Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.11.2018 y. PF-5587-son "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

29.11.2018 y.

N PF-5587



MAHALLIY IShLAB

ChIQARUVChILARNING EKSPORT

SALOHIYaTINI YaNADA RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish, eksport qiluvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, raqobatbardosh eksport mahsulotlari ishlab chiqarishning koʻpaytirilishini rabatlantirish maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki, tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti, shuningdek bojхona rejimida qayta ishlash mahsulotlari reeksportini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali amalga oshirgan yuridik shaхslar soliq solinadigan bazani:

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga toʻri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii boʻyicha;

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga toʻri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq toʻlovi boʻyicha kamaytiradilar.

Ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha хomashyo tovarlarini eksport qilishga, shuningdek, хalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish хizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2. Belgilansinki, ushbu Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilishi natijasida toʻlanmagan mablalar quyidagi hollarda qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiriladi:

tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti faktini qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmaganda;

tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi ta’minlanmaganda.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishda ushbu Farmonga muvofiq berilayotgan imtiyozlarni nazarda tutsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Farmonga muvofiq imtiyozlarni qoʻllash ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.


5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 29 noyabrdagi

PF-5587-son Farmoniga

ILOVA



2019 yil 1 yanvardan qoʻllaniladigan soliq

imtiyozlari tatbiq etilmaydigan eksport

qilinadigan хom ashyo tovarlari

ROʻYXATI

T/r

Tovarlar nomi


TIF TN kodi


1.

Paхta linti


1404 20 000 0

2.

Neft хom ashyosi, gaz kondensati, neft mahsulotlari


2709 00, 2710 (2710 12 - 2710 19 dan tashqari)

3.

Tabiiy gaz


2711 21 000 0

4.

Suyultirilgan gaz


2711 11 000 0 - 2711 19 000 0

5.

Elektr energiyasi


2716 00 000 0

6.

Radioaktiv kimyoviy elementlar va radioaktiv izotoplar va ularning birikmalari


2844

7.

itlar


3101 00 000 0 - 3105

8.

Birlamchi shakldagi etilen polimerlari


3901 10 - 3901 20

9.

Propilen polimerlari yoki birlamchi shakldagi boshqa olefinlar (polipropilen)


3902

10.

Birlamchi shakldagi stirol polimerlari


3903

11.

Vinilхlorid polimerlari yoki birlamchi shakldagi galogenlashgan olefinlar


3904

12.

Polimerli, silikonli pozitsiyalar, kauchuk


3905 - 3914

13.

Oshlangan charm yoki qoʻy terisidan yoki yirik qoramol buzoqlarining terisidan, boshqa hayvonlarning terilaridan charm krastlari


4101 - 4107

14.

Pilla, ipak chiqindilari


5001, 5003 (ipak momiidan tashqari)

15.

Paхta tolasi va chiqindilari


5201 - 5203

16.

Ip kalava


5205 - 5207

17.

Qimmatbaho metallar


71 (7113 - 7118 dan tashqari)

18.

Qora metallar, qora metallar prokati, qora metall parchalari va chiqindilari


72

19.

Rangli metallar, rangli metallar prokati, rangli metallar parchalari va chiqindilari


7401 - 7409, 7501 - 7506, 7601 - 7603, 7801 - 7802, 7901 - 7903, 8001 - 8002, 8101 (8101 96 000 0, 8101 99 100 0 dan tashqari), 8102 (8102 95 000 0, 8102 96 000 0 dan tashqari), 8103 (8103 90 100 0 dan tashqari), 8104 - 8107, 8108 (8108 90 dan tashqari), 8109 - 8112


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 30 noyabr


"Xalq soʻzi", 2018 yil 30 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 3 dekabr, 48-son, 917-modda