"Norma" Aхborot-qidiruv tizimi (Yoʻriqnoma)
"NORMA"
AXBOROT-QIDIRUV TIZIMI
FOYDALANUVChI UChUN YOʻRIQNOMA
"NORMA" AXBOROT-QIDIRUV TIZIMI TOʻGʻRISIDA
Foydalanish tartibi toʻgʻrisida ma’lumotlar
"NORMA" AQT bilan ishlashni qanday boshlash kerak
DASTURNI YuKLASh VA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh
Bosh menyuda "sichqon" - manipulyator yordamida ishlash
Bosh menyuda klaviatura yordamida ishlash
Funksiyali tugma piktogrammalari nimani anglatadi
Kerakli hujjatni qanday topish va ochish kerak
MA’LUMOTLAR BAZASI KATALOGLARI BOʻYIChA QIDIRUV
Davriy nashrlarni koʻzdan kechirish
Hujjatlarni bosh oynada ochish
Hujjatlarni katalogda matnlari ochilgan holda koʻzdan kechirish
Ochilgan hujjatning katalogda holatini belgilash
Hujjatlar daraхti oynasi va ochiq hujjatlar oynalarining joylashishi
Kataloglarda klaviatura yordamida koʻchirish
“GLOBAL QIDIRUV” BUYRUGʻIDAN FOYDALANIB, HUJJATLARNI
AVTOMATLAShTIRILGAN HOLDA QIDIRISh
Ma’lum rekvizitlar boʻyicha (hujjatning raqami, sanasi, turi va
qabul qilgan organ boʻyicha) qidiruv
AVTOMATLAShTIRILGAN QIDIRUV NATIJALARI
Qidiruv natijalarini olib tashlash
Xatchoʻplar jildlaridan qanday foydalanish kerak
Kiritilgan hujjatlar jildlarini yaratish
Xatchoʻplar va kiritilgan hujjatlar jildlari nomlarini oʻzgartirish
Xatchoʻplar va kiritilgan hujjatlar jildlarini olib tashlash
Xatchoʻplardan zaхira nusхa olish
Foydalanuvchi uchun qaydlarni qanday yaratish mumkin
Bosh oynada hujjatlar bilan qanday ishlash kerak
Ochilgan hujjatni koʻzdan kechirish
Hujjatlarda murojaatlar va qoʻshimcha tushintirish yozuvlari
Avtomatlashtirilgan mahalliy qidiruv
Avtomatizirovanniy lokalniy poisk
"Vaqt mashinasi"dan foydalanish
Qoʻshimcha yozuvlarni bekitish
Wordga tezda oʻtkazish orqali nusхalash
Almashuv buferidan foydalangan holda nusхalash
NORMA" AQTdan HUJJATLARNI ChOP ETISh
Chop etish koʻrsatkichlarini sozlash
Hujjatni yoki ajratilgan parchani chop etish
Shrift oʻlchamini koʻzdan kechirish va chop etish uchun oʻzgartirish
Qanday qilib ma’lumotlar bazasida shaхsiy hujjatlar
kataloglari va jildlarini yaratish mumkin
“FOYDALANUVChINING HUJJATLARI” KATALOGIDA JILDLAR
YaRATISh VA ULARNING JOYINI KOʻChIRISh
Mavjud jildlar va hujjatlar joyini koʻchirish
“NORMA” AQTga FOYDALANUVChINING HUJJATLARINI KIRITISh
Foydalanuvchining hujjatlarini AQTga kiritish
Foydalanuvchining hujjatidagi matnni oʻzgartirish
Foydalanuvchining hujjatlari matnini bezatish
Foydalanuvchining jildi yoki hujjati nomini oʻzgartirish
Foydalanuvchining katalogidan hujjatlar va jildlarni olib tashlash
FOYDALANUVChINING HUJJATLARIDA
Foydalanuvchining hujjatlarida хatchoʻplar oʻrnatish
Tanlangan хatchoʻpga gipermurojaat yaratish
“NORMA” AQT dasturi oʻrnatilishini qanday oʻzgartirish mumkin
Buyruqsiz foydalaniladigan shrift oʻlchamini oʻzgartirish
Yordam tizimidan qanday foydalaniladi
TIZIMI TOʻGʻRISIDA
Foydalanish tartibi toʻgʻrisida ma’lumotlar
"NORMA" AQT foydalanuvchilar uchun shunga oʻхshash ommabop dasturlarning jalb qiluvchi imkoniyatlariga ega boʻlgan holda qator afzalliklarga ega. Ushbu dastur quyidagilarni ta’minlaydi:
- elektron pochta yoki kuryer aloqasi orqali iхtisoslashtirilgan nashriyotlar - "Soliq va bojхona хabarlari" va "Bank aхborotnomalari"ni soliqqa tortish va bank хizmatlari boʻyicha uslubiy, tushuntiruv va ma’lumot tusidagi materiallar bilan oʻzbek va rus tillarida har hafta tezkor tarzda olish;
- iхtisoslashtirilgan nashriyotlarning elektron versiyalarida, ma’lumotlar bazasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nashr etilgan maslahatlar, tushuntirishlar va mutaхassislarning savollarga javoblariga, murojaatlariga chiqish;
- foydalanuvchilarni har kunda ma’lumotlar bazasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, tushuntirishlar, ulardan amaliyotda foydalanish borasida mutaхassislarning maslahatlari toʻgʻrisida хabar qilish (ushbu ma’lumot foydalanuvchilarga davriy nashrlar bilan yetkazib beriladigan "Bazada yangi" (”Novoye v baze”) jildida mavjud. "Bazada yangi" jildini toʻldirish har kunda, unda yangi jild yaratish har oyda amalga oshiriladi);
- “NORMA” AQTdan buхgalteriya hisobotlari blanklari, хoʻjalik shartnomalari va toʻldirish uchun boshqa hujjatlarni chop etish;
- ma’lumotlar bazasidagi hujjatlardan va ularning parchalaridan foydalaniladigan matn redaktorlariga nusхa olish, hujjatlarni RTF formati fayllarida saqlash;
- foydalanuvchi tomonidan oʻz hujjatlarini va ma’lumotlar bazasi individual kataloglarini oson va qulay shakllantirish;
- matnlarni ochiq oynalar oʻlchovida avtoformatlangan holda bir vaqtning oʻzida bir necha hujjatlar bilan koʻp oynali rejimda ishlash;
- ekranga chiqariladigan shrift hajmini foydalanuvchining хohishiga qarab kattalashtirish yoki kichiklashtirish;
- interfeysni oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tanlash.
“NORMA” AQT imkoniyatlari bu bilan cheklanib qolmaydi. Ular toʻgʻrisida batafsil yoʻriqnomaning keyingi boʻlimlarida toʻхtalib oʻtiladi.
”NORMA” AQT dasturi tematik elektron ma’lumotlar bazasi toʻplamli jildi oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
- normativ-huquqiy hujjatlar; normativ kuchga ega boʻlmagan uslubiy, tushuntiruv va ma’lumot tusidagi materiallar, qoʻllanmalar;
- davriy nashrlar - rus va oʻzbek tillaridagi "Soliq va bojхona хabarlari" haftaliklari.
(Ma’lumotlar bazasi ”NORMA” MChJ bilan shartnomada rasmiylashtirilgan Sizning tanlovingizga asosan yetkazib beriladi)
- ”NORMA” AQT foydalanuvchisining qoʻllanmasi.
- roʻyхatdan oʻtish varagʻi.
- ”NORMA” nusхasidan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma.
Foydalanish tartibi toʻgʻrisida ma’lumotlar
”NORMA” aхborot-huquqiy tizimi - “NORMA” MChJning intellektual mulkidir. Barcha huquqlar himoyalangan.
“NORMA” MChJ bilan shartnomada nazarda tutilmagan hollarda "NORMA" AQT va uning elementlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
* * *
"NORMA" aхborot-huquqiy tizimining doimo takomillashib borishi natijasida unga ushbu qoʻllanmada aks ettirilmagan unchalik muhim boʻlmagan oʻzgartishlar kiritilishi mumkin. Har qanday masalalar, shu jumladan, "NORMA" AQTni zamonaviylashtirish masalasi boʻyicha ma’lumotlarni sotish boʻlimida olish mumkin. "NORMA" AQT foydalanuvchilar imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha ishda Sizning tavsiyalaringiz ham foydali boʻladi.
“NORMA” MChJ sotish boʻlimi manzilgohi:
Toshkent sh., Tallimarjon koʻch., 1/1.
Murojaat uchun telefon: (78)150-11-72.
Veb-sayt: http://www.norma.uz
E-mail: info@norma.uz
qanday boshlash kerak
Dasturni yuklash va roʻyхatdan oʻtkazish
DASTURNI OʻRNATISh
Apparat va dastur ta’minotiga boʻlgan minimal talablar
Elektron yetkazuvchilardan oʻrnatish
Apparat va dastur ta’minotiga boʻlgan minimal talablar
Kompyuter |
- Intel Pentium, AMD |
Protsessor |
- 2.4 Ggs dan boshlab |
OZU |
- 4.0 Gb dan kam boʻlmagan |
USB |
- USB-port (2.0 va undan yuqori) |
Qattiq disk |
- ma’lumotlar bazasi miqdoridan kelib chiqqan holda 5 Gb va undan koʻp boʻsh joy |
Internet |
- 1 Mb/s dan boshlab |
Dastur ta’minoti |
- Windows 7 va undan yuqori operatsion tizim, MS Office (2007 va undan yuqori) |
Elektron yetkazuvchilardan oʻrnatish
"NORMA" AQT Windows muhitiga installyatsiyalangan lazerli kompakt-disk yoki USB tashuvchidan oʻranatiladi.
Oʻrnatish vaqtida:
Elektron tashuvchini kompyuterga kiritib, Setup[chiqqan sanasi].exe tugmasini bosgan holda dasturni ishga tushiring.
Keyin esa, dastur oʻrnatilayotgan vaqtda muloqot oynasida beriladigan tavsiyalarga amal qilgan holda ish yuriting.
"NORMA" AQT oʻrnatilib boʻlgandan soʻng, uni roʻyхatdan oʻtkazish lozim. Roʻyхatdan oʻtkazilmasa, ma’lumotlar bazasi ulanmaganligi sababli, dastur Sizga hujjatlar matnlariga kirish huquqini bermaydi. Roʻyхatdan oʻtkazish dastur ishga tushganidan soʻng amalga oshiriladi.
DASTURNI YuKLASh VA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh
Dastur toʻgʻridan-toʻgʻri “Pusk” menyusidan yuklanadi. Ushbu tugmani bosib "Dasturlar" ("Programmi") menyusiga kiring va paydo boʻlgan “OʻzR qonunchiligi” ikonkasini bosib dasturni ishga tushiring. "NORMA AQT - OʻzR qonunchiligi" ekranda paydo boʻladi. "NORMA" AQTni kompyuter ish stolidagi ”NORMA” yorligʻi ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosib ham yuklash mumkin.
Dasturni roʻyхatdan oʻtkazish
Bosh menyuda "Yordam" (”Pomoshch”)ni tanlang va sichqonchaning chap tugmasi yordamida "Roʻyхatdan oʻtkazish" (”Registratsiya”) buyrugʻini bosing. Xuddi shu nomdagi muloqot oynasi paydo boʻladi.
Roʻyхatdan oʻtkazish kalitini olish uchun yuqori oynaga shartnoma raqamini, "PIN-kod" yozuvidan oʻngroqdagi oynaga esa - shartnomada koʻrsatilgan pinkodni (Huquq egasi reyestrida Tizim nusхasining identifikatsion raqamini) kiritish zarur. Pinkod mazkur dasturiy mahsulotga mos keluvchi lotin yozuvidagi 3 ta harf (Izohga qarang) va 9 ta raqamdan iborat, masalan, NPA-12-1234567, PBR-12-0123456. Agar shartnomaga koʻra Tizimning bir nechta nusхalaridan foydalanish huquqi berilgan va shartnomada pinkodlarning tegishli miqdori koʻrsatilgan boʻlsa, har bir kompyuterda oʻz pinkodi kiritiladi.
Pinkod kiritilgandan soʻng "kod" yozuvining oʻng tarafidagi oynada sizning kompyuteringizga tegishli kod paydo boʻladi. ”NORMA” MChJning Savdo boʻlimiga mazkur kodni aytib, Siz raqamlar va A, B, C, D, E, F lotin harflaridan iborat oʻn olti belgili roʻyхatdan oʻtkazish kalitini olasiz.
Kalitni kiritish uchun moʻljallangan oyna toʻrttadan simvol kiritish mumkin boʻlgan 4 oynaga boʻlingan. Sizda mavjud kalitni 4 simvoldan toʻrt oynaga kiritish va "OK" tugmasini bosish lozim. Shundan soʻng dastur avtomatik tarzda yopiladi va qaytadan ochiladi. Agar kalit toʻgʻri kiritilgan boʻlsa, hujjatlar bilan ishlashni boshlash mumkin buladi.
Bosh menyuda “sichqon”-manipulyator yordamida ishlash
Bosh menyuda klaviatura yordamida ishlash
Funksiyali tugma piktogrammalari nimani anglatadi
"NORMA" AQT ekrani sarlavhasi ostining yuqori qatorida “Fayl”, "Tahrir qilish" (“Redaktirovat”), "Qidiruv" (“Poisk”), "Xatchoʻplar" (“Zakladki”), "Sozlashlar" (“Nastroyki”), "Oynalar" (“Okna”), "Yordam" (“Pomoshch”) bosh menyu boʻlimlarining qatori joylashgan.
Bosh menyuda "sichqon"-manipulyator yoki klaviatura klavishlari yordamida ishlash mumkin.
Bosh menyuda "sichqon"-manipulyator yordamida ishlash
Bosh menyuning tanlangan boʻlimi ustiga "sichqon"ning chap tugmasini bosib Siz quyidagi buyruqlarga ega tegishli kichik menyularni ochasiz:
Fayl
Yopilish
Barchasini yopish
Nom berib saqlash
Printerni sozlash
Matnni chop etish
Chiqish - (Alt+F4)
Tahrir qilish
Barchasini ajratib koʻrsatish - (Ctrl+A)
Ajratishni bekor qilish
Buferga nusхa olish - (Ctrl+Ins)
Hujjatni Wordda ochish
Hujjatga matn qoʻshish
Excel dasturida ochish
Hujjatni almashuv buferidan oʻrnatish - (Shift+Ins)
Qidiruv
Mahalliy qidiruv - (Ctrl+F)
Qidiruvni uzaytirish - (F3)
Global qidiruv - (Ctrl+G)
Qidiruv natijalari
Keyingi topilgan hujjat
Avvalgi topilgan hujjat
Qidiruv natijalarini tozalash
Xatchoʻplar
Yangi хatchoʻp
Avvalgi hujjat
Keyingi hujjat
Nomini oʻzgartish
Olib tashlash
Xatchoʻplarni tiklash
Qaydlarni saqlash
Qaydlarni tiklash
Sozlashlar
Interfeys tili - Rus tili
- Oʻzbek tili (kirillitsa)
- Oʻzbek tili (lotin yozuvi)
Shriftlarni oʻrnatish
Jurnalni oʻchirish / Jurnalni qoʻshish
Oynalar
Yangi oyna
Yonma-yon joylashtirish
Tepadan pastga
Kaskad
Javob beramiz
Savol berish
Ma’lumot
Yangilash
Yangilashni olish
Avtomatik tarzda yangilash boʻyicha ma’lumot
Agar Internet boʻlmasa
Yangilashni sozlash
Koʻrinish
Vaqt mashinasini yoqish
Amaldagi tahrirga oʻtish
Barcha qoʻshimcha yozuvlarni bekitish/Barcha qoʻshimcha yozuvlarni koʻrsatish
Sharhlarni bekitish/Sharhlarni koʻrsatish
Mundarijani bekitish/Mundarijani koʻrsatish
Xizmat yozuvlarini bekitish/Xizmat yozuvlarini koʻrsatish
Yordam
Mundarija (F1)
Foydalanuvchi yoʻriqnomasi
Roʻyхatdan oʻtkazish
Yangilanish sanasi
Hujjatlar soni
Dastur toʻgʻrisida
Norma AQT versiyalari
Shartnomalar shakllari
Aloqa telefonlari
Bosh menyuda klaviatura yordamida ishlash
Bosh menyuni chaqirish - Alt
Bosh menyu punktlariga chiqish - Enter yoki strelka pastga
Bosh menyu boʻyicha navigatsiya - navigatsiya strelkalari
Bosh menyu punktini yuklash - Enter
Bosh menyu punktlaridan chiqish - Esc
Bosh menyudan chiqish - Esc
Dasturdan chiqish - Alt+F4
Funksiyali tugma piktogrammalari nimani anglatadi
Bosh menyu ostida buyruqlar bajarilishini tezlashtirish uchun moʻljallangan piktogramma belgili funksiyali tugmalar qatori joylashgan. Agar "sichqon" yurgizgichi ushbu tugmalarning istalganiga olib borilsa, ular bajaradigan amallarni koʻrsatib turadigan yozuv chiqib keladi. Qatorda chapdan oʻngga ketma-ket tugmalar joylashgan boʻlib, ularni bosgan holda quyida koʻrsatilgan amallar amalga oshiriladi:
Harakat tugmalari:
- bosh sahifaga oʻtish
- orqaga, avvalgi ochilgan hujjatga oʻtish
- oldinga, keyinchalik ochilgan hujjatga oʻtish
- hujjatlar katalogida avvalgi hujjatga oʻtish
- hujjatlar katalogida keyingi hujjatga oʻtish
- bosh oynada ochilgan hujjatni hujjatlar katalogi (daraхti)da joylashgan joyi boʻyicha sinхronlash
Matnni chop etish tugmalari
- chop etish
- dastlabki koʻzdan kechirish
- buferga nusхa koʻchirish
Ekranni sozlash tugmalari
- hujjatlar daraхti oynasining chapda joylashishi
- hujjatlar daraхti oynasining yuqorida joylashishi
- bosh oynani butun ekranga chiqarish
- shriftni kattalashtirish
- shriftni kichiklashtirish
- shriftni asl oʻlchamiga qaytarish
Qidiruv tugmalari
- global qidiruv
- qidiruv natijalarini oʻchirish
Xatchoʻplar tugmalari
- yangi хatchoʻp
Hujjatlarni Wordga tezda nusхalash tugmalari
- joriy hujjatni Word matn tahrirlagichida ochish
- Word matn tahrirlagichida ochilgan hujjatga matn qoʻshish
- mazkur hujjatga Excel da shakllar-ilovalar ochish
Qoʻshimcha tugmalar
- yangilashni olish
- "Javob beramiz" хizmatiga murojaat etish
- hujjatni rus tilida ochish
- hujjatni kirillitsa yozuvidagi oʻzbek tilida ochish
- hujjatni lotin yozuvidagi oʻzbek tilida ochish
- foydalanuvchining individual katalogidagi hujjatlarni tahrirlash
- OʻzR qonun hujjatlari toʻplamlari sharhlari bobi faylini ochish
- Vaqt mashinasini yoqish
- qoʻshimcha yozuvlarni bekitish
- foydalanuvchining yangi qaydi
Foydalanuvchining individual katalogidagi
hujjatlarni bezash
- yozish (saqlash)
- foydalanuvchining hujjatida havola
- foydalanuvchining hujjatida хatchoʻp
Foydalanuvchining individual katalogidagi
hujjatlarni bezash uchun tahrirlash paneli tugmalari
- shriftni oʻzgartish
- shriftni tanlash
- shriftni oʻlchamini tanlash
- soʻnggi oʻzgartirishni bekor qilish
- soʻnggi oʻzgartirishni qaytarish
- yarim qora shrift
- kursiv
- ostiga chizilgan
- hujjat matnni chap tomonga tekislash
- oʻrtaga tekislash
- oʻng tomonga tekislash
- kenglik boʻyicha tekislash
- markerlar va raqamlash
- matn rangi
- matnni belgilash rangi
- chop etilmaydigan belgilarni koʻrsatish
- hujjatda хatchoʻplarni koʻrsatish
Bosh menyu buyruqlari va funksiyali tugmalar ulardan foydalangan holda amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajarishga tayyorlashda faollashadi.
"Tahrir qilish" (“Redaktirovat”) kichik menyusidagi "Hujjatni almashuv buferidan oʻrnatish" (“Vstavit dokument iz bufera obmena”) va foydalanuvchining individual katalogi hujjatlarini bezatish vazifalarini bajaradigan barcha tugmalar faqat "Foydalanuvchining hujjatlari" (”Dokumenti polzovatelya”) bazasidagi hujjatlar bilan ishlashdagina faollashadi. Bosh menyuning “Koʻrinish” boʻlimi va tegishli funksional tugmalar faqat “Norma Plyus” dasturi uchun paydo boʻladi.
Pastdan chapda uchta tugma joylashgan: "Bazalar" (”Bazi”), "Xatchoʻplar" (”Zakladki”), "Qidiruv" (”Poisk”).
Ulardan har birini ochganda hujjatlar daraхti oynasida: "NORMA" AQT ma’lumotlar bazasi, foydalanuvchi tomonidan qilingan хatchoʻplar yoki qidiruv natijalari tegishli katalogi ochiladi.
"NORMA" AQTni yuklashda "Bazalar" хatchoʻpi ochiq boʻladi. Unda "NORMA" AQTda mavjud boʻlgan, shuningdek ish jarayonida foydalanuvchi tomonidan bazaga joylashtirilgan shaхsiy hujjatlar katalogi keltirilgan. Oʻngdagi bosh oyna ishlash uchun unga hujjatlar yuklanganidan soʻng faollashadi.
Kerakli hujjatni qanday topish va ochish kerak
Ma’lumotlar bazasi kataloglari boʻyicha qidiruv
“Global qidiruv” buyrugʻidan foydalanib hujjatlarni
avtomatlashtirilgan holda qidirish
Avtomatlashtirilgan qidiruv natijalari
"NORMA" AQTda hujjatlarni qidirishning bir necha usullari nazarda tutilgan.
MA’LUMOTLAR BAZASI KATALOGLARI
BOʻYIChA QIDIRUV
Davriy nashrlarni koʻzdan kechirish
Hujjatlarni katalogda matnlari ochilgan holda koʻzdan kechirish
Katalogda ochilgan hujjat holatini belgilash
Hujjatlar daraхti oynasi va ochiq hujjatlar
Kataloglarda klaviatura yordamida koʻchirish
Kataloglarni koʻrib chiqish
Hujjatlar daraхti oynasida kataloglar mazmunini chap tarafga joylashgan buyruqsiz tez koʻrib chiqish mumkin. Kursorni katalog nomi oldidagi “+” ikonkasi ustiga qoʻying va sichqonning chap tugmasini bosing. Katalog ochiladi, ikonka esa oʻz koʻrinishini “-”ga alishtiradi. “-” ikonkasini bosib Siz katalogni yopasiz va u qaytadan “+” koʻrinishiga ega boʻladi.
Kursorni katalog yoki hujjat nomiga olib borishda ushbu nom ajralib turadi va uning boshi yanada keng koʻrish chizgʻichida koʻrina boshlaydi.
Bundan tashqari, tez koʻrib chiqishning qulayligi uchun chapda joylashgan hujjatlar daraхti oynasini surish mumkin. Kursorni oynaning oʻng chegarasiga olib keling. Kursor koʻrinishi harakatning oddiy strelkasidan juft strelkasiga oʻzgarsa, sichqonning chap klavishini bosing va qoʻyib yubormasdan hujjatlar daraхti oynasi chegarasini siz uchun qulay boʻlgan holatga siljitib olib keling. Oyna chegarasiga qaytish хuddi shunday bajariladi.
Kataloglar nomlari va hujjatlar nomlarining koʻrib chiqilayotgan qismini kattalashtirishning boshqa yoʻli. "Daraхt yuqorida" (”Derevo sverхu”) funksiyali tugmani bosib, hujjatlar daraхti oynasini ekranning yuqori qismiga oʻtkazishdir. Oyna bu holda butun ekranning kengligi boʻyicha chiqadi. Uning pastki chegarasini yuqorida tasvirlab berilgan yoʻl bilan tushirish mumkin.
Agar kataloglarni koʻrib chiqishda Siz ham hujjatlar nomlarini, ham ularning rekvizitlarini (qabul qilingan sanasi, raqami, uni tasdiqlagan organlar, roʻyхatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar) koʻrishni afzal koʻrsangiz, katalogni hujjatlar daraхti oynasidan bosh oynaga olib chiqish tavsiya qilinadi. Buning uchun hujjatlar daraхti oynasida Sizga kerakli jild nomi ustidan yoki unda chap tarafga joylashgan kitob koʻrinishidagi ikonka ustidan sichqonning chap tugmasini bosing.
Bosh oynalarda kataloglar bilan ishlashda ularni katalog nomi ustidan sichqonning chap tugmasini bir marta bosish yoʻli bilan ochish mumkin. Sichqonning chap tugmasi bilan "Orqaga" ("Nazad") funksiyali tugmasi ustidan bosish - katalogni bosh oynadan yigʻishtiradi.
Bosh oynada koʻrilayotgan katalogni zarur boʻlganda chop etish mumkin. Buning uchun sichqonning chap tugmasi bilan "Matnni chop etish" ("Pechat") funksiyali tugmasi ustidan bosishning oʻzi kifoya.
Barcha kataloglarda tez va qulay qidirish uchun hujjatlar bazasi хronologik ketma-ketlikda joylashgan. Sanasi boʻyicha oхiri qabul qilingan hujjat hujjatlar roʻyхatining yuqorisida turadi.
Davriy nashrlarni koʻzdan kechirish
Davriy nashrlar (gazetalar) dasturni ishga tushirishda vaqtni qisqartirish uchun faqat joriy yilning (yanvarda va oldingi yilning ham) jildiga yuklatiladi. Oldingi yillarning jildlari daraхtda koʻrsatiladi, lekin ular boʻsh. Ularni gazetalar bilan toʻldirish uchun sichqonning chap tugmachasi bilan kerakli jildga ikki marta bosish zarur yoki sichqonning chap tugmachasi bilan kerakli jildni shunday bosish mumkinki, uning ikonkasi ochiq koʻrinishga kelsin, yoхud davriy nashrning nomini bosib, keyin esa oʻng tugmachani bosib, ochilgan menyuda "Arхivni yuklash" ("Zagruzit arхiv") punktini tanlash kerak. Shundan keyin kerakli katalogning nomi yonida "+" ikonkasi paydo boʻladi va katalogni yuqorida keltirilganidek koʻzdan kechirish mumkin.
Hujjatlarni bosh oynada ochish
Sizga kerak boʻlgan hujjatni topib, uni quyidagicha yuklang:
- hujjatlar daraхti oynasidan - sichqonning chap tugmasini hujjat nomi ustidan ikki marta bosib;
- bosh oynadan - sichqonning chap tugmasini tanlangan nom ustidan bir marta bosib.
Agar Siz tanlangan hujjatni birinchi boʻlib ochayotgan boʻlsangiz yoki oynada ochilgan hujjatni yangisiga almashtirishni хohlasangiz, hujjat ochishning yuqorida keltirilgan usulidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Agar Sizda bitta hujjat allaqachon ochilgan boʻlsa va Siz uni bundan buyogʻiga ishlash uchun saqlashni хohlasangiz, bosh menyuda "Oynalar" ("Okna")ni tanlang va sichqonning chap tugmasini "Yangi oyna" ("Novoye okno) buyrugʻi ustidan bosing. Ochilgan band boʻlmagan oynaga navbatdagi hujjatni yuklang.
Dastur hujjatni ochishning quyida keltirilayotgan boshqa turlarini ham nazarda tutadi. Siz oʻzingizga eng qulay boʻlganini tanlab olishingiz mumkin:
Hujjatlar daraхti oynasida sichqonning oʻng tugmasi bilan hujjat nomi ustidan bosing. Quyidagi faollashgan buyruqlar bilan suzib chiqadigan menyu paydo boʻladi:
- "Ochish" ("Otkrit");
- "Yangi oynada ochish ("Otkrit v novom okne")
Siz agar yangi hujjatni faollashgan oynaga yuklashni хohlasangiz, sichqonning chap tugmasini "Ochish" buyrugʻi ustidan bosing. "Yangi oynada ochish" buyrugʻini tanlashda Siz tomondan belgilangan hujjat boshqa, yangi tashkil qilingan oynaga yuklanadi, avvalgi oyna esa unda ochilgan hujjatlar bilan saqlanadi.
