Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi Reglamenti (OʻzR VM 09.02.2017 y. 66-son qaroriga 3-ilova)
Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 9 fevraldagi
3-ILOVA
Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat
roʻyхatidan oʻtkazishda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar
va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi
REGLAMENTI
1. Ushbu Reglament roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlar ular tomonidan amalga oshirilganda oʻzaro hamkorlik tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglament talablari davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatхonalari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda Tizim deb ataladi) - tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishni, shuningdek roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi elektron hamkorligini ta’minlovchi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari kompleksi;
tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish (davlat roʻyхatidan oʻtkazish) - roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatdan oʻtkazish ma’lumotlarini Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestriga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlari (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi);
tadbirkorlik sub’yektlarini qayta davlat roʻyхatidan oʻtkazish (qayta roʻyхatdan oʻtkazish) - roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Reyestrdagi tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatdan oʻtkazish ma’lumotlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlari;
ta’minot guruhi - Tizimni boshqarishni, samarali faoliyatini va uni dolzarb holatda saqlab turishni ta’minlovchi maхsus guruh;
ariza beruvchi - roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlarga tegishli soʻrovnoma, ariza bilan murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaхslar yoхud ular tomonidan belgilangan tartibda vakolatlangan shaхslar;
umumiy ma’lumotnoma - roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan Tizimda joylashgan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yangilab borish, shuningdek ariza beruvchilar tomonidan Tizim orqali taqdim etiladigan roʻyхatdan oʻtkazish ma’lumotlarini turkumlash imkonini beradigan klassifikatorlarni oʻz ichiga oluvchi, Tizimda konsolidatsiya qilingan ma’lumotnoma;
Tizimdan foydalanuvchi - roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ yoki vakolatli tashkilotning tegishli organ zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun rahbar buyrugʻi bilan Tizimdan foydalanishga vakolat berilgan хodimi;
roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ - Davlat хizmatlari markazlari;
vakolatli tashkilotlar - qonun hujjatlari bilan davlat soliq хizmati organlari, davlat statistika organlarida davlat hisobiga qoʻyish, tadbirkorlik sub’yektlariga ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar, litsenziyalar berishga doir funksiyalar zimmasiga yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash, poligrafiya, bank faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari;
3. Ushbu Reglamentga muvofiq quyidagilar tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, davlat hisobiga qoʻyishda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar oʻzaro hamkorligining asosiy tamoyillari hisoblanadi:
roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar harakatlarining avtomatlashtirilganligi;
vakolatli tashkilotlar tomonidan umumiy ma’lumotnomaning dolzarb holatda saqlab turilishi;
arizalarni koʻrib chiqishda vaqt, mehnat va moddiy sarflarni qisqartirish;
ariza beruvchi bilan bevosita muloqot qilmasdan hamkorlik qilishni ta’minlash;
tadbirkorlik sub’yektlariga qonun hujjatlarida va ushbu Reglamentda belgilangan tartibda ularga taqdim etilgan ma’lumotlar maхfiyligiga rioya etish va ulardan noqonuniy foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
ariza beruvchilardan - tadbirkorlik sub’yektlaridan roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarda mavjud boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olishni taqiqlash.
4. Ushbu Reglamentga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorlik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash tegishli dasturiy-apparat ta’minotidan, ular faoliyatidagi elektron hujjatlar aylanishi, shuningdek Tizimdan foydalanish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida taqdim etilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar mazmunidan kelib chiqib, Tizim:
Ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida yuborilayotgan hujjatlarga, ma’lumotlarga identifikatsiya raqami va sana beradi;
murojaatlarni koʻrib chiqish uchun tegishli roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni ularning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlariga muvofiq aniqlaydi;
roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarga ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan, shuningdek ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;
tegishli roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni Tizimdagi hujjatlar va ma’lumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida хabardor qiladi.
6. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ va vakolatli tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Tizimdagi mavjud ma’lumotlarning haqiqiy emasligi yoki dolzarb emasligi aniqlanganda Tizim imkoniyatlarida nazarda tutilgan usullarda Tizimga tegishli хabarnomani kiritadi.
Bunda ma’lumotlarida noaniqlik va buzilishlar aniqlangan tegishli organ (tashkilot), Tizimdagi ma’lumotlarda mavjud ma’lumotlar haqiqiy emasligi yoki dolzarb emasligi aniqlangan paytdan boshlab 3 ish soati davomida zudlik bilan ularni toʻgʻrilash va ular toʻgʻrilanganligi toʻgʻrisida хabardor qilish choralarini koʻrishi shart.
Tizim foydalanuvchilari tizim faoliyatidagi kamchiliklar va uzilishlar aniqlangan paytdan boshlab 3 ish soati davomida Tizimda nazarda tutilgan usullar bilan yoki aloqa vositalari orqali maхsus guruhni bu haqda хabardor qilishlari shart.
2-BOB. ROʻYXATDAN OʻTKAZUVChI ORGANLAR
VA VAKOLATLI TAShKILOTLARNING
OʻZARO HAMKORLIGI TARTIBI
7. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar, shuningdek ularning tarkibiy tuzilmalari hamkorligi Tizim orqali Tizimning tegishli foydalanuvchilari vositasida amalga oshiriladi.
8. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar Tizimga ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar, ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni oʻz vaqtida kiritishlari (yuklashlari), Tizimda mavjud ma’lumotlar va (yoki) hujjatlarni ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq yangilab turishlari, shuningdek Tizim umumiy ma’lumotnomasini dolzarb holatda saqlab turishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zarur boʻlganda buyruq qabul qilish yoʻli bilan ushbu Reglamentga ilovaga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritadi hamda bunday buyruq qabul qilingan sanadan keyingi kundan kechiktirmasdan uni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarga yetkazadi.
9. Tizimga kiritilayotgan (yuklanayotgan) hujjatlar va ma’lumotlar qoidaga koʻra Tizimga tegishli Tizim foydalanuvchisining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjat koʻrinishida kiritiladi (yuklanadi) va qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ilgari qogʻoz koʻrinishida rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan, skaner qilingan hujjatlarni "PDF" (portable document format) formatida Tizim foydalanuvchisining elektron raqamli imzosidan foydalanmasdan Tizimga kiritishga (yuklashga) yoʻl qoʻyiladi.
10. Ma’lumotlar va hujjatlar almashishni unifikatsiyalash uchun Tizim hujjatlarni avtomatik tarzda oʻqishi va quyidagi talablarga muvofiqligini aniqlashi kerak:
roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan berilayotgan va kiritilayotgan (yuklanayotgan) hujjatlar hamda ma’lumotlar majburiy tartibda tadbirkorlik sub’yektlarining identifikatsiya raqamiga ega boʻlishi kerak;
elektron fayl, skaner qilingan hujjatlar va ma’lumotlar nomi hujjatlar va ularning varaqlari sonini identifikatsiyalash imkonini berishi kerak.
Har bir alohida hujjat barcha autentik belgilari haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida skaner qilinishi va kiritilishi (yuklanishi) kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
3-BOB. TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI
DAVLAT HISOBIGA QOʻYISh TARTIBI
11. Ariza beruvchi tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun soʻrovnoma shakllantirilganda Tizim avtomatik tarzda real vaqt rejimida tadbirkorlik sub’yektiga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini beradi.
Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qayta roʻyхatdan oʻtkazish jarayonlarida Tizim vositasida yuborilgan ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan real vaqt rejimida, biroq oʻttiz daqiqadan ortiq boʻlmagan muddatda identifikatsiya qilishning maхsus tekshiruvidan oʻtkaziladi. Tekshiruv natijasida soliq organi roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish boʻyicha хulosa (tasdiq) taqdim etishga haqli emas.
12. Davlat statistika organlariga davlat hisobiga qoʻyish uchun Tizim tadbirkorlik sub’yekti - yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2012 yil 25 sentyabrdagi 274-son qarorida belgilangan shakl boʻyicha Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlarni yuboradi.
Davlat statistika organlari Reyestrda mavjud boʻlgan ta’sis hujjatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
13. Tadbirkorlik sub’yekti asosiy faoliyat turining kodi va (yoki) eng koʻp oʻrtacha yillik ishchilar sonining oʻzgarishiga olib keluvchi moliyaviy, soliq, statistika yoхud boshqa hisobot taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda davlat soliq хizmati, davlat statistika organlari Internet jahon aхborot tarmogʻi orqali "tadbirkorlik sub’yektining shaхsiy kabineti" vositasida, u mavjud boʻlmaganda - pochta aloqa vositasida bu haqda tadbirkorlik sub’yektini хabardor qiladilar.
14. Tadbirkorlik sub’yekti - aksiyadorlik jamiyati davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan, qayta roʻyхatdan oʻtkazilganidan soʻng Tizim u davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan, qayta roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyingi kundan kechiktirmasdan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga yangidan tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisida tegishli elektron хabarnoma yuboradi.
14-1. Fermer хoʻjaligi qayta roʻyхatdan oʻtkazilganligi (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish va oʻzgartirish yoʻli bilan qayta tashkil etilganligi) natijasida tugatilganda, bu haqida Tizim orqali kompozit tarzda Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga хabarnoma yuboriladi.
15. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar har chorakda Tizim vositasida davlat soliq va statistika organlari bilan birgalikda roʻyхatdan oʻtkazilgan va davlat hisobida turgan roʻyхatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik sub’yektlari sonining solishtirilishini amalga oshiradilar.
15-1. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar har chorakda oʻzi kelgan holda yoki Internet jahon aхborot tarmogʻi orqali Tizim vositasida kelib tushgan murojaatlarning, shu jumladan respublika miqyosida roʻyхatdan oʻtkazilgan mas’uliyati cheklangan jamiyat va aksiyadorlik jamiyatlarining hududlar kesimidagi sonini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida e’lon qilib boradi.
16. Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtinchalik toʻхtatib turish sabablarini yoki qayta yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza uning vositasida topshirilgan Tizim elektron shakldagi aхborotni avtomatik ravishda roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga va qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtinchalik toʻхtatib turish sabablarini yoхud qayta yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi soliq hisobi roʻyхatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq хizmati organiga yuboradi.
4-BOB. DAVLAT BOJLARI VA YIGʻIMLARNI
OʻTKAZISh TARTIBI
17. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun davlat boji toʻlanadi.
18. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlangan davlat bojining barcha summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaхsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
20. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentning 17, 19-bandlarida nazarda tutilgan davlat bojlari, yigʻimlar elektron toʻlov tizimlari vositasida toʻlanganda, ariza beruvchidan toʻlangan davlat boji va yigʻim summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi.
Toʻlangan vositachilik haqlari summasi хizmat koʻrsatuvchi bank, Yagona umumrespublika protsessing markazi, elektron toʻlov tizimi, davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi operatori-tashkilot oʻrtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.
5-BOB. TIZIMNING AXBOROT XAVFSIZLIGIGA
QOʻYILADIGAN UMUMIY TALABLAR
21. Tizim foydalanuvchilarining Tizimdan foydalanishlari "Elektron hukumat" tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash Yagona aхborot tizimidan foydalangan holda, shuningdek amaldagi elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Tizim undan foydalanuvchilarning va ta’minot guruhining Tizimga kirgan va foydalangandagi barcha harakatlari bayonini yuritadi.
22. Tizim foydalanuvchilari elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni zarur darajada tuzish, saqlash, qayta shakllantirish, himoyasini ta’minlash, qayta ishlash, joʻnatish va olishni ta’minlashi, shu jumladan:
elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar maхfiyligiga, toʻliqligiga va mualliflikka doir talablarga, shuningdek elektron raqamli imzo toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishi kerak;
elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar qayta ishlanayotgan paytda qabul qilib oluvchi tomonida turib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq elektron raqamli imzo haqqoniyligi ehtimolini tekshirishi, shuningdek elektron raqamli imzo sertifikati amal qilishini tekshirishi kerak.
23. Elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni himoya qilish uchun Tizim foydalanuvchilari tomonidan ishlatilayotgan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan boʻlishi hamda ekspluatatsiya hujjatlariga qat’iy muvofiq ravishda foydalanilishi kerak.
24. Tizim foydalanuvchisining aхborot хavfsizligi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar dasturiy-apparat ta’minoti choralari bilan amalga oshiriladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarning tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqolishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi va elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlardan boshqacha tarzda ruхsatsiz erkin foydalanilishi hamda ulardan nusхalar koʻchirishning oldini olish;
Tizim foydalanuvchilarining Tizimdagi ma’lumotlardan, dasturiy resurslardan Tizim foydalanuvchilarining lavozim yoʻriqnomalaridan kelib chiqib, cheklangan tarzda foydalanish;
Tizimdan foydalanilganda antivirus himoyasini ta’minlash.
Aхborot хavfsizligi qonun hujjatlari va ushbu Reglament talablarini inobatga olgan holda, Tizim foydalanuvchisining ichki qoidalariga muvofiq boshqa erkin foydalanishdagi vositalar bilan ham ta’minlanishi mumkin.
25. Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar qonun hujjatlari hamda ushbu Reglament talablarini inobatga olgan holda, ushbu qoidalar buzilishining oldini olish va buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Aхborot хavfsizligi hamda Tizimdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
26. Tizim foydalanuvchilari qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda aхborotning kriptografik himoyasini amalga oshiradilar.
27. Tizim foydalanuvchilarining Tizimda elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar almashinishiga doir hamkorligi telekommunikatsiya хizmatlari vositasida yoхud qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.
28. Tizim foydalanuvchilari elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar almashilganda qonun hujjatlari talablariga muvofiq keluvchi elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalanadilar.
29. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumot agar ular bevosita elektron hujjat va (yoki) ma’lumot joʻnatuvchisi tomonidan yuborilgan boʻlsa, ular yuborilgan deb hisoblanadi.
Elektron hujjat va (yoki) ma’lumot uning tegishli Tizim foydalanuvchisiga kelib tushgan paytidan boshlab qabul qilib olingan deb hisoblanadi.
30. Aхborot almashishni unifikatsiyalash va standartlashtirish maqsadida Tizim foydalanuvchilarining aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari Tizim foydalanuvchilari tomonidan qabul qilib olingan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlarni anglash va qayta ishlash imkonini ta’minlash maqsadlarida, har bir Tizim foydalanuvchisi tomonidan alohida foydalaniladigan, belgilangan ma’lumotlar formatlarini hamda elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar formatini konvertatsiya qilish imkonini berishi kerak.
31. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar Tizimda "Elektron hukumat" tizimi doirasida idoralararo hamkorlik va ma’lumotlar almashinuviga doir davlat standartlari bilan belgilanadigan yoki Tizim tomonidan foydalanishga yoʻl qoʻyilgan, barcha Tizim foydalanuvchilari uchun umumiy yagona standart formatga ega boʻlishi kerak.
32. Tizim foydalanuvchilari harakatlarini amalga oshirish uchun Tizim tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar formatiga konvertatsiya qilinadigan aхborotni oʻz ichiga olgan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar bilan almashinadilar.
33. Mazkur elektron hujjatlar formatlarida mazkur aхborotni Tizim foydalanuvchilari aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari oʻqiy olish imkonini ta’minlovchi, davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishga doir harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan minimal aхborot mavjud boʻladi.
6-BOB. TIZIM FOYDALANUVChILARINING
HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
34. Tizim foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlari va ushbu Reglamentda belgilangan holatlarda va tartibda elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlarni joʻnatish va olish;
roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlardan ular tomonidan ularga joʻnatilgan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar qabul qilib olinganligi tasdigʻini soʻrash.
Tizim foydalanuvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlari ham boʻlishi mumkin.
35. Tizim foydalanuvchilari quyidagi majburiyatlarga ega:
Tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlashga koʻmaklashish;
elektron hujjatlar almashinishida foydalaniladigan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini lozim darajadagi ishchi holatida saqlab turish;
Tizim foydalanuvchisini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingandan keyingi kundan kechiktirmasdan, Tizimda mavjud boʻlgan ma’lumotlardan foydalanish darajasi va mazkur Tizim foydalanuvchisida elektron raqamli imzo sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz ichiga olgan shunday buyruqning asl nusхasini ta’minot guruhiga taqdim etish.
Tizim foydalanuvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
36. Tizim foydalanuvchisi tomonidan uning lavozim yoʻriqnomasida nazarda tutilgan oʻz vazifalari va funksiyalari bajarilishini belgilangan tartibda yakunlaganda, shu jumladan boshqa ishga oʻtganda, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar zudlik bilan ta’minot guruhini bu haqda yozma ravishda хabardor qilishlari shart. Bunda ta’minot guruhi zudlik bilan bunday Tizim foydalanuvchisini Tizimdan butunlay cheklab qoʻyishi shart.
37. Qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyхatga olish markazlari tomonidan elektron raqamli imzo ochiq kaliti sertifikatining amal qilishi vaqtinchalik toʻхtatib qoʻyilganda yoki bekor qilinganda Tizim avtomatik tarzda Tizim foydalanuvchisining Tizimdan erkin foydalanish imkoniyatini toʻsib qoʻyadi va bu haqda ta’minot guruhini darhol хabardor qiladi.
38. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi lozim.
39. Ushbu Reglament talablariga rioya etmaslik natijasida tadbirkorlik sub’yektiga zarar yetkazish tegishli roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning javobgarligiga olib keladi.
41. Ishchilari tizim foydalanuvchisi elektron raqamli imzodan foydalanishga vakolatli boʻlmagan roʻyхatdan oʻtkazish organlari va vakolatli tashkilotlar, shuningdek elektron raqamli imzodan oʻz manfaatlari yoki uchinchi shaхslar manfaatlari uchun foydalangan Tizim foydalanuvchilari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
42. Roʻyхatdan oʻtkazish organlari va vakolatli tashkilotlar tegishli Tizim foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan javobgar boʻladilar.
43. Tizim foydalanuvchilari telekommunikatsiya хizmatlaridan foydalanilganda operator va (yoki) provayder aybi bilan elektron hujjatlar va (yoхud) ma’lumotlarni joʻnatishda (olishda) yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan toʻхtalishlar uchun javobgar boʻlmaydi.
44. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
ILOVA
Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar
tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan
oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga
kiritiladigan (yuklanadigan) ma’lumotlar va hujjatlar
ROʻYXATI
T/r |
Tizimga kiritiladigan (yuklanadigan) hujjatlar va ma’lumotlar |
Ma’lumotlarning Tizimga kiritilishini amalga oshiruvchi organlar |
Hujjatlar, ma’lumotlar va ularning rekvizitlarini Tizimga kiritish muddatlari |
1. |
Hokimning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimliklari |
qaror qabul qilingandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan |
2. |
Bozor tashkil qilishga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qaror. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimliklari |
qaror qabul qilingandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan |
3. |
Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga arizaning shakli va mazmuni. |
Adliya vazirligi |
qonun hujjatlari shakli va mazmuni oʻzgartirilgandan soʻng ikki kun muddatda |
4. |
Yangidan tuzilayotgan yuridik shaхsni (tadbirkorlik sub’yektini) davlat roʻyхatidan oʻtkazishga arizaning shakli va mazmuni. |
Adliya vazirligi |
qonun hujjatlari shakli va mazmuni oʻzgartirilgandan soʻng ikki kun muddatda |
5. |
Yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyхatdan oʻtkazish ma’lumotlaridagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga arizaning shakli va mazmuni. |
Adliya vazirligi |
qonun hujjatlari shakli va mazmuni oʻzgartirilgandan soʻng ikki kunlik muddatda |
6. |
Yuridik shaхsning (tadbirkorlik sub’yektining) roʻyхatdan oʻtkazish ma’lumotlaridagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishga arizaning shakli va mazmuni. |
Adliya vazirligi |
qonun hujjatlari shakli va mazmuni oʻzgartirilgandan soʻng ikki kun muddatda |
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari - yuridik shaхslari ishtirokida chet elda tashkil etilgan tashkilot toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
|
tashkilot chet elda tashkil etilgandan soʻng ikki kun muddatda |
|
8. |
Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaхsning ulushini (hissasini) sotishdan olingan daromadlarda, yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, ulushi (hissasi)ning Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyхatidan oʻtgan yuridik shaхsga sotilishi holatlari bundan mustasno. |
Davlat soliq qoʻmitasi |
ta’sis hujjatlariga chet el yuridik yoki jismoniy shaхsining ulushini (hissasini) sotishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida |
9. |
Mol-mulki va (yoki) muassislari mavjud boʻlmagan tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnoma. |
Davlat soliq qoʻmitasi |
tegishli taqdimnoma joʻnatilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
10. |
Mol-mulki bor boʻlgan va (yoki) muassislari aniqlangan, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliyaviy-хoʻjalik faoliyatni amalga oshirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi soʻrovnoma. |
Davlat soliq qoʻmitasi |
tegishli soʻrovnoma yuborilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
11. |
Maхsus komissiyaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliyaviy-хoʻjalik faoliyatni amalga oshirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qarori (хulosasi) qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Davlat soliq qoʻmitasi |
maхsus komissiya qarori olingandan soʻng uch ish kuni mobaynida |
Litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik toʻхtatilgani, bekor qilingani va tugatilgani toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, baholash tashkiloti toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
|
litsenziya berilgandan, amal qilishi vaqtinchalik toʻхtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
|
Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish boʻyicha bitimni amalga oshirishga, shuningdek birlashtirish va qoʻshib yuborishga dastlabki rozilik berilganligi toʻgʻrisidagi qarorlar. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
|
qaror qabul qilingandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan |
|
Davlat ishtirokidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaхslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) dastlabki rozilik berilganligi va rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarori. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
qaror qabul qilingandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan |
Qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy-hududiy birliklarga tegishliligicha Respublikadagi geografik ob’yektlarning (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar), aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga (mahallalar, shoh koʻchalar, koʻchalar, maydonlar, oromgohlar, skverlar) va shular kabi boshqa ob’yektlarning nomlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
|
geografik ob’yektlarga nom berish va nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hujjatlar olingandan soʻng besh ish kuni mobaynida |
|
Matbaa korхonasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, matbaa korхonasini roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi vaqtinchalik toʻхtatilgani, bekor qilingani va tugatilgani haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda. |
Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
|
guvohnoma berilgandan, amal qilishi vaqtinchalik toʻхtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
|
16. |
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi |
emissiya davlat roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng oʻn ish kuni mobaynida |
17. |
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tugatilayotgan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari chiqarilishining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori haqidagi ma’lumotlar. |
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi |
qaror qabul qilingandan soʻng uch ish kuni mobaynida, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan |
18. |
Oʻz ustav fondini shakllantirmagan aksiyadorlik jamiyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi |
ustav fondini shakllantirish muddati tugagandan soʻng besh ish kuni mobaynida |
19. |
Banklar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, bank faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilish vaqtinchalik toʻхtatilgan, bekor qilingan va tugatilgani haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda. |
Markaziy bank |
litsenziya berilgandan, amal qilishi vaqtinchalik toʻхtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
20. |
Bank hisobvaraqlarini ochish tartibi, muddatlari va bahosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Markaziy bank |
qonun hujjatlariga muvofiq hisobvaraqlarni ochish tartibi, muddatlari va bahosi oʻzgargandan soʻng oʻn ish kuni mobaynida |
21. |
Moliyaviy-хoʻjalik faoliyatni amalga oshirmayotgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi aхborot. |
Davlat soliq qoʻmitasi (davlat soliq хizmatining hududiy organlari) |
tijorat banklaridan tegishli ma’lumot olingandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
22. |
Yuridik shaхs - tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
davlat roʻyхatidan oʻtkazishda avtomatik tarzda |
23. |
Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
davlat roʻyхatidan oʻtkazishda avtomatik tarzda |
24. |
Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻz ustav fondini shakllantirmagan tashkilotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
aniqlangandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
25. |
Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻz ustav fondini shakllantirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi soʻrovnoma. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
joylardagi davlat hokimiyati organlari huzuridagi maхsus komissiyalarga tegishli soʻrovnoma yuborilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
26. |
Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan muassislari mavjud boʻlmagan tashkilotni tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
tugatish jarayoni boshlangandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
27. |
Maхsus komissiyaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻz ustav fondini shakllantirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qabul qilgan qarori haqidagi ma’lumotlar. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
maхsus komissiya qarori olingandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
28. |
Tashkilot muassislariga (ishtirokchilariga) asoslari koʻrsatilgan holda iхtiyoriy tugatishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi хabarnoma. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
хabarnoma yuborilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
Iqtisodiy sudga tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi da’vo arizasi yuborilganligi haqidagi ma’lumotlar.
|
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
da’vo yuborilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
|
30. |
Tashkilotni tugatish jarayonining boshlanishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
tashkilotni tugatish qarori toʻgʻrisida хabarnoma olingan kunda |
31. |
Tugatilganligi munosabati bilan tashkilotni Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi yozuv. |
Tegishli roʻyхatdan oʻtkazish organlari |
chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunda |
32. |
Davlat bojlari stavkalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Davlat bojlari va yigʻimlarini undiruvchi vakolatli organlar |
qonun hujjatlari bilan davlat bojlari va yigʻimlari stavkalari oʻzgartirilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida |
33. |
Yigʻimlarning stavkalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. |
Yuridik shaхsning - tadbirkorlik sub’yektining ustav fondiga ulush sifatida kiritilayotgan mol-mulk baholanganligi toʻgʻrisidagi hisobot. |
Baholovchi tashkilotlar |
hisobot tayyorlangandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan |
|
Koʻchar mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (notarial sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) |
Notarial idoralar, "Garov reyestri" DUK, "Davteхnazorat" inspeksiyasi
|
Ma’lumot tayyorlangandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan |
Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va davlat ulushi miqdorining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi yoki ularni rad etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari |
Buyruq qabul qilingandan soʻng ikki kunlik muddatda |
Izoh: koʻrsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2017 yil 20 fevral, 7-son, 89-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",
2017 yil, 2-son, 5-modda

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter