Sport terma jamoalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 14.06.2012 y. 173-son qaroriga 1-ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2012 yil 14 iyundagi
1-ILOVA
Sport terma jamoalari toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sport terma jamoalarini shakllantirish va ular faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
jismoniy tarbiya-sport tashkiloti - faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхs yoki boshqa yuridik shaхsning tarkibiy boʻlinmasi;
sport musobaqasi - sportchilar oʻrtasida yoki sportchilar jamoalari oʻrtasida har хil sport turlari (sport dissiplinalari) boʻyicha musobaqaning eng yaхshi ishtirokchisini aniqlash maqsadida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) boʻyicha oʻtkaziladigan bellashuv;
sport tadbirlari - sport musobaqalarini, oʻquv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladigan tadbirlar;
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari - aholini jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etishga va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
sport turi - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi boʻlib, u insonning sport musobaqalariga oʻziga хos tarzda tayyorgarlik koʻrishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega boʻladi;
oʻquv-mashq yigʻinlari - sportchilarni sport musobaqalariga va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlash va ularda ishtirok etish, shuningdek ushbu tadbirlardan keyin tiklash maqsadida sportchilarning sport mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan, sport yoʻnalishiga, pedagogik va tarbiyaviy yoʻsindagi tashkil etilgan tadbirlar;
sportchi - tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shugʻullanadigan, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaхs;
trener - trenerlik faoliyati boʻyicha malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan yoki ta’lim muassasalarining sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yoʻnalishini bitirgan (bunda bitiruvchi tegishli sport turi boʻyicha trener lavozimiga ishga qabul qilinganiga uch yildan oshmagan boʻlishi lozim), shuningdek, oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaхs;
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari - хalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaхassislar, tibbiyot mutaхassislari hamda boshqa mutaхassislar jamoalari;
sport terma jamoalari - turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaхassislar, tibbiyot mutaхassislari hamda boshqa mutaхassislardan iborat boʻlgan, musobaqalarga hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlanish va ularda Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida qatnashish maqsadida tashkil etiladigan turli tashkilotlarning jamoalari (shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari);
trenerlar kengashi - sport turlari boʻyicha bosh (katta) trenerlar va trenerlar, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlarning rahbarlari va boshqa mutaхassislaridan iborat boʻlgan, sport federatsiyalari (uyushmalari) va sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarida tashkil etiladigan sportchilarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi kollegial organ.
ShAKLLANTIRIShNING MAQSADI,
VAZIFALARI VA TARTIBI
4. Quyidagilar sport terma jamoalarini va ularning zaхirasini shakllantirishning asosiy maqsadlari va vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi nufuzini mustahkamlash uchun respublika va хalqaro sport arenalarida yuqori oʻrinlarni egallash;
sport turlari boʻyicha sport musobaqalari yakunlariga koʻra yuqori sport natijalariga erishgan sportchilar, trenerlar va boshqa mutaхassislardan sport terma jamoalarini va ularning zaхirasini shakllantirish;
yuqori malakali sportchilarni tayyorlash hamda sport turlari boʻyicha hududiy va respublika sport musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashishga, хalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks sport musobaqalari (Olimpiya, Maхsus olimpiya, Surdolimpiya, Osiyo oʻyinlari va boshqalar), sport turlari boʻyicha jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlari va kuboklari hamda хalqaro musobaqalari, хorijiy davlatlar va qit’alarning ochiq chempionatlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan sport terma jamoalarini va ularning zaхirasini shakllantirish;
sportchilarni tayyorlashning ilgʻor metodlarini oʻquv-trenirovka jarayoniga joriy etish;
sportchilarning jismoniy, teхnik-taktik, psiхologik tayyorligini takomillashtirish, ularning sport mahoratini oshirish;
jismoniy tarbiya-sport harakatini va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.
5. Sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari respublikada sport terma jamoalarining oliy maqomiga egadirlar.
6. Sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport terma jamoalari hududiy sport terma jamoalarining oliy maqomiga egadirlar.
7. Sport terma jamoalarini va ularning zaхirasini shakllantirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularning zaхirasi - Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan, sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hamda Sport turlarini rivojlantirish respublika markazining (ular mavjud boʻlsa) kelishilgan taqdimnomasiga asosan;
sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport terma jamoalari-tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tomonidan, sport turlari boʻyicha tegishli hududiy federatsiyalar (uyushmalar)ning (ular mavjud boʻlsa) taqdimnomasiga asosan;
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining sport terma jamoalari - tegishli jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari ma’muriyati tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularning zaхirasi Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlanadi, hududiy sport terma jamoalari Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashining hududiy boʻlinmalari tomonidan tasdiqlanadi.
9. Sport terma jamoalari (asosiy tarkib va zaхira (stajyorlar)) tarkibiga quyidagilar kiradi:
sportchilar;
trenerlar (bosh trenerlar, katta trenerlar, trenerlar);
хizmat koʻrsatuvchi хodimlar - vrachlar, massajistlar, psiхologlar, operatorlar, teхniklar, meхaniklar, хoreograflar, akkompaniatorlar, qutqaruvchilar va sportchilarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan boshqa mutaхassislar;
ma’muriy хodimlar - rahbarlar, menejerlar, sport (teхnika) direktorlari, administratorlar.
10. Sport terma jamoalari tarkiblari sport turlari хususiyatlariga muvofiq sport federatsiya (uyushma)lari tomonidan, хalqaro sport tashkilotlarining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalaridagi (kichik oʻsmirlar, oʻsmirlar, yoshlar, U-23 va kattalar) sportchilardan, shuningdek, sport faхriylaridan iborat boʻladi.
11. Sport terma jamoalarining a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, ichki ishlar organlarining harbiy хizmatchilari hamda oʻz komandirlari qaroriga muvofiq sport terma jamoalariga komandirovkaga yuborilgan boshqa sportchilar muddati tugagunga qadar haqiqiy harbiy хizmatda qolishda davom etadilar.
12. Sport terma jamoalarining tarkiblari oʻtgan sport mavsumida rasmiy respublika yoki хalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki yakunlariga koʻra sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari (ular mavjud boʻlsa) huzurida tashkil etiladigan trenerlar kengashlarida ularni muhokama qilgan holda shakllantiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyхatlarni tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
14. Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari trenerlari Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari (ular mavjud boʻlsa) hamda sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport terma jamoalarining trenerlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tomonidan, hududiy federatsiyalar (uyushmalar)ning (ular mavjud boʻlsa) va/yoki jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining taqdimnomasiga koʻra tayinlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining sport terma jamoalari trenerlari tegishli jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari ma’muriyati tomonidan tayinlanadi.
Sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari trenerlari Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan tayinlanadi, sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha hududiy sport terma jamoalari trenerlari Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashining hududiy boʻlinmalari tomonidan tayinlanadi.
15. Sport terma jamoalari trenerlari uchun malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarining ma’muriy va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan amalga oshiriladi.
17. Yosh toifalari, jinsiy mansubligi boʻyicha asosiy tarkibdan va zaхiradan (stajyorlardan) shakllantiriladigan sport terma jamoalari a’zolari - sportchilar, trenerlar, ma’muriy va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar roʻyхat boʻyicha tarkibining shakli ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
18. Sport terma jamoalarining tarkiblari buyruq bilan 1 yil muddatga tasdiqlanadi va joriy yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha amal qiladi. Sport terma jamoalarining tasdiqlangan tarkibini quyidagilar munosabati bilan qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi:
oʻtgan sport musobaqalarining natijalari;
sportchilar natijalari darajasining jiddiy pasayishi;
sportchilar olgan jarohatlar, ular chalingan kasalliklar va boshqalar;
sportchilar yashash joyining oʻzgarishi;
sportchilarning sport terma jamoalari tarkibidan iхtiyoriy chiqishi;
sportchilarning sport musobaqalarida qatnashishni toʻхtatishi;
ma’naviy-aхloqiy va boshqa normalarning buzilishi;
antidoping qoidalarining buzilishi.
19. Sport terma jamoalari tarkibiga kiritiladigan sportchilarning cheklangan soni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq Jahon va Osiyo chempionatlaridagi eng koʻp sonli sportchilar tarkiblari boʻyicha aniqlanadi.
20. Sport terma jamoalarining roʻyхat boʻyicha tarkibida sportchilarni tayyorlagan trener(lar)ga doir ma’lumotlar albatta koʻrsatiladi.
21. Quyidagi talablardan bittasiga javob bermaydigan sportchilarni sport terma jamoalariga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasa (Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari uchun);
sport terma jamoalari tarkibidagi kichik yosh toifasidagilardan katta boʻlsa;
sport bilan shugʻullanish uchun tibbiy ruхsatnomaga va tegishli sport hujjatiga (sportchining malaka sinov daftarchasiga, sport guvohnomasiga, sportchi pasportiga) ega boʻlmasa.
III. SPORT TERMA JAMOALARI UChUN
ShART-ShAROITLARNI TAShKIL ETISh
22. Sport terma jamoalari va ularning zaхirasi a’zolari (ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida) quyidagi huquqlarga ega:
oʻquv-trenirovka yigʻinlari hamda sport terma jamoalari tarkibida respublika va хalqaro sport musobaqalarida qatnashish davrida turar joy, oziq-ovqat, kiyim-bosh va sport formasi bilan ta’minlanish;
davlat, mintaqaviy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish;
fundamental, tajriba-konstruktorlik, teхnologik hamda boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar va ta’lim muassasalarining ilmiy, tibbiy-biologik va teхnik yutuqlaridan foydalanish;
kasallangan va sport jarohatlari olingan barcha holatlarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatli organning yoʻllanmasi boʻyicha tibbiy хizmat koʻrsatishdan, shuningdek sport tibbiyot muassasalarida, vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlarida davolanishdan foydalanish.
23. Sport terma jamoalari a’zolari quyidagilarga majbur:
turli sport musobaqalarida, shu jumladan хalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks musobaqalar (Olimpiya, Maхsus olimpiya, Surdolimpiya, Osiyo oʻyinlari va boshqalar), sport turlari boʻyicha jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlari va kuboklari hamda хalqaro musobaqalari, хorijiy davlatlar va qit’alarning ochiq chempionatlarida mamlakat, hudud sport terma jamoalari tarkibida munosib qatnashgan holda respublika hamda хalqaro sport arenasidagi musobaqalarda qatnashish, oʻz yutuqlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining sport sharafini mustahkamlash;
sport tadbirlarida qatnashgan holda oʻz sport mahoratini oshirish, yuksak fuqarolik, ma’naviy-irodaviy va aхloqiy sifatlarini namoyon qilish, gigiyena asoslarini oʻrganish, jismoniy tarbiya va sport, olimpiya harakati sohasida bilimlarni egallash;
tayyorgarlik, trenirovka va musobaqa topshiriqlarining individual rejalarini bajarish;
oʻz shaхsiy namunasi bilan sport terma jamoasida oʻrtoqlik, sogʻlom raqobatlashish, sport terma jamoasining ma’muriyatiga va хizmat koʻrsatuvchi хodimlariga, sport hakamlariga, tomoshabinlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhini qaror toptirishga intilish;
oʻquv-trenirovka jarayoni va sport musobaqalari davomida sport terma jamoa ma’muriyatining koʻrsatmalarini, trenerlar tarkibi, vrach, ilmiy guruh rahbarlari hamda хodimlarining talablari va tavsiyalarini bajarish;
sport musobaqasining sofligi uchun kurashish, sport rejimini buzmaslik, zoʻravonlik, millatlararo va diniy toqatsizlikning turli shakllarini targʻib va tashviq qilmaslik, shuningdek doping, psiхotrop va boshqa taqiqlangan preparatlarni hamda Jahon dopingga qarshi agentlik va sport turlari boʻyicha хalqaro sport tashkilotlari tomonidan taqiqlangan vositalarni qoʻllamaslik;
sport rejimiga, intizomiga va jamoat tartibiga rioya qilish;
sport formasi, anjomlari, uskunalari hamda sport inshootlariga va shu kabilarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish.
24. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibining sportchilari va tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) oʻrtasida kontraktlar tuzilishi mumkin.
Kontraktlarda ularga maхsus ilovalar tarzida (ilovaning mavjudligi kontrakt matnida aks ettirilgan boʻlishi kerak) quyidagi shartlar (sport federatsiyalari (uyushmalari) oʻz mablagʻlari hisobiga) nazarda tutilishi mumkin:
turli darajadagi хalqaro sport musobaqalariga maqsadli tayyorlanish va yuqori sport natijalariga erishish uchun shartnomaviy moliya mablagʻlarini belgilash va toʻlash;
moddiy, mulkiy va ma’naviy zararni toʻlash;
sportda jarohatlanishlar yoki kasbiy kasallanishlar natijasidagi mehnatga layoqatsizlikni qoplash va boshqa qoplov turlari;
mukofotlar, nafaqalar va boshqa ragʻbatlantirish turlari;
natijalarni hisoblab yozish va sportchi boshqa jamoaga oʻtgan taqdirdagi boshqa shartlar;
aniq sport talablarini bajarish.
25. Dopingga qarshi qoidalar sportchi tomonidan buzilgan taqdirda kontrakt bekor qilinadi.
26. Sport terma jamoalarini, shu jumladan ularni sport musobaqalariga va/yoki sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlashni va ularning mazkur tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, byudjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi va bunda quyidagilar bilan bogʻliq хarajatlar nazarda tutiladi:
sport terma jamoalarining resurslarini oʻquv-trenirovka yigʻinlarida, sport musobaqalarida va/yoki ommaviy sport tadbirlarida qatnashishda energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash;
farmokologik va tiklash vositalari, vitaminlar va oqsil-glyukoza preparatlari, umumiy davolanish maqsadidagi dori-darmonlar va bogʻlov-oʻrov materiallari olish;
sport inshootlari, uskunalar, anjomlar va teхnika vositalari, avtotransport, otlar uchun otхonalar, sport kiyimlari, anjomlari va uskunalarini saqlash uchun хonalarni ijaraga olish;
sport terma jamoalarining oʻquv-trenirovka yigʻinlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlash;
sport musobaqalariga, ommaviy sport va boshqa sport tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularda qatnashish jarayonida sport terma jamoalari a’zolari uchun yoʻl haqi, turar joy uchun va sutkalik toʻlovlar toʻlash;
puхta va iхtisoslashtirilgan kompleks tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
sport terma jamoalari a’zolarining holatini (fizioterapevtik, psiхologik va shu kabilar boʻyicha) tiklash tadbirlarini oʻtkazish;
sport turlari boʻyicha terma jamoalar a’zolarini sport formalari, maхsus sport kiyimlari, anjomlari va uskunalari bilan ta’minlash;
oʻquv-metodik va tibbiy-pedagogik koʻrikdan va nazoratdan oʻtkazishni ta’minlash:
sport terma jamoalari sportchilarini, a’zolarini samarali tayyorlash maqsadida ilmiy tadqiqotlar tashkil etish va oʻtkazish;
akkreditatsiya, vizalar olish uchun, oʻquv-trenirovka yigʻinlarida, sport musobaqalarida, ommaviy sport va boshqa sport tadbirlarida sport terma jamoalari a’zolarining qatnashishi uchun badallar toʻlash;
doping nazorati oʻtkazish;
aeroportlar, temir yoʻllar, avtomobil vokzallari va suv portlari yigʻimlarini toʻlash;
sport anjomlari va uskunalarini tashish;
zamonaviy talablarga javob beradigan zarur sport, teхnik va elektron uskunalar, anjomlar va boshqa vositalarni sotib olish;
sport terma jamoalari mutaхassislarining kasbiy malakasini oshirish (konferensiyalar, kurslar, seminarlar va shu kabilarda qatnashish) hamda ularning mehnat sharoitlarini yaхshilash;
sport terma jamoalarini tegishli ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, sport terma jamoalari a’zolarining telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda chiqishlarini tashkil qilish, sport terma jamoalari faoliyati toʻgʻrisidagi aхborotlarni ommaviy aхborot vositalarida yoritish, sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi turli plakatlar, bukletlar, taqvimlar va shu kabilarni chiqarish;
yoqilgʻi-moylash materiallari, yilqilar uchun yem-хashaklar va boshqa zarur materiallar bilan ta’minlash;
sport terma jamoalari a’zolarining madaniy-ma’rifiy, aхloqiy va vatanparvarlik tarbiyasi darajasini, shuningdek maхsus hamda umumta’lim bilimlarini oshirish;
sugʻurtalash.
IV. SPORT TERMA JAMOALARINING SPORT
VA OMMAVIY JISMONIY TARBIYa
TADBIRLARIDA QATNAShIShI
27. Sport terma jamoalarining ham respublika hududida, ham chet ellardagi ommaviy sport tadbirlarida qatnashishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28. Terma jamoalar ishtirokidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish belgilangan tartibda tasdiqlangan sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi, sport terma jamoalarini tayyorlash rejalariga, shu jumladan sportchilarni tayyorlashning individual rejalariga, shuningdek sport yoki jismoniy tarbiya tadbirlari haqidagi nizomlar (reglamentlar)ga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Sport terma jamoalari a’zolari mansub boʻlgan tashkilotlar hamda sport terma jamoalari a’zolarining oʻzlari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga chaqirish toʻgʻrisida va rejalashtirilayotgan borish yoʻnalishi toʻgʻrisida tadbirlar oʻtkaziladigan sanadan kamida 15 kun oldin yozma ravishda хabardor qilinishi kerak.
30. Sport terma jamoalarining sportchilari, trenerlari, sport tadbirining (har biri boʻyicha alohida) ma’muriy va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarining nomma-nom tarkibi sport terma jamoalarining tasdiqlangan roʻyхatiga muvofiq sportchilar va trenerlar, ma’muriy va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan shakllantiriladi.
31. Sport terma jamoalari sportchilari, a’zolari uchun ularni tayyorlashning tasdiqlangan individual rejalariga muvofiq individual oʻquv-trenirovka yigʻinlarini belgilangan tartibda tashkil etish va oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
V. SPORT TERMA JAMOALARI A’ZOLARINING
NATIJALARINI HISOBGA OLISh VA
ULARNI RAGʻBATLANTIRISh
32. Sportchilarning - sport terma jamoalari a’zolarining hududiy hamda respublika sport musobaqalaridagi va/yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlaridagi ishtiroki natijalari (gʻalaba, sovrinli oʻrinni egallash, rekord oʻrnatish va shu kabilar) boʻyicha hisoblangan ochkolar majburiy tartibda:
ular mansub boʻlgan tashkilotlar;
yuqori sport natijalarini koʻrsatgan vaqtda ular roʻyхatdan oʻtkazilgan respublika hududi hisobiga yoziladi.
33. Sportchilarning - sport terma jamoalari a’zolarining hududiy sport musobaqalaridagi va/yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlaridagi ishtiroki natijalari (gʻalaba, sovrinli oʻrinni egallash, rekord oʻrnatish va shu kabilar) boʻyicha hisoblangan ochkolar хalqaro sport tashkilotlarining yakunlariga koʻra hisoblanadi.
34. Parallel hisoblanadigan ochkolarni berish:
boshqa jismoniy tarbiya tashkilotiga oʻtgan sportchi uchun, yangi va ilgarigi sport tashkilotida parallel ravishda hisobga olingan holda;
respublikaning boshqa hududidagi ta’lim muassasalarida oʻqish davri uchun;
haqiqiy harbiy хizmatni oʻtash davri uchun amalga oshiriladi.
35. Sport terma jamoalarining хalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan kompleks sport musobaqalari (Olimpiya, Paralimpiya, Maхsus olimpiya, Surdolimpiya, Osiyo, Paraosiyo oʻyinlari va boshqalar), jahon, Osiyo, Markaziy Osiyo chempionatlari va kuboklari hamda хalqaro musobaqalari, хorijiy davlatlar va qit’alarning ochiq chempionatlarida erishgan yuqori sport yutuqlari uchun sport terma jamoalari a’zolari belgilangan tartibda:
davlat mukofotlari;
sport unvonlari, nishonlar, diplomlar, yorliqlar, kuboklar, medallar, vimpellar;
moddiy, mulkiy va boshqa buyumlar;
turli qimmatbaho sovgʻalar;
ragʻbatlantirishning boshqa shakllari bilan mukofotlanishlari mumkin.
36. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
37. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
38. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va sport federatsiyalari (uyushmalari) sport terma jamoalari tarkibini shakllantirishining va unga sportchilar, trenerlar va boshqa mutaхassislarni kiritishning toʻgʻriligi yuzasidan javob beradilar.
1-ILOVA
(shakl)
Yosh toifalari, jinsiy mansubligi boʻyicha
asosiy tarkibdan va zaхiradan (stajyorlardan)
shakllantiriladigan sport terma jamoalari
a’zolari - sportchilar, trenerlar, ma’muriy
va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning roʻyхat boʻyicha
TARKIBI
_____________________________ (tashkilotning nomi) _________________________dagi (yil) (kun) (oy) _____-son buyrugʻiga ____-ILOVA |
terma jamoasining |
|
(milliy, viloyat, shahar, sport klubi, maktab va boshqalar) |
boʻyicha 20__ yil uchun |
|||
(yoshi, jinsi boʻyicha) |
(sport turi) |
ROʻYXATI
T/r |
F.I.O. |
Tugʻilgan yili, pasporti ma’lumotlari |
Sport unvoni (razryadi) |
Jismoniy tarbiya-sport tashkiloti |
Manzili (viloyat, shahar, tuman) |
Ish, oʻqish joyi |
Natijasi |
Trenerning F.I.O. |
||
I. SPORTChILAR a) Asosiy tarkib
|
||||||||||
1. |
||||||||||
2. |
||||||||||
3. |
||||||||||
… |
||||||||||
b) Stajyorlar (zaхira)
|
||||||||||
1. |
||||||||||
2. |
||||||||||
3. |
||||||||||
… |
||||||||||
II. MA’MURIY, TRENERLAR VA XIZMAT KOʻRSATUVChI XODIMLAR TARKIBI
|
||||||||||
T/r |
F.I.O. |
Tugʻilgan yili, pasporti ma’lumotlari |
Manzili (viloyat, shahar, tuman) |
Terma jamoadagi lavozimi |
Qoʻshim- chalar |
|||||
1. |
||||||||||
2. |
||||||||||
3. |
||||||||||
… |
||||||||||
Izohlar: 1. Sport turlarining хususiyatiga muvofiq "Natijasi" ustunida - sport musobaqalarining bosqichi, egallagan oʻrni, oхirgi yarim yilda oʻrnatgan rekordi va shu kabilar koʻrsatiladi.
2. "Trenerning F.I.O." ustunida sportchini tayyorlagan trenerlarning (2 nafardan koʻp emas) F.I.O. yoziladi.
Jismoniy tarbiya-sport tashkilotining (ular mavjud boʻlsa) rahbari |
|||
(imzo) |
(F.I.O.) |
M.Oʻ. (tadbirkorlik sub’yektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)
Sport federatsiyasi (uyushmasi, markazi va boshqalar)ning (ular mavjud boʻlsa) rahbari |
|||
(imzo) |
(F.I.O.) |
M.Oʻ.
Bosh (katta) trener |
|||
(imzo) |
(F.I.O.) |
2-ILOVA
Sport terma jamoalari tarkibiga
kiritiladigan sportchilarning Jahon va Osiyo
chempionatlaridagi eng koʻp sonli sportchilar
tarkibiga koʻra belgilanadigan cheklangan soni
1. Erkaklar, ayollar:
a) asosiy tarkib:
sportning jamoaviy oʻyin turlari (sport turlari) - 1,5 ta tarkib;
tennis, stol tennisi, badminton, sport yakka kurashi (shu jumladan ogʻir atletika) - 2 ta tarkib;
sportning boshqa turlari - 2 ta tarkib;
b) stajyorlar tarkibi (zaхira):
sportning jamoaviy oʻyin turlari (sport turlari) - 1 ta tarkib;
tennis, stol tennisi, badminton, sport yakka kurashi (shu jumladan ogʻir atletika) - 2 ta tarkib;
sportning boshqa turlari - 1 ta tarkib.
2. Bolalar, oʻsmirlar, qizlar:
a) asosiy tarkib:
sportning jamoaviy oʻyin turlari (sport turlari) - 2 ta tarkib;
tennis, stol tennisi, badminton, sport yakka kurashi (shu jumladan ogʻir atletika) - 2 ta tarkib;
sportning boshqa turlari - 2 ta tarkib;
b) stajyorlar tarkibi (zaхira):
tennis, stol tennisi, badminton, sport yakka kurashi (shu jumladan ogʻir atletika) - 2 ta tarkib;
sportning boshqa turlari - 1 ta tarkib.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 23-24-son, 267-modda

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter