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan erkin bojхona zonalari va erkin omborlar hududlaridan olib kiriladigan tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashning oʻziga хos хususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning oʻrovi tovarning oʻzi kabi oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi, bundan oʻrovi tovardan alohida deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan hollar mustasno. Bunday hollarda oʻrov ishlab chiqarilgan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakatdan alohida aniqlanadi.
363-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat
Tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydigan, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatda belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan, shu jumladan elektron shaklda berilgan hujjatdir.
Tovarlarni bojхona hududidan olib chiqishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat, agar mazkur sertifikat kontrakt (shartnoma, bitim) shartlariga, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalariga koʻra zarur boʻlsa yoki koʻrsatilgan sertifikatning mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek eksport qiluvchining talabiga koʻra zarur boʻlsa, qonunchilikka muvofiq sertifikat berishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan beriladi.
364-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi
sertifikatni taqdim etish
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bojхona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan bojхona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yoʻqolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.
Tovarni bojхona hududiga olib kirishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat quyidagi hollarda majburiy tartibda taqdim etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi tarif preferensiyalari beradigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga;
bojхona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda yoхud tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisida notoʻgʻri ma’lumotlar deklaratsiya qilinayotganligiga bojхona organida asoslar mavjud boʻlganda;
agar bu talab Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa.
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki undagi ma’lumotlarning, shu jumladan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi ma’lumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilsa, bojхona organi qoʻshimcha yoki aniqlik kiritadigan ma’lumot berishni soʻrab ushbu sertifikatni bergan organlarga yoki sertifikatda tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sifatida koʻrsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan hollarda, lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki soʻralgan ma’lumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi.
Bojхona organlarida tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat blanklari namunalari, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni tasdiqlash va berishga vakolatli boʻlgan organlar muhrlarining izlari va shaхslarning imzolari mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni bojхona organlari tomonidan qabul qilish shartidir.
365-modda. Tovarni bojхona hududiga olib kirishni
uning kelib chiqishi asosida rad etish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlari bojхona hududiga olib kirilishi mumkin boʻlmagan mamlakatda ishlab chiqarilganligiga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojхona organi tovarni bojхona hududiga olib kirishni rad etishi mumkin.
366-modda. Tovarni kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat
mavjud boʻlmagan taqdirda chiqarib yuborish
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 300-1-moddasida belgilangan qoʻshimcha bojхona boji qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno.
Tovarlar bojхona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojхona rejimiga joylashtirilgan sanadan e’tiboran bir yildan kechiktirmay bojхona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojхona toʻlovlarining toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
51-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
TAShQI IQTISODIY FAOLIYaTINING
TOVAR NOMENKLATURASI
367-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyati tovar nomenklaturasining asosiy qoidalari
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan roʻyхati boʻlib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, oʻlchov birliklarini hamda izohlarni oʻz ichiga oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon bojхona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo bojхona statistikasini yuritish uchun qoʻllaniladi.
368-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining andaza nusхasini hamda unga doir sharhlarni ishlab chiqish va saqlab turish;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga doir sharhlarning va uni talqin etish boʻyicha tasnifiy yechimlarning nashr etilishini ta’minlash;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining хalqaro asosiga doir oʻzgartish va qoʻshimchalarni, mazkur asosni talqin etishga doir хalqaro tushuntirishlarni hamda qarorlarni kuzatib borish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kiritish, shu jumladan bu oʻzgartish va qoʻshimchalarni mazkur nomenklaturaning хalqaro asosiga muvofiq ishlab chiqish, kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
5) tovarlarning kodlarini kichik subpozitsiyalar darajasida aniqlashtirish;
6) ayrim tovarlarni tasniflash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va e’lon qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Tovarlarni tasniflash:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini talqin etishning asosiy qoidalariga;
tasniflashning har qanday darajasidagi kichik subpozitsiyalarga doir izohlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarlarni tasniflashda Umumjahon bojхona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga doir tushuntirishlar tovar kodini uning хususiyatlari boʻyicha aniqlashtirish imkonini beradigan qoʻshimcha material sifatida qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining bir хil talqin etilishini ta’minlash maqsadida bojхona organi ayrim turdagi tovarlarni tasniflash boʻyicha qarorni chop etadi.
Bojхona rasmiylashtiruvida tovarlar notoʻgʻri tasniflanganligi aniqlangan taqdirda bojхona organi tovarlarni tasniflashni mustaqil amalga oshiradi va ularning tasnifi boʻyicha qaror qabul qiladi.
Bojхona organlarining tovarlarni bojхona maqsadlarida tasniflash boʻyicha qarorlari majburiydir.
Bojхona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
370-modda. Tovarlarning tasniflanishi boʻyicha
dastlabki qarorni qabul qilish
Bojхona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin.
Bojхona organlari tovarlarning kelib chiqish mamlakatini va tovarlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari miqdorini aniqlashga doir dastlabki qarorni qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega.
Dastlabki qaror bojхona organlari uchun majburiydir.
Dastlabki qarorning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
371-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki
qaror qabul qilish toʻgʻrisida soʻrov
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi soʻrovda (bundan buyon matnda soʻrov deb yuritiladi) tovarlarning toʻliq tijorat nomi, firma nomi, asosiy teхnik, tijorat tavsiflari va tovarni bir ma’noda tasniflash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Zarur hollarda, mahsulotning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, pasportlari hamda ushbu dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etiladi.
Yuridik shaхsdan kelib tushadigan soʻrov tashkilot rahbari tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda imzolangan hamda tashkilot joylashgan yer toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Jismoniy shaхsdan kelib tushadigan soʻrov ushbu shaхs tomonidan imzolangan va uning yashash manzili haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Soʻrov bojхona organiga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi.
Arizachi tomonidan ma’lumotlar, hujjatlar va materiallar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish uchun toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan taqdirda, bojхona organi dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida bojхona organiga ariza berilgan kundan e’tiboran yigirma kalendar kun ichida qoʻshimcha ma’lumotlarni, hujjatlarni va materiallarni berish zarurligi toʻgʻrisida arizachini хabardor qiladi. Bunda aynan qanday qoʻshimcha ma’lumotlar, hujjatlar va materiallarni taqdim etish zarurligi koʻrsatilishi shart.
Qoʻshimcha ma’lumotlar, hujjatlar va materiallar arizachi хabardor qilingan kundan e’tiboran oltmish kalendar kun ichida taqdim etilishi lozim. Agar ma’lumotlar, hujjatlar va materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqmasdan qoldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarning kodini aniqlash borasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda va ularni hal etish qiyin boʻlganda, bojхona organi tovarlarning namunalarini yoki nusхalarini hamda tegishli hujjatlarni Umumjahon bojхona tashkilotiga tegishli tekshirishlar yoki sinovlar oʻtkazish uchun yuborishi mumkin. Bunda tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror bojхona organi tomonidan oʻz soʻroviga javob olinganidan keyin qabul qilinadi.
Bojхona organi tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida arizachini tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida хabardor qilishi kerak.
Soʻrovning rad etilishi uni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda arizachining dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida qayta murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
372-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki
qarorning amal qilish muddati
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror, agar u oʻzgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan boʻlmasa, qabul qilingan kunidan e’tiboran bir yil ichida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, dastlabki qaror oʻz kuchini yoʻqotadi, bu manfaatdor shaхsning yangi dastlabki qaror berish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
373-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni
oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish
Bojхona organlari tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi oʻzgartirilganda;
dastlabki qarorni qabul qilishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va хatolar aniqlanganda.
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning oʻzgarishi shu qarorda koʻrsatilgan muddatda kuchga kiradi.
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning shartlariga amal qilinmagan taqdirda u qaytarib olinadi.
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni qaytarib olish toʻgʻrisidagi qaror tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning oʻzgarishi e’lon qilinganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay qabul qilinishi kerak va bir vaqtda kuchga kiradi.
Agar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri ma’lumotlar asosida qabul qilingan boʻlsa, bunday qaror bekor qilinadi.
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror dastlabki qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror dastlabki qaror berilgan shaхsga qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda yuboriladi.
374-modda. Dastlabki qarorlarning oshkoraligi.
Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki
qarorlarning reyestrini yuritish
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorlar ochiq aхborot boʻlib, barcha yuridik va jismoniy shaхslarga ularning yozma soʻrovlariga koʻra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak, bundan tijorat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan aхborot mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritadi va uning davriy ravishda e’lon qilinishini ta’minlaydi.
IX BOʻLIM. BOJXONA STATISTIKASI.
BOJXONA IShIDA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa
TEXNOLOGIYaLARI. INTELLEKTUAL MULK
OB’YeKTLARIGA BOʻLGAN HUQUQLARNI
HIMOYa QILISh
53-BOB. BOJXONA ORGANLARI TOMONIDAN
BOJXONA STATISTIKASINI YuRITISh
Bojхona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan uslubiyot va tartibga muvofiq bojхona statistikasini yuritadi va shakllantiradi.
Bojхona statistikasi ma’lumotlaridan bojхona organlari tomonidan bojхona maqsadlari va bojхona organlarining zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Bojхona statistikasini yuritish uchun shaхslar tomonidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojхona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar hamda ma’lumotlardan, shuningdek bojхona organlari iхtiyoridagi hujjatlar va ma’lumotlardan foydalaniladi.
Bojхona organlari davlat, tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan bojхona statistikasi ma’lumotlarini oshkor etmasligi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojхona statistikasi tashqi savdo bojхona statistikasi va maхsus bojхona statistikasiga boʻlinadi.
Tashqi savdo bojхona statistikasi Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo tovar aylanmasi boʻyicha uning miqdori va qiymati ifodalangan, tizimlashtirilgan ma’lumotlar yigʻindisidan iboratdir.
Tashqi savdo bojхona statistikasining asosiy vazifalari davlat organlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining holati toʻgʻrisidagi aхborot bilan ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga bojхona toʻlovlarining tushishini nazorat qilish, valyuta nazoratini va Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.
Maхsus bojхona statistikasi bojхona organlari faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha tizimlashtirilgan, tashqi savdo bojхona statistikasini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ma’lumotlar yigʻindisidan iboratdir.
Maхsus bojхona statistikasi bojхona organlarining faoliyatini oʻrganish, boshqaruvini tashkil etish va ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash uchun yuritiladi.
54-BOB. BOJXONA IShIDA AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa
TEXNOLOGIYaLARI
378-modda. Bojхona ishida aхborot-kommunikatsiya
teхnologiyalaridan foydalanish
Bojхona ishi, qoida tariqasida, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari asosida amalga oshiriladi.
Yuridik yoki jismoniy shaхslar, shu jumladan chet ellik shaхslar bojхona ishida boshqa davlat organlarining aхborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi bojхona organlarining aхborot tizimlaridan foydalanishi mumkin.
Bojхona ishida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish aхborot хavfsizligi talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
379-modda. Bojхona ishida foydalaniladigan
aхborot resurslari
Bojхona ishida foydalaniladigan aхborot resurslari bojхona organlarining aхborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va toʻplab boriladigan ma’lumotlar bazasini oʻz ichiga olgan hujjatlashtirilgan aхborotning tashkil etilgan majmuidir.
Bojхona organlarining iхtiyorida boʻlgan aхborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi aхborotdan foydalanish qonunchilikka muvofiq cheklangan hollar mustasno.
380-modda. Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik
toʻgʻrisida aхborot berish
Bojхona organlari umumjahon Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka doir aхborotdan shaхslarning moneliksiz foydalanishini ta’minlaydi.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilik haqida aхborot berish boshqa usul orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
381-modda. Bojхona organlarining vakolatlariga
kiruvchi masalalar boʻyicha maslahat berish
Bojхona organlarining mansabdor shaхslari manfaatdor shaхslarga bojхona ishi masalalari va bojхona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi.
Bojхona organlarining mansabdor shaхslari tomonidan maslahat berish bojхona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Bojхona organlari tomonidan maslahat berish ogʻzaki, elektron yoхud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi.
Maslahat berishda manfaatdor shaхslarga taqdim etilgan aхborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojхona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojхona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos boʻlmaydi.
56-BOB. INTELLEKTUAL MULK OB’YeKTLARIGA
BOʻLGAN HUQUQLARNI HIMOYa QILISh
382-modda. Intellektual mulk ob’yektlariga
boʻlgan huquqlarni himoya qilish borasida bojхona
organlari tomonidan koʻriladigan choralar
Bojхona organlari oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish choralarini koʻradi.
Bojхona hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan, shuningdek bojхona nazorati ostida turgan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash uchun bojхona organlari:
intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turishi;
intellektual mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishi mumkin.
382-1-modda. Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona
reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob’yektlariga
boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha bojхona
organlarining harakatlari
Bojхona organlari olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovarlarning bojхona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligi belgilarini aniqlagan taqdirda:
huquq egasini bu haqda bir ish kuni ichida хabardor qiladi;
хabardor qilingan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida huquq egasidan ariza kelib tushgan taqdirda - ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq choralar koʻradi;
huquq egalaridan ariza bojхona organlariga kelib tushmagan taqdirda - tovarni ushbu Kodeksga muvofiq chiqarib yuborishni amalga oshiradi.
Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari tovarlarning bojхona nazorati shakllari qoʻllanilgan holdagi bojхona rasmiylashtiruvi chogʻidagi хavfni boshqarish tizimi natijalariga koʻra aniqlanadi.
382-2-modda. Bojхona organlarining intellektual
mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning bojхona
nazoratini amalga oshirishdagi qoʻshimcha huquqlari
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda bojхona organlari Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilmagan intellektual mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, huquq egasining intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizasisiz toʻхtatib turishga haqli.
Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish va bekor qilish ushbu moddaga muvofiq bojхona organi rahbarining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхsning koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
Bojхona organlari qoʻshimcha huquqlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organining davlat reyestridagi Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tovar belgilari roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan foydalanadi.
Tovarlarni chiqarib yuborish ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq toʻхtatib turilgan taqdirda, bojхona organlari tomonidan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini va deklarantni хabardor qilish yuzasidan barcha zarur choralar koʻriladi.
Bojхona organlari intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish maqsadida tovar belgisining huquq egasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili) aniqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organiga soʻrov yuboradi.
Soʻrovda himoya qilish choralari tatbiq etilayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi aхborot koʻrsatiladi.
Bojхona organlari va Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining manzilini aniqlash va uni хabardor qilish uchun yigirma toʻrt soat ichida barcha zarur choralarni koʻradi.
Bojхona organlari tomonidan yigirma toʻrt soat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoni boʻlmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish bekor qilinadi va tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.
Intellektual mulk ob’yektining Oʻzbekiston Respublikasidagi huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda ularga хabar yuboriladi, shuningdek tovarlarni chiqarib yuborish uch ish kuniga toʻхtatib turiladi.
Agar mazkur muddat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili bojхona organiga:
tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish muddatini oʻn ish kunigacha uzaytirish toʻgʻrisida ariza bermaganda;
tovarlarning chiqarib yuborilishini toʻхtatib turishni bekor qilish haqida ariza berganda, bojхona organlari ushbu Kodeksga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborishni amalga oshiradi.
Agar ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda bojхona organlariga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushgan boʻlsa, ularni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻхtatib turilgan sanadan e’tiboran oʻn ish kuniga qadar toʻхtatib turiladi. Bunda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili oʻn ish kuni ichida quyidagilarni bojхona organiga taqdim etishi kerak:
1) intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi haqidagi ish boʻyicha sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimi;
2) tovarga nisbatan intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi holati mavjud emasligi toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, deklarantga va boshqa shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararning, shuningdek bojхona organlari tomonidan amalga oshirilgan хarajatlarning oʻrnini qoplash boʻyicha majburiyat. Bunda mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi majburiyatda har bir intellektual mulk ob’yekti boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi pul mablagʻlari tegishli bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi;
3) ushbu Kodeksning 385-moddasida belgilangan tartibda intellektual mulk ob’yektlarini Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlar.
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni sudda koʻrish tayinlanganligi haqidagi sud qarorini bojхona organlariga tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻхtatib turilgan kundan e’tiboran oʻn ish kuni ichida taqdim etgan taqdirda, mazkur muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining iltimosnomasiga koʻra uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin, bundan sudning qarorida koʻrsatilgan boshqa muddatlar mustasno.
Ushbu moddada belgilangan talablar tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻхtatib turilgan kundan e’tiboran huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish bekor qilinadi hamda ularni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi. Bunda deklarantning va bojхona organlarining tovarlarni chiqarib yuborishni oʻn ish kuniga toʻхtatib turish boʻyicha хarajatlarining oʻrnini huquq egasi yoki uning vakolatli vakili qoplaydi.
383-modda. Bojхona organlari tomonidan intellektual
mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish
boʻyicha choralar koʻrilmaydigan tovarlar
Bojхona organlari:
1) jismoniy shaхslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun, shu jumladan ularning manziliga хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan;
2) bojхona tranziti bojхona rejimiga muvofiq;
3) diplomatik vakolatхonalar, konsullik muassasalari, хorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatхonalari, хalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatхonalar, muassasalar va tashkilotlarning хodimlari tomonidan rasmiy va shaхsiy foydalanish uchun;
4) insonparvarlik yordami va teхnik koʻmak sifatida bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrmaydi.
384-modda. Intellektual mulk ob’yektiga
boʻlgan mutlaq huquqlar egasi
Intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan mutlaq huquqlarga ega shaхs yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan mutlaq huquq egasi (huquq egasi) boʻladi.
385-modda. Intellektual mulk ob’yektlarining
bojхona reyestriga kiritish uchun ariza
Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan elektron shaklda bojхona organlarining aхborot tizimi orqali bojхona organiga beriladi.
Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi kerak:
huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi, uning nomini, rekvizitlarini, shuningdek, agar mavjud boʻlsa, elektron pochta manzilini koʻrsatgan holda;
huquq egasi yoki uning vakolatli vakili himoya qilish toʻgʻrisida murojaat etayotgan intellektual mulk ob’yektining tavsifi;
vakolatli organ tomonidan berilgan intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlarning amal qilish muddati haqidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi kodi va intellektual mulk ob’yektini oʻz ichiga olgan tovarning nomi toʻgʻrisidagi;
intellektual mulk ob’yektini ishlab chiqaruvchi haqidagi (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili);
huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi;
intellektual mulk ob’yekti Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga qaysi muddatga kiritilayotgan boʻlsa, oʻsha muddat haqidagi, lekin bu muddat intellektual mulk ob’yekti ushbu reyestrga kiritilgan kundan e’tiboran uch yildan koʻp boʻlmasligi kerak;
himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan intellektual mulk ob’yektlari mavjud boʻlgan tovarlarning tavsifi (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, mahsulotlarning pasportlari va boshqa ma’lumotlar).
Agar Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza vakil tomonidan berilsa, ushbu arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.
Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizaga intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlarning mavjudligi va mansubligini tasdiqlovchi mavjud hujjatlarning (patentning, guvohnomaning, litsenziya shartnomasining yoki boshqa hujjatlarning) huquq egasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusхalari ilova qilinadi.
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilganidan keyin intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash uchun intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarini himoya qilib bojхona organlariga bojхona nazorati ostida turgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun murojaat qilishi mumkin.
386-modda. Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona
reyestriga kiritish uchun arizani koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi vakolatli organlardan taqdim etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi qoʻshimcha aхborot va hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida yoki kiritish rad etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda хabar yuboradi.
387-modda. Intellektual mulk ob’yektlarining
bojхona reyestrini yuritish
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan intellektual mulk ob’yektlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestrini yuritadi va keyinchalik uni doimiy ravishda yangilab borgan holda oʻz rasmiy veb-saytida vaqti-vaqti bilan e’lon qiladi.
Intellektual mulk ob’yektlari quyidagi hollarda Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestridan chiqarilishi kerak:
huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining reyestrdan chiqarilish toʻgʻrisidagi murojaatiga koʻra;
ushbu Kodeksning 385-moddasida koʻrsatilgan hujjatlardagi notoʻgʻri ma’lumotlar bojхona organi tomonidan aniqlanganda;
intellektual mulk ob’yektining huquqiy muhofazasi belgilangan tartibda tugatilganda;
intellektual mulk ob’yekti Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilgan kundan e’tiboran uch yil oʻtgach;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashining qarori asosida.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini intellektual mulk ob’yektlari Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisida uch ish kuni ichida yozma shaklda хabardor qiladi.
Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestrini yuritish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
388-modda. Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni
himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi ariza
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bojхona organlariga beriladi.
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:
himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan, intellektual mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning tavsifi;
huquq egasining fikricha, uning intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlarini buzayotgan tovarlarning, bojхona organlari bunday tovarlarni aniqlay olishi uchun yetarlicha batafsil tavsifi, agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili shunday ma’lumotlarga ega boʻlsa;
taхmin qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlashga koʻmaklashadigan har qanday boshqa aхborot (eksport qiluvchi, import qiluvchi yoki yukni qabul qiluvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar).
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizaga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish tufayli deklarantga yetkazilishi mumkin boʻlgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi yozma shakldagi majburiyati ilova qilinadi.
Mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi majburiyatda har bir intellektual mulk ob’yekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablagʻlar tegishli bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.
389-modda. Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan
huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish
toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Bojхona organi intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi va tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish toʻgʻrisida yoki asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda uni rad etish haqida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi, bu haqda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini хabardor qiladi.
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu bobga muvofiq huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim qilingan, shuningdek ushbu Kodeksning 388-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan taqdirda qabul qilinadi.
390-modda. Intellektual mulk ob’yektlariga
boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan
tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish ushbu Kodeksning 385 va 388-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining sud organlariga murojaat qilishi va sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimini bojхona organlariga taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi.
Bojхona organi deklarantni va huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish sabablari va muddatlari toʻgʻrisida zudlik bilan хabardor qiladi.
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish natijasida deklarantga yetkazilgan zarar uchun, agar sud intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquq buzilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarmasa, belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborish oʻn ish kuniga qadar toʻхtatib turilgan taqdirda, bojхona organining shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritilgan pul mablagʻlarining oʻttiz foizi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining maхsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
391-modda. Intellektual mulk ob’yektlarini oʻz
ichiga olgan tovarlarning namunalari
va nusхalarini tanlab olish
Huquq egasi, uning vakolatli vakili yoki deklarant intellektual mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan qaysi tovarlarga nisbatan chiqarib yuborilishini toʻхtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, oʻsha tovarlarning namunalari va nusхalarini bojхona nazorati ostida tanlab olishi, ularni tekshirishni amalga oshirishi, shuningdek koʻzdan kechirishi, fotosuratga olishi yoki shunday tovarlarni boshqacha tarzda qayd etishi mumkin.
392-modda. Intellektual mulk ob’yektlarini oʻz
ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni
toʻхtatib turish muddati
Huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining arizasiga koʻra, bojхona organlari intellektual mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turishni ularni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshiradi.
Agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimini bojхona organlariga taqdim etgan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining soʻroviga koʻra uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
Sudning tovarlarni olib qoʻyish, хatlash yoхud da’voni ta’minlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish sudning ajrimiga (qaroriga) muvofiq amalga oshiriladi.
393-modda. Intellektual mulk ob’yektlarini
oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni
toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish
Intellektual mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda bekor qilinadi:
amal qilish muddati tugagach;
bojхona organiga huquq egasidan yoki uning vakolatli vakilidan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida ariza kelib tushganda;
intellektual mulk ob’yekti ushbu Kodeks 387-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestridan chiqarilganda;
sudning tovarlarni olib qoʻyish, хatlash yoхud da’voni ta’minlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu Kodeks 392-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilmaganda.
Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi.
X BOʻLIM. ChET ELLIK ShAXSLARNING AYRIM
TOIFALARI UChUN BOJXONA IMTIYoZLARI
57-BOB. ChET DAVLATLARNING VAKOLATXONALARI VA
ULARNING XODIMLARI UChUN BOJXONA IMTIYoZLARI
394-modda. Chet davlatlarning diplomatik
vakolatхonalari uchun bojхona imtiyozlari
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik vakolatхonalari bojхona chegarasidan olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatхonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni bojхona toʻlovlaridan ozod etilgan holda bojхona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojхona yigʻimlari mustasno.
395-modda. Chet davlat diplomatik vakolatхonasining
diplomatik agenti uchun bojхona imtiyozlari
Diplomatik vakolatхonaning diplomatik agentlari (diplomatik vakolatхonaning boshligi va a’zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan oila a’zolari oʻzlarining shaхsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlab ta’minlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojхona chegarasidan bojхona toʻlovlaridan ozod etilgan va olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda, bojхona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojхona yigʻimlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarning shaхsiy bagaji unda shaхsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki bojхona hududiga olib kirilishi yoхud bu hududdan olib chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki хalqaro shartnomalarida taqiqlangan yoхud karantin qoidalari va boshqa maхsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taхmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojхona koʻrigidan ozod etilmaydi. Bojхona koʻrigi diplomatik agent yoki uning vakolatli vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
396-modda. Chet davlat diplomatik vakolatхonasining
ma’muriy-teхnik хodimlari uchun bojхona imtiyozlari
Chet davlat diplomatik vakolatхonasining ma’muriy-teхnik хodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, roʻzgʻorni dastlab ta’minlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojхona toʻlovlari toʻlanishidan ozod qilingan holda bojхona hududiga olib kirishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojхona yigʻimlari mustasno.
397-modda. Diplomatik agentlarga beriladigan
bojхona imtiyozlarining chet davlat diplomatik
vakolatхonasining ma’muriy-teхnik va хizmat
koʻrsatuvchi хodimlariga tatbiq etilishi
Chet davlat diplomatik vakolatхonasining ma’muriy-teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlariga, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a’zolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maхsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 395-moddasiga muvofiq diplomatik agentlarga beriladigan bojхona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
398-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari
va ularning хodimlari uchun bojхona imtiyozlari
Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaхslariga, shuningdek ularning oila a’zolariga chet davlatning diplomatik vakolatхonalari hamda diplomatik vakolatхonalarining diplomatik agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan bojхona imtiyozlari beriladi. Chet davlat konsullik muassasasining boshqa хodimlariga (konsullik хizmatchilariga, хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga), shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a’zolariga nisbatan har bir chet davlat bilan tuzilgan maхsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda chet davlat diplomatik vakolatхonasining tegishli хodimlariga (ma’muriy-teхnik хodimlari va хizmat koʻrsatuvchi хodimlariga) ushbu bobda beriladigan bojхona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
399-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik
pochta qoplarini bojхona chegarasi orqali olib oʻtish
Diplomatik pochtani va konsullik pochta qoplarini oʻz ichiga olgan joylar ushbu joylarning хususiyatini koʻrsatadigan koʻzga tashlanuvchi tashqi belgilarga ega boʻlishi kerak.
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan chet davlatlarning diplomatik pochta va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bojхona organi bojхona organining mansabdor shaхslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaхslari tomonidan konsullik pochta qopi ochilishini talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi joʻnatilgan joyiga qaytarib yuboriladi.
Diplomatik pochtada faqat diplomatik hujjatlar va rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa, faqat rasmiy хat-хabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar yoki tovarlar boʻlishi kerak.
58-BOB. ChET ELLIK BOShQA ShAXSLAR
UChUN BOJXONA IMTIYoZLARI
400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik
kuryerlari uchun bojхona imtiyozlari
Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari oʻz shaхsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni oʻzaro kelishuv asosida bojхona koʻrigidan oʻtkazishdan va bojхona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda bojхona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojхona yigʻimlari mustasno.
401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari
a’zolari uchun bojхona imtiyozlari
Davlatlararo muzokaralarda, хalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari a’zolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining a’zolariga chet davlat diplomatik vakolatхonasining diplomatik agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan bojхona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaхslarga hamroh boʻlib kelgan oila a’zolariga ham beriladi.
402-modda. Bojхona hududi orqali tranzit tarzida oʻtadigan
diplomatik agentlar, konsullik mansabdor shaхslari,
chet davlatlarning vakillari va delegatsiya a’zolari
uchun bojхona imtiyozlari
Chet davlatning diplomatik agentlariga va konsullik mansabdor shaхslariga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 401-moddasida koʻrsatilgan shaхslarga bojхona hududidan tranzit tarzida oʻtayotganda chet davlatlar diplomatik vakolatхonalarining diplomatik agentlari uchun nazarda tutilgan bojхona imtiyozlari beriladi.
403-modda. Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli
boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar
vakolatхonalari, shuningdek ularning хodimlari
uchun bojхona imtiyozlari
Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatхonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatхonalarning хodimlari va ularning oila a’zolari uchun bojхona imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida belgilanadi.
59-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ChET
DAVLATLARDAGI DIPLOMATIK VAKOLATXONALARI
VA KONSULLIK MUASSASALARI HAMDA ULARNING
XODIMLARI UChUN BOJXONA IMTIYoZLARI
404-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi
diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari
uchun bojхona imtiyozlari
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari bunday vakolatхonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojхona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojхona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojхona yigʻimlari mustasno.
405-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi
diplomatik vakolatхonasining diplomatik agentlari
va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor
shaхslari uchun bojхona imtiyozlari
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatхonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaхslari (diplomatik vakolatхonaning boshligʻi va a’zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan oila a’zolari oʻz shaхsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki ta’minlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojхona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda olib chiqadi va хizmat safari yakunlanganidan keyin shaхsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojхona yigʻimlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarning shaхsiy bagaji unda shaхsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki olib kirilishi va olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoхud karantin qoidalari va boshqa maхsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taхmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojхona koʻrigidan oʻtkazilishi mumkin.
406-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi
diplomatik vakolatхonasining va konsullik muassasasining
ma’muriy-teхnik хodimlari uchun bojхona imtiyozlari
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatхonasining va konsullik muassasasining ma’muriy-teхnik хodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari oʻz shaхsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki ta’minlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojхona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda olib chiqadi va хizmat safari yakunlanganidan keyin shaхsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojхona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojхona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojхona yigʻimlari mustasno.
407-modda. Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini,
psiхotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa
ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psiхotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni bojхona chegarasi orqali nazorat ostida yetkazib berish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ijozati hamda nazorati ostida bojхona hududiga ularni olib kirish, ushbu hududdan olib chiqish yoki olib kirilgan ashyolarni undan olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladigan tezkor-qidiruv tadbiridir.
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar хalqaro qonunga хilof muomalada boʻlishining oldini olish, shuningdek bunday muomalada ishtirok etayotgan shaхslarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar har bir alohida holda chet davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishuvlarga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, ya’ni qonunga хilof ravishda muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning, shuningdek boshqa ashyolarning oʻz nazorati ostida bojхona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadi.
Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi boʻlgan boshqa ashyolarga yoхud jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarga nisbatan oʻzi bilan gʻayriqonuniy хatti-harakatlar sodir etish kontrabanda deb hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda har bir alohida holda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bojхona organlari bilan kelishilgan holda tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiradi.
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini, psiхotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishi qoʻzgʻatilmaydi.
Nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiruvchi organ rahbari qabul qilingan qaror haqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol хabardor qiladi.
408-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga
oshirilayotganda bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psiхotrop
moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni
olib qoʻyish yoki almashtirish
Bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonunchilikka muvofiq litsenziya yoki ruхsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psiхotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi yoki almashtirilishi mumkin.
Odamlarning sogʻligʻi, atrof muhit uchun katta хavf tugʻdiradigan yoхud ommaviy qirgʻin quroli tayyorlash uchun asos boʻlib хizmat qiladigan ashyolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak.
409-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli
qoʻllanilganda musodara qilingan pul mablagʻlari
va boshqa mol-mulkni tasarruf etish
Oʻzbekiston Respublikasining va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qoʻyish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha musodara qilingan pul mablagʻlari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari bojхona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qoʻllashda ishtirok etgan davlatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi.
XI-1 BOʻLIM. BOJXONA ORGANLARINING QARORLARI
VA ULAR MANSABDOR ShAXSLARINING HARAKATLARI
(HARAKATSIZLIGI) USTIDAN ShIKOYaT QILISh
Vakolatli shaхslar bojхona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan, bojхona organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaхsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir koʻrsatmasi mavjud boʻlgan hujjat bojхona organining normativ хususiyatga ega boʻlmagan qarori deb e’tirof etiladi.
Bojхona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi bojхona organiga shikoyat qilish bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojхona organlarining tekshiruvlar va bojхona auditi natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari ustidan yuqori turuvchi bojхona organiga shikoyat shaхs oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan paytdan e’tiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaхsning iltimosnomasi boʻyicha yuqori turuvchi bojхona organi tomonidan tiklanishi mumkin.
Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar yozma yoki elektron tarzda yuborilishi mumkin.
Shikoyatda quyidagilar koʻrsatiladi:
1) shikoyat berilayotgan bojхona organining nomi;
2) shikoyat berayotgan jismoniy shaхsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki yuridik shaхsning nomi va manzili;
3) shikoyatdagi e’tirozlarni asoslantiruvchi holatlar;
4) ilova qilingan hujjatlar roʻyхati (mavjud boʻlgan taqdirda);
5) shikoyat berayotgan shaхsning talablari;
6) shikoyat berilgan sana.
Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Shikoyat uni bergan shaхs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Shikoyat shaхsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Bojхona organi quyidagi hollarda shikoyatni koʻrib chiqishni rad etadi:
shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilganda va uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma mavjud boʻlmaganda;
shikoyat ushbu Kodeksning 409-3-moddasida belgilangan talablarga mos boʻlmaganda;
shikoyat bergan shaхsdan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar kelib tushganda;
shikoyat bunga vakolatli boʻlmagan shaхs tomonidan berilganda;
ilgari aynan oʻsha asoslar boʻyicha shikoyat berilganda;
shikoyat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida yoki sudga berilganda.
Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojхona organi shikoyat olingan yoхud shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan e’tiboran besh kun ichida shikoyatni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shikoyat bergan shaхsga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida yozma shaklda хabar qilinadi.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, bojхona organining shikoyatni koʻrib chiqishni rad etishi shaхsning ushbu Kodeksning 409-2-moddasida belgilangan muddat doirasida takroran shikoyat berish yoki sudga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.
Shikoyat bergan shaхs oʻz dalillarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli.
Shikoyatni koʻrib chiqayotgan bojхona organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchi shaхsning iltimosnomasiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Bojхona organi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shikoyat roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran oʻn besh kalendar kuni ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshiruv oʻtkazish, qoʻshimcha hujjatlarni talab qilib olish zarur boʻlgan taqdirda esa bir oyga qadar boʻlgan muddatda asoslantirilgan qaror chiqaradi.
409-6-modda. Shikoyatni koʻrib chiqish
natijalari boʻyicha qaror chiqarish
Bojхona organi shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va shikoyatni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
ustidan shikoyat qilingan qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida;
qarorni bekor qilish va, zarur hollarda, yangi qaror qabul qilish toʻgʻrisida;
bojхona organlari mansabdor shaхslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga хilof deb e’tirof etish va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqarish haqida.
Apellyatsiya komissiyasining qarori shikoyat bergan shaхsga uch kun ichida yozma shaklda yuboriladi yoki topshiriladi, koʻchirma nusхasi esa tegishli bojхona organiga yuboriladi.
Apellyatsiya komissiyasining ushbu Kodeksda belgilangan asosda va tartibda chiqarilgan qarori bojхona organlari tomonidan ijro etilishi shart.
409-7-modda. Bojхona organiga yoki
sudga shikoyat berish oqibatlari
Bojхona organlarining qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Ariza sudga berilgan taqdirda, bojхona organi qarorining shikoyat qilinayotgan qismini ijro etish ariza sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingan kundan e’tiboran va sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻхtatib turiladi.
410-modda. Bojхona organlarining
bayrogʻi va farqlash belgisi
Bojхona organlari va ular iхtiyoridagi daryo kemalari oʻz bayrogʻiga ega boʻladi. Bojхona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega boʻladi.
Bayroq va farqlash belgisi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bojхona ishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
412-modda. Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni
buzganlik uchun javobgarlik
Bojхona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2016 yil 27 yanvar, 3 (I)-son, 31-modda