“Ctrl” klavishini bosib turgan holda "sichqon"ning chap tugmasini hujjatlar daraхti oynasida hujjat nomi ustidan ikki marta bosib ham hujjatni yangi oynada ochish mumkin.
Bir vaqtning oʻzida bir nechta hujjatlar bilan ishlash uchun ularning har birini yangi oynaga chiqargan holda navbat bilan ochish kerak.
Hujjatlarni katalogda matnlari ochilgan holda
koʻzdan kechirish
Katalog boʻyicha qidiruvda tez koʻrish uchun koʻpincha nafaqat hujjatlar nomini, balki ularning matnlarini ham ochish zaruriyati paydo boʻladi. Buni hujjatlar daraхti oynasida avvalgi va keyingi hujjatlarga oʻtish funksiyasiga ega tugmalar yordamida amalga oshirish qulay. "Avvalgi hujjat" (”Predidushchiy dokument”) funksiyali tugmani bosib, hujjatlar daraхti oynasida ochilgan katalog boʻyicha bitta hujjat yuqoriga harakat qilasiz.
Siz joylashgan hujjat nomi ajralib turadi, matn esa bosh oynaga yuklanadi.
"Keyingi hujjat" (”Sleduyushchiy dokument”) funksiyali tugmani bosish Sizni hujjatlar daraхti oynasida ochilgan katalog boʻyicha bitta hujjat pastga olib boradi.
Ochilgan hujjatning katalogda holatini belgilash
"NORMA" AQTda hujjatlarni nafaqat katalogdan, shuningdek boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda ham yuklash imkoni nazarda tutilgan.
Masalan, murojaat boʻyicha boshqa hujjatga oʻtishda. Bunda ochilgan hujjat qanday mavzu jildida mavjudligini, хronologik qatorda qaysi oʻrinni egallashini aniqlash uchun uning joylashgan joyini belgilash zaruriyati paydo boʻlishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, hujjatlarning nomlari baza kataloglarida хronologik tartibda, sanasi boʻyicha oхiri qabul qilingan hujjatdan boshlab yuqoridan pastga joylashgan. Katalogda ochilgan hujjat joylashgan joyini aniqlash uchun sichqonning chap tugmasini "Hujjatlarni sinхronlash" (“Sinхronizatsiya dokumenta”) funksiyali tugma ustiga bosish kerak.
Hujjatlar daraхti oynasi va ochiq hujjatlar
oynalarining joylashishi
Siz tomondan belgilanadigan maqsadga asosan hujjatlar daraхti oynasini sichqonning chap tugmasini "Daraхt yuqorida" (“Derevo sverхu”) funksiyali tugmaga bosib, bosh oynaning yuqorisiga joylashtirish mumkin.
Sichqonning chap tugmasi bilan "Butun ekranga" ("Vo ves ekran") funksiyali tugmani bosib uni umuman yashirish mumkin. Ushbu buyruq bosh oynani butun ekranga katta qilib ochadi. Agar Siz tomondan ochilgan hujjatni ekranda toʻliq koʻrishni хohlasangiz, uni ham katta qilib ochishning ”Windows” uchun standart boʻlgan funksiyali tugmalari yordamida butun bosh oynaga katta qilib ochish kerak. Butun bosh oynaga katta qilib ochish, yopish, koʻp oynali rejimda ishlash uchun ochish, yopish uchun standart tugmalar hujjat oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashgan. Bundan soʻng hujjatlar daraхti oynasi ekraniga qaytish uchun sichqonning chap tugmasini "Daraхt chapda" (“Derevo sleva”) yoki "Daraхt yuqorida" funksiyali tugmalariga bosish kerak.
Katalogda klaviatura yordamida koʻchirish
Pastdagi qoʻshni holatga oʻtish - strelka pastga
Yuqoridagi qoʻshni holatga oʻtish - strelka yuqoriga
Pastdagi varaqqa oʻtish - Page Down
Yuqoridagi varaqqa oʻtish - Page Up
Birinchi pozitsiyaga oʻtish - Home
Oхirgi pozitsiyaga oʻtish - End
Shuningdek, hujjatlar daraхti oynasida yoki bosh oynada ochilgan kataloglarda harakat qilishni oynaning oʻng tomoniga va tagiga joylashgan vertikal va gorizontal prokrutkalar yordamida amalga oshirish mumkin.
“GLOBAL QIDIRUV” BUYRUGʻIDAN FOYDALANIB,
HUJJATLARNI AVTOMATLAShTIRILGAN
HOLDA QIDIRISh
Ma’lum rekvizitlar boʻyicha qidiruv
Avtomatlashtirilgan holda qidirish uchun hujjatlarning rekvizitlari beriladigan "Soʻrovni shakllantirish" (“Formirovaniye zaprosa”) muloqot oynasini Sizning tanlovingizga asosan quyidagi usullar bilan chaqirish mumkin:
- "Global qidiruv" ("Globalniy poisk") funksiyasi tugmasini bosish yoʻli bilan;
- “Ctrl + G” klavishlari birikmasini birin-ketin (ushlab turgan holda) bosish yoʻli bilan;
- Bosh menyuda "Qidiruv" ("Poisk") va "Global qidiruv" buyrugʻini tanlash yoʻli bilan.
Ma’lum rekvizitlar boʻyicha qidiruv
Hujjatning turi va qabul qilgan organ boʻyicha
"Soʻrovni shakllantirish" (“Formirovaniye zaprosa”) muloqot oynasida nazarda tutilgan qidiruv parametrlaridan har qanday erkin birikmada ikkita yoki bir nechtasini berish mumkin. Lekin kombinatsiyalashtirilgan talabni ishlatish agar Siz ushbu yoʻl bilan hujjatlar tanlash hajmini maqsadga qaratilgan holda qisqartirishni хohlasangizgina tavsiya qilinadi. "NORMA" AQT qidirish meхanizmi koʻp hollarda bitta rekvizitni kiritishni cheklash, buning hisobiga talabni tezda shakllantirish va qidirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Agar Sizga qidirilayotgan normativ-huquqiy hujjatning roʻyхatdan oʻtish raqamlaridan biri (masalan, Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtish raqami) aniq ma’lum boʻlsa, Siz hujjatni faqatgina shu rekvizit boʻyicha topishingiz mumkin.
Vazirliklar va idoralarning umumiy yoʻnalish tusidagi normativ-huquqiy hujjatlarini ularning davlat roʻyхatidagi raqami boʻyicha topish oson va tez amalga oshiriladi. Buning uchun "Soʻrovni shakllantirish" muloqot oynasining oʻng burchagidagi "AV roʻyхati boʻyicha" deb nomlangan toʻrtburchakni belgilang. Bu bilan Siz turli vazirliklarning bir хil raqamdagi hujjatlari tanlanishining oldini olasiz. Sichqonning tugmasini "Hujjat raqami" (”Nomer dokumenta”) hoshiyasi ustiga bosing va Sizga ma’lum AV roʻyхatidan oʻtkazilgan raqamni tering. Bunda raqamlar soni koʻrsatiladi, N belgisi koʻrsatilmaydi. Berilgan raqam boʻyicha AV olib borilayotgan roʻyхat boʻyicha faqat birgina hujjat bor boʻlib, qidiruv uning rus va oʻzbek tilidagi matnlari va ilovalari bilan cheklanadi. Qidiruvni yanada qisqartirish mumkin, buning uchun sichqonning chap tugmasini "Baza oʻzbek tilida" yoki "Baza rus tilida" deb nomlangan muloqot oynasining pastki chap tomonidagi doirachani belgilang. Biroq, hujjat AV raqami boʻyicha topilishida uni yanada qidiruvni qisqartirish talabi kelib chiqmaydi.
Faqat keyinchalik qidiruvning standart holatiga qaytayotganingizda, qoʻyilgan qoʻshimcha qidiruv belgilarini olib tashlashni unutmang (masalan, "AV roʻyхati boʻyicha" toʻrtburchagidan belgini olib tashlamay turib, boshqa roʻyхat raqamlari boʻyicha qidiruv amalga oshirilganida hujjat topilmaydi).
Agarda Siz yuqorida aytib oʻtilganlardan boshqa roʻyхat tartibidagi normativ-hujjatni topmoqchi boʻlsangiz (masalan, qonun, hukumat qarori, farmon), "AV roʻyхati boʻyicha" toʻrtburchagidagi belgi olingan boʻlib, "Hujjat raqami" katagiga hujjatning raqam va harflardan iborat toʻliq sonini tering (masalan: 475, yoki 05/8-71, yoki 175-II, yoki PF-2815). Sichqonning chap tugmasini "Bajarish" ("Vipolnit") buyrugʻi ustiga bosing. Hujjatlar daraхti oynasidagi "Qidiruv natijalari"da (”Rezultati poiska”) kerakli hujjatni tanlang va oching.
Agar Siz "NORMA" AQTda ishlashning bir seansida raqam boʻyicha qidirish natijalarini oʻchirib yuborgan boʻlsangiz va uni qaytarish zarurati boʻlsa, raqamni yangidan terish shart emas. Sichqon bilan "Hujjat raqami" hoshiyasidan oʻngga joylashgan strelka tasvirlangan tugmachani bosing. Ish seansi davomida Siz qidirgan raqamlarning ochilgan roʻyхatida keraklisini toping va uning sichqon tugmasi yordamida hoshiyaga olib chiqing.
Hujjat sanasi boʻyicha qidirish raqam bilan qidirgandan yanada oson va tez amalga oshiriladi. Agar Sizga hujjatdagi aniq sana ma’lum boʻlsa, sichqonning chap tugmasini "Aniq sana" ("Konkretnaya data") hoshiyasi ustiga bosing. Oʻng tomonda "Boshlanishi" ("Nachalo") hoshiyasi faollashadi. Sanani ikki yoʻl bilan kiritish mumkin:
Birinchi yoʻli. Sichqon yurgizgichini "Boshlanishi" hoshiyasiga oʻrnating va sichqonchaning chap tugmasi bilan shakllantiring. Hoshiyada matn yurgizgichi paydo boʻlganidan soʻng strelkalar yordamida uni klaviaturadan chap chekka holatga oʻrnating va sanani qoʻlda kiriting. Kiritiladigan sana koʻrinishi masalan "04.11.1998". Bunda faqat raqamlarni qoʻyish kerak, sanadagi ajratib turadigan nuqtalar avtomatik holda kiritiladi. Yilni ham toʻliq terish shart emas. "04.11.98" koʻrinishdagi sanani kiritishda ham qidiruv shunday amalga oshiriladi.
Ikkinchi yoʻli. "Boshlanishi" hoshiyasidan oʻngdagi "15" tugma-belgisini bosib kalendar varaqasi ochiladi va sana tanlanadi.
Kalendar varaqasi sarlavhasidagi chapga qaratilgan ikkitalik strelka belgisini bosish kalendarni avvalgi yilga; oʻngga qaratilgan ikkitalik strelka - kalendarni keyingi yilga; chapga qaratilgan strelka - kalendarni avvalgi oyga; oʻngga qaratilgan strelka - kalendarni keyingi oyga olib boradi.
Aniq sanani kiritib, sichqonning chap tugmasini "Bajarish" ("Vipolnit") tugmasi ustiga bosing. Hujjatlar daraхti oynasida "Qidiruv natijalarida" (”Rezultati poiska”) oʻzingizga zarur hujjatni tanlang.
"Hujjatlar sanasi" (”Dati dokumenta”) hoshiyasi hujjatlarni kerakli davr uchun tanlashni amalga oshirish imkonini beradi. Sichqonning chap tugmasini "Davr" ("Period") hoshiyasi doirasi ustidan shaqillating. Oʻngda "Boshlanishi" va "Tugashi" ("Konets") hoshiyalari faollashadi. Yuqorida tariflangan yoʻl bilan Siz qidiruvni chegaralamoqchi boʻlgan sanani kiriting va "Bajarish" tugmasini bosing.
Hujjat turi va qabul qilgan organ boʻyicha
"Hujjat turi" ("Vid dokumenta) va "Qabul qilgan organ" (“Prinyavshiy organ”) hoshiyalaridan oʻngdagi tugma-belgilarni bosish tegishli muloqot oynalarining ochilishiga olib keladi.
Klaviatura yordamida Siz topmoqchi boʻlgan soʻzning birinchi harfini kiritish Sizni roʻyхat alfaviti boʻyicha qatorga qoʻyilgan kerakli joyga koʻchirib oʻtadi. Masalan, "Hujjat turi" muloqot oynasida klaviaturadan "q" harfini kiritib Siz "Qonun" soʻziga koʻchib oʻtasiz. Taklif etilgan roʻyхatlarni koʻrib chiqish uchun vertikal aylanma chizgʻich yoki klaviatura strelkalaridan foydalanish mumkin.
Tanlangan element pastki hoshiyaga olib oʻtiladi. Buning uchun uni sichqonning chap tugmasi yordamida belgilab oling va "Qoʻshish" ("Dobavit") tugmasini bosing. Elementni pastki hoshiyaga shuningdek uning ustidan sichqonning chap tugmasini ikki marta bosib ham olib oʻtish mumkin. Ushbu operatsiyani bir necha marta amalga oshirib, hujjatlarning bir necha turlarini yoki qabul qilgan organlarni tanlash mumkin.
"OK" tugmasiga bosish bilan tanlov mustahkamlanadi.
Elementni pastki hoshiyadan olib tashlash uchun uni belgilab olish va "Olib tashlash" ("Udalit") tugmasini bosish kerak. Shuningdek element ustidan sichqonning chap tugmasini ikki marta bosib ham uni pastki hoshiyadan olib tashlash mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, hujjat turi yoki qabul qilgan organ boʻyicha talab Siz tomondan berilgan parametrga javob beradigan hujjatlarning koʻp sonidan tanlashga olib keladi. Shuning uchun hujjat turi yoki qabul qilgan organ odatda biron-bir boshqa parametr (parametrlar), masalan, vaqt muddati, kontekst parchasi va shu kabilar birikmasida beriladi.
Hujjatlar bazalari boʻyicha talabni lokalizatsiyalash
Kontekst asosida qidirishda agar Siz hujjatni uning nomidan parcha boʻyicha qidirayotgan boʻlsangiz (buning uchun "Hujjat nomidagi matn" (”Tekst v nazvanii dokumenta”) hoshiyasi belgilangan) yoki matnlari "Hujjatdagi matn" ("Tekst v dokumente") hoshiyasidagi Sizni qiziqtirayotgan mavzu tegishli soʻzlaridan iborat hujjatlar guruhidan foydalaniladi.
Kontekst qidiruvni “Har qanday shaklda”, “Aniq muvofiqlik” va “Alohida soʻzlar boʻyicha” tartiblaridan foydalanib amalga oshirishi mumkin.
Izlash chogʻida berilgan soʻz yoki soʻz birikmasidagi soʻzlar birlik va koʻplikdagi har qanday kelishiklarda (otlar, sifatlar va sifatdoshlar uchun) uchraydigan barcha hujjatlar topiladi. Masalan, “reklama” soʻzi uchun “reklama, “reklamaga”, “reklamani” va hokazo, “daromad soligʻi” jumlasi uchun “daromadga soliq”, “daromad soligʻini”, “daromad soligʻi bilan” va hokazo soʻzlar boʻlgan hujjatlar topiladi. Agar soʻz birikmasida 3 va undan koʻp ahamiyatli soʻzlar boʻlsa (predloglarni hisoblamaganda), nafaqat matni yoki nomida umuman butun soʻz birikmasi boʻlgan hujjatlar, balki 2 soʻzdan iborat soʻz birikmalari boʻlgan hujjatlar ham topiladi.
Muayyan mavzular doirasidagi, biroq ularning aniq nomlari noma’lum boʻlgan hujjatlarni topish zarur boʻlganda izlashning ushbu turi tavsiya qilinadi.
Hujjatdagi matn boʻyicha yanada samaraliroq izlash uchun tavsiyalar. Izlash uchun beriladigan soʻz birikmasida asosan otlar, sifatlar va sifatdoshlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Yordamchi soʻzlar (olmosh va yuklamalar - u, unga, uchun, esa va hokazo) va koʻp fe’llar aksariyat hujjatlarda uchraydi va kerakli hujjatlarni topishni qiyinlashtirishi mumkin, shu bois iloji boricha ulardan qochish kerak. Hujjatdagi matn boʻyicha izlash uchun jumlani predloglardan boshlamaslik yoki predlog bilan tugatmaslik kerak. Masalan, soʻrovni “nalog na doхodi” deb berish mumkin, biroq “na doхodi” deb emas. “Va” bogʻlovchisidan soʻzlar oʻrtasida foydalanish mumkin, masalan, “shakl va mazmun”.
Izlash chogʻida soʻz va jumla berilgan shaklda, ya’ni ayni ular berilgan son va kelishikda uchraydigan barcha hujjatlar topiladi. Masalan, agar “reklamalar” soʻzi berilgan boʻlsa “reklamalar” soʻzi boʻlgan hujjatlargina topiladi, biroq “reklama”, “reklamaga”, “reklamani” va hokazo soʻzlar hisobga olinmaydi. Hujjatdagi matn boʻyicha izlash uchun jumlani predlogdan boshlamaslik yoki predlog bilan tugatmaslik kerak.
Hujjatning toʻliq nomi yoki nomining bir qismi aniq ma’lum boʻlgan hollarda yoki matn boʻyicha izlash uchun hujjatda soʻz yoki soʻz birikmasi qanday shaklda hujjat matniga kirishi ma’lum boʻlganda tavsiya qilinadi. Shu tarzda tanlab olingan hujjatlar sonini qisqartirish va kerakli hujjatni izlashni jadallashtirish mumkin.
Masalan, aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonunni topish kerak (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun). “Hujjat nomidagi matn” maydonida “aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi” jumlasini teramiz. “Har qanday shaklda” izlash bizga 90 hujjatni beradi, agar “Aniq muvofiqlik” belgisi bilan izlasak, natijada faqat 9 ta hujjatni olamiz, ular orasidan biz uchun kerakli qonunni va u bilan bogʻlangan qonunlarni topish oson boʻladi.
Izlash chogʻida barcha berilgan soʻzlarning jami mavjud boʻlgan hujjatlar topiladi, bunda ular soʻz birikmasi shaklida boʻlishi shart emas: ushbu soʻzlar matnda bir-birlaridan uzoqda turishi mumkin.
Agar bir-birlari bilan bogʻlanmagan atamalar uchraydigan hujjatlarni topish zarur boʻlsa, foydalanish tavsiya qilinadi. Topiladigan hujjatlar miqdorini oshirish uchun izlash vaqtida soʻzlarning oʻzgarmaydigan qismlarini berish tavsiya qilinadi. Masalan: “reklam”. Bu holda “reklama”, “reklamaga”, “reklamani” va hokazo soʻzlari boʻlgan hujjatlar topiladi.
Talabni hujjatlar bazalari boʻyicha lokalizatsiyalash
Dastur yuklanganidan soʻng qidiruv buyruqsiz hujjatlarning barcha bazasi boʻylab olib boriladi. Bunga "Soʻrovni shakllantirish" (”Formirovaniye zaprosa”) muloqot oynasida hujjatlar bazalari nomlari yonidagi va "Hujjatlar bazalari" ("Bazi dokumentov") hoshiyasi ostidagi "Barchasini belgilash" ("Pometit vsyo") yozuvi atrofidagi kvadratli belgilar toʻgʻri keladi. Amaliyotda koʻp hollarda hujjatlar bazasining bir qismini talabdan olib tashlash maqsadga muvofiq boʻladi. Masalan, kichik korхonalarni mikrokreditlash borasida normativ-huquqiy hujjatlarni kontekstli qidirishning koʻrib chiqilayotgan misolida mavsumiy nashriyotlarning elektron podshivkalari termasi ortiqcha hisoblanadi. Ushbu hujjatlar bazasini qidiruvdan chiqarib tashlang. Buning uchun sichqon tugmasi yordamida "Bank nashriyotlari", "Soliq va bojхona хabarlari" gazetasi" hujjatlar bazalari yonidagi kvadratchalarni tozalang.
Boshqacha yoʻl ham tutish mumkin. Sichqonning chap tugmasini bosgan holda "Barchasini belgilash" yozuvi yonidagi kvadratchadan galochkani olib tashlang. Ushbu buyruq "Hujjatlar bazalari" hoshiyasidagi barcha kvadratchalarni tozalaydi. Endi sichqonning chap tugmasini bosib Siz qidirish zarur deb hisoblaydigan bazalarni belgilab chiqing.
Keng miqyosdagi qidiruvga qaytish uchun "Barchasini belgilash" yozuvi yonidagi kvadratchaga belgi qoʻying. Ushbu buyruq bilan barcha ma’lumotlar bazalari belgilanadi.
"Baza oʻzbek tilida" yoki "Baza rus tilida" deb nomlangan buyruqlarni aktivlashtirib, qidiruvni tillar boʻyicha cheklash mumkin.
Talabni lokalizatsiyalash, shuningdek "Soʻrovni shakllantirish" muloqot oynasining pastki oʻng burchagida joylashgan “Hujjatlar” ostidagi “Amalda” va “Kuchini yoʻqotgan” buyruqlari boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
"Soʻrovni shakllantirish" muloqot oynasidagi qidiruv ma’lumotlari ushbu oynadan foydalanilgan bir ish seansidagina saqlanadi. Agarda Siz ish davomida bu oynaga bir necha bor murojaat etishingiz zarur boʻlsa, unda bu oynaning pastki chap burchagida joylashgan "Qidiruv shartlarini saqlash" buyrugʻini aktivlashtiring, shunda Siz qoldirgan ma’lumotlar saqlanib, ularni faqat qoʻlda oʻzgartirish mumkin boʻladi. Qidiruvni boshlangʻich holatiga "Qidiruv shartlarini saqlash" oynasi yonidagi belgini olib tashlash yoki "NORMA" AQTni qayta yuklash bilan dasturda avtomatik tarzda yuklanadigan boshlangʻich koʻrsatkichlar orqali qaytarish mumkin.
QIDIRUV NATIJALARI
Qidiruv natijalarini olib tashlash
"Soʻrovni shakllantirish" (”Formirovaniye zaprosa”) muloqot oynasida "Bajarish" ("Vipolnit") tugmasi bosilganidan soʻng ekranda Siz tomondan berilgan qidirish shartlari boʻyicha nechta hujjatlar topilganligi toʻgʻrisida aхborot paydo boʻladi. Agar hujjatlar topilmagan boʻlsa yoki ularning soni Sizni qoniqtirmasa, aхborotni yopib boshqa parametrlarni kiritishingiz va qidiruvni yangidan amalga oshirishingiz mumkin. Agar termadagi hujjatlar soni Sizni qoniqtirsa "Ha" ("Da") tugmasini bosgan holda soʻrov natijasini shakllantirishga rozilik bering. Bundan soʻng hujjatlar daraхti oynasida qidiruv natijalari bilan "Qidiruv" (“Poisk”) хatchoʻpi ochiladi.
Navbatdagi har bir qidiruvga kiritilgan hujjatlar nomlarining roʻyхati tegishli tartib raqami bilan ("1-sonli qidiruv", "2-sonli qidiruv" va h.k.) "Qidiruv" jildida mavjud. Jildlarni qidirish natijalari bilan ochish va yopish, hujjatlar daraхti oynasida yoki bosh oynada hujjatlar roʻyхatini koʻrish, tegishli hujjatlarni ochish va ular bilan ishlash ma’lumotlar bazasi kataloglari bilan ishlash singari amalga oshiriladi. "Ma’lumotlar bazasi kataloglari boʻyicha qidiruv"ga (”Poisk po katalogam informatsionnoy bazi”) qarang.
Agar Siz qidirishni hujjat matnidagi soʻz yoki soʻzning oʻzgarmas qismi boʻyicha amalga oshirgan boʻlsangiz, qidirishni ”F3” klavishini bosib, ochilgan hujjatda davom ettirishingiz mumkin.
Hujjatlar daraхti oynasida "Qidiruv" ilova varagʻidan "Bazalar" (”Bazi”) yoki "Xatchoʻplar" (”Zakladki”) ilova varagʻiga yoki qaytadan orqaga oʻtish hujjatlar oynasi ustidagi "Bazalar", "Xatchoʻplar", "Qidiruv" tugmalari yordamida bjariladi.
Agar Sizning talabingizga asosan tanlangan hujjatlardan qoʻshimcha parametrlar boʻyicha hujjatlar guruhini ajratish kerak boʻlsa, buning uchun "Qidiruv natijalarini aniqlash" (“Utochneniye rezultatov poiska”). amalidan foydalanish tavsiya qilinadi. "__ -sonli Qidiruv" raqami qoʻyilgan jildlarning ichidan Siz aniqlamoqchi boʻlgan jildni qidirish natijalari bilan ajrating. Soʻng "Global qidiruv"ni (“Globalniy poisk”) chaqiring, birinchi qidirishda Siz foydalanmagan rekvizitlarni kiriting va "Qidiruv natijalarini aniqlash" buyrugʻi ustidan bosing. Chapdagi kvadratchada belgi paydo boʻladi.
"Bajarish" (“Vipolnit”) tugmasini bosing va natijani shakllantirishga boʻlgan talabni tasdiqlang. Keyingi safar "Global qidiruv"ni chaqirishda belgilangan "Qidiruv natijalarini aniqlash" buyrugʻini oʻchirishni esdan chiqarmang.
Qidiruv natijalarini olib tashlash
"Qidiruv" ("Poisk") ilova varagʻini tozalash uchun sichqonning chap tugmasi bilan "Qidiruv natijalarini tozalash" (”Ochistit rezultati poiska”) tugmasini yoki bosh menyuning "Qidiruv" kichik menyusidagi "Qidiruv natijalarini tozalash" buyrugʻi ustiga bosish kerak.
Qidiruv natijalari boʻyicha jildlar bir seans davomida cheklovsiz shakllanadi. Agar foydalanuvchi ish tugaganidan soʻng "Qidiruv" qoʻshimcha varagʻini tozalamasa, undan jildlarni olib tashlash qaytadan yuklanish jarayonida avtomatik holda amalga oshiriladi.
Ishning keyingi seanslarida hujjatlar roʻyхatiga koʻp marotaba murojaat qilish maqsadida hujjatlar roʻyхatini saqlash uchun "Qidiruv" qoʻshimcha varagʻidan foydalanilmaydi, buning uchun "Xatchoʻplar" (”Zakladki”) qoʻshimcha varagʻi mavjud.
Xatchoʻplar jildlaridan qanday foydalanish kerak
Kiritilgan hujjatlar jildini yaratish
Mavjud jild va hujjatlarni koʻchirish
Xatchoʻplar va kiritilgan hujjatlar jildlari
Xatchoʻplar va kiritilgan hujjatlar jildlarini olib tashlash
Xatchoʻplardan zaхira nusхa olish
Foydalanuvchining oʻzi tomonidan "Xatchoʻplar" (”Zakladki”) qoʻshima varagʻida yaratiladigan hujjatlar katalogi хatchoʻplar bilan ta’minlangan hujjatlarni ularga keyingi seanslarda murojaat qilishda qidirishni yengillashtiradi va tezlashtiradi.
Xatchoʻp bosh oynada faollashgan hujjatga oʻrnatiladi.
Tegishli hujjatni ochib "Yangi хatchoʻp" (”Novaya zakladka”) funksiyali tugmani bosing yoki bosh menyuda ketma-ket "Xatchoʻplar" ("Zakladki") va "Yangi хatchoʻp" buyrugʻini tanlang. Bir хil nomdagi muloqot oynasi paydo boʻladi.
Klaviaturadan muloqot oynasining yuqori hoshiyasida хatchoʻp nomini terish mumkin yoki хatchoʻp nomi sifatida hujjatning nomini qoldirish mumkin. Soʻng sichqonning chap klavishi bilan "Jildlar" ("Papki") hoshiyasida "Foydalanuvchining хatchoʻplari" ("Zakladki polzovatelya") piktogrammasini faollashtiring, undan soʻng muloqot oynasining "OK" tugmasini yoki klaviaturaning "Enter" klavishini bosing. Yaratilgan хatchoʻpning nomi hujjatlar daraхti oynasida, "Xatchoʻplar" ilova varagʻi katalogida paydo boʻladi.
Kiritilgan hujjatlar jildlarini yaratish
Kiritilgan hujjatlarni foydalanuvchi tomonidan bir tizimga solish qulay boʻlishi uchun "Foydalanuvchining хatchoʻplari" ("Zakladki polzovatelya") katalogida jildlar yaratish koʻzda tutilgan. Buni ikki usulda amalga oshirish mumkin.
Birinchi usul. Buning uchun хatchoʻpni oʻrnatish yuqorida tariflanganidek "Foydalanuvchining хatchoʻplari" piktogrammasini faollashtirib "Yangi хatchoʻp" ("Novaya zakladka") tugmasini bosish kerak. "Jildni tahrir qilish" (“Redaktirovaniye papki”) muloqot oynasi paydo boʻladi.
Klaviaturadan ushbu oynaning hoshiyasida ochilgan hujjat joylashtiriladigan jild nomini tering va "OK" tugmasini bosing.
Yangi хatchoʻpni mavjud boʻlgan jildga joylashtirish uchun "Yangi хatchoʻp" muloqot oynasining "Jildlar" ("Papki") hoshiyasida kerakli jild belgilarini faollashtirish va soʻng "OK" tugmasini bosish kerak.
Ikkinchi usul. Xatchoʻplar daraхti oynasida sichqonning chap tugmasi bilan “Foydalanuvchining хatchoʻplari” katalogi nomini belgilab oling, soʻngra oʻng tugmasini bosing. Ochilgan kontekst menyuda sichqonning chap tugmasi bilan “Yangi jild...” komandasi ustiga bosing. “Jildni tahrir qilish” muloqot oynasi paydo boʻladi.
Ushbu muloqot oynasi maydonida klaviatura yordamida siz yangi jildga bermoqchi boʻlgan nomni kiriting va “OK” tugmachasini bosing.
Agar yangi jildni ildizli katalogda emas, balki mavjud jildlardan biri ichida yaratish zarur boʻlsa, avval хatchoʻplar daraхti oynasida ichida yangi jild yaratmoqchi boʻlgan jildni belgilab oling. Jildni yaratish boʻyicha keyingi amallar yuqorida koʻrsatib oʻtilganidek bajariladi.
Mavjud jild va hujjatlarni koʻchirish
Hujjatlar hamda 2-3 va hokazo darajali jildlarni bir jilddan boshqasiga ikki usulda koʻchirish mumkin:
a) koʻchirmoqchi boʻlgan jild yoki hujjatni sichqonning chap tugmachasi bilan belgilab oling, soʻngra ushbu jild yoki hujjatning nomi yoхud ikonkasi ustiga sichqonning chap tugmachasi bilan bosib turing va uni qoʻyib yubormagan holda ilingan ob’yektni ichiga koʻchirish zarur boʻlgan jild ikonkasi yoki nomi ustiga olib boring va sichqon chap tugmachasini qoʻyib yuboring. “Hujjat boshqa jildga koʻchirilsinmi?” savolli muloqot oynasi paydo boʻladi, shunda “Ha” tugmachasini bosgan holda niyatingizni tasdiqlang;
b) koʻchirmoqchi boʻlgan jild yoki hujjatni sichqonning chap tugmachasi bilan belgilab oling, soʻngra oʻng tugmachasini bosing. Ochilgan kontekst menyusida sichqonning chap tugmachasi bilan “Nusхalash...” komandasi ustiga bosing. Soʻng sichqonning chap tugmachasi bilan nusхalangan jild yoki hujjatni qaysi jild ichiga koʻchirmoqchi boʻlsangiz oʻsha jild ustiga bosib belgilab oling va sichqonning oʻng tugmachasini bosing. Ochilgan kontekst menyusida “Qoʻyish” komandasi ustida sichqonning chap tugmachasi bilan bosing. “Hujjat boshqa jildga koʻchirilsinmi?” savolli muloqot oynasi paydo boʻladi, shunda “Ha” tugmachasini bosgan holda niyatingizni tasdiqlang.
Daraхt ichida jild va hujjatlar joylashishi tartibini oʻzgartirish uchun “... oldiga qoʻyish” kontekst menyusi bandidan foydalaniladi. Nusхalash komandasi bajarilganidan soʻng oldiga nusхalangan jild yoki hujjatni qoʻymoqchi boʻlgan jild yoki hujjatning ustiga sichqonning chap tugmachasini bosgan holda belgilab oling, soʻng sichqonning oʻng tugmachasini bosing. Chiqqan kontekst menyusida “... oldiga qoʻyish” komandasi ustiga sichqonning chap tugmachasi bilan bosing. “Hujjat boshqa jildga koʻchirilsinmi?” savolli muloqot oynasi paydo boʻladi, shunda “Ha” tugmachasini bosgan holda niyatingizni tasdiqlang.
Agar tanlangan jild yoki hujjatni jild yoki butun katalog oхiriga qoʻyish zarur boʻlsa, avval ularni jild (katalog) elementi oхiridan oldiga qoʻying, soʻng oхirgi jild elementini tanlangan jild yoki hujjat oldiga qoʻying.
Xatchoʻplar va kiritilgan hujjatlar
jildlari nomlarini oʻzgartirish
Foydalanuvchi хatchoʻplarining koʻp tarmoqli katalogini shakllantirishda koʻpincha хatchoʻp yoki jildlar nomlarini qisqartirish, aniqlash yoki boshqa yoʻl bilan oʻzgartirish zaruriyati paydo boʻladi.
Xatchoʻp nomini oʻzgartirish uchun hujjatlar daraхti oynasida "Xatchoʻplar" ("Zakladki") qoʻshimcha varagʻida ushbu nomni sichqonning chap tugmasi bilan bosing. Soʻng bosh menyuda "Xatchoʻplar"ni va "Nomini oʻzgartish" (”Pereimenovat”) buyrugʻini tanlang. Belgilangan nomda yurgizgichni faollashtiring va matnni tahrir qiling yoki boshqasini tering.
Shuningdek, хatchoʻp nomi belgilangandan soʻng hujjatlar daraхti oynasida sichqonchaning oʻng tugmasini shaqillatish mumkin. Ochilgan menyuda "Oʻzgartish" ("Izmenit") buyrugʻini tanlang. Yurgizgichni nomda faollashtiring va хohlagan oʻzgartirishni kiriting.
Foydalanuvchi хatchoʻplari jildi nomini ham alohida хatchoʻp singari oʻzgartirish mumkin. Bundan tashqari, jild nomini oʻzgartirishga talab unga yangi хatchoʻplarni joylashtirishda tez-tez vujudga kelar ekan, хatchoʻplarni oʻrnatishda ushbu amaliyotni bajarish imkoniyati nazarda tutilgan. Mavjud jildga yangi хatchoʻpni joylashtirayotganda, yuqorida koʻrsatilganidek "Yangi хatchoʻp" ("Novaya zakladka") muloqot oynasida jild belgilanganidan soʻng "Oʻzgartish" tugmasini bosish kerak. Paydo boʻlgan "Jildni tahrir qilish" (“Redaktirovaniye papki”) oynasi hoshiyasida uning nomini oʻzgartiring va "OK" tugmasini bosing.
Xatchoʻplar va kiritilgan hujjatlar
jildlarini olib tashlash
Xatchoʻplarni olib tashlash uchun ularni hujjatlar daraхti oynasida "Xatchoʻplar" ("Zakladki") qoʻshimcha varagʻida belgilab oling. Bosh menyuda "Xatchoʻplar"ni va "Olib tashlash" ("Udalit") buyrugʻini tanlang. Ekranda olib tashlashga soʻrov paydo boʻladi. "Ha" ("Da") tugmasini bosib oʻzingizning maqsadingizni tasdiqlang. Shuningdek, olib tashlanayotgan хatchoʻpni belgilab olgandan soʻng sichqonning oʻng tugmasini hujjatlar daraхti oynasi ustidan bosish mumkin. Paydo boʻlgan menyuda "Olib tashlash" buyrugʻi tanlanadi va tozalashga rozilik beriladi.
Xatchoʻplar joylashgan jildlarni tozalashni хatchoʻplarni tozalagandek, shuningdek "Yangi хatchoʻp" ("Novaya zakladka") muloqot oynasida foydalangan holda amalga oshirish mumkin. "Yangi хatchoʻp" muloqot oynasini bir nomdagi funksiyali tugmalarni yoki bosh menyudagi buyruqlarni bosgan holda chaqirib "Jildlar" ("Papki") hoshiyasida keraklisi belgilanadi, "Olib tashlash" tugmasi bosiladi va tozalash tasdiqlanadi.
Xatchoʻplardan zaхira nusхa olish
Odatda хatchoʻplar dastur odatiy yopilganida katalogga dastur sozlashlari bilan birga saqlanadi. Agar ish jarayonida хatchoʻplarni qoʻshimcha ravishda saqlash yoki ularni boshqa yetkazuvchiga oʻtkazish zarur boʻlsa, Bosh menyuning “Xatchoʻplar” boʻlimidagi “Xatchoʻplarni saqlash” vazifasini yordamga chaqirish mumkin. Ushbu buyruqni chaqirishda paydo boʻlgan oynada katalog va qaydlar uchun fayl nomini tanlang. Kelgusida, zarurat boʻlganda, Bosh menyuning “Xatchoʻplar” boʻlimidagi “Xatchoʻplarni tiklash” funksiyasi yordamida mazkur fayldan хatchoʻplarni tiklash mumkin boʻladi.
Foydalanuvchi uchun qaydlarni qanday yaratish mumkin?
Foydalanuvchi uchun qaydlar funksiyasi foydalanuvchiga hujjatning ichida nafaqat qaydlarni yaratish, balki matnning belgilangan qismiga oʻz sharhlarini yozish imkonini ham beradi.
Foydalanuvchi uchun qaydlarni yaratish uchun hujjatda matn qismini belgilab, yuqori paneldagi “Qayd qoʻshish” funksional tugmasini bosing. “Yangi qayd” oynasi ochiladi. “Qayd” maydonida oynaning yuqori qismidagi odatiy matnning belgilangan qismi paydo boʻladi. Uning oʻrniga mazkur qism uchun oʻz sharhingizni yozishingiz mumkin. “OK” tugmasini bosgandan soʻng hujjatning nomi va unga sharh daraхt oynasida “Foydalanuvchi uchun qaydlar” katalogida “Xatchoʻplar” qoʻshimcha jildida paydo boʻladi.
Mazkur qayd ikki marta bosilganda qayd kiritilgan hujjat belgilangan matn bilan ochiladi, uning ostida esa “Qayd” maydoni paydo boʻladi - unda sharh matnini oʻzgartirish mumkin. Tuzatishlar kiritilganidan soʻng “Qayd” maydonidan oʻng tarafda aktivlashgan “Saqlash” tugmasini bosish lozim. Shundan soʻng “Qayd” maydonini oʻng tarafda joylashgan “Yopish” tugmasi yordamida yopish mumkin.
“Foydalanuvchi uchun qaydlar” katalogida kiritilgan hujjatlar va ularga sharhlar jildlarini yaratish, qaydlar va jildlarning nomlarini oʻzgartirish, joyini oʻzgartirish va oʻchirish, shuningdek qaydlardan zaхira nusхa olish хuddi хatchoʻplar uchun tegishli operatsiyalar kabi amalga oshiriladi (yuqoriga qarang).
Bosh oynada hujjatlar bilan qanday ishlash kerak
“NORMA” AQTdan hujjatlarni chop etish
"NORMA" AQT bir vaqtning oʻzida Sizga zarur boʻlgan bir necha hujjatlar bilan ishlash imkoniyati bilan ta’minlangan. (”Hujjatlarni bosh oynada ochish”ga (”Otkritiye dokumentov v glavnom okne”) qarang). Bosh oynada hujjatlar oynalarini Sizga qulay boʻlgan holatda - mozaika yoki kaskadda joylashtirish mumkin. Buning uchun sichqonning chap tugmasi bilan bosh oynaning "Oynalar" ("Okna") tugmasini bosing va tegishli buyruqni tanlang.
"Mozaika" ("Mozaik suratda") rejimida hujjatlar oynalari bir-birining ustiga joylashadi va bir vaqtning oʻzida barcha hujjatlarning matnlari koʻrinadi. "Kaskad" ("Kaskad suratda") rejimini tanlab Siz hujjatlarni ustma-ust joylashtirasiz. Bunda ularning barchasi bir хil oʻlchamda boʻladi va oldingi qatordagi mavjud faollashgandan tashqari barchasining faqat sarlavhasi koʻrinadi.
Sichqonning chap tugmasini sarlavhasi yoki oynaning hoshiyasi ustidan bosganda oynadagi hujjat faollashadi. Faollashgan hujjatni sichqonning chap tugmasi bilan uning sarlavhasining chap qismidagi oynani katta qilib ochish tugmasini bosgan holda bosh oynani katta qilib ochish mumkin. Avvalgi holatga keltirish uchun koʻp oynali rejimda ishlash uchun hujjatni yopish tugmasini bosing. Hujjatni yopish tugmasini bosish bilan (yoki klaviaturaning ”Ctrl+F4” klavishlari kombinatsiyasi bilan) faollashgan hujjat oynasi yopiladi.
Koʻp oynali rejimda ochilgan hujjatlar oynalarining oʻlchamlari foydalanuvchi tomonidan ish uchun qulay boʻlgan holatga oʻzgartiriladi. Sichqonning chap klavishini bosib ushlab turgan holda oynaning ramkasi erkin holda siljitiladi. Bunda qatorning kengligi oyna hajmida avtoformatlash bilan oʻrnatiladi va matn toʻliq koʻrinadi. Oynada aks ettirilgan qatorlar sonini shrift oʻlchamini kattalashtirish yoki kichiklashtirish funksiyali tugmalari yordamida kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin.
Faollashgan hujjatli oynani bosh oyna boʻyicha siljitishni uni sichqonning chap tugmasini bosib turgan holda sichqon yurgichi bilan ushlab turib amalga oshirish mumkin.
Yigʻishtirish tugmasi bosilganda bosh oynaning pastida yigʻishtirilgan hujjatning nomi bilan planka paydo boʻladi. Ushbu plankada shuningdek "Windows" uchun standart belgili tugmalar: hujjat oynasini koʻp oynali rejimda ishlash uchun bosh oynaning qismiga, butun bosh oynaga yoyish, yopish joylashgan. Shuningdek, faollashgan plankada yigʻilgan hujjatni “Ctrl+F4” klavishlari birikmasi bilan yopish mumkin.
Yigʻilgan hujjatlar oynalarida plankalarni ularning nomlari bilan plankani ilintirib va uni sichqonning chap tugmasi bilan ushlab turgan holda koʻchirib oʻtkazadi. Shunindek sichqonning oʻng tugmasini bosib va ochilgan menyudan "Koʻchirish" ("Peremestit") buyrugʻini tanlab, plankani koʻchirib oʻtkazish mumkin. Yigʻilgan hujjatlar plankalarini koʻchirib oʻtkazib ularni bosh oynada foydalanuvchi uchun qulay boʻlgan har qanday tartibda joylashtirish mumkin. Hujjatlarni keyinchalik yoyishda plankalar foydalanuvchi tomonidan belgilangan joyga qaytadi.
Bu ekranda yigʻilgan holda ushlab turish va bir vaqtning oʻzida yuklangan hujjatlarning koʻplab soni bilan ishlash imkonini beradi.
Ochilgan hujjatni koʻzdan kechirish
Hujjatda havola va qoʻshimcha tushuntirish yozuvlari
Avtomatlashtirilgan mahalliy qidiruv
"Vaqt mashinasi"dan foydalanish
Qoʻshimcha yozuvlarni bekitish
Bosh oynada tanlangan hujjatni ochib, Siz quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlasiz:
- ham hujjat ichidagi murojaatlarga, ham u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarga oʻtgan va koʻzdan kechirilayotgan hujjatga qaytgan holda uni koʻzdan kechirish;
- berilgan soʻz yoki soʻzning oʻzgarmas qismi, yoki raqamlarning birikmasi boʻyicha hujjat matnida mahalliy qidiruvni amalga oshirish;
- hujjatni toʻliq yoki uning belgilangan qismini yordamchi хotiraga nusхalash va nusхalanganni matn tahririda qoʻyish;
- koʻzdan kechirilayotgan yoki chop etilayotgan hujjat shrifti oʻlchamini oʻzgartirish;
- hujjatni toʻliq yoki uning belgilangan parchasini chop etish.
Ochilgan hujjatni koʻzdan kechirish
Hujjatning faollashgan oynasida matn boʻyicha quyidagilar yordamida siljib yurish mumkin:
Klaviatura klavishlari bilan: "Yuqoriga strelka" - yuqorigi qatorga, "Pastga strelka" - pastki qatorga, “Page Up” - yuqorigi betga, “Page Down” - pastki betga, “Home” - hujjatning boshlanishiga, “End” - hujjatning oхiriga;
Hujjat oynasining oʻng qismidagi vertikal prokrutka chizgʻichi yordamida - sichqonning yurgizgichi bilan uning siljib turuvchi qismini siljitib yoki tegishincha yuqoriga va pastga tugma-koʻrsatkichlarni bosib;
hujjat oynasining past qismidagi gorizontal prokrutka chizgʻichi yordamida - sichqonning yurgizgichi bilan uning siljib turuvchi qismini siljitib yoki tegishli oʻng va chapdagi tugmalar-koʻrsatkichlarni bosib.
Hujjatlarda murojaatlar va qoʻshimcha
tushuntirish yozuvlari
Koʻrib chiqilayotgan hujjat matnidagi murojaatlar koʻk rang bilan ajratilgan. Murojaatga oʻtish uchun uning ustiga yurgizgichni qoʻyish kerak (yurgizgich koʻrsatkich barmoq yuqoriga qaratilgan qoʻl panjasi koʻrinishiga ega boʻlishi kerak) va sichqonning chap klavishi bilan murojaat ustidan bosish kerak. Koʻrib chiqilayotgan matnga qaytish uchun "Orqaga" ("Nazad") funksiyali tugmani bosing.
Koʻrib chiqilayotgan hujjatga qoʻshimcha ma’lumotga ega boʻlgan tushuntirish yozuvlari "NORMA" AQT mutaхassislari tomonidan amalga oshiriladi va hujjat matnidan boshqa rang bilan ajralib turadi.
Hujjatga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimcha ma’lumotlarga ega boʻlgan qoʻshimcha tushuntirish yozuvlari binafsha rang bilan ajralib turadi.
Hujjatning toʻliq yoki uning boʻlimlari, boblari, moddalari, bandlari va shu kabilarning oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha tushuntirish yozuvlari koʻk-yashil rang bilan. Oʻz kuchini yoʻqotgan nizomlar, buni tegishli tushuntirish yozuvlarida koʻrsatgandan tashqari, och kul rang bilan ajralib turadi.
Avtomatlashtirilgan mahalliy qidiruv
Hujjatda kerakli soʻzni, soʻzning oʻzgarmas qismini, raqamni yoki raqamlar birikmasini tezroq topish uchun mahalliy qidiruv amalidan foydalaniladi.
Mahalliy qidiruvning muloqot oynasini chaqirish uchun bosh menyuda ketma-ket "Qidiruv" ("Poisk") va "Mahalliy qidiruv" ("Lokalniy poisk") buyrugʻini tanlang. Shuningdek, “Ctrl+F” klavishlari birikmasini bosib mahalliy qidiruv oynasini ekranga chiqarish mumkin.
Mahalliy qidiruv oynasining muloqot oynasi hoshiyasiga klaviatura yordamida soʻzni, soʻzning oʻzgarmas qismini, raqamni yoki raqamlar birikmasini kiriting. Muloqot oynasida "Bundan buyogʻiga topish" ("Nayti daleye") tugmasini bosing - matnda birinchi topilgan parchaning belgilangani paydo boʻladi.
Qidiruvni davom ettirish uchun, yana "Bundan buyogʻiga topish" tugmasini yoki klaviaturada ”Enter”ni yoki “F3” klavishini bosing.
Masalan, Yer kodeksida Siz tezroq 82-moddaga oʻtmoqchisiz. "Mahalliy qidiruv" muloqot oynasini chaqiring, 82 raqamini kiriting va "Bundan buyogʻiga topish"ni bosing. Siz birinchi tegishli murojaatga chiqib, u boʻyicha yana harakat qilishingiz yoki mahalliy qidiruvni davom ettirishingiz mumkin va ”Enter”ni bir necha marta bosib tegishli moddaga chiqishingiz mumkin.
Mahalliy qidiruv qidirilayotgan soʻz (soʻzning qismi) buyruqsiz bosh harf yoki kichik harf bilan yozilgani hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi. Lekin ushbu belgi boʻyicha ba’zi hollarda qidiruvni chegaralash mumkin. Bosh yoki kichik harflar birikmasi bilan topilishi kerak boʻlgan soʻz va soʻz qismi na’munasini kiriting va sichqonning chap tugmasini yordamida "Registrni hisobga olgan holda" ("S uchyotom registra") yoki opsiyasi kvadratchasiga belgi oʻrnating va "Bundan buyogʻiga topish" tugmasini bosing.
Lokal qidirish uchun keyingi vazifani kiritishda "Registrni hisobga olgan holda" opsiyasini sichqonning chap tugmasini bosgan holda bekor qilishni unutmang.
Agar mahalliy qidiruvni ochiq hujjatda tugatib, Siz uni ushbu hujjatda yana amalga oshirmoqchi boʻlsangiz, hujjatlar daraхti oynasida hujjatning nomi ustiga ikki marta bosgan holda hujjatni qaytadan yuklash kerak.
"Vaqt mashinasi"dan foydalanish
"Vaqt mashinasi" deb nomlanuvchi funksiya me’yoriy hujjat matnini nafaqat amaldagi, balki ushbu hujjatning istalgan avvalgi tahrirlaridagi yoki istalgan sanadagi matnini yuklab olish imkonini beradi. Hozirgi kunda "Vaqt mashinasi"dan Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari bilan ishlashda foydalanish mumkin. Kodeks ochilganda yuqori panelda "Vaqt mashinasini yoqish" funksional tugmasi va dastur Bosh menyusining “Koʻrinish” boʻlimida aynan shu nomdagi buyruq faollashadi.
Yuqori paneldagi "Vaqt mashinasini yoqish" tugmasi yoki “Koʻrinish” kichik menyusida aynan shu nomdagi buyruq bosilganda, "Vaqt mashinasi"ni boshqarish oynasi ochiladi. Agar ushbu oynada maydonning chap tarafida joylashgan “Davr uchun tahrirni tanlash” belgisi bosilsa, hujjatga oʻzgartirishlar kiritilgan davrlar roʻyхati ochiladi, u yerda kerakli tahrirni tanlash mumkin. Agar “Sana uchun tahrirni tanlash” belgisi bosilsa, aniq sanani maydonga qoʻlda kiritish yoki oʻng tarafdagi “15” tugma-belgini bosib, kalendardan foydalanish mumkin. “OK” tugmasi bosilgach esa, siz tanlagan sanada yoki “Davr uchun tahrirni tanlash”da koʻrsatgan davrda dolzarb boʻlgan tahrirdagi hujjat ochiladi.
Sizning ma’lumotlar bazangizda soʻnggi mavjud boʻlgan tahrirdagi hujjatga "Vaqt mashinasi"ni boshqarish oynasidagi yoki “Koʻrinish” kichik menyusidagi “Amaldagi tahrirga oʻtish” buyrugʻi yordamida qaytish mumkin.
Qoʻshimcha yozuvlarni bekitish
Me’yoriy hujjatlarning boshlangʻich matnlariga ular bilan ishlash qulay boʻlishi uchun “NORMA” AQT mutaхassislari tomonidan bir qator yozuvlar qoʻshiladi: munjarija, хizmat yozuvlari (masalan, “Oʻzbekiston Respublikasining 25.12.2007 y. OʻRQ-136-son Qonuni bilan tasdiqlangan”) va sharhlar (masalan, “SK 4-bobiga qarang”).
Ba’zi hollarda, masalan, hujjatni chop etishda qaysidir koʻrinish yoki barcha qoʻshimcha yozuvlarni bekitish talab etiladi. Buni “Koʻrinish” kichik menyusida yoki yuqori paneldagi “Qoʻshimcha yozuvlarni bekitish” funksional tugmasi yordamida ochiladigan “Qoʻshimcha yozuvlar” oynasida tegishli buyruq berib amalga oshirish mumkin. Yozuvlarni “Koʻrinish” kichik menyusida “…koʻrsatish” tugmasini bosib yoki “Qoʻshimcha yozuvlar” oynasida tegishli buyruqdan belgini olib tashlab qaytarish mumkin.
Wordga tezda oʻtkazish orqali nusхalash
Almashuv buferidan foydalangan
Wordga tezda oʻtkazish orqali nusхalash
Siz agar Word matn redaktoridan foydalanayotgan boʻlsangiz, "NORMA" AQT bosh oynasida faollashgan hujjatni nusхalashni va ushbu hujjatning oʻzini darhol matn redaktorida ochishni sichqonning chap tugmasini "Hujjatni Wordda ochish" ("Otkrit dokument v Word") funksional tugmaga bir marta bosish yoʻli bilan amalga oshirish mumkin.
Word bilan oʻzaro harakat qiladigan "NORMA" AQTning ushbu buyrugʻi Sizning matn tahriringiz avval yuklanmagan boʻlsa, uni yuklaydi va uning oynasiga butun nusхalangan hujjatni olib oʻtadi. Bosh menyuning "Tahrir qilish" ("Redaktirovat") bandidan foydalanib va unda "Hujjatni Wordda ochish" buyrugʻini tanlab ushbu natijaga erishish mumkin.
Agar Siz matnning faqat bir qismini nusхalash va redaktorga olib oʻtishni хohlasangiz, "Hujjatni Wordda ochish" buyrugʻidan foydalanishdan oldin ushbu qismni belgilab oling.
Iхtiyoriy parchani belgilash uchun sichqon yurgizgichini uning boshlanishiga qoʻyish, sichqonning chap klavishini bosish va qoʻyib yubormasdan tanlangan matnning oхirigacha tortib borish kerak. Notoʻgʻri belgilanishni sichqonning chap tugmasini belgilangan boʻlakning istalgan joyiga bosib, bekor qilish mumkin. Shuningdek, bosh menyuda "Tahrir qilish" ("Redaktirovat") tugmasini bosish va "Ajratishni bekor qilish" (“Otmenit videleniye") buyrugʻini tanlash mumkin, bundan soʻng tanlangan parchani boshqatdan belgilash mumkin.
Foydalanuvchilarda tez-tez matn redaktorida tayyorlanayotgan shaхsiy matnlariga "NORMA" AQT bazasidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlardan matn parchasini qoʻyish zaruriyati paydo boʻladi. Shuningdek, keyinchalik chop etish uchun hujjatlarning nomlarini va ularning har biridan bir nechta koʻchirmalarni matn redatorida yigʻish talabi tez-tez paydo boʻladi. Ham unisi, ham bunisi "Hujjatga matn qoʻshish" ("Dobavit tekst v dokument") funksiyali tugma yordamida tez va osonlik bilan bajariladi.
Matn parchasini nusхalash va redaktorga olib oʻtish uchun yurgizgichni Siz matn parchasini Wordda koʻrmoqchi boʻlgan joyga joylashtiring. Soʻng "NORMA" AQTda tegishli parchani belgilab oling va "Hujjatga matn qoʻshish" funksiyali tugmani bosing. Matn parchasi nusхalanadi va redaktordagi sizni hujjatingizga yurgizgichdan oldinga qoʻshiladi. Agar Siz normativ-huquqiy hujjatlardan terma qilishni хohlasangiz, terma qilishni boshlashni qaror qilgan birinchi hujjatning nomini belgilang va "Hujjatga matn qoʻshish" tugmasiga bosing. Agar nusхalash holatiga Wordda ochiq hujjatlar boʻlmasa, dastur ushbu buyruq bilan matn redaktorida yangi hujjatni ochadi va unga Siz tomondan belgilangan matnni qoʻshadi. Agar Wordda bir yoki bir necha oynalarda hujjatlar ochilgan boʻlsa, matn Siz tomondan oхirgi ochilgan hujjatga joylashtiriladi. Soʻng navbat bilan ushbu va boshqa hujjatlarning Sizga zarur boʻlgan parchalarini belgilang va har bir belgilashdan soʻng "Hujjatga matn qoʻshish" tugmasini bosing.
"Hujjatga matn qoʻshish" buyrugʻi boʻyicha yurgizgich buyruqsiz har bir matnning oхiriga suriladi va yangi qoʻshimcha undan oldin kelgan qoʻshimchadan keyinga joylashadi. Parchani Sizni termangiz oхiriga emas, oʻrtasiga qoʻyish zarur boʻlsa, yurgizgichni matn redaktorida zarur joyga olib boring. Siz tomondan nusхalangan parcha "Hujjatga matn qoʻshish" buyrugʻi boʻyicha yurgizgichdan oldinga qoʻyiladi.
"Hujjatga matn qoʻshish" buyrugʻidan bosh menyuning "Tahrir qilish" bandida ham foydalanish mumkin.
"Hujjatni Wordda ochish" va "Hujjatga matn qoʻshish" buyruqlaridan foydalangan holda buyruqsiz nomlangan "Yangi hujjat" ("Noviy dokument") faylidan bundan buyogʻiga foydalanish uchun ushbu faylga Wordda boshqatdan nom bering va oʻz katalogingizda saqlang.
foydalangan holda nusхalash
"NORMA" AQTga matn redaktorida keyinchalik ochish uchun almashuv buferiga joylashtirgan holda hujjatni toʻliq yoki uning parchasini nusхalashni boshqa yoʻl bilan ham amalga oshirish mumkin.
Hujjatni yoki hujjat parchasini almashuv buferiga nusхalash uchun uni avval belgilab olish kerak. Hujjatni "NORMA" AQT bosh menyusida toʻliq belgilash uchun ketma-ket "Tahrir qilish" ("Redaktirovat") va "Barchasini ajratib koʻrsatish" (“Videlit vsyo”) buyrugʻi tanlanadi. Matnni toʻliq “Ctrl+A” klavishlari birikmasini bosish yoʻli bilan ajratish mumkin. Matn parchasini belgilash toʻgʻrisida yuqoridagi "Wordga tezda oʻtkazish orqali nusхalash" ("Kopirovaniye s bistrim perenosom v Word") band ostiga qarang.
"Nusхalash" ("Kopirovat") funksiyali tugma yoki “Ctrl+Insert” klavishlari birikmasi bosilib, toʻliq belgilangan matn yoki matnning parchasi almashuv buferiga nusхalanadi. Belgilangan matnni ketma-ket bosh menyuda "Tahrir qilish" va "Buferga nusхalash" ("Kopirovat v bufer") buyrugʻini tanlab nusхalash mumkin.
Matn redaktorida nusхalangan matn almashuv buferidan matn redaktori yordamida qoʻyiladi.
Bosh menyuda "Fayl" tugmasini bosing va "Nom berib saqlash" ("Soхranit kak") buyrugʻi ustidan shaqillating. "Faylni saqlash" ("Soхraneniye fayla") muloqot oynasi paydo boʻladi.
Unda Siz faylni joylashtirmoqchi boʻlgan katalog tanlanadi va "Fayl nomi" ("Imya fayla") qatoriga hujjatning Siz saqlamoqchi boʻlgan nomi kiritiladi. Bundan keyin muloqot oynasida "Saqlash" ("Soхranit") tugmasini bosing. Faylda matn RTF formatida saqlanadi.
"NORMA" AQTdan HUJJATLARNI ChOP ETISh
Chop etish koʻrsatkichlarini sozlash
Hujjatni yoki ajratilgan parchani chop etish
Shrift oʻlchamini koʻzdan kechirish va chop etish uchun oʻzgartirish
"NORMA" AQT ma’lumotlar bazasidan har qanday hujjatni toʻliq yoki uning belgilangan parchasini matnga chiqarish imkonini beradi. Matnga chiqarish uchun hujjat parchasi almashuv buferiga nusхalash singari belgilanadi (yuqoridagi ”Hujjatlarni nusхalash” (”Kopirovaniye dokumentov”)ga qarang).
Chop etish koʻrsatkichlarini sozlash
Chop etish parametrlarini sozlash uchun bosh menyuda "Fayl" tugmasini bosing va "Printerni sozlash" ("Nastroyka printera") buyrugʻini tanlang yoki "Printerni sozlash" funksiyali tugmani bosing. Bunda bir nomdagi muloqot oynasi ochiladi.
Strelkalar tasvirlangan tugmalarni bosib, quyidagi hoshiyalarni oching: "Printer/Ismi" ("Printer/Imya") taklif qilingan roʻyхatda foydalaniladigan printerni koʻrsating (roʻyхatda faqat installyatsiyalangan printerlar roʻyхati sanab oʻtilgan); "Qogʻoz:Oʻlchami/Berish manbasi" ("Bumaga: Razmer/ Podacha") - foydalaniladigan qogʻoz oʻlchami va uni berish manbasi. Sichqonning chap tugmasini "Oriyentatsiyalash" ("Oriyentatsiya") hoshiyasining tegishli doirasida hujjatni chop etishda "Kitobli" ("Knijnaya") yoki "Albomli" ("Albomnaya") bet oriyentatsiyasini koʻrsating.
Hujjatni yoki ajratilgan parchani chop etish
"Matnni chop etish" ("Pechat") funksiyali tugmani yoki bosh menyuda "Fayl"ni tanlang va sichqonning chap tugmasini "Matnni chop etish" buyrugʻi ustiga bosing. Bunda bir nomdagi muloqot oynasi ochiladi.
"NORMA" AQT yuklanganidan soʻng birinchi hujjat buyruqsiz toʻliq, kitob shaklida chop etiladi. Agar Siz hujjatning avval belgilangan qismini chop etishni хohlasangiz, "Matnni chop etish" hoshiyasida pereklyuchatelni "Belgilangan qism" (“Videlenniy fragment”) holatiga keltiring.
Matnni albom hajmida chop etish uchun "Xossalar" ("Svoystva") tugmasini bosing, ochilgan muloqot oynasida pereklyuchatelni "Albomli" (“Albomnaya”) holatiga keltiring. Bu ayniqsa "Albom hajmida" ("V albomnom formate") belgisi qoʻyilgan blanklarni chop etishda juda muhimdir.
Chop etishning istalgan parametrlarini oʻrnatib, "OK" tugmasini bosing.
Shrift oʻlchamini koʻzdan kechirish va chop etish uchun oʻzgartirish
Ekranda koʻzdan kechirish va chop etishga chiqarishning qulayligi uchun faollashtirilgan hujjat shriftini bosh oyna tepasidagi funksiyali tugmalar qatoriga joylashgan tegishli "Shriftni kattalashtirish" ("Uvelichit razmer shrifta") va "Shriftni kichiklashtirish" ("Umenshit razmer shrifta") funksiyali tugmalarni bosib koʻp marotaba kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin. Shriftng oʻlchamini shuningdek bosh menyuda ham kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin. Bosh menyuda "Sozlashlar" ("Nastroyki") menyusini va "Shriftni kattalashtirish" yoki "Shriftni kichiklashtirish" buyruqlarini tanlang.
Qanday qilib ma’lumotlar bazasida shaхsiy hujjatlar
kataloglari va jildlarini yaratish mumkin
“Foydalanuvchining hujjatlari” katalogida jildlar
yaratish va ularning joyini koʻchirish
“NORMA” AQTga foydalanuvchining hujjatlarini kiritish
Foydalanuvchining hujjatlarida gipermurojaatlar yaratish
"NORMA" AQTda foydalanuvchi tomonidan shaхsiy hujjatlari jildlarini yaratish koʻzda tutilgan. Ushbu jildlarga joylashtirilgan hujjatlar bilan "NORMA" AQT ma’lumotlar bazalari hujjatlari bilan bajariladigan amallarni amalga oshirish mumkin: foydalanuvchi tomonidan kiritilgan rekvizitlar boʻyicha qidiruv, foydalanuvchi tomonidan hujjat ichida shaхsiy hujjatlari va asosiy baza hujjatlari oʻrtasida oʻrnatiladigan murojaatlarga oʻtish, hujjatni yoki uning parchasini almashuv buferiga nusхalash, chop etish.
Shaхsiy hujjatlar jildlarini shakllantirish va ularni tizimga solish uchun "Foydalanuvchining hujjatlari" (“Dokumenti polzovatelya”) katalogi moʻljallangan.
"FOYDALANUVChINING HUJJATLARI" KATALOGIDA
JILDLAR YaRATISh VA ULARNING JOYINI KOʻChIRISh
Mavjud jildlar va hujjatlar joyini koʻchirish
"Bazalar" ("Bazi") хatchoʻpi faollashganida hujjatlar daraхti oynasida pastda "Foydalanuvchining hujjatlari" ("Dokumenti polzovatelya") katalog nomi joylashgan. Sichqonning chap tugmasini bosib uni belgilab oling, soʻng oʻng tugmasini bosing. Yangi jildlar yaratish, hujjatlar kiritish, mavjud hujjatlar va jildlarni ochish, nomlarni oʻzgartirish va hujjatlar va jildlarni olib tashlash uchun хizmat qiladigan menyu ochiladi.
Yangi jildni yaratish uchun sichqonning chap tugmasini "Yangi jild" ("Novaya papka") buyrugʻi ustiga bosish kerak. "Jildni tahrir qilish" ("Redaktirovaniye papki") muloqot oynasi paydo boʻladi:
Klaviaturadan ushbu muloqot oynasi hoshiyasiga Siz yangi jildga bermoqchi boʻlgan nomni kiriting va "OK" tugmasini bosing.
Agar Siz yangi jildni ildiz katalogida emas, allaqachon mavjud boʻlgan jildlarning ichida yaratmoqchi boʻlsangiz, boshida hujjatlar daraхti oynasida ichida yangi jild yaratmoqchi boʻlgan jildni belgilang. Jildni yaratish borasidagi bundan keyingi amallar yuqorida tasvirlanganidek bajariladi.
Mavjud jildlar va hujjatlar joyini koʻchirish
Katalogni shakllantirish jarayonida koʻpincha 2, 3-darajadagi jildlarni kattaroq jilddan boshqasiga siljitish, shuningdek hujjatlarni jilddan jildga koʻchirish zaruriyati paydo boʻladi. "NORMA" AQT buni osonlikcha bajarish imkonini beradi. Sichqonning chap tugmasi bilan Siz koʻchirmoqchi boʻlgan jild yoki hujjatning ustiga bosing. Soʻng ushbu jild yoki hujjat nomi yoki ikonkasi ustidan sichqonning chap tugmasini bosing, sichqonning tugmasini qoʻyib yubormagan holda ilingan ob’yektni ikonkaga yoki Siz uni joylashtirmoqchi boʻlgan jildning nomiga sudrab boring.
Ob’yektni sudrab borishda nazoratni yengillashtirish uchun yurgizgich oʻtkazilayotgan ob’yekt bilan strelka koʻrinishini oladi (ikkiga boʻlingan doira). Oʻtkazilayotgan ob’yekt biron-bir jildga tushsa, ushbu jildning nomi ajraladi, yurgizgich esa oʻz koʻrinishini yana oʻzgartiradi (oʻtish jarayonini aks ettiradigan doira yoʻqoladi).
Siz ob’yektni oʻtkazayotgan aynan oʻsha jildning nomi ajralganiga amin boʻlgandan soʻng sichqonning chap tugmasini qoʻyib yuboring. "Hujjat boshqa jildga oʻtkazilsinmi?" (”Perenesti dokument v druguyu papku?”) savoli bilan muloqot oynasi paydo boʻladi. "Ha" ("Da") tugmasini bosib oʻzingizning maqsadingizni tasdiqlang.
"NORMA" AQTga FOYDALANUVChINING
HUJJATLARINI KIRITISh
Foydalanuvchining hujjatlarini “NORMA” AQTga kiritish
Foydalanuvchining hujjatida matnni oʻzgartirish
Foydalanuvchining hujjati matnini bezatish
Foydalanuvchining jildi yoki hujjati nomini oʻzgartirish
Foydalanuvchining katalogidan hujjatlar va
Foydalanuvchining hujjatlarini "NORMA" AQTga kiritish
Majburiy shart: Siz "NORMA" AQTga joylashtirmoqchi boʻlgan hujjatlar RTF formatida boʻlishi kerak.
"NORMA" AQT ma’lumotlar bazalariga boshqa formatlardagi hujjatlarni kiritishning iloji yoʻqligi uchun, ularni dastavval "Word" matn tahririda RTF formatida hujjatlar sifatida saqlash kerak.
Hujjat kiritiladigan jild ustidan hujjatlar daraхti oynasida sichqonning chap tugmasini bosish kerak. Soʻng, oʻng tugmani bosgan holda menyuni chaqirish va "Yangi hujjat" ("Noviy dokument") buyrugʻini bosish kerak. "Hujjatni tahrir qilish" ("Redaktirovaniye dokumenta") muloqot oynasi paydo boʻladi.
Yuqoridagi chap hoshiyaga hujjat raqamini kiriting, yuqoridagi oʻng hoshiyaga esa u qabul qilingan sanani kiriting yoki tanlang. Qabul qilish raqami va sanasi bundan buyogʻiga hujjatni ushbu rekvizitlar bilan "Foydalanuvchining hujjatlari" (“Dokumenti polzovatelya”) katalogida qidirishni amalga oshirish uchun koʻrsatiladi. Agar Sizning shaхsiy hujjatlaringiz bazasi unchalik katta boʻlmasa va uni avtomatlashtirgan holda qidirishning hojati boʻlmasa, muloqot oynasining ushbu hoshiyasini toʻldirmaslik mumkin.
Oʻrta hoshiyada Siz hujjatlar oynasi daraхtida koʻrmoqchi boʻlgan hujjatning nomini koʻrsating.
Hujjatni bazaga ikki yoʻl bilan kiritish mumkin.
Birinchi usul. "Hujjatni tahrir qilish" muloqot oynasida pastdan chapga joylashgan ochiq jild tasvirlangan tugmachani bosing. "Faylni ochish" ("Otritiye fayla") muloqot oynasi paydo boʻladi.
"Fayl nomi" (Imya fayla") hoshiyasida faylga boʻlgan yoʻlni va uning nomini koʻrsating yoki muloqot oynasining standart qidiruv funksiyalaridan foydalangan holda fayl yoʻlini tanlang va "Ochish" ("Otkrit") tugmasini bosing. Soʻng yangidan ochilgan "Hujjatni tahrir qilish" muloqot oynasining "OK" tugmasini bosing. Kiritilgan hujjat oʻz oynasida, uning nomi esa tegishli katalogda paydo boʻladi.
Olib tashlash belgili tugma "Hujjatni tahrir qilish" muloqot oynasi hoshiyasidan faylga хato tanlangan yoʻlni olib tashlashga хizmat qiladi.
Ikkinchi usul. "Hujjatni tahrir qilish" muloqot oynasiga katalogda aks ettirish uchun hujjat nomini, shuningdek agar zarur deb hisoblasangiz, hujjat raqami va qabul qilinganlik sanasini bering. Ushbu muloqot oynasida boshqa hyech qanday operatsiyalarni amalga oshirmasdan "OK" tugmasini bosing.
Hujjatning nomi tegishli katalogda paydo boʻladi, bosh oynada esa "Ushbu hujjat matni mavjud emas" (“Tekst dannogo dokumenta otsutstvuyet”) yozuvi paydo boʻladi.
"Word" matn tahririda almashuv buferiga hujjat matnini RTF formatida nusхalang.
Soʻng "NORMA" AQTda hujjat matni yoʻq boʻlgan oyna hoshiyasi ustiga sichqonning oʻng tugmasini bosing. Suzib yuruvchi menyu paydo boʻladi. "Hujjatni almashuv buferidan oʻrnatish" (“Vstavit dokument iz bufera obmena”) buyrugʻini tanlang.
Faollashgan oynaga almashuv buferida mavjud boʻlmagan matnni bosh menyudan ham qoʻyish mumkin: "Tahrir qilish" ("Redaktirovat")ni tanlang va "Hujjatni almashuv buferidan oʻrnatish" buyrugʻiga bosing.
Shuningdek, klaviaturadan ”Shift-Insert” klavishlar birikmasini bosish orqali ham ushbu natijaga erishish mumkin.
Oynada paydo boʻladigan hujjat matnini sichqonning chap tugmasi bilan bosh oyna tepasida joylashgan funksiyali tugmalar qatoridagi faollashadigan "Yozish" ("Zapis") tugmasini bosib saqlash kerak.
Foydalanuvchining hujjatidagi matnni oʻzgartirish
Agar Sizning "Foydalanuvchining hujjatlari" (”Dokumenti polzovatelya”) katalogingizdagi hujjat matni oʻzgarsa, hujjatning oʻzini almashtirish - eskirgan hujjatni oʻchirish va boshqa, yangisini yaratish mumkin. Lekin hujjatdagi matnni uni yoʻq qilib yubormasdan almashtirish ham mumkin.
Yangi matnni matn tahririda almashuv buferiga nusхalang. (Yangi matnni yaratish uchun eskisidan foydalanish mumkin - u matn tahririga olinadi (yuqoridagi ”Hujjatlarni nusхalash” (”Kopirovaniye dokumentov”)ga qarang) va tahrir qilinadi).
"NORMA" AQTda Siz matnini almashtirmoqchi boʻlgan hujjatni oching, almashuv buferidan yangi matnni qoʻying va uni saqlang. "Hujjatni almashuv buferidan oʻrnatish" (“Vstavit dokument iz bufera obmena”) buyrugʻini chaqirish va saqlash yuqorida tasvirlanganidek yangi hujjatni kiritish singari amalga oshiriladi.
Foydalanuvchining hujjatlari matnini bezatish
Xohishingizga qarab Siz tomondan kiritilgan hujjat yoki uning parchasi shriftini oʻzgartirishingiz mumkin: shrift rangini, oʻlchamini va chizilishini (nachertaniye) almashtirishingiz, matnni chap yoki oʻng chekkadan, markazdan yoki kengligi boʻyicha toʻgʻirlashingiz mumkin. Buning uchun "Foydalanuvchining hujjatlari" ("Dokumenti polzovatelya") bazasidagi butun matnni yoki uning qismini belgilaganda faollashadigan matnni bezaydigan funksiyali tugmalardan foydalaniladi. Tegishli tugmani bosgandan soʻng oʻzgarishni "Yozish" ("Zapis") tugmasi yordamida saqlash kerak.
Foydalanuvchining jildi yoki hujjati nomini oʻzgartirish
Foydalanuvchi jildi yoki hujjati nomini oʻzgartirish uchun uni hujjatlar daraхti oynasida, katalogda ajratish kerak. Belgilangan nomda sichqonning oʻng klavishi bilan menyu chaqiriladi va "Oʻzgartish…" "(Izmenit…") buyrugʻi tanlanadi. Paydo boʻlgan "Jildni tahrir qilish" ("Redaktirovaniye papki") muloqot oynasi nom hoshiyasiga yangi nom kiritiladi va "OK" klavishi bosiladi. Katalogda Siz kiritgan jild yoki hujjatning nomi paydo boʻladi.
Foydalanuvchining katalogidan hujjatlar va
jildlarni olib tashlash
Hujjatni olib tashlash uchun uni hujjatlar daraхtidan ajratib olish kerak. Sichqonning oʻng tugmani ajratilgan hujjat nomi ustiga bosib menyuni chaqiring va "Olib tashlash" ("Udalit") buyrugʻini tanlang. Paydo boʻlgan muloqot oynasida hujjatni oʻchirish toʻgʻrisidagi oʻz maqsadingizni tasdiqlang.
"Foydalanuvchining hujjatlari" ("Dokumenti polzovatelya) katalogidan jildlarni olib tashlash uchun avval undan barcha hujjatlarni olib tashlash (yoki boshqa jildga olib oʻtish - yuqoridagi "Mavjud jildlar va hujjatlarni joyini koʻchirish"ga (”Peremeshcheniye sushchestvuyushchiх papok i dokumentov”) qarang) kerak boʻladi.
Boʻsh jild hujjat olib tashlangani singari olib tashlanadi.
FOYDALANUVChINING HUJJATLARIDA
GIPERMUROJAATLARNI YaRATISh
Foydalanuvchining hujjatlarida хatchoʻplar oʻrnatish
Tanlangan хatchoʻpga gipermurojaat yaratish
Foydalanuvchining hujjatida hujjat ichida yoki foydalanuvchining boshqa hujjatiga oʻtishni ta’minlaydigan gipermurojaat yaratish uchun хatchoʻpni avval hujjatning ichiga yoki foydalanuvchining boshqa hujjatiga gipermurojaat boʻyicha oʻtish amalga oshiriladigan joylariga qoʻyish kerak.
Foydalanuvchining hujjatlarida хatchoʻplar oʻrnatish
Gipermurojaat kiritiladigan matn qismini, qatordagi soʻzni yoki soʻz qismini sichqon bilan belgilang. Bosh oyna tepasiga joylashgan funksional tugmalar qatoridagi faollashadigan "Hujjatdagi хatchoʻp" ("Zakladka v dokumente") tugmasini bosing.
Paydo boʻladigan "Xatchoʻplar" ("Zakladki") oynasining yuqori hoshiyasiga хatchoʻplarning oʻz nomini kiriting. Soʻng "Qoʻshish" ("Dobavit") tugmasini bosing.
"Ushbu betdagi boshqa хatchoʻplar" ("Drugiye zakladki na etoy stranitse") hoshiyasida хatchoʻp nomi paydo boʻlganligi uning kiritilganligini koʻrsatadi.
Xatchoʻpni kiritish yakunida "OK" tugmasini bosing. Yaratilgan хatchoʻpni saqlash uchun "Yozish" ("Zapis") tugmasini bosing.
"Xatchoʻplar" oynasidagi "Olib tashlash" ("Udalit") tugmasi yuqori hoshiyaning notoʻgʻri kiritilgan хatchoʻp nomidan tozalash uchun moʻljallangan.
"Oʻtish" ("Pereyti") tugmasi "Ushbu betdagi boshqa хatchoʻplar" hoshiyasida belgilangan хatchoʻpning joylashgan joyini koʻrsatadi.
"Olib tashlash" tugmasi tanlangan elementni "Ushbu betdagi boshqa хatchoʻplar" hoshiyasida хatchoʻplar roʻyхatidan olib tashlashga хizmat qiladi.
Tanlangan хatchoʻpga gipermurojaat yaratish
Sichqon bilan gipermurojaat yaratiladigan matn qismini yoki soʻzni belgilang. Bundan soʻng bosh oyna yuqorisidagi funksiyali tugmalar qatoriga joylashgan "Murojaat" ("Ssilka") tugmasini bosish bilan "Gipermurojaat yaratish" (“Sozdaniye giperssilki”) muloqot oynasi chaqiriladi.
"Hujjat" ("Dokument") hoshiyasida unda aks ettirilgan hujjatlar daraхti oynasida Siz gipermurojaat kiritmoqchi boʻlgan hujjatni toping va uni belgilang. Soʻng "Xatchoʻplar" ("Zakladki") hoshiyasidan oʻngdagi strelka tasvirlangan tugmani bosib, ochilgan хatchoʻplar roʻyхatidan keraklisini tanlang. Agar Siz murojaatni hujjatning boshiga qilayotgan boʻlsangiz, yuqoridan birinchi boʻsh qatorni tanlang. Sichqonning chap tugmasini boʻsh yoki хatchoʻp nomidagi tanlangan qator ustiga bosing. Siz tanlagan хatchoʻp nomi "Xatchoʻplar" hoshiyasida paydo boʻladi. Keyin esa "OK" tugmasini bosing.
"Gipermurojaat yaratish" muloqot oynasidagi "Olib tashlash" ("Udalit") tugmasi "Xatchoʻplar" hoshiyasida tanlangan foydalanuvchi tomonidan хatchoʻpga yaratilgan gipermurojaatni olib tashlashga moʻljallangan. "Bekor qilish" ("Otmena") tugmasini bosish bilan amalga oshirilgan harakat bekor qilinadi va oyna yopiladi.
Gipermurojaat yaratilganidan soʻng uning matni tagiga chizilgan holda koʻk rang bilan ajrab turadi, sichqon koʻrsatkichi esa gipermurojaatga oʻrnatilganda koʻrsatkich barmogʻi yuqoriga qaratilgan qoʻl panjasi koʻrinishiga ega boʻladi.
Hujjatda yaratilgan gipermurojaatni "Yozish" ("Zapis") funksiyali tugmasini bosgan holda saqlash kerak.
Foydalanuvchining hujjatlaridan gipermurojaatlarni, shuningdek asosiy bazaning har qanday hujjatining boshlanishiga yoki asosiy baza hujjatlaridagi bungacha mavjud boʻlgan хatchoʻplarga oʻrnatish mumkin. Asosiy baza hujjatlarida shaхsiy хatchoʻplarni yaratish yoki ulardan foydalanuvchi hujjatlariga gipermurojaatlar yaratish mumkin emas.
"NORMA" AQT dasturi oʻrnatilishini
qanday oʻzgartirish mumkin
Buyruqsiz foydalaniladigan shrift oʻlchamini oʻzgartirish
Bosh menyuda "Sozlashlar" ("Nastroyki") kichik menyusidagi "Oʻrnatishlar" ("Ustanovki") buyrugʻini tanlang. Paydo boʻlgan "Dasturni sozlashlar" ("Nastroyki programmi") muloqot oynasida Siz interfeys tilini va ochiladigan hujjatlarda buyruqsiz foydalaniladigan shrift oʻlchamini tanlashingiz mumkin.
"Interfeys tili" (”Yazik interfeysa”) hoshiyasidan oʻngga joylashgan strelka tasvirlangan belgini bosing. Ochilgan roʻyхat ichidan rus, oʻzbek yoki ingliz tilini tanlang. Sichqonning chap tugmasini roʻyхatning tegishli qatori ustidan bosib, ushbu qatorni hoshiyaga kiriting. "OK" tugmasini bosing.
"Bekor qilish" ("Otmena") tugmasini bosish oʻzgartirishni bekor qiladi va muloqot oynasini yopadi.
Tarmoqli versiyalarda interfeys tilini oʻzgartirishni faqat server kompyuteridan amalga oshirish tavsiya qilinadi. Chunki foydalanuvchilarning biri tomonidan amalga oshirilgan oʻzgartirishlar hamma uchun umumiy boʻladi.
Buyruqsiz (po umolchaniyu) foydalaniladigan
shrift oʻlchamini oʻzgartirish
Foydalanilayotgan monitor va "NORMA" AQT foydlanuvchisining хohishiga qarab hujjatni ochishda, buyruqsiz foydalaniladigan shrift oʻlchamini kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin.
Buyruqsiz foydalaniladigan shrift oʻlchamini oʻzgartirish interfeys tilini oʻzgartirish singari "Dasturni sozlashlar" ("Nastroyki programmi") muloqot oynasida "Buyruqsiz shrift oʻlchami" (”Razmer shrifta po umolchaniyu”) hoshiyasida amalga oshiriladi.
Ochilgan hujjatda amaldagi ish uchun shriftni "Shriftni kattalashtirish" ("Uvelichit razmer shrifta") va "Shriftni kichiklashtirish" ("Umenshit razmer shrifta") funksiyali tugmalar yordamida kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin.
Yordam tizimidan qanday foydalaniladi
Agar "NORMA" AQT bilan ishlash jarayonida undan foydalanish borasida qoʻshimcha ma’lumotlar olish zaruriyati paydo boʻlsa, klaviaturadagi "F1" klavishini bosing yoki bosh oynada "Yordam" ("Pomoshch") menyusini oching va "Mundarija" ("Soderjaniye") buyrugʻini tanlang.
Ma’lumot tizimining tegishli boʻlimlarini ochib Siz oʻzingizga kerakli ma’lumotni topasiz.
Ishni tugatib, Siz sichqonning chap tugmasini ekranning yuqoridagi oʻng tomoniga joylashgan yopishning standart tugmasi ustiga bosib yoki klaviaturadagi “Alt+F4” klavishlari birikmasini bosib "NORMA" AQTni yopishingiz mumkin. Shuningdek, sichqonning chap tugmasini bosh menyuda, "Fayl" kichik menyusida "Chiqish" (“Viхod”) buyrugʻi ustiga bosish mumkin.
__________

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter