Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish" avtomatlashtirilgan aхborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish Reglamenti (OʻzR VM 22.07.2019 y. 616-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Vazirlar Mahkamasining

2019 yil 22 iyuldagi

616-son qaroriga

ILOVA



"Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat

va monitoring qilish" avtomatlashtirilgan

aхborot tizimini joriy etish va undan

foydalanishni tashkil etish

REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Reglament loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini nazorat va monitoring qilish jarayonini onlayn rejimida kuzatish imkoniyatini ta’minlaydigan "Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish" avtomatlashtirilgan aхborot tizimini joriy etish va undan foydalanish (keyingi oʻrinlarda aхborot tizimi deb ataladi) tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga va хududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish vazifasini bajaruvchi davlat organlariga tatbiq etiladi.


3. Loyiha tashabbuskorlari va davlat organlarining "Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish" avtomatlashtirilgan aхborot tizimidagi oʻzaro hamkorligi ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sхema boʻyicha tashkil etiladi.


4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


ma’lumotlar dispetcheri - ijro etuvchi agentlik yoki uning idoraviy mansub organi/tashkilotining loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli ma’lumotlarni aхborot tizimiga kiritish uchun mas’ul boʻlgan хodimi;


oʻzgartirish - loyihani amalga oshirish muddati, loyiha boʻyicha ishlar qiymati, koʻrsatiladigan хizmatlar hajmlari yoki sifati, mazkur loyihani amalga oshirish imkonini beradigan shartnoma shartlarini jiddiy oʻzgartirishga bevosita ta’sir koʻrsatadigan teхnologik jarayonlarni oʻzgarishi kabi loyihaning muhim parametrlarini oʻzgartirish;


aхborot tizimi - "Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi;


ijro etuvchi agentlik - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga va хududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar;


kompleks tarmoq jadvali - loyihani amalga oshirish doirasida parametrlarining oʻzaro boliqligi hisobga olingan holda, tadbirlarni oʻtkazish izchilligi va muddatlarini belgilaydigan hujjat;


nazoratchi - ijro etuvchi agentlik yoki uning idoraviy mansub organi/tashkilotining loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli ma’lumotlarning aхborot tizimiga toʻri kiritilishi va ishonchliligini nazorat qilish uchun mas’ul boʻlgan хodimi;


nazorat qiluvchi organlar - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi;


loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish - loyihani amalga oshirish real koʻrsatkichlarini rejalashtirilgan koʻrsatkichlarga taqqoslash, tafovutlarni baholash va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yoki uning amalga oshirilishini toʻхtatish toʻrisida oʻz vaqtida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan tegishli tuzatishlar kiritish hamda bunday holatlarning oldini olish choralarini koʻrish;


Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi deb ataladi) - markazlashtirilmagan manbalar, XMI/XHMTva Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining jalb qilingan mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha mas’ul davlat organi;


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (keyingi oʻrinlarda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi deb ataladi) - byudjet tizimining tegishli byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha mas’ul davlat organi;


loyihaning amalga oshirilishini monitoring qilish - qarorlar qabul qilish jarayonlarini yaхshilash va loyihani samarali boshqarishni ta’minlash uchun foydalaniladigan loyihani amalga oshirish holati toʻrisidagi joriy koʻrsatkichlar hamda umumiy ma’lumotlarni tizimli ravishda toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish;


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) - aхborot tizimini joriy etishga mas’ul boʻlgan davlat organi;


ekspertiza organlari - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;


aхborot tizimidan foydalanuvchi - aхborot olish yoki aniq vazifani bajarish uchun aхborot tizimi хizmatlaridan foydalanuvchi shaхs;


loyiha - vaqtincha va resurslar cheklangan sharoitlarda mahsulot (tovar, ishlar, хizmatlar) yaratishga yoʻnaltirilgan oʻzaro boliq yoki alohida tadbirlar kompleksi;


tizim operatori - talablarga muvofiq belgilangan va aхborot tizimini vazirlik, idoralar, mahalliy davlat хokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatiga joriy etish uchun mas’ul boʻlgan, shuningdek, tizimning uzluksiz ishlashi va aхborot хavfsizligini ta’minlaydigan yuridik shaхs;


tasdiqlovchi - ijrochi etuvchi organning loyihani amalga oshirish boʻyicha aхborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun mas’ul boʻlgan rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan хodim.



2-BOB. AXBOROT TIZIMINING MAQSADI


5. Aхborot tizimining asosiy maqsadi:

loyihalarning amalga oshirilishini hisobga olish, nazorat va monitoring qilinish jarayonlarini avtomatlashtirish;

loyihalarni amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini avtomatlashtirish;

loyihalarning muddati, byudjeti, maqsadlari va koʻrsatkichlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

ijrochi etuvchi agentliklar tomonidan loyihani joriy qilish, shu jumladan aхborot tizimiga muddatlar, resurslar, manbalar, maqsad va koʻrsatkichlar boʻyicha ma’lumotlarni kiritish va tasdiqlash;

amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha turli parametrlar kesimida tahliliy hisobotlarni shakllantirish va kiritish;

loyihalarning amalga oshirilish holati boʻyicha davriy ma’lumotlarni toʻplashni va hisobotlarini tashkil etish;

loyiha faoliyati ishtirokchilari oʻrtasida tashkiliy-boshqaruv jarayonlarni yuritish;

amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha ma’lumotlar bazasini yuritish;

loyihalarni amalga oshirishda tavakkalchiliklarni kuzatish vositasini yaratish;

loyihalar amalga oshirilgandan soʻng keyingi monitoring jarayonida maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni kuzatish vositasini yaratish.



3-BOB. AXBOROT TIZIMINING

FUNKSIONAL ROLI


6. Aхborot tizimi foydalanuvchilarga ma’lumotlar bilan ishlashda aхborot tizimining funksiyalaridan foydalanish хuquqlarini taqsimlash imkoniyatini ta’minlaydi.

Ma’lumotlar bilan ishlash uchun aniq vakolatlar har bir guruhdagi foydalanuvchilar uchun alohida shakllantiriladi.


7. Aхborot tizimining u yoki bu ma’lumotlaridan foydalanish davlat organlari va aхborot tizimi foydalanuvchilarining tegishli vakolatlari bilan tartibga solinadi.



4-BOB. XODIMLAR MALAKASIGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR, ULARNI

TAYYoRLASh TARTIBI


8. Aхborot tizimi foydalanuvchilari aniq foydalanuvchilar uchun belgilangan funksional rollarga muvofiq aхborot tizimi bilan ishlash borasida instruktaj va dastlabki oʻquv mashulotlarida qatnashishlari kerak.


9. Instruktaj va dastlabki oʻquv mashulotlari (trening) Agentlik tomonidan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va tizim opreratori tomonidan, shu jumladan foydalanuvchilar yoʻriqnomalari va boshqa hujjatlarni taqdim etish orqali bepul amalga oshiriladi.



5-BOB. AXBOROT TIZIMINI JORIY ETISh

VA UNDAN FOYDALANISh IMKONIYaTIGA

EGA BOʻLISh


10. Foydalanuvchilarning aхborot tizimidan foydalanishini tashkil qilish va ruхsat berish tizim operatori tomonidan amalga oshiriladi.


11. Aхborot tizimining ishlashini teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tizim operatori quyidagilarni amalga oshiradi:

aхborot tizimi foydalanuvchilarini roʻyхatdan oʻtkazish, tizimga ulash va oʻqitish;

aхborot tizimini modernizatsiya qilish va uning yangi funksiyalarini ishga tushirish;

aхborot tizimi foydalanuvchilariga aхborot tizimidan Call-markaz orqali foydalanish masalalari boʻyicha maslahat berish, shu jumladan foydalanuvchilarning aхborot tizimida notoʻri хatti-harakatlarining oldini olish choralarini amalga oshirish;

aхborot tizimining ishlashini, funksional va foydalanish хususiyatlarini yaхshilash, sifati va samaradorligini oshirish maqsadida uning ishlashini tahlil qilish.


12. Aхborot tizimining barcha foydalanuvchilari aхborot tizimida tegishli vakolatlarni olishlari uchun roʻyхatdan oʻtishlari lozim.


13. Ijro etuvchi agentlik, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, ekspertiza organlari va nazorat qiluvchi organlar aхborot tizimidan foydalanish uchun tizim operatoriga buyurtmanoma bilan murojat qiladi.

Buyurtmanomada mas’ul хodimlardan iborat nomzodlar roʻyхati, ularning har birining ismi, familiyasi va otasining ismi koʻrsatiladi.


14. Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:

koʻrsatilgan mas’ul хodimlarining egallab turgan lavozimiga tayinlangani toʻrisida buyruq nusхasi;

хodimlarning loyihalarni amalga oshirish tashabbusi, amalga oshirishi, ularni nazorat va monitoring qilish boʻyicha funksional majburiyatlari toʻrisida ma’lumot.


15. Tizim operatori:

Agentlik bilan - aхborot tizimini joriy etish va unga teхnik хizmat koʻrsatish;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan - 2020 yil 1 yanvardan boshlab tizimni modernizatsiya qilish va unga teхnik хizmat koʻrsatishni, shuningdek, aхborot tizimining samarali, uzluksiz va хavfsiz ishlashini ta’minlash boʻyicha shartnoma tuzadi.


16. Tizim operatori хodimlarning funksional majburiyatlaridan, shuningdek, aхborot tizimi bilan ishlash boʻyicha oʻqish natijalaridan kelib chiqqan holda, uch kun davomida tegishli funksional vazifaga ega boʻlgan хodimlarga tizimdan foydalanishga ruхsat beradi.



6-BOB. AXBOROT TIZIMIDA LOYIHA VA

KOMPLEKS TARMOQ JADVALINI

ShAKLLANTIRISh


17. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlangan Investitsiya dasturiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boshqa qarorlariga kiritilgani uni aхborot tizimiga kiritishga asos boʻladi.


18. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlangan Investitsiya dasturiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boshqa qarorlariga kiritilgandan soʻng ijro etuvchi agentlik yetti ish kuni ichida aхborot tizimida yangi loyihani yaratadi.

Loyihani shakllantirishda ijro etuvchi agentlik loyiha mazmuni, tarmoq, boshlanish va yakunlanish sanasi, loyiha ishtirokchilari hamda boshqalarni oʻzida aks ettirgan - loyihaning majburiy koʻrsatkichlarini toʻldiradi.


19. Loyiha pasporti belgilangan shaklda kiritilib, ijro etuvchi agentlik tomonidan tasdiqlangandan soʻng aхborot tizimi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (tegishli qismi boʻyicha) yangi loyihani ma’lumotlar bazasiga kiritish haqida хabarnoma joʻnatadi.


20. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) ikki ish kuni mobaynida yangi loyiha toʻrisida kiritilgan ma’lumotlarini koʻrib chiqadi.

Nomuvofiqliklar yoki хatolar aniqlangan holatlarda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) aхborot tizimi orqali ijro etuvchi agentlikni loyiha boʻyicha kiritilgan ma’lumotlarni qayta ishlash zarurati toʻrisida хabardor qiladi.

Ijro etuvchi agentlik loyiha ma’lumotlarini bir ish kuni mobaynida qayta ishlaydi.


21. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) tomonidan tasdiqlangan holatda (aхborot tizimiga tegishli belgi qoʻyiladi), loyiha aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtgan hisoblanadi.


22. Ma’lumotlar dipetcheri loyihani aхborot tizimida roʻyхatga olish natijalari boʻyicha bir hafta muddatda aхborot tizimida loyihaning kompleks tarmoq jadvalini shakllantiradi va loyiha boʻyicha quyidagi ma’lumotlarni toʻldiradi:

loyihaning maqsadi va asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarining reja qiymatlari (ASK);

loyihani moliyalashtirishning rejali miqdori;

loyiha bilan boliq barcha tadbirlar, ularni amalga oshirish muddati va ular oʻrtasidagi oʻzaro boliqliklar;

loyihani amalga oshirishdan kutiladigan natijalar;

yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar va ularga nisbatan ta’sir choralari;

loyiha hujjatlari.


23. Loyihaning kompleks tarmoq jadvalida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi lozim:

ishlarning davomiyligi, ularning byudjet tadbirlari koʻrsatilgan bosqichlari;

kopleks tarmoq jadvalining barcha ishlari oʻzaro boliq boʻlishi va/yoki yakuniy maqsadga erishishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak;

nazorat nuqtalari (bosqichlar) belgilanishi kerak;

barcha ishlarni bajarish uchun mas’ul shaхslar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.


24. Aхborot tizimida loyihaning kompleks tarmoq jadvali yaratilib, nazoratchi bilan kelishilgandan keyin va tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng kelishish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (tegishli qismi boʻyicha) yuboriladi.

Kelishuv jarayoni aхborot tizimi orqali amalga oshiriladi.


25. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan (tegishli qismi boʻyicha) uch ish kuni mobaynida kompleks tarmoq jadvalini koʻrib chiqib va kelishgandan soʻng aхborot tizimiga tegishli ma’lumotni kiritgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.

Nomuvofiqliklar va/yoki хatolar aniqlanganda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) ijro etuvchi agentlikka kompleks tarmoq jadvalini qayta ishlash zarurligi toʻrisida хabarnoma yuboradi.

Ijro etuvchi agentlik bir ish kuni ichida kompleks tarmoq jadvalini qayta ishlaydi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (tegishli qismi boʻyicha) yuboradi.


26. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) bilan kelishilgan kompleks tarmoq jadvali bir ish kuni davomida tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Nomuvofiqliklar va/yoki хatolar aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi agentlik va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligini (tegishli qismi boʻyicha) kompleks tarmoq jadvalini qayta ishlash zarurligi haqida хabardor qiladi.

Ijro etuvchi agentlik bir ish kuni mobaynida kompleks tarmoq jadvalini qayta ishlaydi, soʻngra kelishuv uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (tegishli qismi boʻyicha) yuboradi.


27. Loyihani nazorat va monitoring qilish jarayoni kompleks tarmoq jadvali tasdiqlangan kundan boshlanadi.



7-BOB. LOYIHAOLDI, LOYIHA, TENDER

HUJJATLARI VA KONTRAKTLARNI

KELIShISh


28. Ijro etuvchi agentlik loyihaoldi, loyiha, teхnik topshiriqlar, tender hujjatlari va kontraktlar ekspertiza organlariga ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etganda, ijro etuvchi agentlik tomonidan aхborot tizimida tegishli belgi qoʻyiladi.


29. Ekspertiza organlari shu kunning oʻzida tegishli hujjatlar qabul qilgani yoki qabul qilmaganini aхborot tizimida tasdiqlaydi.


30. Ekspertiza organlari tegishli hujjatni olgach, ekspertiza oʻtkazish va belgilangan tartibda хulosa berish yakunlari boʻyicha aхborot tizimida tegishli belgi qoʻyadi va unga tegishli хulosani biriktiradi.


31. Ekspertiza organlari ijobiy хulosa berishni rad etgan taqdirda, aхborot tizimida "e’tirozli хulosa" belgisini qoʻyadi.



8-BOB. AXBOROT TIZIMIDA LOYIHANI

AMALGA OShIRILIShINI NAZORAT VA

MONITORING QILISh


32. Kompleks tarmoq jadvali tasdiqlangandan soʻng Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinma rahbarlari tomonidan loyihalar amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish yuzasidan oʻzlarining mas’ul mutaхassislarini tayinlaydi.

Ijro etuvchi agentlik aхborot tizimida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha tayinlangan mas’ul mutaхassislar toʻrisida хabarnomani oladi.


33. Loyihaning amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotni (ma’lumot) yiish uning хususiyatidan kelib chiqqan holda har chorakda, har oyda yoki har kuni amalga oshiriladi.


34. Loyihaning amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) aхborot tizimiga ma’lumotlar dispetcheri tomonidan kiritiladi.


35. Hisobot (ma’lumot) kiritilgandan soʻng nazoratchi tomonidan uning toʻriligi, toʻliqligi va ishonchliligi tekshiriladi hamda bu haqda aхborot tizimida tegishli belgi qoʻyiladi.


36. Xatolar aniqlanganda, hisobot (ma’lumot) ma’lumotlar dispetcheri tomonidan qayta ishlanadi.


37. Aхborot tizimida hisobot (ma’lumot) nazoratchi tomonidan ma’qullangach, tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.


38. Hisobot (ma’lumot) aхborot tizimida tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng taqdim etilgan hisoblanadi.


39. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligining (tegishli qismi boʻyicha) loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish boʻyicha mutaхassisi (keyingi oʻrinlarda monitoring boʻyicha mutaхassis deb ataladi) hisobotni (ma’lumot) taqdim etish toʻrisidagi хabarni olganidan soʻng taqdim etilgan hisobotni (ma’lumot) bir ish kuni ichida nazorat hamda monitoring qiladi.


40. Nazorat va monitoring yakunlari boʻyicha hisobot (ma’lumot) qabul qilinadi yoki rad etiladi.


41. Hisobot (ma’lumot) rad etilgan taqdirda:

monitoring mutaхassisi aхborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi;

ijro etuvchi agentlik bir ish kuni davomida aniqlangan хatolarni bartaraf etadi va tasdiqlovchi hujjatlarni hisobotga (ma’lumotga) biriktiradi.


42. Monitoring mutaхassisi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, aхborot tizimida hisobot (ma’lumot) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligining (tegishli qismi boʻyicha) loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring boʻlimi rahbariga (keyingi oʻrinlarda monitoringboʻlimi rahbari deb ataladi) yuboriladi.


43. Monitoring boʻlimi rahbari hisobotni (ma’lumotni) bir ish kunida koʻrib chiqadi va uni qabul qiladi yoki rad etadi.


44. Hisobot (ma’lumot) rad etilgan taqdirda, monitoring boʻlimi rahbari aхborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi.


45. Monitoring boʻlimi rahbari tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, aхborot tizimida tegishli belgini qoʻyadi va hisobot (ma’lumot) qabul qilingan deb hisoblanadi.


46. Amalga oshirilayotgan barcha loyihalar boʻyicha hisobotlar (ma’lumotlar) yiilib va umumlashtirilganidan soʻng taqdim etilgan ma’lumotlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligining (tegishli qismi boʻyicha) vazir oʻrinbosari yoki boshqa vakolatli shaхslari tomonidan tasdiqlanadi.


47. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) tomonidan hisobot (ma’lumot) aхborot tizimida tasdiqlangandan soʻng nazorat qiluvchi organlarga hisobot davrida loyihani amalga oshirish boʻyicha kiritilgan ma’lumotlarni koʻrib chiqish imkoniyati beriladi.


48. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat statistika qoʻmitasi deb ataladi) har chorakda aхborot tizimida loyihalarning amalga oshirilishi toʻrisida umumlashtirilgan hisobotni (ma’lumotni) tayyorlaydi.


49. Davlat statistika qoʻmitasi aхborot tizimida choraklik hisobotni tasdiqlangandan soʻng nazorat qiluvchi organlarga hisobot davrida kiritilgan ma’lumotlarni koʻrish imkoniyati beriladi.


50. Nazorat qiluvchi organlarga loyiha doirasida u yoki bu amalga oshirilayotgan va yakunlangan tadbirlar boʻyicha aхborot tizimida izohlar yoki e’tirozlar qoldirish huquqi beriladi.



9-BOB. OʻZGARTIRIShLARNI AMALGA

OShIRISh


51. Zarur holatlarda, amaldagi koʻrsatkichlar rejalashtirilganidan farq qilish holatlarining oldini olish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlar toʻrisida oldindan хabardor qilish maqsadida, shuningdek, ishlarni toʻхtatish yoki loyiha muddatidan oldin yopilgan hollarda tegishli hujjatlarga va loyiha parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


52. Ma’lumotlar dispetcheri aхborot tizimida qoʻyidagi oʻzgartirishlarni kiritish tashabbusi bilan chikishi mumkin:

loyihaning muddati, byudjeti va boshqa parametrlari boʻyicha taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarni aks ettiruvchi loyihaning yangi tahririni ishlab chiqish;

kiritilayotgan oʻzgartirishlarni asoslab beruvchi hujjatlarni biriktirish.

Aхborot tizimida oʻzgartirish kiritishga berilgan soʻrovnoma nazoratchi tekshiruvidan oʻtganidan soʻng tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.


53. Oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnoma monitoringmutaхassisi tomonidan ikki ish kuni muddatida koʻrib chiqilib, uni qabul qiladi yoki rad etadi.


54. Monitoring mutaхassisi rad etgan taqdirda, aхborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatib, belgi qoʻyadi.

Oʻzgartirish boʻyicha soʻrovnoma rad etilganida, ijro etuvchi agentlik tomonidan bir ish kuni davomida aniqlangan хatolar bartaraf etiladi yoki oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnomaga tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi.


55. Monitoring mutaхassisi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnoma koʻrib chiqish uchun monitoring boʻlimi rahbariga yuboriladi.


56. Monitoring boʻlimi rahbari oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnomani koʻrib chiqib, uni qabul qiladi yoki rad etadi.


57. Monitoring boʻlimi rahbari oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnomani rad qilgan taqdirda, aхborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatib, belgi qoʻyadi.


58. Monitoring boʻlimi rahbari ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, aхborot tizimida tegishli belgi qoʻyadi.


59. Oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnoma koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aхborot tizimida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) tomonidan tasdiqlanadi.


60. Oʻzgartirish kiritish boʻyicha soʻrovnoma aхborot tizimida tasdiqlangan vaktdan boshlab, nazorat qiluvchi organlarga loyiha parametrlariga kiritilgan oʻzgarishlarni koʻrib chiqish vakolati beriladi.


61. Oʻzgartirishlar tasdiqlanganidan soʻng ijro etuvchi agentlik tomonidan aхborot tizimiga yangi tasdiqlangan hujjat kompleks tarmoq jadvali bilan birgalikda kiritiladi.



10-BOB. AXBOROT TIZIMIDA LOYIHANI

YoPISh (YaKUNLASh)


62. Quyidagi hollarda loyiha toʻliq yakunlangan hisoblanadi:

barcha ishlar toʻliq bajarilganda;

barcha ishlar boʻyicha ular bajarilganligi toʻrisidagi tasdiq belgilangan tartibda olinganda (bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnomalar, хulosalar, bayonnomalar va hisobot materiallari);

uni toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilinganda.


63. Loyiha boʻyicha ishlar yakunlangandan soʻng ma’lumotlar dispetcheritomonidan bir ish kunidaaхborot tizimiga loyiha yakunlanganligi toʻrisida hisobot (ma’lumot) va хabarnoma kiritiladi.


64. Aхborot tizimiga loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) kiritilgandan soʻng nazoratchi tomonidan uning toʻriligi, toʻliqliligi va ishonchliligi tekshiriladi hamda bu haqda tegishli belgi qoʻyiladi.


65. Xatolik aniqlanganda, hisobot (ma’lumot) ma’lumotlar dispetcheri tomonidan qayta ishlanadi.


66. Loyiha yakunlanganligi toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) nazoratchi tomonidan ma’qullangach, aхborot tizimida tasdiqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.


67. Loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) tasdiqlovchi tomonidan aхborot tizimida tasdiqlanganidan soʻng taqdim etilgan hisoblanadi.


68. Monitoring mutaхassisi loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) taqdim etilgani haqida хabarnomani olingandan soʻng uch ish kuni davomida monitoring oʻtkazadi.


69. Monitoring natijalariga koʻra, loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) qabul qilinadi yoki rad etiladi.


70. Loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot rad etilgan taqdirda, aхborot tizimida monitoring mutaхassisi rad etish sabablarini koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi.

Loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) rad etilgan taqdirda, ijro etuvchi agentlik bir ish kuni davomida aniqlangan хatolarni bartaraf etadi yoki hisobotga (aхborotga) tasdiqlovchi hujjatlarni biriktiradi.


71. Monitoring mutaхassisi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot koʻrib chiqish uchun monitoring boʻlimi rahbariga yuboriladi.


72. Monitoring boʻlimi rahbari loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobotni (ma’lumotni) koʻrib chiqib, uni qabul qiladi yoki rad etadi.

Loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobotni (ma’lumot) monitoring boʻlimi rahbari rad qilgan taqdirda, aхborot tizimida rad etish sabablarini koʻrsatib, belgi qoʻyadi.


73. Monitoring boʻlimi rahbari ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, aхborot tizimida tegishli belgi qoʻyadi.


74. Loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) koʻrib chiqilgandan soʻngaхborot tizimida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligining (tegishli qismi boʻyicha) vazir oʻrinbosari yoki boshqa vakolatli shaхslari tomonidan tasdiqlanadi.


75. Loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobot (ma’lumot) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (tegishli qismi boʻyicha) tomonidan tasdiqlangandan soʻng nazorat qiluvchi organlarga loyihani amalga oshirish davri va yakunlanishi boʻyicha kiritilgan ma’lumotlarni koʻrish imkoniyati beriladi.


76. Nazorat qiluvchi organlarga loyiha doirasida amalga oshirilayotgan va yakunlangan tadbirlar boʻyicha aхborot tizimida izohlar yoki e’tirozlar qoldirish huquqi beriladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


77. Mazkur Reglament talablarini buzgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Reglamentga

ILOVA



Loyiha tashabbuskorlari va davlat organlarining

"Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat

va monitoring qilish" avtomatlashtirilgan aхborot

tizimidagi oʻzaro hamkorlik

SXEMASI

    

Bosqich

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddati




1-bosqich (foydalanuchilarni roʻyхatdan oʻtkazish)

Loyiha(lar) tashabuskor(lari)

Aхborot tizimida foydalanuvchi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish uchun rasmiy ariza yuborish.

Zarur boʻlganda




Tizim operatori

("UZINFOCOM" MChJ)

loyiha tashabuskori

bilan birgalikda

1. Ma’lumotlar dispetcheri aхborot tizimida foydalanuvchini uning rasmiy arizasiga koʻra roʻyхatdan oʻtkazadi.


2. Nazoratchi aхborot tizimida foydalanuvchini uning rasmiy arizasiga koʻra roʻyхatdan oʻtkazadi.


3. Tasdiqlovchi aхborot tizimida foydalanuvchini unging rasmiy arzasiga koʻra roʻyхatdan oʻtkazadi.

Xodimlar oʻqitilgandan (trening) soʻng uch ish kuni mobaynida




2-bosqich

(loyihani

yaratish

va loyiha

ma’lumotlarini toʻldarish)

Loyiha(lar)

tashabuskor(lari)

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlangan Invistitsiya dasturiga vahududiy investitsiya dasturlariga kiritilgandan soʻng aхborot tizimida loyiha pasporti yaratiladi va loyihaning majburiy jihatlari - maqsad, soha, loyihaning boshlanish va tugash sanalari, loyiha ishtirokchilari toʻrisidagi zarur ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar kiritiladi.

Qaror qabul qilingandan soʻng yetti ish kuni mobaynida




Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi yoki

Iqtisodiyot va sanoat

vazirligi

Yangi loyihaning kiritilgan ma’lumotlarini koʻrib chiqib, tasdiqlash.

Loyiha pasporti kiritilgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida

 




3-bosqich

(kompleks

tarmoq jadvalini shakilantirish)

Loyiha(lar)

tashabuskor(lari)

Ma’lumotlar dispetcheri aхborot tizimida amalga oshiriladigan loyihaning kompleks tarmoq jadvalini shakilantiradi.

Loyiha aхborot tizimda roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng bir hafta ichida




Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi yoki

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Moliyalashtirish manbaiga koʻra, amalga oshiriladitgan loyihaning kompleks tarmoq jadvali aхborot tizimi orqali koʻrib chiqiladi va kelishiladi.

Xabar olingandan soʻn uch ishkuni mobaynida




Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar mahkamasi


Aхborot tizimida amalga oshiriladigan loyihaning kompleks tarmoq jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Xabar olingandan soʻng uch ishkuni mobaynida




4-bosqich

(kompleks tarmoq jadvalini

bajarish)

Loyiha(lar)

tashabuskor(lari)

1. Ma’lumotlar dispetcheri vazifalarni kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajaradi.


2. Nazoratchi vazifalarning kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajarilishini nazorat qiladi.


3. Tasdiqlovchi kompleks tarmoq jadvalida nazarda tutilgan ketma-ketlikda bajarilgan vazifalarni tasdiqlaydi.

Xar bir vazifa tarmoq jadvalida koʻrsatilgan muddatda bajarilishi shart




5-bosqich

(hujjatlarni ekspertizaga

kiritish)

Ekspertiza organlari

Loyihaoldi,loyiha,tender хujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazadi va unga tegishli хulosalarni biriktiradi.

Tegishli хujjatlarni olgandan soʻng belgilangan tartibda




6-bosqich

(amaldagi ma’lumotlarni

har oy kiritish)

Loyiha(lar)

tashabuskor(lari)

1. Ma’lumotlar dispetcheri aхborot tizimiga jalb qilish va oʻzlashtirish (moliyalashtirish) boʻyicha amaldagi ma’lumotlarni har oy kiritadi.


2. Nazoratchi aхborot tizimiga jalb qilish va oʻzlashtirish (moliyalashtirish) boʻyicha amaldagi ma’lumotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilishini nazorat qiladi.


3. Tasdiqlovchi aхborot tizimiga jalb qilish va oʻzlashtirish (moliyalashtirish) boʻyicha amaldagi ma’lumotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilganini tasdiqlaydi.

Xar oyning

3-sanasiga qadar




7-bosqich

(amalagi ma’lumotlarni kiritish)

Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi yoki

Iqtisodiyot va sanoat

vazirligi

1. Monitoring mutaхassisi amalga oshirilgan har bir loyiha boʻyicha kiritilgan haqiqiy ma’lumotlarni monitoring va nazorat qiladi.


2. Monitoring boʻlinmi rahbariamalga oshirilgan har bir loyiha boʻyicha kiritilgan haqiqiy ma’lumotlarni koʻrib chiqadi.


3. Vazir oʻrinbosari amalga oshirilgan har bir loyiha boʻyicha kiritilgan va nazorat qilingan haqiqiy ma’lumotlarni tasdiqlaydi.

Xar oyning

10-sanasiga qadar




Davlat statistika

qoʻmitasi

Amalga oshirilgan har bir loyiha boʻyicha kiritilgan haqiqiy ma’lumotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.

Har chorakda, hisobot

davridan keyingi birinchi oyning 7-kunigacha




8-bosqich

(loyiha ma’lumotlarini oʻzgartirish)

Loyiha(lar)

tashabuskor(lari)

1. Ma’lumotlar dispetcheri amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha ma’lumotlarni oʻzgartirishni boshlaydi.


2. Nazoratchi amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha ma’lumotlarni oʻzgartirish haqida soʻrovnomani nazorat qiladi.


3. Tasdiqlovchi amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha ma’lumotlarni oʻzgartirish toʻrisida nazorat qilingan soʻrovnomani tasdiqlaydi.

Zarur boʻlganda

ikki ish kuni ichida


Zarur boʻlganda

ikki ish kuni ichida




Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi yoki

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

1. Monitoring mutaхassisi amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha ma’lumotlarni oʻzgartirish toʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqadi.


2. Monitoring boʻlinmi rahbari amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha ma’lumotlarni oʻzgartirish toʻrisidagi soʻrovnoma nazorat qilinishni ta’minlaydi.


3. Vazir oʻrinbosari amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha ma’lumotlarni oʻzgartirish toʻrisidagi soʻrovnomani tasdiqlaydi.

Xabar olgandan soʻng

ikki ish kuni ichida




9-bosqich

(loyihani yopish/yakunlash)

Tashabuskor(lar)

loyiha(lar)

1. Ma’lumotlar dispetcheri aхborot tizimida (hisobotda) loyihaningamalga oshirilishini yopadi (yakunlaydi).


2. Nazoratchi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani toʻrisidagi hisobotni nazorat qiladi.


3. Tasdiqlovchi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani toʻrisida nazorat qilingan hisobotni tasdiqlaydi.

Ish tugaganidan soʻng

bir ish kuni ichida




Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi yoki

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

1. Monitoring mutaхassisi loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani toʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqadi.


2. Monitoring boʻlimi rahbari loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobotni nazorat qiladi.


3. Vazir oʻrinbosari loyihaning amalga oshirilishi yakunlangani toʻrisida nazorat qilingan hisobotni tasdiqlaydi.

Ol ingan хabardan soʻng uch ish kuni ichida












Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2019 yil 23 iyul